OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifFarididdin Attor
Asar nomiMantiqut-tayr (II- qism)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fors adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sufizm
Mualliflar
   - Farididdin Attor
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonNajmiddin Komilov va Mahkam Mahmudov (Forsiydan)
Hajm225KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/16
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


Nashr belgilari
Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)
Tahrir hay’ati: Aziz Qayumov, Alibek Rustam, Najmiddin Komilov
Mas’ul muharrirlar: Hamidullo Boltaboev, Vahob Rahmonov



iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Mantiqut-tayr (II- qism)
Farididdin Attor

O‘ttiz Birinchi Maqola

Boshqa Bir Qush Savoli

Boshqa bir qush Hudhuddan so‘radi:
— Ul Podshoh huzurida insof va vafo qanday qadrlanadi? Haq taolo meni insofu adolat tuyg‘usi bilan siylagan, birovga bevafolik ham qilmadim. Agar bir odamda bu sifatlar jamlangan bo‘lsa, ma’rifatda uning martabasi qanday bo‘ladi?

Hudhudning Unga Javobi

Hudhud dedi:
— Insof najot sultonidir, kimki insofli bo‘lsa, u behuda vaysaqi gaplardan qutuladi. Agar sen insof bilan ish qiladigan bo‘lsang, bu bir umr namoz o‘qib, sajdaga bosh qo‘yib yurishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Jahonda odamlarga beg‘araz insof bilan muomala qilish, zimdan byldirmay hojatlarni chiqarishdan ko‘ra ulug‘roq savob, yaxshiroq javonmardlik yo‘q. Kimki oshkoro ravishda insof ko‘rsatsa, bunday odamda riyo kam ko‘rinadi, yodingda tut. Haq yo‘liga kirgan futuvvat mardlari boshqalardan insof talab qilmaydilar, ammo o‘zlari insofda ustuvor bo‘ladilar, borlarini bag‘ishlaydilar.

Ahmad Hanbal Hikoyati

Ahmad Hanbal - o‘z davrining peshqadam imomi edi, uning sharhu fatvolari ta’rifu tavsifdan baland edi. Payg‘ambarning musaffo ilmini o‘rganish uchun dars olishdan forig‘ bo‘lgach, darhol Bishr Hofiyning qoshiga kelardi.

Ammo Ahmadni Bishr oldida ko‘rganlar uni qattiq malomat qilardilar, ya’nikim:
— Axir sen olam imomisan, sendan donoroq, olimroqodam yo‘q. Kim so‘z aytsa, eshitmay, o‘zingni chetga olasan, lekin shu boshi yalang, egnida janda darvesh oldiga kelasan. Buning ma’nosi nima?

Ahmad Hanbal dedi:
— Men hadis va fiqh ilmida tengsizman. Ilmda men undan ustunman, bilimim ko‘p, va lekin u Allohni mendan ko‘proq biladi. Ey o‘zining insofsizligidan bexabar odam, tariqat ahli, ulug‘ valiylar insofiga bir lahza boqqil.

Hindiston Shohining Mahmud G‘aznaviy Qo‘liga Asir Tushgani

Hindlarning qari bir podsholari bor edi. Sulton Mahmud bilan jangda asir tushdi. Uni bandi qilib Mahmud oldiga keltirdilar. Sulton uni afv etdi va hindlar shohi musulmon dinini qabul qildi. Musulmonchilikda Allohni yaqindan taniy boshladi, ikki olamdan kechib, Alloh yodida ibodatlar qiladigan bo‘ldi. Bir xaymada xilvatda tanho o‘tirib, Alloh ishqida tunni kunga, kunni esa tunga ulab nola qilardi. Har doim o‘rtanib yig‘lardi, tuni kunduzdan, kunduzi tundan ham og‘ir kechardi. Uning zor-zor nola qilib yig‘lashlari Mahmud qulog‘iga yetdi.

Sulton uni huzuriga chaqirib dedi:
— Sen nega buncha yig‘i-sig‘i qilasan? Ko‘p oh-voh qilma, xohlasang mulkingni o‘n barobar qilib qaytarib beraman. Agar sen shohsen, senga ohu nola, yig‘lash yarashmaydi.

Hind shohi dedi:
— Ey sulton, men mulku mol, mamlakat va taxt uchun yig‘layotganim yo‘q. Mening yig‘imning sababi shuki, qiyomatkuni Zuljalol mendan:
— Ey badahtsu bevafo, menday xoliqingga jafo qilib, to Mahmud bir jahon lashkar tortib oldingga kelmaguncha, meni yod etmading. Bu vafou va’dani buzish emasmi? Shunday ekan, senga o‘xshaganlarga behisob lashkar bilan hujum qilish lozim, toki o‘zlaringni va o‘z Rablaringning haqini tanib olsalaring. Lashkar hujumiga duch kelmay, menday do‘stingni yodga olmading, endi ayt, seni do‘st deb ataymi yoki dushmanim deymi? Qachongacha mendan vafo ko‘rib, evaziga menga jafo qilasan? Vafodorlik sharti bunday emas. Agar Haq taolodan shunday xitob yetsa, nima deb javob beraman? Bu xijolat va sharmandalikka qanday chidayman? Ey sulton, bu qariyaning yig‘lashiga bois shudir.

Insof va vafodorlik so‘zini eshit, ezgulik devonidan mana shu tariqa darslar o‘qi! Agar vafodordirsan, yo‘lga chog‘lan, bo‘lmasa bir joyda o‘tirib, bu ishdan qo‘l tortgin. Vafo ma’nosidan tashqarida bo‘lgan jami narsalar javonmardlik bobida ravo emas.

Haq Taoloning Bevafo G‘oziyga Qahru Itobi

Bir g‘oziy (islom askari) bir butparast kofir bilan jang qilayotgan edi. Jang namoz vaqtiga to‘g‘ri kelganidan g‘oziy kofirdan namozni o‘qib olishga muhlat so‘radi. Kofir rozi bo‘ldi va g‘oziy joynamoz to‘shab, namozini ado etdi. Keyin o‘rnidan turib yana jangga kirishdi.

Shu payt kofirning ham toat vaqgi bo‘lib qolgandi, u ham musulmondan muhlat so‘rab, bir tozaroq joy topmay, butning oldida sajda qila boshladi. G‘oziy dushmanining boshi yerda ekanligini ko‘rib, paytdan foydalanib, qilich bilan uni chopmoqchi bo‘ddi.

Shu lahzada osmondan ovoz keldiki:
— Ey ahdu paymonni buzuvchi badkirdor, ahdga vafoying shumi? Sen namoz o‘qiyotgan mahalda u tiyg‘ urib boshingni kesmadi-ku? Agar u muhlat so‘rab ibodat qilayotganda sen qilich tortsang, bu nomardlik va johillik bo‘ladi. Sen ahdi vafo qilasanu, ammo unga rioya qilmaysan. U senga bundan oldin yaxshilik qildi, sen esa yomonlikka chog‘landing, bundan boshqa nomard-lik qilma, zero javonmardlikning birinchi sharti ahdga vafo qilmoqdir. U yaxshilik qilsa, sen yomonlik qilasan, holbuki bu insoniylik nishonasi emas.

O‘zingga nimani ravo ko‘rsang, boshqalarga ham shuni tila. Sen kofirdan vafo va omonlik ko‘rding, agar sen mo‘min bo‘lsang, vafodorlik qil. Ey musulmon, sen hali musallam (itoatkor) emassan, vafodorlikda kofirdan kamsan. G‘oziy ushbu so‘zlardan titrab, o‘rnidan turib ketdi va uyatdan terga botdi. Qilichi qo‘lidan tushib, ko‘ziga yosh oldi. G‘ayridin uni bu ahvolda ko‘rib, nega yig‘lamoqdasan, deb so‘radi. G‘oziy dedi:
— Meni chaqirib, so‘roqqa tutdilar. Sen tufayli bevafo deb ta’na qildilar, men bundan hayronu lolman.

G‘ayridin ham bu so‘zni eshitgach, bo‘zlab yig‘ladi. Dedi:
— O‘z do‘stiga ojiz bu dushmani uchun tanbeh beradigan Jabbori karim vafodorlik bobida shuncha qahru itob qilar ekan, men bevafo nima qilaman, mening gunohim, bevafoligim behisob-ku. Menga kalimani o‘rgat, toki islom diniga kirayin, shirkni kuydirib, shariat ahkomlarini bajarayin. Ming afsuski, ko‘nglimga band solib, shunday rahmli Allohdan bexabar bo‘lib keldim.

Ey beadab, o‘z matlubing bilan talabda shuncha bevafolik qilgan ekansan, ammo endi falak tomigacha yetadigan sabrni tanla, toki hamma aybingni Alloh taolo yuzingga qarab bir-bir bayon etsin.

Yusuf Alayhissalom Birodarlarining Qahatchilik Yilida Misrga Kelishlari

Yusufning o‘nta aka-ukalari qahatchilik yilida non topish maqsadida Misrga keldilar va Azizi Misr o‘rnida vazirlik lavozimini egallagan Yusuf ularni qabul qildi. Aka-ukalar Yusufni tanimadilar, chunki u parda orqasida o‘tirardi. Ular qahatchilik yilida boshlaridan kechayotgan og‘ir ahvoldan nolib gapirib berdilar va undan yordam berishni so‘rardilar. Yusuf oldida bir mis lagan bor edi, u qo‘lini laganga urgan edi, lagan ovoz chiqardi, go‘yo u ham nola qilardi. Yusuf og‘alariga qarab dedi:
— Bu ovozning ma’nosini bildilaringmi?

O‘nta og‘a-ini bir-birlariga qarab, ojiz bo‘lib qoldilar, so‘ngra dedilar:
— Ey haqshunos aziz, kim ham lagan ovozining ma’nosini anglabdi?

Yusuf dedi:
— Men bilaman bu ovoz nima deyatganini. Lagan deydiki, sizlarning husnu jamolda yagona bir ukangiz bor edi, uning nomi Yusuf edi, bir otadan dunyoga kelgan edilaring. Yusuf oralaringda yaxshi xulqi bilan ajralib turardi.

Yusuf shunday deb ikkinchi marta laganni chertdi va dedi:
— Endi demoqdaki, hammangiz Yusufni quduqqa tashladilaring, keyin gunohsiz bo‘rini guvohlikka olib keldilaring.

Keyin u laganni uchinchi marta chertdi, ovoz chiqargach, dedi:
— Laganning bu ovozi deydiki, otangizni ayriliq alamida kuydirdilaring. Oy yuzli Yusufni Misr savdogariga arzimas pulga sotdilaring. Bu ishni kofirlar ham o‘z birodariga nisbatan qilmaydi. Ey qarshimda turganlar, Allohdan uyalmadinglarmi?

Og‘alar bu so‘zlardan gangib qoldilar, uyatdan terga botdilar. Ular Yusufni sotganda aslida butun jahonlarini sotgan edilar. Yusufni quduqqa tashlaganda esa hammalari balo qudug‘iga tushgan edilar.

Kimki bu qissadan xulosa chiqarmasa, qalb ko‘zi ko‘r, o‘zi esa johilu nodondir. Sen shu qissaga mahliyo bo‘lib, menga aloqasi yo‘qdeb angrayib qolma. Chunki, ey bexabar, bu qissa sening ham qissangdir. Nimaiki sen bevafolik yuzidan qilgan bo‘lsang, oshnolik shartiga rioya qilmagan bo‘lsang, bu Allohga ayondir. Agar birov bir umr laganni chertsa, sening noshoista ishlaring ma’lum bo‘lib boraveradi.

Harakat qilib, uyqudan uyg‘ongil, o‘z botiningga nazar sol. Shuni esda tut va tayyor turginki, tongla qiyomat kuni sening o‘zgalarga yetkazgan barcha jafolaring, xatolaring, kofirliklaringni ko‘z oldingga keltirib ko‘rsaturlar, bir-bir sanab berurlar. O‘shanda tos - lagan shunchalik baland chalinadiki, uning ovozidan aqlu hushingni yo‘qotajaksan.

Bu to‘ntarilgan tosga o‘xshash osmon ostida qachongacha aylanasan, undan kech, chunki u qon to‘ldirilgan tog‘oraga o‘xshashdir. Tog‘ora tos ichida giriftorsan hanuz, o‘zing ham cho‘loq chumoliga o‘xshaysan. Agar tog‘ora ichida qolib ketsang, har damda boshqa bir ovoz senga eshitiladi. Ey Haqshunos odam, qanot chiqarib, vodiylarni uchib o‘t, bo‘lmasa tog‘ora ovozidan rasvo bo‘lasan.


O‘ttiz Ikkinchi Maqola

Boshqa Qushning Savoli

Boshqa bir qush Hudhuddan so‘radi:
— Ey, rahbaru peshvo, Uning huzurida gustoxlik — beadablik ravomi? Agar birov beadablik qilib qo‘ysa, keyin uni azim qo‘rquv chulg‘ab oladi. U yerda gustoxlik qilish mumkinmi, ayt, ma’no duri sochib tushuntirib ber buni.

Hudhudning Javobi

Hudhud dedi:
— Kimki ahliyat, ya’ni valiylik toifasidan bo‘lsa, Ul zot asrorining mahrami bo‘ladi. Agar u gustoxlik qilsa, bu ravodir. Chunki bunday orifi asror Podshohning sirini saklab yuruvchidir. Ammo, ajabki, sirni saqlovchi sofdil kishi gustoxlik qiladimi? Yo‘q, albatta. Adab chap tomondan bo‘lsa, hurmat o‘ng tomondandir. Bir nafas gustoxlik bunda ravo bo‘lishi mumkin. Tuya boquvchi kishi sahrolarda yuradi, u axir shohga sirdosh bo‘lolmaydi-ku. Agar tuyakash roz ahliday gustoxlik qilaman desa, imondan ham, jondan ham ajraladi. Lashkardagi odam podsho oldida gustoxlik qilishga jur’at etadimi?

Agar ajamlik o‘ynoqi ko‘rina boshlasa, uning gustoxligi shodligidandir. U ishq g‘alabasi avjida devona kabidir, hatto ishq zo‘ridan suv ustida cho‘kmay yuraveradi. Ishq savdosida o‘rtangan kishi havoda uchayotganday, qo‘llari qanot, oyoqlari taxti ravonday bexudu beparvodir, u hamma narsani Haq deb o‘ylaydi va hatto suvni ham, o‘zini ham, Rabbini ham unutadi. Uning gustoxligi muhabbatining haddan zo‘rayishi natijasidir. Uning gustoxligi naqadar yoqimli va yaxshi, chunki u bamisoli olov devonadir, - bir dasta olovdir, olov! Olov yo‘lida biron narsa butun, salomat qoladimi? Majnun kishini malomat qilish mumkinmi? Agar senda mana shunaqa devonalik yuz bersa, nimaniki desang, eshitmoq joiz.

Bir Devonaning Xurosonda Amid Qullarini Ko‘rgani Hikoyasi

Xurosonda davlatu boylik ziyoda bo‘la boshladi, chunki bu yerda bir amid (qavm sardori) paydo bo‘ldi. Yuzlari oyday chiroyli yuzta turk quli bor edi, hammasi ham sarvqomat, qimmatbaho kiyimlar kiygan, oltin-kumush, duru gavhar, taqinchoqlar taqqan, zarrin halqalari tunni yoritadigan, belbog‘lari ham javohirli, mingan otlari ham bezakli edi. Shu mahal bir janda kiygan, oyoqyalang, och devona uzokdan qullarni ko‘rib, yonidagilardan bu hurlar to‘dasi kim, deb so‘radi. Shahar kattasi javob berib dedi: «Bular bizning shahrimizning buzurgvor sardoriga qarashli qullardir». Devona buni eshitib, boshidan hushi uchdi, dimog‘idan tutun chiqqanday bo‘ldi. Keyin osmonga qarab dedi: «Ey buyuk Arshning egasi! Sen bandani siylashni amiddan o‘rgan!»*

Sen agar shu devonaday gustoxlik qilish payida bo‘lsang, o‘ylab ko‘r. Avval shu ulug‘ daraxtga yarashiq novda va yaproq bo‘lishga intil. Agar bunday baland daraxt shoxining yaprog‘i bo‘lmasang, gustoxlik qilib kulgiga qolma. Devonalarning gustoxligi yaxshi, agarda ular sham’ atrofida aylanib yonishga chog‘langan oshiqlarday bo‘lsalar. Bundaylar tariqat yo‘li nima ekanini ham bilmaydilar va ko‘rolmaydilar, yomon nima, yaxshi nima, farqiga bormaydilar. Ular faqat Ulug‘ Podshoh yodida o‘rtanib yashaydilar, xolos.

Yalang‘och Devona Hikoyati

Bir yalang‘och devona qish faslida yo‘lda ketardi, yomg‘ir qor aralash yog‘a boshladi. Yalang‘och, badani jiqqa ho‘l, sovuqdan titrardi. Boradigan joyi yo‘qedi, yura-yura bir vayronaga yetib oldi. Vayronaga kirib, pana bir joyda o‘tirgan edi, tomdan boshiga bir g‘isht kelib tushdi. Boshi yorilib qon oqa boshladi. Shunda u osmonga qarab dedi:
— Qachongacha podsholik nog‘orasini chalasan, bundan yaxshiroq g‘ishting yo‘qmidi mening boshimga uradigan?

Kimki jonini ko‘ngliga xush yoqadigan mahram deb topsa, daraxt kabi bu yo‘lda yashnab ko‘karadi. Yo Uning dargohida kamol topadi, yoki bu yo‘lda ko‘ngil devonasiga aylanadi. Har kimki Ul dilnavoz Yorning devonasi bo‘lsa, ko‘ngli nimani xohlasa, noz bilan Unga izhor etadi.

Bir Kishining Qo‘shni Eshagini So‘rab Olgani Hikoyati

Korizda ishlovchi bir kambag‘al odam bor edi. U bug‘doyini tegirmonga olib borib, un qilib kelish uchun qo‘shnisining eshagini so‘rab oldi. Tegirmonga borgandan keyin yukni tushirib, eshakni tashqarida qoldirdi, o‘zi esa kech bo‘lgach uxlab qoldi.

Shu payt bo‘ri kelib eshakni yeb ketdi. Eshak egasi kambag‘aldan undan tovon to‘lashni talab qildi. Biroq eshakni omonatga olgan odam: eshagingni bo‘ri yedi, bo‘ridan tovon talab qil deb turib oldi.

Ikkalasi janjallashib yugurib mirob — korizlar bosh-lig‘i oldiga keldilar va voqeani aytib, tovonni kim to‘lashi lozimligini so‘radilar. Mirob dedi:
— Kimki bu och bo‘rini sahroga qo‘yib yuborgan ekan, albatta tovonni o‘sha to‘lashi kerak. Ikkovlaring ham tovonni O‘shandan talab qilinglar. Axir u yaratadi va nobud qiladi, yuz minglab qo‘y va eshaklar-ning bo‘riga yem bo‘lishini u amr etadi. Bo‘rini yaratgan Uning o‘zi ekan, bu nogahon balolardan ham U qutqaradi. E Rab, U ajoyib tovonlar to‘laydi, ammo U qilgan ishga bandalar tovon to‘lamaydi.

Misr ayollarini ko‘rdingmi, ne holatga tushdilar, chunki ular Yusufning jamolini ko‘rgan edilar. Agar bir devona podsho davlatxonasidan baxt topsa, holati o‘zgarsa, hech ajablanma. Shu holatda devona o‘zligini yo‘qotadi, orqa-oldi, pastu baland, boru yo‘qning farqiga borolmaydi, hatto ko‘z solib qarashga ham holi yetmaydi. Bu holatda devona faqat Undan so‘zlaydi, Unga so‘zlaydi, xolos. Nimaiki xohlasa, Undan xohlaydi, U bilan istagi bitadi.

Misrdagi Qahatchilik Yilida Bir Devonaning Gustoxligi Hikoyati

Misr mamlakatida birdan qahatchilik boshlandi. Qahatchilik shu darajada qattiq ediki, odamlar «non-non» deb jon berardilar. Yo‘llarda odamlar o‘lib yotardi, bir qism kishilar o‘liklar go‘shtini yeb jon saqlardilar. Bir devona bu ahvolni ko‘rib, dedi:
— Ey dunyou dinning Egasi, rizqing yetishmas ekan, kamroq yaratsang bo‘lmaydimi?

Dilini Ilohga bergan bedillar ishq ichra xudu bexud, shavq olovida hamisha kuyib yuradilar, ular o‘z vujudlaridan ham bezorlar.

Devonalardan sodir bo‘ladigan gustoxlikni karam va saxovat devoni afv etadi. Uning so‘zi ma’qul bo‘lmasa ham kechiradilar, uni yaxshilikka yo‘yadilar. Har dam unga yaxshi muomala etadilar, agar fikri yaxshi bo‘lsa, mukofotlaydilar. Alloh oshiklari nuqsondan pokdirlar, xuddi daraxtlarday ilohiy shamolda raqs tushib turadilar. Xuddi daraxt kabi oyoqchari loy (er) dadir. Shu zaylda Unga yaqinlik kamolotiga erishadilar. Kimki bu dargohning beadabi — gustoxi bo‘lsa, uzr so‘rasa, yana ogohu orif bo‘ladi. Bu dargohda rost emas, mabodo egri so‘zlasa ham, lekin uning uzrini shirinlik - sidqidillik tilab turadi.

Yosh Bolalar Tosh Bilan Uradigan Devona Hikoyati

Bir yurak-bag‘ri ezilgan devona bor edi. Chunki ko‘chada yursa, yosh bolalar orqasidan tosh otib urardilar. Oxir bir hammomning gulxanxonasiga borib, bir burchakda daricha ostida o‘tirdi. Birdan havoni bulut qoplab, do‘l yog‘di va do‘l darchadan kirib devona boshiga urildi. Xona qorong‘i edi, daricha borligi ham sezilmasdi. Shu sabab devona do‘lni bolalar otayotgan tosh deb o‘yladi. Zero, u jala bilan toshni farqlay olmasdi. U nega meni shu yerda ham tinch qo‘ymadilar, deb nomaqbul so‘zlar bilan so‘ka boshladi.

Birdan shamol eshikni ochib yubordi va qorong‘i gulxanxona yorishib ketdi. Shunda devona boshiga tosh emas, do‘l kelib urilganini bildi va o‘zining so‘kishlaridan uyaldi. Dedi:
— Yo rab, bu gulxanxonam qorong‘i edi, xato qildim, kechir. Agar biror devona shunaqa vaysasa, sen itob etib jazolama. Bu yerda yotgan kishi ishqingda hushsiz, mastdir, kimsasiz, beqaroru bedil bir devonadir. Umri noxushlikda o‘tadi, har damda boshida ming g‘am. Sen uning ta’nasini afv et, devona oshig‘ingni jazolama. Agar qorong‘i kulbaaarga nazar tashlasang, barcha tavba qilganlarni ko‘rasan.

Vositiy Va Uning Juhudlar Go‘rini Ko‘rgani Hikoyati

Vositiy yo‘lda ketayotib, juhudlar qabristonidan o‘tar ekan, dilida har xil fikrlar paydo bo‘lar, der edi:
— Bu juhudlar uzrlidirlar, ya’ni ularni kofir deb bo‘lmaydi, ammo buni birovga aytib bo‘lmaydi.

Bu fikrni bir kuni ovoz chiqarib aytgan edi, bir qozi eshitib qoldi. Qozi g‘azablanib, uni qozixonaga chaqirdi. Vositiyning so‘zi qozi fahmiga loyiq emas edi, shu bois bu so‘zni mutlaq inkor etdi, Vositiyni tushunmadi va fikrini qabul qilmadi. Oxiri Vositiy qoziga dedi:
— Ey qozi, bu vayronkor qavm sening hukming bo‘yicha uzrli bo‘lmasalar-da, ammo g‘aybni bilguvchi Allohvand hukmi bo‘yicha bu zamon ma’zur - kechirilgandirlar.


