OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifChingiz Aytmatov
Asar nomiSomon yoʻli (qissa)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Qirgʻiz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Chingiz Aytmatov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonAsil Rashidov
Hajm35KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Somon yoʻli (qissa)
Chingiz Aytmatov

— Toʻlgʻonoy, boyaqish Toʻlgʻonoyim, mushtipar boshingga tushgan gʻam-alamlar, sumbul sochlaringga kumush qirov tushirib ketgan oʻsha kunlar emasmidi? Esizgina oʻrim-oʻrim sochlar! Sen bu yerga kelganda har gal ham bongqacha qiyofada kelarding. Gʻam toshlari ogʻirlashgan sayin hamma qiyinchiliklarga bardosh berib, bagʻri-diling oʻrtanib, jimgina kelib, jimgina ketsang ham, boshingga qanday mushkul kunlar tushganidan toʻla ogoh edim.
— Ha, Ona-erim, gapirganda ilojim qancha. Yolgʻiz mengina emas, urushning kasri tegmagan bitta ham oila, bironta ham odam qolmagan edi-ku.

Xuddi oʻsha kezlarda brigadirlik qilib, elning achchiq-chuchugini birga totib, koʻpchilikni eplab, koʻz-quloq boʻlib yurganimdan hanuzgacha fahrlanaman, hozir ham oʻsha kezlarni mamnuniyat bilan eslayman. Aks holda, ehtimol, men allaqachon bukchayib, holdan toyib, allaqachon urush toʻpolonlari ostida oyoq osti boʻlib ketar edim. Qilichini yalangʻochlab kelgan yovga qarshi zarba berishning yagona yoʻli kurashda, mehnatda emasmi, axir?! Mana, qadrdon dalam, ish orasida ora-sira chopa kelib, yana jimgina ot jilovini qayta burib, indamasdan chopib ketishimning boisi ham shunda. Qosimdan xat kelgan kun esingdami, mehribonim?
— Boʻlmasam-chi, Toʻlgʻonoy. Sen oʻshanda adirda yerga goʻng solib yurgan kelining bilan kichik oʻgʻling oldiga suyunchi olgani kelgan eding-a, Toʻlgʻonoy!
— Suyunchi olmay boʻladimi! Surunkasiga ikki oy davomida dom-daraksiz ketgan Qosimimdan sogʻ-salomatman deb xabar kel-sa-yu, men quvonmay kim quvonsin! Moskva ostonalarida boʻlgan keskin janglarga ikki bor kiryb, ikkalasidan ham sogʻ-salomat chiqdim, nemislarning shashti qaytib toʻxtab qoldi, bizning polkimiz hozir dam olyapti debdi. Oʻshanda kelinim Alimanning quvonganini aytmaysanmi! Qosimning jangga kirib koʻp qatori nemis bilan jang qilgani aniq ekan. Mening bolalarimdek yigitlar elni koʻriqlamasa, kim qoʻriqlaydi. Ishqilib boshi omon boʻlib, dushmanni yengib, zafar quchib qaytsa boʻlgani. Boshqa hamma qiyinchiliklarga bardosh beramiz, mayli, it azobini tortsak ham ertaroq yengsak boʻlgani! Xudoyim, ertaroq yengsak edi, deb iltijo qilardim. Bu faqat meninggina xohishim emas, balki koʻpning tilagi, ulugʻ tilak boʻlgani uchun ham hammasiga koʻnar ekansan. Uyda yolgʻiz qolgan kenjam, Jaynogʻim, oʻn sakkizga yetar-etmas askarga ketganda: «Mayli, boshga tushganni koʻz koʻrar!»—deb oʻzimni-oʻzim yupatdim.

