OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Bobo Tohir. Ruboiyot
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifBobo Tohir
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fors adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Bobo Tohir
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonЭргаш Очилов
Hajm73KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/15
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Ruboiyot
Bobo Tohir

Bobo Tohir (980—1055)

Bobo Tohir (Uryon) - Eronning shimoliy-gʻarbidagi Hamadon shahrida tugʻilgan. U irfon sohibi, oʻz ta’biri bilan aytganda, samovot ilmining donishmandi edi. Musiqadan yaxshigina xabardor boʻlib, oʻz taronalarini kuyga solib aytib yurgan.

«Uryon» soʻzining lugʻaviy ma’nosi «yalashgʻoch» boʻlib, shoir oʻziga bu taxallusni qoʻllar ekan, bizningcha, uning tasavvufiy mazmunini koʻzda tutgan: unga koʻra uryon - bu dunyodan fard boʻlishga, Olloh yoʻlida mujarrad boʻlishga ishora. Shoir nomiga qoʻshilgan «Bobo» unvoni ham uning tasavvuf pirlari jumlasidan boʻlganligini koʻrsatadi.

Bobo Tohir darveshtabiat kishi boʻlib, qalandarona hayot kechirgan. Afsonalardan birida aytilishicha, u odamlar bilan muloqotdan qochib, Alvand togʻining qorli choʻqqilarini makon tutgan. Bu narsa uning she’rlarida ham oʻzining yorqin ifodasini topgan. Shoirning goh orifona mushohada-mulohazalar, goh oshiqona zavqu shavq bilan yozilgan, rindona jazabayu shathiyotga omuxta, ishqu oshuftalik, dardu hasratga yoʻgʻrilgan taronalari uning murakkab, notekis, ogʻir hayotidan, ruhiy poyonining cheksizligi-yu, qalb tebranishlarining rang-barangligidan, turfa holatiyu kayfiyatidan hikoya qiladi.

Bobo Tohirning ijodiy merosi uncha boy emas. Uning forsiyda taxminan 350 ta toʻrtligi ma’lum boʻlib, keyingi vaqtlarda dunyoning koʻpgina tillariga tarjima qilingan. Shoirdan forsiyda yozilgan 4 gʻazal ham qolgan, deyishadi.

Tarixiy manbalar va tazkiralarda berilgan ma’lumotlarga koʻra, uning arab tilida tasavvuf masalalariga bagʻishlangan bir necha risolalari mavjud. Lekin hozirgi kunda uning «Kalamoti qassor» («Muxtasar soʻzlar») asari ma’lum. U Bobo Tohirning tasavvufiy aqidalari va axloqiy fikrlari majmuidan iborat. Shuningdek, uning arabcha ikki masnaviysi va bir necha qit’alari bizgacha yetib kelgan. Ularning barchasida irfon aqidalari, soʻfiyona ma’rifatu haqiqat, zikru ibodat, vajdu ilhom va jazabayu muhabbat xususida soʻz boradi.

Bobo Tohirning nomini olamga yoygan uning dubaytiylari - toʻrtliklari hisoblanadi. U oʻzi mansub luriy lahjasida, xalqona usulda, sodda va ravon uslubda yozadi. Lekin shoir taronalaridagi tashbehu timsollar oʻzining goʻzal va ohorliligi, ma’nolari keng va teranligi, falsafiy fikru mulohazalar koʻlamli va haqqoniyligi bilan kishini hayratga soladi. Bu taronalar bejiz fors mumtoz soʻz san’atining oltin fondidan joy olmagan.

Shoir she’rlarida ilohiy va insoniy ishq ajib bir tarzda uygʻunlashib ketgan, ularni oʻzaro ajratib, mana bu - ilohiy, mana bu esa - insoniy ishq, deb boʻlmaydi. Shoirning komil ishonchiga koʻra ilohiy ishq insoniy ishqdan oʻsib chiqadi va, oʻz navbatida, insoniy ishq yuksala borib, pirovard-natijada ilohiy ishqqa aylanadi. Bobo Tohir ijodida ham charxu falakdan, zamonadan, odamlardan shikoyat ohanglari, oʻtkinchi dunyoni tanqid qilish motivlari uchraydi. Bu uning oʻz davri bilan hamnafas shoir boʻlganligini tasdiqlaydi.

Bobo Tohir taronalari xalqona boʻlganligi uchun kitoblardan koʻra xalq ogʻzida koʻproq tarqalgan va, asosan, xalq xotirasi orqali bizgacha yetib kelgan.

Shoir she’rlarini oʻz ichiga olgan qoʻlyozmalarning aksar XVIII-XIX asrlarga taalluqli ekanligi ham buning yorqin dalilidir. Eron, Xindiston, Pokiston, Afgʻoniston, Tojikistonda ular, ayniqsa, mashhur va koʻpincha xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan qoʻshilib ketgan.

Bobo Tohir ruboiylari bugungi kunda oʻzbek oʻquvchilari tomonidan ham sevib mutolaa qilinmoqda. Shoir ijodidan namunalar Sh. Shomuhamedov va Abdulhakim Shar’iy Juzjoniylar tomonidan tarjima qilinib, nashr etilgan[1]. Lekin bu tarjimalar barmoq (Juzjoniyning 10 ta aruziy tarjimasidan tashqari) vaznida amalga oshirilgan boʻlib, biz ularni oʻz an’anaviy vazni- hazaji musaddasi mahzuf (maqsur) vaznida tarjima qildik. Avvalgi tarjimalarda sodir etilgan ma’no buzilishlarini tuzatishga intildik. Ayni paytda, shoir mahorati-yu, dubaytiylarining badiiyatini ham imkon qadar qayta yaratishga harakat qildik.

Ruboiylar

1

Kel, ey bulbul, chekaylik oh sahardan,
Oʻqi ishq darsini bu darbadardan.
Sen oʻrtansang gul ishqida tunu kun,
Men uzmasman koʻngilni labshakardan!

2

Mening dardim kabi dard yoʻq jahonda,
Bu soʻngsiz dardu gʻamdan dil figonda.
Xabardor boʻlsa kim dardu gʻamimdan,
Qolar gʻam ichra misli Nuh toʻfonda.

3

Xudoyo, oʻngla bu bandang ishini,
Oʻzing yolgʻiz kishilar hamnishini[2].
Degaylar hech kimi Tohirni yoʻqdir,
Xudoyim bor, netay oʻzga kishini?!

4

Dilo, koʻp behushu hayrona yurdim,
Bu nomus shishasshsh toshga urdim.
Na hojat nangu nomus[3] — kimki oshiq,
Nangu nomusni ishqsizlarga berdim!

5

Koʻrib jabru jafo charxu falakdan,
Arimas qaygʻu-gʻam bir dam yurakdan.
Samoni boʻylasa ohim tutuni,
Koʻzim yoshi enar pastga etakdan.

6

Xudo olsin, iloyo, bu jahrnni!
Omon qoʻymas, omon hech bitta jonni.
Tugʻilmay bitgasi, ikkinchisi der:
Ajal oldi falon ibni falonni.

7

Muhabbatsiz koʻngilning soʻlgani soz!
Kishining dardi yoʻqmi — oʻlgani soz!
Bu ishq yoʻlida sobit boʻlmagan tan
Kuyib otash aro kul boʻlgani soz!

8

Amon, ey al-amon shum toleimdan!
Figʻon, yuz ming fiton kuygan dilimdan!
Yurak-bagʻrim qon etdi charxi zolim,
Qachon qoʻl tortar u jabru zulmdan?!

9

Gʻamim behaddu dardni yoʻq hisobi,
Iloj topmay oshar dil iztirobi.
Tushunmas bu nasihatgoʻy, Xudoyim,
Menga bogʻliq emas-ku ipgq azobi?!

10

Kel, ey qoʻngil, kel, ey doʻsti qadrdon,
Ul ishni kilmaki, soʻnggi pushaymon.
Bu tushkun, qaygʻuli kunlar-da oʻtgay,
Surarmiz biz-da davronlar bearmon.

11

Kiyib boʻz toʻnni, belga bogʻladim shol,
Koʻrib magʻrurligim qolsin falak lol.
Kezay boshdan-oyoq bu bahru barni[4],
Ajabmas, kulsa baxt, oʻnglansa ahvol.

12

Samo ilmin quloqqa ilmading sen,
Xarobot yoʻlin orzu qilmading sen.
Azizlar qoshiga qandoq yetarsan?
Sabab: foyda-ziyoning bilmading sen!

13

Mening dardimga darmonim Oʻzingdan,
Visolim birla hijronim Oʻzingdan.
Agar qassob kelib terimni shilsa,
Sira ajralmagay jonim Oʻzingdan!

14

Yetar, bogʻbon, bas ayla gul ekishni,
Yetar, qoʻy gul uchun zahmat chekishni.
Agar gulning vafosi shu boʻlarkan,
Gul oʻrniga tikan ek — qil shu ishni!

15

Xudoyo, bir tani mehnatkanshm bor,
Xudoyo, bir dili hasratkashim bor.
Faqirlik[5] shavqi, yolgʻizlik gʻamidan,
Xudoyo, dilda oʻchmas otapshm bor.

16

Koʻzimning xonasi boʻlsin saroying,
Ikki koʻz orasida xoki poying,
Tovongapta, oyoq bosganda bilmay, —
Mijam sanchilmasin, der bu adoying.

17

Dilim bordir mening devonayu dang[6],
Bilolmam — bormi menda nomusu nang?
Qutulsam bir kuni devonalikdan,
Urarman ul sanam etagiga chang.

18

Seningsiz dilda boʻlmas shoddik aslo,
Alam-gʻamdan boʻlak ozodlik aslo.
Koʻngil vayronasi yetmay qadaming,
Ilohi, koʻrmasin obodlik aslo!

19

Men ul rindmanki, nomimdir qalandar[7],
Na joyim bor, na nonim bor, na bor zar.
Kun oʻlsa, koʻying uzra charx urarman,
Tun oʻlsa, yostigʻim — tosh, maysa — bistar[8].

20

Voy ul kundan, agar qabrim boʻlur tang[9],
Toʻkib ustimga tuproq, bossa xarsang.
Ilonlardan qocharga na oyoq bor,
Na qoʻl — qilsam chumolilar bilan jang.

21

Xudoyo, boʻldim-ey bezor bu dildan,
Kecha-kunduz chekib ozor bu dildan.
Bu dilning dastidan dodga kelibman,
Oʻzing qutqarki, men bezor bu dildan!

22

Nechun ozurdaholsan[10], ey dil, ey dil?
Mudom bandi xayolsan, ey dil, ey dil?
Utir bir goʻshada, Haq shukrini qil,
Ki shoyad kom topolsang, ey dil, ey dil!

23

Ne baxt ul kun, agar qabrim boʻlur tang,
Menga yostiq giyohu gʻishtu xarsang.
Oyoqlar — qiblada, sahroda — jonim,
Tanim qurtu qumursqa-la qilur jang.

24

Xudo zikrini qilmaysan, bu ne hol?
Nafsdan ayru kelmaysan, bu ne hol?
Sening qadring malaklardan balanddir,
Sen oʻz qadringni bilmaysan, bu ne hol?

