OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifAziz Said
Asar nomiDili qani bedilning? (she’rlar)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Aziz Said
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Nashriyot«Ёзувчи» нашриёти, Тошкент, 1996
Hajm29KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/05/01
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Dili qani bedilning? (she’rlar)
Aziz Said

* * *
Qoʻlimdan ikkita farishta tutgan,
Koʻzimning toshiga nomingni bitgan,
Titilib, sitilib, kutganim kutgan,
Sen xabar olmading bir bor holimdan.
Peshonam sayyora - yoʻllar adashgan,
Subhu shom dilimda qirgʻoq talashgan,
Jonimga hasratdan gullar qadashgan,
Sen xabar olmading bir bor holimdan.
«Hay» desam ovozim chiqmas varillab,
Qoyaman, burgutim uchmas parillab,
Qonimga uflasam yonmas zarillab,
Sen xabar olmading bir bor holimdan.
Karvonim charchagan, tuyalar choʻkkan,
Umidim kosasin ilonlar toʻkkan,
Ruh ham tadorukda, tugunin tukkan,
Sen xabar olmading bir bor holimdan...
* * *
Kecha yigʻlar, qora sochiga
Qadab singan oy — tarogʻini,
Shamol sekmn oʻrmalab suvdan
Sudrab chiqar boʻsh chanogʻini:
— Dili qani bedilning?
Qushning boʻm-boʻsh uyasin daraxt
Tuni bilan chiqar paypaslab.
Kapalaklar togʻni uygʻotib
Sahrolarga ketadi boshlab:
— Dili qani bedilning?
Chumolilar uchar falakka —
Nigohlarni puflar koʻzlari.
Yulduz tushar hovuz tubiga —
Baliqlarga aytar soʻzlarin:
— Dili qani bedilning?
Toshbaqalar misqol-misqollab
Oʻlchab berar baxt hamda alam.
Qargʻa taqdir toshini qirar —
Tumshugʻida qadimiy qalam:
— Dili qani bedilning?
Shafaq asta yirtilib oqar —
Bir koʻza sut biyday sahroga.
Qarvon jilar, qoʻngʻiroq yigʻlar —
Savol berib gumroh dunyoga:
— Dili qani bedilning?
* * *
Deding: seva olasanmi oʻzingdan kechib,
Chayon yegan boʻlsa yuragim nishlab?
Jonim simillatib keldi huqqaboz,
«Yo ishqdan» irgʻitdi koʻzim tarashlab.
Seva oladurman nurdan-da kechib.
Deding: seva olasanmi oʻzingdan kechib,
Men ilon izidan adashgan boʻlsam?
Tomirim kesdi oy — kuldi chuvalchang,
Baliqqa yedirdi faqat bir tishlam.
Seva oladurman tunda-da kechib.
Deding: seva olasanmi oʻzingdan kechib,
Aldagan boʻlsam gar hatto ertakni?
Yulduz xato yondi, kemamiz choʻkdi,
Baribir kuyladik qirqta qaroqchi.
Seva oladurman yoʻldan-da kechib.
Deding: seva olasanmi oʻzpngdan kechib,
Manguga tushdayin boʻlsam gar gʻoyib?
Tasavvur charxfalak kosalariga
Yodingni quyarkan umrimni sogʻib.
Seva oladurman sendan-da kechib.
* * *
Bu xato yoʻlni sekin barmogʻiga oʻraydi,
Makrul oʻsmani siqar piyolaga, toʻlmaydi,
Ishqu gunoh qozonda, oʻt-olovsiz qaynaydi...
Ishqu gunoh qozonda...
Ruh qanotin savaydi, savachoʻpin juft qilib,
Urchugʻiga oʻraydi tunu kunni ip qilib,
Qilichini qayraydi qasd lashkarin saf qilib,
Qilichyni qayraydi...
Oyna qildim falakni, dil chohiga qaray deb,
Taroq yoʻndim dutordan, xayolini taray deb,
Igna oldim, aldasam, koʻzlarimga suqay deb,
Igna oldim, aldasam...
Kaftimda gulxan yoqdim, yigʻlab-yigʻlab oʻchirdi,
Boʻynimga zanjir taqdim, ishq yurtidan koʻchirdi,
Jonni sepib qush boqdim, dard koʻliga uchirdi,
Jonni sepib qush boqdim...
* * *
Gilamdoʻz shabboda mezonni savab,
Poyandoz tashlasa oyning koʻshkiga;
Baliqlar daryoda shamlarni yoqib,
Ibodat qilsalar osmon ishqiga,
sen ham rohibasan,
men ham ruhoniy.
