OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifEmina Oʻzdamar
Asar nomiUli nima deb yigʻlaydi (badia)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Turk adabiyoti
Boʻlimlar
   - Postmodernizm
Mualliflar
   - Emina Oʻzdamar
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Badialar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonZohir A’lam (Rus tilidan)
Hajm6KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/26
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Uli nima deb yigʻlaydi (badia)
Emina Oʻzdamar

1977 yilda men ikkala Berlinda ham yashardim. Sharqiy Berlindagi «Folksbyuks» teatrida Beko Besson va Mattiyus Langxoff degan rejissyorlar bilan hamkor edim, uyim ham shu yerda edi. Vaqti-vaqti bilan esa Gʻarbiy Berlindagi doʻstlarimdan xabar olardim. «Fridrixshtrasse» da poyezdga oʻtirib, «Vedding-Gezundbrunnen»gacha borardim. Koʻchaga chiqqanimda «Qara-ya, bu yerda ham xuddi Sharqiy Berlindagidek yomgʻir yogʻayapti yoki «Qara-ya, bu yerda ham qor yogʻayapti», deb hayron boʻlardim. Gʻarbiy Berlin bilan telefonda gaplashsam: «Klauss, Veddingda havo qanday, sizlarda ham quyoshmi?» deb soʻrardim.

Devor yiqilgandan soʻng GDRning boshqa fuqarolari qatori men ham Kudammga avtobusda joʻnadim. Yonimda ketayotgan sharq ayoli boshini derazadan chiqarib Gʻarbiy Berlin osmoniga shavq bilan boqib xitob qildi: «Oftobni-chi, oftobini qarang, bu yerning!»

Oʻsha devor yiqilgandan keyingi birinchi kunlardagi Berlinni juda yaxshi koʻrardim. Men koʻpincha poyezddan foydalanganim uchun yaxshi bilaman gʻarbliklar endi vagonlarga chiqqanda bir-birlari bilan hayiqmasdan baland ovozda gapira boshlagandilar. Kutil-maganda eng xotirjam vaziyatlarda teatr sahnalarida aytilishiga loyiq xitobu luqmalar eshitilib qolardi. Vagon restoranda ofi-tsiantga qilingan baland ovozdagi murojaatni qarang: «Iltimos, qahva bering! E’tiboringiz uchun bilib qoʻying, men xuddi Oskar Uayldga oʻxshab ayollarni yomon koʻraman!»

Butun Germaniya birdaniga teatr sahnasiga aylanib qolgandi. Bizlar hali qaysi spektaklda oʻynayotganimizni bilmasdig-u, ammo har birimiz oʻzimizga bironta rolni albatta gʻamlab qoʻygimiz kelardi. Kudammda ba’zida kiyimi Gʻarbiy Berlinga hech mos kelmaydigan, sharqliklar koʻrinib qolardi. Ularning libosi gʻarbning koʻrkam, zoʻr dekoratsiyalariga solishtirganda nochor chuvrindiga oʻxshardi. Sharqli nemislar bu yerda xuddi chiqadigan teatrlarini adashtirib, butunlay boshqa sahnaga, boshqa spektaklga chiqib qolgan Maksim Gorkiyning qahramonlariga oʻxshardilar.

Kudammda men tasodifan ikki fransuzning suhbatini eshitib qoldim. «Shuncha kloshar[1] bu koʻchaga qayerdan kelib qoldi?» soʻradi biri ikkinchisidan.

Shahar hayot maromi tiqinga uchrab sekinlashdi. Kapitalizmning «ZOO» «KDW» singari ramzlari birinchi planga chiqdi. «Vertxoym universitetiga kiraverishdagi hid xuddi hojatxonanikiga oʻxshardi. Sharqliklarning oshqozonlari egalarining ishtahalari birdan boshqa yemishlar: gamburger, doʻnar kabob, koka-kolaga oʻtganini koʻtarolmadi. Turkiyada: «Qoʻshnining tovugʻi gʻozdek, xotini qizdek koʻrinadi», – degan maqol bor. Xuddi shunga oʻxshab, bekatda turganimda toʻrtta sharqlik erkak keldi. «Qara, bu yerdagi xonim-chalarning zoʻrligini» shivirlashardi boshqalariga.

