OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Aziz Nesin. Shafqatli it (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Nesin
Asar nomiShafqatli it (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti
Mualliflar
   - Aziz Nesin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shafqatli it (hikoya)
Aziz Nesin

Uyimiz katta yoʻl yoqasida boʻlguchi edi. Qish kunlaridan birida ikkinchi qavatdagi deraza yonida gazeta oʻqib oʻtirardim, oldimda esa qahva. Shu payt koʻcha tomondan ingillagan ovoz eshitildi. Shunday ayanchli, shunday gʻamnok ediki, gazetani ortiq oʻqiyolmadim. Eshikni ochsam, jingala-jingala oq junli daydi bir kuchukcha turibdi. Meni koʻrishi bilan jonholatda ingray boshladi. Allaqayeri ogʻriyotganini sezdim. Tumshugʻini ostonaga qoʻyib, iltijo bilan koʻzimga tikildi. Darrov yerdan koʻtarib olib, uyoq-buyogʻiga razm solib koʻrdim. Bir oyogʻi lat yegan boʻlsa kerak, qonayotgan ekan. Yaralangan joyini yaxshilab yuvib, dori surtdim, keyin oyogʻini taxtakachlab, mahkam bogʻlab qoʻydim. Anchagacha ingillab yotgach, keyin tinchib qoldi. Qorni toʻygach, uyquga ketdi.

Oradan oʻn besh kuncha vaqt oʻtgach, taxtakachni olib tashladim. Boyoqish ikki-uch kun choʻloqlanib yurdi, keyin yarasi butunlay bitib ketdi. Koʻhlikkina, shoʻxroq kuchukcha ekan, uy ichi bilan hammamiz unga qattiq bogʻlanib qoldik. Lekin u koʻchaga oʻrgangani uchun hamisha uydan qochish payida boʻlar, bunday paytlarda esa uni koʻcha-koʻydan tutib olib, joyiga qaytarardik. Kunlardan birida itimiz yoʻqolib qoldi. Shuncha qidirsak ham topilmadi. Koʻp afsuslandik, lekin iloj qancha edi.

Kelasi yil yana oʻshanday qish kunlaridan birida erta bilan deraza yonida qahva ichib oʻtirsam, toʻsatdan koʻcha tomondan vovullagan ovoz keldi. Negadir bu tovush tanishdek tuyuldi. Darhol pastga tushib, eshikni ochdim. Ha, xuddi oʻzi... Meni koʻrishi bilan it dumini likillatib, sakrashga tushdi. Yonidagi sap-sariq bahaybat sherigi tinmay ingillardi. Yaqiniga borib qarasam, bir oyogʻi singan ekan.

Ha, oradan bir yil oʻtgandan soʻng oʻsha daydi itimiz mendan najot istab yarador sherigini oldimga boshlab kelibdi.