OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifFarid Usmon
Asar nomiIblisning qaytishi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Farid Usmon
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm22KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/09/12
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Iblisning qaytishi (hikoya)
Farid Usmon

Oʻsha voqeaga ham mana yuz yildan oʻtibdi. Aytishga oson. Koinot uchun bir daqiqaday kechgan boʻlsada, insoniyat koʻp-azob uqubatlarni boshidan oʻtkazgan davr...

Iblis bundan yuz yil avval Maksim Gorkiyning «Hayotning xoʻjayinlari» nomli hikoyasida kelgan edi. Unda «yur men bilan» deb odamga murojaat qilgan va unga «haqiqat manbaalari»ni koʻrsatmoqchi boʻlgan. Ikkovlari Odam va Iblis qabriston tomon sekin-asta suhbatlashib qadam bosishgan edi. Shunda Iblis Odamga qabrlar oralab borisharkan qoʻrqinchli zulmat bir kechada «Oyoqlaring ostida seni oʻz izmida saqlayotgan qonunlarining ijodkorlari yotibdi» deb qonun yaratuvchilar albatta bir kun bir uyum tuproq ostiga borishiga ishora qilgan edi. Aslida shunday. Bu haqiqat. Qonun yaratuvchilar ham, qonunga boʻyin eguvchi- bajaruvchi undan jabrlanuvchilar ham bir kunmas bir kun bir uyum tuproq ostiga borishligi bor gap.

Gap bunda emas. Gap boshqa tarafda. Gap ana shu oraliq masofada boʻlib oʻtgan voqealar haqida. Iblis shu oraliq masofadagi voqealar toʻgʻrisida fikr etib koʻrganmi yoʻqmi, bizga noma’lum. Lekin bitta narsa aniq: u ham boʻlsa Iblisning endi qabristonga emas, qorongʻu tunda emas, koʻrkam bir shaharga quyosh charaqlab turgan yop-yorugʻ kunda kelishi edi.

