OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Chori Avaz. Tortilgan kamon
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifChori Avaz
Asar nomiTortilgan kamon
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sotsialist realizm
Mualliflar
   - Chori Avaz
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotҒафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриётининг Самарқанд бўлими, Самарқанд, 1990
Hajm44KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/12/18
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Tortilgan kamon
Chori Avaz

«
Shoirning ilk kitobi
»

Chori Avaz 1957 yilda Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidagi Tojik qishlogʻida tugʻilgan. 1976-78 yillarda Armiya safida xizmatda boʻldi. ToshDU ning oʻzbek fnlologiya fakul'tetini tamomlagan.

Qiz Oʻylari

Uyda yolgʻiz oʻy surar
bir qiz yoʻlga boqqancha,
xayollar ogʻushida
umid bilan oqqancha:
Yer boʻlsang vafodorga,
vafo qilsang oʻzing ham.
Oʻzingday aziz boʻlsa
aytilmagan soʻzing ham.
Oqshom payti yo tunda
aylanib koʻchalarni,
tongga eltib qoʻysang-ey,
yulduzli kechalarni.
Shunday yashab oʻtsang soʻng—
bilmay hech gʻam, alamni.
Bu dunyoni sevsang-ey,
sevgan kabi bolangni.
* * *
Qorli oqshom,
Oppoq olam,
Oppoq qoʻshiq boshlar tun.
Tushga oʻxshash bir narsa bu —
Bir shirin-ey, bir shirin.
Bu dunyoda borligingni
Bilmagandek hech zamon,
Yura-yura roʻparangda
Paydo boʻlgum nogahon.
Jilmayasan
Masrur, sarxush
Tun oppoq qor ichindan.
Oppoq oqshom, oq tun va sen...
Tushga oʻxshaydi chindan.
Sekingina,
Sekingina
Pichirlaysan: «Sevaman!»
Javob qalbdan to tilgacha
Ming yil chopar: «Bilaman».
Qorli oqshom,
Oppoq olam,
Kuylar, kuylayverar tun.
Tushga oʻxshash bir narsa bu—
Bir shirin-ey, bir shirin.
* * *
Tun chekinar kipriklaringdan,
Chiqa boshlar koʻzingdan quyosh.
Jon olaman kulgularingdan,
Men ruhingman, axir, qalamqosh.
Gar gʻam koʻrsam yonoqlaringda
Quyiladi koʻzlarimdan yosh.
Iiqilaman qaygʻularingdan,
Men ruhingman, axir, qalamqosh.

Sendan-Ku Koʻnglim Toʻq

Sendan-ku koʻnglim toʻq. Koʻzlaring
Bir nurli chamanga yetaklar.
Nigohing — diltortar bolakay,
Qoʻzimdan soʻraydi ertaklar.
Nigohing haqqini axtarib,
Yuragim qatini titaman.
«Gar topa olmasam» degan uy
Qelaru zaqqumlar yutaman.
Sen bois zaqqumlar lazzatga
Aylanib koʻzingdan qaytadi.
Biz sevgan ertakni qoʻllarim
Qoʻlingga pichirlab aytadi.
Men yutmoq boʻlaman tilimni,
Til meni yengmoqqa shaylanar.
Xayriyat, men choʻchib aytmagan
Soʻzlar ham ertakka aylanar.
Sendan-ku koʻnglim toʻq. Koʻzlaring
Bir nurli manzilga yetaklar.
Nigohing—diltortar bolakay
Qoʻzimdan soʻraydi ertaklar.
* * *
Sen borsan,
Umrimning har dami bahor.
Bahoriy sabolar tafti lutfingda.
Sening huzuringga qaytgali takror
Tezroq botishini soʻrayman kundan.
Bilasan,
Shoh erur kunduz ochunga.
Qiyin bu shohlikni zabt etib oʻtmoq.
Sen bor. Qanday oson qora sochingga
Kunduzlarni oʻrab oppoq tun etmoq.
* * *
Qaytarib ol sinovlaringni,
Yolgʻizlikka mahkum etilgan tunlar
Dahshatini tuygim keladi.
Yerga toʻkma nigohlaringni,
Bu visolning munojotida
Olovlanib kuygim keladi.
Menga ishon gunohlaringni,
Men ularda seni koʻrgim keladi —
Seni koʻproq suygim keladi.
* * *
Ishq yurakka nayzasin sanchdi,
Sachrab ketdi olamga qonim.
Oʻksib-oʻksib yigʻlamoqda jim,
Oshiqligim — baxtsiz imkonim.
Bilaman-ki, baxtiyor boʻlgum,
Meni gʻamlar siylashadi bot.
Bilmam nechun yigʻlaysan yum-yum
Yuragimda ulgʻaygan sabot.
Kelajakka boʻylayman asta,
Nishon qolmas bugungi gʻamdin.
Mening uchun tuzar guldasta
Oʻn besh yildan keyingi bugun.
Kelajagim — oʻychan goʻdagim,
Xayollarga urgin egarni.
Bir kun birga izlab ketamiz
Tushda koʻrgan shamsu qamarni.
Ishq nayzasi nishon aylagan
Qoʻlda tutib kemtik yurakni,
Yurakning oʻrnida olib qaytamiz
Shabnam yangligʻ kelin — chechakni.
* * *
Yulduzlarga termulib qoldim,
Yulduzlarga qoʻlim choʻzildi.
Uchirdingmi meni yodingdan?
Ucha-ucha oy tomon toldim,
Oyga olgan yoʻlim choʻzildi.
O, yor ketding, ketding kim bilan.
Men quyoshni sogʻindim, gulim,
Ishonchimning bagʻri ezildi.
Endi men nigohman ichikkan.

Sogʻinch

Ochgil quchogʻingni, o, kelgil, qani!
Ey, mening ruhimning izlab topgani,
Poyimda sil kabi sargʻaygan xazon
Kelajak kunlarga oʻt qoʻyar ayon.
Sening visolikgni kutgancha intiq,
Titrab kuylayapman bir gʻamgin qoʻshiq.
Sen kelsang qaytadan gullagay xazon,
Sen kelsang lojuvard tuyulgay osmon.
Sen kelsang eng dilbar yangragay navo,
Sen kelsang bagʻrimda tirilar dunyo…
Tagʻin xotiralar gulxanida jim,
Hindu murdasidek yonar vujudim.
O, qani kul boʻlib qolsaydim butkul,
Nechun shafqatsizsan bunchalar koʻngil?
O, koʻngil sen deya ba’zan tutoqdim,
Yolgʻizlik dashtida qancha uloqdim,
Baxtiyor damlarim sovurdim butun
Zigʻircha haqiqat ushogʻi uchun...
Endi men, endi men, endi netarman?
Ruhim dunyosini izlab ketarman.
Unda sen yashaysan, yashaydi onam.
Unda qishlogʻim bor, bor moʻ’jaz kulbam.
Unda meni kutar goʻdak singari
Hasratli doʻstlarim tolgʻin koʻzlari.
Unda poshnalardan qavargan yoʻllar
Idroknm mavjini tinglagay qoʻllar.
Goʻdakka aylanib qolgan chol misol
Oʻzimni bagʻringga otarman alhol.

