OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifBaxtiyor Temur
Asar nomiOʻzga bogʻning olmasi
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Baxtiyor Temur
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Maqolalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


Nashr belgilari
"Hurriyat" gazetasidan olindi


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻzga bogʻning olmasi
Baxtiyor Temur

Millat kelajagi, yurt obodligi va dorulomon hayot barqarorligida, kelajak oldida barcha, ziyolilar va ijodkorlar, matbuot sohasi vakillarining mas’uliyati yuksak. Hayotni, yuz berayotgan oʻzgarishlarni teran mushohada etish, avvalo ularga chuqur kirib borish, ijtimoiy soʻrovlar suhbat va boshqa vositalar orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Yutuq va muammolarni oʻz vaqtida tushuntirish jamiyatni yakdillik va bahamjihatlik sari yetaklaydi. Bunda aholi turli qatlamlariga mos usullarni qoʻllash, boshimizdan kechirayotgan jarayonlarga avvalo oʻzimiz munosib baho berib, ular mohiyatini ommaga yetkazishimiz lozim. Shuni unutmasligimiz kerakki, voqea-hodisotlarga nisbatan betaraf boʻlish, ularni notoʻgʻri talqin qilish yoki ularga nisbatan sukut saqlash, chetlab oʻtish odamlarda ikkilanish, ishonchsizlikni kuchaytiradi.

Koʻp yillar davomida yangilik, demokratik, zamonaviy, foydali, «qoyil qolsa arziydi», chiroyli... kabi tamgʻalar ostida asl mazmun mohiyati bilan xalqimiz ma’naviyatiga, urf-odatlarimizga yot koʻplab tushunchalar kirib keldi va kirib kelmoqda. Yoshlar xulq-atvorida yuz koʻrsatayotgan ayrim salbiy koʻrinishlar oʻz vaqtida targʻibot-tashviqot ishlariga koʻp ahamiyat berilmaganining oqibati desak boʻladi. Bugungi kunda taomildagi zamona vakili deya oʻzini har koʻyga solib, oʻzgacha, gʻayritabiiy odatlarni kasb qilayotganlar orasida, ayniqsa, yoshlar koʻplab uchramoqda. Hamma narsadan boylik ustun, erkinlik – istaganni qilish, bachkanalik, betgachoparlik deb hisoblayotganlar tez-tez uchrayotgani sir emas. Goh u elning, goh bu elning kinosini koʻrib, hayotda ularning qahramonlariga oʻxshashga harakat qilib, «oʻzga bogʻning shirin olmasi»ga mahliyo boʻlayotganlar ham topiladi. Bular hech qachon milliyligimiz, oʻzligimiz yuksalishiga soya solmasligi lozim. Hech zamonda oʻzbek qizi kuppa-kunduzi koʻcha-koʻyda tanish yigit bilan shunchaki oʻpishib koʻrishganini, oʻzga yurtlarda urf boʻlgan yarim yalangʻoch tungi liboslarni kiyib yurishi, yigitlarimizning mahallalar, hatto aziz avliyolarimiz qadamjolarida kalta ishtonda yaltoqlanib yurishi, ikki soʻzining birida «Vau, vav!», «Yes, yes!», «Okey!» deya qichqirishi bugungi kundagichalik avj olmagan. Qay zamona alpomishlari turmaklangan soch, boʻyinda yaltiroq munchoq, peshonada durra, quloqda sirgʻa, badanida turfa naqshu toʻgʻnogʻichlar taqib yurishni oʻziga ep koʻrgan. Aholida savodxonlik darajasining pasayishini ona tilimiz – Davlat tiliga e’tibor susaygani bilan izohlash oʻrinli.

Turli korxona va tashkilotlar hujjatlashtirish ishlaridagi e’tiborsizliklar, lotin imlosini qoʻllashning amaliy jarayonlaridagi xatoliklar, eski tuzumdan qolgan atamalar, nomlanishlar, chalasavodlarcha bitilgan peshlavhalar, e’lonlar, koʻrsatkichlarni har qadamda uchratish mumkin. Masalan, Navoiy shahridagi madaniyat saroyi binosi viloyat televidenielari koʻrsatuvlarida tez-tez namoyish qilinib, koʻplab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham oʻtkazilib turiladi.

