OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifChoʻlpon Ergash
Asar nomiOy chodir tikmoqda
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Choʻlpon Ergash
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotЎзбекистон ЛКСМ Марказий Комитети «Ёш гвардия» нашриёти, Тошкент, 1985
Hajm48KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/12/18
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oy chodir tikmoqda
Choʻlpon Ergash

Choʻlpon Ergashning mazkur kitobi keyingi yillarda yozilgan yangi she’rlari asosida tuzildi. Shoir zamondoshlarini oʻzining quvonch va tashvishlariga sherik boʻlishga, yer yuzidagi taraqqiyparvar kuchlarga yelkadosh turib, adolat va haqiqat uchun kurashishga chorlaydi.

«Hasharchilar» dostonida mustaqil hayot boʻsagʻasida xatoga yoʻl qoʻygan yosh kizning iztiroblari, yaxshi insonlarning mehribonligi tufayli uning yorqin hayotga qaytishi haqida hikoya qilinadi.


Sahro Xayoli

Koʻkragimni kerib boraman
Sap-sariq qum barxanlariga.
Kerilib boraman!
Za’faron yuz,
Za’faron oy,
Za’faron kun
Ming ishga, safo bilan
Toʻlgʻanib-toʻlgʻanib qarshilar.
Qarshi boraman!
Umidvor oʻylarim tusiga kirib,
Qor togʻlar,
Gul bogʻlar,
Soʻl-sogʻlar yam-yashil
Za’faron qumlar tushiga kirib;
Yaqin kishim boʻlib xuddi,
Oʻlib-tirilguday,
Buralib,
quchoq ochar menga mehribon.
Boraman qarshi!
Haqiqatga oʻxshab ketar ekan
deyman entikib,
Mildir-mildir,
Momiq-momiq,
Qayvoq-qayvoq
Kuzlari,
Yuzlari,
Soʻzlari uning.
Onam oʻgitlaridek,
Buncha sehrgar ekan!
Nega «uv» tortadi menga kelganda,
«Oh» tortganga oʻxshab!
Entikadi menga, bahor deb,
Eziladi shundoq poyimda atay.
Qoʻynimga, qoʻnjimga,
Dilimga, tilimga
Kirib kelar issiq-issiq.
Kirib kelar rizqi roʻzimga, —
Kirib kelar mening oʻzimga!
Koʻmilaman oftob rang unga, —
Aylanaman sap-sariq qumga.
Bronza haykalga aylanaman men,
XX — asrdan yodgor...
Shovullaydi azim daryo
Bahorga aylanar sahro,
Baxtimga oʻxshar dunyo,
Kulib, qarab turishar yaygrab,
Guldastalar qoʻyib poyimga mening
Sahro,
Daryo,
Dunyo!
* * *
Ishonchsizlik buyuk orzularning
qanotini sindirar.
Miraziz A’zam
Nimadan qoʻrqyapsan, ogʻayni?
Kimdan qoʻrqasan?
Bilasan-ku,
it boqmayman men.
Shartmi taqillatish eshikni, oshna!
Seni tanimasam — boshqa gap,
Meni tanimasang sen — boshqa.
Vaholanki,
Senligingni bilaman darrov,
yoʻtalsang ham,
yoʻtalmasang ham,
Vaholanki,
Qoʻrqyapsan eshigim qoqishdan hatto.
Hech kim sen haqingda biron soʻz aytib,
Yomon otliq qilolmas menga.
«Ehtiyot boʻl», desa mendan ham birov
Ishonmaysan sen ham hech qachon.
Bir maktabda oʻqib yana,
Bitta boʻlib turib koʻchamiz,
Nega qarab turibsan choʻchib?!
Ishonmasak bir-birimizga,
Qanday yuramiz bu koʻchada dadil!
Sening uchun ochiq eshigim katta,
Gurs-gurs bosib kirib kelaver,
Seni tanimasam — boshqa gap,
Meni tanimasang sen — boshqa.

Vatan Bering

Shu nomli turkumdan
«
...«Isroil harbiylari arablarning Quddus viloyatiga bostirib kirib, yerli aholini vahshiyona qiynoqlar ostida oʻz yurtlaridan quvib chiqarmoqdalar».
(Gazeta Xabari)
»


Uchayotgan Lablar

Abdulhamid xayol surib yotar...
yigit yoshini qoralab,
Xurmorang bir qiz
Bir juft xumor koʻzlarini choʻlpon-choʻlpon qilib,
Gul umriii butun unga bagʻishlab,
Xurmozor oralab
mastu maston boradi.
La’li Badaxshon lablari sarobday titrab,
Qorongʻu kech — abosini kuydirgan
Mana shu shamshod qomat,
mana shu mushki anbar qizni
Sevmoq uchun tugʻilgandir Abdulhamid.
«Eh... hammasi qoldi-ku orqada...
Juvonmarg otam...
yigʻlab turgan onam...
Aka-ukalarimni gapirmayman:
Bitta qornini deb,
U ham odamligi uchun,
Yer yuzida yashab yurganligi uchun hatto
Yetib olib uzr soʻrashga tayyor...
Oʻz uyim,
Atala — un oshim uchun kurashib
Yomon koʻrinishim
Bir qorindan tatalashib tushganlarimga;
Yomon koʻrishim...
Qorongʻida oʻz axlatidan hurkib,
Choʻqqaygan har soyaga yuz bor
iflos tumshugʻini urib
koʻrguvchi
layoqatsiz iskovich itday
Qadamini sanab yurishlari...
Yaqin doʻstim boʻlib,
Gapga solgan xezalak sotqinlarmi-ey...
Hammasi orqada qoldimi rostdan?!»
deya, bir nafas
Tanasiga oʻylab koʻrmas u.
Goʻyo shunday erkin, —
Baxtli tugʻilgandir.
Baxtlilar esa:
xudoni tan olmas bu zamonda,
xudoni bilmagan —
seni bilmas
meni bilmas!
Bir jilmayib qoʻydi u faqat.
Bir xoʻmrayib qoʻydi, chamasi...
Keyin — agʻdarildi osmonga.
Abdulhamid oʻzi minora uzra.
Uxlab yotar koʻzlari katta ochiq.
Shundoqqina peshonasida —
minora ustida
Nomozga chorlaydi muazzin,
Najotga chorlar.
Muazzin emas, guyo
Abdulhamid oʻzi minora uzra.
Kimgadir yolborar,
baqirar,
chaqirar:
«Koʻzlaringiz bormi, odamlar?!»
Qip-qizil choʻgʻ lablari uchadi,
hozir yorilar!
Depsinar asabiy...
Najotga chorlagan u —
Nomozga chorlagan
oʻzi rostdan Abdulhamidning!
Yuragiga choʻkkan ogʻir tosh —
Orzulari uning, dardlari
Boʻgʻziga kelar-ku hayqiriq boʻlib;
Aylanadi ilohiy chaqiriqqa u!
Nimta-nimta boʻldi bir butun, —
Talon boʻldi bu qavmi arab.
Devor olib har biri yupun,
Bir-biridan kular yov qarab.
Gumburlab ketar-ku shu asno
hayqirgan ovozidan xuddi
charaqlagan yeru osmon,
oʻt olar-ku!..
Sirtmoq boʻlib oimobi sallasi goʻb
Yulib olar minora ustidan shu vaqt!
Pirpiraging qoʻshni tomga ilinib qolib,
Bir yulqinib, koʻtarilsa yana osmonga,
xuddi shunday boʻladi.
Osilar tillari,
koʻzlari — kosasidan...
«Nimalar boʻlyapti?
Nima bu yana?»
Koʻrib turar shu holiga:
Yogʻi oʻt olgan kattakon qozon —
oyoqlari ostida zamin.
«Mayli edi boʻgʻilib oʻlsam,
Shu qozonga tushmasam...»
Biroq unday boʻlmas odatda,—
Otilar «qozon»ga
Qattiq shamol zarbidan ba’zan
Chirt uzilsa boʻgʻzidan ipi,
Shunday qular yerga pirpirak.
Qulab tushar Abdulhamid
baland soʻrisidan.
«Tamom...» deb oʻylaydi u avval,
Keyin
Yer yuzini larzonlarzon elagan
Bombalarning hayqirgan sasidan,
Charsillagan
yut-yut
olov nafasidan
Yarq etib ochilar koʻzlari:
«Tamom» emas edi,
Boshlangandi endigina roʻzi qiyomat!
* * *
Bir juft qora koʻz,
Qop-qora tun boʻylab boradi
Bir juft qora koʻz
Uylab boradi.
Keyin
Chaqmoq, guldurak, yomgʻir...
Goʻyo koʻkdan yogʻadi bir gʻam.
Axir
Ikkisi-da nam.
U, gʻamgin, asabiy boqadi
Uzoq-uzoqqa.
Toqati yosh boʻlib oqadi,
Goʻyo tuzoqda.
Bir juft qora koʻz
Qop-qora tun boʻylab boradi.
Bir juft qora koʻz
Oʻylab,
Bir juft olovni
Oʻynab boradi.

