OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifBahrom Roʻzimuhammad
Asar nomiTerakka yaqin yulduz
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Bahrom Roʻzimuhammad
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotGʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1989
Hajm40KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/05/02
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Shoirning ilk kitobi


Annotatsiya
Bahrom Roʻzimuhammad ruhiyatning majoziy suvratlarini poetik ifoda qiladi. Dunyoning tilsimlari, noayon sezimlarini oʻziga xos yoʻsinda yechishga, anglashga intiladi.
Oʻylaymizki, adabiyotimizga kirib kelayotgan iste’dodli shoirning ilk kitobi kitobxonlarimiz muhabbatiga sazovor boʻladi.


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Terakka yaqin yulduz
Bahrom Roʻzimuhammad

Sen Koʻzgu Boʻl

Sen tilla boʻl,

mis misligini,
temir temirligin toʻgʻri tushunsin.
Sen koʻzgu boʻl
hech kim oʻzining
oʻzidan kattaroq aksin koʻrmasin.

Ketayotgan Saflar

Bu lablar kulmoqqa tayyor hamisha —
ishon: sabr ostidagi oltinni
nainki oq,
qora qoʻllar bilan oʻmarmoq mumkin.
Titrama.
Kuzatib turishibdi
agar yiqilsak
uzala tushamiz ming qorachiqqa.
Agarda ingrasak
aks-sado berar ikki ming jarlik.
Titrama,
titrama...

Fikr Doirasidagi Fikr

1

U bir fikr — urchib koʻpaysa
oʻtmogʻing shart boshning bahridan.
Bir soʻzki u telba va daydi
na yurakda, na tilda yashar.
Ehtimol daraxtdir, daraxt, suyansang
koʻrinadi doʻzax devori.

2

Boshing qotib qolsa — ochiq osmonga
oppoq bulut kabi kelmasa fikr —
qaqragan lablarga soʻnggi tomchiday
maqol borligiga shukr qil, shukr.
Daho bir daqiqa pinakka ketib
nasihatdan charchagan paytda
seni duo kabi asrab qolajak
maqolni duodek pichirlab aytsang.

3

Hordigʻingni chiqarmak uchun
echding kiyim-kechagingni sen,
ham ismingni — koʻzing ilnngach.
Endi isming kifoya qilmas
seni uygʻotmoqqa... har qanday turtki
ism vazifasin oʻtar bemalol.
Tongda turtar yumshoq bir «salom».
«Xayr» deraza pardasiga oʻxshar,
«xayr» — derazaga tortilgan parda.

4

Xullas, oʻtib ketdi eski zamonlar:
kap-katta erkagu ayollar
yalangʻoch yurguvchi davrlar oʻtdi.
Esini tanigan har bitta goʻdak
burkanib oladi jajji libosga.
Hatto qoʻgʻirchoq,
qoʻgʻirchoq ham yalangʻoch emas.
Gap fikr haqda.
Fikrni davrga moslab
kiyintirishni esdan chiqarmang.

Parvozdagi Qiyofa

«
Munaqqid doʻstim Bahodir Sodiq xotirasiga
»

1

Sen koʻzsiz qarasang,
koʻzoynaksiz tikilsang ajal
meni bosaverar xavotir.

2

Past ohangda soʻzlar erkaklar,
ayollar boshida oq roʻmol —
xonani sovutar yigʻi tovushi.

3

It hangramas,
koʻkka qarab uvlamas eshak —
tovushim pa.rvozdagi qiyofamdir

4

Tilni saqlar oʻttizta soqchi,
soqchilar yeiyraklashgani sayin
til xonasidan chiqar, uzayar.

5

Derazann chil-chil sindirdi,
mahbusni ergashtirib ketdi iziga
chechaklarning. isyonkor hidi.

6

Qafasdan bir qadam hatlamasa,
qorachiqqa qiyo boqmasa,
bu oʻrgatilgan xonaki yurak.

7

Zulmat qoʻynida Oq kema —
goh qon tusida,
goh sut tusida chayqalar dengiz.

8

Uchayapti qanotli nina,
yashil koʻylak tikib ber, ninachi
keyin moviy koʻylak.

9

Gʻadir-budir Kun tugʻildi —
toʻrt ufqida shovqin,
arrakashlar shovqini.

10

Ne demoqchi yaproq,
ne demoqchi qora suv,
oʻziga tushyapkan hilol haqida. -

11

Qoʻshiqni ushlab koʻrdilar,
qoʻshiqni barmoqdan yasalgan
qafasga qamab qoʻydilar.

12

Tila tilagingni deb soʻrar
baqalar bilan birga
yashaydigan oltin baliq.

13

Bolalar tol novdasidan
duduk chiqarmoqda tevarak yashil,
yashildir dudukning ovozi hatto

14

Bu yerda adashib
aks etib turibdi
gʻariblik.

15

Chirildoq
tovushingni qarz berib tur
ilma-teshik qilay tunni men.

Ertakdan Sunggi Yoʻqotish

Zulmatga koʻmilgan bahaybat gʻazna,
oʻzicha nur sochib turar javohir.
Unda daydib yurar oʻzicha ba’zan
birovning adashgan yalqov arvohi.
Zulmat tirilguday u chalsa hushtak,
qopqoqlar ochilib, chiqib kelar tong.
Bunda har bitta nur zangori qushdek —
osmon parchasiga aylanar hatto.

Tonggi Manzara

Iz tushmagan qordek
quyoshgacha yoyilib ketdi tong,
daraxt shoxlari boʻrtib koʻrinar,
qush qanoti koʻmilib qolgan —
yoqut ufqqa tutashadi harir gilam.
Gilamning ustida
Undan ham harirroq tuman,
sovuq yulduzchalar qoldigʻi,
yulduzchada tillarang hoshiya.
Toʻyib nafas ol
shaffoflik xira tortguncha,
(Dum-dumaloq nafas
yulduz qirrasida titrar).

Bu Tun Shunday

Tun, tunning ortida
Unutilsan qora quyosh bor,
bir qal’a bor qabriston kabi jimjit
Unda mukka tushib donolar
qora kitoblarni oʻqir tun boʻyi;
nihoyat darvoza oldida
ikkita soqchi
qoʻriqlab turishar qal’ani
tongga oʻxshash oq odamlardan.

Jarayon

Qogʻoz gullar gulga aylandi,
tuvakka yoyilib ketdi oq ildiz;
vaqti-vaqti bilan
haykal odam kabi nutq soʻzladi;
qalbaki tanga. bilan
qalbaki buyumlarni xarid qildilar;
oʻgʻrini qaroqchi urdi,
yiqitdi.