Gap shu yerda toʻxtab tursinda, biz endi Maksim Gorkiy oʻz hikoyasida olgʻa surgan ezgu gʻoya insoniyat uchun porloq boʻlgan kelajak orzusi bilan emas, 20 asrning 17 yilida amalga oshgan buyuk inqilob va uning salbiy ham ijobiy tomonlari va halokati haqida imkon darajasida qisqa, nihoyatda qisqa toʻxtalib oʻtishga urinib koʻraylik. Sababi, har qanday kattami, kichikmi har bir asarda albatta biror bir gʻoya ilgari suriladi. Biz shu gʻoyani anglab olishga oʻqituvchimizga koʻmaklashmoqchimiz xolos. 20 asrning 17 yilida yalang oyoqlar hukumati qaror topdi, boshqarish goʻyo bitta shaxs qoʻliga emas, koʻpchilik hukmida boʻldi. Ammo bari bir bu boshqarish boshida bitta odam turdi. Yalang oyoqlar ya’ni kambagʻallar uchun «kommunizm» farovon hayot qurish xarakati boshlandi. Bu orada boyligi qoʻldan ketgan boylarning bolalari oʻsha boshqaruv tizimiga asta-sekin kirib borishdi. Kommunizmdan esa hamon darak boʻlmadi. Goʻyo kommunizm sovet uchun dushman boʻlgan davlatlar bagʻrida yalt-yult qilib yetilib bormoqda edi. U aslida ichida bari bir jirkanch manzara boʻlsada sovetchilar koʻzini qamashtira boshlagandi. Shundan foydalanib haligi boylarning bolalari ham mulk umumniki emas, xususiy boʻlgani yaxshi boʻlarkan, xususiylik yaxshi ekan degan «visi-visi» gaplarni chiqara boshladilar. Ichki gʻoyaviy inqirozlar, kurashlar qon toʻkilmasdan olib borilgan «janglar» oʻz samarasini berdi. Inqilob-qizil inqilob mevasi boʻlgan yalang oyoqlar - kambagʻallar davlatidagi boshqaruv tizimi yuz yilga ham yetib yetmay halokatga yuz tutdi. «Inson nomi magʻrur jaranglar» degan shiorni yuqori koʻtargan tuzum bori yoʻgʻi 80 yil atrofida umr koʻrdi. Nihoyat oʻldi. Oʻrniga yana «inson xor-zor - inson aziz» aqidasiga mute boʻlgan jamiyat juda koʻp yillar, toʻgʻrirogʻi asrlar hukmronlik qilgan bu tuzum, kambagʻallar tuzumini bir asrcha ham yashatmasdan ketiga bir tepdi. «Biz» dedi, u. «Biz hukmronlik qilamiz». Fursat yetib keldi. «Inson xor-zor - inson aziz boʻlib yashaydi», dedi u. Ana shu aqidalar amalga osha boshlagan, odamlar boyga, kambagʻalga ajralayotgan bir jarayonda Maksim Gorkiyning Iblisi ham yuz yildan keyin siz biz yashab turgan bu zamonlarga qaytib keldi. U qorongʻu qoʻrqinchli skletlar qabrlar ustiga sharaqlab chiqqan shamol uvillayotgan zulmat bagʻridagi qabristonga emas, kuppa-kunduzi, yop-yorugʻ kunda, quyosh charogʻon nur sochayotgan bir damlarda koʻrkam bir goʻzal shaharga qaytdi. Balki uning kelishi tasodif emas, zaruratdir, balki tasodifdir. Kim biladi deysiz. Nima boʻlsa ham u qaytib keldi. Butun bir imperiya yemirilib, xalqlarni qattiq iskanja ichida ushlab turgan butun yer yuzini sovetlashtiramiz deb niyat qilgan, lekin bu niyatini «Xudo hohlasa» kalomi bilan boshlamagan tizim Allohning irodasi bilan birdan chil-chil boʻlib ketganda, hamma mustaqil davlatlarning oʻz xonu beklari davlat degan toychoqni, amaldorlari beliga egar urib urmay minib olishgan bir paytda qaytib keldi. U qaytib kelganda bu yangi davlatlarning yangi xonu beklari «adolat biz tarafda, biz adolatmiz» deya ayuhannos solayotgan bir fursat edi. Gʻalati daqiqalar edi. Siyosiy, iqtisodiy jarayonlar ajib bir kechmishlar sodir boʻlayotgandi. Yer yuzidagi bani insoniyat yangi asrning yana bir yangi shiddatli va sirli algʻov-dalgʻov holatlarini boshidan kechirayotgan edi. Fitnayu, fujurlar, siyosiy iqtisodiy nayranglar makr-xiylalar hamma hammasi na faqat oddiy fuqarolar balki ulkan davlat arboblari orasida ham avj olgan damlar kun va tunga esh edi. Quyosh kunduz ustidan nur sochardi. Oy oʻz fursatlarida tun bagʻrini porloq aylab turardi.

U gʻalati bir qiyofada qaytib keldi. Alloh yaratgandan buyon ming yillardan beri u yashab kelayotgan boʻlsada hali tetik, shu bilan birga koʻrinishida keksayish alomatlari zohir boʻla boshlagandi. Pahmoq, toʻmtoq soqollarida oq koʻrinmasdi. Lekin jodugarning supurgisidek dagʻal. Vajohatida esa oʻsha eski xotirjamlik. Chaqnab turgan koʻzlari sirli donishmandlikni ifodalaganday belgilarga ega esada yonib turardi. Besoʻnaqay gavdasi qadam tashlaganda goh u yon, goh buyon chayqalib ketardi. Botiq koʻzlari oʻrnashgan ham nuroniy ham ajal sharpasi sezilib turgan yuzlaridan hech qanday ma’noni uqib boʻlmasdi uning. U shunday qiyofada edi.

Yana shuni aytish kerakki, u qaytib kelgan bu fursatlar taraqqiyot choʻqqisiga chiqa borganligidanmi insoniyatga rostgoʻylik qaerda deysiz, yolgʻon allaqachon esh boʻlib boʻlgan edi. Insoniyat yaralgandan beri ezgulikka intilganiga qaramay allaqachon razolatga botayotgan uning ma’naviy qiyofasida tubanlashish avjga chiqa borgandi. Yer yuziga odam bilan yonma-yon boʻlib olgan barcha qusurlar toʻlib toshmoqda edi. Bir-birini aldash deysizmi, poraxoʻrlik, ta’ma, oʻz oʻzini koʻz-koʻz qilish, kibr, ichi qoralik kabi qoʻyingki barcha illatlar unga yanada qadrdon boʻlib ulgurgan edi. Buni Iblis bilardi. Ba’zilarini bilmasdi ham. Chunki odam Iblisga dars berishga yetay-etay deb qolgan davrlar edi. Insoniyat ana shuni boshidan kechirayotgan edi.

