OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifErkin Usmonov
Asar nomiDaladagi hangoma (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/sovet adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Erkin Usmonov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/26
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Daladagi hangoma (hajviya)
Erkin Usmonov

«Boʻston» jamoa xoʻjaligiga televideniyedan dehqonlar haqida koʻrsatuv tayyorlash uchun kelishdi.

Xoʻjalikda yer bilan tillashadigan kishilar koʻp ekan. Ular orasidan bir kam yetmish yoshli Xoʻjavoy mirobni tanlashdi. Yoshiga nisbatan epchil va chaqqon bu qoramagʻiz odam andak asabiy ekan, «Yoʻq, kinoga tushmayman, men artist emasman. Dalada ishim koʻp» deb turib oldi.

Koʻpchilik boʻlib arang koʻndirishdi.

Boshiga «Gollivud» deb yozilgan oq shapka kiyib olgan rejissyor yigitcha olifta harakatlar bilan qoʻllarini silkib, suratga olish jarayonini batafsil tushuntirdi. Videokamerani yelkasiga qoʻyib olgan operator, mikrofonini xuddi baliqchilarning qarmogʻidek choʻzgancha turgan ovoz yozuvchi, sathiga zarqogʻoz yopishtirilgan taxtasini sudrab yurgan yorituvchi va boshqa yordamchilar ishga kirishib ketishdi.

Aksiga olib dehqon buvaning soqoli oʻsib ketgan ekan, suratga olishni toʻxtatib, sartarosh chaqirtirishga toʻgʻri keldi. Sartarosh bola tajribasizroq ekan, Xoʻjavoy mirobning basharasini uch-toʻrtta yerini kesib oldi, keyin paxta «ekib» chiqdi. Buni koʻrgan rejissyor «Choʻrt poberi!» deb baqirib yubordi. Televizorchilar oʻzlari bilan har e’timolga qarshi grimchi olib kelishgan ekan. Ninachidekkina satang qiz birpasda dehqon boboning yuzini «tekislab» qoʻydi.

Ssenariy boʻyicha Xoʻjavoy mirob dala boʻylab oʻtib kelishi, yoʻl-yoʻlakay toʻxtab, tevarak-atrofga cheksiz faxr va gʻurur bilan qarab qoʻyishi, keyin bir kaft tuproq olib zavq bilan hidlashi endi nish ura boshlagan gʻoʻzalarga mehr bilan tikilib qolishi kerak ekan...

Xoʻjavoy mirob «bunaqa qiliqlarni qilolmayman» deganiga qaramay, s’yomka boshlandi va shu zahoti toʻxtadi.

Dehqonning chang-chung etigi, boshidagi eskirib ketgan doʻppisi, egnidagi yaktagi koʻrsatuv rassomiga toʻgʻri kelmadi.

Dehqon buva «yoʻq, men dalada shunaqa ishlayman, rostini olaveringlar» deb turib oldi. Axiyri boʻlmadi. Jamoa xoʻjaligining raisi yap-yangi kostyumini, kimdir koʻylagi bilan galstugini, yana kimdir tuflisini yechib berib, Xoʻjavoy mirobni kuyovboladek kiyintirib qoʻyishdi.

Tasvirga tushirish yurakni siqadigan ish ekan. Xoʻjavoy mirob besh-oʻn marta qayta-qaytadan dalaning u boshidan, bu boshiga borib keldi. Uzzukun ketmon chopgandek qora terga botib ketdi.

Nihoyat, s’yomka tugadi. Xoʻjavoy mirob vaqtini olganlari uchun toʻngʻillab jomakorlarini kiyib oldi. Kostyum-shim, tufliyu galstuk ega-egasiga qaytarildi...

Eng qizigʻi, bir haftadan keyin yuz berdi.

Qishloqdagilar «Xoʻjavoy mirobni televizorda koʻramiz» deb xursand boʻlib yurgandilar. Boʻlmadi. Ma’lum boʻlishicha, oʻsha kuni kassetaning tasmasi aylanmay qolgan ekan. Uzr soʻrab, «yaqin kunlarda borib qaytadan s’yomka qilamiz», deyishibdi.

Buni eshitib, Xoʻjavoy mirob dalaning chekka-chekkasida bekinib yurgan emish...