Tiriklik toshini orqalab ming yil
Begunoh maxluqlar toqqa tirmashsa,
Gʻorda och qolsa-yu yarador kiyik
Yuragin tishlasa, tishi qamashsa,
sen ham gunohkorsan,
men ham bir osiy.
Charx tortgan kampirni chiroq lipillab
Masxara qilsa gar gʻayb kulbasida,
Va unga borguvchi yoʻlni tugunlab
Tun olib ketsa tar kunduz qasdida,
sen ham adashgansan,
men ham adashgan.
* * *
Nigohingdan savollar chizma,
Sevgi endi menga begona.
Koʻzlarimga oʻrmalab kelgan
Yuragimda dardlar afsona.
Bahor kelsa men ham yigʻlayman,
Sogʻinadi qoʻllarim gulni.
Tunda gulxan koʻrsam ushlayman
Koʻksimdagi bir hovuch kulni.
Yolgʻizligim toʻqir ertaklar,
Yupatadi ruhimni aldoq!
Oy nurini har tun yigirib
Oʻz-oʻzimga yasayman sirtmoq...
* * *
Yaldo kechasida badbin musavvir,
Samoga siyoh rang surkaganida,
Oʻpirib xayoling vujudiy sas-la,
Chuqurga muhabbat yashirganida,
Oyogʻim kulganda yoʻl hazilidan,
Tomirim kulganda jon hazilidan,
Boʻgʻzimni qirganda soʻz chiqa olmay,
Isming tilaganda koʻz qichqirolmay,
Qamishni puflasa shamol zoʻriqib,
Ariqni puflasa baliq chalgum deb,
Qushlar patlariga yashirsa tunni,
Bulut yutib qoʻysa oyni tuxum deb,
Issiq choy — yurakka damlagan qonim,
Shirmoy non — yarimisi kuygan armonim,
Novvotim — hasratdan sindiraman kel,
Dunyoda qolmabdi muqim mehmonim,
kel endi,
kel!
* * *
Uchrashdik
eldirim umrimiz charchagan chogʻda
tonglardan gul soʻrab, yulduzlardan barg.
Uchrashdik
harorat sogʻingan qoʻllarimizda
sogʻinchdan suv boʻlgan bir hovuch yurak.
Uchrashdik
ishq oʻlgan tomirimizdan
jaranglab kelardi qadimiy saslar.
va yillar aldagan koʻzlarimizda
yigʻlab yurar edi gunohkor vaqtlar.
Uchrashdik
soʻzlarning rangini yellar
ulashib berganda soqov kunlarga.
Uchrashdik
xayolning sersoʻqmoq sarhadlarida
adashgan koʻp izlar och qolganida.
Uchrashdik
ishonmay bir-birimizga
jimgipa tikildik dildirab, toʻyib.
Kulni titkiladik, erinmay, uzoq,
choʻgʻ yoʻq,
choʻgʻ yoʻq,
choʻgʻ yoʻq...
xayrlashdik
suratkash xotirning soʻziga koʻnib.
* * *
Nima deb yozayin ogʻrisa yurak,
Armon hech tinmasa mixlarni qoqib.
Yaldo tunlarimiz yirtiqlaridan
Muborak qaygʻular ketsa gar oqib.
Sen yolgʻiz oʻltirnb yolgʻizlik toshin
Chaqib berayapsap menga magʻzini.
Chirqillab qaldirgʻoch bolasi yangligʻ
Umidim uyada ochar ogʻzini.
Sen aytgan qoʻshiqni kuzning boʻgʻzidan
Yopishib soʻrsa gar echkiemar — vaqt.
Men tuta olmasam senga, bolalik
Bogʻlardan qoʻynnga solib chiqqan baxt.
Musicha ku-kulab sachratadi rang,
Xotirot toʻkilar suratlaringdan.
Koʻzimga tilini surtib shamchiroq
Sekin shivirlaydi: sevgi — bevatan.
* * *
Deraza yonida oʻtirasan,
Issiq xonang, yumshoq oʻrinda.
Qayoqqadir borishnng kerak,
Fursat borday koʻrnnar senga.
Darpardani surib qaraysan,
Zerikishdan toʻlib ketsa dil.
Sokinlik. Choʻzilib yotar koʻchada,
Mashinalar bosib ketgan yil.
Fursat bordan koʻrinar senga...
* * *
Bu charxi gardunning kosasi ikki,
Umr koʻzasnning kuloli ikki,
Odamzod qavmining tangrisi ikki,
Ne ajab yaraldik jonimiz butun
Ikkimiz ikki.
Uchmoqning hikmati qanotlar ikki,
Chaqmoqning hikmati harbu zarb ikki,
Yor boʻlsa, u kulsa — lazzati ikki,
Ishondik, yoʻl yurdik, moʻl yurdik —
Ikkimiz ikki.
Yigʻladik, yigʻimiz ohangi ikki,
Gul uzdik, gulimiz rangi ham ikki,
Sen yozding, men yozdim, imlomiz ikki,
Taqdir rishta berdi, yigirdik charxda»—
Ikkimiz ikki.
Ikkimiz ikki.