Kuz

Xazonlar raqsiga ma’yus termulib,
Oʻtgan kunlarimdan mantiq axtardim.
Ilhom kelayotir doʻstimday kulib
Munis kuzga ifsho etgali dardim.
Men quchoq ochgayman, doʻsti mehribon
Poyiga toʻshayman nigohlarimni.
Ul bilan sirlashmoq naqadar oson
Hayotdan orttirgan gunohlarimni.
Ma’sum kuz mipg yoshli donishmand sifat
Ohista gʻudranar koʻzlarin yumib.
Har bir lahzasida goʻzal bir hikmat,
Unga toʻymayapman tinglab, tikilib.
Yoshman-ku, ne uchun asov yurakni
Yuvosh torttiradi bu keksa navo?
Sevaman bahorni, qoʻngʻir kurtakni,
Kuzni ham sevmasdan boʻlurmi ammo...
Mening umrim nima? Mezondek daydib
Haq uchun kurashga hamroh istadim.
Ammo kimlargadir dardlarim aytib,
Faqat she’rlar bitmoq boʻldi qismatim.
Mana, xazonlarning tilida navo,
Raqs etib yoʻqlikka qilmoqda safar.
Poklandimi she’rim bilan bu dunyo,
Axir, bitilgan she’r emas-ku zafar.
Huvillab yotibdi qorachiqlarim,
Hayhot, men ularni toʻldirolmadim!
Jangga tayyor turgan najotkor qalbni
She’rdan boshqasiga koʻndirolmadim.
Kuz esa ming yoshli donishmand sifat
Ohista gʻudranar koʻzlarin yumib.
Bu qanday afsungar, bu qanday hilqat,
Nechun toʻymayapman unga tikilib?
* * *
Seni oʻylasam
Osmon xiralashar,
Yulduzlar toʻkilar,
Oy ham qulaydi.
Bir sovuq zipdonga qamaydi oʻylar.
Urilar zax nafas yuzimga.
Tinch-totuv yashagimiz
Kelardi goho,
Aka-singil yoki ota-boladek.
Goho esa
Peshonangdan mehr-la oʻpib,
Ketib qolgim kelardi
Tilab olgan qizin
Pinhona oq qilgan ota yangligʻ.
Sen bexosdan yigʻlab yuborar eding
Nimadir roʻy beradigandek.
— Voy, jinni-ey,
Nega yigʻlaysan?
— Keting, keting!
— Ketsam sira yigʻlamaysanmi?
— O, xudo-ey, qandoq odam bu?
Seni oʻylasam...
* * *
Ey, sen yiroqlarga koʻzini tikib,
Umidlar ortida ketyotgan odam.
Shuni unutmaki, har bir soʻqmoqdan
Senga hamroh boʻlib ketyapman men ham
Toliqsang quvvatman, chanqasang agar
Uzoqdan miltillab turguvchi buloq.
Ul porloq manzilga yetib bormoqlik
Doʻstim, sendan koʻra menga muhimroq.
* * *
Yurakkinam, aldana koʻrma
Gar sabolar tutsa ham atir.
Ular bahor elchisi emas,
Maysalarning maddohi axir.
Men qoʻrqaman seni gohida
Aldab qoʻyar shudring tomchisi.
O, bilsayding shunda orziqib
Kutganimni hayet qamchisin.
Yetar, tinch qoʻy, qizil gullarni,
Goʻzal boʻlsa aybdormi axir.
Qizil gullar she’ringni emas,
Yomgʻirlarni kutayotgandir.
Sen maddohlik qilmagin, yurak!
Yurak, oʻzga yoʻl uchun qaygʻur.
Bilasan-ku, yashash naqadar
Qizil rangli gullarga ogʻir.
* * *
Har qadam duch kelaverasan
Bir nokasga yoki yomonga,
Toshmi, kesak otaverishar
Pinhon, oshkor pok bir odamga.
Ayb taqashar begunohlarga,
Aldashadi, tuhmat toʻqishar.
Shu nokaslar boʻlmagandaydi
Qanday ozod yashardi bashar.
Nogoh tanda qon toʻlqinlanar —
Uygʻoqmisan, bormisan, isyon!
Qani, sen ham turgin, ey dunyo!
Qani, sen ham, ey dunyo, uygʻon!
Biroq dunyo sokin.
Shunday sokinki,
Yeqasidan tutib dunyoning
Silkitging keladi
To
Yomonlari toʻkilgunicha!

Shoir

Zulmat bosib kela boshladi,
Tun tushirdi qora pardasin.
Shoir asta oʻrnidan turib,
Ochib qoʻydi nurli darchasnn.
Bir hovuch nur darchadan sachrab,
Zulmatga tigʻ kabi sanchildi.
Shoir esa negadir sekin,
Sekingina jilmaydi, kuldi.
Soʻng shoirni qamradi ilhom
Va qalamga choʻzdi qoʻlini.
Nafisgina bir zangor tuygʻu
She’r uyiga burdi yoʻlini.
She’r eshigin ochdi-yu, shonr
Ichkariga tomon yoʻl oldi.
Tashqarida zulmatning boʻgiq,
Oʻksik, gʻarib ovozi qoldi.

Qishloq

Gʻalati hol boʻladi gakror
Qishlogʻimga borsam har safar.
Tosh qotganday turar u doim
Noyabru yanvar', may oyi.
Koinotdai tushgan yoʻlchidek
Hayrat ichra termulaman tek.
Ilgariga yurganim sari,
Toliqtirar meni ilgari.
Bunda yoʻl ham, uy qam mizgiydi.
Bunda qoʻl ham, oʻy ham mizgiydi.
Oʻylay oʻylay charchab, tolaman:
Nahot men ham uxlab qolaman.
Qishlogʻimga borsam har safar
Gʻalati hol boʻladi takror.

Endi

Gunohim ne boʻldi, ishonchmi?
Qimdan shafqat soʻrab elandim?
Yuragim ishonchga boy edi, ammo
Bu kun boʻm-boʻsh. Bu kun talandi.
Afsus, quvonchlarim oʻspirin yoshda,
Eng gulgun faslda hordi, qaridi.
Minba’d koʻtarmadim hech kimni boshda,
Garchand bunday imkon menda bor edi.
Qoʻngʻir kurtaklarga tashlayman nazar,
Tunlari qaydadir qolar izlarim.
Ogʻir yuragimni koʻtarib endi
Tillarim tomonga oʻrlar soʻzlarim.

«Yoriltosh» Ertagini Oʻqib...

Nozik vujudingni titroq silkitar,
Ona-er shoshirar — tuproq silkitar,
Faqat bir yoʻl menda — koʻnglim zil ketar,
Elan, tosh yorilgay: «Yoriltosh, yoril!»
Lahza-lahza ot dupuri yovuqdir,
Jisming muzlab borar — olam sovuqdir,
Singilginam, toshga dardingni uqtir,
Yorilgay tosh, yorilgay tosh, yoriltosh.
Otlarning shiddati balanddir, barqdir,
Seni nega duchor etarkin taqdir,
Toshlarni uygʻotgil, degil: «Men — faqir!»
Yorilgay tosh, yorilgay tosh, yoriltosh.
Ipakdek ovozing toshni kesdimi?
Olatasirlardan tosh ham bezdimi?
Toshdanmikin erk epkini esdimi?
Yorildi tosh, yorildi tosh, yoriltosh.
Bu sirli qudratga boʻldim guvoh men,
Yashamoqni bildim, boʻldim ogoh men,
Angladim kimdir haq, kimda gunoh men,
Haq qal’asi, xalq qal’asi — yoriltosh.