Kapalak Kabi

Bir lahzani yulib ol
oʻtib ketayotgan vaqtdan —
tilla tusiga qayta boʻya uni
soʻng esa aks et
oʻsha lahzaning yaltiroq sirtida
yonib
osmondagi qorongʻilikii
kesayotgan kapalak kabi.

Ehtiyotkor

Boshni emas,
telpakni asra toshlardan
telpaging toshdan boʻlsin
ehtiyotkor odam,
Qoʻlqopni sovuq suvga urma
qoʻlqoping toshdan boʻlsin
ehtiyotkor odam.
Yen choʻntakni,
chap choʻntakni oʻq teshmasin
kamzuling toshdan boʻlsin
ehtiyotkor odam.
* * *
Erinchaklik bilan yech telpagingni
uch kun ichida
pastdan yuqoriga koʻtarilsin qoʻl;
yanada erinchoqlik bilan
bir kunda bir tugmani yech
va qishki lash-lushni
joylamoqqa ketsin yarim kun;
gʻuncha qanday ochilsa
shu muhlatda tuga boshla mushtni
asta-asta
keyin esa
yashil toshbaqaga qiyos qil
kechikayotgan yalqov koʻklamni.

Telba

Bitta par yulib olar-da, qushdan
tuproqqa koʻmar
soʻng esa
qush unib chiqmogʻin kutadi telba
Bir hovuch urugʻni
qush uyasiga tashlab oʻtaru
maysa unmogʻiga ishonar qattiq.

Bahorda

Aprel'
Shundoq uying oldida
koʻrasan Amuning loyqa suvini.
Koʻmilgan tok
bnr ozdan soʻng
xodalarga qoʻl choʻzib
boladek yigʻlaydi sevinchdan.
Bogʻdan bir qadam jilging kelmaydi
iliq bir shamol esarkan,
shox-shabbalarni teshib oʻsayotgan
maysalar hidiga aralash shamol...
Derazaga qoʻndi ninachi,
qaldirgʻoch eshiklarni qoqdi,
chumolilar karvoni oʻtadi ingichka soʻqmoqdan,
suhbatga tortgim keladi bittasini.

Turlanishlar

1

Berk eshiklar qoshida doim
kutmoqlikka yetadi sabr.
Ne moʻ’jiza yashar xonada
qizigʻi yoʻq... bizga baribir.
Eng muhimi taqillasa bas,
eng muhimi boʻlsa tutqichi.
Oyu yillab kutmoqqa shaymiz
irodani sinamoq uchun.
Gar ochilsa... ochilmasin u!
Toki shunday taqillasin boz.
Mushtni yanchish, peshona yorish —
shudir maqsad, faqat shu xolos.

2

Koʻkragingni qoqsang keladi
juldur kiygan ilhom parisi.
Bir zamonlar goʻzal boʻlganu
endi goʻzallarning qarisi.
Ajin bosgan peshonasida
toʻxtab qolar nigohing taqqa.
Uni haydab yuborib soʻngra
alahlaysan oppoq varaqqa...

3

Sen yigʻlayver — goʻzal boʻlasan,
dard chekaver — husning ortadi.
Senga yarashmaydi tabassum,
qiyofangga ogir botadi.
Qora libosingni yechma hech
seni bosaversin qora tun.
Kimdir shunday yigʻlashi lozim
boshqalarning kulishi uchun.

Qiyofalar Oʻtar

Qiyofalar oʻtar tegramdan
bari sirli metsor kavi,
qora uyqu ichida oʻliklar
xurrak tortib qoʻyar ba’zida.
Neki tugʻilgisi kelsa tugʻilsin,
moʻ’jiza kutmanglar bugun, ertaga
bahaybat bir maxluq qoyaga chiqib
suyagini tozalar qushning.
Soat qoʻngʻirogʻi ilgarigiday
sekin taraladi bolgʻa zarbida
chordana qurib may ichar
yashashdan charchagan jonzodlar.
Qorongʻilikni kesar oq shu’la
yoritar atrofni, jonzodlar esa
miq etmas, tushini buzgisi kelmas
erdan sakrab tushib
boshqa sayyorada
qayta tugʻilgisi kelgan telbalarsimon.

Fol

Qani, kaftingni choʻz,
fol ochib qoʻyay.
Mana, mayda chiziqlar,
sen yurishni istagan soʻqmoq,
(shunaqasi peshonadayam bor)
koʻzgu betiga qalqmoqda bari:
tabassumga oʻxshash,
ingroqqa oʻxshash narsalar
toʻlqindek oʻrkach-oʻrkach kelastir.
Mana, bulbul ovozi
yashil hoshiyali qirmizi qoʻshiq,
uning ostida xordiq chiqarmoqdasan...
Siz shoshasiz kelajakni koʻrmoqqa
ertak kitobini
oxirgi varogʻiga
intilgan bola kabi shoshasiz,
sayr qilmoq istaysiz olis kunlarga...
Yur, orqamdan
seni kelajakka boshlab ketayin.
Mana, togʻ,
uning ortida
choʻqqidan-choʻqqiga sakrab yashaydi
zangori va oq kun lahzalari.
Togʻ qoraygan choqda
atrof oqara boshlar,
shunda ikkala kun ikki hoʻkizdek
bir-birini suzar, chekkaga tortar,
bittasi ajralib chiqar-da,
qoraygani ketar choʻqqi ortiga.
Va hech bir tovush
eshigilmaydngan lahza keladi
hech kim sezmaydigan lahzani ergashtirib.
Nariroqda qasr koʻrinib
lang ochilar ikki eshigi.
Shunda xotirjam oʻtaver,
faqat oʻz qabringga qarama
oʻsha oromgohga kirayotganda.

Gʻira-Shiralikda

Yoqut gullar bosh egib nafis,
hamon soʻzlar — biyron shiviri
eshitilmas shabadalikda.
Vaqt shamoli koʻksini yoʻngach
koʻpni koʻrgan donishmand misol
xarsangtoshlar gʻoʻldirar hamon.
Koʻk tubida binafsha rangi
quyuqlashib qora rang bilan
yulib olar qoʻyoshning tilin.
Gʻira-shira kun tigʻida jim
til soʻraydi mendan tevarak.

Oy Urniga

Toʻlqinni sogintirar bu fasl.
Suyuq kulbasida oyning
uchratmaysan sovuq shu’lani.
Faqat oy oʻrniga koʻzingni olar
yarqiragan baliqlar qabri.

