OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

4 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifBekpoʻlat Baxtiyor
Asar nomiMehringizdan aylanay (she’rlar)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Bekpoʻlat Baxtiyor
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotTamaddun nashriyoti, Toshkent, 2014
Hajm56KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2016/08/02
ManbaMuallif ruxsati bilan


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Mehringizdan aylanay (she’rlar)
Bekpoʻlat Baxtiyor

Onam Shodligidan...

Kelajak yoʻlimga nazar solarman,
Yertangi kunimni oʻylab qolarman.
Bir narsani aniq angladim, bildim,
Onam shodlanganda baxtga toʻlarman.
Koʻz tegmasin aslo togʻdek baxtimga,
Shijoat qoʻshilar yana shahdimga,
Siz ham quloq soling qa’tiy ahdimga:
Onam shodlanganda baxtga toʻlarman.
Hech kim oʻz-oʻzidan chinor boʻlmagay,
Onamsiz bogʻimda bahor boʻlmagay,
Koʻrganda koʻnglimda gʻubor boʻlmagay,
Onam shodlanganda baxtga toʻlarman.


Erkam

Dilimdagi nafis tuygʻular sendan,
Chiroyli gulzorga oʻxsharsan erkam.
Eng yezgu maqsadu orzular sendan,
Fasli nabahorga oʻxsharsan, erkam.
Ketsang nigohlarim qoladi muzlab,
Eng avval yuragim qoladi izlab,
Qalbim boʻstonidan ketma yolgʻizlab,
Fasli nabahorga oʻxsharsan, yerkam.
Koʻklamda rorlagan oftob misoli,
Nafasing yoqimli, huzur safoli,
Kelaqol, yashnasin sevgi niholi,
Fasli nabahorga oʻxsharsan, erkam.


Uzilmasin Nasibam

Baxtu omad sehridan,
Bu dunyoning mehridan,
Bobolarim zehnidan
Uzilmasin nasibam.
Yer yigitning baxtidan,
Toleimning taxtidan,
Vafoli yor ahdidan,
Uzilmasin nasibam.
Hayot berar risqimni,
Baxt toʻldirar ilkimni,
Nurga belar ishqimni,
Uzilmasin nasibam.


Mening Yonimda Yigʻlamas Onam!

Hayoting achchiq dardin totsa ham,
Yamonlar soʻzi ogʻir botsa ham,
Ba’zan yaqinlar sirin sotsa ham,
Mening yonimda yigʻlamas onam!
Koʻz qarogʻida yoshlar toʻlsa ham,
Gulzori aro toshlar toʻlsa ham,
Dardu figʻoni osmon boʻlsa ham,
Mening yonimda yigʻlamas onam!
Garchi dardlari togʻlarga qiyos,
Ammo atvori Toʻmarisga xos,
Men ham ularga oʻgʻlon boʻlay mos,
Mening yonimda yigʻlamas onam!


Dardingni Boʻlishma...

Dillingni kuydirib ketsa-da alam,
Figʻoning osmoni ishgʻol yetsa ham,
Magʻrur vujudingni yegar boʻlsa gʻam,
Dardingni boʻlishma bedardlar bilan.
Berrarvo tingaydi bir zum xasrating,
Lekin sira boʻlmas jonday ulfating,
Zarra qolmasa-da sabr - toqating,
Dardingni boʻlishma bedardlar bilan.


Sogʻinchinga Oʻrganib Qoldim

Yuragimni qiynaydi firoq,
Ketolmayman koʻchangdan yiroq,
Kelgin oʻzing ahvolimga boq,
Firogʻingda oʻrtanib qoldim,
Sogʻinchingga oʻrganib qoldim.
Shodlik ketdi dilimni tashlab,
Tinch damlarni qaylarga boshlab?
Olovyurak yedim quyoshqalb,
Firogʻingda oʻrtanib qoldim,
Sogʻinchingga oʻrganib qoldim.
Vaslinga menga nasib yetsaydi,
Hijron gʻami olis ketsaydi,
Qismat yoʻli senga yetsaydi,
Firogʻingda oʻrtanib qoldim,
Sogʻinchingga oʻrganib qoldim.


Xayolim Oʻzingda...

Sogʻinchda yashayman bir bora koʻrib,
Tomirlarim ichra sevgi joʻsh urib,
Umrim oʻtatotir mahzun oʻy surib,
Xayolim oʻzingda, oʻzingda jonim.
Sogʻinchli maktublar bitib oʻtyarman,
Dardimni ichimga yutib oʻtyarman,
Sening muhabbating kutib oʻtyarman,
Xayolim oʻzingda, oʻzingda jonim.
Gul ruxsoring tamom asir ayladi,
Qalbimni oʻziga irsiz boyladi,
Yuragim qa’riga ishqni joyladi.
Xayolim oʻzingda, oʻzingda jonim.


Yonimda Boʻling

Sizdan doim shuni istardim faqat,
Umrim soʻngigacha yonimda boʻling.
Meni tashlab ketmang hech qachon, hech vaqt,
Umrim soʻngigacha yonimda boʻling.
Umrimiz har faslin koʻraylik birga,
Bu dunyo toʻlmagay shunda hech sirga,
Hayot ham oʻxshaydi berayon qirga,
Umrim soʻngigacha yonimda boʻling.
Sizning mehringizdan gʻamlar ham qochsin,
Omad yoʻlimizga oʻz nurin sochsin,
Bu dunyo bagʻrini bizga keng ochsin,
Umrim soʻngigacha yonimda boling.
Onajon, sizsiz men gʻamhonadurman,
Hayotim besamar vayronadurman.
Men faqat bir sizga ishonadirman,
Umrim soʻngigacha yonimda boʻling.


Eng Avval...

Kunlarim zulmatga aylanib qolsa,
Shodligim gʻurbatga aylanib qolsa.
Eng avval oʻzimdan toray xatolar,
Doʻstlarim sotishga shaynalib qolsa.
Nogahon tortilsa doʻstlik qoʻllari,
Gʻamlarga tutashsa quvonch yoʻllari.
Eng avval oʻzimdan toray xatolar,
Boshimga yogʻilsa kulfat do'llari.
Yurishmay qolsa har boshlagan ishim,
Xiyonat aylasa ishongan kishim.
Eng avval oʻzimdan toray xatolar,
Sababini bilsam, tugar tavshishim.


Yuragim Sizniki...

Oʻzingiz bilmaysiz berarvo yurib,
Kimlar haqidadir xayollar surib,
Bir narsani bildim sogʻina turib,
Yuragim sizniki boʻlib qolibdi.
Men bilan dunyoga kelgan yuragim,
Umrim davomida mudom keragim,
Oʻzim ham bilmagan qanday tilagim,
Yuragim sizniki boʻlib qolibdi.
Bu oʻtli jismimdan uzoqqa ketib,
Aqlu hushim bilan nifoqqa yetib,
Meni bechorahol, sargardon yetib,
Yuragim sizniki boʻlib qolibdi.


Ahli Olamlar

Nechun inson gunohga botar,
Gohi qadri roygakda yotar,
Doʻst doʻstini nimaga sotar,
Bu nimaning daxlli odamlar,
Oʻylab koʻring ahli olamlar.
Koʻngilni ne chulgʻab olmoqda,
Kimlar kimga sirtmoq solmoqda,
Hasatchilar zimdan kulmoqda,
Bu nimaning daxlli odamlar,
Oʻylab koʻring ahli olamlar.
Kim aslida tulki yo chayon,
Yuzlaridan boʻlmaydi ayon,
Ketmoqdamiz oxiri qayon?
Bu nimaning daxlli odamlar,
Oʻylab koʻring ahli olamlar.


Sabot Tilayman

Doʻstlaringiz nogoh sotib ketishsa,
Kerakmas buyimdek otib ketishsa,
Yuraklari toshdek qotib ketishsa,
Men sizga hayotdan sabot tilayman.
Tinmay boqsa agar xiyonat koʻzi,
Dilingiz tilsa gar dushmaning soʻzi,
Ishongan kishingiz oʻgirsa yuzin,
Men sizga hayotdan sabot tilayman.
Borgan har yeshingiz ochilmay qolsa,
Minnatli oshlardan koʻnglingiz tolsa,
Har qadam dushmanlar oyoqdan olsa,
Men sizga hayotdan sabot tilayman.
Alamlardan yurak otashdek yonsa,
Omadsiz kuningiz yaqinlar tonsa,
Shunda ham qalbingiz umidga qonsa,
Men sizga hayotdan sabot tilayman.
Yey doʻstim, hayoting koʻrdir gʻamlari,
Unda oʻchadi goh shodlik shamlari,
Azob-musibatning ogʻir damlari,
Men sizga hayotdan sabot tilayman.


Kechirgin Doʻstim

Omadim koʻzimni yogʻlab qoʻyibdi,
Sen tamon yoʻllarim chohlab qoʻyibdi,
Oʻtkinchi mol dunyo bogʻlab qoʻyibdi,
Kechirgin gunohim, kechirgin doʻstim.
Maqtovli soʻzlarga koʻnglim uchibdi,
Meni faqat soxta doʻstlar quchibdi,
Shu sabab yuraging alam ichibdi,
Kechirgin gunohim, kechirgin doʻstim.
Doʻstliging gohida yerish tuyuldi,
Shon-u shuhratimdan hushim suyuldi,
Meni deb koʻnglinga dardlar quyuldi,
Kechirgin gunohim, kechirgin doʻstim.


Nima Qilsin Axir...