Sensiz

Kunlarni, tunlarni qon kabi kechib
Yashayapman vaqtga qasdma-qasd,
senga qasdma-qasd.
Soʻzlarni, yoshlarni zaharday yutib
Yashayapman oʻtmishga qasdma-qasd,
kechmishga qasdma-qasd.
Endi tonglar otmoqda rangsiz,
Men uchun farqsiz.
Endi yulduzlar moʻltirar ismsiz,
Men uchun farqsiz.
Boqaman, yuragim — betasvnr surat,
Koʻzlarim kuy erur beohang, bedard.
Oyogʻim sogʻinmay qoʻygan yoʻllarni
Aldayman yurib.
Nigohim izlamay qoʻygan koʻzlarni
Aldayman kulib.
Men nafas olaman, daraxtlar xoʻrsinar,
Ogʻriydi havo.
Men bedor yotaman, maysalar tush koʻrar,
Ogʻriydi xayol.
Faqat bahor abadiy goʻdaklik boʻylarin purkab
Qurigan bogʻlarni sarxush qilganda,
Va shamol zumrad tomchilardan muhabbat elab
Iligan kunlarnn choʻmiltirganda,
Vijir-vijir qaldirgʻochlar olis yurtlar suratin
Niliy koʻzlariga chizib kelganda,
Bir zum toʻxtayman.
Ortimga qarayman.
Kechirolmayman.
Kecholmayman.
Ketaman
Kunlarni, tunlarni qon kabi kechib...
* * *
Muhabbat uxlaydn ma’sumisha jim,
Tushida ertaklar aytar qushchalar.
Yulduzlar kuy chalar uygʻoq Xorazm,
Muattar ohangga toʻlar koʻchalar.
Suvlarning mavjida shodlikning raqsi,
Baliqlar koʻzida quvonch gullaydi.
Daraxtlar qoʻlnda nur toʻla qadah,
Baxtiyor kunlardan xabar yoʻllaydi.
Hilol yogʻdusidan maysalar sarxush,
Yashil afsonalar aytadn Urganch.
Samodan sochilar oppoq guldasta,
Mening muhabbatim uyqudan turgach.
* * *
Oqshom choʻkar — gʻarib nortuya
Yonboshlaydi meshlari bilan,
Toʻkilarkan qop-qora siyoh,
Oy qilqalam yasar latidan.
Sen kelasan suzib, poyingdan
Maysazorga taralar anbar.
Erkning shirin ertagin tinglab
Susanbilga boshlaymiz safar.
Atirgul may tashir — mulozim,
Sipohisi sozanda qushlar.
Bozorlarda xayolga qoʻshib
Sotiladi sehrli tushlar.
Taxtiravon bolalikniki,
Xizmatida yunus baliqlar.
Daryolarda shod yelib yurar
Kabutarlar tushgan qayiqlar.
Qizaloqlar xino sayliga
Suv ustidan borishar yurib.
Taxt yonida bizni kutishar
Malikalar musallam turib.
Toʻrvasini agʻdaradi tun —
Xushboʻy kelar qora sumbuldan.
Yulduzlarni terib ketamiz
Qaytarkanmiz biz Susanbildan.

Aldov

Sen meni sevmaysan bilaman,
Sevgini sevasan qattiq.
Injigan mehringni ravo koʻrmaysan,
Sevgining labiga tutasan.
Sen menga boqmaysan, boqqanda,
Sevgini koʻmadir nigohing.
Sen xafa boʻlganda yoʻq mendan emas,
Sevgidan ranjiysan — boʻlarmi shunday.
Nafrating dilingda qoʻr tortgan damda
Sevgiga sepasan — oʻchsa ham mayli.
Endi men ham kechsam sendan emas yoʻq,
Sevgidan kechaman, sevgidan, jonim.
* * *
Umid qarsillatdi chaqmoqtoshini,
Koʻzingda lovullab soʻndi alanga.
Seni koʻp kuttirdim, yana qalbingda
Gulxan yoqish uchun — gullar qalangan.
Evoh gurillab yonmadi bogʻlar,
Yonmadi yulduzlar, yonmadi osmon.
Sen deding: ruhim kul, yuragim esa
Shamollari oʻlgan biyday kuliston.
Endi kech, qirqilgan qanotlarimiz
Oʻrnidan sizmoqda sovib qolgan qon.
Koʻzingdan koʻzimga nurlar keltirgan
Kabutar qaydadir yotar chalajon...
Men keldim! Poyimga xatolar taqqan
Halqasi ogʻuli zanjirni uzib.
Chaqmoqlar chaqaylik yana bir karra,
Kul boʻlib, kul boʻlib ketaylik toʻzib.
* * *
Oʻtib ketdi endi hammasi,
Lahzalar ham jaranglab tindi.
Yuraklardan uchgan oqqushlar
Qaytib keldi, taqdirga koʻndi.
Uzoq kutdik biz oʻzimizni,
Salom deya kelmadi hech kim.
Oʻrtadagi intizorlik ham
Xayrlashmay tugaydi balkim.
Oʻgʻirlandi bizlardai nigoh,
Oʻgʻirlandi yurak zarblari.
Oʻgʻirlandi tomirlardagi
Muhabbatning shirin dardlari.
Novdalarda qolmadi yaproq,
Bahordan ham umid uzilgan.
Chor atrofga sovuq harf bilan
Yolgʻizlikning nomi yozilgan.
Ey-y — baqirib koʻzimizdagi
Alangani sepaylik dilga.
Toki unga tegib ketganlar
Kuyib-kuyib aylansin gulga.
* * *
Oyning zarrin nurlaridan
Suv toʻqirkan baliqqa libos
Daraxtlarning barmoqlaridan
Toʻkilarkan bir hovuch gilos
Uxlab yotar bahodir qirda
Chumchuqlarning tomoqlaridan
Toshlar sasi uchsa qoʻshiqday
Tunning koʻzi — yongan gulxanni
Tebratarkan shamol beshikday
Tush koʻradi bahodir qizni
Tebranishib sarxush maysalar
Kuylasharkan shabnam qoʻshigʻin
Gullar nafis yaproqlariga
Chizar ekan kuygan oshigʻin
Quchib olar bahodir qizni
Qaldirgʻochlar qanotin silkib
Un separkan qorinlariga
Yelinlari iyigan bulut
Sut berarkan qulunlariga
Qaytib kelar bahodir qirdan.

