OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Aziz Nesin. Ona tarbiyasi (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Nesin
Asar nomiOna tarbiyasi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti
Mualliflar
   - Aziz Nesin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ona tarbiyasi (hikoya)
Aziz Nesin

Oʻn yashar bola edim. Istanbulning Sulaymoniya mahallasida, ikki qavatli eski uyning bir xonasida oilamiz bilan ijaraga turardik. Targʻil bir mushugimiz boʻlardi. Oʻsha kezlari u bolalagan bo’lib, faqat bittasi tirik qolgan edi.

Targʻil nechogʻlik och qolmasin, uydagi narsalarga hecham koʻz olaytirmasdi. Aslida esa oʻzi uchchiga chiqqan oʻgʻri edi. Allaqayerlardan goʻsht oʻmarib, uyga tashigani tashigan edi. Bir kuni ogʻzida katta bir boiak goʻsht bilan zoʻrgʻa zinadan chiqib, uni dahlizga qoʻydi-da, miyovlab bolasini chaqirdi. Bolasi kelgach, goʻshtni yerdan olib, oʻzi doim ovqat yeydigan togʻorachaga soldi. Mushukcha goʻshtga tashlanib, apil-tapil yeya boshladi. Tagʻil yerga choʻzilib, tamshanib qoʻydi.

U paytlarda biz yerga koʻrpacha toʻshab, pastakkina xontaxta atrofida ovqatlanardik. Kunlardan birida dasturxon atrofida oʻtirgan edik. Targʻil oyim bilan mening oʻrtamga kelib yotib oldi. Birozdan keyin yoniga bolasi keldi. Lekin u onasiga oʻxshab jimgina yotish oʻrniga boshini dasturxonga choʻzib, ustidagi narsalarni iskay boshladi. Bu ham yetmagandek, keyin oldingi oyogʻini dasturxonga qoʻydi. Bolasi besoʻroq bir nima olmoqchi boʻlganini sezgan targʻil darhol oyoqqa turdi. Xuddi quloqsiz bolasining ta’zirini berib qoʻymoqchi boʻlgan onalarga oʻxshab, bir oyogʻi bilan mushukchaning boshiga tushirdi, uni urib-urib xon-taxtaning tagiga kiritib yubordi. Oʻsha voqeadan keyin mushukcha dasturxonga oyoq uzatganini qayta koʻrmadik.