Gul umring hazondek soʻlib borsa-yu,
Alamlar yuraging tilib borsa-yu,
Doʻstu yaqinlaring bilib tursa-yu,
Holingni soʻrashga odam boʻlmasa,
Nima qilsin axir, alam qilmasa.
Yoningdan oʻtsalar berarvo boʻlib,
Sen bilmas kimsalar ortingdan kulib,
Kundan kun yuzlaring ketsa-yu soʻlib,
Holingni soʻrashga odam boʻlmasa,
Nima qilsin axir, alam qilmasa.
Odamning taftini odam oladi,
Gʻamgin dillaringga shodlik soladi,
Yolgʻiz inson mudom shundan toladi,
Holingni soʻrashga odam boʻlmasa,
Nima qilsin axir, alam qilmasa.
Ishongan doʻstlaring oson sotilsa.
Sen tamon ta’nali toshlar otilsa,
Shirin taomingga zahar qotilsa,
Yeng ogʻir damingda tirgak qolmasa,
Nima qilsin axir, alam qilmasa.


Qilma Javoliq

Sevgim, qay joyida oʻtdi xatoliq,
Umrim hazon aylar yerta jidoliq.
Tunlari hasratim tinglar bolishim,
Yorginam buchalar qilma javoliq.
Hayollarim ketar goʻyo qaroliq,
Bu qanday masofa bitmas oraliq.
Kunduzi dardlarim ortar birma-bir,
Yorginam buchalar qilma javoliq.
Koʻnglimni oʻrtaydi ming bir yaroliq,
Nahotki umrbod boʻlsa ayroliq.
Koʻzimga bir boqqin, anglaysan holim,
Yorginam buchalar qilma javoliq.
Bekroʻlat qalbida hajring qadoliq,
Bu qandayin qismat bevaqt adoliq,
Yey, sen rariyoʻrim gunohim nedur?
Yorginam buchalar qilma javoliq.


Gunohkor Oʻzing

Gohida aldaydi shu ikki koʻzing,
Gʻiybatli garlarga aylanar soʻzing.
Musibat mehmoning boʻlsa agarda,
Aybdor ahtarma, gunohkor oʻzing.
Tashvish bir sababchi sening kasringga,
Hech kim bir gʻisht qoʻymas koʻngil qasringga,
Quloq solmasalar oʻtli arzingga,
Aybdor ahtarma, gunohkor oʻzing.


Oʻzimga

Xatolarim kuzatib zimdan,
Nafratlanib ketdim oʻzimdan.
Onajonim dardin koʻrmagan,
Xafa boʻldim ikki koʻzimdan.
Xushomadli yoʻllarda yurdim,
Bilganimcha oy-hayol surdim,
Yuzingizdan yuzimni burdim,
Nafratlanib ketdim oʻzimdan.
Gohi qochib kutgan chogʻingiz,
Xazon boʻldi bahor bogʻingiz,
Ortaverdi koʻngil dogʻingiz,
Nafratlanib ketdim oʻzimdan.
Faqat yedim tayyor oshingiz,
Balki men deb yegik boshingiz,
Yigʻlasangiz artmay yoshingiz,
Nafratlanib ketdim oʻzimdan.
Kimlar uchun goh koʻzu qoshman,
Aslida men bir bagʻri toshman,
Bugun afsus ogʻzida oshman,
Nafratlanib ketdim oʻzimdan.
Yertasi yoʻq chiroyga uchib,
Koʻhna dunyo saroyga uchib,
Ketibman-ku oʻzlikdan kechib,
Nafratlanib ketdim oʻzimdan.
Koʻzguda chin aksim koʻrmarman,
Onajon, deb ahvol soʻrmarman,
Dardingizda darmon boʻlmarman,
Nafratlanib ketdim oʻzimdan.
Shoirman deb koʻkrak keribman,
Qizlarga gul soʻzlar teribman,
Sizga qachon shodlik beribman?
Nafratlanib ketdim oʻzimdan.


Sodda Oshiq...

Tunlarni kunlarga ulab kutguvchi,
Sevaman desang bas, jonim tutguvchi,
Sening dardlaringla alam yutguvchi,
Men bir sodda oshiq, hajring adosi.
Senga aytolmagan soʻzlarim she’rda,
Dardlarimni anglab bir imkon ber-da,
Qadrimni koʻraman gohida yerda,
Men bir sodda oshiq, hajring adosi.
Bir tabbasuminga ovunib yashar,
Royinga koʻzlarim nigoron toshar,
Har bir korganida umidi oshar,
Men bir sodda oshiq, hajring adosi.
Koʻnglingga yetarmi koʻnglim sadosi?
Mehringni chinakam mushtoq gadosi.
Sevgimga gumonlar ortidan boqma,
Men bir sodda oshiq, hajring adosi.


Sevgining Bir Karomati

Ne oʻtkinchi ishga qoʻllar urmadim,
Doʻstu yor soʻziga yuzim burmadim,
Yor vaslidan oʻzga oʻylar surmadim,
Shu yekan sevgining bir karomati.
Yurishu turishim oʻzgacha yendi,
Soʻzlashu kulishim oʻzgacha yendi,
Sogʻinib, kutishim oʻzgacha yendi,
Shu yekan sevgining bir karomati.
Saharlab uygʻonib bedor bemordek,
Hajringdan toʻkildim dona anordek,
Yelkanga qoʻnayin mayli gʻubordek,
Shu yekan sevgining bir karomati.
Kutishni oʻrgandim yoʻlingni roylab,
Qalbimga shirin oʻy-hislarni joylab,
Sevging ikki koʻzim qoʻydi-ku boylab,
Shu yekan sevgining bir karomati.


Javobsiz Sevgining Uvoli Yomon

Ey, yorim berarvo boʻlma bunchalar,
Koʻngilda soʻnadir umid gʻunchalar,
Ayt, mening gunohim nima shunchalar,
Javobsiz sevgining uvoli yomon.
Sahardan shomgacha diydoring koʻzlab,
Yuribman, sogʻinsam rinhona boʻzlab,
Qatra - qatra dardim suratga soʻzlab,
Javobsiz sevgining uvoli yomon.
Chin oshiq bunda ming, xarob boʻlsa-yu,
Orzular birma bir sarob boʻlsa-yu,
Koʻz yoshim oʻzimga sharob boʻlsa-yu,
Javobsiz sevgining uvoli yomon.
Mendan qochib yurma, boʻlib yerkatoy,
Yuragim huvillab qolgan boʻsh saroy,
Senga ham qiyindir, bilmam hoynahoy,
Javobsiz sevgining uvoli yomon.
Bekroʻlat Baxtiyor, kunda dard yutar,
Yoʻlingni roylab intizor kutar,
Javobin oladi kim neki tutar,
Javobsiz sevgining uvoli yomon...


Balki...

Qovogʻidan qorlar yogʻar tinmayin,
Ba’zilar yashaydi shunday kulmayin,
Bir soʻz aytish qiyin dardin bilmayin,
Balki uning sira sirdoshi yoʻqdir.
Hayoti bir tekis oʻtar shundayin,
Har bir kuni goʻyo oddiy kundayin,
Boqsam yurak bagʻri tamom xundayin,
Balki uning sira qardoshi yoʻqdir.
Dushmanlar dilini qora yetmoqda,
Tashvishli damlarga chora yetmoqda,
Yurakdagi gʻamni rora yetmoqda,
Balki uning sira bardoshi yoʻqdir.
Dunyo gʻamlaridan hungrab yigʻlashga,
Ishonchsiz doʻstlarni yana sinashga,
Yurakdagi gʻamga rinhon boʻylashga,
Balki uning sira bardoshi yoʻqdir.
Bekroʻlat Baxtiyor, hayot jumboqdir,
Hayotimiz goʻyo daryo qirgʻoqdir,
Har bir onimizda tashvish oʻrtoqdir,
Balki uning sira koʻzyoshi yoʻqdir.


Mehringiz Istadim Faqat

Qarshimga kuliblar keldingiz doʻstim.
Bildirmay sizlarga boru kam koʻstim,
Yurakdagi xolis oʻzgarmas rostim,
Men sizdan mehringiz istadim faqat.
Obroʻ shaningizga qilmayman da’vo,
Menga bir mehringiz goʻyo suv, havo,
Igʻvoli soʻzlardan torilmas davo,
Men sizdan mehringiz istadim faqat.
Doʻstim deb qarshimga kelganingizda,
Bir ogʻiz shirin soʻz deganingizda,
Shu yurak amrini bilganingizda,
Men sizdan mehringiz istadim faqat.
Sogʻ omonligingiz, men uchun bir baxt,
Doʻstlik deganlari suyanchiq daraxt,
Ishoning dilimda yoʻqdir oʻzga ahd,
Men sizdan mehringiz istadim faqat.


Soʻz Hikmati

Mendan baxtli odam yoʻq,
Juda ajib ibora.
Bundan boʻlib koʻngil toʻq,
Sevinamiz tobora...
Mendan baxtsiz odam yoʻq,
Qanday muthish ibora.
Bir aytilib tekkan oʻq,
Shunday boʻlar nachora...


Haqiqiy Doʻst...

Haqiqiy doʻst doʻstidan,
Torar oʻzin siyratin.
Har bir aytgan rostidan,
Chizar doʻstlik suratin.
Faqat oʻzin oʻylagan,
Doʻstin sira oʻylamas,
Ming bor doʻst deb soʻylagan,
Haqiqatga yaqinmas.
Chinakam doʻst, hech qachon,
Doʻst sirini sotmaydi.
Kelsa agar ne zamon,
Doʻstga toshlar otmaydi.


Qoʻrqaman...