25

Desam ham, demasam ham, ey Birubor,
Bilarsan dilda neki hojatim bor.
Agar xohla, ravo qil hojatimni,
Agar xohlamasang, yolgʻiz zorim bor.

26

Bu dunyoda menga yoʻq kom seningsiz,
Qoʻlimga tutmagayman jom seningsiz.
Tunu kun misli majnuntol titrab,
Menga yoʻq bir nafas orom seningsiz.

27

Qarab sahroga sahrongai koʻrurman,
Qarab daryoga daryongni koʻrurman.
Biyobon, togʻu daryoga tikilsam —
Har yerda qaddi ra’nongni koʻrurman.

28

Tikanga tuyadek qildim qanoat,
Eshakdek lek yukim ogʻir nihoyat.
Yemishim kam, yukim koʻp boʻlsa-da, boz —
Uyatliman egam qoshida gʻoyat.

29

Ketay boshim olib endi qayoqqa?
Kechay Chin birla Mochindan yiroqqa!
Xabar yoʻllab, dedim siymindudoqqa[11]:
Uzoqlik istasang, ketdim uzoqqa.

30

Bilolmaymanki, sargardon nechun men?
Gahi giryon, gahi nolon nechun men?
Hamma bedardlarga boru darmon,
Bilolmaymanki, bedarmon nechun men?

31

Gʻamingda xastaholman — nolimaymi?
Qanotsiz qush misolman — nolimaymi?
Eshitgan borki, der: nolangni kam qil,
Bu ishda bemajolman — nolimaymi?

32

Yuragim xastayu bagʻrimdir afgor[12],
Goʻrimda ham chekarman nolayu zor.
Soʻrarlar yoʻqmi, deb shoʻring mabodo,
Bosh-oyoq shoʻrman-u, sharrim[13] yoʻq, ey yor!

33

Gʻamu darding sira ketmas dilimdan,
Gʻofil el bu yurak-bagʻri tilimdan.
Chamanda bagʻri but bir bulbule yoʻq
Mening bu otashin qolu qilimdan[14].

35

Figʻonimdan kuyar bu koʻm-koʻk osmon,
Kuyar boshdan-oyoq bu charxi gardon[15].
Oʻzing tanla: berarsanmi murodim,
Yo boʻlsin yeru koʻk oʻt ichra yakson?!

36

Bu kun yashnab yotar bogʻu togʻu dasht,
Boʻling xurram bu yerlarda surib gasht.
Juda cheksiz — ufklarga tutashgan
Ushal bogʻ-u, oʻshal togʻ-u, oʻshal dasht.

37

Bu holimdan oʻzim-da bexabarman:
Uyimdamanmi yo qildim safar man?
Figʻon dastingdan, ey koʻngli qattiq yor,
Boʻlarmanmi butun umr darbadar man?!

38

Fyuyun dil dastidan — komimcha yurmas,
Ishi ozoru gʻamdan oʻzga ermas.
Men oʻxshayman oʻshal qushgaki, doim —
Tushar domga, agarchi dona termas.

39

Deding, eshkak eshuvchiga oʻxsharman:
Koʻzim daryosida eshkak esharman.
Mudom qoʻrquvdaman: gʻarq boʻlsa kemam,
Bu cheksiz bahr aro qanday yasharman?..

40

Qilarman nola shomdan tongga dovur
Sening dastingdan, ey yori betadbir:
Gohida oʻq yegan qoplon misoli,
Gohida sher kabi — boʻynida zanjir.

41

Tun ersa, hajrida dilporadirman,
Kun ersa, dardida bechoradirman.
Yashar u oʻz makonida xotirjam,
Men ersa, dahr aro ovoradirman.

42

Netay, gardu gʻuborga toʻlmish olam,
Meningdek barcha dillar limmo-lim gʻam.
Men Alvand[16] etagida sunbul ekdim,
Za’faron[17] rangi rangimdek uning ham.

43

Oʻshal Qaqnus[18] qushiman men-da, filhol[19],
Jahonga oʻt tushar ursam paru bol[20].
Devorga suvratim solsa musavvir,
Yoqar olamni butkul ushbu timsol.

44

Harom boʻlsin seningsiz lolayu gul,
Harom boʻlsin seningsiz bongi bulbul,
Harom boʻlsin agar sensiz oʻtirsam
Va gulshan ichra boʻlsam mayga mashgʻul.

45

Xush ul soatki, diydoring koʻrarman,
Goʻzal kokili mushkboring[21] koʻrarman.
Dilimda qolmagay bir zarra ham gʻam,
Qachonki, lolaruxsoring koʻrarman.

46

Dilimning qa’rida ming bir gʻamim bor,
Yoqar bagʻrimni hech oʻchmas olov — nor.
Bu kuygan dil saharda cheksa bir oh[22],
Necha ming shayxu zohid boʻlgay abgor.

47

Sening dayetingdan, erkam, kiyganim koʻk,
Dilimda loladek dogʻi gʻaming koʻp.
Agar ishqingda oh ursam oʻshal tong,
Hama oʻylar bu Isrofil suri deb.

48

Men ul ummonki, zarfga[23] jo boʻlibman,
Men ul nuqtaki, harfga jo boʻlibman.
Yashar har bir «alif»da bir «alifqad»,
«Alifqad»man, «alif»ga jo boʻlibman.

49

Bu dunyoda faqat bir orzuyim bor:
Menga yor boʻlsa bas ul lolaruxsor.
Dilim dardini gar togʻlarga aytsam,
Bu togʻlarda giyoh unmaydi takror.

50

Kuyuk dillar, kelinglar, oh uraylik,
Beparvo bizga dilbar, oh uraylik.
Boraylik bulbuli shaydo qoshiga,
U oh urmasa, bizlar oh uraylik!

51

Koʻngil rohat bilar xoru xashakni,
Toʻgar gar dovrugʻi charxu falakni.
Agar jism argʻumogʻi chiqsa qoʻldan,
Yuking yengil boʻlar, buzma pinakni.

52

Tunim yaldo tunidan ham qorongʻu,
Bu dardimdan batar dard bormi, yohu?
Hama dardning boʻlar darmoni oxir,
Mening dardim esa darmondan ayru.

53

Ajab baxtiqaroman — manglayim shoʻr,
Hayot — nursiz, koʻngil misli qaro goʻr.
Muhabbat koʻyida boʻldim balokash,
Bu dil dastida qonman — bir kelib koʻr.

54

Boʻlibman yor koʻyida zoru hayron,
Kecha-kunduz koʻzimdan tomchilar qon.
Agar dil rozini kim elga ochsa,
U bir devonadir yoxud parishon.

55

Diling topgaymi holimdan xabar hech?
Koʻrarmi marhamat qonli jigar hech?
Jigari sen kabi qon boʻlmaganlar
Jigari qoiliga qilmas nazar hech.

56

Seningsiz, ey sanam, yoʻq menda darmon,
Koʻzim yoshli, jigar-bagʻrim erur qon.
U qun boʻyningni quchgan ushbu qoʻllar
Bu kun boshimning ustida parishon.

57

Agar mastu xumormiz — bergil iymon,
Agarda beqarormiz — bergil iymon.
Majusiy, butparast yoki musulmon,
Necha millatki bormiz — bergil iymon.

58

Seni deb bogʻladim belimga zunnor[24],
Juhudu butparastman, kulsam, ey yor.
Koʻrib ahdu vafoyingni, dilorom,
Boʻlay ahdu vafo kimdan umidvor?

59

Ishqingda oʻt aro qoldi vujudim,
Bu oʻtda kuydi-ey budu nabudim[25].
Oyoq qoʻysa iting qoʻzga, gʻuborin
Mijam-la tozalab qoʻymoqchi edim.

60

Na mulki bor-u, na dunyoga mayli,
Ajoyib xalq erur ushshoq xayli.
Kecha-qunduz sabrni aylagay kasb,
Goʻzallarning yuzi yodi tufayli.

61

Pushaymonmiz, pushaymonmiz, pushaymon,
Pushaymonlikda olislaydi karvon.
Vafo qilmasa-da hech kimga dunyo,
Mudom mshshatini tortadi inson.

62

Sabo keltirsa ul kokul hidini,
Ketar bosib gulu sunbul hidini.
Xayolingni quchoqlab yotsam tunda,
Toʻshagim tarqatar tong gul hidini.

63

Xudo haqqiki, jononim oʻzingsan,
Arab sultoni[26], kel, jonim oʻzingsan.
Bilolmam, kim oʻzim, qanday maqomim?
Bilarman, ammo darmonim oʻzingsan.

64

Bu savdoning tugar oni koʻrinmas,
Bu gʻamning haddi-poyoni koʻrinmas.
Agar shubha qilarsan, kel, oʻzing koʻr:
Bu ne darddirki, darmoni koʻrinmas.

65

Dilim bor — bir dam u xurram boʻlolmas,
Gʻamim bor — hech qachon ham kam boʻlolmas.
Jahon zebolaridan hujjatim bor:
Vafosiz yor menga hamdam boʻlolmas.

66

Qiyomat kunida qozi Xudodir,
Sirot qoʻprigida ming mojarodir.
Utarlar birma-bir yoshu qarilar,
Kutib navbat mening koʻnglim qarodir.

67

Gʻamingda qoʻzlarim doim toʻkar yosh,
Toʻshakdir menga tuproq, yostigʻim — tosh.
Seni jondan sevarman — shu gunohim,
Shumi ishqqa mukofot, ey qalamqosh?!

68

Bu qanday kecha — hammayoq qorongʻu:
Yeru osmonu soʻlu sogʻ qorongʻu.
Koʻray choryor bilan sakkiz imomni,
Dilimni bosmasin mutloq qorongʻu.

69

Jahonda men kabi kuygan koʻngil yoʻq,
Meningdek dardu soʻzu gʻamga qul yoʻq.
Nechuk bogʻlay bu yosh daryosi yoʻlin?
Uning manbai dil — toʻsguvchi qoʻl yoʻq!

70

Mening koʻnglimdagi gʻam behisobdir,
Xudo bilgay: koʻngil qushi kabobdir.
Ulugʻlarman sening qoʻlingni, jallod,
Agar qonimni toʻksang, bu savobdir.

71

Bu dardimni birovga soʻylayolmam,
Oʻzimga oʻzgani yor aylayolmam.
Menga derlarki, oʻz yoringni tark et,
Bu bir yorki, uni tark aylayolmam.

72

Ikki koʻzimni aylab zoru giryon,
Olib aqlimni, etding lolu hayron.
Agar Majnuni holin soʻrsa Layli,
Uni sahro tomon qilding nigoron.

73

Bilolmayman: meni kim qildi uryon?
Oʻzim jallodman-u, kim qildi bejon?
Pichoq ber, to yurakni pora aylay,
Koʻray ne boʻlganin ishq dastida jon?

74

Tilarman dil u qoshi xamga arzir,
Agar arzimasa, motamga arzir.
Gʻamingdan har kishi gar yoqa yirtsa,
Har yirtiq yoqa bir olamga arzir!

