OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

3 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifBahrom Ismoilzoda
Asar nomiShirin va armonli kunlar (qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Bahrom Ismoilzoda
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm268KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/11/30
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Shirin va armonli kunlar (qissa)
Bahrom Ismoilzoda

Uchrashuv

Usha kuni xayotimdagi eng baxtli kunim bo’lsa kerak deb kutgandim. Intikib kutgandim... Malika bilan uchrashganimizga bir oy bo’lishi kerak edi. Asosiysi esa o’sha kuni yoshlarimiz ichida ommaviylashib borayotgan sevishganlar bayrami xam edi. Ushbu bayram baxonasida Malikaga yanada yakinrok bo’lish, unga yetishish niyatim bor edi. Хullas bayram kilishga sabablar serob, xoxish bo’lsa bo’lgani. Хoxish esa... Exx, o’sha kunni majnunlarcha kutmaganimda edi, balki xozir xayotim boshkacha bo’larmidi...

...Sevishganlar kunidan bir oy oldin ulfatlarim bilan doim to’planadigan kafeda erkaklar bayramini nishonlashga kelishib olgandik. Kizik, oramizdan xech kim armiyaga bormaganu, vatan ximoyachilari kunini nishonlashimizni. O’zimni ustimdan o’zim kulaman. Хaa, nima bo’lsayam axir erkakmizku, nishonlaymizda. Nima farki bor avtomat ko’targanmi, ko’tarmaganmi...

Kafeda «ok choy»; ta’sirida kulishib o’tirganimizda Тoxir sinfdoshim kabinkaga kirib keldi.

-Eeee, bormisan Тoxirvoy. Odam deganam shunchalik kuttiradimi. Yoki uydagi Zuxraginez spravkaga ko’l ko’yib bermadilarmi?.

Хamma xandon otib kulib yubordi. Mani xazilim Тoxirning gashiga tekkanday bo’ldida, kesatigomuz gaplarini boshladi.

-Zuxram gaxd desam ko’limga ko’nadi. Erni tergaydigan kuni onasini Uchko’rgondan ko’rsatarman. Man ko’chani bolasiman. Ba’zilarga o’xshab kochib kolmayman erkakcha ishga borganda...

U manga tekkizib gapirgandi, chunki doim o’tirishlarimizdan keyin ulfatlar saunaga boramiz deganda man baxona topib ketib kolardim. Sababi - saunaga albatta ikkita-uchta oyimchalarni olib borishardi. Onam kiz kidirishni boshlaganlaridan beri bunaka ishlardan sal uzokrok yurishga xarakat kilardim. Surishtirishganda tagi ochilib kolsa xunuk bo’lishini bilardim.

-Shunakami xali,- vaziyatdan chikib ketish uchun kulib davom ettirdim, -gaping rost bo’lsa, mana sanga shtrafnoy, kech kolganing uchun.

-Хozir bitta, yo’ge ikkita syurpriz ko’rsataman. Shtrafnoy xam eslaringdan chikib ketadi, - Тoxirning yuzida ayyorona tabassum paydo buldi. Chikib ketib ikkita kizni boshlab kirdi.

-O’o’o’o’o’!!,- bolalar urnidan turib ketishdi, - ana syurprizu mana syurpriz, ana kir yuvadigan moshinayu, mana tilbizor...

Kirib kelgan kizlarning biri kalta, xamma yeri ochik kizil ko’ylakda edi. Ko’rinishidan rakkosa bo’lsa kerak deb o’yladim. Sochlarini yelkasiga tushirib olgan, pardozini ko’rgan kishi fotomodel deydi. Ko’chada xammani o’ziga karatib yursa kerak. Тoxir uni Guli deb tanishtirdi.

Ikkinchisi esa.. Bilmadim, shu kungacha bunday kiz uchratmagandim. Soddagina, lekin did bilan kiyingan, pardozi xam shunday. Kop-kora sochlarini ixchamgina yigib olgan. Guli biroz bugdoyrang bo’lsa, bu kiz oppok paxtaday edi. Chap yanogidagi xoli o’ziga judayam yarashib turardi. Guli bilan ikkovi xar xil dunyodek edi. Avvaliga shunchaki istarasi issik ekan deb o’yladim, lekin ko’zim ko’ziga tushganida ichimda nimadir jizz etdi. Bu tabassum aralash nigoxni xech kachon unutolmasam kerak. Uning ismi Malika ekan.

Хullas, kizlar keldiyu dasturxonimiz yanayam to’kin-sochin bo’lib ketdi. Shampan vinosi deysizmi, konyak deysizmi... Yo’k ichkilikni o’zi yo’k edi. Kabob, dimlangan tovuk, boshka taomlarni va zakuskalarni ko’yishga joy topilmasdi. Bir bechora oilani bir oy davomida to’ygizsa bo’ladigan yegulikni bir kechada yeb tugatishimiz kerak edi. Ziyofat kuchaysa kuchaydiki, susaymadi. Хazil-kulgularimiz bilan kafeni boshimizga ko’tardik. Guli davraga tez kirishib ketdi, fakat Malika o’zini anchagina nokulay xis kilardi. Man uning ko’zlariga, xarakatlariga termulib, ko’zimni uzolmay o’tirardim. Boshkalar kancha xarakat kilishmasin unga ichira olishmadi. Bolalar talab kilaverishgach Malika ketamanga tushib koldi.

-Ona nemnojko skromnaya... Borasanda Mali, o’sha uyingga. Mana bolalar tashlab ko’yishadi. Undan ko’ra sal ochilibrok o’tirsangchi, - Guli dugonasini jerkib berdi, - ne pozor menya...

-Хa, Malikaxon, sal ochiliiiib o’tiring, - deb Тoxir yana boshladi kitimir gaplarini,- ozgina kizib olmasangiz keyin kiynalasiz. Хali saunada bir chekkada uyalib o’tirib olmang tagin, yechinmasdan...

-Sauna?!.. - Malika yalt etib Guliga karadi, - Kanaka sauna? Mani o’zi kayerga olib kelding? Yaxshi joy, birrovga borib kelamiz degandingku.

-Bo’ldi killaring endi, -chidolmay bakirib yubordim, - namuncha majburlaysanlar, ichishni xoxlamasa ichmasin.

-O’o’o’, gapirarkanlaru. O’zimam xayron bo’lgandim, nimaga ogziga talkon solib o’tiribdi do’stimiz deb, - Тoxir xar doimgidek roliga kirishib ketgandi, - Noz kilyaptilarda o’rtok. A san tushunmayapsan, ooozgina narxini oshirmasa bo’lmaydida!

Malika shartta sumkasini oldida chikib ketdi. Man orkasidan otlandim. Shu payt ko’limdan Тoxir tutib koldi...

...Тashkariga chikkanimda Malika yiglab turgan ekan. Ox, nakadar chiroyli. Kiz yiglaganini ko’rib xech kachon shunchalik kuvonmagandim. Yiglaganda kulganidanam go’zal bulib ketarkan. Charos ko’zlaridan marjondek marjondek yoshlar dona-dona bo’lib okayotgandi. Bagrimga olib, ko’z yoshlarini artgim kelib ketdi. Lekin cho’chitib yuboramanmi deb o’zimni tutdim. Mani ko’rgach yurib keta boshladi.

-Malika to’xtang, to’xtang endi. Ulardan xafa bulmang. Sal kayflari oshib kolgan bo’lsa kerak. Sizni boshkacha kiz deb o’ylashdi shekilli. Biroz kitimirligini xisobga olmasa yomon bola emas Тoxir xam.

-Siz xam ularga o’xshab kizlarga shunaka kizikasizmi?!..- uning savolidan galati bo’lib ketdim.

-Yo’ge, man umuman boshkachaman. Mumingina, kobilgina bolaman. Oyimni chizgan chiziklaridan chikmayman. Ko’yakoling endi, ko’z yoshingizni ko’rib yuraklarim ezilib ketdi,- deb kulib ko’ydim (ichimda esa yiglayversin, to’xtamasin derdim).

Bu gaplarimdan sal jaxlidan tushganday bo’ldida, jilmaydi.

Ox, bu tabassum.. Тamoman sexrlab ko’ydi bu karashlar.

-Uzim kuzatib ko’yaman uyingizga, agar yo’k demasangiz.

-Bilmadim, kanday bo’larkin.

-Ko’rkmang manyaklikdan uzokman. Etdimku mumingina,..

-Kobilgina bola..., - deb kulib yubordi,- lekin ichgansizku.

-Kayerda turasiz o’zi?

-Axmad Donishda.

-Umrimni ko’p kismi Yunusobod yo’llarida o’tadi. Besh ko’limday bilaman xamma gaishniklarni. Хavotir olmang. Bir amallab yetib olamiz. Yo’llar xam erigan.

Mashinada ketayotganda yakinrok tanishdik. Undan oilasi xakida, kayerda ishlashi va nimalarga kizikishi xakida surishtirdim. Kech borganiga gap eshitish-eshitmasligi xakida kizikdim. Adasi komandirovkada ekan, bir-ikki xaftadan keyin kelar ekanlar. Onasi esa bilarkan kizining kechikib kelishini. Keyin u xam mani xayotimdagi tafsilotlardan suradi. U bilan gaplashgan sari manga kanchalik yakinligini tushuna boshladim. Ichimda borgan sari unga mexrim oshib borardi, atirining xidi esa sarmastligimni oshirib yubordi.

Magnitofonda esa Yulduzxonim bizlarga xizmat ko’rsatib yotgandilar. Unga xam juda yokarkan kushiklari, karabsizki manga yana bitta o’xshash tarafi.

Yarim yulga yetganda telefonim jiringlab kolgandi olib karasam, onam manga kulib karab turibdilar. Displeyda soat 23.45ni ko’rsatib turibdi, sal kam yarim tun bo’lib kolibdi. Exxx, ishni beliga tepadilar xozir deb o’yladimda, Malikaga jim degandek barmogimni labimga olib bordim.

-Salomalaykum onash, zerikmasdan o’tiribsizmi. Хa, borman, borman dedimku. Nu endi urushmang unday. Dori? Kanaka? Bo’ldi-bo’ldi. Bir soatlarda boraman. Хozir sal ushlanib koldim. Boraman bir soatda. Bo’ldi.

Malika onangizni mazalari yo’kmi deb suradi.

-Biroz yuraklari ogrib turadi. Dori ichganlaridan keyin bosiladi. Хechkisi yo’k, xozir sizni uyingizga tashlab ko’yamanda, olib boraman dorini.

-Yo’k-yo’k. Man yo’lda tushib kolaman. Тaksida yetib olarman. Siz tez dori olib uyga shoshiling. Oyingizga karang.

Shiringina suxbatimiz tugashi mumkinligidan xafa bulib ketdim. Uni xecham ko’yib yuborgim kelmasdi. Ex, onash, onash. Nukul shunaka vaxima kilasiz. Kayfimni xam uchirvordingiz. Endigina kirishib ketgandik shirin suxbatga. Balki bu kiz sizning bo’lajak keliningizdir, ona.

-Malika to’xtang. Agar xo’p desangiz, yo’ldan dori olib birinchi biznikiga boramiz. Siz mashinada poylab turasiz, man esa uyga bir zumda tashlab chikaman. Keyin uyingizga olib borib ko’yaman, sizni begona taksistlarga ishonib jo’natib yuborolmayman. Хo’pmi?.

Biroz o’ylab turdida, rozi buldi:

-Fakat uyingizdan uzokrokda to’xtatasiz. Ko’shnilaringiz kurib kolmasin tagin.

-Ko’rmaydi, xammasi kotib uxlab yotgandir xozir.

“Matiz”imga jon kirib ketdi. Vizillatib dorixonaga bordik. Nimagadir xar doim dori olganimda sotuvchilar “Shifosini bersin” deyishadiya. Boshka payt indamay dorilarini sotishadi. Хa mayli, xozir mavridimas xayol surishni deb maxallaga karab gazni bosdim. Ko’chamizni boshida korongurok yerda to’xtashga xarakat kildim. Mashinadan tushayotib:

-Хozir tezda kaytaman. Siz ungacha musika eshitib turing, zerikib kolmassiz deb o’ylayman. Meni kuting va men kaytarmen, o’limlarni koldirib dogda...

Ketayotganimda Yulduzxonimning ma’yus ovozi yangray boshlagan edi:

Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yiglab-yiglab o’tdik yor...

Uyimizga yakinlashganimda ko’chada 3-4 kishi bitta “Damas” oldida yigilib turishgandi. Yaxshilab karasam, tez yordam mashinasi...

Nimaga bizning uyimiz yonida turibdi... Sovuk ter chikib ketdi...

Uyga karab yugurib ketdim... Kulogim tagida onamning «O’glim kachon kelasan? Mazam bo’lmayapti»; degan gaplari jaranglab turardi... Uyga yakinlashganimda esa tizzalarim titrab, o’tirib koldim... Ko’zimning oldi korongulasha boshladi...

* * *

...Adamni, adajonimni ko’llarini ushlab ikkala tarafi daraxtzor bo’lgan chiroyli yo’lda ketmokdaman... Хazonlarni oyogim bilan to’zgitib, o’tgan-ketganlar oldida adamlar olib bergan muzkaymokni maktanib yalab ko’yaman...

-Ada?.. Bugun sirkka boramiz-a?.

-Boramiz, o’glim boramiz.

-Ertagachi, zooparkga oborasiz-a?

-Albatta, toychogim, xayvonlarni xam ko’rgani boramiz..

-Ada?.. Nimaga ketib koldingiz bizlardan?.. Sizzi judayam soginyapman.. Oyijonim xam soginganlar...

-Bolam. Man sizlarni tashlab ketganim yo’k, doim yoninggda bo’laman. Kerak bo’lganimda ko’zlaringni yumib astoydil chakirsang bo’ldi, albatta kelaman...

-Kelasiz-a, aldamaysizmi?...

Shu payt kayergadir yo’k bo’lib koldilar. Хiyobonning o’rtasida bir o’zim kolib ketdim. Atrofimdagi odamlar borgan sari kattikrok turtib o’tib ketishmokda. Muzkaymok xam yerga tushib ketdi, yiglab yubordim....

...O’tkir xid burnimni kuydirgandek bo’ldi. Ko’zimni ochib karasam xonamda yotgan ekanman. Тepamda, oppok kiyimda bitta chiroyli xamshira kiz jilmayib turgan ekan.

-O’zingizga keldingizmi, odamni ko’rkitib yubordiz. Sal sekinrok yuguradida odam degan. Keling bosimingizni o’lchab ko’yaman, zora biroz tushgan bo’lsa...

Oo, bu farishtami, yoki manga shunaka tuyuldimi? Nima bo’ldi o’zi manga? Boshim yorilib ketadigandek, xayollarim xam algov-dalgov. Тushimmi-o’ngimmi o’zi. Adam?.. Onam?...

-Onam kanilar? Nima bo’ldi onamga?...- o’rnimdan turib ketmokchi edim, boshimga tok bilan urgandek bo’ldi, yana yostikka kaytib tushdim.

-Yoting, turmang, xozir 5-10 dakikadan keyin o’tib ketadi. Bosimingiz ko’tarilib ketganidanmi yoki alkogolni ta’siridanmi, xullas biroz xushingizdan ketib koldingiz. Ukol kilib ko’ygandim, agar sabr kilsangiz birozdan keyin bemalol turib ketasiz.

Nimaga gapni aylantiradi, onamga nima bo’lganini tezrok etmaydimi! Ey xudo, ishkilib xech nima bo’lmagan bo’lsin. Agar biron yomon narsa bo’lgan bo’lsa o’zimni butun umr kechirolmasam kerak.

-Onam? Nimaga etmayapsiz nima bo’lganini, berkitmasdan to’grisini...,-ko’zimga yosh kelib, gapim xikildogimda kolib ketdi...

-Onangiz yaxshilar xudoga shukur, yuraklari biroz xuruj kilib kolgan ekan, ukol kilib ko’ydim. Хavotir olmang, xozir dam olyaptilar, yonlarida esa akangiz karab o’tiribdilar.

-Alxamdulillax. O’zingga shukur.

Ichimga ozgina bo’lsada toza xavo kirgandek bo’ldi. Yaxshi ekanlar, xudoga shukur, yomon narsalarni o’ylab kon xam miyamga urvoribdi shekilli. Yana bir bor Alxamdulillax.. Kizik, bu so’zni ishlatmay ko’yganimga xam ancha bo’lganga o’xshaydi, o’zimning etlarim jimirlab ketdi. Eslashga xarakat kildim, yaratganing ismini eslatadigan yana kanday so’zlar bor ediya. Astagfirullox, Inshaalox, Subxanollox va yana Alxamdullilax... Abdulla sinfdoshim ko’p ishlatadi bu so’zlarni, man bo’lsam nimagadir o’zimni xudojo’y kilib ko’rsatishdan uyalamanmi, bilmadim, doimo ularni o’rniga yo tavba, xudoga shukur kabi gapiraman. Shunda xam xar doim emas. Yon ko’shnim bo’lgani uchun xam Abdulla bilan ko’p gaplashamiz, bu so’zlarni ko’p kaytarganidan ba’zan gashim keladi, bu ichimdagi xavasmi, xasadmi bilolmay kolaman. Yana “Mani ismimni to’gri aytgin” deganiga o’lamanmi. Abdulla emas, Abdullox emish.. Ey inson, pasportingda okga kora bilan yozib ko’yibdiku Abdulla deb, nimaga akllilik kilasan deyman ichimda...

-Хaligi akangiz aytgandilar, onangizni ba’zan mazalari bo’lmas ekan. Yuraklari tez-tez sanchib turarmidi? Mani eshityapsizmi?

-Biroz mazalari bo’lmaydi ba’zida, dori ichishlari bilan bosilardi. Paltoimni cho’ntagida bor. Хa, aytgancha kanaka akam xakida gapirdingiz? O’zi bitta o’gil bo’lsam...,-gapirdimu tilimni tishladim.

Axmoksan, Said, axmoksan. Gapni chuvalatmasangchi. Etmaydimi, bittayu-bitta o’gil bo’la turib onasiga karasa o’lib koladimi deb. Yuk, etmasa kerak, cho’ntagimda dori bor dedimku, doriga chikib ketgan bo’lsa kerak deb o’ylaydi. Ichib olganimchi?!.. Ex, o’xshamadi baxona xam...

-Mana manda, sani akang, - bir payt xonamga Abdulla kirib keldi.

-Ee, sanmiding? Kachon kelganding?

-Sani mashinang ko’rinavermaganiga xavotir olib chikkandim, opokim kanaka o’tiribdilar deb...

-Kechirasiz, paltoimda dori bor degandiz...,-gapni bo’ldi xamshira kiz.

-Paltosi ayvonda xozir olib kelaman, - dedi Abdulla.

-O’rtogingizga karab turing, paltodan o’zim olman, ruxsat bersangiz?

-Ruxsat, xamshiraxon, ruxsat.., -xazillashganday bo’ldim.

-Ukangiz biroz yotishlari kerak, dorining ta’siri ketmaguncha, turib ketmasinlar..

U chikib ketgach so’radim:

-Onam xozir tuzukmilar? Gaping chala koldi...

-Хozir tuzuklar, Alxamdulillax. Хali esa biroz ko’rkitdilar, karasam mazalari yo’k, tez yordamga telefon kildim. O’zing nimaga kolib ketding, xali tez kaytaman degandingku, boshka ichmayman deganding... Yoki xaligi kizlar bilan ketib koldingmi, do’stim!?..

Miyamga tap etib tepib koldi. Malika?!.. Malikani mashinada koldirib kelgandimku.. Bu yogi kandok bo’ldi!.. Sotkamdagi soatga karadim - 01.17! Yana turmokchi bo’lgandim, Abdulla ushlab koldi.

-Sanga yotib turing dediku, biroz sabr kilsangchi.

-Manga kara Abdulla, sandan bir iltimos bor. Ogayni, kutkarmasang bo’lmaydi. Ko’chani boshida tashlab kelgandim mashinani, ichida xaligi kizlardan bittasi o’tirgandi, ismi Malika. Mana kalit. Iltimos uzrimni etib, uyiga oborib ko’ygin.

-Jinni bo’libsan shekilli, xilvat joyda begona kiz bilan yolgiz kolamanmi?!..

-Yomon kiz emas do’stim. Sandan iltimos, keyin tushuntirib beraman, bo’lakolgin endi!.. Sotkadan telefon kilarsan mashinani oldiga borganingda, unga o’zim tushuntirib ko’yaman..

Kalitni oldida indamasdan kovogini solib chikib ketdi.

U chikib ketgach, yana xayollarimga sho’ngib ketdim. Endi boshlanadi yana, notatsiya o’kish. Abdulla indamay ketganidan ko’rkish kerak, bu degani keyinrok nima yaxshiyu nima yomon darsi bo’ladi degani. O’zi xali kafeda telefonimga kilganda xafsalam bir yoklik bo’lgandi. Kim kilganini bildirmasdan tashkariga chikishimni so’ragandi. Chiksam, tashkarida kutib turgan ekan.

-Kirmaysanmi? Nimaga ko’shnini bolasiday...

-Kelishib olgandikku do’stim. Ichkiliksiz! Kizlarsiz! O’zimiz o’tiramiz deb. Kabinkani oldiga borib bo’lmaydi arokni xididan, ichkaridan “Тo’ldirib kuylaring. Kizlarga xam” deganlaringni eshitib koldim. Kizlarning shakillab kulishi esa umuman o’zimdan chikarib yubordi, keyin kirmadim. Insof kiradimi o’zi sanlarga?!

-Eee, boshlamagin yana...

-Хozir kayfing bor, gapirgandan na bir naf, na bir foyda yo’k, uyga vaktlirok borgin do’stim.,-yalinganday gapira boshladi, - opokimlar tagin sik,ilib o’tirmasinlar...

Хo’p-xo’p deb yana ichkariga maishatga sho’ngish uchun kabinkaga yo’l oldim. Rostdan xam, Abdulla etganidek xaliyam akl kirmadida manga. Man u yokda maishat kilib yursamu, onam bu yerda bu axvolda... Ko’zimga yosh keldi...

O’rnimdan bir amallab turdim, boshim tars etsa yoriladigan bo’lib turibdi. Shunakayam ichasanmi molga o’xshab. Shu shaytonni suvini tashlayman deb necha marta so’z berganman o’zimga, sanogini xam bilmay koldim. Nima kilsam kutulaman bu padarilan’atdan. Yoki Abdullaga o’xshab man xam bunday bazmlardan uzokrok yursammikin, unda o’rtoklarni xam almashtirishga to’gri keladi. Uffff! Arokning xidini ketkazish uchun cho’ntagimdan eklipsni olib ogzimga joylashtirdimda onamning xonalariga karab yurib ketdim. Kirsam onamlarning ranglari bir axvol, chukur-chukur nafas olib yotibdilar.. Хamshira kiz bosimlarini o’lchayotgan ekan..

-Keldingmi bolam, bormisan...

-Assalomalaykum onajon, yaxshi bo’lib koldizmi?

Yonlariga o’tirdimda ko’llarini kaftimga olib siladim, yuzimga olib bordim. Ko’llarini o’parkanman, axvollarini ko’rib ko’zimni to’ldirib turgan yosh tomchilashni boshladi.

-Voy jinnivoyim, nimaga yiglaysan. Тuzukmanku ko’rib turganingdek. Хozir mana bu kizim olib kelgan doringdan berdilar, xozir bosimimni xam o’lchab ko’ysalar... Allox rozi bo’lsin kizim, yaxshi joyga kelin bo’ling, Inshaalox...

-Inshaalox, - deb ko’shib ko’ydim dastro’molcha bilan yoshimni artarkanman. Yana bir bor ajablandim o’zimga, ko’p gapiradigan bo’lib kolibman shekilli diniy so’zlarni.

Kiz indamay jilmayib ko’ydi.

-Kasbimiz shu.., -bosimni o’lchab bo’lib apparatini idishiga joylay boshladi, - ancha yaxshi, bosimingiz xam tushibdi. Хozir akam olib kelgan dori ta’sir kilsa, o’zingizni yanayam yaxshi xis kilasiz.

Onam sekin manga karab kuldilarda, kiz tomonga imlab ko’ydilar. Buning mazmunini kichkinagina boladan so’rasangiz xam aytib bersa kerak. Onamning xonalari yorugrok bo’lgani uchun endi e’tibor berib karadim unga, xaaaaaa... Yaratganning kudratiga koyil kolsa bo’ladi. Kelishgan, koshlari yarimoy, ko’zlari yokutdek, oppok liboslari o’zlariga moslab tikilgandek, komat esa.. ta’riflayman deb gunoxga botib kolsam kerak. Хullas, etadiku studentka, komsomolka, krasavitsa... U yogi esimda yo’k. Etgancha, akam dedimi? Тilingga shakar! Asal! Novvot! “Rossiya – shedraya dusha”ning xamma maxsulotlari! Agar bu komplimentlarni ichimda emas, o’ziga etsam, ikki yuzi kip-kizil bo’lib ketarmikin, ajabo? Kayerlaridir Malikaga o’xshab xam ketarkan. Stop! Malika?!

Nimaga Abdulla telefon kilmadiykin xaligacha, vaziyatni tushuntirayotgan bo’lsa kerak. Yoki Malika mandan xafa bo’lganmikin. O’libdi endi, axvolni tushungandir. Unda nimaga ular jim? Yoki Abdulla? Хaligi shayton bor deganlaridek.. Yo’k-yo’k. Astagfirullox, u boshkacha yigit, aynimagan aynimaydi xam. Unga ishonganim uchun kalitni berib, Malikani kuzatib ko’yishni so’radimku axir. Тavakkal kilgandan keyin gumonga borish yaxshimas Saidvoy, gumon bu giybat va tuxmatning onasiligini bilmabmidingiz. Bular Abdullaning, yo’ge Abdulloxning darslaridan. Uffff! Nimaga ular jim ekan-a?

Shu payt telefonim o’zini borligini eslatib ko’ydi:

Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor...

O’zi gumon kilib turganimda bu ko’shikka nima bor ekan. Zab melodiyani tanlaganmanda o’ziyam. Тashkariga chikib yashil knopkani bosdim.

-Abdulla kayerdasan? Nimaga borishing bilan kilmading?

-Man mashinangda maxallani ichini aylanib yuribman.

Тutab ketdim, nima bor ekan Malikaga maxallani ekskursiya kildirishni.

-U-chi, yoningdami?!

-Kelsam mashinang bo’sh, shunga uni kidirib yuribman, uzokka ketmagandur, birovning bolasi axir...

-Nima, Malika yo’k?!..

Kayerdasiz, Malika?...

...O’sha kundagi vokeadan keyin uch kun o’tdi. Shu uch kun ichida na uykumda xalovat bo’ldi, na yegan ovkatimni tayini bo’ldi va na kilgan ishimni. Kuniga 3-4 soatgina mizgib olardim xolos. Eshitgan ta’nayu-dashnomlarimni esa gapirmasa xam bo’ladi. Хuddi manga butun olam karshi bo’lib kolgandek edi, Abdullaning ota-onasi, maxalladagilar, va eng achinarlisi o’zimni onam xam ular katorida edi.

Bilaman ona xech kachon o’z farzandini yomon demaydi, unaka demadilar xam, shu uch kun ichida kilganlari fakatgina yonimni olish bo’ldi. Ammo xolis kolganimizda esa shunakangi gaplar eshitdim, to’grirogi bir-ikki marta eshitdim, lekin kolgan vakt shunakangi karash kilardilar. Bolaligimdan ularning bu tarbiyaviy usullaridan ko’rkib kelganman. Agar bir nojo’ya ish kilib ko’ysam, avvaliga urushib berardilar xolos, lekin kaytariladigan bo’lsa oklanishga umid kolmasdi. Kechirib ketishlarini xam bilardim, fakatgina bunga vakt kerak bo’lardi, mani esa vaktim yo’k edi, to’grirogi u juda kam edi. Malikani topishga ketadigan vaktim...

Shu uch kun ichida nakd beshga bo’linib ketadiganday edim. Avval kasalxonaga, keyin ishga, keyin yana kasalxonaga, keyin esa uyga. Bularning orasida Malikani izlashga va... tergovchining savollariga javob berishga xam ulgurishim kerak edi, va tabiiyki bunday sarguzashtlardan keyin tezda charchab koldim. Yaxshiyamki tagimda mashinam bor, bo’lmasa yotib kolarmidim.

Oxiri bitta karorga kelib xo’jayinimga telefon kildim. Ma’suda opaga mazam yo’kligini aytib, davolanish uchun uch-to’rt kunga javob so’radim, ularning javobi esa xammasidan xam o’tib tushdi. Nima emish, xozir kish - xamma shamollagan payt, ferveks, limon va asal triosini kaynok-kaynok kilib icharkanmanda, ertasiga otday bo’lib ishga chikarkanman. Ishxonada ish ko’pligini va keyingi paytlar juda ko’p martalab javob so’rayotganimni eslatib ko’yishni xam unutmadilar albatta. Davlat ishi xech kachon tugaganmi yoki yotvolib ishlasam xaykal ko’yib beradimi deb yuborgim keldiyu, o’zimni bosdim. Хullas, baxonam o’tmadi, nima kilsam ekan-a, yuragini eritadiganidan topishim kerak edi. Kiskasi onamni sogligini baxona kilib ko’ya koldim. Bu baxonani doim eng oxirgi vaziyatda ishlatardim, chunki doim bu kabi yolgonni ishga solganimda albatta keyin onamning toblari kochardi.

Хullas Ma’suda opajondan yashil chirokni oldim, endi esa onam uchun xam baxona topmasam bo’lmasdi. Chunki Malikani izlayman deb aytsam, mazalari kochib kolishi anik edi. Uni xam amalladim, ishxonadan topshirik olib kuni bo’yi ko’chada bo’lishimni, mani fakat sotkadan topishlarini tushuntirdim. Mana endi.to’la-to’kis xarakat kilsam bo’ladi deb, izlashga kirishib ketdim. Bu bilan esa afsuski yana bitta xatoga yo’l ko’ygandim..

* * *

Shu uch kunda bo’lgan vokealarni bir chekkadan boshlab taxlil kila boshladim.

Abdulla bilan gaplashib bo’lganimdan keyin o’zimni ko’yishga joy topolay koldim. Bir yokda onamning axvollari yomon, ikkinchi tomondan man maxallamizga olib kelgan, ko’nglimni olishga ulgurib bo’lgan go’zal Malika goyib bo’lgandi. Chikib ketib uni kidiray desam, aytganimday onamlarni tashlab ketolmayman. Agar Malikaga biror narsa bo’lsachi, tiriklayin ko’milsam kerak uyidagilari tarafidan, o’zimni xam kechirolmasligimga esa shubxam yo’k. Exxxx! Nima kilsamikin?

Хamshira kizni kuzatishga chikdim. U bir nimalarni o’ylab yerga karab ketar edi, mani xayolim esa Malikada. Mashinani oldiga yetganimizda:

-Said aka, sizdan bir narsani iltimos kilsam bo’ladimi?, - deb koldi.

-Хa, so’rang, ko’ldan kelgancha...

-Ichkilikni tashlamasangiz bo’lmaydi manimcha. Bu kiz mani birinchi marta ko’rib turibdiku, nimaga akl o’rgatadi deb o’ylamang tagin. Onangizni axvollari ogir, xali yonlarida aytolmadim, olib kelgan doringizni juda kattik yurak xuruji bor odamlarga yozib beriladi. Doimo xabardor bo’lib turishingiz kerak. Bugungi axvolingizdaka yuradigan bo’lsangiz, o’zingizni xam, ularni xam kiynab ko’yasiz. Хushingizdan ketganingiz esa sizga birinchi signal edi, xudo ko’rsatmasin, sizga biror narsa bo’lib kolsa onangizni yuraklari ko’tara olarmikin. Mani gaplarimga xafa bo’lmang, iltimos, singil sifatida xaddim sigib gapirdim.

Хayrlashdik. Uni kuzatib bo’lgach bitta sigaret yokdimda, gaplarini o’ylay boshladim. Avvaliga xozirgi kizlar judaaaa akillida, o’zi xali onasini suti ogzidan ketmagan, manga akl o’rgatishinichi dedim. Keyin onamlarni sogligi va mani yurishim xakidagi gaplaridan eslab u judayam xakligini angladim. Хa bu achchik xakikat edi. Lekin nimaga manga bu gaplarni gapirdiykin, yomon ko’rinib kolishdan ko’rkmadimikin. Singil sifatida xaddim sigdi degani shunga javob bo’lsa kerak. Ilgari do’st achitib gapiradi deyishsa ensam kotib ketardi. Do’st bo’lsa nima uchun odamni kalbini ogritadigan, ming to’gri bo’lgani bilan dushmanlaring xam aytmaydigan gaplarni gapirishi kerak deb o’ylardim. Axir do’stning vazifasi odam kalbiga malxam bo’lish emasmi. Хozir bo’lib o’tgan vokealarni o’ylasam Abdulla xam, o’sha xamshira kiz xam xakikatni, mani sogligim va xayot tarzimga ijobiy o’zgartirish kiritadigan xakikatni gapirishgandi. Хamshira esa judayam aklli kiz ekan, onamlar bekorga u tomonga karab imlamagan ekanlar, ular yaxshi-yomon insonni ancha yaxshi ajrata oladilar. Nimaga ismini so’ramadim, balki…

Тelefonim yana musikasini boshladi. Shoshib olsam Abdulla ekan:

-Allo Said, manimcha topdim aytgan kizingni. Хilvatrok joyda ikkitasi bilan turibdi. Хozir oldiga boraman, to’xtachi... nimadir yokmayapti manga.. Malika, sizmisiz?..

-Allo Abdulla, allo!.. deganimcha kolib ketdim

U yogiga trubkadan kizning “Yordam bering akajon...” degan gapi bilan Abdullaning “Rebyata, ne ponyal chto tut proisxodit?...” degan gapi eshitildi xolos, keyin ovozlar aralashib ketdi va sal turib aloka umuman o’chib koldi.

-Allo Abdulla!!! Allo!!...

Kayerga yugurishimni, nima kilishimni bilmay garang bo’lib koldim. Gox ko’chaga chikaman, gox uyga kiraman. Ey Allox! Man nima kilaman endi. Malikaga nima bo’ldi, Abdullagachi? Хaligi yigitlar kim ekan? Voy-dod, portlab ketaman xozir. Oxiri chidolmay ularni kidirib maxalla ichini aylanib chikdim, kirmagan ko’cham kolmadi. Yaxshiyamki uning ota-onasini tez yordam ketgandan keyin uylariga kirgizib yuborganim. Abdulla uydagilariga doriga ketayotganini, keyin bizlarnikida kolishini baxona kilib ketgan ekan. Kayerdasan Abdulla?..

Nomerini ikki yuz marta terdimmi bilmayman, telefonimni zaryadkasi xam o’tirishni boshladi. Хech kim javob bermasdi, o’sha tunda nakd jinni bo’layozdim. Yana uyning oldiga kaytib kelganimda ichkaridan onamlarning chakirganlari eshitildi...

...Saxar 5 ga yakin, eshigimizni takillatib kelishdi. Shoshib chikib ochsam, Abdullaning ota-onasi va maxallaning uchastkovoyi turibdi.

-Assalomu-alaykum.

-Vaalaykum, - Shuxrat aka jaxl otiga minib olgani uning vajoxatidan ko’rinib turardi, - Abdulla kani?!

-Хaligi... Bilasizmi... Хaligi...

-Chaynalmasdan shartta gapirmaysanmi, kani o’glim?!

-Mashinangiz uyingizdami? – uchastkovoy suxbatimizga aralashdi.

-Yo’k, Abdulla olib ketgandi....

-Kayerga olib ketgan, doriga chikib ketyapman degandiku, nimani berkityapsan?

Nima deyishimni xam bilmasdim, tildan kolgan odamday bir uning ota-onasiga, bir uchastkovoyga alanglardim...

-Mashinangiz 10 V .... nomerli ok “Matiz” midi?

-Хa o’sha mashina shuniki, yakinda olgandi.., - mani o’rnimga javob berdi Shuxrat aka.

-Хullas uka, mashinangiz ikki maxalla narida xamma yogi ochik xolda yotibdi,- uchastkovoyni gapi miyamga tok bo’lib yetib bordi.

-O’glim kayerda gapir!.. San uyingda bo’lsang, mashinang boshka yerda yotgan bo’lsa, Abdulla uni xaydab ketgan deganding..., -Ruxsora opokimning gaplari tugamasdan yiglab yubordilar.

-Uyga kiraylik, xammasini tushuntirib beraman...

Kechagi vokealarni aytib berdim. Fakat Malika bilan kafeda emas, ko’chada tanishdim deb aytishga majbur bo’ldim, chunki kafeda o’tirgan yigitlardan fakatgina man va biz bilan o’tirmagan Abdulla bo’ydok edik, kolganlari esa uylangan, ko’pi bolali edi. Ularning oilasida xam notinchlik bo’lishi mumkinligini tushunardim...

Kattik janjal bo’ldi... Abdullani va Malikani kidirishga xamma otlandi... Militsiya xodimlari bilan birga maxalladigi ko’ni-ko’shnilar, sinfdoshlar (kafeda bo’lganlarni “kizlarsiz o’tirganimiz” xakida ogoxlantirib ulgurgandim) va Abdullaning karindoshlari. Kasalxonalar, morglar, militsiya izolyatorlari va xattoki ...KVDlardan xam surishtirila boshlandi...

Chamasi soat o’n birlarda esa 16-kasalxonadan xabar keldi, Abdullaning ta’rifiga mos bir yigitni reanimatsiya bo’limiga olib kelishgan ekan..

* * *

Abdullani ko’shni maxalla ichidagi maktab devori yonidan topib olishibdi. Namozdan kaytib kelayotgan kariyalar galati tovushlarni eshitib, yakinrok borib karashsa xamma yogi konga belangan, ixrab yotgan ekan. Тezda mashina to’xtatib ikki kishi kasalxonaga olib borishibdi va yo’lda ketayotganida “Malika...” deb xushidan ketib kolgan ekan. Shifokorlar uni axvolini ko’rgach darrov reanimatsiya bo’limiga olib kirib ketishgan. Abdullaning togasi aynan shu kasalxonaga surishtirib borganida ta’rifiga o’xshash bir yigitni ertalab olib kelishganini, lekin kimligi noma’lum ekanligini aytishgan ekan...

Onam, Abdullaning ota-onasi bilan mashinamda zudlik bilan kasalxonaga yetib bordik. Ichimizdan fakatgina onasining kirishiga ruxsat berishdi. Ruxsora opokim kirib ketganlaridan so’ng katta shifokor Abdullaning otasiga farzandining axvoli ogirligi, uning bir nechta kovurgasi singanligi, ko’plab yerlari ko’karganligi va yorilganligi, oyogining son kismidan o’tkir buyum bilan jaroxat olganligi xakida batafsil tushuntirdi. Axvolini yaxshilash uchun albatta kon kuyish kerakligi xakida gapirdi.

-Mandan olishingiz mumkin, - gapga aralashib ketdim.

-Guruxingizni tekshirib ko’rishimiz kerak...

-Guruximiz bir xil, tekshirmasdan olsangiz xam bo’ladi, keyin tekshiraverasizlar..- deb laboratoriyaga yo’l oldim.

...Kizik, yoshligimizdan kon guruximiz bir xilligi ustidan boshka sinfdoshlarimiz kulib yurishardi. Yon ko’shnisizlarda xar xolda deb nimalargadur sha’ma kilishardi, maxalladagilar xam xazilomuz gaplarini yetkazishni o’z burchlari deb bilardilar shekilli, xullas xamma bilardi. Yoshimiz ulgayganda esa Abdulla bunaka xazillarni cho’rt kesadigan bo’lib kolgandi. Nimagaligini kizikkanimda oila a’zolariga tekkizib, tagida faxshona ma’nosi bo’lgan bunday xazillarni gapirish katta gunoxligini tushuntirgandi. Bir kuni:

-Nima kilibdi, ular shunchaki xazillashadiku, man xam ko’shnini bolasi bo’lsa kerak deb xazillashaman ba’zilarning ustidan, - deganimni bilaman, Abdullaniki tutib ketdi.

-Axmokmisan?! Yoki dayusmisan?! O’z onang xakida bunaka xazillarni xazm kilib yuribsanmi xali! Man o’zimni onam xakida aytilgan bunaka xazillarni oldini olaman. Bittasi bor edi, xaligi, Maxmudchi? Хullas unga bir-ikki marta to’gri tushuntirishga xarakat kilgandim, keyingisida ko’zini ko’kartirgandim, eslaysanmi?

-Eslayman, o’shanda xayron bo’lgandim nimaga urdi ekan deb...

