OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifFarid Usmon
Asar nomiGʻildirakli uy (ertak-hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Farid Usmon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm20KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/07/20
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Gʻildirakli uy (ertak-hikoya)
Farid Usmon

Bir zamonlar togʻ va vodiy tutashgan joydagi koʻrkam qishloqda bir dehqon yasharkan. U pastdakkina, koʻrimsiz guvalakdan qilingan ayvoni yoʻq uychasida xotini-yu bolalari bilan umr kechirarkan. Dehqon boʻsh qolgan paytlarida koʻchaga chiqib supachada oʻtirishni, oʻtkan-ketgan bilan laqillashni qish kunlarini shunday oʻtkazishni xush koʻrarkan.

Vodiy yonboshidagi koʻrkam qishloqqa bahor kelibdi. Hammayoq koʻm-koʻk boʻlibdi. Bogʻlarda gullar ochilibdi. Gullarga shaydo qushlar sayray boshlashibdi. Ishlar qizigandan qizib ketibdi. Dehqon erta tongdan to qorongʻi tushguncha terlab-pishib ishlay boshlabdi. Yerdan moʻl-koʻl hosil olish uchun qoʻli-qoʻliga tegmay mehnat qilishga kirishibdi.

Ana shunday tigʻiz kunlarning birida xotini unga:
— Bu qanday hayot boʻldi,- debdi.
— Qachongacha biz bu past, guvalak uyda yashaymiz. Axir biz ham chiroyli, qurchoqdakkina uyda istiqomat qilsak boʻlmaydimi?! Yeb-icharimiz boʻlsa. Pulimiz boʻlsa. Qani yangi uy quraylik. Ustalarni chaqirib keling! Qish kelguncha yangi uyga koʻchib chiqishimiz kerak. Hammaning havasi kelsin.

Dehqon moʻmin-qobil, yuvosh odam edi.
— Xoʻp,- dedi u. Boshini solintirgancha ustalarni izlab ketdi. Izlab-izlab uy qiladigan ustalarni topibdi va maqsadini aytibdi.

Ustalarga ham oʻsha fursatlarda hozirgidek ish yoʻq ekan. Ular ham ish topilganidan xursand boʻlishibdi:
— Yaxshi,- deyishibdi.- Ertaga erta tongdan ish boshlaymiz. Uy quriladigan joyni koʻrsatsangiz bas. Yerni kavlaymiz-da, betonini quyamiz. Soʻng devori uriladi, tomi yopiladi. Koʻribsizki, hash-pash deguncha yangi uyning kaliti qoʻlingizda boʻladi.
— Daryo boʻyini koʻzlab qoʻyganman. Soʻlim, shinam joy.
— Juda soz. Ishni boshlaganimiz boʻlsin.

Ustalar ertalabdan asbob-uskunalari bilan kelishibdi-da, yeng shimarib ishga kirishib ketishibdi. Astoydil mehnat qilishib tush boʻlguncha poydevorga beton quyish uchun chuqurlarni tayyorlay deb qoʻyishibdi. Tushga yaqin quyosh charaqlab turgan bir paytda dehqonning qop orqalagan yon qoʻshnisi ustalar ishlayotgan joyga yaqin soʻqmoqdan oʻtib qolibdi.
— He, xormanglar ustalar debdi. – Xoʻsh nima quryapsizlar?
— Bor boʻling! Uy quryapmiz.
— Topgan joylaringni qaranglar. E, attang. Uyni shunaqa joyga quradimi? Bir tomoni dala, bir tomoni daryo boʻlsa. Axir, zah urib devorlar tezda nuraydiku. Qolaversa, uy ichi qishin-yozin sovuq boʻlib sogʻliqqa ta’sir qiladi. Uyni hov anavi, koʻrinib turibdiku, oʻsha qirga, daraxtning yoniga qurish kerak.

U qoʻli bilan bir tup tut daraxti oʻsib turgan balandlikni koʻrsatibdi.
— Rahmat sizga,- debdi dehqon.- Yaxshi maslahat berdingiz. Oʻylab koʻrsam haqiqatdan ham nomaqbul joyni tanlabman. Ilgari fikr qilmabman-da. Bir tomoni daryo boʻlsa, bir tomoni dala...

