OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifChoi Xi Su
Asar nomiSajdagohimsiz, otam (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Koreys adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Choi Xi Su
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOtabek Yoʻldoshev
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/18
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Sajdagohimsiz, otam (hikoya)
Choi Xi Su

Birinchi farzandim oʻlik tugʻilgan oʻsha daqiqalardan buyon men uchun hayot ma’nosini yoʻqotdi. Buning ustiga erimning achchiq va alamli yigʻisi yuragimga oʻqdek qadaldi. Oʻgʻlim bir soniya boʻlsa-da, bu olam yorugʻligini koʻrolmasdan, ota-ona mehriga toʻyolmasdan meni tashlab ketdi.

Bolam uchun sotib olgan jajji kiyimchalarga tikilib, koʻzlarimda yosh qalqiydi. Har doim nimalarnidir xayol suradigan, parishonxotir boʻlib qoldim. Ich-ichimdan zil ketib, oxir-oqibat toʻshakka mixlanib qoldim. Kechasi tushlarimga nuqul oʻtgan yili olamdan oʻtgan onam, kechagina ayrilganim farzandim kirib, alaxsirab chiqdim. Koʻzimni ochsam, tepamda erim oʻtiribdi.

-Nima boʻldi?- dedi erim ma’yus nigoh tashlab. Keyin ichimdagini uqdi, shekilli, qoʻshib qoʻydi:
— Koʻp oʻzingni siqaverma.

Razm solib qarasam, otam ham kelibdi. U eshik yaqinidagi qiyshiq stulchada bazoʻr oʻtiribdi. Meni oʻylab, qalban qiynalayotgani, yordam berishga ojizligidan nima qilishni bilmay xayronligi yuzidan sezilib turardi.
— Oʻzingni qoʻlga ol,- dedi u bir nuqtaga tikilgancha. Lekin gap menga tegishli ekanligini sezdim...

Kechga yaqin bosh koʻtara olmaydigan darajada yotib qoldim... Bolam yuklagan qaygʻu meni adoyi tamom qilayozgan edi. Otam qoʻlida allaqanday dori bilan kirib keldi. Rangsizlanib qolgan piyolada iliq suv va dori tutdi:
— Mana shuni ichib ol, bolam.

Oʻlgan farzandimni yuragimga koʻmgan, shuning uchun negadir boʻgʻzimga yigʻi tiqilaverar edi. Jonxolatda dori va piyolani irgʻitib yubordim:

-Ichmayman!!! Ichmayman!!! Ichmayman!!!

Yoshligimdan mening erkaliklarimga koʻnikib qolgan otam indamay qoʻya qolar edi. Bu safar negadir qahrli oʻtkir nigoh bilan qaradi.
— Oʻgʻlingning orqasidan ketmoqchimisan!!!- dedi baqirib. Men otamni bunaqa holatda umuman koʻrmagandim. - Nima men oʻylamayapmanmi oʻgʻlingni... Senga oʻgʻling kerak, bilaman... Lekin sen ham mening farzandimsan. Mengayam sen keraksan, tushundingmi? Sen meni ham oʻyla... Oʻrningga meni qoʻyib koʻr...

Bir soʻz demay oʻzimni otamning bagʻriga otdim. Bolaligimda otam meni koʻtarganda dimogʻimga kuygan yogʻ hidi urilar edi. Hozir ham «qadrdon hid»ni tuydim.
— Meni oʻyla, bolam... Sening qiynalayotganingni koʻrib, tomoshabin boʻlib turolmayman,- bu safar otam yumshadi. - Siqilma. Hali bagʻring bolalarga toʻlib ketadi. Bolalaringga oʻzim buvalik qilaman...

Koʻnglim buzilib ketdi. Otamning yelkasiga bosh qoʻyib, yum-yum yigʻladim.
— Otajon!!!

Shu kundan boshlab, tushlarimda otamning oʻsha qahrli qiyofasi namoyon boʻladigan, meni koʻnglimni koʻtaradigan boʻldi.

«Nima boʻlsa ham meni oʻylaydigan otajon! Siz mening sajdagohimsiz! Siz oltindan-da bebaho keragimsiz!»