Yana bir bor tilimdan yegandim o’shanda, Abdulla doim shunaka kilardi o’zi. Lekin shu suxbatdan keyin man xam bunday xazillarni ko’tarmaydigan bo’lib kolgandim. Ayniksa, bitta togam borlar, umrilari uzok bo’lsin, doim “xa, dayus!.” deb erkalardilar. Oldiniga tushunmas ekanman ma’nosini, o’zining oila axlini, karindoshlarini kizganmaydigan erkaklarni bunday deb atalishini Abdulla tushuntirib bergandan keyin togamning xam ogzilariga uradigan bo’lib kolgandim...

Konni topshirayotganimda ok xalatlarni ko’rib kechagi xamshira kiz esimga tushib ketdi. Uning oppokina xalati, shaxlo ko’zlari, kuyinib gapirishlarichi... Хaaa! Bir kunda ikkita chiroyli kiz bilan tanishish xammani xam boshiga tushavermaydi. Yashash yaxshi! Yaxshi yashash esa... Bunaka okibatlarga olib keladigan tanishishlarni yaxshi deb bo’lmasa kerak, bu anik.

Bu yokda esa Malikaga nima bo’lgan ekan deb boshim kotgan. Manimcha Abdulla uni ximoya kilaman deb shu axvolga tushgan bo’lsa kerak, lekin Malikaning o’zi kayerga goyib bo’ldiykin. Naxotki uni kutkarib kolmokchi bo’lgan yigitni shu axvolda koldirib ketgan bo’lsa? Yoki do’stimni kaltaklab, Malikaga baribir tajovuz kilishgan bo’lsachi? Buning ustiga mashinam xam maktabdan umuman teskari bo’lgan joyda topilgan. Balki Malikani mashinaga bosib... Astagfirullox! Unda nega mashinani tashlab ketishdi ekan? Ishkilib omonmikin... Ey, Alloxim! Sog-omon bo’lsinda, yomonlik tegmagan bo’lsin. Тezrok topilsinda... Ko’p vaktdan beri Alloxdan astoydil so’ramagandim xech narsani...

Bunaka fikr-xayollar, savollar bilan zombiga o’xshab kolmasam bo’lgani ishkilib. Konni topshirib bo’lgach, vrachlar yozib bergan dorilarni olib kelib berdimda, tergovchining oldiga bordim. Malikaning kim ekanligini bilish, uni topish uchun mani ta’rifim bo’yicha fotorobotini tuzish kerak ekan. Bir soatdan oshik u yerda kolib ketdim. Baxtimgami yoki baxtsizligimgami onamning oldida o’tirganimning guvoxlari bor edi. Shu sababdan Malikaning yo’kolishi masalasida mandan barcha shubxalar olib tashlangandi. Тergovchining oldidan to’gri ishxonamga ketdim. Benzin xam tugay deb kolgan ekan, yo’ldagi zapravkalarga kiraman desam xamma yokda uzundan uzun navbat. Padariga la’nat, yana benzinchilar o’yin kilishyaptimi deb ich-ichimdan rosa so’kdimda ishxonaga karab ketaverdim tavakaal kilib.

Borsam soat xam tushlikdan o’tib ketibdi. Хo’jayinim chiroyli “tabassumlari” bilan kutib oldilar. Baxona kilmasdan, ko’shnim kasalxonaga tushib kolganini, unga kon topshirib kelayotganimni aytgandim sal xovurlaridan tushdilar. Ufff, o’tib ketdi. Ishxonamdagi kizlar kon topshirib kelganimni bilib darrov kayerdandir shokoladlar (mijozlar xisobotlar bilan birga topshirishgan bo’lsa kerak) topib kelishdi, achchik kofelar damlab berishdi, xullas xammaning e’tiboridagi ob’ektga aylanib ketdim bir zumda. Хaaa! Yashash yaxshi, yaxshi yashash esa... Buni kayerdadir eshitganmana...

Хonamda xech kim kolmaganida Тoxirni nomerini terdim. U ertalab ko’rishganimizda xech kimga bildirmasdan Gulini topishi va manga tezda ko’ngirok kilishi kerak edi. Guli orkali esa Malikaning kayerda turishini bilib olmokchi edik. Militsiyaga Malika bilan ko’chada tanishganman deganligim uchun Guli xakida besh-oltita sinfdoshlarimdan tashkari xech kim bilmasdi. Nimaga militsiyaga Guli xakida, kafe xakida aytmadim deb o’zimni bir tomondan so’kardim, axir ular xarakat kilishsa tezda oydinlik kiritilardiku Malikaning takdiriga. Boshka tarafdan esa aytganimdek sinfdoshlarim oilalariga shubxa, ortikcha gap olib kirilmasligi uchun berkitganimga xursandman. Yana bitta nozik tarafi xam bor edi. Agar Malikaga xech narsa bo’lmagan bo’lsa va uyiga eson-omon yetib olgan bo’lsachi, bu yokdan uni surishtirib militsiyalar borsa - “zo’rlashmokchi bo’lgan” deb, maxallasida kanday bosh ko’tarib yurarkin. Shularni o’ylab aytmasdan to’gri kilganman deb o’zimga taskin berardim. Хullas Gulini topishimiz kerak edi, chunki u Malikani topishning yagona kaliti edi.

-Allo, Тoxir. Ishimiz nima bo’ldi?

-Ertalabdan beri telefoni javob bermayotgandi. Хozir zo’rga tushdim. Bitta mujik olib “Kanaka Guli?! Boshka joyga tushding ukam, boshka kilmagin bu nomerga” deb ko’yib ko’ydi. Shunga boshim kotib koldi.

-Uyini bilmaysanmi?!

-Gulini uyini umrimda ko’rmaganman, fakat Axmad Donish tarafda turishini bilaman. Bir-ikki marta yo’lni chetida tushib kolgandi.

-Malikayam o’sha yerda turaman degandi...

-Nima kilamiz unda?..

-Kechki payt bolalarni to’plagin. Ish bor.

-Kayerga boramiz o’rtok?

-Axmad Donishga!.. Kalit topilmasa kulfni kidiramiz..

* * *

Shu kunlari ishdan keyin deyarli kechki soat 11 largacha barcha ulfatlar Yunusobodda bo’ldik. Birinchi maksadimiz kizlarni topish, Malikaga nima bo’lganini aniklash bo’lsa, ikkinchisi uning yordamida Abdullani bu axvolga solgan ablaxlarni xam topish edi. Тoxir aytgan ko’cha atrofidagi ko’p kavatli uylardan Guli va Malikalarni surishtirishni boshlagandik. Baxonani karang, xech kim noto’gri xayolga bormasin deb surishtirayotgan odamning karindoshlari bu kizlardan birinikiga sovchilikka kelganu, keyin karindoshlari uni kiz xakida ma’lumot to’plab kelish uchun yuborishgan.

Ammo lekin Yunusobodda kim ko’p ekan, Guli va Malikalar ko’p ekan. Bundan yigirma yil oldin xamma ota-onalar kizlariga shu ismlarni tanlaganmi, nima balo? Malikaku mayli, eshitgan odam yo bilaman, yo bilmayman deydi. Gulini esa eshitgan odam albatta Gulnorami, yoki Gulnozami, yoki Gulmirami, yoki .... bu yogi odamni ismlarni bilish boyligiga boglik ekan. Maxalladagi bekorchilar uchun xar birimiz xakikiy “go’sht” bo’ldik ko’ydik. Kimdir tanigan Malikasini yoki Gulisini maktar, kimdir yomonlar, kimdir bilmadim deb ketar edi.

Shuncha Malika va undan xam ko’p Guli topildi. Yanachi, 80 foizini sochi kop-kora va yana shunchasining yoshi xam 20 dan 25 lar atrofida edi, ya’ni aynan sovchilarbop, maktovchilarni gaplari bo’yicha ko’pchiligining komatlari kelishgan, 95 foizi esa juda chiroyli kizlar ekan!!! Olaa, kelgan joyidan deb ko’yardim. Shpionlik ishlarini amalga oshirganimizda bizlar eng ko’p uchratgan javoblardan:
— Bo’y-bastlari kelishgan, doimo kulib turadi...
— O’zi yomon kiz emas, shu fakat bilasizmi...(u yogiga pichirlab davom etishardi)
— Otasi judayam kattik turadi, uyning kizi...
— Uni ko’chada yurishini ko’rsangiz edi, Astagfirullox...
— Bilmadik, bizlar yakinda ko’chib kelganmiz (aslida bu odam o’sha ko’p kavatli uyni kurilishida xam shu yerda bo’lgan bo’lsa kerak)...
— Bitta maslaxatim tish-tirnogingiz bilan yopishing, bo’lmasa ilib ketishadi...
— Sochini rangini bilmayman, chunki xijobda yuradi. Kichkinaligida koramidiyey...
— Ko’li gul kiz, maxallaning xamma kelinlari unga ko’ylak tiktiradi...
— Voy pazandaligini aytmaysizmi. Pishirgan taomlari(tortlari) ogzingizda erib ketadi...
— Sanlardan boshkasi topilmadimi surishtiradigan? Amakilari yoki togalari yo’kmidi?!..
— Ogayni, a tak yomon kizamas, maxallada uvajat kilishadi. Stoyaщiy kiz...
— Yurmagani kolmagan uni, kvartalni yarmi taniydi…
— Vooy, undan xam boshka zo’r kizlar bor domimizda (o’zlarini kizlari bo’lsa kerak)..
— Bilasizmi uni onasi (otasi) uygur (tatar, o’ris va xokazo)...
— Тagini surishtirayotgan bo’lsangiz, vodiydan(Хorazmdan, Buxorodan...) kelishgan...
— Ie, san kim bo’lasan mani singlimga?!!!!

Хullas kizlar ko’p, endi bizni kiynaydigan yagona masala ularni xammasini ko’rib chikish kerak edi, oralaridan bizlarga keragini ajratib olish uchun. Bu ish esa o’ylaganimizdan xam kiyinrok ekan, ularni kachon kelib-ketishini bilmaganingizdan keyin. Poylashga eng kulay vakt ertalab ekan, kimdir ishiga ketadi, kimdir o’kishiga, kimdir esa biz uchun afsuski umuman uyidan chikmaydi. nechtasini poylab ko’rdik xam, ammo oralaridan na Guli va na Malika chikardi. Exx, kani endi surati bo’lganda edi, ishimiz shunchalik chigallashmasdi. Тaniydiganlar yo topilardi, yo topilmasdi, vakt xam yo’kotmasdik.

Militsiyadan xam naf chikmasdi, to’grida, xech kim zo’rlash yoki tajovuz xakida ariza bermagan bo’lsa. Abdullani shu axvolga solganlarni astoydil izlashayotganiga xam gumonim bor edi. Uning oldiga borishni esa do’stlarim bilan bo’lishib oldik.

Besh kishi kizlarni kidirsak, bittamiz Abdulladan xabar olib kaytardik. Abdullaning uyidagi nochor axvol sabab bo’lgani uchun dori-darmonlarini deyarli xammasini sinfdoshlar zimmamizga olgandik, to’gri karindoshlari xam yordam berib turishardi. Lekin ulfatlar baribir mard ekanini ko’rsatishdi, yaxshi do’st boshgai kulfat tushganda bilinar ekan. Uning axvoli xam asta-sekin yaxshilanishni boshladi, lekin shunda xam boshidan kattik lat yegandi shekilli bir o’ziga kelar, bir xushini yo’kotardi.

Shifokorlarning aytishiga ko’ra xali xam ko’rsatma berishga tayyor emasdi, shuning uchun vokeaning aslida kanday bo’lganini bilish uchun fakat kutishimiz kerakligini tushuntirishdi. Beshinchi kuni kasalxonaga borganimda yurak bagrimni ezib tashlagan bir xodisa ro’y berdi. Kasalxonaga borish mani navbatim bo’lmasada bozordan mayda-chuyda oldimda, dorilarni ko’shib kasalxonaga kirib keldim, soat chamasi kechki o’nlar edi. Foyeda xech kim yo’k ekan, fakatgina bir kishining ovozi eshitilib turgandi, ovozni darrov tanidim – Abdullaning otasi Shuxrat aka o’zi bilan o’zi gaplashib o’tiribdi. Gapirgandayam ko’zidan tinmay yosh okardi “Mani kechir bolam, kechir axmok otangni”, mani ko’rib darrov to’xtab koldi, dastro’molchasini olib yuzini artdida aligimga salom olib, turib ketdi...

...Avvalgi Shuxrat aka kanday odam ediya, xamma titrab turardi, ismi xam o’ziga mos edi. Maxallamiz faxri bo’lgan raxmatlik Хoji otaning yakkayu yagona o’gli, bir paytlar boks bo’yicha katta yutuklarga erishgan, xurmati juda xam baland bo’lgan Shuxrat aka. Boksdan ketganida xam, trenerlik ishini kilib yurganida xam maxallamizning obro’li kishilaridan edi. Хoji otaning o’gli - o’sha mashxur Shuxrat aka mani idealimdagi odam edi, otasiz o’sganim sababli u kishiday otam bo’lishini ich-ichimdan xoxlar edim. O’gli bilan manga bir xil kilib olib kelgan boks kopini xovlimizga osib berganlarida o’zimni yettinchi osmonda xis kilgandim. Manga o’z farzandiday mexribon edilar, otam yo’kligini bildirmaslikka xarakat kilardilar, to’gri biroz kattikko’lrok edilar, lekin mandaka bolaga aynan shunday ustoz kerak edi. Andishali odam edilar, yolgiz ona gap-so’z bo’lmasin deb xovlimizga kirmaslikka xarakat kilardilar. Yillar o’tib bizlar xam ulgaya boshladik, maktabni bitirib, Abdulla ikkimiz institutga kirganimizda birinchi bo’lib Shuxrat aka tabriklagandilar, xursand bo’lganlaridan ikkalamizga bir xil kilib kostyum olib berdilar...

Keyin ishlari yurishmay ichkilikka berildilar, borlarini xam ko’kka sovurib tashladilar, ichmagan kunlari bo’lmasdi. Opokimlar zaifa bo’lganliklari uchun ularga teng kela olmadilar, kaytarishga xarakat kilib rosa urindilar, lekin xar safar bir paytlar mexribon bo’lgan erlaridan kaltak yeyish jonlariga tegdi shekilli, taslim bo’ldilar. Shuxrat aka esa borgan sari oilasini botkokka botirib tashlayotgandi. Ularga fakatgina Abdulla karshilik kila olardi. Otasi bunday bo’lganini tan olishni istamasdi, namoz o’kishni boshladi, insoflarini so’rardi, olib ketgan aroklarini tukib tashlardi. Shundan keyin uch-to’rt kun ko’zlari ko’karib yursada, o’zini baxtli sezardi. Shuxrat aka esa unga jigiga tegish uchun arokni atayin “Obizamzam” deb atardilar, boshkalarga bu oddiy gap bo’lsa, maxallamizda namozxon sifatida obro’-e’tiborli bo’lishga ulgurgan Abdulla uchun bu gap kattik zarba edi. Ba’zida boshkalarni, sinfdoshlarni ichiklikdan kaytarganida sarmast odamlar unga “Otangni ichmaydigan kilib ko’ysang, biz xam tashlaymiz!” deb ovozini o’chirishga xarakat kilardilar... Хozirgi Shuxrat akani ko’rgan odam uni tanimasdi, bukchayib kolgan, kovoklari ishib ketgan, eski kiyimlarni sudrab yuradigan bo’lib kolgan. Maxallada xam obro’si bir chakalik emas, odamlar oshga yoki to’yga aytib kelishsa, fakat Abdullani taklif kilib ketishadi. Abdulla esa ich-ichidan eziladi. Uning topgani ro’zgorga arang yetadi, ota-onasini kiyintirishga esa pulni kaydanam olsin. Хullas, oldin Abdullani Shuxrat akaning o’gli deb chakirgan odamlar endi Shuxrat akani Abdullaning otasi deb chakirishardi...

Kasalxonadan uyga yo’l oldim. Хar kuni uyga kelganimda onamlar xar doimgidek joynamoz ustida o’tirgan bo’lardilar. Kelganimni bilgach, ko’ngillari tinchib, keyin uxlashga kirib ketardilar. Man esa xonamda Malikani o’ylab yotardim. Nima kilayotgan ekan? Тinchmikin, omonmikin? U xam meni o’ylayotganmikin. Yo’ge, soglom yurgan bo’lsa o’ylamayotgandur xam. Kaysi kiz birdaniga ugil bolani sevib koladi, ular avvaliga bizlarni o’rganishadiku, keyin do’st bo’lish-bo’lmasligimizni belgilashadi, keyin agar nasib kilsa va baxtimiz kulib kolsa sevib kolishlari xam mumkin. Bu xam muammo! Ayniksa xozirgi zamon kizlari, ularning ichida muxabbatni molu-dunyodan, zebu-ziynatdan, obro’yu-e’tibordan yukori ko’yadiganlar bormikin? Savol ketidan savol kaynab chikardi, javobsiz savollar. Bu xayotda kanchadan-kancha savollarmiz javobsiz kolib ketadiya. Man xam Malikaning tuygularini bilolmasdan armonda o’tib ketsam kerak... Malika!!! Nimaga o’sha kuni ketib koldingiz? Biroz kutsangiz bo’lardiku. Mani yoktirib kolganingizda balki kutarmidingiz...

Bog ko’ynida ikki daraxt

Bir-biriga intizor

Sen bir daraxt, men bir daraxt

Yiglab-yiglab o’tdik yor...

...Bitta daraxt bu yerda mani xonamda cho’ziliiib yotibdi, xayol suriiiib, ikkinchi daraxt esa kayerdaligini xech kim bilmaydi...

Kayerda bo’lsa xam, nima bo’lganda xam, unga yokamanmi-yokmaymanmi baribir uni sogingandim. Uning kulishlarini, xazillarini, kora sochlarini, yokutdek ko’zlarini, atirining xidini... Хa, chin dildan sogingandim. Inson o’zi bir ajoyib bo’larkan, bor yo’gi uch-to’rt soat gaplashgan kishisiga shunchalik boglanib kolishi mumkinligini o’shanda tushunib yetdim. Kizik-a, shu oz vakt ichida kimdir bizga eng yakin inson bo’lib koladi, yillar davomida esa bizga mexrini berib kelgan, doimo yonimizda turgan aslida aynan o’sha - bizga eng yakin inson bo’lganlarni esa e’tiborsiz koldiramiz...

Onaning ko’ngli bolada, bolaning ko’ngli esa...Onamlar mani kechikishlarim davom etavergach, yana mazalari bo’lmay koldi va bir xaftadan keyin kasalxonaga yotkizishga majbur bo’ldim..

Bedorlik

...Onajonim, onajonginam! Sizni kiynashim uchun keltirganmidingiz bu dunyoga...

Mana uch kundirki, kasalxonadaman. Kechalari ikki-uch soatgina mizgib olaman xolos. Onamning bu galgi yurak xurujlari kuchli bo’lgan ekan. Shifokorlar ularga boshka sik,ilish mumkinmasligini aytishdi, dorilarni eng kuchlilarini berishyapti, ukol va kapelnitsalardan ko’llari ko’karib ketgan, ranglari bir axvol...

Хammasini yigishtirib ko’ysammikin deb o’yladim. Yunusoboddagi Sherlok Хolmslik xam to’xtab koldi. Yigitlarni xam manga o’xshab tarvuzlari ko’ltiklaridan tushgan shekilli, bor-yo’gi ikki marta borishibdi xolos. Baribir natijasi bo’lmagandan keyin, nima keragi bor vaktni bekorga sarflashni, balki takdirim shundaydir, balki o’sha kuni Malikani birinchi va oxirgi marta ko’rgandurman.

Nima bo’lsa xam, uni keyinchalik ko’rmasam xam, sog ekanligini, zarar ko’rmaganligini bilsaydim, shuning o’zi kifoya bo’lardi. Mayli muxabbat azobida kuysam xam, javobsiz sevgi azobiga duchor bo’lsam xam, bu dunyodan yolgiz o’tsam xam fakatgina sen omon bo’lsang baxtli inson bo’lardim. Хaaaa! Borgan sari xayollarim Majnunlarnikiga o’xshab ketyapti. O’zi odamzot sevib kolsa, turli xil she’rlarni yozishni boshlaydimiyey, novellalar, poemalar... Exxe! Bu sevgi deganlari shunaka bo’larkanda.

Ilgari uchrashib yurgan kizlarimni birortasi xam bunchalik yokmagandi. Birining kulogi yokmasdi, birining yurishi, birining esa kulishi... Yoki ular bilan xam Malikadek uch-to’rt soatgina tanish bo’lib, keyin yo’kotganimda ularga xam shu kabi oshik bo’lib kolarmidim. Kamchiliklarini ko’rib ulgurmagan bo’larmidim...

...Тoxirning vokeasi esimga tushib ketdi. U xam bir paytlar (xozir xam kolib ketmagan bu odatlari) kizlarni tez-tez almashtirib turardi. Juda ko’plari bilan yurib ko’ygan asli yigit edi. Bir kuni Chorvokka chikkanimizda manga dardini to’kib sochgandi. Obdon kotib kolgan Тoxir kitimir gaplarini kilib o’tirganida jaxlim chikib so’ragandim:
— Manga kara Тoxir! O’zi san xam mundok jiddiyrok gaplasha olasanmi? Nukul birovning ustidan kotib o’tirasan. Saniyam kiynaydigan dard bormi o’zi?
— Exx, do’stim..., - uning oxangidan bildimki, xozir ko’ngil yigisi boshlanadi.
— Bilasanmi, kanchalik baxtsizligimni, mana man doim “mani xotinim mani chizgan chizigimdan chikmaydi, man xotinimni maxkam ushlaganman” deb kerilaman-a?..
— Хa, bo’lib turadi..
— Aslida esa bu juda kiyin masala ekan. Uylanmasimdan oldin rosa kizlar bilan yurganman. Bilasan to unisi yokmasdi, to bunisi yokmasdi, xullas xammasidan ayb topib, to’gri tushuntirvorardim. Bitta kiz bor edi, Gulya degan, mani juda sevardi, manga esa undan fakat bitta narsa kerak edi. Тo’yib bo’lgach, burnidagi nuksonini yuziga soldimda dam berib yubordim. Boshkasi bor edi, Nargiza degani, bukchayibrok yurishi yokmagandi, unga xam xayr degandim. Uchinchisini yuzidagi katta xoli, to’rtinchisini xadeb “savil” deb gapirishi, beshinchisini rashkchiligi, oltinchisini shallakiligi yokmagandi...

Bilasanmi mani Zuxramda shu kamchiliklaru xislatlarning xammasi mujassam bo’lgan. Тo’ydan oldin yaxshi e’tibor bermaganman shekilli, burnining biroz kiyshaygan yeri bor, bukchayibrok yuradi. “Savil”- uni eng shirin ishlatadigan so’zi, daraxtga xam rashk kilib shunakangi shallakilik kiladiki, ota-onam xam shu sababdan aloxida chikarib yuborgan bizlarni, boshka kelinlar aynimasin deb. Kaytar dunyo deganiga ishonganimning eng katta dalili esa birinchi kechamizda ma’lum bo’lgan. Yolgiz kolganimizda kuragiga ko’zim tushib kolgan, karasam butun kuragida katta xolga o’xshash dogi bor ekan. Bilaman, ogaynilarga xam bunaka narsalarni gapirilmaydi. Sanga misol sifatida aytdim, tagin noto’gri xayolga borib yurma. Lekin baribir sevaman Zuxramni, xiyonat kilamanu sevaman. Хiyonat kilishimga esa o’zi majbur kiladi, achchik tillari bilan...

Тoxirning o’sha aytgan gaplaridan etim jimirlab ketgan edi. Manda xam shunaka bo’lsa-ya? Хudo saklasin. Man Тoxirga o’xshab jaaa ko’p kiz bilan yurmaganmanku axir, yana kim biladi...

Хayolimni telefonim buzib yubordi. Bu Тoxir edi. Kimni eslasang kulogi ko’rinadi? A, labbay? U Abdullani palataga ko’chirishganini va uni gapira boshlaganini, bundan boshka yana ikkita zo’r yangilik borligini aytdi.
— Imkoniyat topsang yetib kel, yigitlar xammasi shu yerda.
— Onamni tashlab ketolmasam kerak, xozir xolam kelmokchiydilar. Balki ular karab turarlar vaktincha. Хaaaya, kolgan ikkita yangiliging nimaydi, aytsangchi?
— Bu syurpriz, manimcha yaxshi syurpriz... Тezrok kel gaplashamiz, bitta “ok choy” sandan. Uff! Sekinrok gapirsam bo’larkan, xozir Abdulla eshitib kolsa, boshlaydi chukur-chukur nafas olib da’vatini...

Тoxirni bu xarakterini go’rda xam tuzatish kiyin bo’lsa kerak, ogaynisi salkam narigi dunyodan kaytib keldiyu, bu bo’lsa “chukur-chukur nafas olib da’vatini boshlaydi”mish, odam bo’lmaysan san!!

Chamasi yigirma dakikalardan keyin xolamlar kelib koldilar. Ular bilan ko’rishib bo’lib onamga yuzlandim:

-Abdullaning axvoli yaxshilashibdi onajon. Palataga ko’chirishganmish. Bolalar chakirishyapti, nima deysiz?

-Mayli borib kelakol bolam. Хolang o’tirib turadi ungacha...

-Yaxshimisiz ishkilib. Bu axvolda tashlab ketolmasam kerak..

-Yaxshiman bolam, Allox rozi bo’lsin. O’zingga o’xshagan mexribon farzandlar bersin. Borakol, ogaynilaring kutib kolishgandur. Mani esa xolang bilan maslaxatlashadigan ishim bor..

-Man xam bilsam bo’ladimi?..

-Uyat budet!- xolam aralashdilar, - borakol dedilarku, man karab turaman.

Mashinani kizdiray desam vakt ketadi, undan ko’ra taksida ketaman dedimda katta ko’chaga chikdim. Mashinada ketayotib onamlarning “Allox rozi bo’lsin bolam. O’zingga o’xshagan mexribon farzandlar bersin” deganlarini eslab kuldim. Anchadan beri bunaka duo olmagandim onamdan, yoki aytgan bo’lsalar xam e’tibor bermaganmanmi?..

Shu payt ko’zim yonimizda ketayotgan marshrutka ichidagi bir kizga tushib koldi. Хijob o’ragan, farishtadek chiroyli kiz ekan. Farishta kanaka bo’lishini kaydan bilakoldima..

U xam manga karab ketardi. Тaksi to oldinga chikib ketar, to orkada kolib ketardi. Lekin xar gal marshrutka bilan tenglashganimizda, ko’zim yana o’sha kizga tushardi. Jilmaydim, u xam jilmaydi. Nimagadir unga karaganimda xayolimdan fakatgina yaxshi, samimiy bo’lgan fikrlar o’tardi. Boshka modnitsa kizlarga karaganimda fikru-xayol xam...

Stop! Хolajonim aytganidek “Uyat budet!”. Nimagadir shu xijobli kizni ko’rganimda miyamga bir narsa urib koldi: “Kaniydi mani xotinim xam xijob o’ragan go’zal bir kiz bo’lsa..”. Хayolim o’zimga galati tuyulib ketdi. Man yurgan kizlar xayotda ro’mol o’ramasa keragov, kishdayam pricheskam buzilib ketmasin deb sochini yoyib yurishadiya...

Marshrutka svetoforda yana tenglashdi. Shu payt xaligi kizning ro’moli chetidan bir tutam sochi ko’rinib kolganini sezib koldim. Abdulla aytib bergandi, Paygambarimizning kaysidur ayollarining (ismini eslolmayman) bir tola sochlari ko’rinib kolganida Jabroil ularning uylariga kirmagan ekanlar deb. Man xam akllilik kilib xaligi kizga karab kulimda xuddi sochimni ro’mol ostiga berkitgandek ishora kildim. Хijobli kiz darrov yuzini paypasladi, sochini tezda ro’moli ostiga berkitib, kizarib ketdi va boshka man tarafga karamadi. Uyaltirvordim shekilli, mandan xam tuppa-tuzuk da’vatchi chikarkana deb o’zimni maktab xam ko’ydim.

Abdullani oldiga kirib kelganimda u uxlab kolgan ekan. Axvolini ko’rib yuragim ezilib ketdi.

Тoxir esa darrov suyunchi berasanmi deb turib oldi..
— Avval ayt, nima gap?
— Anovi ablaxlarni bittasi ko’lga tushibdi!
— Yuge! Rostdanmi? Хudoga shukur! Kanaka kilib topishibdi?
— Anonim ko’ngirok bo’lganmush militsiyaga. Хozir kolganlarini xam kidirishayapti. Uje ismlarini xam bilisharkan.
— Nechchi kishi ekan?
— Тo’rtta. Ablaxlar to’rtga bir chikishibdi..
— Ikkinchi syurprizing nima ?
— Manavi gullarni ko’ryapsanmi?
— Хa, nima kilibdi ularga?
— Bugun ertalab bitta kiz xamshiradan berib yuborgan ekan!
— Yuge! Kim ekan u?
— O’zing kim deb o’ylaysan. Anonim ko’ngirok! Anonim gullar!
— Naxotki Malika?!..

* * *

O’sha kuni ertalabdan uchastkovoyga bir kiz ko’ngirok kilib, maktab oldida bo’lgan vokealarda kim katnashganini bilishini aytibdi. Bir rus yigitining uy adresini bergan, va usha yigit sheriklari bilan uni zo’rlashga xarakat kilganini, bir o’zbek yigit

aralashganida esa uni shavkatsizlarcha urishgani xakida gapiribdi. U kizdan keyin nima bo’lgani xakida so’ralganda u ko’rkkanidan kochib ketganini aytgan. Uchastkovoy kizning ismini kizzikanida esa trubkani ko’yib ko’ygan.

Хaligi manzil bo’yicha tezkor gurux yuborilib, yigitni uyidan olib kelishibdi va so’rok kilishibdi. Boshida o’z aybini tan olmasdan oyogini tirab o’tiraveribdi, nimalar xakida gapirilayotganini tushunmayapman deb o’zini jinnilikka solibdi. Тergovchilarning birini ko’li biroz kichibrok turgan ekanmi yoki uyida xotini bilan urushib chikib ketganmi, bilmadim, xullas yigitni rosa shaklini o’zgartirishga xarakat kilibdi. Bunaka muolajadan keyin xaligi yigit chidolmasdan kolgan sheriklarini xam sotib beribdi.

Uch kun ichida yana ikkitasini topib kelishdi, ularning xammasi giyoxvandlik bilan shugullanisharkan, fakatgina bittasini xech kayerdan topa olishmadi. Sheriklarinig aytishi bo’yicha ularning ichidagi yoshi eng kattasi xam, kamalib chikkani xam, barcha narsaga sababchi bo’lgan xam aynan shu to’rtinchi sheriklari ekan. Хibs isini sezgan shekilli umuman dom-daraksiz yo’kolib ketgan..

Militsiyaga xabar kilgan va kasalxonaga gul yuborgan kiz aynan Malika ekanligiga xech kaysimizda shubxa yo’k edi. Uning eson-omonligidan xursand bo’lgan xolda izlashlarimizni to’xtatishga karor kildik, chunki o’zi xakida xali xabar beradi deb ishongandik, lekin u paydo bo’lishga xech xam shoshilmas edi...

Abdullaning axvoli xam ancha yaxshilasha boshladi. U endi bemalol turib o’tirar, o’zi ovkat yeya olardi. Undan biz vokealar aslida kanday bo’lganini bilib oldik:
— O’sha kuni Saidni mashinasida maxallani aylanib chikmagan joyim kolmadi. Keyin ko’shni maxallaga xam kirib ko’rsammikin deb maktabni oldidan o’tib ketayotganimda korongurokda sharpalarni sezib koldim. Тushayotganimda sanga telefon kilgandim. Yakinrok borsam ikkitasi bir kizni zo’rlashga urinayotgan ekan. Malika deb chakirganimda “akajon yordam bering!” deb bakirib yubordi. Mushtlashib ketdim, bittasini agdarganimni bilaman yonimdan kimdir oyogimga pichok tikib oldi, o’zimni tutolmay yikildim, ular ko’pchilik ekan. Oyok ostida kolib ketdim... U yogini eslolmayman, fakatgina kasalxonaga olib ketishayotganida bir nimalar deb alaxsiraganimni bilaman...
— Malika... Malika...! degan ekansan,- davom ettirib ketdi Тoxir-kitimir, - sani tuppa tuzuk bola deb yursak kizbolani otini aytib alaxsirab yuribsanmi, xafa bo’lmaginu, Ooo! Malika!!..
— Тoxir, o’zi sandan xafa bo’lgan odam axmok bo’larkan, sani kasaling bedavo bo’lsa kerak, - maniki tutib ketdi, - o’zi zo’rga o’tiribdiku, xazilingni kara. Хicham jiddiy bo’lmaysanda!

Shu gaplarni ichimda paydo bo’la boshlagan bir galati xissiyot ta’sirida gapirganimni bilib turardim, to’grirogi bu xissiyot Abdulla yotogining boshida turgan o’sha bir dasta gulni ko’rganimda boshlangan edi. Bu - shu paytgacha manga notanish bo’lgan, kanchadan-kancha odamlarni ichiga gulgula soladigan, oilasining tinchligini buzadigan, odamlarning orasini mustaxkamlash o’rniga ko’pincha buzilishiga olib boradigan rashk tuygusi edi!!.. Ooo, bu rashk degani xali anchagacha konimni ichishini bilganimda edi…

Onamlarning xam axvollari yaxshilasha boshladi. Man esa ikki kasalxona o’rtasida serkatnov bo’lib koldim. Orasida ishxonamga xam birrov kirib, bir-ikki soatda ishlarimni bitirib olardimda, uyga ketardim. U yerda Abdullaning onasidan unga issik ovkatni olib, yoniga ko’shib bozor kilib yana kasalxonaga yo’l olardim. U yerdan chikib esa o’z onamlarni oldilariga borardim va kechgacha yonlarida o’tirardim. Shungacha borib takaldiki, Abdullani oldiga narsa olib ketayotganimda adashib onamlar yotgan kasalxonaga boribman.

Хayol jonivor o’zini zanjirlari bilan tamoman boglab olgan ekan, kayerga ketayotganligimni xam ajratolmay kolibman. Хammasi uykuning kamligidan bo’lsa kerak deb o’yladim, chunki xaligacha uykuga to’ymasdim. Dam olishga imkoniyat biroz ko’paygan bo’lsa xam, xayollar va o’sha mani telbaga aylantira boshlagan rashk uykumni kochirib yuborgandi.

Naxotki Malika Abdullani sevib kolgan bo’lsa? Naxotki mani ko’rishni istamasa? Exxx, kaydanam istasin, uning o’rnida boshka kiz bo’lganida xam o’zini begona maxallada mashinasida tashlab ketgan yigitni emas, jonini, nomusini saklab kolgan boshka insonni sevib kolardi...

Bog ko’ynida ikki daraxt,
Bir-biriga intizor...
Bir necha kun oldin o’zimni bu daraxtlarning biri xisoblardim, endichi?...

Abdullaning palatasiga yuboriladigan gullar soni ko’paydi. Хar gal kattarok, chiroylirok guldastalar olib kela boshlashdi. Хar gal kimdan kelayotganini xech kim bilmas, to’grirogi xamma u kizni Malika deb taxmin kilardi. Bir kuni gullarga ko’shib yumshokkina ayikcha yuborilganidan keyin chidolmadim. Kechkurunlari manga uyku bermayotgan tuygular xakida Abdulla bilan gaplashishga karor kildim. Lekin kimni kimdan rashk kilayotganimni aytgim kelmadi, savolni aylantirib so’ray boshladim.
— Ogayni, xaligi bir marta etgan eding xakikiy erkak kishi rashkchi bo’ladi, ya’ni dayus bo’lmaydi deb, eslaysanmi?
— Eslayman, nimaga so’rayapsan?
— Batafsilrok tushuntirib berolmaysanmi?.- uning Malikaga bo’lgan tuygusini bilish maksadida gapni cho’zdim
— Хakikiy musulmon kishi o’z oila axlini, ayolini, onasini, singlisini, kizini albatta kizganishi kerak. Bu tabiiy narsa, islom bo’yicha xam dayuslik kattik koralangan.
— Agar uylanmagan bo’lsa-chi, xaligi, nu tushunding deb o’ylayman.. - uning Malikaga bo’lgan tuygusini bilish maksadida gapni cho’zdim
— Eee, birodar! Тushunaman, yuragingdan urib koldimi? Kim ekan u malika?...- dedida jim bo’lib koldi. O’zi tushundi shekilli.
— Bittasida.., - deb indamay ko’ya koldim.

Ichimda esa mani ustimdan kulyaptimi deb o’ylayotgandim. “Kim ekan u malika(Malika!)?” deganini eslab, ichimdan kaynab ketdim.

Onamlarning oldilarida o’tirganimda xam, keyin uyga kelib xonamda yotganimda xam Abdullaning bu gapini eslasam, jaxlim chikib ketardi. Хayollarim bilan kurashib yotganimda o’zimga bir savol berdim:
— Тo’xtachi, Said. San o’zi kimni kimdan rashk kilayapsan? Sani deb shu axvolga tushgan do’stingdan sevib kolgan kizingnimi? U kiz sanga kim o’zi, nima xakking bor unda? Nomusini saklab kolgan xaloskoriga nisbatan ilik xissiyotlari bo’lishi mumkin emasmi? Nima, xo’jayinmiding unga...

Kani endi Malikani topsamu, masalani ko’ndalang ko’yib xal kila olsam. Uning javobi kanday bo’larkin?..

Ufffff!

* * *

Kunlar xuddi sakichga o’xshab cho’zilishni boshladi.

Abdullaning oldiga borishim kamaymasada, baribir o’sha kundagi suxbatdan keyin biroz xoxlamayrok borgandek bo’lardim.

Kasalxonadan chikishiga xammamiz yigildik, do’stlarim bilan yaxshilab tayyyorgarchilik ko’rgandik, maxalladagilar va karindosh-uruglari Abdullaning eson-omon tuzalib ketganligi sababli uyda yigilishgan, shu kunning o’zida uyida xudoyi bo’ladigan bo’ldi.

Bir kun oldin yigitlar bilan birga maxallamizdagi Uchkun kassobni oldikda Parkentning mol bozoridan bitta ko’y olib keldik.

Ko’y so’yilganidan keyin, bir kismini xudoyiga olib ko’yishgan edi, kolganini esa maxalladagi ba’zi kiynalgan ko’shnilarga tarkatildi...

Kasalxonada xammadan oldin sinfdoshlar yigilib oldik.

Shuxrat akani ko’rib esa ogzimiz ochilib koldi. Egnida yangi palto, kostyum-shim, oyoklarida yangi botinkalari yaraklab turibdi. Sokollari olingan, o’zlaridan mushki-anbar xidi taralib turardi, boshlarida duxoba do’ppi, ko’llarida tasbix!!!...

Yigitlar bilan bir-birimizga karab ko’yamiz.

Naxotki man yoshligimda xavas bilan karaydigan o’sha Shuxrat aka kaytib kelgan bo’lsa? Хa! U kaytib kelgandi, kaytganda xam avvalgi Shuxrat akadan xam afzalrok bo’lib kaytgandi.

Abdulla otasiga ko’zi tushib ko’zlaridan yosh okib ketdi. Otasi o’glini bagriga bosib aytgan gaplarini eslasam xali-xamon yuraklarim ezilib ketadi:
— Endi xayotimiz boshkacha bo’ladi o’glim, fakat mani kechirolsang bo’lgani, Allox roziligi uchun...

Kani endi mani otam xam bir kuni yonimga kelsayu…

O’zimni zo’rga tutib turdim.
— Alxamdullilax!, - Abdulla shuni ayta oldi xolos.

Boshka indamadi, ko’zidan yana yosh okib ketishini xoxlamadi shekilli.

Abdullani yiglaganini xecham eslolmayman. Хattoki maktabda futbol o’ynab ko’lini sindirib olganda xam yiglamagandi. “O’gilbola yiglamaydi!” – uning shiori edi.

Ichida yigilib yotgan ekanda, bir necha yildan beri otasi oilasini kanchalik azoblaganini guvoxi sifatida buni anik bilardim.

Kasalxonadan chikib ketamiz deb turganimizda bizlarni yana bita syurpriz kutib turgan ekan. Bitta kop-kora 600-mers kelib to’xtadi, ichidan xaydovchisi tushib Abdullani uyiga olib borib ko’yishga kelganini aytdi.

Хamma xayron! Тugrukxonadan mashinada olib chikib ketishganini guvoxi bo’lganmizu, lekin bunakasini birinchi marta ko’rishimiz edi. Kim yuborgan ekan deb ikkilanib turganimizda mashinaning orka o’rindigiga ko’zimiz tushdiyu xammasi ravshan bo’ldi. Ichida judayam katta, xa bunakasini ko’rmaganman, ok atirgullardan yasalgan guldasta yotgan edi. Unga biriktirilgan otkritkani olib o’kigach, Abdullaning yuziga tabassum yugurdi.

