OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifDino Butssati
Asar nomiOʻliklar nega tirilmaydi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Italiyan adabiyoti
Boʻlimlar
   - Ekzistensializm
Mualliflar
   - Dino Butssati
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm14KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/07/16
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻliklar nega tirilmaydi (hikoya)
Dino Butssati

Skripkasoz usta Amedeo Torti va uning xotini qahva ichmoqda edilar. Bolalar allaqachon uxlab qolgan, er-xotin odatdagidek jimgina oʻltirishardi. Birdaniga xotini soʻz boshlab qoldi:
— Senga nima deb aytishni ham bilmayman... Kun boʻyi allaqanday gʻalati boʻlib yuribman... Nazarimda xuddi kechqurun biznikiga Appasher kirib keladigandek.
— Gaping qursin, bu toʻgʻrida hatto hazillashib ham boʻlmaydi, — dedi eri ranjib.

Gap shundaki, bundan yigirma kun avval uning eski, qadrdon doʻsti skripkachi Toni Appasher vafot etgan edi.
— Tushunib turibman... Odamning vahmi keladi! — dedi xotini. — Ammo, nima qilay, shu xayol hech miyamdan ketmayapti.
— Agar bordiyu... —deb gʻoʻldiradi Torti gʻamgin tovushda, lekin fikrini davom ettirib oʻltirmadi. Faqat bosh chayqab qoʻydi.

Ular yana jim boʻlib qolishdi. Soat chorakam oʻn edi. Nogoh eshik qoʻngirogʻi jiringladi. Qoʻngʻiroq astoydil hafsala bilan uzoq jiringlab turdi. Er-xotin seskanib tushdi.

— Kim ekan bemahalda? — dedi xotin.

Yoʻlakdan oqsoch qiz Inesning shipillab oʻtgani, soʻngra eshik ochilgani, boʻgʻiq tovushlar eshitildi. Zum oʻtmay Ines yemakxonaga moʻraladi. Uning rangida rang qolmagan edi.

— Kim u, Ines? — deb soʻradi beka.

Oqsoch xoʻjayinga bnr qarab qoʻydi-da, duduqlanib:
— Sinor Torti, bir munutga bu yoqqa chiqsangiz. U yerda... Voy, agar bilsangiz edi! — dedi.
— Kim ekan oʻzi? Kim deyapman? — deya betoqat ohangda soʻradi beka, garchi gap kim haqida borayotganini bilib turgan boʻlsa-da.

Ines oldinga enkayib, goʻyo ularga maxfiy bir gapni aytmoqchidek, shivirladi:
— U yoqda... u yoqda... Sinor Torti, oʻzingiz chnqing... Maestro Appasher qaytib kepti!
— E, nima deb valdirayapsan! — dedi Torti bu jumboqdan gʻijinib va xotiniga yuzlandi: — Qani, koʻray-chi... Sen shu yerda qol.

U qorongʻi yoʻlakka chiqdi va qandaydir javonning raxiga urilib ketdi-da, shahd bilan dahliz eshigini ochdi.

Ostonada, doimgidek beoʻxshov qiyshayib, Appasher turardi. Yoʻq, u odatiy koʻrinishda emasdi. Shakl-shamoyili bilinar-bilinmas tarzda xira tortganidan u allanechuk mavhum qiyofada koʻrinarmidi-ey. Bu Appasherning sharpasimidi? Chamasi, buni sharpa deyish ham qiyin, chunki u hali biz moddiylik deb ataydigan xususiyatdan butkul xoli boʻlmagan edi. Agar u sharpa boʻlgan taqdirda ham, qandaydir moddiy belgilarini saqlab qolgan sharpa edi. U odatdagidek kiyimda edi: kulrang kostyum, havorang chiziqli koʻylak, qizgʻish-moviy boʻyinbogʻ. Qoʻlida ezgʻilanib ketgan fetr shlyapa boʻlib, asabiy gʻijimlab turardi. (Albatta, uning egnidagi kostyum ham kostyumning sharpasi edi, galstuk va hokazolar ham shu ahvolda edi, deb aytsak, toʻgʻri boʻlardi).

Torti mutaassir odam emas edi. Aslo. Ammo oshnasini koʻrib u ham nafasini chiqarmay qotib qoldi. Hazil gapmi — yigirma kun burun oʻz qoʻling bilan qabrga qoʻyib kelgan eski va qadrdon doʻsting ostonangda irjayib tursa!
— Amedeo! — deb tovush chiqardi boyoqish Appasher va vaziyatni yumshatish uchun beoʻxshov iljaydi.
— Senmisan? Nima qilib yuribsan bu yerda?! — deb xitob qildi Torti zarda aralash.