Qishning oxirlariga borib Jaynoqning oʻz tengqurlari qatori voenkomatga chaqira boshlaganda, ularni shunchaki bir askar sifatida mashq qildirib yurgan boʻlsa kerak, deb oʻylardim. Uni askarga oladi degan xayol ham koʻnglimdan oʻtmagan edi. Ikki marta rayonga borib, oʻn kun chamasi oʻynab keldi, keyingi borishda esa oradan bir kun oʻtib, ertasigayoq Jaynoq uyga qaytib keldi. «Nima, senga javob berishdimi, tezda qaytib kelib qolding?» deb soʻrasam: «Yoʻq, ena, ertaga yana rayonga qaytib ketaman. Voenkomat bir kun uyda boʻlishga ruxsat berdi»,— dedi. Men boʻlsam oʻshanda ham payqamabman. Jaynoq oʻsha kuni uzoq safarga otlanayotganday, juda koʻp ishlarni bitirib qoʻydi. Ishdan birrov qaytib kelsam, qoʻraning ichini supurib, olam-jahon oʻtinni yorib qoʻyibdi. Molxonani tozalab, tomning ustidagi pichanni qayta yoyib quritib, otasi ot boglab yuradigan oxurning buzilgan joylarini chaplayotgan ekan. «Voy, uni nima qilasan, bolam, yozda shu-valar», — desam, «Vaqt borida bitirib qoʻygan yaxshi, ena. Keyin qoʻl tegmaydi»,— dedi. Soʻng bilsam, u bekorga unnab yurmagan ekan. Jaynogʻim oʻz ixtiyori bilan, komsomol chaqirigʻiga javoban, urushga joʻnab ketayotgan ekan. Buni biz Jaynoq joʻnab ketgandan keyingina bilib (qoldik — stantsiyadan aravakash ovuldoshi orqali xat berib yuboribdi. Voy bechora bolam tushmagurey, toʻgʻrisini aytib xayr-xoʻshlashib ketsang. yigʻlab-siqtasam ham bir amallab tushunar edim-ku. Aliman ikkalamizga yoʻllagan xatida «xayrlashmay ketganim uchun meni kechiringlar, sizlarni bir yoʻla bilishsin dedim, askarga oʻz ixtiyorim bilan ketshshga lozim topdim», deb yozibdi. Mening bu ahdimga rozi boʻlmas deb oʻyladimi umringdan baraka topkur yo aytishga ogʻzi bormadimi, qaydam. Bilishimcha, Jaynoq urushga ishqibozlik bilan ketgani yoʻq, balki unga nafrat bilan qaragani sababli, urushning elga keltirgan ziyon-zahmatini qalbdan his qilgani, jonidan oʻtgani uchun qoʻliga qurol olib jangga kirdi. Otasi, ikki akasi elu xalq deb jang maydonida qon kechib yurganda, uning joni ularnikidan azizmidi, u ham or-nomusli yigit-ku. Ha, Jaynoq xuddi shuning uchun, urushni yomon koʻrgani uchun ketganiga koʻzim yetgan edi. Yolgʻiz Jaynoq frontga borgani bilan dushmanni qiyratib yubormaydi, albatta, biroq bunday deyish ham toʻgʻri emas: Jaynoqqa oʻxshaganlar oʻnlab qoʻshiladi, yuzlab, minglab qoʻshiladi, shunday qilib, kuch toʻplanadi, shunday qilib, koʻl paydo boʻladi, shunday qilib, togʻ hosil boʻladi! Jaynogʻim, kenjatoyim, quvonchigʻim, hazil-kashim, kuychim, suqsur bolam! Sen nima uchun aytmay ketganingni bilmadi deysanmi? Meni sen bolalik qilib, urushning nima ekanini, oʻlimning nima ekanini tushunmay ketaverdi, deb oʻyladi deysanmi? Quvnoq tabiatingni koʻrgan har qanday odam ham sening insonga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatingni tushunavermas edi. Ana shu insonparvarliging tufayli urush mashaqqatlarini chekayotgan ayollarning mushkul ahvoliga tek qarab turolmasding. Bu dunyoda odamdan yaxshilik qoladi. Oqibat, urush kechib, al-laqachon nom-nishonsiz qurbon boʻlding. Qirq toʻrtinchi yilning qaysi bir qorongʻu tunida partizanlarga yordamlashish uchun samolyotdan parashyutda sakrabsan-u, «parashyut desantidaman, nemislarning ichkarigi qismiga yorib kirib, uch bor jang qilib keldik», deb xabar qilganing boʻyi dom-daraksiz ketding. Dushman bilan kurashib, biron yerda oʻqqa uchdingmi, yo toʻqayzorlar orasida adashib qolib ketdingmi, yoki dushmanga asir tushdingmi, bilolmadim. Haytovur omon boʻlganingda hozirgacha biron xabar kelardi-ku, bolam. Sen juda erta xazon boʻlding, Jaynogʻim, kenjatoyim, yosh ketganingdan el diydoringga ham toʻymagan edi. Hozir men seni eslaganimda bizni xafa boʻlmasin, deb aytmay ketganing doim koʻz oʻngimga keladi...

E, endi nimasini aytayin, urush kasofat qancha-qancha odamlarning yostigʻini quritdi, tilab olgan Jaynogʻim omon boʻlganda qan-day odam boʻlar edi! Boʻyi bastingdan, qiliqlaringdan aylanayin, bolam, qaydasan, qaydasan? Un gulingdan bir guling ochilmasdan, qaerlarga borib tigʻga uchding? Ey falak, oh, jon ato qilgan yer, bolamni bir zumgina, koʻz ochib-yumguncha tiriltirib, diydorini birgina koʻrsatib qoʻysang!..
— Toʻlgʻonoy, sabr qil, oʻzingni bos. Unday qilma, oʻzingga rahm qil... Yuragingning har bir tepishini gʻanimat bil. Burchingni unutdingmi?
— Yoʻq, sirdosh dalam, unutganim yoʻq. Unutmaganligim uchun huzuringga kelib turibman-da. Shu insoniy burch boʻlmasa, hanuzgacha tirik yurgan boʻlarmidim, jonim qiltillab, yuragim allaqachon gʻalvir boʻlgan-ku. Esingdami, ona yer, oʻsha mudhish kunlar?

Boychechak ochilgan koʻklam kunlari dalaga endigina qoʻsh chiqargan kezlar edi. Kun tegmagan kamarlarda qurt-qumursqalar hali karaxt uxlab yotgan boʻlsa ham, mayin shabada esib, yer selgib, kun sayin maysalar nish urib, yoz tashvishi boshlangan edi. Oh, yozni qoʻmsab, donning sepilishini orziqib kutayotgan dehqon dalam!

...Ovulga kiraverishda, koʻcha boʻylab kelayotganimizda, uyimiz yonida gʻala-gʻovur boʻlib turgan olomonni koʻrganda ham yuragim shuv etmabdi. Qariyalardan biri menga yalt etib qaradi-yu, choʻchiganday: «Otdan tush, Toʻlgʻonoy»,— dedi. Men hayratlanib qarab turgan boʻlsam kerak, u kishi otidan tusha solib, meni qoʻltigʻimdan oldi: «Tush, Toʻlgʻonoy, tushishing kerak!»—deb takrorladi. Tilim kalimaga kelmay, butun vujudim junjikib, otdan tushdim. Bir vaqt qarasam, narigi yoqdan Alimanni ergashtirib, uch-toʻrt ayol qelayotgan ekan, Aliman oʻsha kuni ariq tozalashda ishlayotgan edi. Uning koʻtarib kelayotgan ketmonini bir ayol yelkasidan shartta oldi. Shundagina hammasini tushundim: «Bu nima qilganlaring, voy shoʻrim!»—deb koʻchani boshimga koʻtardim. Shu mahal Oysha qoʻshnimning uyidan ayollar chiqa solib qoʻllarimni mahkam ushlashdi: «Bardam boʻl, Toʻlgʻonoy, Suvonqul bilan Qosimdan judo boʻldik!»—deganda, Alimanning «Ena, enajonimey!»—deb chinqirganida toʻplanib turgan odamlarning hammasi: «Jigarimey! Jigarimey!»—deb oʻkirib yigʻlayverishdi. Oh, la’nati urush, maqsading shumidi? O, qora kun, koʻrgilik shumidi? Mengina emas, koʻcha-koʻy, uylar, dov-daraxtlar chayqalib-depsinib, yer-koʻkni buzgan chinqiriq-oʻkirikdan qulogʻim tinib, garang odamday, hech narsani eshitmay, allaqanday bir mudhish sukunat ichida, goʻyo tushdagidek, kishilarning yuzini bulut qoplab olgan singari, yo oʻlik, yo tirik ekanligimni sezmay, orqamga qayrilgan qoʻllarimni boʻshatib olishga harakat qilardim. Yonimda kim borligi, eshik yonida dod-voy solayotgan odamlar kimlar ekani bilan ishim yoʻq, mening birgina aniq koʻrib turganim — Aliman. Betini, koʻylagini yulib, sochlari toʻzgʻigan kelinim ham zor qaqshab, chinqirib, ikki yoqdan osilganlarga boʻyin bermay, u ham men tomon talpinardi.