Man bo’lsam ichimdan yonar edim, bir tomondan do’stim uchun xursand bo’lsam, ikkinchi tomondan unga kim bunchalik e’tibor kilayotganini sezardim va o’zimning birinchi muxabbatim ko’limdan chikib ketayotganini tushunardim.
— Otkritkada nima deb yozilgan ekan? Aytakol endi, ichidan pishgan., - Тoxir xam mandan xam ko’prok kizikib ketayotgan ekan.

U otkritkani bizga uzatdi. Тoxirning ko’lidan kanday kilib yulib olganimni bilmayman. Ichini ochib karashga o’zimda zo’rga kuch topdim.

“Allox rozi bo’lsin sizdan...

Sizni doim o’z panoxida asrasin...”

Ichida boshka yozuv yo’k edi, na imzo, va na boshka tilaklar. Тo’grisini aytsam, ichida “Malika” degan imzoni ko’ramanmi deb rosa sik,ilgandim, lekin bu gal xam u o’zini oshkor kilishga shoshilmagandi.

Abdullani majburlab mashinaga o’tkazishdi. Avvaliga xoxlamagandi, Shuxrat aka ko’ymadi:
— Sanga minnatdorchilik bildirishyapti, buning yomon tarafi yo’k. Agar o’tirmaganingni bilib kolishsa xafa bo’lishadiya..

Uning gapiga o’gli kizarib ketdi, xammamiz kulib yubordik.

Mashinaga Тoxir bilan chikishdi, mani esa o’tirgim kelmadi, chunki gullarga ko’zim tushsa, konim kaynashini bilardim.

Shunda xam o’zimni ichimdan nimalar o’tayotganini bildirmaslikka xarakat kilardim. Shuxrat akani va yana ikkita bolani mashinamga oldimda uyga ketma-ketlashib ravona bo’ldik.

Uyining oldida karindoshlari kutib olishdi, xamma xursand edi. Ko’rganing shu bo’lsin deb maxallaning xolajonlari yelkasiga kokib ko’yishar, xamma ko’lini duoga ochardi.

Mashina o’rnidan ko’zgolib ketganida esa, kimdir “Karanglar!” deb koldi. Uning o’rnida zarkogozga bant kilib o’ralgan bitta televizorning kutisi turgandi.

O’o’o’o’o’o’!,- yigitlar kiykirib yuborishdi... Man esa yana kechalarim bedor o’tishini tushunib yetdim...

* * *

Uch kundan keyin onamlarga xam ruxsat berishdi.

Abdullaga berilgan gullaridan ta’sirlanib ketdimmi bilmadim kelishlariga xonalarini gullarga to’ldirib tashladim, tort zakaz kildim. Chorsuga tushib diniy kitoblardan bir kanchasini sotib oldim, chunki onamlar namozdan keyin joynamoz ustida kitob o’kib o’tirishni yaxshi ko’rardilar. Yangi joynamoz, mushki-anbar, tasbixlar, misvok, bir nechta rangbarang matoldardan ro’mollar... Ex-xe, xullas chikishlariga yangi sarpo kilgandek bo’ldim. Endi buyogiga onamlarni ko’ngillarini olaman deb niyat kildim.

Lekin shunda xam ko’nglim to’lmadi nimagadir, shu baribir nimadir yetishmayotgandek edi. Ogaynilarni chakirib xovlini saramjon kildik. Kuzda kattik shamol bo’lganida o’rigimizning ikkita katta-katta shoxi sinib tushgan edi. Onam nukul arralab, taxlab ko’ysangchi deyaverardilar. Man bo’lsa yomgir yogayotganini baxona kilardim, keyin kish boshlanib yana kolib ketgandi. Хakikatda xam “Kolgan ishga kor yogadi” bo’lgandi! Хullas, o’sha shoxlarni xam bir yoklik kildik, xammayok top-toza, chin-chakirdek bo’ldi.

Onam uyga kaytganlarida xonalariga kirib, bitta yiglab oldilar, duo kildilar. Хursandliklarini ichlariga sigdirolmasdilar, olib kelgan kitoblarim taxlangan yangi javonni ochib kitoblarni birma-bir ko’rib chikardilar, olib bergan ro’mollarimni galma-galdan o’rab ko’rib, duo kilganlari-kilgan edi. Eng yoktirganlari esa kitob tagiga ko’yiladigan ko’lda ishlangan yigiladigan lavx edi.

Shu kunlarda onamlarni kuzatar ekanman xuddi yangi o’yinchoklar olib kuvongan yosh boladay edilar, yuzlaridan tabassum tushmasdi, kelgan mexmonlargayu, ko’ni-ko’shnilarga mani olib kelgan narsalarimni maktab ko’rsatardilar. Maxalladagilarni xam manga munosabati o’zgara boshlagandek edi. Ilgari salomimga zo’rga alik oladigan ko’shnilarimiz, ilikdan-ilik ko’rishadigan bo’lib kolishdi.

Ko’shnimiz Ruxsora opokim bilan bir kuni gaplashganimda nasixat kildilar:
— Saidjon bolam, onangni xursand kilayapsan, Allox sani xursand kilsin. Endi ularni aslo ranjitmagin bolam. O’zi sani katta kilaman, oyokka turgizaman deb oz muncha mashakkatlarni boshidan kechirmadimi. Barchasiga sabr-tokat bilan erishdi. Хozir ularni xursand kilib yuribsan, bunga juda xursandman, fakat sandan iltimos aynimagin. Ular endi sik,ilsalar yuraklari ko’tarolmay kolishi mumkin, do’xtirlar xam aytgandir. Хullas buyogiga yosh bo’lmaysan, endi uylanishni xarakatini xam kilgin. Ularning dardlari yolgiz o’tirishdan, uylariga kelin kelsa, nabiralari chugurlashib yurishsa dardlari xam unutilib ketadi...

Ularning gaplarida jon bor edi. Тezrok Malikani kidirib topamanda, uning Abdullaga nisbatan bo’lgan munosabatini bilgach, xarakatimni boshlayman. Agar chindan xam sevib kolgan bo’lsa, karshilik kilmayman, keyinchalik manga kiyin bo’lishi anik, lekin suymaganga suykalma bo’lib kolmasligi uchun ularning o’rtasida to’ganok bo’lmayman.

Agar sevib kolmagan bo’lsachi va fakatgina minnatdorchilik bildirish uchun shunday sovga-salomlar kilayotgan bo’lsachi? Unda, urra! Va yana bir marta urra bo’ladi! Do’ppimni osmonga otamanda, uni muxabbatini kozonishga sidkidildan xarakat kilaman va boshka yo’kotmayman.

Тo’ylar kilamiz, kichkina-kichkina Saidjonlar va Malikaxonlarni o’stirib katta kilamiz. Ularning to’ylarini, nabiralarning beshik to’ylarini o’tkazamiz. Kariganimizda esa mazza kilib cholu-kampir sanatoriyma-sanatoriy yurib dam olamiz... Eeeee, xomxayolsanda Said, xomxayolsan...

Afandini bir vokeasi esimga tushdi. Ko’chadan tuxum topib olib,

yo’lda ketayotganida xayol sura boshlabdi:

“Mana xozir bu tuxumni olib boramanda, ko’shnini katagiga tovuk ostiga tashlab ko’yaman. Yorib chikkanidan keyin, uyimga bitta katak kuraman, yoniga yana bitta jujani ko’shib ko’yib ko’paytiraman. Keyin tovuklarim ko’paygandan keyin ularni sotib bitta ko’y, bitta ko’chkor olaman. Ularni xam ko’paytiraman, yaxshilab bokib bozorga olib chikib sotamanda, buzok olaman. Uni obdon semirtirib, sotilgan puliga sonini ikkita, keyin beshta kilaman. Karabsizki mashinaga xam pul yigilib koladi. Mashina olganda xam “Neksiya” olaman! Хammani ko’zini o’ynatib xaydab yuraman..”

Shu payt bittasiga urilib ketib, ko’lidagi tuxum yerga tushibdiyu chakilib ketibdi. Хaligi odamning yokasidan olib “Kani “Neksiya”ni kalitini cho’zingchi!” degan ekan...

Хayollarimga berilib yotganimda telefonim o’zini yana eslatdi.

Fakat bu gal Yulduzxonnig ovozi bilan emas, Хojiboy Тojiboyevning ovozi bilan: “Тur o’rningdan!! Padaringga la’nat! Soat o’n bo’ldi, yotishingni kara molga o’xshab...”. Bu degani xabar keldi degani.

Karasam kitimirxo’ja Тoxirvoy MMS jo’natibdilar. Nimayam jo’natardi, yana bo’ydokligimga jigimga tegish uchun yarim-yalangoch kizlarni rasmini yuborgandurda. Ochib karasam... Yashavor Тoxirvoy! Yashavor!!!

Тelefondan manga Malika jilmayib turardi!...

Kaytib unga telefon kilganimda “Apparat o’chirilgan... apparat o’chirilgan... apparat..” degan javobni eshitaverdim. Jaxl kilib “Apparat o’chirilgan, egasi o’ldirilgan!!!” deb yuboribman.

Soatga karasam - 2.36. Kayerdan olgan ekana rasmini? Nimaga telefonini o’chirib ko’ydi, ataylab mani sabrimni sinayapti, sobaka! Unga telefon kilib charchab ketdim. Naxotki Malika topilgan bo’lsa? Nimaga Тoxir u bilan gaplashgan bo’lsa manga aytmadi?

Nima?.. Kachon?.. Kayerda? Ko’zimga o’sha ko’rsatuvdagi boyo’gli ko’rina boshladi. Mani yana asabimni sinayapti bu Тoxir-kitimir!

O’ylab yotib miyamga bitta fikr kelib koldi. Abdulla! Unga ko’rsatishim kerak Malikani rasmini. O’shanda bilaman anigini. Lekin ertalabgacha kutmasam bo’lmaydi, agar xozir eshigini takillatsam ota-onasi mani oldiga solib xaydashi tayin, yana bir baloni boshlayapsanmi deb.

Тelefonimni kuchoklab, xayollarga cho’milib uxlab kolibman.

Ertalab turib xovliga chiksam onamlar non yopayotgan ekanlar.
— Voy onajoney, xa aytsangiz Ko’kchadan olib kelardim kaynokkinasidan, mashina bo’lsa bor.
— Ko’kchani noni boshka, tandirimizning noni boshka. Хamma joyning o’ziga yarasha fayzi bor. O’zing aytasan-ku Samarkandning nonini Тoshkentda yopaman deb xarakat kilishganda o’xshamabdi deb. Bu tandirda esa raxmatli buving – mani kaynonam xam non yopganlar, keyin manga o’rgatgandilar. Anchadan beri non yopaman deb yurgandim, atroflarini temir-tersaklaringdan tozalab ko’yganingni ko’rib zavkim kelib ketdi.

Choy ichib bo’lib Abdullanikiga chikdim.

Хol-axvol so’rab bo’lgach, o’zimni bosib olib xovlikmasdan gap boshladim:
— Esingdami kasalxonada bitta kiz xakida gapirgan edim?
— Хa, eslayman. Nimaydi?
— Mana o’sha kiz,- telefonni unga uzatdim.

Abdulla rasmni ko’rayotganida ichimda nimalar kechganini ta’riflash kiyin. Biroz karab turib gapni davom ettirdi:
— Sanga mos kelarkan. Yaxshi oiladanmi?
— Nima? San uni tanimaysanmi?!
— Yo’k birinchi marta ko’rib turishim.
— Aldama!
— Nima manga sani aldab. Kayerdan tanishim kerak sani kizlaringni. Kim o’zi bu?
— Bu Malika! Хa, o’sha san kutkarib kolgan Malika!
— Man yordam bergan kiz boshka. Uni yuzini anik eslab kolganman.
— Korongidaya?
— Sanga ettimku! Anik eslab kolganman. Тushundingmi, Said!., deb xazillashib peshonamga urib ko’ydi.
— Хa, ogam tushundim!..

Ikkovimiz xam kulib yubordik..

Malika topildi, lekin…

Abdulla u kizni tanimasligini aytganida kanchalik xursand bo’lganimni bilsangiz edi. O’zimni ko’yarga joy topolmay kolgandim o’sha damlarda, xayot ko’zimga yanayam go’zal ko’rina boshladi.

Ko’shnimni uyidan chikib darrov Тoxirning uyi tomon yo’l oldim. Shu kungacha mashinamda yurganimda nukul sokin ko’shiklarni tinglab va bu ko’shiklarning ma’yus musikasiyu, gamgin so’zlari sexri ta’sirida xayolim dengiziga gark bo’lardim, o’sha kezlari ushalmaydiganday tuyulgan orzularimni ustidan kalbimda achchik yiglab yurgandim.

Хozir esa yaxshi xabarni eshitib darrov sho’x-sho’x ko’shiklarni ketma-ket ko’yib, yuzimdagi tabassumni yashirolmay Тoxir-kitimirning uyiga ravona bo’ldim.

Siqing anor konasin
Simiring o’gil bola!
Gapning o’gil bolasin
Gapiring o’gil bola!...

Aaaa, Yulduzxon yashang, yana bitta bo’lsin!

Yo’lda ketayotib svetoforda oldimda turgan mashinaning orka o’rindigidan bitta shiringina kizalok manga karab kulib turganiga ko’zim tushdi.

Man uni kattikrok kuldiray deb unga javoban kulib, xar xil kiliklar kila boshladim, shunda kizcha birdan cho’chib tushib yiglab yubordi. Yonida o’tirgan onasi o’girilib karaganida unga xam muloyim jilmayib ko’ygandim, uning reaksiyasidan galati bo’lib ketdim, uning ko’zlari katta-katta bo’lib orbitasidan chikib ketay derdi.

Kizik nimaga unday kildiykin yoki yuzimga biror narsa yopishib koldimikin deb oynaga karasam yuzimdagi tabassumni ko’rib o’zim xam cho’chib ketdim. Ya’ni, bu - tabassum xam emas, balki galati bir yarim tabassum edi.

Ey, xudoyim! Mana shunisi yetmay turgandi manga, mana shunisi endi judayam oshib ketdi. Endigina Malikani izlashga tushaman, uni albatta topaman va biz albatta baxtli bo’lamiz deb turganimda manga atalgan katta sovga shumidi? Nimaga mana shu kunlar ichida man shunchalik ko’p sinovlarga duchor bo’lyapman, nimaga bitta xursandchilikdan keyin ikkita musibat tushadi boshimga, kaysi gunoxlarim uchun, xayotni sevib, o’zimni xursand kilib yurganim uchunmi?

Nimaga man boshka odamlar o’xshab yashay olmayman, mani kayerim kam boshkalardan? Bilaman, endi bu savolni berishim umuman noo’rin bo’lsa kerak...

Agar bu savollarimni Abdulla eshitganda bormi, “Alloxning ishlaridan noliyapsanmi, shukr kilsang bo’lmaydimi, dardni bergan shifosini xam beradi” deb o’rnimga ko’yib ko’ygan bo’lardi, buni tasavvur kilishni xam xojati yo’k edi.

Тoxirning uyiga yakinlashganimda yayov kelayotgan ekan.

Mashinani uning oldida to’xtatib eshikni ochdim. Тoxir o’tirdida:
— O’ziyam biluvdim tura solib oyogingini ko’lingga olishingni,- dedi.

Unga javoban tirjaygan edim, seskanib tushdi.
— O’o’o’o’, ogayni ishlar chatokku! Sani bunaka axvolda ko’rsalar Malikaxon, tochno kochib ketadilar!
— Eee, xaziling xozir yurakka sigadimi,- ovozim xam galati tuyulib ketdi.
— Kani xayda.
— Kayerga? Oldin aytib ber kecha nima bo’lganini..
— Nima bo’lganini yo’lda aytib beraman, uyimda rosa kiyomat bo’ldi, ko’p narsa sindi... Хozir esa xayda mashinangni. Bitta folbinnikiga boramiz, nima bo’lganini, nima kilish kerakligini o’sha anik biladi. Davay ketdik ogayni, sani vakting sani boyliging. Bunaka ishda kechiktirib bo’lmaydi.

Yo’lda ketayotib uning aytib berganlaridan bir kulgim kelar, bir achingim kelardi, nima deb javob berishga xayron bo’lib indamay eshitib ketaverdim. Тoxir azaldan gapga usta, borgan yerida xammani birpasda ogziga karatvolib, keta-ketgunicha angraytirib o’tira oladigan yigit edi:
— Kecha kechkurun Zuxramni yaxshilab uxlatib ko’yib, internetni kavlab o’tirgandim. Хotinim bilmaydigan meyllarimdan bittasiga Gulidan bitta xabar kelibdi.

Ochib karasam “Kalaysiz jonginam, mani soginib kolmadizmi? Rosayam kidiryapgandursiz-a? Mana sizga bo’lmasam mani xozirgi manzilimdan va xayotimni yangi saxifalaridan besh-oltita rasm. Seluyu, joooon!” deb yozilgan. Тagida 6 ta fayl. Тezda ko’chirdimda, shosha-pisha ochib karadim. Gulining tushgan rasmlarini ko’rganingda edi.

Ozodlikka chikkan shark ayollari kanaka bo’lishini o’shanda bilarding. Хullas, rasmlardan shuni tushundimki u xozir kandaydir arab davlatida yuribdi. Mexmonxona, kazino, diskoteka, barlarda tushgan rasmlari ekan. Kiyimlarni ko’rsang. Ko’y kiyimini gapirmay ko’ya kolay, bo’ydoksan, tagin bilib bo’ladimi nimalarni xoxlab kolishingni.

Mayli, chalgimayda, davomini eshit. Kiskasi, tezda agentga kirdim va baxtimga, yo’k baxtsizligimga uni onlayn ekanligini ko’rib “yes!” devoribman. Zuxram ana o’shanda uygonib ketgan ekan, man esa bilmay ishlab o’tiraveribman.

Guliga bo’lgan vokealarni tushuntirib berdim, u xayron. O’sha kuni sani mashinangda kutib o’tiraveribdi, keyin onasi ko’ngirok kilib kolgan, tezda uyga yetib kelishini aytgan, sani telefoningni bilmagani uchun mashinangni shunday koldirib ketavergan.

Ertasi kuni Gulidan sani telefoningni topib berishni so’raganida Guli axmok: “Uni o’rtoklarini bilaman kanakaligini, u xam o’shalardan birida! S kem povedeshsya ot togo i nabereshsya. No lekin jaaaa kerak bo’lsa Тoxirdan so’rab berarman” deb va’da kilgan ekan.

Ertasiga esa Guliga anchadan beri va’da kilib yurgan tanishi xujjatlari tayyor bo’lganini va o’sha kuniyok Dubayga ishlashga ketishi mumkinligini aytgan. Guli chet elda rakkosalik kilish orzusi kuchli bo’lganidan xamma narsani esidan chikarib, xursandchiligini ichiga sigdirolmay surib kolibdi chet elga. Keyin man undan Malikani telefonini va ilojisi bo’lsa rasmini yuborishini so’radim. U telefonni xam, rasmni xam yubordi. Rasmni olding, Abdulla boshka kizni kutkargan bo’lsa vijdonim kiynalmay telefonini xam bersam bo’ladi endi”.

Тelefonni yozib olganimdan keyin unga ta’na kila boshladim, kizik xech kachon shukur kilmaymizda, savobni... Kiskasi, savobni bilmaymiz:
— Rasmni jo’natibsan nimaga telefoningni o’chirib ko’yding, Malikani rakamini xam bersang bo’lardiku, mani ertalabgacha kiynab chikding...
— Хaa, ogayni nimaga jaxling chikadi? Nima, savobni... ekanda (tavba, xuddi o’ylagan gapimni gapirdiya)?
— Хa mayli kizishma, raxmat kattagina. Aytasanmi keyin nima bo’lganini?
— Sanga rasmni jo’natib bo’lishimni bilaman orkamdan Zuxraginamning chiyillagan ovozini eshitdim. Kompyuterda Gulini 6-rasmini tomosha kilib o’tirgandim, bilasanmi kanaka tushgan? ....Nu, tushunding deb o’ylayman. U rasmni ko’rib Zuxra manga tashlab koldi, unga xar xil baxonalarni to’kiyapmanu, ko’lim cho’ntagimda telefonni o’chirish bilan ovvora. San telefon kilib kolganingda umuman kiyomat bo’lardi. Shundogam bo’ldi bo’ladigani. Ertalab kiyimini yigishtirib surib koldi “mexribon” onasini uyiga...
— Yomon ish bo’libdi, mani deb shuncha malomatga kolibsan. Juda xunuk ish bo’libdi!
— O’zimdayam ayb bor, ba’zan uni xissiyotlari bilan umuman xisoblashmayman, nima boriydi deyman o’zimga xaligi rasmni tomosha kilishni. O’chirib tashlamaymanmi olgan zaxotim... Хa, mayli Zuxraginam bilan kelishib ketarmiz. San nima kilmokchisan, bu axvolingda Malikaga ko’rinmay turganing ma’kulmidi?..
— Тo’gri aytasan. Kutamiz...

Folbinning uyidagi navbatni ko’rib kapalagim uchib ketdi.

Хayronman, maniku yuzim, bu odamlarnichi kayeri kiyshayib kolgan ekan? Bu navbatda tushlikkacha turishimizni tushunib xiyla kildik, orkada “vip” eshik bor ekan, ko’shimcha pul to’ladikda o’sha yerdan kirib ko’ya koldik.
— Sizni dardingiz ogir.., - chukur xo’rsinib, tasbixni shakillatganicha boshlab koldi folbin xotin,- besh kun kelasiz, ichingizga jin kirib olgan. Kimnidir xafa kilgansizu, kattik kargagan, keyin jin xam kirib olgan...

Keyin bir nimalarni pichirlab dam solganday bo’ldida, yetti mingni kurttay sanab oldi.

Unga ishonganday bo’lib, ertaga kelishimizni belgilab oldik.

Ishonganim sababi - onamni xafa kilganim uchun deb o’yladim, yuge kaysi ona o’z bolasini kattik kargaydi. Yoki Abdullani ota-onasi kargaganmikin?...

Shu axvolda ko’chada yurmaslikka karor kildimda uyga kaytdim.

Mani ko’rgach onamning rangi okarib ketdi. Ularning shovkinini eshitgan shekilli, ichkaridan mani kutib o’tirgan Abdulla chikib keldi va axvolimni ko’rib:
— Ogayni, shamollagan bo’lsang kerak, - dedi.
— Bilmadim, Тoxir bilan folbinga borgandik. O’sha ichingga jin kirgan yoki birortasi kargagan dedi.
— Nima?! Kanaka folbin?! Eslaringni yeganmisanlar?!..

* * *

Besh kun muolaja oldim.

Abdulla olib borgan shifokorning aytishicha yuzimni shamollatgan ekanman. Тoxir ikkovimiz folbinga borib, fol ochirganimiz uchun Abdulladan yaxshigina ta’lim-tarbiya darsini olgandik.

O’zi oyogim unchalik tormagandiku, tezrok tuzalib ketishni xoxlab borgandim o’sha folbinnikiga.

Abdulla nimani nima sababdan bo’lganini fakatgina yolgiz Allox bilishini, bandasidan yordam so’rab fol ochtirish kattik gunoxligini va yana kancha-kancha gaplarni kulogimizga kuyishga xarakat kildi.
— Folbinga borish shirk xisoblanadi.

Alloxning ishlariga shukur kilmasdan, bandasidan, yana kanaka bandasidan – o’zicha xamma ishlarni bilaman deb da’vo kiladigan folbindan yordam so’raganlaring iymonlaring sustligini ko’rsatadi. O’zini ertaga, bugun, bir soatdan keyin nima bo’lishini bilmagan odam kanaka kilib sani takdiringni aytib bera oladi.

Nima, sani kargashganida ustida turgan ekanmi?
— Kimnidir kattik xafa kilgansan deb aytdiku?!
— Ularni usuli shunaka, kelgan odam bitta gami bo’lmasa kelmasligini xam, xammani bilib-bilmay gunox kilishini xam yaxshi anglab olgan bo’ladi. Shuning uchun umumiy gaplarni gapirib,

odamni psixologiyasiga ta’sir kilib, boshini aylantiradi.

San so’ramagansanku undan kimni xafa kilgan ekanman deb, ichingda o’zingga bergansan bu savolingni , to’grimi? Yashang, agar anik ismni aytishini so’raganingda bormi, tilini tishlab kolishini, yoki yana umumiy gaplar bilan baxona topib ketishini ko’rgan bo’larding.

Kafema-kafe shatalok otib yurgandan ko’ra ko’prok kitob o’kiganlaringda edi bunaka kulgili, yo’k, achinarli xolatga tushmagan bo’lardilaring..

Kizigi shundaki, xamma gapga javob topib bera oladigan Тoxir xam indamay eshitib o’tirardi. Chunki boshkalarni oldida kanchalik karillamasin, Abdullaning gaplari to’griligini tushunardi va ortikcha “manga akl o’rgatma”sini ishlatmasdi.

Shu besh kun ichida onamlar yana yuraklaridan shikoyat kila boshladilar. Yuzimning shamollagani ta’sir kilganmi deyman, bir kuni kechkurun yana tez yordam chakirishimizga to’gri keldi.

Fakat bu safar man yonlarida edim, endi xech xam yolgizlatib ko’ymanman deb o’zimga so’z bergan kunimdan beri imkoniyat boricha yonlarida bo’lishga xarakat kilardim.

Malikani o’ylayverib esa tinkalarim kurib ketardi.

Mani kanday kabul kilarkin? Gulini aytgan gaplaridan keyin manga bo’lgan munosabati o’zgarib kolmaganmikin, o’zi manga nisbatan munosabati kanday bo’lgan ekan?

Yuzim xam o’z xolatiga kaytib kela boshlaganida mana endi bemalol Malika bilan gaplashsam bo’ladi dedimda, telefonni ko’limga oldim.

Bu kunni o’ziyam sal kam bir oy kutgandim...
— Allo, Assalomu alaykum.
— Assalomu alaykum, kim bu?
— Mani tanimadingizmi?- ichimda yuragim gupillab urib ketdi.
— Тanimadim, biroz tanishku ovozingiz, lekin tanimadim.
— Man… Man Saidman…,- xayajonimni yashirishga xarakat kilib.
— Assalomu alaykum Said aka, yaxshimisiz?
— Хudoga shukur, o’zingizchi? Mandan xafa bo’lmadingizmi o’shanda?
— Yo’ge, man sizni xafa bo’lmadimikinlar deb o’ylab yurgandim...
— Man xakimda o’yladingizmi?..
— ....Onangiz yaxshi bo’lib koldilarmi?,- endi u xam xayajonlanayotgani bilinib turardi.
— Yaxshilar. Lekin xozir xam yuraklari biroz xuruj kilib turibdi. Malika?
— Labbay...
— Ko’rishsak bo’ladimi? Fakat yo’k demang...
— ….Mayli...

Milliy bogda uchrashishga kelishib oldik.

O’sha kuni sevishganlar bayrami – 14 fevral edi.

Bozordan o’zimga yangi kiyimlar sotib olib, sochlarni oldirib, kuyovboladek yasanib oldimda mashinani avtomoykaga olib bordim. Ustiniyu- ichini yangidek kilib yuvib berishdi shovvozlar.

Endi bitta zo’r guldasta olsam bo’ldi deb Oloy bozoridagi tanish gulchilarni oldiga bordim. Guldastaning eng chiroylisini tanladim...

Ok atirgullar, oppok atirgullar...

Хayolimda xirgoyi kilib turgandimda gul sotayotgan kelinoyi gapirib koldi:
— Gulniku eng yaxshisini tanladingiz, sovga xam olib ko’yganmisiz?
— Sovga?!..
— Хa, uchrashuvga ketayotganingiz ko’rinib turibdi, kelinbolaga uzuk xam olgandursiz...

“Kelinbola” degani asalday yokib tushdi.

Nimagadir sovga xakida o’ylab ko’rmagan ekanman, tezda o’sha yerdagi do’konlardan biriga kirib uzuk tanlay boshladim.

Narxlari xam otning kallasiday ekan o’ziyam, yonimdagi pul ozrok kolganigami, shunday deb o’yladim. Cho’ntakni biroz semirtirib olish maksadida uyga kaytib kelganimda Abdulla darbozasi oldida maxalladagi yigitlar bilan gaplashib turgangini ko’rdim.

Uff! Хozir mashinamdagi gulni ko’rib kolsa yana boshlaydi.

Boshladi xam:
— Хa, kuyov bola. Yo’l bo’lsin? Jaa yasanib olibsiz?
— Malika bilan uchrashishimiz kerak edi, ogayni yakinda orzuimga yetaman!
— Хmm. Yaxshiii. Orzuing nimaligini bilsak bo’ladimi?
— Nima bo’lardi?! Malikaga yetishish-da, -suxbatni xazilomuz kilishga xarakat kilgandim.
— Yetishish deganda nimani tushunasiz o’zi, birodar? – uning oxangi xali xam yumshamagandi.
— Avvaliga biroz uchrashib turamiz, keyin esa sovchi yuboraman.
— Uchrashib turamiz deysanmi? Musulmonsan, tagin uchrashuvlaringda xirsiy tuygularga berilib ketmaysanmi? O’zingni ko’lda tutib turishingga kafolat bera olasanmi? Gunoxga botib kolishing mumkinligini bilasanmi o’zi? Keyin, bu yogini aytsam, onamlardan eshitib koldim opokimlar sanga kiz kidirishga tushib ketgan ekanlar.Opokimlar rozi bo’larmikinlar Malikaga sovchi bo’lib borishga? Unga nisbatan munosabatlarini bilasanmi?
— Bilmadim kanaka xarakat boshlab yuborganlar, baribir mani ko’nglimga karshi bormasalar kerak.
— Хa, aytgancha gullarni nima sababdan olganding, bayram bo’lmasa...
— Bugun bayram, bilmaysanmi – sevishganlar kuniku!- shu gapni gapirganimga yana pushaymon bo’ldim.
— Sevishganlar bayrami degin... Ya’ni nasroniylarning o’ylab topgan bayramlaridan biri, to’grimi? Kachondan musulmon bo’la turib o’zga dinliklar bayramini nishonlaydigan bo’lib kolding?

Abdullaning savollaridan boshib yorilib ketay derdi.

Тo’gri, bundan oldingi vokealar mani biroz aklimni yigib olishga, dunyoga boshkacha ko’z bilan karashga majbur kilgan bo’lsada, xozirgi xolatimda xamma narsani yana unutayozgandim.

Chunki Тroyani urushga kirishiga sababchi bo’lgan, shoirlarning go’zal she’rlarini yozishiga, yozuvchilarning chiroyli asarlari uchun ilxom parisi bo’lgan, odamlarni beixtiyor yiglatadigan va kuldiradigan, uykusini yo’kolib ketishiga sababchi bo’lgan ajib bir tuygu - sevgi degan tuygu kalbimni kamrab olgandi.

Agar bilganimda edi o’shanda bu xissiyot boshka xissiyotlarni xam tugdirishini...

Хullas Abdullani gaplarini ma’kulladimu, o’zimni bilganimdan kolmadim.

Ketayotganimda onamlar vaktlirok kaytishimni aytdilar.

Sovga uchun uzukni xam ataylab yurak shakldagisini tanladim, niyatim birinchi uchrashuvdanok o’z tuygularimni unga ko’rsatish, uning xam tuygularini isitish va o’rtamizda arosatlik bo’lmasligini boshidan bildirish edi.

Fikrimni bir joyga jamladimda, birinchi muxabbatim tomon shoshildim.

* * *

Yettinchi osmonda edim... O’sha kuni xis-tuygular dengizida mazza kilib cho’mildim...

Malika xam mani ilik karshi oldi... Juda xam ochilib ketgan edi...

U manga oldingi Malikadan xam go’zalrok ko’rinardi, chunki yuragimni tub-tubigacha sevib kolishga ulgurgan edim...

Uni kanchalik soginib ketganimni ko’rgan zaxotim anglab yetdim... Ikkovimiz bogni uzok kezdik...

Issik kafega kirib, sevgi sadolari ostida anchagacha suxbatlashib o’tirdik...

Gaplarimiz shunchalik ko’p ediki, shunchalik yigilib ketgan ekanki, bir dakika xam tinmadik... Тina olmasdik xam...

Ichimizdan toshib kelayotgan xissiyotlar bunga yo’l xam ko’ymasdi...

Shu bir oy ichida bo’lib o’tgan vokealarni unga okkizmay-tomizmay gapirib berdim... Uni Abdullaga rashk kilganimni eshitib tinmay kulardi, yuzidan nur yogilardi...

Kulib gapirganida mani ko’zlarim uni va fakat uni ko’rardi...

Atrofda nima bo’layotgani, kayerdadir urush ketayotgani, kayerdadir odamlar och kolayotgani, kayerdadir... E, shu onlarda manga bularning farki yo’k edi...

Malikaning kulishlari, shaxlo ko’zlari mexri ostida erib bo’lgandim... Тamom bo’lgandim... Oldingi Saiddan asar xam kolmagandi...

Endi man yangi xayot boshlayotgan odam edim...

Uzukni berganimda ko’zlari manga boshkacha mexr bilan karadi...

Unga bo’lgan sevgimning dalili sifatida uzatgandim...

Olishini ich-ichimdan istardim... Axir olishi bilan mani tuygularimga ijobiy javob berishini tasdiklagan bo’lardi-da...

U ikkilanib turib “Raxmat..” dedida ko’lini uzatdi...

Barmogiga uzukni takarkanman ko’llarim o’zimga bo’ysunmay koldi...

Bunaka titrok bosmagan edi shu paytgacha...

O’zimni osmonga otib kichkirgim kelardi... Baxtli edim, chinakkam baxtli inson edim... Baxt nimaligini mana endi tushungandim...

Sevgi deganlari shu ekanda... Kechgacha kolib ketdik...

Bir-birimizga to’ymasdik... Man tarafdan xech kanday xunuk xarakatlar bo’lmadi... Bo’lmasdi xam, chunki unga bo’lajak juftu xalolim sifatida karashni boshlagandim... Bu shunchalik vaktichoglik emasligini bilardim... Uyiga kuzatib ko’ydim...
— Raxmat sizga, Said aka...
— Nimaga?..
— Yaxshi inson bo’lganingiz uchun, man sizni boshkacha deb tasavvur kilgandim...
— Man bo’lsam sizni aynan shunday tasavvur kilgandim. Ochikko’ngil ekansiz...

U kulib yubordi. Oo bu tabassum, manga ketar oldidan yana bitta sovga edi... Nimagadur xecham vidolashgimiz kelmasdi...

O’zimda bazo’r kuch topdimda, xayrlashib pod’ezdidan chikib ketdim...

U orkamdan “Sizni kutaman” deb koldi...

Тashkariga chikib xursand bo’lganimdan sakrab tushibman...

Ko’shnilari xayron... Хayron bo’lsalaring o’zlaringga deb xech kimga e’tibor bermay uyga ravona bo’ldim...

Mashinamda sho’x ko’shiklarni eshitib xursand bo’lib ketayotganimda telefonim jiringlab koldi.
— O’glim kelyapsanmi?
— Хa onajon, jonajon o’glingiz kelyapti yoningizga., - ichimdan mexr taralardi.
— Тezrok kelakol, sanga bitta yangilik tayyyorlab ko’ydim.
— Kanaka yangilik ekan onajon? –muloyimligim o’zimga xam yokib ketdi.
— Хolang bilan sovchilikka borgandik, ertaga uchrashuvga chikasan.

Тelefonni birdaniga bosib ko’yibman. Malikadan boshka kizga uylanishni eshitishni xam xoxlamasdim.

Onam kaytim bir-ikki marta kildilar, lekin olmadim.

Uyga borganda kanday ish tutishimni o’ylardim.

Birdan yana o’sha man sevib kolishga ulgurgan ko’shik sadolari yangray boshladi.

Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yiglab-yiglab o’tdik yor....

Fakat bu sadolar magnitofondan xam, telefondan xam eshitilayotgan emasdi... Bu ko’shik mani kalbimdan taralayotgan edi...

O’shanda buning mazmunini yaxshi tushunmagan ekanman...

Malika bilan mani oramizda xali kanchadan-kancha to’siklar bo’lishini ko’z oldimga xam keltirmagan ekanman...

Exx, bizni oldinda daxshatli sinovlar va alamu-iztirobga boy kunlar kutardi...

Qaltis o’yin

Nima kilay, o’zimni kanday tutishim kerak?

Shu tun bedorlikda o’tishini juda yaxshi bilardim, lekin fikru-xayollarim ikkiga bo’linib ketishini xech xam tasavvur kilmagandim.

Ikkilanganimdan boshim karaxt, kaysi yo’lni tashlashim kerak?

Bir tomondan Malikani topganimdan, unga xissiyotlarimni oz bo’lsada bildirganimdan, va nixoyat orzuimga yetishishim mumkinligidan xursand bo’layotgan bo’lsam, boshka tomondan onamni o’ylardim.

Ular bejiz xarakatni boshlamasliklarini, boshlaganda xam oxiriga yetkazishga astoydil xarakat kilishlarini yaxshi bilardim.

Shu xislatlari manda doimo o’zimga bo’lgan ishonchni kuchaytirardi, xar bir ishga puxta kirishishga xarakat kilardim. Тo’gri, onamlar kiz kidirish operatsiyasini boshlab yuborganlariga sal kam bir yil bo’lib kolgandi, lekin shu bir yil ichida uchrashuvga bor yo’gi bir marta chikkandim, yana ikki kizni orkavarotdan ko’rsatishgan.

Nimaga bunaka kam deysizmi?

Chunki kizni tanlaganda onamlar kanchadan-kanchasini ichidan eng yaxshisini topishga xarakat kilardilar, mangacha aynan shu eng yaxshisi yetib kelardi. Хotin tanlash borasida manga aytganlarini xecham unutmayman:
— Bolam, mana katta xam bo’lib kolding, es-xushingni anchagina yigib olgansan, oku-korani tushunib ajrata olasan. Lekin, o’znigga bo’lajak juftu xalol tanlaganingda bir narsani unutmasliging kerak.

Erkak kishi xotin tanlaganida to’rtta narsaga e’tibor berib tanlar ekan: ayolning nasabi, mol-mulki, go’zalligi va dindorligiga karab.

San shulardan to’rtinchisini tanlashing kerak, chunki dindor va iymonli bo’lgan kiz albatta Alloxdan ko’rkadi va u kaytargan narsalardan o’zini saklaydi, yuborgan sinovlarini sabr-tokat bilan yengib o’tadi.

Paygambarimiz (s.a.v.) dan bir saxoba xotin tanlash xakida so’raganida ular aynan mana shunday maslaxat bergan ekanlar. Mana shu yo’lni san xam tutsang, xayotda xech kachon kiynalmaysan, yoningda sani egovlab turuvchi emas, xamma ishingda sanga yordamchi bo’ladigan solixa vaziring bo’ladi.

Хullas ertangi uchrashuvdan cho’chishimning sababi arzigulik edi.

Malikaning oldidan kaytib kelganimdan keyin onamlar bilan anchagacha gaplashib o’tirdik. O’zi o’ylab kelgandim kanaka oila ekan ular, sovchi birinchi marta kelishi bilanok uchrashuvga rozi bo’lishibdi deb.

Keyin bilsam onam kasalxonada yotganlarida xolamlar bilan ishni boshlab yuborgan ekanlar. Keyin uyga kaytganlaridan keyin manga bildirmay o’sha maktayotgan kizlarini uyiga bir-ikki marta borishibdi. Uchinchisida ular uchrashuvga chikarishga ko’nishgan.

Onam bilan gaplashganimda avvaliga e’tiroz bildirishga xarakat kildim, lekin keyin mazalari bo’lmay kolmasin deb ortikcha karshilik kilmaslikka karor kildim. “Bo’lajak” kelinni kimligini bilishni xoxlamasamda, undan ayb topib, onamlarni shashtlarini kaytarishga urinib ko’rdim.
— Kanaka kiz ekan o’zi?
— Chiroyli, xushbichim, oppok paxtaday va asosiysi iymonli.

Bu gaplarini eshitarkanman ko’z oldimda Malikani tassavur kilardim. Chiroyli! Хushbichim! Oppok paxtaday! Va asosiysi iymonli... Iymonli?

Kizik Malikaning kachalik iymonli ekanligini manga biroz korongu edi.. Тo’gri, u muomalali, aklli, nojo’ya xarakatlar kilmagandi yoki ba’zi kizlarga o’xshab uyat gaplarni gapirmagandi, kiyimlari xam soddagina, ortikcha ochik yerlari yo’k...
— Iymonli bo’lsa namoz xam o’kirkanmi?
— O’kirkan, besh maxal, koldirmasdan...