Uning qalbini chulgʻab olgan qarama-qarshi va noaniq tuygʻular birdaniga gʻazabga aylandi. Axir judo boʻlgan doʻsti bilan qayta diydor koʻrishuv unga cheksiz quvonch baxsh etishi lozim emasmidi? Axir taqdir unga shunday uchrashuvni nasib etsa, u millionlarnnn bermasmidi? Albatta, oʻylab-netib oʻltirmay shunday qilgan boʻlur edi. Doʻstining diydorini yana bir bor koʻrmoq uchun har qandan qurbonga tayyor edi. Ammo nnma uchun Torti ayni lahzalarda hech qanday quvonch hissini sezmayotir? Bu bema’ni zarda qayoqdan paydo boʻldi?

Demakki, shuncha gʻam-iztiroblar, koʻz yoshiyu armonlar, tegishli rasm-rusumlarni ado etish bilan bogʻliq yugur-yugurlardan keyin hammasini yana boshqatdan boshlash kerak ekan-da? Dafn marosimidan soʻng oʻtgan vaqt mobaynida Tortining qalbidagi ezgu tungʻular zaxirasi tugab bitgan, ular qaynab chiqadigan boshqa manba qolmagan edi.
— Koʻrib turibsan-ku. O’zimman, — dedi Appasher shlyapasinnig gardishini battar ezgʻilab. — Lekin... Bilasan-ku, sen bilan mening oʻrtamda qanday takalluf boʻlishi mumkin? Xullas, gapning qisqasi... Agar senga noqulay boʻlmasa...
— Noqulay? Sen hali buni noqulay deb yuribsanmi? — deb qichqirdi Torti oʻzini yoʻqotib. — Qayoqdandir allambalo qiyofada kirib kelasanu yana noqulay emasmi, deysan! E, surbetlik ham evi bilan-da! — Jahl ustida shunday deb baqirib yubordi-yu pushaymonlik bilan gʻoʻldiradi: — Endi nima qildim-a?
— Menga qara, Amedeo, — dedi Appasher. — Mendan xafa boʻlma... Menda ayb yoʻq... U yoqda, — deya noaniq ishorat qildi u, — qandaydir chalkashlik boʻpti... Xullas, men yana bir oycha bu yerda boʻlib turishimga toʻgʻri keladi shekilli... Bir oymi yo undan koʻproqmi... Xabaring bor, endi mening uyim yoʻq, u joyda yangi egalari turibdi...
— Shuning uchun menikida qolmoqchisan? Shu yerda uxlamoqchisan?
— Uxlash deysanmi? Men endi uxlamayman... Gap bunda emas... Menga bir kichkina burchak boʻlsa... Men hech knmga xalaqit bermayman — chunki yemayman-ichmayman, hojatga ham bormayman. Bilasanmi, men shu kechasi daydib yurmasam, degan edim, ayniqsa, yomgʻir yogʻib turganda.

— Kechirasan, sen... yomgʻirda ivib ketasanmi?

— Ivishga-ku ivimayman, — deb hiringladi u, — lekin bari bir yomgʻirda yurish oʻlarday yoqmaydi-da.
— Demak, sen har kechani shu yerda oʻtkazmoqchimisan?

— Agar ruxsat bersang...

— Ruxsat bersang emish! Men senga tushunolmay qoldim. Sen aqlli odamsan, eski doʻstimsan... sening butun hayoting, aytish mumkinki, orqada qolgan... Nahotki shuni oʻzing tushunmasang? Albatta tushunmaysan, chunki sening hech qachon oilang boʻlmagan-da!

Appasher xijolat boʻlib, eshik tomonga chekindi.

— Kechirasan, men oʻylabmanki... Axir bor-yoʻgʻi bir oygina, xolos.

— Yoʻq, sen mening ahvolimni tushunishni istamayotibsan-vassalom! — dedi Torti tutaqib. — Men oʻzim uchun tashvish qilayotganim yoʻq... Mening bola-chaqam bor, axir!.. Bola-chaqa, tushunyapsanmi!.. Hali oʻnga ham toʻlmagan ikkita begubor goʻdak kecha oʻlib ketgan odamni koʻrib turishi, sening nazaringda, balki hech gap emasdir? Qolaversa, hozir oʻzingning kim ekaningni ham bir oʻylab koʻrdingmi?! Qattiq gapirayotgan boʻlsam kechirasan-u, ammo sen... sen hozir — sharpasan, mening bolalarim bor joyda esa sharpaga oʻrin yoʻq, jon doʻstim...
— Demak, hech iloji yoʻq ekan-da a?
— Yoʻq, azizim... Boshqa hech narsa deyol...

Uning gapi ogʻzida qoldi: Appasher toʻsatdan gʻoyib boʻldi. Faqatgina kimningdir zinapoyadan yugurib tushib ketayotgani eshitilar edi, xolos.