75

Zaminda bir kishi yoʻq menga oʻxshash,
Bu dinda bir kishi yoʻq menga oʻxshash.
Ishonmayman oʻzimdeklarni koʻrsam:
Naxrt, bu menga oʻxshash, menga oʻxshash?!

76

Kim oshiq boʻlsa, u jondan hayiqmas,
Oshiq kundayu zindondan hayiqmas.
Boʻlar oshiq dili och boʻri yangligʻ,
Boʻri choʻponu gavrondan hayiqmas.

77

Uzun tunlar mening jonim kuyar, oh,
Giribondan[27] to domonim[28] kuyar, oh.
Oʻshal sevimli yor yodida jonim —
Mudom qoʻrquvda: iymonim quyar, oh.

78

Sening ishqingda bitdi sabru bardosh,
Koʻzim yoshi etar pinhon sirim fosh.
Bu oshiq koʻngli misli hoʻl yogʻochdir —
Kuyar bir uchi, bir uchi toʻkar yosh.

79

Seningsiz boʻlmagay shodlik bu jonda,
Seni koʻrganda gʻam tarqar shu onda.
Dilim dardini qismat etsa barcha,
Biror begʻam kishi qolmas jahonda.

80

Dilimda gʻam niholi otdi resha[29],
Xudoni yod etib, yigʻlay hamisha.
Azizlar, bir-biringizni avaylang,
Ajal — tosh boʻlsa, odam misli shisha.

81

Chekar bulbul sahar chogʻida faryod,
Qilib gulning nurafshon chehrasin yod.
Falak, ohim oʻtidan ehtiyot boʻl,
Kuyuk dillarning ohi misli girdbod.

82

Toʻkarman oʻtli yoshlar misli ul sham,
Ohimdan oʻt olar yetti falak ham.
Koʻzimdan qonli yosh toʻkkayman andoq —
Qolar boshdan-oyoq suv ichra olam.

83

Azizlar, shod boʻling, avji bahordir,
Chamanlar yashnagan, choʻl lolazordir.
Bu mavsumning gʻanimat har bir oni,
Biling, dunyoi dun[30] bee’tibordir.

84

Boshimda ishqining shavq-ishtiyogʻi,
Dilimga oʻt solar otash yonogʻi.
Oʻzi Ka’bayu but, qibla — toʻlibdir
Zuhuriga jahonning hammayogʻi.

85

Goʻzallar qonli dil istar — shu ma’qul,
Dilo, qon boʻl — ularga ushbu ma’qul.
Birov kufr-u birov dinga xaridor,
Birovga — bol, birovga ogʻu ma’qul.

86

Agar yoʻlbarsu shersan — boʻlma ming zoʻr,
Borar joying alal-oxir qaro goʻr.
Tanang goʻr ichra toʻkin sufra[31] boʻlgay,
Toʻkar atrofida qurtu ilon qoʻr.

87

Agarda boʻlsa qiyma-qiyma jonim,
Agar otashda yonsa ustuxonim,
Agar tirnoq tagiga tiqsalar tuz,
Dil uzmasman oʻzingdan, mehribonim!

88

Agarda toj boshingda — oqibat hech!
Agarda taxt qoshingda — oqibat hech!
Sulaymon mulki boʻlsa-da nasibing,
Ajal gar yonboshingda — oqibat hech!

89

Quyosh yuzing quyoshidan iboda,
Qoshing qoshida oy madhu sanoda.
Shahar, sahroyu togʻda kimni koʻrmay,
Dilida mehring-u, tili duoda.

90

Agar bu soʻzni bilmaslar — na xush bu,
Na yozolsa, na oʻqiy olsa, yohu!
Biyobonga tutib yuz misli Majnun,
Bu togʻlarga chiqib, boqsinlar ohu.

91

Tilaymanki, sa’yi yor aylasa dil,
Bu baxtimga kuyib, zor aylasa dil.
Kezib el men kabi izlamasang yor,
Jonu dildan seni yor aylasa dil.

92

Qaro tunu biyobonparvar oʻlsa,
Bu sahro xoru xasga kishvar[32] oʻlsa;
Yuki oz kishining boʻlgay ishi soz,
Bu yoʻlda gar zulumot rahbar oʻlsa.

93

Jahonning bor gʻami bizga ravodir,
Bu dardimizga rohat kimiyodir[33].
Yetar dardiga darmon har kishining,
Dilimiz dardiga darmon balodir[34].

94

Ulugʻlar qabridan unmas sira gul,
Agar unsa-da, sochmas rangu hid ul.
Beobroʻyligu badnomlikdan oʻzga
Oʻzi oʻsgan giyoh bermaydi hosil.

95

Bu togʻlarning havosi mangu ermas!
Bu bogʻlarning safosi mangu ermas!
Kezarman elma-elu bong urarman:
Goʻzallarning vafosi mangu ermas!

96

Agar nomehribonim mehribondir,
Ne bois koʻzlarimdan qon ravondir?
Agar dilbar mening dildorim oʻlsa,
Nega jismimda na dil bor, na jondir?

97

Dilimni gʻam oʻziga xona tutmish,
Boyqushdek vayronni oshyona tutmish.
Falak miskin diliga oʻxshagaydir,
Bu gʻam siynasini sarxona[35] tutmish.

98

Meningdek bu falak bechora boʻlsin!
Botib dil qoniga qop-qora boʻlsin!
Agar koʻrsa meni bir lahza begʻam,
Bu gʻamning dastidan ovvora boʻlsin!

99

Gʻaming dastida dil zeru zabardir[36],
Jigar qoni koʻzimda sarbasardir[37].
Kishikim, yori nozanin agardir,
Kuyib joni, dili toʻla kadardir[38].

100

Nima dey, neki desam — senga ma’lum,
Figonim koʻp yoki kam — senga ma’lum.
Agar topsam kirib daryoga gavhar,
Har ul gavharki koʻrsam — senga ma’lum.

101

Bu nozik dilni bir shisha bilurman,
Agar oh cheksam, andisha qilurman.
Ajab yoʻq koʻzlarimdan qonlar oqsa,
Jigarda otmish ul resha — bilurman.

102

Bu yal-yal lolazorni bil gʻanimat!
Bu fasli navbahorni bil gʻanimat!
Jahon ne’mati yor vasliga yetmas,
Visoli nozli yorni bil gʻanimat!

103

Misoli sher edim — qoʻrquv begona,
Ajal qasd ayladi nogoh bu jona.
Yengib dahshatli sherlarni, turibman —
Oʻlimga topmayin chora, bahona.

104

Senga har kim yaqin boʻlsa — zulmdir,
Uzoqlikdan qoʻzida yoshi limdir.
Agar bir bora kiprigingni koʻrsam,
Yurak-bagʻrim tilim uzra tilimdir.

105

Meni devonayu shaydo qilibsan,
Meni sargashtayu rasvo qilibsan.
Bilolmayman, dilim qaydan topar joy,
Bilarman unga Oʻzing jo(y) qilibsan.

106

Kel, ey dildor, yuzing bogʻu bahorim,
Sening yoding uzun tunlarda yorim.
Xudo bilgay — bu oʻtkinchi jahonda
Yoʻq ishqingdan boʻlak hech koru borim[39].

107

Kel, ey jononki, diydoring koʻray men,
Yuzingdan gulu sunbulni soʻray men.
Shu erdi ishtiyogʻim oyu yillar:
Biror lahza yoningda oʻltiray men.

108

Seningsiz misli gulxan ushbu gulshan,
Vujudim ishq oʻtiga ayla maskan.
Suyak ham yonsin unda — men-da bir sham’,
Bu sham’ga ber rivoj ishq oʻti birlan.

109

Bu ovvora boshim somonni[40] bilmas,
Bu qon boʻlgan dilim darmonni bilmas.
Oʻshal kofirga koʻnglimni beribman,
Boʻlak mazqabga dil iymonni bilmas.

110

Azizlar, ayriliqning dardi dushvor,
Koʻzimda qolmadi nur-shu'la zinhor.
Na bor doʻst toʻkkali dardim, na qamdam,
Gʻamu dard dogʻiga boʻlgach giriftor.

111

Dili shodlar dili zordan xabarsiz,
Sogʻ inson dardi bemordan xabarsiz.
Yoʻq aybing bunda qech — asli-azal shu:
Kim erkindir — giriftordan xabarsiz.

112

Musalsal[41] sochining qar tobida makr,
Xumor, mast koʻzlari purxobida[42] makr.
Bu quldan ayrilishni istamassan,
Va lekin bu zamon shitobida makr.

113

Dilimda yor yuzining ishtiyogʻi,
Sarosar[43] koʻksim ichra ishq dogʻi.
Koʻrib men lolalarni shod boʻlurman,
Ularning qoʻksi ham shu dogʻ oʻchogʻi.

114

Dilimda sendan oʻzga dilbarim yoʻq,
Bu koʻksim ichra oʻzga gavqarim yoʻq.
Mening qoʻnglim kuyukdir, meqring — otash,
Kel, ey, oʻt olmagay oʻt koʻrmagan choʻgʻ.

115

Gʻamingga mubtalolar shodu xursand,
Oyogʻingga qilib boshlarni payvand.
Mening koʻnglimda ming hoyu havas bor,
Ular koʻngli sening mehring bilan band.

116

Mening yorimni qech bir yorligi yoʻq,
Gʻamu dardim koʻrib, gʻamxorligi yoʻq.
Xabar kelgay yoring noz uyquda deb,
Bu ne uyqudir — qech bedorligi yoʻq?!

117

Yotar joyimni tunda boʻston etdi,
Uzib gullarni, uyqum vayron etdi.
Sevishimni bilib gullarni bogʻbon,
Tikanlarni ularga posbon etdi.

118

Xudo xoqlamagan ishlarni qilmang,
Qilib, dunyoni koʻzga aylamang tang.
Qiyomatda oʻqilsa noma tokim,
Eshitganda bu nomani uyalmang.

119

Birov dard-u, birovlar darmon istar,
Birov vasl-u, birovlar hijron istar.
Bularning ichida menga oʻshal xush —
Ularning qay birini jonon istar.

120

Mening dodimga hech bir zot yetolmas,
Xabar holimdan ul yorga etolmas.
Dilimdan bor goʻzallar bir boʻlib ham
Sening yodingni oʻgʻirlab ketolmas.

121

Men ul lochin — bilarman hoʻb yovimni,
Nihon tutgum togʻ ichra oʻtovimni.
Ucharman oʻz qanotim birla togʻda,
Tutarman oʻz qoʻlim birla ovimni.

122

Dilim tor — tobi yoʻq sobir boʻlishga,
Uning dastidan roziman oʻlishga.
Yuzingdan sharm etib, kirdim hijobga,
Qani yoʻl — senga arzu hol qilishga?

123

Bekor qolsang, mazorlarni kezib chiq
Va qil boyu faqir holini tahqiq:
Na boy olmish kafandan ortigʻ-u, na
Faqir qolmish kafansiz usti ochiq.

124

Dilim doim xaridori muhabbat,
Qizir undan bu bozori muhabbat.
Libos tikdim dilim qaddiga moslab,
Ipi — mehnat uning, tori — muhabbat.