Nido

Borar zamon, borar nafas,
Borar qushlar buzmb qafas...
Borar jahon toʻlib bir sas!
— Havo bering!
— Omon bering!
Borar kunlar, tunlar, unlar,
Yoqa yirtib basir koʻllar...
Yashash da’vo qilar ular:
— Imon bering!
— Vatan bering!
Bering jilgʻa, daryo ummon
Toʻfon bering, bering suron...
Bermang shafqat siz hech qachon,
— Qasam bering!
— Qasos bering!

Qora Kuzlar

Ey, sen, isli uyimizning —
Rizqli bekasi, —
Shu qora kunlarday —
Sensiz chiroq yoqsa yorishmas
Bu mening vayrona yuragim qadar
Koʻzlaring qop-qora, sevgilim.
Sen izsiz ketgan u — e’tiqodmiding,
Berib qoʻydik uni, a, gulim!
Men uni topolmay ovora.
Shu qora kunda,
Sen unda,
Men bunda
Nimadir istaymiz —
Ona uying shunday iliq boʻlarmidi...
Sen va men bilmagan tonglarday,—
Shunday begʻubor...
Bir qara,
Togʻlarning bagʻriga qara,
Qorlar erimoqda bahordan bekach,
Biz izlagan kenglik oʻsha
Shu emasmi, deyman,
Shu emasmi...
Shu tunda
Sen unda:
— Yoʻq, yoʻq,— deysan,— u — undan-da ulugʻ!
Shu tunda
Men bunda
— Yoʻq, yoʻq,— deyman,— u — tongdan-da suluv.
Sen, ey, qora qoshligim, —
Shoʻrli boshim mening, ey,
Biz-ku topisharmiz bir kuni, —
Yutinib, yutoqib boqishar (zora) koʻzlar,
Ammo toparmizmi uni
Biz — qora koʻzlar?!

Falloh Qushigʻi

Demasman, neki boʻldim, bu — xudodan, daf’atan, boʻldim,
Gadodek roʻzi avvaldan vatanda bevatan boʻldim!
Degaylarkim, oʻzingsan bosh uyingni olsa oʻgʻrilar,
Oʻzi boʻyniga qullik zanjirin solgan Yaman boʻldim.
Varaqlardim qoʻlim boʻsh boʻlsa ul tarix kitobini,
Elimga bilganim aytay desam, tilsiz dahan boʻldim.
Tili boʻlsa, gapirgay erdi kechmish — u yalangʻoch qul,
Tanam kaltaklaridan lola-lola, bir chaman boʻldim.
Murodim hosil oʻldi, garchi koʻrdim tush, ayo doʻstlar,
Bu gʻorat el xaloskori minib chopgan saman boʻldim.
Qachon kelgay ekan botir yigit javlon urib oxir,
Vatan gʻalvirdan oʻtdi, to, goʻrimda bekafan boʻldim.
Talon boʻldim, tamom boʻldim, bilolmam, qay kuni men ham
Falakda qush kabi erkin qanotli shoʻxu shan boʻldim.
Misoli mardi maydoni shahid ketgan malak siymo,
Kimiki tigʻi boshimga kelibdir, u bilan boʻldim.
Kel, ey, sen ham, ajal, solgin yovim boshiga qirgʻinlar,
Muzaffar shamshiring ostida, mayli, senga tan boʻldim.

Chek, Ogʻayni

Chekaman,
Tutunga toʻldiraman
Qonga toʻlgan bagʻrim.
Bir vaqtlar men ham
qiyo boqmasdim...
Hamid.
Chek, ogʻayni!
Yuraging hovrini bosadi.
Keyin,
boʻgʻzingdan
Argʻamchisiz osadi.
Keyin,
Qutulasan —
Bu dunyoning ishlaridan,
Yaxshi-yomon kishilaridan...
Boshqa nima qoldi —
Yurting uchun berish kerak boʻlgan,
Ber!
Quruq qoʻymas u ham, Hamid:
Kurash bu,
Kerak boʻlar
Yoʻq deganda
biron quloch yer.
Yurak nimagadir hovliqadi betoqat,
Uni yupatguvchi «doʻst»—
tamaki faqat.
Doʻstim,
Qoʻy,
bekorga qiynalma,
Ol, tartinmasdan,
Tortib ket,
Toki
Kovagiga tortib ketmasdan ajal.

Mahmud Darvish

1

Balki yarim kecha...
Balki sahar oldi...
Balki sahar...
Balki...
Miq etmaydi soat ham.
Bosib kelar sukunat battar.
Na bir fikr keladi,
Na kelaman biror fikrga.
Quturgan itdan qoʻrqib,
Tildan qolgan yoʻlovchiday
Qotganman behush.
Qoʻllarimda ogʻir bir tosh kabi
Qotib qolgan qalam...
Nega lom demaydi yurak?
Nega tosh bardotn?
Nega toʻkilmaydi qogʻozga she’r —
Siynalarga toʻkilmasdan qotgan yosh kabi?
Nega bunday?!
Ikkixkaftim orasida
Bir hovuch suvday
Muzlab qolgan, misoli, kallam...

2

Toʻlib kelar nimadir shu on.
Shundoq toshbagʻir,
Shundoq qasoskor,
Shundoq bezabon...
Eh,
Gapir, she’r boʻlsang agar,
Ochik-oydin gapir!..
«Oh!» deydi,
Gapirmaydi.
Oxir meni qildi bandi.
Toʻlgʻonaman asir...
Nima qilay bu holda?
Qandoq?
Bandilarning ishi-ku, asli,
Kishanlarni sindirib otmoq!..

3

Sudralardi tun ham mashriqqa,
Ut oladi etagi:
Sabru qarorimga qora haykal,—
Yopiladi kecha ertagi.
Bosh koʻtarar sekin sukunat,
Misoli quyosh.
Togʻ boshida quyosh gul terar,
Yana betoqat.
Quyosh diydoriga shoshar tiriklik.
Asir qalbim satrlarga toʻlib,—
Saf-saf boʻlib,
She’r boʻlib sukunat,
Ot qoʻyadi quyoshga;
«Dupurrr...»

Girya

Shodlikni koʻksiga boshimni qoʻyib,
Silkinib-silkinib yigʻlagim kelur.
Yaxshi tushlarini yomonga yoʻyib,
Shodlikning bagʻrini tigʻlagim kelur:
Yigʻla ey osmon, sen ham boshida,
Toki koʻz yoshlarga gʻarq boʻlsin u ham.
Bir zum u lol qotsin gʻamning qoshida —
Faqat bir zumgina boʻlsin u odam,

Kelayetgan Odam

Yoʻllarida koʻzlarim tolmagan,
Ich-ichimni yemirgan kimdir u?!
Kim ekan u poyimdan qolmagan,
Sharob, deya tutgani kimga bu?
Horgʻin cholga oʻxshaydi, e, xudo,
Uxtin-oʻxtin yoʻtalar, voh ogʻir.
Uning yoʻli boʻlmas ham hech ado,
Ado qilmay qoʻymas ham u axir.
Senmiding, a, tutqazgan tobutim,
Kuning menga qoldimi, qariya?
Yurt shu kunga qoldimi to bu kun,
Elim sen-a qoldimi, hali-ya?!