Navruz Oldidagi Oʻylar

Yil keldi, bahrgir qulochin yozib,
Qaragil, bahori kutmoqda uni.
Ayt-chi, ketmaganmi yil sendan oʻzib?
Aytaqol, oʻzingdan rozimi kuning?
Erta bor gullarin sochadi bu yil,
Qushlari keladi uni koʻrgani.
Qani ayt, sochmoqqa nimang bor, koʻngil?
Seni kim koʻrgani kelar ayt, qani?
* * *
Jilgʻalarni koʻrdim, haq, deb qurigan,
Chinorlarni koʻrdim haq, deb chirigan.
Koʻrdim haq, deb jilgʻa boʻlgan koʻzyoshni,
Koʻrdim haq, deb uvoq boʻlgan choʻng toshni.
Shamollarni koʻrdim haq, deb depsingan,
Togʻlarni koʻrdim men haq, deb silkingan.
Haq, deb avjga mingan toʻfonni koʻrdim,
Haq, deb guldiragan osmonni koʻrdim.
Ey, inson, oʻzni tut endi tonmoqdan,
Tabiat isyonga tayyorlanmoqda.

Choʻl

Mana, choʻl. Jimgina kuzatib qolar
Insonning temir iz kemalarini.
Tuyalarga quvnab qoʻl silkiyotgan
Bolalar — dunyoning egalarini.
Taftli bagʻir bilar — bola qalbidav
Joy olar tuyasi, yantogʻi bilan.
Va bagʻriga qaytib kelarin bir kun
Boʻrondan hayiqmas oʻrtogʻi bilan.

Bir Shoir Haqida Qushik

Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida
Doimo oʻzining ustidan kulib.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida
Har kun ming tugʻilib, har kun ming oʻlib.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
Katta, chiroyli va yorugʻ xonasi.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
Chakki tomar uyda yashar onasi.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida
Tushlarida kezib qishloq, voha, qir.
Bir shoir yashaydi Toshkent shahrida,
Onasi, qishlogʻi sevgilisi — she’r.

Neytron Bomba

(Xossenju Edudan)
Oʻlim sharpasining nishi
Qonni avrar,
Qonni koʻpiklar.
Uyquda, toʻshakda,
Vayron qilinmagan uyda
Halokat.
Xirosima boʻrisi
Yopingan qoʻy terisin.
Birovlar lahzada oʻlayotir,
Qolganlari uzoq azobda.
Marhumlarni kimlar koʻmadi?
* * *
Meni qushlar uygʻotar, erta,
Erta kutib olaman tongni.
Bahor erta aytadi ertak,
Men tinglayman hovuchlab jonni
Oʻn oltiga toʻlgan boladay
Unutaman erta oʻtmishni.
Erta meni kuylay boshlar nay,
Kuzataman ertaga qishni.
Qushlar erta yelkamga qoʻnar,
Chah-chahlashar yoqimli, mayin.
Qadarlarning qaddin yo qilib.
Tong ertaga boshqacha otar.
Men yonurman tongning muzdayin
Havosidan bot-bot yoqilib.
* * *
Tun kechadi. Ufq ortidan
Yoyiladi borliqqa sahar.
Qoʻngʻirogʻin yangratib qayta
Yana yoʻlga tushadi shahar.
Tun kechadi. Ufq ortidan
Bir parivash tong otar oppoq.
Podalarin qirga haydaydi
Koʻzlarini uqalab qishloq.
* * *
Nega siz serrayib qoldingiz —
Holingiz bunchalar boʻldi tang?
Yo sizni muttaham etdimi
Bu — hayot atalmish koʻhna jang?
Qoʻyinga qoʻl solib titkilang.
Yurakka yogʻdiring savollar.
To sizni yer bilan tep-tekis
Etmasdan turfa xil a’mollar.
Maqsadni maqsadga berkiting,
Fikrdan fikrni soʻroqlayag.
Koʻkrakni qattiqroq silkitib,
Tinchgina yashashdan yiroqlang.
Oromlar koʻz qisib qiz kabi
Qoʻymasin vujudni eritib.
Oromlar poʻlatdek qalbni ham
Bagʻrida yuborgan chiritib.

Qish

Oppoq, oppoq, oppoq — bir devor,
Izgʻirini chimchilar yuzni.
Sal parishon boʻlsang bu gʻaddor
Ochirmasdan qoʻyadi koʻzni.
Oqlikka oʻch bu qari tullak
Har yil Bahor yoʻlini poylab,
Uzib olmoq uchun bir gulday
Savlat toʻkib yotar uch oylab.
Unutib ul Yerni muttasil,
Koʻzga ilmay horgʻin Quyoshni
Uzin sanab yuradi vali.
Quyosh, Bahor, Yerni sev koʻngil
Va ulardan oʻrgan bardoshni.
Qorlar erib ketadi hali.

S’yomka Paytida

Rejissyor jilmayib yaxshi gaplashdi,
Aktyorlarga rollar hammasi aniq.
Ammo rejissyorning koʻngli gʻash edi —
Negadir bir aktyor kelmadi? U yoʻq.
«Topamiz unchalik qiyin rol' emas,
Birgina koʻrinish, birgina kadr».
Bir yigitni topib oʻsha rolga mos,
Rolni tushintirdi qoʻl siltab bir-bir,
Yigit rejissyorga oldi-yu, qarab,
Qaytardi yurakdan sizgan nolani:
«Ona murdasidan oʻtasan hatlab,
Chohga irgʻitasan murgʻak bolani.»
Mana oʻsha kadr:
Qoʻlda avtomat,
Onaning murdasi belangan qonga,
Ona — murda koʻksin soʻrmoqda choʻdak,
Yigit qadam tashlar oʻsha tomonga.
Hamma jim.
Rejissyor esa baqirib
Yigitga uqtirar—
Qattiq tort, siltab,
Yigit yaqin kelib
(Qotib qoldi u)
Goʻdakni oldi-yu, turdi qaltirab.
Qoʻlchalarin siltab chinqirar goʻdak,
Yigit chor atrofga boqar termulib.
Soniya oʻtmasdan hatto aytgudak,
Xaloyiq tomonga chopdi entikib.
Rasvo qildi!
Stop!
Takrorlash kerak!
Yigit tomon chopdi terlab dargʻazab.
Ona koʻksin qoʻmsab yigʻlaydi goʻdak,
Rejissyor uqtirar qayta-qaytalab.
Yigit yana yoʻlda. Jim-jit toʻrt tomon.
Mana soʻngi lahza, soʻngi bir qadam.
Goʻdak koʻkrak soʻrar ogʻzi-burni qon.
Yigit avtomatni otdi bu gal ham...
Rejissyor qaytadan yalinib koʻrdi:
Tushunsang-chi, uka,
Bu kino, kino!
Insonlar bundan ham battar xor edi,
Buni koʻrish kerak butun bir dunyo.
Yana urinib koʻr,
Epla, iltimos!
Haqiqiy fashistni qaydan topaman.
Oʻzingni qoʻlga ol bir muddat xolos,
Tushun, uch soatdan buyon chopaman.
Yigit bosh koʻtardi arang va ma’yus,
Avtobus tomonga qadam tashladi.
Hech kimga qaramay, demay biron soʻz,
Fashist mundirini yecha boshladi.
* * *
Soʻlim kecha, Oy kezar,
Yel — oydin tun hoʻshigʻi.
Jisming aro she’r yuzar—
Hayotingning bor-yoʻgʻi.
Tiriklikning kuchini
Anglatib senga nogoh,
Yurakka qoʻl uchini
Choʻzar she’r — saxiy hamroh.
Munisgina seskanar
Mehrga tashna yurak.
Bosh aylanib koʻz tinar,
Yana senga ne kerak?
Soʻlim kecha. Oy kezar,
Yel — oydin tun qoʻshigʻn.
Jisming aro she’r yuzar—
Hayotingning bor-yoʻgʻi.