Ajoyib azamatlar, togʻ nurasa boʻlmasmidi, koʻl qurisa boʻlmasmidi! Suvonqul bilan Qosimim, ota-bola ikkovi ham qanday dehqon edi! Dunyoning tayanchi shunga oʻxshash zahmatkashlar emaem.i: elni toʻygʻizganlar ham oʻshalar, yov kelganda qoʻlga qurol olib, mam-lakatni qoʻriqlab, qon toʻkkanlar ham oʻshalar. Agar urush boʻlmaganda, Suvonqul bilan Qosimim qanchadan-qancha odamlarga rizq-roʻz berib, mushkulini oson qilib, qancha ekin ekib, qancha xirmon koʻta^rib, qancha ishni bajargan boʻlardi. Uzlari ham el mehnatidan bahramand boʻlib, dunyoning rohatini koʻrar edilar. Uylab qara-sang, qiziq, aylanayin ona-er, urush boshlanar ekan-u, u urushda odamzodning eng asil, qoʻli gul azamatlari oʻz ishini tashlab, bi-rining qonini biri toʻkib, birini biri oʻldirishga safarbar boʻlishar ekan. Men bunga koʻnikmayman va umrbod koʻnikolmayman. Tabiat tomonidan yaratilgan eng oliy mavjudod — Odamzod, dun-yoni oʻziga boʻysundirgan kim — odamzodmi, shunday ekan, kishilar bir-biriga bunchalik ziyon keltirmay, tinch-totuv yashasa boʻlmaydimi?! Sirdosh dalam, javob ber, ayt javobingni!
— Qiyin savol berding-ku, Toʻlgʻonoy. Men bilganimdan beri, odam odam boʻlib yaratilgandan beri urushgani-urushgan. Ba’zan urushda mutlaqo qirilib, nom-nishonsiz ketgan ellar ham boʻlgan, kuli koʻkka sovurilib, tirik jon qolmay vayron qilingan shaharlar ham boʻlgan. Necha asrlar odamzod iziga zor boʻlib, boʻm-boʻsh yotgan vaqtlarim ham boʻlgan. Har gal urush chiqqanda gap uqqan-larga, urushmasalaring-chi, qon toʻkkuncha aql ishlatsalaring boʻlmaydimi, deyman. Hozir ham aytadigan soʻzim shu: «E odamlar, dunyoning toʻrt burchagida yashayotgan odamlar, sizlarga nima kerak — yermi? Mana men yerman, men barcha odam bolasiga yetaman, menga talashishlaringning keragi yoʻq, menga inoqlik kerak! Mehnat kerak! Shudgorga bitta don tashlasalaring, yuz dona qilib beraman, xivchin sanchsalaring, chinor qilib beraman, bogʻ qilsalaring, meva tugib beraman, mol yoysalaring, pichan boʻlib beraman, uy qursalaring, devor boʻlib beraman, urugʻ-aymoqlaring koʻpaysa, hammalaringga joy boʻlib beraman! Men tugamayman, men toraymayman, men konman, men hammalaringga baravar yetaman! Sen, Toʻlgʻonoy, odam bolasi tinch yashay oladimi, yoʻqmi, deysan. Uzing oʻylab koʻr-chi, bu menga emas, sizlarga bogʻliq, odam bolasining oʻziga, sizlarning inoqliklaringga, xohishlaringga, aql-idroklaringga bogʻliq... Meni urush zahmatini tortmaydi, deysanmi. Maydonda qurbon boʻlgan mehnatkashlarimning, sening Suvonqulingga, Qosimingga, Jaynogʻingga oʻxshagan dehqonlarimning mehnatini sogʻinaman, qoʻmsayman. Shudgor obi-tobida qilinmay, ekin vaqtida sugʻorilmay, xirmon vaqtida koʻtarilmay turganda, men ularni: «Qelinglar, kuchini bilagiga toʻplagan dehqonlarim, kelinglar, bolalarim, tezroq turib kelinglar, quvrab ketyapman!»—deb chaqiraman. Afsus, ketmonni koʻtarib, Suvonqul kelsa qani, afsus, kombaynini haydab, Qosim bugʻdoy oʻrimiga kirsa qani, afsus, xirmonga qizil alvon tortib, Jaynoq aravasini quvib kelsa qani!..
— Oʻlganlarning ketidan oʻlib ketmas ekansan. Brigadir ekanman, belimni mahkam bogʻlab, yana otlanib chiqdim, gʻamxoʻr dalam.
— Toʻlgʻonoy, sen kelganda ikkalamiz koʻpni koʻrgan onalar singari bagʻrimiz tutaqib, jimgina koʻrishdik, toʻgʻrimi?
— Ha, shunday qilmaoak boʻlarmidi. Men yigʻi-sigʻi qilaversam, kelinim hayotdan battarroq bezmaydimi? Bilib turding-u, kuyoviga shunchalik kuygan juvonni umrimda koʻrgan emasman. Men ham erimdan, ham oʻgʻlimdan judo boʻlib, koʻrgiligim undan oz emas edi, shunday boʻlsa ham mening yoʻrigʻim boshqa. Aliman bilan Qosim boʻlsa endigina qoʻshilib, yoshlikning eng shirin paytida, sevgining eng qaynoq kezida, bolta bilan qiya chopilgan kabi ikkisi ikki tomonga qulab yiqildi. Oʻlgan-ku oʻldi ketdi, ammo Alimanning tirik yurishini demasa, tushungan kishiga, u ham oʻlgan bilan barobar edi. Albatta, hali Aliman yosh, keyinchalik bora-bora balki oʻz tengini topar. Alimanga oʻxshash beva qolgan koʻpgina kelinlar urushdan keyin turmushga chiqib ketishdi. Koʻpchiligi baxti ochilib, hozirgi kunda bola-chaqali ona boʻlib qolishgan. Oʻshalar toʻgʻri qildi. Biroq hamma birday emas ekan-da, ba’zi birovlar burungisini tez unutib, jon jarohati bitgach, tezda yangi yoʻlga tushib olishadi. Shoʻrlik Alimanning taqdiri unday boʻlmadi. U boshiga tushgan baxtsizlikka koʻnika olmay, birinchi baxtini hech unuta olmadi. Bunda mening ham katta aybim bor. Ha, shunga qolganda boʻshlik qildim. Boʻshlik deb ham boʻlmaydi, kelinimni ayab yurib, uning ichki siriga aralasha olmay qoʻyganimni nima desam ekan, boʻshlikmi, yo undan ham yomon gunohmi.