O‘ttiz Uchinchi Maqola

Boshqa Bir Qush Savoli

Boshqa qush aytdi:
— Men toki tirik ekanman, Uning ishqiga loyiq va yarashiqman. Hamma narsadan voz kechib xoli bo‘lganman, shu bois doimo Haq ishqining lofini uraman. Jahon xalqlarining barini ko‘rganman, hech kimga bog‘liqlik joyim yo‘q, chunki ulardan aloqani uzganman. Mening ishim Uning ishqida yonish, xolos. Bunday ishq savdosi har kimning nasibi bo‘lmaydi. Yor ishqida shunday bandamanki, go‘yo jonim hech narsaga yaramaydiganday bo‘lib qoldi. Men uchun jondan kechish, Jonon yuzi yodida jomi may ichish vaqti keldi. Uning jamoli bilan jon ko‘zini ravshan qilib, visoliga yetib, qo‘limni bo‘yniga qo‘ymoqchiman.

Hudhudning Unga Javobi

Hudhud dedi:
— Bunday da’vo va lof bilan Qof tog‘ida Simurg‘ yonida o‘tirish mumkin emas. Har damda Uning oshig‘iman deb lof urma, zero U hech bir kishining qopiga sig‘maydi. Agar Uning davlatidan bir yengil shamol — nasim sen tomon essa, sen shunga ming shukr qilib, yo‘lida harir parda to‘sha. Shunda U seni xursand bo‘lib, o‘z yo‘liga tortadi va seni o‘z xilvatgohida yolg‘iz o‘tqazib qo‘yadi. Sening hozirgi sevging ozor berishdir, holbuki Uning ishqi — sevgisi seni barcha lofu da’volardan xalos etib, Majnun qilib qo‘yishi aniq.

Muridning Boyazidni Tushida Ko‘rishi

Sultonul orifin Boyazid Bistomiy dunyodan rixlat qilganda, muridlaridan biri uni tushida ko‘rdi. Murid undan so‘radi:
— Ey, shoista pir, Munkiru Nakir so‘rovlari-dan qanday o‘tding?

Boyazid dedi:
— Ular nomimni tilga olgandan keyin, men bechoradan Alloh hakida so‘radilar. Ularga dedimki, bu savolga javob berish qiyin, buning javobi na menga, na sizga aniq. Chunki agar Allohyim u desam bu so‘z men tomondan bir havas-orzu, xolos. Ammo agar siz bu yerdan Parvardigor huzuriga borib, Undan mening holimni so‘rab bilsangiz edich ya’ni U meni o‘z bandasi deb qabul qilarmikin, agar bandam desa, unda mening nomim ham, shonim ham mavjuddir. Lekin agar meni bandalari qatorida sanamasa, unda mening iqrorim befoyda, unda men o‘z bandimda halokman. Birov bilan og‘izda osongina bog‘lanish mumkin emas. Agar men Allohga yaqinman deb da’vo qilaversam, bundan nima foyda? Agar Uning bandidagi banda bo‘lmasam, uni Allohyim deb lof ura olamanmi? Uni Parvardigorim deb taslim bo‘lganman, ammo U meni bandam deb aytsagina tinchiyman.

Agar Uning sharafidan ishq nasib etilsa, sen shunga loyiqsan. Lekin sening oshiqliging shunga yarashami, layoqa-tingga munosibmi? Agar U sen bilan xushmuomalada bo‘lsa, sen shodlikdan yonib ketishing kerak. Ey ko‘zi ochilmagan odam, ish mana shundaydir, boshqacha emas, bexabar kishining bu sirdan xabardor bo‘lishi qiyin.

Oshiq Darvesh Hikoyati

Bir darvesh bor edi. Ishq zo‘ridan zorlanib, o‘tga tushgan parvonaday beqaror edi. Ishqi taftidan jon qiynalsa jonining o‘rtanishidan tili so‘zga kelmasdi. Ishq olovi jonidan o‘tib dilini yondirar, mushkul ustiga mushkul boshiga yog‘ilar edi. Yo‘l o‘rtasida beqaror bo‘lib, ho‘ngrab yig‘lardi va bu so‘zlarni aytardi:
— Rashk otashida jonu dilim kuydi, yig‘lay desam, ko‘z yoshlarim ham qaynoqdir.

Bir nido keldiki:
— Bu masalada lof urma, U bilan yolg‘ondan yaqinlashib yopishib olgansan.

Darvesh dedi:
— Men qachon Unga yopishib oldim, U menga yopishib olgan, agar bilsang. Men bechora bir notavon kimmanki, Uni sevsam, menda bu jur’at qayda? Men hech narsa qilganim yo‘q, nimaiki qilgan bo‘lsa Uning O‘zi qildi. Ko‘nglim qonga to‘lgach, faqat Uning yodida tepadigan bo‘ldi.

Hotifdan ovoz keldi:
— U senga nazar solib, senga yuk yukladi, sen buni ovoza qilma, kibru havoga berilma. Sen toki bu ulug‘ quduq ichrasen, bir dam agar bu haqda ovoz chiqarsang, ey g‘ulom, U sen bilan ishqbozlik qilmaydi. U ishqni O‘z sun’i-asroru hikmati bilan o‘ynaydi. Sen yo‘qsan va hech ishda ham emassan, bu ishni Uning O‘ziga qo‘y, chunki sun’i Sone’ bilan qorishib mahv bo‘ladi. Agar sen o‘zingni o‘rtaga solsang, ham imoning va ham joningdan ajralasan.

Sulton Mahmudning Gulxaniy Rindga Mehmon Bo‘lishi

Bir kecha sulton Mahmud yolg‘iz o‘zi shahar aylanishga chiqdi, bir hammom oldidan o‘tayotganida gulxanda isinib o‘tirgan rindni qo‘rdi. Sulton rindning oldiga bordi. Xursandlik bilan rind uni kulto‘da ustiga o‘tqazdi va gulxanga o‘tin tashlay boshladi. So‘ngra sulton oddiga qotgan nonlarni qo‘yib mehmon qildi, sulton ham darhol qo‘l uzatib, nondan yeya boshladi. Sulton ichida:
— Agar bu gulxaniy rind ahvolidan nolib, mendan uzr so‘ramoqchi bo‘lsa, uning boshini uzib tashlayman, - degan fikrni o‘gkazdi. Lekin bunday bo‘lmadi. Podshoho‘rnidan turib ketishga chog‘lanayotganda, rindi gulxaniy dedi:
— Joyimni ko‘rding, yotar-turarim, «ayvonu qasrim»dan xabardor bo‘lding. Men uchun sen chaqirilmagan mehmon bo‘lding, meni xursand qilding. Agar qo‘ngling tilasa, marhamat qilib yana kelaver. Agar biz bo‘lmasak ham xushvaqt bo‘l, gulxaniyning ishi esa tarasha bilan gulxanni yoqib turish, xolos. Sen uchun men kam ham, ko‘p ham emasman, balki arzimas tarashadirman. Senga barobar bo‘lishga menga yo‘l bo‘lsin.

Sulton Mahmud rindning gaplaridan xursand bo‘lib, yana yetti marta unga mehmon bo‘ldi. Oxirgi marta kelganida sulton rindi gulxaniyga dedi:
— Shuncha senga mehmon bo‘ldim, noningni yedim, axir sen ham menday podshodan biror narsa tila.

Gulxaniy dedi:
— Agar bu gado hojatini bayon etsa, shoh uni ado etadimi?

Sulton dedi:
— Hojatingni menga ayt, xohlasang podshohlik beray, shohlik kil, bu gulxanxonani tark et.

Rind dedi:
— Hojatim shuki, shohi jahon ahyon-ahyon mana shunday mehmonim bo‘lib tursa, men uchun sening yuzingni ko‘rib turish podsholikdan afzal, oyog‘ingning tuprog‘i boshimdagi tojimdir, bilsang. Sening qo‘ling ostida shohlar, beklar ko‘p, ammo birortasi gulxanda isinib kun ko‘rish sharafiga muyassar bo‘lganmi? Sen bilan gulxanxonada o‘tirib suhbatlashish bog‘u gulshani bor saroyda podsholik qilishdan yaxshiroq. Menga davlat shu gulxan tufayli yetishdi, agar bu yerdan ko‘chib ketsam, kufroni ne’mat qilgan kofir bo‘laman. Bu yerda men sen bilan visol ayshidaman, buni ikki olam mulkiga alishtirmayman. Bu gulxanim sen bilan ravshan ekan, sendan yaxshiroqyana nimani sendan tilayin? Agar nimanidir Sendan afzal deb, Seni unga almashtirgan jonga o‘lim tilayman! Menga shohlik ham, xusravlik ham kerak emas, Sendan tilaganim Sening o‘zingsan, xolos. Shohim Sensan, shu bas, menga shohlik berma, goh-goh mening mehmonim bo‘lsang, ming roziman.

Alloh ishqi sen uchun yetarli, boshqa talab-tashvish, ish-yumishning keragi yo‘q, u - seniki, demak, Yorning g‘ami -ulug‘ davlat. Agar ko‘nglingda ishq bo‘lsa, vaslini undan tila, Uning etagini mahkam ushlagin. Ishq ham yangilanib, kuchayib borishga muhtoj, chunonchi xazina ham oz-oz yangi javohirlar bilan to‘ldirilib turishi kerak. Kishi ko‘ngli o‘ziga o‘xshashdan soviydi ba’zan, qara, dengiz bepoyon bo‘lsa-da, qatralardan tashkil topgan.

Bir Saqqo (Suvchi)Ning Boshqa Saqqodan Suv So‘ragani Haqida Hikoya

Bir saqqo qo‘lida suv to‘ltsirilgan idish bo‘la turib, oldida yurib ketayotgan boshqa saqqodan suv so‘radi. Haligi odam dedi:
— Ey bexabar, suving bo‘la turib, nega boshqa kishidan suv so‘raysan?

Dedi:
— Ey nodon, bir qultum suvingdan ber, chunki o‘z suvim qo‘nglimga urdi.

Darhaqiqat, Odam Atoning ko‘ngli avvalgi ko‘hna narsalar bilan to‘q edi, biroq yangilik bo‘lgani uchun bug‘doyga dadil qo‘l urdi. Eskilarning hammasini bir dona bug‘doyga sotdi (almashtirdi), bor-budini bug‘doyga sarfladi. Jannatdan badarg‘a qilindi, ammo qalbida ulug‘ bir dard qoddi, shunda ishq kelib qalbi eshigini qoqdi. Ishq shulasida arzimas, ojiz bo‘ldi, eski ham, yangi ham yo‘qoldi. O‘zi ham o‘zini mahv etdi. Hech narsasi qolmagach, hech, ya’ni yo‘qlik bilan tanho qoldi, qo‘lida nima bor bo‘lsa, yo‘qlik yo‘liga sarflagan edi. Mana shu odamning o‘ziga o‘zi yoqmagani, o‘zi o‘z ko‘ngliga urganidir. Buning oqibati o‘limdir va bu ish bizning ishimiz emas, har qanday kishi ham bunga jur’at etmaydi.


O‘ttiz To‘rshnchi Maqola

Boshqa Bir Qushning Savoli

Boshqa bir qush Hudhuddan so‘radi:
— Men o‘zimni kamolga yetgan kishi deb hisoblayman. Ham ilm o‘rganib kamol hosil qiddim, ham og‘ir riyozatlarni bajardim. Shunday ekan, murodim shu yerda hosil bo‘lg‘uvsi, bu joyimdan ajralib, safarga chiqishim shart emas. Oldida tayyor xazina bo‘la turib, uni izlab tog‘u sahrolarni kezishga chog‘langan odamni ko‘rganmisan?

Hudhudning Unga Javobi

Hudhud dedi:
— Ey tabiatan iblis xislatli, kibru g‘ururga berilgan odam, manmanlik tufayli o‘zingni yo‘qotibsan, shu bois ham maqsaddan uzoqsan. Sen o‘z xayollaring bilan mag‘rur bo‘lganing uchun ma’rifat talabi nima ekanini bilmaysan. Joning hali nafsing changalida, miyangda devlar va darrandalar g‘ujg‘on o‘ynaydi, xom tasavvurlar va xom xayollarga giriftorsan.

Bugina emas, o‘zing ham yaxlit xomxayolsan. Senga yo‘lda ko‘ringan nur nur emas, balki nor (olov)dir, ishqing, zavqu shavqing ham xayoldan tug‘ilgan, aytgan gaplaring esa taxminu gumon yoki safsatadir.

Yo‘ldagi bu yorug‘likka aldanma. Sening nafsing hali sen bilan birga, shuning uchun ogoh bo‘lgin: odam bunday tig ko‘tarib turgan dushman (nafs) bilan birga yurib omon qoladimi? Agar sening tasavvuringda nafsdan bir yorug‘lik paydo bo‘lsa, u sen uchun xuddi chayon chaqqan joyga karafs qo‘yganday bo‘ladi!1 Sen bu najas nurga aldanib yurma, modomiki quyosh emas ekansan, o‘zingni zarra deb bil! Yo‘lning qorong‘iligidan qo‘rquvga tushib, noumid bo‘lma, ammo yo‘ldagi nurni Quyosh deb ham bilma.

Ey aziz, toki o‘z xayollaring bilan band ekansan, qabul va rad etishlar, e’zozu kamsitishlar hech narsaga arzimaydi. Vujud (mavjudlik) xayollaridan tashqari chiqsang, mavjudlik doi-rasi chizig‘i sendan uzoqlashadi. Agar senda vujuding -borlig‘ing tasavvuri saqlanib tursa, shu bilan o‘ralashib turaversang, Yo‘kdik - Ilohiyot olami uchun yaroqdi hech narsaga ega bo‘lmay yuraverasan. Bu yo‘lda agar senda borliq (dunyo) bo‘lsa, demak sen hali g‘o‘rsan, butparastsan, kofirsan. Agar ana shu borlig‘ingga bir nafas berilsang, orqa-oldingdan o‘q yomg‘iri yog‘ilajak, toki bor (tirik) ekansan, jon azobiga mahkumsan. Ya’ni joning iztirobu qiynoqda ekanligiga, orqangdan yuz xil ta’na-malomatlar kelishiga sabr qil, chida. Agar sen o‘zing ilohiy borliq sari keladigan bo‘lsang, turmush ming xil malomatni orqangdan oshkor etadi.

Shayx Abubakr Nishopuriy Hikoyati

Shayx Abubakr Nishopuriy xonaqodan chiqib, muridlari bilan yo‘lda ketmoqqa edi. Shayx eshak mingan bo‘lib, suhbatdoshlari piyoda kelardi. Shu payt eshak orqasidan yel chiqardi. Bu yeldan shayxning holati o‘zgardi, bir na’ra tortib, to‘nini yirtib tashladi. Muridlari ham, atrofda kuzatib turgan odamlar ham buning ma’nosini tushunmadilar. Sal o‘tib, muridlar bu holning sababini undan so‘radilar.

Shayx dedi:
— Orqa-oldimda suhbatdoshlarim, muridlarim yo‘lni to‘ldirib kelayotganini ko‘rib, ko‘nglim ko‘tarildi. Shunda ichimda: alhaq, shayxlik martabasida Boyazid Bistomiydan kam emasman, bugun ajoyib bir orasta tartibda jonini fido etuvchi muridlar yonimda o‘rab olishgan bo‘lsa, shubhasiz bunday ulug‘vorlik va shavkatu savlat bilan mahshar kuni boshimni baland ko‘tarib yurajakman. Mana shu fikr ko‘nglimdan o‘tgan damda eshak orqasidan yel chiqardi. Ya’ni: kimki bu borada lof urar ekan, eshak unga ana shunday javob beradi. Shu sababdan birdan hushyor tortib, jonimga o‘t tutashdi, ahvolim o‘zgarib shunday holatga tushdim.

Toki sen kibru g‘urur ichrasen, haqiqatdan behad uzoqqasan. O‘zboshimchalik, manmanlikni yakson et, g‘ururni kuydir, nafsing huzuridagi bor narsalarni kuydir. Ey har bir rangdan o‘zgarib turadigan, har tola sochingda o‘zga bir fir’avn yashiringan kishi, agar sendan bir zarra saqlanib qolsa ham, nifoqu nizo uchun sen yuz nishona qolgan deb hisobla. Sen agar manmanlik kasalidan xalos bo‘lsang, ikki olamni ham o‘z dushmaning hisoblashing mumkin. Agar sen bir kun «men»ni foniy etolsang, agar hammayoq qopqora tun bo‘lsa ham, sen ravshan erursan. «Man» dema, manmanlikdan yuz balo qo‘zg‘alur, manmanlik oxir-oqibat iblislikka mubtalo qilur.

Musoning Iblisdan Ramz (Yashirin Ma’No) So‘ragani Hikoyati

Haq taolo Musoga dedi:
— Ey Muso, Iblisdan yana bir ramz so‘ra.

Muso Iblisni yo‘lda uchratganda, undan ramz so‘radi. Iblis dedi:
— Mana bu bir so‘zni doim yodingda tut: menga o‘xshab mardud bo‘lmaslik uchun hech qachon «men» dema. Agar Muso nomi bilan kerilib yashasang, qasamki, sen Allohga banda bo‘lolmaysan. Bu yo‘l oxirigacha bebaxtlik va nomurod-likdan iborat, kishining yaxshi nomi badnomlikdadir. Bu yo‘lda o‘zini baxtiyor hisoblovchi kishidan bir damda yuz xil manmanlik bosh chiqaradi.


Pokdin Kishining Boshlovchi Uchun Qorong‘ilik Afzal Degan So‘zi

Bir poqdin odam aytdi:

«Boshlovchi kishi uchun qorong‘i-likda eshik bor, bu yorug‘likdan ko‘ra yaxshiroq. Qorong‘ilikda u saxovat dengiziga butkul cho‘madi va demak, vujudidan birer qismi dengizdan tashqarida qolmaydi. Zero, shu dengizdan uning bir qismi tashqarida qolib, zohir bo‘lsa, shunga mag‘rurlanib, kufrga beriladi. Neki hasad va g‘azabdan senda bo‘lsa, buni piri komillar ko‘zi ko‘radi, sening o‘z ko‘zing buni ko‘rolmaydi. Senda ajdar, ilonlar bilan to‘liq gulxan bor, sen g‘aflatda qolib, ularni qo‘yib yuborgansan. Kecha-kunduz ularni parvarish etasan, ularning to‘ymas ishtahasi domidadirsan, fitnalariga giriftorsan. Agar sen botiningdagi palidliklarni ko‘rolganingda, bunaqa g‘ofil o‘tirmas eding».

Bir Kishining Itdan Hazar Qilmagani Hikoyati

Bir shayxning oldida bir iflos it yurardi. Shayx undan hazar qilmas, it kiyimlarini hidlar, qo‘lini yalar, yonida o‘tirardi. Bir kishi savol berib dedi: «Ey poklar poki ulug‘ shayx, nega sen bu itdan hazar kilmaysan?» Shayx dedi: «Bu itning zohiri palid, bu mening botinimga ta’sir qilolmaydi. Uning zohirida ayon narsalar bu gadoning botinida yashirindir. Mening ichim itning tashqarisi kabi bo‘lgach, qanday qilib undan qochayin, zero bunda ikkimiz barobarmiz?

Ichingdagi palidlik ozgina bo‘lsa ham, yuz najasni yuvsang-da, uni yo‘q qilib bo‘lmaydi, u seni palidlik sari yetaklayveradi. Bandadagi ozgina palidlik najas, xoh somon ustiga qo‘y uni, xoh toqqa yuklagil, baribir yo‘lga g‘ovdir.

O‘z Soqoli Bilan Mashg‘ul Bo‘lgan Obid Hikoyati

Muso zamonida bir obid bo‘lib, kecha-kunduz ibodat qilar ekan. Ammo ko‘nglida bir ilohiy zavqu shavq qo‘zg‘olmas, qalbida zarracha nur yo‘q edi. Uning chiroyli soqoli bo‘lib, har zamon soqolini tarab turar, shundan rohatlanardi. Bir kun u Musoni uzoqdan ko‘rib qoldi va uning oldiga borib dedi:
— Ey, Tur tog‘ida Haq bilan so‘zlashgan zot, men uchun ham Haqdan so‘rab bil: nega shuncha ibodat qilsam-da, ko‘nglimda zavqu hol yo‘q?

Alqissa, Muso Kalimulloh yana Tur tog‘iga bordi va obidning savolini yetkazdi. Haq dedi:
— U o‘z soqoli bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun Bizning vaslimizdan benasib bo‘lib qoldi.

Muso Tur tog‘idan qaytib kelib, obidga bu so‘zni aytdi. Obid soqolini yulib yig‘lay boshladi. Shunda Jabroil Muso huzuriga kelib, dedi:
— Obid hali ham soqol bilan mashg‘uldir. Soqolini bezaganda ham tashvish ichra edi, soqolini yulayotganda ham benasib qoldi.

Haq yodisiz bir nafas olmoq ham xatodir, egrilik ichida Undan uzoqlashsang ham, to‘g‘rilikda bo‘lsang ham U bilan bo‘lgin. Ey o‘z soqolidan tashqariga chiqolmagan, soqol bilan ovora bo‘lgan, dunyo tashvishlari daryosiga g‘arqsan, avval soqol g‘amidan qutulgin, so‘ngra ishing o‘ngidan keladi. Shunda sen soqoling bilan bu ishq daryosiga g‘arq bo‘lasan va soqolni-da unutasan.

Daryoga Cho‘kayotgan Soqoli Katta Odam Hikoyati

Bir nodon odamning katta soqoli bor edi. Nima bo‘ldiyu, to‘satdan daryoga cho‘kib ketdi. Bir odam sohilda uning cho‘kayot-ganini ko‘rib, qichqirdi:
— Ey, falon, boshingdagi xalta-to‘rvangni chiqarib tashla, yengil bo‘lib suzib chiqasan.

Dediki:
— Bu to‘rva-xalta emas, balki mening soqolimdir, meningtashvish-g‘amim shu soqolimdir.

Sohiddagi odam dedi:
— Bu soqolinggayu bu tashvishingga tasanno. Axir u seni xoru zorlikda o‘ldiradigan bo‘ldi.

Ey, echki kabi soqoliga mahliyo odam, uyalmaysanmi bu ishingdan. Soqolni katta qo‘yguncha, ilm o‘rgansang, Alloh yodida bo‘lsang bo‘lmasmidi? Toki senda nafs belgilari, shaytoniy tuyg‘ular mavjud ekan, demak, hali badaningda Fir’avnlik va Homonlik bor. Musoday Alloh muhabbatini qozon, dunyo yuziga jun tortib berkit, so‘ngra Fir’avnning soqolidan tutib mahv et. Bu Fir’avn soqolini mahkam tutib, mardlarcha uni yenggin! Oyog‘ingni to‘g‘ri qo‘yib, o‘z soqoling bahridan o‘t, qachongacha soqol g‘amidasan, Haq yo‘lini tanla! Soqol senga nuqul tashvish keltirsa ham, bir nafas uni parvarish etishdan tinmaysan. Din yo‘lida mardona yuradigan kishi soqoliga mehr qo‘ymaydi. O‘zingni o‘z soqolingdan ozod et, soqolingni ulug‘ yo‘lning supurgisiga aylantir.

Dil qoni bilan riyozat chekkanlar dunyo daryosiga cho‘kmaydi, faqat dili Allohga bog‘langan, ishq olovida toblanganlar bu daryodan qutuladi. Kir yuvuvchi oftobni, dehqon suvni ko‘rmasligi mumkin, ammo dilu joni Haq yo‘lida bo‘lgan odam Uning huzuriga erishadi.

