OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Epikur. Minokevsga maktub
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifEpikur
Asar nomiMinokevsga maktub
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Yunon adabiyoti
Boʻlimlar
   - Falsafa
Mualliflar
   - Epikur
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonShuhrat Sattorov (Ingliz tilidan)
Hajm7KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2011/12/08
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Minokevsga maktub
Epikur

Donolik yoshu qariga birdek yarashadi. Donishmandlikni izlashda yoshning ahamiyati yoʻq. Axir, koʻngilni sogʻlom tutishning erta-kechi boʻlmaydi-ku! Hayotni oʻrganish, falsafani anglashning vaqti hali yetib kelmadi yoki oʻtib ketdi, deyish baxtiyorlikni boy berish yo uni kechiktirish bilan barobar. Shu sababli, yoshu qari donishmandlikni izlamogʻi darkor. Yosh boʻla turib ham dono boʻlish mumkin. Biz shuurimizga baxtiyorlik olib keladigan ish bilan mashgʻul boʻlib, xotirjamlikka erishamiz.

Oʻlimning biz uchun xatarli joyi yoʻq. Buni tushunishga odatlan. Oʻlim biz oʻylaganchalik qoʻrqinchli emas. Undan ustun kelishning yagona yoʻli – mangu hayotga ketishdan oldin umrboqiylikni qoʻlga kiritishdir. Oʻlimdan qoʻrquvchi kishi nodondir. U jon ogʻrigʻini oʻylab emas, oʻlim kelajak sari tobora jadal ilgarilayotgani uchun ham undan qoʻrqadi. Aslida, oʻlim tabiatdagi hodisa kabi bir koʻrinishdan ikkinchisiga oʻtishdek gap. Oʻlim biz uchun hech narsa. Gap shundaki, biz tirik boʻlganimizda u bizga yaqinlasha olmaydi. U kelganida esa biz allaqachon ketib boʻlgan boʻlamiz. Bir vaqtlar insonlar oʻlimni eng shafqatsiz iblis deb bilishgan. Vaqti kelib esa oʻlim ularga hayotdagi iblislardan qutulishning yagona chorasi boʻlib koʻringan.

Donishmand odam hayotini qadrlaydi va uning poyoniga yetishidan u qadar ham iztirobga tushmaydi. Odamlar moʻl-koʻl ovqatdan koʻra, oz boʻlsa ham mazali taomni afzal koʻrganlari kabi, donishmand odam ham uzoq emas, ma’noli hamda xushvaqt umr kechirishni ma’qul koʻradi.

Shuni esdan chiqarmasligimiz kerakki, kelajak tamomila bizning ixtiyorimizda emas. Uning kelishiga qat’iy ishonish yoki kelmasligidan tashvishlanib, umidsizlik girdobiga gʻarq boʻlishimiz yaramaydi.

Unutmaylikki, kuchli xohish koʻp hollarda cheksiz nafratga sabab boʻladi. Qanoat esa xotirjamlik va baxtiyorlikning kalitidir. Xohishlarimizning ba’zilari tabiiy. Ba’zilari esa asossiz. Tabiiy xohishlarimizning ham ma’lum qismigina zarur. Qolganlariga ehtiyoj yoʻq. Buning fahmiga yetib, ularni ajrata oladigan kishi ulardan tanasini sogʻlom tutish va tafakkurini boyitishda foydalanadi. Bu asnoni hayotning mazmuni va umrning xayrli davomi deb biladi. Biz doimo koʻnglimiz va tanamizning ehtiyojini bosadigan narsalarni qidiramiz. Azoblanganimizdagina huzur-halovatni istaymiz. Shu sababli ham huzurni hayotning eng muhim pallasi deb bilamiz. U bizning eng oliy istagimiz boʻlib, har qanday tanlovning, shu bilan birga, nafratning asosidir. Huzur har qanday narsaga baho berishda bosh hakamdir. Afsuski, huzur-halovat hamisha ham haq boʻlavermaydi. Ammo, dunyodagi eng ulugʻ huzur-halovat qanoatli boʻlishdir.

Non va suv och qorin va qaqrab ketgan lablar uchungina halovatlidir. Ehtiyojlarini me’yorida ushlab turgan kishi ortiqcha muammolarga duch kelmaydi.

Huzur-halovat – bu tanadan ogʻriqni daf qilish va koʻngil bezovtaligidan xalos boʻlishdir. U shohona taomlar tortilgan toʻkin dasturxon emasligini yodimizdan chiqarmaylik.

