OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifElizabetta Brassington
Asar nomi“Genri” (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Britaniya adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Elizabetta Brassington
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Nashriyot«Kitob dunyosi» gazetasidan olindi
TarjimonQandilat Yusupova (Inglizchadan)
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/26
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





“Genri” (hikoya)
Elizabetta Brassington

— Qani, menga ber-chi. Sen eplolmayapsan.

Xotinim pichoqni qoʻlimdan yulqib oldi-da, qattiq boʻlakni chaqqonlik bilan qirqa boshladi. U gʻaroyib shakldan tuguncha hosil qildi. Qogʻozni buklar ekan, yuziga mamnun tabassum qoʻndi.
— Shunchaki termulib turaverma, — dedi u. — Velosipedingning nasosini olib kelib ber.

U gʻalati moslama ichiga nasos bilan havoni haydarkan, ajabki, u narsa inson qiyofasiga kirib borardi.

Rafiqam achishayotgan qoʻllarini dam oldirish uchun bir nafas toʻxtadi.
— Menga ber-chi, – dedim unga.
— Sensiz ham oʻzim yaxshi uddalayapman, – jerkib berdi u zirillagan tovush bilan, nasos tutqichidagi qoʻlimni itarib.

U zavq bilan shaklni asta-sekin toʻliq qiyofaga kirishini kuzatib turdi. Bizning kichkinagina oshxonamizda xuddi mening boʻyim bilan barobar qiyofa qad rostladi. U yashil plastmassali kostyumi va qattiq jagʻlari bilan kelishgan hamda aqlli boʻlib koʻrindi.
— Mashina uchun, – tushuntirdi rafiqam menga yana shatillatib. – Uni gazetadagi e’londan oʻqib qoldim. U mening yonimda oʻtirib, oʻgʻrilarni qoʻrqitib yuradi.

Kulib yubordim. Rafiqam bu sun’iy qoʻgʻirchoqsiz ham qaroqchilarning oʻtakasini yora olardi.
— Bu bizning erkatoyimiz boʻladi, xoʻp? – dedi u, yasagan oʻyinchogʻiga quvnoq tabassum bilan qarab. – Men unga Genri deb nom qoʻyaman.

Rafiqamning «Genri»dan rosa koʻngli toʻldi. Men ular mashinada birga chiqib ketishganida qolib, uy yumushlarini bajaraman. Kechqurunlari «Genri» mening kresloyimda, olovdan xavfsiz joyda oʻtiradi. Uning kekkaygan qiyofasi va magʻrur tabassumiga gʻazab bilan tikilib, oshxonadagi u «egallagan» ogʻir stulning joyini oʻzgartirdim.
— Shikoyat qilmay qoʻya qol, – buni taqiqladi rafiqam. – U foydaliroq ekan. Baribir u yiqilgan chogʻda ham men uni anavi yogʻoch stul ustiga oʻtqazib qoʻyaman.

Rojdestvoda, bu ajoyib umr yoʻldoshim men uchun bir toʻplam kabob sixlari va kartoshka artkichlari sotib oldi. «Genri» esa katak-katak kepka, uzun shotlandka sharf va gʻaroyib haydovchilik qoʻlqoplariga ega boʻldi.

— U bunga arziydi, – dedi ayolim.

Ruhimda kuchli gʻazab oqimi koʻtarila boshladi. Ikkalasini ham, ayniqsa, «Genri»ni, dimogʻdor, mamnun irjayishlarini shunaqangi yomon koʻrib ketdimki! Oshxonadan kabob sixini yulqib oldim-da, uning plastmassali orqasiga qarab otdim. Avval paqillagan, keyin vishillagan tovush chiqdi, «Genri» boʻshasha boshladi. Men uni siqdim va tezroq havosi chiqib ketishi uchun koʻkragiga urdim.

Rafiqam nafrat bilan chinqirib yubordi:
— Qanday jur’at etding? – baqirdi u. – Axir u meni naq erkakday himoya qilayapti-ku.

Ammo shunisi aniqki, endi «Genri» men boʻlolmaydi. Uning gavdasi tobora qisqarib borardi.
— Uni qutqar, uni qutqar! – dedi rafiqam ingrab.

U sixni zarb bilan tortib oldi-da, sumkasi ichiga solib qoʻydi.