Kuppa-kunduzi charogʻon kunda koʻrkam shaharga tashrif buyurarkan oʻyladi. «Mana shunday qiyofada qadam ranjida qilyapman qanday boʻlarkin-a? Koʻrinishim ayanchli, yoʻq toʻgʻrirogʻi, qoʻrqinchli boʻlsa. Kuppa-kunduzida meni shu holda koʻrishsa, nima degan boʻlaman, axir? Yoʻq, odamlarga bunday koʻrinib boʻlmaydi. Nima qilsam ekan? Ha, topdim. A.N qiyofasiga kiraymikin. Yoki qorindor Sh.N. boʻlaymikin. A.N. boʻlsam koʻzlarim koʻkish boʻlishi kerak. Yaxshisi Q.O boʻlganim yaxshi. Uncha e’tibor tortmayman.

Iblis shaharda parroz urib yurgan taniqli kishilar qiyofasiga kirib olishni va oʻsha odamlar boʻlib olib odamlar orasiga qoʻshilib ketishni xayollardi. Shunday qilsa u odamlar ichiga kirib oladi. Oʻshanda qabristonda Odamni yetaklab yurib koʻrsatgan odamlari hayotda nima qilayotganliklarini yana bir koʻrib oladi. Ular orasida yaxshilari borligini u yaxshi biladi. Lekin ming afsuski ular ozchilik.

U shularni xayollar ekan yana oʻylanib qoldi. Odamlar qiyofasiga kirsa ikkita boʻlib qoladiku. Masalan: Sh.I. qiyofasiga kirsa Sh.I. ikkita. Aytaylik majlisda ikkita Sh.I. koʻzga tashlansa bormi. Koʻring tomoshani. Hamma qoʻlini bigiz qilib uvvos solishib yuboradiku. Ana masxarabozligu mana masxarabozlik. Bu bilan u oʻzini fosh qilib qoʻygan boʻladi. Yaxshisi... Yaxshisi boshqa yoʻlini topgani ma’qul.

Yana oʻylay ketdi. Nima qilish kerak? Iblis vaziyatdan chiqish kerakligi uchun yana miyasini tuzukroq ishlata boshladi. «Ey Alloh» dedi u pichirlab. «Oʻzing madad ber». Oʻzing qudratli, oʻzing qodirsan. Bandalaring oldi-da sharmanda qilmagin meni. Axir men ham sening bir moʻ‘jizangman... Oʻzing yaratgansan. Oʻzing shu yoʻllarga boshlayapsan. Endi yana oʻzing yoʻl koʻrsat...

U shunday deb fikrga toldiyu, miyasiga kelgan bir oʻydan quvonib ketdi. Ha,- dedi u. Shunday qilinsa yaxshi boʻladi. Shu yoʻli yaxshi. Ingliz yozuvchisi Gerbert Uelssning «Koʻrinmas odam» asaridagi qahramon qiyofasiga kirgani ma’qul. Koʻrinmaydi, odamlar ichiga kirib yuraveradi. Uni hech kim koʻra olmaydi. Faqat sharpa boʻlib qoladi xolos. Sharpa hohlagan joyida, hohlagan yerida izgʻishi mumkin. Hech kim koʻrmaydi. Faqat ship-shipiyu, vis-visi sezilishi mumkin. Buni faqat hushyor kimsalar bilib oladi. Oʻshanda ham diqqat bilan e’tibor qilsalar. Ammo bir jonivor bor. Bu it. Har qanday sharpani odamdan avval biladi. Masalaning mana shu tomoni chigalroq. Itning sharpani tez bilishi esa uning bor xatti-xarakatiga kushanda boʻlishi turgan gap.

Iblis shularni oʻylarkan koʻz oldida qop-qora tusli boʻliq bir koʻppak gavdalanadi. U Iblisga qarab goʻyo jon jahdi bilan akillardi. Iblis koʻrinmasdiyu it uning sharpasini sezib sharpasiga tikilgancha yerni orqa oyoqlari bilan tatalagan holda babalab xurardi.