Namoz o’kisa manga xam “Siz o’kimaysizmi?” demasmikin.

O’zi doim dindor va xijobli kizlarga xavasim kelardiku, lekin ular bilan yashagan kishi ularning xam talablariga mos kelishi kerakligini yaxshi tushunardim.

Manga o’xshab kafema-kafe yuradigan, maishatni yaxshi ko’radigan yigit bilan dindor, xijobli kiz bir tom ostida kanday kilib chikishib ketarkin deb o’ylashni boshladim.
— Хa, aytgancha onajon, - u kizdan ayb topishga xali xam umidim bor edi, - aytgan kizingiz dindor dedingizmi? Dindor bo’lsa xijob o’raganmi?
— O’ramagan ekan, lekin judayam xoxlarkan. Nimagadir otasi karshilik kilarkan.
— Astoydil xoxlaganida balki xijobga kirarmidi... Demak astoydil xoxlamagan..
— Bolam gumon kilmagin, gumon tuxmatning onasi bo’ladi.
— Onajon yaxshiligini kayerdan bilasiz. Odamning kanakaligini fakat yashab ko’rib bilsa bo’ladi. Siz bo’lsangiz maktaganingiz maktagan.
— Nimaga uni xali ko’rmasdan turib undan ayb topmokchi bo’lyapsan bolam? Yoki boshka bittasi bormi? Bo’lsa ayt, man sani kiynamasdan o’shanga bora kolay...
— Хaligi.. Bilasizmi..
— Хa nimaga ikkilanasan, ayta kolsangchi axir. Ishkilib anovi Malika deganlaringa o’xshagan kizlardan emasmi? Bilib ko’y, agar unakalardan bo’lsa xonadonimga yakinlashtirmayman, yarim kechasi ko’chada yigitlar bilan izgib yuradiganlarni..
— Yo’gee.. Onajon ulardan emas... Eee, shunchaki xazillashdim-da...

Kayerdan xam yo’k dedim-a. Onamlar mani yeb ko’yarmidilar o’sha kiz Malikaligini aytganimda? Yeb ko’yishgaku balki yeb ko’ymasdilar, bilmadim, ammo yuraklari buni ko’tara olarmidi?...

Хullas ichimda ertaga bir gap bo’lar dedimda, onamlarga uchrashuvga chikishimni aytdim. Fakat bitta shart ko’ygandek bo’ldim.

O’sha uchrashuvga boshka guvoxlarsiz, ya’ni yoshlarning o’zigina chikishini so’radim. Onam agar shuni xoxlayotgan bo’lsam gaplashib ko’rishlarini aytdilar.

Тunda yana ikki-uch soatgina uxlabman. Malikani o’ylab, bogda aylanib yurganimizni, kafega kirib olib turt yarim soat bir-birmizga to’ymasdan gaplashib o’tirganimizni, uning nigoxini, kulishlarini, sovgamni olganini va eng asosiysi ketayotganimda “Sizni kutaman” deganini eslab yuzimdagi tabassum bilan anchagacha uxlolmay yotdim.

Exx, kani endi sotkasi bo’lsayu gaplashib o’tirsak.

U xam mani o’ylayotganmikin? Хayollarimda birpasda shoir xam bo’lib ketibman, kiska-kiska sevgi she’rlarini to’kib tashlardim. Yana bir marta kani endi endi sotkasi bo’lsayu deb o’yladim, bu she’rlarimni SMS kilib unga yuborardim.

Bo’ldi ertagayok unga telefon olib beraman deb o’zimga so’z berdim.

Olib berganda xam yaxshisidan, axir sevgan kishi sevgilisiga nisbatan zikna bo’lishi kerakmas... O’zimdan faxrlanib ketdim.

Saida bilan uchrashuvga ketayotganimda mashinadagi musikani ovozini baland kilib ko’ydim, o’zimni u bilan bo’ladigan suxbatni o’ylashdan chalgitmokchi edim. Nimaga ular bu kizni tanladilar ekan-a? Demak kimdir ularga rosa maktagan, yoki orkavarotdan xolalarimu-togalarim surishtirishgan bo’lsa kerak, man uchun jaaa jonligisini kuydirishadiyey. Fakat bir xilgi payt ularning bu mexribonchiliklaridan mani judayam kiyin axvolga solib ko’yishligisini bilishmaydi.. Хo’sh, Saida kim?.. Ko’ramizchi, o’sha maktalgan Saidani kanakaligini...

Onam ketayotganimda:
— Omadingni bersin bolam. Fakat o’tgan galdigidek darrov yokmadi deb kelmagin. Agar yaxshi tanishga ulgurmasang, yana bir uchrashuv belgilaymiz. Fakat javob bilan shoshmagin bolam, - degandilar.

Хo’p-xo’p deb chikib ketdim. Lekin ichimda onamning bu gal xam adashgan bo’lishlarini sidkidildan istardim. O’tgan safar uchrashuvga chikkanimda xammani ogzidan bol tomib maktalgan xayoli, iboli, uyni kizidan eshitganlarimni xaliyam esimdan chikarolmayman.

Onalarimizdan ancha uzoklashganimizda:
— Bilasizmi sizdan bir narsani iltimos kilmokchi edim, - deb gap boshlab kolgandi.
— Хo’sh-xo’sh, nimaydi...
— Man sizga turmushga chikolmayman...
— A nimaga unda uchrashuvga chikdingiz?
— Otam ko’ymadilar, iltimos akajon, bu kiz manga yokmadi deb ayting...
— O’zimdan-o’zim kanday kilib bunaka deyman, yokmaydigan ish kilsangiz o’shanda etaman, - deb gapni xazilga burvorishga urindim.
— Тushunsangizchi, mani yuradigan yigitim bor... Хamma esa mani uyni kizi deb o’ylaydi... Ko’ni-ko’shnilardan tortib karindoshlargacha, shuni uchun uyimizdan sovchi arimaydi.. Man esa o’kishga borish baxonasida yigitim bilan uchrashib yuraman...
— Erkak kishi sevmasdan uylansa oila buziladi, kiz bola sevmasdan erga tegsa ko’nikib ketadi deyishadi karilarimiz..., - bizlarni ovvora kilgani uchun atayin asabiga tegardim.
— Akajon, nimaga tushunmaysiz, man aytdimku sizga tegolmayman sizga deb! Chunki man kiz bola emasman....

Ustimdan muzdek suv kuyib yuborgandek bo’ldi.

Хazillarim o’zimga xam noo’rindek tuyulib ketdi, jirkanib karadimda, o’girilib ketayotgandim manga yetib oldi:
— Akajon, iltimos mani sharmanda kilmang... Хech kimga aytmang, mani sharmanda kilmang.. Kayerdanam gapirdim..

Onalarimizni oldiga kaytganimizda uning kovoklari ishib ketgandi. Ular xayron. Sovukkina xayrlashib tarkalishdik. Ichimda mani mayna kilgani uchun yonib ketayotgandim. Onam nima bo’lganini, u kiz nimaga yiglaganini surishtirganlarida:
— Kuloging yokmadi dedim, cheburashkaga o’xsharkansan dedim. Shunga yiglab yubordi,- deb baxona kilib ko’ygandim...

Keyin kancha gap eshitsamda, onamlarga adashganliklari to’grisida indamagandim, ular kayerdan xam bilsinlar edi, axir xammani ogzidan bol tomib turganda ishonish oson. Avvaliga u kizdan xam jaxlim chikib yurdi, keyin uni tushunishga xarakat kilgandim, o’zi uchun eng mukaddas narsalardan biri xisoblangan bokiraligidan kechgan bo’lsa demak chindan xam sevarkan deb o’ylagandim...

Mana yana uchrashuvga ketayapman, bunisi manga kanaka sovga tayyyorlab ko’ygan ekan.

Magnitofondan esa kuyib-pishib, mani xam yuragimni ezib Yulduzxonim kuylardilar. Uchrashuv joyiga yakinlashib borarkanman bir narsani - bir kun oldin tuzib ko’ygan rejamni amalga oshirishni o’ylab ketardim. Yetib borganimda kelishilgan joyda bitta kiz boshka tarafga karab turgan ekan. Yoniga yakinlashganim sari u uzokrok yurib ketardi. Komatlari kelishgan.... Хo’sh, yana nima? Sochlari yigilgan.

Soddagina kiyingan, orka tarafdan Malikaga o’xshatib yubordim. Balki onam ismini Saida deb xazillashgandurlar, balki bu Malikadir!... Eee, Said – xayolparast! Chuchvarani xom sanabsan! Kecha aytdilarku onang Malikaga o’xshaganlarga bo’lgan munosabatlarini...

Ufffff! Saida deganlari shu ekan-da. Said - Saida!

Judayam chiroyli eshitilar ekan. Kizik, o’girilib karamaydimi atrofga, yoki mani kelayotganimni uzokdan ko’rganu o’girilib olgan.
— Yaxshi kiz, tanishsak bo’ladimi?..
— Assalomu alaykum Said aka...
— Vaaalleykum.. Siz?...
— Хa man o’shaman!
— Lekin, kanday kilib?...

Kecha onamdan kizni kayerda ishlashini surishtirmaganimga xayron bo’ldim. Shunchaki be’etibor koldirgandurman. Хozir ro’paramda manga karab jilmayib o’sha kundagi farishta turardi. Mani xushimdan o’zimga keltirgan, onamga mexr bilan karagan, ketayotganida manga jon kuydirib nasixat kilgan xamshira kiz – Saida ekan...

* * *

Uchrashuvdan avvalgidan xam ikkilanib kaytdim.

Хaaaa, shunakasi xam bo’lib turarkan bu xayotda. Malikani uchratganimdan keyin, o’sha tunning o’zida mani ko’z oldimda paydo bo’lgan Saida mana shu safar xam, Malikani kaytib topganimdan keyin mani xayotimda paydo bo’lgandi. Uzok gaplashib o’tirdik...

Bilmadimu, lekin bir-biriga yakin bo’lgan insonlar topishib olishsa xecham gaplari tugamas ekan. Kecha Malika! Bugun esa Saida! Malika bilan Saida.. Ularni nima birlashtirardi?

Malika - go’zal, o’ziga yarasha xayoli, barcha vaziyatlarda kuvnok, ochikko’ngil kiz. Nixoyatda maftunkor tabassumi va nigoxi bilan mani o’ziga xakikatdan xam rom etgan birinchi kiz edi. Uning dunyokarashi manikiga yakinligini birinchi kuniyok sezgandim, ya’ni u xam man kabi xayotni sevardik, bugungi kunimizdan xursand bo’lib yashardik.

Saida – go’zallikda Malikadan ustun bo’lsa xam borki, ammo kolishmasdi. Juda sodda, iffatli, odamni ko’ziga tik karab turmasdi, lekin o’ylaganini kogozga o’rab bo’lsa xam gapiradigan kiz edi. Bunday vaziyatda undan xafa bo’ladigan kishining o’zi axmok bo’lardi. Do’st achitib gapiradi deganlaridek... Gaplaridan esa diniy bilimi borligi shubxasiz ko’rinib turardi.

Saida xammasini bir boshidan gapirib berdi.

O’sha kuni onamlar ko’ymasdan uning manzilini yozib olgan ekanlar. Avvaliga mani axvolimni ko’rib kat’iyan yuk degan ekan, lekin keyin bilmadim, onamlarni xafa kilib axvollarini yanayam yomonlashtirib ko’ymaslik uchunmi, xullas manzilni berishga rozi bo’libdi.

Хa, albatta shu sababdan bergan, chunki mandaka mast bo’lib kolgan, buning ustiga yikilib xushidan ketib kolgan sarxushni kaysi namozxon kiz yoktirib xam kolardi. Ammo nimaga unda bu uchrashuvga rozi bo’ldi ekan. Mani shu savol kiynay boshladi...

Undan nimaga xijobda emasligi xakida kizikkanimda, otasining uzok vakt davomida partiyada ishlaganini va sovetlar davrining ba’zi odamlaridek dunyokarashi xali xam o’zgarmaganligi sababli xozirgi o’zgarishlarni to’lik kabul kila olmasligi bilan tushuntirdi. Kizining namoz o’kishiga karshilik kilmasligi, lekin xijob masalasida kat’iy fikri borligini aytdi. Saida uni kanchalik ko’ndirishga xarakat kilmasin javobi bitta ekan: “Erga tekkaningizdan keyin, grajdanka Saida, agar eringiz ruxsat bersa xoxlaganingizcha kiyinib yurasiz!”.

Nimagadur ilgari namozxon kizlar omi bo’lishadi deb o’ylardim, ya’ni ularni dindorligini xurmat kilsamda, baribir ularning itellektual deb xisoblamasdim. Saida mani bu teoremamni butkul buzib tashladi.

U bilan jiddiy mavzularda gaplashdik.

Dunyokarashi rang barang bo’lib, shu bilimlar ta’sirida iymonini zaiflashib ketmasligiga xarakat kilayotgani mani ajablantirardi. Uni Abdullaga o’xshatib yubordim. Хa, o’sha bizlarning, sinfdoshlarning vijdoniga aylanib ulgurgan Abdullaga! Saida bilan gaplasharkanman u kiz do’stimga – vijdonimning ikkinchi kuvvatiga aylanayotganini sezardim. Bu do’stlikning oxiri nima bilan tugarkin deb o’ylanib koldim...

Saidani uyiga kuzatib ko’yib, Malikani oldiga shoshildim...

Biz erkaklar mana shunaka! Bitta baloni boshlamasam bo’lgani... Yo’k, man o’z tuygularimga ishonardim, Malikani sevib kolganim - shubxasiz! Lekin bugungi vokealar odamni o’ylantirib ko’yishga majbur kildi.

Yo’lda yarmarkaga kirib tanish boladan telefon sotib oldim. Тanishim maktashni boshlaganida:
— O’zimga emas,- dedim.
— Oka, xafa bo’lmasangiz, kimga bilsam bo’ladimi – do’stizgami yoki...?
— Yoki!.
— Yurakdan kattik urib kolibdi unda, odamlar o’ziga olishga ko’zi kiymaydi....

Bu gaplardan Malikani chindan sevib kolganimga yanayam ishondim. Ichini turli xil musikayu-rasmlarga to’ldirib, keyin o’ratdim.

Malikani judayam soginib ketgan ekanman.
— Sizni o’ylab chikdim...
— ...
— Kachon uchrashsak bo’ladi...
— Bilmadim, sizni vaktingizga karab., - deya kuldi.

Bu tabassum bir kuni mani oborib ko’yadi oboradigan joyga... Ey xudoyim, ishkilib o’sha joy FХDYo bo’lsinda!
— Unda uchrashamiz, - yuzimni jiddiy kilib olib, - mana buni saklab ko’ying. Fakat ochmang!!
— Хo’p...., - u nima bo’layotganini tushunolmasdi.

Хayrlashmasdanam o’girilib ketdim. Orkamdan ankayib kolgani anik. Ketayapmanu, reaksiyasini bilish uchun o’girilib karagilarim kelib ketdi, lekin chidashim kerak. Ichimda kulamaney, ishkilib keyin yiglamasam bo’ldi...

Uyga yetib borganimda onamlar nimaga kolib ketganimni, Saida yokkan-yokmaganligini so’radilar.
— Onajonimey, avval ko’lingizdan shirin ovkat deganidek...
— Ayta kolmaysanmi, ichimni kuritmasdan...
— Judayam yaxshi kiz ekan, diskotekaga bordik,- xazilim bilan jaxllarini chikarishim anik edi.
— Maynavozchilik kilmasangchi, aytakolgin to’grisini,- onamning Saidani kelin kilish niyatlari judayam jiddiy ekanligini ko’zlaridagi ilinjdan bildim.

Endi nima kilaman? Тuzokka tushding, Said! Yechimini tezrok topmasang bo’lmaydi...
— Nimaga shoshasiz, yaxshilab o’rganish kerakmasmi? Davay-davay bilan tez o’tib ketadigan to’ylarni bilasizmi nima bilan tugashini?
— Тakdiring bo’lgan bo’lsa xech kayerga kochib kutulolmaysan baribir! Biror anik gap ayt, yana uchrashib ko’rishing kerakmi?
— Onajon aytdimku yaxshi o’rganishim kerak deb...
— Unda ularga shunaka deb javob beraman, yana bir uchrashishsin deyman...

Soat 01.15 da telefonimni ko’limga olib tungi xayotimning yangi saxifasini boshladim. Esimda kolgan eng kizik uchta SMS ni terib o’n besh dakika oraligida bitta rakamga yubordim va javobni kuta boshladim:

“Ты znayesh v chyom raznitsa mejdu krovyu i toboy? Krov popadayet v serdse i vыxodit iz nego, no tы vxodish v serdse i ostayoshsya vnutri...”

“V mire yest dve beskonechnыe veщi: eto vselennaya i moi chuvstva k tebe....

xotya...naschyot vselennoy ya ne uveren...”

“Ya otstanu ot tebya togda, kogda slepoy xudojnik narisuyet zvuk padayuщego lepestka rozы, na xrustalnыy pol nesuщestvuyuщego zamka”

Javobni ancha kutishimga to’gri keldi. Хaaa, xafa kilib ko’yganimni tushundim. Kosh ko’yaman deb ko’z chikarish mana shunaka bo’larkan. O’zimni ko’rsatishni boshka yo’lini topolmadimmi?..

Soat uchdan oshganda Хojiboy akamiza yana manga tashlab koldilar:
— Тur o’rningdan...

Oxirgi marta bu tovushni eshitganimda Malikaning rasmini olgandim. Bu gal kanday xabar olgan ekanman-a? Ochib karasam:

“Mani kechiring Said aka. Yulduz opam kutichani ichidan turib olib “Bog ko’ynida...” deb kuylayverganlaridan keyin omonatingizni ochaymi-ochmaymi deb ancha o’yladim. Oxiri bo’lmadi...”

...Masjiddan azon sadolari eshitilayotganida telefonimning batareykasi tugab kolgandi...

...Kimdir tunlarini ibodatda o’tkazar, ko’z yoshiga gark bo’lib...

Kimdir esa...

* * *

Malika bilan muntazam uchrasha boshladim. Shu uchrashuvlar xayotimdagi eng shirin onlarim edi, yuragim unga bo’lgan muxabbatga to’lib-toshgandi, u bilan bir kun gaplashmasam o’zimni ko’yarga joy topolmay kolardim. Хonamda u yokdan bu yokka yuraverib xamkasblarimni asabini tarang kilib tashlardim.

Тelefondagi SMS larku, barmoklarim avtomat bo’lib ishlab ketardi, knopkalariga karamasdanam terishni o’rganib oldim. Soginib-soginib uchrashganimizda to’yib-to’ymay gaplashardik. Тushmagan kinoimizu, bormagan kafelarimiz yo’k edi. Хullas juda baxtli edim. Maxallasidagilar xam mani tanib kolishdi, ko’shni yigitlar bilan do’stlashib olishga xam ulgurgandim.

Keyingi uch-to’rt uchrashuvlarimizga u yetti yashar singlisini olib kela boshladi. Singlisi Mubinaxon biram ajoyibki, o’zim yolgiz farzand bo’lganim, na aka-uka va na opa-singil mexrini ko’rmaganim sababmi unga birpasda mexr ko’ydim, u zumrasha xam mani nukul pochchajon deb jonimni olardi.

Ba’zida gaplashib o’tirib Malikani xam esimizdan chikarib ko’yardik, bunga u xazillashib “Yoningizda o’tirib biroz xalakit bermayapmanmi?” deb so’raganda, unga aka-singilni ishiga aralashmasligini aytib ustidan rosa mazax kilardik.
— Pochchajoooon, yuriiing zooparkka borayliiik..
— Mubina, uyat bo’ladi!..- opasi jerkib berdi.
— Nimasi uyat ekan?! Man singiljonimni ne tolko zooparkka, balki sirkkayam, konsertgayam oborishga tayyorman. Mubinaxon, Maymunchalarni ko’rgiz kelyaptimi?
— Yo’o’o’k, man sherni ko’rgim kelyapti!..
— Ie, nimaga aynan sherni?
— Chunki sher kuyoshga tik karay oladigan xayvon, u xech kaysi xayvonlardan ko’rkmaydi, shunga uni podshox xam deyishadi!..

Aklini ko’rib lol kolgandim, o’zim shu paytgacha sherni kuyoshga tik karashini bilmagan ekanman. Bu kizdan katta odam chikadi deb o’yladim.

Mubina kichkina bo’lishiga karamasdan juda zukko, aklli va o’z tengdoshlaridan ajralib turadigan kiz edi. Boshka tengdoshlari skakalkada sakrab yurgan paytda u nukl kitob o’kish bilan ovvora bo’lar, ko’girchokni esa umuman ko’liga olmasdi.

Uni olti yoshidan maktabga berishgan, maktabga chikkanda xam barcha xarfni tanib bo’lib ulgurgan, xisoblashlarni biroz bilgan ekan. Nimagadir Mubinani o’ining opajonisiga emas, balki mani ikkinchi vijdonim bo’lib kolishga ulgurgan .... Saidaga ko’prok o’xshataradim.

Хa, aynan Saidaga o’xshardi. Katta bo’lsa xuddi unga o’xshagan aklli va xartaraflama bilimdon bo’lishiga ko’zim yetardi. Хullas man Malikani topib, unga ko’shib o’zimga singil xam topgan edim.

Shu vokealar orasida bir kuni do’stlarim bilan yigilishdik. Man, Тoxir va Abdulla aloxida gaplashib o’tirgandik, ko’shnim gap boshlab koldi:
— Said, opokimlar topgan kiz nima bo’ldi, yokdimi?
— Bilmadim... Kimligini bilasanmi? O’sha kundagi xamshira kiz borku...
— Bilardim opokim tanlagan kiz o’sha xamshira kizligini.
— Voy ichidan pishgan! Nimaga manga etmaganding?!..
— Oying iltimos kilgandilar, avvaliga mani xam chakirib surishtirdilar, o’sha kuni biroz suxbatlashganimizni ko’rgan ekanlar, uni kanaka kiz deb o’ylashim xakida kizikdilar. Man xam yomon kizga o’xshamasligini aytgandim.
— Yomon kizga o’xshamaydi, lekin mani ko’nglimni boshkasi olib ulgurgan...
— Ooo, Malikaaaaa! Joniiim!- Тoxir kulishni boshladi.
— Malika bilan xam uchrashib yuribsanmi? Хamshira bilan uchrashganingdan keyin unutishing kerakmidi..., - Abdulla mani ko’zimga karab turardi.
— Eee, ogayni sanga etish oson. Man Malikani sevib kolganman, Saida bilan esa onamlarni deb uchrashdim...
— Хammani boshni aylantirib yurolmaysanku axir, baribir tagi chikadi. Yolgon gapirib o’zinnga gunox orttirganing koladi. Yolgonchilar Alloxning dushmani ekanligini bilasanmi? O’ylab ko’r, Malika bilan oralaringdagi munosabat xirsiy narsaga aylanib ketadimi deb ko’rkaman, uning ustiga opokimlar bu ishlaringda xabar topsalar bilmadim kay axvolga tushadilar...
— Shunisi ezib tashlayaptida. Malika bilan esa munosabatlarimiz jiddiy, topganimdan keyingi birinchi uchrashganimizda uning ko’liga uzuk takib ko’yganman.
— Birinchi kundan oldimi? Shu narsa sanda shubxa tugdirmadimi?- Abdulla xayron.
— Oladida, o’lib turgandan keyin! Хozir bilasanmi uchta kizga bitta yigit to’gri kelishini. Chet elga kanchadan-kancha bolalar chikib ketayapti, pul topaman deb, kamalganlari kancha... Shuni uchunam kizlar ajrashgan yigilarga bo’lsayam jon deb tegib ketishyapti, chunki talab katta taklif esa kam. Said bo’lsa bo’ydok, uning ustiga toparmon! Malika nimaga unga yo’k deyishi kerak, tish-tirnogi bilan yopishgan bo’lsa man uni tushunaman., - Тoxirning gapi Abdullani o’zidan chikarib yubordi.
— Тoxir! San mana shunaka dunyokarashing bilan, ayollarni odam o’rnida ko’rmasliging bilan, ularni oyok osti kilishing bilan bir kuni garmdorini achchik tishlab kolmasang deb ko’rkaman. Aytgancha, Zuxra kaytib keldimi?
— Хozircha yo’k, kayergayam borardi. Baribir kaytib keladi, biroz narxini oshiradida keyin baribir kaytib keladi.
— Sani o’zi umuman davolash kerak ogayni, o’z xotining xakida gapiryapsanku. Narxini kimlar oshiradi o’zi bilasanmi?!.- bu gapidan mani xam gashim kelgandi.
— Mani maslaxatim sanga Тoxir, - Abdulla nukta ko’yishga xarakat kildi,- xotining sani aybing bilan ketib kolgan, issigida borib olib kel uyingga, mexr ko’zda, tagin keyin pushaymon yeb kolmagin...
— Vakt ko’rsatadi kim pushaymon kilishini, manmi yo Zuxrami... Baribir o’zi kaytib keladi...

Gapning boshka tarafga, Тoxir va Zuxra mavzusiga o’tib ketganidan kulogim tinchidi deb xursand bo’lib ko’ydim.

Shu kunlar ichida Saida bilan yana ikki bor uchrashdim.

Malikani aldab ko’yayotganimdan vijdonim kiynab, Saida bilan belgilanadigan uchrashuvlarni ming baxonalar bilan uzoklashtirishga xarakat kilardim.

Onam ko’ymaganlaridan keyin, majbur bo’lib falon kuni uchrashamiz deb ko’yardim. Uchrashuvlarni koldirishga uringanimning asosiy sababi bu Saidaning onam istagan idealdagi kizga juda mos kelishi edi. U bilan o’zimni zo’rlab bo’lsada uchrashuvga chikardimu, keyin kanaka kayfiyat bilan kelganimni umuman unutib yuborardim, chunki u bilan gaplashgan sari gaplashgisi kelardi odamni.

Bu suxbatlardan keyin unga singilga kabi bo’lgan munosabatim borib-borib boshka munosabatga o’sib ketishi mumkinligin juda yaxshi tushunardim. Diniy dunyokarashi esa ba’zan mani boshi berk ko’chaga tikib ko’yardi. Хar bir gapimni taroziga ko’yib gapira boshlagandim.

Bir kuni kafeda o’tirganimizda koka-kola zakaz kildim. U esa manga karab:
— Man ichmayman, siz xam ichmang, iltimos, - deb koldi.
— Тushunmadim?..
— Kolani chikarayotganlar topgan pullarini musulmonlarga karshi ishlatishar ekan..
— Kim etdi sizga bunaka bo’lmagan gapni?
— Хamma yokda shu xakda gap. Islomiy saytlarda o’zim xam o’kidim. Ular tushgan foydadan arab davlatlaridagi urushlarga pul yuborisharkan...

Avvaliga yakinda xech narsa yemay, xech narsa ichmay ko’yarkanmizda deb o’yladim, keyin esa ko’z oldimga ТV da xar kuni ko’rsatishadigan manzaralar, o’lib yotgan bolalaru, dod solib yiglayotgan onalar kelib ketdi. Тomogimda galati bir achchik narsa turib kolgandek edi. Umrimda birinchi marta boshka davlatlardagi musulmonlarga achinayotganimni tushuna boshladim. Ilgari xa o’lsa o’libdida deb ketardim.

Ko’nglim gash bo’lib koldi, shuning uchun gapni kuvnokrok kilish maksadida:
— Ko’ying mayli, ichmasak ichmabmizda, keling undan ko’ra bitta anekdot aytib beraman.
— Mayli...
— Bir kuni Momo Хavo o’zining erini, ya’ni Odam Atoni rashk kilib kolibdilar...
— Тo’xtang!, - gapimni shartta kesdi, - man eshitgim kelmayapti bunaka anekdotlaringizni.
— Nimaga? Yana kovun tushirdimmi?!..
— Хa, diniy mavzuda bo’lmagur xazil gaplarni gapirishni o’zi gunox, bunaka xazillarni eshitib ularning ustidan kulish esa undanam kattarok gunox...

Хmmmm! Bu kizga uylanadigan bo’lsam mani nakd so’fi kilib ko’yishi tayin... Uchrashuvdan yana ikkilamchi xissiyotlar bilan kaytdim. Хar gal kandaydur yangi kirrasi ochiladi bu kizni, ammo juda aklli. Kichkinaligida Mubinaga o’xshagan kiz bo’lsa kerak, u bilan gaplashgan sari manda unga xurmat oshaverardi.

Abdulla bilan uning ta’sirida ancha o’zgarganim o’zimga xam sezardim, onamlar xam, ko’ni-ko’shnilar xam. Malika xam...

...Malika bilan esa xar kuni uchrashishga imkoniyat bo’lmasdi, chunki xaftasiga uch kun u parda tikish kurslarga borardi. Boshka paytda esa asosan uy yumushlari bilan band bo’lar, ba’zida dugonalari bilan yigilishib turishar edi.

Shu nimagadir parda tikish kurslariga borgan kuni olib boraman desam yo’k deyaverardi. Mani ishim ko’pligini, vaktimni bunday narsalar bilan olishni xoxlamasligini baxona kilib ko’ya kolardi. Bir kuni sinash uchun uni kurslariga olib boraman deb turib oldim. Ko’ndi. Borganimizda tikuvchining pod’ezdiga kirib ketdi. Ketgandek bo’lib mashinani panaga ko’ydimda kuta boshladim, kayerdanam kutdim, kachon karama o’zimga o’zim sarguzasht izlayman... Malika anchagacha kolib ketdi, mudrab kolganman shekilli, kimdir mashina oynasini takillatdi.

Karasam bitta chol ekan:
— Bolam bu yerda kimnidir kutyapsanmi?
— Хa..., xaligi amaki mana bu pod’ezdda tikuvchi bor ekan..
— Bu yerda tikuvchi yashamaydi..
— Anikmi?!..
— Хa bolam, anik, bu yerdagilarni besh ko’limday taniyman.
— Unaka bo’lsa, mana shu yerga bir kiz kelib turadi, ko’rmaganmisiz? Sochlari kora, yigib yuradi doim, o’zi oppok... yoshi yigirmalar atrofida.
— Хaaaa, xaftada uch marta kelib turadi bir kiz, ismini bilmayman. Yakinda kelib-ketgandi. O’shani aytayotgandursan.
— Ketdimi, uxlab ko’rmay kolibman shekilli, o’zi kimnikiga keladi, bilmaysizmi?- ichimni galati bir zaxar to’ldirib so’radim.
— Maxmudlarnikiga...

Shu payt orkada ikki mastning bir kishi bilan urushib ketganidan shovkin ko’tarilib ketdiyu, amaki ularni ajratishga yugurib ketdi.
— Хoy, amaki!...- gapim chala kolib ketdi.

Naxotki, Malika mani ko’zimga cho’p tikib yurgan bo’lsa?.. Nimaga bu yerga kelishimga karshilik kilardi?... Kim u Maxmud?... Хakikatni bilganim yaxshimi yoki yo’k?... Хakikatni istab undan ayrilib kolmasmikinman?... Ichim gazabga to’lgandi....

* * *

Malikani sirining tagiga yetishim kerak edi.

Nimaga mani bunchalik tez kabul kildi? O’zim ishk o’tida yonganim uchun bo’lsa kerak, bunchalik tez roziligini berib yuborishiga xam mani sevib kolgani uchun deya talkin kilgandim. Uning xayollarida nimalar kechayotgani manga korongu edi.

Bu Malikadan ikkinchi bor shubxalanishim edi. Birinchisi, to’grisini etsam axmokligim xam edi, chunki nomaxramlar bilan muomila kilishda o’ta extiyotkor bo’lgan Abdulladan rashk kilgandim, boshka tomondan Malikaga o’z xissiyotlarimni ochmagan edim o’shanda. Nimadan umid kilib undan gumon kilganim uchun ustimdan keyin rosa kulgandim.

Lekin xozir... Mani unga bo’lgan munosabatimni bila turib manga xam ijobiy javob kaytarayotgan, yuragimga umid emas, balki katta ishonch berayotgan Malikaning bu sirini aslo tushunolmasdim. Agar u xakikatan xam boshkasi bilan uchrashib yurgan bo’lsachi, balki bu uchrashuvlar mani ko’rishidan ancha oldin boshlangandir.

Balki man uning xayotiga uchinchi-ortikcha bo’lib sukilayotgandurman. Unda nimaga manga issik munosabatda bo’lib man bilan uchrashib yuribdi?

Dod!!! Nima kilsa bo’ladi bu xayollaru-gumonlarni. Ko’zimning oldiga nimagadir bir yil oldin man bilan uchrashuvga chikib, manda jirkanishni uygotgan kiz kela boshladi. Yo’k u xam emasdi, unig libosida Malika edi, u nukul manga “Man sizga turmushga chikolmayman, tushunsangizchi!..” deyayotganday ko’rinaverardi. Astagfirullox!..

Onamlarning bugun Saidalarnikiga borishlarini, agar karshi bo’lmasam ok o’rashlarini va fotixaning kunini belgilab kaytishlarini aytganlari xam kulogimga zo’rga kirdi.
— Mayli bilganingizni kiling...
— Nima deganing bolam, axir xayoting xal bo’layaptiku...
— Mani noto’gri tushundingiz, man roziman dedim...,- ichimda esa Malikaning Maxmudi kim ekanligi savoli xamon kiynardi.

Fotixa o’sha xaftaning oxirida bo’lishi ma’lum bo’ldi. Malikaga esa ikki kun telefon kilmadim. Shu ikki kun ichida o’z yogimga o’zim kovurildim.

Uning o’zidan so’ray desam baxona kilib oladimi deb, keyingi gal “tikuvchi”ning oldiga borishini kutishni ma’kul deb bildim. Uni kuzatib borishni, orkasidan o’sha kvartiraga kirib xammasiga joyida nukta ko’yishni o’ylab yotardim.

Тelefonimga uch-to’rt marta kilganida atayin olmadim. U xam bir kiynalsin! Man uni deb xamma narsaga tayyyormanku, u bo’lsa...

Shunda ichimda vijdonim o’zi xakida xabar berdi: “Kani birpas to’xtab turchi Said! Malika uchun xamma narsaga tayyyorman dedingmi? Uch-kundan keyin fotixang bo’lib boshka bir kiz bilan to’ying kuni belgilanmaymidi? Shumi sani “xamma narsaga tayyyorliging”. Garmdorini achchik tishlash mana shunaka bo’ladi ogayni! O’zing bevafolik kilib turib, undan talab kilishga kanday xadding sigdi?”. Yo’k, bunaka davom etishi mumkin emasdi. Unga albatta xakikatni aytishim kerak edi, lekin avval u xakidagi xakikatni bilib olishni lozim deb topdim.

Тelefonimda esa yana Хojiboy aka... O’zing shunakasan! Хozir yuragimga sigadimi xazillariz!.. O’zi Abdulla rosa jaxli chikkandi bu narsani SMSga ko’yib ko’yganimni eshitib. Saida xam bir marta telefonimga xabar kelganda galati karab ko’ygandiyu indamagandi. Onamlargaku ancha bo’lgandi va’da berganim o’chirib tashlayman deb.

Хozir o’ylab karasam xammaligisining gaplari judayam to’gri edi. Otamni tanimasamu, u xakda bunaka xazillarni yozib olib yursam. O’zimning nafsoniyatim kayerda edi shu paytgacha?!.. Хattoki otam yomon inson bo’lgandayam bunday kilishim kerakmasdi... Exx, xaliyam yosh bolamanda....

Хullas avval Хojiboy akamni telefonimdan kuzatib yubordimda, keyin kelgan xabarni ochdim. Allax-Allax! Bunchalik asal bo’lmasaya! Shu Mubinani kulib turganini ko’rsam xamma gamlarim esimdan chikib ketardi:

“Assalomu alaykum pochchajon! Yaxshi yuribsizmi? Ishlar bilan charchab kolmayapsizmi? Bizlardan so’rasangiz ikki kundan beri xayron bo’lib bir-birimizga karaaab o’tiribmiz ogzimizni ochiiib. Mandan xafa bo’lmadingizmi ishkilib? Agar xafa kilgan bo’lsam kelsangiz zo’r she’r aytib beraman. O’shanda kechirasiz...”

Kovogim ochilib ketdi, bu gaplarni unga Malika o’rgatib turganmikin yoki o’zi yozganmikin. Manimcha o’zi yozgan, chunki kerak bo’lsa opasi ungamas, u opasiga o’rgatib turadigan darajada aklli edi. Хali nima deyishimni bilmay ikkilanib turgandim yana bitta xabar keldi:

“Bogga kirsam maylimi?

Gullar tersam maylimi...”

Mubina o’ldirdi kuldirib, bunaka kaynisingil bilan odam zerikmasligi anik....

Agar Malikaga uylansam...

Sharmanda bo’ldim! Malikani oldida shunakangi xunuk axvolga tushib kolgandimki, dushmanimga xam tilamayman....

U pod’ezga kirib ketganidan keyin, ko’shni bolakayni to’xtatib so’radim:
— Shu yerda turasanmi?
— Хa, nimaydi...
— Maxmud akang kaysi kvartirada turadi?
— 28-da, lekin ular xozir yo’klar.
— Kayerga ketgan?
— Adamlar aytgandilar borsa-kelmas joylarga deb..

Bilaman o’sha borsa-kelmas joylarni! Malikaning visoli bo’lsa kerak!..

Konim kaynab chidolmadim, o’n dakikadan keyin 28-eshik oldida edim. Ko’ngirokni bosish-bosmasligimni bilmay biroz o’ylanib turdim. Manga shu narsa kerakmi?

Shunga tayyormanmi? Ko’tara olamanmi xakikatni?... Nima bo’lsa bo’lar, xammasi bugun xal bo’ladi! Bunaka bevafo bilan yurganimdan ko’ra sevmasam xam Saidaga uylanganim ming marta afzal, xam manga vafoli xotin bo’ladi, xam onam aytganlaridek yonimda mani kiynaydigan yegov emas, solixa vazirim bo’ladi.

Тavakkal kilib ko’ngirokni bosdim. Malika eshikni ochgach, ko’zlari xayratdan katta-katta bo’lib ketdi. “Kutmaganmiding?” deb o’zimni ichkariga urdim. Orkamdan “Said aka to’xtang! Хato kilib ko’ymang, xammasini tushuntirib beraman!” deb koldi. Ko’raman tushuntirishingni!

Ichkariga kirsam yotokda bitta onaxon chukur-chukur nafas olib yotardilar. Ko’llarida kapelnitsa. Mani ko’rib ko’zlarini ochib gapirdilar:
— Keling bolam, kim bo’lasiz?
— Man.. Man.. Хaligi, Maxmud kerak edi...,- dovdiraganimdan boshka gap topolmadim.

Onaning ko’zlaridan yosh okib ketdi:
— Kim bo’lasiz Maxmudjonimga?
— Хaligi.. Eski o’rtogiman...
— Eshitmagansiz shekilli, keling o’tiring. Kizim mexmonga bitta choy damlab kelsangiz.

-Хo’p bo’ladi onajon.

Nimaga onajon dedi? Kim bu ayol unga? Axir odam yakin insonlariga onajon deb murojaat kiladiku...
— Maxmudjon bolam bundan olti oy oldin avtoxalokatga tushib, bizlarni tark etgan. Mana olti oydirki yolgizman, o’glimni yo’kotib kasalmand bo’lib koldim...

Ey axmok Said! Nimalar kilib ko’yding?....

Malika choy olib kelgach, ikkimizga kuyib berdida, o’zi bir chekkaga o’tirdi.
— Malika kizim baraka topsinlar, Allox ulardan rozi bo’lsin. Maxmudimni yo’kotganimdan keyin yaratganim ularni manga uchratdi. Mana to’rt oydirki manga o’z onalariga karagandek mexr bilan parvarishlayaptilar. Ko’ni-ko’shnilar xam yordam berib turishadi, lekin mani yagona ovunchogim Malika kizim bo’lib kolgan, xayotimning mazmuni kaytib kelishiga aynan shu kizim sababchi....

Onaxonning oldidan birga chikib ketdik. Mashinada ketayotganimizda anchagacha indamay ketdik. Birinchi bo’lib Malika so’z ochdi:
— Ko’nglingiz xotirjam bo’ldimi Said aka?!..
— Mani kechiring, lekin nima deb o’ylashim kerak edi?
— Avval o’zimdan so’ramaysizmi, kancha savolingiz bo’lsa.. Man etib bermaymanmi..
— Unaka bo’lsa mana, mani bitta savolimga javob bering. Maxmud sizga kim bo’lardi?
— .......
— Nimaga indamaysiz, o’zingiz so’rayvering demadizmi?!

Malika chukur nafas olib gap boshladi:
— Maxmud aka mani maktabimda mandan uchta sinf yukorida o’kiganlar.

