OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Chingiz Aytmatov. Jamila (qissa)
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifChingiz Aytmatov
Asar nomiJamila (qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Qirgʻiz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Chingiz Aytmatov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Qissalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotG'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2005 yil
Hajm121KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/04/17
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Jamila (qissa)
Chingiz Aytmatov

Har gal safarga chiqishim oldidan kichkina yogʻoch ramkaga solingan surat oldida turish menga odat boʻlib qolgandi. Ertaga ovulga joʻnashim kerak.Mana hozir ham oʻsha suratga tikilib, goʻyo undan oq yoʻl tilayotgandek, koʻzimni uzolmay uzoq termilib qoldim.

Suratni hali biron marta ham koʻrgazmaga qoʻyganim yoʻq.Ovuldan qavm-qarindoshlarim kelganida koʻrib qolishmasin deb yashirib qoʻyaman.Demak, suratda biron nijoʻya narsa tasvirlangan ekan, deb oʻylamang tagʻin, uning iymanadigan, shuningdek bu nodir asar "koʻz tegadi" deydigan hech joyi ham yoʻq, shunchaki oʻrgamchikka chizilgan bir surat. Unda oddiy dala manzarasining aynan tasviri berilgan xalos.

Suratning orqa planida soʻlgʻin kuz osmoninig chekkalari oqarib koʻrinadi. Shamol parqu bulutlarni uzoq-uzoqlarga, qorayib koʻringan togʻ choʻqqilari sari haydab borardi. Suratning old qismida sargʻish libos kiygan bepayon dala, keng daryo tasvirlangan.Yogʻin-sochindan keyin poʻrsillab yotgan chekkalaridagi qamishlar bir-biriga ayqashib ketgan yoʻlda ikki yoʻlovchining oyoq izlari koʻzga tashlanadi. Yoʻlovchilar uzoqlashgan sayin, oyoq izlari xiralasha boradi.Goʻyo yana bir-ikki qadam yurishsa ramkadan chiqib ketadigandek tuyulardi. Ha aytmoqchi, yoʻlovchilardan biri... Keling bir boshdan gapirib bera qolay.

Bu voqea bolaligimda yuz bergan edi.Ikkinchi jahon urushi uchinchi yiga qadam qoʻygan,ayniqsa Kursk bilan Oryol ostonalarida dahshatli janglar borardi. Oʻshanda biz bir gala oʻspirin bolalar xoʻjalikda ekin sugʻorib, arava haydab, oʻt oʻrib yurar edik, xullas, urushga ketgan erkaklarning ogʻir mehnati bizning zimmamizga tushgan edi.Ayniqsa xosil yigʻim-terimida haftalab uy betini koʻrmasdik, kechayu-kunduz xirmonda boʻlardik, yoki stansiyaga gʻalla tashirdik.

Stansiyaga qatnab yurib, uydagilarni koʻpdan beri uydagilarni kop’rmaganim uchun, oʻroqning ayni qizigan saraton kunlarining birida yoʻl-yoʻlakay uyga kirib oʻtay deb boʻsh aravamni yoʻldan burdim.

Biz azaldan yonma-yon tushgan ikki uyda turardik.Ularniong balandligi uch metrcha keladigan devorlari juda pishiq qurilgan bop’lib, daryo tomoni daraxtlar bilan oʻralgan xovli bizniki edi. Men katta uyning oʻgli edim. Akalarim urushga ketishgan, ulardan xat-xabar yoʻq edi.Ikkalasi ham balogʻatga etib, ayni uylanadigan vaqtda ketishgan. Keksa otam- duradgor usta.Tong saxarda namozini oʻqirdi-da, ustaxonaga joʻnardi, shu ketgancha qosh qorayganda kelardi.Xoʻjalikdagi barcha aravalar uning qoʻlidan oʻtardi. Uyda onam bilan singilcham qolardi, xolos.

Berigi kichik uyda esa yaqin qarindoshlarimiz turishardi. Qarindoshimiz deyishimning boisi, oradan ikki-uch avlod oʻtib ketgan boʻlsa ham ular bilan azaldan mol-jonimiz bir edi. Ota-bobolarimiz birga koʻchib birga qoʻnib juda ahil yashagan ekan, bu odatni muqaddas bilib biz ham oraga sovuqlik tushirmay apoq-chapoq boʻlib kelardik.Jamoa xoʻjaligi tuzilgan mahalda otalarimiz bir joyga oʻtroqlashganlar. Bugina emas,ikki suv oʻrtasidagi Orol koʻchada turuvchilarning hammasi bir otaning farzandlari edi.

Keyinchalik berigi uyning egasi dunyodan op’tib, xotini ikki goʻdak bilan qoldi. Eski odat boʻyicha qarindosh-urugʻlar yesirning boshini bogʻlab qoʻyaylik deb arvoh va Xudoni pesh qilib uni otamga nikohlab qoʻyganlar. Garchi u uyning qozon tovogʻi, mol-joni, chorbogʻi boʻlak boʻlgani bilan aslida biz bir xonadon edik. Ularning ham ikki oʻgʻli askarga ketgan edi, Sodiq degan katta oʻgʻli uylanishi bilan ketgandi. Ular — "Biz frontdamiz"— deb onda-sonda xat yozib turishardi.Kichik uyda kichik oyim bilan kelini qolgan edi, Men uni doim "kichik oyi" deb chaqirardim. Ikkalasi ham ertadan qora kechgacha dalada ishlashardi. Kichik oyim ( uni ovuldagilar ishchan ayol, baraka topsin, bunaqasi topilmaydi deb maqtashardi) brigadir bilan adi-badi aytib oʻtirmas,yur deganiga yuraverar, buyurgan ishini qilaverar,anovi yosh kelinchaklar qatori ariq chopishga ham, ekin sugʻorishga ham yoʻq demasdi, qoʻlidan sira ketmon tushmasdi. Xudo bilib berganmi deyman uning kelini Jamila ham sergʻyrat, baquvvat boʻlib, biroq fe’l-atvori sal boshqacharoq edi.

Jamila yangamni chin qalbimdan yaxshi koʻrardim. Bir tomoni yangam, ikkinchi tomoni mendan biroz katta, lekin biz xuddi tengqur doʻstlardek edik. Meni "kichkina bola" deb oʻz ukasidek erkalatganini aytmaysizmi.

Xullas, ikkala roʻzgʻorning tirikchiligini, roʻzgʻrini oyim bilan singilcham tebratib turardi.Singilcham juda shoʻx qiz edi. Lekin oʻsha ogir kunlarda ancha oyimga jon-dili yordamlashganini sira-sira unutmayman. Ikki xonadonning qoʻy-echkilariga qaragan ham oʻsha, tezak terib oʻtin-choʻp gʻamlagan ham oʻsha, dom-daraksiz ketgan oʻgʻillarini qoʻmsab gʻamgin hayollarga choʻmgan oyimning koʻngliga tasalli bergan ham oʻsha edi. Har ikkala oilaning boshini qovushtirib, rizq-roʻzini saqlagan ham, bilarmoni ham oyim edi.U oʻlganlarning arvohini hurmatlab, seniki-meniki demay ikki xonadonga baravar qarab turgan, ovulning obroʻli, dindor xotinlaridan biri edi.Bizga taaluqli har qanday ishni oyim hal qilardi.Otam boʻlsa hech kimning esiga ham kelmasdi. "Hoy, usta akangga bormay qoʻya qol.Uni gʻildirakdan boshqa hech narsa bilan ishi yoʻq.Har ikki roʻzgʻorni ham boyvuchcha xotini tebratib turibdi, oʻshanga bor " deyishardilar. Men ham yosh boʻlishimga qaramay uncha-muncha ishlarga aralashib turardim. Darvoqe, akalarim askarga ketib qolganidan men har ikki uyning dastyor yigiti boʻlib qolgandim. Shuning chun ham oʻzimda qandaydir mas’uliyat xis etardim. Bu oyimga juda yoqardi, pishiq boʻlsin, yogʻochdan boshqani bilmaydigan otasiga oʻxshamay, roʻzgʻor ishlariga aralashib koʻzi pishsin, der edi. Men aravamni chorbogʻning chetiga, koʻlankaga haydab kelsam, qamchisini qanjigʻasiga qistirib olgan brigadir Oʻrozmat ogʻa bilan oyim eshik oldida negadir aytishib turgan ekan.Ularga yaqinlashganimda oyimni ovozi esitildi:
— Bormaydi! Axir bu innsofdan emas-ku.Xudodan qoʻrqishsin! Xotin kishini arava haydagani nimasi.Xudo xayringni bersin, aylanay, kelinimga tegma, oʻrogʻini oʻrib yuraversin, shusiz ham yolgʻizlik azobini tortib, ikkala xonadonning tirikchiligidan bosh qashirga ham qoʻli tegmaydi. Buning ustiga bir haftadan beri belim sanchib anovi joʻxorilar qarovsiz qoldi. Baxtimga yaxshiyam oʻsha mushtdek qizcha bor ekan...

Oyim odaticha roʻmolining uchlarini koʻylagini yoqasi ostiga qistirar edi.Oʻrozmatning chayqala-chayqala tinkasi quridi:
— Obbo siz-ey— dedi u— agar toʻrt mucham sogʻ boʻlib qoʻlimdan kelsa oʻzimoq ilgarigidek qoplarni aravaga irgʻitib-irgʻitib, otlarni choptirib ketmasmidim! Hoji yoʻq-da, yosh kelinlarga arava haydatib boʻladimi, desak, oʻzi rozi boʻlgan keliningizni siz yoʻldan ursangiz, bunaqada plan toʻladimi? Boshliqlar frontga yuboriladigan gʻallani nega toʻxtatdinglar, deb stolni mushtlab bizga doʻq ursa, axir nima qilaylik, siz ham tushuningda!

Brigadir meni qmchini sudratib kelayotganimni koʻrib, goʻyo miyasiga bir yaxshi fikr kelgandek xursand boʻlib ketdi.
— Agar kelinimga yoʻlda-poʻlda tentak aravakashlar tegajogʻlik qiladi deb qoʻrqsangiz, mana qayin inisi bor-ku,— dedi meni koʻrsatib— bu inim yangasiga birovni yaqin yoʻlatish u yoqda tursin, qaragani ham qoʻymas.Seit ham chakana emas, azamat yigit-ku.Sadagʻasi ketay, jonimizga oro kirayotganlar manashu bolalarda...

Oyim meni koʻrgach brigadirning soʻzini boʻlib yalina boshladi:
— Qayoqlarda tentirab yuribsan bolam? Sochlaring oʻsib devonaga oʻxshab ketibsan-ku. Otasi tushmagur bolasini sochini olishga ham qoʻli tegmaydi...Ota emish...
— Unday boʻlsa mayli, bugun sochini olib, chol-kampirlar yonida bir dam olsin— dedi Oʻrozmat chehrasi ochilib— Seitjon uka, bugun uyda qolib otlaringga biroz dam ber.Ertaga Jamilaga arava beramiz, yangangni birga olib, unga oʻzing bosh boʻl.Siz esa onasi, Seit bor ekan koʻnglingiz toʻq boʻlsin, kamlik qilsa yangi kelgan Doniyorni ham qoʻshib beray.Oʻzingiz bilasizki, u birovga ziyoni tegmaydigan xokisor odam...Oʻzlaricha uch arava bir brigada boʻlib stansiyaga qatnay berishsin...Mayli bularni yoniga boshqalarni qoʻshmay...Xoʻsh Seit, sen nima deysan? Bu oying Jamilaga arava haydataylik desak koʻnmayapti.Qani oʻzing bir narsa dechi...

Bir tomoni brigadir meni rosa koʻklarga koʻtarib maqtagani, ikkinchidan katta kishilardek mendan aql soʻragani,buning ustiga yangam yonimda arava haydab yursa qanday maza boʻladi degan bolalarcha xayol bilan ishbilarmon odamlardek oyimga dedim:
— Haydasa haydayversin, nima boʻri yeb ketarmidi!— deb xuddi katta aravakashlardek chirt etkazib chetga tupurdimda, qamchini sudraganimcha salmoq bilan qadam tashladim.
— Eye, jin ursin seni, boʻri yeb ketarmidi deydiya! Qoʻy bolam, sen nimani bilarding...— dedi oyim achchiqlanib.
— Iyee, nega bilmas ekan, ikki uyning azamat yigiti boʻladi-yu bilmaydimi?— deb yubordi Oʻrozmat. Oyim endigina koʻnganda yana aynib qolmasmikan degan shubha bilan nima deyarini bilmay shoshib qoldi.Oyim boʻlsa ogʻir bir ux tortib qoʻydi.
— Ey Xudoyim, shu tirnoqdek bolamizga Oʻzing umr ber... Devdek azamat yigtlarimiz qayerlarda yuribdi...Ularsiz uylarimiz xuvillab qoldi...

Shundan keyin men ularning gaplarini eshitmadim. Bora turib uyning muyulishiga qamchi urdim, kokillarini selkillatib kichkina qoʻlchalari bilan devorga tappi yopayotgan, menga ochiq chexra bilan qarab turgan singilchamga ham nazar solmay oʻtib ketdim. Daxlizda turgan choʻyan qumgʻonni engashtirib shoshilmay qoʻlimni yuvdim-da, qoʻltigʻimga artdim, keyin uyga kirib hash-pash deguncha katta kosadagi ayronni simirib tashladim, ikkinchisini esa deraza oldiga olib borib non toʻgʻrab edim. Oyim bilan Oʻrozmat hali ham tashqarida suxbatlashib turishardi.Biroq bu safar ular xasratlashayotgandek koʻrindi. Oyim yenglari bilan yigʻidan qizarib ketgan koʻzlarini artib, tasalli berayotgan Oʻrozmatning soʻzlarini bosh irgʻab ma’qullar, ich-ichiga botib ketgan koʻzlari bilan dom-daraksiz ketgan bolalarini goʻyo koʻrmoqchi boʻlgandek olis-olislarga tikilardi. Haytovur ancha dardlashib koʻngli yumshagan oyim Jamilaning arava haydashiga koʻndi shekilli, birozdan keyin brigadir koʻngli tinchib yoʻrga baytalini yoʻrttirib ketdi.

Oʻshanda bu ishning oqibati nima bilan tugashini oyim ham men ham bilmagan edik. Jamilaning ikki ot qoʻshilgan aravani bemalol haydab ketishiga hech ham shubha qilganim yoʻq, chunki u yoshligidan yilqichilar orasida oʻsib katta boʻlgan, togʻ etagiga joylashgan Baqayir ovulidagi yilqichining qizi edi.Sodiq akam ham chavandoz boʻlgan ekan, u bir kuni yaylovdagi chorvadorlar toʻyi munosabati bilan oʻtkazilgan poygada Jamilaga yetolmay qolgan ekan. Shundan keyin izza boʻlib uni olib qochib ketganligini bilardim. Ovsin-ajinlar boʻlsa — Hechamda ular bir-birlarini yaxshi koʻrib topishgan— deyishardi. Har qalay nima boʻlsa ham ular uch-toʻrt oy birga turishgan, keyin Sodiq akamni harbiyga olib ketishgan edi.

Bilmadin, yoshligidan otasi bilan birga dala-dashtlarda yilqi haydashib, ot choptirib erka oʻsganidanmi, yoki bittayu-bitta qiz boʻlganligi uchunmi, ishqilib Jamilaning xatti-harakatlarida allaqanday joʻshqinlik, erkaklarga xos fazilat bor edi. Har bir ishga astoydil kirishar, boshqa kelinlardek boshim, belim ogʻriyapti deb sira zorlanmasdi. Biroq oʻzi ham birovga haqini ketkizmaydigan, aytishgan bilan aytishib, soʻkishgan bilan soʻkishadigan, oʻjar ayollardan edi. Uning ovuldagi kelinlar bilan yumdalashgan paytlari ham boʻlgandi.
— Eye, bu qanday shaddod kelin oʻzi! Tushganiga hech qancha vaqt boʻlmay tilidan zaxar sochadiya!— deganlarida oyim:
— Mayli, shunisi yaxshi, kelinimiz ochiq-yoriq, sira boʻsh kelmaydi...Ana hsunday koʻnglida kiri yoʻq odam yaxshi, indamay yurgan pismiqlardan qoʻrqish kerak, hamma fisqi-fasod oʻshalardan chiqadi— deb javob qaytarardi.

Otam bilan haligi "ishchan" degan oyim boshqa qaynona qaynotalardek Jamilani turtmay, soʻkmay aksincha oʻz farzandlaridek erkalatishib: — "Xudo ishqilib oʻziga insof bersin, toʻgʻri yurib, toʻgʻri tursa boʻlgani!"— deyishardi. Ular voyaga yetgan toʻrt oʻgillarini harbiyga joʻnatishib, ikki xonadondagi yakkayu yagona kelinlarini ranjitisharmidi? Biroq men oyimning ba’zi ishlariga xayron qolardim. Boshqalarni qoʻyib turaylik, oyim birovning qoʻliga qaraydigan ayollardan emas edi.Har yili kuz kelishi bilan odati boʻyicha otam tayyorlagan olti qanotli qora oʻtovni tikib archa tutardi, bizlarni chizgan chizigʻidan chiqmaydigan qilib tarbiyalab, hargiz ikki oilaning boshini qovushtirib kelardi. Oyimning aytgani aytgan, degani degan edi. Ammo Jamila oramizda ajralib turardi. Toʻgʻri u kampirlardan biroz tortinar, ularning hurmatinoi joyiga qoʻyar, biroq ovuldagi koʻpchilik kelinlardek indamay boshini quyi solib oʻtirmas, yoki teskari qarab poʻngʻillamas, koʻnglida borini yashirib oʻtirmay shartta gapirib qoʻya qolar edi.Gaplari oʻrinli boʻlsa oyim uni koʻpincha ma’qullar, lekin oʻshanda ham oʻz gapini ikki qilmasdi. Nazarimda oyim uni toʻgʻriligi, bir soʻzligi uchun oʻziga yaqin tutar, kelajakda uni ikki xonadonning boshini qovushtirib, roʻzgʻorning rizq-barakasini oʻzidek saqlay oladigan, uddaburon oʻrinbosar qilib qoldirish niyatida edi.
— Xudoga shukur, tagli-tugli yerga tushding bolam.Bu ham boʻlsa seni baxting, buni sira ham yodingdan chiqarma. Xotin degan tangrining berganiga shukur qilib, roʻzgʻorini birini ikki qilib yursa shuning oʻzi katta davlat. Biz chol-kampir topgan tutganimizni oʻzimiz bilan birga goʻrga olib ketarmidik...Oʻz qadr qimmatingni bilsang sira kam boʻlmaysan, doim martabang baland boʻladi bolam— deb eslatib turardi.Toʻgʻri chol-kampirlarning choʻchiganicha bor edi: Jamila juda shoʻx, yosh bolaga oʻxshardi, bir qarasangiz oʻzidan-oʻzi kampirlarga suykalib erkalanar, yo boʻlmasa birdan qah-qah urib kular, yoki koʻchadan kirib kelayotganida xuddi yosh qizchalardek ariqdan lorsillab sakrab oʻtar, yoki oʻzicha xirgoyi qilib yurardi.Kampirlar Jamilaning bu qiliqlarini oʻzlaricha gap qilib: "Hali bolada, bora-bora quyilib qoladi" deyishardi.

Menga boʻlsa yangamning shunaqaligi yoqardi. Ba’zida ikkovimiz olishib kurashib, quvlashib ham ketaverardik.