Shashmaqom

1

Gʻamrang koʻlda qogʻoz qayiqcha,
Eshkagi yoʻq yoz sayohatchi.
Sarobrang kun ichar sohilda
Soʻnggi umid shoʻr hamda achchiq.
Suruvi yoʻq keksa choʻpon — yoʻl
Gulxan yoqar izlarni yigʻib.
Qurigan vaqt poʻstlogʻin tirnab
Shamol yozar: tosh hamda yigʻi.
Sohibi yoʻq sandiq esa qulf,
Taqillatar kimdir ichidan.
Osmon ham yoʻq, yer ham yoʻq endi,
Hatto koʻlning suvi ichilgan.

2

Hamyonini ochar saxiy tun,
Bozor esa gung va kimsasiz.
Qaldirgʻochning uyasi — yurak.
Qirriq sarrof — shamol uygʻonib,
Savdosini boshlaydi sassiz.
boyoʻgʻlining oʻgʻli — vahima.
Bilakuzuk va nay doʻkonda
Bozingardan garovga qolgan.
yarqillagan qilichmi-qinmi?
Demak qadim bazmi jamshidda
Hamma narsa boshma-bosh boʻlgan.
baliqlarning osmoni nima?
Sarrof endi birga oʻn qoʻshib
Almashmoqda savobga gunoh.
kaltakesak sayradi — bulbul.
Tarozini mumlaganini
Bilmadi tun, yoʻq bitta guvoh.
qaldirgʻochningʻ uyasi — ilon.
kaltakesak sayradi yana.

3

Suv qaynadi, soʻngra tugadi,
Qumgʻon esa uvillamoqda.
Quduq buncha boʻlmasa chuqur.
Sohibfursat lalisi boʻm-boʻsh,
Makrgiyoh tomizar sharbat.
Koʻrshapalak bunchalar uchqur.
Dasturxonni ochadi osmon —
Musichaning qanoti va yel.
Jarliklarning tishi qamashur.
Yer ostida qurt va qumursqa,
Gul tomirin toʻgʻrab beradi.
Tulpor qaytar koʻzlari soʻqir.
Oʻgʻir esa donga toʻladi,
Tosh kuladi — elakka nasib.
Haqqush yana olovni choʻqir.

4

— Zinasi yoʻq narvondan
Qayga chiqib qetyapsan?
— Jim,
jim,
jim.
— Falakda hech kim yoʻqmi,
Nega qaytib tushyapsan?
— Jim,
jim,
jim.

5

Sir gʻoriga qoʻyilgan tosh — oy
surilganga oʻxshaydi.
Yaltur-yultur yulduzmi, izmi,
kirilganga oʻxshaydi!
Tun kuylagi yirtiq — qaroqchi
tirilganga oʻxshaydi.
Sabr tortgan qora kamalak
uzilganga oʻxshaydi;
Ufqda qon, qatlami yo ziyofat
tuzilganga oʻxshaydi.
Muz oʻymoqda koʻzimizni, yoʻl
burilganga oʻxshaydi.