Tun

Yulduzlar ham, oy ham uyquda,
Tun qoʻynida.
Faqat bir uyda
Zaifgina miltirar chiroq.
Quchogʻida doʻmboq qizaloq,
Toʻlgʻanadi bedor bir ayol,
Qiz koʻzida vahima xayol,
Qoʻymas ona holi-joniga:
— Olib boring dadam yoniga...
Boʻrilarga qoʻshilib,
Dashtda
Daydi shamol uvlaydi xasta,
Oxir soʻnib qoladi chiroq.
Shu payt birdan
Jajji qizaloq
Koʻzlarini qoplaydi qoʻrquv:
— Ana, qarang, nima ekan u?
Derazadan moʻralar birov.
Boʻrimikan, boʻjimikan yo?..
(Tashqarida shovullar yomgʻir)
— Topib bering dadamni hozir.
— Axir, dadang jangda, bolajon,
Sen unga ham tutmagin oson.
Hali zamon
Yoʻq qilib tamom
Boʻrilarni, boʻjilarni ham,
Kirib kelar dadangni oʻzi,
Obboʻ qilgin tinchgina, koʻzim...
Yuragida momaqaldiroq,
Chaqmoq boʻlib chaqnaydi koʻzi,
Bolasini yupatar, biroq
Vahimaga tushadi oʻzi.
* * *
Kun botishda ufq oʻsmarang,
Kun chiqishda ufq titraydi.
Tong koʻzini ochadi arang,
Qaylardadir kimdir mudraydi
Birov kiprik qoqmagan hali,
Birov uxlab yotar dong qotib.
Shunday ma’sum sahar mahali
Kimdir piq-piq yigʻlaydi yotib.
Tong yorishar, yorishar olam,
Koʻrinadi kun hoshiyasi.
Yotib uxlar boshqa bir odam,
Koʻz yosh qilar endi boshqasi.

Tong Yulduzi

Ulugʻ Vatan urushi qurboni
otamni xotirlab
Ana, togʻ kiftimga qoʻnar yulduzim,
Qoʻlimdan chiqargan baxt qushim kabi.
Tong oqargan sari soʻnar yulduzim,
Toʻnar kiprigida kechalar gʻami.
Otam saharlari uygʻonar ekan,
Sirdosh ekan unga shu tong yulduzi.
Tong oqargan sari choʻlpon soʻnarkan,
Yolgʻiz qolar ekan otam kunduzi...
Uylar girdobida aylanar boshim,
Aylanar boshimda dunyo teskari.
Qaygʻular yoshiga yosh qoʻshar yoshim,
Otam koʻzlarimga koʻringan sari.
Yana yulduzimga qarayman magʻrur,
Mamnun koʻzlarimda eriydi uyqu,
Goʻyoki bu dunyo koʻrmaganday nur,
Butun bir quyoshni boshlab kelar u.
Soʻnmoqda, maqsadga yetdim degan dam,
Mudroq koʻzlarida jon bermoqda tun.
Bir vaqt havas bilan boqarkan otam,
Men unga hasadda boqaman bugun!..

Onamga Xat

Onajonim, sogʻinchimning suyangan togʻi,
Sen uchun ham yangilikmas sogʻinib yashash...
Koʻkni tutgan bulut emas, onalar ohi.
Judolikdan hamon ular bagʻri qontalash.
Tushlarimga kirib chiqar har kuni otam,
Omon-eson qaytib kelgan boʻlar emish u.
Bu ham sening sehringmi, a, mehvari olam.
Sogʻinchingmi tushlarimda yigʻlatgan tuygʻu?!
Qiyos izlab qudratingga she’r qanotida,
Yana sendan yiroqlarga tushar yoʻllarim.
Uxshashingni topolmasdan olam oldida,
Oyogʻingga bosh qoʻyadi rangpar oʻylarim.
Asli senga na qiyosim, na she’rim havas,
Hasratlaring qarshisida dunyo qolur tang.
Baxtimdan shod, kulib turgan xatim borsa bas,
Ham tengini topsa boʻpti «darbadar» bolang,
O, onajon, oʻylaganing boʻlar erta-kech,
Ertami-kech topgan qi.zing meniki boʻlur.
Har kimlarning soʻzlariga uchaverma hech,
«Oʻgʻling boshin egib olgan»— she’r ilmi-surur.
Oʻsha sendan yoʻllarimni ayri solgan ruh,
Notinch ruhim yupatguvchi jafokash joʻram.
U — otamdan senu menga meros shahri gʻam,
Devonavash yuragimda devoni anduh.
Ne boʻlsa ham, otameros biz uchun aziz,
U—zanjirband sherday mening ruhimga payvand
Onajonim, gʻamlaringni qargʻama hargiz,
Uningsiz ham otalarning ruhi zanjirband,
Ne baloliq, bu kunlarni koʻrmadi otam,
Farzandining porloq tongi unga qorongʻu.
Osmonlarga koʻkrak kergan qarchigʻaylar ham
Ba’zan yovuz quzgʻunlardan yutar-ku ogʻu!..
Ona, faqat sen yoʻlimda yutmagin zahar,
Birovlarga men haqimda yorilma nigun.
Oʻzing koʻrgan darvozasiz qadim bu shahar.
Baxt deb chopgan yoʻllarimda poyandoz bugun.
Oyoqlarim tiramoqqa tirgak boʻlsaydi,
Bir depsinib, huzuringga uchib borardim.
Bu dunyoda oʻylaganing doim boʻlmaydi, >*
Boʻlsa edi, bilganimni she’rga solardim..
Bilamanki, men hayotda yolgʻiz emasman,
Bu dunyoda tanho faqat quyosh hoynahoy
Menga qolsa, uni ham hech yolgʻiz, demasman,
Muz boʻlsa ham, parvona-ku atrofida oy!..
Bunda aqling toldirguday qizlar yoʻq emas,
Boshga tushgan savdolarni soʻramayoq qoʻy.
Koʻngil bogʻlab, yor boʻl desang, xyocham yoʻq demas,
Hatto yigit boshimizga balo boʻlmas toʻy.
Shundoq erkin qushlar kabi ozod muhabbat,
Ne qilayki, biz tomonlar hali sal qoloq,
Biroq menga nechun kerak bunday saodat,
Qishlogʻimiz yigitlari oʻtmoqdami toq?!
...Nima boʻlsa boʻlib oʻtdi, oʻtganlar saboq,
Yaxshi ishlar uchun oʻgʻling hoziru nozir:
Bu kun inson qismatining oʻzi bir soʻroq,
Kelajak deb, ona, qancha yashasak arzir!
Oʻzgachadir endi bizning tuygʻular tamom:
Koʻzlarimda porlab turar ajib bir ziyo:
Doʻstlar bilan doʻstlik uchun koʻtaramiz jom,
Ogʻaynilar qoʻlidadir endi bu dunyo: U
Otalarni eslab yana yurakda alam,
Bir tuygʻudan titrab yigit qalbimiz nochor,
Sogʻinganday oʻz yurtini uzoqda odam,
Onamizga talpinamiz doim intizor.
Va urushga oʻqib la’nat, qobil oʻgʻilday,
Ona zamin qarshisida egarkanmiz bosh,
Tilimizni tishlaymiz goh, oʻzimiz bilmay,
Oʻylab ba’zi onalarni, koʻzlarida yosh.
Bor shundaylar nafs bandasi, oqpadar avlod,
Zor qaqshar-ku yeru osmon ulardan bugun.
Lekin umid beshigida, koʻksida sabot,
Allalaydi, goʻdaklarni onalar, ustun.
Oʻn sakkiz ming olam — ona pushti — panohi,
Kim aybdor agar farzand noqobil boʻlsa?
Avlodlarga dogʻ boʻlsa ham otalar dogʻi,
Nechun ona zuryodidan tonmaydi, oʻlsa?
Onalarda sabru toqat togʻlardek qadim,
Yana senga suyanadi bu qadim jahon,
Baland togʻlar osha borib yetganda xatim,
Togʻlar qadar bardosh tila unga, onajon.
* * *
Maysalar uchida,
Gul barglari,
nihollarning shoxchalarida
Oʻyin qilar oʻyinqaroq yellar, shabada..
Bosh tebratar maysa,
gullar, nihollar yayrab:
— Yellar, deyman, shabadalar hoy?
Chaqirar dargʻazab onasi — Shamol:
Boʻkirar quloqsiz bolalariga
Oʻgit berib otasi — Boʻron:
— Nima qildi sizga nihollar,
gullar, bu maysa?!
Qachon shamol boʻladi bular?
Boʻron boʻlarmikan bular ham!
Tutib tez tartibsiz bolalarini,
Qulogʻini choʻzib qoʻyishar.
Shamol,
boʻronning bu dagʻdagʻasidan
har yer-har yerda
Daraxtlar shoxlari qayrilib,
Yer-parchin boʻladi gullar, maysalar.