Jamila sarvqomat, bejirim ayol edi. Ikki oʻrim sochini boshiga chambarak qilib oʻrab, ustidan tangʻib olgan oppoq durrasi uning bugʻdoyrang kulcha yuziga shuinday yarashib tushar ediki, asti qoʻyaverasiz. Jamila kulganda uning shaxlo koʻzlarida navqiron yoshlik barq urar, shunda u beixtiyor qaddini rostlab ovulning sgoʻx laparini kuylab yuborardi. Ovuldagi yigitlar, ayniqsa frontdan qaytib kelgan yigitlarning Jamilani koʻz ostiga olishib, tegishib yurganlarini necha bor payqardim. Hangomatalab yangam ular bilan bemalol xazil-xuzul qilishardi-yu, biroq xaddidan oshganlarni ta’zirini berib qoʻyardi. Bari bir bu mening izzat-nafsimga qattiq tegar, yangamni rashk qilardim. Shuning uchun ham haligi "bezorilarga" oʻzimni koʻrsatib qoʻyay deb: "Hoy bilib qoʻyinglar, bu mening yangam boʻladi-ya, koʻp pashshaxoʻrda boʻlavermanglar" degandek ularning soʻzini shartta boʻlib viqor bilan hoʻmrayib qarardim.

"Endi nima qildik, buning yangasi ekanku" deb yigitlar masxara qilib kulishganida qizarib-boʻzarib, azbaroyi xoʻrligim kelganidan yigʻlab yuboray derdim.Bunim sezgan yangam xursand boʻlib, kulgidan oʻzini tiyolmay: "Ishlaring boʻlmasin, yanga degan yerda qolibdimi? Yur ketdik qaynim" deb ulartning qitigʻiga tegar, soʻngra boshini magʻrur koʻtargancha dadil qadam tashlab ketardi.

U yigitlarning ta’zirini berganidan ham xursand boʻlib, ham oʻziga xoʻrligi kelib menga qarab bir kulimsirab qoʻyardi. Balki u : "E tentak, yangamga koʻz quloq boʻlaman deysanmi, agar buzilaman desam ming koʻz quloq boʻlsang ham buzilaman.Axir man chumchuq emasmanku." degan xayolga borganmikin? Men ham oʻshanday vaqtlarda aybdor kishidek gʻing demasdim. Ammo birozdan soʻng yangam xiyol yozilib "Obbo kichkina bolayey, juda gʻalatisanda" deb meni yana bagʻriga bosib peshonamdan oʻpardi.

Ha, chindan ham yangamni hech kimga ravo koʻrmay rashk qilardim. Uning quvnoqligi, oʻzini erkin tutishi bilan faxrlanardim. BIz u bilan juda apoq-chapoq, bir-biridan hech nimani yashirmaydigan sirdosh doʻstlardek edik. Nega shundayligini oʻzim ham bilmasdim, oʻsha kezlarda ovulda erkaklar juda oz edi. Shu sababli ba’zi yigitlar koʻkrak kerib, balandparvoz gapirib, "ovulda mendan boshqa yigit yoʻq" degandek ayollarni nazr-pisand qilishmasdi. Bir kuni pichan oʻrimida oʻziga ishonganlardan biri— uzoq qarimdoshimning oʻgʻli Usmon— yur desam boʻldi orqamdan ergashib kelaveradi deb tegajogʻlik qilavergan edi, u Usmonnning qoʻlini siltab yubordi-da gʻaram soyasida oʻtirgan joyidan turarkan:
— Tur yoʻqol!— deb oʻshqirdi va teskari qarab oldi— Qoʻllaringdan modabozlik qilishdan boshqa ish kelarmidi— dedi.

Gʻaram ostida taltayib yotgan Usmon qalin lablarini nafrat bilan birlashtirib toʻngʻilladi:
— Ola-a, mushukning boʻyi shiftda osigʻlik turgan goʻshtga yetmay puff sassiq degan ekan...Shunga oʻxshab koʻp noz qilaverma ichingda jon-jon deb turibsanu, yana...

Jamila unga yalt eyib qaradi-da:
— Jon-jon deb tursam turgandirman, lekin peshonamga yozilgani shu ekan, nima qilay. Ey axmoq, buning kuladigan joyi bormi? Jon-jon deyish u yoqda tursin, ming yil toq oʻtsam ham senga oʻxshagan shumshuklarga nazarimni solmayman. Axmoqsan. Ilgarigidek tinch zamon boʻlganda shunday deb boʻbsan edi!— dedi.
— Shuni aytyapmanda. Urushning kasofati bilan qamchini yemay quturib yuribsanda— dedi istehzo bilan Usmon koʻzlarini oʻynatib tamshanarkan — Mening xotinim bop’lganingdami, nima qilishimni oʻzim bilardim!

Jamila lablarini dir-dir titrartib Usmonga yeb qoʻygudek qaradi, unga bir narsa demoqchi boʻlib ogʻiz jiftladiyu, lekin "shu axmoq bilan aytishib nima obroʻ topardim" deb oʻyladi shekilli jirkanish bilan "tfu" dedida yerda yotgan panshaxasini yelkasiga tashlab indamay nari ketdi. Men berigi tomonda aravaning ustidan xashak tushhirayotgan edim,Jamila meni koʻrishi bilan boshqa tomonga burilib ketdi. Yangam meni qay axvolda ekanimni sezgan edi. Nazarimda yangamni emas, meni xaqorat qilishganlaridek izza boʻlib, gʻazabim qaynab ketdi. "Nega ularga yondashasan, nega ular bilan gaplashasan?" deb yangamga jonim achidiyu, ichimda uni koyidim.

Jamila oʻsha kuni kechgacha noxush yurdi, kulmadi ham, gapirmadi ham. Men shoti aravani haydab gʻaram oldiga borganimda, Jamila ayataylab meni gapirmasin deb ishga alaxsitib, dilini oʻrtayotgan oʻy fikrlarini yashirishga xarakat qildi. U panshaxasini kattakon pichan gʻaramiga sanchdi-da, xuddi togʻni agʻdarayotgandek uni yerdan shart koʻtarib yuzini yashirgancha gʻayrat bilan pichanni arvaga otaverdi. Undan uzoqlashar ekanman, qayta-qayta orqamga qayrilib qarardim: yangam panshaxa dastasiga suyanib biroz xomush turar, oʻylanib qolar, keyin yana ishga tushib ketardi.

Men aravaga oxirga marta pichan bosar ekanman, Jamilaning botib borayotgan quyoshga uzoq tikilib turganini payqadim. Quyosh daryoning narigi yogʻida, qozoq dadshtlarining allaqayerida oʻt yoqilgan tandirning ogʻzidek alangalanib xoldan toyib, osmonda suzib yurgan pagʻa-pagʻa bulut parchalarini qizgʻish rangga boʻyab, binafsharang dashtlikka soʻnggi su’lalarini sochib asta-sekin yfq orqasiga oʻtib borardi. Jamila qoʻli bilan quyoshni toʻsib, oʻsha tomonda ajib bir manzara bordek, koʻzlarini uzmay kulimsirab qarab turardi.

Endi uning chexrasi ochilib, kulimsirab qarab turardi. Oʻshanda Jamila mening aytmagan lekin yiuragimda tugilib, tilim uchida turgan: "Nega ularga yondoshasan, nega ular bilan gaplashasan" degan ta’namga javob berayotgandek:
— Haligi gaplarimni koʻnglingga olma kichkina bola — deb qoʻydi, eng yaqin sirdoshi bilan gaplashayotgandek — Usmon ham odammi? It ham bir, u ham bir. — Jamila botib borayotgan quyoshdan koʻzini uzmay indamy qoldi, keyin goʻyo menga emas, oʻziga gapirayotganday shunday dedi — Bunday kishilar koʻnglingdagini bilarmidi...Buni hech kim bilmaydi.Xudo bilsin, bunday erkaklar dunyoda yoʻqdur ham!

Men aravani qaytarishga ham ulgurmasdan qarasm, Jamila allaqachon narigi tomonda ishlayotgan kelinlar oldiga yugurib borib, ular bilan chaqchalashib, quvalashib yuribdi. Olovdek tovlanib turgan kechki shafaqqa qarab koʻngli ochildimi, yoki bugun yaxshi ishlaganidan xursand boʻldimi, har qalay koʻngli chogʻ edi. Hashak ortilgan arava ustida oʻtirar ekanman, Jamilaning qoʻllarini keng yozgancha, oppoq durrasini xilpiratib chopib borayotganini koʻrib koʻnglim ancha taskin topdi "Ha, Usmon oʻzi kimu, uning soʻzi nima boʻlardi?"
— Chux jonivor, chux! — deb otga qamchi urdim.Brigadir Oʻrozmat aytganidek sochimni oldirib ketayin deb, otamning ustaxonadan qaytishini kutdim. Lekin u kulguncha bekor oʻtirmay deb Sodiq akamning xatiga javob yozdim.

Darvoqe, xat yozishda bizlarning oʻzimizga xos bir taomilimiz bor. Harbiydagi akalarim xatni otamning nomiga yozishardi,pochtalon esa ularni onamga berardi. Xatlarni oʻqib berish, ularga javob yozish mening vazifam edi.Xatni oʻqiy boshlashim bilanoq unda nimalar yozilganini darrov bilib olardim. Chunki hamma xatlar egiz qoʻzilardek bir-biriga oʻxshardi. Sodiq akam har doim xatni "Sogʻinchli salom xat" degan soʻzdan boshlardi. Keyin "yetib ma’lim boʻlsnki, u tomonda, ya’ni gullab-yashnayotgan Tolosning salqin havosida oʻynab-kulib yurgan jondan aziz, mehribon otajonim Yoʻlchiboyga" — deb salomni otamdan boshlardi, keyin katta oyimni, soʻngra ishchan oyimni, undan keyin qavm-qarindoshlarimiznig sogʻligʻini soʻrab, eng oxirida "shuningdek xotinim Jamila ham sogʻ-omon yuribdimi?"deb bir ogʻiz qistirib oʻtardi.

Ota-onasi, qavm-qarindoshlari turganda dastlab xotinini esga olish, xatni uning nomiga yozish odobdan emas albatta, bu narsa faqat Sodiqqa emas, balki, umuman erkak zotiga toʻgʻri kelmaydi. Biroq iz shu ikki enlik xat olib turganimizga ham shukur qilamiz.Ovuldaglar uchun bu bir katta baxt edi. Oyim xatni menga ikki-uch marta oʻqitib olgandan keyin, qozon-tovoq, issiq-sovuqqa urilaverib yorilib ketgan qoʻllariga olib, goʻyo uchirib yuboriishdan qoʻrqqandek uni avaylab uchburchak qilib buklab qoʻyardi.
— E tumordek xatlaringdan onang aylansin — derdi u koʻziga yosh olib, ogʻir xoʻrsinib — Ota-ona, qarindoshlarning axvolini soʻraydi-ya! Axir biz uydamiz-ku, bizni jin urarmidi? Baxtimizga ishqilib, sizlar omon boʻlinglar, Xudo oʻz panohida saqlasin, ikki enlik xat yozib: sogʻ-salomt yuribman deb qoʻysalaring shuning oʻzi ham katta gʻanimat. Oyim xatga yana biroz termulib qarab turardi-da, soʻngra uni sandiqdagi xatlar saqlanadigan xaltaga yashirib qoʻyardi.

Agar shu payt Jamila uyda boʻlsa u ham xatni bir karra ichida oʻqib chiqardi. Jamila har safar xatni qoʻliga olishi bilan oʻz-oʻzidan qizishib ketar, uni harislik bilan tez-tez oʻqiy boshlardi.Lekin xatning oxiriga yaqinlashgan sayin yuzidagi quvonch alangalari soʻnib, rangi oʻchib, qoshlari yana chimirilib qolardi. Ba’zida xatni oxirigacha oʻqib chiqishga ham sabri chidamay, hafsalasi pir boʻlardi-yu gʻing demasdan, goʻyo qarz olayotgan narsasini qaytarib berayotgandek boʻshashib xatni oyimning qoʻliga tutqazardi.

Xat saqlanadigan xaltachani sandiqqa berkitarkan, kelinining tumshayib qolganini payqagan oyim unga tasalli bergan boʻlardi:
— Xabar kelganida quvonish oʻrniga xafa boʻlganing nimasi, bolam. Yoki faqat sening kuyoving askarlikka ketganmi? Barchaga barobar musibat, sabr qil...Koʻz ochib koʻrgan yorini kim sogʻinmaydi, sogʻinsang ham ichingda saqla.

Jamila boʻlsa miq etmasdi. Lom-mim demasa ham parishon chexrasi goʻyo "Ehh, koshki edi tushunsangiz!" deyayotgandek boʻlardi.

Sodiq akam bu xatini ham Saratovdan — gospitaldan yozgan edi. Xudo xohlasa kuzning oʻrtalariga borib qolarman, debdi. Ilgari ham shunday deb yozganida biz juda quvongan edik.

Otam ishdan qaytgach tezda sochimni oldirdimu, uyda qolmay otlarni bedazorga qoʻyib yubordimda, oʻzim har kungidek xirmonda tunadim. Raisimiz mollarni bedazorga yoyishga ruxsat bermasdi, biroq men otlarim yaxshi toʻysin deb koʻzdan ovloq joydagi bedazorga tushovlab qoʻyardim, buni hech kim bilmasdi. Bu safar aravani xirmonda qoldirib borsam pastlikda yana toʻrt ot oʻtlab yuribdi. Jahlim chiqib ularni chekkaroq joyga haydab yubormoqchi boʻldim. Biroq otlarning ikkitasi brigadir aytgan oʻsha Doniyorniki ekanini tanib qoldim. Men, ertadan boshlab barimiz bir brigada boʻlib stansiyaga qatnay boshlaymiz, degan oʻy bilan otlarga tekkanim yoʻq. Soʻngra xirmonga kelsam Doniyor ham shu yerda ekan. U endigina aravasining gʻildiraklarini moylab boʻlib, oʻqning gaykalarini burayotgan ekan.
— Doniyor aka, otlar siznikimi? — deb soʻradim undan.

U menga bir qarab qoʻydi-da:
— Ikkitasi meniki — dedi.
— Qolgan ikkitasici?
— Haligi, oti nima edi, Jamilamidi, oʻsha kelinniki. Aytmoqchi u sening yangang boʻladimi?
— Ha, yangam boʻladi.
— Boʻlmasa, bugun kechasi Seit qarab tursin, deb brigadirning oʻzi tashlab ketdi.

"Yaxshiyam ularni haydab yubormagan ekanman-a" deb qoʻydim ichimda.Kech kirib, togʻdan esgan mayin shaboda ham tinib, xirmon jimjit boʻlib qoldi. Doniyor ham kelib men yotgan somon ustiga yonboshladi. Lekin koʻp oʻtmay yana oʻrnidan turdida, soy boʻyi tomon ketdi. U tik jar yoqasiga bordida, boshini sal qiyshaytirib, qoʻllarini orqasiga qilgancha turib qoldi. Orqasidan qaraganda uning gavdasi oy yorugʻida koʻzga aniq tashlanib turardi.

Doniyor aftidan, mudroq, sokin tun uyqusini buzib, toshlardan-toshlarga urilib sharillab oqayotgan soy suvining musiqiy ohangini yo boʻlmasa boshqa bir quloq ilgʻamas tovushlarni tinglayotgandek qimir etmay turardi.

"Odaticha soy boʻyiga borib tunamoqchi shekilli" deb kulib qoʻydim oʻzimcha. Doniyor ovulimizga yaqindagina kelgandi. Pichan oʻrogi endigina boshlangan kezlar edi. Bir bola chopib keldi-da, ovulga bir yarador askar qaytdi, lekin kimligini oʻzim ham bilmayman, deb qoldi. Ovulda birov askardan qaytib kelgudek boʻlsa, koʻrgani hamma yopirilib borardi. Ammo bu safar frontdan kelgan kishining nasl-nasabi noma’lum boʻlgani uchun, oʻroqchilar tozayam shov-shuv koʻtarishdi.
— Begona deyihadiku.
— Begona boʻlsa bizning ovulga kelarmidi?
— Shuni ayt-a?

Shunday qilib, u kim ekan, oʻzimizning qarindosh-urugʻimizda bitta-yarimtasining bolasi boʻlmasin tagʻin, deyishib bir toʻda odam ovulga ham borib kelishdi. Keyin bilishsa Doniyor asli shu yerlik ekan. U yoshligidan etim qolib har kimlarning eshigida yurgan, oxiri Chaqmoqdagi qozoq togʻalarinikiga ketib qolgan, shu-shu bolani izlab borgudek bironta ham jonkuyari boʻlmagan ekan. Shunday qilib u el-urugʻining yodidan ham chiqib ketgan ekan. Ovuldan ketib qolgandan keyingi hayoti toʻgʻrisida esa Doniyor unchalik yozilib gapirmaganmish. Biroq xozir oʻylab koʻrsam, uning tortmagan azob-uqubatlari qolmaganga oʻxshardi.

Turmush bu bolani ne koʻylarga solmagan, tirikchilik dardida u qayerlarga bosh urmagan. Doniyor koʻp vaqt Chaqmoq dashtida qoʻy boqib yurib, voyaga yetgach jazirama choʻllarda kanal qazigan, yangi tuzilgan paxta sovxozlarida paxta ekib, ekin sugʻorib, oxiri toshkent yaqinidagi Ohangaron shaxtalarida ishlab, oʻsha yerdan harbiyga ketgan edi.

Xullas, Doniyorning harbiydan qaytib kelganiga ovuldagilar xursand boʻlishgandi, bechoraning tuz-nasibasi uzilmagan ekan, mana oxiri oʻz eliga qaytib keldi! Shuncha yil chetda yursa ham tilimizni esdan chiqarmaptiya. Biropq tili sal-pal qozoqchaga tortib ketadi, deyishardi.

"Ot aylanib qozigʻini topadi deganlar. Tugʻishgan yer,el-yurtni unutish osonmi? Kelganingga biz ham, ota-bobolaringning arvohi ham xursand. Girmonni yengib, tinchlik boʻlsa sen ham uy-joy qilarsan, bola-chaqali boʻlarsan" — deyishardi keksalar. Ular Doniyorning yetti pushtini surishtirib, uning qaysi urugʻdan ekanligini, ovuldagi ba’zi bir tugʻishganlarining kim ekanligini ham aytib berishdi. Xullas, ovuldagilar "Doniyor dunyoga yangi kelgandek boʻldi" deyishadigan boʻlishdi.

Oradan koʻp oʻtmay brigadir Oʻrozmat shinelini yelkasiga tashlab, chap oyogʻiga sal oqsoqlagan novcha, boʻyni uzun bir kishini ergashtirib keldi. Yorga baytalini gijinglatib kelayotgan pakana Oʻrozmatning yonida haligi novcha askar salmogʻini oʻng oyogʻiga solib, orqada qolmay, tez-tez yurib kelardi.

Bizlar, pichan oʻradigan mashinada ishlayotgan bolalar Doniyorni birinchi koʻrishimiz edi. Doniyor yarasi yaxshi bitib ketmaganidan oyogʻini bukolmasdi. Uni oʻroqqa yaramydigan boʻlgani uchun biz bilan birga mashinaga qoʻyishdi. rostini aysam, biz uni avvaliga unchalik yoqtirmadik. Chunki Doniyor juda odamovi edi, gapirishganda ham uning butunlay boshqa, faqat oʻzigagina ma’lum boʻlgan narsalar xaqida xayol surayotgani, kishiga tikilib tursa ham koʻngli butunlay boshqa yoqda ekanligi sundoq sezilib turardi. U ogʻir xayolga botganday angrayib turardi.Buni payqagan kishilar "Bechora frontdan keyin hali ham oʻzini oʻnglab ololmasa kerak" deb yurishdi. Lekin Doniyorning oʻzini tutishiga, qoʻli-qoʻliga tegmay ishlashiga, xarakatchanligiga qarab uni ochiq-yoriq, aqlli, gapga chechan ekan, deb oʻylaysan kishi. Balki yetimlik azobini koʻp tortganidan u mehnatchan, lekin kamgap, sir-asrorini hech kimga aytmaydigan boʻlib qolganmikin? Ehtimol shundaydur. Sersavlat, boʻy basti kelishgan Doniyorning jagʻi bir-biriga yopishib ketgan, qovogʻi sira ochilmas, koʻzlari bir xilda gʻamgin boqardi. Faqat doim uchib turadigan qoshlari uning yuziga xusn berib turardi. Goho-goho u qandaydir sirli tovush eshitgandek xushyor tortar, qoshlari uchib, goʻyo bir narsadan xursand boʻlgandek koʻzlari yaraqlab ketardi. Lekin biz uning sababini bilmasdik. Bugina emas, uning boshqa qiziq odatlari ham bor edi. Qosh qorayganda otlarni aravadan chiqarib, ovqat qachon tayyor bularkin deb oʻchoq atrofida dam olar edik. Doniyor boʻlsa yonimizdagi Qorovultepaga chiqib, qorongʻu tushgunga qadar oʻsha yerda oʻtirardi.