125

Seningsiz bosh agar qoʻysam bolishga,
Suyaklar nay kabi kirgay nolishga.
Yosh oʻrniga gʻamingda koʻzlarimdan
Olov uchqunlari boshlar yogʻishga.

126

Bahor kelganda har shoxda bitar gul,
Urar bogʻlarda bong oshufta bulbul.
Bilarman kezmasam-da bahru barni:
Topilmas dilki, mendan-da kuyuk ul!

127

Qali kuymay, qidirma dardga darmon,
Xali oʻlmay, oʻzingni etma giryon.
Kuyuk koʻnglimni gul-lolaga topshir,
Tobi yoʻq, qilma gʻam oʻqiga qalqon.

128

Falak, bilmasmisankim, mustamandman[44],
Menga jabr etma koʻp — men koni dardman.
Koʻrarsan aylanib bir doirada,
Bu gardishga bir ipdek men-da bandman.

129

Xalos ayla meni xasta koʻngildan,
Kasal boqish sira kelmaydi qoʻldan.
Nega la’li labing qonimga tashna,
Oʻzi soqiy-ku, ne istar bu quldan?

130

Meni deb bagʻritosh bu zebo kuymas,
Ajabmas, oʻt aro tosh aslo kuymas.
Kuyarman oʻt tutashguncha dilishta,
Yogʻoch hoʻl boʻlsa, oʻtda tanho kuymas.

131

Dilim dastingda koʻp nolonu nolon,
Ezilmish bagʻrim-u, boʻlmish jigar qon.
Menga sen necha minglab va’da berding,
Bu va’dalarga yoʻqdir haddu poyon.

132

Seningsiz talvasam bordir, kelib koʻr,
Zahar kosamda bisyordir, kelib koʻr.
Oʻzim — qon, yigʻi — soqiy, nola — mutrib[45],
Shu uch doʻst men bilan yordir, kelib koʻr.

133

Dilimni gʻam oʻtida yoqsa koshki,
Jonimda ishq olovin choqsa koshki.
Gireh[46] solmay kafanlarning ipiga,
Gadoyu shohga bir xil boqsa koshki.

134

Bu ishq oʻtini et afzun, Xudovand,
Bu dilni dardida et zoru dardmand.
Bu darddan bir nafas forigʻ oʻtirsam,
Bu jonim ayla parkandu parkand[47].

135

Kelib holimni bir koʻrgil, sumanbar[48],
Biror tun vaslishta ayla muyassar.
Agar sen boshga gul taqsang, urarman —
Quruq panjamni boshga men muqarrar.

136

Bu dil holi nechuk sendan uzoqda?
Xabar yoʻllay birov boʻlsa soʻroqda.
Yuzing koʻrsat etib rahm jon chiqar choq,
Oʻlib ketmay qilib armon firoqda.

137

Koʻzimga yostigʻim sensiz ilondir,
Bu qunlar tun kabi tiyra[49], ayondir.
Agar gul sayriga chiqsam seningsiz,
Guliston bosh-oyoq xuddi tikondir.

138

Baland togʻ uzra ma’yus oʻltirarman,
Agar koʻz ochsa lola, men terarman.
Agar shu lolaki, bilmas vafoni,
Nechuk bevafo yor orzu qilarman?

139

Kuyuk dillar, keling, to oh uraylik,
Kel, ey parvona, oshno, oh uraylik,
U yor husn ichra tanho, oh uraylik,
Mudom bizga beparvo, oh uraylik.

140

Falak, mahv aylading oxir asosim,
Boʻyab boshdan-oyoq koʻkka libosim.
Agar jonimni olmoq istamassan,
Qoʻporma ushbu olamdan asosim.

141

Ayo, doʻstlar, ajab mayxoʻr erurman,
Yoridan ayru, baxti shoʻr erurman.
Bu otash meni qizdirmas, nechun, bas,
Gʻamu mehnat[50] dudidan koʻr erurman.

142

Iloho, dushmaning xor, xasta boʻlsin!
Uchib oʻqqa, hayoti sham’i soʻlsin!
Agar ketsam soʻrab holini tunda,
Sahar kelsam, koʻzi tuproqqa toʻlsin!

143

Dilim zor-u, dilim zor-u, dilim zor,
Tabib chorlang, davo topsin bu bemor.
Agar koʻrsa bu ahvolimni bir bor,
Tabib dardimga izlar chora nochor.

144

Na har kuygan koʻngil aylaydi nola,
Na har yoqimli yuz monandi lola.
Bilarmi kuymagan kuyganning holin?
Olovdan hech qachon yoqqanmi jola?

145

Qorongʻu tunu toshloq yoʻlu men — mast,
Qadah tushdi-yu qoʻldan, sinmadi, bas.
Xudoyimning oʻzi asradi, yoʻqsa,
Yerga tushgan qadah sinmasdan qolmas.

146

Dilim dilbar esa, dilbar qayonda?
Bu dilbar dil esa, dil qaysi yonda?
Koʻrarman dilbaru dilni omuxta,
Bilolmam: dil qani? Dilbar qayonda?

147

Yonimdan ketding-u, tark etdi dil ham,
Boshimda yoʻq oʻzingdan oʻzga bir gʻam.
Visolingdan boʻlak ikki jahonda
Umidim yoʻq mening, ey husni olam!

148

Gʻamu dardimni attordan soʻrab bil,
Tun ta’rifini bemordan soʻrab bil.
Mudom holim soʻrar jumla xaloyiq,
Seviklim, sen-da kel, bir bor soʻrab bil!

149

Koʻrib soʻrdim tikan qoʻynida gulni:
«Qachon vasliga yetkazgay koʻngilni?»
Dedi bogʻbonki: «Ma’zur tut bu qulni,
Berar doʻstlik daraxti kech hosilni».

150

Guli sunbul poyida soyaparvar,
Niholi qomati bir naxli navbar[51].
Oʻshal suriy[52] sanam ishqida tinmay
Chekarman andalibdek oʻtligʻ ohlar.

151

Men ovchi qush edim — otlandim ovga,
Yedim oʻq duch kelib yov qoʻygan govga.
Buloqlar boʻyida gʻofil yashama,
Hamisha oʻq boʻlar gʻofilga sovgʻa.

152

Menga togʻ lolasi oʻzingsan, erkam,
Ariq boʻyidagi binafsha, gul ham.
Bu togʻlar lolasi bir haftalikdir,
Biroq sen bir umrlik yoru hamdam.

153

Keling, kuygan koʻngillar, biz boʻlib bir,
Ochib dil, oʻzaro sirlashsak arzir.
Gʻamimiz oʻlchayik olib tarozi:
Gʻami koʻp boʻlsa kimni — vazni ogʻir.

154

Men ul kuygan koʻngil, chekmaymi nola?
Emas dardim yengil, chekmaymi nola?
Guli yonida-yu, bulbul chekar oh,
Uzoqda bizni gul, chekmaymi nola?

155

Men Alvand etagida gullar ekdim,
Suv oʻrniga koʻzim yoshini toʻkdim.
Ular gullab, hidi menga kelar chogʻ
Olib ketdi shamol... men nola chekdim.

156

Agar kelsang, quvonch sozin chalarman,
Agarda kelmasang, gʻamda qolarman.
Kel, ey, koʻnglimga solgil barcha darding,
Chidarman, yo yonarman, yo oʻlarman.

157

Yana tortib etak ketding-ku, erkam,
Bu ishdan zarra afsus chekmading ham.
Tutay men ham biror dilbar etagin,
Ajabmas, ishlarim oʻnglansa kam-kam.

158

Kel, oʻylaylik oʻzimizni biror on,
Yetib bormas u yorga ohu afgʻon.
Bu bizning qaygʻularga bormi tobing?
Berolmas bunga tob Somu[53] Narimon[54].

159

Boray kimga — topilmas doʻstu oshno?
Boray kimga — gʻariblik yori tanho?
Kelarman senga gar quvsa meni el,
Boray kimga — agar sen quvsang ammo?

160

Koʻyingda toʻkmadim yosh, ey diloro,
Visoling va’dasin eshitmadim to.
Vafo tuxmini ekdim dilga — bermas
Gʻamu xorlikdan oʻzga hosil ammo.

161

Musulmonlar, dilimda uch gʻamim bor:
Gʻariblik va asirlik, dardi dildor.
Gʻariblik va asirlik ishi oson,
Faqat dildorni dardi menga dushvor.

162

Men — ovchi qush erurman, koʻksi — egov,
Baland togʻlarda yasharman qilib ov.
Egovda tezlashar odatda tigʻni,
Men ul tigʻman — Haq oʻzi qilmish egov.

163

Mening oshiq dilim sogʻlom emasdir,
Nasihat tinglamoqqa rom emasdir.
Olib ketmas agar yellarga bersam,
Olovga tashlasam, badnom emasdir.

164

Gʻaming muft[55] boyligu ehsondan avlo,
Visoling umri jovidondan[56] avlo.
Koʻyingning bir siqim tuprogʻi, rosti,
Xudo shohid, yeru osmondan avlo!

165

Koʻzim tiksang-da, senga intilarman,
Tanim yoqsang-da, koʻyingga kelarman.
Agar bogʻimga eltsang gul terishga,
Senga hamrangu hamboʻy gul tilarman.

166

Kel, ey, to bir nafas yuzing koʻray men,
Yuzingdan gulu sunbullar teray men.
Kel, ey, qoshimda oʻltir oyu yillar,
Seni toki toʻyib-toʻyib koʻray men!

167

Oʻshal bexonumon[57] — men oʻzimman!
Oʻshal besaru somon[58] — men oʻzimman!
Uzun tunlarda zor qugguchi kunni,
Kuni tunday zimiston — men oʻzimman!

168

Sening joying guliston, yori jonim,
Mening gulxan yonida kul makonim.
Agar gulxanmi, gulshan yoki choʻlda
Koʻzim oʻzgani koʻrmas, mehribonim.

169

Uzun tunlar sanab yulduz yotarman,
Tun yetsa yarmiga seni kutarman.
Yarim tundan keyin ham kelmasang gar,
Koʻzimdan yosh daryosini toʻkarman...

170

Rubobimga ikki zulfing boʻlar tor,
Ne istaysan — holim shundoq ham abgor.
Sening menga sira yorlik joying yoʻq,
Nega har tun kirarsan tushga, dildor?

171

Qilaylik, kel, bu koʻz yoshini Jayhun,
Boʻlaylik ikkimiz Layliyu Majnun.
Fariduni[59] aziz tark etdi bizni,
Yarataylik, kel, ey, yangi Faridun!

172

Jigarim ezdi dard — ovvora qilma,
Visoldan etma fard — ovvora qilma.
Malomat qilma kelmas deb koʻyimga,
Kelarman rangi zard — ovvora qilma.

173

Nechuksan, dil? Nechun sen muncha mahzun?
Mudom xunsan, mudom xunsan, mudom xun.
Goʻzal Laylining ishqida hamisha
Yurarsan misli Majnun, misli Majnun.