Qoʻrqaman, kun kelib baxtsiz qolishdan,
Qoʻrqaman, tun kelib kunsiz qolishdan.
Qoʻrqaman, oyogʻim uzilib yerdan,
Notavon, beburddek ahdsiz boʻlishdan.
Qoʻrqaman, yurakning amridan chiqib,
Shaytonning soʻziga xirom aylashadan.
Qoʻrqaman, boshimni olovga tiqib,
Halol umrimni men harom aylashdan.
Qoʻrqaman, onamni yoʻqotib qoʻyib,
Soʻnggi rushaymondan oʻzimni koyib,
Qoʻrqaman, bugungi kunimga toʻyib,
Yertangi kunimni badnom aylashdan.
Qoʻrqaman, doʻstlarim jabrin tuyishdan,
Qoʻrqaman, manmanlik meni suyishdan.
Qoʻrqaman, la’natu qargʻishlar olib,
Vijdon azobida yonib kuyishdan.


Izhori Dil

Sizga koʻngil qoʻydim deb,
Hajringizdan toʻydim deb,
Yurak bagʻrim o'ydim deb,
Yuravergan oshiqman.
Sizga kelib goh malol,
Umid torsa gar zavol,
Shundan ham ming bir xayol,
Suravergan oshiqman.
Ishq koʻzimni namlasa.
Azoblarni jamlasa,
Firoq jonim gʻamlasa,
Yonavergan oshiqman.
Ming bor toʻqlar ursangiz,
Qavoq uyib yursangiz,
Yuzimdan yuz bursangiz,
Koʻnavergan oshiqman.


Omon Boʻlinglar!

Hayot hikmatin izlagan raytim,
Xush misralarda gulagan baytim,
Xolis soʻzlarim koʻngildan aytdim,
Meni suyganlar, omon boʻlinglar!
She’rlarim koʻngil toʻridan sizga,
Qalbimning aziz qoʻridan sizga,
Tilagimning yeng zoʻridan sizga,
Meni suyganlar, omon boʻlinglar!
Onam shodondir shoir bolam deb,
Yaxshi ishlarga qodir bolam deb,
Har bir onimda bordir bolam deb,
Meni suyganlar, omon boʻlinglar!
Meni ye’zozlab, baxtim kutganlar,
Xush zabon tildan ahdim kutganlar,
Yeqilsam darrov qoʻlin tutganlar,
Meni suyganlar, omon boʻlinglar!
Koʻrmangiz riyo, boʻlmangiz xasta,
Baxt qoʻl uzatsin boʻlib gulsata,
Mehringizga jon boʻlsin rayvasta,
Meni suyganlar, omon boʻlinglar!


Suyangan Togʻimdir...

Bir ishga qoʻl bormay gumon qiynasa,
Gumonlar ham tinmay sabrim sinasa,
Ortga qaytisha hech koʻnglim bolmasa,
Suyangan togʻimdir onam duosi.
Yurakni qamchilar yeng ogʻir damda,
Xavotir uygʻonsa har bitta gʻamda,
Yuragim yonsa gar tinmay alamda,
Suyangan togʻimdir onam duosi.
Kuchimga kuch boʻlar quvvat ketganda,
Shodliklar ketib afsus yetganda,
Yuragimni shodlik asir yetganda,
Suyangan togʻimdir onam duosi.


Yuribsanda...

Oʻzga bilan ishing boʻlmasa,
Yurakda bir ishqing boʻlmasa,
Soʻqir koʻzda ashking boʻlmasa,
Yuribsan-da oʻzing odam deb.
Soʻzlaringda oʻynasa igʻvo,
Oʻz qilmishing oʻzinga gʻavgʻo,
Inson demoq mushkuldur ammo,
Yuribsan-da oʻzing odam deb.
Ota onang kutib xor boʻlsa,
Yoʻlaringga intizor boʻlsa,
Bitta shirin soʻzga zor boʻlsa,
Yuribsanda oʻzing odam deb.
Uyda juftu haloling turib,
Sen oʻzgalar koʻyida yurib,
Yana taqdir qoʻymasin urib...
Yuribsanda oʻzing odam deb.


Gulchehrang...

Kelmasin malollar sogʻinib yursam,
Yolgʻiz seni oʻylab yoniblar tursam,
Hijronlar ketadi oʻzingni koʻrsam,
Gulchehrang xayolim oʻgʻirlab qoʻydi,
Yoʻllarim sen tamon toʻgʻirlab qoʻydi.
Orzular qa’rida seni oʻylayman,
Sogʻinsam ismingni rinhon soʻylayman,
Surating qoʻlimda qarab toʻymayman,
Gulchehrang xayolim oʻgʻirlab qoʻydi,
Yoʻllarim sen tamon toʻgʻirlab qoʻydi.
Seni yeslatadi, goʻzal damlarim,
Vaslingga yetkazib arit gʻammlarim,
Sensiz ortaverar dilda kammlarim,
Gulchehrang xayolim oʻgʻirlab qoʻydi,
Yoʻllarim sen tamon toʻgʻirlab qoʻydi.


Ishondim...

Hech kimga ortiqcha gumon qilmasdan,
Igʻvoli xayoldan koʻngil tilmasdan,
Yamon oʻy surmadim bilib bilmasdan,
Ishondim menga ham ishonganlarga.
Oʻgʻlim deb ye’zozlab kutganlarim bor,
Dard yutsam dardlarim yutganlarim bor,
Mehr istasam jonin tutganlarim bor,
Ishondim menga ham ishonganlarga.
Qoʻlimdan kelgancha mehrim ulashay,
Yeng baxtli onlarin birga kuylashay,
Bekroʻlat Baxtiyor, mehringizga shay,
Ishondim menga ham ishonganlarga.


Unutmang...

Barcha ham azaldan barobar yemas,
Boylikning ortidan sarosar yemas,
Ba’zilar savobga da’vogar yemas,
Unutmang, dunyoda yaxshi-yamon bor.
Kulgan har chehraning fayzi boʻlmaydi,
Yaxshining Vatanga arzi boʻlmaydi,
Xudbining farzandlik farzi boʻlmaydi,
Unutmang, dunyoda yaxshi-yamon bor.
Ishonmang, har qanday oʻynoqi koʻzga,
Ishonmang, hiylakor igʻvoli soʻzga,
Ishoning, onaga va faqat oʻzga,
Unutmang, dunyoda yaxshi-yamon bor.
Oqilu odillar nurli hayoti,
Sira gʻam chekmasin oʻtli bayoti,
Tutmasin ularni gʻamning sayyodi,
Unutmang, dunyoda yaxshi yamon bor.


Buncha Magʻrur Yurasan?

Oydek toʻlib yurasan,
Guldek kulib turasan,
Mendan oʻzga kimni sen
Buncha xayol surasan?
Hijroningni soz aylab,
Qaddu basting gʻoz aylab,
Jabring manga boz aylab,
Buncha magʻrur yurasan?
Oshiq soʻzim tinglamay,
Meni oʻzga tenglamay,
Yurak bagʻring kenglamay,
Buncha magʻrur yurasan?
Qadrim chunon yezildi,
Yolgʻizligim sezildi,
Dard alamlar tizildi,
Buncha magʻrur yurasan?
Yey, tosh bagʻir dildorim,
Koʻnglim senga xumorim,
Kuydirguvchi beorim,
Buncha magʻrur yurasan?


DOʻSTLIK TA’RIFI
Doʻsting boʻlsa kunlaring shodon,
Chin yurakdan otasan xandon,
Nomardga ish tushmas hech qachon,
Mana senga doʻstlik ta’rifi.
Bilaklaring kuchga toʻladi,
Armonlaring guli soʻladi,
Kulsa faqat baxting kuladi,
Mana senga doʻstlik ta’rifi.
Nafasingni havosi boʻlar,
Dardlaringni davosi boʻlar,
Xonishlaring navosi boʻlar,
Ma’na senga doʻstlik ta’rifi.
Yaxshi-yamon kuningda tirgak,
Turli gʻanim kulfatdan sergak,
U hamisha yoningda kerak,
Mana senga doʻstlik ta’rifi.


Yashasa Yolgʻiz

Koʻzlarida yoshi qotadi,
Yoʻlin tormay boshi qotadi,
Qoshiq yetmay oshi qotadi,
Kimdir agar yashasa yolgʻiz.
Koʻhna dunyo torlik qiladi,
Taqdir, qismat xorlik qiladi,
Rushaymonu zorlik qiladi,
Kimdir agar yashasa yolgʻiz.
Oʻz-oʻziga yoqmay ketadi,
Koʻngillarga oqmay ketadi,
Sira ortga boqmay ketadi,
Kimdir agar yashasa yolgʻiz.
Hech bir ishga koʻzi yetmaydi,
Yaqinga ham soʻzi yetmaydi,
Baxt shodlikka oʻzi yetmaydi,
Kimdir agar yashasa yolgʻiz.
Minnat ila kuzatgan oshdan,
Achchiq dardin qoʻzgatgan oshdan,
Qoʻlin uzar uzatgan oshdan,
Kimdir agar yashasa yolgʻiz.


Oʻtar Ketar Deng

Yuraklarga kelganda gʻamlar,
Yodga tushsa azobli damlar,
Yorishmasa koʻngilda shamlar,
Bu kunlar ham oʻtar, ketar deng.
Tuzoq chiqib oyoq qoqilsa,
Sizga yamon koʻzlar boqilsa,
Ishonchlar ham suvga oqilsa,
Bu kunlar ham oʻtar, ketar deng.
Iztiroblar jonlardan oʻtsa,
Nomard zotlar toshlarin otsa,
Nurli koʻngil quyoshdek botsa,
Bu kunlar ham oʻtar, ketar deng.
Keling doʻstim qiling bir toqat,
Soʻngra sizga yogʻilsin rohat,
Yamonlardan asrasin faqat,
Bu kunlar ham oʻtar, ketar deng.