" U yerda nima bor ekan? U kimni qoʻriqlaydi, nimani qoʻriqlayapti?" deb kulishardik biz. Kunlardan birida men ham qiziqib uning yoniga chiqib oʻtirdim. Bu yerda aytarlik hech narsa yoʻq edi. Togʻ etaklari boʻylab yastanib yotgan bepayon dashtlik chuqur dengizga choʻkib borayotgandek, oqshom qoʻynida yoʻqolib borardi. Doniyor mening kelganimga parvo qilmadi. U chexrasi yorishib, bir tizzasini quchoqlaganicha xayol surib oʻtirardi. U men anglab yetmagan, ma’nosiga tushunmagan allaqanday sirli tovushlarni butun vujudi bilan berilib tinglayotgandek tuyulardi. Ba’zan qoshlari chimirilib, koʻzlari chaqnab, kuchi tanasiga sigʻmayotgandek toʻlgʻonar, goʻyo oʻrnidan irgʻib turib qulochini yozgancha butun borliqni koʻksiga bosib quchoqlamoqchi boʻlayotgandek tuyulardi. Bir qarasang qattiq charchagan odamday boʻshashib, gʻamgin boʻlib qolardi.

Xoʻjaligimizning pichan oʻradigan mashinalari buralib-buralib oqayotgan kattakon Gurkirov soyining boʻylarida xuddi shu Gurkirov soyidek gurkirab yurardi. Pichan oʻrogʻi soylarning toʻlib-toshib oqayotgan davriga toʻgʻri keldi. Toshdan-toshga urilib, koʻpiklanib, pishqirib oqqan suv kech kirishi bilan yana koʻpayardi va yarim kechaga borib sharillab oqqan ovzidan kapada yotgan yerimda uygʻonib ketardim. Qaymogʻi olingan sutdek osmonda muzdek shabada gʻir-gʻir esib, koʻkdagi yulduzlar shu’la sochib moʻralab turardi. Tun ogʻushida hayqirib oqqan soy suvining toʻlqini yana ham kuchliroq sezilib, goʻyo ustimizga bosib kelayotgandek tuyulardi. Biz qirgʻoqdan olisda boʻlsakda kapamizni suv oqizib ketmasmikin, degan vahima koʻngilga beixtiyor vahima solardi. Doʻstlarim hech narsadan bexabar dong qotib uxlashardi. Men tashqariga chiqib ketaman.

Tunda soy boʻyi ham koʻrkam ham vahimali boʻladi. Oʻtloqning u yer, bu yerida oʻtlab yurgan otlar qorayib koʻrinardi. Hammayoq jimjit. Otlar shabnam ingan oʻtlarga toʻyib, dam-badam pishqirishar va yengil mudrashardi. Sal narida Gurkirov suvi quturib, mayda tol novdalarini egib, toshlarni yumalatib, sokin tun jimligini buzib, goʻyo yer qa’ridan otilib chiqayotgandek dahshat bilan sharillab oqardi. Shunday kechalarda men doim Doniyorni eslardim. "Darvoqe, Doniyor qayerda qoldi ekan?" deb soʻrardim oʻzimdan-oʻzim. U doim oʻzi yakka suv boʻyidagi pichan gʻaramlari ustiga borib yotardi. "Nima balo u kechasi qoʻrqmaydimi? Suvning sharillashidan qulogʻi bitmaydimi? — degan fikr xayolimdan oʻtardi — U xozir ham uxlayotganmikin, yo uygʻoqmikin. Tavba, yolgʻiz suv boʻyiga borib yotishning nima xojati bor ekan, nima halovati bor? Qiziq sira odamlarga qoʻshilmaydi-ya. U xozir qayerda ekan? — deb atrofga nazar tashlab, quloq solaman, hammayoq jimjit.

Qirgʻoq boʻylab choʻzilib ketgan togʻ etaklariga qorongʻulik choʻkmoqda, osmonning u yer-bu yerida yulduzlar miltillab koʻrinmoqda. Ovulga kelganiga bir necha kun boʻlsa ham oʻzini chetga tortib, hech kimga qoʻshilmay yurgan Doniyor oshna-ogʻayni orttira olmadi. Birovga yondoshmas, janjallashish, tortishish nima ekanligini bilmas, birovga yaxshi ham gapirmas, yomon ham gapirmas edi. Ovulga yaxshilik ham qilib, yomonlik ham qilib, yigʻilishlarda soʻzlab, toʻy-ma’rakalarda qariyalar bilan yonma-yon oʻtirib, elning issiq-sovugʻiga aralashib yurgan oʻktam yigitlar qadr-qimmatli boʻlib darrov ogʻizga tushadigan, xotin-qizlarimizning nazariga ilinadiganlar ham shular boʻlardi.

Doniyorga oʻxshab ertadan-kechgacha ter toʻkib ishlaydigan, lekin oʻzini boshqalardan chetga olib yuradigan, oʻzi bilan oʻzi boʻlib, birovga foydasi ham, zarari ham tegmaydigan kishilar toʻgʻrisida "Bir amallab kun koʻrib yurgan bechora-ku" deyishardi. Bizlarga oʻxshagan oʻzibilarmon, mahmadona bolalar esa haligidek chinakam, asl yigitlardek boʻlishni xavas qilib, Doniyorni yuz-kozi oldida boʻlmasa ham, orqasidan mazax qilardik. Uni koʻylagini oʻzi yuvganiga ham kulardik. U harbiydan bitta koʻylak bilan kelganligi uchun ham, uni qurir-qurimas kiyib olardi. Biroq qizigʻi shundaki, Doniyor moʻmin-qobil boʻlsa ham, biz u bilan bemalol, botinib gaplasha olmasdik. Gap unin kattaligida emas edi, albatta. Chunki u, nari borsa akalarim bilan teng edi. Shuning uchun ham biz u bilan sansirab gaplashardik. Nima, oʻzimizni pastga urarmidik. Garchi Doniyor ulugʻsfat bir odam boʻlmasada, uning shunday hech kim bilan gapirishmay, vazmin yurishida qandaydir bir xosiyat bordek, shoʻx, shayton bolalar undan xayiqib turishardi.

Bunga qisman oʻzim ham sababchi boʻldimmi deymanda. Chunki men odamlardan, ayniqsa frontga borib kelganlardan koʻrgan bilganlarini ipidan-ignasigacha gapirib berishlarini iltimos qilib, ularni xol-joniga qoʻymasdim, savollarni yogʻdirib yuborardim. Shuning uchun ham "Seit xira" deb laqab orttirganman.

Doniyor kelgan dastlabki kunlarda men undan urush toʻgʻrisida koʻp narsalarni soʻrab, bilib olaman deb yurdim. Bir kuni ishdan soʻng gulxan atrof’ida ovqat ichib, dam olib oʻtirganimizda Doniyordan soʻrab qoldim:
— Doniyor aka ururshda koʻrgan-kechirganlaringdan bir gapirib bermaysanmi?

Doniyor hadeganda gapira qolmadi. Chamamda mening bu gapim unga yoqmadi shekilli.
— Urush deysanmi — dedi u va xuddi oʻziga javob berayotgandek qoʻshib qoʻydi — Urushning nomi oʻchsin, bilmaganlaring yaxshi!

Doniiyor narida yotgan xashakdan katta bir tutam olib gulhanga tashladi va olovni tez-tez puflab yondirdi-da hech kimga qaramay qoʻllarini oʻtga toblay boshladi. U alangalanib yonayotgan olovga tikilgancha uzoq jim qoldi. Doniyorning nega bunday qilganini kim bilsin, lekin uning oʻsha ikki ogʻiz shu gapidan ham urushni ertakdek ermak qilib gapirib boʻlmasligi,u odamning yurak-yuragiga singib ketishi, u haqda gapirish nihoyatda ogʻir ekanligi shunday sezilib turardi. Uyalganimdan boshimni yerdan koʻtara olmadim. Shu-shu Doniyordan urush haqida soʻramaydigan boʻldim. Bolalar ham unga tegajogʻlik qilmaydigan boʻlishdi.

Biroq koʻrinishi tund, odamga aralashmaydigan Doniyor oʻzicha yakka yuravergani uchun uning harbiydan kelganligini qizigʻi ham qolmadi. Qay bir kishilar "Shunchaki bir odamda" degandek qilib uni nazariga ilmas, boshqa birovlar esa undan roʻyi-rost kulib, koʻpchilik esa rahmi kelib: "Boshpanasiz, bir amallab jon saqlab yurgan bir gʻaribda...Xoʻjalikning dalada beradigan issiq ovqati boʻlmasa tentirab ketib qolarmidi...oʻziyam qoʻydek yuvvosh ekan..." deb achinib gapirishardi.Bora-bora kishilar Doniyorga koʻnikishdi shekilli, uni boshqa gap qilmaydigan boʻlishdi.Odamlarning u bilan ishi boʻlmay qoʻydi.

Ertasi saxarlab Doniyor ikkalamiz otlarni xirmonga olib keldik, shu payt Jamila yangam kelib qoldi. U bizni koʻrishi bilan uzoqdan qichqirdi:
— Ey kichkina bola, qaysisi meni otlarim, bu yoqqa xaydab kel.Xomutlari qani? — deb umri boʻyi aravakashlik qilgan odamdek, gʻildiraklari joyidamikin degandek tepib koʻrar, uyoq bu yogʻini chinchiklab koʻzdan kechirardi. Biz Doniyor bilan otlarni yetaklab xirmonga yaqinlashib kelganimizda ikkalamizning aftu-angorimiz Jamilaga gʻalati koʻrindi shekilli, u bir kulimsirab qoʻydi. Doniyorning uzun va oriq oyoqlaridan qoʻnji keng soldatcha etiklari chiqib ketgudek boʻlib shalvirab turardi. Men boʻlsam qorayib, toshday qotib ketgan oyoqlarim bilan otni niqtab kelardim.
— Oʻxshatmaguncha uchratmas, deganlaridek juda topishibsizlarku — Shu-shu goʻyo bizning jilovimizni qoʻliga olgandek, u buyruq qilaverdi: — Qani tez-tez boʻlinglar, urushda turish yoʻq. Ertaroq salqinda joʻnay qolaylik. — deb otlarini aravaga qoʻsha boshladi.

Jamila Doniyorni bori ham, yoʻgi ham bilinmaydi degandek, uni nazarga ilmasdi. Gapirishsa ham men bilan gaplashardi. U bizdan qolishmay yelib-yugurib ishlardi. Jamiladagi bu jasorat, ayniqsa oʻzini katta olib gapirishi Doniyorga qattiq tekkandek boʻldi. Doniyor chakkasi tirishib, uni ham yoqtirmagandek, ham hayratda qolgandek, tumshayib teskari burilib oldi. Jamila buni payqagani ham yoʻq. Doniyor tarozi ustidagi qoplardan birini indamay dast koʻtarib aravasiga tashlaganda Jamila unga yopisha ketti:
— Bu nima qiliq har kim oʻz bilganicha ishlayveradimi? Qani qoʻlingni ber, qoʻllashganni Xudo qoʻllaydi. Hoy kichkina bola aravaga chiq qoplarni joylashtir!

Jamila Doniyorni qoʻlidan shartta ushlab qoplarni ikkovlashib koʻtarganida Doniyo uyalganidan qip-qizarib ketdi. Shundan keyin ham ular qoplarni qoʻllashib koʻtarib bosishdi. Qoʻllari bir-biriga chirmashib qop ustidan asta sirpanib tusharkan Doniyor oʻngʻaysizlanib unga qaramslikka harakat qilardi. Jamila boʻlsa parvoyipalak, har safar tarozibon xotinnig yoniga kelganida u bilan xazil-xuzul qilib xiring-xiring kulishardi. Joʻnash oldidagina, u koʻzini bir qisib qoʻyib Doniyorga:
— Hoy yigit, isming nima, Doniyormidi, koʻrinishdan erkakka oʻxshaysanku, qani yoʻl boshla! — dedi.

Doniyor bu safar ham miq etmadi, Jamilaga choʻchigandek bir qarab qoʻydi-da, aravani haydab ketdi. "Obbo shoʻring qurgʻurey, muncha uyalmasang" deb achinib qoʻydim unga.

Yoʻl olis, dashtdan yigirma chaqirimcha yoʻl bosib, Qoratogʻ darasidan oʻtib stansiyaga borish kerak.

Shunis yaxshiki xirmondan to stansiyagacha yoʻl qiyalab boradi, otlarga ham yengil edi. Ulugʻtogʻ togʻning etagidagi koʻm-koʻk daraxtlar ichiga koʻmilgan ovulimiz to daradan chiqib ketguncha aniq kaftdagidek koʻrinib turardi. Daraning etagidan esa temir yoʻl kesib oʻtadi.

Shunday qilib biz stansiyaga har kuni galla tashib yurdik. Ovuldan ertalab chiqib satansiyaga peshinda yetib boramiz. Taqir yoʻldagi shagʻal arava gʻildiraklari ostida gʻichirlardi. Kun isigan sayin otlarning yagʻrinlaridan ter quyilib oqardi...

Saratonning jazirama quyoshi hammayoqni qovjiratib kuydiradi.Stansiyaga kelsang ot-aravani koʻpligidan qadam bosolmaysan. Togʻ etagidagi uzoq xoʻjaliklardan eshak va xoʻkizlarga gʻalla ortib kelgan bolalar bilan xotinlarning kiyimlari terdan shoʻri chiqib, chang bosgan betlari qorayib kuyib, shamoldan lablari yorilib, yalangoyoq, yalangbosh xorib-tolib kelardilar. Zagotzernoning xovlisi qiy-chuv boʻlib, uning darvozasiga "Hamma gʻalla front uchun!" degan shior yozib qoʻyilgandi. Paxsa bilan aylantirib olingan pastqam xovlining tashqarisida vagonlarni bir-biriga ulab yurgan parovoz qaynoq bugʻ chiqarib, qumursqadek tinmay xarakat qilardi. Sal nariden poyezdlar quloqni kar qilgudek boʻkirib oʻtishardi. Xuddi darvoza oldiga choʻktirilgan tuyalar oʻrnidan turgisi kelmay, jini qoʻzib koʻpik sochib ovozini boricha boʻkirardi.

Kattakon kopponning ichiga gʻalla togʻ-togʻ qilib uyib tashlangan. Gʻalla solingan qoplarni orqalab taxta trapdan ana shu uyumlarning tepasiga olib chiqib toʻkish kerak. Kopponning qizigan tomiga chiqqan boʻyoq aralash temir xidi bugʻdoy changi bilan birga qoʻshilib dimoqni qichitardi.

Uyqusizlikdan koʻzlari qizarib ketgan omborchi pastga qoʻlini paxsa qilib soʻkinardi:
— Hoy bola, koʻzingga qara, ustiga opchiqib toʻksanchi!

U nega soʻkinadi? Soʻkinmasa boʻlmaydimi? Oʻsha yerga olib chiqib toʻkish kerakligini oʻzimiz ham bilamizku.

Biz bu yerdagina emas, balki dalaning oʻzida yerga don tashlangan kundan mehnat qilamiz. Yosh-yalang, xotin, bolalarimiz yoz boʻyi tinmay parvarish qiladi, kombaynchilarimiz har kuni yuz martalab buziladigan, sharti ketib

qolgan kombaynni bir nafas ham toʻxtatmay, saratonning jazirama kunlarida ham daladan chiqishmaydi. Xozir ham dalada oʻroqchilar tong saxardan qorongʻi kechgacha zirqirab ogʻrigan bellarini yozolmay gʻalla oʻrmoqdalar. Bir qarich bolalar bitta boshoqni ham qoldirmay terib olmoqdalar, oʻsha kunlarda biz barcha topgan-tutganimizni frontga joʻnatamiz. Bu bizning gʻalabaga qoʻshgan ter bilan qonimizdir.

Hali-hali esimda, yosh bola ekanman, zabardast yigitlar koʻtaradigan katta-katta qoplarni yelkamga tashlab, uning bir burchagidan mahkam tishlab trapdan yuqoriga chiqar ekanman, qovurgʻalarim mayishib koʻzlarim tinib ketardi. Qadam sayin trapning taxtalari egilib,koppon ichidan koʻtarilayotgan chang aralash gʻubor oʻpkani qisardi. Necha marta xoldan toyib, orqamdan sirgʻalib tushib borayotgan qopni yelkamdan irgʻitib, oʻzim ham sakrab yuborgim kelardi.Lekin orqamdan ham qop koʻtargan odamlar kelardi. U ham menga oʻxshagan bir yosh boladir, yoki tushib chiqib yurgan ayollarning biridir. Agarda urush boʻlmaganida bunday ogʻir yukni ularga kim koʻtartirib qoʻyardi? Shunday ogʻir ishga ayollar dosh berayotganida nolishga haqqim bormi?

Ana oldinda Jamila yangam borayapti. Etagini qistirib olgan, uning bugʻdoyrang chiroyli oyoq muskullari tarang tortilib, paylari uzilib ketgudek boʻlardi. U goʻyo yukini yengillatayotgandek bukilib, egilib ogʻir qadam tashlab borardi. Goh-goh u mening xoldan toyib borayotganimni sezgandek toʻxtab qolardida:
— Boshashma kichkina bola, oz qoldi — deb qoʻyardi. Biroq oʻzi ham qattiq charchaganidan ovozi boʻgʻilib chiqardi.

Bugʻdoyni toʻkib orqaga qaytayotganimizda doim Doniyorga duch kelardik. U odati boʻyicha hech kimga qoʻshilmay, salmoq bilan oyogʻini oqsoqlatib borardi. Biz unga yondoshganimizda, ogʻir tortgan boʻynini choʻzib,qistirilgan koʻylagining barini yozib kelayotgan Jamilaga qovoq ostidan tikilib oʻtardi. U Jamilani xuddi birinchi marta koʻrayotgandek hamisha ana shunday tikilib qarardi. Lekin JAmila bunga sira e’tibor bermasdi. Birga ishlaganimizdan buyon ularning biron marta ham ochilib gaplashganini koʻrganim yoʻq. Jamila ba’zan shunchaki xazillashib, tegishib kulib gapirsa,

ba’zida mutlaqo ishi boʻlmasdi, bu uning kayfiyatiga bogʻliq edi. Hushi kelsa yoʻlda kelayotib Jamila menga: "Qani chux de, kichkina bola, ketdik!" der edi-da, oʻtirgan yeridan sapchib turib, qiyqirib qamchini oʻynatganicha aravani haydab ketardi. Men ham undan qolishmasdim, hash-pash deguncha oldinda borayotgan Doniyorni quvib oʻtib ketardik. Doniyor orqada chang-toʻzon ichida qolardi. Aslida bu xazil boʻlsada, lekin bunday xazilga hammayam chidayvermasdi. Biroq Doniyor gʻing demas, ranjimas edi. Biz chang-toʻzon koʻtarib, uning yonidan tasir-tusur qilib oʻtib kesak ham, u goʻyo aybdor kishidek muloyimgina kulimsirab, aravada tik turganicha otlarga ustma-ust qamchi bosib borayotgan Jamilaga ajablanib, indamay qarab qolardi. Uning jahli chidmikin deb orqamga qayrilib qaraganimda, chang quyuni ichida qolgan Doniyorning mamnun boʻlgandek Jmiladan koʻzini olmay tikilib turganini payqardim. Uning bu qarashida oʻta koʻngilchanlik, olijaniblik bilan birga yuragini kuydirayotgan allaqanday sirli bir xasrat borligi sezilib turardi. Jamilaning bu qiliqlarini, istexzoli kulishlarini, yonida goʻyo mesimagandek indamay oʻtishlarini Doniyor hecham koʻngliga ogʻir olmas, bariga chidab, bir ogʻiz soʻz qaytarmas edi.

