OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Botu. Yangi qishloq (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifBotu
Asar nomiYangi qishloq (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Botu
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/05/31
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Yangi qishloq (hikoya)
Botu

Koʻklam boshi. Hali yer qurigan emas. Tepalarda qor izlari bor. Koʻklamning galgi kelishi Qurbonning ham yuragida toʻlqinlar qoʻzgʻotgan. Qurbon na kechasi va kunduzi tinchlana oladi. U havoga qaraydi. Yerga qaraydi va shodligidan kalta soqolini barmoqlari bilan tez-tez taraydi.
— Qurbon, sen ham bu yil belingni koʻtarib olasan-da... Qodirning bu soʻzlari Qurbonga juda ham yoqadi. Uning dudoqlarining tanobi qochadi.
— Hah... zamon. Hukumat bizniki. Bizga oʻxshaganlarniki, deydi Qurbon. Och-yalangʻoch yuraturgan oʻtib ketdi ogʻayni!

Qodir ham Qurbonning oʻziga oʻxshagan kambagʻal dehqon. Yer islohati vaqtida Qodirga.... tanob yer, Qurbonga.. tanob yer berilgan. Lekin boyaqish Qurbon shu yilgacha olgan yeridan foydalana olmagan, bunga sabab Qurbonning ishyoqmasligi yoxud qoʻrqoqligi emas, boshqa... Qurbon hech narsadan qoʻrqmaydigan, hech ishdan qochmaydigan yigit. Buni qishloqning kattadan-kichigigacha yaxshi biladi. Bosmachilar Yangi qishloqdan uzoq boʻlmagan togʻlarda ot qoʻyib, qishloqqa qoʻrqinch solib yurgan zamonlarda ham oʻz toʻgʻri yoʻlidan qaytmagan Qurbon «mayda-chuydalardan tab tortmasligi»ni bir emas, ming martaba aytganini hamma eshitgan. Qurbonning soʻzlari qishloq boylarininggina kayflarini buzadi. Boylardan, ruhoniylardan boshqa hamma qishloqi Qurbonning suhbatiga juda zoʻr ishtiyoqli. Qurbon ham noz qilishni, takabbur boʻlishni bilmaydi. Birov:
— Qurbon, falon voqea qanday boʻlgan edi, — deb qoʻysa soʻrogʻini rad qilmay toʻla javob beradi.

Kichkina uyning shipi qop-qora. Uy eshiklari yopiq. Uyning bir chetida guvillab yonib turgan oʻtning shu’lasi kichik uyni ham sovuqlikdan, qorongʻilikdan ham qutqarmoqchi boʻladi. Oʻt tevaragida oʻtirganlar ichida boʻlgan shaharlik uch yigit koʻzlarini zoʻrgʻa-zoʻrgʻa ochib oʻltirardilar. Toʻlqinlanib uchmoqda boʻlgan achchiq tutunlar bularning na koʻzlariga va na koʻngillariga rohat beradi. Lekin sir boy bermasga tirishadilar. Qurbon voqillab turadi. Uydagi toʻqqiz qishloqi shahardan kelgan yigitlardan koʻproq soʻz eshitishni istab tinch oʻtiradi. Bularning koʻzlari ham yoshlanmaydi, koʻngillari ham huzursizlanmaydi. Uncha-muncha tutun bularga ta’sir qilmaydigan koʻrinadi.
— Siz oʻrganmagansiz-da... Eshikni ochib qoʻyaymi?

Qurbon juda ziyrak yigit ekanini bu yerda ham koʻrsatdi.
— Kecha uncha ham sovuq emas, — dedi Qodir, — ochib qoʻya ber!

Eshik ochildi. Tashqaridan toza, yolqin havo yugurib ichkari kirdi. Nafas olish ancha yengillashdi.

Yonib turgan oʻtning ham boshi egildi. Uning shu’lasi eshikdan kirgan oy nurlari bilan quchoqlashdi. Tashqarining goʻzalligi hammaning qarashini oʻziga jalb etdi. Qumgʻonga qarab oʻtirgan dehqon dedi:
— Bu yil yogʻin ham chakki emas. Havo joʻnashib ketsa dehqonchilik yomon boʻlmaydi.