174

Yusufdek gar meni sudrashsa zindon,
Toʻkib yosh, aylamasman nola-afyun.
Raqib boʻlsa-da menga yuzta bogʻbon,
Kelarman har qachon bogʻingga xandon.

175

Sahar gul qoshiga kelganda bulbul,
Koʻzim yoshi tomar etakka gul-gul.
Borib gul yoniga men cheksam afgʻon,
Tushar barcha kuyuk dillarga gʻul-gʻul[60].

176

Dilimdan tashqarida nola yoʻqdir,
Mijamdan oʻzga yerda jola yoʻqdir.
Biror tun yoʻqki, seni koʻrmasam tush,
Mening baxtimga koʻzda lola yoʻqdir.

177

Falak, bedod etarsan nega har dam?
Gulim-ku boʻlmading, boʻlma tikan ham.
Agar dardimni yengil qilmagaysan,
Yana dard ustiga dard aylama zam[61].

178

Turarman koʻcha boshida kutib yor,
Boʻlarman deb visoliga saeovor.
Mening kunim agar boshishta tushsa,
Bilarsan bevafosan qancha, dildor!

179

Magar sheru palangsan[62], ey dil, ey dil,
Qilarsan men-la jang san, ey dil, ey dil.
Agar topsam iloj qoning toʻkardim,
Koʻrardim qaysi rangsan, ey dil, ey dil!

180

Ayo, dard, bir oʻzing kelsang, na boʻlgʻay?
Koʻngilga gʻamni oz solsang, na boʻlgʻay?
Boshim uzra habibmi bu, tabib yo?
Ulardan gar biri boʻlsang, na boʻlgʻay?

181

Yuzi uzra musalsal zulflari bor,
Gulu sunbul qoʻshilgan kabi xummor.
Qilib zulfini(ng) har torin parishon,
Osar har biriga bir dilni dildor.

182

Meningdek topmagung bagʻri tilimni,
Chiqar oʻt ohidan oh ursa kimni?
Muhabbat oʻtida andoq yonarman,
Kuyib bitsam-da qoʻrmaysan kulimni.

183

Ayo, bu Isfahon, ayting, ne ma’vo?
Kimni doʻst aylasam, boʻldi bevafo.
Sherozdan tashqari chiqsam butunlay,
Toparman har bir manzilda yuz oshno.

184

Meningdek keksani topmas xaloyiq,
Mening dardim emas hech dilga loyiq.
Uzun tunlarda sham’dan[63] oʻzga yor yoʻq,
Bu kuygan dilga kuygan dil muvofiq.

185

Jahonda necha minglab lolaki[64] bor,
Yigʻib menga berishsa, ushbu dushvor.
Tilarman lolani xushboʻyu xushroʻy,
Jamiki loladan boʻlsin u dildor.

186

Quyoshdek orazing boʻlsin charoyun,
Bu ishqing oʻti bagʻrim aylasin qon.
Bilarsanmi, nega holing qarodir?
Quyoshga kim yaqin — quygay bearmon.

187

Sira mardlikni etmas pesha[65] nomard,
Sira chekmas figonu nola bedard.
Haqiqat soʻzini aytar Faridun:
Shu’la sochmas agar tandir esa sard!

188

Yuzing boʻlsin quyoshdan-da charogon,
Koʻyingda qiyma-qiyma bu kuyuq jon.
Qaro xoling yoqar bagʻrimni choʻgʻdek,
Shu choʻgʻ mendan kuyukroq boʻlsin, ey jon!

189

Bu yuzlarni hayodan qoplamish ter,
Bu kiprik oʻqlari toʻla zahardir.
Zanaxdon[66] chohiga Horut dilini
Osuvchi yordagi sehr-jodulardir.

190

Yuzing mehri dilimdan ketmagay hech,
Avom bu ishqni anglab yetmagay hech.
Chin oshiq bu muhabbat otashini
Xaloyiq ichra doyeton etmagay hech.

191

Agar bilsang, gʻamimga ayla chora:
Doʻnarmi kunga tunlar bora-bora?
Gahi derman: sira otarmikan tong?
Gahi dermanki: tong otmasa zora[67]

192

Kecha-kunduz yurar joyim xiyobon,
Kecha-kunduz koʻzimning yoshi toʻfon.
Na ogʻrir bir yerim, na bor isitmam,
Kecha-kunduz nega men zoru nolon?

193

Ayo, dilbar, dilu jonim oʻzingsan,
Butun paydoyu pinhonim oʻzingsan.
Bilolmayman: bu dardim boisi kim?
Bilarman ammo darmonim oʻzingsan.

194

Sochingning hidiga maftunman, ey gul,
Yuzingning hajrida dilxunman, ey gul.
Sening ishqingda men zor-beqarorman,
Sen misli Layli, men — Majnunman, ey gul!

195

Bu koʻzlar may toʻla ikki piyola,
Bu sochlar Ray xiroji bemalol-a.
Bugun-erta deya va’da berarsan,
Boʻlar ertang qachon, ey yuzi lola?

196

Men ul sham’manki, toʻkkan yoshi qaynoq,
Toʻkar yosh shundayin kim cheksa qiynoq.
Kuyib tun boʻyi, yigʻlarman butun kun,
Tunim shundoq oʻtar, kunlar-da shundoq!

197

Bogʻu rogʻlar tarafda lola oʻsgay,
Bu kipriklarni qonli jola toʻsgay.
Xurosonga agar yoʻl olsa karvon,
Dilimni orzuyi Bangola bosgay...

198

Gʻariblik meni qattiq dilgir etdi,
Falak boʻynimga gʻamdan zanjir etdi.
Falak, boʻynimdan ol bu zanjiringni,
Gʻariblik shundogʻam koʻp ta’sir etdi...

199

Dilim sensiz hamisha beqarordir,
Menga ozor berish senga shiordir.
Boshimga mushtlagum badxulq boladek,
Firoqingda menga shu ixtiyordir.

200

Baloning ramzidir bu qaddi zebo,
Jununning manbai bu dardu savdo.
Agar rasmingni chizsam — bor gumonim:
Qilarman tunu kun pinhon tamosho.

201

Dilim bir qushga oʻxshar — beparu bol,
Va yo qumda oʻtirgan kema, alhol.
Siniq soz hech sado bermas, nechun, bas,
Degaylar, Tohiro, qoʻlingga soz ol!

202

Muqarrablar seni har tun koʻrarlar,
Yoningda oʻltirib, suhbat qurarlar.
Oʻzim koʻrolmasam-da, koʻrsam erdi
U zotlarni — seni har tun koʻrarlar.

203

Bashar koʻrganmi sendek dilraboni?
Seningdek koʻngli qattiq bevafoni?
Muhabbat rasmini koʻrguzib avval,
Keyin qizdirding bozori jafoni.

204

Sening dardingda yoʻq kunlar qarorim,
Qaritgay kechalarni ohu zorim.
Kuyar holimga har doʻstu begona,
Faqat sen bexabar, beparvo yorim!

205

Oʻshal dilbarni(ng) qoʻzi masti bordir,
Meningdek ming oshiqqa qasdi bordir.
Oshiqlar oʻrtasida ul sanamning
Bu she’rimdek balandu pasti bordir.

206

Oshiq koʻngliga bir paygom yetarli,
Xumoroludaga[68] bir jom yetarli.
Menga koʻzingning[69] sarxushligi basdir,
Qanoatgarga bir bodom[70] yetarli.

207

Boshimda sochining[71] savdosi bordir,
Dilimga yuzining[72] sevgisi yordir.
Agar mayl etsa yangi oyga koʻzim,
Biling, qayrilma qoshlarga[73] xumordir[74].

208

Bu jonimga solib oʻt, sochi sunbul,
Vujudim aylamishsan bir hovuch kul.
Kesishsa dildagi ishqing niholin,
Chiqargay har tarafga shoxlarin ul.

209

Meningdek beqaror parvona yoʻqdir,
Jahonda men kabi devona yoʻqdir.
Qama muru malaxning[75] bor makoni,
Menga hattoki bir vayrona yoʻqdir.

210

Goʻzallar koʻp agarchi bu jahonda,
Mening koʻnglim hamisha sen tomonda.
Bogʻingda men kabi bulbullaring koʻp,
Shu bois yoʻq bu qul hisobu sonda.

211

Muhabbat oʻti qudratli, buyukdir,
Bu oʻt ichra yurak-bagʻrim kuyukdir.
Oyoq qoʻysa iting diydamga, ey doʻst,
Uning oyogʻi gardi ham suyukdir.

212

Vatanni yod etarkanman meni zor,
Koʻzimning yoshi boʻlgay misli anhor.
Bu badbaxt qoʻrqadirman oʻchmasin deb,
Gʻaribliqda hayotim sham’i zinhor.

213

Kishida qancha qoʻpdir molu boylik,
Boʻlar dunyoga koʻngli shuncha bogʻliq.
Agar boshida Xusrav toji boʻlsa,
Shirin bagʻri shu toj hajmicha dogʻlik...

214

Yoʻlim tushdi sahar mozor tomonga,
Toʻlib ketmish mozor ohu fiyunga.
Qilar tuproqqa arz bir bosh suyagi:
«Bu dunyo arzimas parcha somonga!»

215

Muhabbat dastidan holim zabundir,
Mudom tosh — yostigʻim, toʻshak — zamindir.
Shu yolgʻiz taskinim: seni sevarman,
Seni sevganning ahvoli qiyindir.

216

Yuzingning nuridan olam charogʻon,
Qara, har zarrada mehring namoyon.
Falakning shu’lasi shunday hamisha:
Umid koʻzlari har yerda nigoron.

217

Na xush, gar ikki dil bir dard-la ogʻrir,
Gar ogʻrir bitta dil — ushbu dard ogʻir.
Agar Majnunning koʻngli dogʻli boʻlsa,
Laylining koʻngli undan dogʻliroqdir.

218

Goʻzal yor qaygʻusi ichu toshimda,
Yoqimli soʻzi toj boʻlsin bopshmda.
Agar baxsh etsa Sheroz mulkini shoh,
Netarman boʻlmasa dilbar qoshimda?!

219

Kel, ey, ushbu jahondan qoʻl yuvaylik,
Kel, ey, tuproq uyidan dil uzaylik;
Kel, ey, to ekib ezgulik urugʻin,
Kel, ey, sabr itgifoqini tuzaylik.

220

Tanibmanki esimni, dod eturman!
Gʻamida nolayu faryod eturman!
Sira shod boʻlganimni eslamayman,
Hamisha xotiri noshod erurman.

221

Peshonam shoʻridan andisha qildim,
Gʻaming zahrini dilga toʻsha[76] qildim.
Falak kajrav[77] hamisha, toleim ters,
Shu bois ohu zorni pesha qildim.

222

Oʻzingdan oʻzga yoʻqdir menda bir yor,
Ishim yoʻqdir raqiblar birla zshghor.
Doʻkoningda kasod mening matoyim,
Emasman asli bozorga sazovor.

223

Xush ul soat — eshikdan kirsa dilbar,
Bitar hijron, ketar qaygʻu muqarrar.
Toʻlib shavqqa[78] quvay jonni dilimdan,
Egallasin uning oʻrnini dilbar!