Ba’zida Doniyorga rahmim kelib:
— Qoʻyday yuvvosh odamni dilini ogʻritganing nimasi, yanga — desam, Jamila menga:
— Ke qoʻy, shuni gapirma — deb qolini siltab kulib qoʻyardi.— E, shunchaki bekorchilikdan xazillashdimda, nima biron joyi kamayib qolarmidi?

Bora-bora yangamga qoʻshilib men ham xazil-xuzul qiladigan boʻldim. Chunki Doniyorning Jamilaga ma’noli tikilib qarashlari menga gʻalati tuyula boshladi. Ayniqsa Jamila qop koʻtarganida Doniyor koʻzining qiri bilan unga tikilib qolardi. Har kim oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib, koʻpchilik ish bilan alaxsib buni payqamaydi, deb oʻylaydi shekilli. Aravakashlar qiyqirigʻi ot-aravalarning koʻpligidan stansiyaning xuddi bozorga oʻxshab ketgan toʻs-toʻpolon xovlisida Jamila qanchalik qiynalmasin, sira boʻsh kelmay yelib-yugurib ishlaganidan, qah-qaha urib kulganidan u hammadan ajralib, koʻzga yaqqol tashlanib turardi. Jamila arava chetiga qoʻyilgan qoplarni koʻkragini kerib yelkasiga olarkan, qop-qorq qoʻngir soch oʻrimlari yerga tegay-tegay deb ketar, salmoq bilan orqasiga burilganida esa, qisiq koʻzlarining qorachiqlari kipriklari orasidan yalt etib koʻrinardi. Oʻshanda qop koʻtargan Jamila kopponning eshigiga yetguniga qadar Doniyor uni zimdan kuzatib qolardi. Men buni payqab yurardim, hadeganda koʻnglimga olmay yurgan boʻlsam ham lekin keyinchalik Doniyorning yangamga bunday koʻz tashlab yurishi menga yoqmadi, hatto izzat nafsimga tekkandek boʻldi. Hech kimga ravo koʻrmay qizgʻanib yursamu, Jamilaga boshqalar qolib Doniyorboy koʻz tiksa-ya. "Doniyorki Jaimlaga koʻz tikdimi, boshqalardan xafa boʻlmasam ham boʻlarkan. Tavba!" derdim jahlim chiqib oʻzimga-oʻzim.

Endi Doniyorni moʻmmin-qobil yigit deb aytmoq u yoqda tursin, yomon koʻra boshladim. Shundan keyin men yana yangamga qoʻshilib uni masxara qila boshladim. Ammo bu xazilimizning tagi zil boʻldi.

Galla tashib yurgan qoplarimiz orasida olachadan tikilgan yetti pudlik katta bir qop bor edi, hamisha yangam ikkovimiz uni kopponga olib borib, uni yerga toʻkardik, chunki uni bir kishi koʻtarolmasdi. BIr kuni xirmonda aravalarga yuk ortayotib yangam bilan birga haligi katta qopni Doniyorning aravasiga tashladikda, ustidan boshqa qoplarni bostirib qoʻydik. Qani nima qilar ekan, deb oʻyladik oʻzimizcha.

Xirmondan kun chiqarda joʻnab ketdik. Yoʻlda rus qishlogʻida birovning bogʻiga kirib Jamila ikkovimiz olma ogʻirlab chiqdikda, yoʻl-yoʻlakay qahqahlashib, kulishib ketdik. Jamila bora-borguncha Doniyorga " Ilib ol! " deb olma otib borardi. Olma tugagandan soʻng biz odatdagicha uni chang-toʻzon ichida qoldirib, ancha uzoqlashib ketdik. Doniyor daradan chiqishdagina bizni quvib yetdi. Temir yoʻl berk ekan, uning ochishini kutib turishga togʻri keldi. Bu yerdan to stansiyagacha birga keldik. Bu orada haligi yetti pudlik qop yodimizdan koʻtarilib ketibdi, hayolimizda hecha gap yoʻq gʻallani tashib boʻlay deb qoldik. Bir mahal Jamila biqinimga turtib, Doniyorni koʻrsatib bir kulib qoʻydi. Doniyor arava ustida turgan ekan. "Buni nima qilsam ekan?" degandek haliogi katta qopning u yoq bu yogʻiga qarab turardi. Songra u Jamilaning qiqir-qiqir kulayotganini payqab qolib, bizningsinamoqchi boʻlganimizni sezdi shekilli, qip-qizarib ketdi.
— Hoy, ishtoningni baland koʻtar, tushib ketmasin, tagʻin— deb qichqirdi Jamila.

Doniyor unga bir oʻqrayib qaradi-da, qopni nari-beri surib aravaning chatiga keltirdi, soʻngra uni bir qoli bilan suyab turib aravadan sakrab tushdi. Hash-pash deguncha boʻlmay zildek qopni bir siltab yelkasiga oldida, koppon tomon yura boshladi. Biz qani nima qilar ekan deb, oʻzimizni goʻllikka solib sir bermay turdik, boshqalar ham unga parvo qilishgani yoʻq. Hammayam qop koʻtarib yuribdida, kim bilan kimning ishi bor deysiz. Ammo Doniyor trapga yaqinlashganida Jamila uning orqasidan yugurib ketdi:
— Buni qayerga olib boryapsan, esing joyidami oʻzi, nima, xazilni tushunmaysanmi?
— Nari tur — deb Doniyor uni jerkib soldi. Shoxi singan Jamila oʻngʻaysizlanib, trapdan chiqib ketayotgan doniyorning orqasidam kulib qarab:
— Bu oʻlarmonni qaranglar, koʻtarib ketdiya!— deb, xuddi aybli kishidek iljayib, ozihcha toʻngʻillab qoʻydi. Garchi Jamila hadeb qiqir-qiqir kulsa ham, borgan sari uning kulgisi suniylashib, oʻzini zoʻrlab kulayotgandek boʻlib tuyildi. Doniyor qopni koʻtarib borar ekan, yarador oyogʻiga zoʻr kelib, oqsay boshlaganidagina, biz uni qanday azobga qoʻyganimizni tushundik.

Doniyorning oyogʻi yarador ekanini nega ilgariroq oʻylamadik axir? Exx, bolaligim qursin-a, shu gap mendan chiqdiya.
— Orqangga qayt deb qichqirdi JAmila kulgi aralash, biroq endi buning iloji yoʻq edi. chunki orqassidan ham qop koʻtargan kishilar kelishayotgan edi.

Men esimdan ogʻayozib keyin nima boʻlganini ham bilmayman. Koʻz oʻngimda oʻsha kattakon qora qopni koʻtargan Doniyor. U bukilib, yer bagʻirlab trapdan yuqoriga chiqib borardi. Yarador oyogʻini avaylab bosar, unga zoʻr kelmasin deb qanchalik urinmasin, baribir har qadam tashlaganda ogʻriqqa chidayolmay, tishini tishiga qoʻyib boshini chayqardi. U yuqorilagan sari ustidagi ogʻir qop yelkasiga minib olgan balo-qazoday battar bosar, u tobora koʻp chayqalardi. Yangam bilan oʻylamay qilgan bu qilmishimizga azbaroyi uyalganimdan, yer yorilsa-yu yerga kirib ketgudek boʻldim. Qoʻrqqanimdan yuragim orqamga tortib ketdi. Qop koʻtargan Doniyor emasu, goʻyo men oʻzimdek, oyoqlarim zirqirab, koʻz oldim qorongʻulashib ketdi.

Doniyor yana toʻxtab qopni tishladi-da koʻzini yumdi. Mening ham boshim aylanib, yer oʻpirilib keltayotgandek boʻldi. Bir nafas hech narsani bilmay qoldim. Kimdir bilagimni changallab, sindirib yuborguday siqib ushladi. Bunday qarasam, Jamila ekan. Qoʻrqqanidan murdadek oqarib ketgan, lablari dir-dir titrab, koʻzlarini katta-katta ochaganicha Doniyorga termulib turardi. Atrofimizxni omborchi va boshqalar oʻrab olishibdi. Ular ham nima gapligiga tushunmay Doniyorga hayron boʻlib qarashardi.

Mana Doniyor yurib borayotib sirgʻalib tushib borayotgan qopni oʻnglab olay deb bir silkidi-yu, lekin ogʻirlikka ortiq tob berolmay choʻkkalay boshladi.
— Tashla, tashla qopni — deb qichqirib yubordi Jamila. Doniyor quloq solmadi, orqada kelayotganlarga tegib ketmasligi uchun qopni trapning chetidan pastga tashlab yuborsa boʻlardi. Biroq u oʻjarlik qilib qopni koʻtarganicha turaverdi. Jammilaning ovozini eshitishi bilan yana oyoqlarini rostlab, oldinga intildi. Bir-ikki qadam yurib orqaga tisarila boshlaganida, tarozibon jon-poni chiqib ketib, ovozining boricha qichqirib yubordi:
— Tashla, tashlasangchi it emgan!
— Tashla! — deb boshqalar ham qichqirishdi. Doniyor bu safar ham oʻz bilaganini qilib, chayqalib-surinib ilgari bosdi.
— Yoʻq, u qopni tashlaydigan emas.Oʻz aytganini qiladigan yigitga oʻxsgaydi — dedi kimdir qoʻl siltab.

Endi faqat haligi odamgina emas, balki yonimizda turgan boshqa odamlar ham, uning orqasidan qop koʻtarib borayotgan kishilar ham bunda bir sir borligini sezishib Doniyor qop bilan birga qulab tushmaguncha uni tashlamasligiga ishonch xosil qilishdi. Hamma bir zum jim boʻlib qoldi.

Kopponning orqasida parovoz zir yugurib vagonlani bir-biriga ulamoqda. Doniyor yuqoriga yuk tortib chiqib ketayotgan otdek ilgarilab borardi. U chayqalib yiqiladigandek boʻlsa, shartta toʻxtab kuch toʻplar, keyin yana oldinga qarab intilardi. Doniyorning orqasidan kelayotgan odamlar ham noiloj u toʻxtaganda toʻxtab, u yurganda yurishardi, Ularning ham tinkasi qurib,qora terga botib ketishgandi. Biroq ulardan bittasi ham Doniyor bilan sen-menga bormadi. Ular taygʻoq yoʻlda goʻyo bir-biria koʻrinmas ip bilan bogʻlangandek turnaqator boʻlib jim borishardi. Goʻyo bittasi toyib ketgudek boʻlsa, boshqalar ham xarob boʻladigandek tuyulardi. Ularning indamay qadam tashlashlarida, bir xil chayqalishlarida kuchli gʻayrat va shijoat, hamkorlik sezilib turardi. Doniyyorning orqasidan kelayotgan ayolning oyogʻi chalishib, yiqilishiga sal qoldi-yu, shunda ham u oʻziga emas, Doniyorga Xudodan madad soʻrayotgandek unga rahmdillik bilan termilib qaradi. Mana oz qoldi, Doniyor yana bir zoʻr bersa, marraga yetadigandek koʻrinardi. Lekin Doniyor yana gandiraklab, yarador oyogʻi unga itoat qilmay qoʻydi. Agar u yelkasidagi qopni tashlab yubormasa, oʻzining ham qulab ketishi tayin edi.
— Yugur, orqasidan suyashib yubor — deb qichqirdi Jamila menga. Oʻzi boʻlsa goʻyo Doniyorni ushlab qolmoqchi boʻlgandek qoʻllarini oldinga choʻzardi.

Men trapdan yuqoriga yugurdim, qop koʻtarganlar orasidan siqilib oʻtib Doniyorga yetib oldim. U qoʻltigʻi ostidan menga bir qarab oldi. Betidan ter quyilib, manglay tomirlari boʻrtib chiqib, koʻziga qon toʻlib ketgan edi. men unga koʻmaklashmoqchi boʻlgan edim, Doniyor menga:
— Nari tur! — dedi zarda bilan, keyin qopni bir silkidida,bor kuchini toʻplab yana oldinga imtildi.

Doniyor qavarib, qadoq boʻlib ketgan qoʻllarini shalviratib trapdan pastga tushganida pastdagilar lom-mim deyishmasdan yoʻl berishdi. Faqat tarozibongina jahli chiqib Doniyorni koyib ketdi:
— NIma, seni jin urdimi, yo esingni edingmi? Yoki memi odammas deb oʻyladingmi? Axir bir ogʻiz aysang pastga toʻktirardim-ku, bunday ogʻir qopni koʻtarsin deb senga kim aytdi?
— Ishing boʻlmasin, oʻzim bilaman — dedi Doniyor sekingina, soʻngra chirt etkazib tupurdida, aravasi tomon ketdi. Orqasidan Jamila:
— Hazilni tushunmagan tentak. — deb pichirlab qoʻydi. Shunday dediyu, boshini yerdan koʻtara olmadi. Doniyor buni uqdimi-uqmadimi, har qalay yangam ikkovimiz uning yuziga qaray olmasdik.

Yoʻl boʻyi ham birontamiz ogʻiz ochganimiz yoʻq, Doniyorning-ku kamgapligi hammaga ma’lum, soʻzga noʻnoq. Ayniqsa, bugungisiga tushunolmay hayron edik, u bizdan hafami, yuz koʻrishmaydigan boʻldimi, yoki oqkoʻngillik qilib hamma gapni unutib yubordimi, bilmasdik. Bizning sukut saqlashimizni boisi bor edi, bir tomoni uyalganimizdan yuziga qarayolmasak, ikkinchidan hazilimimzni koʻngliga ogʻir olib yurgani uchun undan hafa edik.

Ertalab gʻalla qoplayotganda Jamila bu kasofat qopni oldida, uni chok-chokidan shir-shir yirtib yubordi.
— Ma, topgan matoingni boshingga ur! Brigadiringga aytib qoʻy, ikkinchi marta bunday qoplarni bera koʻrmasin. — deb haligi yirtilgan qop parchalarini tarozibonning oldiga otib yubordi.
— Hoy, aqling joyidami? Bu nima qilganing?
— Hech nima!..

Ertasiga har kungiday stansiyaga kelib, qosh qorayganda yana ovulga yoʻl oldik. Doniyor oldinda ketib borar edi. Uning koʻnglidagi xijillik yozildimi-yoʻqmi bila olmadik, zotan, buni bilish oson emasdi. Xuddi oʻrtamizda hech gap oʻtmagandek, Doniyor indamay ishini qilaverdi, shunisi borki, yarador oyogʻi koʻproq lat yegan boʻlsa kerak, u qattiq oqsab, ayniqsa, qop koʻtarganda qiynalib yurdi. Garchi u hech narsa demasa ham, uning yurish-turishi gunohkor ekanligimizni eslatib, koʻnglimizni ogʻritar edi. Loaqal, Doniyor sal-pal xazillashib kulib qarasa edi, koʻglimiz ravshan tortardi.

Jamila otdan tushsa ham, egardan tushmay, goʻyo koʻnglida hech gap yoʻqday xazil-xuzul qilib yuraverdi. Lekin ich-ichidan ezilib, hafa boʻlib yurganini aniq sezardim.

Mana ovulga ketib boryapmiz. Latofatli ajoyib tun. Sutdek oydin avgust kechalarini kim bilmaydi deysiz. Osmondagi yulduzlar uzoq-uzoqlardan moʻralashsa ham, goʻyo ular shunday yaqindan, har biri oʻzicha nur sochayotgandek tuyulardi.

Yulduzlar charaqlagan shunday goʻzal kechada biz dara boʻylab kelardik. Otlar goʻyo uyga shoshilayotgandek tobora tez yoʻrgʻalardi. Mayda shagʻal ot tuyoqlari va arava gʻildiraklari ostida gʻirchillab, atrofga uchib chiqardi. Gʻir-gʻir esib turgan mayin shaboda ermanning achchiq isi bilan gʻarq pishgan hushboʻy xidini dimoqqa keltirib urardi. Bularning hammasi otlarning terga botgan egar-jabdugʻidan chiqayotgan xid bilan qoʻshilib boshni aylantirar edi. Yoʻlning bir tomonida na’mataklar bilan qoplangan qoyalar qad koʻtarib turardi. Yoʻlning ikkinchi tomonida pastlikda tol va yovvoyi teraklar orasidan Gurkirov joʻsh urib oqardi. Orqada koʻprikdan taraqa-turuq qilib oʻtayotgan poyezdlarning yangroq gudogi olis-olislardan ham eshitilib turardi.

Bunday soʻlim tunda yoʻl yurishning oʻziga yarasha gashti bor. Tun quchogʻida baliqdek suzib borayotgan otlarning sagʻrasiga qarab borish, son-sanoqsiz xashoratlarning yoqimli "chir-chir"iga quloq solish, shamol dimoqqa urayotgan hushboʻy xidlarni toʻyib-toʻyib simirish qanday yaxshi!

Jamila oldimda ketib borardi. U tizginni boʻsh qoʻyib atrofga suqlanib qarar, oʻzicha allaqanday ashulani xirgoyi qilardi. Bizning ogʻzimizga tolqon solgandek jim kelayotganimizdan Jamilaning toqati toq boʻlayotganini sezib turardim. Sgunday kechada jim yurib boʻladimi? Yuragida oʻti bor odam shunday goʻzal tabiat manzarasini koʻrib jim tura oladimi?

Yoʻq! Jamila jim tura olmadi. U ovozini baralla qoʻyib kuylab yubordi. Menimcha uning yana bir boshqa niyati Doniyorniong koʻnglini ochib, hafachiligini yozmoqchi boʻlsa kerak. Zotan, odamlar bir-birlarining gunohlarini kechirmasmikin, deb ikkilanib turgan paytda qandaydir bir turtki kerak boʻladiku. Ehtimol, Jamila shu fikrga borgandir. Xullas, u bir silkinib qoʻydida, qalbidan qaynab chiqayotgan yangroq ovoz bilan kuylab yubordi:

Shohi roʻmoling bogʻlab,
Yonimda yursang yayrab...

Jamila bunday shoʻx-shoʻx laparlarni juda koʻp bilardi. Uning ashulasi kishiga orom bagʻishlardi. Jamila ashulasini bir zum boʻlib, oldinda borayotgan Doniyorga qichqirdi:
— Hoy, boʻshang yigit, ovozingni bir chiqarchi. Yigitmisan oʻzing?

Doniyor aravasini toʻxtatdi-da, Jamilaga bir qarab qoʻyib:
— Kuylayver Jamila, qulogʻim senda, — deb qoʻydi tortinib.
— NIma, boshqalarni qoʻshiq eshitgisi kelmaydi, deb oʻylaysanmi? — dedi kesatib Jamila — Aytmasang aytma, tarang qilishini qarayuu!

Shundan soʻng "sen aytmasang, men aytaman " degandek, Doniyorga oʻchakishib yana ashulani oldi. Uning nima uchun Doniyorni ashula ayt deb qistaganini bilolmadim.Gapga solmoqchi boʻldimikin? Shunday boʻlsa kerak, chunki birozdan keyin Jamila yana iltimos qila boshladi:
— Hoy Doniyor, umringda birovnni sevganmisan? — dediyu, nima uchundir kulib yubordi.

Doniyor javob qaytarmadi, Jamila ham churq etmay qoldi. Dara ichiga bir nafas jimlik choʻkdi, faqat gʻildiraklarni dukur-dukur ovozi, otlarning pishqirgani eshitilardi, xolos.

"Juda odamini topib soʻradingda" deb kulib qoʻydim men.

Yoʻlni kesib oʻtib sharqirab oqayotgan soyga yetganimizda., Doniyor aravani sekinroq haydab ot taqalarining kechuvdagi kumushdek yaqarlagan toshlarga tegib shaqillashiga diqqat bilan quloq sola boshladi. Songra "chux" deb otlarga bir qamchi urdida, birdan titroq ovoz bilan:

Eh olatogʻ, olatogʻ,
Ota-bobom oʻsgan yer!..