6

He-e-e choʻlpi toʻqib jiydadan
Tuq qozonin kovladim.
Chaqmoq chaqib qaytadan,
Qanotimni tobladim.
Koʻzida rang qaynatgan
Musavvirni chorladim.
— chorchoʻpi yoʻq mato bu,
chetiga nur taqilgan.
oʻrtasiga gul bilan
qop-qora mix qoqilgan.
He-e-e gardishi yuq doyrani
Chaldim dilim qabardi.
Dor ustida adashdim
Toshga urib tabardi,
Jon qushini chaqirdim,
Aytdi kulib xabardi.
— mehmoni yoʻq supa bu,
toʻrtta shami yoqilgan,
taqsimchada juft meva
danaklari chaqilgan...
* * *
Osmonga oʻraladi bir juft turna patlari,
Oʻralaman men tunga, oʻralaman bulutga.
Shamolni qarsillatib sindiradi ruh — daydi,
Aylanaman tomiri qochib ketgan daraxtga.
Yuragimni silkiyman, yoʻl toʻkilar duvillab,
Yoʻllar koʻmib tashlagan fasllar toʻkiladi.
Soʻng jonimni silkiyman, jon toʻkilar guvillab,
Jonim yutib yuborgan alamlar toʻkiladi.
Falaklarga uchaman, ichimdan sado kelar,
Soʻz qanotin yozadi: yorib chiqar koʻzimdan.
Labimdagi qonagan qabr ham ochiladi.
Ishqni aytmasin deya yulduz tishlar tilimdan.
* * *
Shu zamon men kabi uzoqda
bitta qiz yuragin qoʻliga olib
hasratin boʻgʻmoqda she’r bilan.
Koʻziga — boychechak salqinligiga
ikkimiz kechirgan kunlarni
yashirib qoʻymoqda she’r bilan.
Tip-tiniq sogʻinchni siypalab
chizmoqda yoʻqolgan suratimizni
xoʻrsiniq shaklida she’r bilan.
* * *
Bugun soʻz topmadim qalbim siqimlab,
Yashadim qiynalib, eslolmay koʻzing.
Umrim yoʻllarida kezdim sargardon,
Koʻrganim xazonlar, bu balki oʻzing.
Soʻng kirib ketdim men yurak qa’riga,
Alvido aytgancha bevafo kunga:
Mana bu men senga atagan gullar,
Bunisi hijrondir azobga doʻngan.
Bir tutam hiding bor, bir tutam kulging,
Yurakka muhr bor — bir damlik visol.
Ozgina savol bor, ozgina aldov,
Qolgani ma’yuslik, qolgani xayol.
* * *
Tun ichadi sukutni
Qishloq jim-jit, yoʻl jim-jit,
Oy yopadi kuygan non,
Yulduz sepadi — kunjut,
Bir qiz kelar parishon.
Qop-qora aygʻoq shamol
Qovakka pisinadi,
Toshning tagida ilon
Gʻam bilan isinadi,
Bir qiz kutar parishon.
Maysalar aytib afsun
Sehrlar qurbaqani,
Anhor tun tuyogʻidan
Oʻgʻirlaydi taqani,
Bir qiz kular parishon.
Tun ichadi sukutni
Qishloq jim-jit, yoʻl jim-jit,
Oy — nonini yeb qoʻyar
Qishloqdagi qarri it,
Bir qiz yigʻlar parishon...

Yoz

Uynoqi toshli nay chaldi chigirtka,
Bedazor anqitdi asalarini
Qoʻrsichqon hidladi oʻroqni.
Sarob kosasida chanqatti taffot,
Shamol ochib qoʻydi qanotlarini.
Koʻrsichqon hidladi qayroqni.
Qurigan ariqqa choʻzildi fursat,
Kapalak shipshidi — safar qaridi.
Koʻrsichqon hidladi tuproqni.
* * *
Men bir bozingarman, bugun soʻnggi bor
Pardasiz sahnaga chiqaman kulib.
Aldab kelgan edim sizlarni har kun.
Ming bir bor tugʻilib, ming bir bor oʻlib.
Koʻksimga sanchilgan nayzalar nayza
Emas, koʻzim ekkan maysalar edi.
Kaftimga qoʻngan qush qoʻshigʻim tinglab
Sizlarni kuldirdi, tilimni yedi.
Tosh bilan boltani qarsillatgan men,
Bu yolgʻon oʻrmonda adashgan sizsiz.
Nay chaldim, darz ketgan umr koʻzamdan
Ishqdan mast ilonlar chiqmadi, essiz.
Men bir bozingarman, bugun soʻnggi bor,
Jaranglar tillari bogʻliq qoʻngʻiroq.
Chiroqlar oʻchadi, boyoʻgʻli huvlab
Sarupo tikadi menga ming yamoq.
Chiqaman boʻgʻzimda olovlar oʻynab,
Xatoni pichoqday yutadi yurak.
Koʻzimda favvora qon bilan uynab,
Yuzimga sepadi — siz uchun ermak.
Dovullar chalinar, langarchoʻp sinib
Qularkan men dordan, soʻramam shafqat.
Qumsoat sirlarim sanarkan bir-bir,
Alvido aytaman — sizlarga nafrat!
Men bir bozingarman, bugun soʻnggi bor
Pardasiz sahnaga chiqaman kulib...
* * *
Uch toʻrtta quzgʻunu bitta oʻlaksa,
Tomosha beradi besh kundan buyon.
Kim gulxan yoqadi, kimdir sangtarosh,
Kimningdir kafti qon, kim aytar azon,
Tomoshabnn yoʻq.
Besh kundir tinmaydi mastu alastlik,
Kuladi, yigʻlaydi, yolgʻonmi rostlik.
Besh kundir koʻr usta suyak jamlaydi—
Tersam bas, yngʻsam bas bitta qafaslik,
Tomoshabnn yoʻq.
Besh kundir arraning ovozi tinmas,
Besh kundir tutatqi izlar chiroqchi,
Besh kundir barmogʻin sanar sanoqchi,
Besh kundir karvonni poylar qaroqchi,
Tomoshabin yoʻq.
Besh kundir oynasiz gardish qoʻlimda,
Yolgʻonchi qur’atosh oʻngu soʻlimda,
Qirq tugun ritamdan dor ham tikilgan,
Xazina koʻrmagan ilon boʻynimda,
Tomoshabin yoʻq.
* * *
Bir kosa shamol, oxirgisi deb,
Aldab sotib ketdi sozmi yo ohang.
Barmogʻimni botirdim tunga boʻyaldi,
Jonim qani hey, darvoza nega lang.
Ikki koʻzimda jilvasi benur
Yusufning koʻylagi umi, umi-uvvv.
Qoʻlimda yoʻl tutam, lablarim tuproq,
Sohibim, koʻzangdan berma menga suvvv.
Na tuynuk, na teshik, qoʻllarim ozod,
Tebranmas beshigim loyini qordim.
Farishta topmagan siyoh pardani
Ninazan koʻrdimu koʻzimni berdim.
* * *
Koʻzim tunkoʻl.
Charxfalak toshdan.
Nurmaydon tashnadir hech kim bilmaydi,
Sohib kim, dehqon kim, nimalar ekkan.
Choʻlpillab kosalar toʻlar damba-dam,
Tomgani hayratu, qolgani zaqqum.
Koʻzim tunkoʻl.
Didbonlar habash.
Changakdil tashlaydi, izlab tinmaydi,
Botgan kim, choʻkkan kim, nimalar yitgan.
Ruhkamar loylanar qaynab damba-dam,
Qutilgan xayolu, tutilgan hasrat.
Koʻzim tunkoʻl.
Barmogʻi nurdan
Paypaslar chiqmagan ilohiy tishni,
Mehmon kim, mezbon kim, nimalar pishgan.
Karvonla fol ochar yoʻllar damba-dam,
ketgani visolu, qaytgani alam.
Koʻzim tunkoʻl...
Koʻzim tunkoʻl...
Koʻzim tunkoʻl...
* * *
Yuragimda dunyo tugʻilib,
Dunyo oʻlib turibdi har kun.
Yuragimda dard, alam ozod,
Yuragimda muhabbat tutqun.
Inqiloblar tayyorlanmoqda,
Jang-jadallar bormoqda qizgʻin.
Kimlar guras-guras kelmoqda.
Kimlar esa boʻlmoqda quvgʻin...