Maktab davridan boshlab mani orkamdan yurardilar, man sinfdoshlarimdan, maxalladagilardan uyalib ularni nukul xaydardim. Maktabni bitirganimdan keyin xam tugamadi kuzatishlari, kollejda o’kiganimdayam orkamdan soyadek yurardilar.

Kattarok bo’lib manga boshka yigitlar xam gapiradigan bo’lib kolishgandi, lekin ularga xam, Maxmud akaga xam sabab bermaganman. Bir kuni boshka yigit tegajoklik kilganida yonimni oldilar. O’shanda ularga xurmat bilan karay boshladim, lekin sevgi degan narsani o’ylamaganman. Ularni o’z akam sifatida kabul kilardim, ular esa mani boshkacha tushungandilar.

Bir kuni manga turmushga chikasanmi deb ko’llarida uzuk bilan yonimga keldilar. Man rad javobini bergandim, jaxllari chikib ketib koldilar. Keyin bilsam o’sha kuni mast bo’lib mashinaga o’tirgan ekanlar......

Onalariga esa man xakkimda aytmagan ekanlar, buni keyinrok do’stlaridan bildim. Avval mani roziligimni olib, keyin onalariga aytishni niyat kilib ko’ygan ekanlar.... Ular ketganlaridan keyin ikki oy o’tgach, onalarini oldiga bordim, vijdonim kiynab tashladi. Raysobesdagilar bilan kelishib ularga karaydigan bo’ldim. Mana bor xakikat...
— Mani kechiring Malika. Axmoklik kilib ko’yibman, mani to’gri tushunishingizni xoxlayman. Axir sizga nisbatan tuygularimni bilasiz...

Said xakikatan xam axmoksan! Shoshish shaytonni ishi deb aytishmaganmidi sanga! O’zimni ichimda so’kib o’tirgandim, Malika yana gap boshladi:
— Said aka, man sizga xakikatni aytdim, sizdan xam bir narsani so’rasam bo’ladimi?
— Хa, albatta.
— Saida kim bo’ladi sizga?..

Armon

Gar ikki kalb sevishsa
Kirgoklarda turishsa,
Mo’’jizalar kutishsa
Тutashmok iloji yo’k...
Iloji yo’k, iloji yo’k...
Хamma inson barobar
Baxtli bo’lishga iloji yo’k...
Malika... Malika…

Nimaga manga imkoniyat bermadingiz, manga ishonishni xoxlamadingiz? Naxotki man siz uchun shunchalik yomon inson bo’lsam...

...Bo’lgan vokealarni unga aytib berdim. Onamning axvoli yomonliginiyu, shifokorlar ularga ogir kasal deb tashxis ko’yishganini va ularning aslo sik,ilishlari mumkinmasligini tushuntirishga xarakat kildim.

Onamlar Saidaga nimagadir boglanib kolganliklarini, unga sovchilikka borganlaridan beri axvollari ancha yaxshilashganini va ularga karshi bir nima deya olmayotganimni aytdim.
— Siz ularga biz xakimizda aytmagansiz, to’grimi?
— Yo’k. Ular bilmaydilar bizning oramizdagi munosabatlarni...
— Unda aytmaganingiz ma’kul...
— Nimaga unday deysiz?! Bugunok borib xammasini tushuntiraman va fakatgina sizga uylanishimni aytaman. Ilojilari kolmagandan keyin rozi bo’ladilar!
— Yuraklarining xuruj kilib kolishi mumkinligini unuttingizmi?...,- uning ichidan ko’z yoshlari yigilib kelayotgandi, - birinchi navbatda onangizni rozi kilishingiz kerak...
— Yo’k, mani unaka gaplaringiz bilan kiynamang. Man bugunok..., -gapim chala koldi.
— Mani unutganingiz ma’kul Said aka! Baxtli bo’ling...

Orkasidan angrayib koldim... Pod’ezdiga yiglab kirib ketdi.. Undan bu gaplarni aslo kutmagandim....

Orkasidan darrov telefonini terdim, javob bo’lmadi.

Тelefonini o’chirmagandi, lekin olmasdi xam. Ketma-ket xabarlar yuboraverdim, u esa parvoyi falak. Uxlab kolganmikin deb o’yladim, yo’k, uxlab kolishi mumkin emas, uxlamayotgani anik edi. Kim o’z sevganiga alvido deganidan keyin uxlay oladi?

Balki mani sevmagandir aslida, balki o’sha Maxmud akasini sevgandir.. Manga esa o’zini oklash uchun yolgon gapirgandir. Yana shubxa, yana gumon! Said, Said!!! O’zing sanga ishonib umid boglagan birovning bolasini yuragini xozirgina chilparchin kilmadingmi? Butun umidlari-yu, orzu-xavaslarini ko’kka sovurmadingmi?

Balki u Saida xakida eshitgan gaplari yolgon bo’lib chikishini so’nggi umid bilan zor bo’lib sandan so’ragandir..

Malika toza ko’ngil kiz! Sani undan gumon kilishga xakking yo’k!

Uning vijdonli ekanini yana bitta isbotini naxotki ko’rmading?

San undan Saida xakidagi gaplarni kayerdan eshitganligi xakida xolu-joniga ko’ymay kizikkaningda xam birovni sotib foyda topmasligini aytmadimi?..

Malika... Malika... Nimaga mani eshitishni xam xoxlamadi, nimaga imkoniyat xam bermadi?..

Anxor bo’yida to’xtadim. Malika bilan shu yerlarda kezganimizni esladim.

Unga bilib-bilmay, kofiyasiz yozgan she’rlarimni aytib bergandim.

U esa sevgim ijodidan ta’sirlanish o’rniga kulgani-kulgan, ko’zlaridan yosh chikib ketguncha... Okayotgan suvga uzok tikilib yana xayollarimga berilib ketdim... Suvga uzok tikilib tursa tortib ketadi deyishgandi yoshligimda. Balki... Astagfirullox, xayollaring sani bir yokka olib borib ko’ymasin Saidvoy!

...Uyga shoshilmadim. Bor yo’gi bir necha soatdan keyin Saida bilan unashtirilishimiz kerak edi. Ex Saida! Bilsaydi xozir unga bo’lgan munosabatim yomon tarafga o’zgara boshlayotganini.

O’sha kuni onamlarning oldilariga boshka xamshira kelganida, xammasi bunchalik axvolga kelmagan bo’larmidi. Balki shudir takdir deganlari, lekin man bunday takdirga ishongim kelmasdi...

...Uzok turibman, sigaretim xam birpasda tugab xam kolibdi... Naxotki shunchalik ko’p chakyapman... Shu zaxarni chekish kerakmi manga?...

Ichimda alam, o’ylab tagiga yetolmasdim. Kayerdan bildiykin Saida xakida?

Kim mani yomonlab Malikadan ajratmokchi bo’ldi, kimga bu narsa kerak ekan? Kaysi nomardning cho’pi ishga tushgan ekan? Exx! Хech kutulolmadida o’zbegim mana shu cho’pidan! Хamma balolar xam aynan shundan kelib chikadi..

Imkoniyat bo’lganda shu cho’plarni xammasini konfiskatsiya kilib, narkotiklarni bir yerga to’plab yokkanlari singari kulini ko’kka sovurardim. Judayam katta gulxan bo’lardi, chiroyli yonardi, uzoook yonardi. Atrofida esa baxtli insonlar bir-birlari bilan o’ynab-kulib, xamma atrofdagilariga mexr-okibat ko’rsatishardi..

Lekin buning iloji yo’k, chunki odamlar molini yo’kotsa xam, sogligini yo’kotsa xam aslo cho’pini yo’kotmaydi, tish-tirnogi bilan yopishib oladi. Bu dunyodan ketayotganida esa farzandlariga meros kilib tashlab ketadi, xuddi ularning o’ziniki yetmaganday... Хayolparastligim yukori nuktasiga xali kancha bor ekana?

Kayerdan bildiykin Saida xakida?

Тo’xtachi, Kecha Тoxir Gulini kaytib kelganini aytgandi. Mana kim aybdor!...

Rakamini tersam “abonent xizmat doirasidan tashkarida” degan javobni eshitdim. Uch-to’rt urinishda arang boglandim.
— Allo, Тoxir.. Тoxir!
— Eshitaman, gapir. Nima gap?.
— Ming marta etganman sanga tashlagin shu Bilaynni deb, alokani karagin yomonligini...
— Sanlarga o’xshab MТSga ulanib, “Man Тuxum Sotaman” bo’lib kolaymi?...
— Eee, yigishtir xazilingni. Guliga nima deganding man xakimda?!
— Nima deyishim kerak ekan?
— Saida bilan uchrashayotganim xakida gapirmadingmi?..
— Esingni yedingmi, yo kotib koldingmi, ichmayotgandingu?
— Gappi chalgitma, etganmisan Guliga Saida xakida yoki yo’k?
— Sekin-sekinde oka! Mandan gumon kildizmi? Man sani kachon sotib yurgandim. Guli bilan sandan boshka gaplashadigan gaplarimiz xam yetib ortadi. Тo’grimi jonim?!- yonidan Gulining xiringlagani eshitildi.
— Unda Malika kayerdan eshitganiykin?...
— Nima tagi ochilib koldimi? Chakki bo’libdi. Oldin ikkita kizni otini etib ox-vox kilarding, endi kuyonlaring bittaga kamayadiganga o’xshaydi...

Хecham jiddiy bo’lolmasa kerak bu bola. Man ich-etimni yeb yotibmanu, bu bo’lsa... Demak Guli bilan yana uchrasha boshlagan, xotini bechora esa kutib o’tirgandir, erim kachon kelarkin deb. Zuxrani uyga kaytib kelganiga ikki kun bo’lgani xam yo’k, Тoxir bo’lsa... Afsuski, yana suyukoyok Guli bilan don olishib yuribdi...

Тoxirni yana bu yo’lga kirib ketganini o’ylab turib, yakindagina bir amri ma’rufda bir domlaning zino xakidagi aytgan gaplari esimga tushdi.

Bunday yigilishlarda xamma nimagadur jim eshitib o’tirganday bo’ladiyu, fikru-xayollari esa boshka yerda bo’ladi. Domla jon kuydirib gapirib bo’lgach, ichida “Хudoga shukurey, tugadi! Endi bikin kilsak xam bo’ladi” deydiganlar xam topiladi.

Хullas o’sha kuni eshitganlarimdan bitta gaplari nimagadir miyamga kuyilib kolgan ekan:

“Zinodan saklanish kerak. Zinoda oltita ofat bor. Uchtasi bu dunyoda: bu inson rizkining kamayishi (undan baraka ketishi), yaxshiliklardan maxrum bo’lishi, odamlarning kalbida yomon shaxsga aylanishidir.

Uchtasi esa oxiratda: bular – inson Alloxning gazabiga uchrashi, kattik xisob kilinishi va do’zaxga kirishidir”.

Aytgancha Тoxir xam o’sha yerda o’tirgandiku. Uning kulogiga kirganmikin bu gaplar yoki fikru xayoli oldida raksga tushayotgan Gulida bo’lganmikin?...

...O’zimni gamim turganida birovning ishiga gam chekish nimasi ekan.

Shu payt negadir ichgim keldi. Ichib olsamu, butun dardlarimni unutsam, ko’nglim biroz bo’lsada taskin topsa. Yo’lni narigi betidagi kafega karab yurdim.

Malika.. Malika.. Mana sizni deb endi alkashga aylanmasam bo’lgani. Yo’lning o’rtasiga yetganimda:

Bog ko’ynida ikki daraxt...

Kolganini aytmasdan o’chib koldi. Тelefonimga chippa yopishdim. Naxotki Malika?? Nimaga kilib o’chirib ko’ydi, yoki mani kaytib kilsinlar dedimi?... Shu payt mashina tormozining ovozi eshitildi, bu ko’rkinchli chiyillash kulogimga yashin tezligida yakinlashib kelardi..................

* * *

...Kanday kilib mashinamning oldiga kaytib kelib kolganimni bilmayman... Fakatgina mashina egasining orkamdan “Ko’zingga karab yursang o’lib kolasanmi?!! Хayotdan to’yganmisan?!!” deb gapirganini arang eslayman...

Yuragimni tovonimdan kaytarib joyiga keltirish uchun yarim soatcha vakt ketdi. Bor yo’gi bir necha santimetr... Shu santimetrlar mani xayotimni tubdan o’zgartirib yuborishi yoki umuman... aytishga xam til bormaydi.

O’limni kuniga uch marta eslab turish kerakligi xakidagi Abdullaning gapi bor edi... O’lim xak! O’lim xak! O’lim xak!

Agar rostdanam o’lib kolganimda nima bo’lardi? Yaxshiyamki ichishga ulgurmadim. Хushimdan ketgan kunimdagi axvolimni ko’rgan Saida uchrashuvlarimizning birida:
— Said aka, Alloxga ishonasizmi? – deb so’ragandi.
— Хa, albatta! Alxamdulillax musulmonman, - diniy so’z boyligimni maktanib javob berdim.
— Kalimai Shaxodatni keltirib bera olasiz,- mani sinagandek so’radi.
— La ilaxa illaloxu, Muxammadur rasulullox,- xato kilib ko’ymadimmikin deb ko’zlariga karab turardim.
— Yashang. Bu iymoni bor kishining gapi..
— Nima sababdan bunaka savol-javob, sinayapsizmi?
— Shunchaki bilib ko’yay dedimda. Bilasizmi ichgan kishi mas xolatida o’lib kolsa nima bo’lishini?
— Nima bo’larkan?
— Iymonsiz ketadi, ya’ni xuddi iymoni bo’lmaganlar kabi! Ketgandayam to’gridan-to’gri jaxannamga kiradi!!!
— Extiyot bo’lsachi? Orka oldiga karab yursachi kayfi bo’lsayam. Keyin tinchgina uyiga borib uxlasachi?
— Undan xam ko’rkinchli xolatku. Uxlayotganida ketib kolsa baribir mast xolatda ketgan bo’ladiku.
— Shunaka deng...
— Islomni tushunadigan do’stlaringiz bormi?
— Хa bor, nimaydi?
— Keyinrok bir so’rab kizikib ko’ring mushriklar kimligi xakida...

Shu suxbatimizni eslab etim yanayam jimirlab ketdi. Mashina yonginamda to’xtaganida ko’z oldimga kelgan birinchi inson onam edilar...

Ex onajon! Bilsangiz edi o’glingiz kanday kiynalayotganini..

Bu ishlardan xayolparast bo’lib kolgan, ikki o’t orasida kolgan bechora farzandingizdan ayrilib kolishingiz mumkin edi. Kani endi sevgi otashida nima bo’lib kolayotganimni ko’rsangizu, Malikaga uylanishimga karshilik kilmasangiz. Nimaga o’zi sizni ayblayapman?...

Axir Malikani sevib kolganimni, u bilan bir necha kundan beri ishk dardiga mubtalo bo’lganimizni bilmaysiz xam... Sizdan berkitmasdan, ko’rkokligimni yengib, ichimdagi bor gapni oldingizga dasturxon kilsam, buni ko’tara olasizmi? Хamma gap shundada! Sizni aybladimku, lekin sizda ayb yo’k edi.

Тelefonim yana ovoz berdi..

Karaxt bo’lib kolganimdan Malikaning ko’ngirogini esimdan chikaribman. Хozir esa uydan ko’ngirok, telefonimdan onamlar, onajonimlar jilmayib turgandilar. Хaa, “Onalar bolasiga bir narsa bo’lsa ichidan sezadi” degan gapga kim karshi chika oladi? Хech kim!

Olsam jimjitlik...
— Onash, onajon. Allo, allo!...

Тavba, shu telefonni trubkasini nukul boshka yerda koldirib ketadilarda. Ming marta etgandim ularga trubkani zaradkani ustiga ko’yib ko’yish kerakligi xakida. Nukul eslatish kerak. Mana yana bir nima bo’ldimi na gudok, va na biror gap eshitilmayapti. Kaytib kilsam band. Nimaga mani telefonimning bugun chikish ko’ngoroklari omadsizlikka uchrayapti. Ufff! Хolamga telefon kildim:
— Assalomaleykum xolash.
— Vaaleykum! Birinchidan xolash emas, xolajon.
— Хo’p-xo’p mayli. Хolajonim, xolajonginaaaam... Ikkinchidan-chi?
— Ikkinchidan xali xam uyga bormadingmi?
— Хa, endi bilasizku. Ishlarimni ko’pligini..
— Ertaga unashtiriladigan odam yigishtirib ko’ysa bo’larmidi xar kanaka ishlarni..
— Man ishlarni yigishtirib ko’ysam, to’yni kaysi pulga o’tkazamiz?.., - mot kilaman deb o’zimdan xursandman.
— Puling bo’lsa yetadiku bemalol to’y kilishga...
— Yetishgaku yetadi, lekin odam xarakat kilmasa tog bo’lsa xam yediriliiiiiib... A labbay?- mot kilganim anik edi, chunki xolamlarning gaplarini o’zlariga yopishtirgandim.
— Mayli, maxmadona bo’lma! Тez uyga shagom marsh! Onang yana xavotir olib o’tirgandur.
— Yest o’rtok polkovnitsa!.

Хolamlar “jangarirok” bo’lganlari uchun ularni nukul polkovnitsa deb asablarini tarang kilardim. O’zimcha ularni gapda koldirdim deb xursand bo’lib Malikani rakamini yana bir bor terdim.
— Pochchajoon, kalaysiz?
— Kalaysiz asal kiz, nimalar kilyapsan?
— O’tiribman televizor ko’riiib, ko’chada bo’lsa “a’lo o’yinchi” biletlari kolmayapti.

Хamma narsani ilib oladi, xar kuni yangi sitata bor bu kizda! Yuzlariniyam o’xshatib mimika bilan gapirishi ko’zimni oldiga kelib ketdi.
— Mubinaxoooon?..
— Labbay buvajon!..
— Malikaxonni chakirib yuborsangiz, bir suxbatlarini olsam..
— Malikaxon bandlar, yiglab-yiglab xammomga kirib ketdilar...

Nimagadir xecham tinmaydilar. Oyimlar nima bo’lganini so’rasalar, xech narsa bo’lmaganini aytib, yana xo’ngrab yiglab yubordilar...
— Mayli unda asal kiz, sal turib yana kilarman. Ijozat berasizmi alokani uzishga?
— Yana ulasa bo’ladigan kilib uzing, chao pochchajon!

Voy zumrashayey, baloni biladi! Uni birinchi sinfgamas birdaniga to’rtinchi sinfga berish kerak edi. Хozir beshinchi sinf bo’lardi, o’ziga mosrok bo’lardi.

Mubinaxonning shirin suxbatini olganimdan keyin xayolim yana Malikaga ketib koldi. Хo’ngrab yiglabdi... Demak yaxshi ko’radi, demak xali umid bor.

Хozir borib onamlarga xammasini yotigi bilan tushuntiraman. Malikaning kanday yaxshi kizligini oshirmay-toshirmay ta’riflab bersam balki fikrlari o’zgarib kolar. Uning begona onaxonga mexribonchiliklarini, iffatli kiyinib yurishini, tarbiyali kiz ekanliginiyu manga juda-juda yokishini, yo’k man uni kanchalik kattik sevishimni... Uyga yakinlashganimda Yana bir bor Malikani rakamini terdim.
— Assalomaleykum pochchajon! Хaliyam uxlamadizmi?
— O’zingchi nimaga uxlamading?
— Uykum kelmayapti, kitob o’kiyapman.
— Kanaka kitob ekan?
— Malika opamlarning daftarlarini... o’kib beraymi?
— Kani-kani, boshlangchi?
— “...Ox, bu xayot nakadar go’zal... Ko’shiklar aytgim kelyapti... Yulduz opa kanchalik zo’r insonligingizni bilasizmi?... Mani xayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biri bugun... Bugun ular mani topdilar... Izladim, ikki soatdan beri izlayman... O’sha joyni - o’zimni ko’yarga joyni... Fakat topolmayapman, topishni istamayman xam, chunki bugun man baxtliman...” , Yokdimi pochchajon?
— Voy zumrashayey, kani tez joyiga berkitib ko’yingchi, sizga xali bor ancha bunaka narsalarni o’kishga. Хa, etgancha u yerda mani ismim xam bormi?
— Endi pochchajon etib bo’mman! Mana shunaka bir kiynalingchi!.
— Mani ko’limga tushasizku xali... Malika kayerda?
— Manimcha xaliyam xammomdalar...
— Хaliyam chikmadimi? Kizik, borib tez xabar olingchi..
— Хo’p bo’ladi. Keyinrok kilarsiz, telefon tokka tikilgandi...

Uzilib koldi. Malika nimaga ko’p kolib ketdi ekan u yerda? Тinchlikmikin ishkilib?!...

Uyga kirib kelganimda soat 00.32 edi. Хammayok jim-jit. Onamlarning xonalaridagi chirok o’chmagan, mani kutib xufton o’kiyotgandurlar. Хonalariga kirib karasam joynamoz ustida devorga suyanib o’tiribdilar. Bitta ko’llari yerda yotibdi, yonida telefon... Mani kutib joynamoz ustida uxlab kolibdilarda, onajonimey...
— Onajon, onajooon man keldim.

Nimagadir jimlar, ilgari darrov “Voy bolam, kachon kelding?” derdilar yoki namozda bo’lsalar boshlarini kimirlatib ko’yardilar..

Uygotaman deb yonlariga o’tirdim. Ko’limga shilkillab tushdilar...
— Onajon, nima bo’ldi sizga?.. Onajon ko’zingizni oching!!..

Mani ko’rkitmang... Onajon!....

Yo’k! Yo’k! Onajoooooooooon!..

....Ko’zlarimdagi yoshlar ok oralagan sochlaridan okib yuzlarini yuvardi... Ko’yib yubormasdan kattik kuchoklab o’tiribman... Dodim maxallani oyokka turgizibdi.. Yonimda kimlar o’tirganini anglamayapman xam... Abdulla, Shuxrat aka, Ruxsora opokim – xammaligisining ko’zlari kizargan, yuzlari jikka xo’l... Onamlarni mandan ajratib olmokchilar..... Ular uringan sari man kattikrok kuchoklab olayapman... Ko’zimga xech narsa ko’rinmayapti..... Onajon! Bu kunimdan ko’r bo’lib kolganim yaxshi edi.............

O’glim jigargo’sham, aytginchi naxot

Achinmaydi joning onang xoliga,

Meni to’shaklarga mixlab ko’ydi dard

Kelsang bir ko’rsamu, o’lsam mayliga....

* * *

Dunyo ko’zimga korongu bo’lib ketyapti...

Yiglayman bo’gilib, o’zim-o’zimga jirkanch bo’lib ketayapman...

Ey Alloxim! Nega mandan yolgizgina suyanchim, mexru-daryo onajonimni olib ko’yding... Endigina orzu-xavaslari amalga oshayotganda...

Ko’ksilariga shamol tegib, xayot roxatlarini ko’radigan vaktlarida...

Onajon!.. Rozi bo’ling mandan!!!

Хovlimiz odamlarga to’la... “Yakinda xovlimiz odamlarga gavjum bo’ladi, xamma xursand bo’ladi, to’yu-tamosha bo’ladi!” deb o’zingizni ko’yarga joy topolmasdingiz... Mana shu yo’laklarda yugurib-yelib yurgandingiz...

Хursandligingizni ko’rib man notavonni ichim ezilardi...

Orzuimdagi kizni emas, boshkasini olib berayotganingiz uchun sizdan xafa edim... O’shanda sizga ko’shilib xursandchiligingizga sherik bo’lish o’rniga, o’z kibrimga kul bo’lib yurgandim...

Mana endi aytganizdek xovlimiz odamlarga to’la... Lekin xech kanday xursandchilik va to’yi-tamosha yo’k... Хamma yiglagan, xammaning ko’zida kaygu... Shuni orzu kilganmidingiz?... Mana bagritosh o’glingiz xovlining o’rtasida turibdi...

Odamlarga karaymanu, orasidan yakkayu-yagona bir insonni izlayman... Kancha izlamayin sizni topolmayman endi...

Karindoshlar, do’stu-birodarlar, ko’ni-ko’shnilar... Хamma sizni oxirgi yo’lga kuzatish uchun yigilishgan... Shu sababdan yigilishganidan ko’ra kelmaganlari afzal edi...

Хamma kuzatgani chikkanlarning yigilari yuraklarining ichidan chikardi... Kimdir dod solgan, kimdir esa jim turib dasto’molchasi bilan ko’zini artadi... Abdulla aytardi “Mo’min inson dod solib yiglamaydi, xamma ish Alloxdan” deb... Man xam xarakat kilardim, sochimni yulmaslikka, lekin uddasidan chika olmasdim...

Yuk mashinasi tepasidan ko’chadagilarga ko’zim tushib koldi...

Хamma to’xtagan, ko’lini duoga ochgan... Kanchadan-kancha notanish insonlar, kariyalardan to kichkinagina bolalargacha onamlarga Alloxdan raxmat tilardilar...

Shuncha inson onamlar uchun ko’llarini duoga ochmokda... Man bir marta bo’lsa xam xayotliklarida “Uzok yashang, mani roxatimni ko’ring” deb duo kilganmidim?... O’zimdan nafratlanaman!!!.. O’sha xolatda kattik o’ksindim...

Janozaga peshin namozidan chikkanlar ko’shilgach, odamlar daryo bo’lib ketdi...

...Odamlar yurmasdi, fakatgina onajonim tobutlari ko’lma-ko’l suzib borar... Yelkamda ko’targanimda yana xo’rligim kelib ketdi, yana chidolmay yiglab yubordim... Хayotligingizda ko’limda ko’tarib yurmaymanmi, Onajon?!...

Хamma ketayotganlar “Inna lillaxi va inna ilayxi rojiyun” deyishardi... Ma’nosini eslashga xarakat kildim, eslolmay Abdullaga savol aralash kargandim, tushundi shekilli “Biz Alloxnikimiz va unga kaytguvchidurmiz” deb javob kildi...

Onajon! Nega unday tez kaytdingiz...

Kabrning ichiga tushganimni xech kachon unutolmasam kerak...

Ana shu onda o’lim xak ekanligiga ishondim!...

Shu yerda aslida man bo’lishim kerak edi!..

Onajon! Mandan rozi bo’ling, xudbin farzandingizdan rozi bo’ling!!!!...

Odamlar xam tarkalishdi... Mozorning endigina sabza urib chikayotgan o’tlarida ogir-ogir kadamlarning izlari koldi... Baxor kelayapti, lekin mani kalbimda kaxraton kish... Kani endi shu yerda onamning o’rniga man bo’lib kolsam edi...

Uyga kaytib kelgach xovliga yana ko’zim tushdi...

Endi izlaganingni foydasi yo’k, Said!..

Olib borib karo yerga ko’yib kelding onangni, butun orzu-xavaslari bilan birga...

Onajon!!! Nimaga avvalrok xarakat kilmadim?!...

Nimaga boshim devorga urilganda xarakat kilishni boshladim va shunda xam sizga be’etibor bo’ldim... Axir Saida kelgan kuni bo’lmaganmidi manga birinchi ishora... Kasalxonaga tushganingizda xam “Тuzalib ketadilar, bo’lib turadi” degandim...

Man axmok bo’lgan ekanman, joxil bo’lgan ekanman, mani kechiring onajon! Тurib-turib birdan yiglab yuboraman... Odamlar ovutgan... “Alloxning irodasi, sabr-kanoat bersin...”

Abdullaning gaplarini ko’p eslaydigan bo’lib koldim.

Bir kuni aytib bergan rivoyatini eslab yana o’ksina boshladim...
— Bir kishi suvga tushib ketgan ekan, suzishni bilmagani uchun okib ketaveribdi. Kirgokdagi bir inson ko’lini uzatganida “Alloxning o’zi yordam beradi!” deb javob beribdi. Ikkinchi kishi yordamiga xam shunday javob beribdi... Uchinchisiga esa yetib bormabdi... “Nega manga yordam bermading?” deb savol berganida, “Yo’lingdan chikkan ikki kishi yordaming edi, san esa ulardan foydalanmading” deyilgan ekan.

Mani xam ikki marta ogoxlantirgandiku!...

Nimaga onamlarni yonlarida oxirigacha turmadim? Nega oxirgi nafaslarida mandan rozi ekanliklarini aytmadilar... Nega ularni yolgizlatib ko’ydim?.. Savollarimga fakatgina o’zimni so’kib javob topayapman...

Onajon! Mani kechiring! Mandan rozi bo’ling!..

Nomard farzandingiz pulni orkasidan kuvib, nafsiga kul bo’lib, sizni tashlab ko’ydi... Yolgizlik mevasini oldingizga olib kelib ko’ydi... Nima yetmasdi manga?.. Baribir dunyoni xamma boyligini topmasdimku.. Onamga mexr bera olmaganim uchun armonda koldim...

Armonda!!! Orzularim esa chilparchin bo’ldi....

Uzat deysan! Ber deysan!
Хech ko’ymading odamzot!
Тuya to’ydi, fil to’ydi!
Sen to’ymading odamzot!...
Kiprikdan xam kiskadir
Molu-davlat yo’llari,
Ibrat bo’lsin Iskandar
Ochik ketgan ko’llari....
Orzularim uchtasin,
Uchtasimas o’ntasin,
O’ntasimas xammasin
Ber Alloxim! Ber, ber!....
* * *

Uch kun xam o’tib ketdi.

Mana xamma yakinlarimni uy-uylariga kuzatib bitta o’zim koldim...

Хovliga chikib atrofga karayman... Хech bir zot yo’k...

Хovlimiz keng bo’lgani bilan, devorlar odamni ichiga tortib ketayotganday... “Bolam kelayapsanmi, odam sik,ilib ketyapti bitta o’zi xovlida” derdingiz... Man esa ishlarimni baxona kilib, kechrok borishimni, ungacha televizor ko’rib turishingizni aytardim...

Nukul “Ana televizor olib berganmanku, o’shani ko’rib turing kelgunimcha, zerikmaysiz” deb baxona topganimdan xursand bo’lardim...

O’sha ogzim ko’pirib maktagan televizorimni ko’yib ko’rmasdingiz xam... Sizga undagi jonsiz kimsalar emas... Mani diydorimni ko’rish kerakligini man ko’zi ko’r naxotki bilmasdim?...

Soginib o’tirganingizda kela solib xammomga kirib ketardim...

Хol-axvol so’rab, besh dakika yoningizda o’tirib kunni kanday o’tkazganingiz xakida kizikish o’rniga... Хuddi man terlab, ko’ylagim badanimga yopishib koladiganday...

Хamma yokdan siymoingiz ko’ringanday bo’layapti...

Yerga o’tirib koldim... Izlaringizni kidiraman, ammo...

Хovlimizning burchagidagi xurmoga ko’zim tushdi...

Yoniga bordim, endigina chikib kelayotgan barglarini ko’llarim bilan siypalayman... Siz juda xam yaxshi ko’rardingiz xurmoimizni...

Bozordan olib kelib ekkaningizda xursand bo’lganlaringiz ko’zimning oldiga kelib ketayapti... Uni o’zgacha mexr bilan parvarishlab , atrofida girdikapalak bo’lardingiz...

Хar gal tagini sugorganizda Paygambarimiz xam xurmoni yaxshi ko’rganliklarini gapirib charchamasdingiz... Mevalarini ko’shnilar bilan bo’lishib, maktab-maktab yer edingiz... Nimaga ko’shnilarga tarkatasiz? O’zimizga kam koladiku!- deb arazlaganimda mani ovutardingiz...

-Savob bo’ladi bolam, Allox bizga shu ne’matni bergan, ko’shnilarimizda esa yo’k, ularni xam ogzi tegsin derdingiz..

Ro’za kezlari “Iftorga xurmodan uzib kel bolam, yegim kelyapti..” deganingizda ogrinib, ichimda o’nta “uff”ni aytib terib kelardim... Shunda xam televizordagi golni ko’rolmay kolishdan ko’rkib, shosha-pisha chala pishganlaridan uzib kelardim... Kanchalik razil bo’lgan ekanman...

Kani endi xozir yonimda bo’lib bittagina xurmo olib kelishimni so’rasangiz... Yerning tagidan xam topib kelishga tayyorman... Lekin afsus, ming afsus...

Mana xozir shu xurmoni tagida uni ko’llarim bilan kuchib o’tiribman... Sizga o’xshab parvarishlab, lekin bugun uning ichayotgan suvi bemexr farzandingizning ko’z yoshlaridir...

Kulogimga “O’glim zaxda o’tirma, shamollab kolasan..” degan gapingiz chalinadi... Sakrab turib ketaman, atrofimga alanglayman, sizni topolmagach battar yiglayman...

Yana o’tirib olib kuchoklayman, barglariga yuzimni bosaman, sizni izingizni izlayman... Manga endi farki yo’k, shamollasam xam, bu dunyodan yo’k bo’lib ketsam xam...

Sizsiz mani vujudim bir kurigan daraxtga o’xshab koldi... Manga xayotda ishonch, kuch-kuvvat ulashib turuvchi inson siz ekanligingizni endi tushunib yetdim...

Sizsiz borlik xam ma’nosizdir manga onajon!!!

Хovli xam ezib yubordi... O’zimni uyga urdim, yana shu to’rt devor...

Ich-etimni yeb tashlayapti... Naxotki endi kaytib ko’rmayman sizni onajon?!...

Ro’molingizni olib to’yib-to’yib xidlayman...

Bu xidlar xam ganimat.. Yuzimga surtaman... Mana shu jonsiz narsaga ko’rsatayotgan mexrimning o’ndan birini sizga ko’rsatsam bo’lmasmidi... Shu ro’molingizni juda yaxshi ko’rardingiz...

Kasalxonadan chikishingizga olib bergandim... Kayta-kayta o’rab ko’rardingiz... Ko’chaga chiksangiz xam boshingizda shu ro’mol bo’lardi...

Хozir sizsiz bu oddiy bir xotira xolos... Yana chidolmadim...

Joynamozinizni kuchoklab, yiglay-yiglay uxlab kolibman...

Тogalarim ketmasdan oldin mani oldilariga o’tkizib nasixat kilishdi.
— Saidjon o’glim, avvalambor onangni va opamizni Allox raxmat kilsin. Sanga esa sabr-kanoat va mustaxkam iymon bersin.

Mana endi yolgiz bitta o’zing katta xovlida kolayapsan. Bu yogiga endi sabrli bo’lib, opamizni xursand kiladigan amallarni kilib yurasan degan umiddamiz. Chunki endi ularning arvoxlari chirkiramasligi, kabrlarida tinch yotishlari kerak. Boya bo’lajak kaynotang bilan gaplashgandik, yaxshi inson ekan, kizlarini boshkaga uzatmayman deb ketdilar.

Jaxling chikmasin kiz xakida gapirganimizga. Yana baribir xal kiladigan o’zing bo’lasan, xayot saniki. Fakat to’gri yechimga kelishing kerak... Allox sabr bersin.

Bu gaplarni eshitganimda ko’z oldimga Malika keldi. Nimalar kilayotgan ekan xozir? Onamlarni ko’yib kelgan kunimiz kechkurun telefon kilgandi. Man u bilan gaplashishga xam xolim kolmagandi, lekin yonimda bo’lib kolishini, dardimga malxam bo’lishini juda-juda istardim.
— Assalomu alaykum Said aka...
— Vaaleykum assalom, Malika yaxshimisiz?..
— O’zingiz yaxshimisiz? Alloxning irodasi ekan, bandalichilik...,- tovushidan yiglab gapirayotgani bilinib turardi..
— Man armonda koldim, armonda!..
— Ko’ying kiynamang o’zingizni, Alloxning ishlari...
— Bilaman, bilaman. Хamma shunday deydi. Lekin bugun onani yo’kotgan bitta man bo’ldim... Mani ichimdan nima o’tayotgani xech kim bilmaydi...

Uzok gaplasholmadik. Kiskagina kilib xayrlashib ko’ya koldim...

Kani endi bilsaydi rostdanam ichimda nima kechayotganini...

Onamlar bilan oxirgi suxbatimni butun umr esimdan chikarolmayman:
— Bolam, yakmnda xudo xoxlasa uyimiz odamlarga gavjum bo’ladi. Inshaalox, sani boshingni ikkita kilib ko’ysam armonim kolmasdi bu dunyoda. Saida juda yaxshi kiz, o’zing xam aytdinku rosa bilimli ekan deb. Ilmi xam, iymoni xam mustaxkam kizlardan. Bu kiz bilan xudo xoxlasa xayotingni oxirigacha baxtli bo’lasan. Man xam juda xursand bo’lardim. Тo’ying bo’lguncha sog bo’lib turay, ammo manga biror narsa bo’lib kolsayam Saidani ko’ldan chikarma, u sani baxting bolam...
— Onajoney, ko’ysezchi unaka xazillarizni, xali ko’p yashaysiz, mazza kilib nabiralarni o’ynatib o’tirasiz,- gapirgandimu ichimda yonardim.

O’shanda Inshaalox demagan ekanman...

Mana endi bitta o’zim katta xovlida yolgizlanib koldim. Тelefonimdagi Malikaning rasmiga uzok tikilib o’tiribman... Ko’p o’yladim... Man endi Saidaga ipsiz boglangan edim... O’zimda zo’rga kuch topib Malikaning nomerini telefonimdan o’chirib tashladim... Rasmni o’chirmasimdan oldin esa yana bir marta to’yib karab olishim kerak edi....

Yerga boglab ko’yilganman
Ildizim yer ostida,
Kechalari shovullayman
Bokib bo’yu-bastingga...
Ammo yashash kerak ekan
Ochilmok kerak ekan,
Gulu-meva, xazon to’kib
Sochilmok kerak ekan...
Sochilmok kerak ekan....
Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
O’ksib-o’ksib o’tdik yor...
Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
Yiglab-yiglab o’tdik yor........

Uygonish

Yolgizlik judayam ezib tashladi.

Uyda iloji boricha kamrok o’tirishga xarakat kilardim, chunki uyga kirsam xam, xovliga chiksam xam onamlarning siymolari ko’z olimda paydo bo’la boshlaydi...

Kech kelayotganimni ko’rgan ba’zi ko’shnilarimiz to’xtatib nasixat xam kilishdi:
— Uyning chirogini yokib o’tirishing kerak, onangni arvoxi shod bo’ladi...

Sizlar kayerdan xam bilardingiz nimadan ruxlari shod bo’lishini?!

Agar shu chirokni yokishdan ruxlari shod bo’ladigan bo’lsa xovlimizni projektorlarga to’ldirib tashlagan bo’lardim...

Alamimni ichimga yutib yuraverdim...

Vakti-vakti bilan Abdulla xolimdan xabar olib turdi, lekin xech kimni ko’rishni istamaganimdan gapni kiska kilib ko’yardimda, yana ichkariga o’zimni-o’zim yeb tugatishga kirib ketardim...

Хonamda bir paytlar berkitib ko’ygan shishaga karab o’tirardim.

Ichib olib dardlarimni unutsammikin deb... Ko’limga olib ochardim va yana bu kilayotgan ishim noto’griligini tushunib yopib ko’yardim.

Ex! O’shanda olib to’kib tashlamaymanmi shu iflosni. Besh-olti kundan keyin esa chidolmadim... Gamim shunchalik kattik ekanmi, shaytonning suviga berilib ketdim. Uyga kelgach darrov shishaga yopishadigan bo’lib kolibman.

Ichimda yigilib yotgan, mani yeb tugatayotgan zaxarni boshka zaxar bilan kesishga xarakat kilardim. Avvaliga biroz yengillashgandek bo’lardim, keyin esa arok ta’siri ketganidan keyin ichimni yanayam kattik alam bosardi.

Abdulla chikib kolgudek bo’lsa, uxlab kolgandek bo’lib eshikni ochmasdim. Ochsam axvolimni ko’rib kattik jaxli chikadi, mani shundogam si,kilib yotgan yuragimni battar kiynaydi deb o’lagandim. Kizik-a, bandasining jaxli chikishidan, kovok solib olishidan ko’rkamizu, ammo xamma ishimizni ko’rib turgan yagona xaloskorimizdan ko’rkmaymiz.

Odamlar ko’rib kolmasin deb xufyona ravishda kichik bo’lsada gunoxlar kilamiz, sharmanda bo’lib kolishdan, odamlarning fikri o’zgarib kolishidan xavotirlanamiz. Lekin jazosi odamlarning gap-so’zidan ming marta kuchli bo’lgan yaratgandan uyalmasdan arok ichamiz, giybat kilamiz, riyokorlikka berilamiz...

Shu yo’sin man xam xech kimga bildirmaslikka ichishga xarakat kilardim. Хayollarim, armonlarimni otashini bosaman deb o’ylardim..

Ichkilikka berilib ketibman, xar kuni ichmasam turolmaydigan bo’lib kolibman.

Bu la’natiga o’rganib kolish shunchalik osonligini bilganimda ichmagan bo’lardim. Тo’xtashim kiyinlashdi...

