OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifChingiz Aytmatov
Asar nomiHayot-mamot (taqriz)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Qirgʻiz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Chingiz Aytmatov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Hayot-mamot (taqriz)
Chingiz Aytmatov

Chingiz Aytmatovning soʻnngi ijod namunalaridan biri boʻlgan bu hikoya ikkinchi jahon urushiga shaylanayotgan yosh yigitning xotiralari asosiga qurilgan. Hikoya 19 yoslik Sergiyning poyezd stansiyadan yoʻlga chiqishi bilan boshlanib, manzil oxirida hikoya ham tugaydi. Chingiz Aytmatov oʻziga xos hikoya ichiga hikoya kiritish usulidan bu asarda ham foydalangan. Bosh qahramon Sergiy yoʻlda ketarkan oynadan tashqariga qaragancha, oʻtgan voqealarni xotirlay boshlaydi...

«Muayyan inson hayotining qadr-qimmati kundan-kunga pasayib ketmayotganmikin? Yoki hamisha shundoq boʻlgan-u, bizga - bugun yashayotganlarga ham shunday tuyulayaptimikan? Insoniyat bu haqda har kuni, har lahza oʻylashi zarurmi? Yoki «Boshiga ish tushganda" oʻylaydimi? Balkim insonning qoʻlidan hech narsa kelmas, uning uchun hammasini "tepa"da hal qilib qoʻyishgandir? U kimningdir qoʻlida "buyuk rejalar» amalga oshishi uchun bir oʻyinchoqdir? Chingiz Aytmatov hikoyasi ana shular haqida» deb yozadi hikoya tarjimoni Karim Bahriyev.

Bu hikoyani muallif 20 yil avval boshlagan boʻlib, ammo oxiriga yetkazmay tashlab qoʻyavergan. Bugungi globallashuv jarayonidagi insoniyat boshiga tushgan tashvishlar yana inson hayotini masalasini koʻndalang qoʻydi. Nihoyat adib shulardan ta’sirlanib, asarini 2005 yilda yozib tugatdi.

Hikoya qiruvchi samolotning qushlar galasiga urilishi, va oynasiga yopishgan qondan uchuvchining ijirgʻanib, koʻngli aynishi voqeasidan boshlanadi. Ajab, hozirgina ancha-muncha odamning yostigʻini quritib, ta’sirlanmagan uchuvchi oddiy qushlarning qonidan koʻngli ayniydi...

Nahotki inson urush uchun, bir-birining qonini toʻkish uchun dunyoga kelgan boʻlsa?...

Sergiyga otasi dushmanni oʻldir, askar oʻz yerini himoya qiladi, u dushmanni oʻldirsa buyruq bilan oʻdirgan boʻladi, burchini ado etgan boʻladi, deb uqtirsa, onasi boʻlsa:
— Hammning tilida shu boʻlib qoldi - oʻldir, oʻldir! Dushmanlar bizga oʻlim keltirishmoqda, biz esa dushmanlarga! Keyin bu dunyoda qanday bosh koʻtarib yashaymiz - hammaning qoʻli qonga botsa, dunyoda faqat qotillar qolsa?

Sergiy shularni oʻylab manzilga intilardi. Otasi va onasining bir-biriga qarshi mulohazalari ogʻushida karaxt boʻlib qolgan, unsiz yigʻlardi. U oʻzicha urush, jang qilish qanaqa boʻlishini, qanday qilib oʻldirishni oʻylab, fikr qilardi. Bu holatni asar soʻnngida Chingiz Aytmatov juda zoʻr motiv bilan tasvirlagan:

Temir izlarning bandlariga urilgan gʻildiraklar taqillaydi: oʻldir, oʻldirma... Sergiy maktabda oʻrgangan nemischa soʻzlarini eslasga urindi, ammonemis tilida soʻzlarning xuddi shunday qatori tarzda jaraglashiga ishonchi komil emasdi: oʻldir-oʻldirma, oʻldir-oʻldirma, oʻldir-oʻldirma, oʻldir-oʻldirma...