Charchadim

Meni sendan ayirgan firoqlardan charchadim,
Tish tirnogʻin qayragan qiynokdardan charchadim.
Har on senga talrinar lek visolga yor yetmas,
Yurak bagʻrimni oʻyar nifoqlardan charchadim.
Tinmay qiynar oh meni sendan ayro kunlarim,
Nega bundayin degan soʻroqlardan charchadim.
Oramizda toʻsiq bor ancha uzun davoni,
Umr dengizidagi qirgʻoqlardan charchadim.
Baxtim kuldi deb tursam kimdir kulib ustimdan,
Soʻz qoʻshgan soʻzlarimga qoʻrqoqlardan charchadim.
Bekroʻlat Baxtiyor she’r ash’oridan baxt torar,
Bu baxtimni koʻrolmas oʻrtoqaardan charchadim.


Oʻrganing

Faqat kulib yurmasdan yigʻlashni ham oʻrganing.
Barchani doʻst bilmasdan sinashni ham oʻrganing.
Hushyor aylab soʻzingiz oʻylab - oʻylab soʻzlangiz,
Doʻstga rost yovga soxta soʻzlashni ham oʻrganing.
Hayotning yoʻllarida doim kulib bo'lmaydi,
Yeng shodlik kunlarda bir oʻylashni ham oʻrganing.
Bu hayot - ziyraklikdir, ogohlikni sevadi,
Umr yoʻllarin teran koʻzlashni ham oʻrganing.
Dushman kelib nogahon senga doʻstlik qoʻl tutsa,
Dildan quvib ming nafrat yuzlashni ham oʻrganing.
Hofiz boʻlsangiz faqat shodlik haqda kuylamang,
Yel dardini yurakdan kuylashni ham oʻrganing.
Yolgʻonu rostlar ketar mudom shodlik kelganda,
Haqiqatga bir bora boʻylashni ham oʻrganing.
Oldingizga bir maqsad qoʻying shunday mustahkam,
Vaqtingizni hor yetmay yashashni ham oʻrganing.


Aylab

Vaslinga yetkazgin 6axT^^p aylab,
Mayli-da sogʻintir i^tiyor aylab,
Koʻzlarim nigoron gado oshiqman,
Merhringga choʻmiltir shahriyor aylab.
Koʻnglimni choʻktirma hajring dardida,
Bir yoʻqlab kelgin, yey sen alyor aylab.
Hijroning yuzimni soʻlginlab qoʻyar,
Ahyon yeslab qoʻygin yoʻgu bor aylab.
Gʻam-gʻussa ketmaydi bu yosh yurakdan,
Mehmonim boʻl bir bor shodiyor aylab.


Husher Bul

Doʻstim hayot yoʻlingda odamlardan hushyor boʻl.
Sirli bosar yoningda qadamlardan hushyor boʻl.
Neyki boʻlsa taqdirda bari oʻzing qoʻlingda,
Qalbing aylar bagʻritosh alamlardan hushyor boʻl.
Makkor qizlar har tamon koʻngling yerdek chorqilar,
Yiroq yetar qarindosh “sanam”lardan hushyor boʻl.
Ba’zilar bor shaningni bilib bilmay loyqalar,
Aziz qadring yer qilar “qalam”lardan hushyor boʻl,
Har kim taqdir yoʻlini chizar fe’l-atvoridan,
Hayoting zulmat aylar olamlardan hushyor boʻl.


Bahorimsan Begʻubor

Koʻnglimning gulagan bogʻida bahorimsan begʻubor,
Har bir fayzli kunim tongida nahorimsan begʻubor.
Shunday ta’rif qilayin seni gʻazal dostonga solib,
Koʻnglimda ziloldek sharqiroq anhorimsan begʻubor.
Bir kun hajrim kuydirsa nogoh yomgʻir yogʻar koʻzingdan,
Meni zor sogʻinar tunlari bedorimsan begʻubor.
Hayot chunon yigʻlatsa agar koʻngling toʻlar gʻamlarga,
Mening dardu kuyimda yorim, bemorimsan begʻubor.
Hajring oʻyin boshlasa agar oʻzing boʻlib xijolat,
Yana boʻlib erka bemalol, ozorimsan begʻubor.
Artirgullar atrini sendan olgan deyman hoynahoy,
Gohi tikoni ham bor nafis gulzorimsan begʻubor.
Rashkim seni qiynasa goho, boʻlib mahzun koʻngli xun,
Yuzidan bildirmas hech qachon bezorimsan begʻubor.
Yorim koʻnglimni bezar ishqing, har bir inson havasda,
Yamon koʻzlardan asrar meni tumorimsan begʻubor.
Oshiqgʻing Bekpoʻlat Baxtiyor vasling dilga muhrlar,
Mehrimga intizor har nafas xumorimsan begʻubor.


Adashmang

Doʻst-u yorim, doʻstingiz vafosidan adashmang,
Mudom makkor dushmaning jafosidan adashmang.
Oʻzga yurtni suymangiz, ona Vatan shu tuproq,
Tangi narzar solgan yurt havosidan adashmang.
Yetti iqlim joʻsh urar xonishu nolasiga,
Alomalar yaratgan navosidan adashmang.
Ona tuproqdir tabib, yantogʻi ham hikmatli,
Ibn Sino yaratgan davosidan adashmang.
Erkin nafas olarmiz, oʻzimizga biz hokim,
Vatanimiz xushifor safosidan adashmang.


Oʻzingsan

Sirim bilib oʻzgaga sotguvchi ham oʻzingsan,
Gʻanim kelsa poyiga tutguvchi ham oʻzingsan.
Buncha boʻlma "xokisor" yuz-koʻzingdan bilinar,
Bir kun aziz boshimga yetguvchi ham oʻzingsan.
Omad ketsa yonimdan yoʻling topolmay hayron,
Mendan oldin sen tayyor ketguvchi ham oʻzingsan.
Mendan gumon qilma deb, "doʻstligingni" qilma pesh,
Jon doʻstim, deb ming bora aytguvchi ham oʻzingsan.
Diling boshqa til boshqa, buncha soxta odamsan,
Aytgan soʻzingdan darrov, qaytguvchi ham oʻzingsan.
Ishing bitsa ba’zida, salom bermay oʻtasan,
Soʻng kerakmas buyimdek otguvchi ham oʻzingsan.
Nafim tegib kun ora joninga oro boʻlsam,
Ostonamda itlardek yotguvchi ham oʻzingsan.
Hayot meni suysa gar, hasat senga yor boʻlar,
Iching kuyib zulmatga botgunchi ham oʻzingsan.


Intizor

Seni demas koʻngilni kutma mushtoq intizor,
Sogʻinsang gar joningda ming bir titroq intizor.
Ey doʻstim qadringni bil, oʻzi izlab keladi,
Yurmagin boʻlib sarxush dilda qiynoq, intizor.
Xayolingni yigʻib ol, gʻurur boʻlsin oʻzlikda,
Sen yigitsan unutma, boʻlma qirgʻoq intizor.
Mayli sevgin pinhona koʻngil arzing tinglamas,
Lek koʻnglingni doʻstim, qilma bayroq intizor.
Sen sevasan yoniblar, u balki buni bimas,
Eng yomoni shundaki, qiynar nifoq intizor.
Bilasan qadring bilmas, lekin koʻngil uzmaysan,
Darding bilmaslar zimdan deydi ahmoq intizor.
Sevgin Haqning yoʻlida, bir kun bilib qoladi,
Ammo oʻzingni butkul, tutma qarmoq intizor.


Siz Meniki

Men baxtiyor vaslingizga toʻyaman,
Yonimda siz goʻyo oydek toʻlsangiz.
Oʻzimga bir shodlik ismin qoʻyaman.
Men sizniki, siz meniki boʻlsangiz!
Birga bogʻlab sof niyatli dillarni,
Baham koʻrib koʻngildagi sirlarni,
Birga kezib gulzor boʻston qirlarni,
Men sizniki, siz meniki boʻlsangiz!
Yashnataylik koʻngildagi bogʻlarni,
Shodlik yuvsin yurakdagi dogʻlarni,
Ortga tashlab shum sayroqi zogʻlarni,
Men sizniki, siz meniki boʻlsangiz!
Oʻrnak boʻlib baxtlilar qatorida,
Xushnavolar boʻlib hofiz torida,
Rozi boʻling koʻnglim sizda borida,
Men sizniki, siz meniki boʻlsangiz!
Yuzimizni yuvsin poklik ziloli,
Hafas qilsin ming bir olam hiloli,
Men oshiqning soddagina xayoli -
Men sizniki, siz meniki boʻlsangiz!


Onajon

Ey onajon, onajon,
Jonujahon jonajon,
Shunday baxtli boʻlaylik
Koʻz tegmasin hech qachon.
Farzand burchim oqdayin,
Mehringizni saqlayin,
Poyingiz - sajdagohim,
Umrbod ardoqlarin.
Ey onajon, onajon,
Qalbi jahon jonajon,
Xizmatingiz qilayin
Kamarbasta har qachon...
Yoshlik qilsam bilmayin,
Toshlik qilsam bilmayin,
Avf yetasiz shunda ham,
Yuzimdan yuz burmayin.
Ey onajon, onajon,
Mehri jahon, jonajon,
Mehrim sizdan uzulmas
Toki bordir tanda jon...


Jigarlar...