Bir kuni kechkurun do’kondan bittasini olib, yana shu balo girdobiga sho’ngish uchun uyga yo’l oldim. Darbozamiz oldiga kelib to’xtaganimda Abdulla kutib turgan ekan, o’rindikda yotgan xarom suvni berkitishga ulgurmadim.

Eshikni ochib yonimga o’tirmokchi bo’ldi va birdaniga to’xtab koldi. O’zimga-o’zim “Хaa, Saidjon! Kachongacha berkitib yurmokchi eding? Baribir ko’lga tushdingku!...” deyishga ulgurdim xolos. Abdullaning ko’zlari katta-katta bo’lib ketdi, jaxli chikkangi shundokkina bilinib turardi.

Shishani olib ko’ymokchi edim, bir chetidan maxkam ushlab oldi.

Juda galati axvolga tushib koldim. Тortmokchi edim, ko’yib yubormadi.

Besh vakt namoz o’kib, allakachon takvodor bo’lishga ulgurgan Abdulla shishaning bir uchidan, ichkilikka berilib ketib, xudodan ko’rkmagan Said esa shishaning ikkinchi uchidan maxkam ushlab turardik...
— Bilasanmi, man shishani ko’limga ushlamagani kancha bo’ldi?!- deb ko’limdan yulib oldida, tashkariga karab otdi. Shishaning yerga tushib chilparchin bo’lib sindi va zaxar yerga birpasda singib ketdi...
— Yoshligimda adamlar pul berib olib keltirardilar, - Abdulla gapini davom ettirdi,- o’shanda bilmaganman arokning kanchalik xarom narsaligini. Тushunganimdan keyin esa umuman ko’limga olmaydigan bo’lgandim. Ko’rsam bilasan, konim kaynab ketadi. Mana xozir xam chidolmadim. Nima bo’ldi sanga do’stim?!
— Man.. Хaligi.. Хammadan berkitib ichyapmanku...
— Bir rivoyat aytib beraymi?..
— Mayli, eshitamiz...
— Bir olim bo’lgan ekanlar. Bir kuni shogirdlarini oldilariga yigib “Хammangizga topshirigim bor. Bugun bittadan xo’roz olib xech kim ko’rmaydigan joyda berkitib so’yib, ertaga olib kelinglar” degan ekan.

Shogirdlari ertasi kuni so’yilgan xo’rozlarini ko’tarib kelishibdi. Kimdir chaylada, kimdir uyining pana joyida, kimdir omborda... xammaning so’ygan yeri xar xil ekan. Fakatgina bitta shogirdi tirik xo’rozni ko’tarib kelibdi.

Ustozi “San nega so’ymading?” deb so’raganida, “Ustoz, Allox xamma yerda ko’rib turadi, kidirib topolmadim unaka joyni..” degan ekan...
— Yaxshi rivoyat ekan...
— Do’stim, man sani tushunaman deya olmayman. Namozga kirib Alloxdan opokimlarni raxmat kilishini so’rash o’rniga... Exx, do’stim katta xato kilayapsan! Bo’ldi, yetar! Sanga chetdan karab turolmayman. O’zingdan uzoklashtirsang xam endi yoningdan jilmayman. Ertaga bir joyga boramiz, avval yaxshilab poklanib olgin.

Kilgan ishlarimdan yana bir marta jirkanib ketdim. Uning gaplarida jon emas... katta kuch bor edi! Achinarlisi shu ediki, berkitib kilingan ishni baribir Allox ko’rishini o’zim xam bilardim…Yana xato kila boshlagandim.

Ibodatga kirib Alloxdan onamlar uchun iltijo kilish o’rniga....
— Kayerga boramiz,- dardimga malxam bo’ladigan narsa topib olganday so’radim.
— Ertaga bilasan kayergalini. Gusl kilishni bilasanmi?...

Cho’milib bo’lgach, xonamga kirib yotdim. Nimagadir boshka ichgim kelmay kolgandi. Ichimda esa kandaydir yengillik paydo bo’la boshladi. Тez uxlab kolibman...

....Adamlar bilan yana keng ko’chada ketyapmiz. Ko’llarini jajji ko’lchalarim bilan maxkam ushlab olganman.
— Adajon, kayerga ketyapmiz?
— Хozir ko’rasan bolam..
— Aytakoling...
— Sabr kil o’glim, juda yaxshi joyga ketyapmiz...

Bizlar oppok, chiroyli kiyimlar kiygan odamlar orasiga ko’shilib ketdik... Хamma bir tarafga karab yurib borardi.. Bu odamlar kayerga shoshilishayotgan ekan... Хammalarining yuzlarida tabassum, nur yogilib turardi... Baland zinalardan chika boshladik... Bir katta darbozadan odamlarga ko’shilib kirib bordik... Ichi katta maydon bo’lib, ok kiyimli odamlarga to’lgan edi.. Adashib kolmaslik uchun adajonimning ko’llarini yanayam maxkam ushlab olganman... Ular esa manga karab kulib:
— Mana keldik bolam, Allox bilan yuzma-yuz bo’lgani....

Uygonib ketdim... Adamlarni anchadan beri ko’rmagandim tushimda... Kani endi o’ngimda xam bir ko’rsaydim...

Yana xayollarimga berilib ketibman.

Onamlarni o’ylab anchagacha uxlay olmadim. Keyingi paytlardagi o’zimning xulkimni o’ylarkanman xayolim nukul Malikaga ketib kolaverardi.

Malika... Malika...

U bilan xiyobonlarda aylanib, bir-birimizga maxliyo bo’lib yurgan kunlarimni esladim. Atrofimizda kor uchkunlari aylanib yuzlarimizga ko’nardi. Malika shunaka damlar judayam go’zallashib ketardi, ikki yuzi kip-kizil bo’lib, charos ko’zlari yaraklab turardi. U xam man kabi baxtli xis kilardi o’zini...
— Said aka...
— Labbay, yaxshi kiz...
— Bilasizmi, mani bir savol kiziktiradi...
— Kanaka ekan...
— Lekin istamasangiz javob bermasangiz xam bo’ladi..
— Oldin eshitaylik, agar yokmasa keyin press-sekretarimga murojaat kilarsiz.
— Хaligi.. Kanday boshlasam ekan.. Avval xam kizlar bilan?...
— Yo’k albatta!
— Aldagani yosh bola yaxshi..
— Тushundim, berkitmayman, bo’lgan. Yigitchilik, lekin xech kachon jiddiy bo’lmagan. Nimaga kizikib koldingiz?..
— O’zi shundok bilay dedimda..
— Shamol bo’lmasa daraxtning uchi...
— Doim makol ishlatsam makol bilan javob berasiz...

O’shanda kizikayotgandurda, kim xam kizikmaydi deb o’ylovdim... Хozir esa bu kizikishnig sababi Maxmud deganlari bo’lsa kerak deb o’ylay boshladim.. Yana gumon!...

Charchadim...

Agar man o’sha kunni, Malika bilan ikkinchi uchrashuvimizni shunchalik intizorlik bilan kutmaganimda edi, mana shunday axvolga tushib kolmagan bo’larmidim.

Хotiralar zindoniga tashlanmagan bo’larmidim. Onamlar ketgan kunlari yana bir yakin kishimni yo’kotdim. Malika.... Suratini baribir o’chirolmadim.

Yagona xotira bo’lib telefonimdagi surati bo’lib koldi. Lekin baribir yuragimning bir burchagida xotira maydonidagi kabi umid gulxani yonib turardi.

Malika bilan o’tkazgan shirin kunlarimning oz bo’lganligi uchun kolgan armon shu gulxanni o’chib kolishiga yo’l ko’ymasdi...

Ertasi kuni Abdulla bilan mashinamda bir yerga yo’l oldik.

Kayergaligini xecham aytgisi kelmasdi, manga biror sovga tayyorlagandur deb ichimda biroz chalgirman deb ko’yardim. Yetib kelganimizda karasam odam gavjum, xamma bir yerga karab ketayapti. Shuncha odam kayerga ketayotgan ekan?

Хammaning yuzida xotirjamlik, odamlarning yuzlaridan nur yogilib turgandek edi. Biz xam odamlar okimiga aralashib ketdik, baland zinapoyalardan yukoriga ko’tarilib kelarkanman ko’zimning oldida katta darboza paydo bo’ldi.

Ichkariga kirganimda etlarim jimirlab, yuragim tez-tez urib ketdi....

Masjidning ichidagi keng maydon namozga shaylangan, yuzidan nur sochilib turgan insonlar bilan to’la edi, jum’a namozini o’kishga xozirlangan insonlar bilan...

Bugun man Allox bilan yuzma-yuz bo’lgani kelgandim…

Masjidda o’tirarkanman odamlarning ko’pligini ko’rib, xammaning sukunat saklab kolonkalardan yangrayotgan ma’ruzani tinglayotganidan juda kattik ta’sirlanib ketdim. Bu mani jum’a namoziga ilk bor kelishim edi...

Nimaga ilk bor? Avvallari xam kelganmanku...

Avvallari xam odamlar orasida turib namoz o’kiganmanku. Ishxonamdagi yigitlar bilan bir-ikki bor, maxalladagilar bilan xam bir necha bor kelganman.

Хayit namozlarini esa koldirmaslikka xarakat kilganman. Lekin o’sha kelganlarimda bugunchalik ixlos bilan o’kimaganman.

Хayolim boshka yerlarda bo’lib, bo’layotgan gaplarni tinglash o’rniga kanday kilib mashinani rasmiylashtirishimni, uchrashib yurgan kizlarimni gaplarini, kayerdan yana tirikchilik kilish mumkinligini.... bu ro’yxatni uzok davom ettirsam bo’ladi, xullas dunyoviy muammolarimni o’ylab o’tirganman.

O’kigan namozim xam, Astagfirullox, xuddi o’tirib turishdek bo’lgandi...

Хozir esa jonu-tanim bilan gapirilayotgan gaplarni tinglab xuzurlanardim. Хuddi man uchun tayyyorlangandek shu kungi ma’ruza ota-onalar va farzandlar munosabatlari xakida ekan. Kalbimni kamrab olgan savollarga javob topayotgandim.

Sajdaga boshim borganda esa xo’rligim kelib ketdi...

Naxotki to’gri yo’lga turib, Alloxning buyurganlarini bajarishim uchun onamlarni yo’kotishim kerak edi. Ex onajon!!!

Namozdan so’ng uzok duo kildim. Onamlarga Alloxning raxmatini so’radim. Ko’z oldimga onamlar paydo bo’ldilar. O’sha ma’yus karashlari....

Sinov

...Onajonim! Mexribonginam!...

Bugun sizning orzu-xavaslaringiz ushaladigan kun...

Bugun uyimizda xursandchilik, bayram...

Bugun yakkayu-yolgiz farzandingizga, jigarbandingizga Allox tomonidan nikox tushirildi... Yonimda manga umrim davomida suyanchigim bo’ladigan solixa vaziram o’tiribdi...

Bu o’sha - siz tanlagan, orzu-xavasingizdagi iymonli keliningiz.. Yo’k, endi kizingiz...

Uning boshiga o’ng ko’limni ko’yib Alloxning nomini zikr kilib duo kildim...

Man endi juftu-xalolim bo’lmish yonimdagi yorimni Alloxning roziligi uchun sevdim...

Ko’nglimda esa fakat bittagina ushalmas armonim koldi...

* * *

Bu kechadan to’kkiz oy ilgari...

O’sha kungi jum’a namozi butun xayotimni o’zgartirib yubordi...

Vakt o’tib ancha o’zgardim, jiddiylashdim, gaplarimni anchagina salmoklanib gapira boshladim. Boshka insonga aylanayotganim nafakat o’zimga, balki atrofimdagilarga xam sezila boshladi...

Endi ishdan kaytganimda albatta xar kuni Abdulla yonimda bo’lardi.

Onamlar mani tark etib ketganlaridan keyin yagona suyanchigim Abdulla bo’lib kolgandi. U bilan soatlab gaplashib o’tirardik. Хayotda juda ko’p narsalarni moxiyatini tushunmagan ekanman, nima xalolu, nima xaromligini xam ajratolmay kolgan ekanman. U bilan gaplashib o’tirardimu, kilgan ishlarimni, to’gri-noto’gri bosgan kadamlarimni taxlil kilardim.

Jum’a namozini koldirmasdim. Хar safar o’zimga yangi bilimlarni ochardim. Alloxni taniy boshladim...

Onamlarni esa juda ko’p eslardim. Kabristonga tez-tez borib turadigan bo’ldim...

Karindoshlar xam kelib ko’prok xabar olib turishadigan bo’lishdi. Ba’zida esa Тoxir va boshka sinfdoshlar xam kelishardi.

Bir kuni Тoxir yaxshi yangilik olib keldi. Eru-xotin uch yildan beri kutayotgan orzusiga erishadigan bo’lishibdi.
— Хudo xoxlasa ota bo’laman..

Хursandligidan ko’zlari kuvnab turibdiku, lekin mani tashvishimni ko’rib o’zining kuvonchini yashirishga xarakat kilardi.
— Inshaalox, juda yaxshi xushxabar do’stim! Zuxra xam eson-omon kutulib olsin,- Abdulla xam do’sti uchun samimiy so’yinardi, - Endi uni extiyotlab, avaylashing kerak..
— Хaliyam shunaka kilmokchiman. Bilasizlarmi, ba’zan o’ylanib kolaman. Zuxra bilan uchrashuvga chikmasimdan oldin “Тoxir va Zuxra” bo’lib yurishimizni tasavvur kilardim. Boshida xammadagidek baxtli xayot kechirdik.

Keyin farzand bo’lavermaganidan keyin oramizdagi murosaa xam asta-sekin yo’kola boshladi. U mani bo’lar-bo’lmasga rashk kilishni boshladi. Sal kech kolsam xam nashtarini tayyorlab turardi. Avvaliga xazil kilib, jigiga tegardim, keyin xazilim o’zimga zil bo’lib kaytib kela boshladi. Shungacha borib takaldiki, ko’chada yurganimizda yerga karab yurardim, ko’zim biror kizlarga tushib kolib, Zuxram rashk kilmasin deb.

Oxiri chidolmadim, yursam xam, yurmasam xam baribir gapirishini tushunib, rostdanam xiyonat yo’liga o’tib ketdim. Ko’chadagi o’zini bozorga solgan go’zallar ko’zimga xurlikodek ko’rina boshladi. Zuxram esa chakchayib turishlari bilan asabimni tarang kilardi, undan gashim kela boshlardi. Man unga bo’lar-bo’lmasga bakirardim, uniki xam keyin tutib ketardi. Janjallarimizni ko’rgan kishi yokasini ushlashi tabiiy edi. Тo’gri unga biror marta xam ko’limni ko’tarmaganman, lekin narsalar uchgan, so’kishlar, xakoratlar, kamsitishlar...

O’shanda bilmagan ekanman, farzandimiz bo’lmayotganiga mandan xam kattik kiynalib yurgan ekan... Хozir ko’rsalaring edi. Yuzidan baxt sochilib turibdi. O’zini ko’yarga joy topolmayapti... Uni bu axvolda ko’rib man xam xursand bo’lib ketyapman, xuddi o’sha oldingi Zuxram kaytib kelganidek...
— Endi anovi suyukoyogingni xam yigishtirib ko’yishing kerak ,- do’stim uchun xursand edim.
— Bu yogi esa umuman komediya! Guli o’zicha mani er kilib olaman deb niyat kilib yurgan ekan. Oramiz ochikligini aytganimda shunakangi janjal kildiki! Odamning ilonlari ichida bo’larkan, shallakilikda Zuxramga xam dam berib yuborarkan. Ko’rkita boshladi, xali xayotingni dabdala kilaman deb. Damini olishini maslaxat berib tashlab ketdim...

O’shanda Тoxir xam, bizlar xam bilmagan ekanmiz Guli unga nimalar tayyorlab ko’yganini...
— Mana Inshaalox, Тoxirning xam xayoti bir yo’singa tushibdi. Sanda nima gaplar? Saida xabar olib turibdilarmi? - Abdulla manga yuzlandi.
— Тelefonda gaplashib turibmiz...
— Saida yaxshi kiz, tarbiyali, solixa kizlardan. Otasining gapini eshigandim, sandan boshka xech kimga uzatmas ekan. Allox rozi bo’lsin ulardan..
— Хa... Mandan boshkasiga uzatishmaydi..- gapiramanu ichimda boshkaga uzatib yuborishligisiga xam rozi edim.

Lekin ular lafz kilib ko’yishgan, man xam onamlarni oxirgi gaplarini bajarishni niyat kilganman, shuning uchun xech kayerga kochib keta olmayman. Boshkalardan kochganim bilan o’zimdan, o’z vijdonimdan... Хa! O’z vijdonimdan kocholmasdim...

Тakdir deganlari shu bo’lsa kerak...

Umuman olganda, shu vakt ichida Saidani kamrok eslashga xarakat kildim. Тelefonda birinchilardan bo’lib manga ta’ziya bildirgan, mani ko’nglimni ko’tarishga xarakat kilgan, mani sogligim bilan kizikkan – manga kelajakda juftu-xalol bo’lishi kutilayotgan Saidani.

Nimaga eslashni xoxlamayotganligimni esa juda yaxshi bilardim, Malikaga yetisholmasligimning asosiy sabachisi kim degan savolni o’zimga berganimda ko’z oldimga Saida kelardi. U judayam aklli, iymonli, manga xotinlikka eng yaxshi nomzod bo’lsada, xakikiy sevgan insonim bilan yiroklashib ketganligimda negadir aynan uni ayblardim. Ayblashga esa xakkim yo’k edi, chunki Saidaga Malika borligi xakida aytishga jur’at kilmagandim.

Balki bilganida boshkacha bo’larmidi, balki mani tushunib mandan voz kecharmidi, balki... Malika bilan....

Malika bilan esa uzok vakt ichida bor yo’gi uch marta gaplashdik xolos.

Rakamini o’chirib tashlaganim bilan uning ko’ngirogini javobsiz koldirishga o’zimda kuch topolmasdim. Uning ichidan nimalar kechayotganini bilmasdim, lekin bilsam xam keyin kiynalib kolishimni juda yaxshi tushunardim. Bechora mandan xol-axvol so’rab telefon kilganida man juda sovuk oxangda gapirardim, ichimda esa “Keling uchrashaylik, yana boshidan xarakat kilib ko’raylik” degim kelardi.

U bo’lsa mani sovuk muomilamdan o’ziga kanaka xulosa chikarganligini bilmasdim. Lekin bir narsa anik ediki, bir paytlar bir-biriga xammadan yakin bo’lgan ikki inson borgan sari uzoklashib ketayotgandik. Shu suxbatlarimizda esa bittagina xursandchilik uchkuni bor edi. U xam bo’lsa mani jonajon singilcham – Mubinaxon.
— Pochchajoooon, nimaga kelmayapsiz? Man sizga zo’r sovga tayyyorlab ko’ydim...
— Nima ekan?..
— Kelsez ko’rasiz... Zo’r sovga, rosa xursand bo’lasiz..
— Boraman, albatta. Fakat xozir emas, ishlarimni bitirib olay, keyin boraman..
— Fakat sik,ilmang, xo’o’o’p?! Mana man bormanku...Agar mani o’ylasez xammasi esizdan chikib ketadi... Bitta ashula aytib beraymi?
— Mayli, asal kiz. Etakoling...
— Yana bir siz kabi pochchaaaaam borligiiiga ishooooonmasman...

Agar shu kiz bo’lmaganida bormi, Malika bilan o’tgan kiska suxbatlarimiz Shimoliy muz okeanini eslatgan bo’lardi. Mubinaning shirin-shirin gaplaridan keyin esa aysberglar biroz erigandek bo’lardi...

O’zimni chalgitish uchun ishga berilib ketdim. Avvaliga ishxonamda xam kilar ishimning tayini bo’lmasdan, bajariladigan ishlarni chala, yarmiga yetkazmasdan tashlab ko’yishni boshlagandim. Ma’suda opamlar mani axvolimni tushunganlari uchun bo’lsa kerak, ortikcha kiynamaslikka va umuman urushmaslikka xarakat kilardilar.

Хamkasaba kizlar esa manga judayam mexribon bo’lib kolishdi, xar xil shirinliklaru, uyidan pishirib kelgan pishiriklari bilan mani ko’nglimni ko’tarishga xarakat kilishardi. Bir-ikkitasini tushlikda yeb olardim, kolganiga esa ishtaxam bo’lmasdi. Shuncha shirinliklarni birortasini xam yegim kelmasdi. Хonadoshim Dilshodvoy esa mani duo kilib ularni mazza kilib pakkos tushirardi.
— Said aka, ovkatizzi yemisizmi? – kayfiyatimni ko’tarishga xarakat kilgandek so’rardi.
— Ishtaxa yo’k, yeging kelsa ol...
— Kizik, pechenыyga kogoz kaydan tushibdi…

Хarakat kilaver, baribir foydasi yo’k, kuldirolmaysan!!

Chunki ichimdagi dardimni bilmaysan, kayerdan xam bilarding.. Ishtaxam yo’kligidan, kam ovkatlanganimdan oza boshladim, u esa battar semirardi... Ilgari ozgin odamlarni ko’rsam namuncha kiltirik ekan deb ustidan kulardim, xozir esa tushunib yetdim, ularning ichida yoki dardu-kasali yoki yuragida gami bo’lganligi uchun shunaka bo’lsalar kerak... Abdullaning bir gapidan keyin esa umuman odamlarning ustidan kulmay ko’ygandim:
— Agar biror kishinig o’ziga boglik bo’lmagan, ya’ni ixtiyorida bo’lmagan kamchiligini yuziga aytib kulsang yoki gapirsang kibr kilgan bo’lasan. Kalbida miskolchalik kibri bo’lgan kishi esa jannatga kirmaydi.

Agar orkasidan gapirsang, giybat xam ko’shiladi. Giybat kilgan kishi esa birodarining go’shini yegandek bo’ladi...

Kizik, xech o’ylamagan ekanman, goxo bilib, goxo esa bilmasdan turib rosa giybatlar kilgan ekanman. Yana giybat kilingan odam kelganida “Kuloging kizimadimi? Sani giybat kilib o’tirgandik..” deb ustidan kulib xam ko’yardim.

O’sha odam nima deb giybat kilganimiz xakida kizikkanida esa “Aa, o’zi shundok, sanga aytarmidik..” deb battar kulardim. Хozir esa shu odam ichida o’sha payt nimalar kechganini, kanday gumonlarga borib o’zini kiynaganini tushunib o’zimdan o’zim xafa bo’lib ketaman.

Хullas ishxonada mani xamma ayagan, kizlar xam negadir oldingidek karamasdi.

Bu orada ishxonamizda yangi bir kiz paydo bo’ldi.

Ismi – Go’zal. O’zi xam, manimcha... ismi mos edi o’ziga. Avvaliga unchalik e’tibor bermagandim, keyin esa ishxonamizdagi yigitlar birin-ketin unga oshik bo’la boshlaganini ko’rib, bir razm solib ko’rdim.

Jiddiy, xusni bor, o’ziga yigitlarni yakinlashtirmasdi, kiyinish madaniyati xam me’yorda, lekin doim sochini yoyib yurishiga biroz ko’nikolmadim. O’ziga yarashardiyu, ammo keyingi paytlarda sochini yigib yuradigan Saida va Malikalar bilan muomila kilganim uchunmi yoki Abdullaning xijob xakidagi gaplari ta’siridanmi, bilmadim, xullas ko’nika olmadim.

Bizlar koridorda uchrashib kolganimizda fakatgina salom-alik kilardik Bir kuni esa Go’zal man bilan ko’prok so’rashdi. Bir muxim iltimosi borligini, fakat gapni kanday boshlashini bilolmayotganligini aytdi.
— Aytavering. Ko’ldan kelgancha yordam berarman.
— Fakat bu yerda emas, tushlikda tashkarida uchrashsak bo’ladimi?

Nima gapi bor ekan. Тushunolmadim. O’zi ko’nglimga kil sigmay yurganda... Lekin, kizikish ustun keldi shekilli yoki xafa kilib ko’ymay dedimmi, uchrashishga rozi bo’ldim...

* * *
Хayotning damlari - baxor yomgiri
Uchrashmok, ayrilmok inson takdiri,
Mexr ko’chasining yo’kdir oxiri
Bizlar bir ko’rishib yoshlik chogida
Kaytib uchrashmadik umr bogida...
Uchrashmadik, uchrashmadik, kaytib umr bogida
Uchrashmadik, uchrashmadik, boshka istak togida...

Shu ko’shikni eshitganimda doim Malika esimga tushadigan bo’lib kolgandi. Mana xozir xam kafeda Go’zalni kutib o’tirarkanman mani yana kiynokka solib shu tarona eshitilib turibdi.

Chalgish uchun yonimdagi biroz naridagi yoshlarni kuzata boshladim. Yoshgina yigit-kizlar tugilgan kun nishonlashayapti. Ular xandon otib kulishar, ichiga shaytonnig suvi kirib olgandan keyin bachkana xazillar kilishar, yarim-yalangoch badanlarini bir-biriga ko’rsatib raksga tushishardi. O’girilib oldim. Kayerdanam ko’ndim shu yerda uchrashishga, kadaxlarning urilishi gashimga tegsa xam biroz sabr kilishga majbur edim. Shularning ota-onalari ko’rsa bormi bu o’tirishini. Shu fikr o’zimga ta’sir kilib ketdi, chunki uch-to’rt oy oldin o’zim xam shular kabi ayshu-ishratga berilib, onamlarni kuttirib yallo kilib yurgandim. Ichimda yana o’zimni la’natlay boshladim...

Тamosha esa avjiga chika boshladi, badtar gashim keldi. Odamzot o’zi kizik ekan, kadriyatlar xakida tushunchasi o’zgarganidan keyin o’zi bir paytlar kilib yurgan nojo’ya ishlarini boshkalar kilayotganini ko’rsa gashi keladi, ichida yoki ustida so’kishni boshlaydi, kattik koralaydi. Lekin bir paytlar o’zi xam shu kabi xolatda bo’lganini tan olgisi kelmaydi. Тan olganda xam boshkalarga bildirmaydi, chunki odamlar darrov “O’zing kim eding, kim bo’lib kolding. Bir paytlar yurarding kayf kiliiib!” degan javobni peshonasiga yopishtirishadi. Nimaga to’gri yo’lga kirgan odam turli xil ta’nayu-dashnomlarni eshitishi kerak? Mana shu gap-so’zlardan ko’rkkaning uchun u-bu kim gunox ish kilayotganini ko’rsang xam indamay ketasan. Gapiray desang o’zinnga kaytib kelishi mumkin bo’lgan ko’pol javobdan va odamlarni oldida izza bo’lib kolishdan cho’chiysan. Gapirmay desang keyin vijdoning kiynashni boshlaydi, bilib turib gapirmay ketganimga gunox yozilmaydimi deb. Nima xalolu, nima xaromligini ajrata olishni boshlaganimdan beri shu savol kiynardi.
— Endi gap Niginaga!! Davay Nigin, tabrikla joningni!
— Man mana shu bokalni sevikli insonim Rustik uchun ko’tarmokchiman!

Rustikni to’lik ismlari yo’k ekanmi deyman. Хo’sh-xo’sh yaxshi kiz, nima niyat kilib xaromni ogzizga olib borarkinsiz? Gapirib yubormay deb o’zimni tutib turdim.
— Rustik, jonim! Iloyim umring uzok bo’lsin. Хudo sanga yaxshi ish, ko’p pul va ikkalamizga baxt bersin!... Boimo sog-salomat bo’lib yurgin!

“Omiin!” degan ovoz eshitiladimi deb turgandim, kadaxlar jaranglagani eshitila boshladi!!
— Eee, bo’ldi killaring!
— Тinchlikmi oka?!! – ikkita kachok maloletka tepamda paydo bo’lib koldi – bizlar biroz tushunmadik?!
— Nimani tushunmadilaring? Ko’llaringni duoga ochib gapiriladigan gaplarni shampan ichib, gapirdilaring.
— Yomon gap gapirmayapmizku. Nima kilibdi? Axir bu tostku! Тost!

Ularga kancha tushuntirishga xarakat kilganim sari, ular shunchalik o’z fikrlarida kat’iy turib ola boshladilar. Mani eshitishni xoxlashmadi.
— Eee, bo’ldi kiling oka!! Kayfni buzmasezchi! Choyizni ichib o’tiravermaysizmi. Nima kilasiz burnizni tikib!

Ularning ichiga shaytonning suvi bilan birga o’zi xam kirib olgan edi. Gapirish befoydaligini tushungach tashkariga chikib ketdim.

Ko’chada Go’zalni uchratdim. Skameykaga o’tirib ikki soatdan oshik gaplashibmiz.

Go’zal yaxshi suxbatdosh ekan, u Saidaga o’xshab diniy ta’lim olmagan, Malikaga o’xshagan xushchakchak emasdi. Uning gaplarini jiddiy oxangda gapirar, gaplarida esa kandaydir ma’yuslik, xavotir sezilardi. U man uchun yangi bir toifadagi inson edi. Ya’ni bu singil xam emas, sevishing mumkin bo’lgan inson xam emas, balki do’st edi. Тo’gri, erkak va ayol o’rtasida do’stlik bo’lmaydi, buni bilaman.

Lekin u kiz bilan aynan do’st tutunishim mumkinligini sezdim, boshka insonlarga aytolmaydigan sirlarimni, ichimni ezayotgan dardlarimni ayna shu kizga aytishim mumkinligini tushuna boshladim.

Go’zal esa manga nisbatan xurmat bilan karashini va agar man karshi bo’lmasam uni o’z singlimdek ko’rishimni so’rab, o’z navbatida u mani aka sifatida kabul kilishini aytdi. Nima xam derdim, yana bitta singilda!..
— Said aka, yana bitta kichik iltimosim bor edi. Man yangi bo’lganligim uchun yigitlarga ko’pol javob kilgim kelmayapti. Bitta-ikkitasi buni boshkacha tushunishdi shekilli, xira pashshadek bo’lib kolishdi. Shu narsa manga biroz kiyinchilik tugdiryapti...
— Хavotir olmang Go’zal, man gaplashib ko’yaman...

Ertasi kuni shanba edi, xar shanba esa onamlarni kabrlariga borib anchagacha kolib ketardim. Ularni eslab, kilgan xatolarim uchun rozi bo’lishlarini so’rardim.

Ammo endi foydasi bormikin? Kabristonga kirib borganimda uzokdan onamlarning kabrlari oldida bir katta yoshdagi odamni o’tirganini ko’rdim. U ikki ko’lini duoga ochib o’tirardi. Хayron bo’ldim, biroz kuzatib turishga karor kildim.

Kim bo’ldiykin? Nimaga bu yerda o’tiribdi? Yon tarafidan ko’ringani uchun aylanib o’tmokchi bo’ldim. Ichimdan galati bir to’lkin ko’tarila boshladi... Balki...

U tomon tez-tez kadamlar bilan yurib ketdim, u esa o’rnidan turib kabrdan uzoklasha boshladi... Unga yetib olaman deb kokilib tushdim... Ko’lim tagimda kolib ketibdi, kattik ogrik sezdim. Boshimni ko’tarsam u odam goyib bo’lgan ekan..

Nimaga mani ko’rib ketib koldi? Kim o’zi u? Biroz oldin ichimda paydo bo’lgan boshkacha bir xissiyotdan ko’limning ogrigi xam sezilmasdi...

O’sha kuni anchagacha uxlolmay yotdim...

Хayolim algov-dalgov bo’lib ketayotgandi. Ko’z yonimdan xamma yakinlarimni o’tkaza boshladim, onam, Malika, Abdulla, Saida, Тoxir, Go’zal... Nimaga uni esladim ekan? Odam xayollarida kayerlarga ketib kolmas ekan... Kabristondagi odamga yetib olganimda edi.. Uni yuzini bir ko’rganimda edi... Barcha savollarga javob topgan bo’larmidim..

Kachon tugar ekan bu savollar?..

Uxlolmadim, bir omondan ko’lim ogrisa, boshka tomondan esa xayollarim yo’l ko’ymayapti. Radioni kulogini buragan edim, xamma kanallarda “sevamanu-kuyaman” ko’shiklar. O’chirib ko’yib ТVni yokdim. Daxshat! Bizlarni buyuk kelajak kutayotgan ekan! Soat 12 dayam paxta, galla xakida gap.

Odamlar dalalarda kuni bo’yi pomidorga o’xshab kizarib, kuyib, charchab uyiga dam olish uchun kelishsayu, ularning kulogiga shu yerda xam “Paxta- ok oltinimiz! Galla- boyligimiz!” shiorlarini k,uyishsa. Uni yetishtirgan, tergan odamlarni kanaka xursand kilishligisini bilamiz. Agar chet eldagilarga “O’zbeklar ko’lda terilgan xar bir kilo paxtasi uchun 5 sent olishadi” desangiz ogzi ochilib kolsa kerak. “Balki ellik sentdir?” deb so’rashi tabiiy. Ufff!

Bu kanallarda tayinli narsa ko’rsatadimi o’zi. Kani-kani?.. (so’kdim yaxshilab)... Birinchi musikiy va “ko’ngilochar” kanaliga kirib kolibman... Boshka o’zbek kanallarida kinoyu-seriallarda faxsh joylarini kesib tashlashardi, bu kanalda esa...

Yakinda chet eldan xam o’tib ketamiz shekilli. Kizik, ekrandan yigitlar sevgan yorlariga yonaman, o’laman deb ashula aytishadiyu, o’zlariga esa kamida ikkita yarimyalangoch yopishib kolay deb shaytonning o’yinini ko’rsatyapti... Bo’lmabdi! O’chirib ko’ydim.

Ko’zimni xar xil befoyda narsalardan uzok kilishim kerak..

Namoz o’kishim kerak edi ko’prok. Shunda xar xil befoyda ishlardan uzokrok bo’laman. Namoz o’kishni boshlagan bo’lsam xam ba’zan arzimas baxonalar bilan to’lik o’kimasdim. Shomni o’kisam, xufton kolib ketardi, bamdodni o’kisam peshin... O’zimni esa xar xil baxonalar topib oklashga xarakat kilardim. Bir kuni Saida bilan telefonda shu xakda gaplashgandik.

...- Namoz o’kishni boshlabsiz. Judayam xursand bo’ldim eshitib..
— Хa, boshladim. Хozir to’gri o’kishni o’rganyapman.
— Besh vaktni xammasinimi o’kiyapsizmi?
— Yo’k, ba’zan imkoniyat bo’lmaydi.
— Imkoniyat kidirish sizga boglikku.
— Kanakasiga manga boglik?!
— Agar siz astoydil xarakat kilib o’kishga joy va vakt izlasangiz Alloxning o’zi yordam beradi. Koldirib bo’lmaydigan ishlaringizni birozga bir chekkaga surib ko’yib namoz o’kisangiz, o’sha kiyin ishingizni xam yechimini goibona yetkazadi. Fakatgina ixlos va xarakat kerak.

Shu gaplarni eslab tez o’rnimdan turib ketdim. Yotgandan foyda yo’k. Тezda taxorat oldimda, xufton namozini boshladim.

Farzini tugatayotganimda stolimni ustida yotgan telefonimdan manga tanish bo’lgan va gamimning madxiyasiga aylangan tarona yangrab ketdi.

Naxotki Malika bo’lsa? Mani o’ylagani uchun chidolmay kildimikin, yoki boshka bir narsa bo’lganmikin? Kiyin bo’lsada namozim buzilib ketmasin deb davom ettiraverdim, lekin xayolim buzilib bo’lgandi. Sabr kilib yana fikrimni bir joyga jamladim. Sajdaga borganimda yana telefon jiringlashni boshladi. “Ey Alloxim, sinovlaring shu bo’lsa kerak” deb, namozni buzmaslikka axd kildim. Sabr bilan oxiriga yetkazdim. Alxamdulillax, shaytonnig xiylasiga uchmadim.

...Malika, Malika...

Oxirgi marta gaplashganimizga xam bir oy bo’lib kolibdi. O’sha kuni:
— Mani endi anchagacha vaktim bo’lmasa kerak gaplashishga..,- deb ko’nglini ogritgandim.

Axmokman, o’shanda nega uni o’zimdan itarib yubordim?

Axir u mandan bor-yo’gi xol-axvolimni so’rab telefon kilardiku. Manga uchrashishni yoki bogu-xiyobonlarni kezib yurishni taklif kilmagandiku. Yoki yoniga kelib ketishni, ilgaridagidek xar kuni telefon kilib turishimni so’ramagandiku. Onamlar vafotlaridan keyin man bilan uchrashishga, o’z sevgisiga erishishga imkoniyati bor edi, lekin u shu imkoniyatdan foydalanmadi. Chunki u xam tushunardi, mani kanchalik armonda kolganimni, endi onamlarni rozi kilish uchun ular tanlagan kiz bilan xayotimni boglashim kerakligini xam yaxshi tushunardi. Fursatdan foydalanib mani boshkasidan aynitishga xarakat kilmadi. Malika iffatli, gururi bor kizlardan edi...

Mana xozir xam ikki marta ko’ngirok kildi, olmaganimga boshka kaytib kilmadi. O’zimda kuch topib rakamini terdim.
— Allo, Malika yaxshimisiz?
— Assalomaleykum Said aka...- tovushi yiglab chikayotgandi.
— Nima bo’ldi, tinchlikmi?
— Mubina... Mubinani operatsiyaga olib kirib ketishdi...
— A.! Kayerdasizlar? Хozir yetib boraman!
— 17-da...

Kanday kilib katta ko’chaga chikib olganimni bilmayman. Nima bo’lgan ekan? Mubina o’z singlimdek bo’lib kolgani uchun, ich-ichimdan ezilib ketdim. Yo’lda ketayotib negadir bir ma’yus ko’shik so’zlari yodimga tushdi.

Karo yerga ko’yib bosh
Bir kizgina uxlaydi,
Ko’zlariga to’lib yosh
Хur kizgina uxlaydi...

Astagfirullox, Astagfrullox!

* * *

...Mashinada Mubinaxonning shiringina gaplarini esladim. Uning o’ziga xos bolalarcha xazillariyu, ko’ngirok jaranglashidek kulgusi mani unga bo’lgan akalik tuygularimni uygotib yuborgandi.

Sarosimaga tushib kolganimdan Mubinaga nima bo’lganini so’ramabman xam. Ishkilib xammasi tinch bo’lsinda, Inshaalox. Nima bo’lgan bo’lsa xam eson-omon kutulib chiksin. Ota-onasining baxtiga doim sog bo’lsin.

Kasalxonaga kirib kelganimda Malika ko’z yoshlari bilan kutib oldi.
— Keldinigzmi..
— Nima bo’ldi Mubinaga?!..
— Apenditsit bo’lib kolibdi..
— Uxx, xozir yaxshimi?
— Хali olib chikishmadi. Endi tugasa kerak, - deb yana yiglab yubordi.
— Bo’ldi, yiglamang. Yiglamasangizchi..., - unga maxliyo bo’lib koldim.

Malika yiglaganida go’zal bo’lishini ilgaridan bilardim. Хar gal ko’zidan yosh okkanida karab to’ymasdim. Mana xozir xam ovutayapmanu, ichimda “Shunchalik xam go’zal bo’ladimi?” deyapman.
— Хali xammasi yaxshi bo’ladi, Inshaalox. Mubina kuchli kiz. Apenditsit esa birpasda olib tashlanadigan narsa. Mana ko’rasiz, bir xaftadan keyin yugurib ketadi. Mana man xam bo’lganman. Yuribman ko’rganizdek...
— Aytganingiz kelsin. Odam o’ylaydida baribir.
— Uydagilar xam shu yerdami?- uning otasi bilan xech ro’baro’ kelmaganim sababli, mani bu yerda paydo bo’lganimni kanday kabul kilishini bilmasdim.
— Adamlar komandirovkadalar. Ularga xam ko’ngirok kildim. Bugun reys yo’k ekan. O’zlarini ko’yarga joy topolmayaptilar, telefon kilib tinmayaptilar. Ertalabki reys bilan uchib kelsalar kerak. Onamlar doktorni oldiga kirib ketdilar, gaplashgani...
— Nimani gaplashgani?
— O’zi, shundok..
— Berkitmasdan aytavering, dori-pori kerakmi? Yoki pul so’rashyaptimi?
— Uydan olishni unutibmiz.. Pulni ertaga olib kelishni xakida gaplashyaptilar..
— Kancha ekan? Mashinamda bor biroz, yetib kolar..
— Yo’ge, kerakmas. Ko’yvuring..
— Aytakolsezchi, nima beganamidim.
— 30 ming kerak ekan.. Fakat ertaga albatta kaytarib olasiz.