Avtobus bekatida «turish taqiqlanadi» degan belgining ostiga ikkita «Trabakt» mashinasi qoʻyib ketilgandi. Bir xotin ikkin-chisiga dedi: «Buni qara, «Trabakt»larini bekatga qoʻyib ketishipti. Nima uchunligini bilasanmi? Ular ozodlik, demokratiyani mana shunday tushunishadi. Keyin u xotin Marksdan izoh keltirdi. Menga ularning gʻarbiy nemislar emasligi ayon boʻldi.

Kudammda «KDW» yaqinida mashinada yura olish mumkin emas edi. Koʻcha sharqliklarga toʻlib ketgandi. Burunlari gʻarblik qashshoqlar timirskilanadigan axlat idishlar hozir banan poʻchoqlariga toʻlib yotardi. Koʻrinishi ziyolilardan ekanligi aniq bir kudammlik daydi, axlat idishining banan poʻchogʻiga toʻlib-toshganligini koʻrib, yuziga hazar qilish alomatini yugurtirib, ovozsiz kinolardagi sahnani oʻynab koʻrsatdi: banan poʻchogʻini yerga tashladi-da, goʻyo uni bosib toygandek Charli Chaplinga oʻxshab yiqildi.

Bir turk qahvaxonasiga kirdim. Hamma joyni sharqiy nemislar band qilgan ekan. Turk kabobidan totinmoqchi boʻlganlardan qahvaxona xuddi «Makdonald» larning zallari kabi tiqilinch boʻlib, bittagina boʻsh stul qolgandi. «Boʻshmi», deb soʻradim yaqinlashib. «Marhamat, marhamat, boʻsh!» dedi tipirchilab qolgan sharqlik ayol har bir «marhamati»da oʻrnidan biroz turib. Soʻng esa, xuddi zaldagi barcha stullar menga qarashlidek qiyofada oʻz joyini ham boʻshatmoqchi boʻldi. Keyin men avtobusga oʻtirib, Kudamm boʻylab aylandim. Egnimda moʻyna palto edi. Semiz sharqlik ayol yonimga joylasharkan, paltomning etagiga oʻtirdi. Yoʻq, oʻzi sezib dik etib sakrab turdi-da, «Meni kechira-siz qora koʻzaningiz tagimda qolibdi – dedi. «Bu koʻzan emas», dedim men. «E, xudoga shukur, men qoʻrqib ketibman», dedi u.

Qandaydir bir qashshoq avtobusga tutayotgan sigareta bilan chiqdi. Haydovchi unga qarab, «GDR fuqarolariga yoʻlkira tekin», dedi. «Hey, siz meni kim deb oʻylayapsiz»,– dedi bor ovozda baqirib, soʻng namoyishkorona chipta sotib oldi.

Men Dalemdagi uyimga qaytib keldim. Yonimdagi villada ruhiy kasallikka uchragan boylar yashardi. Har birining boquvchilari bor edi. Ulardan biri balkonda turib oʻkirib yigʻlardi. «Unga nima boʻlibdi?» deb soʻradim singlimdan. «Voy, Sevgijon, bechora miyasiga quyib olibdiki, tez kunda ularni haydab chiqarisharmish-da, uylariga Xonekker kelib joylasharmish».

Men birinchi qavatda yashardim. Xonamni bogʻdan ajratib turuvchi eshigim bor boʻyicha shishadan edi. Hamma «eski natsist» deb atovchi bogʻbon oldimga keldi-da, hayajonli xufiyona suratda shivirladi:
– Eshigingizni yaxshilab qulflab oʻtiring. Hali-zamon bu yoqqa bosib keladi hammasi. Tamom boʻlamiz.

Keyin ishonchli chiqsin deb, qoʻlini tomogʻiga surtib xuddi pichoq tortgandek ishora qildi. Goʻyoki meni shu balo kutadi demoqchi edi.


  1. Kloshar (fr.) – ipirisqi, chuvrindi.