To‘nini Yuvsa Osmonni Qora Bulug Qoplaydigan So‘fiy Hikoyati

Bir so‘fiy bor edi, qachon to‘nini yuvsa, olamni qora bulut qoplardi. Bunday holda to‘n yana qop-qora kir bo‘lardi, qancha yuvsa ham ketmasdi. So‘fiy ishqor olib kelish uchun baqqol oldiga ketdi, ishqor bilan kirni tozalab yuvmoqchi edi. Shunda qora bulut yana paydo bo‘lib, olamni zulmat bosdi. So‘fiy dedi:
— Ey qora bulut, yana nega paydo bo‘dding? Ket boshimdan, chunki men ishqor emas, balki meva sotib olmoqchiman. Men baqqoldan yashirincha meva-cheva olmoqchi edim, sen qaerdan bilding ishqor olishimni? Sening dastingdan necha marta ishqorni tuproqqa to‘kib tashladim, endi sendan batamom qo‘limni sovun bilan yuvib qo‘ltuqqa urdim, ket.


O‘ttiz Beshinchi Maqola

Boshqa Bir Qush Savoli

Boshqa bir qush aytdi: «Ey nomdor Hudhud, menga ayt: safarda nimadan xursand bo‘lay? Oshuftaligim kamaysin uchun biroz rushd' bo‘lsaydi koshki. Uzoq yo‘lda kishiga rushd kerak, bo‘lmasa yo‘l azobidan zada bo‘ladi, nafratlanadi. Menda G‘aybning qabuli va rushdi yo‘q, ayblarim bilan odamlarni o‘zimdan bezdiraman.

Hudhudning Javobi

Hudhud dedi:
— Toki bor ekansan, yo‘lda bo‘l, shodu xurram-likda yur, ko‘nglingni cho‘ktirma. Odamlar gapiga parvo qilma, o‘zingni erkin his qil. Shu bilan joning quvnaydi, g‘amga botgan joningni xushu xurramlikda tutib yur. Ikki olamda mardlar shodligi Undandir, bu charxifalakning aylanishi, tiriklik, hayotu harakat Undandir. Shunday ekan, Uning xursandligida yashab yur, falak kabi Uning shavqida harakatda bo‘l. Ey xoksor odam, ayt, Undan yaxshiroq seni shodlantiradigan yana nima bor?

Tog‘da Yashaydigan Devona Hikoyati

Tog‘da ajib bir devonai majnun bor edi, yovvoyi hayvonlar, yirtqichlar bilan birga yashardi. Goh-gohida unda shunday bir hol yuz berardiki, o‘zini butkul unutardi. Iigirma kun hol ichra bo‘lar, bu shunday hol ediki, uni sharhlash qiyin edi. Yigirma kun tong sahardan to shomgacha raqs qilib aytardi:
— Ikkalamiz yolg‘izmiz, boshqa hech kim yo‘q. Bunday anduhsiz, g‘amsiz shodlik kimda bor? Kimning dili U bilan birga bo‘lsa, o‘lmaydi, dilni Unga ber, Do‘stni do‘st sevadi. Uning shavqiga diling mubtalo bo‘lsa, senga o‘lim ravo emas.

O‘lim Yaqinlashganda Yig‘layotgan Oshiq Hikoyati

Bir oshiqjon berayotgan paytda yig‘lardi. Undan buning sababini so‘radilar. Dedi:
— Shuning uchun yig‘layotirmanki, dilim U bilan birga bo‘lgach, qanday qilib o‘larman?

Yo‘ldoshi dediki:
— Diling u bilan birga ekan, agar o‘lsang, bu ajoyib o‘lim bo‘ladi.

Oshiq dedi:
— Kimnikim dili Alloh bilan birga bo‘lsa, agar u o‘lsa ham, biroq o‘lim unga ravo emas. Dil U bilan visol etsa, uning o‘lishi maholdir.

Agar ana shu sir bilan shod bo‘lsang, jahonga ham sig‘ishing dargumon. Har kimki Uning borligidan dili shod bo‘lsa, borlig‘idan mahv bo‘lib, ozod bo‘ladi. Abadiy shoddikni Do‘stdan olgin va gul kabi g‘uncha o‘rami ichida yashirinib ol.

Yetmish Yil Holda Turgan Bir Aziz Hikoyati

Bir aziz dedi:
— Mana yetmish yildirki, shodu xursandman va hol shavqidan masrurman, zero borlig‘imni egallagan Zuljalolu Zuljamol Allohvandim bor. Bu Buyuk Alloh bilan bog‘langanman.

Agar sen ayb izlash bilan mashg‘ul bo‘lsang, qanday qilib G‘ayb go‘zalligi bilan quvnaysan? Ey ayb qidiruvchi! Sen aybni ko‘raversang, hech qachon ko‘zing G‘aybni ko‘rmaydi. Avvalida sen xalqni ayblash, tahqiru g‘iybatlari-dan qutulgin, keyin esa Mutlaq G‘ayb ishqi bilan xursand bo‘l. Boshqalar aybini qilni qirqqa bo‘lib qidirasan, ammo o‘z aybingga kelganda, ko‘zing ko‘rmaydigan, qulog‘ing eshitmaydigan bo‘lib qoladi. Agar o‘z aybingni topish bilan shug‘ullansang, aybli esang-da, maqbul bo‘lasan.

Qopga Solingan Mast Hikoyati

Bir mast odam hushini yo‘qotib uxlab yotardi. Sharob, ya’ni achchiq suv uning ishini saranjomlagan, u ham sharob-ning dodini bergan edi. Ham tinitilgan sofidan, ham loyqasidan qo‘p iste’mol qilib, xarob ahvolda o‘zini bilmay yotardi. Bir hushyor odam bu holni yoqtirmay, uni qopga solib yelkasiga ko‘tarib yo‘lga tushdi. U bu behushni yashaydigan manziliga olib borib qo‘ymoqchi edi. Shu payt yo‘dda boshqa bir mast duch kelib qoldi. Bunisi yo‘lda uchragan odamga shilqimlik bilan tegajoqliq qilardi. Qop ichida turgan avvalgi mast ikkinchi mastning xarob ahvolini ko‘rib dedi:
— Ey falon, agar yana ikki piyola ichganingda, men kabi tog‘ma-tog‘ yurarding.

U o‘zganing aybini ko‘rardi, ammo o‘zinikini ko‘rolmasdi.

Bizning hammamizning ahvolimiz va ishlarimiz, bunday olganda, bundan ortiq emas. Agar ishqdan ozgina xabaring bo‘lsa edi, barcha ayblarni fazilat hisoblarding. Ayb qidirishing va aybnigina ko‘rishing - bu oshiq emasligingdandir. Darvoqe’, sen oshiqlik ravishiga loyiq emassan.

Bir Erkakning Ma’Shuqasidan Ayb Topgani

Bir sheryurak, dushmanlar dodini beradigan er kishi bor edi, bir necha yil bir ayolga oshiq bo‘lib yurdi. Ul ayolning bir ko‘zida tirnoq uchiday kichkina oq nuqtasi bor edi. Ayolga ko‘p marta diqqat bilan qaragan bo‘lsa ham bu oqlikdan erkak bexabar edi. Oshiq boshi ishq shavqi qiyomida yor ko‘zining aybini ilg‘armidi?

Bir vaqt erkakning ayolga nisbatan ishqi kamaydi, oshiqlik dardiga darmon topilganday, ayolga bo‘lgan muhabbatida nuqson paydo bo‘ldi. Ayolga boshqacha qo‘z bilan qaraydigan bo‘ldi shekilli, uning ko‘zidagi oq dog‘ni ilg‘ab qoldi. U ayolga dedi:
— Ko‘zingdagi oq dog‘ qachon paydo bo‘ldi?

Ayol dedi:
— Sening muhabbating kamaygan kundan beri shunaqa bo‘ldi. Senda ishqaro nuqson paydo bo‘lgach, mening ko‘zimda ham shu sabab nuqson paydo bo‘ldi.

Ko‘nglingda vasvasadan ming g‘avg‘o bor. Avval o‘z aybingni ko‘r, ey ko‘ngil ko‘zi basir odam! Qachongacha boshqalardan ayb qidirasan, o‘z yoqangni hidlab, o‘z aybingni qidirsang-chi. O‘z aybing o‘zingga ayon bo‘lib, og‘irligini sezsang, boshqalar aybiga parvo qilmaydigan bo‘lasan.

Muhtasib Va Mast Kishi Hikoyati

Muhtasib may ichib mast bo‘lgan odamni jazolash uchun uni tayoqbilan urardi. Mastdedi: «Ey muhtasib, sen to‘polon qo‘tarib, g‘avgo qilma. Chunki sen meni bir harom o‘lgan molday bu yerga keltirib, yo‘l o‘rtasida tashlading. Ko‘rinadiki, sen mendan mastroqdirsan. Ammo sening mastligingni birov ko‘rmaydi. Insofi bor odamni mard deyish mumkin, insofi bo‘lmasa u fosiqi beor kabidir. Menga jabru jafo qilishni to‘xtat, o‘zingni ham biroz qamchilab, insof-adolatni o‘rgan.

O‘ttiz Oltinchi Maqola

Boshqa Bir Qushning Savoli

Yana bir qush dedi:
— Ey rahnamo, Uning huzuriga yetganda, Undan nima talab qilayin? Menga Uning nuri yetib, jaho-nim ravshan bo‘lganda, Undan nima istashni bilmayman. Er odam uchun iltimosini oldindan bilmoq yaxshi, shunday iltimos bo‘lsinki, har qanday istak-xohishdan ulug‘roq bo‘lsin. Olamda eng zo‘r ogohlik bu - Allohdan nima tilashni bilmoq, albatta.

Hudhudning Javobi

Hudhud dedi:
— Ey johil, Undan ogoh emas ekansan. Sen Undan nima xoxdasang, talab qilaver. Kimki Uning eshigi tuprog‘idan xabar topsa, u yerdan qachon orqasiga qaytibdi? Uning xilvatxonasiga musharraf bo‘lgan odam, zarra-zarra Uning oshnosiga aylanadi. Albatta, kishiga ogoxlikni iltimos qilish yaxshi, ogoxlik har qanday istakdan ulug‘dir. Agar sen butun olamda Undan ogoh bo‘lsang, faqat Uning O‘zini istaysan, chunki Undan yaxshiroq boshqa hech narsa yo‘q.

Bu Ali Ro‘dboriyning O‘lim Paytidagi So‘zlari

Shayx Bu Ali Ro‘dboriy o‘limi yaqinlashgan vaqtda dedi:
— Intizorlikdan jonim og‘zimga keldi. Zero, farishtalar osmonning barcha eshiklarini ochib, jannatda menga taxt tayyorlab qo‘yibdilar.

Qudsiy farishtalar bulbul kabi yoqimli ovoz bilan xonish qilib demoqqalar:
— Ey oshiq, ichkari kir, shukr etib, shodu xurram qadam qo‘y, chunki hech kim bunday hurmatni ko‘rgan emas.

Shayx davom etdi:
— Garchi bu inom va muvaffaqiyatdir, lekin meningjonim izlanish - tahqiqda davom etadi. Chunki jonim derki, men bu in’omlar, mukofotlarni na qilay, uzoq umrimda intizor bo‘lib qutganim bular emas. Niyatim shahvat ahli kabi pora uchun bosh egadiganlardan emasman. Sening ishqing jonim bilan birga yaratilgandir, men bu yerda do‘zaxniyam, bihishtni ham bilmayman. Agar meni quydirib, qulimni sovursang va Sendan o‘zga hech kim topol-maydigan bo‘lsam ham, men faqat Seni derman, na din, na kofirlikni bilgayman. Agar sen mendan kechsang ham, men kechgayman va so‘zimda turaman. Men seni istayman, seni deyman, senga talpinaman: Sen — mening jonim, jonim esa Seniki! Butun olamda mening hojatim — izlaganim Sensan, bu dunyoyu u dunyom ham Sensan! Bu dilning hojati uchun vaslingdan noumid qilma, men bilan birga bir nafas birlash, mohiyatimni mohiyatingga qo‘sh. Agar meningjonim qilcha sendan bosh tortsa, uni O‘zing bilan olgin, mendan bir «hoy» nidosi, Sendan esa bir «hay» demoq kifoya.

Haq Taoloning Dovud Alayhissalomga Xitobi

Haq taolo Dovudga xitob qilib dedi:
— Ey pok Dovud, bandalarimga ayt: «Ey, tuproqdan yaratilganlar, agar menda jannat va do‘zax bo‘lmasa, sizlarning menga bandalik qilishlaring chiroyli chiqmaydi. Agar nurdan ham, nor (olov)dan ham hech nishona bo‘lmaganda, sizlarning men bilan ishlaring bo‘lmay qolardi. Men shunday azim iste’dod - qudrat egasidirmanki, menga qo‘rquv va umidninghojati yo‘q. Ammo agar qo‘rquv va umid (xavfu rajo) voqe’ bo‘lib turmasa, sizlarning men bilan ishlaring bo‘lmay, meni unutasizlar. Men shunday abadiy va azaliy Allohmanki, jon ichiga olib yurishlaring va sig‘inishlaringga munosibdirman. Bandamga ayt: g‘ayr (Allohdan boshqa narsalar)dan qo‘l tortsin va o‘z iste’dodi darajasida bizga itoat etib, sig‘insin, Bizdan o‘zga nimaiki bo‘lsa, tashlab yuborsin, sindirib kuydirsin va kulini sovursin, toki g‘ayrdan g‘ubor ham qolmasin. Shunday qilsang, barchasidan qutulasan. Agar shunday qilmasang, toki borsan, barchadan qon ichib yurasan. Agar seni jannat va undagi hurlar bilan mashg‘ul qilgan bo‘lsa, bilki, bu bilan U seni o‘zidan uzoqlashtirish uchun qildi.

Ayoz Va Sulton Mahmud Hikoyati

Sulton Mahmud o‘zining xos quli Ayozni huzuriga chorlab, boshidan tojini olib, uning boshiga kiygizdi va o‘zining taxtiga o‘tqazdi. Sulton Ayozga qarab dedi:
— Shohlikni senga berdim, lashkar ham seniki. Endi sen shohlik qilasan, bu mamlakat ham senga qarashli. Bu mening istagim, barcha senga itoat etadi, davlat qo‘lingda, davru davron sur.

A’yonlar, lashkarboshilar buni eshitib, g‘ayrlik va hasaddan jonlariga titroqtushib, ko‘zlari olaydi. Der edilar:
— Hech bir podshoh quliga bunday ehtirom ko‘rsatmagan. Bu misli ko‘rilmagan voqea!

Ammo hushyor Ayoz sultonning bu ishidan shu soatda zor-zor yig‘lardi. Hamma hayron edi.

Dedilar:
— Sen tentakmisan yoki aqling ketib nimaga ega bo‘lganingni ko‘rmayapsanmi? Sen sultonlikka erishding, endi shodu xurram bo‘lib, baxtiyor hayot kechir.

Ayoz ul qavmga bunday javob berdi:
— Sizlar haqiqiy holni tushunmaysiz-lar, savob yo‘lidan uzoqsizlar. Shoh bu bilan meni o‘zidan uzoqlashtirmoqda, bundan bexabarsiz. Menga o‘zga narsalar bilan mashg‘ul bo‘lishga amr etib, o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lishdan uzoqlashtirmoqqa. Agar butun dunyoni mening hukmim ostiga o‘tkazsa ham, men bir lahza undan uzoqlasholmayman. Nima ish buyursa qilaman, ammo undan bir nafas uzoqlashishga toqatim yo‘q. Menga sultonlik ham, mulku davlat ham kerak emas, uning diydori menga bas.

Ey inson, sen bir dinorga ba’zan diydorni almashtira-san, holbuki Ayoz Uning yuzini deb podsholikdan voz kechdi! Agar sen talabgor va haqshunos odam bo‘lsang, bandalik rasmu odobini Ayozdan o‘rgan. Ey kecha-kunduz yo‘lda mahtal qolgan, birinchi qadam bilan cheklangan odam, sen tanbal va sust irodalisan, vaholanki, har kecha Jabarut olami avjidan sen uchun da’vatlar tushar, sen esa xuddi o‘lik kabi karaxtsan, na kunduz, na kecha bir qadam olg‘a siljiysan. Ulug‘vorlik avjidan sen tomonga peshvoz chiqdi, sen esa orqada qolib, e’tiroz etding. Ey attang, sen bu ishning mardi maydoni emassan, bu dardni senga aytib bo‘lmaydi. Toki jannat va do‘zax fikri senda bor ekan, sen bu sirni anglamaysan. Jannat tama’i va do‘zax qo‘rquvidan batamom qutulsang, bu davlatning tongi sen uchun otajak. Davlat gulshani bu ashob ahli uchun emas, chunki jannat hujralari donishmandlar uchundir. Sen esa xomliging sabab goh bu eshik, goh u eshikni qoqasan. Hammasidan kech, bunisiga ham, unisiga ham qo‘ngil qo‘yma. Har iqkisidan voz kechsang, yakka — ozodsan, shunda ojiz bo‘lsang ham, mardonavor qadam qo‘yasan. Doimo Uning diydoriga loyiq bo‘lasan, kecha-kunduz yaqin va hamsoya bo‘lib qolasan*.

Robiya Adaviyaning Munojoti

Robiya Allohvandga murojaat qilib dedi:
— Ey sirlarni bilguvchi zot, dushmanlarga dunyo ishlarini ber, do‘stlarga abadiy oxiratni ber. Men esa bu ikkisidan ham ozodman. Agar dunyo va oxiratdan xoli bo‘lsam mayliga, g‘am yemayman agar o‘zingga bir dam hamdamu munis etsang, menga berganing ana shu qashshoqlik yetadi, zero Sendan Sening O‘zing menga basdir. Agar ikki olamga zarra havasim - rag‘batim bo‘lsa, yoxud Sendan boshqa bir narsa istasam — kofirdirman. Kimdaki Kull — barchani jamlagan zot bo‘lsa, shu Kullga tegishli bo‘ladi, ko‘prik ostidagi yetgi daryo ham uniki bo‘ladi. Nimaiki bor va nimalar yana bo‘lg‘usidir, ularning misli — o‘xshashi bor, ammo faqat Allohning o‘xshashi — misli yo‘qdir. Undan boshqa nimani izlasang, o‘xshashini topishing muqarrar. Faqat Uning o‘xshashi, tengi, tashbehi, timsoli yo‘q!

Dovud Payg‘ambarga Ulug‘vorlik Xitobi

Oliy sirlar pardasidan osmonu yerning Yaratuvchisi Dovud payg‘ambarga xitob qilib dedi:
— Jahonda yaxshi, yomon, oshkora yoki yashirin nimaiki bor, uning o‘rnini bosadiganini topasan, faqat Mening o‘rnimni bosadigan, evaz bo‘ladiganni topolmaysan. Mening o‘rnimni bosadigan ham, tengdoshim ham yo‘q. Meni almashtirish — evaz etish mumkin emas ekan, mensiz bo‘lma, sening joning uchun men yetarliman, sen jonu tan bo‘laroq ikkiga bo‘linib yurma. Sen uchun eng zaruriysi menman, zaruriydan bir dam g‘ofil bo‘lma. Mensiz bir lahza jon baqosini tilama — bu mumkin ham emas, mendan o‘zga nimaiki seni tilasa, uni rad et.

Ey Jahondor talabida yurgan, bu g‘am bilan dili band bo‘lgan odam, ikki jahonda sening maqsading Udir, imtihon qiladigan ma’buding ham Udir. U seni bu azobu sertashvish jahonga almashtirmaydi, shunday ekan, sen ham jahonda Uni narsalarga almashtirma, sotma. Nimaiki sen uni Undan ortiqdeb bilsang — bu butdir, agar joningni Undan ortiq deb bilsang - kofirdirsan. Kimki jonini jononidan ortiq deb bilsa, uning dardi doimo darmonsiz qoladi. Jon nima degan narsa, sen uni hujjat qilib keltirma, jon o‘lsa, haq o‘z ishqi bilan uni tiriltiradi va Abadiyatga sherik qiladi.

Sulton Mahmudning Sumanot Butini Sindirgani Hikoyati

Mahmudning lashkari Hindistonni bosib olib, Sumanot shahriga kirganda, Lot degan ulkan butni topdilar. Hindiylar butni qaytarib olish uchun uning evaziga but vazni barobar oltin va javohirlar va’da qildilar. Ammo sulton bunga parvo qilmay, katta bir gulxan yoqib, butni kuydirishni buyurdi. Sardorlardan biri sultonga:
— Shuni kuydirishdan ko‘ra evaziga oltinlarni olish afzal emasmidi, deb qoldi.

Mahmud dedi:
— Qiyomat kuni meni but savdogari deb jazolashlaridan qo‘rqdim, Parvardigor: Ozar (Ibrohimning otasi, but yasovchi) va Mahmudni birga jazolanglar, Ozar buttarosh bo‘lsa, Mahmud butfurushdir.

Deydilarki, Mahmud Sumanot butini kuydirganda, ichidan yigirma man gavhar chiqdi, shoh gavharlarni xazinaga qo‘shib, dedi:
— Lotning sazosi shu, bu gavharlar esa menga Allohdan mukofotdir.

Barcha butlaringni birma-bir sindirib tashla, uning evaziga gavhar daryosiga ega bo‘lasan. Do‘st shavqida nafsni but kabi kuydirib yubor, toki po‘st ichidan behisob ma’naviy gavhar tashqariga oqib chiqsin. Jon qulog‘iga «Alastu bi rabbiqum?» Azal kunidan men sizning rabbingiz emasmanmi, bongi yangrasa, «bali» (ha) deyishdan kechikma! Sen azaldan «alast» ahdi bilan bog‘langan, «bali» deyishdan boshqa so‘z aytma. Ey avval boshda «alast»ga iqror bo‘lgan, oxiriga kelib buni inkor qilasanmi? Sen avval boshda ahdu paymon (misoq) bilan bog‘langan odamsan, qanday qilib oxiriga kelib «oq» bo‘lmoqchisan? Zarurating Udir, shunday ekan, U bilan bo‘l, axd qildingmi — vafo qil, buzg‘unchilik qilma!

Sulton Mahmudning Hindlar Qo‘shinini Tor-Mor Qilgani Hikoyati

Deydilarki, sulton Mahmud Hindistonga yurish qildi. Hindistonga yetib kelganda, hindlarning ko‘p sonli qo‘shinini ko‘rib, uni biroz vahima bosdi. U qo‘shinini jangga tayyorlab, dedi:

«Agar bu urushda zafar quchsam, qo‘lga tushgan jamiki o‘ljalarni qalandar darveshlarga bo‘lib beraman. Mahmud jangda g‘alabaga erishdi va behisob boylikni qo‘lga kiritdi. Bu boylikni ko‘rib sulton a’yonlari, qo‘shin ahli ham hayron edi. Qimmatbaho narsalarning har biri hikmatshunos donishmandning ham aqlini lol qoldirardi. Sulton yaqinlaridan biriga aytdi: «Bu g‘animat — o‘ljani darveshlarga taqsimlab ber. Chunki boshidan buni Haqqa nazr kildim va bu ahtsimda sobit turaman».

Yaqinlari dedilar:
— Shuncha molu mulkni hunarsiz, sayoq kishilarga berib yuborish o‘rinlimi? Bu molni qo‘shinga bo‘lib berib, ularning ko‘nglini ko‘tar, yoinki xazinaga qo‘shib yubor.