Xotinimga ham sal yoqmay turgan edi. Hoy, azamat ustajonlar! Qani ishni bir zum bas qilinglar. Asboblarni yigʻishtirib hov anavi daraxt yoniga koʻchamiz. Uyni oʻsha joyga quramiz.

Ustalar yangi tanlangan joyga yoʻl olishibdi.
— Albatta, qaerni kavlatish, qaerga uy qurish bu sizning ixtiyoringizda. Siz bizga xoʻjayin.

Ish yana qizib ketibdi. Ustalar daraxt tagidagi salqinda tushlik qilib olishgach,astoydil ishga kirishib ketibdilar. Kurak, ketmonlar shunday tez ishlatyaptilarki, kech boʻlar boʻlmay chuqurlar, chuqurlar yonida oʻrkach-oʻrkach tuproq uyumlari paydo boʻlibdi. Xuddi shu payt ustalar qarshisida choʻqqi soqol, past boʻyli, boshida kirlangan doʻppisi bor toʻrt, beshta qoʻyni oldiga solib olgan qoʻlida bir yarim, ikki gaz keladigan tayogʻi bor kishi paydo boʻlibdi. Salom-alikdan soʻng:
— E, attang, attang,- debdi u soqolini oʻychan silab.- Uy uchun tanlagan joylaringiz nobop. Nimaga deysizlarmi?! Axir bu yer naq shamolning koniku. Yap-yalanglik boʻlsa. Shamol bir zum ham koʻz ochirmaydi bu joyda. Ha, hali meni aytdi dersizlar...

Bu soʻzlarni eshitib turgan dehqon:
— Haqiqatni aytyapsiz, oqsoqol! Bu yerning shamoli hammaga ma’lum. Ayniqsa izgʻirinli kunlarda,- debdi dehqon. – Xoʻsh, qanday maslahat beradilar.

U qoʻylarini qirning bu tomoniga qaytararkan baland, jarangdor ovozda maslahat beribdi:
— Uyni oʻrmon ortiga qurish kerak. Daraxtlar shamolni toʻsadi. Shamol toʻsilgan joy issiq boʻladi. Hov yashil joyni koʻryapsizlarmi?! Oʻsha joy rosa uy bopda.
— Rahmat sizga. Vaqtida maslahat berganingiz uchun. Beton quyishni boshlaganimizda ortiqcha ish boʻlardi.

Dehqon ustalarga ishni toʻxtattirib, ularni oʻrmon orqasiga koʻchiribdi.

Haqiqatdan ham oʻrmon orti osoyishta, quloqlar ostida gʻuvullab turadigan shamol yoʻq koʻm-koʻk soʻlim bir goʻsha edi. Daraxtzorlarda chagʻ-chagʻlashayotgan qushlarning xonishlari esa biram yoqimli, biram yoqimli ediki...

Qumrilar, bulbullar va boshqa talay qushlar «Bahor» valsini allaqachon ijro etayotgan ansamblning xuddi oʻzginasi edi.

Oʻsha yerda ham sal oʻtmay bir yoʻlovchi paydo boʻldi.
— He, xormanglar! Nima urindichilik-a. Ha, uy qurmoqchimisizlar deyman. Esinglar joyidami oʻzi?! Axir bu yer daraxtzor boʻlsa. Quyosh nuri umuman yil oʻn ikki oy bu yerlarga tushmasa. Qolaversa, bu yerlarda yer osti sizot suvlari yer sathiga juda yaqin boʻladi... uyni vodiyga qurgan ma’qul...

Bu xil dam oʻngga, dam chapga, u yoqqa bu yoqqa deb koʻrsatishlar hech narsani hal qilmapti. Hech kim uyni qaerga qurish kerakligii aniq koʻrsata olmabdi. Chunki odamlar orasida bu xil maslahatgoʻylar koʻp va ular oʻz bilgicha maslahatlar berar ekan.

