OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Norqulov
Asar nomiAybsiz xotinning «aybi» (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Aziz Norqulov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm2KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Aybsiz xotinning «aybi» (hajviya)
Aziz Norqulov

Qishloq odamlarining samimiyligi, soddaligidan koʻngling yayraydi. Turli-tuman hangomalarni oʻzlaridan eshitsangiz, «ichagingiz uzilishi» tayin. Tildan-tilga koʻchib yuradigan bu latifnamo gaplardan sizlarni ham bahramand qilgim keldi.

Ukasi bilan qattiq janjallashib qolgan Rashid buvaning achchigʻi chiqdi.
— Ha, senimi, melisaga berib rosa yugurtirmasam, yurgan ekanman.

Kiyimlarini almashtirib yoʻlga tushgan Rashid buva katta qirga yetganida, rosmana oʻylanib qoldi. Qorongʻi tushgunicha oʻsha yerda oʻtirdi. Soʻngra uyiga qaytib kelib alamini kampiridan oldi:
— Sen oʻzi qanaqa xotinsan? Ukam qamalib ketsa maylimi, nega meni qaytarmading?

* * *

Yaqinda oila qurgan Mirsaid toʻy-ma’rakaga qatnashib, mahalla hayotiga aralasha boshladi.

Shunday kunlarning birida ta’ziyaga aytib ketishdi. Onasidan marhumning hovlisiga borganda qanday amallar qilishi, nimalar deyishini soʻrab oldi.
— Hovliga kiraverishingda odamlar qator boʻlib turishadi. Birinchi qatordagilar — marhumning yaqin kishilari. Yelkalariga qoqib, «bandalik-da» deb qoʻyasan.

Mirsaid bora-borgunicha «bandalik-da» degan soʻzni takrorlab bordi. Yetay deganida oʻrtoqlaridan biri gapga tutib xayolini boʻldi. Yodlab olgan soʻzi xotirasidan koʻtarildi.

Birgalikda yigʻlamsirab ichkariga kirishdi. Mirsaid koʻz yoshlarini artarkan, birinchi qatorda turgan belbogʻli yigitning yelkasiga qoqdi:
— Маладец, маладец...

* * *

Sinf rahbari Mansur muallim salom berish odobi toʻgʻrisida koʻp gapirardi.
— Odob bilan, qoʻllaringni koʻksilaringga qoʻyib salom beringlar, notanish odam boʻlsa ham, albatta, salomlashinglar, — der edi.

Bu gaplar takrorlanaverganidan oʻquvchilari Mansur muallimni koʻrganlarida koʻpincha shoshib qoladigan boʻlishgan.

Bir kuni Turdimurod ismli oʻquvchi qorongʻida togʻasinikidan qaytardi. Oldidan chiqib qolgan oʻqituvchisini koʻrib dovdirab qoldi. Qoʻllarini koʻksiga qoʻygancha salom berishga ogʻiz juftladiyu kutilmaganda «Ollohu akbar», deb yubordi.