Aks Holda

Yaxshiyamki shift bor. Aks holda
koʻzga yaqin kelmasdi uyqu.
Yulduz tushmaydimi boshimga
yomgʻir kabi harakatda u.
Uxlagani qoʻyarmidi nur,
unga ochiq qorachiq kerak.
Sukunatni hurmat qilmaslik
sof yuziga sachratmoq xurrak.
Osmonona hayotdan bizni
yaxshiyamki ajratadi shift.
Tushimizda uchib chiqamiv,
par toʻshakka uzala tushib.

Sen Uchaver

Sen odamsan, haykal emassan,
haykal adashmaydi hech qachon —
bor vujudi abadiyatda
uni chulgab olgan shuhrat-shon.
Toshga monand tepar yuragi,
kunlar uning poyida mayda.
Uning soatida mangulik
mangulikka aylanar qanta.
Bir qush uchsa uchishni istab
xuddi sendek qaramas yoʻlga.
Choʻchitolmas hech qanday shuhrat —
sen uchaver, u uchib boʻlgan.

Ishonch Yoʻqolayotganda

Avval ishonilgan,
e’tiqodga aylangan narsalar
birdan shubha tugʻdirsa yurakda...
Bu yoʻl,
oyoqlarim ostidagi ravon yoʻl
boshi berk koʻchalarga kelib tutashsa...
Hammasi
nodir buyumlarni sandiqdan olib
derazadan irgʻitish bilan barobar —
tosh singari ezar vujudni
buyumlar jarangidan yaralgan
yoqimsiz kuy.

Nozim Hikmatga

Men yuragimga yaxshilik urugʻini ekdim,
men hech kimga yomonlikni ravo koʻrmadim,
daraxtlarning tili boʻlsaydi,
tili boʻlsaydi toshlarning —
shunday edi bolalikda xayolim, —
toʻlqin hayqirib oqayapti,
nega qirgʻoq kuylamas,
qoʻshigʻini berarmi u toʻlqinga?
Va choparkanman chagʻir toshli soʻqmoqni koʻrdim
koʻrdim yonmay qolgan mash’alalarni,
(Hayolimdagiday emasdi ular,
yoʻllar ravon emasdi xayolimdagiday)
Nega hamma bir-birin sevmas —
savollar kemirardi boshimni.
Shunda
olisdagi zulmat qa’rida
birdan
yonayotgan bahaybat gulxanni koʻrdim,
tun minglab gulxanlarda yonib
tongga aylanayotgan payt edi,
mash’ala tutgan saflar
uzoq-uzoqlarga ketib borardi,
men ham paydo boʻldim gulxan qoshida,
yolqin titraganda
vujudimdan bir parcha yulib
tashladim unga
yana oʻcha boshladi,
soʻng yoshligimni shart yulib
gulxanga yaproqday irgʻitdim —
yonmadi gulxan;
barmoqlarim bilan koʻkragimni ochib
yoqutdek yuragimni gulxanga tashladim —
birdan
barxanlar orqasida maysa koʻrgandek
bir umid nish urdi vujudimda,
gulxan yona boshladi,
oltinsimon alanga
va qoʻshigʻim yorugʻida
elas-elas koʻzga chalinardi
tulporga aylanayotgan binafsharang ufq.

Tungi Sarhadlar

Toʻqlikdan yorilay degan xudbinning
xurragini koʻkatdek koʻkartirgan tun.
Intilib-intilib
qora qismati ila uchrashgan kimsaning
armoni singari uzun tun.
Bagʻrida oʻz telbalarini
dayditib, erkalaydigan,
oʻzini oʻzidan yashirib
kimsasiz manzilga eltib qoʻyadigan
tun.
Qoʻrqa-pisa qadam tashlashar
qop-qora sim bilan oʻralgan tundan
tashqariga chiqib ketmaslik uchun
qoʻrqa-pisa qadam tashlashar.

Ehson Surar

Ochiq kaft singari
bu chehra
koʻzlari,
lablari,
ovozi bilan
faqat ehson soʻrar hayotdan.

Koʻzi Boʻlsa...

Agar sen qurt boʻlsang
aybdor emassan,
qurtga koʻz kerakmas,
qoʻloqqa ehtiyoj sezmas oʻzida.
Koʻzi boʻlsaydi
quyoshga ham tushar edi u.

Qoida

Toʻyga
eng yaxshi kiyimlarni kiyib,
tabassumni
labga qoʻndirib bormoqlik lozim.
Dafn marosimida
qora kiyib,
tabassumni uzib
oʻrniga qaygʻuni ilmoq shart,
Eng muhimi
koʻzlar quruq boʻlmasin
bunda koʻz yosh bilan oʻlchanadi dard.

Tashvish

Tashvish bizni yaxshi koʻradi,
sevganidek olma magʻzin qurt.
Ergashib yuradi kun boʻyi
tunda yana qaytar kunduzga.
Ilon boʻlib tosh orasidan
oʻtib poʻstdsk yechib qoʻysang-da,
u salgina oʻziga kelgach
tiriladi, izingdan yetar.

Xarid

Koʻp narsalarni
koʻz yoshlarimizdan tanga yasab
sotib olamiz.
Koʻp narsalar
bizni-da sotib olar
koʻzimizdan tanga yasab:

Asl Umrim

Bu mevani yeb boʻlmas,
danagiga yopishib
sayr qilayapti-ku qurtlar.
Kun boʻyi quyosh
kulrang bulut ichida uxladi
(soati toʻxtab qolganmi?)
Kunduz emas bu,
tun ham emas.
Mening hayotim-chi?
Ulkan kitob —
ba’zi varaqlarga siyoh tegmagan.
Usha sahifani yulib tashlasak
ayon boʻlar bari.
Mening asl umrim
kapalak vujudidek bormikan,
daraxtda
oydek toʻlishgan
mevalarga oʻxsharmikan u?