Tun borliqqa hukmron boʻlibdi. Qishloq ahli uyquga ketibdi. Shular qatori dehqon ham dam olgani yotibdi. Erta tongda, hali endi gʻira-shira olam yorishayotgan bir paytda dehqonning eshigi taqillab qolibdi. Eshikni taqillatayotganlar kechagi ustalar ekan.
— Xoʻjayin endi qaerni kavlaylik?- deyayotgan emish asbob-uskunalarni koʻtarib olishgan ustalar.

Dehqon eshik oldida turib debdi:
— Hurmatli ustalar. Rostini aytsam, tuni bilan uxlamay oʻylab chiqdim. Oʻylab-oʻylab shunday qarorga keldim. Agar iloji boʻlsa uyni arava ustiga qurdirmoqchiman. Mana shu eshak arava ustiga qurib berasizlar.

U devori yonida turgan eski eshak aravasini koʻrsatibdi.
— Yagona yoʻli shu. Ana oʻshanda odamlar qaerga desalar oʻsha yerga aravani olib borib yashayveraman.

Ustalarga ham bu gap ma’qul tushibdi.
— Yaxshi,- debdi ular.- Bizga ish boʻlsa boʻldi. Pul boʻladi.

Ular ishga tushibdilar. Yogʻochlarni tashishibdi. Aralashibdi. Randalashibdi. Tesha, boltalarni ishga solishibdi. Xullasi kalom arava ustida chiroyli yogʻoch uy bitibdi. Uy dehqonning xotini, bolalariga ham yoqibdi. Ular qoʻshnilarining havasini keltirib aravaga qurilgan yangi uyda mazza qilib yashay boshlashibdilar.

Agar birov dehqonga:
— Yashayotgan joyingizni mazasi yoʻq desa u aravasini sudrab yoʻlga tushib qolar ekan va gʻildirakli uychasini xohlagan yeriga qoʻyib oʻsha yerda yashar ekan. Kunlar dehqon uchun shu yoʻsinda oʻtaveribdi.

Kunlardan bir kun dehqon xotini va uning bolalari hali uyqudan uygʻonmagan bir daqiqada erta tong gʻira-shirasida shamol shunday koʻtarilibdiki, simyogʻochlar xushtak chalibdi. Daraxtlar egilib-egilib gʻuvillabdi. Shamolmisan shamol boʻlibdi. U aravaning gʻildiraklariga urila-urila chunonam uvillabdiki, xuddi boʻri uvlagandek boʻlibdi. Ana shunda uycha qiyalikdan pastga qarab yurib ketibdi. Shamol esa gʻildirakli uychaning yurganini koʻrib zavqi kelgandan tezlagandan tezlabdi. Shunchalik tezlabdiki, bir zumda dalalarni, jarlik, tepaliklarni, daraxtzor, yalangliklarni, shahar, qishloqlarni, koʻchalar tomliklari hamma hammasini ortda qoldirib uchib boraveribdi-boraveribdi. Gʻildirakli uy ham shamolda gʻildirab-gʻildirab borib-borib daryoga tushib ketibdi. U daryoda suvni oqimiga qarab suzib ketaveribdi. Shunaqa tez suzibdiki, hali tong endi yorishayotganda suzib dengizga yetibdi.

Quyosh oʻzining zarrin nurlari bilan dengiz suvlarini jilvalantira boshlagan bir paytda dehqon uyqudan uygʻonib gʻildirakli uycha derazasidan mundoq bir qarasa hammayoq tip-tiniq suv emish. Tip-tiniq suvlar jilvasida uning koʻzlari qamashibdi:
— Xotin! Xotin! Tur, qara! Ajoyib,- debdi u hayajonlanib.

Xotini uygʻonibdi, bolalari oʻrnidan turishibdi. Hammalari hayron qolishibdi. Uychalari dengizda suzib ketayotganligi ularga shodu-hurramlik bahsh etibdi.