— deb kuylab yubordi, biroq u yana toʻxtab yoʻtalib qoʻydi. Lekin keyingi ikki misrani yirakdan chiqarib, zavq bilan aytdi.

Ey olatogʻ, olatogʻ
Oq bulut qalqib koʻchgan yer!

Doniyor nimadandir choʻchigandek yana jim boʻlib qoldi. Kishi degan uyalmasada, nima endi shu ham ashula aytish boʻldimi, bundan koʻra aytmagani tuzuk edi. Xudo biladi yuzi olov boʻlib yonib ketgandir. Negadir uning uchun oʻzim ham mulzam boʻldim. Lekin Doniyorning shu bir ogʻiz kuylashida ham qandaydir joziba, nafosat borligi aniq sezilib turardi. Ha, ovozi ham yaxshi edi.

"Qoyilman" deb qoʻydim ichimda hayratlanib.Jamila ham qichqirib yubordi:
— Iye, durussanku, ilgari qayerda yurgan eding? Qani ayt, yaxshilab ayt!

Doniyor miq etmay kelaverdi, oldimizda daradan vodiyga chiqadigan joy oqarib koʻrinardi, oʻsha tomondan shabada esardi. Doniyorni hali boshlagan kuyini davom ettirishini sabrsizlik bilan kutardim. Doniyor yana kuylay boshladi, men oʻzimda yoʻq quvonib ketdim.

Doniyor avvaliga tortinib sekin-sekin kuylay boshladi. Ammo bora-bora ovozini baralla qoʻyib erkin ayta boshladi. Uning ashulasi darada qoʻngʻiroqdek yangrab, uzoq-uzoqlardagi qoyalarda aks-sado berdi. Doniyorning qoʻngʻiroqdek ovozigina emas, balki kuyning ohangraboligi, joʻshqin xis-tuygʻilarga boyligi ham kishini oʻziga maftuin etardi. Buning nimasligini aqlimga sigʻdira olmay lol boʻlib qoldim. Bu ahulachining ovozimi, yo boʻlmasam yurakdan qaynab chiqayotgan boshqa bir narsami? Kishi qalbining eng nozik torlarini chertib, unda ezgu tuygʻular uygʻotayotgan bu nima oʻzi? Rostini aysam, bu savolga xozir ham javob bera olmayman.

Qani endi, qoʻlimdan kelsayu bularning hammasini qogʻozga bitib oʻtirmay, iloji boʻlsa oʻsha ajoyib kuyning oʻzginasini yaratib bersam. Unda deyarli soʻz yoʻq, lekin bu kuy soʻzsiz ham samimiy, sof niyatli qalb egasining butun quvonchi, orzu-umidlari va tilaklarini ifodalab berardi.

Men umrim bino boʻlib bunday kuyni eshitgan emasman. U qirgʻizchaga ham, qozoqchaga ham oʻxshamasdi, biroq bu kuyga azalda bir-biriga qondosh-jondosh boʻlgan qirgʻiz bilan qozoq xalqining kuy;laridagi eng nafis, eng dilrabo ohanglar singdirilgandek boʻlib tuyulardi. Bu kuy goh qirgʻiz togʻlaridek baland-balandlarga parvoz qilsa, goh bepayon qozoq daralaridek uzoq-uzoqlarga taralardi. "Yo tavba, Doniyorni shunday ashulachi deb kim oʻy;agan edi" der edim men oʻzimga oʻzim.

Darani bosib oʻtib keng dalaga chiqqanimizdan soʻng Doniyorning ashulasi qanot yozib, yana ham kuchliroq yangradi. Bugun Doniyorga nima boʻldi, tinchlikmi oʻzi, hech narsaga tushuna olmasdim. Goʻyo u shu kunni orziqib kutgandek, qalbidagi butun sir-asrorini toʻkib soldi. Doniyorning nima uchun merov odamday elga kulgi boʻlib yurganini, nima uchun kechqurunlari Qorovultepaga chiqib olib yolgʻiz oʻyga choʻmib oʻtirganini, nima uchun kishi ilgʻamas tovushlarga quloq osganida qoshlari chimirilib, koʻzlari quvonchga toʻlganini endi bir qadar tushuna boshlagan edim. U — qalbida yuksak insoniy muhabbat tugʻyon urgan bir inson edi! Menimcha uning sevgisi biror kishiga ishqi tushib, oʻsha odamga ato qilingan sevgi emas, balki insonni yaratib uni kamolga yetkagan keng olamga yorugʻ dunyoga boʻlgan cheksiz, joʻshqin sevgi edi! Ha, u bu sevgini oʻz qalbida ardoqlab saqlagan ana shu sevgi bilan yashagan edi.

Agar u shunday yuksak qalb egasi boʻlmay, didi past, yuragi muz bir kishi boʻlganida edi, tabiat uni qanchalik iste’dodli qilib yaratgan boʻlmasin baribir u bunchalik kuylay olmas edi.

Doniyorning kuyi tungi dasht ustida yana joʻsh urib, mudroq dalani uygʻotgandek boʻlardi. keng poyonsiz dala oʻzi yaratib, oʻzi ardoqlab oʻstirgan qadrdon kuychisining ashulasiga jim quloq soladi. Bugʻdoyzor oydinda dengiz kabi chayqalar va moʻl xosildan darak berib, oʻz oʻroqchilarini kutardi. Yoʻl chetiga joylashgan eski tegirmon atrofidagi mirzateraklarning yaproqlari ham nimalarnidir shivirlashardi. Soyning narigi tomonida, uzoq-uzoqlarda xirmonchilar oʻt yoqishib goʻja pishirmoqdalar. Huv ana, kimdir allaqanday ish bilan qishloqqa shoshib ketmoqda. Oldinda qishloq bogʻi koʻrinar, shabada gʻarq pishgan olmalarning, ayni gullagan makkajoʻxorilarning yoqimli xidlarini hovlilarga yoyilgan tezaklarning xidlariga aralshtirib dimoqqa keltirib urardi.

Doniyor yana ancha vaqtgacha kuylab keldi. Avgust tuni uning ashulasiga mahliyo boʻlgandek jim quloq solardi. Hatto otlar ham goʻyo maroqli kuyni buzishdan qoʻrqqandek yurishini sekinlashtirgandi. Kishiga cheksiz orom baxsh etib, zavq-shavq bilan kuylab kelayotgan Doniyor ayni avjiga chiqqanida birdan jim boʻlib, otlarni choptirib ketdi. Oʻzimcha Jamila yana uning orqasidan ergasha kerak, deb oʻylab, men ham xozirlanib turdimu, biroq Jamila boshini quyoi solganicha chuqur hayolga choʻmib, qimir etmay oʻtirardi. U havoda uchib yurgan ashula sadolariga hamon quloq solayotgandek edi.

Doniyor shu boʻyi toʻxtamay birozdan song koʻzdan gʻoyib boʻldi. Biz to ovulga yetguncha ogʻiz ochmadik. Ba’zida kishi oʻz dardini soʻz bilan ifoddalashga ojiz boʻlib qoladi.

Shu kundan boshlab xayotimizda qandaydir bir oʻzgarish yuz bergandek boʻldi. Endi koʻnglim allaqanday yaxshi narsalarni qoʻmsab, yuragim gʻalati xis-hayajonlarga toʻlib, oʻzimdan-oʻzim xursand boʻlib yurdim. Ertalab xirmondan joʻnab stansiyaga kelib, gʻallani topshirib boʻlgach, Doniyorning sehrli ashhulasini qachon eshitarkanmiz, deb ketishga shoshilar, oʻsha damni sabrsizlik bilan kutar edik.

Uning ashulasi yurak-yuragimga singib, qayerga bormay, qayerda turmay, qulogʻim tagida jaraglayotgandek boʻlardi.

Tong saxarda turib yalangoyoq, yalangbosh shabnam tushgan bedazor orqali oʻtloqdagi tushovlangan otlarning oldiga borayotganimda ham, bu kuy menga hamroh boʻlardi. Togʻ orqasidan moʻralab koʻtarilgan quyosh xuddi mening quvonchimga sherik boʻlgandek jilmayib nur sochardi.

Oltin donalari kabi keksa xirmonchilarning panshaxalaridan sachrab tushayotgan bugʻdoy donalarining mayin shildirashida ham, koʻkda parvoz qilib yurgan yolgʻiz kalxatning qanot qoqishida ham, xullas, koʻrib, uqib, sezib yurgan narsalarimning hammasidan Doniyorning kuyi eshitilayotgandek boʻlardi. Kechqurun daraga arava haydab borayotganimizda men oʻzimni xuddi boshqa bir olamga kirib borayotgandek xis qilardim. Koʻzlarimni yumib Doniyorning ashulasiga quloq solar ekanman, ona suti bilan qonimga singib, bir qarichligimdan tanish boʻlgan manzaralar koʻz oʻngimdan birma-bir oʻta boshlardi. Goh ovulning zumrad osmonidan pagʻa-pagʻa bulutlar, suzib oʻtishar, goh oʻtlab yurgan yilqilar uyuri dukurlashib, kishnashib yaylovda chopib qolishar, qulunlar kokillarini oʻynatib, qop-qorq koʻzlarini jovdiratganlaricha onalarini qidirishib qolishar, goh suruv-suruv qoʻylar tepaliklarda oʻtlab yurishar, goh qoyalardan oqib tushayotgan shalola oynadek yarqirab koʻzlarni qamashtirar, dengizdek mavjlanib qamishzorlar orasiga choʻkib borayotgan quyoshni lolarang ufq sari yoritib borayotgan yogʻiz otliq mana xozir qoʻli bilan ushlab oladigandek boʻlib tuyulardi. Keyin oʻzi ham quyosh bilan birga butalar orasiga kirib gʻoyib boʻlardi.

Oʻ jonajon, bepoyon dalam! Qozoq jondoshimning yeri bilan payvand boʻlgan azamat dalam! Mana togʻlarimizni ikki yoqqa ayirib tashlab, qamish va shuvoqlarga koʻmilib buyuk bir dengizdek chayqalib yotasan.Sening nimalaraga qodir ekanligingni kim biladi! Qarogʻim, sirtingdan qarasa qimirlagan jon yoʻqdek boʻzarib yotganing-yotgan. Ammo kechagina qon-qardoshlaring unib-oʻsgan bagʻringda urush boshlanib, dushmanlar oʻlkamizga chang solganda quchogʻingdagi giyohlar yonib, chavandozlaring dushman ustiga sherdek tashlanganida, musaffo osmoningni issiq chang qopladi. Yer-koʻk larzaga keldi, oʻshanda qirgʻoqning narigi betidan ot oʻynatib kelgan qozoq xabarchisi:
— Otlan, qirgʻiz otlan. Yov keldi! — de saraton quyuni ichida yana qayoqqadir otini yeldirib ketdi. Oʻshanda keng dalam, daryolarim, togʻlarim larzaga kelib oʻz elini otga mingizdi. Yigitlar jangga otlanganda osmonu-zamin titrab, yovni mahv etishga chorlab bong urildi. Minglab uzangilar bir-biriga tegib shaqirlashib, son-sanoqsiz chavandozlarniong koʻzlaridan qaxr va gʻazab oʻti chaqnab el bilan, yurt bilan xoʻshlashdi. Ularning oldida qizil bayroqlar xilpirab, orqada otlarning tuyogʻidan chiqqan chang orasida onalar ba juvonlarning: "Keng dalamiz madadkor boʻlsin. Xosiyatli Ona yer madad bersin. Buyuk Manasning ruxi yor boʻlsin" — deb boʻzlab qolishdi. Senga jonim fido ey muqaddas dalam, togʻlarim. Elimga shu kuch qudratni sen oʻzing berding.

Mana shularning barisini Doniyor kuyga solib, koʻz oʻngimda gavdalantirib, sermazmun keng olamning butun zeb-ziynatini, koʻrkini ochib koʻrsatdi. "Yopiray, u bularning barini qayerdan oʻrgandi ekan." deb hayron boʻlaman. Oʻzimcha chet yerlarda koʻp sarson-sargardon boʻlib, oʻz el-yurtini koʻrish ishtiyoqi bilan yashagan, shu quvonchli damni intizorlik bilan kutgan odamgina oʻz ona tuprogʻiga shunchalik mehr qoʻyishi, uni shu qadar seva olishi mumkin, degan fikrga keldim. Doniyorning u kuylarini tinglar ekanman, uning boshpana izlab oʻtkazgan mashaqqatli yetimlik yillarini ham, qonli jang maydoninda bosib oʻtgan yoʻllarini ham koʻz oldimga keltirar edim. Ehtimol, uning ona vatan haqidagi joʻshqin kuylari oʻshanda tugilgandir. Doniyorning ashhulalarini tinglab oʻtirib, inson bolasi oʻz ona tuprogʻini shunchalik seva olganligi uchun ham, tiz choʻkib, oʻsha ona tuproqni xuddi oʻz onagdek quchoqlab oʻpging keladi. Ana shunda, birinchi marta yuragimda qandaydir yangi bir xis uygʻonib, qalbimni oʻrtab, qani endi oʻsha yerning muqaddasligini Doniyorchalik seza bilsam, seva bilsam, uning madhiyasini DOniyorchalik tarannum qilolsam, degan bir xavas uygʻonganligini sezdim. NImanidir orziqib kutardim, lekin nima ekanligini bilmasdim. Bunga ham xursand ham xunob boʻlardim. Oʻshanda menda rassomlik san’atining ilk kurtaklari paydo boʻlganini, kelajakda xayotni boʻyoqlar, suratlar orqali tasvirlashga xavas uygʻonayotganini bilmagan ekanman.

men bolaligimdan surat solishni yaxshi koʻrardim. Bolalar oʻqish kitoblaridan koʻchirib solgan rasmlarimni koʻrishib: "Voy, xuddi oʻziya." deyishardi. Muallimlarimiz ham maktab devoriy gazetasini menga topshirishar edi. Lekin keyinchalik surat solishni bir chekkaga yigʻishtirib qoʻyishga toʻgʻri keldi. Urush bboshlanib akalarim harbiyga ketgach, men oʻqishni tashlab oʻz tengqurlarim qatori dalada ishlay boshladim. Oʻsha vaqtlarda surat solmoq kimning ham esiga kelardi deysiz? Kelajakda rassom boʻlaman degan oʻyoim yoʻq edi, ammo Doniyornning kuylari meni hayratlantirib, xayotning butun goʻzalligini sezishga ilhomlantirdi...

Men oʻngimda emas, goʻyo tushdagidek bir totli hayolga berilib, xuddi dunyoga yangi kelib, koʻzim endi ochilgandek atrofga suqlanib qarardim. Mening uchun bu juda katta turmush sabogʻi edi.

Jamilaning oʻzgarib ketganini aytmaysizmi, oldingi shoʻz, gapga chechan kelindan goʻyo asar ham qolmagandek edi. Uning oʻynoqi oʻtkir koʻzlari endi goʻyo bulutli kundagi quyosh singari negadir gʻamgin boqardi. Yoʻlda ketib borayotganimizda Jamila doimo chuqur oʻyga tolar, Lablarida bilinar-bilinmas tabassum oʻynab, u faqat oʻzigagina ma’lum boʻlgan allaqanday latif bir narsadan xuzur qilayotgandek, undan suyunayotgandek tuyulardi. Ba’zan esa, hayolini bir narsa buzgandek, qopni aravadan yelkasiga silkib olib, shu turgancha qotib qolardi. U shu turishida goʻyo, quturib oqayotgan suvga duch kelib, uni kechib oʻtishini ham, oʻtmasligini ham bilmay lol boʻlib turgan odamga oʻxshardi. Doniyorga esa u nima uchundir yaqin yoʻlamay, uning koʻziga tushushdan qochib chetlab yurdi. Jamila oʻzini uni avvalgidek nazarga ilmayotgandek qilib koʻrsatishga qanchalik urinmasin, oxiri bir kuni sabri cidamay xirmonda Doniyorga gap otdi — Ustingdagi koʻylagingni yechsang boʻlardi. Yuvib berardim.

Koylakni soyga olib borib yuvdida, quritish uchun yozib qoʻyib, burishgan joylarini tekislagan boʻlib, uni ancha vaqtgacha mehr bilan siladi. Koʻylakning toʻzigan joylarini quyoshga tutib ma’yus tikilar, nimadandit kuyingandek boshini chayqab qoʻyardi.

Keyingi kunlarda Jamila biroz ochilib qah-qah urib kuladigan, xazil-xuzul qiladigan boʻldi. Bir kuni beda oʻrimidan kelayotgan bir toʻp qiz-juvonlar bilan yigitlar xirmonga burilishdi. Oralaridagi harbiydan qaytib kelgan yigitlar:
— Hoy qizlar, bugʻdoy nonni oʻzlaring yeyaverasizlarmi, qani bizning ulushimizni beringlar, boʻlmasa hammangizni suvga pishamiz! — deyishdi xazillashib va panshaxalarini oʻqtalishdi.
— BIzlarni panshaxalar bilan qoʻrqitolmaysizlar. Mana bu qiz-juvonlarni nima bilan mehmon qilishni oʻzim bilaman. Sizlar tuyoqlaringni shiqillatib qolinglar — dedi Jamila oʻrnidan sapchib turib.

Yigitlarning hafsalasi pir boʻldi shekilli:
— Unday boʻlsa, qiz-juvining bilan baringni qoʻshib suvga pishamiz. — deyishdi battar oʻchakishib.

Shu zahotiyoq tapir-tupur olisha ketgan yoshlar shovqin-suron koʻtarishib bir-birini suvga itara boshlashdi.
— Ushla, qoʻyib yuborma! — deb qichqirdi Jamila hech kimga boʻsh kelmay, ustalik bilan chap berib. yigitlar ham shuncha qiz-juvonni ichida faqat Jamilani koʻzlari koʻrgandek, nima uchundir hammasi ham unga yopishar, tortqilashar, har biri uni quchoqlab, bagʻriga bosishga harakat qilishardi. mana, uch yigit birgalashib Jamilani yerga yiqitishdida, oyoq-qoʻlidan koʻtarib suv boʻyiga olib borishdi.
— Hozir hammamizni oʻpasan, boʻlmasa suvga tashlaymiz. Qani boʻl tez! — deyishib xoxolab kulgan yigitlar uni enkaytira boshladilar.
— Qoʻymanglar yigitlar, boʻsh kelmanglar! — ichagi uzilib kulgan Jamila baliqdek sirgʻanib, qoʻldan chiqib ketar, xotinlarni yordamga chaqirib qichqirar, lekin ular qiy-chuv koʻtarishib oʻzlarining suvda oqib borayotgan roʻmollari ushlash bilan ovora edilar. Yigitlar xoxolashib Jamilani suvga otib yuborishdi. Osmonga sachragan suv tomchilari xuddi kumush donalaridek tovlanar edi. Hali ham kulgidan oʻzini toʻxtata olmagan Jamila suvdan chiqib kelar ekan, uning toʻzgigan xoʻl sochi yana ham choryigas chiroy qoʻshib yuborgan edi. Chit koʻylagi badaniga yopishib, siynasi olmaday dirkillab turardi. Jamila boʻlsa parvoyipalak qiqir-qiqir kular, ust-boshidan sirqib tushayotgan suvni ham payqamasdi.
— Oʻp, darrov oʻp! — deb qistashardi yigitlar. Jamila ularni oʻpar, yigitlar uni yana suvga otishar, u boʻlsa goʻyo buni xush koʻrgandek suvdan chiqib sochini silkitib, yana qotib-qotib kulardi. Yoshlarning bu qiligʻiga xirmonda kulmagan odam qolmadi. Xirmon sovurayotgan chollar ham oʻzlarini yigirma besh yashar boʻz bolalardek xis qilib, ajin bosgan yuzlari sevinchdan porlab: " Ha, ha bosh kelma, ushla etagidan tort" deb koʻpkarida uloq tortishgandek zavq-shavq bilan qichqirishar, sharaqlab kulishardi. Men ham oʻzimni toʻxtata olmay qotib-qotib kulardim. Bu safar yangamni qoʻriqlash esimga ham kelmabdi. Birgina, Doniyor indamay qovogʻini solib oʻtirardi. Unga koʻzim tushishi bilan men ham jim boʻldim. U xirmonning bir chekkasida bir oʻzi yogʻiz oʻtirgan ekan. Doniyor yigitlarga yeb qoʻygudek oʻqrayib qarar, vajohatidan goʻyo hozir yugurib borib, Jamilani ularning qoʻlidan ajratib oladigandek edi. Yuziga tik boqishga botinolmay, farishtadek pok deb bilgan Jamilani yigitlarning quchoqlab oʻpishi, tortqilashib oʻynaganlari Doniyorning koʻngliga juda qattiq botdi. Uning butun fikri-zikri, es-xushi Jamilaning xusni jamolida edi. Doniyor yigitlardan qanchalik qizgʻanmasin, xandon otib kulayotgan Jamiladan koʻzini olmay, uning bu qiligʻiga ham koyinib, ham maroqlanib, xoʻmraygan qovoqlari ostidan muloyim boqib, tishini tishiga bosib oʻtirdi. igitlar Jamilaga har tomondan yopishib betlarini oʻptirganlarida Doniyor quti oʻchib turib ketmoqchi boʻlar, lekin oyoqlari itoat qilmayotgandek qimir etolmasdi. bir vaqt Jamila uning qarab turganini payqadi shekilli, qanoti qayrilgandek boʻshashib, xiralik qilavergan yigitlarni siltab tashladi.
— Yetar, xazilning tagi zil boʻlmasin tagʻin!
— Iya, senga nima boʻldi — deb kimdir xoxolab kulib uni yana quchoqlamoqchi boʻlgan edi, Jamila uning koʻkragidan itarib yubordi.
— Nima ishing bor? Nari tur!