Suhbat

(«Oʻtmshi faryodi» turkumidan)
— Qarib ketding yosh turib nechun?
Odam boʻlib uy tuzatmasang,
Oʻgʻil uylab, qiz uzatmasang...
Zuluk-zuluk sochlaring bugun
Qordek oppoq,
Qoʻllaring titroq...
— Uy tuzatdim, qildilar vayron,
Oʻgʻil-qizim unda «shumqadam»,
Meni yana aylab sargardon,
Dedilar: «Bu — noshukur odam».
Oh, onajon!
Yomonlar — yomon!
Sochlarimni boʻyab qop-qora,
Oʻtgan kunga motam tutdim soʻng,
Oʻzimni shod, hotam tutdim, soʻng
Dedi: «Gulday yurar u, qara,
Gʻam yemaydi,
Lom-mim demaydi!..»
Horib bir kun; yurak-bagʻrim qon,
«Uf» deb, soʻng bor uzatsam oyoq,
Beimonlar keltirib imon,
Bir choʻqib, yuz choʻchyab oʻsha choq,
Derlar: «Yolgʻon,
Oʻlmas bu oson!..»

Yashash

Qiziq bir afsonaga oʻxshaydi yashash,
Farhodga oʻxshaydi bu turmush,
Uning tutgan yoʻli togʻlarga tutash,
Oshiqlikdek ogʻir ulush bu.
Ana, Farhod Shiringa yetdi-ya oxiri.
Qanday shirin yashash degan oʻzi!..
Orqasidan Yosuman ham chopib ketdi-ya, oxiri...
Yashash degan... Yashash degan... Yashash!..
Farhod! Sening qasosingni oladir! —
Uz-oʻzini oʻldirajak Shirin.
Doston qiladir seni Alisher,
Qanday yaxshi... Qanday yaxshi doston — yashash!

Tush

— Uf-f... .
Eng yaqin iishim, uxlayapti.
Jim:
«Uf» tortyapti.
U — men,
U — mening horigan chogʻim.
«Uf» tortyapman.
— Uf-f...
Tushlar, tushlar, tush...
Tush koʻryapman men:
Iffatli
Ham baxtli qiz emishsan sen,
Men sen bilan quribman turmush.
Qanday yaxshi!...
Eng chiroyli,
Eng fidoyi,
Bir oylik kelin...
Keyin,
Nomus va muhabbat bahsi...
Allakimning alamli sasi...
Qanday yaxshi,
Qanday yaxshi yashash dunyoda!..
Ajab, qalqinaman,
Hadeb talpinaman
Tun ichida tunlar qadar quyuq ziyoga.
Uf-f...
Yonmoqdaman, yonmoqdaman!..
Yuz-koʻzlaring shundoq olov rang,
Oʻt ichida nimadandir tonmoqdasan,
Oʻt ichidan boqmoqdaman arang...
Tagli-tugli,
Hovli joyli,
Or-nomusli qiz emishsan sen.
Qilchalik yoʻq emish gumon, pushaymon.
Shundoq baxtli emishmanki men, —
Shodligimdan ikki qoʻlim tepamda,
Borar emishman...
Suqlanarmish birovlar koʻrsa,—
Suqi oqarmish,.
Suqsurim, senga!..
Uch-toʻrt darvish ta’na bilan boqarmish menga.
Men boʻlsam-chi,
Ichim toʻla qargʻish,
Uchraganga
yonib,
ichim yosharmishman...
Uf-f...
Eng yaqin kishim, uxlayapti.
Jim,
«Uf» tortyapti.
U — men,
U — mening horgʻin chogʻim,
«Uf» tortyapman...
«Uf-f...»

Onamning Tushi

Tush koʻribdi onam.
Tushida
Kimdir tuqqan emish.
Oʻzimizga yaqin birov.
Ot qoʻymoqchi boʻlar emish bolaga oʻzi.
«Men topgan otni qoʻyasizlar!»—
Deya onam
Turib olarmish.
— Juda-juda ulugʻ ot emish...
Oʻzim topgan emishman.
Biram
Oʻsha otni qoʻyishlarini
Istarmishman men.
Esimda bor edi hozir ham.
Tilimning uchida turibdi...
Hodisa ot edi.
Shirin bir xayol bilan,
Bir boshqa boʻlib,
Jilmayib qoʻyadi xotinim oʻzicha-
Umid bilan onamga qaraydi.
Gap olmoqchi boʻlib yana:
— Qishloqdagi sigiringlar tuqqandir, — deydi.
— Ioʻq, yoʻq! — deyman men —
Bu tush boshqacha...
Bu ajoyib tush!
Koʻrpa-toʻshak eplayapti
Mehmonga kelgan onam.
Ona-da...
Chidab turolmadi-
Yaxshiyam
Shirin-shirin qiliqlar chiqaradi
Nevara qizi.
Kelini.
— Oyi,—deyman men,
hazil qilib, —
Topganimiz—shu qiz bizning
Ikki kishilashib.
—Bori yaxshi-da!.
Men boshqa xonada.
Haliyam
Usha tushni oʻylab,
Yuragim hovliqyapti.
Quvonib ketyapman oʻzimdan-oʻzim.
Qandaydir bir quvonchli hodisa
Yuz berishi kerakday uyimizda,
Qoʻnib qolsami birdan
Ertami, indin
Boshimizga baxt qushi.

Hasharchilar

(Doston)
Sahardan to yarim kech har kun
Radiolar qumri misoli
Takallumda yurt boʻylab butun:
Ne kechmoqda paxta xirmoni?!
Nonushtasi ustida sahar
Qoʻlda — «Sovet Uzbekistoni»,
Ma’lumotga koʻz tikar shahar:
Ne kechmoqda paxta xirmoni?
Gʻishtrang tovlab koʻchar bir karvon
Joʻshar har yon ishchi karvoni.
Shunday koʻchar bir soʻz el aro:
Ne kechmoqda paxta xirmoni?
Bir «oh» urib oʻtar sovuq yel,
Dor tikadi kuzning me’zoni.
Dala tomon boʻylar butun el:
Ne kechmoqda paxta xirmoni?
Markazkomda kattakon yigʻin:
«Paxta — elning sharafi, shoni!..»
Bir tashvishda barcha, zal tiqin:
Ne kechmoqda paxta xirmoni?
Bir jon boʻlib shahar, jamul-jam,
Hovliqadi bir oʻtda joni.
Dunyoning koʻz tikkani bu dam —
Ne kechmoqda paxta xirmoni? -
Paxtaga — deb bir vaqt — hasharga,
Qaror qilar har kim vijdoni-
Nur taralar bu ahd shaharga:
Ne kechmoqda paxta xirmoni?!