Rivoyatlar

1. Uchishni xayol qilgan qurbaqa
xususida
Qurbaqaning
koʻrshapalakka hasadi keldi:
koʻzi koʻr,
sichqondek bu madluq
osmonda uchayapti,
uning qanotlarini koʻrayapman oy yorugʻida.
Shunday ekan-da dunyo.
Mana, mening qismatim —
sakrash,
sakrash,
sakrash
sassiq hovuzchaga shoʻngʻish
va gʻujgʻon oʻynovchi chivinlar —
peshonamga yozilgani shu.
Ammo, koʻrshapalak...
Mana, koʻm-koʻk koʻzlarim,
mana, yengil vujudim,
sayrasam ovozim bor.
Qani endi uchsam...
U oʻzidan nafratlana boshladi,
shunda birdan mushtdek boshiga
bitta xayol kelib qoʻndi:
baliqlar ham uchmaydi,
hatto quruqlikka chiqa olmaslar,
ilonga-chi, oyoq bitmagan,
boshi yoʻq chuvalchangning.
Qurbaqa oʻzini baxtiyor sezdi,
eski qoʻshigʻini boshladi yana.
2. Xasis sichqon xususida
Sichqon uyasiga oltin tanga olib kirdi,
bu gal mushuk emas,
izidan quvdi bahaybat bir qoʻl.
Jimjiloq xonasiga tashrif buyurarkan
tashqariga chiqmadi sichqon,
chiqmadi xavotirni koʻrib.
Shubhasiz, odamning
yoʻrgakdagy chaqalogʻi ham
Sichqon uyasiga sigʻa olmaydi —
buni tushunishadi ular.
— Sichqon, — dedi odam, —
bolachalaring raqs tusharmidi
oltin tanga yorugʻida,
meiga ber uni,
evaziga non beraman bir burda.
— Yoʻq, — dedi Sichqon, —
bolalarim koʻrib qoʻyishsin
muqaddas buyumni — tish botmaydigan.
...Shunday qilib Sichqon
odamga bermadi oltin tangani.

Qanday Sharpa?

Daraxt tanasini yoʻngandek shamol
sen nuray boshlaysan chap koʻkragingdan,
bu suyak qafasdir —
panjaralari
chirt-chirt sina boshlar chap burchagidan.
Neni kutding,
nega shoshilding,
seni qiynayotgan qanday sharpa bu?
Nahotki
qulab tushmoq uchun oʻsadi daraxt?

Vokzalning Kutish Xonasida

Bu yerda yolgʻizlik rutubati bor,
hech kim churq etmas,
begonalik pardasini koʻtarmas hech kim;
bu yerda, jarlik ustida
hali qurilmadi koʻpriklar;
bularning hammasi —
koʻrinmas odam,
qorachigʻi boʻm-
boʻsh.

Quyosh Hammamizniki

Quyosh hammamizniki,
er bunday emas,
turli-tuman yulduzlar,
bayroqlar,
yirtqich qush suratlari ila
uni parcha-parcha qildilar
va hanuz boʻlaklab,
boʻlaklab
poʻlat taqsimchada iste’mol qilmoqdalar
Yulduzlar yiriklashib
bayroqlar choʻzilgisi kelib qoldi,
endi yerni but-butun holda
oʻzinyki qilishni xyhlaganlar
reja tuzmoqdalar pana-panada...
Quyosh hammamizniki,
odamga qanot bitmagan ekan
u shunday boʻlib qolaveradi.

Kuzoynak Taqib

Qiyofasi sayoz,
birovning koʻzlarini koʻzoynak kabi
taqib olgan bu odam
oʻz tili bilan churq etmas.—
u gapirayotgan soʻzlar
oʻzgalar koʻksidan tortib olingan.
Tongga qarab esnpr,
esnogʻidan yaralgan tutun
koʻzlarini achitar.
Qishda,
qor aralash muzlab qolgan qizil guldek
Uning yuragi tuman ichida.
Qachon bosh oʻsib chiqar
elkalari orasiga?
Bilmaydi,
bilmaydi koʻzoynak taqib
yashashdan charchayotgan odam.

Umidsizlik

Tungi bedorliklar bilan bemalol
quyosh shu’lasini qilaman xarid.
Quyosh... menga zarurmikan u,
daraxtmidim men yoki gulmidnm,
gʻashimga tegadi sariq shu’lasi.
Yolgʻiz qolsam koʻksimdagi choʻgʻ
lahza sayin kattayib ketar,
nur tushmaydigan panada
zax bosib yotibdi oʻsha tosh
koʻhna obidaning parchasi kabi...
Umidimning mingta qoʻlini
kesib tashlab kun koʻraman men,
qaniydi bitta barmogʻi qolmasa, chunki
sadaqa soʻramas qoʻli yoʻq odam.

Uygʻonmoq Uchun

Ish bitmaydi shivirlash bilan,
baqirmoqni oʻrganmoq ma’qul,
xivich yasab achchiq soʻzlardan
quloqni savala, ruhni savala...
Jondan toʻyib majbur boʻlasan
xoʻroz kabi hurpaymoqqa sen —
odamlarni uygʻotmoq uchun
xoʻroz boʻlmoq kerak ba’zida.
Ichkarida kutadi seni —
stulga parchinlab qoʻyilgan odam,
koʻksingda jimgina uxlab yotadi
eshikni ochishga yetmagan jur’at.

Begunoh

Na yaxshilik qildi va na yomonlik,
qoʻydek yuvvosh,
qoʻy ogʻzidan bir choʻp oldi u.
Yetmish yil tush koʻrdi,
etmish yil!
Buni qahramonlik desa boʻladi!

Ishonch Qasri

Ishonch — ulkan qasr, bir gʻishti ham koʻchmagan,
ana, yuqsalmoqda tuman ichida.
Iillar shamol boʻlib oʻtadi,
narsalarni yemiradi Vaqt,
shamdek soʻnar sevinch,
shamdek soʻnar armon.
Ichimda qorongʻilik,
qorongʻilik ichida( qasr.
Hamma narsa nurab borar,
nurab borar asta-asta...
Ichimda qorongʻilik,
qorongʻilik ichida yarqirab
koʻrinayotgai qasr.

Kutish

Yalangʻoch daraxt ostida
kampir kutib oʻtiribdi,
erga egilgan —
qoʻrqinchli yuzidan uyaladi kampir.
Ahyon-ahyonda
bosh koʻtaradi:
koʻzlari nursiz,
bunga parvo qilmas kampir,
koʻzga koʻrinmaydi kutgan narsasi.

Tuxum Ichidagi Tovush

Hammayoq qorongʻi. Koʻzlarim yumuq,
bittasi ochilib, yumilar yana.
Junjikib yotibman, aynigan havo
beshafqat boʻgʻadi — kichrayar tanam.
Yarmisi qayrilgan qanotlarimning,
yarmisi ilvirar — yopishqoq, suyuq.
Qani issiq bagʻir? Yumshoq bir ovoz?
Atrof diqqinafas. Bu xona sovuq.
Ne gunoh qilibman dunyoga kelmay
tovushlar chalinar axir quloqqa —
onam olib ketar ogʻalarimni
iziga iyartib yiroq-yiroqqa.
Bir bor oyoqlarim yozilsa edi,
bir bor u dunyoni koʻrayin axir.
Nahotki tovuqlar qafas tugʻarlar,
nahotki tuxumdan yasalsa qabr?!