Boshqa dehqonlar ham buning soʻzini tasdiq qildilar. Qotmagina dehqon etagi bilan oʻtni yelpib dedi: — Hukumat oʻzimizniki ekanini endi bildik, pulimiz yoʻq edi pulli boʻldik... Mana ekishga urugʻ, yeyishga non berdi. Pul berdi.
— Hozir ichak uzildi vaqtida bugʻdoydan koʻproq berilsa yaxshi boʻlar edi-da. Tizzasiga suyanib oʻtirgan cholning bu soʻziga Qurbon darrov javob qaytardi. — Hukumat har narsa bersa kambagʻallarga beradi. Hukumat koʻzida har qaerdagi kambagʻallar birdek. Bir qishloqdagi kambagʻalga koʻp berib, boshqa bir yoqdagisini och qoldiomaydi. Har kimning holiga qarab beradi. Bizdan boshqa ham hukumatdan pul, bugʻdoy oladiganlar koʻp. Koʻpchilikka bir qadaqdan berganda ham oʻh-huv... ming-ming qadaq boʻlib ketadi. Hukumat tartibi bilan boriga qarab beradi-da. Yoʻq yerdan yoʻndirib boʻlmaydi-ku, axir.
— Toʻgʻri, — deb Qodir soʻzga kirishdi. Bizning Qurbon ham chakana emas, koʻp narsa biladi. Hamma gap oʻzimizda. Biz yaxshi ishlasak, yaxshi unum olsak hamma kambagʻallarga foyda. Hukumat kambagʻallarning turmushi yaxshi boʻlsin deydi. Hukumat oʻzimizniki boʻlgandan keyin hukumat aytgancha ishlash oʻzimiz uchun foydali boʻladi. Shunday emasmi mullo aka?
— Shunday... Shahardan kelganlarning oʻrta boʻyli, soqolsizi bu toʻgʻrida uzun soʻzladi. Oʻtirgan dehqonlar hammasi tingladilar. Gap kelib-kelib firqa masalasiga taqaldi:
— ...Shu kommunistlar firqasining toʻgʻri yoʻlboshchiligi ostida mana shuncha katta ishlar qilindi.
— Biz firqani juda yaxshi koʻramiz, — dedi Qodir, mana shu kichik qishlogʻimizning hammasi kambagʻal dehqonlar boʻlib, bularning yarmichasi firqalidir. Komsomol yacheykasining sarkotibi Tursun qoʻshib qoʻydi:— Komsomollar firqalilardan ham koʻp.

Qodir: — Komsomollar juda oʻtkur-da,— dedi. Tursun tishlarining oqini koʻrsatib gapga kirdi:

Komsomollarimiz orasida yomon kishilar yoʻq. Bugun bittasi bir oz yomonlik qilib qolgan ekan toza bopladik... Bundan keyin sira yomonlik qilmaslikka soʻz berib zoʻrgʻa qutuldi. Bizning komsomollarning juda koʻpi savodli. Yanagi yilga birgina savodsizni qoʻymaymiz.

Shahardan kelganlarning kattasi dedi:
— Komsomol degan shunday boʻladi. Ishlash kerak.

Chol dehqon:
— Bular qip-qizil oʻt... Oʻt...,— deb qoʻydi.
— Bu sakkizinchi martda ham xoʻp ishlashdi-da, — dedi Zaynab xola, — shu qishloqda ochilmagan xotin-qiz qolmadi.. Bular koʻp harakat bilan oʻyin qilishib berdilar.

Shaharli yigitlarning eng kichigi soʻradi:
— Sakkizichi mart qishlogʻingizda qanday oʻtdi?
— Bolam, qanday oʻtardi. Bizning qishloqda yaxshi oʻtmay, ana u boylar koʻp qishloqda yaxshi oʻtarmidi?!

Zaynab xolaning soʻzini Qurbon quvvatlaydi.
— Juda ham yaxshi oʻtdi. Mana shu hovliga yigʻilgan xotin-qizlar uch yuzdan ortiq edi.
— Birgina xotin paranji yopinib kelgani yoʻq, aylanay bolalarim.