Jigarlar bir birin urib-soʻkarlar,
Janjalga uy-joylar asos boʻldimi?
Alhazar! Ba’zilar qon ham toʻkarlar...
Jirgarlik rishtasi qasos boʻldimi?
Keng hovli oʻrtasin ikkiga boʻlib,
Budan ovsinlar shod, koʻngli ham toʻlib,
Vijdon ham boradi tobora soʻlib,
Loyqalangan soylar asos boʻldimi?
Jirgarlik rishtasi qasos boʻldimi?
Ota - ona goʻrda yotgandir notinch,
Ruhi sargardonu, sarsona betinch,
Bu qanday zalolat, qandayin oʻtinch?
Qalb koʻzi koʻr boylar asos boʻldimi?
Jirgarlik rishtasi qasos boʻldimi?
Kimga oʻrnak boʻlding, kelajakgami?
Orzularga bir-bir yetajakgami?
Oʻzdan nom qoldirib ketajakgami?
Otga oʻxshar toylar asos boʻldimi?
Jirgarlik rishtasi qasos boʻldimi?
Oʻzicha oqilu donolar bisyor,
Keng hovliga sigʻmas yurak bagʻri tor,
Ey doʻstim, hayotda shundaylar ham bor!
Juftin topmas poylar asos boʻldimi?
Jirgarlik rishtasi qasos boʻldimi?
Bekpoʻlat Baxtiyor, bu illat yomon,
Bu gulgun chehrangni aylaydi samon,
Bundan hayot oʻzi asrasin hamon,
Goho dogʻli oy ham asos boʻldimi?
Jirgarlik rishtasi qasos boʻldimi?


Ayirmang

Onajonim, mehribon mehringizdan ayirmang,
Meni baxtga yor yetar sehringizdan ayirmang.
Charchoq bossa jismimni, ruhim tetik aylaydi,
Haroratda quyoshdek bagʻringizdan ayirmang.
Mehringizdan shodumon mening koʻngil koshonam,
Jannatlardek dilingiz - shahringizdan ayirmang.
Agar xato qilsam men yoʻlim topay adashmay,
Sizdan menga ham oʻtgan sabringizdan ayirmang.
Hayot hali oldinda qancha sinov mushtoqdir,
Shu sinovdan oʻtkazar zehningizdan ayirmang.
Obod sizning koʻnglingiz nur ziyoga limo-lim,
Koʻnglingiz hur serhasham qasringizdan ayirmang.
Sakkson-toʻqson yoshda ham menga boʻling mehribon,
Xizmatingiz yoʻlida, amringizdan ayirmang.


Yolgʻon Boʻlmasin

Doʻstim sizga doʻstligim sira yolgʻon boʻlmasin,
Oʻrtamizda nadomat otligʻ armon boʻlmasin.
Bu koʻnglimga ishoning chin haqiqatni soʻzlar,
Qalbingizga gumonlar uya solgan boʻlmasin.
Men rostlik oshuvtasi, aslo unutmang shuni,
Yolgʻon soʻzlar koʻngildan hech joy olgan boʻlmasin.
Koʻngil orom istabon baxtni da’volar qilsa,
Shu baxtni topolmayin koʻngil tolgan boʻlmasin.
Doʻstlik ulugʻ inoyat, doʻst qadrini bilaylik,
Soxta doʻstlar atrofda tamom toʻlgan boʻlmasin.
Dil bogʻin yashnataylik, keling doʻstim hamisha,
Doʻstlikkaa vafo dildan aslo soʻlgan boʻlmasin.

Birqadam

Savob, gunoh ishlarga yetqizadi bir qadam,
Yaxshi yomonga birdek tutqizadi bir qadam.
Qancha yaxshi ish qilma shayton yuradi qonda,
Goho baxt yeshigidan ketqizadi bir qadam.
Shuncha magʻrur yursang ham qadding kerib boʻlib gʻoz,
Yoʻl topolay yoʻlingda yutqizadi bir qadam.
Tuzoq toʻla hayotda doʻstdan koʻpdir ming dushman,
Siring bilib poyinga yotqizadi bir qadam.
Ishonch dilda zoʻr boʻlsa yoʻling boʻladi ravon,
Gohi qoqilsang bir zum turgʻizadi bir qadam.
Sinov yoʻli tor kelib, koʻngling mahzun aylasa,
Aqlingga qilib xizmat oʻtqizadi bir qadam.
Bu hayotda kim boʻldik, bu bizga bir goʻyo sir,
Boʻston yoki olovga kirgʻizadi bir qadam.

Xiyonat Koʻchasi

Hech kimsa bu yoʻldan baxtini topmas,
Umr davronin surar, taxtini topmas,
Hayot hikmatlarin sharhini topmas,
Xiyonat koʻchasi - zulmat qorongʻu.
Koʻngli choʻkib borar bebaxtlik sari,
Keyin keta olmas afsusdan nari,
Umrini xazonrez aylaydi bari,
Xiyonat koʻchasi - zulmat qorongʻu.
Hiyonat balosi doʻstni yoʻq yetar,
Yuzingni doimo shuvitib ketar,
Boshing toshga tegsa aytgin, kim netar?!
Xiyonat koʻchasi - zulmat qorongʻu.
Ishonib oʻtkinchi dunyo mulkiga
Aylanib qolmagin ayyor tulkiga,
Barobar boʻlasan dushman xulqiga,
Xiyonat koʻchasi - zulmat qorongʻu.
Sodoqat vafolar, yuzingdan ketar,
Nur-ziyo, sofliklar koʻzingdan ketar,
Erta nasllaring izingdan ketar,
Xiyonat koʻchasi - zulmat qorongʻu.


Oʻzbek - Oʻziga Bek

Allohning bizlarga inoyati shu,
Oʻzbekni oʻzgiga bek deb yaratgan!
Bir ajib moʻjiza hidoyati shu,
Oʻzbekni oʻzgiga bek deb yaratgan!
Alloma daholar millatdoshimiz
Shuning uchun mudom baland boshimiz,
Bugun porlamoqda baxt quyoshimiz,
Oʻzbekni oʻzgiga bek deb yaratgan!
Andozamiz olam ilmu faniga,
Aslo dogʻ tushurmay tarix sha’niga,
Ifixor jo boʻlgan millat taniga,
Oʻzbekni oʻzgiga bek deb yaratgan!
Yetti yoshdan yettish yoshgacha baxtli,
Oqil oʻgʻil qizu, farzandlar ahdli,
Yoʻlimiz ravonu qadamlar shahdli,
Oʻzbekni oʻzgiga bek deb yaratgan!
Onasi mehribon onajon xalq bu,
Bir dam ayro boʻlmas jonajon xalq bu,
Otalari mard-u bolajon xalq bu,
Oʻzbekni oʻzgiga bek deb yaratgan!

Salomat Boʻlaylik

Omonat bu tanda jonimiz,
Salomat boʻlaylik, salomat!
Baxtga toʻlsin har bir onimiz,
Salomat boʻlaylik, salomat!
Mehr koʻzi dillarga xush yoqib,
Dard sirin aylaydi, shu voqif,
Koʻngil anhorlardek, shoʻx oqib,
Salomat boʻlaylik, salomat!
Bemorlik koʻrpasin yopmaylik,
Xastalik gardini oʻpmaylik,
Hayotdan nadomat topmaylik,
Salomat boʻlaylik, salomat!
Yashaylik faqat siz-bizlashib,
Mehrdan muhabbat izlashib,
Muborak yuz bilan yuzlashib,
Salomat boʻlaylik, salomat!


Taqdir Bogʻliq Inson Oʻziga

Qismati xorlaring, boqdim koʻziga,
Bir tinglab hulosa qildim soʻziga,
Men bir shior topdim hayot yoʻlimda
Taqdir bogʻliq yekan inson oʻziga.
Harakat - barakat derlar azaldan,
Bir ogʻiz shirin soʻz totli asaldan,
Ibrat joʻsh uradi ko'hna masaldan -
Taqdir bogʻliq yekan inson oʻziga.
Qish boʻlsa, kishining bahoru yozi,
Ulugʻlar insonni sabrning sozi,
Endi buyogʻiga, hayotdir qozi,
Taqdir bogʻliq yekan inson oʻziga.
Qondan-qonga oʻtar naslin odati,
Mehnatga bogʻliqdir kishi rohati,
Dard kelsa asraydi bardosh-toqati,
Taqdir bogʻliq yekan inson oʻziga.


Ahli Durdona Yigʻlar

Kuygan koʻngling dardida biz deb bir ona yigʻlar,
Oʻz yogʻimiz dogʻlasa ming bir hayona yigʻlar.
Koʻzda koʻrib ashkimiz dilli boʻlar shom-xufton,
Chap koʻksining tubida joni vayrona yigʻlar.
Madad boʻlib dardingga oʻz dardini unutar,
Shomu sahar u bedor koʻngli gʻamhona yigʻlar.
Najot boʻlay deb shoʻrlik qirq jonini tutqazar,
Darding menga oʻtsin deb hushi giryona yigʻlar.
Bolam deb joni nisor biz bilaymiz qadrini,
Bu dunyoda yeng aziz, mushfiq yagona yigʻlar.
Boshimizga biron ish tushar boʻlsa nogahon.
Ona degan moʻtabar ahli durdona yigʻlar.


Qani

Yuzlardan fayzlar soʻnib bornoqda,
Qilmishlarga koʻplar koʻnib bormoqda,
Dil tubini nedir yoʻnib bormoqda,
Qani insonlarning oliyjanobi?
Qoʻlingdan tutmaslar, begonasan deb,
Paymonasi toʻlgan vayronasan deb,
Es-hushin yoʻqotgan hayronasan deb,
Qani insonlarning oliyjanobi?
Yuzingda mavj ursa dardlarning dardi,
Yelkangni qoplasa armonlar gardi,
Doʻstlarim, bu holdan yuzlar bo'zardi,
Qani insonlarning oliyjanobi?
Qarindosh - tugʻishgan kori boʻlmasa,
Yurakda iymonli, ori boʻlmasa,
Yaqinlar dilinga dori boʻlmasa,
Qani insonlarning oliyjanobi?
Qoʻllar -qoʻlni tanir savdoda bu dil,
Yaqining noinsof gʻavgʻoda bu dil,
Hech kimsa tinglamas navoda bu dil,
Qani insonlarning oliyjanobi?
Ginalar nafratga aylandi butkul,
Noxush fikr qarordek saylandi butkul,
Qalb koʻzi gohida boylandi butkul,
Qani insonlarning oliyjanobi?