224

Bu gulshan, boʻlmasang sen, misli zindon,
Guliston ham misoli otashiston.
Seningsiz umru oromu tiriklik
Parishon uyquga oʻxshaydi, jonon!

225

Tutay parvonadek oʻt ichra maskan,
Bu gulxan sen bilan koʻzimga gulshan.
Gulimsan, gulbunimsan[79], gulshanimsan,
Sening birla topar jon har oʻlik tan.

226

Boshim — yostiq, tanim — toʻshakdan ayro,
Gʻamingdan oʻzga yoʻq boshimda savdo.
Qoʻyar yostiqqa bosh sendan uzoq kim,
Boshin koʻtarmasin yostiqdan aslo!

227

Mening holim xarob, bilmoqchi boʻlsang,
Yurak-bagʻrim kabob, bilmoqchi boʻlsang.
Kechib mendan, topibsan yangi yor, bas,
Mahsharda bor hisob, bilmoqchi boʻlsang.

228

Ayo, ey mohliqo yor, qaydadirsan?
Koʻzlari surmaso[80] yor, qaydadirsan?
Ular dam bir nafas bagʻrimga kirsang,
Deb erdim, dilrabo yor, qaydadirsan?

229

Men ul shohman — talangan yoʻgʻu bori,
Men ul vayron — olingan ganji, ore.
Qarilikdan urarman oh bu dashtda,
Ki yoshlik oʻtdi, qolmadi gʻubori.

230

Chiqarsa har daraxt devoraro bosh,
Uzatar mevasiga qoʻl qari-yosh.
Agar meva emas, bersa-da gavhar,
Uni ildizidan qoʻporgali shosh...

231

Boshimda yoʻq gʻamingdan oʻzga savdo,
Visolingdan boʻlak dilda tamanno.
Bu ishq bozorida, bilgay Xudoyim,
Shulardan oʻzga hech narsam yoʻq aslo.

232

Men ul bechorayu miskin, dili kam,
Men ul boshi kesilgan bir kuyuk sham.
Na dunyoni dedim, na oxiratni,
Men ul belolayu besabza koʻklam.

233

Yuzingga yangi oy deb lol qarashar,
Yurishing sarvi qaddishta yarashar.
Dilimda birgina ishqing xayoli,
Seni deb oshigʻing dunyoda yashar.

234

Oʻrib dil dashtidan motam gulini,
Terib jon gulshanidan gʻam gulini,
Biroq bu bogʻ aro hech koʻrmagaysan
Umidsizlikni(ng) boshi xam gulini.

235

Dilim dilbar domiga mubtalodir,
Firogʻi ham, visoli ham balodir.
Bu vayronada kimni koʻrma dilxun,
Bular dilmi yo dashti Karbalodir?

236

Chekarman tunu kun koʻyingda nola,
Koʻzimning yoshlari misli shalola.
Tikan oʻsgay, meni bechora harchand
Visoling bogʻida eksam-da lola.

237

Qani koʻz yoshim ummon boʻlmagan tun?
Qani bir jigarim qon boʻlmagan qun?
Soʻzu nola bilan oʻtmoqda umrim,
Holimdan bexabarsan, qaddi mavzun.

238

Xudoyo, bu dilim boshga balodir,
Gunohni qoʻz qilib, dil mubtalodir.
Agar qoʻzlar koʻrib lol boʻlmaganda,
Goʻzallar ishqi qaydan dilga jodir?

239

Xayolingdan boʻlolmam lahza forigʻ,
Firoqishta giriftor etma ortiq.
Meni qop-qora rangga aylading gʻarq,
Qarodan ham yuqori oʻzga rang yoʻq.

240

Bu sahromi yo qalbi otashinmi?
Uning qonini ichguvchi zaminmi?
Bu yo miskin koʻngillar kishvarimi?
Bu yo sahroi ishqi nozaninmi?

241

Seni deb gʻam yeyishni qildim odat,
Senga, ey bevafo, ma’lum bu holat.
Senga, kel, topshiray kuygan dilimni,
Bilarsan dilni sen, dil seni albat.

242

Vujudim chulgʻamish darding sarosar,
Dilim doim gulu bogʻingni istar.
Ochay koʻnglimni kezib lolazorda,
Ularda ham sening dogʻing muqarrar.

243

Koʻngil kuygay hamisha motamingdan,
Qutulmoq yoʻq sira dardu gʻamingdan.
Nega xam, deb, qading mendan soʻrama,
Qadimning xamligi pechu xamingdan[81].

244

Gʻamingdan tan aro jonimda ming tob,
Garov qoʻydim boshimni tigʻga, mahtob.
Kuyib-yonishda gar yoʻq ixtiyorim,
Bu savdolarga bermaydi dilim tob.

245

Qayerda manziling, ey yori dilxoh?
Bu manzildan qulingni ayla ogoh.
Seniki hamma joy, men — koʻri botin[82],
Xato qildim, xato, astagʻfurulloh.

246

Dilimni biryon etsang — ixtiyoring,
Koʻzimni giryon etsang — ixtiyoring.
Agar Alvandu Maymand togʻlariga
Boshimni maydon etsang — ixtiyoring.

247

Kelaqol, kelki, jononim oʻzingsan,
Kelaqol, kelki, sultonim oʻzingsan.
Oʻzingdan oʻzgani yorim demasman,
Kelaqol, kelki, iymonim oʻzingsan.

248

Biror korimga bu koʻngil yaramas,
Uning hosili gʻamdan oʻzga emas.
Boʻlar gul mavsumida savdo qizgʻin,
Bu dil hech narsaga ammo qaramas.

249

Uzoqqa tushdimu yoru diyordan,
Malomat — yorim, ish kelmas barordan.
Bilolmam, qasdi jon qildimmi nohaq?
Ilojim yoʻq boʻlak sabru qarordan.

250

Boʻlib bagʻrim ado kelib keturman,
Visolingdan judo kelib keturman.
Koʻyiga kelmading, deb qilma ta’na,
Axir, xuddi gado kelib keturman.

251

Ulugʻlaylik karimlar himmatini,
Qilaylik rad laimlar[83] xizmatini.
Karam birlan karimlar qoʻli doim
Muruvvatta etar esh davlatini.

252

Bahorim bexazon sen birla, jonon,
Gʻamim yoʻq, qolsa gulsiz bogʻu boʻston.
Kel, ey oshiq koʻngil, dodimga yetgil,
Dilim sen birla har doim nurafshon.

253

Koʻchangga, dilrabo, tokay kelurman?
Tilab sendan vafo, tokay kelurman?
Xudodan qoʻrqmasang, aytgil, seni deb
Koʻchangga men gado tokay kelurman?

254

Hamisha gʻam yukidan qomatim xam,
Jahonda men kabi hasratzada kam.
Sira gʻam dastidan boʻlmadim ozod,
Bu tolesiz dilim misli koʻhi gʻam.

255

Tunim qora, kunim undan batardir,
Ham iqbolim guli zeru zabardir.
Yuragimga qadaldi kiprik oʻqi,
Ki zaxmi naf’li, nainki zarardir.

256

Dilim zoru hazin — chekmaymi nola?
Vujudim otashin — chekmaymi nola?
Nechun nola qilursan muncha, derlar,
Ajal boʻlsa yaqin — chekmaymi nola?

257

Xudoyo, soʻyla, kim birlan boʻlay men?
Zaifman, boʻyla, kim birlan boʻlay men?
Eshigingda, qabul qilgaymi, rad deb,
Turibman oʻyla: kim birlan boʻlay men?

258

Olib boda, qilay sayri guliston:
Hammayoq — maysazor, suvlar — farovon.
Ichay bir-ikki jom may shodligimdan,
Boʻlay mast-u, boray yoningga, jonon.

259

Karimdir u — makoni lomakondir[84],
Goʻzallar yuziga u baxsh etar nur.
Kecha-kunduz el ahvolidan ogoh,
Hamaning rizqini qilguvchi ma’mur.

260

Haqiqat shuki, bir ovoradirsan,
Bir yerda aylanar bechoradirsan.
Mening yuzimga yopding barcha yoʻlni,
Ayon boʻldiki, koʻngli qoradirsan.

261

Senga loyiq emasdirman, bu — ravshan,
Biroq bordirman ushshoq safida man.
Yurak ming karra qonga botsa ham kam —
Senga, zotanki, bahri bekaronsan[85].

262

Jigar qoni-la dil toʻlgan hamisha,
Koʻzim yoshli-yu, mahzun tan hamisha.
Kelarmi, deb biror kun men tomonga,
Tutibman yoʻlida maskan hamisha.

263

Agar tunda eshikdan kirsa qumrim,
Goʻyo ortiga qaytar oʻtgan umrim.
Koʻzim toshta qadar boʻlgay yoʻlida
Eshikdan chiqishini poylab har zum...

264

Ohimdan qoplar oʻt yetti falakni,
Ovoz dil qonidan bergay darakni.
Dili gʻam oʻtida hech kuymaganlar
Bilarmi holini kuygan yurakni?

264

Ohimdan qoplar oʻt yetti falakni,
Ovoz dil qonidan bergay darakni.
Dili gʻam oʻtida hech kuymaganlar
Bilarmi holini kuygan yurakni?

265

Bu gʻamdan bahravar dil xurramu shod,
Bu gʻamdan bexabar dil dastidan dod!
Bu ishq bozorining ganjinasidan
Bu gʻamdan kuygan har dil boʻlgay obod!

266

Kunim tundan, tunim kundan batardir,
Xatini[86] sevdi kim zeru zabardir.
Firoqingda kuyarman kecha-kunduz,
Faqirlarning fiyuni beasardir.

267

Azizlar, biz giriftori oʻshal dard,
Birimiz notavon-u, oʻzgamiz — fard.
Visolingni nasib etmadi qismat,
Yuzingni koʻrmay endi boʻlgamiz gard.

268

Mening baxtim shukim: togʻlar vatandir,
Kezib chiqdim jahon — har yoq chamandir.
Na uy-joyim bor-u, na molu davlat,
Oʻlar boʻlsam paru bolim kafandir.

269

Misoli nay tanimda band uza band,
Firoq oʻti mudom jonimga payvand.
Xudo bilgay: qachon boʻlgay qiyomat,
Qiyomatga qadar tinmas bu dardmand.

270

Erursan gar koʻyida zor, yema gʻam!
Seni gar aylasa ham xor, yema gʻam!
Yarimta dil bilan qoʻrqmam birovdan,
Ikki olamcha koʻngling bor, yema gʻam!

271

Koʻzim yosh toʻkkali moyil seningsiz,
Hayotim naxli[87] behosil seningsiz.
Biror xilvatda tun-kun manzil aylab,
Oʻlimga boʻlgamen vosil seningsiz.

272

Seningsiz bitmasin boʻstonda bir gul,
Agar bitsa, sevib-sevilmasin ul.
Seningsiz kulguga kim ochsa labni,
Yuziga tegmasin dil qoni butkul.

