OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

2 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifDildora Turdiyeva
Asar nomiIztirob ulgʻaytirgan adib
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Publitsistika
Mualliflar
   - Dildora Turdiyeva
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ochiq xatlar va maktublar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Nashriyot«Yoshlik» jurnalining 2012 yil 10-sonidan olindi
Hajm13KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/26
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Iztirob ulgʻaytirgan adib
Dildora Turdiyeva

Rus adabiyotining ulkan namoyandasi Fyodor Dostoevskiy hayotining soʻnggi damlaridagina mashhurlikka erishgan boʻlsa, olamshumul shuhratga oʻlimidan soʻng erishdi.

Tarixiy manbalarga koʻra, Fyodor Dostoevskiy ota tomondan dvoryanlarga mansub boʻlib, ularning mulki boʻlmish Dostoevo yerlari XVI-XVII asrlarda hozirgi Belarus respublikasi hududida joylashgan ekan. Bu mulkiy yerlar 1506 yilda buyuk knyaz Fyodor Yaroslavich tomonidan qilgan xizmatlari uchun Danila Rtishevga tortiq qilingan. Shundan keyin Rtishev va uning avlodlari oʻzlarini Dostoevskiy deb atay boshlashdi.

Yozuvchining bobosi Andrey Dostoevskiy ruhoniy boʻlgan. Otasi Mixail Dostoevskiy imperatorlik tibbiy-jarrohlik akademiyasida tahsil olgan. Onasi Mariya Nechaeva badavlat savdogar oilasida tugʻilgan edi. 1812 yilgi urushdan soʻng oila mol-mulkining katta qismini yoʻqotdi. Fyodor onasining mehribon va xokisor ekanligini bot-bot takrorlaydi. Fidoyi ayol turmush oʻrtogʻiga sakkiz farzand – toʻrt oʻgʻil va toʻrt qizni hadya etadi. Buyuk adib ijodini tadqiq qilgan mutaxassislar Dostoevskiy volidai muhtaramasi timsolida koʻpgina obrazlar yaratganligini e’tirof etishadi.

Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy 1821 yilning oktyabr oyida Moskva shahrida tavallud topdi. U serfarzand oilaning ikkinchi farzandi edi. 1828 yilda Fyodor nasliy dvoryan maqomini oldi. Onasi taqvodor ayol edi. U har yili farzandlarini Troitsa Sergiev lavriga olib borar, ularga «Koʻhna va Yangi oʻgitlarning bir yuzu toʻrtta muqaddas voqealari» kitobini oʻqishni oʻrgatardi. Keyinchalik yozuvchi «Aka-uka Karamazovlar» romanida qariya Zosimning bolaligi hikoyasida ushbu kitob haqida aytib oʻtgan. Ularning uylarida Karamzin, Derjavin, Jukovskiy, Pushkin asarlari koʻp mutolaa qilinardi. Dostoevskiy ulgʻaygach, Yevangelie muqaddas kitobini tili chiqishi bilan yod olganini eslaydi. 1832 yildan boshlab, Dostoevskiylar yozni Tula guberniyasidagi Darovoe qishlogʻida (otasi bu yerni sotib olgandi) oʻtkazishardi.

Dastlab uy sharoitida ta’lim olgan Fyodor, 1833 yilda akasi Mixail bilan Drashusov pansionida tahsil oladi. 1837 yilda onasi sil kasalligidan vafot etadi. Bu kichik Fyodor uchun ulkan zarba boʻldi. Bu boʻshliqni faqat adabiyotga boʻlgan muhabbatgina toʻldira oldi. Aka-ukalar oʻqishni Peterburgda davom ettirishdi. Fyodor muhandislar bosh bilim yurtida oʻqiy boshlaydi. 1839 yilda oila boshligʻi – Mixail Dostoevskiy ham vafot etadi.

1844 yilda Dostoevskiy «Bechora odamlar» romani gʻoyasini oʻylab qoʻydi. Uning hamxonasi Grigorovich qoʻlyozmalarni Nekrasovga yetkazdi. Ular kechasi bilan uxlamay, «Bechora odamlar»ni oʻqib chiqishdi. Tong saharlab Dostoevskiy huzuriga oshiqishdi va qalblarini chulgʻab olgan hissiyotlarni ulashishga harakat qilishdi.

«Yangi Gogol tugʻildi!» deya Nekrasov qoʻlyozmalarni Belinskiyga topshirdi. U ham oʻz navbatida «Ushbu roman rus hayotining shu paytgacha hech kimning hatto tushiga kirmagan sir-asrorlari, fe’l-atvori va tabiatini ochib berdi», deya asarni yuqori baholadi.