Doʻst Bilan Suhbat

Esingdami?
Bahor edi,
Qoʻy boqardik adirda.
Turnalar ham kelib qoʻndi
Bizlardan sal narida.
Moʻ’jizaga boqdanday biz
Hayajon-la termulib,
Bor dunyoni unutdigu
Singdik uning bagʻriga.
Hayajonmi yo hayratmi
Yetakladi bizlarni—
Turialarga tomon chopdik
Qadagancha koʻzlarni.
Afsus, ular birdan choʻchib
Koʻtarildi samoga,
Biz-chi, qoʻshiq aytib qoldik
Qoʻl choʻzgancha havoga.
Ikkimiz ham bor dunyodan
Bexabardik u zamon.
Nogoh tekkan tarsakidan
Uchib tushdik nogahon.
Qarshimizda ikki kishi
Miltiq ushlab turardi,
Ikkisi ham ikkimizdan ;
Nelarnidir soʻrardi.
Tasodifiy ushbu holdan
Na yigʻlar, na kulardik,
Faqatgina turnalardan
Baland uch deb tilardik.
Sezmagandik oʻshal kuni
Tasodifning hadisin.
Keyin esa qoʻmsab qoldik
Turnalarning shoʻx sasin.
* * *
Esingdami?
Esingda bor!
Qanday uchdi turnalar,
U lahzani xayol qilsam
Qalbni nedir tirnalar.
Usha bahor toʻqnash keldik
Bolalikning kuziga
Umr esa toshqin seldek
Oqar, qaytmas iziga.
Ba’zan oʻsha adirdan
Boshim egib qaytaman,
Kuzatgancha bolalikni
Qaytmas yoʻlga qaytadan.

Yaratilmay Qolgan Polotno Yoki

Rassom Muhabbati Haqida Ballada

Qirgʻoq. Soʻng yam-yashil besar^ad adir,
Rassom xolst yonida turar oʻylanib.
Uni asir etgan peyzaj negadir
Xolstga tushmayapti rangga lylanib.
Koʻzlarini toʻydirib olgach,
Hadsiz adir, zangor qirgʻoqqa,
Xolstga bir zum termulib qayta
Ishonmadi ming xil boʻyoqqa.
Ortga qaytdi ranglar sralab,
Xayol tarqoq asabi tarang.
Goʻyo uni qirgʻoqdan haydab
Yuborgandi ming birinchi rang.
Quvgʻindiday koʻngli ogʻrinib
Tentiy-tentiy qattiq horidi.
Adir, qirgʻoq, tong qoʻynidagi
Har lahzada oʻn yil qaridi.
Yerga choʻkdi... Tabiat unga
Bor mehrini ulashdi iyib—
Usha oʻjar noma’lum rangni
Keldi ruhi yoniga kiyib.
Shirin kuldi injiq koʻzlari,
Dil toʻridan joy oldi safo.
Pichirladi: «Bu Zamin — Saxiy!»
Pichirladi: «Bu Saxiy — Samo!»
Yoʻlga tushdi qaysi bir kuyni
Mast odamdek hirgoyi qilib.
U ruhiga toʻymasdi sira,
Har qadamda ming bor tikilyab.
* * *
Yigʻlab boʻldi chogʻi bu yurak,
Yoki yakson etdi hasrat koʻlkasin.
Yurak zafarlardan bermoqda darak,
Ul topdi qidirgan moviy oʻlkasin.
Ammo oʻlkam boqar begonasirab,
Choʻkkan kema kabi turgʻun va gʻarib.
«Bolangman, sen boqqan pinjida asrab,
Topdim seni hasrat taxtin agʻdarib.
Bu kim? Sen oʻzingmi? Koʻzishdan nechun
Hayronlikning turfa jilgʻasi oqar:
E’tiqodda sobit turganlar beun
Adashgan odamga sen kabi boqar.
Men senga yoʻliqib qolmadim, axir,
Sening borligingga keltirib imon,
Gʻaddor sinovlarga solsa ham taqdir
Senga talpindim va yetoldim yomon».
* * *
Haqiqat, deb rahm soʻrmam,
Yurak bordur, menga basdir.
Yaratgum ne tila, koʻnglim,
Haqiqat kun kabi rostdir.
Xayr soʻrsam haqiqat, deb
Unga bu bir buyuk qastdir.
Yomonlar koʻkda-yu, u payt,
Yaxshilar yerdadur, pastdir.
Yurak kuch ber, yurak, quvvat,
Bilak, ongim senga dastur.
Koʻzim ashki agar qondir
Rahm kutmam yomonlardin,
Ki yoʻqsa gar ta’na toshi
Kelgay ming-ming zamonlardin,
Haqiqat menga termulgay
Qilib koʻzyosh tomonlardin,
Tamom men soʻng judo boʻlgum
Yurakdin, jon yoronlardin.
Menga doʻst-yor oʻzing, yurtim,
Menam yolgiz senga xosdir.
Daraxt ham koʻkka boʻy choʻzmas,
Agar kul boʻlsa yaproqlar.
Haqiqatni niqob aylab
Hamoa bogʻda uchar zogʻlar.
Haqiqat koʻksida undan
Qotdi ne qop-qora dogʻlar.
Haqiqat, deb rahm soʻrmang,
U bizni kutgay oʻrtogʻlar,
Imonu e’tiqod qonni
Pokiza tutsak shu basdir.

Uddaburon Odam Yoki Gunohkor

Sogʻinch Haqida Ballada

...Demak, ketish kerak. Ketaman,
Vokzalga yoʻl olaman shoshib.
Kassalarda odam tirband,
Ehromdan muqaddas kassalar qoshi.
Kimningdir turtaman, kimdir turtadi.
Kassirning diydori bir umrlik yoʻl,
Kimningdir kutmoqqa sabri yetadi.
Menda-chp, tugagan. Va siltayman qoʻl.
— Qayoqqa olasiz?
— Oshga.
— ...(«Ming la’nat!»)
— Kechirasiz, balki yoʻlimiz birdir?
— Navbatni men emas, chiqargan davlat.
— ...,«Faylasuf ekan-ku, yoʻlda jin urgur»)
Kassaga yaqinroq turgan bir sodda
Student yigitga ishora qilib,
Sulh taklif etaman va oʻtib oldga
Oraga kiraman arang suqilib.
Kimdir pingʻillaydi yoshlar haqida.
(«Keksayib tugʻilgan chogʻi, enagʻar»)
Turfa xil nigohlar tegar orqadan,
La’natu va undan battari ham bor.
Pulni uzataman:
—Qarshiga. Bitta.
—Obshiy.
— («Sening nafsing») Endi, iltimos.
U mening koʻzimga boqar, albatta,
Qaytimi qoladi, degapday, xolos.
Teshib chiqsin, deya men ham koʻz bilan
Biletni olaman platskartniyga.
Oʻz-oʻzimga oq yoʻl tilab qoʻyaman:
Salomat yetsak bas, qadrdon uyga.

Bir Tomchi Yosh

(Rassom Isfandiyor Haydarovga)
Menga bir tomchi yosh
Surati kerak.
Orolga oʻxshab
Yildan-yilga,
Kundan-kunga
Qurib borayotgan koʻzyosh surati.
Soʻnggi marta qachon
Yigʻlaganini
Unutmagan — odam.
Oʻzgalarning yonoqlarida
Oʻz koʻz yoshin
Tanigan — odam.
Har zamonda sizni koʻrgim keladi,
Ammo bu ogʻir vujudni sudramoq ogʻir.
Yana bir dard meni sil kabi qiynar—
Yuragimning boʻm-boʻsh oʻrni ogʻir.
Menga
Vujudsiz yurakning,
Vujudsiz koʻzning
Bir tomchi yoshining surati kerak.
O, qani suratda bu bir tomchi yosh
Koʻzsiz ham boʻlsaydi.