I

— Dilbar, hoy, Dilbarxon,
Turishing boshqacha?!
Dilbar boʻlib bugun
Kulishing boshqacha!
Yurishing boshqacha?
Ho, bolam..
— Oyijon!
— Oy koʻrdingmi buncha
Qoʻzguda, jon qizim?!
Oylarga bermasman,
Oy kabi yolgʻizim.
Oʻzing bergin toʻzim!
Avvalam
— Oyijon!.
— Esli-hushli bolam,
Esingni yemassan,—
Har esi ketganni
Esli yor demassan.
Sen unday emassan!
Ishqilib...
— Oyijon!..
— Bu sochlaring yana
Qaddimni egmasa.
Xumor koʻzlaring bu
Boshingga yetmasa
Bir balo etmasa!
Ishqilib..
— Oyijon, qaydagi
Gaplarni gapirmang
Gap deb gapirganlar
Gaplariga kirmang,
Bekorga qaygʻurmang!
— Shoshmay tur!
— Soʻz berishdik koʻplar
Paxtaga deb ertan.
Oyi, bu sochlarim
Shundoq jonga tekkan.
Qayga qoʻysam ekan?!
— Noshukur!..
— Sizga qolsa, buni
Doim tashlab yursam.
Bu sochlarim bilan
Koʻchalar supursam,
Koʻrganlar kuysa...
— Oʻrgilay!-
— Oz boʻlsa ham koshki.
Esiz taroqlarim!
Boshga tushgan bilar,
Bilmas oʻrtoqlarim
Faqat... Faqat Karim,
— Voy, oʻlay!..
* * *
Buyogʻini aytmay, oʻquvchim, sizga,
Rahmingiz kelgandir «ogʻzi boʻsh» qizga...
Qizlarning hiylasi hammaga ayon,
Oyisini u ham yupatdi oson.
Faqat, koʻzlarini yumarkan ona,
Bir shubha koʻnglidan koʻchdi devona:
«Karima demoqchi edim», dediyu,
Bir telba hayodan titrab ketdi u.
Uzoq Sibir emish tushida hadsiz,
Axtarib yurarmish qizini yolgʻiz.
Na bir daraxt, na bir yantoq bor emish,
Hammayoq paxtadek oppoq qor emish.
Fargʻona qizlari emish qirqkokil,
Sochini orqaga tashlab zil-zambil,
Yer ocharmish, sochi yer bilan bitta-
Uylarmish: «Nahotki bir balo bitsa!..»
Bir vaqt, qoʻltiqlashib bir yigit bilan.
Qizi kelar emish oldinda birdan-
«Boplab adabini beray» degandi,
Sadom berdi kelib «Karim» degani.
Battar u lovullab ketdi-yu, biroq
Gʻazabidan choʻchib uygʻondi shu chogʻ.
Qarasaki, uxlab yotar bolkonda, —
Uchinchi qavatda, ochiq ayvonda.
Muzlab qolibdi naq ikki oyogʻi,
Muzlatar dilini qargʻa «Qor yog» i.
«Attang oyi!-.» deya kampir gʻudranar,
Yuziga achchiq yel kelib urilar...
* * *
Koʻz-koʻz boʻlib koʻzguda u,
Lovullaydi yuz-koʻzlar».
Goʻyo hozir keladiyu,
Ut bagʻriga singar bagʻri.
«Jon-jon...» deydi biram yomon...
Karim akajon!»
Sep sandigʻi ochiq yotar,
Ochilganday sir-asrori.
Birni kiyib, birni otar,
Bir koʻrsaydi hozir yori.
Tutmas edi unga oson.
«Karim akajon!..»
Ximarilar nozik-ado,
Shu oynada borday qasdi.
Qarashida bir iddao,
Yetmas ammo hozir dasti.
Yer qattigʻu osmon yiroq,
Oʻrtada firoq!..
«Poʻm» chiqqanday koʻzgudan qiz,
Karavotga otar oʻzin.
Koʻylagida pistamagʻiz
Shiltga tikib yotar koʻzin.
«Rahm qilgin, Karim ozroq,
Qush boʻlay shu chogʻ!..
Kuyarmisan, yonarmisan,
Sen ham mendan gʻururlanib?!
Yonginangga olarmisan,
Mashinangni gurillatib?!
Kuyib qolsin koʻrganlar zor,
Kuydirma sen, yor!..»
Yulduz boʻlgan yonogʻida
Shabnammikan, koʻz yoshmikan?
Karimjonning adogʻida
Ado boʻlgan bardoshmikan?!
Bitta qizga shuncha ozor
Ishq ichra, zor-zor!..

II

Qaydadir «guvv» etib
Oʻt olar mashina
Yulduzlar bir choʻchib,
Yer uzra lol qarar.
Toʻlin oy yuziga
Dogʻ solar vahima,
Vahima ichra u
Dokadek oqarar.
«Gʻiyq etib qoʻzgʻalar
Tramvay erinchak.
Qoʻndoqda oʻspirin
Kaptarlar «gʻuv-gʻuv»si-
Bir shirin jilmayar
Uyquda kelinchak.
Shundan soʻng uning ham
Uchadi uyqusi.
Boladay koʻeini
Uqalar tovg bu dam.
Chumchuqlar gal bermay,
Chirqillar tushini.
Ufqning yuziga
Yugurar qon birdan.
Kechaning boshidan
Uchirar hushini.
Boshlanar shu bilan
Ertagi quyoshning,
Soʻzlaydi oyning u
Vafosiz ishidan.
Kuylaydi boshida
Keksaning ham yoshning,
Bahr olar tiriq jon
Uning oʻt ishqidan.
* * *
Qoʻshigʻini boshlamay quyosh,
Qadam qoʻydim ishxonamizga.
Kabinadan chiqargancha bosh,
Gap soʻqirdi shofyor bir qizga.
— Ana, keldi yana bittangiz,
Mashinamga qaray men endi...
Salomimga alik oldi qiz,
Goʻyo tongni muborak etdi.
Shundan kela boshladi oqib
Bitta-bitta boʻlib keksa, yosh.
Bir-biriga toʻymaydi boqib,
Xushroʻy-shushroʻy qizlar qalam qosh.
Bu, qizlarga duo ketganday
Nima kiysa, yarashib tushar.
Shim kiyishib kelibdi atay,
Bamisolm afsona qushlar.
Chugʻur-chugʻur qilishar yana,
Shivir-shivir, qiqir-qiqirlar...
Yigitlarni kuydirib, ana,
Bir-birining pinjiga kirar.
Koʻzlari ham tek turmas ammo,
Faqat ular dardi ichida.
Koʻrsatmasin, sevib qolsa bas,
Oʻt tushadi xuddi tinchiga.
Sipo boʻlib qizlar koʻzida,
Hech na sezmas yigitlar goʻyo.
Nima bilsa qilshn oʻzicha,,
Qizlar battar quv boʻlar, ammo...
Bir silkinib qoʻzgʻaldigu, hayt,
Kolonnaga yoʻl oldik bizlar.
Gʻazal kabi xuddi ikki bayt,
Oldingi toʻrt qatorda — qizlar!
Chugʻurchuqning bolalaridek,
Bir-biriga soʻz bermas ular
Yo boʻlmasa, bolarilardek,
Lablarida asal — kulgular.
Mashinamiz bir selpib tiidi,
Quchoqlashdi qizlar «voy-voy» lab.
Qiyqiriqlar falakka mindi,
Yaqin qoldik biz ham «hoy-hoy» lab.
Kolonnaga tiralib bordik,
Bamisoli bir vagon kulki.
Zavqimizga tor edi borliq,
«Duvv» toʻkildik — shodliklar mulki.
* * *
Koʻchalarga sigʻmas yosh-yalang,
Sigʻmas ular ichiga battar.
Jovdirayman men ham hamgu-mang,
Dovdirayman — har yon muattar!
Olamda bor atir boʻylari
Yigitlarni solar har koʻyga.
Voy, bu qizlar, goʻyo toʻylari,
Bari shu kun yetganday boʻyga!
Kolonnamiz saf tortib turar,
Avtobuslar tegrasi gʻujgʻon.
Birov magazinga yugurar,
Qoʻltiqlashgan birovlar xandon.
Shishalarning jarang-jurungi
Kulgilarday xush yoqar dilga.
Guldastadek qizlar gurungi
Yoʻq gaplarni oʻrgatar tilga.
Himarilib boqar jar yona,
Voh, bu bellar, rostakammikan?!
Odimlari ajab sollona,
Bossammi yo bosmasammikan!..
Oh, chimrilgan qoshi-la hozir
Imo qilib oʻtmasa ekan!
Oh, bu qizlar, hzr ishga qodir,
Boshimizga yetmasa ekan!..
* * *
Har yon oʻtib qoladi mototsikllar,
Biri — kapitan, biri — serjant qarchigʻay
Ulugʻ-safar oldidan saflari tizilar,
Goʻyo bir polk tanklari buyruq kutar shay.
Bosh qoʻyar soat mili sakkiz ustiga,
Transport qatnovi oʻrnida qotar.
Qoʻzgʻaladi kolonna bayram tusida,
Harbiy parad singari boramiz qator.
Oldinda karvon boshi kapitan chapdast,
Ortda serjant kuzatib boradi magʻrur.
Uzatib qolar bizni uylar baland-past,
Balkonlardan odamlar qoʻl siltar masrur.
Shahar xalqi koʻchaning ikki betida
Toʻlqin uradi ikki anhorga oʻxshab.
Mashinalar tosh qotgan yoʻlning chetida
Ogʻzi ochilib boqar har oʻtgan toʻxtab.
Oynalarga toʻsh urgan qizlar qaqajon,
Goʻyoki toʻrqovoqda qumrilar ular.
Mashinamiz boradi, boradi osmon,
Quyosh ham bir tomonda ufqlarni buzar.
Ochib borar kolonna osmon tarxini,
Quyosh bari ot solar kapitan goʻyo.
Olqishlar quyosh xuddi ochib bagʻrini,
Paxtadek kulib turar ochilib havo.
Gir aylanib bogʻ-rogʻlar, haykalday qotib,
Keta-ketguncha bizni uzatib qolar.
Lol qotib gung tepalar, qoʻllardan tortib,
Moʻltirab qarab qolar qoʻzi buloqlar.
Boshlanadi paxtazor maydonlar bir-bir,
Ulugʻ zafar dostoni sahifalari.
Koʻkda quyosh langʻillar misoli tandir,
Yerda-ku oppoq supra xirmonlar bari.
Katta toʻyga taraddud boradi goʻyo,
Goʻyoki biz shu toʻyda eng aziz mehmon.
Koʻchib kelmoqda deysiz bunda bor dunyo(
Chirmandasini chvrtib kelmoqda osmon!
* * *
Mashinalar birma-bir taralar har yon,
Oʻzga-oʻzga dalalar keradi quloch.
Biz ham oʻz yoʻlimizda boramiz quvnoq,
Ortimizda — yana bir mashina quvonch!
Oʻquvchi, sen shu joyda menga quloq sol,
Goʻlligimga yana bir iqror boʻldim men:
Qarab-qarab qoʻyardi bir qiz ortga lol,
Bilib turib bilmasga olar dvma sen.
Parvo ham qilmagandim, oʻshanda qizlar
Qiqir-qiqir qulishsa, bir-birin tutyab.
Yigitmiz deb yuramiz kerilib bizlar,
Qizlar shumligi bilan ketadi yutib...
Shatakka olgan kabi bizning avtobus,
Bir avtobus kelardi ortda tiralib.
Bu payt koʻzim oʻynatib jannat dala-tuz,
Qaramabman orqaga, qoʻymabman tanib.
Vaholanki, avtobus haydovchi bu dam
Dildan bogʻlangan ekan bir qizga yomon.
Men buni tush bilmadim u kuni, bilsam...
Bogʻlab olgan qiz, bilsam ,oʻsha — Dilbarxon
* * *
Kecha bilinmadi,
Erta bilinmadi,—
Oʻynab-kulib terdik yonma-yon.
Ana toʻldi plan,
Mana toʻldi bvlan,
Yuksalgandan yuksalar xirmon.
Ba’zan chaq-chaqlashib,—
Paxtamizni tashib, —
Koʻmaklashib yurdik ancha kun.
Birga boʻlib shuncha,
Sirlashmadik uncha.
Bilmas edim bu qizni butun.
Uch kun oʻtgan endi,
Bel ham qotar edi,
Tushib qolar ba’zan avjimiz.
Kun ham kelar tikka,
Qurib qolar tinka
Qizishganda ishga avji biz.
— Dada soz-da ammo,
Mazza bunda havo!..
Shaharlikka oʻxshamaysiz siz.
— Qishloqdanman, qishloq
Koʻpdan menga uzoq.
Shaharlikmiz, singlim, endi biz.
Yechilishib uzoq,
Boʻldik yana inoq,
Muhabbatning hasrati sabab.
Sir qolmadi shunda
Na menda, na unda,
Sobit turdi oʻrtada adab.
— Siz emishsiz shoir,
Shoir — soʻzga mohir,,
Doston qilib yurmang-a yana!..
Yozmang demaymanu...
Sezib qolsa anu,
Boshlarimni yorgʻuvsi ta’na.