Biron-Bir Sababsiz Zerikkan Odamning Kundaligiga Yozgani

Men bu turmushni rangsiz deb oʻylayman,
tusi oʻchgan... demak rangli boʻlgan bir paytlar,
maoshga chaqiladigan kun,
beshikdek tebranib turadigan roʻzgʻor
va bizning qiyofadagi qiyofalar
meni zeriktirib yubordi, zerikdim,
endi hammasinirtusi oʻchgan deyman.
Bosh aniq maqsad bilan band,
oyoqlar tobe oʻsha maqsadlarga,
qaygaki tashrif buyurar ekansan
oʻsha maqsad roʻy koʻrsatar
salom-alikdan soʻng albatta.
Meni hatto oʻlim zeriktirib yubordi,
ming yildirki mohiyati bitta uning:
yumilgan koʻz qayta ochilmas.
Tuzatish kiritmak kerak bu qoidaga
vaqti-vaqti bilan ochilib tursin
manguga yumilgan qorachiqlar ham.
Kimki men bilan suhbatlashsa
ogʻzini lapg ochib esnay boshlaydi
negaki butun suhbat davomida
churq etmayman — oʻzi gapirsin.
Soʻzlar kam tugʻilmoqda,
yon daftarga emas, toshga bitiladigan soʻzlar kam,
Xilma-xil taqdiru qismatlar,
oq va qora toʻqnashuvida hosil boʻladigan uchqun
taxta qirindisidan farq qilmas sira.
Ushlab koʻrilmagan yulduz qolmadi,
neki ushlansa bas, baliq singari
ogzshsh kappa-kappa ochib qovjirab qolar.
Xuddi baliqlar qurshovida qolaveraman,
baliqlar qurshovida...
Hali hech kimning koʻzi tushmagan yulduz
aks etmasmikan qorachignmda?
Shunday xayol surayki
uni hech kim surmagan boʻlsin.

Uchrashuv

Biz ming yil avval uchrashgan edik...
Xayol tortqilardp urugnn
nur tushmagan knmsasiz joyda.
Asrlar oʻtadi lahza kaby tez —
urur yoriladi — sachrab chiqar gul,
bir dumalab bolakayga aylanar xayol.
Kel, bugun xayrlashamiz:
sen — toshga parchinlangan gul,
men — oqarib yotgan suyakman,
bugun ajrashaylik nur tushmagan joyda.

Orqaga Burilsa

Qoʻgʻirchoq odam yurib boryapti,
orqasida ipi bor — bilmaydi,
qoʻl bor — bahaybat.
Yurib boryapti qoʻgirchoq odam,
poʻllari koʻzgudek yarqiroq.
Biznikidek vujudi bor uning,
boshi bor,
xayoli va umidlarn.
Yurib boryapti qoʻgʻirchoq odam —
faqat harakatdir hayoti,
orqaga burilmoq — halokat.

Soʻz

Shundoq til uchida turibdi-ku u,
nega aytolmayman bu soʻzni?
Oh, qanday muloyim soʻz,
qanday yalangʻoch!
Yurakdan til uchiga keldi-da,
shunday turib qoldi aytilmay.
Ichiga fikr solinib
boʻyni chilvir bilan bogʻlapgan qop...
Tunda
shubhalar chizindek tarqab ketadi,
koʻzlar uxlab star opg bilan,
oʻshanda chilvir yechiladi-da
bexosdan otilib chiqar
bir ogʻiz soʻz.

Qishloqda

Quyoshsimon oʻsimlikning bitta shohchasi
akslanib turardi koʻlmak betida.
Aravaga qoʻshilgan eshak,
dumiga ilashgandek pildirar kuchuk,
beda hidi anqib havoda.
Ufqqa birga singardi ular.
Daqiqa sayin uzayib,
uzayib borardi soya shaklida
tun va tong oraligʻidagi devor.

Agar

Oʻsha olamdan qaytmasam
maktubingni oʻqiy olmasman,
bitta harfini-da tanimas koʻzim.
Qaytmasam oʻsha olamdan
qulogʻimga hech tovush kirmas,
hech narsa aks etmas ongimda.
Bu ohori toʻkilgan yoʻlga
qadam tashlamogʻim uchun dastavval
qaytib kelmogʻim shart oʻsha olamdan.

Vaqtning Ishi

Vaqtning ishi — oʻtish,
unga bezakli shippak kiygizmang,
qadam otishi bir xil abadiy.
Toʻxtab qolgan soat
vaqtni ushlab qolslmas,
u faqat aldashi mumkin.

Tabassum Kuylagida

Kulgili narsalar juda koʻp,
nega kulmayapsiz miriqib?
aytaylik mogʻor bosgan sichqon
nutq soʻzlasa
miibarga chiqib.
Hodisalar bor gar kulsang
yirtilib ketadi lablaring.
Birdan huvillagan boʻshliqni koʻrsang
yutoqib ochganda qalblarni.
Yoki bahor chogʻi osmon-falakda
turnalar oʻrnnda raqs tushib sarxush
kelsalar toʻldirib koʻk qoʻynin
qop-qora qargʻalar,
chaqchaygan boyqush.,
Nega katta boʻlar boyqushniig koʻzi,
hatto sigʻar unga sichqon — yemishi...
seskanib ketasan termulsang
koʻksingga botgandek ilonning tishi.
Turfa hangomalar toʻla dunyoning
aks etsa ruhingda bitta boʻlagi
ba’zan kulging kelar telbadek
uzilib-uzilib ichaging.
Ammo, birdaniga yorishgan koʻksing
asta-asta xira tortgan dam,
payqaysan — boʻgʻzingda koʻndalang turgan
tabassum koʻylakli
ulkan bir alam.

Uylab Topilgan Daqiqa

I

Odatdagi kun taslim boʻlmadi,
faqat tongni ishgʻol etdilar,
tong kuchsiz edi. Boʻysundi —
vaqtni koʻrsatmadi soat millari.
Shunda sarosima boshlanib ketdi
tong desa tong emas, tun desa tun emas,
kun desa kun emas — gʻalati soniya
hammani qoʻrqitdi mangulik boʻlib.
Harna charchoq yengdi isyonkorlarni
uzoq davom etmadi harna telbalik.