Huzur-halovat koʻngilni besaranjom qilayotgan oʻy-xayollardan xalos etguvchi, bizni ulardan himoya qilguvchi hamda oldimizdagi toʻsiqlarga asosli iloj topguvchi idrokdir. Shu sababli ham fazilatlar orasida eng yaxshisi mulohazakorlikdir. Idrok, iftixor hamda adolat farovon hayotning ajralmas boʻlagidir.

Mana shu fikrlarga suyangan odam oʻlim qoʻrquvidan batamom xalosdir. Bunday odam yaxshi narsalarga va ezgulikka qanchalik tez erishish mumkinligini biladi va bunga oson erishadi. Shuningdek, iblis kuchining me’yorlari ham unga ma’lum va u bundan unchalik ham xavotirga tushmaydi. Ba’zilar uchun qochib-qutulib boʻlmaydigan, hukmdor hisoblangan taqdirni u mensimaydi. Sababi, hayotdagi voqeliklarning aksariyati ehtiyoj, qolganlari tasodif va yana bir qismi oʻzimiz bois roʻy berishidan u yaxshi xabardor. U ehtiyojni, mas’uliyatni yemiradigan kuch hamda uni oʻtkinchi deb bilgani sabab, unga boʻysunmaydi. U nodonlarcha zavqu shavqqa burkangandan koʻra, dono boʻlib, faqir holda hayot kechirishni ma’qul koʻradi.

Sen mening aytganlarimni yodingda tut. Oʻzing va senga oʻxshaganlar bilan birgalikda, bularga amal qil. Shunda hech qachon na oʻngingda, na uyqungda hech narsa seni bezovta qilmaydi.

* * *

Epikur milloddan avvalgi 341-270 yillarda Afinaning Samos orolida yashab ijod etgan qadimgi yunon faylasufi hamda epikurianizm falsafa maktabining asoschisidir.

Epikurianizm ta’limotiga koʻra, falsafa insonga baxtga erishish, osuda hayotni qoʻlga kiritish, tinch hamda erkin boʻlish, ogʻriqlardan qutulish va qadrdon doʻstlar davrasida oʻz hayotidan qoniqib yashashi uchun yoʻllanmadir. Epikurning qayd etishicha, huzur-halovat va dard ezgulik hamda yovuzlikni aniqlashdagi oʻlchovlar hisoblanadi. Oʻlim tana hamda qalb harakatining nihoyasidir. Insonning erishgan yutuqlari yoki uning boshiga yogʻiladigan balolarning xudoga daxli yoʻq. Bular inson harakatining oqibatidir. Borliq – nihoyasiz va abadiydir. Olamda sodir boʻlguvchi voqealar boʻsh makondagi atomlarning oʻzaro ta’siri hamda harakatiga bogʻliq.

Epikurning qarashlari oʻsha zamon olimlarining u qadar diqqatini tortmagan. Ayniqsa, Demokrit uning fikrlariga shubha bilan qaragan. Boisi, determinizm (narsa va hodisalarning sababiy bogʻlanishlari haqidagi materialistik ta’limot) borasidagi bir qator keskin mulohazalari Demokritnikidan farq qilgan.

Epikur asos solgan maktab kichkina boʻlsa ham, bu maktab rivoji uchun u butun umrini bagʻishlagan.

Epikur falsafasi jamiki yaxshilik hamda yomonlik huzur-halovat va azob tufayli tugʻiladigan tuygʻular bois yuzaga keladi, degan nazariyaga asoslanadi. Ushbu nazariyaga koʻra, nimaiki yaxshi boʻlsa, u halovatdir, nimaiki yomon boʻlsa, u azobdir. Huzur-halovat hamda azobni Epikur yaxshilik hamda yomonlik oʻrtasidagi axloqiy tafovutning asosi, deb hisoblaydi. Ba’zi bir oʻrinda huzur-halovatdan voz kechib, azoblanishni tanlash, yanada lazzatliroq huzur-halovatga erishishga xizmat qilishini ta’kidlaydi. Huzur-halovat istash hamda izlash orqali oʻlim qoʻrquvidan hamda ma’budalar jazosidan xalos boʻlib, xotirjamlikka erishish epikurianizm ta’limoti nazariyasining asosiy qoidalaridan biridir.

Epikurning uchtagina xati toʻliq holda, Diogenning «Mashhur faylasuflar» asari ham-da Vatikan kutubxonasida saqlanayotgan qoʻlyozmalar orqali, shuningdek, uning papi-rusga yozilgan «Tabiat xususida» nomli asaridan bir nechta parchalar bizgacha yetib kelgan.

Tarjimondan

«Sharq yulduzi» jurnalining 2011-yil, 3-sonidan olindi.