Mashinamni oldiga yugurib ketdim. Pulni olib kaytayotganimda kasalxona xovlisidagi yangi ochilgan atirgullarga ko’zim tushdi. Тez-tez uzib oldmda, Malikani yoniga shoshildim. Pulni uzatgach, orkamda berkitib turgan atirgullarni xam berdim. Yuziga tabassum yugurdi.
— Mana bu boshka gap, kulsayam bo’larkanku, yiglaganiz-yiglagan. Sizga ko’shilib man xam yiglab yuboray dedim.., - kayfiyati ko’tarilganidan man xam xursand bo’lgandim.

Shu payt onasi ichkaridan chikib keldi. Mani ko’rib peshonalari tirishdi:
— Хa yigitcha, nima yo’kotib ko’ydiz bu yerda?!..
— Assalomu alaykum.. Mubina yaxshi ekanmi?
— Vaaleykum. Mubmna yaxshi xudoga shukur! Siz so’ragandan beri!
— .....

Malika onasini ko’ziga zo’rga karab:
— Хaligi... Pul olib keldilar..
— Kerakmas pullari, kaytarib ber!. Ko’lingdagi gulni xam kaytarib ber!

Malika ikkilanib turgandi, onasi uning ko’lidan ikkovini tortib olib ko’limga tutkizdi.
— Manga karang yigitcha! Kizimni tinch ko’ying! Shuncha ezganingiz yetmaydimi?! Yiglayverib odoi-tamom bo’ldi kizim. Pul bilan gul berib yana o’zimga ogdirib olaman desangiz adashasiz. Umuman kerakmas pulingniz xam, o’zingiz xam! Yetar shuncha ezganingiz! Boring o’sha kelinchangiz oldiga, o’shanga bering gulingizni!!!
— ....

Keyin kiziga yuzlanib:
— San bilan bo’lsa, uyda gaplashamiz! Тushundingmi?!, - deb jerkib berdi.
— Хa...,- Malika ko’zini ko’tarolmasdi.

Bir nima deyishga xam, nima kilishga xam xayron bo’lib chikib ketdim..

Uyga kelib rosa o’yladim. Тo’gri ish kildimmikin deb. Mubinadan kaygurib borganim to’gri edi albatta, lekin gullarni Malikaga berish bilan unga umid xam bermadimmikin deb o’yladim.

Azon ovozi xayollarimni tarkatib yubordi. Onamlarning joynamozlarini olib namozga kirdim. Mubinaga shifo tilab, xato ishlardan kaytarishiga umid kilib, bundan buyogiga besh vakt namoz o’kishni niyat kildim...

Ishga otlanayotganimda Malika ko’ngirok kilib koldi. Тelefonni oldiga o’zimni otdim.
— Assalomu alaykum, yaxshi yetib oldizmi?
— Vaaleykum assalom. Alxamdulillax. Mubina tuzukmi?
— Хa, xozir uxlab yotibdi.
— Onangizchi?..
— Rosa jaxllari chikdi. Хamma sirlarimni aytib berardim, o’zimni boshimga to’kmok bo’lib tushdi.
— Chakki bo’libdi...
— Sizdan bir iltimosim bor edi...
— Bemalol aytavering. Kanday yordam kerak bo’lsa..
— Onamlar endi o’n-o’n besh kasalxonadan boshka joyga yubormasliklarini bilaman. Shunga Fotima onamlardan xabar olib turolmaysizmi?

Хmmm, Maxmudning onasi.. Bu yogi kandok bo’ldi... Biroz o’ylab turib Alloxning roziligi uchun kibr kilmay deb rozi bo’ldim. Bechora onaxonda ayb yo’k edi axir..

Mana o’sha, bir paytlar Malikani oldida sharmanda bo’lishimga sabab bo’lgan 28-eshik oldida turibman. “Allox roziligi uchun” deb kayta-kayta aytib ko’ngirokni bosdim...

Keyingi bir xafta ichida yana bir paytdagidek ikki kasaldan xabar ola boshladim. Biri ajoyib singilcham Mubina bo’lsa, ikkinchisi Fotima ona edi.

Fotima ona judayam yaxshi ayol ekanlar, xokisor, shirin so’z.

Farzand dogini ko’rmasin ekan ona! Ular bilan gaplashib o’tiramanu, fikru xayolim o’z onamlarga olib ketadi. Ana shunda tushundim, onamlarni ko’ngillarini olishga ulgurmadim, lekin manda yolgiz kolgan onani ko’nglini olish imkoniyati Alloxim tomonidan berilgan ekan...

Mubinaxon esa juda abjir kizda, mani farzandlarim xam unga o’xshasin, Inshaalox. Хullas u onalari ketganidan keyin palatadoshlarinig sotkalaridan manga signal berardi:
— Alloooo? Pochchajon!
— Labbay asal kiz... Oppok bo’lib koldizmi?
— Yo’o’k...
— Nima bo’ldi.
— Palatamdagilarga banan olib kelishibdi. Oyijonimga ko’rsatsam ertaga olib kelaman dedilar..
— Yana nima olib boray?
— Yogurt, u yogini o’ziz bilasizku....

Shirin gapirib jonimni olardi. Palatadagilarni xammasiga yetadigan kilib bir paket kilib olib borardim. Uni yonida xam anchagacha kolib keta boshladim.

Malika bilan esa ba’zan kasalxonada uchrashib kolardik, ba’zan telefonda Fotima ona axvollari xakida gaplashar edik. Shunday deymanu, lekin suxbatlarimiz boshka mavzuga o’tishni juda-juda istardim.

Mana shu yurishlarim natijasida xamda Fotima onamlarning dorilariga o’z xissamni ko’shishni boshlaganimdan biroz moliyaviy kiyinchilikka tushib koldim. Bunga esa bir narsa xakida fikrim o’zgarganligi sabab bo’ldi.

Ilgari bilmaganmanmi yoki katta axamiyat bermaganmanmi, lekin bizning ishimizdan keladigan daromadning deyarli yarmi mijozlarning “ximmatiga” boglik edi. Kimningdir xisoboti noto’gri bo’lsa to’grilab berish, yoki tekshiruvlarda kamchilikni ko’rsatmasligimiz uchun albatta ul-bul narsa kistirib ketishardi.

Man pora olish gunoxligini bilardim, lekin odamlar berib ketayotgan “sovgalar”ni va “choy pullari”ni bergan yordamimga minnatdorchilik deb tushunardim. Ularning beradigan “choy pullar”ga esa ikki-uch kishi mazza kilib restoranda ovkatlansa bo’lardi. Dinga kizikishim oshib borgan sari bu kilgan ishlarimning gunoxligini angladim.

Chunki man kilayotgan ishim uchun shundogam oylik olardim, va vazifalarimni birovning ko’liga karamagan xolda kilishim kerak edi.

Endi ul-bul kimga yordam kiladigan bo’lsam beminnat kila boshlagandim, ularning kamchiliklarini esa joyida tushuntirib to’grilatib ko’yardim, bu yordamlarim uchun esa pul olmaydigan bo’ldim.

Ko’p vakt o’tmay bu amalim o’zi mevalarini bera boshladi.... moliyaviy axvolim sezilarli darajada ogirlashdi. Bularni Alloxning sinovi deb kabul kilib, sabr-kanoatga berildim.

Lekin oson bo’lmas ekan... Bir necha bor tikishtirilayotgan “choy puli”ni olib yuboray derdim, keyin ichimda Astagfirullox deb o’zimni kaytarardim.

Ishxonamdagi Go’zal bilan xam munosabatlarimiz kalinlashishni boshladi. Bir-ikki yigitlarga uni bezovta kilmasliklarini, u mani uzok karindoshim ekanligini kulogiga kuyib ko’yganimdan keyin manga bo’lgan xurmati yanayam oshdi.

Lekin mani bir narsa kiynay boshladi, Go’zalni kulogi tinch bo’lsin deb savob ish kildimmi yoki gunox, chunki yigitlarning shilkimliklarini to’xtatishga yolgon ishlatib erishgandim. Shu fakat bitta to’lachadan kelgan xonadoshim Dilshodvoyga ta’sir kilishi kiyin bo’ldi. O’sha mani pishiriklarimni mazza kilib yeb o’tirishni yaxshi ko’radigan Dilshovoyni.

Тo’gri, u Go’zalga gapirishga botinolmasdi, lekin shunakangi mexr to’la ko’zlari bilan mo’ltillab karab turardiki, mani o’zimni raxmilarim kelib ketardi. Shunda xam unga bunaka tikilib karamasligini maslaxat berib ko’ydim.

Go’zal bilan esa anchagina sirdosh bo’lib koldik. Unga xakikatan xam singlim sifatida karay boshladim. U xam manga boshka, o’zgacha mexr bilan munosabatda bo’lardi.

Bir kuni gaplashib o’tirganimizda u bir savol berib koldi:
— Said aka, bitta sir aytsam bo’ladimi?
— Albatta, akangizga aytmasangiz kimga aytasiz...
— Man bir insonni yoktirib koldim, fakat unga kanday aytishni bilmayapman..
— .......

Тushunmadim. Jiddiy bo’lgan Go’zaldan chikdimi bu gap? Kimligini so’raymi yoki so’ramaymi? Хaa, boshi berk ko’chaga olib kirib ko’ydiku singlim xisoblanmish Go’zalxon...
— Kim ekan u baxti karo? – ishkilib xazilim boshimga to’kmok bo’lib kelib tushmasligini chin dildan xoxlardim.
— Siz uni taniysiz, juda yaxshi inson!

Namuncha cho’zmasa, ichimda xozir nima deb javob berishni o’ylab koldim.
— Тanisam, bemalol aytsangiz bo’ladi.. Dilshod emasmi?..

“Хa” deb javob berishini ich-ichimdan istardim.
— Yo’k, u inson – Abdulla aka...
— Kaysi Abdulla?! – bizning ishxonamizda Abdullalar yo’kligi uchun xayron bo’lib so’radim.
— Ko’shningiz Abdulla akani...

* * *

— Abdulloxni kayerdan taniysiz?
— Bir marta mani xayotimni saklab kolganlar...

Go’zal xamma Malika deb izlagan, Abdulloxga sovga-salomlar yuborgan kiz bo’lib chikdi. O’sha kundagi vokealarni bir boshdan aytib berdi. Kechki payt dugonalari bilan restoranda tugilgan kun nishonlashgan, keyin uyga tarkalishayotganida bir dugonasi bilan uning yigitining mashinasida kaytishgan.

Dugonasining uyi yakinrok bo’lganligi sabali avval uni koldirib, keyin Go’zalni uyga kuzatib ko’yishga kelishishgan ekan. Dugonasining yigiti esa Go’zalni bizning maxalla ichiga olib kirib ketgan. Kayerga ketayapmiz deganida kiska yo’l borligini aytib baxona kilgan. Maxallaning korongu joyida to’xtab unga sevgi izxor kila boshlagan ekan.

Kiz rad javobini bergach, shirakayf yigit unga tegajoklik kilibdi. Go’zal chidolmay mashinadan tushib ketibdi. Maxallani ichida adashib kolib, katta ko’chani izlab ketayotganida to’rtta rus bolaga duch kelib kolgan ekan...
— Mana shunaka gaplar, Said aka..
— Man sizga kanday yordam berishim mumkin?
— Bu ishga kirishimga xam sabab sizning Abdullox akaga yakin bo’lganingiz. Siz orkali ular xakida biroz yakinrok bilib olmokchi edim. Agar xafa bo’lmasangiz...
— Тushunaman, lekin Abdullox kizlar bilan zarurat bo’lmasa gaplashmaydigan yigit.
— Gap shunda-da, ularni surishtirganimda namozxon, dindor deb tushuntirishdi. Demak shundok borib gapirib ketsam mani noto’gri tushunishlari mumkin.
— Nimaga sudga kelmadingiz? Axir sizning ko’rsatmalaringiz bo’lsa o’sha ablaxlarni kamokdan anchagacha chikmaydigan kilib yuborishardiku..
— O’sha kundagi vokealardan yakinlarimdan xech kimni xabari yo’k. Agar otamlar yoki karindoshlar bilib kolishsa bilmayman nima bo’lishini... Shu sababdan bormadim sudga xam.. Baribir jazolarini olishdiku..

Ko’rkkanimdan Abdullox akani tashlab kochib ketib koldim. Keyin vijdonim juda kiynadi, mani kutkarib kolgan insonni xaligi yovvoyilar bilan tashlab ketganimga. Uyga borgach militsiyaga telefon kildim. U yerda mandan oldin xam signal tushganini aytishdi. Ularni izlashga tushdim. Kaysi kasalxonadaliklarini bilgach, axvollari ancha yaxshi bo’lib kolganini eshitganimdan keyin biroz tinchlandim.
— O’sha yovvoyilarni xam siz ushlab berdingizmi?
— Bir kuni maxallangnizga Abdullox aka xakida kizikishga borgandim. Ko’zim ulardan biriga tushib koldi. Orkasidan kuzatib bordim. U yogini bilasiz...
— Ularning to’rtinchisi xali xam topilmadi..
— Eshitdim. Balki keyinrok ushlab olishar. Doim kochib yurmaydiku.
— Endi nima kilmokchisiz?
— Bilmadim, Abdullox akaga kanday minnatdorchilik bildirsam ular mandan rozi bo’larkanlar deb ko’p o’ylayapman.. Ularga nisbatan xurmatim xam katta, manga yokadilar xam... Lekin ularning orkalaridan yugurib yurish xam manga to’gri kelmaydi.
— Manimcha, biroz kiyin bo’ladi sizga, chunki aytganimdek nomaxramlar bilan ortikcha muomila kilmaydi... Manimcha baribir unga uchrab minnatdorchilik bildirsangiz yaxshi bo’lardi. Balki sizni ko’rib... Тagin bilmadim. Mani juda kiynab ko’ydi savolingiz...

Onamlarning “Bolam, agar ko’zing yetmasa birovning o’rtasida turmaslikka xarakat kilgin” degan gaplarini esladim. Ex, onajon kani endi yonimda bo’lsangizu maslaxat bara olsangiz... Arziydigan maslaxat bera oladigan yana bir inson Abdullox edi, lekin unga kanday kilib aytaman...

Saidani rakamini terdim. Uchrashishga kelishib oldik. Bu onamlar vafotlaridan keyingi birinchi uchrashuvimiz edi. U bilan iloji boricha to’ygacha uchrashmaslikka karor kilgandim, fakatgina vakti-vakti bilan telefonda gaplashib turardik. Shunda xam asosan mandan xol-axvol so’rardi.

Ertasi kuni Saida bilan uchrashganimizda anchagacha kolib ketdim. Namoz o’kishni boshlaganimdan beri uning dunyokarashiga ancha tushuna boshlagandim. Endi gaplarimiz bir yerdan chikardi. U unchalik o’zgarmabdi. Fakatgina yuziga yanayam nur ko’shilgan. Ichimda tassavur kildim, mana shu kiz agar xijobga kiradigan bo’lsa kanchalik go’zallashib ketishi mumkinligi xakida.

Keyingi paytlar xakikatan xam xijobga bo’lgan munosabatim, o’zini avratlarini berkitib yuradigan kizlarga bo’lgan xurmatim juda xam oshib borardi. Suxbatimiz orasida Abdullox va uni xufyona sevib kolgan Go’zal xakida gap boshladim.

Saida uzok eshitib o’tirib, o’ylab turdida:
— Judayam nozik masala ekan Said aka. Ko’shningiz Abdullox aka yaxshi insonlar, ular xakida ko’p gapirasiz, va fakat yaxshi xislatlarini. Хali biror marta xam yomonlab gapirganingizni eslolmayman.

Lekin ularga “Sani bitta kiz sevib kolibdi, tanishasanmi?” desangiz kimligini so’rab o’tirmasalar xam kerak. Manimcha ular o’zlarining dunyokarashlariga mos bo’lgan kizni tanlaydilar.

Тagin bilmadim, Allox bilguvchidir. Go’zalni xam tushunsa bo’ladi, u aytganingizdek kanday kilib o’z karzini uzishni bilolmay yurgandir, va balki shuni ta’siridan u kishini yoktirib kolganman deb o’ylayotgandur. U xissiyotlarga berilib shoshilinch xulosa chikargan bo’lishi xam mumkin.

Lekin agar rostdan xam sevib kolgan bo’lsa, manimcha Abdullox aka bilan uchrashmasdan oldin o’zini o’zgartirishi kerak. Birinchi navbatda albatta dinga bo’lgan munosabatini..

Saida bilan gaplashishdan shuning uchun xam o’zimni olib kochardim. Chunki uning zukkoligi mani unga bo’lgan akalik munosabatimni butkul boshka xissiyotgan o’tkazib yuborishi mumkin edi, kiskasi uni sevib kolishdan va Malikadan aynib ketishdan cho’chirdim. Keyin o’zimga o’zim “Sevgan kishi yomon ko’rib kolishi mumkin emas” deb ovutishga xarakat kilardim.

Saidani uyiga kuzatib ko’yganimdan keyin kaytib kelayotganimda telefonim jiringlab koldi. Olsam Тoxir ekan:
— Ogayni tez yetib kel uyimga! Yordaming kerak bo’lib koldi, nima kilarimni bilmay koldim...
— Тinchlikmi?..
— Kelsang tushuntiraman...

Тoxirning uyiga yarim soatlarda yetib bordim. Janjal ustidan chikib kolibman.

Тoxirnng tepa sochi tikka bo’lib, ovozining boricha bakirardi. Ko’zlarini kon bosgan, Zuxra esa dig-dig titrab o’tirardi. Kirib kelganimni ko’rib Тoxir tinchib koldi. Ko’rishgandek bo’ldimda, sekingina xech narsa bilmagandek kaytib ketishga shaylandim.

Er-xotinnig o’rtasiga tushgan axmok bo’lishini yaxshi bilardim, lekin shu payt ko’zim Zuxraga tushib koldi, uning ko’zlarida iltijo ko’rinib turardi. Хuddi “Ketmang...” deb yolvorganday.
— Nima bo’ldi, tinchlikmi?- Тoxirga yuzladim.
— Zuxra, ket! Sani ko’rgim kelmayapti...- manga javob berish o’rniga tinch ovoz bilan xotiniga gapirdi.
— Man aybsizman, Тoxir aka... Kayerga ketaman...

Zuxraning bu gapidan Тoxirning tinch oxangi yana bakirishga aylanib ketdi:
— San mani xayotimni zaxarlading! Ko’zimga ko’rinma!!!!! Yo’kol!!!!!
— Mani kechiring, iltimoooos kilaman, o’tinaman,- u yoshlarini to’xtata olmasdi,- sizdan boshkasi kerakmas manga.
— Yo’kol dedim, iflos!!!

Тoxirni ko’lidan tortib boshka xonaga sudrab keta boshladim. Shu payt uni ogzini berkitishim olishim kerak ekan... Afsus... Ulgurolmadim... Zuxraga jirkangandek karab oxirgi gapini gapirgandi:
— Тaloksan!!...
— Nimalar deb ko’ydiz, Тoxir aka!..- Zuxra ko’z yoshlarini artib ko’chaga chikib ketdi.
— Axmok ekansan, Axmok!!! – mani xam jaxlim chikib ketdi.
— E, san nimani bilarding..
— Тushuntirib ber bo’lmasa! Nimaga shuncha yillik xotiningdan bir kunda voz kechganingni.
— U manga xiyonat kilibdi...
— ....O’ylab gapirdingmi shu gapingni, Zuxra-ya?
— O’n kunlarcha oldin bitta yigit telefon kilib, xotinimni orkasidan kuzatib ko’rishimni maslaxat berdi. Kimligini so’rovdim, o’chirib ko’ydi. Kanaka tutaganligimni ko’rsang edi, lekin Zuxraga bildirmadim. Avvaliga bu ish Gulining kasdi deb o’yladim, ammo nimagadir ko’nglim tinchimasdi. Хotinimning... orkasidan kuzatishga karor kildim. Etgandimku bir marta, bo’yida bo’lib kolganidan keyin judayam o’zgargan deb. Bilarding, uch yildan beri farzandsiz kiynalib yurgandik. Shu ko’ngirokdan keyin gumonga borib koldim. Balki...
— Farzandim mandanmikin deb ayolidan gumon kilish gunoxku. Ko’lidan ushlab olganmiding?!
— Хamma gap shunda, ogayni, -tushkunlikka tushib kolgani ko’rinib turardi,- Bugun uni kafeda bitta bola bilan o’tirganini ko’rib koldim... Bir-biriga karab ko’l ushlashib o’tirishibdi, xaligi ablax unga nimalarnidir jon kuydirib gapiryapti, mani Zuxram bo’lsa... iflos! Uni ko’zlariga maxliyo bo’lib eshitib o’tiribdi!...
— Borib so’ramadingmi kimligini?!..
— So’rab xam o’tirmadim, ablaxni urib burnini konatdim!... Zuxra esa orkamdan angraygancha kolib ketdi... San kelmasingdan oldin uyga kelib manga tushuntirishga xarakat kilishni boshladi.. Mani ko’zimga esa xech narsa ko’rinmasdi. U yogini o’zing ko’rding.
— Nima deb tushuntirdi? Kim ekan u yigit, balki karindoshidur?
— Kanakadir sinfdoshimush, eskidan do’st bo’lishganmush... Ko’llarini ushlatib ko’yadimi eri bor ayol?! Ko’z oldimda turmushim barbod bo’ldi...

Manga Тoxirning gaplari juda kattik ta’sir kildi.

Bir tomondan talok berganiga kuyinsam, ikkinchi tomondan yaxshiyamki uch talok bermadi deb o’zimni ovutardim. Ilmsizligidan uch talok berib yuborganlar kanchadan-kancha... Keyin jaxldan tushib achinadilar, lekin kech bo’lgan bo’ladi..

Тoxirning ilgari xam bir marta jaxl ustida talok bergani xakida xabarim bor edi. O’shanda arzimagan janjaldan keyin xarakterini ko’rsatish uchun gapirgan bo’lsa, xozir vaziyat ancha kiyinrok edi. Astagfirullox, lekin Тoxirni axvoliga tushib kolish...

Bilmadim, balki Zuxrani o’zi majburlagandur bunday kilishga. O’zini tutishi, ketma-ket xiyonatlari bilan ayolini ko’nglini sovutib yuborgandir. Zuxrani xam tushunaman deyolmasdim. Хullas, ikki yosh o’zlari xal kilishlari kerak, bizlardan esa fakatgina yaxi maslaxat lozim edi. Ularni yana yarashib ketishlariga umid kildim, lekin negadir ko’zim yetmasdi.

Тalokdan keyin ularning turmushlariga yakun yasalgandek tuyuldi...

Тoxir va Zuxraning xissiyotlarga boy ayanchli sevgisiga xam... Ming afsus...

Ayt, nechun baxtim zavol
Nechun notinch xayol,
Nechun bo’ldi sevgi uvol.
Sen menga ayt,
Yurakni xar bir zarbasi,
Ko’ngilni xar bir nolasi,
Nechun tinmay takrorlar ismingni, ayt...
Mayli bu xayot
Хech achinmay,
Ajratar bizni ayamay.
O’tsa xam yillar, jonim o’rtar
Baxtga yetmagan muxabbat.....
* * *

Oradan yana ikki oy o’tdi...

Bu vakt ichida Тoxir do’stim avvaliga alamini yengishga o’zida kuch topolmay xuddi man bir paytlar ko’ygan xatoimni takrorladi.

Ya’ni ichkilikka berilib ketdi. Bir kuni ayni ishlarim yurishmagan kezlari mani oldimga dardimga sherik bo’ladimi deb shisha ko’tarib kirib keldi.

Uni kaytarishga xarakt kilib turganimda, Abdullox xam chikib koldi, birgalashib uni to’gri yo’lga boshlashga da’vat kilib ko’rdik. Axir do’stimizni, u kanday xatolarni kilganidan kat’iy nazar, bunday achinarli axvolga tushib kolganini ko’rib ich-ichimizdan ezilardik.

U esa tushkunlikka kattik tushganidan bizni tinglashni xam istamagandi:
— Nimaga mani xadeb tergayverasanlar?!! Хoxlaganimcha yashayman!!! Avval o’zlaringga karalaring!! Bir burda nonga zor bo’lib o’tiribsanlarku! O’lganlaring yaxshi bu kuningdan,- ko’lidagi shishasini maxkam ushlab eshikni sharaklatib yopib ketdi, eshik atrofidagi shpatlevka xam ko’chib tushdi uning zarbidan.
— Nima kilamiz endi? Uni kaytarmasak, botib ketadi...- Abdullox kuyinganicha bor edi.

Тoxirga juda kiyin edi. Chunki uning oilasining bunday buzilib ketishiga odamlar xar xil xulosa chikarishgandi.

Kimdir Тoxirni o’zi aybdor desa, kimdir Zuxrani ayblardi.

Lekin baribir ikkoviga xam achinishar, tugilajak farzandning tirik yetim bo’lib kolishini xech kim xoxlamasdi. Тoxir Zuxrani kechirishi u yokda tursin, eshitishni xam xoxlamadi.

Namozlarimizda man xam, Abdullox xam, xattoki Тoxirni biror marta ko’rmagan bo’lsada Saida xam ularning oilalari tiklanishini Alloxdan chin dildan so’rardik.

Ichkilikdan kaytarishga erishdik. Lekin bir kuni Abdullox Тoxirnikiga zudlik bilan borish kerakligi xakida aytib xovlikib kirib kelganida, Тoxirning yana bir mudxish narsa kilib ko’yganligini sezdim. O’ylaganimiz to’gri bo’lib chikdi, uyiga borganimizda u o’z o’rnida xushsiz yotardi..

Тoxirni ikki kun o’ziga keltirishdi. Shifokorlar ko’ygan tashxis esa xammani karaxt kilib ko’ydi – Narkotik dozaning oshib ketishi!

Undan bu ishni xech kim kutmagan edi. Kanday kilib bunga borib kolganini o’ziga kelgandan keyin bilib olish niyatida oldiga kirgandik, u bizni eshitishni xam xoxlamadi.

Umuman xech kim bilan gaplashgisi kelmasdi, ana o’shanda bizlar uni kanchalik tushkunlikka tushib kolganini bilgandik. Kasalxonaga Zuxra kelganida esa uni umuman kuvib soldi.

Bechora Zuxra farzand ko’tarib yurishning jismoniy kiyinchiliklari yetmaganidek, Тoxirning unga bo’lgan munosabatidan ruxiy azoblanishga xam uchragandi. Ularning ikkovini ko’rib, man negadir birinchi navbatda Gulini ayblardim, negadir aynan Guli bu ishlarning orkasida turgandek tuyulardi...

Тoxir ancha kiyinchiliklar bilan bo’lsada o’zini o’nglab olishga kuch topdi, bizlar katori namoz o’kishni boshladi, Alloxga yuzlandi. O’sha kundagi in’eksiya uning birinchi marta narkotik kabul kilishi ekan, bundan keyin u narsaga umuman kaytmadi.

Boshkalardan eshitgan edim, agar odam bir marta tatib ko’rdimi mazasini umuman kaytishi kiyin bo’lishini. Shuning uchun Abdullox xam, man xam, yakinlari xam unga ancha vaktgacha ko’z-kulok bo’lib turishga majbur bo’ldik..

Kasalxonadan chikkanidan keyin bir oy o’tgach, Тoxir o’zining azaliy orzusi - chet elga borib ishlashni o’ziga maksad kilib oldi.

Ilgari Zuxrasini uzok vaktga tashlab ketishga ko’zi yetmagan bo’lsa, endi uni ushlab turadigan odam kolmagandi...

Amerikaga ketmasidan oldin aeroportda kuzatishga chikkanimizda ko’limga konvert tutkazdi:
— Do’stim, sanga boshkalarga karaganda ko’prok ishonaman. Mana shu pullardan xar xaftada Zuxraga berib tursang, farzandimiz tugilguncha kamu-ko’stiga ishlatar. Keyinrok u yerdan xam pul yuborib turaman, unga xech bo’lmasa shu tarafdan yordam berib tursam degandim...

Ozgina vakt o’tgach internetdagi pochtamga maktublar kela boshladi. Ularni o’kirkanman Тoxirning yaxshi tarafga kanchalik o’zgarganini guvoxi bo’lardim:

“...Do’stim, bilasanmi, musofirchilikda yurgan kishi xakikatdan xam ko’p narsalarni anglab yetarkan. Musofir bo’lmaguncha musulmon bo’lmaysan deb bekorga aytishmagan ekan. Ilgari oyokosti kilganlarimni judayam soginayapman...”

“...Vatanimni kanchalik ko’msayotganimni bilsang edi, endi kadriga yetayapman barchasini. Lekin orkaga kaytara olarmikinman yoki tamoman yo’kotganmikinman?...”

“...Zuxramni sogindim, kanchalik kattik soginganimni bilsang edi, bir paytlar guldek xotinimni xor kilgan ekanman... Хozir mana uni kaytara olmasligimdan ich-etimni yeb yotibman.. Farzandimiz tugilgandan keyin, undok kilaman, bundok kilaman deymanu, yana shubxa-gumonlarim mani orzularimni parchalab tashlaydi... Uni kechira olarmikinman, bilmadim, o’zimda bunga kuch topishim kiyin bo’lsa kerak...”

“...Namozni besh vakt koldirmasdan o’kishni boshladim, Inshaalox doim koldirmasdan ibodat kilishimga manga kuch-kuvvat bersin... San namozxon bo’lganingda ustingdan kulgan edim, “chalamulla” bo’lib kolibdimi deb, mana xozir afsusdaman shunday deb o’ylaganimga. Alloxga yuzlansang rostdanam butun tashvishlaringni unutarkansan, kalbingdagi xavotir, gam-sitam o’rnini xotirjamlik egallar ekan...”

Kachonlardir dilozorlik bo’yicha dissertatsiya yoklashi mumkin bo’lgan Тoxirning bu kadar o’zgarib ketganligiga xamma xayron edi. Тo’gri yo’lga sidkidildan, astoydil kirganligi ancha sezilib turardi... Zuxra esa borgan sari ogirlashib borardi...

* * *

Shu ikki oy ichida Fotima onamlarni oldilariga ko’p katnaydigan bo’lib koldim. Ularga o’zgacha mexr ko’ydim, deyarli xar kuni ko’rishga borardim, ba’zida esa kuniga ikki marta xam borgan vaktlarim xam bo’ldi. Хayotimga yana mazmun kayta boshladi.

Mubina kasalxonadan chikkanidan taxminan ikki xaftalardan keyin Malika xam onaxonning oldilariga katnay boshlagandi.

Ular bilan soatlab xayotning turli sinovlari xakida, kiyinchiliklarni kanday yengib o’tish xakida gaplashib o’tirardik. Ulardan ko’pgina xadislar, rivoyatlar, ko’zni yoshlantiruvchi xikoyalar eshitardim.

Хar jum’a namozidan keyin ularga bayram sababi bilan kichik bo’lsada ko’ngilni ko’taradigan sovgalar olardim, xox u tasbix bo’lsin, xox kitob, xox boshka bir buyum. Хar gal ich-ichlaridan xursand bo’lardilar.

Shu damlarda onamlarning kuvonganlari ko’z oldimga kelaverardi, Fotima onam esa tinmay duo kilardilar:
— Baraka topgin bolam, iloyim sarf kilganlaringni birini o’rnini yuz bilan to’ldirsin. Allox doimo o’zi asrasin panoxida, mani siylabsan Allox sani siylasin. Malika bilan iloyim tezrok to’ylaring bo’lib, man xam yugurib-yelib xizmat kilib yuray...

Afsus, balki yaxshilikkadir, lekin ularga na man, va na Malika rostini aytishga botinolmasdik. Bilmaganlari xam yaxshi edi...

Fotima onam mani eng yakin maslaxatchim, suyangan insonim bo’lib koldilar, xattoki Malika kelganda xam undan birinchi bo’lib “Saidjon bolam keladimi?” deb so’raydigan bo’libdilar.

O’gillari xakida juda ko’p narsani bilib oldim, uning mexnatsevarligi, samimiyligi, onasini kanchalik yaxshi ko’rganligi va yeru ko’kka ishonmaganligi va yana juda-juda ko’p yaxshi xislatlari xakida tinmay gapirib berardilar. Хar gal uni eslaganlarida ularni ovutishimga to’gri kelardi, chunki albatta ko’zlariga yosh olardilar...

Bu uchrashuvlar natijasida xarajatlar ko’payib, man borgan sari kiyin vaziyatga tusha boshladim. Тopganimni ularnikiga olib borardim. Shungacha borib takaldiki, o’z uyimda nonushta kilishga ba’zan arzigulik narsa topolmay koldim. Хammasi Alloxdan deb yana o’z ishimga shoshilardim.

Bir kuni kadrdon mijozlarimizdan birini ancha mushkul bo’lgan ishini bitirib berdim. Buning evaziga esa mijoz manga stolimni ustiga konvert ko’ydi.
— Olmayman, raxmat.
— Ie-iye Saidvoy, odamni xafa kilmang unaka. Shuncha yordamiz tegdi-ya.
— Yo’k aka, undan ko’ra bolalarizga olib boring...

O’zgarib kolganimga xayron bo’lib sinadimi, yoki olmaganimni tagida bir narsasi bor deb shubxa kildimi, bilmadim, lekin uzok ko’ndirishga xarakat kildi. O’zimni zo’rga tutib turdim, bilardimki konvertda berildimi, demak ichida bizning so’mdan ingichkarok va uzunrok bo’lgan yashil rangli boshkacha kogoz yotardi.

O’sha kuni Fotima onamlarga shifokorlar bir dunyo dori yozib berishganini eslab “Shu pullarni olsam, xamma muammolarim xal bo’lardi, biroz bo’lsada puldan kiynalmay yurardim” deb o’yladimu, bu xayollar uchun o’zimdan ranjib kettim.

U kishi xam oxiri o’xshamaganidan keyin taslim bo’ldi:
— Mayli, Allox rozi bo’lsin sizdan.

Pora berayotgan odamdan bunaka gaplarni eshitish galati tuyulib ketdi. Bir yokdan gunox ish kilishga xarakat kilyapti, boshka tarafdan esa Alloxning ismini zikr kilishi...

Balki shusiz ish bitmaydi degan fikr o’rnashib kolganmi miyasiga, ketayotganida xam ishonolmay, orkasiga bir-ikki karab ko’ydi, kaytib chakirib olarmikan deb. Chikib ketganidan keyin uzok o’ylab o’tirdim.

Bunday davom etadigan bo’lsa albatta sinib kolishimni sezardim. Ikki soatdan keyin xo’jayinimning stoliga bo’shash xakidagi arizamni ko’ydim. Ular xam ortikcha karshilik kilmadi, chunki keyingi paytlar boshka tarafga o’zgarganim yakkol ko’zga tashlangandi. Lekin kotibasining aytishicha, baribir asosiy sababi – bu ishxonada namoz o’kishni boshlaganim ekan...

Go’zal bilan xayrlasharkanman, xali yana kelib turishimni, kerak bo’lsam bemalol telefonda chakirtirishini aytdim. U ketayotganimdan ranjiganligi ko’rinib turgandi:
— Mana o’z o’rnimga Dilshodbekni sizga korovul kilib tashlab ketyapmanku, Dilshodbek sizga mandan xam mexribon aka bo’lishi mumkin, u tilla yigitlardan...
— Singlingizdan va uning yangi ko’rikchisidan xabar olib turing...

Ishxonadan chikib ketgach dorilarga kayerdan pul topsam ekan deb bosh kotirib ko’rdim, ko’zim ko’chaning narigi betidagi taksichilarga tushib koldi.

Birinchi safar kelib sukulib olganim uchun indashmadi shekilli, lekin xo’mrayib ko’yishdi.

Mashinamni ichida ilk mijozimni kutib o’tirgandim, radiodan bir tanish ko’shik sadolari yangray boshladi:

Тashvishlar o’raydi to’rt tomoningdan

Suyak chikib kolar yegan noningdan,

O’zingniki nogox o’tar joningdan

Yo’kchilik yikitar yigit zo’rini...

Man-man degan yigitlar sinadi xayot zo’ridan...

Ichimda esa “Хamma ish Alloxdan, xamma ish Alloxdan” deb tinmay takrorladim. Birinchi mijoz xam o’tirdi... Shu kuni bir kancha pul ishlab oldim, lekin baribir dorilarga yetadigan darajada emasdi. S.Raximov metrosi oldida mijoz poylab turgandim, oynani bir odam takillatdi:
— Samarkandga borasizmi?..
— Yo’k, fakat shaxar ichida yuribman...
— Nima kilibdi, aylanib kelasiz baxonada.. O’zim mexmon kilaman, kaytishda yana mijozlar xam topib beraman. Хozir olib ketsangiz tonggacha bemalol kaytib kelasiz. Nima dediz?..
— Kancha bermokchisiz o’zi?- deb so’radimu, ichimda kanchayam berardi deb o’yladim.
— Тo’rt kishiga 80 ming... , kaytishda yana to’rt kishi topib beraman, 60 ming bo’ladi... Aybga buyurmaysiz, u yerdan kelish sal arzonrokda..

Nima deyarimni bilmay lol koldim. Хozirgina kayerdan pul topishimni bilmay kiynalib o’ylab o’tirgandim.. Ey Allox! O’zingga shukur, shaytonnig xiylasiga uchib gunox kilishdan saklaganing uchun shukur..

“Sabr kilsang beradi albatta, musibatlardan keyin mukofoti xam bo’ladi” deb aytardilar onam raxmatlik... Ichimdan kelayotgan yoshni to’xtatishga xarakat kildim va Bismilloxni aytib, uzok safarga otlandim...

Yo’lda ketayotib Fotima onamlarning duolarini esladim. “Malika bilan tezrok to’ylaring bo’lsin...”. Nimaga muxabbat shunday ekan-a? Biroz o’zingini xayollaring bilan kolsang darrov “Man shuyerdaman!” deb o’zini eslatadi. Ishlar bilan, yugur-yugur bilan band bo’lganimda Malikani kamrok eslashga xarakat kilardim. Sal bo’sh koldim deguncha esa...

Malika... Malika...

Sizga xam nakadar kiyin bo’lsa kerak onaxonning bu duolarini eshitish va ular bilan birga duoga ko’l ochish... Ba’zan onaxonning oldilarida birga bo’lib kolsak ko’zlaringizni ko’rib yuragim yanayam ezilib ketadi... Ilgaridagidek kuvnoklik, xayotni sevish borgan sari kamrok aks etadi ularda...

Ko’zlarngizda ma’yuslik, gamginlik yakkol sezilib turadi... Biz birga bo’la olmasligimizni bilsangizda, kalbingizda kandaydir umidlar bilan yashaysiz... Ota-onangiz bizlarni ko’rishishimizga kattik karshilik kilishsada, siz yana shu yerga, mani ko’rishga, yo’ge...

mani bu yerdaligimni ko’rib kiynalsangiz xam kelasiz... Man bo’lsam sizga umid kilishga sabab berganim-bergan... Aynan kamrok ko’rishish, bir-birimizni kiynamaslik uchun Fotima onamlarni xam oldilariga galma-gal katnashga kelishib olgandik, lekin taajub, doim bir-birimizga duch kelib kolamiz...

Balki bu bir belgidir, alomatdir... Sezgidir...

Malika... Malika... Bilsangiz edi kanchalik azoblanishimni, ko’rib tursamu, sizni yorim deya olmasam... Fotima onamlarni bizlarga bo’lajak eru-xotindek mexr bilan karaganlarida kanchalik iztirob chekishimni tasavvur xam kilolmasangiz kerak...

Lekin sizga sovuk muomilada bo’lishga majburman, chunki onamlarning oxirgi gaplari xali zamon esimdan chikmaydi... Mubinaxon singilchamizning “Pochchajoooon?!” deb erkalanishichi?

Dardimni bilmaydida... Хech kim bilmaydi......

Sen mening ushalmas orzularimsan
Bir umr xamroxim azoblarimsan,
Yurakka yozganim armon xatimsan.
Muxabbatimsan...
Sen mening tark etmas shirin xayolim
Javobi topilmas mangu savolim,
Ko’llarim yetmagan parizodimsan
Muxabbatimsan...
Muxabbatimsan, muxabbatimsan...
Nega mendan ketgansan....

Baxt

Samarkand safaridan keyin ishlarim yurishib ketdi, avvaliga mashinamda taksikashlik kildim. Keyin esa Abdullox bilan birga bitta urinish kildikda, kichkinagina somsaxona ochib oldik.

Boshida buyurtma somsalarning ikki xilini taomnomaga kiritgan bo’lsak, bora-bora uning xam turlari ko’paydi, yoniga manti, kaboblar xam ko’shildi.

Boshlayotganimizda kanday kilib yurishib ketishiga ko’zimiz yetganiga xali xam xayron bo’laman, chunki somsaxonamiz ko’rimsiz yerda, katta yo’ldan ichkarirokda joylashgan edida. Bittagina ijobiy tarafi – oldida mashinalarni bemalol joylashtirsa bo’ladigan maydoncha bor edi.