Shoh Mahmud ikkilanib qoldi, shunda u bir devonasifat darveshni ko‘rib qoldi, u dunyo ishlariga qo‘l siltagan bo‘lsa-da, ammo donishmand kishi edi. Shohuzoqdan uni ko‘rib, oddiga chaqirdi. O‘zicha dedi:
— Bu devonadan maslahat so‘rab ko‘ray, u to‘g‘risini aytadi, chunki u sultondan ham, lashkariylardan ham ozod odamdir.

Podsho devonani chaqirib voqeani unga aytdi. Alloh yo‘lida oshiqu devona bo‘lib yurgan bu darvesh sultonga qarab dedi:
— Ey podshoh, ishing ikki arpa donasi ustida ekan. Agar U bilan ishing bo‘lmasa, sen ham hech narsaning andishasini qilma. Ammo agar U bilan yana muomalang bo‘lsa, aloqani uzmoqchi bo‘lma-sang, unda bu o‘ljalardan arpa donasi qadar kamaygirmasdan Unga, ya’ni Uningdo‘stlari darveshlarga togshshr. Haq senga nusrat berdi, to‘g‘ri yo‘l qo‘rsatdi, U va’dani bajardi, sen nega bajarmayapsan?

Oqibat Mahmud o‘ljani darveshlarga bag‘ishladi va saxovatpesha sulton nomini oldi.


O‘ttiz Yettinchi Maqola

Boshqa Bir Qushning Savoli

Boshqa qush dedi:
— Ey Iloh huzuriga yo‘l topgan pir, u yerda qanday molu mulk qadrlanadi, qaysi boylik muomalada bo‘ladi? Agar aytsang, shunga qarab ish tutaylik, ya’ni nima kerakli va ravo bo‘lsa, shuni olib boraylik. Axir shohlarga qimmatbaho, nafis tuhfalar elturlar, hadiyasiz odamni xasis deb mazammat qilurlar.

Hudhudning Javobi

Hudhud dedi:
— Ey, savol berguvchi, agar farmonga itoatni xush ko‘rsang, u yerda nimaiki bo‘lmasa, shuni olib bor. Agar sen bu yerdan biror narsa olib borsangu, bu narsa u yerda bo‘lsa, bu ish albatta chiroyli emas. U yerda ilm bor, ruhoniy farishtalar toati ham behisob ko‘p. Sen jonning otashiyu dil dardini olib bor, chunki u yerda buni birov ko‘rsatmaydi. Agar dard bilan dildan bir oh chiqsa, oshiqning kuygan jigar hidini Dargohgacha olib boradi. Xos joygoh sening joningning mag‘zidir, joningning po‘stlog‘i esa bo‘ysunmas nafsingdir.

Agar ohing xos joy — yurak mag‘zidan chiqsa, mard darveshning holi jami aloyiqlardan xalos bo‘ladi.

Zulayhoning Yusufni Zindonga Yuborgani Hikoyati

Zulayho e’zoz va hashamat egasi bo‘lgani bois Yusufni zindonband etib saqladi. Bir qulga aytdiki, zindonga borib, Yusufning orqasiga ellik cho‘p urgin. Shunday qattiq urki, Yusuf oh desin va men bu ohni eshitay. Ammo qul zindonga kelib Yusufni ko‘rgach, rahmi kelib urmadi. Bir po‘stinni ko‘rib, qo‘lini po‘stinga qattiq uraverdi...

U po‘stinni har gal urganida, Yusuf zorlanib qattiq nola chekardi. Zulayho Yusuf ovozini uzokdan eshitar ekan:
— Ey falon, qattiqroq ur, - deb buyurardi. Po‘stinni savalayotgan odam Yusufga dedi:
— Ey Yusuf, Zulayho senga boqib badaningda jarohat qo‘rmasa, meni azobga soladi. Sen yalang‘och bo‘lib mana bu yerga yotgin, toki mana bu cho‘p bilan urayin va izi qolsin.

Yusuf kiyimlarini yechib yalang‘och bo‘ldi, go‘yo shu payt yetti qavat osmon larzaga kelganday bo‘ldi. Qul tayoqni dast ko‘tarib shunday urdiki, Yusuf tuproqqa ag‘nab tushdi va yurakdan «oh» deya fig‘on chekti. Zulayho bu «oh»ni eshitgach, qulga dedi:
— Bas qil urishni, chunki bu nola yurakdan chiqqan edi. Bundan oldingi ohlari arzimas, yolg‘on edi, ammo uning bu ohi jon ichidan chiqdi.

Agar motamda yuz kishi vovaylo deb fig‘on cheksa ham, lekin dardli nola ajralib turadi. Halqa — to‘dada yuz g‘amli odam bo‘lsa-da, ammo motamzadaning fig‘oni ularga boshdir. Sen toki sohibdard odamga aylanmaguncha, mardlar safida mard darvesh bo‘lolmaysan. Kimning qalbida ishq olovi yongan bo‘lsa, u kechasiyu kunduzi betoqat va beqarordir.

Xoja Va Uning Sofdil G‘ulomi Hikoyati

Sirlardan voqif xojaning bir sofdil g‘ulomi, xizmatkori bor edi. U yarim kechadan to subh — erta tonggacha uxlamay, namoz o‘qib chiqar edi. Xoja unga dediki:
— Ne kor qilursan, oqshomdan to sahar o‘zingni bedor qilursan. To quyosh chiqquniga qadar namoz o‘qursan?

G‘ulom xojasiga bunday javob berdi:
— Men sening darding ko‘gshigini ko‘rib turibman. Dardi, g‘ami ko‘p odam har vaqg bedor bo‘ladi, xotirjam uxlolmaydi. Sening darding ko‘p, ertayu kech bedor bo‘larsan. Agar bir odam bedor bo‘lsa, boshqa odamlar ham unga bedorliqda hamkor bo‘lmog‘i kerak.

Agar kimdaki shu dard va shu hasrat bo‘lmasa, u mard odam emas, u bilan xok-tuproqning farqi yo‘q. Kimki o‘zgalar dardini baham ko‘rsa, bunday odamda do‘zaxga tushamanmi yoki behishtga boramanmi, degan tashvish ham bo‘lmaydi.

Abu Ali Tusiy Hikoyati

Abu Ali Tusiy ahd piri edi. U talab vodiysining jiddu jahd qiluvchi murshidi edi. U yashab turgan joyida eng aziz va eng yetuk inson edi. Aytar ediki: Ertaga (tong-la qiyomatda) do‘zax axli zor-zor yig‘laydi. Jannat axli esa so‘roqsiz yaxshiligi oshkor bo‘ladi. Bular jannat vasli zavqidan xushdil, ular esa o‘zlarining og‘ir holidan g‘amgin bo‘ladilar. O‘sha vaqtda jannat ahli barchalari firdavs xushbo‘yidan bahramand bo‘lib, behishti bokamolda beqiyos oftob jamolni ko‘radilar. U sohibjamolning tengi yo‘q, uning go‘zalligi oldida sakkiz huld-jannat uyaladi. Bu jamol yorug‘ligi o‘lganlarga jon bag‘ishlaydi. Uning nuri yorug‘ligi oldida jannatdan ham nomu nishon qolmaydi.

Jannat ahli o‘z hol-ahvolini shunday bildirdilar. Do‘zax ahli bularga javoban bunday dedilar:
— Sizlar firdavsi jinonga (jannat bag‘riga) kirib, o‘z ahvolingiz hakida chunonam ko‘p so‘zlar aytdingiz. Biz, noxush joy - do‘zax ashoblari har qadamda otash seliga g‘arqmiz, yuzimiz qoraligi barchaga oshkor. Bu yetmaganday, yor jamolidan benasibligimiz hasratidan qiynalamiz. Sizlar yor jamoli ravshanligidan bizni ogoh qilib, holimizni battar og‘ir qildingiz. Har doim otash oldida ishlayotganlar olovga o‘rganib qolganidek, biz do‘zax otashlariga ham sabr qilayotgan edik.

Lekin sizlar Haq taolo jamoli haqida bizni ogoh qilganingizdan keyin qayg‘u-hasratimiz kuchaydi. Kimningki qayg‘u-hasrati kuchaysa, kuch-g‘ayrati ham ziyoda bo‘ladi.

Ey inson, agar jarohating oxiratda zavqu rohat keltirsa, jarohatning qayg‘u-hasrati sen uchun foydalidir. Sen yashab turgan manziling majruhlik, jarohatlar keltirsa, ruh halovatidan mahrumlik keltirsa, bu dunyo qonli jarohatlarga to‘la ekanligini o‘ylagin.

Bir Cholning Nabiy Joynamozida Ibodat Qilishni So‘ragani Hikoyati

Bir chol niyozmandlik bilan nabiydan joynamozingizda namoz o‘qib olay, deb so‘radi. Xoja unga ruxsat bermadi.
— Hozir qum va tuproq qizib yotibdi,— dedi qariya. — Agar qizib turgan joyga yuzimni qo‘ysam, kuyib, dog‘ bo‘lib qoladi.

Nabiy dedi:
— Har bir majruxning yuzi quyishi mumkin. Yuzi kuyganlik hech gap emas, dili kuyganlik fazilatdir. Sajdagohga kuygan dilingni nisor qilsang, haq taolo senga nazarini soladi. Dardlar maydoniga dog‘li, kuygan dilingni keltirgin, toki ahli dillar dog‘li dilingni ko‘rib, mardlikni o‘rgansinlar.


O‘ttiz Sakkizinchi Maqola

Boshqa Qushning Savoli

Boshqa bir qush Hudhudga dedi:
— Ey, dono yo‘lboshchimiz, bu vodiyda sarsonlikda kezib, yuzimiz qorayib ketdi. Pir degan bu tariqa siyosat qilmaydi. Ey rafiq, bu yo‘l hali uzoqmi. Agar yaqin bo‘lsa yana necha farsang yo‘l yuramiz?

Hudhud javob berdi:
— Biz yetti vodiydan o‘tamiz. Yetti vodiydan o‘tganimizdan so‘ng Shoh dargohiga yetamiz. Bu yo‘lga kirmagan odam uning uzoq-yaqinligini bilmaydi. Inson bu uzoq yo‘lning boshiga kelmay turib, uzoq-yaqinligidan ogoh bo‘lmaydi. Biz boradigan joy boshdan-oyoq yo‘qlik joyidir. Ey bexabar, bu yo‘lning vodiylarini bilmasang, endi bilib ol.

Sulukning Yetti Vodiysi Bayonida

Bu yo‘lning boshlanishida Talab vodiysi bor.

So‘ng Ishq vodiysi borki, u bekanor, cheksiz, chegarasizdir.

Uchinchi — Ma’rifat vodiysi.

To‘rtinchi — Istig‘no vodiysi.

Beshinchi — pok Tavhid vodiysi.

Oltinchi — mashaqqatli Hayrat vodiysi.

Yettinchi — Faqru fano vodiysi. Bu juda uzoq, yo‘qlik vodiysidir. Agar ko‘shish, sa’y-harakat qilsang, ofat keltiruvchi fe’l- ravishlaring yo‘qoladi, mabodo ozroq bir qatra qolsa ham, u Qulzum dengizi yanglig‘dir.

Avvalgi Manzil - Talab Vodiysi

Talab vodiysiga qadam qo‘yganlar bilsinki, bu joyda har zamonda yuz malolat, mashaqqat, har nafasda yuz balo, ofat uchraydi. Bu joyda dunyo to‘tilari pashshaga aylanib qoladi. Bu vodiyda inson had-chegaradan chiqmasliga, yillar davomida toat-ibodat va ezgu ishlarga jahd-g‘ayrat talab qilishi zarur. Bu joyda qalb bir holga kelishi, mol-mulk, boylik talabidan voz kechishi zarur. Bu vodiyda inson bag‘ri qonga to‘ladi, ko‘nglidagi barcha hoyu havaslardan ayriladi. Qo‘lida hech vaqosi qolmaydi. Dil har qanday fitna, tama’, kuduratlardan poklansa, haq va haqiqat nuridan ravshan bo‘ladi. Dilingda shu nur borligi oshkor bo‘lsa haq yo‘lida bir talabing ming talabga aylanadi. Agar shularga chidam, matonat ko‘rsatsang, bu yo‘ldagi otash azoblaridan, yana yuzlab noxush vodiylarning mashaqqatlaridan qutulasan. Bu yudiyda haq yo‘lida boshingni berish ham sen uchun xush keladi, oqibatda xush, go‘zal soqiy qo‘lidan bir jur’a (piyola) may olasan. Bir jur’a boda ichganingdan so‘ng senda ikki olam tashvishi ham qolmaydi. Tashna labing bilan daryoga sho‘ng‘iysan. Jonon sendan may uchun jon talab qilsa, jon berish sening orzuying bo‘lib qoladi. Joningdagi ajdaho senga qo‘rqinchli bo‘lmay, pashshaday ojiz bo‘lib qoladi.

Shundan so‘ng kufr va iymon birgalashib oldingga kelsa, har ikkisini xush ko‘rib, eshik ochasan. Lekin, ular xonai dilga kirganida ko‘rasanki, kufr ham, din ham yo‘qoladi (Bularning bahsidan ham qutulasan). Chunki endi sen uchun u tomon ham, bu tomon ham bo‘lmaydi, ya’ni borliqni unutasan.

Odam Xilqati Yasalishi Va Shaytonning Unga Sajda Qilmagani Hikoyati

Amru bin Usmon Makkiy Ka’bada, bu nomani qalam bilan bitib qo‘ydi. Ya’ni Haq taolo Odamni suv va tuproqdan loy qilib yasab, unga jon kiritdi. Istadiki, maloika-farishtalar xayliga bu ajoyib xabarni yetkizay va bu ne asar — ijod ekanligini ularga bildiray. Aytdi:
— Ey osmon ruhlari, barchangiz bu ajib xilqat — Odamga sajda qilinglar.

Barcha farishtalar ul zoti pok — Odamga yakdil va yaktan bo‘lib ta’zim qildilar. Shu payt Iblis keldi va dedi:
— Men Allohdan boshqa hech bir kimsaga sajda qilmayman. Odamga bosh egmayman, bo‘yin ham egmayman. Agar boshimni tanimdan judo qilsalar ham g‘am yemayman, chunki Allohdan

boshqaga bo‘y egmaganimdan shod bo‘laman.

Haq taolo Iblisga dedi:
— Ey iymon yo‘lining josusi, sen bu yerdagi (jannatdagi) joyingni o‘zing o‘g‘irlading (ya’ni, jannatni boy berding). Sen ko‘rib turgan xilqatda (Odamda) bir ganjni yashirganman.

Sipoh, lashkar ko‘rmasligi uchun ganjni hech kim bilmay-digan joyga yashirish - shohlar odatidir. Ba’zi insonlar bu ganj qaerdaligini bilmaydilar. Lekin mard odamlar o‘sha ganjni oshkora ko‘radilar.

Agar shu vaqtda sening boshingni taningdan judo qilsam, hamma olam sen haqingda gapirishini xohlamayman.

Iblis Allohga tavba qilmay, (takabburlik bilan) dedi:
— Yo Rab, men bandangga istagan jazoingni ber, bu ishim uchun istagan chorangni ko‘r.

Alloh Iblisga dedi:
— Senga bir bezak beray, bo‘yningga la’nat tavqini ilay, noming kazzob bo‘lib, to qiyomatgacha muttaham bo‘lib yasha.

Shundan so‘ng Iblis dedi:
— Menga ne bersang - ganji pok, la’nati ekanim ravshan bo‘lsa, ne bok.

Shu tariqa u (Iblis) Alloh la’natini o‘ziga rahmat deb, bu menga abadiy qismat, deb bildi. «Mayli, men la’nati bo‘lay, hayotda barcha yeguliklar taryok emas, ularda zahar ham bor. Garchi barcha xalq rahmat talab bo‘lsa, men beadab, sening la’natingni boshga ko‘tarib yuray. Lekin bu la’anating uchun men Odamga rahmat demayman, men ham Odamni la’nat oluvchi ishlarga boshlayman. Bandalaring shunday ishlar qiladiki, gunohlari uchun sen ham ularni la’natlaysan va ular la’natingni rahmat deb bilmaydilar. Men imonim kuchli bo‘lib (sendan o‘zgaga sajda qilmaganim uchun) la’natlandim.

Talab vodiysiga kirgan tolib bilsinki, toliblik — barcha shaytoniy hoy-havaslar ustidan g‘oliblikdir. Agar kecha va kunduz shu goliblikni topmasang, talab yo‘lida nuqsondir.

Shibliyning O‘lar Chog‘ida Aytganlari

Shayx Shibliy o‘lar chog‘ida juda betoqat bo‘ldi. Ko‘zini yumib olgan,'nimagadir behad intizor edi. Beliga hayrat zunnorini bog‘lab olib, kulto‘da ustida o‘tirardi. Gohi ko‘zining yoshini kulga oqizar, gohida kulni boshiga sochardi. Bir kishi undan so‘radi:
— Shunday bir naz’ holatida zunnor bog‘lab olgan kishini ko‘rganmisan, bu qanday hol?

Shibliy dedi:
— Yonib o‘rtanmoqdaman, nima qilay, qanday yo‘l tutay, g‘ayrat o‘tida yonayapman, na iloj topay? Jonim ikki olamdan ko‘zini yumdi, ammo hozir Iblis nafratidan kuymoqda.

Iblisga yuborilgan «la’natiy» xitobi rost ekan, ammo buni odamga nisbat berishdan qiynalaman.

Shibliyning jigar-bag‘ri o‘rtanar, tashna va behollikda azobda edi, chunki u boshqa kishilarga gunohni ravo ko‘rmas

Ushbu hikoyat bundan oldingi hikoyat mazmunini davom ettirgani uchun, Attor bu yerda ham Iblisning Odamga sajda qilmay, takabburlik qilganiga ishora qilmoqaa. Ya’ni: odam tuproq va ruhdan tarkib topgani Allohning irodasi, buning sababini Uning O‘zi biladi. Odam Iblis qutqulari (shubha, gumon) bilan ham qurashishi, Alloh sari talabda bo‘lishdan to‘xtamasligi kerak edi. Agar Shoh sening vujudingga tafovutni (xilma-xillikni) ravo ko‘rgan bo‘lsa, nima ham qilar eding, ey yo‘lovchi, axir sen tosh bilan gavhar emassan? Agar gavhardan aziz va toshdan ham xor bo‘lsang-da, Shohning sen bilan ishi bo‘lmaydi. Tosh va gavharga do‘st ham, dushman ham bo‘lma, faqat shuni bilgilki, bu Uning qo‘li bilan barpo etilgandir. Agar mast ma’shuq senga bir tosh otsa, bu begonadan gavhar olgandan ko‘ra afzaddir. Mard yo‘lovchi Alloh talabida intizor bo‘lib, yuz jonni yo‘lda nisor qilishi lozim. Bir lahza talabdan tinchimasin, bir nafas ham osuda bo‘lmasin. Agar bir lahza talabdan to‘xtasa, u bu yo‘lda beadablik qilgan murtad (rad etilgan) bo‘ladi.

Majnun Hikoyati

Bir aziz odam ko‘chadagi tuproq o‘rtasida dard chekib, u yoq-bu yoqqa yugurayotgan Majnunni ko‘rdi va so‘radi:
— Ey Majnun, bu yo‘lda nimani izlayapsan? Majnun javob berdi:
— Laylini izlayapman. Haligi odam ajablanib, dedi:
— Bu tuproqda Layli nima qiladi, u oqar suvlari bor pok va orombaxsh joyda bo‘ladi.

Majnun javob berdi:
— Men Laylini hamma joydan izlayman. Layli yo‘q joy oqar suvlari bor, orombaxsh bo‘lsa ham men uchun yomon joydir.


Yusuf Hamadoniy Hikoyati

Tariqat ro‘zg‘orining imomi, jon-ruh asrorining sohibi, yaxshilik, ezgulik bunyodkori Yusuf Hamadoniy aytgan ediki:
— Basirat ko‘zi har qancha uzoq va baland-past joylarni ko‘ra oladi. Bu yo‘lda (talab yo‘lida) yo‘qolgan Yusufidan xabar so‘rab, dard chekayotgan Ya’qub kabi intizor bo‘lish zarur. Shunda tolib har ikki ro‘zg‘orda (bu dunyo va u dunyo hayotida) kashfiyot topmasa ham, tavhid asrorini izlashdan zinhor chalg‘imaydi. Mardlar sabrtalab va mehnattalab bo‘ladilar. Ahli dardlar barchasi sabrli bo‘ladilar. Ey tolib, bu yo‘lda izlaganingni topmasang ham sabr qil, axir shu yo‘lni topganing o‘zi yetarli-ku.

Agar qorni ochligidan qon yutayotgan bolani ko‘rsang, sen ham u bilan birga qon yutgin (qiynalgin). Senga bu yo‘lda tahniyat - tabrik, maqtovlar kelmasa ham, qon yutish, iztirob, aziyat chekishdan to‘xtamagin. Agar yor vasliga yetish shodligi bo‘lmasa ham, senda hijron motami bo‘lsin. Agar yor jamolini ko‘rolmasang ham, uning asrorini izlayver. Agar senda talab bo‘lmasa, talab yo‘qligidan uyal, sharm qil, shunda har on uyatli bo‘lmaysan, ya’ni uyatli ishlardan uzoqbo‘lasan.

Chin Tog‘i Ustida Toshga Aylangan Mard Hikoyati

Bir odam Chin tog‘ida toshga aylandi. Har zamon ko‘zidan zaminga yosh oqizardi. Zor-zor ko‘z yoshlari ham zaminga to‘kilardi va toshga aylanardi. Shunday toshlarki, agar bu toshlar bulutga aralashsa, undan nadomat jolasi yog‘ilardi, bu odam Chinda mashhurdir, borsang izlab topgin. Bu odam ilm haykali edi. Lekin ilm himmatsiz odamlarning qo‘liga tushsa, ilm undaylarning qo‘lida mo‘minlar uchun kofir qo‘lidagi tosh kabi kulfat keltiradi.

Aslida bu dunyo mashaqqatli tor bir saroydir. Bunday tor va qorong‘i joydan qutulish uchun ilm chirog‘i senga rahnamo bo‘lsin. Ilm javhari senga jonfizoy (jonbaxsh) bo‘lib, yo‘l qo‘rsatadi. Agar sen ilmsiz bo‘lsang, boshdan-oyoq qorong‘ilikda qolasan. Jahongir Iskandar (ustozi Arastudan uzoqlashgani sababli) rahbarsiz qoldi (va fojeaga uchradi).

Agar sen ilm javhari atrofida aylanaversang, uni topmasang ham, pushaymon bo‘lmaysan, xushnudlik topasan. Oxiratda baxtsiz bo‘lgandan ko‘ra bu dunyoda yomon ishlardan pushaymonlik topish ham yaxshidir.

Bu dunyoda ham, u dunyoda ham jon faqirdir. Bilsang, bu dunyoda jon-ruh g‘arib va u dunyoda tan zaifdir. Shu zaifliqdan qutulishni istasang, g‘arib ruh yashayotgan joydan tashqariga chiq (tog‘u dashtlarga chiq), ana shu joylar xos odamlarning joyidir*.

Agar ana shu xoslar manziliga yetsang, har qadamingda, har nafasda yuz turli sirlarga oshino bo‘lasan. Mabodo bu yo‘lda senga nasiba yetsa o‘zliging (manmanliging) yo‘qolib, boshingdan oyog‘inggacha navha-yig‘iga aylanadi. Kechayu qunduz shubhali taom yeyishdan sakdan.

Talab vodiysida neni izlayotganingni ravshan bil, kamlikni, kamtarinlikni talab qil. Kunduzi kam ye, kechasi kam uxla. Shunda o‘lsang ham go‘ring nurga to‘ladi.