Xotinimning asabiy qichqiriqlaridan bezib, zarur asboblarni oldim-da, tezlik bilan tuzatishni boshladim. Nasosning anchagina puf-puflaridan keyin «Genri» yana oʻzining toʻliq shamoyilini tikladi. Ammo rafiqamning nafrat toʻla nigohini unutish oson boʻlmadi. U mashinaga sakrab chiqib, eshikni tarsillatib yopdi-da, gʻildiraklarini chirqiratib, «Genri» bilan birga haydab ketdi.

Kelasi shanba kuni uygʻonganimda tishim juda qattiq ogʻriyotgan edi.
— Seni tish doktoriga olib borganim ma’qul, – dedi qat’iy ohangda xotinim. Uning inqillab-sinqillashlarimdan bezor boʻlgani koʻrinib turardi.
— Men sartaroshga ketayapman. Sochlarimni tuzatgunimcha oʻzingga kelib olasan.

Xotinim «Genri»ni ham biz bilan birga boradi, deb qattiq turib oldi.
— Orqa koʻchalarda ham mashinani qorovulsiz tashlab keta olamiz, – buning sababini uqtirdi u.

Tish doktori tomon gandiraklab borar ekanman, muzday shamol esdi. Doktor menga vaqtinchalik tish plombasi qoʻyib qoʻydi, lekin u haliyam azob berayapti. Yomon bir kayfiyatda ortimga qaytdim. U yerda rafiqam yoʻq, ammo «Genri» jilmayib, oldingi oʻrindiqda oʻtirardi. Uning bu salobatini men koʻtarolmadim.

Eshikni ochib, yasama erkakning qoʻlidan sudrab olib chiqdim. Bir daqiqaga nafasimni rostlar ekanman, kuchli shiddatli shamol «Genri»ni qurshab oldi. Uning dabdabali kepkasi ariq ichiga uchib tushdi. «Genri» bir pastlab, bir balandlab uchib ketdi.

Unga qarab turdim-da, nim tabassum bilan «Toʻrt tomoning qibla!» deya xayrlashdim. Endi xotinim uni oʻgʻirlangan deb gumon qiladi.

Men esa ozroq sayr qilmoqchi boʻldim. Men u yerda, ayolim «Genri»ning yoʻqligini bilib, qay holatga tushishini koʻrishni xohlamasdim. O’zimcha magʻrur jilmaydim. Rafiqam shu oʻyinchoqni deb aqldan ozayozgandi. Agar u «Genri»ni men yoʻq qilganligimni bilsa, naq terimga somon tiqadi-ya.

Burchak-burchaklarda aylanib yurarkanman, koʻchaning narigi tomonida nimadir yuz berganligini sezdim. Qiziqishim ortib, shahar maydonchasi tomon yurib ketdim va u yerda qanday manzaraga duch kelganimni bir koʻrsangiz edi! Politsiya va «tez yordam» mashinalarining chiroqlari porlab turardi. Hamma ibodatxona minorasi ustiga qarab gʻuvillar, u yerda, choʻqqida, bir odam osilib turardi. Men toshga bogʻlanib qolgan shotlandcha sharfdan darrov hammasini tushundim. U «Genri» edi.

Politsiyachi unga maxsus moslama orqali jon holatda baqirardi:
— Endi kela qoling, janob, zinalar boʻylab pastga tushing. Ofitserlarim sizga koʻmaklashib yuborishadi.

Olomon «Genri» shamolda chayqalishi bilan ingrab yuborishdi.

Oldinga surildim. «Ofitser, ofitser...!» Biroq odamlarning achchiq gʻoʻngʻir-gʻoʻngʻirlari ichida ovozim yoʻqolib ketdi. Ular shamol zoʻrayib, «Genri»ni choʻqqida tebranishi bilan ayyuhannos solishdi. O’zimning ham ingrab yuborganimni eshitdim. Qoʻrquvdan emas... lekin yelkalarim oʻrtasidagi azob berayotgan ogʻriqdan ixrab yubordim. O’tkir sixni tanam ichiga sanchilib borayotganini sezdim. O’girilib qarashim bilan rafiqamning olomon ichida koʻzdan gʻoyib boʻlganiga koʻzim tushdi. Uni hech kim bilmadi ham. Barcha koʻzlar tepadagi fojeaga qadalgan edi.

Tizzalarim bukilib borarkanman, «Genri»ni havoda ohista, yengil uchib ketayotganligini koʻrdim. Uning lablarida gʻolibona masrur tabassum barq urardi.