Ushbu bino ustiga oʻrnatilgan «ФАРХАД» yozuvini 15 yildirki, hech boʻlmasa «FARHOD» deb toʻgʻrilab qoʻyishga hech kim hafsala qilmayotgani ajablanarli. Nahotki, ikkita harfni oʻzgartirish shunchalik mushkul? Bu bilan savodsizlik va e’tiborsizlik targʻib etilmayaptimi? Ushbu saroyda uch-toʻrtta qoʻshiqni xirgoyi qilib, hali elga tuzukroq tanilib ulgurmagan oʻspirinning «Men bu auditoriyani tan olmayman, chet elga chiqaman, meni Ukrainada, Rossiyada, Belorussiyada tushunishadi», deyishiga nima deysiz? Otang kimchi, onang kimchi... Xatoliklarning yillar davomida oʻzgartirilmasligi, ayniqsa, yoshlar ongida xato qilish mumkin, shunday boʻlishi kerak degan tushunchalarni uygʻotishi turgan gap. Shahardagi koʻpqavatli binolar va boshqa joylarga oʻrnatilgan «NAVAI», «IBODAT XONA» «JURABEK», «ShABODA», «ShURBO», kabi «chalasavodlik namunalari»ni qayta-qayta hijjalab, hayron boʻlayotgan bolakaylar ongida qanday savollar tugʻilishi mumkin. Shahar boʻylab aylanib, faqat markaziy koʻchalar atrofidagina, qisqa vaqtda oʻnlab qoʻpol xatoliklar bilan bitilgan atamalar, yozuvlarni oʻqiysiz. Turli tildagi soʻzlardan yaralgan «ayqash-uyqash» matnli qoʻshiqlar paydo boʻlib, kundan kunga urf boʻlayotgani, ma’naviyatimiz sarchashmalari boʻlmish mumtoz adabiyot, maqomlar, baxshichilik hayotimizdan kundan kunga yiroqlashayotgani kabi holatlar millat kelajagi borasida jiddiy oʻylab koʻrishimizni taqozo etmaydimi? Yoshlarga, ayrim hollarda katta yoshdagilarga ham yaxshiyu yomon, ijobiy va salbiy singari tushunchalarni tez-tez eslatib turish ham bugungi axborot asrida ortiqchalik qilmaydi. Har bir xalqning urf-odatlari, an’analari barhayotligida yashash muhiti, tabiiy-geografik oʻrni, ob-havosi, iqlimi muhim boʻlgani singari, uning mukammal ravnaqi, taraqqiyotida olimu fozillar, xalq donishmandlari oʻy-qarashlari ham gʻoyat zarur. Turli tajovuzlarga nisbatan murosasiz, e’tiqodli, fidoyi va vatanparvar shaxslarni tarbiyalash ustuvor milliy gʻoyalarimizdan biri boʻlib qoladi.

Targʻibot ishlari ta’sirchanligini oshirishda muhim omillardan biri avvalo kelajak odami — komil inson tushunchasiga milliy ildizlarimiz, dinimiz, tarixiy shaxs­lar, ota-ona, oila, mahalla, milliy gʻurur, urf-odatlar, qadriyatlar, faxrga arzigulik jihatlarimizning hayotiyligini ta’minlash, oddiygina kundalik turmush tarzimizdan kelib chiqmoq oʻrinli. Axborot texnologiyalari qanchalik rivojlanib, hayotimizga chuqur kirmasin odob-axloq tarbiyasi, voqea hodisalarni mushohada etib, toʻgʻri xulosa chiqarishda kitobning oʻrni beqiyos. Biroq, ming afsuski, moddiy farovon, uddaburro rahbarlar orasida kitob oʻqiydiganlar, oʻz qoʻli bilan bir varaq matnni bexato yozadigan, biror adabiy qahramonni qoʻl ostidagilarga oʻrnak qilib koʻrsata oladiganlari, shunday qahramonlar yoki jarayonlar haqida hayotiy, qiziqarli asarlar yozayotganlarni ham, afsuski, koʻp deb boʻlmaydi. Bu ishlarda old saflarda turishi kerak boʻlgan ijod ahli faoliyatiga joylarda e’tibor sust. Birovlar nomidan maqolalar tayyorlash, hatto kitoblar chiqarish, oʻzgalar ijod namunalarini sotib olib, oʻz nomidan e’lon qilish, yasama his-tuygʻular, maddohlikning adabiyotshunoslar tomonidan tahlilu tanqid qilinmayotgani ham soxtagarchilikning urchiyotganiga sabab boʻlmayaptimikin?

Shu yurtda ulgʻayib, barcha imkoniyatlardan bahramand boʻlib, erishgan moddiy va ma’naviy yutuqlarini, kamolot, balogʻot va goʻzallikni Gʻarbga, okean ortiga yoki issiq oʻlkalarga (masalan Dubay bozorlariga) olib ketishni orzu qilmay, oʻzi va farzandlari hayotini shu yurt, shu el taqdiri bilan bogʻlagan insonlarga eng yaqin kishilarimiz qatorida ehtirom koʻrsatmogʻimiz yuksak ong va madaniyat sohiblari sifatidagi fuqarolik burchimizdir.

Yurt egalari sifatida ertangi kunimiz oldidagi farzandlik burchimizni ado etmoqni kelgusi avlodga ham oʻrgatmoq, targʻib qilmoq vaqtidir. Xalqning asl farzandlari hayotidan hikoya qiluvchi turli asarlar, filmlar, seriallar yaratilmogʻi, oʻzga davlatlarning yuzlab qismlardan iborat videofilmlaridan charchagan ongu roʻzimizni oʻz madaniyatimiz xazinasi javohirlari bilan bezamoq vaqti allaqachon kelgan.