II

Oddiy daqiqa desam bu xato.
Tunga oʻxshash tong desam oddiy gap.
U olma edi deyman,
zanglab qolaverdi bitta tishlangach.
Naq koʻkragingga qadalib
ogʻriqsiz, sharpasiz qatl etguvchi
sehrli xanjar desam mubolagʻadir.

Gap Tagida

Bir gapning tagiga yetgan hamono
boshlanib ketadi qaysar tushkunlik —
neni mangu desang bari omonat,
dunyoga ishonsang, dunyo besh kunlik.

Toshda Aks Etmagan Gullar

Toshda aks etmaslik qaysarlik boʻlsa,
toshda aks etmaslik boʻlsa oʻjarlik.
Unda farqi yoʻqdir yerning osmondan,
unda baribirdir choʻqqi va jarlik.

Archa Barglaridek Yashil

Umidlarim sogʻlom oʻssin deb
nafas oldim toza havodan,
qiyoq tilli maysalar,
qushlar qanotida osmonnyng hidi,
hansirayotgan bahaybat daraxtlar
nafasga yoʻgʻrilib ichimga kirdi.
Va oʻsayapkai umidlarim osha
bir sado vulqondek otilib chiqdi:
qanday yaxshi yashash,
ayniqsa seni hamma tushunsa,
hamma seni sevsa,
yuragini yuborsa koʻksingga,
jajji
qizil va oq qushchalardek
suhbatlashishsa ular...
Vujudimni qopladi
birdan toʻlqinsimon hayqiriq.
Mening sevgim ^shunday ediki...
Sevgining ichida yashayman,
mening sevgim abadiy,
mening sevgim archa barglaridek
abadiy yashil.

Jabrdiyda

Odamning toshga aylanishi
oson,
tamaki tutuni,
kulrang tuman,
hech narsa koʻrinmas uning ortida.
Bu devor
uni yulib oldi moviy havodan.
Hech kim tushunmadi,
qayrilib qaramadi hech kim.
Sizga tikilayotgan xarsangtosh
bir paytlar odam edi,
unda oʻsayotgan maysalar
qorachiqda aks etmas endi...

Unutilgan Vazifa

Katta-kichik chuvolchanglar
seni olma qurti kabi
kemiryapti, zamin.
Qop-qora odamlarning
boshi qizarmoqda.
Ularning nafasidan
yulduzlar xira tortar.
Ufqdan bosh koʻtarayotgan
oltin sharga
boshlarini tirab
qon tusini berdilar...
Ularning koʻksiga yurak joylashni
unutib qoʻyibsan-ku, ey Qudratli kuch?!

Haqiqat Uchun

Vujudim zirqirasa-da
ingramayman,
tufuraman dardning yuziga.
Koʻzlarimga ruxsat bermayman
yosh toʻkmoqqa,
ma’yus boʻlmoqqa,
sening ostonangga qoʻyaman
haqiqat
hech kimga egilmagan boshimni.

Unday Odamni

Yigʻi tovshin yomon koʻraman,
goʻyoki gʻam qoʻngirogʻiday,
qora qushning qanot soyasi
boshim uzra yoyilgan kabi
seskanaman, qoʻrqaman juda.
Kim yuraklar qa’rida yongan,
jilolangan shu’lani koʻrmas,
sevmas qalbning oppoq qirrasin,
sizsa hamki qonida bahor
yaproq yozmas, gulga aylanmas.
Kim isyondan yashar panada,
vujudini qoʻrquvga oʻrab
bosh koʻtarmay... unday odamni
ermak uchun chumoli tepar,
koʻzlarini oʻyar kapalak.

Ovozga Aylangan Xayol

Yolgʻiz qush
sekin sayramoqda yolgʻizligida.
Kim tinglamoqda bu ovozni,
odam gapirarmi bir oʻzi qolsa?
Yolgʻiz qush...
telba boʻlib qolgan balki u,
hech kimni tinglamas,
oʻz sayrogʻidan sarxushdir oʻzi.
Bu ovoz
uni oʻrab olgan xayollaridir.

Bulbul

Yaproqlarda sinib oy nuri
ovozingga mengzab ketadi.
Bunda kunduz kunduz ortidan
tunning koʻprigida oʻtadi.
Ammo sharpa, sharpa yoʻq bunda,
sukunat ham shu qadar toza.
Chaqmoq kabi lahzalik dunyo
asta chiqib kelar ovozdan.
Dard yoʻq senda zarracha, bulbul
bola ochib tashimaysan xas —
yolgʻon boʻlsa bularning bari
ovozingga nshongim kelmas.
Yolgʻiz oʻzing kuydan yaralding
va qaytasan bir kun ziyoga.
Nima boʻpti mushtdek bitta qush
boʻysunmasa ulkan dunyoga!?

Qaytish

Hamma narsa iziga qaytar.
Sayyoh yuragiga rang yigʻib
boshidan kechirar oʻz xonasida.
Bulutning bir boʻlagi
choʻqqiga tegib
erga tushar
momiq bugʻ shaklida tiklanar yana.
Hayqirayotgan odamning
tovushini qoʻyib yubormas havo —
avval sargʻayadi,
keyin qizargach
tushunib qoladi bu tovush
farq qilmas kundalik ovozdan.
Qoziqqa suykanar boʻshlovdagi ot,
afv soʻrab yolvorar isyonkor,
ogʻiz boʻshligʻiga qaytar hayqiriq.

Dars

Odam hech qachon gulga aylanmasin, dedim tarix kitobini yopayotib. «Odam xuddi gul kabi oʻsdi, xuddi gul kabi oʻz boʻy-bastini sir saqlab yer bagʻirlab oʻsdi. Uning boshini gul kabi uzib tashlardilar, shundan choʻchidi u». Bu dumaloq gulni tilla barkashga solib keltirdilar. Hukmdor uni toʻyguncha hidladi va gʻunchalarni shunday yirik gulga aylanishini kuta boshladi.

Oniy Mulohaza

Xuddi dumli kometa kabi bir «fikr» miya qavatlari ichidan «yilt» etib oʻtib ketdi. Hatto shakllanishga ulgurmagan bu «fikr»ni voqealari bir-biri ichiga kirib ketgan tarqoq tushning kattaroq boʻlagiga oʻxshataman ba’zan. Bu faqat esimda qolgan belgilardan bittasi, xolos. Miyaga choʻgʻlanib tushib soʻnggi qavatiga yetmay yonib bitgan «fikr». Yaxshiyamki, oz umr koʻrdi, aks holda she’r ichiga tushib ulgʻayganida bormi, qoʻshnilarini — katta-kichik ooʻzlarni yoqib yuborib kultepada faqat bitta oʻzi yasharmidi...