Mehna Shayxi Abu Sa’Idning Jon Chiqar Vaqtidagi Ahvoli

Mehna shayxi Abu Sa’id qabzi azim — jon chiqar vaqtida sahroda edi, ko‘zi yoshli, dili pora edi. U olisda mol boqib yurgan va nuroniy yuzli bir qishloqi cholni ko‘rdi. Shayx Abu Sa’id u tarafga yurdi va salom bergach, unga jon chiqar vaqtidagi holini tamomila sharhlab berdi.

Pir uning so‘zlarini eshitib, bunday dedi:
— Ey, Abu Sa’id, talab yo‘lida senga Haq taolo sabr-toqat bersin.

Agar Chin qushi paydo bo‘lib, yerdan ming yilda bir marta dona cho‘qib, yig‘adigan bo‘lsa, shu tarzda yuz bora jahonni aylanib parvoz qilib kelsa, ne chand uzoq zamonlar o‘tganda ham, biz yurgan, pastliklardan to Arshi majidgacha yo‘l shu qadar uzoq bo‘ladiki, jon dimog‘iga hatto Arshning bo‘yi - hidi ham yetib kelmaydi.

Abu Sa’idki, Arshi a’lodan shu qadar uzoqda ekan, haq yo‘l toliblari doimo sabr-qanoat bilan yashasinlar. Bu yo‘lda har qanday inson sabrga tolib-talabgor bo‘lolmaydi. Talab qo‘ngil ichida mushk-nofa kabi yashirindir, mushk-nofa olish uchun ohuning qoni to‘kilishini hamma ham bilmaydi. Agar talabning ichkarisida bo‘lsang, bu qonli dunyoning tashqarisiga chiq.

Agar kim haqiqat talabi yo‘liga kirmasa, uning badani tirigu ko‘ngli o‘lik, murdordir, jonli emas, surati devordir. Ganju gavharni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsang talab yo‘liga kir, bu yo‘lda jazirama issiqham, rohatbaxsh salqinlik ham bor. Ganju gavhar topib xursand bo‘lishni istagan odam bilsinki, ganju gavhar (sadaf ichida) yashirin, pinhondir. Lekin ganju gavharga sig‘ingan odam butga sig‘inuvchi bo‘lib qoladi. Xazina-ni mag‘iz kabi ichingda sakda, yong‘oq mag‘ziday holi tang bo‘l, bedil bo‘l. (Ma’rifat, haqiqat) talab qilu, mastu loya’-qil bo‘l.1 Talab vodiysi yo‘lida pok va dilxasta bo‘l.

Sulton Mahmud Va Xokbez Mard Hikoyati

Bir kuni Sulton Mahmud sipohi bilan tog‘ yo‘lida borayotgan edi, tuproqustida o‘tirgan darveshga ko‘zi tushdi. U odam g‘ayrat bilan o‘rtaga tuproq yig‘ib, tuproqdan tog‘ yasar, gohida bodi samand — kuchli shamol kelib, u yig‘nab qo‘ygan tuproqni har tomonga sochar edi. Ammo u odam yana tuproq yig‘averar edi.

Sulton bu g‘alati odamni yoqtirib qoldi, unga rahmi kelib dedi:
— Ey majnunsifat odam, sen yelkangga juda og‘ir yuk olibsan, bu zahmatli ishdan ko‘ra olam xirojini yig‘ish osonroqdir. Yaxshisi, podshoh bo‘l, beniyoz bo‘lib, hech kimga muhtoj bo‘lmaysan.

Tuproq yig‘uvchi podshohga dedi:
— Menga shu ish yoqadi, bu ishimdan yashirilgan xazinani topganday quvonaman. Menga birovningdavlati kerak emas. Shu tuproq — mening davlatimdir. Toki jonim bor ekan, shu ishimni qilaveraman.

Darvesh shu tarzda oxirat eshigini ochar, ko‘ngliga nur sochar edi.

Ko‘z qorachug‘laring hali yopilmagan, eshiklar hali ochiqlik vaktida Haq jamolini talab qil.


Hushidan Ayrilgan Odam Va Robiya Hikoyati

Bir bexud — aqldan ozgan odam osmonga qarab:
— Ey Alloh, menga eshigingni och! — deb xitob qilar edi. Buni ko‘rib o‘tirgan Robiya unga dedi:
— Ey g‘ofil, sen uchun u eshik berkdir, u ochilsin desang, yuzingni haq ishlarga bur va murodingni savob ishlardan izla.


O‘ttiz To‘qqizinchi Maqola

Ishq Vodiysi

Shundan so‘ng Ishq vodiysi keladiki, u vodiyga yetib kelgan inson ishq otashiga g‘arq bo‘ladi. Ammo oshiq uchun bu yerda otash emas, ayshu rohat bor. Bu otashga g‘arq bo‘lgan oshiq

yuzi qizib-yonadi, sarkash bo‘ladi, chaqmoq chaqib, jahonni yondirsa ham parvo qilmaydi. U endi dindormi, kofirmi, buning g‘amini yemaydi. Uzoq va yaqin, yaxshi va yomon, u tomon va bu tomon bilan oshiqning ishi yo‘q, unga baribir.
— Ey, mubohiy (o‘ziga barcha ishlar ruxsat etilgan, deb o‘ylovchi), ishq haqidagi so‘zlar sen uchun emas, ey murtadiy (Haq dargohida o‘zi va qilgan ishlari rad etilgan), zavqli jon haqidagi so‘zlar sen uchun aytilmagan. Oshiq uchun barcha eshiklar ochiq, u do‘st visoliga yetgani uchun nozlanadi, erkalanadi.

Boshqalarga yaxshi ishlari uchun mukofot ertaga (qiyomatdan so‘ng) deb va’da qilingan bo‘lsa, oshiq uchun bu mukofot va u orzu qilgan joy naqd va bugun berilgan.

Ishqotashida bir bora yonmagan odam bu so‘zlarni qaydan bilsin, ma’shuqining g‘amxo‘rligi oshiqning ko‘nglini o‘stirishini, diliga kuch-quvvat berishini qachon biladi?

Inson vujudida bu javhar tovlanmagach, dil qushi yagona yor ishqida parvozlanmagach, u zaif qaerdan quvvat olsin? Daryoning balig‘i sahroga chiqib qolsa holsizlanib tashna bo‘lsa, ishqi yo‘q odam daryoning ichida bo‘lsa ham majolsiz, holsizdir.

Ishq savdosida ustod yo‘q, oshiqlik ishida aql-modarzod yo‘q. Ishq bor joyda otash-olov yaqin va aql uzoqdir. Ishq kelsa, aql qochadi. So‘zu gudozdan (malomatdan) aniq joni isitmada kuyib-yonadi. Agar odamzodga g‘ayb olamini ko‘rish fazilati ato qilinsa, ishqning asli shudir. Agar bir barg ishqdan xasta bo‘lsa, bandidan uzilib yo‘lga tushadi.

Agar sening ko‘ngil ko‘zing ochilsa, g‘ayb olamini qo‘rsang, sen jahondagi har bir zarraga sirdosh-hamroz bo‘lasan. Agar aqling ko‘ziga ishq nazar solsa, na boshingni, na oyog‘ingni ko‘raolasan.

Ishq olamida mard bechora, uftoda bo‘ladi, inson ishqda ozoda bo‘ladi (Bu dunyoning o‘tkinchi tashvishlaridan qutuladi).

Ey, Attor, sen hayotda bechora, kamtarin emassan, murda kabisan, ishqqa loyiq emassan. Ishq yo‘liga kirgan mard odam bu yo‘lda vujudi o‘ligu, dili tirik bo‘lsin, ma’shuqiga har nafasda yuz jonini nisor etsin.

XOJA BARGO‘DAK FAQOIY IShQI HIKOYATI

Bir xoja xonumonsiz, ovora edi, ismi Faqoiy va bechora edi. Ishqi g‘olibligidan savdoyi edi. Hayoti purg‘avgo, rasvoyi edi.

U hech vaqosi yo‘q darvesh edi, lekin dard ichra bedilu biri yuz va besh edi.1 Garchi u o‘z nonini tamomila o‘zgalarga berib yuborgan va o‘zi och qolgan bo‘lsa ham joni serob, ko‘zi to‘q edi. U juda qo‘p nonga yetishgan bo‘lsa ham, borini berib yuborar, evaziga faqo-faqirlikni totar edi. Doimo bir tani ochlikda o‘tirsa ham, har damda yuz tani bilan faqirlikni yeb, rohatlanar edi.

Bir odam xoja Faqoiydan so‘radi:
— Ey oshiftakor oshiq, ishqda seroblik nima, shuni oshkor qilgil.

Xoja aytdi:
— Oshiqyuz olam jahon matohi bo‘lsa ham borini birgina faqo (faqirlik) uchun berib yuboradi.

Mardnqng ishi doimo shunday bo‘lsa, u hech qachon holsizlanmaydi, yiqilmaydi. Chunki u ishq va dard bilan ovora bo‘lib, boshqasini bilmaydi.

Majnun Va Layli Hikoyati

Ahli Layli, ya’ni uning qabilasi, qavm-qarindoshlari Majnunning kelishiga yo‘l bermadilar. Shu atrofda, sahroda bir cho‘pon qo‘y boqib o‘tirgan edi. Majnun cho‘ponning qoshiga kelib, ostiga to‘shab o‘tirgan po‘stagini berib turishini so‘rab, yalindi. Cho‘pon bu qo‘rimsiz, juldur po‘stakni nima qilasan, dedi. Majnun aytdi:
— Ey bag‘ri keng, yaxshi odam, shu po‘stakni menga bersang, men uni yopinib, qo‘ylaring galasiga qo‘shilib, Laylining mahallasiga boraman, o‘zini topmasam, bir muddatdo‘stimning bo‘yi, xush hididan bahramand bo‘laman.

Ey darigo, dardga mardona bo‘laylik. Mardlar kabi dardlarga to‘laylik. Oqibat, Majnun cho‘ponning eski po‘stagini olib, unga yashirinib, qo‘ylarga qo‘shilib, do‘stining mahallasiga yo‘l oldi. Laylining qavmiga yaqinlashgach, Majnun o‘rnidan turib, zavq-shavq bilan uni chaqirdi. So‘ng hayajon zo‘ridan hushini yo‘qotdi, lekin ishq sharbatini totdi.

Majnunning ortidan qo‘ylarini haydab kelgan cho‘pon uning mastu xarob, tuproqqa hushsiz yotganini qo‘rdi. Yuziga suv sepib, hushiga keltirdi. Ishq otashida yonayotgan bu labtashna oldida bir bor o‘tirdi.

Ertasiga Majnun sahronishin qavmlar — sahroyilar orasiga qo‘shildi, bu qavm bilan bir tan, bir jon bo‘lib ketdi. Sahroyidan biri Majnunga dedi:
— Ey sarfaroz, olijanob! Bu sahroda jamoasiz, yalangoch qolibsan, do‘stlik haqqi, senga kiyim-bosh beraylik, mayli desang, o‘tovimdan tez kiyim keltiray.

Majnun aytdi:
— Do‘stga har qanday kiyim loyiq emas, hech bir libos shu po‘stak kabi aziz emas. Shu qo‘y po‘stagi meni yomon ko‘zdan va quyoshning kuydirishidan asraydi. Bu po‘st (po‘stak) do‘stimning hidi — bo‘yini olgani uchun menga o‘z po‘stim (terim)day ko‘nglimga yaqin bo‘lib qoldi. Dil bu po‘stdan do‘st rozini (sirini) topadi, o‘z ichida mag‘zini asramasa, po‘stning qadri bo‘larmidi?

Ishqda odam o‘zligidan kechishi, faqat dil sifatlaridan o‘zgani mahv etib (yo‘qotib), xatolar xiraligini tark etishi kerak. Agar ishqda kuyib-yonmasang, jonbozlik ko‘rgizmasang, bu sarafroz olamga»qadam b*osmaganing yaxshi.

Oshiq Ayoz Hikoyati

Bir kambag‘al rind Ayozga oshiq bo‘lib qolgan edi. (Saroydagi) har majlis, suhbatda shu haqda gap-so‘z bo‘lar edi. Ayoz otlanib, ko‘chaga chiqishi bilan haligi haqshunos (Haqni tanigan) oshiq rind uning ortidan yugurar edi. U mushk-bo‘y (mushk hidli Ayoz) maydonga kelganida, u tarafda yuguraverar, bu ishidan sira uyalmas edi.

Bir gado Ayozga oshiq bo‘lib, uning atrofida girdikapalak bo‘lib yurganini yaqinlari sulton Mahmudga aytdilar.

Mahmud bu so‘zlarni eshitib, ertasiga o‘sha joyga bordi va oshiq gado Ayoz atrofida yugurib yurganini ko‘rdi. Bu manzara go‘yo chavgon va go‘y o‘ynayotgan do‘stlarni eslatardi. Ayoz chavgon (to‘p suruvchi tayoq) edi, oshiq rind kichkina koptok — go‘yga o‘xshab, piddirab chopar edi. Sulton Mahmud u tomonga yashiringan joyidan qarab, ko‘rdiki, uning joni (aziz do‘sti Ayoz) oshiq gadoga teskari qarab, saroy tomonga yuz burgan edi. Go‘yo chavgon to‘pdan-go‘ydan qochar, go‘y-koptok chavgon (Ayoz) atrofida sargardon yugurar edi.

Sulton Mahmud bu holni ko‘rib, kuddi va oshiq gadoga rahmi kelib, unga:
— Ey gado, podshoh bilan may ichishni, hamkosalik qilishni istaysanmi?— dedi.

Rind sultonga dedi:
— Gado ham, na’im-davlatmand ham ishqibozlikda kamtarin bo‘ladi. Kamtarinlik — gadoningdavlatidir. Agar gado shohga hamsoyalik — qo‘shnichilik qilsa, bor boyligi —

sarmoyasidan ayrilib qoladi. Oshiqhammadan, hattoxeshlari, qarindosh-urug‘laridan ham forig‘ bo‘lishni xoxlaydi. U, kasalligu sog‘likdan, ozlik va ko‘plikdan ozoda yashaydi. Aql bu yo‘lga, bu joyga kelma deydi. Lekin ishq uni bu yo‘lga etaklayveradi.

Bir Arabning Qalandarxonaga Borgani Hikoyati

Bir kishi Arabistondan Eron (Ajam)ga keldi, ajamli-larning odatlaridan taajjubda qoddi. Bir qun u ko‘cha aylanib shaharni tomosha qilardi, ro‘parasidan bir qalandarxona chiqib qoldi. Qalandarxonaga kirib qarasa, bir to‘da rindlar bir-birlarining oyog‘iga bosh qo‘yib yotar, egnilari yupun, ba’zisi yalang‘och, ammo ikki olamdan bexabar mast edilar. Hammasi qimorboz firibgar, palidlikda bir-biridan battarroq. Har birining qo‘lida quyqa may ko‘zasi, ko‘zalari-dan durda (quyqa may)ni ichish uchun talashardilar.

Arab bu to‘dani ko‘rib qiziqib qoldi, eshikni ochib ularga yaqinlashdi. Yaqinlashdi dema, balki akdu jonini balo seliga topshirdi de. Qalandarlar uni ko‘rib, avrab aqlu hushini oldilar. Hammasi bir ovozdan unga qarab: «Ey falon, ichkariga kir» dedilar. U ichkariga kirdi, uni o‘rtaga olib may quyqasi (durda) ichirdilar. Arab bir ichishda mast bo‘lib qoldi, o‘zini unutib, shijoatu mardligi ham mahv bo‘ldi. Uning ko‘p mol-mulki, oltin to‘la xaltalari bor edi. Bular-ning hammasini bir nafasda o‘marib ketdilar. So‘ngra bir rind kelib yana bir durdali may ichirdi va keyin uni qalandarxonadan chiqarib yubordi. U hech vaqosiz aftoda, yalang‘och, och va tashna holda zo‘rg‘a o‘z yurti Arabistonga yetib oldi. Uning yaqinlari dedilar:
— Buncha oshufta, parishonsan, oltinlaring — boyliging qani yoki uyqudamisan, devona bo‘lib qoldingmi? Boylikla-ringdan ayrilibsan, Ajamga borish sen uchun xosiyatsiz bo‘libdi. O‘g‘ri — qaroqchilar yo‘lingni to‘sdimi, bo‘lmasa moling qani, tushuntirib ber, toki holingni bilaylik.

Dedi:
— Yo‘dda ohista ketayotgan edim, birdan bir kalandar uchrab qoldi. Boshqa hech narsani bilmayman, oltinlarim ketdi, qashshoq, nochor bo‘lib qoldim.

Dedilar:
— O‘sha qalandarni ta’riflab ber.

Dedi:
— Ta’rifi shuki, u haqda so‘z so‘zlama» (So‘z oraga sig‘maydi).

A’robiy fano bo‘lgan edi. Hamma savollardan qutulib, ular ichra yo‘qolgan edi.

Sen yo oyog‘ingni ichkariga qo‘y yo boshingni qutqar, yo jonni qutqar yoki jon bilan qabul qil uni. Agar sen ishq sirlarini jon bilan qabul qilsang, jonni bag‘ishlab, boshni ishqdoriga berasan. Jonni bag‘ishlab, yalangoch qolganingda so‘z (savol)dan ham qutulasan, poklanasan.

Oshiq Ma’Shuqini O‘ldirishga Qasd Qilgani Hikoyati

Bir sohib kamol, olihimmat odam bor edi, u bir sohibjamolga oshiq bo‘lib qoldi. Taqdir taqozosi bilan ma’shuq og‘ir dardga chalindi, ozib-to‘zib rangi za’faronday sarg‘aydi. Ravshan qunlarda ham ko‘ngli zim-ziyo, qorong‘i edi. Dard uni qiynar, o‘limi yaqinlashib borardi. Bu haqda oshiqqa xabar yetkazdilar. Oshiq bu xabarni eshitib, qo‘lida pichoq bilan ma’shuqa qoshiga yugurib keldi va dedi:
— Nigorim o‘z ajali bilan o‘lmasin uchun men uni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirmoqchiman.

Odamlar unga dedilar:
— Jinnimisan, bunday qotillikda nima hikmat bor? Behudaga qon to‘kma, qo‘y bu ishni, uning umri oz qoddi, hademay joni uziladi. O‘likni o‘ldirishdan nima foyda, o‘likning boshini faqat ahmoq johillar kesadi.

Oshiq dedi:
— Agar yorim mening qo‘limda o‘lsa, qiyomat kuni, barchangiz go‘rdan turib, mahsharga to‘planganingizda ko‘rasiz, o‘zim o‘chirgan bu sha’mni yoqaman va do‘zax otashida yonaman. Mayli, odamlar meni so‘xta va qotil deb atayverish-sin, bu joyda ham, u joyda ham bari bir yonaman.

Jonboz oshiqlar har ikki olamda baxtga yetishol-maydilar, qo‘li qisqa bo‘ladilar. Lekin ular bu dunyoda sevganini oradan ko‘tarish bilan dili bu dunyoning barcha tashvishlaridan ozod bo‘ladi. O‘z qo‘li bilan o‘z jonini yo‘q qilgan odam oxiratda xilvatda o‘z jonini topadi. Yor bilan xilvatga yetishgan odam jumla olamning barcha sirrini ham kashf eta oladi.

Agar mardlarda talab paydo bo‘lmasa, bunday xilvatga yetisholmaydi.

Ibrohim Halilulloh Va Azroil Hikoyati

Bir vaqt Ibrohim Halilulloh (kasallanib) o‘lim to‘shagida yotib qoldi. Azroil uning jonini olishga keldi. Lekin hazrati Ibrohim osonlikcha jon bermay turib oldi va Azroilga dedi:
— Podshohimga qaytib borib, Halil jonini berishga rozi bo‘lmayapti deb ayt.

Azroil borib aytgan edi, Haq taolo dedi:
— Yana u joyga borib, Halilga aytgin: - Ey, sham’i jahon! Men barcha odamlarningjonini olaman. Barchani birma-bir tig‘dan o‘tkazaman. Haq yo‘l oshiqlari jonboz bo‘lib, o‘z jonlarini ma’shuqiga nisor qiladilar-ku. Siz nechun joningizni xojangizdan ayaysiz! - deb so‘ragin.

Azroil qaytib borib, shu so‘zlarni aytgan edi, Halilulloh yana jon berishga qo‘nmadi va bunday dedi:
— Men jonimni siz Azroilga emas, Allohning o‘ziga topshiraman. Avvalgi vaqtlarda (Namrud odamlari) meni o‘tga tashlayotganda hazrat Jabrail kelib, yordam bermoqchi bo‘ldi. Men rozi bo‘lmadim. Mening himoyachim Allohdir! - dedim. O‘shanda ham men Jabrailga qayrilib qaramadim. Hozir ham faqat Allohga jon berishga roziman. Chunki u meni yo‘qdan bor qilgan, o‘zi jon bergan. U o‘zi bergan jonni o‘zi olsin, shunda men xushnudlik bilan jon beraman. Agar ul zot jonimni olishga farmon bergan bo‘lsa, men jonimni ham, ikki jahonimni ham qo‘shqo‘llab topshiraman.


Qirqinchi Maqola

Ma’Rifat Vodiysining Bayoni

Qushlarning ko‘z o‘ngida Ma’rifat vodiysi ko‘rindiki, uning boshi ham, oxiri xam yo‘qday edi. Ma’rifat vodiysiga kelganlar unda muxtalif turli-tuman yo‘llarni topdilar. Har kimsa o‘zi topgan yo‘lni to‘g‘ri deb bilar, boshqalarning yo‘llarini tan olmas edi. Har biri o‘zi topgan yo‘l bilan faxrlanardi. Bu yo‘llar zoxirda xam, ma’noda ham bir-biridan farqlanadi. Ba’zilar ma’rifat yo‘lida tani uchun, ba’zilar joni uchun tolibdir. Tan yo‘lchisi boshqa, jon yo‘lchisi boshqadir.

Tan bilan jon nuqson va kamol kabi, taraqqiy va zavol kabi bir-biridan farqlanadi.

Ma’rifat yo‘li keng va bepoyon bo‘lib, bu yo‘lda fil ham, o‘rgumchak ham hamrohdir. Bu yo‘lda har kim qurbi yetganicha o‘z kamolini va hasbi holini topadi. Bu vodiyda parvoz qilguvchilar turli sohalarda kamolotga erishadilar. Turli taraflarga sayr qiladilar va hech bir qush hargiz boshqasiga ham ravish — o‘xshash parvoz qilmaydi.

Ma’rifat vodiysida yo‘lovchilar turli maqsadlarga yetishga intiladilar. Birov bu yo‘lda mehrobni topadi, boshqa birov butni - sanamni topadi.

Ma’rifat oftobidan dili yorishgan odamlar — haqiqat manziliga yetish uchun chandon mashaqqat, riyozatlarga bardosh beradilar. Bu dunyo gulxani bularga gulshan bo‘lib qo‘rinadi.

Ma’rifat vodiysi oxirida po‘stni, po‘choqni emas, balki mag‘izni, mohiyatni ko‘rolganlar har narsaning ichidagi yashirin zarralarni ham ravshan ko‘radi. Ammo ko‘pchilik nigohi niqob ostida ne sir-asrorlar borligini oftob kabi ravshan ko‘rolmaydi. Niqob ostidagi yuz ming sir-sinoatdan birini ko‘rish uchun yuz minglab mard insonlar gum bo‘lib, yo‘qolib ketadilar.

Bu yo‘lda komillikka erishganlar uchun dunyoning niqobi shaffoflanib, g‘avvoslar dengiz hayvonlarini ko‘rganday, olam sir-sinoatlarini ko‘radilar. Bu vodiy yo‘lida kamol topish uchun minglab odamlarning tikonlardan qoni to‘kila-di. Bu yo‘lda mabodo Arshi majid (ulug‘ Haq taolo) yor bo‘lib, madad bersa, bir soatda og‘ir mushkullarni hal etish mumkin.