Qirq uchinchi yil, qishning oʻrtalari edimi yoki koʻklamning boshlari edimi, haytovur, sovuq boʻlib turgan edi. Tunning qaysi mahali edi, esimda yoʻq, el tekis uxlab yotganda allakim derazani sindirguday boʻlib: «Toʻlgʻonoy! Brigadir! Tur tezroq! Uygʻon!»—deb qichqirdi. Hushimiz ketib, Aliman ikkimiz sakrab turdik. «Ena! Ena!»— dedi Aliman qandaydir bir quvonchli hodisani sezganday tovush bilan. Evoh, boumid inson, doim xayoldan ketmas narsa, shu mahalda, mening qalbimda ham: askarga ketganlardan biri kelib qolmadimikin degan vahimali va shirin bir his uygʻongan edi. «Sen kimsan? Sen kimsan?» deya derazaga yugurdim. «Eshikka chiq, Toʻlgʻonoy! Boʻl ertaroq! Saroydan ot oʻgʻirlandi!»—dedi kelgan kishi. Aliman chiroqni yoqquncha etigimni kiya solib koʻchaga chopib chiqdim. Ot saroyiga raislar ham yetib kelgan ekan. Saman yoʻrgʻa bilan birga (uni biz kolxozga topshirib yuborgan edik) aravaga qoʻshadigan uch ot yoʻq. Brigadamizning koʻklamgi yer haydashiga moʻljallangan ajoyib otlar edi. Ot-boqar otlarga tungi yemish solayin, deb pichanxonaga ketganda oʻgʻir-lab ketishibdi. Kelsa saroy qorongʻi, chiroq oʻchgan, shamol oʻchirgan boʻlsa kerak, deb shoshmay yoqib qarasa, uch otning oʻrni boʻsh. U paytlarda uchta ishchi otni yoʻqotish kolxoz uchun hozirgi paytda oʻnta traktorni yoʻqotganday gap edi. Qolaversa, bu hodysa frontdagi soldatlarning har biridan bir burdadan nonini tortib olgan bilan baravar emasmidi...

Ovuldan toʻp-toʻp boʻlishib chiqib, turli tomonga qarab qidirishib ketdik. Bir vaqt adashib ketibman. Kolxozning zotdor aygʻir otini minib olgan edim, jonivor, qamchi tekkizmay olib uchib, katta yoʻldan oʻtib, togʻ tarafga yoʻl olganimni bilaman, orqamdan ham odamlar kelayotgan edi, boshqa tomonga urib ketishganmi, ulardan uzoqlashib ketganimni anchadan keyin bilib qoldim...

Otlarni kim va qanday qilib oʻgʻirladi ekan? Shunday paytda elning uvolidan hazar qilmagan odamlar kimlar ekan? Oʻgʻrilar jarlikdagi toʻqayzorda bekinib yotishgan boʻlmasin, deb soyga tu-shib qaradim, hech narsa koʻrinmasdi, faqat bir tulki lip etib toʻqayzor ichidan chiqa qochdi-da, oy nurida koʻkimtir tovlanib, jarlik boʻylab kumush dumini sudrab gʻizillab keta boshladi.

Ovulga qaytdim. Jarlik boʻylab kelar ekanman, Jekshenqul degan kimsa askardan qochib kelgan emish, yonida ikkita oʻrtogʻi ham bor, Sariq-yoyiqdagi qozoqlardan emish, degan mish-mish gaplar yodimga tushdi. Ammo, men bu mish-mishlarga uncha ishonmagan edim. Odamlar urushda oʻt kechib, jang qilib yurgan boʻlsa-yu, qanday qilib bular bunda shum boshini olib qochib, bekinib yursin? Bu qan-day pastkashlik: «Sen oʻlsang oʻlaver, men qolsam boʻlgani, deganimi? Shu ham insongarchilikmi?—deb oʻylab kelardim. - Ovulda har kimning siri, odati aniq ma’lum. Unda bu qadar pastkashlik-ka boradigan hech kim yoʻq edi. Bir yoʻla uch yilqini osh qilib yuborish hazil gapmi! Ugʻri chetdan kelgan. Boyagiday chetlab, oʻzini olib qochib, togʻ-toshni oralab yurganlargina bu ishni uddalay olishi mumkin, degan qarorga keldim. Jekshenqullarning askardan qochib yurgani chin boʻlsa, hoynahoy oʻshalarning ishidir bu, degan gumonga bordim... Bu ish koʻklamda sodir boʻlgan edi.