1846 yilda Dostoevskiy aka-uka Beketovlar toʻgaragiga qatnay boshlaydi. Bu yerda nafaqat adabiyotga doir, balki siyosiy masalalar ham muhokama qilinardi. Bunday yigʻinlarga 1849 yil 23 aprel kuni barham berildi. Hibsga olinganlar orasida Dostoevskiy ham bor edi. Mahbuslar Petropavlovsk qal’asiga zindonband qilindi. Dastlab oʻlimga mahkum etilgan Dostoevskiyning jazosi 4 yillik surgun bilan almashtirildi. U dvoryanlik maqomi va bor-budidan ayrildi. Surgunda ashaddiy kallakesar jinoyatchilar qurshovida boʻlgan yozuvchi oʻsha paytdagi ruhiyatini quyidagicha tasvirlaydi: «Soʻz bilan ifoda etib boʻlmaydigan, cheki yoʻq azobli kunlar…Har bir daqiqa goʻyo asrga tatirdi…Ruhiy iztiroblar, yolgʻizlik, sogʻinch, «oʻz ustimdan sud qilish», «oʻtgan hayotimni tahlil qilish», tushkunlik va ishonchgacha boʻlgan hissiyotlarning murakkab uygʻunlashuvi meni buyuk taqdir sohibiga aylantirdi…» Keyinchalik bunday «ruhiy holat» tajribasi Dostoevskiyning «Halokat uyidan yozishmalar» (1860-1862) romanining biografik asosi boʻldi.

1854 yilda Dostoevskiy askar, 1855 yilda unter-ofitser, 1856 yilda praporshik unvonlarini oladi. 1857 yilda u dvoryanlik maqomini tiklaydi va asarlarini nashr ettirish huquqini oladi. Surgunda boʻlgan Dostoevskiy Qur’oni karimni oʻqiydi, buyuk faylasuflar I.Kant, Gegel asarlari bilan tanishadi, fizika, fiziologiya fanlarini, nemis tilini mukammal oʻrganadi. Fyodor Mixaylovich uchun mahalliy aholining eshiklari doim ochiq edi. U hatto, harbiy gubernator uyining aziz mehmoni boʻladi. Juda koʻp doʻst-birodarlar orttiradi. Ular orasida bojxona mansabdori Aleksandr Isaev ham bor edi. U vijdonli, oliyjanob boʻlishiga qaramay, ichkilikka mukkasidan ketgandi. Uning rafiqasi xushroʻy va aqlli Mariya tez orada Dostoevskiyning doʻstiga aylanadi. Aytishlaricha, Mariyaning Dostoevskiyga boʻlgan doʻstona munosabatini yozuvchi notoʻgʻri tushunadi va unga oshiqu beqaror boʻladi. Bu sevgi unga faqat azob keltiradi. Isaevlar Kuznetskka koʻchib oʻtadi. Ishq azobi endi faqat misralarga jo boʻladi. 1855 yilda Isaev vafot etadi. Endi sevgimga erishdim deganda Mariyaning uezd oʻqituvchisi Vergunov bilan qiziqib qolganligi ma’lum boʻladi. Sevgisi uchun kurashgan Dostoevskiy juda koʻp qiyinchilik va ogʻir ruhiy kechinmalarni boshidan kechiradi.

1856 yilda Dostoevskiy doʻstlari yordamida (ular shaxsan imperator Aleksandr IIga murojaat qilishadi) praporshik unvonini oladi. Toʻliq erkinlikka erishgan praporshik Dostoevskiy Kuznetsk shahriga borib, sevgilisining qoʻlini soʻraydi. 1857 yilda ularning toʻylari boʻladi. Xuddi shu yili u dvoryanlik maqomini tiklaydi va asarlarini nashr ettirish huquqini oladi. Ularning turmushini baxtli deb boʻlmasdi. Chunki Kuznetskdan Semipalatinskka qaytayotganda, Mariya erining tutqanoq tutishiga guvoh boʻladi (Dostoevskiy yoshligidan bu kasallikka chalingandi, lekin vaqt oʻtishi bilan bunday «xurujlar» dahshatli epilepsiyaga aylana bordi). Bunday manzaradan dahshatga tushgan Mariya shu-shu turmush oʻrtogʻiga nisbatan hech qanaqa hislarni tuymaydi. Rafiqasining oʻlimidan keyin Dostoevskiy Vrangelga yozadi: «Oh, mening doʻstim, u meni benihoya sevardi. Men ham uni cheksiz sevardim, biroq biz baxtli boʻlolmadik…»

