OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifBang Tu Ming
Asar nomiOʻrdakchaning sayohati (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Xitoy adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Bang Tu Ming
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonDilmurod Usmonov
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻrdakchaning sayohati (hikoya)
Bang Tu Ming

Oʻrdakcha hamda doʻstlarining ummon ortidagi ajoyib sayohati (hikoya)

Oʻrdakcha, paxmoq ayiqcha, maymuncha hamda oppoqqina gʻozcha qalin doʻst edilar. Kunlardan bir kun bu ahil ogʻaynilar koʻm-koʻk ummon boʻylab sayohatga chiqishdi.

Qanday ajoyib damlar ! Chaykalar1 ularga «Salom» deya tegraslarida charx urib parvoz qilishar, uchuvchi baliqchalar dengiz yuzasidan sapchib havoga sakrashar va doʻstlarni olqishlashar edi.

…Qoʻqqisdan boʻron qoʻzgʻaldi.

Doʻstlarning qayigʻI taraq-turuq ovoz chiqarib, qoyatoshlarga urildi.

Oʻrdakcha shunchalik qoʻrqib ketdiki, natijada u oʻz jonini qutqarish uchun qayiqdan suvga sakradi.
— Oʻrdakcha, ortingga qayt, deya qichqirishdi doʻstlari uzoqlashayotgan qayiqdan turib unga. Biroq oʻrdakcha hatto qayrilib ham qaramadi.

Doʻstlar oʻrdakchaning ketib qolganidan juda ham afsusda edilar. Hozir esa ular boʻronda zarar koʻrgan qayiqlarini tuzatishlari kerak edi.

Chaykalar1 – baliqxoʻr dengiz qushlari

Nihoyat qayiq ham tuzaldi. Ayiqcha doʻstlariga : - Men qayiqni boshqaraman, - dedi. Men kemaning suzishini ta’minlayman, - deya luqma tashladi Gʻozcha ham. – Men esa atrofni kuzataman, - deya yelkan ustiga tirmashib chiqa boshladi maymuncha.

Biroz fursat oʻtgach, maymuncha birdan qichqirib yubordi: Qaranglar! U yerda kimdir biz tomon kelyapti!
— O, xudoyim! Timsoh oʻrdakchani quvlab kelyapti-ku!
— Tezroq! Tezroq! Buyoqqa kel! Biz buyoqdamiz! – deya qichqirishdi doʻstlari oʻrdakchaga.

Hammasi koʻngildagidek boʻldi. Oʻrdakcha yana xavfsiz joyga – doʻstlari oldiga qaytdi.

Oʻrdakcha doʻstlarining yuziga qarolmay, qattiq xijolat chekdi.
— Bundan buyon hech qachon sizlardan ajralmayman, - dedi u nihoyat.

Shunday qilib, ular suzishda davom etishdi.

Maymuncha ufq ortidan qorayib kelayotgan bulutlar toʻdasini koʻrib qoldi.
— Tayyor turinglar, hozir boʻron boshlanadi, - deya doʻstlarini ogohlantirdi maymuncha.

Boʻron boshlandi.

Ayiqcha qoʻlidan kelgancha qayiqni boshqardi. Oʻrdakcha va oq Gʻozcha maymuncha machtadan sirgʻalib tushayotgan paytda yelkanni pastga tushirishdi.

Qayiq toʻlqinlar orasida goh yuqoriga koʻtarilib, goh pastga shoʻngʻib pista poʻchogʻiday qalqib borardi.
— Oʻrdakcha, sen qoʻrqayapsanmi? – deb soʻradi ayiqcha.
— Yoʻq! Men sen bilanman – deb javob qaytardi oʻrdakcha.

Nihoyat, ular dahshatli boʻronni yengib chiqishdi va qadrdon uylari tomon ohista suzib ketishdi.

Pekin

1965