OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Nesin
Asar nomiTulki ovlagan ayiq (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti
Mualliflar
   - Aziz Nesin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/15
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tulki ovlagan ayiq (hikoya)
Aziz Nesin

Xalil Dundor shunday hikoya qiladi:
— Togʻ etagidagi Xirvati qishlogʻi atrofida suruv haydab yurgan choʻponlar har kuni tunda bittadan qoʻy gʻoyib boiayotganini sezib qolishadi. Ma’lum bo’lishicha, suruvga ayiq oralagan ekan. Choʻponlar oʻgʻrining adabini berib qoʻyish niyatida kechasi gulxan yoqib, uni poylab oʻtirishibdi. Bisotlarida bittagina pilta miltiq bor ekan. Nihoyat, ayiq koʻrinibdi. Choʻponlar shovqin koʻtarib, uni qoʻrqitmoqchi bo’lishgan ekan, ayiq parvo qilmay toʻgʻri bostirib kelaveribdi. Buni koʻrgan bir choʻpon shosha-pisha miltiqni olib, oʻq uzmoqchi bo’lgan ekan, piltasi oʻt olmabdi. Ayiq esa yaqinlashib qolibdi. Choʻponlar miltiqni tashlab, tiraqaylab qochishibdi. Ayiq bemalol gulxanning oldiga kelibdi, keyin yerda yotgan miltiqni olib, tizzasiga bir urib sindiribdi. Shundan soʻng u bitta qoʻyni burdalab, yeyishga tushibdi. Oʻsha kezlari suruv tomonda tulki ham aylanishib qolgan ekan. Har kuni u ayiqning izidan borib, undan qolgan sarqitlarni pok-pokiza qilib tushirib ketar ekan. Shu kuni tulki yana paydo bo’libdi. Ayiq uni koʻrib qolibdi-da, bir parcha goʻsht irgʻitibdi. Tulki yaqin kelib, goʻshtni olibdi. Ayiq yana tashlabdi. Lekin bu gal beriroqqa uloqtiribdi. Shu tariqa goʻsht tashlab, tulkini yaqiniga keltiribdi-da, bir chang solib ushlab olibdi. Shundan keyin boya oʻzi majaqlab tashlagan miltiqning sum-basini olib, obdan oʻtda qizdiribdi-da, dahshatdan qotib qolgan choʻponlarning koʻzi oʻngida uni tulkining ketiga bosibdi. Bir necha marta buni takrorla-gach, oxiri tulki oʻlibdi. Ayiq: «Yegan qoʻyimning haqi bu», deganday uning oiigini choʻponlar pusib yotgan tomonga uloqtiribdi. Shu-shu bu ayiq mutlaqo koʻrinmay ketibdi.