1859 yilda Fyodor Dostoevskiy kasalligi tufayli iste’foga chiqadi. Oʻsha yil oxirida Peterburgga koʻchib oʻtadi va akasi Mixail bilan birga «Vremya», keyinchalik «Epoxa» jurnallarini nashr ettiradi. Bu paytda u muharrirlik ishini ijodiy faoliyati bilan uygʻunlikda olib boradi: publitsistik, adabiy-tanqidiy maqolalar, munozarali qaydlar, badiiy asarlar yozadi. «Vremya» jurnalining mavqeini koʻtarish maqsadida Dostoevskiy oʻzining «Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar» romanini chop etadi. Asarning birgina nomi XIX asr tanqidchilari tomonidan yozuvchi ijodining yorqin timsoli va hatto, rus adabiyotining haqiqiy insoniylik shavqi ramziga aylandi.

1864 yil Dostoevskiy uchun birin-ketin ogʻir zarbalarni hozirlab qoʻygandi. Bahorda suyukli ayoli sil kasalligidan vafot etadi, yozda esa suyangan togʻi – akasi Mixail ham dunyodan koʻz yumadi. «Mana, bu dunyoda men ham yolgʻiz qoldim. Negadir, qoʻrqib ketayapman…Sevgan insonlarimning oʻrnini hech kim bosa olmasligini endi anglayapman. Bu dunyoda faqatgina ularni yaxshi koʻrgan ekanman…Chor atrofim sovuq va qorongʻu…» deb yozgandi u kundaliklarida. Ruhiyatini sindirgan ayriliq damlarida uning hayotiga Appolona Suslova kirib keladi. Appolona bilan Yevropaga yoʻl olgan yozuvchi Baden-Baden qimorxonalarining doimiy mijoziga aylanadi. Bunday aysh-ishratli hayot «Qimorboz» romanining yaratilishiga turtki boʻladi. Bu orada uning jurnallari ham inqirozga uchradi. Akasining oilasi xonavayron boʻlmasligi uchun u nashrlarining veksellarini sotadi. Oʻshanda moliyaviy ishlarni yaxshi tushunmaydigan Dostoevskiy orqasidan ayrim kimsalar boylik orttirishdi. Bor-budidan ayrilib, qarzlarga botgan Dostoevskiy qamoqqa tushmaslik uchun noshir Stellovskiyga asarlarini nashr etish huquqini sotishga majbur boʻladi. 1866 yilning 1 noyabrigacha yangi roman yozish majburiyatini oladi. Dostoevskiy kreditorlar, politsiyadan uzoqroq boʻlish maqsadida chet elga ketadi. U bu yerda tinch va sokin muhitda romanini yozishga kirishadi. Biroq qimorga boʻlgan ulkan ishtiyoq uni yana oʻsha joylarga boshlaydi. Visbadenda besh kun ichida u hamma narsasini, hatto, qoʻl soatini ham yutqazadi. Ana shunday sharoitda Dostoevskiyning buyuk asari - «Jinoyat va jazo» yaratiladi. Romanning birinchi qismi 1866 yil «Russkiy vestnik» jurnalida chop etiladi. Asarga yuqori baho berildi. Hatto, Dostoevskiyning dushmanlari ham «Jinoyat va jazo» rus adabiyotining buyuk asarlaridan biri ekanligini e’tirof etishdi. Belgilangan muddatga bir oy qolganda yozuvchi «Jinoyat va jazo»ni toʻxtatib turishga va «Qimorboz» romanini yozishga majbur boʻladi. Kitobni tezroq yozish maqsadida Fyodor Mixaylovich stenografiya boʻyicha taniqli oʻqituvchi Olxendan unga stenografistkachi topib berishni iltimos qiladi. Olxen eng yaxshi talabalaridan biri boʻlgan, 20 yashar Anna Snitkinani unga yordamchi qilib yuboradi. Ular birgalikda asarni 26 kunda yozib tugatishga muvaffaq boʻlishadi. Bu vaqt oraligʻida Annushka (Fyodor Mixaylovich qizni shunday deb erkalardi) adib uchun eng qadrli insonga aylanib ulgurgandi. Endi Dostoevskiy Annaga javob berishi kerak edi. Ammo…Dostoevskiy qalbini nurlarga toʻldirgan qizdan ayrilishni istamasdi. Shunda u qalbi guldek begʻubor Annani sevib qolganligini anglaydi, biroq rad etilishidan qoʻrqib, u bilan birga oʻtkazayotgan vaqtni iloji boricha uzaytirishga harakat qiladi. Ana shunday kunlarning birida Fyodor Mixaylovich Annaga, yoshgina qizni sevib qolgan qari rassom haqidagi voqeani aytib beradi. Hikoyasi soʻnggida, «Agarda oʻsha qizning oʻrnida siz boʻlganingizda qanday yoʻl tutardingiz? Uning sevgisiga javob berarmidingiz?» deb unga murojaat qiladi. Ziyrak Anna adibning yuz ifodasidan gap nima haqida ketayotganligini darrov tushunadi. Bu voqeaning haqiqiy qahramonlari kim ekanligini ham biladi. U shunday deb javob beradi: «Men…men ham unga sevishimni aytardim…Bir umr uning yonida qolishga rozi boʻlardim…» 1867 yilning fevralida ular nikohdan oʻtishadi.