Izladim

Bu dunyodan koʻngli shod boʻlgan mehmon izladim,
Inson kelsa dunyoga, xursand mezbon izladim.
Hech bir ishga dil toʻlmas har bir nigoh oʻzgacha,
Kulib turgan koʻzni ham, asli nolon izladim.
Yaxshilar koʻp hayotda uchrar balki kamdan kam,
Har onimda yonimdan bitta yomon izladim.
Orzularim bepayon qiyos yoʻqdir aytishga,
Eslab ba’zan shularni dildan armon izladim.
Bu jonimning pavandi, onajonim mehridur,
Bemor boʻlsa giryona dardga darmon izladim.
Rost soʻzlarni xushlamas bazi "oqil" odamlar,
Ular ibrat soʻzlagan soʻzdan yolgʻon izladim.
Kim aslida kim yerur dil koʻshkidan bilgaymiz,
Dili bilan tili bir boʻlar zamon izladim.
Savollarim behisob, javoblari orzudir,
Savollarning javobin oʻylab har on izladim.


Yaxshida

Gʻam yutmasdan har bir dam kulib yurmoq yaxshi-da,
Bu oʻtkinchi dunyoda baxtga toʻlmoq yaxshi-da.
Ota onang bagʻrida olam goʻzal, nurafshon,
Shu onlaring baxtidan, davron surmoq yaxshi-da.
Omad qoʻling tutsa gar yetib orzu-niyatga,
Baxt tojini bir umr boshda tutmoq yaxshi-da.
Kimdir izzat qiladi, kimdir bilmas mehnating,
El ichida hurmating bilib qoʻymoq yaxshi-da.
Atrofda koʻp natavon oʻzin dono atarlar,
Ota - onangdan har on ibrat olmoq yaxshi-da.
Gʻarib koʻnglin koʻtarib sabab boʻlsang hikmatga,
Bitta shirin soʻz aytib shodlik bermoq yaxshi-da.
Hijron kechasi yonib tunni ulab kunlarga,
Nasib boʻlsa diydor yorga yetmoq yaxshi-da.


Oʻzbek Xalqimiz

Ikki daryo suvini ichkan oʻzbek xalqimiz,
Orzusi samolarni quchgan oʻzbek xalqimiz.
Oʻzligimiz anglabon tarix zar bitikgidan,
Ozodlik deb jonidan kechgan oʻzbek xalqimiz.
Qancha millat-ellatni bagʻrimizda jo yetdik,
Mehmon kelsa bagʻrini ochgan oʻzbek xalqimiz.
Ilmu fandan nurafshon oʻzbek degan nomimiz,
Olam ahliga ziyo, sochgan oʻzbek xalqimiz.
Necha sinov-mashaqqat koʻrgan azal qismati,
Har qanday mushkul tugun yechgan oʻzbek xalqimiz.


Yaxshi Niyat

Chinor boʻlgin koʻngil bogʻimda,
Viqor boʻlgin gʻurur togʻimda,
Ey doʻstginam, nima boʻlsa ham..
Aslo kuyma mening dogʻimda.
Sakson-toʻqqson yoshda ham birga,
Koʻngil toʻlib ming ajib sirga,
Orzu agar bepayon boʻlsa
Yetaylik shu bepayon qirga.
Onamizning koʻzlari quvnab,
Yursin oʻgʻil-qizimiz oʻynab,
Qay manzilda boʻlsak ham biroq
Mehr shoshsin diydorga chorlab.
Lavzi halol doʻstlar boʻlaylik,
Bu dunyoda rostlar boʻlaylik,
Sinashda doʻst, sodiq doʻst degan -
Soʻzga mudom moslar boʻlaylik.

Uzr Soʻrayman

Oʻz-oʻzimdan bezib gohida,
Dilda afsus kezib gohida,
Yurak azob sezib gohida,
Vijdonimdan uzr soʻrayman.
Oʻzim goho qoʻlga ololmay,
Taqdirimni yoʻlga sololmay,
Gunohlarga chora topolmay,
Vijdonimdan uzr soʻrayman.
Onam koʻnglin xufton qilsam gar,
Doʻstim soʻzin yolgʻon bilsam gar,
Yorim qalbin tigʻday tilsam gar,
Vijdonimdan uzr soʻrayman.
Soʻzim igʻvo yoʻllardan yursa,
Gumon har on koʻnglimda tursa,
Qut-baraka yuzini bursa,
Vijdonimdan uzr soʻrayman.
Qadrin bilmay shodlik kunlarni,
Endi tuymay sokin tunlarni,
Dilda sezsam afsus xunlarni,
Vijdonimdan uzr soʻrayman.
Bugungi kun yermagim boʻlsa,
Kayfu safo keragim boʻlsa,
Agar noxush tilagim boʻlsa,
Vijdonimdan uzr soʻrayman.
Oʻz-oʻzimdan bezib gohida,
Dilni afsus kezib gohida,
Yurak azob sezib gohida,
Vijdonimdan uzr soʻrayman.


Dildosh Boʻlaylik...

Kel, yorginam, bu jonga darmon dildosh boʻlaylik,
Dilni darddan aritib xo^hc sirdosh boʻlaylik.
Sinovlar koʻp hayotda, hali bu boshlanishi,
Bir-birimizni qoʻllab, metin bardosh boʻlaylik.
Kundan-kun bogʻlab taqdir koʻngil koʻngilga payvand,
Ishq rishtasi uzilmas butkul qardosh boʻlaylik.
Mehrimizdan dilllarga tushsin soflik nurlari,
Oila degan qoʻrgonda biz bir quyosh boʻlaylik.
Zargar boʻlsa onalar biz ularning ziynati,
Taqdir bizni bogʻlagan uzzukga tosh boʻlaylik.
Jon yorginam, dunyoda bordir ming bir mashaqqat,
Koʻksimizni tutib togʻ gʻamga bardosh boʻlaylik.


Yigʻ Larman

Xatolarim ortganda dilim vayron yigʻlarman,
Afsus koʻnglim tishlasa chekib figʻon yigʻlarman.
Koʻzlarimni shamgʻalat qilsa necha yoʻlgʻonlar,
Aqlingni yigʻ demaslar, anglab nolon yigʻlarman.
Onam koʻngli qordek pok, orzulari begʻubor,
Agar koʻnglin ranjitsam, hushim giryon yigʻlarman.
Umr hadiya emasku, vaqt boylikka sotilmas,
Besamar oʻtgan vaqtni topmay yamon yigʻlarman.
Aybim aytsa doʻstlarim menga boʻlmaydi yerish,
Rost soʻzidan yonida dildan pinhon yigʻlarman.
Dard boʻgʻzimga tiqilsa soʻz kelmaydi tilimga,
Oʻzim oqlash xatodur tishlab zabon yigʻlarman.
Oʻzing koʻrsatar koʻzgu, lek aybingni soʻzlamas,
Men oʻzimni anglamas bir notavon yigʻlarman.


Kelarman

Yor, diydoringni mudom dilda oʻylab kelarman,
Ishqu muhabbatingni qalbga joylab kelarman.
Balki shirin visollar bizga nasib boʻlmasdir,
Hijron soʻzin magʻzini she’rga soʻylab kelarman.
Har diydoring oʻzgacha osmonlarga uchrirar,
Eng sof ezgu tillaklar dilda yoʻllab kelarman.
Koʻngling mendan toʻq boʻlsin, hali iqror boʻlarsan,
Ishq rishtasin ipini senga boylab kelarman.
Masofalar gar uzoq boʻlsa koʻngil yaqin-ku,
Bil, men seni oʻzimga mudom chorlab kelarman.


Mehringizdan Aylanay

Onajonim, jonajon oʻzingizdan aylanay,
Bolam deb yerkalagan soʻzingizdan aylanay.
Xato qilsam hamisha toʻgʻri yoʻlga solarsiz,
Ortingizdan borarman izingizdan aylanay.
Farishtalar fayzini, sizga qoʻshib berganmi,
Toʻlin oydek porlagan yuzingizdan aylanay.
Koʻnglingiz ziyolari quyoshga taft berguday,
Mehr toʻla nigohu koʻzingizdan aylanay.
Matonatga togʻdaysiz gʻam-tavshishga yengilmang,
Menga bergan halol non-tuzingizdan aylanay.


Bizlarga

Ota-ona duosi hikmat yekan bizlarga,
Har bir yashar kunimiz ne’mat ekan bizlarga.
Kelajak poydevori mustahkam boʻlmoq kerak,
Yoshlikdagi mehnatlar rohat ekan bizlarga.
Doʻsti yoring vafosi - yel oldida izzating,
Ota-ona borligi shuhrat ekan bizlarga.
Har bir oʻtgan mashaqqat oʻz oʻrnida hisobli,
Sabr ila yashasak ragʻbat ekan bizlarga.
Xayrli ishlar qilsak koʻngil boʻlar begʻubor,
Soʻng el qoʻlida duo rahmat ekan bizlarga.


Ajdodlarning izlari oʻchib ketmas hech qachon,
Bosib oʻtgan yoʻllari ibrat ekan bizlarga.
Dunyo siri serjilo anglab olmoq qiyindir,
Tiriklikning oʻzi bir hikmat ekan bizlarga.