Bu manzara Iblisga boshqa bir voqeani eslatdi. Oʻshanda Alloh Taolo Odamni farishtalar va Iblis guvohligida yaratgandi. Shunda Iblis farishtalardan soʻragandi: «Xudo Taolo mana Odamni yaratib qoʻydi. Endi uni bizdan ulugʻ qilsa nima qilasizlar? Shunda farishtalar «Xudo Taolo nimani buyursa shuni qilamiz» deyishgandi.

Farishtalarning bu gapi unga ma’qul kelmagan. U gʻashlangan. U Odamning koʻrinishiga qarab turib «men kelib kelib shunga boʻyin egamanmi? Uni oʻldiraman» deganda «chirt» etkizib yerda choʻzilib yotgan Odamga qarab tupurarkan. Tupurgisi Odamning qorniga tushgandi. Buni koʻrib turgan Alloh Taolo Jabroil alayhissalomni chaqirib. «La’inning tupurgisini olib tashla», deb amr qilgan. Jabroil alayhissalom tupurgini olib tashlagan. Uning qoʻli tekkan yer Insonga kindik boʻlib qolgan. La’in tupugi tushgan tuproqdan esa Parvardigor Egam itni yaratgandilar».

U shularni oʻylarkan xayolida unga qarab akkillayotgan koʻppakni masxaralaganday kulimsirab qoʻydi. Hali shunday hodisa sodir boʻlishi mumkin deya fikrlandi. Nima boʻlsa ham koʻrinmaslik yoʻlini tutgani yaxshi. Insoniyat orasida ortiqcha shov-shuv boʻlmaydi. Ming yillardan beri koinot ichra sudralib yurgan uning besoʻnaqay gavdasi odamlarda qoʻrquv deyishadimi, vahima deyishadimi uygʻotmaydi. Bari pinhona, xamirdan qil sugʻurgandek silliq sodir boʻladi qoladi.

Shularni fikrlab borar ekan atrofga nazar soldi. Hamma yoq saranjom-sarishta edi. Chinnidek yarqirab koʻzga tashlanayotgan shaharda osoyishtalik hukm surmoqda goʻyo. Odamlar oʻzi bilan oʻzi ovora. Harakat bir maromda davom etayotganday. Taraqqiyot belgisi boʻlgan jami texnik vositalar inson xizmatida. Lekin yer yuzidagi insoniyat hayoti hamma joyda tep-tekis emasligi sezilib turardi. Alloh insonga barcha ne’matlarni yaratib qoʻyib «mana sizlarga hamma narsani berdim, eng avvalo aqlni berdim, shu aql bilan teng totuvlikda yashanglar» degan boʻlsa ham inson oʻzidan kelib chiqib notekis hayot tarzini kechirayotganligi inson koʻrinishdan xotirjam umrguzaronlik qilayotgan boʻlsada aslida uning hayotida ichki bir buzilish borligi Iblisning dilini xira qilardi. Uni iztirobga solayotgan narsa keyingi ma’lumotlarga qaraganda butun dunyoda oʻta qashshoqlar soni hanuz milliarddan oshiq boʻlsa oshiqligiyu kamaymayotganligi edi. Oʻrtacha qashshoqlar soni esa hamon ikki yarim milliardning tepasida. Bu degani Odam hamon aqlli, ilmli boʻlgani bilan nayrangu firiblar ummonida shodu xurramlik bilan yayrab yashnab suzib yurganligidir. Odamzod bundan qutilishi mumkin, lekin hohlamaydi. Odil hakam boʻlgan Xudo Taoloning barcha toʻgʻri yoʻllaridan bilib turgan holda chetga chiqadi. Yana qilgʻiliqlarni qilib qoʻyib menga toʻnkaydilar...

U mulohazalar girdobiga gʻarq boʻldi. Miyigʻida kulimsiradi. Uning bu kulimsirashi «Shayton yoʻldan ozdirdi», «Shaytonning gapiga kiribman», «Shaytonga oʻxshaydiya», «Shaytonlik qilma», degan gaplarni har kuni har daqiqa insonning ogʻzidan chiqayotgaligiga guvohligi edi. U bu gaplarni deyarli toʻxtovsiz eshitardi. Uning qulogʻi ostida bu kalimalar beayov yangrab turardi. Inson qilgʻilikni qilaverardi, qilaverardi. Gunohi azimlarni qila-qila yana «Alloh oʻzi kechiradi» deyishganlarichi. Toʻgʻri, Alloh oʻzi kechiruvchan zot. U kechiradi. Lekin odam oʻz gunohlarini uning kechirishiga havola qilishning oʻrniga shu gunohlarni qilmay qoʻysa boʻlmasmikan...