Ammo Dostoevskiy rafiqasini har qancha sevmasin, Annaning hayoti noxushliklardan boshlanadi. Gap moddiy yetishmovchilikda emasdi. Erining qarindoshlari Annaga yomon munosabatda boʻlishdi. Ayniqsa, Fyodor Mixaylovichning oʻgay oʻgʻli (Mariyaning birinchi turmushidan farzandi) Pyotr Isaev Annani oʻziga raqib deb bildi. Hech qaerda ishlamaydigan, oʻgay otasining hisobiga yashaydigan Pyotr, goʻyoki tugʻilajak uka-singillari uni merosdan mahrum qilayotgandek, Annani qanday qilib boʻlmasin, bu uydan siqib chiqarishga urinardi. Kelinoyisi ham turli bahonalar bilan Annaning hayotini doʻzaxga aylantirdi. Boshqa bunday yashab boʻlmasligini anglagan Anna oilasini saqlab qolish maqsadida turmush oʻrtogʻini chet elga koʻchib ketishga koʻndiradi.

Shundan keyin ular begona yurtlarda sarson-sargardonlikda umr kechirishadi. Toʻrt yil davom etgan bunday hayot qaytanga ularning nikohini yanada mustahkamladi. Germaniyada Dostoevskiy yana qimor oʻyinlariga oʻralashib qoladi. U yana hamma narsasini qimorga tikadi. Uyga hech narsasiz kelgan erini Anna yana kechiradi. U biladi: suyuklisi qimor girdobidan chiqa olmayotganini tushunadi. Dostoevskiy boshqa oʻynamaslikka soʻz beradi. Baden-Badenga koʻchib ketishadi. Yana qimor. Hammasi boshidan boshlanadi. Faqat bu safar yutqazadigan pulning oʻzi yoʻq edi. Hali yozilmagan asari uchun noshir Katkovdan 500 rubl miqdorida avans oladi. Bu pulni ham bir kunda yutqazadi. Endi nima qilish kerak? Rafiqasiga sovgʻa qilgan zirak va nikoh uzugini pullaydi.

Jenevaga koʻchib oʻtishgach, Dostoevskiy «Telba» asarini yoza boshlaydi. Tanqidchilar Dostoevskiy asarlarini tugallanmaganlikda ayblashadi. Syujetlar tizgini shunchalik tiqilinch ediki, ular asar oʻrtasiga borib deyarli unutilib ketardi. Gap shundaki, Dostoevskiy badavlat Turgenev va Tolstoydan farqli oʻlaroq, nashriyotlarga asarlarining xomaki nusxasini berishga majbur edi. Chunki u ana shu qoʻlyozmalarga toʻlanadigan avanslar hisobiga yashardi. Noshirlar qoʻygan muddatda tugatish uchun u yashin tezligida ishlashga majbur edi. Uch oylik qizalogʻi – Sonyaning oʻlimi yozuvchiga qattiq ta’sir qildi. Tushkun holatdan uni faqat ish chalgʻita olardi. Mana shunday sharoitda tanbeh-asar deb nom olgan «Shaytonlar» asari yaratiladi. «Telba» va «Shaytonlar» yozuvchining vatanida katta shov-shuvlarga sabab boʻladi. Unga navbatdagi mashhurlikni olib keladi.

1871 yilda Peterburgga qaytgan Dostoevskiyning hayoti iziga tushadi. U «Yozuvchining kundaligi» asari ustida ishlaydi, mashhur romani «Aka-uka Karamazovlar»ni yozadi. Birin-ketin farzandlari tugʻiladi. Uni bir umr sevgan, tushungan ayoli – Anna doimo yonida edi. Yozuvchining baxtli onlari shu edi aslida...