273

Bu dasht ichra bir inson zoru nolon,
Ekardi lola koʻzidan toʻkib qon.
«Biror naf’ bormi bu dehqonchilikdan?
Hay, atgang!» — deb boshin chayqardi har on.

274

Men ul mast — menga bosh, oyoq barobar,
Menga bosh ham, oyoq hamdir shu dilbar.
Dilorom deb beruvchi dilga orom,
Bilurman seni, ey soqiyi kavsar![88]

275

Men ul ozurdai bexonumonman,
Men ul mehnatzada, gʻamzada jonman.
Men ul sargashtaman — sahroda sarson,
Ne yel essa, unga men ilk nishonman.

276

Chin oshiq aylamas farq jismu jonni,
Jonondan jonni-yu, jondan jononni.
Boʻlib yor dardi birlan oyu yillar,
Oʻzining dardiga bilmas darmonni.

277

Na xush, kim farqlamas boshdan oyoqni,
Oʻt ichra gul bilan quruq butoqni.
U cherkov, Ka’ba yo oshiq vujudi,
Seningsiz eslatar oʻtsiz oʻchoqni.

278

Bu banda besaru somon yaraldim,
Parishonmanki, parishon yaraldim.
Parishonxotirlar tuproqqa ketdi,
Ular tuprogʻidan bu jon yaraldim.

279

Mudom yosh koʻzda, qaygʻu — dil libosi,
Jigarning qonidan ayshim asosi.
Birovning ishqida oʻrtanmaganga
Emas ma’lum oshiq dil muddaosi.

280

Dilim bir andalibi xushnavodir,
Saharlarda qilib nola adodir.
Qoʻnib gul shoxiga bulbul azonda
Figʻon aylab degay: gul bevafodir!

281

Qaniydi koʻzlarim dardingni olsa,
Agar koʻzlaringga dard soya solsa.
Topibsan oʻzga yor — koshki bu gapga
Qulogʻim kar, koʻzim koʻr boʻla qolsa!

282

Agar hijron aro qolsam, dilafroʻz,
Menga farqsiz boʻlur kechayu kunduz.
Agar vasling menga boʻlsa muyassar,
Boʻlar har bir kunim goʻyoki Navroʻz!

283

Tokay koʻying aro men zoru nolon?
Tokay holimni qilgaysan parishon?
Olish oʻrniga gʻam yukini mendan,
Tokay yuk uzra yuk qoʻygaysan, ey jon?

284

Qaridim, endi yoshlik qayda — yovqur,
Vujudim aylamish tark quvvatu qoʻr.
Degaylar menga: chiq, gul-lolalar ter,
Terolmayman — koʻzimda qolmagan nur.

285

Bu dilu diydadan ming ohu faryod!
Nimani diyda koʻrsa, dil qilar yod.
Yasab bir uchlari oʻtkir pichoqni,
Uray diydamga to dil boʻlsin ozod.

286

Yurarman yigʻlabon har koʻcha-yoʻlda,
Boʻlar paydo ariklar oʻngu soʻlda.
Qilib bechora vasling bogʻin orzu
Gul eksam-da, tikan oʻsgay bu choʻlda.

287

Bu ishq dardi biyobonparvar etdi,
Visol orzusi bebolu par etdi.
Menga dersanki, sabru toqat ayla,
Holimni sabru toqat battar etdi.

288

Boshim — toʻpu bu dunyo misli zindon,
Koʻngilni etmagay tark ahdu paymon.
Agar davronki, nomardlarga qolsa,
Kutarman kelgunicha oʻzga davron.

289

Qayu zotlarki, senga hamnishindir,
Hamisha koʻngli shod, bagʻri butundir.
Azal ishqbozligu ishq odati shu:
Visol baxti dilovarlar[89] uchundir!

290

Xayolimda na savdo bor-u, na sud[90],
Na sogʻliq, na tiriklikdan taraddud.
Netay daryo labi, chashma boʻyini,
Koʻzimning har biri ming bitta Zandrud[91].

291

Buzar tun tinchini qashqir ovozi,
Qoshimga kel qaro zulfingni yozib.
Labingning uchidan bir boʻsa bergil,
Degil: qildim Xudo qulini rozi.

292

Oʻzim chekdim bu gulning bor azobin,
Qoʻyib oʻrniga barcha obu tobin[92].
Xudo dargohida mumkinmikan hech:
Birov olsa gulimning gar gulobin?!

293

Xarob etding-ku, ey charx, turmushimni,
Quchogʻimdan uchirding baxt qushimni.
Meni nard taxtasiga oʻtqazib sen,
Beshu olti bilan qilding ishimni.

294

Labi — shakkar, badan — nuqraga oʻxshar,
Koʻzim — daryo, vujud — otash muqarrar.
Kirishga qoʻrqar u bagʻrimga shundan:
Erir otashda — nuqra, suvda — shakkar.

295

Falakda bor na bir doʻst-u, na bir juft,
Mudom qon toʻksa-da, demas sira uf.
Uning shevasiyu ishi faqat shu:
Qayerda bir chiroq koʻrsa, qilar puf.

296

Meni chulgʻar xayoling har tun, ey yor,
Xayoli xatgu xoling har tun, ey yor.
Qilay koʻz uyiga kiprikni devor,
Koʻray deb to jamoling har tun, ey yor.

297

Kel, ey, koʻnglimda vasling sham’ini yoq,
Arit hijronu dardu gʻamni mutloq.
Oʻshal qayrilma qoshingga qasamkim,
Boʻlibman gʻamga juft, sendan esam toq!

298

Gʻami ishqing na har mushtoqqa tushgay,
Humo aksi na har tuproqqa tushgay.
Sarafrozlar topar ishqing aro kom —
Quyosh shu'lasi avval toqqa tushgay.

299

Goʻzallar jabridan bagʻrim jarohat,
Bu lola hasrati koʻnglimda qat-qat.
Oʻqishsa nomaxonlar noma ul kun,
Egib boshimni, chekkayman xijolat.

300

Bahor keldi bogʻu sahroyu toqqa,
Bahordek yoshligim ketdi qayoqqa?
Yigitlar qabridan gul-lola ungay,
Goʻzallar sayr etib kelsa bu yoqqa.

301

Dilim qaysi sanam devonasidir?
Bu sargardonni qayda xonasidir?
Bilolmayman, dili ovvora kimning
Asiri nargisi[93] mastonasidir?

302

Bilar nolaning ohangini bedil[94],
Aniqlar eritib el tillani, bil.
Kuyuk dillar, keling, nola qilaylik,
Kuyuk dil qadrini bilgay kuyuk dil.

303

Bu dunyo ishlariga aklim hayron,
Sabab izlayverib, dil boʻldi vayron:
Qilib rizqini kimlarning farovon,
Berar minnat bilan kimga suvu non.

304

Qiziqmaysan — nechuk bu yori zoring:
«Oʻtar kimlar bilan bogʻu bahoring?»
Meni yod aylamaysan sen-u, men ham
Xabarsiz: kim bilandir koru boring?

305

Kelib qoʻr, yor, dilim gʻamga toʻliqdir,
Toʻkar koʻz qonli yosh, rangim sariqdir.
Bu hijron dardi, sobirlik azobi
Kuyuk jonimga mangulik rafiqdir.

306

Men ul rindmanki, isyon pesha qildim,
Mudom qoʻlimga jomu boda oldim.
Agar sen begunohsan, bor, malak boʻl!
Men ul Odamu Havvodan yaraldim.

307

Bilolmaymanki, rozim kimga aytay?
Gʻamu soʻzu gudozim kimga aytay?
Kim eshitsa sirim elga qilur fosh,
Nihon rozu niyozim kimga aytay?

308

Agar boʻlsa necha ming mulki dunyo,
Agar boʻlsa necha ming mulki uqbo.
Kel, ey dilbar, ochay koʻnglim oʻzingga:
Bu dunyoda seningsiz bormi ma’no?

309

Menga olam gʻamini aylading yuk,
Koʻrindimmi senga men mast tuyadek?
Burunduq oʻtkazib, nokasga berding,
U oʻylar: yukni koʻp ortsam, yurar tek.

310

Bu yolgʻizlik gʻamidan kuydi jonim,
Koʻrib nochorligim oshdi figʻonim.
Uzun tunlarda bekaslik gʻamidan
Qilar nola har bandi ustixonim.

311

Agar dilbar yuziga ragʻbatim bor,
Yoʻlim toʻsma, boʻlibman vasliga zor.
Xudo haqqi, shoshilma muncha, sorbon,
Bu karvondan qrlibman men — dilafgor.

312

Xudoyo, dod bu dildan, dod bu dildan!
Biror dam boʻlmadim men shod bu dildan.
Menga arzingni ayt deyishsa tongla,
Qilarman tinmayin faryod bu dildan!

313

Kishining dardi yoʻqmi — oʻlgani beh!
Muhabbatsiz qoʻngilning soʻlgani beh!
Sahar gulga boqib, bulbul urar bong:
Beishq koʻziga tuproq toʻlgani beh!

314

Tugʻilgandan buyon men qoʻru gʻofil,
Mudom boʻldim gunoh ishlarga moyil.
Shu choryoru imomlar haqqi, yo Rab,
Tuya koʻrdingmi — yoʻq: bahrimdan oʻtgil!

315

Yuzing mehri qoʻngildan chiqmas hech on,
Etib boʻlmas bu ishq dardini doston.
Va lekin bu muhabbat otashini
Xaloyiqdan tutib boʻlmaydi pinhon.

316

Necha ming-ming qoʻngil vayron gʻamingda,
Necha ming-ming jigarlar qon gʻamingda.
Necha ming-ming bu dogʻlarni sanab boq,
Ularga yoʻq hisobi son gʻamingda.

317

Sochini loladan etmish sarafroz,
Koʻzining qa’rida pinhon erur noz.
Boshimga soldi bor savdolarini,
Necha yil noz etar ul nozanin boz?

318

Figʻonu nola kor qilmas falakka,
Xar aylanganda oʻt solgay yurakka.
Oʻtib ketmoqda ohu gʻam bilan umr,
Falak boʻysunmagay bizning tilakka.

319

Falakning dastidan men dod etarman!
Tunu kun nolayu faryod etarman!
Xasu xor birla oʻltirsa nigorim,
Koʻngilni qandayin men shod etarman?!

320

Soʻrabdirsanki, nechun beqarorman?
Magar parvardai3 bodi bahorman?
Makonim nega togʻu dashtu sahro?
Netay, yor, bunda men beixtiyorman.

321

Sen, ey, bir nozaninu dilrabosan,
Sen, ey, qayrilma qosh, koʻzi qarosan,
Sen, ey, qoʻsh kokili juft ajdahosan,
Menga dersanki, nechun mubtalosan?

322

Asal-ku boʻlmading, nechun zaharsan?
Emassan yor-u, yonimda yurarsan.
Bu dil zaxmiga malham qoʻymading, bas,
Nega zaxmimga tuz sepib turarsan?

323

Chekay bir ohki, oʻt tushsin jahona,
Boʻlib devona dil battar devona.
Kuyuk dillarning ohidan haznr boʻl,
Kuyuk dillarning ohi koʻp yomon-a!