Yana Xudo Taolo buyuk bebaho dasturi bilan yaratib qoʻygan yer, suv, havoga va barcha inson uchun yaratilgan narsalarga xoʻjayinlik qilishi-chi? Bunisiga nima deyish mumkin. Bu ku mayli. Alloh «Men sizlarni bitta Odam Ato, Momo Havodan bitta irqdan yaratdim oʻzboshimchalik qilib oʻzlaringiz boʻlinib oldilaringiz», deganlarini insoniyat yaralgandan beri anglay olmay kelayaptiku. Bunisiga nima deyish joiz...

Bular haqida gapiriladigan boʻlinsa soʻz ojizlik qiladi. Ha, soʻz yetmay qoladi. Rost Alloh Taolo oʻzi rahmdil oʻzi mehribon. Shu bilan birga qahri ham qattiq. Bu qiyomat kunining borligidan. Bu uning oʻziga ayon.

Iblis atrofining osudaligiga nazar solib borar ekan odamzodning keyingi yuz yilliklardagi barcha firiblaridan biri yana bitta firibi oʻta hayratomuzligidan gʻashlandi. Bu firib oʻtgan asrning oxirlarida huv anavi olisdan unga xira sariq rangda koʻrinib turgan Amerika deb atalgan joyda ilmiy dalillangan Vich-SPID nayranggi edi. Inson maymundan yaralgan degan gapni qanday bema’ni tarqatishgan boʻlsalar, ular buni ham qaysidir joydagi qandaydir maymundan yuqqan deya xuddi shunday huda-behuda ayuhannos solib kelishmoqda. Vaholangki insonning immuitet tanqisligi deb atalgan virusning hali oʻzi yoʻq. Uning kashfiyotchilari frantsiyalik, amerikalik deb aytilgani bilan bu toʻqilgan oʻylab topilgan virusga qarshi vaktsina yaratilmayapti. Boʻlmasa bu sohada allaqachon Nobel mukofotini oladiganlar chiqib qolgan boʻlarmidi?!!

U kelmoqda edi. Kuppa kunduzi kelayotgan edi. Quyosh charogʻon nurlarini keng olamga yoyib tashlagan boʻlsa ham moviy bepoyon osmon bagʻrida onda-sonda ulkan ulkan oppoq bulutlar yengil yelayotgan shamol ogʻushida mazza qilib suzib yurishibdi. Ilohiy dasturning hukmi bilan boʻlayotgan bu harakatlarda ajib bir goʻzallik yashiringan. Bu Yaratganning oʻzi sevgan goʻzallik edi. Shunga qarama-qarshi oʻlaroq hikoyada aytilganidek razolat va kazzoblikning urugʻlari yerda allaqachon barakali hosil berib ulgurgan edi.

Koʻrkam shahardagi ulkan va goʻzal binolar ana shu xirmonning koʻzga tashlanib turgan eng soʻnggi hosilalaridan biri edi.

Oʻshanda kech kuz edi. Hozirgidek bahor emasdi. Hozirgidek yashnagan shahar emasdi. Yutoqqan tamshaib turgan yangi-yangi ovqatlarga ochiqqan oʻlik yaproqlarni yutayotgan qalblarga qoʻrquv soluvchi qop-qorongʻi qabriston zamini edi. Yonida odam bor edi... Endi esa oʻzi tanho tashrif buyurmoqda koʻhna va hamisha navqiron zamin sahniga. Oʻz-oʻzini oʻz izmida saqlovchi qonunlarni yaratuvchilar bu yerda qaro yer bagʻrida emas edi. Ustida shodu xurram oʻynab yurishibdi. Boyish, boylik orttirish mulk egasi boʻlish uchun fitna fasotlarni oʻylab topishmoqda, haybatli imoratlar qurishayotgan boʻlsada kechayu kunduz aysh-ishratda (albatta oʻz qavmdoshlari hisobiga) hayot oʻtkazishadi hamda nimadir yetishmayotganday beorom va besaranjon koʻzga tashlanadilar...