</div>


Ketdim

Yor, dardimni dilinga, muhrlab yozib ketdim,
Hijroningdan har lahza tinmayin ozib ketdim.
Sen mendan ayrosau men sendan ayro bunda,
Firoqlarning tubiga baliqdek suzib ketdim.
Hijron bogʻim daraxti, yuksaklarga shoxaladi,
Ich-ichimdan xoʻrlanib shu bogʻni kezib ketdim.
Jafolaring titratar chap koʻksimning tubini,
Men sensiz kimligimni vayrona sezib ketdim.
Chiroq yoqsa yorishmas bu koʻnglimning chamani,
Dardim koʻzdan yashirib eplolmay qizib ketdim.
Buncha meni qiynaysan ishqingni qiynogʻida,
Sabrim sinar nozlaring jabringdan bezib ketdim.
Unut degan soʻzlaring qulogʻimdan ketmaydi,
Shu birgina soʻzingdan yurakni yezib ketdim.


Boylanib Qoldim

Jonimm kokillaringa boylanib qoldim,
Visolinga har nafas shaylanib qoldim.
Koʻngil qurgʻur ishqinda tamom adodir,
Hijroningni yoʻlida loylanib qoldim.
Men oʻzimdan begona, hushim hiryona,
Goʻyo, Majnun, Farhodga aylanib qoldim.
Visolingni umidi, qoʻlim yetmas oy,
Men gohi azobga saylanib qoldim?
Sen mendan oʻzingni olib qochsang ham,
Kundan-kun oʻzingga bogʻlanib qoldim.


Istardim

Men sevgan yor meni ham sevishini istardim,
U ham meni sogʻinib kutishini istardim.
Ikki koʻngil bir boʻlsa, uzukka koʻz boʻlgandek,
Visolimdan shodumon boʻlishini istardim.
Begim, deya intizor yoʻllarimga koʻz tikib,
Layli, Shirin, Zuhrodek suyishini istardim.
Xayolidan ketmayin yurak zarbi boʻlsaydim,
Tunu kun meni bedor oʻylashini istardim.
Ishqda koʻrib baxtini taqdir yoʻlin bogʻlasa,
Kulsa faqat meni deb kulishini istardim.
Sogʻinchimga boylanib sevgini baxt bilsaydi,
Mendan avval talpinib kelishini istardim.
Uzoq ketmay yonimdan davo boʻlib dardimga,
Yuragimda shamoldek yellishini istardim.
Sogʻinch agar qiynasa mehrim sezib intikib,
Suratimga har lahza qarashini istardim.
Baxtga oʻrab jon-tanim qaddim magʻrur kerardim,
Meni omad doimo siylashini istardim.


Mubtalo Boʻldim

Husnu jamoling koʻrib tamoman ado boʻldim,
Hajru firoq yoʻlida manzilsiz gado boʻldim.
Kunlar oʻtgani sari sogʻinch yezar yurakni,
Rostin aytay yorginam aqlimdan judo boʻldim.
Ajab yekan bu xislat sabru bardosh oʻrgatar,
Bir koʻrmoqqa intizor yetolmay fido boʻldim.
Avjim yetar samoga darddan agar yigʻlasam,
Shodlik yemas alamda sozdagi sado boʻldim.
Koʻnglim yezar sitamlar yetishmoq buncha qiyin,
Ishq bozorin yoʻlida tinmayin savdo boʻldim.
Endi mayli taqdirda koʻnmay netarman ohir,
Bilgani shu - tuzalmas dardga mubtalo boʻldim.


Xato Qildim

Yorim, gumon yoʻlida ming bora xato qildim,
Koʻngling ogʻritib bunda dil pora xato qildim.
Rashk aylanib gumonga ildiz oti koʻnglimda,
Murosa mador qilmay tobora xato qildim.
Ishonch qoldi xorlanib mish-mish keldi quloqqa,
Yigʻib olsaydim hushim nachora, xato qildim.
Yorim koʻzing yosh toʻla, mening dilim tosh toʻla,
Yessiz, ishqu muhabbat bechora xato qildim.
Afu ayla oshigʻing, yey shafqatli dildorim,
Koʻnglingni men berahm sadpora xato qildim.


Oʻzgardi

Bizlar birga yurgan bogʻlar oʻzgardi,
Purviqoru magʻrur togʻlar oʻzgardi.
Yuvilsa yuvilib ketmadi ammo,
Koʻngilni gʻash qilar dogʻlar oʻzgadi,
Biz baxtiyor yedik nima ham boʻldi,
Shodumon quvnagan chogʻlar oʻzgardi.
Kim nima desa deb, bilganin qildi,
Ortimizda ming bir zogʻlar oʻzgardi.
Yil oʻtib yosh oʻtib koʻz ham ochilib,
Afsusdan boʻgʻzimda ohlar oʻzgardi.


Mohitabon Ekansan

Koʻzlarim tushdi nogoh mohitabon ekansan,
Ishvang aqlim ogʻirlar qoshu kamon ekansan.
Ohumisan hayronman senga izim yetmaydi,
Dilim seni qoʻlingda goʻzal janon ekansan.
Atay qiynab ishqingda holim zabun aylarsan,
Vasling menga yor yetmas gohi yamon ekansan.
Koʻzlaring chaqnar hargiz ishqim koʻzga ilmaysan,
Dardim bilib atayin la’lixandon ekansan.
Sevasanmi yoki yoʻq buni sira bilmayman,
Dil soʻzlaring aytmaysan sirli pinhon ekansan.
Bekpoʻlating kuymoqda gumon, savol ichida,
Yurak senga talpinar aziz inson ekansan.


Yaxshimi?

Dardimni aytmay, doʻstlar pinhon tutmoq yaxshimi?
Yor meni ham sevishin mushtoq kutmoq yaxshimi?
Yor yursa gar beparvo aqlu hushim oʻgʻirlab,
U bilmagan hijroni bir men totmoq yaxshimi?
Kim biladi koʻnglimni neylar chulgʻab olmoqda,
Qadring bilmas dastidan loyga botmoq yaxshimi?
Ey yor nazaring tashla, xulosa qil fikr qil,
Bilib bilmay koʻnglimga toshlar otmoq yaxshimi?
Yetti qavat osmonda uchib yursam qaniydi,
Armoning bolishida yigʻlab yotmoq yaxshimi?
Jonon, toza dilingdan muhabbatga makon ber,
Koʻngil chamanzorda izsiz ketmoq yaxshimi?


Ovoraman

Janon, sening vaslinga yetolmay ovoraman,
Dil soʻzlarim yana bir aytolmay ovoraman.
Sensiz zulmat takdirim yurak bunda qon yutar,
Koʻnglim boʻlib baxtiyor yasholmay ovoraman.
Sabru bardosh kuyingda oʻz kuchini yoʻqotdi,
Sevilmaslar bogʻidan ketolmay ovoraman.
Mayli shuncha firogʻing jon-jonim yondirdi,
Lekin shunda ham hargiz kecholmay ovoraman.
Xayol senda sargardon hech oʻzimda yemasman,
Dilimdagi tuguni yecholmay ovoraman.
Oʻzingdadir ixtiyor na qilayin yendi man,
Senga koʻnglimni oshkor ocholmay ovoraman.
Bilmay koʻngling ogʻritdim kechir meni dildorim,
Menga boʻlgan jablingdan qocholmay ovoraman.
Sendan koʻngil uzilmas zanjir- zanjir armonim,
Baxt qushini qoʻlimga tutolmay ovoraman.
Koʻngil qurgʻur senga zor hech kim oʻrning bosolmas,
Oʻzgani sendek sira sevolmay ovoraman.


Boʻlib Qolsaydim

Hech gʻam koʻrmas begʻubor bola boʻlib qolsaydim,
Uzun qirlar qoʻynida lola boʻlib qolsaydim.
Yomgʻir yerning ozigʻi koʻz yosh koʻngil yupatar,
Mayli yorim koʻzida jola boʻlib qolsaydim.
Qadrim poying ostida qachon qadrim bilarsan,
Hech boʻlmasa zulfingda tola boʻlib qolsaydim.
Eshitmaysan dardlarim buncha boʻlma bagʻri tosh,
Koʻnglinga bir yoʻl topar nola boʻlib qolsaydim.


Iz Qolmadi

Koʻnglinga yoʻl topmoqqa tayinli iz qolmadi,
Atrof toʻla sanamlar lek sendek qiz qolmadi.
Ishq rishtasin bogʻlolmay bunda boʻldim notavon,
Imkon ber deb aytishga imkonli soʻz qolmadi.
Yurak yonar otashin bu qandayin oqibat,
Koʻksim soʻvutgali qodir bir muz qolmadi.
Bahor oʻtdi orzuda, his-hajayon avjida,
Keldi darhol qahraton fayziyob kuz qolmadi.
Sendan ayro tushib yor izlaringni izlarman,
Nahot koʻngil bogʻida sevgidan iz qolmadi.


Hayotning Oʻyinin Qarang

Jonimni poygakdek bosib oʻtarlar,
Yoʻlimda gʻanimlar qator yotarlar.
Endi doʻstim topdim deganda arang.
Onajon, hayoting oʻyinin qarang.
Bu ne musibatdir gʻamlari cheksiz,
Men unga doʻst edim, chindan shubhasiz,
Ona, bu holimdan mudom yigʻlaysiz,
Onajon, hayotning oʻyinin qarang.
Dardimni aytishga topay bir minbar,
Koʻnglimni ogʻriti ishongan dilbar,
Bugun yurakkinam yerga barobar,
Onajon, hayoting oʻyinin qarang.
Qulagan togʻlardan ahvolim soʻrang,
Tobora fe’l-atvor tortilar tarang,
Koʻksingizga boshim qoʻyib yigʻlayin
Onajon, hayotning oʻyinin qarang.