Toʻgʻrisini aytsam, kolxozning kundalik tashvishlari bilan ovbra boʻlib, bu voqea yoddan ham koʻtarilgan ekan. Uch ot bir plugning kuchi, lekin iloj qancha, gʻunon-sunonlarni eplab qoʻlga oʻrgatib, brigadaning pluglarini bir amallab ishga soldik. Shundan keyin qoʻsh ishlari ham shu darajada qizib ketdiki, oʻgʻri u yoqda tursin, xudoni ham unutib yuboradigan kunlar keldi. Hayotimdagi eng mashaqqatli koʻklam oʻshanda boʻlgan edi. El nima qilsin, el ishlasak deydi, lekiya ochlikdan sillasi qurib ketmon koʻtara olmaydiganlar ham boʻldi. Ilgarigiday kuch-quvvat yoʻq, bir kunlik ish haftaga choʻzilib ketardi. Buning ustiga kolxozda urugʻlik ham yetishmasdi. Xampaning bor-yoʻgʻini sidirib, har bir donni bittalab terib olib, brigada planini bazoʻr bajardik.

Oʻsha kunlarda xalqning ahvolini koʻrib juda kayfim uchdi. Mehnat kuniga hech narsa olmasa, yeyishga noni boʻlmasa, nima, elni qirib yuboramizmi? Kelgusi koʻklamda bundan besh battar ocharchilikka duchor boʻlamiz-ku. Yoʻq, bu holda yashash mumkin emas, qaiday qilib boʻlsa ham bir yoʻlini topish kerak, degan qarorga keldim. Togʻ etagida bekor yotgan qoʻriq yerlar bor edi, oʻshani haydatib, urugʻ septirmoqchi boʻldim. Raisga maslahat soldim, raykomgacha bordim, tushuntirdim: buni biz plandan tashqari, oʻz kuchimiz bilan, elning mehnat haqiga moʻljallab ekamiz, dedim.