Yosh Oshish

Yoʻq, firoqqa oʻxshamas bu dam,
Oʻxshamaydi bu shodlikka ham,
Qarshisida xunobing oshib
Hamda yengil tortadi odam.

Ayol

Nonushtani hozirlash uchun
Sekingina qoʻzgʻalar ekan,
Nigohlari erining ma’sum
Chehrasida oʻynaydi shoʻxchan.
Nonushtani hozirlar ekan,
Er oʻrniga oʻzini qoʻyib,
Uning shirin yonishlaridan
Munis koʻngil ketadi iyib.
U jimgina tikilar ortdan
Er eshikni ketarkan yopib.
Soʻng eshikka suyanmoq uchun
Kech qolganday boradi chopib.
Eshikka suyanib jilmayar ayol,
Eriga suyanib jilmaygan kabi.
* * *
Umrimni shubhaga yoʻyar kunduzlar —
Rostu yolgʻon birday yashaydi kaftda.
Qayoqqa ketyapsiz qaytingiz, doʻstlar!
Qaytingiz, doʻstlarim, qayting kulfatdan!
Eshitgisi yoʻqdir hech kim kimni,
Avjini yoʻqotmas yoʻqotish, goʻllik.
Bunda dasti baland soxta doʻstlikning,
Bu nima foje’mi, mudhish kasallik?
Nechun bu davraga keldim, ne uchun?
La’nat boʻlsin senga, ochkoʻz ixgiyor.
Bir bora koʻrsatib doʻstsizlik kuchin,
Baxtiyor boʻlganing yetmasmi, agʻyor.
Boq endi, toʻydirib ol koʻzlaringni,
Omonat lutflarni peshonangga surt.
Qaytadan nishonla bu zafaringni,
Achchiq iztirobni yutoqqancha yut.
Rohatlan ularning qaddiga qarab,
Rohatlan ularning qaytmasligidan —
Kunduzlarni ma’shum shubhaga oʻrab,
Chin soʻzin hech qachon aytmasligidan.
Zolimsan, toshlarga aylangan diydang
Oʻxshaydi qorongʻu, tubsiz oʻpqonga.
O, qani, sen bir bor oʻrtansang, kuysang
E’tiqod, imoni kemtik insonga.
Senga ta’sir qilmas endi bu iqlim,
Takror kechirilgan hisni netasan.
Endi seni bilmas davralarga jim
Sovuqqon shiddat-la uchib ketasan.
Bilaman kor qilmas senga iltijo,
Ra’yimni_ necha bor qaytarding hissiz.
Yovuzliging, mayli, menga qil, ammo
Ketma, yolvoraman choʻkkanimcha giz.
* * *
Goho hamma narsa charchatar,
Diqqatingni boʻlaveradi.
Yolgʻizgina, sokin tursang-da
Yolgʻiz boʻlging kelaveradi.
Ichingdagi sirli sukunat
Xotirjam dam-badam baqirar.
Sezasan-ki sukut kimningdir
Yolgʻizligin tinmay chaqirar.
Kuch ato etadi sukutning
Bu kabi ogʻriqli nolasi.
Va axtarib ketging keladi
Yolgʻizliging yolgʻiz bolasin.
* * *
Vatan, menichg yurak iplarim
Bilib boʻlmas samoviy qudrat,
Samoviy bir ishonch tufayli
Yuragingga bogʻlangan faqat.
Yashayapman oromdan kechib,
Lahzalarni rangga boʻyab man.
Bedor tunlar farahin ichib,
Suratingni chizgayman, Vatan.
Kuylarimga esh boʻlib siymong,
Dil tubidan chiqar otilib.
Har satrimdan kulib turgay tong,
Yurtim, yursam senga topinib.
Faxri baland, mehri tugaimas
Bagʻringda bir mitti insonman.
Tuprogʻingda ulgʻaydimmi, bas,
Men ham bitta Uzbekistonman!
* * *
Tark et, orom, avrama,
Avrama, ey, yorugʻ dard.
Sen koʻz nurim, yolgʻizim,
Ammo tark etgil faqat.
Koʻngil sogʻinchli axir,
Axir, sogʻinch ham ozor.
Ket, koʻngilda yoshini
Yashab boʻlgan sabr bor.

Mening Kunduzim

Boʻzchi belboqqa yolchimas
Xalq maqoli
Kunduz — Quyosh hidlayotgan gul.
Mening ham shu guldan kelar hidlagim.
Men Quyosh emasman, men—bogʻbon, men—qul,
Qanchalar foje’ bor kuzatmoqqa jim.
Engagimga ketmonni tirab
Sogʻinaman gulning boʻyini.
Baxtday tuyularkan iztirob
Qiziq koʻringanda taqdir oʻyini,

Ota

Ota!
Ota — bu soʻz qanot ekan.
Xotiramning devorlariga
Mixlangan mana bu
Lahzalarning jonli surati:
Moʻ’jaz qishloq.
Biz — bir toʻp bola
Oshiqmi, chillakmi oʻynaymiz har kun.
Ba’zi kun tushdami yoki kun qaytgach,
Ularning otasi kelar bozordan.
Men shunda koʻrganman
Bolalarning qanotlarini.
Usha kun tushdami yoki kun qaytgach,
Qanotimdan qayta ayrilar edim
Va onamning nigohi yetmas bir joyda
Tizzamni quchoqlab uzoq yigʻlardim.
Qorachiqlarimda esa
Farishta misol
Qanotli bolalar uchib yurardi.

Keksa Soldat Bilan Suhbat

Tushimda onamni koʻrardim faqat.
Ilk tun sochlarimni silagach uzoq,
Asta shivirladi:
Bunday qarama,
Koʻzlaringni yum.
Ozgina xavotir oldim, koyinma,
Toʻshaging balandda ekan-da, bolam!
* * *
Qulogʻim ostida bir juft eng ma’yus
Qoʻshiq hanuz hazin sado taraydi:
«Ozgina xavotir...» «Xoin va firib...».
«Vatan esa Ona. Ustav-chi — USTAV!..»
Men munis xayolning pinjiga kirib
Sekin shivirlayman: Hammasi bor gap.
Men-ku, oʻz postimda sergak turibman,
Taqiq chizigʻimdan oʻtolmas gʻanim.
Xoinning qismati ayondir, ammo
Posti yoʻq kimsalar qiynaydi meni.
Razvodsiz kunlarni istayman hamon,
Razvodsiz kunlarni tusaydi koʻnglim.
Bilmadim, qaylarga ketmoqda zamon,
Oson boʻlmas chogʻi senga ham, oʻgʻlim.

Soʻngsiz Bahslardan Soʻng

(Isikava Gakubokudan)
Charchagan miyamning qop-qaro,
Qop-qaro kengliklarida
Xuddi chaqmoq yangligʻ
Yalt etar goho
Mazmuni inqilob atalgan fikr...
Faqat bir daqiqa!
Soʻng hayotbaxsh qaldiroq gumbirlashi ham
Eshitilmay qoladi, hayhot!
O, bilaman
Chaqmoq yolqiniga
Zulmat orasidan
Yangi dunyo chiqadi peshvoz.
Nihoyat'topadi
Oʻz joyini har bitta narsa...
Ammo shu daqiqa — chaqmoq ham soʻnar,
Hayotbaxsh qaldiroq gumbirlashi ham
Eshitilmay qolar tilsiz sukunat aro.
Charchagan miyamning qop-qaro,
Qop-qaro kengliklarida
Xuddi chaqmoq yangligʻ
Yalt etar goho
Mazmuni inqilob atalgan fikr...
Faqat bir daqiqa!