Paganinining Soʻnggi Konqerti

Hali uxlar edi maloiklar jim,
Gʻaflat yellaridan chodirlar tikib.
Hali uxlar edi yosuman gʻaddor,
Nafrat koʻylagining yarmini bichib.
Hali uxlar edi shayton va rahmon
Yetti qat osmonda — ma’sum, begunoh.
Uxlardi hattoki yerni yaratib,
Unga nom berishni unutgan iloh.
Nimadir qaynadi,
Nimadir tindi.
Nimadir yalt etdi,
Nimadir soʻndi.
Soʻnggi bor kuldi-yu boladay,
sozining torini tobladi.
Koʻzini yuldi-yu, dunyodan
tuyding, deb poyiga tashladi.
Kim dedi: qaranglar,
kulgusi zahar.
Kim dedi: qaranglar,
nur yogʻar — sahar.
Mashshoq beshikday qoʻydi-yu yelkaga sozni
Eng nozik pardada dunyoga kelgan
Eng nozik ohangni oʻrab sehrga
Uzatdi...
Uzatdi... qoʻllari muallaq qoldi.
Kuy emas edi bu — xayol qushlarin
Dilafshon gullarning kosalaridan
Nam ichgan chogʻdagi
Sayrogʻi edi.
Kuy emas edi u — tong yirtigʻidan
Goʻdaklar kulgusin oʻgʻirlab chiqqan
Mangu buloqlarning
Qoʻshigʻi edi.
Kuy emas edi bu — mujdakash yelning
Yaralmoq sirini bilmoqlik uchun
Zamindan osmonga
Soʻrogʻi edi.
Million yil izlagan — topa olmagan
Yuraklar eshitib oʻz ovozini
Koʻzlardan parillab uchib chiqdilar.
Tomirda uxlagan sohir hislarni
Dengizdan koʻpiring, deya uygʻotdi
Ohangdan toʻkilgan qoʻngʻiroqchalar.
Nigohlar oʻrladi dil peshtoqiga,
Paypaslab topdilar ruhning inini —
Chirqillab kuylardi soʻqir qushchalar.
Nimadir toʻkildi,
Nimadir yozildi.
Nimadir choʻzildi,
Nimadir uzildi.
Omon qolgan uch torga
taqdirini bogʻladi.
Tilini ham tildi-yu
qargʻalarga tashladi.
Kim dedi: qaranglar,
barmogʻi ilon.
Kim dedi: qaranglar,
oqayotir qon.
Mashshoq chalar edi oʻzini oʻzi,
Gulxandan sachragan choʻgʻday ushalib.
Mashshoq chorlar edi oʻzini oʻzi,
Umrining yoʻliga gulday toʻshalib.
Bir kuni erk saltanatidan
Ilohalar keltirdi yaroq:
«Yuragingning devoriga chiz,
Bir qiz senga tashlaydi nigoh».
Kim dunyoning qotil ne’mati —
Ishq koʻziga bardosh berolgan.
Haqni sevgan bandaday sevdim
Bunyodimu ham barbod bilan.
Bir lahza oʻt boʻldim, qoʻlimni.
Kaftlariga olib sochdilar.
Men samoga doʻndim bir lahza
Yulduzlarim tashlab qochdilar.
Sevaverdim qayta va qayta,
Aldamadim ammo hech kimni.
Soʻradilar — tutdim neki bor,
Lek bermadim yolgʻiz erkimni.
Mashshoq chalar edi — tomoshagoh gung,
ishongan edilar OdamAtoga
jonni Haq kuy bilan kiritganiga.
Mashshoq chalar edi — olomon telba,
ishongan edilar Paganinining
iblisga qalbini sotganligiga.
Mashshoq chalar edi baxtni, sururni,
izdihom tebranib biri-biriga
jonlarii baxshida aylar edilar.
Mashshoq chalar edi gʻamni, qaygʻuni,
ruhlari jismini tark etib chiqib
ettinchi falakda yigʻlar edilar.
Nimadir toraydi,
Nimadir qoraydi.
Nimadir yumildi,
Nimadir koʻmildi.
Uning ohang oʻygan kulgichlariga
istehzo chandiqday qoldi osilib.
Sozining bir jufti tarang toriga
barmogʻi pichoqday botdi sanchilib.
Kim dedi: qaranglar,
ortida shayton.
Kim dedi: qaranglar,
axir u imon.
Mashshoq qoʻllarini koʻtarib koʻkka
Gʻazabnok pardaga urdi zarb bilan.
Nogoh ummonga doʻndi-yu sahna,
Guvillab atrofda turdi shum toʻfon...
Bu vaqt sudrab kelar edi
razolatning sovuq sharpasin
ufqlar ortida zeriqkan oqshom.
Bu vaqt chiqib kelar edi moziy qa’ridan
na iblis, na xudo boʻlolgan avlod —
aldangan, talangan, adashgan beshon.
Bu vaqt sozning qillaridan
yurakka noma’lum qoʻrquv va dahshat
ufurib kelardi faryodga mengzar bir sado.
