OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifBunyod Abdullayev
Asar nomiChoʻponning ori (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Bunyod Abdullayev
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm5KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/09/12
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Choʻponning ori (hikoya)
Bunyod Abdullayev

«
Bu voqeani menga buvim hikoya qilib bergan edi.
»

Qurbon ota kechasi bilan toʻlgʻanib, uxlay olmay chiqdi. Chunki har kecha u qoʻylari yonida uxlar va kallai saharlab otarni yangi yaylov tomon haydar edi. Kecha esa ana shu gʻururini deb salkam oltmish yil ishlagan, hayotining mazmuniga aylangan choʻponlik kasbidan voz kechdi. Qurbon ota har doimgiday bugun ham kallai saharlab turdi va alahsirab choʻpon tayogʻini qidira boshladi. Oʻziga kelganida esa uyida ekanligini anglab hoʻrligi keldi. Lekin gʻurur qurgʻur yana qoʻymadi. Shunda u choʻponlar olamiga ilk kelgan damlarini eslab dala aylandi.

Ocharchilik yillari edi. Qurbon ota bola edi. Oʻshanda chamasi uch-toʻrt yoshlarda boʻlgan boʻlsa kerak. Har qalay, bazoʻr xotirlaydi.

Kech kuz edi. Abdulla choʻpon qoʻy boqib yurgan paytida qamishlar orasidan bir bolaning chinqirgan ovozini eshitdi. Boʻribosar iti undan ildamroq chiqib, qamishzor oralab chopib ketdi. Abdulla choʻpon esa uning orqasidan borarkan,birdan ovozg tinib qolganini eshitdi. Sal yurib qarasa, vahshiyligi bilan nom qozongan Boʻribosar yarim yalangʻoch oʻtirgan bolaning yuz–koʻzlarini yalab oʻtiribdi. Abdulla choʻponning koʻngli buzilib ketdi va bolani koʻtarib bagʻriga bosgancha, uyiga olib ketdi, farzand qilib oldi. Abdulla choʻponning farzandlari koʻp edi. Lekin shu yetimchaning koʻngli oʻksimasin, deb uni boshqacha mehr bilan katta qildi. Doim oʻzi bilan olib yurdi, umrining soʻnggi damlarida ham uni eslab, «Agar Qurbonjonimni birortalaring xafa qilsalaring, goʻrimda tik turaman...»-dedi.

«Ha, bebaho odam edi...»- deb koʻzida yosh bilan esladi Qurbon ota bolaligini. Boʻribosarni ham juda yaxshi koʻrar edi. Birgalikda qoʻy boqib kelgandan soʻng avval it ovqatlanar edi, keyin esa oʻzi. Kunlarning birida dasturxon atrofida butun oila jam boʻlib, kechki ovqatni boshlagan ham ediki, Qurbon:
—Yanga, Boʻribosarga ovqat berdilaringizmi?-deb qoldi.
—Yoʻq, esimizdan chiqibdi, hozir,-dedi yanga qoʻrqa-pisa va turmoq uchun endi qoʻzgʻalgan edi, Qurbonjon indamay turdi-da, yangalarining oldidagi ovqatni koʻtarib Boʻribosarning idishiga qoʻyib keldi. Oʻshanda na Abdulla choʻpon, na tutingan akalari lom-mim demagan edi.

Xayollar ogʻushida dalani bir aylanib, qarasa yana uyi yoniga kelib qolibdi. Tahorat olib bomdod namozini oʻqidi va soʻngra choyga oʻtirdi. Oʻgʻillari birma–bir salom berib, yaxshi kun tilab kirib kela boshladi...

Choy soʻngida fotihadan keyin oʻgʻli Vahob soʻz qotdi.
—Ota, kechagi ishingizdan soʻng rais menga otarni topshirdi.
—Bersa olaverdingmi, enagʻar?!-dedi achchiqlanib Qurbon ota. Oraga sukut choʻkdi va ozgini sukutdan soʻng yumshab,
—Mayli, bolam, endi mening bir oyogʻim yerda boʻlsa, bir oyogʻim goʻrda. Shuncha yil choʻponlik qilib kam boʻlganim yoʻq. Hammangni oʻqitdim, uyli–joyli qildim. Qolaversa, otarning koriga senlar yaramasalaring boshqa hech kim eplay olmaydi,-deya oq fotiha berdi.

Qurbon ota shuncha yil choʻponlik qilgan boʻlsa, shuning orqasidan el ichida obroʻ-e’tibor orttirdi. Moskvaga yigʻilishlarga, Qrimga dam olishlarga borib keldi. Dunyoni koʻrdi. Hammasiga halol mehnati tufayli erishdi.

U hamma medal va boyliklarini choʻpon tayogʻining ichini kovak qilib oʻyib, shuning ichida saqlardi. Oʻtgan kuni esa togʻ tepasidagi koʻlda qoʻylarni sugʻorayotgan payti tayogʻi koʻlga tushib yoʻqoldi. Shunda u, «shuncha qilgan mehnatim bekor ekan-da, demak, topgan bisotim harom ekan–da. Unda men ham!!!»-deya choʻponlikni tashladi. Rais keldi... boʻlmadi, hokim keldi... unamadi. ¢urur qurgʻur yoʻl qoʻymay turaverdi. Or-nomus, gʻurur choʻponlardan ayrilmaydagan xislat.Qurbon otaning hikoya qilib berishgani yodida. Oʻsha ocharchilik yillarida Abdulla choʻpon uni topib olmasidan ozgina vaqt oldin, uning toʻngʻich oʻgʻli Nurali ikki qishloq naridagi qaynotasinikiga mehmonga boribdi. Terlagan oti tashqarida sovuqda qolibdi. Ertalab turib qarasa, ot oʻlib yotganmish. Shunda u otasiga odam yuboradi. Abdulla choʻpon esa, « Yigitning ori, yigitning qanoti — uning otidir, oti oʻlgan boʻlsa, mening oʻgʻlim ham oʻlgan. Endi mening unaqa oʻgʻlim yoʻq!»–debdi. Shu–shu, toʻngʻich oʻgʻil Nurali ota koʻziga koʻrinmabdi.

Qurbon ota shu zaylda bir yilcha yurdi. Kunlarning birida u safdoshlari bilan qoʻshni qishloqqa toʻyga borayotganda yoʻlda changʻab chashmadan suv ichayin, deb toʻxtadi.Chashmadan hovuchida suv olaman deb egildi. Shunda ne koʻz bilan koʻrsinki, zilol suv tubida oʻsha yoʻqotgan choʻponlik zarang tayogʻi turibdi-da. Hayqirgancha oʻzini suvga tashladi. Tayoqni olib chiqib, oʻzi yasagan qoʻlbola burama qopqoqni ochdi va hayqirgancha, ichidagi duru oltin tangalarni sochdi... Bari halol, bari halol!

Halol tayoq togʻ tepasidagi koʻldan toshlar oralab suzib, togʻ qoʻynidagi chashmaga kelib qolgan edi.