Bundan tashqari qirgʻin-barotchilik hodisalari-chi!! Bular haqida soatlab oʻylash, soatlab gapirish mumkin. Hoʻ-hoʻ! Dahshat. Ha, dahshat...

U chuqur entikdi. Ogʻir xoʻrsinganidan koʻkragi past-baland boʻlib ketdi. Xuddi yer qattiq qimirlab silkinganida dov-daraxtlar shitirlab shovullashga oʻxshash gʻalati vahimali tovush chiqib ketganday bir shovullash uning koʻksidan otilib chiqdi. Uning bu entikishidan sezish mumkin ediki, kayfiyati buzilgan edi. U shu lahzada Gerbert Uelssning «Koʻrinmas odam» asaridagi koʻrimas odam qiyofasiga kirib olish fikridan ham qaytgan edi.

«Ashaddiy kazzoblikning botqogʻiga botganlar», dedi Iblis pichirlab quyoshni qutlashni unutib qoʻygan, faqat non istash ilinjiga duchor boʻlib qolgan bir talay sharpasimonlarga nazar tashlarkan. Shu payt koʻzi boʻyni choʻziq, ingichka gavdali qachonlardir xudosiz boʻlgan bani bandalarni xudosizlikka da’vat etgan endilikda esa Alloh oldida sodir etgan gunohlarini yuvish uchun tirish, gʻijimlab tashlangan yuzlarini allaqachon boshqasiga almashtirib olgan professorga koʻzi tushib qoldi. «Hoy professor» degisi keldi-yu, toʻxta dedi oʻziga oʻzi. Sigaret tutatib, goh goh aroq ichib, gap sotib yurgan bu badboʻy odam qiyofasidagi mahluqdan nima nido chiqardi oʻyladi u. Keyin bundan yuz yil avval kelganda odamga aytib bergan gaplari esiga tushdi. Shunda u – Koʻrdingmi,- deb gap boshlagandi. Hamma ahmaqona toʻpalanglar sodda kazzoblik va ilashuvchi razolatning bepand, zaharli, yopishqoq zamini ustiga hayot qonunlarining tor va qorongʻu binosi oʻliklar sizlarning hammalaringizni qoʻydek qamagan qafas qurilgan... Yalqovlik va oʻylashdan qoʻrqish sizlarning qamoqxonangizni mahkam siqib chirmab turadi. Hayotingizning asl xoʻjayinlari doimo oʻliklar, garchand seni tirik odamlar boshqarsalar ham ularga oʻliklar ilhom beradi. Dunyoviy hikmatlarning manbaalari qabrlardir...

Iblis oʻshanda odamga yashil koʻzlarini qadab turib koʻp gaplarni aytgan edi. Anavi professor albatta bu hikmatlarning mohiyatini anglab yetib boʻlibdi. U zamondoshlariga oʻxshab yengil-elpi, mayda-chuyda mulohazalardan nariga oʻtolmaydi. Shuning uchun ham dam xudosiz, dam xudojoʻy boʻlib yuribdi.

Professordan nigohini uzib olib sal teparoqdan osmonoʻpar kvadrat shakldagi imoratlarga qaradi. Quriqlik bagʻrida oʻzlaricha qurib olganlari bu koshonalarda xuddi midir-midir qilib chumolilarga oʻxshash mayda-mayda yurgan odamlarni koʻrganday boʻldi. «Razolat yer yuzida ulgʻaymoqda» deb oʻylanib qoldi. «Insoniyat qachonlardir umri qisqa boʻlsa ham sogʻlom edi. Endi esa umri uzayib borgan sari majruhlanib bormoqda. Xastalik belgilari avj olmoqda. Ayniqsa, ma’naviy qiyofasida. Milliy zulmlarning kuchayishi shundan, jabr jafolarning avj olib ketishiga keng yoʻl ochilib ketdi endi...

Ogʻir bu fikrlardan boshini yengillatmoqchi boʻldimi sarak-sarak qildi. Kallasi ikki tomonga borib kelganda havoda gʻuvillagan tovush paydo boʻldi. Goʻyo boʻshliq keng koinot ogʻushida shamol uvillar edi. Quyosh charaqlab turgan kuppa-kunduzida sodir boʻlgan bu hodisa gʻayri tabiiy edi.