Sen Qoʻrqsang

Qoʻrqma,
sen qoʻrqsang
shayton tarix sahifasiga
oʻzini «daho» deb yozib qoʻyadi.
Unut titroqlarni.
Ne’matlarga toʻla
hayot dasturxonidan
qoʻrqmay olgin oʻz ulushingni.
Baribir adashib Keta olmaysan,
yovuzlik koʻksingga sigʻmas baribir.
Qachon sichqon mushukka panja oʻqtalg-an,
qoʻzichoq boʻrini yeb qoʻygan qachon?..

Havo Tund

Havo tund —
gʻira-shira tun, tun.
Havoga choʻzilib yotging keladi,
shunchalar yumshoq.
Ertakdagi yoʻldan qadam tashlarkan
sukunatni buzma.
Yomgʻir yogʻar ekan — sukunat,
chaqmoq chaqar ekan — sukunat,
biz buzmasak bari sukunat,
Dala chetidagi sap-sariq
quyoshning uzun jismiga qara,
asalarilar bilan gaplashadigan quyoshdan
ruhingni naq yarmi yorishar sekin.
Havo — tund, tund,
gʻira-shira tun, tun.,,

Buysunish

Tavbasiga tayanib oʻrnidan turdi,
bu yoʻldan voz kechdi, qaramas hatto.
Boʻronni jimgina kuzatib qoʻydi —
shamol qayga essa soʻqmoq shu yoqda.
Xanjardek qiynadi
bu yarqiroq yoʻl.
Endi baribirdir oyoq ostida
choh bormi, yo soʻqmoq, yo chuqur quduq..
Endi
ruxsat qogʻozisiz nafas olmaydy.

Oy Toʻlishgan Tunda

Oy toʻlishgan tunda
bir dona ham soʻz aytmang,
har qanday fikrdan yirikroq
oy ostidagi sukunat.
Gʻuncha ochilayotgan lahzada
baqirmoqni unuting birpas,
axir, goʻdak kabi nafisdir gʻuncha.
Yomgʻir yogʻar ekan
ichkisi keladi ruhimning
yuvilgan, zangori havoni.
Sukutda termilmoq afzal
oppoq, shabadali kunlar yuziga.
Faqat, jimlikkina koʻprikcha yasar
yurakka kirayotgan shu’lalar uchun.
Na-da, qoʻshiq, na-da hayqiriq
faqat, sukut — koʻprik.

Qish Bulbuli

Qish suhbat qurmoqchi edi biz bilan
ichkariga qoʻymadik elchisini ham —
deraza koʻziga maktub yozdi u.
Maktubni oʻqidi tuvakdagi gul.
Qishni qushlar tashlab ketishdi.
Uzga yurtlardagi fasllar sari.
qushlar uchar ekan ikkinchi in ham
ikkinchi daraxtda paydo boʻladi.
Endi qishning bulbuli qargʻa.
Qish haqida kuylar bu bulbul.

Moviy Sharda Yashash Huquqi

Moviy shar,
qalqib turibdi moviy , shar,
yuragingdagi eng chiroyli umidni
ufla uning moviy tuprogʻiga,
ovozing yam-yashil boʻlsin.
Asalarining gul haqidagi fikri,
qushning osmon ostidagi erkinligi...
Sening-chi, sening qoʻlingdagi,
oyogʻingdagi barmoqlar — zanjir halqalari,
ovozing qora boʻlsa zanjir halqalaridir.
Samoviy fikr,
iliq koʻz yoshlar,
yam-yashil ovozing ila
moviy sharda yashashga haqlisan.

Jahl Chiqqanda

Asab tomirlari tarang,
ingichka chaqmoqdek yarqirar
boshning million asab tomiri.
Jahlning qora tulporlari
bostirib keladi sukut ustiga.
Shundoq boʻsagʻada
bosh changallab yiqiladi mung.
Qaboq ostidagi bulutlar
yigʻila boshlaydi koʻz qorachigʻiga.
Yemgʻir yogʻarmikan,
balki qor yogʻar,
qaysi kavakka bekinamiz endi?!

Gulning Tili Boʻlsa...

Bir umr kutganim, intilganlarim
sen boʻlib qarshimda ochildi bari —
atrof boʻshliq, poyonsiz sahro
men ketib boryapman telba singari.
Hech kim bosh koʻtarmas, ipak qurtidek
hamma yenga olmas oʻz charchogʻini:
tussiz hayot ichra ular har kuni
eb bitirmoqda oʻz yaprogʻini.
Oh, bunda oʻzgacha, hayot moviydir,
havo paxta kabi yumshoq, moʻ’tadil.
Sarxush tinglayapman ovozingni men
bunday soʻzlolmasdi gulda boʻlsa til.
Meni boshqacha deb oʻylama aslo
men ham tashvishlarga boʻlaman banda.
Seni farishta deb ayta olmasman
mehnatkash bu qurtlar bosh koʻtarganda.

Nafas Yoʻllari

Daraxtlar zulmat qa’ridan
havo sharchalarin irgʻitar bizga,
tevarakka yoyilar
maysalarning yelkalaridan
zangor-zangor havo tomchisi...
Tong
koʻkrak -qafasimni toʻldirolmas goh,
chunki koʻzlarim-la nafas olaman,
qorachiqlar — nafas yoʻllarim.
Men koʻzlardan havo soʻrayman
daraxtdek gullamak uchun.
Xarsang ostidagi za’faron maysa
va yaproqlar zulmat qa’ridan
odamlarga qarab qichqirar.
Uzoq-uzoqlarda yangrar bu sado.

Odam Boʻlish

Qachon odam boʻlasan, xayolkash, —
deyishdi menga.
(«Odam» deganda
balandroq nuqtani koʻzda tutishgan.)
Hali erta,
hali juda erta,
bu savolni berish uchun esa
loaqal odam boʻlish kerak.
Men xayolimning eng qizigʻini
tungi yolgʻizlikka asrab qoʻyaman.
Men ushalmagan orzular, umidlar
mogʻor bosib qalashib yotgan
maydondan oʻtdim —
ularni tashlandiq qutiga joylab
eltmoq uchun kimsasiz joyga.
Puch boʻlsa-da
baribir voz kechmayman xayoldan,
axir, juda shirin-ku xayollar.

Koʻrgazmali Qurol

Bu oʻq —
Pushkinning koʻqsiga tekkan oʻq;
bu olma —
N'yutonning boshiga tushgan olma;
bu ot —
Yekaterinani tepgan ot;
tarixiy oʻq,
tarixiy olma,
tarixiy ot.