Shoirga

Bas yetar!
Chekilgil, nozik iste’dod!
Ey, mayda istaklar, keting nariga.
Sakkizinchi osmon boʻlib koʻrinmang
Yigirmanchi asr shoirlariga!
Shoir, garchand ogʻnr tunlarni yirtib,
Soʻz sizgan yurakni sirib bogʻlamoq,
Haqiqat haqida ma’yus she’r bitib
Hislar changalida beun yigʻlamoq,
Sindir qalamingni dadil, mardona,
Bir tirik she’r kabi otlan yurishga.
Yosh bilan qotgandir zamin tuprogʻi—
Bizdan avvalgilar yigʻlab boʻlishgan.
Ammo, hanuz haqning choponi janda,
Hanuz haq deganning ichgani yovgʻon.
Yomonlar bor ekan toki zaminda
Dunyoda san’atning borligi yolgʻon.
Hayqir, hayqir shoir, toʻpla gumanni,
Dunyoning boshini sen oʻzing koʻtar.
Bir goʻzal, bir ajib yorugʻ kunlarni
Tuygʻular pinjida kutganing yetar.
Yetar, bas!
Chekilgil, nozik iste’dod!
Ey, mayda istaklar, keting nariga.
Sakkizinchi osmon boʻlib koʻrinmang
Yigirmanchi asr shoirlariga.

Yashil Yaproqlar

1

Zim-ziyo,
Qorongʻi,
Chuqur tun.
Goʻyoki men unga choʻkib ketyapman.
Ogʻiz ochib boʻlmas.

2

O, men
Kimlarga
Havas qilmadim
Shoirlardan boshqa.

3

Umidsiz boqaman
Yoʻllari loy
Botqoq qishloqqa:
Qayerga ham
Borib boʻlar
Bu yoʻllar bilan.

4

Oʻqilmagan kitob —
Qorongi zindon.
Unda uygʻoq soʻzlar,
Isyonkor fikrlar tambalangandir.
Dunyoda
Bu tambani
Buzishdan ham
Yoqimli ish yoʻq.

5

Biz seni oʻldirgan
She’rni oʻqidik,
Aza tutdik.
Ichimizni tinmay
Tildi xoʻrsiniq.
Endi ichimizni tilib yashar
Koʻr, razil xoʻrsiniq,
U — sen, doʻstim.

6

Mayli, sovuq qarshila,
Qovogʻingdan qor yogʻdir, mayli,
Men begunoh bolaga oʻxshab
Yuzimga biron ayb chizib olarman
Bechora sevgining qoʻllari bilan.

7

Oʻlsam,
Hayron boʻlmang.
Uzoq yashash uchun
Tugʻilganim yoʻq.

Ruh Bujud Va Ishq Haqida Ballada

1

Qimtinib, tortinib oʻtirmay,
buzib hayo chegarasini
bostirib kirdingiz sokin dunyomga
ufurib, anqitib ayol isini.
Goʻyo qasd etdingiz
va yoki goʻyo
eng muhim qasosga bogʻladingiz bel.
Goʻyo men tosh edim,
siz-chi, siz esa
asrlar oʻrgilib
uni erituvchi
rohatbaxsh bir yel.
Meni lol qoldirdi
sizdagi jur'at,
sizdagi ishonchu
lutf ila noz,
Ruhga ham bir
nigoh boʻlsa bas edi,
u siz bilan etardi parvoz.
Lekin ruhni hech esga olmay
dujumlar qildingiz ojiz vujudga.
Koʻzlaringiz koʻzim,
qoʻllaringiz qoʻlim,
lablaringiz lablarimni mahv etdi.
Qoraydim.
Siz qamal etdingiz ruhsiz vujudni
bir xushboʻy,
bir ifor tuman
qopladi vujudni, tamom!
Siz yongdingiz!
Ruh... ruh esa vujuddai ayri,
qayda izgir,
u qayda daydir.

2

Oʻz-oʻzidan yongan
olov edingiz,
men esa sovuqda
qolgan bir kimsa,
ustiga bir kuygan,
kuydirilgan jon.
Sizdagi taft,
jur’at va nozni
muhabbat farzandi, deya oʻylagach,
men sizga — olovga
yaqinroq bordim.
Bordimu negadir
«Siz» deb atolmay
Qoʻrqa-pisa «sen»lab yubordim.
Gʻalaba nash’asin
Tuydingu ilk bor,
«Sizga yarasharkan!»
deding oshkora.
Men xok edim —
kuygan, kuydirilgan xok.
Sen shu xokka ilk urugʻ qadab,
parvarishlab,
koʻkartding goʻyo,
lahzada oʻzimga
koʻrsatding goʻyo —
Ruhsiz vujud
oʻz kashfidan
oʻzi quvonib
qoʻllarini olovga choʻzdi.
Allaqanday huzur
chulgʻadi tanni.
Lablar ham olovga choʻzildi keyin,
vo, ajab, kuydirmay,
qudratmi, jur’atning ta’min
tortiq etdi unga bu olov.
Huzur, halovatda yayrarkan,
daydi, tentak ruhga
achindi vujud.
U oʻzini ollo sanardi,
olovga qoʻshilib yonardi.
Olov oʻrlar, alanga oʻrlar —
niyatiga yetishgach zoʻrgʻa.

3

Tentir,
daydir
bevatan ruh.
Koʻz sotqin,
yuz sotqin,
lab, qoʻl ham sotqin.
Yotogʻingga kirib boradi gavdam
qonsiragan yirtqich misoli.
Sen oʻzing yaratgan olamdan,
sen oʻzing yaratgan odamdan
qoʻrqyab qunishasan,
Endi huzur qilib
qiynashim mumkin
yo qiynalib
huzur qilishim mumkin.
Jonsiz vujudingga
qoʻlimni choʻzsam,
ranging oqarib,
behush yiqilasan
quchogʻimga sen...
Tentir,
daydir
bevatan ruh.
Bir sado kelar,
elanar.
Sen-chi, quchogʻimda
yotibsan behush,
Bir sado kelar,
elanar.
Men-chi, oʻpmoq
istayman seni.
Tentir,
daydir
bevatan ruh.
Qoʻling sovib borar,
sovnb boradi yuzing,
lablaring soviydi,
sovir vujuding.
Talvasaga tushar yirtqich gavdam
daydi ruh qaytdi.
Va lekin yirtqichga
aylandi sukut.
Men oʻzim yaratgan olamdan
qoʻrqib qunishaman.
Sen-chi, sen behush.
Sukut biz tomonga
qoʻlin choʻzsa bas,
men ham yiqilaman.
Goʻyo ikkimizni ham
yutib yuboradi bu yirtqich.
Goʻyo bu soʻnggi kun,
soʻnggi soniya...
Tur, tursang-chi,
men seni tushundim axir.
bu sukutga biror narsa de.
Ishq mening tilimga chiqqan chechakdir.

4

Ishq
mening tilimga
chiqqan chechakdir.
Endi kel,
quloq tut
chap koʻkragimga.
Tingla ishq olovin
chasirlashini.
Eshit
yurak devorlaridan
koʻchib tushayotgan
zanglar tovushin...