Bemalol

Ishonchimni yer qilib yuribsan-ku bemalol,
Mendan oʻzga yorni sen sevibsan-ku bemolol.
Yuz koʻzing bormi demay yurak bagʻrim oʻyding oh,
Endi oʻzga vaslida turibsan-ku bemalol.
Aybim aytgin nimalar xiyonatga boshladi,
Mendan kechib yehtimol kulibsan-ku bemalol.
Qani vafo saqodat senga toʻzim tilayman,
Bu navqiron yuragim tilibsan-ku bemalol.
Mehrim berdim jonqadar vaqt hukmiga topshirib,
Mendan kechmoqni dildor oʻylabsan-ku bemalol.
Qanday qilib ikki yor qoʻlin birla tutding ayt,
Vijdon degan nematni toptapsan-ku bemalol.
Mayli qismat, peshonam oʻz baxtimni toparman,
Oʻzing bilmay gunohni yoqlabsan-ku bemalol.


Uchragin

Mendan kechgan mehrning uvoliga uchragin,
Shirin-shirin xayollar zavoliga uchragin.
Kun kelib qadrim anglab balki afsus qilarsan,
Dildan ketmas gʻamlarning savoliga uchragin.
Bu soʻzlarni yozmoqlik menga oson yemasdur,
Afsusning gumon degan xayoliga uchragin.
Koʻnglim yamon yezding yeh, mayli hayot charxpalak,
Koʻzing ochar qismatning shamoliga uchragin.
Firogingda toabad kuyar boʻldu bu jonim,
Norasida ishqimning uvoliga uchragin.

Hijron

Koʻzlarim nigoron yetib yoʻlinga,
Diydorsiz qiynaydi hijron, muhabbat.
Bir bor gul berolmay nozik qoʻlinga,
Gulyorsiz qiynaydi hijron, muhabbat.
Koʻksimga ismingni naqshinkor oʻydim,
Seni sevib oʻzni oʻylamay qoʻydim,
Hijronli kunlarim hikmatga yoʻydim,
Visolsiz qinaydi hijron, muhabbat.
Oʻzinga yetolmay yoʻlim darbadar,
Hajru firogʻinda boʻldim yer qadar,
Sevginga yetmoqlik mushkul shunchalar,
Dildorsiz qiynaydi hijron, muhabbat.
Armonlar terakdek boʻyin choʻzmoqda,
Bilmayman xayollar mendan oʻzmoqda,
Tikanli bogʻlardan koʻngil ozmoqda,
Gulzorsiz qiynaydi hijron, muhabbat.


Sogʻinmag An Kunim Yo'Q

Jon boʻgʻzimda titraydi,
Halovatu tinim yoʻq.
Sogʻinch yurakni oʻrtaydi,
Sogʻinmagan kunim yoʻq.
Visol degan shahringga,
Kirolmayin jon sarson.
Qolib hijron qahringga,
Yasholsaydim men omon.
Ogʻrinarman hijrondan,
Buncha boʻlma tosh bagʻir.
Jon qiynalar armonda,
Yasholmayman tinch ahir.
Mumkin yemas unutmoq.
Koʻngil ishim na qilay,
Agar oʻldirsa firoq,
Keyin mayli dil olay.


Beparvolik - Zamon Illati

Boʻlsin desa yutida unum,
Birlashadi oʻzbek millati.
Gʻanimlarda boʻlarmi tinim?
Beparvolik - zamon illati.
Qoʻllar qoʻlni tanib ketmoqda,
Dillar dilni yoʻnib bormoqda,
Bunga koʻplar koʻnib bormoqda,
Beparvolik - zamon illati.
Dunyo notinch chayqalib turar,
Qay yutrlarda fitna uy qurar,
Aka-uka bir-birin urar,
Beparvolik - zamon illati.
Qornim toʻq deb oʻzgani bilmas,
Odamiylik shartnini qilmas,
Yana neylar yurakni tilmas,
Beparvolik - zamon illati.
Koʻp ellarni kuzatgan paytim,
Yuragimda borni aytdim,
Ogohlikka yegiz bu baytim -
Beparvolik - zamon illati.


Onam Ta’rifi

Koʻnglimning shodligi, qudratidirsiz,
Hayotning aziz ne’matidirsiz.
Onajon, mehringiz mudom dilimda,
Umrimning charagʻon ziynatidirsiz.
Koʻzlarim quvnaydi yuzingiz koʻrsa,
Gulchehrangiz gul kabi ochilib tursa.
Men oʻzimni butkul baxtli sezarman,
Koʻzingiz nam boʻlmay shodlanib yursa.
Kunu tun oʻylaysiz taqdir yoʻlimni,
Mardonavor tutib doim qoʻlimni.
Qanday qadringizni bilmatin axir,
Shodlikka oʻraysiz oʻngu soʻlimni.
Ming bitta yerkakning jur’ati sizda,
Oʻzbekoyimlarning ibrati sizda,
Aziz boshingizni gʻamga bukmaysiz.
Duogoʻy momolar hikmati sizda.


Istarman

Yoʻllaringda paydo boʻlmoq istarman,
Mehring ila baxtga toʻlmoq istarman.
Dardlaring ulashgin, darmoning boʻlay,
Koʻngildan gʻamlaring olmoq istarman.
Taqdiring bogʻligi boʻlay oʻzim man,
Sevgimni koʻnglinga solmoq istarman.
Oʻzingdan ayrolar qilma bunchlar,
Qalbingni qa’rida qolmoq istarman.
Shodliklar ulashib nozik qalbinga,
Sen bilan hamisha kulmoq istarman.


Havas Emas

Etolmay vaslingiz adosidurman,
Sof mehru muhabbat gadosidurman,
Mathingiz kuylar tor sadosidurman,
Bu ishqim shunchaki havas emasdir.
Bilmaysiz qandayin yonib sevishim,
Sizsiz hayotdan ham tonib sevishim,
Mehr bulogʻiga qonib sevishim.
Bu ishqim shunchaki havas emasdir.
Soyangiz boʻlib sarsonadurman,
Ishqingiz yoʻlida mastonadurnan,
Koʻnglingiz poyida ostonadurman.
Bu ishqim shunchaki havas emasdir.
Soyangiz boʻliblar yurgim keladi,
Sizni shirin hayol surgim keladi,
Bir umr yonimda koʻrgim keladi,
Bu ishqim shunchali havas emasdir.
Bekpoʻlat Baxtiyor, ishqi jonida,
Ismingiz oqadi hatto qonida,
Bir umr hamrohi boʻling yonida,
Bu ishqim shunchali havas emasdir.


Bilasizmi?

Sizga yetolmay yorim mushtoqdirman bilasizmi?
Siz u sohil men bunda qirgʻoqdirman bilasizmi?
Beparvolik qilmangiz yuragimni kuydirib,
Hijron, firoq, azobga oʻrtoqdirman bilasizmi?
Tunlarni ulab kunga diydoringiz istarman,
Koʻrmagan kunim bedor ingroqdirman bilasizmi!
Siz oʻylamang sevgisi koʻzim koʻziga tushguncha,
Ishq oʻtimda kuydirar chaqmoqdirman bilasizmi?
Baxt nima bilmay oʻtmay firoqlarning dastidan,
Sevdim va sevilmoqqa chanqoqdirman bilasizmi?


Bemor Buldim

Yorim senga yetolmay hajringda bemor boʻldim,
Hijronli kechalarda dilpora bedor boʻldim.
Sochlaringni silay deb shamol boʻlay izingda,
Sevgim oshkor yetolmay ahvoli abgor boʻldim.
Bir kunda bir koʻrmasam, holim oʻzim bilarman,
Bir koʻrmoqqa intizor, koʻzingga xumor boʻldim.
Bu hayotning boʻroni ming bir turga solmoqda,
Orzu qilmay baxtlarni armonli chinor boʻldim.
Sogʻinch tutqich bermaydi, bu koʻnglimning hukmiga,
Firoq yezar jonimni qismatan bezor boʻldim.
Yurak seni istasa yolgʻizginam men netay,
Bir iltifotingga bunchalaram zor boʻldim.


Oʻrgat

Menga ham oʻzingdek kulishni oʻrgat,
Yurakni yondirib suyishni oʻrgat.
Shundayin oʻzingga bogʻlab olginki,
Koʻrmasam xavotir olishni oʻrgat.
Mehringni berginki, shunday sevayin,
Sensizlikda choʻgʻsiz yonishni oʻrgat.
Kun kelib hayotdan noliy boshlasam,
Yorginamm bardoshli boʻlishni oʻrgat.
Sanamlar koʻp yerur koʻzim shoshirar,
Oʻzingdan boshqadan tonishni oʻrgat.
Ayriliq damlari yillar boʻlsa ham,
Senga sodiq boʻlib qolishni oʻrgat.


Tun Qolib Kun Yigʻlar Mani Ohimga

Bilmaysan-da sendan ayroliq yamon,
Hijrondan yosh koʻngil yaroliq yamon,
Koʻz oʻngimda ming bir qaroliq yamon,
Tun qolib kun yigʻlar mani ohimga.
Shamollar ham senga yetkazmoq istar,
Yomgʻirlar dardlarim ketkazmoq istar,
Fursatlar koʻlimiz tutqazmoq istar,
Tun qolib kun yigʻlar mani ohimga.
Daqiqalar oʻtar diydoring poylab,
Koʻngilga yeng ajib hislarni joylab,
Ketarsan ipsiz ham oʻzingga boylab,
Tun qolib kun yigʻlar mani ohimga.
Yuragim oʻrgandi azob-qiynoqqa,
Ketarsan koʻnglimni tashlab firoqqa,
Ayriliq dilimni solar titroqqa,
Tun qolib kun yigʻlar mani ohimga.
Gulgun ruhsoringga koʻzlarim toʻymas,
Kimlar chin sevgimni yolgʻonga yoʻymas,
Bekpoʻlat Baxtiyor shunchaki suymas,
Tun qolib kun yigʻlar mani ohimga.