Xullas, oxiri rozi boʻlishdi. Biroq gap boshqa yoqda — sepishga urugʻ yoʻq edi. Kolxozning xampasida don degandan irimiga qolmagan-ku, uni qaerdan olaman. Boshim qotib, oxiri elni yigʻib maslahat soldim, hamma gapni, bor maqsadimni aytdim: «Qani, xaloyiq, kengashib kesgan barmoq ogʻrimas deganlar. Nima qilamiz? Kelgusi koʻklamda ham shunday gezarib oʻtiramizmi yo bir harakatimizni qilamizmi? Mana bu ekilganlardan umid qilmaylik, yashirishning nima keragi bor, uning bari, urugʻligidan boshqasi, frontniki, urushda yurgan askarning rizqi. Agar urugʻlik topsak, plandan tashqari yer haydab ekin ekish niyatimiz bor. Uning hosilini mehnat haqiga, qari-qartang, yetim-esirlarga boʻlib beramiz. Menga ishonsalaring, hamma javobgarlikni oʻz boʻynimga olaman. Gapning poʻstkallasi shuki, yeb oʻtirgan, tishlaringda saqlab yurgan don-dunlaringni beringlar. Yerga sepaylik. Mayli hozir yemasak-emaylik, sabr qilaylik, sut-qatiq ichib boʻlsa-da, bir amallab pishiqchilikkacha yetib olarmiz. Oʻzlaring uchun, bola-chaqalaring uchun mardlik koʻrsatinglar, aylanaylar, yoʻq demanglar, chaynab turganlaring boʻlsa ham beringlar, vaqt oʻtmasdan urugʻni sepib olaylik». Odamlar yigʻilishda xoʻp deyishgani bilan ishga oʻtganda qiyin boʻldi. Ayniqsa koʻp bolali onalar xuddi oʻlmay turib qoʻlidan hech narsa bermaydiganday gʻijinib, urushni ham, turmushni ham, kolxozni ham qargʻab-siqtab, yashirib yurgan bugʻdoyi bormi, arpasi bormi, bor bisotini ayamay topshirishdi. Arava bilan koʻchama-koʻcha yurib, birovga yaxshi, birovga yomon gapirib, hatto ba’zan aytishib ham qolib, oldi yarim pud bugʻdoy, keti bir piyoladan suli bersa ham qaytarmay yigʻib yurdim. Mayli, bir siqim don ham foyda, kuzda oʻsha bir siqim dondan bir pud hosil olsak, hozirgining oʻrnini qoplaydi-ku degan oʻydaman. Aks holda, bunchalik qilmagan boʻlardim, albatta. Shunday boʻlsa ham, oʻshanda nima uchun bunchalik qattiqqoʻllik qilgan ekanman-a? Hammani bir koʻzda koʻrib, hech kimni ham ayaganim yoʻq. Ba’zi birlarini qoʻlidan tortib olgan-day boʻldim. Bechora qoʻshnim Ayshaning oʻshandagi holatini sira unutmayman. Kuyovidan erta ayrilib (Jamonboy urushdan burun qazo qilgan edi), gʻam chekib yurib, Aysha kasalmand boʻlib qolgak edi. Sal tuzalganda kolxozda mehnat qilib, tptpggpgiyap ishlab, yolgʻiz oʻgʻli Bektoshni eplab jatta qildi. «El qatori beradiganingni bergin, Aysha»,— degan edim,—«Bori-budimiz shu»,— deb toʻr-vachani koʻrsatdi.—«Shuni boʻlsa ham bergin. Urugʻlikka yer tayyor, sepmoqchimiz»,— desam, Aysha yalinib-yolvordi: «Uzing koʻrib turibsan-ku, men bunday nimjon boʻlsam, oxiratli qoʻshnimsan-ku...» Koʻngilchanligim tutib boʻshashib ketdim, biroq shu zahotiyoq koʻngilchanlikni yigʻishtirib qoʻydim.— Men hozir qoʻshning emasman!— deb qattiq gapirdim: «Men brigadirman, koʻpchilik nomidan shu doningni olib ketaman!»—dedim-da, oʻrnimdan turib, toʻrvachani qoʻlimga oldim. Aysha indamay, teskari qaradi... Olti-etti kilo bugʻdoy ekan. Toʻrvasi bilan olib ketaverayin dedim-u, yana koʻnglim boʻlmay, yarmini katta tovoqqa toʻkdim: «Menga qara, Aysha, faqat yarmini oldim, xafa boʻlmagin!»—dedim. Aysha men tomon qaraganda koʻzidan oqayotgan yosh tomchilari betiga sizilib tushayotgan ekan. Ushanda tashlab ketaversam boʻlmaydimi. Bunday boʻlishini kim bilibdi, toʻrvachani ushlagan boʻyimcha uydan chopib chiqdim. Odamni bunday qiynagandan koʻra, e, qurib ketsin! Nega, nega shunday qildim ekan. Hozir eslasam, oʻsha qilmishlarimni sira kechirolmayman.
— Yoʻq, Toʻlgʻonoy, sening bunda hech qanday gunohing yoʻq. Sen elga yaxshilik qilayin degan eding, oʻrinli ish boʻlgan edi. — Ha, aylanayin dehqon dalam, sen bariga guvohsan: niyatim xolis edi. Agar oʻshanda ovuldagilar yopirilib, urib oʻldirishsa ham rozi edim. Bilasan-ku, ikkita katta qop urugʻlik don toʻplandi. Uni biz gʻalvirda elab, tozalab, dala boshiga oʻzim chiqarib qoʻydim. Usha kuni sabr qilsam ham boʻlar ekan. Haydaladigan bir oz yer qolgan edi. Men ertasi barvaqt turib, urugʻni yerga oʻzim sochsam, deb oʻylagan edim. Urugʻ tayyor, yer tayyor, deyarli hamma ish koʻngildagidek borayotgan edi. Kechga tomon uyga kelib nimagadir uymalanib yurib, tinib-tinchimadim. Kunduzi Bektosh bilan yana bir bolaga boronalarni aravaga solib, dalaga olib borib tashlanglar, deb tayinlagan edim. «Bola, bolaning ishi chala» deganlariday, ular aytganimni koʻngildagiday bajardimi, yoʻqmi, deb ishonolmay Alimanga aytdim: «Men qoʻshchilar tomonga borib kelayin, tezda kelaman»,— deb otlanib joʻnab ketdim. Ovuldan oʻtaverib, otni yoʻrttirib haydadim. Qosh qorayib, ham-ma yoqni zulmat qoplab olayotgan edi, qoʻshning boshiga yetmay shudgorda omochga qoʻshilgan hoʻkizlar oʻz holicha yuribdi, yonida hech kim yoʻq. Nega shu mahalgacha hoʻkizlarni qoʻshdan chiqarmadi ekan deb qoʻshchi boladan achchiqlandim. U juvonmarg qaerlarda yurib-di ekan, deganimcha boʻlmay, yoʻl boʻyida mollari bilan agʻdarilib yotgan aravani koʻrib yuragim qinidan chiqib ketdi. Aravaning yonida hech kim yoʻq. «Hoy bolalar! Qayoqda yuribsizlar, qaerdasizlar? Kim bor bunda?»—deb qichqirdim. Qimirlagan jon yoʻq, hech kim javob bermadi. Bu nimasi, bular sogʻga oʻxshamaydi-ku, deb olachivda chopib bordim. Otdln sakrab tushib, gugurt chaqib kirib kelsam, Bektosh, oʻrtogʻi, qoʻshchi bola uchalasi qoʻllari bogʻlangan holda yerda yotishib, kiyimlari titilib, bosh-koʻzlari qonga belanib, ogʻizlariga latta tiqilgan. Bektoshning ogʻzidan lattasini yulib olib:—«Urugʻ qani?»—dedim. «Olib ketishdi! Urib olib ketishdi!»—deb oʻgʻrilar ketgan tomonni boshi bilan irgʻab koʻrsata boshladi. Usha yerda qanday boʻlganini bilmayman, otga irgʻib minib quvishga tushdim. Umrim bino boʻlib bunaqa ot choptirmagan boʻlsam kerak. Koʻp oʻtmay, oldinda oʻgʻrilarning qorasi koʻrinib, otlarning taqalari toshga urilib eshitila boshladi. Ular uchta ekan. Otga qoplarni oʻngarib, toqqa betlab urib ketishyapti.—«Toʻxta! Urugʻlikni tashlanglar! Tashlanglar urugʻlikni! Tashla, deyman!»—deb qamchi bosib kela boshladim. Oramiz tobora qisqaraverdi. Ular qoplarni ortib olgani uchun qattiq chopib ketisha olmadi, lekin urugʻni ham tashlashmadi. Qaysi biridir oʻrtada yoʻrgʻa minib borayotibdi. Ilgarigi sinchkovligim emasmi, orqasidan tanidim, yurishidan, orqa ola tuyogʻidan tanidim — bizning saman yoʻrgʻa ekan. Qishda otlarni oʻgʻirlab ketganlar ham shular emasmikin? «Toʻxta! Men tanidim senlarni, men,tanidim seni, Jekshenqul! Sen Jekshenqulsan! Endi qoʻlimdan qutulmaysan, toʻxta!»—deb hayqirib kelayotsam, chindan ham u Jekshenqul ekan, yoʻrgʻaning boshini bura solib, qorongʻida otdan lip etib tushdi. Miltiqning ogʻzidan yaraqlab chiqqan oʻt koʻzlarimni qamashtirib yubordi, gumburlab ketgan tovushdan otim munkib ketib, ustidan doʻppiday uchib tushdim. Yiqilayotib, bu otilgan miltiq ekanligini, oʻq yelkamga tekkanini sezdim. Undan boshqasi menga qorongʻu edi.

Bir vaqt hushimga kelib koʻzimni ochsam, tevarak-atrofim jim-jitlik, chalqancha tushib yotgan ekanman, butun vujudim oʻzimniki emasday zirqirab ogʻrirdi, qimirlashga darmonim yoʻq. Yonginamda oʻq yegan ot goh pishqirib, goh tepinib, oyoq silkib, jon talvasasida yotibdi. U shu ahvolda bir oz pishqirib, qiynalib yotdi-da, keyin qimirlamay choʻzilib qoldi. U bilan birga butun hayot toʻxtab qolganday tuyuldi. Sukunatli tun qoʻynida yolgʻiz bir oʻzim...