Tinch-osoyishta hayot kechira boshlashibdi. Avval mazza qilib choʻmilishibdi. Baliqlar ovlashibdi. Bekor qolgan paytlarida esa hayolga berilishib suvga tikilishibdi-da, begʻubor osmonni tomosha qilishibdi. Eng muhimi bu joyda «unday qil, bunday qil» deydigan maslahatgoʻylar yoʻq ekan.

* * *

«Unday qil, bunday qil» degan maslahatlardan qutilgan dehqon uychasida deraza yonida oʻtirib dengizda suzib borarkan atrofga nazar soldi. Suv shishaday tiniq edi. Shamol tingan. Atrof jim-jit. Faqat ora-sira tiniq dengiz suvi quchogʻida suzayotgan baliqlar va baliqchalarning «choʻlp-choʻlp» etgan tovushlari quloqqa chalinardi. U sirli, moʻ‘jizaviy bu tovushlar ogʻushida orom topganday oʻtirib atrofga nazar soldi. Suvlarni jimirlatib bepoyon dengiz etagidan quyosh koʻtarilardi. Uning oʻtkir nurlari, tiniq suvda charhlana-charhlana dehqonning koʻzlariga bota boshladi. Quyosh bu yerda yashil dala, qoʻngʻir kengliklardagiga qaraganda ancha beozor - boshni aylantirib, koʻzini tindiradigan darajada ekan. U quyoshning bu-sitami-ga bardosh berolmay qora koʻzoynagini koʻziga ilib oldi. Chiroyli toʻrt gulli doʻppisini boshidan olib qoʻyib, oʻtgan yili shaharga tushganida olgan ancha eskirib qolgan shlyapasini boshiga qoʻndirdi. «Ana endi, haqiqiy dengizchilarga oʻxshading» xayollandi u. Shu payt nimadir soya tashlab oʻtgan boʻldi. Endi alanglab qaragan edi tovush quloqlariga chalindi. Bir vaqtning oʻzida sodir boʻlgan bu holatni u anglab yetishga xarakat qildi. Soya tashlab oʻtgan narsa dengiz qaldirgʻochlari ekan. Ular nozik, ingichka koʻrinishda boʻlib dala qaldirgʻochlaridan tubdan farq qilardi. Ovoz chiqargan narsa baliq edi. Baliqlar oʻyin qilyaptimi yo odatlari oʻzi shunaqami, irgʻib shoʻngʻishar edi. Ular yarim doira hosil qilib dengiz sathida sakraganlarida havoda koʻrinmas chiziqlar paydo boʻlar, xuddi birov oppoq qogʻoz yuziga qora qalamda chizib tashlayotganga oʻxshardi. Edi u qora koʻzoynakda ojiz hamda mungli ovozlarga quloq solga holda turarkan, koʻzlariga ogʻir botolmay qolgan quyoshga tik qaragancha oʻzicha kulumatiradi. Xayolida Xemingueyning «Chol va dengiz» hikoyasidagi baquvvat keksa Santyago chol gavdalandi. U oʻzi tanho roʻparpasida dehqonning dengiz sathida qalqib turgan gʻildirakli uychasidan 30 qadamlar narida qayigʻida boshini magʻrur tutgan holda turardi. Shu daqiqalarda uning atrofida qayiqlarini kuchanishib suvga itarib tushurgan baliqchilar ham yoʻq edi. Suvga shaloplab urilgan eshkaklarning ovozlari eshitilmaydi. Dengizning chuqur joylariga qarmoq tashlab ovi baroridan kelmagan qariya bonito va albakore baliqlari toʻda-toʻda suzib yurgan joylarda oʻz baxtini sinab koʻrishga ahd qilayotganday.
— Bechora Santyago- dedi dehqon bexosdan ovoz chiqarib.- Bu dengiz senga ne-ne ozorlarni bermagandi-ya.

U ovozim uxlayotgan xotinim, oʻgʻilchalarimga ozor berib qoʻymadimikan deb oʻyladi-da xayollandi.