III

Oʻn toʻrtdami edim, oʻn uchdami,
Gullar ochilgandi, voy, u gullar!..
Lagʻmonda jambilning xushboʻy ta’mi...
Soʻrab kelib qoldi meni ular.
Biram qiziq boʻldim... oyim adam...
Qirib kelaverar u ham satta.
Shundoq yigit yana, qoshi qalam,
Koʻzlari ham, qurgʻur, katta-katta.
Oʻlsam oʻlib boʻldim uyatdan men,
Axir, tengqurimmas, qoʻshni hammas.
Bir gap aytay deyman, uyalaman,
Qarab turibman deng, yutib nafas.
— Keling, bolam?!—dedi bir payt oyim,
— Komsorg soʻratuvdi Dilbarxonni...
«Qoyil», dedim sekin, «voy, qurmagur...»
— Shunga kelgan edim. Dilbar... bormi?
— Menman!..—debman, qarang,
Kulmay-netmay,
Voy, qurmagʻur Karim, biram sipo...
«Hozir» deganimcha, nari ketmay,
Kiyinib ham chiqdim allambalo.
Shu desangiz, xuddi singlisiday,
Boraverdim sekin orqasidan.
Oraligʻimiz, shu, menu sizday,
Ana yetdim, mana yetdim bilan.
Shu deng, ketyapmanu, nazarimda
Hamma bizga qarab turgan boʻlar.
Dam oʻtmasdan, choʻgʻdek yuzlarimga
Kaftlarimni bosib, deyman: «Ular,
Bizdan boshqa odam quribdimi?!»
Unga sari toʻzgʻib sochim oʻlgur.
(Sochpopugim, hali, turibdimi?..)
Yuzkoʻzlarim toʻsar, ado boʻlgur.
Hamma shu sochimdan kelar nuqul,
Shundoq koʻp deng unda, bundan battar.
Mayda qilib oʻrib qoʻyish tugul;
Uni bitta qshgab yuray agar,
Xuddi oʻldiradi adam koʻrsa,
Ushanda ham sochim shu — chambarak.
Soch tarashga bir kun yetar zoʻrgʻa.
Esiz sochim, deyman, naq jamalak!
Nimalar deyapman... shu ketgancha
Ketaverdik, qarang, he yoʻq, be yoʻq.
Bitta maktab emas, qoldi qancha
Bshyular boʻylashib, koʻzlari loʻk.
Yetar, charchagandir bu qiz, demas,
Hoy, toʻxtaylik endi, desamchi tik.
Boqqa yetguncha to boʻgʻib nafas,
Ogʻzimizda talqon, boraverdik.
Bir vaqt choʻkdi u boʻsh oʻrindiqqa,
Oʻzimni tashladim «uh» deb men ham.
Terimga choʻmilib jiqqa-jiqqa,
Sochlarimni tuzab, mundoq boqsam:
Qay koʻz biian koʻrayin, evoh,
Mendan berkitiqcha yigʻlayapti!
Ichim «shuv» etdi-yu, shutavallo
Qoʻllariga tegsam, borday tafti.
Oʻpkam toʻlib, ichim taka-puka,
Boʻgʻzimga bir balo keldi turtib.
— Oizga nima boʻldi, Karim aka?!..
— Oʻzim...—dedi sekin, nedir yutib.
Keyin... u ham, men ham bir zum jimdik
Shunda ne oʻylarga bormadik biz.
— Toʻgʻri, uyat qilmang, hozir tinchlik,
Lekin... Dilbar, juda chiroylioiz!..
Bugun nima qildim... bir kun koʻrmay...
Koʻrishmaymiz endi ikki-uch yil.
— Nimalar deyapsiz, voy men oʻlay?!.
Qoʻllaridan tutdim apil-tapil.
— Chaqiriq qogʻozm oldim ertan,
Qaytgunimcha qachon, oʻtab burchim,
Esdalik boʻlsin deb har kun mendan...
Nevara kelinga atab buvim...
Kaftiga olib u qoʻlimni jim,
Uzuk taqar ekan, titrab ketdi.
Uzum uzganlarda adam doim
Shunday ehtiyotlab tutar edi.
Barmoqlarim qursin — boʻgʻim-boʻgʻim,
Oyimlar aytmoqchi — doʻmboq-doʻmboq.
Shunchaligi bilan yana qoʻlim,
Halpillab turardi uzuk shundoq.
Voy; quvonganimni koʻrsaydingiz,
Oʻz qoʻlimga oʻzim suqim kirar.
Shu qoʻllarimmidi koʻrgagoshiz,
Jinni koʻnglimizda tagʻin nelar...
Hozirgina boʻlgan noxush gaplar
Bekor gapday, koʻzlar boqib toʻymas.
Koʻzimiz shamgʻalat qilib kaftlar,
Bir-birini bir zum xoli qoʻymas...
Ilk bor uni qoʻrgan kezim, qarang,
Yetti-sakkizlarda oʻqir, devdim.
Nasi bir kun: «Dilbar, Karim akang!..»
Desa, jahlim chiqib: Utir, — dedim, —
Kattamasdir koʻpam, oʻla-a, seyadan,
Cholni koʻrib, buvam dema, oʻrtoq!»
Boshda u ham menday boʻlgan ekan, —
Katta qiz deb yurgan meni, qoʻrqoq.
Shunday qilib, qarang, ketdi-qoldi
Tanishganimizga boʻlmay bir oy.
Ushanda olchalar tugab oldi,
Qirmizakka endi kirgay chiroy...
Dardimga esh boʻlib oʻsha kunlar,
Yoshi qurimasdi yana koʻkning.
Yomgʻir ham mei bilan birga tunar, .
U ezilib hasrat qilar, koʻring.
Birdan qizib havo, yoz emasmi,
Yomgʻirdan boʻzargan oʻrik pishib,
Oftobga toʻyingan olma asti
Chanqogʻiga muzdek suvni ichib,
Oqi — oq, qizili — lola qirmiz,
Yuzingga kularkan biram-biram,
Xuddi oftob tekkan tillaqoʻngʻiz,
Sudralib bogʻlarga ketdim men ham.
* * *
Shoir bulib ketdim oʻsha kunlar,
Yurak dardim boʻldi bir daftar.
Xatga soldim men ularni,
Qoʻlimdan uchdi kaptar.
Bari oʻtib ketdi,
Jon-jonimni tilib.
Eslamaymi endi,
Yuragim shilinib.
Ba’zan toʻlib ketib, ichim boʻshatsam,
Boshim qoʻyib onam koʻksiga,
Titrab ketar majruh otam,
Qarolmayman koʻziga.
Onam yoʻqotib es,
Taxta boʻlar-qolar.
Yer yorilsayu tez,
Kirib ketsam agar...
Esimdan ayrilib qolsaydim, deyman,
Oʻsha kunni eslashdan oldin.
Bir pushaymon yedimki men,
Oh, u ogʻzimda qoldi!
Shirmoy kulcha boʻlib,
Osmonga oy. chiqdi.
Yetmas ekan qoʻlim,
Meni goʻrga tiqdi...
* * *
Qoʻshnimizning oʻgʻli uylanar edi,
Utirardim uyda birday soʻlib.
Chokar boʻlib oʻylarimga.
(Oylar, otingizga bosing qamchi..)
Oyim javrab, hadeb kuymanar edi:
— Sen hama bundoq katta qiz boʻlib,
Qoʻshnilarning toʻylarida
Yayrasang-chi, axir, quvnasang-chi!
«Ha-ya!» deb qoʻzgʻaldim ming xayol bilan,
«Rostdan shu... oʻzimmi? Bu tamanno!..»
Savdoyidek turib qoldim,
Oynada oʻzimga hushim ketib.
Shu, endi, tuzatib,
Yuz malol bilan
Sochlarim joyiga qoʻyib a’lo,
Jichcha gulmoy surib oldim,
Bir shirin jimirlab ketdi etim!..
Qim birovlar gapim qilayotganday,
Qip-qizil choʻgʻ deysiz ikki yuzim.
Lablarimni koʻrgan, bu qiz
Boʻyab yurar ekan demasmikan?
Sir ichim bilinib qolayotganday
Uyalaman oʻzimdan oʻzim.
Uzun kipriklarim hargiz
Qizlarning koʻngliga tegmasmikan?!
Sekin tuya qilib sepimdan lov-lov,
Oqpushti xurustal koʻylagimni,
Platforma tuflim ilib,
Yonar roʻmolimni solib lola,
Koʻchaga otildim, xuddi olov.
Odam bosgan koʻcha yoʻlagini...
Oʻrtogʻiga imo qilib:
«Tovusmi bu?!.» — deydi bitta bola.
Voy, men oʻlay hozir, angrayib turmay,
Yurib ketdi qizlar toʻla moshin.
Qotib krldim labim tishlab.
(Toʻxtarmidi oʻlgur, chopa qolsam)
— Oʻtira qoling tez, bekor yugurmay! —
Sutday «Jiguli»dan choʻzib boshin,
Bitta yigit, meyai qistab:
— Boʻling!.. — derdn nuqul. «Nima kilsam?»..
Orqa eshigini ochdi «shirq» etib,
— Bor... «deb oʻtirvoldim. Muncha maza!»
Oqqush boʻlib uchib ketdim,
Jonim kirdi dedim, tinib koʻzim.
Utib ketdik darrov, qizlarga yetib,
«Tushingda uchsang ham bunchamas-a!..»
Lovullaydi ikki betim,
Kulvoryapman bir vaqt oʻzdan-oʻzim.
Shu deng, bir dalaga yetganimiz chogʻ
Mashinamiz oʻlgur oʻchdi-qoldi.
Quyosh toqqa botgan endi...
— Parvo qilmang, hozir yurgizamiz.
U meni yupatgan boʻlib, shundoq,
Bilmasdan ham qoldim, qaydan oldi,
Bir quchoq gul berib, dedi:
— Qutlab, kelinchakka tutqizasiz!
Qanaqa soz boʻldi, atirgul bari!..
— Voy, siz... axir... rahmat! — debman behol, —
Muncha yaxshi! Shuncha gulni...
— Olavering, gul koʻp bizda, singlim.
Chiqar ekan eshik ochib tashqari,
Minnatdor koʻzimga termilib lol,
Bir chiroyli, shirin kuldi!
Xuddi koʻzlariga ketdim singib.
Voy tavba-ey, xuddi surma qoʻygandek,
Qoshiga tutashgan kipriklari.
Qiyib qoʻygan kabi biram,
Ingichka, qizlarning qoshimi bu
— Mening otim — dedi, kulib, — Qoʻqonbek...
Ichimda bir nima tiyairladi,
Bir gʻalati boʻlib, men ham:
— Dilbar... — deb qoʻlimni uzatdimu,
Shoshib, unga oʻzim urvolay dedim,
Xayriyat, sezmadi... darrov turib,
Mashinaga unnab ketdi,
Hushsiz boshim qoʻyib oʻrindiqqa,
Yengan yuzlarimni yashirar edim,
Kirib keldi tagʻin ursand, kulib:
— Bir piyola ichvoling! — dedi,
Limonad toʻldirib liqqa-liqqa.
Nima qilayotganim bilmasdan, oldim...
— Ichvoring, limonad, bu boshqa gap!..
Men ham rosa chanqabman-da.
«Voy...» deb piyolani uzatdim tez.
U yana chiroyli jilmayib oldin,
Limmo-lim toʻldirib ichdi yayrab,
Yayrab ketdim men chamamda,
Oʻzimni bir boshqa sezdim shu kez...
Oldimga siqimlab konfetlar qoʻyib,
Bir piyola qoʻyib, tutdi yana.
Sal achchiqroq tuyuldi-yu,
Kulmasin deb tagʻin, indamadim.
Oʻzi ham icharkan toʻldirib, toʻyib,
Chiroyli koʻzlari yona-yona,
Qip-qizarib bir kuldi-yu,
Yana bitta quyib uzatdi jim.
Keyin u beozor yonimga oʻtib:
— Konfetdan ham oling, Dilbar!.. — dedi.
Bir gʻalati boʻldim shunda...
Biram yaxshi yigit, biram yaxshi!..
Yeqaman desa-da meni ich oʻtnm,
Oʻzimni dadilroq sezdim endi.
Mening holim oʻtib unga,
Yonib yonmas edi u ham asti.
— Menga qarang, Dilbar!.. — ichim «shuv» etdi,
Boqib, koʻzlarimni ololmadim...
— Xoh ishoning, xoh ishonmang,
Toshkentda yoʻq sizday chiroyli qiz!
Ochiq aytmoq dardim bir orzu edi,
Bir yishdirki, yolgʻiz topolmadim.
Nega bugun men quvonmay,
Men xayol qilgan qiz, Dilbarxon, siz!..
Koʻzlarini biram chiroyli suzib,
Shunday deydi, qarang, shundoq yigit.
Men boʻlarim boʻlgan edim.
Gir aylanib boshim unga sari,
Osmoni falakda borardim uchib.
Shu payt koʻzim tinib, biroq yigit
Yelkasiga qulab ketdim.
Nima boʻlsa boʻldi undan nari.
— Sochingizni tashlab yursangiz bormi!..
Shunday deb sochimni boʻshatuvdi,
Soch ostida qoldik ikkov.
Buni koʻrib battar oʻt oldi u,
Bilmasdim, bu oʻtda kuysam men ormi?!
Soʻng oynakka solib koʻrsatuvdi,
Koʻrdim — ikki betim olov,
Unga talpinardi bitta ohu!..
Biram soʻzlar aytib, erkalar qurgʻur,
Yo jannatdan kelgan bulbulmidi...
«Mencha boʻlar, derdim, hur qiz!»
Uzim yerdamanu, bosh — osmonda
Tilim boylab, koʻeim tindirar huzur,
Lablarmidi ular, yo gulmidi!.,
Lablar boʻlmas buncha qirmiz,
Kuydirarmi gul ham hech jahonda!
Men osmondan tushgan bu baxtdan hayron,
Telba hislar oʻrab ixtiyorim,
Misoli gʻoʻr tilla baliq,
Ilinib qoldimku ipak toʻrga.
Yesh, koʻrkam baliqchi ayamay shu on.
Tinglab turmay bir zum ohi zorim,
Ut bagʻriga oldi qattiq...
Tiriklayin meni tiqdi goʻrga.

