OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifErkin Usmonov
Asar nomi«Adabiy hodisa» (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Erkin Usmonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/24
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





«Adabiy hodisa» (hajviya)
Erkin Usmonov

Ichki kasalliklarni davolovchi doʻxtir Sayfi Soqievich kunlardan bir kuni tong qorongʻusida uygʻonib ketdi-yu, anchagacha shiftga tikilgancha koʻrgan tushining ta’birini oʻylab yotdi.

Tushida kimsan Chexov bilan gurunglashib oʻtirganmish. Oldilarida bir choynak koʻk choy, likopchada novvot, qand-qurs...
–Sayfi, – dermish Chexov, – men ham senga oʻxshagan prastoy doʻxtir edim, lekin mana mashhur yozuvchi boʻlib ketganman. Sababi, koʻrgan-bilganlarimni yozdim. Qarabsanki, klassik boʻlib qolibman!.. Sen ham urinib koʻr! Davralarda gapni qotirasan, askiyachilaru qiziqchilar bilan bellashasan, toʻylarni ochib berasan, qadah soʻzlarini aytishdaku oldingga tushadigani yoʻq! Shu iste’dodingni adabiyotda ham bir sinab koʻr! Kam boʻlmaysan. Ham besh-oʻn soʻm qalam haqi, ham shon-shuhrat deganday... Karoche, oʻylab koʻr, Sayfichik!..

Sayfi Soqievichning yuragi gursillab urib ketdi-yu, oʻrnidan sapchib turdi. Nega endi yozmas ekan? Yozadi. Vaqti boʻlsa koʻp. Ruchka bor, qogʻoz topiladi. Oʻtirib yozaveradi-da! Nima, oʻsha Chexovning shoxi boʻlganmi? Uyam Sayfi Soqievichga oʻxshagan bitta doʻxtir boʻlgan-da!..

Xullas, oʻsha kundan e’tiboran Sayfi Soqievichning tinchi buzildi. Nafaqat boshi, qoʻl-oyoqlari bilan ijodga shoʻngʻib ketdi. Ikki-uch qogʻozni toʻldirgach, bundoq qarasa, yomonmas! Shartta oqqa koʻchirdi-da, tepasiga «Goʻzallikning siri» degan sarlavha qoʻydi. Familiyasi ham taxallusga aylandi-qoʻydi. Keyin ovozini chiqarib oʻqib koʻrdi. «Sayfi Soqiy. «Goʻzallikning siri». Hikoya...»

Hikoya bunday boshlanardi: «Qoʻshnimizning oʻn sakkizga kirgan qizi Oyshaxonni hamma «goʻzal qiz» deydi. Buning oʻziga yarasha sabablari va koʻpchilik bilmaydigan anatomik va fiziologik jihatlari bordirkim, ular tubandagilardan iboratdur. Masalan, Oyshaxonning goʻzalligiga sabab uning ichki sekretsiya bezlari yaxshi rivojlangani, oshqozon ichak faoliyatining normal ishlashi, suyak muskullarining toʻgʻri oʻsganida. Bu oʻrinda gapni Oyshaxonning ichki organlaridan, ya’ni, hazm sistemasi, oʻpka, jigar, me’da va ichaklaridan boshlashga toʻgʻri keladi va hokazolar...»

Shunday qilib, tahririyat xodimiga yozib berilgan bitta «kasallik varaqasi» evaziga bu hikoya lab-lunji sal toʻgʻrilanib, tuman gazetasida bosildi. Va ertasigayoq hammaning diqqatini oʻziga tortdi. Birov ajablandi. Birov qo-yil qoldi. Birov kinoyali kulimsirab qoʻydi. Iste’dodlarga hamisha qiyin boʻladi, deganlari rost ekan, shu ma’noda Sayfi Soqiyga ham panja orasidan qaraydigan, qobiliyatini koʻrolmaydiganlar topilib qoldi. Gazetaning keyingi sonida birinchi boʻlib mahalliy ahamiyatdagi tanqidchi Qoraboev uning dabdalasini chiqardi: «Sayfi Soqiyning hikoyasini markasi eski. Motori yaxshi emas. Akkumulyatori tamom boʻlgan. Tormozi undoq, porsheni bundoq...»

Ma’lum boʻlishicha, asli avtomobil yoʻllari bilim yurtini sirtdan bitirgan, ammo adabiyotga havasi nihoyatda zoʻr bu kishining ushbu taqrizi tanqidchilikdagi ilk ijod namunasi ekan...

* * *

Yaqinda xiyobondagi pivoxonada tasodifan ularni koʻrib qoldim. Ikkala «iste’dod sohibi» shirakayf, ijodiy gurunglari avjida edi.
–Siz... buyrakning faoliyatini... umuman bilmaysiz! – derdi Sayfi Soqiy oʻzining fikrini ma’qullab...

–Siz-chi? – derdi Qoraboev asabiy harakatlar bilan sigaretini burqsitib, – siz.... podkladka nimaligini bilasizmi oʻzi?!..