Zahmatkash bu chol necha kun tunlab bu dengizning beayov shafqatsiz oqimlari bilan olishib risq-roʻz uchun kurash olib borgan edi. Hammasini yengib oʻtsada oʻzi hech narsaga ega boʻlmay qolavergandi...
— Men,- dedi u xayolida Santyagoga javob qilayotganday, tasodifan kelib qoldim. Shamol gʻildirakli uyimni surib kelib daryoga tushirdi. Daryo oqizib-oqizib kelib mana dengizdaman. Endi uning sinovlariga dosh beraman shekilli sening singari...

U qora koʻzoynagidan suvga qaradi. Xayoldagi chayir yuzli muskuldor, baquvvat Santyago koʻzdan yoʻqoldi. Dehqon endi suvga yaxshilab qaradi. Bu tuproq emas suv edi. Suvli maydon edi. Tep-tekis ketgan ulka oyna sathiga oʻxshash sirli bir manzil edi. Bu suvlar ham xuddi yer kabi oʻzida dunyodagi barcha kimyoviy elementlarni jamul-jam etgan albatta. Unda azot deysizmi, kislorod, karbonat angidrid, inert gazlar va shuningdek kam miqdorda boʻlsa-da organik moddalar ham mavjud. Shu bilan birga erigan moddalarning sal kam yuz foiziga yaqini tuzlardan iborat. Bu suvning dunyodagi suvlardan oʻziga xosligi shoʻrligi va xlorligidir. Bu ham boʻlsa uning buyuk Qudrat egasi tomonidan aql bovar qilmas ilohiy dastur asosida yaratilganidir.

Uning ilohiy dastur asosida yaratilganligi yana sirli oqimlarida namoyon boʻlardi. Dengizning turli qismlarida bosimlarning turlicha boʻlishi natijasidagi harakatlari evaziga hosil boʻluvchi bu oqimlar evaziga qirgʻoqlar yuvilishi choʻkindilarda yangi quruqliklar hosil boʻlishi va qolaversa sovuq oqim tufayli hosil boʻlgan muzlarning uzoq-uzoqlarga oqib ketishi dehqonga oydek ravshan edi. Bu oqimlar naqadar beqarorligini ham bilardi u. Ha, ular oʻzgaruvchan. Doimiy yoki davriy. Dengiz yuzasida yoki chuqurliklarida yoki eng tubida... He, he. Bu dengiz haqida soatlab oʻylash mumkin, butun tunu kun soʻz yuritsa boʻladi. Shunda ham u haqda gapirib tugatib boʻlmaydi. Muhimi u hozir turgan joydagi suv ichidagi ichki oqimlar soat strelkasi yoʻnalishi boʻyicha xarakatda boʻlishini bir paytlar maktabda oʻqib yurganda oʻqituvchisi tushuntirib qoʻygandi. U buni bilardi.

Ikki soatlar chamasi oʻtdi. Quyosh ancha koʻtarildi. Havo ilib qolgan. Borliq koʻzga yoqimli koʻrinadi. Bir payt tepaga bir qush koʻtarilganday boʻldi. Oynadan boqib osmon kengligida uning qanotlarini tashlab yuborgancha chir aylanayotganiga koʻzi tushdi. Qarab turdi. Qush birdan suvga shoʻngʻidi. Dehqon baliqning suvdan otilib chiqqanini koʻrib qoldi. Qush esa xuddi shu payt qanotlarini suv sirtiga urib jahd bilan suvni shopiratib uchib borardi.
— Hayot uchun kurash-dedi dehqon. Dengizda ham yashash uchun kurash qonuniyatlari xuddi quruqlikdagi kabi ma’lum tartibda kechishini oʻyladi. Kurash uning bagʻrida yanada shiddatliroq oʻtadi. Zarradan to ulkan dengiz mahluqlarigacha bari yashab qolish uchun harakat qiladi. Harakatning mazmun mohiyati hayot va mamot. Bu tiriklikning azaliy qonuniyati.