Ey Haq yo‘lchisi, bu vodiyda kamol topay desang, o‘zingni ilmu irfon dengiziga g‘arqqil, va bu yo‘lda chin va yolg‘onni, yaxshi va yomonni farq qil!

Agar bu jahon mulkidagi qonli dog‘larni yuvib, tozala-moqchi bo‘lsang, to abad yashasang ham umring yetmaydi. Yaxshisi (mol-dunyoda emas) ilm-ma’rifatda sultonlikka intil. Kimki ilm-ma’rifat olamida zavqlanib mast bo‘lsa, jahondagi barcha xalqlarga sulton kabi martabasi ulug‘ bo‘ladi. Bunday odam jahon mulkida farishta — malak kabi falaklarda parvoz qiladi.

Agar bu dunyo hayoti - ro‘zg‘orining tashvishlari ko‘pligi-ni bilsang, behad, bekanor ma’rifat olami sharbatlaridan ichib, zavklanib yasha. Agar bilsang bu dunyo dardu illatlarga botib, kasallanib yotib qolgan. Sen sog‘ yashay desang, bu olam tashvishu illatlarini tashlab, yo‘lga tush, ma’rifat olamida parvoz qil.

Sulton Mahmudning Vayronada Bir Bedilni Ko‘rgani

Bir kuni Sulton Mahmud vayronalarni aylanib, bir bedil, devonani ko‘rdi. U sochlari to‘zg‘igan, g‘am-anduhga botgan, bag‘rini toshga berib yotgan edi.

Bedil devona shohni ko‘rib, dedi:
— Yuz during bo‘lsa ham, bu yerdan uzoq bo‘l. Sen podshoh emas, dunhimmat, pastkash, Allohning berganiga qanoatsiz, kufroni ne’mat odamsan, yaxshisi yo‘lingdan qolma.

Sulton Mahmud devonaga dedi:
— Meni kofir dema, avval ikki og‘iz suhbatlash, keyin kofir desang mayli.

Devona aytdi:
— Hali ham tushunmadingmi, ey bexabar. Agar bilsang barchamiz tuproqdanmiz, oxiri yana tuproqqa aylanamiz. Ushanda sen bilan men yaqin bo‘lishimiz mumkin.


Qirq Birinchi Maqola

Istig‘no Vodiysi

Shundan so‘ng Istig‘no vodiysi keladi. Bu vodiy sifati beniyozlik, hech kimga muhtojligi, ehtiyoji yo‘qlikdir.

Beniyozlik, Istig‘no shamoli essa, inson ko‘nglida bir zumda mulku mamlakat ham yelga sovriladi. Bu joyda yetgi daryo qurisa, bir tomchi yomg‘ir kam bo‘lib qolmaydi. Yetti yulduz uchib yo‘qolsa, bir uchqun sochilganday. Istig‘no vodiysida sakkiz jannat xarobotday. U yerda yetti do‘zax muzlab qolganday ko‘rinadi. Bu joyda chumoli fildan kuchli. Butun bir karvon odamlarining yo‘q bo‘lishi bir qarg‘aning uchib, qo‘nishiday. Bu vodiyda kechasi bir odamningchirog‘i yonishi uchun yuz mingyashil libosli odamlar kuyib, yonadi. Bu yerda hazrat Nuh umrining bir soatida yuz ming qorako‘zning umri tamom bo‘ladi. To Barahim (Ibrohim) karavotiga uxlashga yotgunicha, yuz minglashkar charchab, yiqiladi. To kalimullo soxibdiyda (Muso a.s.) Tur tog‘iga qaraguncha, yuz ming chaqaloqbeshikdan tushib yurib ketadi. Toki Iso — Masih mahrami asror bo‘lgunicha, yuz ming xalq bo‘yniga zunnor bog‘laydi. To Muhammad Mustafo bir kecha me’rojga ko‘tarilguncha yuz ming jon va dil vayron — toroj bo‘ladi.

Bu dunyoda bir daryoga ming jon cho‘kib ketsa, Istig‘no vodiysida bepoyon dengizda bir tomchi yo‘qolganday bo‘ladi. Yuz ming odam uxlash uchun yostiqqa bosh qo‘ysa, oftobdan bir zarra nur yo soya tushganday bo‘ladi. Agar falaklar va yul-duzlar (aflok va anjum) to‘kilib tushsa, Istig‘no vodiysida daraxtdan bir bargto‘kilganday ko‘rinadi. Agar tun osmonida oy har oyda yo‘qolsa, bu vodiyda cho‘loq chumoli choh qa’riga yiqilganday bo‘ladi. Ikki olam birday yo‘q bo‘lsa, zamon qumlaridan bir zarra yo‘qolganday. Dunyoda devlar va odamlardan asar ham qolmasa, Istig‘no vodiysida bir qatra yomg‘ir tomchisi yo‘qolganday. Barcha odamlar o‘lib, tanlari tuproqqa aylansa, bu vodiyda hayvonning bir mo‘yi to‘kilganday. Bor olamdagi juz’ va kull (yakka va umumiy) taboh, vayron bo‘lsa, Istig‘no vodiysida bir qushning pari uzilib tushganday. Bir yo‘lda borayotganlarning ko‘pchyligi yo‘qolsa, yetti daryodan bir tomchi suv yo‘qolganday ko‘rinadi.

Chohga Qulab O‘lgan Yigit Hikoyasi

Xurosonda bir barno yigit bor edi, husnda go‘yo to‘lin oy edi. Yusufday xushchiroy bu yigit qazoi taqdirdan bo‘lib, chohga yiqilib o‘ldi (Yusufni Allohi haq taoloning farishtalari asragan edi, lekin xurosonlik bu chiroyli, nodir yigitni asrashni hech kim so‘ramagan edi). Yigit chohga yiqilganida, uning ustiga tuproq to‘kildi, oqibat bu inson tuproq bilan baravar bo‘ldi. Uning holi va ro‘zgori o‘zgardi, ishi mushkullanib, qoni yelga sovrildi.

Bu xushsiyrat, sohibjamol yigitning ismi Muhammad bo‘lib, unga ikki dunyo bir qadam bo‘dtsi (Shunday aziz nomi ham uni ajaldan qutkarolmadi).

Otasi bu ahvolni ko‘rib dod soldi:
— Ey, farzandim, ko‘zimning nuri, jonu jahonim, ey Muhammad, bir lahzagina lutf aylab, bir og‘iz so‘zingni aytib ket! So‘zla, Muhammad, so‘zla, farzandim.

Ammo hech bir inson bu xitobga javob bermadi. Shunday deb, ota ham jon berdi.

Dunyoning bunday ishlaridan kuyib-yonmagin, ey sohibnazar solih. To Muhammad so‘zladi, odam ham kuyib-yondi. Bu so‘zlarni (oyatlarni) Odam ato ham, uning zurriyodi — avlodlari ham so‘zladilar. Haqtaolo nomini juz’iyot (barcha) ham so‘zladi. So‘zladi devu pari, inson, malak. So‘zladi tog‘, zamin, daryo, falak. Yuz minglab insonlar tani xok-tuproq bo‘lishini bilib, so‘zladilar. Bu so‘zlarni (oyatlarni) aytgan yuz minglab insonlarning joni poklandi.

Yusuf Hamadoniy Va Uning So‘zlari

Yusuf Hamadoniy tariqat yo‘lidagi chashma, yo‘lchilarning ko‘rar ko‘zi edi. Pok siyna, dili (budunyo xavfu xatarlaridan) ogoh edi. U aytar ediki, dilni yuvish, poklash arshi a’loning buyurgan ishlaridandir. Bu olamda nelar mavjud bo‘lsa, yana kelgusida bo‘ladigan barcha narsalar, abadiy hayotdan bir zarra, hayot daryosidan bir qatradir. Kelgusi abadiy hayotda bu dunyodagi farzandlar ham, boylik, omad ham foyda bermaydi. Ey, salim (sog‘-salomat, yetuk, oqil inson) bu vodiyda yo‘l yurish oson emas, ey, la’im (pastkash odam), jaholating (bilmasliging) sababli bu yudiyda yurishni oson deb o‘ylaysan. Agar bu yudiyda yuzta rayun yo‘l bo‘lsa ham, diling qon bo‘lsa, bu yudiyda bir manzil sari biroz yurishga ham qiynalasan.

Bu jahonda har qanday yo‘lni bosib o‘tish uchun birinchi qadamni (ya’ni, qaysi yo‘lga kirayotganingni) o‘ylab bosish kerak. (Nazar bar qadam). Hech bir solik o‘z yo‘lining oxirini ko‘rolmaydi, oxiriga yetishga darmoni, kuch-quvvati yetmaydi.

Mabodo bu yo‘lda bir it kabi doimo yugursang ham abadiyat qo‘ng‘irog‘ining bongini eshitmaysan. Bu yo‘dda yuzing (qora bo‘lsa) yuvolmaysan, na tinchib turolasan. Bu yo‘lda mardliging ham, zoting — nasl-nasabing ham ish bermaydi. U yerda ishlaring mushkullashadi.

Lekin yurishda davom etaver, chunki to‘xtab turishdan foyda yo‘q. Bunda ko‘p so‘zlama, ko‘p o‘yla va xomush bo‘l. Xomushlik — mardlikdir. Bu yerda inkorni va xiyonatni tark et. So‘zlashni tark etib, ishlashni o‘rgan. Ozmi, ko‘pmi, doimo ish qil. To farmoning - quvvating bor ekan, umring poyoniga yetmay turib, ishning poyoniga yet. Agar ishlashga darmoning yetmay qolsa, bekorchi (hech kimga keraksiz) bo‘lib qolasan.

Ko‘nglingga yoqmagan (bo‘lmag‘ur, noxush) ishlarni tark et. Ishingni qilsangham, qilmasangham o‘zingdurust (yaxshi) bo‘l. Senga tanish va notanish ishlar bor. Tanish, ya’ni yaxshi bilgan ishda odam quchli bo‘ladi.

Beniyoz, qanoatli odamni qo‘r, u xoh mutrib (quvontiruvchi sozanda), xohnavhagar (yig‘lab, yig‘laguvchi) bo‘lsin, birovlarga yalinmaydi, aksincha, boshkalarning unga ishi tushadi.

Istig‘no barqi (chaqmog‘i) u vodiyni yoritadi, bu chaqmoq taftidan yuz jahon ahlining holi yengillashadi. Bu yerda yuz jahonning tashvishi tuproqqa sovriladi. Bu vodiyda jahonning o‘zi yo‘qolsa ham ahamiyatsizdir.

Hakim Ali Al-Itloq Munajjimga Yulduzlar Olami Ravshan Ko‘ringani

Dil ko‘zi o‘tkir, nazarkarda bir hakim, munajjim bor edi. U o‘z oldiga sopol taxta-lavhani qo‘yib, unga naqshu nigor: sobitu sayyoralarga to‘la osmonni va zaminni chizib qo‘ygan edi. Bu hakimga taxta naqshlarida yulduzlar va burjlar, ularning harakati va tabiati, botishi va balqib ko‘tarilishi - uruji ravshan ko‘rinur edi. Unga bu yulduzlarning avvalgi o‘rinlari, saodat keltiruvchi vaqtlari, odamlarning vafoti va tug‘ilishiga ta’siri bilinar edi. Hakim sitoralarning qachon naxs keltirishi va qachon baxt-saodatga yetkazishini hisoblab bilar edi.

Ba’zan hakim qor-yomg‘irda bu naqshu nigorlar o‘chib ketmasin deb, uyiga olib kirib qo‘yardi. Suvratda bu olamning naqshlari o‘zaro alohida edilar. Hakimning ilmi sababli unga shu lavhada samoviy mavjudotlar ko‘rinardi. Agar ilmsiz kishi qarasa, bu oddiy sopol taxta edi.

Ey solik, senga shunday yashirin xazinalar ochilishi uchun ilm yor bo‘lsin, agar senga ilm yor bo‘lmasa, sitoralar o‘rniga uying burchagida yotgan gard-changni ko‘rasan.

Agar ilm senga yor bo‘lsa, barcha insonlar, erkak va ayollar, ikki olamda noLgu nishoni bo‘lmagan mavjudotlar sening qoshingga keladi.

Agar bu vodiy yo‘lida senga sabr-toqat yor bo‘lmasa, hamma tog‘larni kezsang ham ilm qasrini topolmaysan.

Ahli Roz Piri Va Hotif Hikoyati

Ahli roz — sir ahlidan bo‘lgan bir azizga bir lsishi olami asror - sirlar olamidan gapirib ber, dedi. Pirga xotifdan bunday ovoz keldi:
— Ko‘ngillar zangini tozalovchi ey pir, sen ne tilasang, ijobat bo‘ladi, nimani so‘rasang olasan! Xohlasang payg‘ambarlikni beray!

Pir aytdi:
— Umrim bino bo‘lib ko‘rdimki, anbiyo-payg‘ambarlar kabi ulug‘ zotlarning boshiga doimo balo, tashvishlar yog‘iladi. Ular qaerda bo‘lsalar birinchi bo‘lib, ranju baloga uchraydilar. Nabiylarning nasibasi qayg‘u, kulfat ekan, mard g‘ariblar qachon umrlarida rohat ko‘rar ekan, bilmadim.

Men bo‘lsam izzat-hurmat ko‘rishni ham, xorlik ko‘rishni ham istamayman. Faqat ojizligimdan qutulsam edi. Mextar (payg‘ambarlar, azizlar) nasibasi dardu ranj ekan, ularga tole yulduzi ganj-xazina o‘rniga ranj, qayg‘u yetkazar ekan. Nabiylar ishi serg‘avg‘o, mening bu ranju balolarga tobu toqatim yetmaydi.

So‘ngra pir olam asroridan aytib ber, deb so‘ragan odamga dedi:
— Men jon kuydirib gapirganim bilan sen o‘zing uchun (oxiratda najot topishing uchun) foydali bo‘lgan ishlarni qilmasang, mening so‘zlaganimdan foyda yo‘q. Lekin olam sirlaridan xabar topmasang, xavfu xatar dengiziga yiqil-sang, qahr-g‘azab nahangidan ogohbo‘lmasang, qaysi suluk yo‘liga kirishni ham bilmaysan. Bu sirlardan ogoh bo‘lishingga sendagi kibr va g‘urur-pindor monelik qiladi, bu ahvodda xavf-xatar dengizidan qaysi soxilta chiqib olish yo‘lini ham bilmaysan.

Oyog‘i Asalga Botib Qolgan Pashsha Hikoyati

Daryo tarafdan kelgan pashsha bir chekkada asal to‘la kosani ko‘rib qoddi. U zavqlanib, jon-dili bilan asalga o‘zini urdi. Bunday lazzatli taomni shoh ham, gado ham yemagan deb, pashsha asalni yeyaverdi. Pashsha asalni o‘rtasidan yegan edi, to‘yib qolib, chetga chiqmoqchi edi, oyog‘i og‘irlashdi. Chiqishga harakat qilgan sari battar ahvoli og‘irlashar edi.

Biz ham ba’zan ochko‘zlik kilib, chuqurga, chohga tushib qolamiz. Baqirib-chaqirsak, bizni egamning qahri o‘ldiradi. Agar haddimizni bilmasak, bizni asalning zahri o‘ddiradi.

Agar birovga bir jav - arpa bersak, ikkita qilib qaytarishni istaymiz. Shirin bo‘y - hidni mol, dunyo ichidan emas, mol-dunyoning tashqarisidan izlaylik. Bu vodiyda inson bir nafas ham g‘amdan forig‘ bo‘lmaydi. Bu vodiyda mard o‘zidan o‘zgaga suyanmaydi. Ey, dunyo moliga oshufta, mahliyo bo‘lgan odam, bular orasida sening qo‘l-oyog‘ing asalga botganday, holing og‘irlashadi. Bas, bu yozada - cho‘lda og‘ir yuklaringni kamaytir. Jonu dilingni mol-dunyo zangi — tashvishlaridan ozod qil. Agar mol-dunyoga sajda qilsang mushrik bo‘lasan, mushriklarday eng g‘ofil bandalardan bo‘lasan. Faqr yo‘liga joningni soch va dilingni bag‘ishla. Ana shunda Istig‘no vodiysiga yetib, har qanday muhtoj-likdan qutulasan.

Itboqar Qizga Ishqi Tushgan Shayx Hikoyati

Xirqa kiygan va nomdor bir shayx it boquvchi sohibjamol qizni ko‘rib, oshiqu beqaror bo‘ldi. Shu dilbar ishqida holi zabunlashdi. Dili daryo mavjiday qonga to‘ldi. Shayx u go‘zalning jamolini ko‘rish umidida kechasi yor ko‘chasidagi itlar orasiga qo‘shildi.

Kizning onasi bu sirdan ogoh bo‘ldi. Shayxni o‘z huzuriga chaqirib, dedi:
— Ey shayx, diling gumroh bo‘ldi. Agar bo-shingda shu havas bo‘lsa, menga itboqar bo‘lib xizmat qilasan. Bir yildan so‘ng seni mehmon qilib, qizimni nikohlab beraman.

Shayxning u qizga ishqi sira pasaymadi, xirqasini tashlab, itboqarlik choponini kiydi va bu ishga bel bog‘ladi. Itlarni boqib, bozorga olib bordi. Bu ishda va qiz ishqida necha yillar o‘tganini bilmay qoldi.

Shayx bilan hamnafas bir so‘fiy do‘sti bor edi. O‘sha so‘fiy shayxga ta’na-dashnom berib, dedi:
— Sen uch yil itboqarlik qilding, mardlarning mardi bo‘dding. Endi bu ishni bas qilsang bo‘lardi.

Shayx dedi:
— Ey g‘ofil, qissadarozlik qilma (ko‘p gapirma), bu qissa pardasi ortida ne sir-asror borligini faqat Haq taolo biladi. Bu ishlarning hammasi sening ham boshingga tushib qolishi mumkin, shunda ta’nalaring o‘zingga qaytadi. Itlar mening qo‘limdan sening qo‘lingga o‘tadi. Bu ishq haqida dilimdagi dardlarni aytsam, gap qo‘payatsi. Dilim qonga to‘lganini aytsam yetarli. Behuda gaplardan ko‘ra, sirlar daryosidan bir marta ichsangiz, mening dardlarimdan ogohbo‘lasiz...

Hikoyat

Shayxning muridi bu hikoyani eshitib, dedi:
— Shayxning so‘zlarida nozik ma’nolar (nuqtalar) bor, bu haqqa uzoq gapirish mumkin. Agar sizlar bu zamonda yuzingizni yuvsangiz (pokiza bo‘lsangiz), shu orada men bir kecha nozik ma’nolarni aytaman.

Munojot

Ey, Allohyi zul-jalol, bizga yaxshi ne’matlaringdan ato qil, karaming dengizi - kaloming buloqlaridan ichir, ilm-ma’rifat sharobidan bizni sarxush qil, qulog‘imizga haqiqat sadolarini eshittir. Duolarimiz ham Sendan, ularning ijobati ham Sendan. Iymonimiz kuch-qudrati, mahobati ham Sendan. Ey, parvardigorimiz, kengliklar sultoni, xato gaplar aytgan bo‘lsak, o‘zing to‘g‘rila. Orzu, havaslarni do‘st tutganimiz uchun Sening yo‘lingdan adashsak, bizni to‘g‘ri yo‘lga sol, xom, chala fikrlarimizni pishiq, puxta qil. Bizni Burhoni Muhaqqiq (Qur’on) nuridan bahramand et. Nozik, teran ma’nolarga boy kaloming bilan istasang, najosatni mushk, atrga aylantirasan, istasang, mastlarni hushyor qilib, nozik ma’nolarni tushunguvchi qilasan.


Qirq Ikkinchi Maqola

Beshinchi Manzil - Tavhid Vodiysi Bayonida

Shundan so‘ng Tavhid vodiysi keladi, bu tajrid (rivojla-nish) va tafarrud (yolg‘izlanish) manzilidir. Bu cho‘l-biyobonda barcha sirlar bir yoqadan bosh chiqarib, yuzlarini ravshan ko‘rsatadi.

Hayotda ko‘p narsalarni ko‘rsang ham, oz narsani ko‘rsang ham Tavhid yo‘lida barchasi bir narsa ekanini ko‘rasan. Yaratguvchi bir bo‘lgach, olamlar ham bir, ularning ichidagi narsalar ham hamisha birdir. Olamda bir narsa bo‘lmay, ko‘p narsalar bo‘lsa ham senga faqat bir narsa nasib etadi (bu — yo‘qliqdir). Agar azal va abad o‘rtasida har qancha yo‘l yursang (har qancha yashasang) ham hadni — chegarani va adadni bilmaysan. Azal ham, abad ham jovidon, mangu bor, ular orasidagi narsalardan qachonlardir hech narsa qolmaydi. Hech narsa emas deganimiz hamma narsalardir va hamma narsalar deganimiz hech narsa emasdir. Azaliy mavjud zotdan boshqa hamma narsalar hech narsa emasdir.

Luqmon Saraxsiy Hikoyati

Luqmon Saraxsiy dedi:
— Ey Iloh, men qarigan, sarson va yo‘lini yo‘qotgan odamman. Taomilga ko‘ra, qarigan qulni xursand qiladilar. Ya’ni uning qo‘liga ozodlik xatini berib, qo‘yib yuboradilar. Ey Podshohim, sening qulligingda sochim qorday oqardi, bandalikda qachongacha g‘am chekaman, meni xursand et, qarib qoddim, ozodlik xatimni berib, erkinlik bag‘ishla.

Hotifdan ovoz keldiki:
— Ey haram xoslarining xosi, kimki qullikdan qutulmoqchi bo‘lsa, uning aqli va yumush — vazifalari yo‘qolishi kerak. Bu ikkisini tark etib, so‘ngra yo‘qla, qadam qo‘y.

Luqmon Saraxsiy dedi:
— AIlohim, men mudom Seni istayman, aql va yumushlarim, orzularim butqul yo‘qolsin, vassalom». So‘ngra u aql va orzu-istaklardan butkul qutuldi -junun ichra raqsga tushar, o‘zini bilmasdi. Shunda u der edi: «Bilmadim, endi men kimman, endi qul emasman, lekin nimaman? Menda qullik yo‘qoldi, lekin ozodlik ham qolmadi, didda bir zarra bo‘lsa ham gam yoki shodlik qolmadi. Sifatsiz bo‘ddim, lekin sifatsiz emasman, orif bo‘ldim, ammo ma’rifatim yo‘q. Men — Senmi yoki Sen — Menmi — bilmadim. Senda mahv bo‘ldim (erib yo‘qoldim) va mening «menligim» yo‘qoldi.

Bir Ma’Shuqning Suvga Tushib Ketgani Hikoyati

Bir ma’shuq to‘satdan daryoga tushib ketdi, oshig‘i uni qutqarish uchun darhol o‘zyni suvga otdi. Ular ikkalasi bir-biriga yetishgach, ma’shuq oshiqdan so‘radi: «Ey bexabar, men bu oqar daryoga tushib ketdim, sen nega o‘zingni suvga otding?» Oshiqdedi: «Men o‘zimni sendan ayri bilmaganim uchun seni daryoda ko‘rib, o‘zimni tashladim. Ko‘p yillar o‘tdikim sen mensan va men senman — ikkalamiz bir kishimiz. Sen mensan yoki men sendurman - qachongacha ikkilik fikridasan. Ikkimiz bir odammiz. Agar mudom sen men bo‘lsang va men sen bo‘lsam, ikki tan bir tan bo‘lamiz, vassalom. Toki ikkilik bor ekan, sheriklik (shirk) nishonasi bor bo‘ladi. Ikkilik yo‘qolib, birlik vujudga kelsa - tavhid paydo bo‘ladi. Sen unda yo‘qolib ket — tavhid shudir.