Konservatoriya direktori maestro Tamburlani kontsertdan chiqib uyiga qaytganida soat oʻn ikki yarimga zang urgan edi. Eshik oldiga yaqinlashib, qulf teshigiga kalit solarkan, u orqasida kimdir turganini, «Maestro, maestro!» deb nshvirlayotgapini sezdi. Shartta oʻgirilib, Appasherga koʻzi tushdi.

Tamburlapi oʻtkir diplomat odam sifatida nom qozongan, ehtiyotkor, oʻz ishiga pishiq kishi edi; shu fazilati (yoki nuqsoni) tufayli u jamiyatda kamtarona xizmatlari imkon bergan darajadan koʻra yuqoriroq mavqeni egallagan edi. U bir zumdayoq vaziyatga baho berib ulgurdi.
— U, azizim! — deya xush-xandon sayray ketdi u qoʻllarini skripkachi tomon choʻzib. Lekin orada bir qulochcha masofani saqlab qoldi. — U, azizim, qadrdonim!.. Bilsang edi, oʻrning qanchalik bilinayotganini...
— Nima-nima? — deb qayta soʻradi Appasher. U eshitmadi, chunki sharpalarning jamiki qobiliyati pasayib ketadi. — Bilasanmi, endi qulogʻim ogʻir, ilgaridek emas...
— U, tushunaman, azizim, tushunaman. Ammo men nima qilay, baqirolmayman-ku, ichkarida Ada uxlayapti, keyin qolaversa...
— Qechirasan-ku, birpasga uyingga kirsam maylimi? Kun boʻyi tik oyoqda yuraverib jonimda jon qolmadi...
— Yoʻgʻ-e, nimalar deyapsan! Xudo koʻrsatmasin, Blits sezib qolsa bormi!

— A? Nima deysan?

— Blits, ovcharkam-chi? Itimning yomonligini bilasan-ku? Shunaqangi shovqin koʻtaradiki!.. Qorovul ham uygʻonib yetib keladi. Keyin shunaqa mashmasha boshlanadiki, asti qoʻyaver. Buning ustiga...

— Demak, loaqal bir-ikki kunga ham...

— Menikida turmoqchimisan? U, azizim, Appasher, albatta, albatta!.. Sendek doʻstim uchun... Ammo-lekin anavi... Menga qara... kechirasan-ku, lekin itni nima qildik-a?

Bu javob Appasherni qattiq ranjitdi. U doʻstini insof-diyonatga chaqirmoqchi boʻldi.
— Axir sen yaqindagina qabristonda meni tuproqqa qoʻyishdan oldin nutq soʻzlab yigʻlamaganmiding? Esingdami? O’ylaysanki, hiqillab yigʻlaganingni eshitmaganman-da? Eshitganman.
— U, azizim, unday dema... Dardim ogʻir. — U shunday deb qoʻlini koʻksiga qoʻydi. — E xudo, Blits uygʻonib ketdimi, deyman!..

Darhaqiqat, eshik ortidan boʻgʻiq, ogohlantiruvchi irillash eshitildi.
— Toʻxtab tur, qadrdonim, men bu yaramas maxluqni tinchlantirib qoʻyay... Hozir, bir minutgina, azizim.

U lip etib oʻzini ichkariga urdi-da, eshikni qarsillatib yopdi, barcha ilgagu loʻkidonlarini solib qulflab oldi. Hammayoq jimjit boʻlib qoldi.

Appasher bir necha daqiqa kutib turdi, soʻng shivirlab chaqirdi:

— Tamburlani, Tamburlani.

Eshik ortidan hech kim sado bermadi, U qoqsuyak barmoqlari bilan eshikni taqillata boshladi. Javob oʻrniga — sukunat.

Tun endigina yarimdan oqqan edi. Appasher Jannaning huzuriga borib omadini sinab koʻrmoqchi boʻldi. Janna suyuqoyoq, oqkoʻngil qiz boʻlib, Appasher u bilan don olishib yurardi. Janna shahar chetidagi odam vij-vij eski bir uyda ikki xonali ijara kvartirada yashardi. Appasher bu yerga yetib kelganida soat toʻrtga yaqinlashgan edi. Baxtiga, chumoli iniga oʻxshash bu uyning yoʻlak eshigi ochiq ekan. Appasher ming mashaqqat bilan bazoʻr oltinchi qavatga koʻtarildi — kun boʻyi obdon tinka-madori qurigan edi.

Qorongʻi boʻlishiga qaramay, u maydonchadagi kerakli eshikni qiynalmay topdi. Eshik ortida qadam sharpasi sezilgunga qadar qayta-qayta taqillataverdi. Nihoyat, uyqusiragan ayol tovushi eshitildi:
— Kim u? Nima kerak bemahalda?