Gʻuvillagan tovush tingandan keyin Iblis chuqur xoʻrsindi. Unda bundan yuz yil avval zamin sari tashrif buyurga boʻlsada bu safargi kelishidan bari-bir norozi bir kayfiyat paydo boʻlgan edi. Sababi, unga oʻsha paytdagi zulmat tun bilan hozirgi charogʻon kunduz oʻrtasida uncha farq yoʻqday, oʻsha hayotning xoʻjayinlari jam boʻlgan qabriston bilan mana shu yashnab turgan koʻrkam shahar orasidagi tafovut koʻp ham bilinmayotgaday edi. Shuning uchun hozir ortiga qaytib ketishni oʻylardi. U shularni oʻylarkan kech kirib qolganini ham sezmay qolganidan afsuslandi. Hali zamon qorongʻi tushib qoladigan boʻlsa shahar chiroqlari bir zumda parpirab yonib ketishi mumkin. Lekin bu chiroqlar ortida uzala tushib yotgan zulmat deb nomlangan tun unga yana oʻsha tashrif buyurgani Odam bilan bir lahza suhbat qurgan qabristonni eslatishi turgan gap edi.

U borliqqa tikilib turdi. U hozir koʻrinishdan tashqarida turganday boʻlsada aslida Allohning irodasi bilan insonning qonida makon topganidan mamnun edi. Shuning uchun yana bir yaratganga shukronalar keltiradi. Shuning uchun sekin va beixtiyor «Omonno va Soddoqio» (inondik va sen haqsan) deya pichirladi. Bir oz oʻtar oʻtmas ushbu muqaddas oyati kalimani takrorladi. «Subhonallazziy xalaqal azvaja kullano mimmo tinbitul arzu va min anfusihim va mimmo lo ya’lamun». (Yosin surasi 36-sura, 36 oyat). Ha, dedi oʻziga oʻzi. Alloh pok zotdir. Alloh har qanday aybu nuqsonlardan pok zotdir. Keyin shunday kunlar keladiki deya fikrladi u. Allohning barcha buyurilgan hukmlari bani bashariyatni boshi berk koʻchalardan yorugʻ nurli gulshanlarga olib chiqajakdir. Olam omon ekan shunday boʻlajakdir.

Lekin deya yana fikrlay ketdi u. Inson fitnalarga boshi bilan gʻarq boʻlganiga nima deyish mumkin. Mana, yaqin oʻtgan yil mavsumlarida oʻsha yuz yil avval kelganida fitnachilar qator fitnachilar barpo qilishib odamlar boshiga ne-ne kulfatlarni keltirmadilar. Ularning oʻylab topgan fitnalari u bundan ming yil avvallari odamlar odillikka intilgan zamonda ham murdatlar tomonidan qoʻllanilgan ediku. Podshohlar oldida hurmat va e’tibor topib keyinroq paygʻambarlikka da’vo qilganlari qancha edi. Ular yer tagidan yoʻl qazdirib hufiya holda otashxona yasaganlar. Alloh Azza va Jalladan olovga farmon beryapti deb podshohlarni laqillatganlar, mol-mulk va xotinlar ham hammaniki, umumniki boʻlishi kerak degan siyosatni yurgizishga harakat qilganlar. Aql va tadbir bilan bu balolardan mamlakatni, xalqni saqlab qolganlar ham boʻlganlar. Zaminda sodir boʻlgan bu voqealar keyinchalik yer yuzining boshqa nuqtalarida takrorlanganiga u hali hech tushunolmayapti. Tushunolmasa ham kerak...

Iblisning boshi ogʻirlashdi. Bu oʻylar uni toliqtirgan edi. U xayolan yuz yillikka qaytgan boʻlsada odamning qonida qafasda edi. Yoʻq zulm beruvchi qafas emas, huzur-halovat maskani uning uchun jannat makon boʻlgan vujud ichra edi...

U gʻarbga qarab uchmadi. Chunki uning temir qanotlari yoʻq edi. U xayollandi: oʻz e’tiqodlariga oʻz orzulariga ongli ravishda xiyonat qilib ashaddiy kazzoblikning botqogʻiga botayotganlarga nima ham deyish mumkin... Keyin, keyin oʻsha hikoyada aytgani gapni yana bir bor takrorladi:

— Men ham ishtiyoqlarimning yoʻlidan ajoyib imkoniyatlarning iqboliga boray...