Uning bu fikrlarida bexabar arava uycha ichiga qilingan soʻrichada xotini pishillab uxlar, uning yonida oʻgʻilchalari orom olardi. Xotini uygʻondi. Deraza oldida turgan eri yoniga keldi.
— Voy-vuy,- deb yubordi u birdan.- Voy oʻlmasam. Bu nimasi. Hammayoq suvku!
— A-a- dedi -, endi uyqudan koʻzi ochilgan oʻgʻilchalari.
— Suv, mazza choʻmilamiz.
— Qaerdamiz? Hoy er. Bu yer qaer?
— Dengizdamiz.- dedi dehqon xomush holda.- Kechasi shamol turib arava-uyimizni gʻildiratib daryoga tushurib yuboribdi. Daryoda oqib-oqib mana, koʻrib turganing dengizdamiz.
— Ura!- dedi oʻgʻilchalari chapak chalishib.- Choʻmilamiz! Baliq ovlaymiz! Delfinlarni minamiz! Mazza!
— Dada, men baliqchi boʻlaman,- deb qichqirdi katta oʻgʻilchasi.
— Baliqchi boʻlolmaysan,- dehqon oʻychan gapirdi.- Santyago boʻlish qiyin. Dengiz hayoti ogʻir. Sen dehqon boʻlasan. Oʻzim singari dehqon. Suv hayotiga qaraganda yer hayoti osonroq.

Ular toʻrtovlon uycha oynasidan dengizga tikilib turishar, ham hayron, ham hayajon ularni chuqur oʻyga toldirgandi.

Derazadan qayiqlar koʻrindi. Uch-toʻrt qayiqda baliqchilar boʻlsa kerak oʻzlaricha bir-biriga nimalarnidir gapirishib ular tomon suzib kelishardi. Ana eshkaklarning suvga urilgan ovozlari quloqqa baralla chalinib qoldi. Odamlarning ovozlari ham eshitilardi.

-Xoʻy, kim bor uyda.

Dehqon derazani ochdi.
— Biz bormiz.
— Sen kimsan.
— Dehqonman.
— Nima, dengizga bugʻdoy sepmoqchimisan?
— Har holda, baliq ovlamasam ham, bugʻdoy sepib koʻrsammi deyapman.

Baliqchi ularga yaqinlashar ekan qayiqda qaddini tikladi. Uning yoʻgʻon dengiz quyoshida qoraygan gavdasi kinolarda tasvirlangan Arnold Shvarts Negerning oʻzginasi edi. Uni koʻrgan oʻgʻilchasi.
— Voy-vuy,- dedi.- Dada, Santyago shumi? Yoʻq. Santyago Xemingueyning «Chol va dengiz»da. Bu shu dengizdagi baliqchilardan.

Dehqon bor tafsilotni unga tushuntirdi.
— Nima qilmoqchisiz endi? Yordam-pordam kerak boʻlsa ayting.

U suv sathida lapanglayotgan qayigʻida tik turgan holda gapirdi. Hali bilib bilmay bu notanish kimsani sansiragandi. Endi sizlay boshladi. Sheriklari oʻz qayiqlarida tik turishar, uning soʻzlariga quloq tutishgancha jim qolishgandi.
— Yordam kerak,- dedi dehqon.
— Biz quriqlikka chiqishimiz zarur. Qirgʻoqqa borib olsak u yogʻiga bu uychamizni biror eshak topib sudratib olib ketamiz.
— Yaxshi. Demak, delfinlardan yordamga chaqirishimizga toʻgʻri kelarkan. Biz bu uychani qirgʻoqqa sura olmaymiz. Kuchimiz yetmaydi. Qayiqqa bogʻlagan bilan tortish qiyin.