Men anchagacha shu ahvolda yotdim. Bir vaqt kimdir birovning oyoq tovushi eshitildi. «Toʻlgʻon opa! Toʻlgʻon opa-a-a-a!»—degan bolaning yigʻlamsiragan tovushini tanidim.— Bektosh. Izlab yurgan boʻlsa kerak. Boshimni arang koʻtarib: «Bektosh, beri kel»,— deb chaqirdim. Asil odam-da, otasining bolasi, yonimga yetib kelib: «Toʻlgʻon opa, sogʻ-salomatmisiz, Toʻlgʻon opa?»— deb boshimda yigʻlay boshladi. «Sogʻ-salomatman, belim sal turgʻazmay turibdi, tuzalib qolsa kerak»,— desam, «Bu hech nima emas, sogʻayib ketasiz, Toʻlgʻon opa»,— deb juda suqshdi, narigi yoqda izlab yurgan oʻrtoqlariga: «Bolalar, beri kelinglar. Toʻlgʻon opam bu yerda ekanlar, omon-eson ekanlar!»—deb qichqirdi. «Endi opangga nima deb javob beramiz?»,— desam, Bektosh bir oz indamay turib: «Javobini men oʻzim beraman, Toʻlgʻon opa. Elning bariga javobini oʻzimiz beramiz, Toʻlgʻon opa. Hech nima emas»,— dedi-yu, bola-da, oʻshanda oʻn toʻrt-oʻn besh yoshlik chogʻlari, izza boʻlganiga chiday olmay yigʻlab yubordi. U mushtlarini qisib, joyidan irgʻib turdi va togʻ tomonga qarab qoʻl siltab gapirdi: «Biz baribir oʻlmaymiz. Koʻrasanlar-ku, men ham ulgʻayib yetilarman, bu qilmishlaringni hech qachon unutmayman!»—dedi. Uning shu mardona soʻzi uchun koʻnglim yumshab yigʻladim. Shunday qilsam: «Yigʻlamang, Toʻlgʻon opa, men ham sizning bolangizman, men ham ulgʻayaman, Qosim akamning oʻrnini bildirmayman»,— deb qoʻltigʻimdan suyab, oʻrnimdan turgʻizdi.

Bolalar meni aravaga solib, uyga keltirib qoʻyishdi. Ikki-uch kun ogʻrib, koʻrpa-yostiq qilib yotdim. Ovuldagilarning birontasi qolmay, koʻngil soʻrab kelib-ketib turishdi. Elga rahmat, roziman, oʻshanda hech kim hech nima degani yoʻq menga. Shunday boʻlsa ham, niyatim amalga oshmay qolganidan qattiq koyindim. Haydab qoʻyilgan shudgorning tobi qochib ketib, urugʻ sepilmay, oʻgʻrilarga yem boʻlib ketganini eslaganim sari yuragim achishib yurdi.

— Gaping toʻgʻri, Toʻlgʻonoy. Sengina emas, men ham sezdim buni. Oʻsha — ekilmay qolgan shudgor mening tanimda bitmay qolgan yaraday boʻlib, oʻrni koʻp vaqtgacha bilinib yurdi. Shudgorga urugʻ sepilmasa, mening eng katta jarohatim shu, Toʻlgʻonoy. Urushning aybi bilan qancha urugʻ sepilmay, qancha odamlarning umri xazon boʻldi. Mening eng yomon koʻrganim urush boshlaganlar, ular urug ham sepishmaydi.
— Toʻgʻri aytasan, urush bilan dehqonchilik bir-biriga zid,
— Urushgan odam ekin ekmaydi.

Eshik oldidagi bahaybat keksa olma oʻsha yili qiygʻos gullab, yana kuchga toʻlib yasharganday, shamol tekkanda butoqlaridan op-poq gullar toʻkilib yotdi. Olma gullagan kezda havo ham zumrad boʻloqday tiniq va musaffo edi. Olisdagi yiltillagan qorli togʻ choʻqqilari ham koʻrinib turardi. Shunday oʻtirganimda koʻchadan pochtachi Temir chol kirib keldi. «Horma, Toʻlgʻonoy»,— deb anchagacha soʻzlay olmay, shoshilib oʻzicha negadir shumshayib, yengil yoʻtalib, «shamollab qolibman-ku, qurgʻur», deb soʻzlanib, menga xat bor ekanligini aytib, sumkasini axtarib, xatni berdi. Uning bu sekin imillashidan diqqat boʻlib: «Tezroq aytmaysanmi zoriqtirmay!—Kimdan ekan?»—desam, «Maysalbekdan chogʻi»,— dedi. Suyunib, yuragim hovliqqanidan, hamisha Maysalbekning xatlari uchburchak boʻlardi, bu safar bosma bilan bosilgan toʻrtburchak, sirti qalin atlas qogʻoz ekaniga ham e’tibor bermabman. Shu payt yarador oyogʻini sudrab, oqsoqlanib, qoʻltiq-tayoq bilan Bektursin kelib qoldi. U qoʻshnimiz edi, zerikkanda biznikiga kelib gurunglashib ketardi.—«Xat kelgan shekilli, ho, Maysalbekdan-ku»,— deb sabrsizlik bilan koʻrishdi.— «Qoʻling nega qaltiraydi? Beriroq oʻtirib oʻqib ber-chi»,— dedim. Shunday desam, kiygizning chetiga oʻtirayotib, «voy oyogʻim» deb ogʻriqsinib, rangi koʻkarib terlab ketdi oʻzi ham. Xatni qoʻli qaltirab arang ochdi-da, oʻqiy boshladi. Oh, shoʻrlik bolam, shoʻr-lik xat...
— «Onajon, oq sutingdan aylanayin, onajonim,— deb boshlabdi xatini.— Men sening qanday odam ekanligingni bilmasam, bu xatni yozmas edim. Sening oqilaligingga, gʻayrat-shijoatingga, kuch-qudratingga ishonib shularni yozyapman. Shunday boʻlsa ham, nima deb tushuntirishga, nima deb aytishga soʻz topolmay, oq qogʻozni qora qilib oʻtirgan chogʻim.