IV

«Karim akam!..» deya shu payt,
Qayoqqadir gʻoyib boʻldi Dilbar.
Goʻyo men tush koʻrar edimu,
Qok yarmida uygʻonib ketdim.
Yorilguday boʻlib uch kun;
Yolgʻiz topsam, derdim ,bu qizni.
Shunaqa-da qizlar hamisha,
Xuddi qushning bolalari deysiz:
Tilingizdan don olib bugun,
Gʻarqi boʻlib darrov ertasi,
«Pirr» etaru uchar-da ketar.
Sal boshqacha boʻldi bu safar,
Moʻltirab, qoshimga keldi bir oqsho.
Ertagi yarmida boʻlingan momo
Bir zum yolgʻiz tashlab qoʻshni kampirni,
Botir yigit bilan choʻpon qizini
Murod maqsadiga yetkazdi.
Qanday paydo boʻlgan boʻlsa Qoʻqonbek,
Shunday yer yutganin aytdi u boʻzlab
Keyin Karimjonning iddaolari...
Qon yutgan onasi haqida soʻzlab,
Yurakbagʻrim zzd« bir yula.
Chiday olmay buoʻtga Karim,
Oʻylanibdi «bor» deb bir qizga.
U shoʻrli qiz dostonini men
Boshqa bir kun soʻzlarman sizga...
* * *
Xohi avtobusda boʻlsin,
Xohi xirmon, dalada,
Qizlar bilan xandon otganda ham,
Yolgʻiz qolib, oʻyga botganda ham;
Nimadandir koʻngli ogʻrisa,
Yayrasa u mastu lol boʻlib,
Oʻsha ogʻrigʻiii, shodligini ham
Men bilan teng boʻlishar zimdan.
Mehr qoʻyib menga; Dilbarxon sabab,
Goʻyo bir-biriga suyangan kabi
Suyanib boqadi bu qizlar menga.
Koʻzidan qochirmas bir zum ham ular,
Koʻz-quloq boʻlganday sir sandigʻidan.
Goʻyo barcha qizlar — bittayu asli,
Dilbarxon ularning oydin nusxasi.
Yoki ertaklarda aytnlgan kabi,
Dilbarxon qalbida saqlanar pinhon
Bu qizlar qalbini ochguvchi kalit.
Aka boʻlish buncha oson ekan!
Chin koʻngildan «Sevdim» deb aytsam,
Oʻlsa ishonmasdi, aldamagunimcha.
Aka boʻlish oson ekan, qarang!
Toʻgʻri soʻz — qizlarga yolgʻon hamisha,
Egri soʻz — ularga osh-non hamisha!
Keyin qidmishidan pushaymon qilar,
«Baringiz birsiz»; deb, yana qon qilar!..
Qoʻying, kimga kerak gina, kudurat,
Oʻn kunda shuncha doʻst orttirdim, shu bas!
Bu kun — respublika raport berar kun,
Bugun shunaqa kun—dalada bayram!
Qolganiga qulluq dehqonlarga ham,
Qulluq mukofotlar, isaiq choy uchun!
Endi biz beramiz raportni borib
Ota-onamizga, ishxonamizga.
Qoʻzichoqlarimiz keldi deb horib,
Ertadan-kech endi parvona bizga.
Qizlarning-ku yana tugʻar kunlari,
Balki umrlik baxt qoʻyniga olar.
Shuni oʻylaganda ular tunlari,
Ertalab chiroyli boʻlib uygʻonar!..
Koʻchalarni toʻldirib,
Katta karvon boradi-
Oʻz ishini doʻndirib,
Oʻzbekiston boradi!
Mashinalar damo-dam
Kelib safga qoʻshilar.
Goʻyo tarqab toʻy-xasham,
Yayrab qaytar qoʻshnilar.
Oʻylab tonna-tonnani,
Shimib goʻyo popuk qand,
Uzatib kolonnani,
Kelar orqada serjant.
Boʻylashadi hayronda
Baland togʻlar dev qarab.
Borar choʻpon dovonda
Poda uzra devalab-
Avtobuslr liq odam,
Ichiga sigʻmas ular.
Radio ham tara-ram,
Maqtovga maqtov ular-
Baxt va zafar qoʻshigʻi
Olamni tutar butun.
Partiyaning yoʻrigʻi
Koʻrsatdi samar bugun-
Shodligining cheki yoʻq,
Yoʻq baxtiga chegara,
Ertasidan koʻngli toʻq,
Togʻ-togʻ ishlar chikora!.-
Askiyada kim mohir,
Kuldirib, ichak uzar.
Yerilar xuddi hozir
Kulgidan avtobuslar!
Hilpiratib ol bayroq
Mototsikl' qoshida,
Ioʻl boshlaydi kayfi chogʻ
Kapitan saf boshida.
Uning xos qadamiga
Moslab qadam bosamiz,
Ioʻl yoʻq ortiq-kamiga,—
Kolonnada boramiz.
Toʻxtaymiz u toʻxtasa.
Yursa yuramiz darrov-
Masofa bor oʻrtada,
Biz uchun qat’iy oʻlchov.
Sekinlashsa, yoki sal
Yoʻldan toysa, shu onda
Chiqarar u bir ishkal,
Buziladi kolonna-
Oʻtirar yutib nafas
Shundan shofyorlar ham muz.
Sal xayoling qochsa, bas,
«Pravo» dan umid uz!
Odamlar-chi, odamlar
Yoʻq hech gapdan xabari,
Oshiqadi shu qadar,
Tezroq yetsak deb bari-
Har qalay, yaqin qoldi
Jondan issiq uyimiz-
Ichimizga oʻt soldi,
Buzilganday uyqumiz!..
Kirib bordik nihoyat
Lang ochiq bir jannatga.
Chorrahada bir muddat
Lol qotdim men albatta.
Kerilgan kranlarga
Koʻz nurimiz boylanar.
Ne gʻuncha dahanlarga
Boqib, boshlar aylanar.
Shahrim, bu kamolingda
Dilbar husni boʻlmish jam.
Bu qizning, shu holingda
Bor a’moli mujassam-
Toshkentim, sen bu yogʻi
Har ishda bosh-qosh shahar.
Elning suyangan togʻi,
Togʻdek togʻ bardosh shahar!
Bir mahal avtobuslar
Oʻz mayliga erk berar:
Bir-bir u erkin qushlar
Har tomon qanot kerar-
Kolonnaga subhidam
Qandoq qoʻshilgan boʻlsa,
Shundoq ayrilar yoʻlda
Bizlarning avtobus ham-
Endi u oʻz yoʻlida
Lochin kabi koʻchardi.
Shofyor yigit rulida
Hakamlarga oʻxshardi.
Koʻzida chuqur ma’no,
E’zozlab orzumizni,
Oʻzi boʻlib rahnamo,
Eltib qoʻyar u bizni.
Avtobus bir silkinib,
Toʻxtadi-yu bir mahal...
Hamma olgʻa depsinib,
Qulashiga qoldi sal.
«Voy!» deb Dilbar, barimiz
Qaratdi-ku lol-hayron:
Yer bilan bir boʻlib qiz
Uzun sochlari — payhon,
Tushda koʻrganday har kim,
Afsona bir hol edi.
Koʻrdimu men, yuragim
Orqaga tortib ketdi-
Soch degan qomatiga
Chulgʻanardi rashk bilan,
Qizlar jon holatida
Boqar yov qarash bilan.
Qoshu koʻzlarda firoq,
Busiz goʻyo kam husni.
Yigitlar-ku boshdayoq
Boʻlari boʻlgan hushi.
Bundan dam xijolatda,
Dam magʻrur boqar Dilbar-
Har ikkala holatda
Barchaga yoqar Dilbar.
Ikkinchi avtobus ham
Kelib toʻxtadi shunda-
Oʻt-oʻt boʻlib Karimjon
Qarab turardi undan.