Sulton Mahmud Va Ayoz Lashkar Nazardan O‘tkazilayotgan Kunda

Dedilarkim, saodatli xursandchilik bir kunda sulton Mahmud o‘z lashkarlarini safga tortib nazardan o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Keng dalada adadsiz fil va otliqlar, piyoda sipohilar saflandi, shoh otga minib lashkarni ko‘zdan kechirdi. Ayoz bilan Hasan unga hamroh edilar. Go‘yo olam jang fillari va nayza ko‘targan sipohlarga to‘lganday edi. Dunyo bunday haybatli lashkarni ko‘rmagan edi. Mahmud xursand bo‘lib, Ayozga qarab dedi:
— Ey o‘g‘il, qo‘rdingmi, bularning hammasi meniki, ammo bularning hammasi seniki, sen esa mening sultonimsan». Ammo Ayoz bu so‘zga e’tibor qilmadi, qanday bo‘lsa, shunday holatda turaverdi. Shohga o‘z paytida tashakkur demadi, go‘yo sultonning so‘zlari unga taalluqli emasday edi.

Shunda Hasanning jahli chiqib, Ayozga qarab dedi:
— Ey G‘ulom, shohsenga bu qadar ehtirom ko‘rsatmoqda. Sen esa hech narsa eshitmaganday jim turibsan, bu hurmatsizlik axir. Sen yerga egilib ta’zim qilishing va minnatdorchilik bildirishing kerak. Sen hurmatni bilmayapsan, shoh oldida o‘zingni munosib tutmayapsan.

Alqissa, Ayoz Hasanning bu so‘zlarini eshitgach, dedi:
— Bunga ikki sabab bor. Birinchisi shuki, yo‘l-yo‘riqni bilmasdan podshoh oldida ta’zim va xizmat qilgan kishi yoki xor bo‘lib, uning oldida tuproqqa bosh qo‘yishi kerak yoki uning oldida zor-zor iltijo qilib so‘z aytishi lozim. Shohdan qo‘p bo‘lish yoxud unga teng bo‘lish — johillikdir. Men kim bo‘libmanki, bu dargohga bosh ursam, o‘zimni unga teng deb bilsam? Men uning bandasiman, meni bandam deb siylagan bo‘lsa, bu uning himmati. Men kimmanki, farmon berayin, farmon — uning farmonidir. G‘olib shoh har kungiday, bugun ham o‘z bandasi Ayozga marhamat qiddi. Ikki olam uning nomiga xutba-duo o‘qisalar ham, bilmadim, unga arzirli mukofot bo‘larmikin? Men bu namoyishu ko‘rgazma maydonida qaerda ham qo‘rinardim, men hech kimman, nega paydo bo‘layin? Unga xizmat qilish, oldiga kelishga menda jur’at qani, kim bo‘libmanki, u bilan barobar tursam?

Hasan Ayozdan bu so‘zlarni eshitgach dedi:
— Ofarin senga, ey haqgo‘y Ayoz! Insof bilan aytganda bu zamonda shohning har qanday in’omiga loyiqsan.

Keyin Hasan dediki:
— Ikkinchi sababni ham gapir.

Ayoz dedi:
— Bunisini sening oldingda aytish nojoiz. Agar podsho bilan men birga bo‘lsak, bu so‘zni aytarman, chunki bu ikki mahramga taalluqlidir. Sen bunga mahram emassan, senga qanday qilib aytaman, axir sen sulton emassan-ku.

Shundan keyin shoh Hasanni lashkar tomon jo‘natdi. Shoh va Ayoz ikkalasidan boshqa kishi yo‘q edi, xilvat hosil bo‘ldiki, unda «biz» va «men» qolmagandi (begona yo‘q edi). Hasan bu orada begona soch tolasiday edi, lekin bu soch tolasi olib tashlandi. Mahmud dedi:
— Ikkalamiz xilvatdamiz, sirringni ayt, o‘shal aytmoqchi bo‘lgan xos so‘zingni menga ayt.

Ayoz dedi:
— Shoh lutf kamoli-la har kachon men miskinga karar ekan, bu qarashning porlashi nurida vujudim bus-butun yo‘qolib, erib ketadi. Shohning oftobi shu’lasi ziyosidan shu dam poklanib nurga aylanaman. Menda vujud degan narsa, nom qolmaydi, shu ahvolda qanday qilib sajda qilayin? Agar sen o‘sha damda oldingda meni qo‘rib tursang-da, biroq u men emas, balki sensan. Sen bir emas, agar yuz lutf ko‘rsatsang ham, buni sen go‘yo o‘zingga qilasan, chunki men — men emasman, senman. Oftob shu’lasida yo‘qolgan soya qachon va qanday qilib xizmat qilishi mumkin? Sening bu Ayozing sening, qo‘yingda bir soyaday gap, u Sening yuzing oftobida yo‘qolpi Banda o‘zligi va o‘zidan foniy bo‘lgach, demak, undan nishon qolmaydi, sen uni nima qilsang qil, chunki u endi yo‘qdir.


Qirq Uchinchi Maqola

Oltinchi - Hayrat Vodiysi Bayonida

Shundan keyin oldinda Hayrat vodiysi boshlanadi. Bunda dard va hasrat seni chulg‘ab oladi. Bu yerda har nafas bir tig‘day sanchiladi, har damda yuz pushaymonlik yuz beradi. Oh, dard, o‘rtanish bor bunda, kecha va kunduz borday, ammo na kecha bor, na kunduz. Har kimning sochlari tubidan hech bir tiyig‘siz qon sizib chiqib, yerga tomadi. Bunda solik g‘amu anduh olovi ichida qoladi, dard ichra tahayyurda o‘rtanadi. Solik qanday qilib manzilga yegishni o‘ylab hayronu parishon buladi, tahayyur ichra yo‘lini yo‘qotadi. Hayrat yo‘lida mahvu mot bo‘lib, o‘zini yo‘qotadi, o‘zining borligini ham, koinot-ni - dunyoni ham unutadi. Kimnikim joniga tavhid^aqam ursa, butun borliq mahv bo‘lib, o‘zi ham yo‘qoladi. Agar unga: «Bormisan yo yo‘qmisan, olamda mashhurmisan yo tubandamisan — kimsan, o‘rtalikdamisan yoki barchadan tashqaridamisan, dengizdami, sohildamisan, ayonmisan yoki berkinganmisan, har ikkisi bo‘lsang, yo sen u emassan, yo u sen emas-ku?» deb so‘rasalar, u bunday javob beradi:
— Aslida men hech narsani sezmayman (bilmasman), buni ham, uni ham bilmayman. Oshiqman, ammo kimga oshiqligim bilmayman, musulmon ham, kofir ham emasman, bas kimman? Ammo ishqimdan ogoh emasman, ko‘nglim ishq bilan to‘lgan, ayni vaqtda u bo‘m-bo‘sh ham.

Bir G‘ulomning Shoh Qiziga Oshiq Bo‘lgani

Bir Husrav (shahanshoh) bo‘lib, ofoq (ufqlar), ko‘p mamlakatlar uning farmoni ostida edi. Uning qasri-ayvonida bir moh — qizi bulib, husn-jamolda parilarning rashkini keltirardi. U qiz dilbarlikda bahorni va sarv hamda gulni eslatardi. Uning dardida yuz dil majruh, nozik badanidagi har bir mo‘y ruhga o‘q bo‘lib sanchilardi. Uni ko‘rganlar jannat - firdavsga kirgandek bo‘lardi, ajmo qoshlarining qavsi-kamonidan tir boron-o‘qlar yog‘dirib, siynalarga dog‘ solardi. Qoshlari husniga sanoxon edi. Nargisday xumor ko‘zlari mijgonlari o‘qiga uchragan hushyorlar ham mast bo‘lib yiqilardi.

Bu oy yuzli uzrovash, xurshid chehra go‘zallikda sipehr-falak mohiday edi. Dur va yoqut lablari jonga qut-mador, bundan ruhul-quddus farishtalar ham mabhut-hayratda edilar. Xanda qilib jilmayganida lablarining obi hayoti tashna mardlar jonining zakoti edi. Yanog‘idagi kulgichining chuqurini ko‘rgan odam sarnigun bo‘lib, chohga qular edi. Bu mohchehraning tuzog‘iga sayd bo‘lib ilingan odam bearqon bog‘lanib, chohga tushar edi.

Shahanshoh xizmatida ham bir oy yuzli g‘ulom (navkar, soqchi) bo‘lib, uning jamolini ko‘rganlar quyosh va oyning zavolini ko‘rganday, olamni g‘avg‘oga to‘ldirar edilar. Bu xurshid yuzli (navkar) davrasida ko‘cha-ko‘yga chiqqanida odamlar nazarida quyosh ham xira tortganday bo‘lardi.

Bir kuni taqdirdan bo‘lib, shoh qizi ana shu oy yuzli g‘ulomni qo‘rib qoldi va qo‘nglida bir oh tortdi. Dili beqaror bo‘lib, qonga to‘ldi, boshidan aqlu hushi uchdi. Ul yigitning ishqida qizning aql-hushi ketib, ishq zo‘rligidan shirin jonida achchiqlik va sho‘rlik paydo bo‘ldi.

Qiz andisha, ibo bilan o‘zini qo‘lga olishga shuncha urinsa ham ishq va firoq otashida joni kuyib - yonaverdi.

Ado qilmish qizni bu ishq va firoq, Jon bo‘ldi asiri dardu, dil pur - ishtiyoq.

Shoh qizining ikki go‘zal kanizagi bo‘lib, ikkalasi sozanda va xonanda — mutriba edi, ashula aytsalar, xush ovozlari oliy martabada edi. Saroy bulbullari bo‘lgan barcha sozandalar bu ikki mutribaning Dovudiy lahni go‘zal ovoziga jonfizoy edilar.

Jonu tanida qarori qolmagan oy yuzli qiz nomu nang (uyat, andisha)ni yig‘ishtirib, mana shu kanizaklariga mushkul hol-ahvolini bayon qildi. Jonon gar ishqini yaqinlariga oshkor qilmasa, joni tanini tark etish ehtimoli bor edi. Oy yuzli dedi:
— Agar g‘ulom yigitga ishqimni aytmasam, adoi tamom bo‘laman. Dabdaba, hashamatimda ziyon ko‘rsam ham, o‘shal g‘ulom yigitga yetishmasam holim og‘irlashadi. Agar holimni siz yaqinlarimga aytmasam, dilim qarori yo‘qolib, halokatga uchrayman. Sabr haqida yuzlab kitoblar o‘qiganim bekor bo‘lib, endi besabru beqaror bo‘ldim. Shunday bir chora-tadbir topinglarki, u yigitni yashirin qoshimga keltiring-lar, toki men u sho‘x sarvning vaslidan bahra olay. Lekin yigit bu yerga qanday kelganini o‘zi bilmasin. Agar shu maqsudim hosil bo‘lsa, jonimning kori bitar, dilim ti-lagi — komiga yetar edi.

Xush ovozli kanizaklar shoh qizining bu so‘zlarini eshitdilar va:
— Ey, bekamiz, dilingni xush qil, biz bu ishni uddalaymiz, bu kecha u yigitni qoshingga keltiramiz, dedilar va bir ajoyib ish qildilar. Kechasi go‘zal kanizaklardan biri g‘ulom yigitning hujrasiga borib, unga sharob jomini tutib, soz chalib, ashula aytib, ko‘nglini oldi. Yana va yana may tutib, yigitni payvasta mehmon qiddi. G‘ulom yigit mast bo‘lib, aql-hushini yo‘qotganida, boshqa kanizaklar keldilar va siymbar, ikki olamdan bexabar g‘ulom yigitni ko‘tarib, yashirin yo‘llar bilan shoh qizining

huzuriga yetkazdilar.

Yarim kechada yarim mast yigit biroz o‘ziga kelib, ko‘zini ochganida o‘zini jannatmonand qasr bog‘idagi bir chodir mehmonxonada, zarrin taxt ustida, shoh qizi — oy yuzli yori bilan yonma-yon o‘girganini ko‘rdi.

Mushk-anbar hidi o‘n sha’mli chodirni yoritar, ud novda-lari yonib, atrofga xushbo‘ylik taratar edi. Yigit bu yerda samoviy sanamlarni ko‘rib, jonu tani aqlu joni bilan vidolashdi. Uning nazarida barcha eshiklar o‘rtasida shoh qizi sham’ nuriga chulg‘anib, xurshid turardi. Bu o‘rtada hamma shod va murodiga yetgan g‘ulom yigit qiz chehrasiga boqib, hushini yo‘qotgan edi. Qalbi ishq bilan limmo-lim, tili lol edi. Bu yerda jon ham, aql ham bu olamda ekanligini tushunmay, hayronlikda qolgandi. Ko‘z oldida dildor ruxsori, qulog‘ida musiqori - sozandaning xush ohanglari. Dimog‘ida mushk-anbarning xushbo‘yi, og‘zida dildor labining otashi o‘yi edi. Shu holatda shoh qizi g‘ulom yigitga may to‘la qadahni paydar-pay uzatar, yigit uni ichib, gazagi uchun qizning shirin labidan bo‘sa olar edi.

Yigit ko‘zlari gul yuzda, qiz esa seviklisiga yetishganidan sevinib yig‘lar, bularning ahvolini ko‘rganlar hayron edilar. Qiz goh uyalib yerga qarar, goh yigitga nigoh tashlab yig‘lar edi. Ko‘z yoshlari sel bo‘lib okar edi. Goh shakar labidan bo‘sa berar, goh bu bo‘sadan jigariga tuz sepilar edi.

Goh sarkash, o‘jar zulfi kabi holi parishon, goh ishq dardi uni sehr-jodu qilib, hushidan ayirgan edi. G‘ulom, navkar yigit may ta’siridan va qizning dilnavozligi, mehribonligidan mast bo‘lib, gohhushini yo‘qotar, shohyana hushiga kelar edi.

Visol va may ta’sirida yigit mastu behush bo‘lib, o‘tir-ganicha, Mashriqdan subh kelganini, tong otganini ham bilmay qoldi. Tong otib, shabboda (gullar atrini sochganida, yigit qaerda o‘tirganini ham unutib uxlab qoldi).

Kanizaklar baxtiyor yigitni hech kimga bildirmay yana o‘z joyiga, hujrasiga olib borib qo‘ydilar. Bir muncha vaqt o‘tgach, yigit o‘ziga kelib, kechasi ko‘rganlarini eslab, ne voqea bo‘lganini tushunmay, hayron bo‘lib qoldi. Kechasi ko‘rganlari rostdan bo‘lganmi yo tushida ko‘rdimi, bilolmay, jigari xunga to‘lib, so‘ng boshiga yetdi. Yigit toqatsizlanib, o‘zini qo‘yarga joy topolmay, tanidagi libosini yirtib, tepa sochi tikka bo‘lib, alamidan boshiga tuproq socha boshladi. Tiroz sham’i (turkistonlik) bu yigit qissasini so‘raganlar-ga aytar ediki, bu qissani yana aytishga kuchim yetmaydi.

Men visol quvonchidan so‘ng hijron, firoq dardiga chiday olmay, mastu xarob bo‘lganimni ko‘rdim. Hech kimsa hatto tushida ham bunday ayanchli ahvolga tushmasa edi. Men boshimdan o‘tgan bu voqeani o‘ngimda ko‘rdimmi, tushimda ko‘rdimmi, bilolmay hayronman. O‘sha ko‘rganlarim men uchun g‘aroyib sir bo‘lib qoldi, bu sirni hech kimga aytolmayman. Faqat shuni menga aytadilarki, o‘shanday bir oy yuzli bor va o‘shanday bir bog‘ bor, deb eshitganmiz, lekin o‘zimiz ko‘rmaganmiz.

Yigit aytar ediki, u voqeaning hammasini o‘zim ko‘r-dimmi, boshqa birov ko‘rdimi, bunday voqeani mastlikda ko‘rdimmi va yo hushyorlikda birovdan eshitdimmi, bilolmay, darmondaman va muztarman. Men ko‘rganlarimni hamma odamlar eshitmagan.

Oqillar aytar edilarki, yigit bu voqeani tushida ko‘rgan, so‘ng o‘ngimda ko‘rdimmi, yo tushimda ko‘rdimmi, deb devona va sho‘rida bo‘lib qolgan.

Yigit aytar edi:
— Men bu voqeani xayolimda ko‘rdimmi, tushimdami, uyg‘oqlikdami, ogoh emasman. Jahonda shunday ajabtovur voqealar bo‘lar ekanki, ular oshkorami, nihon-yashirinmi, bilish qiyin. Bu haqda aytolmayman, lekin aytmasdan ham turolmayman. Bu voqeani shu orada ko‘rdimmi va yo narigi dunyodami. Jonim qaysi zamonga borib, qaytib kelgan? Men o‘sha (baxtli) zamonimdan zarracha nishona topmadim.

Men u zamonda haq kamolidan bir sohibjamolni ko‘rgan edim, bu zamonda hech kimsa u holdan nishona ko‘rsatmadi. Uning oftobmonand chehrasiday go‘zal yuzning zarrasini ham topolmadim. Vallohi olam bis-savob (bunday sirni Alloh bilguvchidir)-

O‘sha voqeani avval ko‘rganim haqida keyinchalik nima deyishni ham bilmay qoddim. Men u baxtiyorlikni qaysi olamda ko‘rdim ekan, har ikki olam orasida sarson-sargar-donliqqaman.

Devonaning Olam Haqidagi Savoli

Bir devona aziz marddan so‘radi:
— Bu olam va bu hasratxona haqida so‘zlab ber.

Aziz javob berdi:
— Bu olam nomlari ko‘p, dong‘i ham baland, uyatli, nomusli ishlari ham bor. Nihollari ham turli ranglarda meva beradi. Agar bir kishi barcha nihollarning mevalarini ezib, sharbatini chiqarsa, bir xil rangdagi mumga aylanadi. Agar kim bu sharbatni ichsa, har bir mo‘yi mast bo‘lib, boshqa hech narsani bilmay qoladi. Bu odam uchun endi turli-tuman ranglarning farqi qolmaydi. Unga hamma narsa bir bo‘ladi. Chunki bu yerda hamma bir holatda bo‘ladi, turlicha emas. U erda men ham, sen ham bir vaqtda (qabrdan) turamiz.


Qizining Qabri Ustida Yig‘layotgan Ona Hikoyati

Bir ayol qiz farzandining qabri ustida yig‘lab o‘tirardi. Shu payt bir yo‘lchi shu tara'fga qarab, yig‘layotgan ayolni ko‘rdi va dedi:
— Ey ona, bu yig‘lashing Haq taologa xush kelmaydi, sen mard erkaklardan saboq ol va mardona bo‘l. Yo‘qolgan during endi juda uzoqda, inson qayg‘u-kulfatga sabr qilishi kerak. Sabrsizlik yaxshi emas. Agar bu holning nimaligini, ya’ni, tabiiy hol ekanligini bilganingda bu qizni yo‘qotganingda yig‘lamasdan, topganingda yig‘lashing kerak edi.

Qiyomat Kuni Haqida

Bu qissa qayg‘uli, kechayu kunduz qabr oldida motamzada bo‘lib o‘tirish ahvolni yanada mushkul qiladi. Ona aytdi:
— Ro‘zg‘orimningduridan ayrildim, uningqaerga borishi ma’lum emas. Shu sirdan ogoh emasligimdan hayronman va giryonman.

Ayolning bu so‘zlaridan gumgashta yo‘qolgan farzandining bo‘ii-hidini olgani sezilardi. Qiziga qo‘shilib, o‘zi ham gum bo‘lgan - yo‘qolganday edi.

Men (Attor) bu Hayrat vodiysidan bo‘y ololmadim, hasratim oldida qon va o‘lim ham menga xushbo‘y tuyulardi. Bu Hayrat vodiysida dil tiyra va boradigan manzil ham noravshan edi.

Odam ko‘p yig‘lasa aql-hushidan ham ayriladi, lekin kibru havo - pindor eshigi yopiladi.

Bu joyda inson boshidan hushi uchadi, o‘zligini (manmanli-gini) ham yo‘qotadi. Agar inson bu vodiyda haq yo‘lini topib olsa, borliq olamning asl ma’nosini ham topadi.

So‘fiy Va Yo‘qolgan Kalid Hikoyati

Bir so‘fiy yo‘lda borayotgan edi, bir odam kalidimni yo‘qotdim, uni kim topib oldi, deb gapirayotganini eshitib qoldi. U odam aytar ediki, uyimning eshigi berk va men ko‘chada, tuproqustida qoldim. Agar eshigim doim yopiq qolsa, men g‘am-g‘ussada qolaman. Bu ahvolda kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqaman. Eshigim shu maydonda, lekin u ochilmaydi.

So‘fiy aytdiki:
— Har holda sening manziling va eshiging bor ekan. Eshik yopiq bo‘lsa-da, sen shu yerda o‘tiraversang, bir kun u ochiladi. Sening ishing oson ekan, mening holim dushvor, bu hayotda hayratli ishlardan dilu jonim kuyadi. Menga na oyog‘im, na boshim ish berayapti. Hanuzgacha na kalidim, na eshigim bor.

Koshki bu so‘fiy shoshilmasa, sabr qilsa, yopiq yoki ochiq eshikni ham topar edi. Ba’zi odamlarga xayoldan boshqa nasiba yo‘q. Odamzod o‘zi nima holda ekanligini bilmaydi. Har kim u qilaman, bu qilaman, deb gapiradi-yu, hech narsa qilmaydi. Yoki avval kilgan yaxshi ishlarini hozir qilmaydi. Har kishi Hayrat vodiysini topsa, u joyda har nafasda yuz jahon qayg‘u, hasratni topadi.

Foyda topaman degan odam bu vodiyda hayratu sargashta-likni topadi. Bu yerda yo‘qolgan narsaning payidan tushib izlasangiz, uni sira topolmaysiz.

Men bu yo‘qlik sirini bilmayman, koshki bu sirni bilsam, hayron qolmas edim. Bu vodiyda mardlar hayotdan shikoyat qilmaydilar, balki boriga shukr qiladilar. Hayrat vodiysida goh kufr iymon bo‘lib qo‘rinadi, goh iymon kufr bo‘lib ko‘rinadi.

Shayx Nasrobodiy Hikoyati

Shayx Nasrobodiy bir dardga yo‘liqdi. U qirq marta hajni bajo qilgan, barcha mardlar ichida mard edi. Endi sochi oqargan, tani zaiflashgan vaqtida g‘alati qiliq chiqardi. (Hind jo‘gilari — yogalari kabi) yalang‘och, faqat kichik ishtonda, bo‘yniga zunnor bog‘lab, kaftini ochib, gado holiga tushdi. Dili Allohvandga tobe, jismiga o‘t tutashgan edi.

Shayx ne sirlarni bilishini da’vo va lof qilib, gabrlar otashgohi atrofida aylanib, uni tavof qilar edi.

Shayxni bu ahvolda ko‘rib (qayg‘urgan) bir odam bunday dedi:
— Ey, buzurgi nomdor (mashhur alloma), umr oxirida bu ne koru sharmisorlik? Ko‘p marta haj qilgan, ko‘plarga rahnamo, sarvar bo‘lgan odam hosil yig‘ish vaqtida kofir bo‘lib yuribsiz. Ahli dil nazarida bu ishingiz aqli xomlik va badnomlikdir.