— Bir oʻzingmisan? Och, bu men... Toni.

— Shu vaqtda-ya? — deb soʻradi u ishtiyoqsiz, ammo oʻziga xos yuvosh ohangda. — Toʻxtab tur... hozir...

Erinchoq qadam sharpasi, chiroq murvatinpng chiq etgani, kalitning buralgani eshitildi. «Shu paytda nima qilib yuribsan?» — deya Janna eshikni ochdi va issiqqina toʻshakka qarab chopqillamoqchn boʻldiyu, Appasherning gʻalati qiyofasi uni hayratga soldi. Garangsib unga tikilib qoldi va nihoyat, uyqu aralash ongiga haqiqat yogʻdusi yetib bordi.

— Axir sen... Axir sen... Axir sen...

U: «Axir sen oʻlgan eding-ku, aniq esimda», demoqchi boʻlardi-yu, jur’ati yetmasdi. Orqasiga tislapib, ikki qoʻlini oldinga choʻzdi — mabodo yaqinlashguday boʻlsa.
— Axir sen... Axir sen... — Shu asno boʻgʻzidan qichqiriq otilib chiqdi. — Ket bu yerdan!.. Xudo haqqi, ket bu yerdan! — deya baqirardi u koʻzlari ola-kula boʻlib.

Appasher esa unga tushuntirishga urinardi:

— O’tinaman sendan, Janna... Ozgina dam olivolsam bas.

— Yoʻq-yoʻq, ket bu yerdan! Qolishni xayolingga ham keltirma. Sen meni aqldan ozdirasan. Ket bu yerdan! Ket, deyapman! Butun uyni boshingga koʻtarmoqchimisan?

Appasher hamon joyida tosh qotib turardi. Qiz undan koʻz uzmay javonni titkilay boshladi; qoʻliga qaychi tushib qoldi.
— Ketaman, ketaman, — dedi Appasher dovdirab. Ammo qiz jonholatda qoʻlidagi beoʻxshov qurolni uning koʻksiga sanchdi: qaychining ikkala tigʻi ham hech qanday qarshilikka uchramay sharpaning koʻkragiga osongina botib ketdi.

— Voy, Toni, kechir, men bilmasdan! — deb chirqillab qoldi qiz qoʻrqa-pisa.

— Yoʻq-yoʻq... Qitigʻim kelyapti! — deb hiringladi u. — Iltimos qilaman, toʻxtat. Voy-voy, qitigʻim kelyapti! — U jinniga oʻxshab qah-qah otib kula boshladi.

Tashqarida, hovli tomonga sharaqlab deraza ochildi va kimdir dargʻazab ohangda baqirdi:
— Hoy, nima gap? Soat toʻrt boʻlgan boʻlsa! Bu qanaqa bema’nilik-a, jin ursin!

Appasher shamol tezligida qochib qoldi.

Yana kimning oldiga borsa ekan? Shahar darvozasidan tashqaridagi San-Kalisto cherkovining nozirigami? Uning janozasini oʻqigan, gimnaziyadosh eski doʻsti, olijanob hazrat don Raymondoga murojaat etsamikan?
— Daf boʻl, daf boʻl, jahannam maxluqi! — Muhtaram pastor huzurida paydo boʻlgan skripkachini ana shunday soʻzlar bilan qarshi oldi.
— Meni tanimading-a? Men — Appasherman... Don Raymondo, biror burchakda bekinib turishga ijozat ber. Hademay tong otadi. Birorta ham it menga boshpana bermadi... Doʻstlarim mendan yuz oʻgirdi. Balki, loaqal sen...
— Men sening kimligingni bilmayman, — deya horgʻin va balandparvoz ohangda javob qaytardi ruhoniy. — Ehtimol sen iblis yoki roʻyodirsan, bilmayman. Ammo sen chindan ham Appasher boʻlsang, unda ichkari kir, mana senga mening toʻshagim, yotib damingni ol...

— Rahmat, rahmat, don Raymondo, bilardim sening...

— Mayli, menga allaqachondan buyon yepiskop koʻz tikib turgani seni bezovta qilmay qoʻyaqolsin, — deya soxta muruvvat bilan davom etdi ruhoniy. — Mayli, sening bu yerda boʻlishing boshimga balo olib kelishi ham seni xijolat qilmay qoʻyaqolsin... Xullasi kalom, sen mening tashvishimni tortmay qoʻyaqol. Agar seni bu yerga meni butkul xonavayron qilmoq uchui yuborgan boʻlsalar, nachora, bu ham Yaratganning irodasi!.. Toʻxta, qayoqqa? Ie, ketyapsanmi?

O’liklar nega tirilmasligini endi bilgandirsiz?

Xayriddin SULTON tarjimasi