U kaftlarini karnayga oʻxshatib olib dengiz ichkarisiga qarab baqira boshladi.
— Qaldirgʻoch! Ha, qaldirgʻoch! U qaldirgʻoch ismli delfinni chaqirardi. Kitlar turkumining delfinlar oilasiga mansub sut emizuvchilarning bu eng kenja vakili uzunligi uch metrli. Qaldirgʻoch sheriklari bilan dengizning ich-ichkarisida, uzoqlardagi chuqurliklarda baliqlar va besh oyoqli molyuskalar ovlab ovqatlanish bilan band edi. Bu chaqiriq uning nozik eshitish a’zolariga yashin tezligida yetib bordi. Uning rivojlangan miyasi chaqiriqni qabul qilib olarkan, sheriklari ham bu tovushdan hushyor tortganini darhol sezdi. Inson koʻrsatmalarni darhol tushunish qobiliyatiga ega boʻlgan tumshugʻi choʻziq, ogʻzidagi tishlari yetmishdan ortiq bu jonivor «baliq ovlash xizmatiga chorlayapti» deb oʻyladi chogʻi harakatga tushib qoldi. Sheriklari ham unga ergashdi. Bir zum oʻtmay ular kema desa kema emas, qayiq desa qayiqqa oʻxshamaydigan antiqa bir narsa (ular uchun) oldida, baliqchilar yonida paydo boʻlishdi. Choʻziq tumshuqli boshii suvdan chiqarib»nima gap» degan ma’noda tovush chiqarar ekan ayniqsa Qaldirgʻoch oʻzi

Baliqchi koʻrsatmalariga intiq boʻlib turgan delfinlarni koʻrgan dehqon bolalari birdan quvonib ketishdi. Oʻzlaricha chapaklar chalishib quvonch bilan qiyqirib yuborishdi. Sirkda emas, shundoqqina dengizda koʻz oldilarida delfinlarni koʻrib turganidan ular shodu-xurram edilar. Hatto oyilari ham sevinganidan ular bilan birga kulimsirab delfinlarga boqib turardi. Goʻyo dengizda tsirk oʻyini boʻlayotganday edi.

Baliqchi:
— Uychani qirgʻoqqa olib chiqishimiz kerak,- deya yana qattiq gapirdi. Xuddi u sheriklariga soʻzlaganday soʻzlardi. Aslida u sheriklariga, shuningdek Qaldirgʻoch va boshqa delfinlarga amr etardi. Qaldirgʻoch lapanglab aravaning shotisi tarafga oʻtib shoti orasiga kirdi.
— Boylanglar dedi baliqchi yana shiddatli ovozda. Baliqchilar qayiqlaridan bogʻlam arqolarni olishib shotini Qaldirgʻochning tanasiga bogʻlashdi. Qaldirgʻoch aravaga qoʻshilgan (eshak desak boʻlmaydi) gijinglagan toyga oʻxshab qoldi.
— Ana endi,- dedi baliqchi,
— Biz ortidan surib boramiz.

Uycha harakatga kelib osuda dengiz sathida suzib ketdi. Suvlarning ikki tomonga yorilishidan hosil boʻlgan oqim oqish tusda koʻpiklanib eshila-eshila ortda qoladi. Yana suv yuzasidan bir oniy yoriqlar yopiriladida sokin dengiz boʻzrayib turadi.

Delfinlar, baliqchilar, Qaldirgʻoch uychani qirgʻoqqa olib kelishdi. Koʻzga loyqa toshloqlar uzuni bir metr, bir metrdan uzun eni bir santimetrcha keladigan yashil dengiz oʻtlari koʻrindi. Uycha endi rostmona qirgʻoqqa chiqib qolgan edi.
— Yashanglar,- dedi baliqchi yana baland ovozda.- Ana endi boʻldi.

Qaldirgʻochni arava shotisidan boʻshatishdi. Delfinlar bir zum qirgʻoqqa bagʻrini berib turgan dengiz boʻyida raqsga tushdilar. Bu ularning oʻz ishlarini uddalay olganliklaridan mamnun boʻlganliklari belgisi edi. Baliqchilar ham xursand boʻlishdi. Hammalari dehqon va uning oila a’zolari bilan xayr xoʻshlashib dengiz bagʻriga qaytishdi. Dehqon ham dengiz qirgʻogʻidagi qishloqqa borib bir eshak topib keldi. U gʻildirakli uyning eshakka qoʻshib koʻz oxirini ilgʻamas uzun yoʻlda oʻz qadrdon qishlogʻiga qarab ravona boʻlibdi. U hozir ham shu yoʻlda ketib boryapti emish. Hademay gʻildirakli uychasi eski qurilgan joyiga yetib olsa kerak.