Keyin Doniyyorga yalt etib bir qaradida, koʻylagini siqqani butalar orasiga kirib ketdi.

Doniyor bilan Jamila oʻrtasidagi munosabatning qanday oqibatlarga olib kelishini oʻshanda men bilmagan edim. Rostini aysam, bu haqda chuqurroq oʻylashga qoʻrqib, koʻpincha ozimni boshqa narsalarga alaxsitishga xarakat qilardim. Lekin JamilaningDOnniyordan chetlanib yurgani, bunga oʻzi yana ich-ichidan kuyinib yurgani koʻnglimni gʻash qilardi. Bundan koʻra ilgarigidek xazillashib yuraversa boʻlmasmidi? Oʻzim shunday deymanu, biroq kechalari ovulga qaytayotganimizda DOniyorning ashulasini eshitar ekanman, ularni oʻylab qalbim quvonchga toʻlib-toshar, haligi gʻamgin oʻy-fikrlar hayolimdan koʻtarilib, dunyoning butun lazzati shu ashhulada deb bilardim. Daradan oʻtib daryo boʻyiga chiqqanimizda Jamila aravadan tushib, piyoda yurardi. Men ham aravadan tushib piyoda yurardim, yayov yurib kuy tinglaganga nima yesin! Bunday paytda yoʻldagi chang toʻzonlar orasida emas, xuddi osmonda bulutlar qoʻynida ketib borayotgandek boʻlasan kishi. Avval yangam ikkalamiz aravalarimiz yonida boramiz, soʻngra asta-sekin, beixtiyor Doniyorga yondoshib qolganimizni oʻzimiz ham sezmay qolamiz. Qandaydir sehrli kuch bizni Doniyor sari yetaklardi. Qorongʻuda uning yuz ifodasini, koʻz qarashini koʻrishni istardik. Nahotki shu qadar kuylayotgan kishi oʻsha oʻzimizning odamovi, kamgap Doniyor boʻlsa! Yuragi talpinib kuydan orom olgam Jamila Hardoim unga yaqinlab borganida Doniyor tomon sekin qoʻl choʻzganini oʻzi ham sezmay qolardi. Lekin zavq-shavq bilan kuylayotgan Doniyor buni payqamas edi. Uning oʻy hayollari qayerlardadir, osmonda kezib yurgandek, uzoq-uzoqlarga koʻz tikib qoʻllarini koʻzksiga qovushtirganicha kuy ohangiga chayqalib oʻtirardi. Jamilaning qoʻli shilq etib tushib arava chetiga tekkanda xuddi xushoga kelgandek qoʻlini tortib olar va yoʻl oʻrtasida serrayib turib qolardi. Jamila hangu-mang boʻlib anchagacha Donniyorga moʻltayib qarab turar, keyin yana qadam tashlardi.

Ba’zan menga yangam ikkovimizni ham bir xil, allaqanday ajib bir xis-tuygʻu hayajonga solayotganday boʻlib tuyulardi. Ehtimol bu xis-tuygʻular ikkivomizning ham qalbimizda koʻpdan beri yashirinib yotib, endi vaqti-soat kelganda tugʻyon urayotgandir.

Jamila ish bilan alaxsirab uncha sir-boy bermaslikka xarakat qilardi. Lekin xirmondaqolib qoʻli ishdan boʻshadi deguncha, Jamila oʻtirgani joy topolmay kalovlanib qolardi. Bekorchilikdan nima qilarini bilmagan odamdek shu oʻrtada aylanib yurar, soʻngra xirmon sovurayotganlarning yoniga borar, ularga yordamlashmoqchi boʻlib uch-toʻrt kurak gʻalla tashlardi-da, keyin birdan kurakni chetga irgʻitib somon gʻarami oldiga ketardi. U dam olmoqchi boʻlgandek gʻaram soyasigs oʻtirardi-yu, gʻoyo yakka-yolgʻiz oʻtirishdan qoʻrqqandek meni chaqirardi:
— Bu yoqqa kel, kichkina bola!

Men, yangam xozir menga butun sir-asrorini ochib, yuragidagi dardini aysa kerak, deb kutardm. Lekin, u hech narsa aytmas, erkalatib boshimni oʻz tizzasiga qoʻyardida, oʻzi olis-olislarga uzoq tikoilganicha qaltiragan kaftlari bilan sochimni, yuzimni sekin-sekin silardi. Men yangamni tashvishli, gʻamgin chexrasiga qarar ekanman, negadir oʻzimni unga oʻxshatardim. Chunki, uning ham qalbini allaqanday bir xissiyot oʻrtayotganini, uning ham yuraida yangi orzu-umidlar uygʻona boshlaganini sezib qolgandim. Nazarimda, Jamila bu otashin xisni qalbidan chiqarib tashlashga urinayotgandek boʻlardi. Biroq, oʻz sevgisini tark etolmay, uning barcha zaxmatlariga chidashga majbur boʻlardi. Men ham unga oʻxshab, Jamila Doniyorni sevsa yaxshi boʻlardi, desa, bir koʻnglim sevmagani yaxshi boʻlardi, derdi. Axir, ming qilsa ham kelinimizk-ku, akamning xotini-ku. Uni birovga qanday ravo koʻray. Biroq bu xil fikrlarni darrov hayolimdan chiqarib tashlashga xarakat qilardim.

Jamilaning tizzasiga bosh qoʻyib yotib uning sal ochilga gʻuncha lablariga, yosh toʻla shaxlo koʻzlariga termulib yotish menga dunyo-dunyo rohat bagʻishlar edi. Jamila oʻshanda naqadar goʻzal, naqadar latofatli edi. Qalbinig naqadar pok, begʻuborligi, oʻy-hayollarining naqadar teran, yorqin ekanligi unoing hur yogʻilib turgan chexrasidan koʻrinib turardi. Oʻsha kezlarda men shularning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrib yurgan boʻlsam ham, ammo tub ohiyatiga uncha tushunib yetmagam edim. Lekin hozir oradan qancha vaqtlar oʻtib ketgandan keyin, oʻsha voqealarni eslab, koʻpincha oʻzimga-oʻzim savol beraman: balki sevgi degan narsa— inson har tomonlama kamolotga yetib, aql-idroki toʻlgandan keyin paydo boʻladigan bir tuygʻumikin? Bu ham shoir yoki rassom ilhomiga oʻxshab insonga kuch-qudrat bagʻishlab yangi orzu-umidlar, istiqbol sari yetaklovchi bir kuch emasmikin? Ehtimol, oshiqlikning butun suri ham shundadi. Jamilaning yuziga qarab, ba’zi paytlarda oʻzim ham xis-xayajonlariga oʻzim ham sherik boʻlgandek, qandaydir sirli bir narsa yuragimga quvonch bagʻishlagandek boʻlar edi. Oʻrnimdan sapchib turib, yugurgim kelar, ovul chetidagi keng dalaga chiqib yuragimga gʻilgʻula solayotgan tashvish bilan quvonchning siri nimadaligini yer va samodan qichqirib soʻragim kelardi. Bir kun men bu savolimga javob topgandek boʻldim.

Kunlardan birida biz stansiyadan ovulga qaytib kelayotgan edik. qosh qorayib qolgandi. Koʻkda yulduzlar jimirlardi, atrof jim-jit. Bu sukunatni Doniyorning vodiy boʻylab yangragan ashulasigina buzardi. Jamila ikkovimiz uning orqasdidan borardik. Doniyorning ashulasi busafar negadir yolgʻizlik dard-alamlarini ifoda qilgandek juda mungli eshitilib, kishi qalbini poralar edi. Koʻzimga qaynoq yosh kelib, tomogʻimga bir narsa tiqilgandek boʻldi. Jamila bu safar qoʻllarini Doniyor tomon uzatib unga yaqin bordida, aravaga suyanib, boshini quyi solganicha indamay ketaverdi. Doniyorning ovozi tobora kuchayib, tungi dashtda yangidan toʻlqinlana boshlaganda Jamila qaddini rostlagancha sakrab aravaga chiqib oldi. U Doniyor bilan yonma-yon oʻtirdida, qimirlahsdan qoʻrqqandek, qoʻlini koʻksiaga qovushtirganicha qotib qoldi. Qani, bu yogʻi nima boʻlarkin, degandek men ham ulardan koʻzimni uzganim yoʻq. Jamilaning chiqib oʻtirganini Doniyor payqamdai shekilli, unga qaramy kuylayverdi. Birozdan soʻng Jamila qoʻllarini asta-sekin Doniyorning yelkasiga tashladida, unga suyanib boshini yelkasiga qoʻydi. Shunda Doniyorning ovozi bir zum titradida, keyin yana ham kuchayib qoʻngʻiroqdek yangradi. U sevgi haqida kuylardi.

Tong otib gullagan vodiy yuzidan qora parda koʻtarilganida, men oʻsh keng dala oʻrtasida sevishgan ikki yoshni koʻrdim. Ular menga hech nazar solmasalar ham koʻz ostidan qarab, sexrlangandek ergashib borardim. Sevishganllr men bilan ishi boʻlmay faqat menigina emas, balki biutun borliqni ham unutib yuborgandek, jonga orom berguvchi kuy oqimiga chayqalib, bir-biriga termilishib sekin borishardi. Nazarimda Doniyor bilan Jamila butunlay boshqacha boʻlib qolgandek edi.

Bular men ilgari koʻrmagan-bilmagan, qandaydir baxti kulib boqqan kishilar edi. Ha, ularning biri koʻzi qorongʻuda oʻtdek yonib, eski koʻylagining yoqasini ochib yuborib, dala-dashtga yangroq kuy taratib borayotgan Doniyor edi. Ha, ikkinchisi DOniyorga erkalanib jimgina oʻtirgan mening yangam Jamila edi! Uning kipriklarida sevinch yoshlari miltirar, yuzida baxt nuri porlar edi.

Chinakam baxt shu emasmi? Doniyor oʻzidagi ona vatanga, yorugʻ dunyoga boʻlgan yuksak, otashin mehr-muhabbatini ham, anashu ulugʻ sevgi tugʻdirgan dilrabo kuyni ham Jamila ga tortiq etdi. U Jamila uchun, Jamila haqida kuylardi. Axir baxt degani shu emasmi? Ularga yuragimdan baxt-saodat tiladim. Doniyorning kuylari meni yana hayajonga osldi-da, birdan, miyamga gʻalati nir fikr keldi: " Men ularning suratini chizaman!" — dedim oʻzimcha va gʻoyo nodir bir narsa topib olganday oʻzimda yoʻq suyunib ketdim. Lekin men shu zaxoti oʻz fikrimdan oʻzim choʻchib ketdim: "Bu ish meningqoʻlimdan kelarmikin, eplay olarmikinman?" Lekin orzu-istak qoʻrquvdan kuchli keldi. " Ha, men ularning suratini albatta chizaman, men ularni xuddi xozirgiday baxtiyor qilib tasvirlayman!" derdim.

Men shunday shirin orzu-hayollar ogʻushida mast boʻlib, atrofga nazar tashlar ekanman, avgust tuni koʻzimga yana ham goʻzal koʻrinib, dala gullab-yashnayotganday tuyulardi. Orzu-niyatimga xuddi xozir yetadigandek boʻlardim. Lekin, endi bilsam oʻshanda juda gʻor, yosh bola ekanman, kelajakda qanchadan-qancha qiyinchiliklarga duch kelishimni bilmagan ekanman. Men, oʻzimga ona Yerni Doniyor koʻzi bilan koʻra bilish, Doniyor qalbi bilan seva bilish kerak derdim Men uning ashulalarini boʻyoqlar yordamida hikoya qilib beraman. Menda ham oʻsha togʻlar,dalalar, maysazorlar, bulutlar, daralarning jonli tasviri beriladi. Buning uchun juda katta mahorat kerakligini oʻylamay " buning uchun boʻyoqlarni qayerdan olsam ekan, maktabdan soʻrasam berishmas, axir oʻzlariga kerakku" deb tashvishlanib yurardim. Endi bilsam oʻshanda chuchvarani xom sanab bolalik qilib yurgan ekanman. Doniyorning ashulasi birdan uzilib qoldi. Bunday qarasm Jamila uni mahkam quchoqlab, bagʻriga bosib olgan ekan. Biroq shu zaxotiyoq nimadandir choʻchigandek tisarilib, aravadan sakrab tushdi. Doniyor shoshib qoʻrqqanidan tizginni tortib aravani toʻxtatdi. Jamila teskari qaragancha yoʻlning qoq oʻrtasida serrayib turib qoldi. Soʻng boshini shart burdida, yigʻi aralash:
— Nega qaraysa? Menda nimang bor? Aravangni haydada joʻna! — dedida, orqada qolgan aravasi tomon ketdi.

Men lol boʻlib ogʻzimni ochib qolgan ekanman, yangam meni ham koyib berdi:
— Hoʻsh, senchi, sen nega angrayib turibsan, aravangga min! Boshimga bitgan balo boʻldilarngda!

"Qiziq, unga nima boʻldi? Chap yoni bilan turganmi?" deb oʻylardim yoʻl-yoʻlakay. Albatta chuqurroq oʻylagan odam Jamilaning rostdan ham iztirob chekayotganini izoxsiz ham tushunar edi: koʻz ochib koʻrgan eri Saratov gospitallaridan birida yotsa, yaqinda qaytib boraman desa, axir bu oson gapmi? Men hech narsa toʻgʻrisida oʻylagim kelmasdi. Men oʻzimdan ham, Jamiladan ham hafa boʻldim. Agar Doniyorning bundan keyin ashula aytmasligini, uning ovozini boshqa eshitmasligimni aniq bilsam Jamiladan butun vujudim bilan nafratlangan boʻlardim.

Hozir oʻlgudek charchab, koʻnglim negadir gʻash boʻlib, tezroq xirmonga yetib, somonga choʻzilsam derdim. Arava tinmay silkinib tinkamni quritar, tizgin qoʻlimdan chiqib-chiqib ketardi. Xirmonga yetib kelganimizda bir amallab otlarning xomutlarini yechdimda, ularni aravaning tagiga tashlab keyin somon gʻarami ustiga borib choʻzildim. Doniyor kecha otlarni Doniyor tushovlabdi.

Lekin ertalab juda xursand boʻlib turdim, koʻnglim musaffo tong kabi ravshan, quvonchga toʻla edi. Ha men Jamila bilan DOniyorning suratini chizaman. Lekin " Oʻxshata olarmikinman?" degan gumon butun miyamni chulgʻab olgan edi.Koʻzimni yumib ularni qanday tasvir qilmoqchi boʻlsam, ana oʻshanday tasavvur etdim. Oʻrnimdan irgʻib turdimda, kattakon soy boʻyiga tushib, qoʻl-betimni yuvdim. Keyin oʻtloqqa tushovlangan otlarni koʻzdan kechirdim. Ertalab shudring tushgan muzdek beda oyoqlarimni savalab, tizzamgacha shilta hoʻl qilgandi. Lekin men buni pisand qilmay oldingga chopib borar, tevarak atrofdagi har bir narsani sinchiklab koʻzdankechirar, yodimda saqlab qolishga urinar edim. Mana, quyosh togʻ orqasidan koʻtarilib kelar, ariq boʻyidagi yolgʻiz kungaboqar esa unga tomon boʻy choʻzardi. Uni kakralar oʻrab olgan, biroq kungaboqar boʻsh kelmay koʻkka intilar, sariq gulli boshlarini magʻrur koʻtarib, quyosh nurlarini simirardi. Mana, ariqning arava oʻtgan joyidan — gʻildiraklar izidan suv jimirlab oqmoqda, suv oʻrtasida koʻkarib turgan binafsharang yalpizdan atrofga muattar xid taralardi.

" Qani endi rassom boʻlsamu, musaffo goʻzal tongni, koʻk bilan oʻpishgan azamat togʻlarni, shudring qoʻngan koʻm-koʻk bedazorni, ariq boʻyidagi bir tup kungaboqarni suratga solsam!"

Biroq xirmonga kelishim bilan bu shirin hayollarimdan asar ham qolmay koʻnglim gʻash boʻldi. Aftidan Jamila oʻtgan kechasi uxlamay chiqqan boʻlsa kerak, koʻalari kirtayib, qovogʻidan qor yogʻib turardi. Menga u nech narsa demadi, qayrilib qaramadi ham. Xirmonga brigadir Oʻrozmat kelib endi otidan tushayotganida Jamila uning yoniga bordida,salom-alik ham qilmay, tomdan tarasha tushgandek gapirib qoldi:
— Aravangizni oling! Qayoqqa yuborsalaring ham mayli, lekin stansiyaga gʻalla tashimayman!
— Iye, senga nima boʻldi Jamilaxon, jin tegdimi? — dedi Oʻrozmat xazillashib.
— Jin tekkani yogʻu, lekin bormayman dedimmi, bormayman.
— Bu gapingni qoʻy, gʻalla tashiysan, vassalom! — dedi u qoʻltiqtayogʻini yerga doʻq etkizib urib — Agar birov hafa qilgan boʻlsa, ayt, mana shu tayogʻim bilan gardaniga bir tushiray. Boʻlmasa, ishingga joʻna gʻalla menga emas frontga kerak. Ering ham frontdaku. — brigadir jahl bilan shartta burildida, tez-tez odimlab ketdi.

Jamila gʻing deyolmay qoʻlidagi qamchini oʻynatib, qizarganicha turib qoldi. Berigi oqda turgan Doniyorni koʻrdi-yu, sir-boy bermay ogʻir birxoʻrsinib qoʻydi. Doniyor hamma gapni eshitdiyu, lekin sezdirmadi. U teskari qaraganicha xomut iplarini qattiq tortib bogʻlay boshladi. Jamila ham xirmon oʻrtasida bir pas turdida, soʻng " eye, nima boʻlsa boʻlar " degandek qoʻl siltab, aravasi tomon ketdi.

Oʻsha kuni biz ovulga har kungidan barvaqt qaytdik. Chunki borayotganda ham, kelayotganda ham Doniyor otlarini zabtlab haydab bordi. Jamila gʻamgin, gapirmas edi. Men qaqragan biyday dalani koʻrib koʻzlarimga ishonmasdim: axir kuni kech u xuddi afsonalarda tasvirlangandek gullab-yashnab turgandiku... Kechagi ajoyib manzara, Doniyor bilan Jamilaning aravada yonma-yon oʻtirganlari sira koʻz oldimdan ketmas edi. Goʻyo xayotning eng goʻzal bir lavhasini qoʻlimda ushlab turgandek boʻlardim.