Doʻstim Salomjonga

Kerak boʻldi kechdik baridan,
Ortda yigʻlab qoldi oromlar.
Biz choʻllarning etaklaridan
Izlamadik she’rga ilhomlar.
Ortga surdik bizlar visolning
Farah baxsh etuvchi xush onlarini,
Yanada balandroq koʻtarmoq uchun
Oʻzbekiston xirmonlarini.
Samolarga Soqmoqlikka ham
Vaqtimiz yoʻq, yetmaydi fursat.
Koʻkda yongan ulkan yulduzdan
Bir chigitning hurmati baland.
Tilingan qoʻllarni yarador darmon
Qistaydi chavandoz singari —
Har chanoqda bir parcha armon,
Har gʻoʻzada biror koʻpkari.
Biz — paxtakor! Sevamiz axir,
Zahmatlarning boʻronlarini.
Bizdan boshqa kim ham koʻtarar
Oʻzbekiston xirmonlarini.

Yoʻl

Eshik taqilladi.
«Keldi, u keldi».
Ochaman. «Boshqa».
Kiring. Kiradi.
... Ketadi.
Eshik taqilladi.
«U keldi, u».
Ochaman, «Bu ham meni sogʻingai odam».
E, keling, qani, qani!
Kiradi. ...Ketadi.
Eshik taqillaydi,
Xayriyat, keldi-ey!»
Ochaman. «Hech kim yoʻq.
Balki bekingandir u biron yoqqa
Yoʻq. Hech kim yoʻq».
Eshik taqillaydi,
Oylar oʻtadi.
Eshik taqillaydi,
Yillar oʻtadi.
Eshik taqillaydi,
Sogʻinganlar kelib ketadi.
Eshigingdan kutgan odaming
Kirib kelmas ekan hech qachon.
Qoʻllaringdan kelsa, kelmasa
Kutgan odamingga aylan.

Tortilgan Kamon

(turkum)

1

Tong. Quyosh ataylab chiqqanday
Albatta olmoqqa oʻchini —
Sovuqqa, ayozga, qorlarga
Koʻrsatib qoʻymoqqa kuchini.
Yosh toʻka boshladi quyoshning
Qish chidash berolmay qahriga.
Va yigʻlab bosh qoʻydi nish urgaa
Maysalar lashkarin bagʻriga.
Maysalar bezovta dildirab
Quyoshdan iltifot soʻradi...
Kech. Quyosh maysalar lashkarin
Tun bilan qoldirib joʻnadi.
Tun esa boqqancha ularga
Hayratdan kelmasdi hushiga —
Maysalar miriqib uxlardi
Quyoshni koʻrishib tushida.

2

Ji ........ i ....... m
Kurtaklarni toʻlgʻoq tutmoqda
Va osuda uchmoqda bir sas,
Uzbekiston farzand kutmoqda
Bu oddiy bir soniya emas.
Umr tulporin qantarib qoʻyib,
Lahzani baxsh eting kurtakka,
Oʻzbekiston chehrasidagi
Voqeani biting yurakka.
Koʻkka boqing (nidoga emas),
Suzmay turar sokit, unsiz oy.
Bu lahzani entikib olam
Roppa-rosa kutdi toʻqqiz oy.
Ji ....... i ....... m
Kurtaklarni toʻlgʻoq tutmoqda.

3

Qish yigʻa boshladi koʻchini,
Qaridi shekilli safari.
Yo qishning eng soʻnggi kuchini
Sindirdi bahorning zafari.
Kurtaklar qiz kabi toʻlishdi,
Shabboda ularni siladi.
Kurtaklar ichidan yam-yashil
Bargchalar kulgisi keladi.
Maysalar quchoqlab bir-birin
Yomgʻirda miriqib choʻmilar,
Dachalar, adirlar, oʻtloqlar
Gʻaroyib hislarga koʻmilar.
Bolari erkalab gʻunchani
Va’dalar etadi kelajak,
Labini choʻzganda boʻsaga
Choʻchitib yuborar guldirak.
Daryolar toʻlishib-toʻlishib,
Oʻynoqlay-oʻynoqlay oqadi,
Samoning belidan kamalak
Bahorga suqlanib boqadi.

4

Necha kun-ki jilvagar quyosh
Koʻz-koʻz etsa yerga jamolin,
Oʻn yettiga toʻlmagan qizlar.
Oʻrab chiqar yozgi roʻmolin.
Olib uchar xushboʻy hid, ifor
Shabbodalar tuyu kun iyib.
Boʻyga yetgan, yetmagan qizlar
Yurar yengsiz koʻylagin kiyib.
Qizlar dilga qoʻshiq tutadi,
Qizlar hadya etadi hislar.
Koʻchalarda toʻlib ketadi
«Men — BAHOR!» deb tashlagan izlar.

5

Hamma narsa aytadi alla,
Hamma narsa alla tinglaydi.
Koʻchadagi izlarni koʻrib,
Kechalari uyqum kelmaydi.
Vujudimni qoplar iliqlik,
Tunda yulduz tafti keladir.
Shabbodadan maktub yuborib
Quchogʻiga chorlaydi adir.
Quchib oʻpgim keladi ammo
Maysalarni choʻchitgim kelmas.
Men bir oshiq shoirman, afsus,
Shabboda ham, yomgʻir ham emas.

Zamin Chorlovi

Zamin qalqir,
Zamin langarini yoʻqotgan goʻyo.
Yashash esa oson.
Bu osonlik qimmatga tushgan.
Bu osonlik qimmatga tushar.
Necha abdullolar, usmon nosirlar,
Uchrasha olmadi bu ne’mat bilan.
Necha abdullolar, usmon nosirlar
Qoʻrqib yashayapti shakkok visoldan.
Oʻzbeklarning asl farzandi ular,
Millat ozmi, elatlar ozmi?!
Zamin qalqir.
Zamin langarini yoʻqotgan goʻyo.
Mobodo Firdavsiy uygʻonib ketsa
Har bitta millatning tilida boʻlgan,
Har bitta elatning dilida boʻlgan
«Shohnoma» sin yoqardi ilk bor.
Soʻngra u oʻzini otardi oʻtga
Qaytadan uygʻonib ketmaslik uchun.
Zamin qalqir,
Zamin langarini yoʻqotgan goʻyo.
Yashash esa oson.
Bu osonlik qimmatga tushgan,
Bu osonlik qimmatga tushar.
Besh asrdan beri, besh asrdan buyon
Navoiyni tahlil qilishar.
Gohida dargʻazab,
Goho yukinib
Koʻrinadi mening koʻzimga:
«Qani mening yakqalam aylagan xalqim!
«Mayli, sen ziyorat qilma qabrimni,
Tinglama men bitgan kuyni, qoʻshiqni»
Vale sen xalqimga koʻrsatgin, bolam,
Yurtimga kiradigan eshikni.
Zamin qalqir.
Zamin langarini yoʻqotgan goʻyo.
Xalq gullari koʻzlaringni och,
Xalq gullari koʻzlaringni och!
Ioʻqsa, Firdavsiysiz qolajak ochun,
Navoiyning yurti sabil qolajak.
Zamin esa qalqiyveradi,
Langarin yoʻqotib qoʻyadi rostdan.
Yashash...
Yashash oson kechaveradi.
Yashash, axir, haddan tashqari oson.

