OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Aziz Nesin. Xaloskor it (hikoya)
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Nesin
Asar nomiXaloskor it (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Bolalar va oʻsmirlar adabiyoti
Mualliflar
   - Aziz Nesin
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Xaloskor it (hikoya)
Aziz Nesin

Moskvada Ajdar Ibrohim degan bir kino rejissyor bilan doʻstlashib qolgan edik. Ikkinchi marta Moskvaga borishimda oʻshaning xotini vafot qilganini eshitdim. Bir tanishimizni yonimga olib, koʻngil soʻragani dala hovlisiga bordim. Kinorejissyorning dala hovlisi katta yoʻldan chetroqda, oʻrmon yoqasida ekan. Xotini qazo qilganiga bir hafta boʻlibdi.

Ajdar Ibrohim gap orasida marhumaning bir iti boʻlganini, janozadan soʻng u mutlaqo koʻrinmay qol-ganini aytdi. Ilgarilari bunday odati yoʻq ekan. Hatto oʻrmonning ichiga kirib ketsa ham, bir soatga qolmay uyga qaytarkan.
— It egasi oʻlganini sezgan boʻlsa kerak, demoq-chimisan? — deb soʻradi hamrohim.
— Qaydam, — deb javob berdi Ajdar Ibrohim. — Aniq bir narsa deyolmayman-u, lekin Ashxabodda boʻlgan bir voqeani eshitganimdan keyin jonivorlarda favqulodda sezish qobiliyati boʻlishiga ishondim.
— Ashxabodda nima boʻlgan ekan?— deb soʻradim undan.

Boʻlgan voqeani gapirib berdi.
— Oʻzim asli ashxabodlikman. Qaysi bir yili otpuska paytida borsam, ikki qoʻshnim bir-biri bilan sud-lashib yurgan ekan. Ikkovi yoqalashib qolib, biri ikkinchisini belkurak bilan urmoqchi boʻlibdi. Zoʻrgʻa ajratib qoʻyishibdi. Janjal nimadan chiqqanini hech kirn bilmaydi. Men oʻsha yerda ekanimda ularni sud majlisiga chaqirib qolishdi. Azbaroyi qiziqqanimdan men ham sudga bordim.
— Siz nima uchun qoʻshningizga belkurak koʻtar-dingiz? — deb soʻradi sudya ayblanuvchidan.
— Itimni urib mayib qilgani uchun, — deb javob berdi ayblanuvchi.

Sudyaning jahli chiqdi.
— Hech zamonda odam bolasi bir itni deb qoʻshnisiga qoʻl koʻtaradimi, bu qanaqa gap axir?
— Mening itim boʻlakcha, boshqa itlarga oʻxshamaydi, — deb qoldi da’vogar.
— Iya, nimasi boʻlakcha ekan?

Shundan keyin itning egasi bir boshdan gapirib berdi.
— Ikkinchi farzandimiz ikki oylik chaqaloq edi oʻshanda. Chaqaloq beshikda uxlab yotgan paytlarda itimiz hecham uning yonidan jilmasdi. Bir kuni ertalab oʻrnimda gazeta oʻqib yotsam, xotinim yigʻi-sigʻi koʻtarib qoldi. Bola beshigi bilan yoʻqolibdi. Darhol izlashga tushdik, uy ichidan topilmadi. Yugurib hovliga chiqsak, beshik oʻsha yerda ekan, yonida esa it. Chaqalogʻimiz pishillab uxlab yotibdi.

Beshikni uyga olib kirdik. Lekin oʻsha kuni kechasi it yana uni tashqariga olib chiqib ketibdi. Itni doʻpposlab, eshikni yopib qoʻydik. Havo dim boʻlgani uchun derazalar ochiq edi. Yarim kechada er-xotin shovqindan uygʻonib ketdik. Bundoq qarasak, it derazadan uyga kirib, beshikni tashqariga sudrab chiqmoqchi boʻlib turgan ekan. Uni yana quvib chiqardik.

Tongga yaqin dahshatli falokat yuz berdi. Yer chir aylanib ketganday boʻldi. Ustimga bir nimalar bosib tushdi. Hushdan ketibman. Shu ahvolda qancha yotganimni bilmayman. Bir payt oʻzimga kelib qarasam, xarobalar tagida koʻmilib yotibman. Qattiq shikastlanibman. Shu orada tepamdan qitirlagan ovoz eshitildi. Birov meni kavlab chiqarmoqchi boʻlayotganga oʻxshardi. Keyin itimizni ingillagan tovushidan tanidim. Sal oʻtmay kichkinagina teshik ochilib, ichkariga havo kirdi, yoaigiik tushdi. Soʻng itimning oyogʻi koʻrindi. Uning yordami bilan bir amallab tashqariga chiqib oldim. It meni oʻz holimga qoʻymay hadeb pochamdan tortqilayverdi. Bir joyga kelganimizda nuqul gir aylanib ingillayverdi. Darhol qazishga tushdim, katta qizimni qutqarib oldim. Bu dahshatli zilzila paytida hamma oʻzi bilan oʻzi ovora edi. Onam bilan xotinimning tirik qolishiga ham shu it sababchi. U joyni koʻrsatdi, men qazib oldim. Keyin hammamiz chaqaloqni izlay boshladik. It ham gʻoyib boʻldi negadir. Qazib koʻrmagan joyimiz qolmadi. Oxiri hovliga chiqib qarasak, beshik bir chekkada turibdi. Yonida esa itimiz. Beshikning ichida bola. Bildikki, yer qimirlashidan sal odinroq it beshikni uydan olib chiqib ketgan ekan. Zilzila paytida bizni butun uy ichimiz bilan oʻlimdan qutqarib qolgan shu it boʻladi. Oʻsha voqeadan keyin it bizga qadrdondan ham qadr-don boʻlib qoldi. Qoʻshnim boʻlsa shunday itning joniga qasd qilib oʻtiribdi. Chidab turolmadim, itimni qutqarib qolish uchun belkurak bilan qoʻshnimga tashlandim. Lekin ulgurolmadim, itimga jarohat yetkazibdi u.

Kinorejissyor Ajdar Ibrohim hikoyasini tugatgach, shunday dedi:

— Sudda shu gapni eshitganimdan keyin jonivorlarda favqulodda sezish qobiliyati borligiga ishondim. Xotinim itimizni koʻp erkalab, mehribonchilik koʻrsatardi. Men unchalik roʻyxushlik bermasdim. It uning oʻlganini sezgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Xullas, oʻsha kundan keyin u uydan chiqib ketdi-yu, qaytib kelmadi.