Va mudhish raqsini boshladi ohang —
Shaytonlar uygʻonib qars urib kuldi.
Yalanggʻoch va koʻzsiz ayollar raqsga tusharkan
Alvasti biz, deya sochlarin yuldi.
Avjigan chinqiriq hamda uvvosdan
Na umid, na najot qolmadi, tindi.
Goʻyoki Isrofil surin chaldi-yu
Zaminning boshida qiyomat sindi.
Mashshoqning lablari titrab asabiy,
Betinim oʻqirdi tilsimli duo —
Sulaymon koʻzaga solib tashlagan
Jinlaru devlarni chorlardi goʻyo.
Koʻzada devlarning gʻoʻldiragani
Taraldi sozchining gʻolib toridan.
Nihoyat koʻzaning yetti qat muhri
Ushaldi jinlarning ohu zoridan.
Toʻfon quturtirgan dengizning rangi
Qonolud boʻldi-yu, sakrab chiqdilar —
Qanotli timsohu shoxdor ilonlar,
Boshini chigʻanoq oʻygan maymunlar.
Mashshoqni oʻrtaga olib qayrashdi —
Tishlarin, nishlarin hamda tillarin.
Soʻnggi kuchlari-la zarb urar mashshoq,
Uzib tashlamaqchun sozning qillarin.
Nimadir surindi,
Nimadir koʻrindi.
Nimadir toʻldi,
Nimadir boʻldi.
Xayol oynasiga nur tushib nogoh
jilmaygan armoni koʻrindi
Qaqshagan suyakka nafratin joylab
yagona toriga sigʻindi.
Kim dedi: qaranglar,
oʻldi u.
Kim dedi: qaranglar,
kuldi u.
Mashshoq tobutday qoʻydi-yu yelkaga sozni
Gulxanlar guvlagan olovlariga,
Daryolar qurigan oʻzanlariga,
Daraxtlar toʻkilgan xazonlariga
Ayta olmagan marsiyasini
Boshladi....
Boshladi... ohanglar sozining boʻgʻzida qoldi..
Va dardning eng uzun rishtasin toblab
Eshilgan yagona torda yugurgan
Barmoqda musiqa yigʻladi.
Va qalbning eng chuqur qa’riga yillar
Yashirgan munojot oʻrlab falakka
Soʻz boʻlib, soʻz boʻlib quladi.
Ey, menga olqishu sanolar aytib
Poyimga bosh urgan ojiz bandalar!
Ey, menga san’atda xudosan, degan
Behisht quvgʻindisi — gunohkor pushtlar!
Aytingiz — qayerdan quyosh va zulmat,
Qayerdan muhabbat, qayerdan nafrat?
Koʻzingiz yashirmang, ayting — boshlanar
Qayerdan doʻzaxu, qayerdan jannat?
Sizlarni sevdim men xuddi bolamday,
Ruhingiz beshigin tebratdim bir zum.
Sizlarni sevdim men xuddi onamday,
Sadoqat ramzidir shu ikki koʻzim.
Bilaman,
Tun daftarin ochgan mahalda,
Gʻiybatu tuhmatdan doston bitasiz.
Oʻzingiz olqishlab, oʻzingiz maqtab,
Oʻzingiz hasaddan qonlar yutasiz.
Va sezaman yolgʻiz hamda begonaligim,
Qora shubha oʻrmalaydi dilni qaqshatib.
Nima qilay, oʻlgim kelmas, lek qoʻrquv solar
Mashshoqligim va sizlar-la yashash dahshati...
Ey, oʻzini Xudoning avlodi bilgan roviylar,
Nega yoʻl boshlansa tugar, albatta,
Nega gul yonida tikan, albatta,
Nega togʻ bagʻrida oʻpqon, albatta,
Nega haq yoʻlida qopqon, albatta,
Nega... soʻzingizni osmonmi yutgan,
Nega... koʻzingizda qonmi, kim toʻkkan,
Nega... boʻyningizda dommi, kim taqqan,
Nega soʻrovimga javob bermas hech kimsa axir?
Axir
Tiriklik bu — besh kunlik makr.
Dilgʻa yolgʻon qanot berib koʻkka uchirgan
Shon-shuhrat — makr.
Dunyoni sochiga gul qilib taqqan
Muhabbat — makr.
Kechaning qalbida gʻuluvlar yoqqan
Olovlar — makr.
Bagʻrida ilohiy ruyolar oqqan
Oʻzanlar — makr.
Hilpirab bahorning koʻksini soqqan
Xazonlar — makr...
Nimadir qaynadi,
Nimadir tindi.
Nimadir yalt etdi,
Nimadir soʻndi.
Gʻaflat yellarini haydab malaklar
Chodirlar tikishdi xushboʻy sabodan.
Nafrat koʻylagini tikib yosuman
Pinhona joʻnadi arshi a’lodan.
Uygʻonib uchdilar odamzod sari
Rahmonda — mas’umlik, shaytonda — gunoh,
Zaminda koʻpgan koʻp savdoni koʻrib,
Doʻzax deb nom berdi uygʻongan iloh.