Oʻsha ajib bir lavha butun fikri hayolimni band qilgan edi.Oʻylagan maqsadimga yetmagunimcha jonim xotirjamlik topmaydigandek edi. Xirmondagi xisobchining bir varaq qalin aogʻozini oʻgirlab olib, faram orqasiga yashirinib, gʻalla sovuradigan kurak ustiga qoʻyganimda yuragim chiqib ketayotgandek dukillab boʻgʻzimga tiqildi. Otam meni birinchi marta ot ustiga mingizgandagi kabi "bismilloh" qalamni qogʻozga tekkizdim. Ana-mana deguncha Doniyorning qiyofasini qogʻozga chiza boshladim. Lekin bu hali mukammal boʻlmagan shunchaki oʻrgamchikka chizilgan surat edi. lekin, Doniyorning qomati ancha oʻziga oʻxshay boshlaganida boshim koʻklarga yetib, qayerdaligimni, nima ish qilayotganimni ham unitib qoʻydim. Oʻsh avgust tuni, yastanib yotgan bepayon dala qogʻoz betida jilolangandek, Doniyorning dilrabo kuyi hozir ham qulogʻim ostida jaranglab turgandek boʻldi. Koʻz omgimda askarcha koʻylagining yoqasi ochiq DOniyor bilan uning yelkasiga bosh qoʻygan Jamila gavdalandi. Bu mening umrimda birinchi marta mustaqil chizgan suratim edi. Mana arava, mana yonma-yon oʻtirgan Doniyor bilan Jamila, mana bosh tashlab qoʻyilgan tizginlar. Mana qotongʻuda sagʻrisi zoʻrga koʻrinib yoʻrtib borayotgan otlar, undan narida biyday dala, uzoq-uzoqlarda yulduzlar miltillaydi... Ishga shunchalik berilib ketibmanki, kimningdir tepamda jahl bilan qichqirganidan xushimga keldim. Qarasam Jamila ekan:
— Nima balo, kar boʻlib qoldingmi?

U meni izlab yurgan ekan, shoshganimdan suratimni berkitishga ham ulgurolmay qoldim.
— Bugʻdoyni allaqachon yuklab boʻldik, bir soatdan beri qichqiramiz-a, ovozing chiqsachi!.. Qoʻlingdagi nima? — deb Jamila suratni mendan tortib oldi va — Bu nima qiliq! — dedi avzoyi buzilib,. Qogʻozga termulganicha qoldi. Oʻshanda xijolatdan juda mulzam boʻldim. Jamila suratga uzoq tikilib tirdida, keyin yoshlangan koʻzlari bilan menga ma’yus boqib:
— Shuni menga bergin-a, kichkina bola! — dedi u sekingina — sendan menga yodgor...

Jamila surat solingan qogʻozni ikki buklab qoʻyniga solib qoʻydi.

Biz yoʻlga chiqib ovuldan ancha uzoqlashib ketguncha oʻzimga kela olmadim. Qalbimni shu qadar toʻlqinlantirgan oʻsha lavhani qogʻozda aks ettira oldimmi yoki bu bir tush — hayolmi deb gumonsiradim. Lekin shunday boʻlsa ham qalbimning chuqur bir joyida chizgan suratimdan faxrlanish xissi uygʻonib, yuragim sevinchdan toʻlib-toshar, yaqinda boʻyoq topsam juda koʻp suratlar chizib, maktabga ilib qoʻyardim, degan shirin hayollar meni mast qilardi. Endi bilsam, bu bolalikka xos bir fazilat ekan. Men oʻz hayollarim bilan band boʻlib, juda tez ketayotganimizni ham payqamapman. Chunki oldinda borayotgan Doniyordan orqada qolmaylik deb Jamila otlarga ustma-ust qamchi urardi. Keyingi paytlarda Doniyor aravasini har qachongidan ham tez haydaydigan boʻlib qolgandi.

Jamila Doniyor bilan yonma-yon borardi, . U goh oʻngga, goh soʻlga qarar, ba’zan esa biron ayb ish qilib qoʻygandek ayanchli jilmayib turardi. Buni koʻrib men ham jilmayardim va "Chizgan suratim yangamga yoqdi shekilli, xafaligi tarqab koʻngli yozildi. Jamila Doniyorga ashhula aytib ber desa u albatta aytib beradi... Demak, bugun Doniyorning ashulasini maza qilib tinglar ekanmanda...Ehh, tezroq ayta qolsa ekan" degan oʻy koʻnglimdan kechardi.

Bu safar biz stansiyaga ancha barvaqt yetib keldik. Lekin otlarimiz qora terga tushib ketgan edi. Tarozi ham boʻsh ekan, Doniyor aravadan tusha solib, qoplarni tashiy boshladi. Uning buncha shoshib-pishib ishlashiga, indamay tumshayib yurganiga hayron edik.Poyezdlar oʻtganida Doniyor toʻxtab qolib, uzoq vaqt qarab qolar, negadir chuqur oʻylanib qolardi.

Jamila ham goʻyo uning koʻnglidagini bilmoqchi boʻlgandek, Doniyor boqqan tomonga qaradi. Jamila aravasining yoniga borib Doniyorni chaqirdi:
— Beri kel-chi Doniyor, qashqa otning taqasi tushay deb turibdi, shuni yulib tashlagin.

Doniyor otning tuyogʻini tizzalari orasiga qisib, taqani yulib olib qaddini rostlaganida, Jamila sekin shivirladi:
— Nima, menga oson deb oʻylaysanmi? — dei Jamila xoʻrsinib.

Doniyor Jamilaga mehr bilan boqib allanima dediyu, lekin men eshitmay qoldim, chunki yuganidan ushlab turgan otim boshini siltab pishqirib yuborgandi.

Doniyor nimadandir mamnun boʻlgandek taqani silab oʻz aravasi tomon ketdi. Men unga qarab nahotki uning yuragi Jmilaning haligi soʻzlaridan taskin topdi ekan, deb hayron boʻlardim. Axir "menga oson deb oʻylaysanmi?" degan soʻzning nimasiga xursand boʻladi. Biz qoplarni tashib boʻlib endi ovulga qaytmoqchi boʻlib turganimizda, xovliga egniga gʻijimlangan eski shinel kiygan, yelkasiga xalta ilib olgan bir oriq yarador askar kirib keldi. Undan sal oldin stansiyaga bir eshelon kelib toʻxtagan edi. Haligi askar chor-atrofga alang-jalang qaradida:
— Gurkirov ovulidan kim bor? — deb qichqirdi.Bu kim boʻldiykin, deb oʻyladimda:
— Men Gurkirovdan boʻlaman — dedim. Askar quvonib ketdi-da:
— Kimning bolasisan, ukajon? — deb soʻrab oldimga kelmoqchi boʻlgan edi, birdan Jamilaga koʻzi tushib turgan joyida dong qotib qoldi.
— Karimmisan? — dedi Jamila shodlanib.
— Voy, Jamila singiljonim! — deb askar Jamilaning yoniga yugurib borib, u bilan qoʻsh qoʻllashib soʻrasha ketdi. Bu kelgan yigit Jamilaning uzoq qarindoshi, hanqishlogʻi ekan.
— Buni qara-ya, xuddi bilgandek shu yoqqa qayrilibman-a — dedi u xayajon bilan — Sodiqning yonidan chiqqanimga atigi besh kun boʻldi.Gospitalda u bilan birga yotdik, Xudo xoxlasa, u ham bir-ikki oyda kelib qoladi. Men kelayotganimda xotiningga xat yozib ber, oʻz qoʻlim bilan topshiray deb xat yozdirib olgandim... Juda yaxshi qilgan ekanmanda, mana, omonatingni ol! — deb xursand boʻlib askar shinelining ichidan uchburchak xatni olib, Jamil;aga uzatdi. Jamila xatni shosha-pisha oldida quvonganidanmi, yo uyalganidanmi avvaliga qizarib, soʻngra rangi duv oʻchib, indamay Doniyorga koʻz qirini tashladi. U boyagi xirmondagidek oyoqlarini kerib, aravasining yonida yolgʻiz turarkan, Jamilaga ma’yus boqardi. Bu orada har tomondan yugurib kelishgan kishilar askarni oʻrab olib, ba’zisi qarindosh, ba’zisi hamqishloq chiqib hol-ahvol soʻrashib qolishdi.

Jamila oʻz hamqishlogʻiga minnatdorchilik bildirishga ulgurmagan ham ediki, Doniyor uning yonidan aravasini taqir-tuqur qilib oʻtdi-da chang-toʻzon koʻtarib yoʻlga tushdi. Kishilar uning orqasidan:
— Nima balo, uni jin urdimi? Esi joyidami oʻzi? — deb qichqirib qolishdi.

Askarni ham tanish-bilishlari olib ketishgan shekilli, xovlida yangam ikkalamizdan boshqa hech kim qolmapdi. Biz Doniyorning aravasi koʻzdan gʻoyib boʻlguncha, olisda koʻtarilayotgan changga qarab turdik.
— Yur yanga, uyga ketaylik! — deedim men.
— Oʻzing ketaver. — dedi Jamila.

Ana shunday qilib biz birinchi marta alohida-alohida ketdik.Havoning dimligidan hafas olish qiyin edi. Yerdan koʻtarilayotgan lablarimni qabarsitib, tomogimni qaqratib yubordi. Jazirama quyosh nuri ertalabdan kuydirib, qovjiratib yotgan yer beti endi shoʻrxok tuz bilan qoplanib,asta-sekin soviyotgandek boʻlardi. Quyosh shoʻrxok yerdan koʻtarilayotgan sarob singari parda ichida ufq sari choʻkib borardi.

Uzoqda, ufq tepasida qizil-sur bulutlar yigʻila boshladi. Ba’zan kuchli garmsel esib, otlarning tumshuqlariga chang aralash oqish shoʻrxoklarni keltirib urar, hamda ularning chang bosgan yol va dumlarini yulqib, yoʻl boʻyidagi ermanlarni yulqib uchirib ketardi.

"Yomgʻir yogʻadi shekilli" deb oʻyadim. Shunda yolgʻizlik dardi ichimni oʻrtab, allanimadan qoʻrqqandek otlarni jadal haydab ketdim. Mengina emas, xatto uzun oyoqli tuvaloq qushlar ham bir narsadan choʻchigandek qamishzorlar orasiga kirib yashirinishdi. Shamol jazirama issiqdan qovjiragan qariqiz yaproqlarini allaqayerlandandir yoʻl ustiga uchirib kelardi. Biz tomonlarda bunday oʻsimliklar oʻsmaydi. Chamamda, bu yaproqlar qozoq choʻllaridan uchib kelgan boʻlsa kerak. Tevara-atrofda qimirlagan jon yoʻq, Doniyor ham koʻrinmaydi.Orqada qolgan Jamiladan ham darak yoʻq. Quyoshning oxirgi nuri ham soʻndi, toliqqan dala ham uyquga ketdi.

Men xirmonga qosh qorayganda yetib keldim. U yer tinch gʻir etgan shabada yoʻq. Doniyorni chaqirgan edim, qorovul javob berdi:
— U soyga ketdi, nima ishing bor ed? — dedida, soʻngra bir yutinib olib oʻzicha mingʻirladi — Havoning dimliginichi, hamma uy-uyiga ketdi, shamol boʻlmasa xirmonda ish boʻlarmidi...

Otlarni bedazorga tushovlab soyga burildim. Doniyor odatdagidek tik tushgan jar tepasida tizzasini quchoqlab, boshini quyi solganicha jar ostida suvning sharillab oqishiga quloq solib oʻtirardi. Uning mustar boʻlib oʻtirishi yuragimni ezib yubordi. Doniyorning yoniga borib, uni mahkam quchoqlab tasalli bermoqchi, iliq soʻlar bilan koʻnglini koʻtarmoqchi boʻldim. Lekin nima ham deya olardim, uni qanday yupataman axir. Anchagacha ikkilanib turdimda, soʻngra xirmonga qaytib ketdim.

Oʻshandan keyin gʻaram ustoda yotib, anchagacha uxlayolmay, osmonni qopklab kelayotgan bulutlarga qarab xayol surib ketdim. "Inson xayoti nega bunchalik murakkab, sira tushunib boʻlmaydiya". Jamilaning boʻlsa xali-hamon daragi yoʻq. Nega buncha xayalladi ekan. Qayerlarda yurganikin, deb aravaning gʻildirak tovushlarini eshitishga zor boʻlib quloq solib yotdim. Qattiq charchagan boʻlsam ham sira uyqum kelmadi. Togʻlarning tepasidagi bulutlar orasidan yashin yalt-yult etib chaqnardi.

Doniyor kelganda hali uygʻoq edim. U nima qilarini bilmay, qayta-qayta yoʻlga qarab, xirmonda biroz aylanib yurdida, soʻngra yonimga kelib oʻzini yuztuban otdi.

"Endi u ovilda qolmaydi, boshini olib kesa kerak" deb oʻylardim. Lekin bechora qayerga ham borardi? Boshpanasiz bir musofir kimga ham kerak? Bechoraga qiyin boʻldida, endi nima qilarkin?

Endi koʻzim ilingan ekan, xirmon tomondan arava rovushi eshitildi. "Jamila boʻlsa kerak" deb oʻyladim uyqu aralash. Qancha uxlaganimni bilmayman, bir vaqt naq qulogʻim tagida shitirlagan tovush eshitilib, birov kelayotgandek boʻldi. Qanot serpigandek bir sovuq narsa betimni silab oʻtdi, koʻzimni ochsam Jamila ekan. Choʻmilib kelgan boʻlsa kerak, koʻylagini ham xoʻllab olibdi, shuning uchun ham yonimdan oʻtayotganda salqin shaboda esgandek boʻldi. Jamila toʻxtab qoldi-da, u yoq-bu yoqqa alanglab, Doniyorning bosh tomoniga oʻtirdi.
— Doniyor, mana men oʻzim keldim! — dedi u sekin shivirlab.

Atrof jim-jit, osmonni gumburlatib yashin chaqnadi.
— Hafa boʻldingmi? Qattiq hafa boʻldingmi?

Yana jimlik choʻkdi, qirgoʻqdan tuproqning suvga "shoʻlp" etib tushgani eshitildi.
— Lekin mening aybim nima? Senda ham gunoh yoʻq.

Togʻlar ustida yashin gumburladi. Jamila choʻchib yalt etib qaraganida yashin uning yuzini yoritib yubordi. Jamila atrofga bir qaradida, oʻzini Doniyorning koʻksiga tashladi. Uning yelkasi Doniyorning baquvvat qoʻllari ostida dir-dir uchardi. Jamila ham gʻaramga choʻzilib DOniyor bilan yonma-yon yotdi. Kuchli shamol somonni koʻkka sovurib, xirmon chetida qiyshayib turgan oʻtvni yalab oʻtdida, quyun boʻlib osmonga koʻtarildi. Chaqmoq bulutlar ostida koʻkimtir iz qoldirib, qaragʻay singandek qasira-qusur ailib hamma yoqni larzaga soldi. Azoyi badanim titrab, ham qoʻrqib, ham quvonib ketdim. Momaqaldiroq, yoaning oxirgi momaqaldirogʻi yopirilib kelar, ilk kuz nafasi dimoqqa urilardi. Endi Jamilani hech qanday kuch toʻsolmasdi, u Doniyorga sekin shivirladi:
— Chindan ham gumonsiradingmi, nahotki men seni unga almashtirsam! U meni hech qachon sevgan emas, sevmaydi ham! Mayli, kim nima desa deyaversi, lekin men senikiman! Yolgʻizim, azizim, men seni hech kimga bermayman. Men seni koʻpdan beri sevaman. Gʻoyibona oshiq boʻlib kelishingni intizorlik bilan koʻzim toʻrt boʻlib kutgandim. kutganligimni bilgande, mana, sen ham meni izlab kelding...

Jarlik yoqasidagi soy qirgʻoqlaridan ivib suvga tushayotgan tuproq chaqmoq yorugʻida koʻrinib turardi. Dastlabki yirik yomgʻir tomchilari somon ustiga shitirlab yogʻa boshladi.
— Jamilam, jonginam, sevgilim Jamilaxon! — deb Doniyor qirgʻizcha va qozoqcha eng nafis soʻzlar bilan oʻz ma’shuqasini erkalatardi. — Men ham seni koʻpdan beri sevib yurardim. Umrimda koʻrmagan boʻlsam ham okoplarda yotib seni oʻylardim. Sevgan yorim Vatanimda ekanligini bilardim. Bu sen ekansan, Jamilam!
— Shunqorim, mard lochinim! Bu yoqqa qarachi, koʻzlaringga toʻyib boqay!

Yomgʻir sharros quyib berdi. qora uy tepasiga yopilgan namatlar xuddi qanot qoqqan qushdek uchib ketdi. Goh qiyalab, goh tik quygan jala yerni orziqib kutgandek ustma-ust oʻpardi. Ketma-ket momaqaldiroq gumburlab, butun osmon qa’rini tilib oʻtgandek boʻlardi. Uzoq-uzoqlardagi togʻlar bahor lolaridek qizrib koʻrinardi.

Yomgir kuchaya bordi. Men boʻlsam somonga koʻmilib olib yuragimning duk-duk urishini sezib yotardim. Men nihoyatda bahtiyor edim. Oʻzimni uzoq kasallikda soʻng birinchi marta koʻchaga chiqqan odamdek xis etib, har bir narsaga suqlanib qarar, goʻyo xayot lazzatini endi bilayotgandek edim.

Yogʻin ham, chaqmoqlarning yorugʻi ham somon ostida yotgan yerimga yetib borardi. Lekin men oʻzimni juda yaxshi xis etardim. Uyquga ketar ekanman, oʻzimcha kulimsirab qoʻyardim. qulogimga chalingan sharpaning nima ekanligini bilmasdim. Bu Jamila bilan Doniyorning shivirlashimi, yo boʻlmasa tinayotgan yogʻirning somonga shitirlab tushishimi?

"Mana endi yomgʻir tinmaydi, hademay kuz ham kiradi" derdim oʻzimga oʻzim. Nam somon bilan erman hidi dimoqqa urilib kuzdan darak berardi. Lekin bu kuzda bizni nimalar kutayotgani haqida oʻylamabman.

Oʻsha kuzda men ikki yillik tanaffusdan soʻng yana maktabga qatnay boshladim. Darsdan boʻsh vaqtlarimda haligi soy boʻyidagi jar tepasiga borib oʻtirardim. Xirmon xuvillab boʻshab qolgan edi. Bu yerda men maktabdan olgan boʻyoqlarim bilan oʻzimning dastlabki etyudlarimni chizdim. Chizgan suratchalarimdan oʻzimning ham koʻnglim toʻlmas edi.

"Boʻyoqlarimning mazasi yoʻq. Qani endi chinakam asl boʻyoqlar boʻlsa" — deb oʻylardim ichimda. Yaxshi boʻyoqlarni qanday boʻlishini bilmasdim ham. Rassomlar ishlatadigan moyboʻyoqlarni faqat keyingi vaqtlardagina koʻrishga muyassar boʻldim. Boʻyoq oʻz yoʻli bilanu, lekin muallimlarning gapida ham jon borga oʻxshardi: rasoom boʻlish uchun oʻqish kerak. Lekin bu gap toʻgʻriligini biliob tursam ham oʻqishimga koʻzim yetmasdi. Oʻqish qayoqda deysiz. Akalarim dom-daraksiz ketgan boʻlsa, men ikki uyning yolgʻizgina dastyori boʻlsam oʻqishga yuborisharmidi. Shuning uchun oʻqish toʻgʻrisida ogʻiz ham ochmasdim. Lekin oʻqishni qoʻmsab, borolmasligimga ich-ichimdan achinardim. Buning ustiga bu yil kuzning bu qadar koʻrkam kelishini aytmaysizmi. qoʻlingdan kelsayu oʻtirib chizsang ajoyib surat chiqardi-da.