Zeboga

Salom! Singilginam!
Kamgap, kamtarim!
Topdingmi izlagan mushfiq hislarni.
Derazam yonida oʻylayapman jim
Paxtazor bagʻrida kechgan kezlarni.
U miskin xotira huda-behuda
Meni oʻz bagʻriga oladi tortib.
Sen paydo boʻlasan mitti jussang-la
Oʻn olti kiloni yelkangga ortib.
Paxtazor yomgʻiru qordan koʻpchigan,
Chaqirim uzoqda tuyular har joy.
Sen-chi ketayapsan kuchsiz yelkangda
Oʻn olti kiloyu etik dahsar loy.
Men oʻqiy boshlayman sening ortingda
Loyga botib qolgan ogʻir izlarni.
Sen-chi ma’yusgina xirmonga toʻkding
Oʻn olti kiloyu zilday hislarni.
Derazam yonndan meni nimadir
Chiranib tortadi, ketaman keyin...
Paxtazor bagʻrida sen bilan kechgan
Oʻzga damlarni ham eslamoq qiyin.

Jangsiz Maydon Tarixi

Mangu osudadir mening maydonim,
Bir umr bilmadi u nimadir jang.
Bugun sovib, tinib qolgandir qonim,
Aybdorlarni... qoʻying, yaxshisi, tinglang.
Mangu osudadir mening maydonim.
Sabr etagidan tutgan bolalik,
Mehnatdan bukchaygan murgʻakkina qad,
Mittigina yurak gina nolalik,
Bir vujud — bor-yoʻgʻi bardoshu toqat.
Sabr etagidan tutgan bolalik.
Savollar quyilib kelar galma-gal,
Nega, kimlar uchun, qandayin qaydan?
Har savol javobga turibdi mahtal—
Meni kutayotir osuda maydon.
Savollar quyilib kelar galma-gal.
Men zamon ruhi-la voyaga yetdim,
Aldandim, aldadim, unutdim, bildim.
Koʻngil istamagan yoʻllardan ketdim,
Koʻngil istamagan yumushlar q’ldim,
Men zamon ruhi-la voyaga yetdim.
Umrim shu. Qoʻl siltab keta bilmasman,
Garchand maydon menga mahtal, intpzor.
Men oʻzimni fido eta bilmasman —
Qonimda kun koʻrmay oʻtgan kunlar bor.
Umrim shu. Qoʻl siltab keta bilmasman.
Endi kech deymanu yoqa yirtmasman,
Qoʻlimni choʻzsam-da yoqamga yetmas.
Zamondan ham xayru ehson kutmasman,
Ul mening bogʻimga daraxtlar ekmas.
Endi kech deymanu yoqa yirtmasman.
Bilaman, evrilib turar zamonlar,
Shohlar zabun boʻlar, zabunlar-chi shoh.
O, baribir ular baxtli insonlar,
Men-chi na shohdirman, na zabun, evoh!
Bilaman evrilib turar zamonlar.
Menga taskin emas, kerakdir talqin,
Toki oʻz umrimga emasman xoqon.
Qachon boʻy koʻrsatar men sogʻiigan kun,
Men shoh yoki zabun boʻlaman qachon?
Menga taskin emas, kerakdir talqin.
Taqdir deganlari shu boʻlsa kerak,
Istak-xohishimga u butkul begʻam.
Ertamni oʻylayman hovuchlab yurak,
Men — allaqachon yoʻq etilgan odam.
Taqdir deganlari shu boʻlsa kerak.
Shohlik yo zabunlik — mana haqiqat!
Qolgan tashvishlarning barchasi mayda.
Faqat shundagina, ha, shunda faqat
Osuda turmaydi birorta maydon.
Shohlik yo zabunlik — mana haqiqat!
Mangu osudadir mening maydonim.
Bir umr bilmadi u nimadir jang,
Bugun sovib, toʻnib qilgandir qonim.
Ammo aybdorlarni qoʻying, izlamang.
Mangu osudadir mening maydonim.

Kel, Menga Hamdam Boʻl

1

Siz: ajdaho yoʻq,
Ajdaholar
Ertakda, deysiz.
Unda Orol qani,
Qani mening yashil bogʻlarim?

2

Qachon tushunamiz
Orol hasratnda
Munojot oʻqiyotgan shamolni.
Balki u ham chanqagandir,
Tomogʻi ham qurib ketgandir balki.

3

Kelishib olaylik
Biron narsaga,
Amuningmi, Sirning suviga oʻxshab
Ketaverish yaxshimas axir.
Kelishib olaylik
Xalqning boshiga
Tushmasligi uchun Orolning kuni.

4

Orolni
Quritish mumkindir balki,
Lekin
Quritib boʻlmaydi
Unlab xalqning xotirasini.
Xotiraga paxta ekib boʻlmaydi.

Savol

Maktab — oʻn yil.
Yarmidan koʻpi
Paxtazorda kechgan —
Yagana, oʻtoq, terim.
Nimjon gʻoʻzalarni yulib bir paytlar,
Paxtakorga sharaf keltirgan boʻlsam.
Bugun maktabdagi nimjon yillarim
Yagana qilmoqqa turibman mahkum.
Qaysi bir yilimdan kechayin, ayting?
Paxta — bu men uchun vijdondek aziz,
Unga xarj etilgan umr moʻ’tabar.
Ilmsiz qayga ham bormoqlik mumkin,
Ilmsiz Vatanning holi ne kechar?
Qoʻllarim qaltirar, chayqaladi jon,
O, balki ularni yulmoqlik bekor!
Ammo qayda boʻlsa ortiqcha shafqat
Haq hamda adolat topadir ozor.
Yurakda ooshlanar bir qat’iy amal,
Shoʻrlik toʻxtab-toʻxtab ura boshlaydi.
Paxtakorga sharaf eltgan yillarim
Oʻn yillik umrimdan yulib tashlaydi.
Evoh, nima qilib qoʻyding, yuragim!
Nahotki bu amal shuncha osondir?
Bilasan, nooʻrin shafqatsizlik ham
Ortiqcha shafqatdek koni ziyondir.
Marhum yillarimga bu foje sirin
Qanday anglataman, endi yoʻq ular.
Qanday aytay
Qalbi koʻrlar bois paxtazor
Yosh, ilmga chanqoq yillarga
Narvon emas, qabr boʻlayotganin.
O, neni oʻyladi ular soʻnggi dam,
Milliy iftixorning oppoq yuziga
Dogʻ ekanmiz deya sezdimi oʻzin...
Bu yillarni oʻzbek iftixorining
Yuziga dogʻ tushirayotgan
Ma’naviy qashshoqlar saltanatini
Buzmoqqa safarbar etmoqchi edim.
Sen shoshding, yuragim! Ne boʻldi senga?
Nahotki senga ham darkordir ta’lim?

Orol Nidosi

Kel, menga hamdam boʻl, kel, meni tushun —
Koʻp emas, bir lahzang baxsh et men uchun:
Yoʻlma-yoʻl men tashlab chiqqan vatan boʻl,
Quyun, boʻronlarga bir on maskan boʻl;
Uzoqlarda qolgan qirgʻogʻim boʻlgin,
Tuzu qumga toʻlgan qarogʻim boʻlgin;
Bir lahza kemam boʻl, zangla va chiri,
Bir lahza baliqday jon ber, soʻng tiril;
Baliqchim boʻlginu ma’yus va tushkun,
Yigʻlab-yigʻlab boshqa oshyonga koʻchgin;
Sillamni quritar kunning issigʻi,
Toppotda oʻltiru boshlagin yigʻi;
Bor koʻz yoshing mening koʻksimga tomdir,
Vujudingni qurit, suyaging yoidir;
Lahzada ming yillik azob tort, oʻkin,
Oʻlimga roʻbaroʻ yashagin betin;
Ovozsiz baqira-baqira boʻgʻil,
Oʻzing boʻl menga eng munosib oʻgʻil;
Kel, menga hamdam boʻl, kel, meni tushun
Koʻp emas, bir lahzang baxsh et men uchun.