324

Bu sunbul mushki Chindan-da qarodir,
Bu kokuldan necha ming dil yarodir.
Dilingga yoʻl topolmas nola-ohim,
Bu dilmi yoki tosh, ayt, ne balodir?!

325

Mudom koʻnglim yonar, koʻzim toʻkar yosh,
Jigar qonini aysh jomi etar fosh.
Toparman qayta jon oʻlsam boʻyingdan,
Mazorimdan oʻtar boʻlsang, qalamqosh!

326

Mudom qolu balo tashvishi dilda,
Bayon aylay gunohim qaysi tilda?
Agar «lo taqnatu»[95] tutmas qoʻlimni,
Ishim «vo vaylato»[96] boʻlgay bu elda.

327

Gʻaming daryosiga dil botdi-ketdi,
Firoqing dogʻi bagʻrim resh-resh[97] etdi.
Koʻzimda qonli yoshlar qatra-qatra,
Ki goʻyo lolalar mavsumi yetdi.

  1. Injular ummoni. - Toshkent, 1988. 120-149-betlar; Rudakiy va Bobo Tohir she’riyatidan. - Toshkent, 1994. 89-139-betlar; Juzjoniy A. Sh. Tasavvuf va inson. - Toshkent, 2001. 157-162-betlar.
  2. Hamnishin — birga oʻltiruvchi, doʻst, hamsuhbat, ulfat.
  3. Nangu nomus — obroʻ, sharaf.
  4. Bahru bar — suv va quruqlik.
  5. Faqirlik — solikning faqr maqomidagi holati. Faqir shunday kishiki, u faqat Haq ma’rifatiga yetishga muhtoj boʻladi.
  6. Dang — bexud, hayron.
  7. Qalandar — 1) iloxiy ishq yoʻlida vajd holatiga yetgan darvesh; 2) vujud va qalbini poklab, oʻzini fano holatiga yetkazishga intilgan solik; 3) qalandariya tariqati a’zosi.
  8. Bistar — toʻshak, yotar joy, koʻrpa-toʻshak, oʻrin.
  9. Tang — tor, siqiq.
  10. Ozurda hol — ozor chekkan, ranjigan, xafa boʻlgan.
  11. Siymindudoq — kumush lab; majozan: goʻzal lab.
  12. Afgor — majruh, ezilgan. oʻrtangan; nochor; gʻamli.
  13. Bu yerda faryod, figʻon ma’nosidagi shoʻr va fitna, fasod ma’nosidagi shar(r) soʻzlari vositasida soʻz oʻyini qilingan. Qolaversa, shoʻr soʻzining tugʻyon, gʻalayon, fitna, fasod ma’nolari ham bor.
  14. Qilu qol (Qolu qil) — soʻzlash, gap-soʻz, mubohasa.
  15. Charxi gardon — aylanuvchi falak; osmon; jahon.
  16. Alvand — Erondagi Hamadon shahri yaqinidagi togʻ.
  17. Za’faron — sargʻish tus beruvchi xushboʻy oʻsimlik; sariq rang.
  18. Qaqnus — afsonaviy xushovoz qush: bir umr xas-xashak yigʻib, keyin uning uyetiga chiqib, shunaqangi oʻtli navo chekarkanki, nafasidan toʻplagan xirmoni alanga olib, oʻzi ham yonib ketarkan — uning kulidan yangi qaqnusbachcha paydo boʻlar ekan.
  19. Fil hol — darhol, shu onda.
  20. Paru bol — qanot.
  21. Mushkbor — mushk yogʻdiruvchi.
  22. Tasavvuf ahli tongda urilgan oh ilohiy mahbubaga yetib boradi, deb hisoblaydilar. Bundan tashqari, soʻfiyona adabiyotda koʻpincha bir oh urib, jon berish haqida soʻz boradiki, bu oh oshiqni ma’shuqqa yetkazadi.
  23. Zarf — idish.
  24. Zunnor — nasroniylar beliga bogʻlaydigan chilvir. Islom mamlakatlarida gʻayri musulmonlar ham zunnor bogʻlab yurishga majbur edilar. Tasavvufda zunnor — xaqiqiy mahbuba xizmati va toatiga bel bogʻlash.
  25. Budunabud — boru yoʻq.
  26. Arab Sultoni — Muhammad alayhissalom.
  27. Giribon — yoqa.
  28. Doman — etak.
  29. Resha — ildiz, tomir.
  30. Dun — tuban, pastkash, razil, xor.
  31. Sufra — dasturxon.
  32. Kishvar — mamlakat, oʻlka, viloyat, iqlim.
  33. Kimiyo (kimyo) — bu yerda: nodir, noyob.
  34. Balo — ofat, musibat. Soʻfiylar aqidasiga koʻra Xudo sevgan bandasiga balo yuboradi, oʻz navbatida, balo insoshga Xudoga yaqinlashtiradi.
  35. Sarxona — chilimning tamaki solib tutatiladigan qismi.
  36. Zeru zabar — ostin-ustun; notinch.
  37. Sarbasar — boshdan-oyoq, butunlay.
  38. Kadar — mung, mahzunlik, xafalik, gʻashlik.
  39. Koru bor — ishlar, mashgʻulliklar.
  40. Somon — imkoniyat, iloj, yordam, koʻmak.
  41. Musalsal - halqa-xalqa, bir-biriga ulangan.
  42. Purxob — seruyqu; majozan: nozli, karashmali.
  43. Sarosar — boshdan-oyoq, u boshidan bu boshigacha, hammasi.
  44. Mustamand — xasta, notavon, muhtoj, hojatmand.
  45. Mutrib — cholgʻuvchi va qoʻshiqchi, mugʻanniy. Tasavvufda oriflar dilini ramzlar kashfi-yu, haqiqatlar bayoniga toʻldiradigan, fayz yetkazuvchi va targʻib qiluvchilarni mutrib deydilar. Rabboniy olamdan ogoh qiluvchilar va komil pirlarga ham ishora qilinadi. Uning quyi — ma’rifat, qoʻshigʻi esa — haqiqat.
  46. Gireh — tugun, chigil, mushqullik, qiyinchilik; soch oʻrimi.
  47. Kelib holimni bir koʻrgil, sumanbar,
  48. Sumanbar — oqbadan, goʻzal mahbuba.
  49. Tiyra — qora, qorongʻi, xira, nursiz; qaygʻuli, gʻam-gʻussali.
  50. Mehnat — musibat, balo; gʻam, dard; mashaqqat, qiyinchilik.
  51. Naxli navbar — yangi mevaga kirgan daraxt.
  52. Suriy — Afgʻonistondagi qadimiy eroniynasab qavm.
  53. Som — Eron va Turon mamlakatlariga hukmronlik qilgan Nuh paygʻambarning oʻgʻli; «Shohnoma» qahramoni Rustamning bobosi.
  54. Narimon — peshdodiy hukmdor Manuchehrning lashkarboshisi. «Shohnoma» qahramonlaridan biri.
  55. Muft — tekin, bepul.
  56. Jovidon — abadiy, doimiy, mangu.
  57. Bexonumon — uy-joysiz, sarson-sargardon, bechora.
  58. Besaru somon — baxtsiz.
  59. Faridun (Afridun) — peshdodiylar sulolasiga mansub oltinchi podshoh. U adolat ramzi hisoblanadi.
  60. Gʻul-gʻul — gʻulgʻula, shovqin-suron, dovruq.
  61. Zam — qoʻshish, jamlash.
  62. Palang — yoʻlbars; qoplon.
  63. Sham’ — solik dilini kuydiradigan ilohiy nur. Shuhud sohibining dilini yondirib, uni munavvar qkladigan irfon nuriga ham ishora.
  64. Lola — mushohada kilinadigan ma’rifatning natijasi. Bechora oshiqning bagʻrini tiladigan mahbubaning kizil yuziga ham ishora qilinadi.
  65. Pesha — ish, amal; hunar, odat.
  66. Zanaxdon — iyak, kulgich.
  67. Horut — farishta. U Morut ismli farishta bilan birga ayolga oshiq boʻlganligi uchun Xudo gʻazabiga uchrab, Bobuddagi chohga tashlangan. Kimki sehru jodudan saboq olmoqchi boʻlib, choh qoshiga borsa, Horut unga sehrgarlik ilmini oʻrgatadi.
  68. Xumoroluda — xumorli, mast.
  69. Koʻz — tasavvufda komil inson timsoli.
  70. Bodom — bu yerda: mahbubaning bodom shaklidagi koʻziga ishora.
  71. Soch — tasavvuf she’riyatida moddiy dunyo timsoli boʻlib keladi. Uning uzunligi — dunyoviy hoyu havaslarning chek-chegarasizligi, Qalinligi — tirikchilik tashvishlarining son-sanoqsizligiga, halqaligi — nafs bandalari koʻlglini ovlash uchun tuzoqqa oʻxshatiladi va h.k.
  72. Yuz — ilohiyot jamoli timsoli va komil inson chehrasi.
  73. Qosh — ilohiy va moddiy olam chegarasi. Payvastaligi — Olloh va olamning yagonaligi, qayrilmaligi — soʻfiy dilidagi nafs va kibrni, uzun va qalinligi — haq yoʻlining uzun va murakkabligini bildiradi.
  74. Xumor — sargardon oshiq.
  75. Moʻru malax — qurtu qumursqa, hasharotlar, chumoli va chigirtka.
  76. Toʻsha — oziq-ovqat, yoʻl ozigʻi.
  77. Kajrav — egri yuruvchi, teskari aylanuvchi; makkor, hiylagar.
  78. Shavq — Haq va solik oʻrtasidagi yaqinlikning kuchayishi, ishtiyoq va istak gʻalabotidan qalbning sururga toʻlishi.
  79. Gulbun — gul, gul tupi.
  80. Surmaso — surma tortilgan, surmali.
  81. Pechu xam — egilgan, buralgan; majozan: ranju azob.
  82. Koʻri botin — qalbi soʻqir.
  83. Laim — xasis, past, nokas.
  84. Bekaron — behad, bepoyon, beintiho, besohil, juda keng.
  85. Bekaron — behad, bepoyon, beintiho, besohil, juda keng.
  86. Xat(t) — yangi chiqkan tuklar; soch, zulf.
  87. Naxl — koʻchat, nihol, yosh daraxt.
  88. Soqiyi kavsar — Hazrat Ali. Unga jannatdagi Kavsar Hovuzining sokiyligi marhamat qilingan. Qiyomatda u odamlarga obi kavsar ulashadi.
  89. Dilovar — botir, qahramon, qoʻrqmas.
  90. Sud — foyda, bahra, naf.
  91. Zandrud — Isfahondagi daryo.
  92. Obu tob — toblanish, yashnash; tozalik.
  93. Nargis — boʻtakoʻz; majozan: shahlo koʻz.
  94. Bedil — oshiq, maftun; dardli, alamli; holsiz, majolsiz.
  95. Lo taqnatu— Qur’on oyatidan: «noumid boʻlmanglar».
  96. Vo vaylato — afsus-nadomat.
  97. Resh-resh — chok-chok, pora-pora.