Shahardan kelgan chiroyli yigit soʻradi:
— Sakkizinchi martdan keyin xotin-qizlaringiz yana paranji yopinib olganlari yoʻqmi?
— Yoʻq. Bizning xotin-qizlarimiz boylarning xotin-qizlariga oʻxshamaydilar. Ular ham «Hujum»ga tushunib qolishgan.

Qotma dehqonning bu soʻzini hammalari tasdiqladilar.

Shahardan kelgan yigit:
— Xotin-qizlaringiz orasida qanday ish olib borasiz?
— Muallimimiz juda yaxshi yigit-da,— dedi Qurbon. Xotin-qizlar uchun ham kurs ochganmiz. Baraka topgur muallim ertalab bolalarimizni, kunduz kuni xotin-qizlarimizni, kechqurun firqalilarimizni oʻqitadi.
— Muallimdan juda rozimiz, — dedi Qodir. Bizga u juda koʻp narsani oʻrgatdi. Bir narsa bilmay qolsak darrov soʻraymiz. Yoʻq demasdan javob beradi. Qurbon oʻrtogʻi Qodirning soʻziga qoʻshimcha qildi:
— Firqalilar orasida xudo toʻgʻrisida muallim u yaxshi gapirib yurib, oxir xudosizlar toʻgaragi tuzdi. Hozir firqalilarning hech biri namoz oʻqimaydi, xudoni tanimaydi...

Yaqinda bir firqalimiz masjidga kirgan ekan, orqa yoqasidan tortib masjiddan chiqardik. Tavba qilib, bundan keyin bunday ishlarni qilmaslikka soʻz berib, firqa safida qoldi.

Kecha yarmiga yaqinlashib qolgan edi. Dehqonlar uylariga qaytishga harakat qilib qoldilar. Uydagilarnnng hammalari hovliga chiqdilar. Shahardan kelganlar bilan xayrlashib olti dehqon uylariga qaytdi. Qurbon, Qodir, Tursun mehmonlar bilan qoldilar. Oydin kecha juda chiroyli edi. Shu yerdan ikki yuz gazcha narida boʻlgan koʻlning suvi miltillab turardi. Uch tomonda buyuk qoʻrgʻon kabi qorayib turgan togʻlarning oq boshlari oy nurlarida jilvalanardilar.

Koʻkda zarracha bulut yoʻq edi. Qurbon boshidan oʻtgan voqealardan birini aytib berdi. — Mana shu yaqin togʻning etagidagi qishloq eski... qoʻrboshi chiqqan qishloq. U qoʻrboshiga bu Yangi qishloqdan men, Qodir va olti yigit qarshi ishlaganmiz. Ularning daraklarini hukumatga yetkazib turganmiz. Oʻsha vaqtda bir kun bu qishloqdan oʻn besh chaqirim uzoqdagi qishloqqa men, Qodir, Toʻgʻon joʻnadik. Xuddi besh chaqirim yurganimizdan keyin otliq kishilar koʻrinib qoldi. Ular toʻppa-toʻgʻri bizga ot solishdi. Bizni oʻrab olib kimligimizni, qaerga borishimizni soʻradilar. Toʻgʻonning tili tutilib qolibdi, hech narsa deyalmadi. Men javob berdim. «...qishlogʻiga boramiz, dehqonlarmiz». Ular doʻq qilib soʻkdilar. Keyin biri bizga hoʻmrayib qarab dedi: «Oq tuya koʻrdingizmi?» Men yoʻq dedim. Qodir Qurbonning gapini boʻldi: — Qurbonni bosmachilar, boylar juda yomon koʻradilar. Hali ham yomon koʻradilar. Hozirgi qamalab yotgan bulturgi domlamiz ham... bosmachiga qarindosh edi. Shuning uchun muttaham boyaqish Qurbonning boʻyniga boʻlmagʻur tuhmatlarni taqib, ancha vaqt sarson qildi. Oxiri haqiqat yuzaga chiqdi. Qurbon oqlandi, domlaning oʻzi qamalib ketdi. Mana endi bu yil yer islohotida olgan yerini Qurbon ham tinchgina ishlay oladi.

1928