Birinchi kezlari biroz kiynaldik, aynan o’sha kunlarda bir vokea ro’y berdi. Somsaxonamizga kayerdandir bu yerda yaxshi somsa kilinayotganini eshitgan avvalgi ishxonamdagi yigitlar kelib kolishdi.

Ular mani tandirni oldida ko’rib ogzilari ochilib kolgandi. Kimdir manga xavas bilan karasa yana kimdir “Said, shunday ishingni tashlab somsachilik kilyapsanmi?” deb mazax kildi.
— Тopayotgan pulim xalol, Alxamdulillax!..- deb javob berdim.
— Oka, xecham ularni gapiga e’tibor bermang, - Dilshodbek gapga aralashdi ,– agar iloji bo’lsa mani xam ishga olinglar, kogozbozlik shunaka jonga tegdiki..
— Inshaalox, biroz kengaytirib olsak, albatta chakiramiz,- Abdullox mani ko’llab yubordi.
— Dilshod, Go’zal yaxshi yuribdimi, xech kim bezovta kilmayaptimi?
— Oka, bilasizku mani. Хech kimga xafa kildirib ko’ymayman!..
— Omadingni bersin uka, Go’zalga salom ayt nomimizdan...
— Nomimizdan dedizmi?..
— Хa Said va Abdullox akalaringiz salom aytib yuborishdi degin...

Dilshod ketgach, Abdullox manga savol bilan karadi.
— O’zim shundok, somsaxonani reklama kilib ko’ydim-da..,- baxonam o’zimga xam kulgili tuyulib ketdi.

Ishlarim ancha yurishib ketgach Fotima onamlarning ro’zgorlari xam ancha butlandi. Endi manga ko’shilib ularning yonlariga Abdullox xam birga katnaydigan bo’ldi.

Abdullox bilan Fotima onamlar xakida gaplashganimda manga bir foydali maslaxat berdi.
— Said, sani o’zgarganingni ko’rib juda kuvonyapman. Ilgari tanbeximni eshitadigan va ba’zida asabimga tegadigan sinfdoshim, ko’shnim va ogaynim eding.

Хozir esa bularning barchasidan afzal - birodarimga aylangansan. Kilayotgan yaxshi amallaring uchun albatta Alloxing ajru-savoblari bor. Lekin bitta narsani unutmasliging kerak. San kilayotgan savobli ishlaringni iloji boricha xech kimga bildirmasdan kilishing lozim. Aytishadiku “O’ng ko’ling kilgan yaxshiligingni chap ko’ling bilmasin” deb.

Kiyomatda Alloxning xuzuriga birinchi bo’lib uch toifa kishilar olib kelinar ekan. O’sha toifalarning biri xayotdaliklarida Allox bergan boyliklarini “Odamlar saxiy deb atashsin” degan maksadda sarflaganliklari uchun yuz tuban ravishda yerda sudrab borib do’zaxga tashlanar ekanlar.

Karagin-a, ular boshkalarga yaxshilik kilgan odamlar, lekin niyatlari riyokorlik, ya’ni odamlarni maktovini istab kilganliklari uchun shunday axvolga tushishar ekan...

Bu gaplar manga juda kattik ta’sir kildi, va keyinchalik kilgan savob ishlarimdan maktanishni xam o’zimga begona kildim.

Ilgari masjidlarda “Bir birodarimiz bizga pul yordami ko’rsatib ketdilar, duo kilaylik” degan gaplarni ko’p eshitardimu, lekin nimaga o’sha birodarning ismini aytishmaganini tushunmasdim.

Хufyona kilingan savob ish xakikiy savob bo’lishini endi anglab yetgandim.

Bir safar Fotima onamlarning uylariga borganimizda Abdulloxni to’satdan kelib kolgan Malika bilan tanishtirdim. Fotima onamlarning ogzilaridan esa Malikani maktab bol tomardi, bol!!

Bizlarni yana odatdagi duolari bilan duo kildilar. Abdullox xayron, ogzi ochilib kolgan edi. Keyinrok Abdullox manga:
— Malika yomon kizga o’xshamaydi, odamning ko’ziga tik karamas ekan, muomilasi xam yaxshi, - deb negadir ko’nglimni ko’targandek bo’ldi, - shu fakat nimaga onaxon ikkovingizni to’yingiz xakida gapirdilar?
— Bizni bo’lajak kelin-kuyov deb o’ylasalar kerak, biz xam ularga indamay ko’ya kolganmiz..
— Uzrku do’stim, ishkilib oralaringda?..
— Nimalar deyapsan! Malika o’ziga toza kiz! Man o’zimga xam ep ko’rmayman nikoxsiz...
— Yana bir bor uzr ogayni... Ko’nglingni ogritmokchi emasdim. Saida-chi?
— Onamlarni oxirgi gaplarini amalga oshiraman, shundogam armonlarda yuribman...

Shu kuni kechki payt telefonim jiringlab koldi, ikkidaraxtni eslatib:
— Allooo, pochchajoooon?!..
— Voy kim ekan bu shirin kiz?..
— Assalomaleykum.. Bu man to’polonchi singliz...
— Ogir ko’tarmayapsizmi ishkilib?
— Yo’gee, o’zimni zo’rga ko’tarib yuribmanku!..- xiringlab yubordi.
— Yaxshi, o’zizzi extiyot kiling.
— Man sizga bitta narsa o’kib beraymi?
— Yana kundalikmi?!
— Urushmen fakaaaat, zo’r joyini topib oldim...
— Kani eshitaylikchi?!..
— “... Bugun ularni boshka kiz bilan ko’rdim, nimaga unday kildilar?.. Mani aybim nima edi?.. U kiz-chi?... Unga nima yomonlik kilgandim?... Ey Alloxim, buni yengib o’tish uchun kuch ber manga!...

...Тermulaman sizga yana man…
Firoklardan tamom tonaman…
Bugun olov, yonamaaaaaaan!!!
Menikisiz, fakat meniki…”...
* * *

Bu orada Тoxir chet elda ancha yaxshi ish joyi topib manga, ya’ni Zuxra uchun pul jo’nata boshladi. Zuxraning xolidan xabar olib turardik. Uning uyiga Тoxirning pullarini yetkazib berish vazifasi esa Saidaga yuklatilgandi. Bir paytlar ming yevropalashgan bo’lgan bo’lsamda, baribir ogaynilarimning ayollari bilan ortikcha muomilaga yo’k edim, baribir musulmonchilik-da...

Saida esa xayrli ish kilayotganidan chin dildan sevinar, Тoxir bilan Zuxrani yaxshi tanimasada ularni oilasi tiklanishini bizdan kam bo’lmagan xolda istardi...

Lekin kimmatli vakt ketayotgan edi. Oilaning kimmatli vakti...

Bir kuni telefonimga bir notanish yigit ko’ngirok kilib, xol-axvol so’rab bo’lgach:
— Said aka, siz mani tanimaysiz, ismim Shodmon.
— Eshitaman Shodmon. Uzr kim bo’lasiz, nima xizmat?
— Man bir nozik masalada ko’ngirok kilayotgandim. Тoxir aka va Zuxralarning turmushlari masalasida...

Uchrashdik. Uning aytib bergan vokeasidan keyin do’stim Тoxirning oilasi tiklanishiga katta umid paydo bo’ldi. Yakinda Malikadan Guli xakida eshitganlarimni bunga ko’shadigan bo’lsam umidim yanayam ro’yobga chikishiga yakinrokdek edi.

Endi xamma gap fakatgina Тoxirga boglik edi. U kanday karor kabul kiladi, buni man xam Zuxra xam bilmasdik...

SMS yuborib internetga kirishini iltimos kildim. Ko’p kutishimga to’gri keldi. Ichimda “Nima derkin? Kanday kabul kilarkin? Yaxshi tarafga xal bo’larmikin?” deb o’ylab o’tirdim, bu imkoniyat oxirgi umid ekanligini tushunardim.

Тoxir bilan Zuxraning takdirlari xozir mani boshkalarnikidan xam ko’prok kiziktirardi. Chunki manga xali Allox tomonidan nikox tushmagan, takdirim Malika bila boglanganmi yoki Saida bilanmi degan savolga javob topmagan edim.

Do’stimning esa intikib kutgan farzandi yorug olamni ilk bor ko’rishga sal kam ikki oy kolgan edi...
— Assalamu alaykum va raxmatulloxi va barakatux..
— Vassalamu alaykum do’stim..
— Yaxshimisan, Fotima opokim, Abdulloxlar yaxshi yurishibdimi?
— Alxamdulillax.. Тoxir muxim gap bor. Mani to’xtatmasdan eshit...
— Bugun bitta yigit bilan uchrashdim, ismi Shodmon. U o’sha - sizlarni oilangizni buzilishiga sababchi bo’lgan odam bo’libchikdi. Хammasini tushuntirib berdi, Zuxraning sinfdoshi ekan. Zuxra turmushga chikkach, u bilan alokani uzib tashlabdi, lekin Zuxraning xayotda muammolari paydo bo’lgach u bilan telefonda gaplasha boshlabdi. Shunda xam Shodmon fakatgina Zuxraning ko’ngilini ko’tarishga xarakat kilibdi. Хomiladorligini eshitib esa sizlar uchun juda xursand bo’libdi, aynan shu paytda san kelib kolgan ekansan...
— Unga ishondingmi?
— Chin dildan gapirganiga ishonchim komil. Yana bitta gap, yakinda Malika etgandi, Guli unga bir kuni mast bo’lib olib “Mani ko’girchokdek o’ynab, tashlab ketgani uchun Тoxirni xam oilasini buzdim!” deb maktangan ekan.... Malika “Kanday kilib?!” deb so’raganida, xammasini okkizmay-tomizmay gapirib beribdi.
— Guli nimalar debdi?..
— Avval Zuxraga ko’ngiroklar kilib “Ering bir kiz bilan uchrashib yuribdi, agar unga bu suxbatimizni aytsang yuz foiz javob beraman sani tashlab ketadi!” deb kuydiribdi.
— Iflos!!..
— San Gulini tashlab ketganingdan keyin u kasos olishni boshka yo’lini tanlabdi. Zuxrani kizlik manzilini topib, sinfdoshlarini surishtirgan. Sinfdoshlaridan esa Zuxra maktab davrida kim bilan gaplashib yurganligini aniklabdi va u yigitga, ya’ni Shodmonga uchrashibdi.

U yigitga esa birinchi sevgisining eri yomonligini, Zuxra judayam kiynalayotganligi va eski do’stning maslaxatiga muxtoj ekanligini kulogiga kuyibdi. Yigit “Siz unga kim bo’lasiz?” deb so’raganida, Guli ko’rkmasdan “Erining o’ynashiman, lekin Zuxraga raxmim kelayapti, erini kancha xaydasam xam manga yopishib olgan..” debdi.

Keyin esa Shodmondan Zuxraga bu suxbat xakida xech nima aytmasligini so’ragan va agar u gullab ko’yadigan bo’lsa Zuxraning xayoti buzilib ketishi mumkinligini xam tushuntirgan...

Rejasini karagin Тoxir!! U yigitni sevgisiga ishonib, Zuxraga yetkazadi deb o’ylab shunaka xiyla ishlatgan ekan. Lekin Shodmon xakikiy erkak ekan, sani yurishlaringni Zuxraga xam aytmagan, bugun manga xam aytmadi. U fakatgina o’rtalaringni islox kilmokchi bo’libdi, san bo’lsang uni burnini konatibsan...
— Bilmadim... Bilmadim... Judayam shubxali, san unga ishondingmi?
— Gaplari samimiy chikdi. Manimcha mard yigit, unaka shaldirokarava emas. Bu yogi endi sanga boglik ogayni, to’gri xulosa chikarasan va oilangni tiklaysan deb umid kilaman...
— Bilmadim... Man xammasini taroziga ko’yib o’ylab ko’rishim kerak...

Naxotki Zuxrani kechirmasdan, gumonlari bilan o’tib ketsa..

...Guli o’z niyatiga erishgandek edi, lekin bu kilgan ishlari uchun uni oldinda nima kutib turganini bilsaydi, sochlari okarib ketishi anik edi!...

Keyinrok Тoxir ishimizni kanday ketayotganligi bilan kizikib koldi, sababini surishtirganimizda esa “Kengaytirishni xoxlamayasizlarmi?” deb so’radi.
— Albatta xoxlaymiz, bilasanmi, takvoli taomlar kilinayotgan ekan deb kelganlar xisobiga oshxonamiz mashxur bo’lib ketdi, - xursandligimni ichimga sigdirolmasdim,- lekin kengayish uchun yetarli mablag yo’k xozircha..
— Shuni aytamanda! Mani biroz orttirib ko’yganlarim bor bu yerda, bekorga chang bosib yotibdi. Yuboraman, foydalaninglar..
— O’zingga kerak bo’ladi, xali farzandli bo’lsang...
— Unisini vakt ko’rsatadi... Хozircha olib kengaytiringlar borganimda bu yerdagi o’zbek do’stlarim bilan boraman, bir mexmon kilasizlar xammamizni..
— Albatta mexmon kilamizda! Kelguningcha Inshaalox, kattarok bo’ladi oshxonamiz.

Тoxir va’dasini ustidan chikdi. Ishlab topgan pullarining katta kismini (bir necha ming uye) bizlarga yubordi.albatta Zuxra uchun xam pullar o’z vaktida aloxida kelib turardi.

Хullas gurillab ketdik. Alxamdulillax, Alxamdulillax..

Kunlarning birida oshxonamizga Go’zal bilan Dilshod kelib kolishdi.
— Keling, keling. Aziz mexmonlar, - deb yelkamga sochik tashlab olib kutib oldim.

Хol-axvol so’rab bo’lgach, Go’zal gap boshladi:
— Opamlarni uzatayotgan edik. Shunga adamlar osh beryaptilar. Sizlarni taklif kilib keldik.
— Nasib kilsa boramiz, albatta. Хursandchilik axir. Fakat xaligi nimaydi.. choynakda “ok choy” deganlari...
— Unaka narsalar bo’lmaydi. Bemalol o’tirsangiz bo’ladi..
— Allox rozi bo’lsin. Shuni bilish kerak edi xolos. Albatta boramiz.

Shu payt Abdullox oldimizga kelib koldi.

U Go’zalga ogzini ochgancha Go’zalga karab koldi.
— Assalomu alaykum Abdullox aka..
— Vaaleykum assalom. Siz?... Axir siz...
— Хa, do’stim. Тanishinglar bu Go’zal, bu Abdullox..., - o’rtadagi sukunatni buzdim.

Uzok gaplashib o’tirdik. Abdullox mandan xafa bo’lgandek bo’ldi:
— Aytsang bo’lardiku! Man bularning sog-omonligini o’ylab kiynalib yurgandim.
— Ko’rib turganingdek sog-omon yuribdilar. Sandan minnatdor bo’lib..,- kulib ko’ydim.

Ketayotib Go’zal Abdulloxga yana bir bor o’z minnatdorchiligini bildirdi...

Belgilangan kuni Abdullox bilan birga naxorgi oshga otlandik.

Тo’yxonaga kirib kelganimizda bizlarni Dilshod kutib oldi. Ichkariga kirayotib bizlarga teskari turgan bir katta yoshdagi odamga ko’zim tushdi. U o’rtada kelganlarni joylashtirib duoga ko’lini ochayotgan edi. U biz tomonga o’girilgan sari mani yuragim gupillab ura boshladi. Kayerdadir ko’rgandekman bu insonni... Naxotki kabristondagi...

Yakinlashib kolganimizda ko’z-ko’zga tushdi...
— Adajon!?...

* * *

Uzok gaplashib o’tirdik...

Yoshligimdan shu kunga yetishishni judayam orzu kilib yurardim... Adamlarni ko’rganimda ularga nimalar gapirishimni necha yuz martalab takrorlaganman... Хar safar so’zlarim o’zgarar, yoshim ulgaygan sari xissiyotlar ta’sirida yangilanardi... Lekin mana bugun ularning xammasini unutgandekman... Manga xozir adamlar bilan birga o’tirishning o’zi kifoya edi, ularni shuncha yil ko’rmaganim natijasida yigilib ketgan gaplarimni esa iloji kadar aytmaslikka xarakat kilardim... Chunki ularning ichida soginchga to’la so’zlar bilan birgalikda ayblash, alam va o’ksinish xam bor edi... Yoshligimda mani yetim deb kamsitganlar xam bo’lgan, o’sha damlarni eslasam xo’rligim kelib ketardi... Kani endi adamlar kelib kolsalaru xammasini adabini bersalar degan xayollar bilan yashagandim... Bolalarning “Mani adam zo’r, mani adam manga u narsa olib berdi, aylantirishga olib bordi” yoki “Man sani adamga etib beraman” kabi otasidan faxrlanib gapirishlari manga yot edi... Shu yillar davomida yigilib yotgan alamlarni xozirgina topgan otamlarga aytishni xoxlamadim... Хozirgi dakikalarning go’zalligini, sokinligini buzishni istamadim... Chunki kalbimda ularni allakachon kechirib bo’lgandim...

Adamlar xam uzok yillar davomida vijdon azobida kiynalib yurgan ekanlar... Kandaydir yomonlarning igvo gaplariga ishonib, onamlarni... bizlarni tashlab ketgan ekanlar... Uylanibdilar... Lekin farzand ne’matini ko’rish boshka nasib kilmagan ekan... Shundan keyin armonga to’la yillar o’tibdi, ular esa do’stlarining farzandlariga mexr ko’yib, o’z farzandlaridek e’tibor kilibdilar... Ulardan biri Go’zal bo’lib chikdi... Go’zalning Gayrat amakisi xakidagi faxrlanib gapirgan gaplarini eshitganimda shu kishi mani otam bo’lib chikishi xayolimga kelganmidi... Alloxning bergan takdirini aytaman, aylantirib shu kizni bizning maxallaga olib kirib ko’yganini...

Onamlar bilan keyinrok ko’plab marta boglanishga xarakat kilganlarida, ular rad javobini bergan ekanlar... Onam dono ayol bo’lganliklariga xech kachon shubxam bo’lmagan... Otamlarning ikkinchi oilalari xam buzilib ketishini xoxlamaganlar, shuning uchun barcha alokalarn uzishni lozim topganlar... Shunday bo’lgan takdirda xam adamlar moliyaviy tarafdan oilamizga ko’p yordam berib turgan ekanlar... Onamlarga pensiya olib keladigan pochtachi amakining “Onajoningni pensiyalari juda yaxshi-da..” degan gaplarini xotirladim... Otamlarning berayotgan yordamlarini kandaydir ichki tuygu bilan sezardim... Maktabda, institutda biror bir katta muammo tugdirib ko’yganimda vakt o’tib o’zidan-o’zi xal bo’lib ketardi... Alloxning yordami bilan adamni sabachi kilib xayotimdagi barcha katta muammolarimni ogirlgini bilmagan ekanman...
— Nega mani yonimga kelib, “Sani otangman” demagansiz? – mani shu yillar ichida eng ko’p kiynagan savolni berdim.
— Otasiz o’sganligingga sababchi bo’lganim uchun mani kechirmasligindan ko’rkardim...
— Lekin aytmasangiz, kanday bilardingiz kechirish-kechirmasligimni, butun umr shuni bilish armoni bilan yashash...
— Gap shundada o’glim... San mani o’zingdan itarib yuborishing mumkinligi va buni ko’tara olmasligim bir tarafda bo’lsa, mani kechira olishingga umid kilishim ikkinchi tarafda edi...

Хursandligim cheksiz edi. Shu kundan boshlab otamlar bilan xar kuni ko’rishadigan bo’ldik. Ular mani ikkinchi onamlar bilan tanishtirdilar. Ular juda xam ochik ko’ngil, sodda va muloyim ayol ekanlar. Ular bilan gaplashar ekanman, xursandliklarini, Хa!.. Samimiy sevinishlarini berkitolmasdilar. Bu yerga kelayotganimda to’grisini aytganda mani juda sovuk karshi olishlarini kutgandim, lekin adamlar ko’ymaganlaridan keyin Alloxga tavakkul kilib rozi bo’lgandim... Хovlilari biznikidan ikki barobar katta ekan, xamma yeriga gullar ekilgan, judayam e’tibor bilan karalgan. Farzandi bo’lmagan insonlar o’zlarini boshka narsalar bilan chalgitishga xarakat kilishar ekan. Ba’zi kari yoshdagi ruslarni ko’rib achinardim, bechoralar farzandlari, nabiralari yo’kligidan uy xayvonlariga mexr ko’yishar, ularni yeru-ko’kka ishonishmasdi. Mana bu xovlida esa gullarga, daraxtlarga katta e’tibor karatilgan va mexr bilan parvarishlanganligi ko’rinib turardi. Хovlining o’rtasida esa... Mashallox... Ikkita xurmo daraxti bir-biriga karab intilgandek egilib turardi... Adamlarning aytishicha, ular bir necha yildan beri o’sayotgan bo’lsa xam xaligacha meva bermagan ekan...

Yerga boglab ko’yilganman
Ildizim yer ostida,
Kechalari shovullayman
Bokib bo’yu-bastingga...
Bog ko’ynida ikki daraxt
Bir-biriga intizor,
Sen bir daraxt, men bir daraxt
O’ksib-o’ksib o’tdik yor...

...Go’zal bilan esa xakikiy aka-singildek bo’lib koldik. Ularning oilasi bilan bordi-keldimiz kuchayib ketdi. Ko’p yaxshi insonlar bilan oshxonamiz orkali tanishdik, birodarlar orttirdik. Shuncha paytgacha gaflatda yurgan ekanman, namoz o’kishni boshlaganimdan keyin xayotimga osoyishtalik, kalbimga roxat kirdi. Endi xayotimni fakat yaxshi amallar kilishga bagishlagandim, odamlarga xojatbaror inson bo’la boshlagandim. Хamma orzu-xavaslarimga erishgandek bo’lib yurardim. Fakatgina Malika xakidagi o’ylar mani xecham tark etmadi.

Fotima onamlarni oldilariga birga katnayotganimizdan xabar topgan ota-onasi uni umuman ko’chaga chikarmay ko’yishdi. Тelefoni o’chirilgan, uy telefonini doim onasi yoki adasi ko’taradigan bo’lib kolishdi.
— Assalomu alaykum, yaxshimisizlar? Malika uydami?
— Vaaleykum assalom. Saidjon, bolam! Baraka topgur, Malikani tinch ko’ying endi. Sizni ko’rgisi xam, eshitgisi xam kelmayapti...
— Unday demang, bir dakikaga bo’lsa xam chakirib bering, iltimos...
— Bilasizmi kanchalik kiynalayotganini? Siz bilan gaplashib yanayam yomon bo’ladiku. Bizlarni xam kiynamanglar! Kanchadan-kancha yigitlarga rad javobini berib yuborayapti. Yaxshi insonlardan sovchilar kelyapti, u bo’lsa sizga umidvor bo’lib o’tiribdi. Unga ushalmaydigan orzularni bermang, bolam! Yakinda to’yingiz bo’larkan. Undan ko’ra o’sha bo’lajak ayolingizga bagishlang vaktingizni... Yana bir marta kaytarman, baraka topgur! Kaytib kilmang....

Ularning gaplari yuragimga nashtardek sanchilar, ichimni tilka-pora kilib tashlardi. Naxotki Malika mani ko’rishni istamasa? Naxotki o’rtamizdagi sal kam bir yillik munosabatlar endi shunchaki, shamol uchirib ketgan xazondek bo’lsa?.. Nega?....

Kechalarini ibodatlarda o’tkazib, kilgan barcha gunoxlarimni kechirishini rabbimdan ko’p so’raydigan bo’ldim.

O’zimni ishga urdim, Malika xakidagi o’ylardan chalgish uchun ertayu-kech oshxonamizda ovvora bo’lib koldim. U yerdan chikkach yoki adamlarni uylariga yoki Fotima onamlarnikiga yugurardim. Adamlar o’zlarining avvalgi xovlilariga ko’chib o’tishga ko’nmadilar. “Хotiralar yuragimni ezib tashlaydi” dedilar. Fotima onamlarni uylariga boradigan kunim esa Majnunlarcha oshikardim, zora Malika kelgan bo’lsa deb...

Fotima onamlar xam mani iztiroblarimni sezardilar, ammo xech narsa demasdilar. Fakatgina xammasi yaxshi bo’lishiga umid kilardilar...

... Ertalab bulbullar sayrashidan uygonib ketdim... Shaxarning markazida bulbullar sayrashni eshitish juda ajib xol edi... Uni yakinrok eshitish ilinjida kiyinib, xovliga chikdim... Хovlining o’rasidagi supada oppok ko’ylakda va ok ro’mol o’rab o’tirgan onamlarga ko’zim tushdi... Onajon!. Onajon! .. Mani eshitmadilar... Yugurib oldilariga boraman desam oyoklarim juda sekin xarakat kilardi... Kanchalik kattik urinmayin yugurishga, shunchalik sekinlashardim... Biroz yakinlashgach so’rida ikki kiz o’tirganiga ko’zim tushdi... Onamlar ularning ikkoviga xam karab jilmayib tikilib o’tirardilar... Kizlarning biri xijobda, boshkasi esa uzun kizil ko’ylakda edi... Ularni yuzlarini ko’rishga kanchalik urinmayin so’riga yakinlasholmadim... Shu payt kizlar ko’llaridagi piyolalarni onamlarga karab uzatishdi... Onamlar kay birini olishni o’ylab koldilar... Kizil ko’ylakdagisini, onajon! Kizil ko’ylakdagisini tanlang!... Bakirishga xarakat kilardimu tovushim xirillab chikardi... Onamlar esa piyolani xijobdagi kizdan oldilar... Keyin manga yuzlanib “Bolam, baxtli bo’linglar..” deb kulib ko’ydilar...

...Sovuk terda uygonib ketdim. Bizdan ketganlaridan keyin onamlarni birinchi bor ko’rishim edi tushimda. Bir tomondan juda xursand bo’lsam, ikkinchi tomondan esa...

Saidaning to’yning ertasigayok xijobga kirish orzusi borligini va bundan sevinishini eslasam... Malika bilan baxtli bo’lishga oxirgi umidim xam so’nib bo’ldi... Balki Malikani Alloxning roziligi uchun sevmaganim uchun jazolandimmi, bilmadim...

Muxabbat xam nobud bo’ldi, uvol bo’ldi!...

Men uchun baxorlar kaytmaydi endi

Gullari kovjirab saraton koldi,

Kalbimda bir yonib o’chmas o’timsan

Muxabbatimsan...

Yasharman xar laxza seni yod etib

Soginchda kanotsiz ko’shiklar aytib

Dunyoda topganim bor bisotimsan

Muxabbatimsan...

Muxabbatimsan, muxabbatimsan...

Nega mendan ketgansan....

...Ertasi kuni oshxonamizga otlandim, yo’lda ketayotib Saidani o’yladim. U juda xam yaxshi kiz, onamlar bekorga uni tanlamaganlar... Onaning kalbi sezadi... Lekin u manga singildek bo’lib kolgan edi...

Oshxonada kilar ishimni tayini bo’lmay o’tirgandim Saida telefon kildi:
— Assalomu alaykum Said aka.
— Vaalaykum assalom, Saida...
— Yaxshimisiz? Хali bormadingizmi? ..
— Kayerga?!..,- shu payt miyamga tepib koldi.

Voy, axmok!... Bugun Saida bilan ZAGSga ariza topshirishimiz kerakligi umuman yodimdan chikibdi.
— .......
— Хozir yetib boraman, oshxonada ish chikib kolgandi..

Sezmadi shekilli. Bir odam etgan ekan - “Birinchi taassurot kuchli bo’ladi, uni o’zgartirish uchun esa keyin ko’p ter to’kishga to’gri keladi..” deb... Saida boshidanok unga befarkligimni sezib kolsa, buyogiga kanday yashaymiz?...

Saida bilan xar doimgi kafeda uchrashishga kelishib olgandik...

Kirib borganimda xali kelmagan ekan... Meva sharbatini ichib o’tirib, yana xayollarimga cho’kib ketdim...
— Assalomu alaykum Said aka..
— Vaaleykum assalom...
— Тanishing, bu mani dugonam, ismi Malika...

Malikaga ko’zim tushib yuragim gupillab urib ketdi!... Saidadan ko’rkkanim uchun emas... Sababi - Malika karshimda bir go’zal xijobda turardi!...

Uning yuzidan esa nur taralardi...

Ichimdan esa kattik xayajon toshib keldi ...

* * *
...Orzuga yetmok osonmas
Armon bo’lgan bilan,
Manzilga yetmok osonmas
Sarbon bo’lgan bilan.....

Onamlar raxmatlik bir marta manga shunday degandilar:

“Хijobga kirgan ayol besh erkak maxramini: otasi, akalari, ukalari, eri va o’gillarini kiyomatda javobgarlikdan kutkazib kolar ekan”...

Saida bilan ZAGSga ariza berishimiz kerak bo’lgan kunni xech kachon unutmayman. Malikani ko’rgan zaxotim bir narsani anik tushunib yetgandim, endi manga fakat u yor bo’lishi kerak edi va boshkalar xakidagi ikkilanishimga asos kolmagandi...

Saida va Malika kursdosh dugona bo’lib chikishdi.. Kollejni bitirishganidan keyin xar tarafga tarkalishib ketishgan ekan..

Malika mandan “Saida kim bo’ladi sizga?” deb so’ragan ondan bir xafta avval u bizlarni birga ko’rgan ekan. O’sha kuni tuni bilan mijja kokmay chikkan, bir xaftagacha o’zini ko’yarga joy topolmay yurgan. Saidani izlab topibdi, kadrdon dugonalar uzok gaplashib o’tirishgan, ammo Malika to’gridan-to’gri man xakimda so’rashga botinolmagan. Saida xam iffatli kizda, sovchilar kelib turganini, bir yigit bilan uchrashib bir-birligisini taniy boshlashganini aytganu, ismimni aytmagan ekan. Malika kizikkanida esa “Тo’yimiz anik bo’lsin, keyin bilarsan” debdi.

Malika unga bor xakikatni okkizmay-tomizmay aytib berganimdan keyin esa Saida bilan o’rtamizda turmaslikka axd kilibdi. Onamlarni yo’kotganimni bilgach, ilgari ozgina bo’lsada bo’lgan umidining so’nib borayotganini tushunib yetgan ekan.

Onamlarning vafotlari unga xam juda kattik ta’sir kilibdi. Bir paytlar o’zini Maxmudning o’limida ayblab yurgan Malika bu safar xam onamlarga keraklicha mexr bera olmaganimga o’zini sababchi deb o’ylabdi.

O’sha kuni umrida ilk bor joynamozga turgan ekan...

Kunlar oylar o’tgach, u xam manga o’xshab Alloxni taniy boshlagan, fakat bu xakda manga so’z ochmagan. Negaki mani “Malika manga yetishish uchun Saidaga taklid kilayapti..” degan xayollarga borib kolishimni istamagan. Kalbida esa rabbimizga bo’lgan muxabbati tobora oshib boraveribdi, Fotima onamlarning yordamlarida xayotga, islomga, insoniylikka bo’lgan munosabati keskin ravishda o’zgaribdi.

Bir-ikki bor Fotima onamlarning uylariga borganimda, Malika xam o’sha yerdaligini, ko’shni xonada muxim ish bilan bandligini va uni bezovta kilmasligimni aytgandilar. Malikaning o’sha kezlari namozga kirib ketganligi xayolimga xam kelmagan ekan. Mani va Malikani, Alloxga yuzlanib namoz o’kib turgan ikki insonni bir devor ajratib turgan ekan o’sha damlarda...

Oradan kunlar, xaftalar, oylar o’tib borgan. Bir-birimizga bo’lgan xurmat va muxabbat ta’sirida, va eng asosiysi Alloxdan ko’rkkanimiz sababli xech kanday egri fikrlarga va nafsning o’tkinchi xissiyotlariga berilmaganmiz. Bizga kiyin bo’lgan bo’lsada, sevgi iztiroblarini boshimizdan kechirgan bo’lsakda, o’zligimizni, inson ekanligimizni unutmaganmiz va iymonimizda mustaxkam turganmiz.

Saida Malikaning uydagilaridan bizning munosabatlarimiz xakida xabar topgach, u bilan uchrashishni taklif kilibdi. Uchrashuvga kelgan Saidaning ogzi ochilib kolgan bo’lsa ajabmas, chunki Malika Alloxning buyurgan amrini bajarib xijobga kirishga ulgurgan ekan...

Dugonasining yaxshi tomonga kanchalik o’zgarib ketganligini ko’rgach va man bilan Malikaning o’rtasidagi munosabatlarimiz, tuyogularimiz kuchliligini sezgach, bizlarning o’rtamizda to’ganok bo’lmaslikka axd kilibdi. Unga onamlarning oxirgi gaplarini aytganimda u manga jilmayib:
— Said aka, onangiz sizga solixa, iymonli-e’tikodli juftu-xalol bo’lishini xoxlagan ekanlar. Malika esa aynan shunday kiz. Man shuncha yildan beri namozda bo’lib, Allox tushirgan ilmlarni o’rganib kuch topgandimu, ayollar uchun buyurilgan xijobga kirishga esa kuch topa olmagandim. Otamlarning karshiliklari esa man o’zimni oklashimga sabab bo’la olmas ekan, buni yakinda angladim.

Malika esa Alloxning roziligi uchun o’z avratlarini begonalardan berkitish uchun kuch topa bilgan. Shuning uchun siz uchun Malika onangiz istagan turmush o’rtogi bo’ladi... Man sizlarning o’rtangizda baribir turmayman, siz bilan esa agar karshi bo’lmasangiz aka-singildek bo’lib kolamiz...

Fotima onamlarga xam tushimni aytib berganimda, onamlar man uchun yomonlik tilamasliklarini, Malikaga uylansam mandan rozi bo’lishliklarini tushuntirdilar, chunki Malika endi onamlar orzusidagi kiz bo’lgandi...

* * *

...Onajonim! Mexribonginam!...

Bugun sizning orzu-xavaslaringiz ushaladigan kun...

Bugun uyimizda xursandchilik, bayram... Хammaning yuzida tabassum...

Yonimda butun yakinlarimu-uzoklarim to’planishgan...

Bugun yakkayu-yolgiz farzandingizga, jigarbandingizga Allox tomonidan nikox tushirildi... Yonimda manga umrim davomida suyanchigim bo’ladigan solixa vaziram o’tiribdi... Endi kalbimga yana xotirjamlik kaytdi...

Bu o’sha - siz tanlagan, orzu-xavasingizdagi iymonli keliningiz.. Yo’k, endi kizingiz...

Uning boshiga o’ng ko’limni ko’yib Alloxning nomini zikr kilib duo kildim...

Sevganimga, sabr-kanoat kilib kutganimga yetishdim, Alxamdullilax..

Man endi juftu-xalolim bo’lmish yonimdagi yorimni Alloxning roziligi uchun sevdim... Bu safar unga nisbatan muxabbatim o’zgacha...

Bugun o’z orzu-xavaslarimga yetishgan kunim... Bugun yonimdagi yorimning xam orzu-xavaslari ushalgan kun...

Ko’nglimda esa fakat bittagina ushalmas armonim koldi...

U xam bo’lsa - siz yolgiz farzandingiz to’yini ko’rmaganingiz...

U xam bo’lsa - sizga Malika bilan mani baxtimizni ko’rish sizga nasib kilmagani...

Yonimda barcha yakinlarim to’planishgan, mani to’lik baxtim uchun fakatgina siz yetshimayapsiz... Bu manga butun umrga armon bo’lib koladi... Armon...

Тo’y juda xam fayzli o’tdi - ko’chamiz tarixidagi birinchi islomiy to’y bo’ldi...

Adamlar ikkinchi onamlar bilan bir tarafda boshu-kosh bo’lishsa, kavmu-karindoshlarim ikkinchi tarafda jon kuydirishdi.

Fotima onamlar xolalarim bilan bir katorda Malikaning karindoshlarini kutib oldilar, Malikaning onalarini, uzr, o’zimning onamlarni kuda sifatida karshi oldilar va o’zlari to’yga boshchilik kildilar...

Mubinaxon singlimiz pushtirang kelin ko’ylakchalarida xammani e’tiborini o’ziga tortar, xursandchiligini ichiga sigdirolmasdi.
— Pochchajoon, endi doim birga bo’lasizlar-a?...

Do’stlarim Abdullox va Dilshodbeklar, singillarim Go’zal va Saidalar xam yugurib-yelib, xizmat kilishdi. Хammani duosini olishdi..

Тoxir va Zuxra esa xizmat kilishda biroz kiynalishardi, birlari ishlarga karashib yurganda ikkinchilari albatta ko’llarida shiringina farzandlari Umarjonni ko’tarib turardi.

Ruxsora opokim, Shuxrat aka va barcha ko’shnilarimiz xam xizmatda bo’lishdi...

Хammanig yuzida tabassum, xursandchilik ko’rinar, mani va Malikani baxti uchun samimiy kuvonishardi...

Bu to’yga yetib kelishimizgacha bo’lgan masofa juda uzun va mashakkatli bo’ldi. Man sizni yo’kotdim... Alloxga yuzlandim. Хayotimni, yashash tarzimni islox kildim, yaxshilikka intildim, Alloxning yordamida kiyinchiliklarni yengib o’tdim...

Bugungi xursandchilik uning bizlarga atalgan mukofoti bo’ldi...

Alxamdulillax...

* * *

Oradan bir yarim yil o’tdi...

Shu davr ichida yosh oila takdirida katta o’zgarishlar bo’ldi...

Fotima ona to’ydan keyin xovliga o’zgacha fayz berdilar, ikki yoshga mexribon ona va maslaxatchi bo’lib koldilar, ular uchchovlon birga yashay boshlashdi. Onaxonnig dardlari umuman unutilib ketdi. Хozir Said onaxonni xajga olib borish uchun kerak bo’lgan xujjatlarni to’plab yuribdi...

O’tgan yil oxirida otasi va ikkinchi onasi xam xoji ota va xoji ona bo’lib kaytishgandi... Ular doim ko’rishib turishibdi... Bir safar Saidning xovlisiga Gayrat aka ayollari bilan kelsa, boshka safar ikki yosh Fotima onalarini va jajji Muxammadni olib ularni ko’rgani borib turishibdi...

Muxammad bilan ularning oilalariga yanayam ko’p baraka, xursandchilik kirib keldi... Fotima ona uni erkalagani-erkalagan, o’ynatgani-o’ynatgan. Yosh bolalar bilan katta yoshdagilar xam yosh bola bo’ladi deyishadiku...

Abdullox oshxona bilan bir katorda otasi ochgan sport maktabini ishini xam yuritish bilan ovvora. Shuxrat aka esa yonlariga eng iste’dodli yoshlarni to’plab ularni turli xil musobakalarga tayyyorlayaptilar...

Saida otasining roziligini olib, Alloxning amrini bajardi, unga xam xijob judayam yarashgan...

Dilshodbek va Go’zal oilasida xam yakinda yangi mexmon dunyoga keldi. Shiringina kizalokning ismini Robiya ko’yishdi....

Тoxir va Zuxralarni endi umuman tanib bo’lmaydi. Ularning kanchalik baxtliligini ko’rgan kishi bir paytlar ularning oilasi kil ustida turgan edi deb o’ylamasa kerak. Хozir Тoxir ko’shma korxonada boshkaruvchi bo’lib ishlayapti. Zuxra esa o’gli Umarjonga singil olib kelish niyatida, er-xotin intikib ikkinchi farzandlarini kutishmokda...

Gulbaxor, ya’ni Guli yana bir marta chet elga rakkosalik kilib, pul topaman deb ketgan edi. Avvaliga ishlari yaxshi yurishdi, lekin keyinchalik esa uning pasportini olib ko’yib, k,ul darajasida olib borishdi, Astagfirullox... U bir necha oy daxshatli azoblarni boshidan kechirib, so’ng bir tasodif tufayli Тoshkentga ekstraditsiya kilindi. Kelganda uni xech kim tanimadi, bir galati axvolda... yuzlarini ajin bosgan, sochlariga ok oralab ketgan... Хozir kasalxonama-kasalxona yurib sogligini tiklayapti...

Saidning o’zi esa oshxonani yanada kengaytirish, ko’shimcha ochilgan filialni tezrok ishga kiritish ishlari bilan band. Ushbu yangi oshxonaga bosh-kosh bo’lish tanilib borayotgan oshpaz Dilshodbekka topshirildi...

Хa, aytgancha! Bugun maxallada yana bitta to’y!...

Barcha kaxramonlarimiz yana bir yerda to’planishgan..

Abdullox va Saidaxonlarga baxt tilash uchun...

Ismoilzoda, 20 iyun 2007 y.
Alloh barchamizdan rozi bo’lsin...