Xorijda

Vatanligi soʻrib tashlangan vatan
tili tanglayiga yopishgan millat..
Iltijo qilmoqqa qoʻllari ham .yoʻq
sadaqa oʻrniga erk-huquq tilab.
Qoʻshigʻini sotgan tuprogʻin sotar,
chaqaga almashar oʻz onasini.
Xalq esa qoʻzgʻolib... qullik muhriga
tutib berayotir peshonasini.

Uchburchak She’r

Bu kitobii
tun boʻyi
kemirdi
sichqon
* * *
Soʻzlar hazm
boʻlmadi
ichida.
Nimadir yaltirar
paypaslab koʻr—
dim
kaftimga sanchildi
ignadek
bitta
soʻz.

...ga

Mana senga muqaddas kitob
har bir soʻzni piyozdek archi;
kurashmakni eplasang kurash
jarda turib osmonga qarshi.
* * *
Idrok ingrogʻidir qoʻrquv —
derazam oldidan bitta toshbaqa
yashin tezligida chopib oʻtsa gar
chayqalib ketadi shabadasidan.
Ajinalar raqsga tushsa
xoʻmraysa arvoh
tushib, sinmoqlikka shay turar
bu shaffof idish.
* * *
Tashrifimni kutmay qoʻya qol, doʻstim,
turlanib turaman damo-dam —
borsam osmondan tushgandek boraman
men qoʻziqorin kabi bir odam.
* * *
Qaldiroq ovozin eshitmas, ammo
eshitar bolari gulga qoʻngan payt
«tiq» etib taralgan mayda tovushni.
Payqamas qay yoʻsin ochilar gʻuncha
ammo koʻrib qrlar oʻsha bolari
olib ketayotgan tillarang changni.
Balki hech narsaning fahmiga yetmas
shuni biladiki bolari qoʻnsa
kungaboqar oʻzin quyosh deb bilar,
quyoshga qoʻnyapman deb oʻylar ari.
* * *
Koshki chiroq boʻlsa
va yoki olov
ichimda miltillab yonayotgan narsa.
Nafis tuman choʻksa
ichingga, soʻngra
peshonangda boʻrtar
shubha qorachiqli koʻz—
rostdan yonyaptimi
yoki bu narsa
bitta boʻlagimi
kechagi tushning?
* * *
Tosh kabi kuchli, olovdek aqlsiz,
jiyda guli kabi faslga beparvo;
goʻdak kabi itoatkor,
gʻoyat itoatkor,
hatto oʻz ovozidan oʻzi qoʻrqadi
choʻchib tushar oʻz xurragidan.
* * *
Koʻp kuyinma, soʻnib ketmaydi
ichimizda umid uchquni —
bizni sevmaganlar fikridan
qaytmogʻi ham mumkin bir kuni.
Uzoq ogʻrib turmas bu yara
najotkor qoʻl bosajak malham.
Uzimizni mahkam tutolsak
oʻtib ketar shamoldek dard ham.
* * *
Titrayotgan chang bosgan sukut,
balki qotib qolgan havodir —
ketib borayapman koʻksimda
almashinar sogʻinch, xavotir.
Yolgʻizgina soyadan boshqa
hamroh boʻlmas bu yoʻlda hech kim.
Charchamadim, hali bir tongni
ottirmoqqa yetadi kuchim.
* * *
Akvariumda baliqcha boʻlsa
qushcha boʻlsa agar qafasda
yolgʻiz boʻlmasdim bu qadar
uy burchagidan bitta chumoli
oʻrmalab chiqsa loaqal.
* * *
Olamni suv bossa
qoʻzgʻalmasam men
ta’na toshlarini otmang boshimga
toki oʻylab olay
qanday olam bu
qimirlashga arzirmi suv ham?
Qimirlashga arzimasa u
tizzam yoʻq mening,
toʻpigʻim ham yoʻq.

Qora Mushuk

Tunda hamma uxlaydigan payt
chaqaloq yigʻisin oʻgʻirlab asta
tashqariga chiqib ketar u.
(Choʻchib uygʻonadi bir ayol
uyqu va bedorlik oraligʻida
alla qotib turar aytilmay).
Tashqarida goʻdak yigʻisi
qop-qorongʻi boʻshliq ichida
battar kuchayadi, battar kuchayar.
(Choʻchib uygʻonadi bir ayol
uyqu va bedorlik oraligʻida
alla qotib turar aytilmay).
Adashib yuribdi bir yigʻi
bu tovushni kim oʻgʻirlagan
qorongʻida koʻrib boʻlmas hech.
* * *
Siyohdonga qarab, qogʻozga qarab,
roʻparangda oqarib ketgan devorga
uzoq toʻxtab qolgan, chang bosgan
tanaffusga qarab qoʻrqib ketasan
jasadini koʻrgan odam singari.
* * *
Bayroqqa ilashgan chumoli boʻlsam
jangga kirar edim hammadan oldin
janggohdan sogʻ-omon chiqardim, chunki
oʻqdan kichkinaman tegaman desa,
sogʻ-omon chiqardim biror jangchining
yarasiga qulab tushmasam agar,
gʻarq boʻlib ketmasam agar koʻz yoshga.
* * *

Bu odam buyruqqa koʻnikkan. «Nafas ol» demasangiz dimiqib qolishi mumkin. Bexavotir yashamogʻi uchun boʻyniga «yashayver» degan taxtacha osib qoʻying. Qoʻshiq aytishdan avval unga «eshit» deyishni unutmang. «Koʻraver» demasangiz koʻzini loʻq qilib turaveradi, shoʻrlik. Oldiga taom qoʻyganda buyruqni eslatmaguncha qoshiq ushlamaydi. Uni oʻldirmoq uchun bir ogʻiz soʻz kifoya. Ammo oʻshanda ham u — chalajon murda «tiril» degan buyruqni kutib oʻlolmay yotgan boʻladi.

* * *
Ba’zida:
bu qalam
meniki emas,
daftarning-da menga daxli yoʻq,
hatto shu misralarni yozayotgan odam
men emasman
oynaga qarasam
aksim boʻlib , termilar oʻsha
notanish odam;
qayerdaman deyman ichimdan
butunlay notanish ovozda.
* * *
Unutilgan yalanglikda
yalangʻoch daraxtga in qurib
yolgʻiz yashayotgan qushcha shaklida
sayragim keladi
yolgʻizlik haqda.