Gurkirovning suvi kamayib, qozondek-qozondek suvlar turtib chiqib, ularning usti yam-yashil, sap-sariq yoʻsin bilan qoplangandi. Ertalabki izgʻirindan yalangʻoch tolchalarning tanalari qizarib ketgandi. Biroq teraklarning sap-sariq yaproqlari hali toʻkilmagan edi.

Yiqichilarning yozi bilan oʻt yoqilaverib tutundan qorayib ketgan oʻtovlari katta soyning u yer-bu yerida koʻzga tashlanardi. Oʻtovdan buralib-buralib chiqayotgan koʻk tutun xuddi toʻy-toʻylagan xotinlardek ovulma-ovul suzib yurishardi. Toychalar atrofga yoyilib ketgan onalarini qidirishib, zoʻr berib kishnashard. Endi toychalar kishnagani-kishnagan, chunki biyalarni to bahorgacha uyurda saqlash qiyin. Togʻlardan qaytgam mollar xosili yigʻib olingan dalalarda poda-poda boʻlib yurishardi. Dasht sahni tuyoq izlaridan ilma-teshik boʻlib ketgan edi.

Bu yil ham kuz kuzligini qildi: hammayoqni toʻzitib izgʻirin shamol qoʻzgʻaldi va osmonning avzoyi buzilib qor aralash yomgʻir yogʻa boshladi. Bir hafta surunkasiga yoqqan yomgʻir bir kun sal tinishi bilan, men Gurkirov tomonga qarab joʻnadim. Toshloqdagi bit togʻ chetani qip-qizil chogʻdek yonib, "meni suratga ol" degandek boʻy choʻzib turardi.

Men soy boʻyidagi butalar orasida surat chizib oʻtirganimda qosh qorayib qolgan edi. Bir vaqt boshimni koʻtarib qarasn haligi soxilda ikki kishi turibdi, daryoning sayoz joyidan oʻtishgan boʻlsa kerak. Ularning Doniyor bilan Jamila ekanini darrov tanidim. Men ularning jiddiy va tashvishli yuzidan koʻzlarimni uza olmay tikilib turdim. Doniyor har galgiday dadil qadam tashlar, yurgan sayin shinelining bari oxori toʻkilgan askarcha etigining qoʻnjlariga shartillab tegardi. Jamila boʻlsa egniga bozorga borganda kiyadigan parcha-parcha gullik koʻylagini, chiybaxmal choponini kiyib, boshiga oq jun roʻmolini oʻrab olgandi. Bir qoʻliga tugunchak koʻtarib, ikkinchi qoʻli bilan Doniyorning xakltasidan ushlab bormoqda. Ular yoʻl-yoʻlakay nimalar toʻgʻrisidadir oʻzaro gaplashib borishardi.

Ularning ovulimizni tashlab qayoqqadir ketishayotganini sezib, yuragim "jiz" etib ketdi. Mana, ular jarlikdan oʻtib qamishzor oralab ketib borardi. men boʻlsam xuddi bir narsasini yoʻqotgan kishidek, ularning orqasidan qarab nima qilarimni bilmay qoldim. Qichqirayin desam nafasim siqilib, ovozim chiqmasdi.

Quyosh togʻlar oralab suzib borayotgan bulutlarga qixgʻish nurlarini soʻnggi bor sochdi. Atrofni qorongʻulik qoplay boshladi. Doniyor bilan Jamila orqa-oldilariga qaramay temir yoʻl razyezdini koʻzlab tez-tez odimlab borishmoqda. Bora-bora ularning qoralari uzoqlashib, qanishlar orasiga kirib butunlay gʻoyib boʻldi. Ana oʻshandagina men oʻzimga kelib orqalaridan ovozimning boricha:
— Jamilaaaaaaa! — deb qichqirdim.

Dala ustida ancha vaqtgacha "a-a-a-a" degan aks-sado eshitilib, birozdan soʻng soʻnar edi. Yana bir marta jahl bilan:
— Jamilaaaa! — deb qichqirdim-da, soʻng ularning orqasidan yugurib qoldim. Suvni suv demay ularning orqasidan oyoqyalang, boshyalang yugurib quvib borardim. ust-boshim jiqqa xoʻl boʻlgandi, shunga qaramay, yana tezroq chopa boshladim. Birdan oyogʻim nimagadir chalinib ketdi-da, yuztuban yiqildim. Boshimni koʻtarmay ikki qoʻlim orasiga olib oʻksib-oʻksib yigʻlab yubordim. Koʻz yoshlarimdan namlangan mayin tuproq qoʻl betimni muzlatib, gʻira-shira qorohgʻulik koʻnglinmga gʻulgʻula solgandek oʻpkam qisilib achchiq-achchiq yigʻladim. Qamishlar goʻyo mening xasratimga sherik boʻlgandek tinmay shitirlashar edi.
— Jamila, Jamila! — derdim men oʻpkamni bosolmay piq-piq yigʻlab. Men eng yaqin, eng aziz odamlarim bilan xayrlashar edim. Mana xozirgina yerda yotib oʻzim ham Jamilani sevib qolganimni tushundim. Bu mening ilk bolalikdagi sevgim edi.

Yuzimni koʻz yoshidan xoʻl boʻlib ketgan yengimga artib yana anchagacha yigʻlab oʻtirdim. Men faqat Jamilalar bilan emas, balki bolalik davrim bbilan ham hayrlashar edim.

Qorongʻida timirskilanib uyga kelganimda shovqin-suron avjida edi: it egasini tanimasdi. Kimdir otga egar urardi, bezori Usmon boʻlsa har kungidek mast, otini gijinglatib, ovozini boricha baqirardi:
— Aytmaganmidim, mana oqibati nima boʻldi. Yoʻlchiboy ota sharmandayu-sharmisor boʻldi. Qani ketdik, bu sayoq it, chala qozoqni ushlab boʻynini uzmasam otimni boshqa qoʻyaman. Oʻn yiga kesilsam kesilamanu, lekin har qanday yalangoyoqning xotinlarimizni olib ketishlariga yoʻl qoʻymayman. Qani ketdik yigitlar! Qayerga ham borardi deysan?

"Ular qaysi tomonga borarkin" degan fikr hayolimdan oʻtdiyu, yuragim shuv etib, a’zoyi badanim muzlab ketdi. Nima qilarimni bilmay otliqlarning orqasidan men ham ovul chekkasiga yugurib bordim-da, ularning razyezd tomonga emas stansiyaga olib boradigan katta yoʻltomonga burilib ketganlarini koʻrib jonim oʻrniga tushdi. Soʻngra uyga qaytib keldimda, yigʻlaganimni hech kim bilmasin deb, otamning toʻniga oʻralib yotdim.

Ovulda har-xil mish-mish gaplar tarqaldi. Hamma xotinlar Jamilani qoralashardi:
— Ahmoq-da! Aqli boʻlsa tuz ichgan joyiga tuflab, sangʻib yurgan bir musofirga ergashib ketarmidi.
— Shunisiga kuyamanda. Uning nimasiga qiziqdi ekan deymanda! Eski shineli bilan,teshik etigidan boshqa hech balosi yoʻq ediku!
— Qoʻtan-qoʻtan qoʻyi bbormidi!. Uyi yoʻq-joyi yoʻq, nasl-nasabi betayin bir daydi-da! Mayli, uvoli oʻziga, hali attang deydi...Bu tannoz xotinning xolini oʻshanda koʻramiz.
— Tavba, Sodiqdan ortiq erni topib boʻpti!
— Qaynonasini aytmaysanmi, qaynonasini! Bunday yovvosh qaynonani qayerdan topadi? Oʻziga oʻzi qildi, juvonmarg, mayli!

Burungi yangamni Jamilaning qilmishini qoralamay, toʻgʻri deb topgan yolgʻiz men boʻlsam kerak. Doniyorning eski shineli, teshik etigidan boshqa hech narsasi boʻlmasa ham, lekin uning ma’naviy boy, qalbi yuksak odamligini men bilmaganimda kim biladi? Jamila Doniyorning etagini ushlab ketib, oʻz baxtini topadi, degan gaplarga ishonish u yoqda tursin, aksincha, men u oʻz baxtini endi topdi, deb ishonardim. Faqat oyimga achinardim xolos, Jamila bilan birga uning butun kuch quvvati ketgandek. Oyim gʻamgin boʻlib, oʻzini ancha oldirib, qaddi bukilib qoldi. Ohh, bechora oyim. Xayot oqimi ba’zida eskilik ildiziga shafqatsiz bolta urib, yangi baxt sari intilishini oyim tushunmasa kerakda.

Agar boʻron azim chinorni tag-tomiri bilan qoʻporib tashlasa, u qaytib qaddinin rostlayolmaydi...Oyimning har bir xatti-xarakatidan uning oldingi kuch-quvvati qolmaganligi bilinib turardi. Ilgai u hech kimdan ignaga ip oʻtkazib berishini iltimos qilmas, qarilik gʻururi bunga yoʻl qoʻymasdi. Bir kuni uyga kirib kelsam, oyim ignaning koʻzini topolmay qiynalib yugʻlab oʻtiribdi.
— Ma, ipni oʻtkazib berchi! — dedi u qaltiragan qoʻllari bilan igna va ipni menga uzatib. Soʻngra ogʻir xoʻrsindida koʻz yoshlarini artib oʻzicha mingʻirladi: — Eye, shoʻrlik kelinim, koʻra-bila turib oʻzingni oʻtga tashlading-a. Uyimning toʻri seniki, yeganing oldingda, yemaganing ketingda edi...Oʻzingni oʻzing juvonmarg qilding...Bizni dogʻda qoldirib ketding...Nega ketding...Uyimizda nima kamchilik koʻrding...Shoʻrlik Jamila...

Oyimni bunday mungʻayib oʻtirganini koʻrib, oʻzimni tutolmay, beixtiyor "Yoʻq oyi, u shoʻrlik emas" deb qichqirib yuborgim keldiyu, lekin oʻzimni bosdim. Oyimni mahkam quchoqlab Doniyorning kimligini, uni jonimdan aziz koʻrishimni aytib, yigʻlab yuborishimga oz qoldi. Lekin bu soʻzlarni aytishga tilim borarmidi. Bu gapim bilan oyimnni bir umrga hafa qilgan boʻlardim. Lekin baribir bu "begunoh qilmishlarim" sir boʻlib qolmadi.

Oradan koʻp oʻtmay Sodiq akam harbiydan qaytib keldi.Rostni aytganda u koʻrinishdan uncha sir-boy bermagan boʻlsa ham, lekin nomusdan kuyinib jigʻibiyron boʻlib yurdi. Usmonlar bilan ichishib qolgudek boʻlsa:
— Ketgan boʻlsa sadqai-sar. Sarson-sargardon boʻlib yurib, oxiri bir kuni ochidan oʻladi-ketadi! Xotinman deganing toʻlib yotibdi, chertib-certib olish mumkin. Oltin boshli xotindan baqa boshli er yaxshi! — derdi jahl bilan.
— Gaping-ku toʻgʻri-ya — deb javob qaytarardi Usmon — afsuski, oʻshanda qoʻlimga tushmadi-da. Unisi ichak-chavogʻini agʻdarib, bunisini sochlaridan otga bogʻlab sudratardim! Ehtimol, ular janubda paxta dalalarida, yo boʻlmasam qozoq dalalarida tentirb yurishgandir. Sayoqlik Doniyorga kasb boʻlib qolgan. Shunisiga dogʻmanki, buni hech kim bilmay, hech kim sezmay qolgan-a... Qanday boʻlganiga kishining sira aqli yetmaydiya... Bu ishning hammasini oʻsha qanjiqning oʻzi qilgan. Isiniyam chiqarmadiya, la’nati, boʻlmasa men uni naq!..

Bunday gaplarni eshitganimda qonim qaynab, mushtlarimni qisardim. Kuchim yesa oʻsha Usmonning basharasiga tuflab: "Pichan oʻrogʻida adabingni bergani esingdan chiqibdi-da...Eng yaramas, eng razil odam sensan-ku!" degan boʻlardim.

Bir kuni uyda maktab devoriy gazetasiga rasm chizib oʻtirgan edim, oyim ham pechka oldida choʻqqayib oʻt yoqib oʻtirardi. Bexosdan eshik ochilib rangi koʻkarib, gʻazabidan koʻzlariga qon toʻlgan Sodiq akam kirib keldi. U meni ustimga yopirilib kelayotganida yelkasiga tashlab olgan shineli yerga tushib ketdi.
— Buni sen chizdingmi? — dei bir varaq qogʻozni umshigʻimga taqab. Qogʻozdagi suratni koʻrib yuragim orqamga torib ketdi: bu oʻsha xirmonda qalamda chizgan Doniyor bilan Jamilaning surati edi. Suratga koʻzim tushishi bilan goʻyo ular menga qarab turishgandek boʻldi. "Qiziq, Jamila buni nega tashlab ketdiykin? Uni bir yerga yashirib qoʻygan-u, keyin esidan chiqarib ketgan boʻlsa kerak!" deb oʻyladim ichimda.
— Ha, men chizgan edim.— dedim.
— Bu-chi, bu kim oʻzi?
— Doniyor.
— E ablah. Sotqin — deb oʻshqirdi Sodiq akam menga va suratni mayda-mayda qilib yirtdi-da, oyogʻi ostiga olib toptab keyin esikni qattiq yopib chiqib ketdi. Uy ichiga ogʻir jimlik choʻkdi.
— Sen buni bilarmiding? — de soʻradi oyim bir mahal.
— Ha, bilardim.

Oyim pechkaga oʻt yoqib oʻtirib menga shunday ta’na va hayrat nazari bilan qaradiki, men nima qilishimni bilmay, bosh barmogʻimni uzib olgudek boʻlib:
— Men ularning suratini yana chizaman! — dedim.

Oyim gʻing demay boshini ma’yusgina chayqab yerga boqdi. Yerda sochilib yotgan suratga qarab ichimni oʻtdek oʻrtayotgan xoʻrlikka hech chidayolmadim. Mayli, men oilamiz, urugʻimiz uchun "sotqin" boʻlayin. Biroq men odamgarchilikka, haqiqatga, xayot haqiqatiga xiyonat qilganim yoʻq. Mening koʻnglim sof, niyatim xolisligini hech kim bilgan emas. Buni odamlarga ham aytib boʻlmaydi, boshqalar tugul xatto oyim ham tushunmasdi, albatta.

Oyim indamay oʻtiraverdi. Izza boʻlganimdan koʻzlarimga yosh kelidi. Yirtib tashlangan surat parchalari goʻyo jonliday yerda aylanib yurardi. Doniyor bilan Jamilaning yorqin qiyofasi sira kkoʻz oʻngimdan ketmas, Doniyorning oʻsha avgust kechasi aytgan orombaxshqoʻshiqlarini yana eshitayotgandek boʻlardim. Ularning ovuldan ketganlarini esladimda, men ham gʻayratga toʻlib ular kabi oʻz istiqbolim yoʻlida qiyin safarga otlanishga qat’iy bel bogʻladim.
— Men oʻqishga ketaman — dedim oyimga — Rassom boʻlgim keladi. Rassomlik oʻqishiga boraman, otamga ham aytib qoʻying.

Men xozir oyim urushda xalok boʻlgan akalariimni eslab yigʻlasa kerak. deb oʻylagan edim. Lekin baxtimga oyim yigʻlagani yoʻ’u, faqat gʻamgin, eshitilar, eshitilmas qilib gapirdi:
— Mayli, oʻzing bilasan, borsang bora qol...Uchirma qanot boʻlganlaringdan keyin gapimizga kirarmidilaring. Har qaysing oʻz bilganlaringni qilasizlar. Biz nimani bilamiz. Balki sizlarning bilganlaring toʻgʻridir, balki juda katta odam boʻlib ketarsanlar... Hozir zamon oʻzi shunaqa-ku. Mayli, boraver... Ehtimol oʻsha yoqlarga borganingdan keyin suratkashlik yaxshi kasb emasligini oʻzing tushunib olarsan...Uyingni, ota-onagni unutma, nasihatim shu...

Shu kundan boshlab kichik uy oʻz-oʻzidan boʻlinib ketdi. Hademay men ham oʻqishga joʻnadim.

Rassomlik maktabini bitirib, oʻz mahoratimni oshirish uchun yana Sankt-Peterburg akademiyasiga oʻqishga borganimda oʻz diplom ishimni topshirdim. Bu diplom ishi — koʻpdan beri orzu qilib, yuragimda saqlab yurgan suratim edi.

Albatta sizlar bu suratda Doniyor bilan Jamila tasvirlanganini darrov fahmlagandirsizlar. Ular daladagi yolgʻizoyoq yoʻldan yonma-yon ketishar edi. Doniyorning shineli shamolda yelpinib, yuzidan sevinch balqigan Jamila uning xaltasida ushlab olgandi. Ularning oldida Dniyor kuylagan poyonsiz, yorugʻ, keng dala yastanib yotardi. Hozir olamda Jamila bilan Doniyordan baxtli odam boʻlmasa kerak!

Toʻgʻri, suratimni har tomonlama mukammal, bekamu-koʻst ishlangan deb aytolmayman. Axir mahorat degani oʻz-oʻzidan darrov kelmaydi-ku. Bu ogʻir— mashaqqatli mehnat mevasi. Lekin baribir bu surat men uchun dunyoda eng qimmatli, eng aziz narsa edi. Chunki, oʻzimdagi san’atga boʻlgan barcha mehr-muhabbatim, ixlosim, zavqimni ana shu suratga bergandim.

Mana endi ancha tajribali boʻlib qolgan boʻlib boʻlsam ham, ba’zan chizgan suratlarim koʻnglimdagidek boʻlib chiqmaydi. Oʻzimga yoqmaydi, oʻshanda oʻz kuchimga oʻzim ishonmay, gumonsirab qolaman. shunday ogʻir damlarda oʻsha surat — Doniyor bilan Jamila meni oʻziga chorlaydi. Ularga uzoq tikilib har gal ular bilan maslahatlashganday boʻlaman.

"Hozir qayerdasiz, qaysi yoʻldan ketyapsiz? Hozir da;lamizda yangi yoʻllar koʻp. Qozogʻistondan tortib Oltoy va Sibirga qadar choʻzilib ketgan. Hozir u yerlarda choʻlni boʻstonga aylantirish, yangi yerda yangi turmush qurish uchun koʻplab azamatlar mardona mehnat qilmoqdalar. Balki sizlar ham oʻsha yoqqa ketgandirsizlar! Unday boʻlsa oq yoʻl! Safarlaring bexatar boʻlsin! Jamila, mening Jamilam, sen boshingni baland koʻtarib keng daladan magʻrur qadam tashlab ketding... Hozir ham oʻshandaymisan, hozir ham yoʻl yurishdan toliqmaysanmi? Yo oʻz kuchingga ishonmay, charchagan ikkilanib qolgan kunlaring ham boʻladimi? Boʻsh kelma bardam boʻl, Doniyordan madad ol! Doniyor senga sevgi, vafo, ona Yer, xayot toʻgʻrisidagi joʻshqin kuylarini kuylab bersin. Oʻshanda koʻz oʻngingda keng dala gullab, avgust tunidagi kuchli boʻron guvillasin! Olis yoʻldan qoʻrqma Jammila, sening yoʻling baxt yoʻlidir, sen oʻz baxtingni topding!"

Men ularga qarab Doniyorning ovozini eshitaman, demak, Jamila ikkisi meni safarga chorlaydi. Ha, men yoʻlga chiqishim kerak. Ha keng dala bagʻridan oʻtib,ovulimga boraman! Tugʻilib oʻsgan yerim — kuch-quvvatim. Men undan yangi-yangi boʻyoqlar topaman. Chizgan suratimning har bir boʻyogʻidan, har bir lavhasidan Doniyorning kuyi eshitilib tursin! Chizgan suratimning har bir boʻyogʻida, har bir chizigida Jamilaning qalbi urib tursin!

1958-yil.