OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Nesin
Asar nomiJoʻr ovoz boʻlib (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti
Mualliflar
   - Aziz Nesin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Joʻr ovoz boʻlib (hikoya)
Aziz Nesin

Oʻsha paytlarda Istanbulda hovli-joyimiz boʻlguchi edi. Besh tanobcha yerimiz ham bor. Uydagi mushuk bilan kuchukcha birga katta boʻlganliklari uchun judayam inoq edi. Tomorqaga sabzavot ekib, bir chekkasida tovuq boqardik. Yana bir eshagimiz boʻlib, men uni Chalabiy deb chaqirardim. Jonivor nihoyatda yuvosh edi. Kuchukcha bilan mushuk ikkovi Chalabiyning ustiga chiqib olib, oʻsha yerda tong ottirgan paytlari koʻp boʻlgan. Ba’zan kuchukchaning Chalabiy bilan oʻynashgisi kelib qolar, shun¬da u yugurib borib, naq gʻajib tashlamoqchi boʻlganday akillay boshlardi. Chalabiyning esa parvoyi palak edi.

Tovuqlar kurk boʻlib, joʻja ochadigan payt keldi deguncha osmonda kalxatlar izgʻib qolardi. Mabodo birorta kalxat joʻjaga chang solmoqchi boʻlib yerga shoʻngʻisa bormi, ona tovuq darhol qanotlarini kerib, patlarin hurpaytirib olar, bolalarini xatardan ogoh qilmoqlik uchun qaqillagan ovoz chiqarardi. Buni eshitib, joʻjalar pana joylarga qochib qolishardi.

Mushuk bilan kuchukcha qaerda boʻlmasin, tovuqning nolasini eshitishlari bilanoq darhol yordamga yetib kelishardi. Joʻjalarga ozor berish uyoqda tursin, ikkoviyam ularni onaiari bilan bir safda turib kalxatlardan himoya qilishardi. Bir tomondan ona tovuq qaqillaganicha yer bagʻirlab uchib yurgan kalxatga qarab sapchisa, ikkinchi tomondan mushukcha miyovlab, kuchukcha qattiq vovillardi. Xullas, tovuq, mushuk va it baravariga joʻr boʻlib, kalxat hujumini daf qilishardi. Sheriklarining ovozini eshitgan Chalabiy boyoqish biror xatar borligini sezardi-yu, ammo bir oyogʻi zanjir bilan qoziqqa bogʻlab qoʻyilganligi uchun bor kuchi bilan hangrab yuborardi.

Bir kuni yana hovlini tovuqning qaqillashi-yu mushukning miyovlab, itning vovullashi tutib ketdi. Chalabiy ham turgan joyida hangrab yubordi. Bir payt qarasam, Chalabiy oyogʻidagi zanjirni shildiratib shu tomonga qarab irgʻishlab kelyapti. Zanjirning bir uchida temir qoziq. Bildimki, qoziqni bir amallab sugʻurib qochgan.

Chalabiy sheriklarining yoniga yetib kelgach, ikkala qulogʻini ding qilib, kallasini osmonga koʻtardi-da, tepada aylanib yurgan kalxatga qarab shunday bir boʻkirib yubordiki, asti qoʻyavering. Eshagimiz bunaqa hangraganini shu vaqtgacha hecham eshitmagan edim.