Oxir oqibat qilgan ishimni toʻgʻri deb toparsan, men bunga oʻzimga ishongandek ishonaman. Ha, ona, soʻzsiz meni haq dersan. Shunday boʻlsa-da, tushunsang ham, yuragingning bir chetida menga aytilmagan bir savoling qolar: «Bolam, qanday qilib oʻz umringni oʻzing xazon qilding? Odamga bir martagina nasib boʻladigan bu yorugʻ dunyo bilan oʻzing vidolashib ketaverdingmi? Men seni nimaga tugʻib, nimaga oʻstirdim? Ha, ona, sen onasan. Sening bu savolingga tarix keyin javob berar. Bu endi mening aytganlarim, urushni biz tilab olganimiz yoʻq, bu koʻpning boshiga kelgan mushkul ish, butkul inson bolasiga bolta urgan zulm boʻldi. Biz u bilan kurashmay qololmaymiz, uning uchun qon toʻkib, uning uchun jon berib, uni butunlay daf qilishga safarbarmiz. Shunday qilmasak, bizning odam degan nomimiz oʻchadi.

Mana endi maktabda oʻquvchi yoshlarga mening birinchi va eng oxirgi sabogʻim shu, ularga berib ketgan bilimim ham shu. Bunga men hayotdan olgan hamma bilimimni, borliq dilimni qoʻshdim.

Bir soatdan keyin men Vatanim topshirgan ishga borib, qaytib kelmayman, dushman toʻdasiga borib, uni qiyratib, oʻzim ham yoʻq boʻlaman. Vatan uchun, xalq uchun, gʻalaba uchun, dunyodagi barcha ezguliklar uchun...

Bu mening soʻnggi xatim, soʻnggi qalam tebratishim, soʻnggi soʻzim. Ona, ming bir ikki marta ona desam ham qadringga yeta olarmidim, tushungin: bu joʻngina oʻlib berish emas, bu osongina jondan kechish emas, bu umr surishning eng tengsiz turi. Balki quloqqa qayta-qayta uqilsa ham, bu yashash uchun boʻlgan oʻlim. Men hozir shuni oʻz ixtiyorim bilan tanladim. Mening hech qanday tap tortadigan yerim yoʻq. Vatanim bu ishni menga ishonib topshirgani uchun faholanaman.

Meni yoʻqlama, ona. Meni nishona qoldirib ketmadi, dema. Dunyoda bundan keyin urush boʻlmasa, yangi koʻz ochgan bolaning ingalagani — Oʻsha men, boʻy yetgan qizlarning javdiragan koʻzla-ri — Oʻsha men, nihollardan koʻkargan kurtak — Oʻsha men, dalada unib chiqqan ekin — Oʻsha men, muallimning bolalarga birinchi oʻrgatgan «a» harfi—oʻsha men, oʻshaning bari men, oʻshaning bari meni men deb bilib yurgin, ona!

Yigʻlama, ona, hech kim yigʻlamasin. Bunday oʻlim uchun hech kim yigʻlamasin. Alvido, mangulikka xayr, alvido!.. Alvido, choʻqqilaringdan aylanayin, Olatov!

Sening muallim oʻgʻling — leytenant Maysalbek Suvonqulov.

Front. 1943 y. 9 mart. Tungi soat 12».

Mixlangan boshimni zoʻrgʻa koʻtarib qarasam, hovlida el toʻplanib turibdi. Bari birday indamay, boshlarini quyi solib, aza tutib turishgan ekan, hech kim tovush chiqarib yigʻlagani yoʻq. Maysalbek hech kim yigʻlamasin degan-ku. Ayollar meni qoʻltigʻimdan suyab bazoʻr turgʻizishdi. Gullagan olmaga shamol tegib, butoqlaridan uchgan oppoq gullari yuz-koʻzimga urilib, yumshoqqina qoʻl tekkanday silab oʻtardi. Usha gullagan olmaning narigi yogʻi ovulning ustki tomoni, olisdagi togʻning tepasi, uchi-cheki yoʻq — miltillagan musaffo osmon. Dunyoning bunchalik keng ekanini koʻrib, olamning bunchalik tor ekanini sezganimda, hamma yoqni buzib, boʻzlab, hayqirib yigʻlagim keldi. Biroq, bunga erk bermay, lablarimni mahkam tishlab turdim. Aliman boyadan beri, qanday turganini bilmayman, men uyda turganimda ikki qoʻlini yozib, koʻr kishidek meni koʻzlab timirskilanib kelaverdi-da, birdaniga yuzlarini qoʻli bilan berkitib, teskari burilib ketdi.

Mana shunday qilib, oʻrtancha oʻgʻlim Maysalbekdan ham ajraldim. Tashlab ketgan qalpogʻi qoldi.
— Menda esa Maysalbekning tuprogʻi degan nom qoldi, Toʻlgʻonoy. Xalqqa qilgan ishi, dongʻi qoldi.

— Ha, Maysalbekning nomi oʻchgani yoʻq. Botir degan nomini ardoqlab, qishlogʻimiz «Maysalbek» nomidagi kolxoz boʻldi. Frontdagilar Maysalbekning yozib ketgan xatiga oʻzlarining xatlarini qoʻshib, selsovetga yuborishgan ekan. U xatda Maysalbekning jangchi oʻrtoqlari uning koʻrsatgan mardligi haqida yozib, barimizning koʻnglimizni koʻtarib, sizning oʻgʻlingizni, jigarbandingizni hech qachon unutmaymiz, Vatanimiz u bilan faholanadi, deyishibdi. Keyin bilsam, Maysalbegim razvedkachi ekan. Bizning askarlar hujumga oʻtish oldidan nemislarning pistirmada toʻplagan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilari bir kechada oʻt olib, atrofdagi toʻqaylar yopirilib yonib, frontdagi jangchilarimizga katta yoʻl ochilibdi. Shu ishni qilgan mening oʻgʻlim Maysalbek boʻlibdi. Men ham uning bu ishidan faholanaman. Odam bolasiga eng avvalo obroʻ kerak. Urushda koʻrsatilgan botirlikning zoʻr jasorat ekanligiga shubham yoʻq. Buning uchun bosh egib, oʻgʻlimga ta’zim qilaman. Lekin tirik yurganiga nima yetsin, bu men uchun armon boʻlib qoldi...