Bu Va U

Abduvaliga
Ey, zohiri bulbul, tiynati samandar,
Ey, qoʻl sungan falak ganjiga haydar!
Koʻzingga tutganing ul parda nadir,
Qoʻlingga tutganing ul bolta nadir?
BU «odamning yogʻi»mas, «goʻshtu poʻsti» mas,
U odamxoʻr emasdir, kazzob doʻstimas.
BU haq dargohiga shiddatparvozdir,
U balki shu yoʻlda miskin bir rozdir.
BU ruhdir, paygʻomlar eltguvchi sayyoralarga,
U qotil shu ruhga qasdnok ayyoralarga.
BU qoʻrgʻon, hali koʻp avlodlar kelib ketadir,
U posbon, naqsh uzgan kajdilni quvib yetadir.
BU ehrom boʻlsa gar, U bir ehtirom,
BU gar vonz boʻlsa, U bir izdihom.
BU nagʻm etsa gar anjumda nsmat kuyini,
U ham oʻz sozida tirnar qismat kuyini.
Ey, zohiri bulbul, tiynati samandar,
Ey, qoʻl sungan falak ganjiga haydar!
BU «odamning yogʻi»mas, «goʻshtu poʻsti»mas,
U odamxoʻr emasdir, kazzob doʻstimas.
* * *
Kechiring, onajon,
Bugun yoningizga bora olmadim.
Chiqay desam,
Kulcha boʻlib
Oʻlib qopti yoʻl.
Och edi besh kundan buyon —
Tanovvul qilmagan birorta qadam.
Qirib chetga tashlay desam,
Xokandozni yoʻqotib qoʻyibman.
Qoʻlimda soyaandoz,
Soya yigʻib yuribman —
Choynak toʻla soya qaynayotir,
Qozon toʻla soya pishayotir.
Besh kundan buyon
Xayolsoya — gʻizoim,
Aqlsoya — jazoim,
Tasavvursoya — sazoim.
Qoʻlimda soyaandoz...
Birov ichkari kirdi,
Gʻaflatda qoldim.
Onajon, meni kechiring,
Yaqinda boraman,
Faqat
Ayting —
Soya oldin kirdimi,
Odam oldin kirdimi,
Qay birini olay soyaandozga?
* * *
Taqdir saroyiga farrosh tutindim,
Dilimga suv sepib gʻamni supurdim.
Kelmadi mehmon-ey,
Kelmadi mehmon,
Firoq doʻkonining soqiysi boʻldim,
Har jomga mavjlanib men oʻzim toʻldim
Kelmadi mehmon-ey,
Kelmadi mehmon.
Ochdimu behushlik eshigini lang,
Kuy chaldim, koʻz-mashshoq, umr esa chang
Kelmadi mehmon-ey,
Kelmadi mehmon...