Qaysi shayx siz kabi bu yo‘lga kiribdi, oxiratdagi otashgoh nimaligini unutdingizmi? Shayx javob berdi:
— Ahvolim og‘ir, ko‘nglimdagi otash azobidan vujudim — jismim xonayu devorlari yiqilgan. Shu otash tufayli men o‘z xirmonimni ham, nangu(uyat, hayo) nomimni ham unutganman. O‘zim

qilgan ishlarning qaysi yaxshi, qaysi xiyla ekanligini bilmay qoldim.

Jonimni qiynagan shu otash tufayli bir zamon nomimni ham, sharmu hayoni ham yo‘qotdim. Ka’badan ham bezor bo‘ldim va shu holga giriftor bo‘ldim. Allohm, sening hayratli ishlaring ko‘p. Shu joy atrofida aylanib, sen bergan hasratlaringni unutmoqchiman...

Yosh Muridning Tushida O‘z Pirini Ko‘rgani Hikoyati

Dili oftobday charaqlovchi bir yosh murid bir kechasi tushida o‘z pirini ko‘rdi va unga bunday dedi:
— Dunyoda bo‘layotgan ishlardan hayratdaman va dilim qon bo‘lib o‘tiribman. Sen aytgan o‘sha joyda ishlar qanday ekan? Sen safarga ketganingdan so‘ng firoqingda dil sham’ini yondiruvchi kechalar uzaydi. Sen ketgach, bu yerdagi ishlarga hayratlanib, jonu dilim yonmoqda. Bu joyda sirli ishlar ko‘pligidan hayratdaman. Ey ustoz, u yokda ishlaring qanday, shu haqda gapirib ber!»

Pir aytdi:
— Bu yerda ham (g‘alati ishlardan) hayron va mast bo‘lib qoldim. Qo‘lim, kaftim dandon tishga aylanib, muguz bo‘lib qolgan. Biz bu yerda zindon va choh qa’ridamiz. Bu joyda biz sizlardan ham hayronroqdirmiz. Bu yerdagi azob-uqubatlar shu qadar hayratliki, men chekayotgan azob-uqubatlarning bir zarrasini dunyodagi yuzdan ziyod tog‘lar ham ko‘tarolmaydi.


Qirq To‘rtinchi Maqola

Yettinchi Manzil. Faqr Va Fano Vodiysining Bayonida

Hayrat vodiysidan keyin Faqr va fano vodiysiga yetiladi. Endi shu haqda so‘z aytish ravodir.

Inson xuddi shu vodiyga yetganida xotiri dunyo ishlaridan faromush, gung, soqov, kar va behush bo‘lib qoladi.

U vodiyda yuz ming soyani bir quyosh yo‘q qilganday, insonga soya tashlovchi fe’l-atvor, illatlar ham yo‘qoladi. Bu borliqdengizida fikr-o‘ylaring mavjlanadi, dengizda naqshlar yo‘qolsa, faqr va fano dengizida bu naqshlar (yaxshi fazilatlar) doimiy qoladi. Faqr va fano dengizida har ikki olamning naqshi bor. Har qancha gapirgan bilan bu dunyo savdolari tugamaydi.

Faqru fano olamida bunday savdolar yo‘q bo‘lib, dil taskin topib, osuda, tinch bo‘lib qoladi. Chunki bu yerda yo‘qoladigan hech narsa yo‘q. Aksincha, avval yo‘qolgan narsalar bu yerda yana beriladi. Avval ko‘rinmagan sirli narsalar bu yerda ravshan ko‘rinadi. Bu yerga puxta, pishgan, yetuk soliklar va mardlarning mardlari keladilar. Tulkilar, ayyorlar, dard maydonidan ketib qolganlar bu yerda yo‘q.

Insonning birinchi qadami xato bo‘lsa, uning keyingi qadamlaridan ham foyda yo‘q. Bu yerga kelganlarning barchasi xato qadam qo‘yishdan avvalroq manmanligini yo‘qotib, gum bo‘lganlardir. Bular avvalgi, kelgan joyiga qaytishni o‘ylab, chodirlarini (uy-joylarini) o‘gga tashlab, ikki olamni bir tuproq deb bilganlar. Bular (etishganlar) ikki olamda turli suvratlar yakson bo‘lib, bir sifatga kelishini bilganyaar.

Bahri kull — olam dengiziga bir palid narsa tushsa u yo‘qoladi, saxovat, qo‘li ochiqlik (bazl) esa yo‘qolmay qoladi. Agar pokdil odam bu dengizga tushsa, uning vujudi yo‘qoladiyu, ruhi yo‘qolmaydi. Bunday pokdil inson bu dengizda mavjlanib, zavqlanadi, zebolanadi. Pokdil odamga dunyoda bor bo‘lsa ham, yo‘q bo‘lsa ham bari bir. Uning aqlu xayolida dunyo ishlari bo‘lmaydi.

Ma’Shuq Tusiy

Bir kecha ma’shuq Tusiy bir muridi bilan sirli suhbat qurib, dedi:
— Har doim yonib o‘rtanib yur. Agar ishq olovida batamom o‘rtansang, bir tola sochday nozik, zaif bo‘lasan. Sening shaxsing sochday zaifu zor bo‘lsa, o‘shanda u yor zulfidan joy oladi. Kimki uning ko‘yida soch tolasiday bo‘lsa, shubhasiz uning sochida bir tola sochga aylanadi. Agar sen yo‘lni biladigan va ko‘zi o‘tkir odam bo‘lsang, sochning sochga ulanganini ko‘ra bil va hayratlangin. Kimki o‘rtadan ko‘tarilsa (qetsa), demak u yo‘qoladi (foniy bo‘ladi), agar u fanodan ham fano bo‘lsa (fanodan o‘tib ketsa), demak baqo maqomiga yetadi. Agar senda ostin-ustun bo‘lgan bunday ko‘ngil bo‘lsa, sirot ko‘prigi va uning ostidagi yondiruvchi do‘zax olovidan o‘tib ol. Olov yog‘ va chiroqdan qarg‘a qanotiday tutun chiqarsa, g‘am yema. Agar bul olovga yog‘ tegsa, (u yonib) yog‘li vujudni ham mahv etib, ruhga o‘tib ketadi. Agarchi quydiruvchi olov tomonga yo‘l boshlasa-da, ammo o‘zligini Qur’on qolipiga aylantiradi (ya’ni inson vujudi Kur’on ma’nolari uchun munosib joyga aylanadi). Agar sen o‘shal Oliy dargohga yetishmoqchi bo‘lsang, avval o‘zingni o‘zligingdan chiqar (ozod qil), so‘ngra adam — yo‘qlik sari yo‘lga kir. Yo‘klikdan tikilgan to‘nni kiyib ol, fano to‘ldirilgan kosani simir. Narsadan xaloslik xirqasini egningga ol, (abadiylik) libosini ustingga tashla. Yo‘qlik oyog‘ini yo‘qolish uzangisiga qo‘y, yo‘qlik olamiga hech narsasiz bo‘lib ot sur. Barham topish kamarini bog‘la, arzimasliklardan o‘zingga belbog‘ qil. Ko‘zlaringni yum (yo‘qot) va yana tez ochgil, keyin ko‘zlaringga yo‘qlik surmasini qo‘y. Kam bo‘lgin (faqirlik qil) va yana faqrga intil, bir nafas kamlikdan or etma, bu kam bo‘lishda g‘am chekma. Shu holda osuda bo‘lib yo‘l bos, toki kamlik (yo‘qlik) olamiga yetgaysan. Agar senda bu olamdan kilday asar qolsa, demak, bu olamdan kilcha xabardor emassan.

Agar senda o‘zlikdan qilcha asar qolsa, yomonliging yetgi dengizni to‘ldirishga yetadi.

Parvonalar Va Sham’ Hikoyati

Bir kecha parvonalar yig‘ilishib, sha’mni ko‘rish ishtiyo-qida bahslashdilar, sha’mga yetishmoqchi bo‘ldilar. Hammalari maslahatlashib, bitta parvonani matlub - sham’ huzuriga yuborishga ahd qildilar, toki u sham’ qanaqaligini ko‘rib, qaytib kelib bizga xabar bersin, dedilar. Shu maqsadda bir parvonani qasr tomonga yubordilar, u uzoqdan qasrga yaqgapashib, bino ichida sham’ nurlarini ko‘rdi va qaytib kelib, sham’ haqida hikoya qila boshladi, o‘zi tushungancha sham’ni ta’rif-tavsif etdi. Parvonalar ichida bir ziyrak donosi bor edi, u parvona hikoyasidan qoniqmadi. Dedi: «Sen sham’dan ogoh emassan». Boshqa parvona qasr tomon uchib, eshikdan ichkariga kirdi va sham’ga yaqinlashib, nurni his etdi, qanot qoqib, sham’ nuri-la o‘ynadi, sham’ nurlariga ko‘mildi -mag‘lub bo‘ldi. Keyin hamrohlari yoniga qaytib kelib, bir qadar sirlarni bayon etdi - sham’ visolidan so‘zladi.

Ammo ziyrak paryuna aytdi:
— Ey aziz, aytganlaring uning nishoni emas, sening gaplaring bilan oldingi parvona aytgan gaplar orasida farq yo‘q.

Shunda sham’ ishqida mastu behud boshqa parvona yo‘lga tushdi. U uchib borib, raqs etib, gir-gir aylanib, to‘g‘ri sham’ning ustiga o‘tirdi. Uning qo‘l-oyog‘i, badani olov bilan birlashib ketdi — o‘zini yo‘qotdi va Unga qo‘shilib bir rangga kirdi. Olov uni boshdan-oyoq qamrab olib yondirdi, butun vujudi olovday qizil rangga kirdi.

Buni ko‘rib turgan ziyrak parvona dedi:
— Mana bu parvo-naning ishi haqiqiy ishdir. U Haqqa yetdi, endi u o‘zidan xabardor emas.

Toki jismu jonni unutmasang, baridan kechmasang, Jonondan xabar topolmaysan. Kimki qilcha o‘zidan nishona qoldirsa, yuz dalil ko‘rsatmasin, u Ulug‘ Dargohdan ogoh emas, Jonon visoliga mahram bo‘lolmaydi. Barcha borliqdan kechsang, bu Dargohga sig‘asan.

Uxlayotgan Ma’Shuqini Ko‘rgan Oshiq Hikoyati

Bir oshiq ma’shuqasini sog‘inib, oshuftalikdan beqaror bo‘lib, uni ko‘rishga bordi. Borib qarasa, ma’shuqasi tinchgina uxlab yotgan ekan. Buni ko‘rgan oshiqning ohu fig‘oni chiqib, ko‘ngli buzilib, sevgilisiga ginaxonlik qilib, ruq’a (xat) yozib, uning yostig‘i ostiga qo‘yib ketdi.

Bir vaqt ma’shuqasi uyg‘onib, oshiq qoldirgan xatni ko‘rdi va o‘qib, dili qonga to‘ldi. Maktubda bunday so‘zlar yozilgan edi:
— Ki, ey xomush, agar kumush sirg‘aga xaridor bo‘lsang, uyg‘on (seningtillo so‘zingni eshitmoqchi edim), mard zohid tunda uxlolmaydi. Haq taologa banda bo‘lsang, tong otgunicha bandalik farzini ado qil. Agar xasta bo‘lsang (darding bo‘lsa) uxlamas eding. Uxlab yotgan ma’shuqa oshig‘ini faqat tushida ko‘radi. Mard inson kunduzini bod-paymo bo‘lib, (elday tez o‘tkazib) kechasi to‘lin oydek nur sochadi. Nur sochmaydigan oy asl oy emas. Oshiq ko‘zi ham oy kabidir. Agar bu yanglig‘ oy ishqdan lof ursa, yolg‘ondir.

Agar ma’shuqa oshig‘i bilan so‘zlashmasa, o‘zi bilan o‘zi so‘zlashadimi? Agar bu so‘zlardan jahling chiqsa, noahillar kabi (arazlab), rohatlanib uxlayver.

Oshiq Posbon Hikoyati

Bir posbon — soqchi yigit bor edi, bir go‘zalga oshiqu zor edi. Kechayu kunduz uyqusiz va beqaror edi. Uyqusiz oshiqning hamdami bo‘lgan do‘sti unga hayrixoxlik bilan dedi:
— Ey uyqusiz do‘stim, kechasi biroz uhla. Oshiq posbon aytdiki:
— Posbon kechasini yor ishqi bilan o‘tkazadi. Soqchi ikkidan birini: yo uyquni, yo oshiqlikni tanlashi kerak. Ba’zilar uyquni o‘ziga loyiq deb biladi: Mard posbon esa oshiqlikni tanlaydi. Soqchilikda uxlab qolgan qancha sarbozlar boshidan ayrildi. Agar men ozgina uxlab qolsam, el-yurt (omma) notinch va zaif bo‘lib qoladi.

Har kecha ishq meni imtihon qiladi. Ishq posbonga ham posbonlik qiladi. Goh kelib, meni qamchilaydi. Goh yuzimni g‘am bilan qora qiladi. Agar uyqusiz va hur oshiq bir dam uxlab qolsa, o‘sha zamon ishq undan uzoqlashadi. Butun kecha xalq osoyishini yo‘qotadi, agar posbon uxlab qolsa, xalq ohu fig‘on qiladi.

Oshiq posbonning do‘sti aytdiki:
— Ey ishq otashida kuygan va toblangan yigit, butun kecha bir lahza ko‘zingda uyqu bo‘lmadi.

Oshiqsoqchi dedi:
— Posbon uxlashi yaxshi emas. Oshiqning yuzi ko‘z yoshidan boshqa suv bilan yuvilmaydi. Agar soqchi uyqusiz bo‘lsa, boshqa oshiqlarning ko‘zi yoshli bo‘lmaydi.

Aslida uyqu tashqaridan kelmaydi. Uyqu ichkaridan kelsa (ko‘ngil uxlab qolsa) suv tashqaridan keladi. Oshikdik posbon bilan do‘stdir. U tufayli posbonning ko‘z yoshi daryoday bo‘lsa, uyqu lashkari bu joydan qochadi.

Posbon oshiqlikdan yaxshilik topadi, uyqusizlikdan hayot mag‘zini topadi. Ey mard yigit, agar jo‘yanda (baxt izlovchi) bo‘lsang, o‘ylab ko‘r, ko‘p so‘zlovchi (go‘yanda) bo‘lsang, uxlaganing yaxshi.

Ey oshiq, dil ko‘chasida posbon bo‘l, dilingni turli o‘g‘rilardan ehtiyot qilib, saqla. Agar dil uyiga o‘g‘ri tushsa, yo‘lingni yo‘qotib qo‘yasan. Diling gavharini o‘g‘rilardan saqla.

Agar sen shunday sifatli posbon bo‘lsang, diling ma’rifat chirog‘idan ravshanlashadi. Mard insonlar hayotning qonli daryosidan ma’rifat yordamida sog‘-omon chiqadi. Agar dardli insonlar, uyqusizlar ko‘paysa, dil bedor, hushyor bo‘ladi. Kam uxlasang, diling ishkda vafodor bo‘ladi.

Agar ko‘p gapiraversa, javonmardlik daryoga cho‘kib, yo‘qoladi. Cho‘kkanlarning esa faryodi ham yetib kelmaydi.

Oshiqlar abadiyat yo‘lida boshlovchilardir. Muhabbatdan mast bo‘lganlarning hammasi uyqudadirlar. Oshiq ayollar ham mardlarning mardidir. Ular ishq mayidan yetarlicha ichganlar.

Ishq zavqini topganlarning ko‘ngli ravshan, ular har ikki olamning kalitini topganlar. Oshiq ayol mard erkak kabi ulug‘ insondir. Agar erkak oshiq bo‘lsa, u teran, chuqur daryodir.

Abbosa Va Uning Ishq Haqida Aytganlari

Abbosa bir oshiq yigitga bu so‘zlarni aytdi:
— Ey mardi ishq, agar senda ishqdardidan bir zarra bo‘lsa ham, shu dard seni toblaydi, chiniqtiradi. Ishqda ayol bilan erkak bir uzvni tashkil etadi. (Ya’ni, har ikkisi bir a’zodek). Agar ishq dardi ayolda bo‘lsa, u bu sohada erkak bilan tengdir. Ayol sening odam farzandi ekaningni ko‘rmaydimi, erkaklarning mardini Maryam tuqqanligini eshitmaydimi?

Agar zarur, kerakli narsalarni bilmasang, ishlaringga hargiz yo‘l ochilmaydi (kushoda bo‘lmaydi). Agar mulk (ma’rifat, fazilat) qo‘lingga kirsa, uninghosiliga ham ega bo‘lasan. Yaxshi hosil kelsa, diling boy bo‘lsin. Bu (ma’rifat) qanday mulkli-gini tushunib ol va bu davlatga shukr qil. Bu olamda zarra yaxshilik topsang din, iymoningdan. topasan.


Abul-Hasan Nuriyning Javobi

Bir pokdin va sofdil odam shayx Abul-Hasan Nuriydan:
— «Biz Haq taolo visoliga (jamoliga) yetishgunimizcha qanday yo‘llarni bosib o‘tamiz? - deb so‘radi.

Abul-Hasan Nuriy bunday javob berdi:
— Sen aytgan manzil shunchalar uzoqki, oldinda nor - olovli va nurli manzil bor, bular o‘rtasida yetti daryo uchraydi. Har bir daryoning oralig‘i juda uzoq, juda ham uzoq. Ana o‘sha yetti daryodan o‘tganimizdan so‘ng qirg‘og‘iga yetib bo‘lmay-digan bir ulug‘ dengiz keladi va undagi bir bahaybat nahang bir damda yetti daryoning suvini ichib qo‘yadi.

Biz yashaydigan ikki olam (dunyo va oxirat) o‘sha nahangga o‘xshashdir, u vaqgi kelsa har ikki olamdagi barcha xalqni bir nafasda yutib yuboradi. Bu nahangning boshi ham, dumi ham bizga ko‘rinmaydi. Mana shu ikki olamni pisand qilmaydigan, boshi va oxiri qo‘rinmaydigan nahang Istig‘no dengizida suzadi.


Qirq Beshinchi Maqola

Qushlarning Simurg‘ni Izlash Yo‘lida Horib, Holsizlangani

So‘nggi yudiyga yetish oldidan qushlar sarnigun va jigarxun bo‘lib, holdan toydilar. Barchalari bildilarki, bu kamonni tortish juda mushkuddir. Yo‘l boshida juda ko‘p, son-sanoqsiz bo‘lgan qushlardan bu manzilga yetib kelgunlaricha, ozgina va majolsiz bir gala qoldi, bular ham yo‘ldagi hayratlardan beqaror bo‘lib, tanlarida majoli qolmadi. Bu qushlar balandlik va pastliklardan necha yillab yo‘l yurdilar. Uzun umrlarini shu tanlagan yo‘lga sarfladilar. Bu yo‘lda ular shu qadar ko‘p talofatlar ko‘rdilarki, buni sharhlash oson emas.

Sen ham, ey ikki olam yo‘lchisi, bosib o‘tgan yo‘llaringga gohi-gohida qayrilib qara, bu yo‘lning naqadar azob-uqubatli ekanligini o‘yla.

Bu yerga yetib kelguncha qushlar qanchalar qon yutdilar. Oxirul-amr, yo‘l oxiriga juda katta sipoh-qo‘shin bo‘lgan qushlarning har mingdan birlari yetib keldilar.

Yo‘lda ba’zilari daryoga g‘arqbo‘ldilar. Ba’zilari yo‘lini yo‘qotdilar. Ba’zilari tog‘ cho‘qqilariga chiqolmay, pastda qolib ketdilar. Ba’zilarini gazandalar chaqib o‘ldirdi. Ba’zilarini oftob urdi. Jazirama issiqdan ba’zilarning qanot-quyruqlari kuydi. Ba’zilariga yo‘lbars va sherlar hujum kiddi. Ba’zilar qo‘rquvdan o‘ldi. Ba’zilari dushmanlar qo‘liga tushib qoldi. Ba’zilari suvsiz cho‘lda tashnalikdan xarob bo‘ldi. Ba’zilari dona - rizq (shirin taom) orzusida tuzoqqa tushib qoldi. Yana ba’zilari hushi og‘ib, devona bo‘lib qoldi. Yana ba’zilari yo‘l mashaqqatlari, azoblariga chidol-may, uzr-ma’zur aytib, qolib ketdilar.

Qushlarningba’zilari yo‘ldagi ajoyibotlarga, tomoshalarga va ko‘ngilxushliklarga qiziqib qolib ketdilar.

Oqibatda bir olam qushlardan juda ozchiligi (mingdan biri) bu manzilga yetib keldilar. Xullas, bu yergacha yetib kelgan o‘ttiz qush (Simurg‘) qanot-quyrug‘i to‘zg‘igan, dili shikasta, tani majruh bo‘lib qolgan edi. Ana shu o‘ttiz qush ko‘zi oldida akl-idrok va ma’rifatda a’lo, vasfi va sifat-lari benihoya bo‘lgan, chehrasi oftobday nur sochib turgan bir ulug‘ zot paydo bo‘ldi.

Bu zot istig‘no nuri bilan shu qadar yorug‘ nur sochar ediki, u ming oftob nuriga teng edi. Bu nurlar yuz jahonni kuydir-gudek edi. Qushlar bu zotning nurli jamolidan hayratga tushdilar va tiz cho‘kib, boshlarini egdilar. Ular ul zotga arzi-hollarini izhor qildilar:
— Ey oftob tal’at, ulug‘ zot, darig‘oki, biz yo‘l boshida juda ko‘p edik. Yo‘l mashaqqatlari, azob-uqubatlardan holsizlanib, xarob holga tushdik. Bu manzilda (sening nazaringda) yuz jahon bir tuproq zarrasicha ekan, biz bu dargohda barchamiz bedil, chala so‘yilgan qushlardek, na tirik, na o‘lik bo‘lib, bor-yo‘kdigimiz ham noma’lum bo‘lib qoldi.

Oliy dargohdagi oftob jamol, ulug‘ zotning izzatli xizmatchisi (chovushi)1 qushlarga qarab bunday dedi:
— Ey siz, Hayrat vodiysidan bu yergacha arang yetib kelgan, bolu paringiz va jonu taningiz kuygan aftodahol qushlar, sizlar qaysi shahardan, qaysi o‘lkadan va qaysi dengizlardan o‘tib keldingiz, sizlarning nomingiz nima, nechun oromingiz yo‘qoldi?

Bechorahol qushlar bunday javob berdilar:
— Biz bedil va beqaror, sarson-sargashta, rahm-shafqatga muhtoj qushlar Simurg‘ ismli olijanob qushni bizga podshoh bo‘lsin, deb so‘rashga kelganmiz. Biz avval juda ko‘pchilik edik, odil podshohni topish umidida uzoq va mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tdik.
— Podshohimiz bizga lutf-marhamat ko‘rgizib, shoyad tilagimizga rozi bo‘lsa, biz o‘zimizni baxtli hisoblar edik. Shu payt oliy zotning farishtasi qushlarga qarab, bunday dedi:
— Ki, ey bechora, sargashtalar, qiynalgan, qon va tuproqqa belangan og‘ushtalar, aytishingizcha, yuz minglab sipohdan kichik bir to‘da bu yergacha yetib kelibsizlar. Go‘yo son-sanoqsiz chumolilar o‘ziga podshoh izlab, yelib-yugurganday bo‘libdi. Lekin afsuski, siz izlayotgan podshoh bu yerda emas.

Bu so‘zlarni eshitib, o‘ttiz qush xafa bo‘lib, umidsizlikka tushdilar, go‘yo abadiy uyquga ketgan murda holiga tushdilar. Barchalari oliy zotdan iltimos qildilarki:
— Endi bizning qaytish yo‘llarimizda ham omon qolishimiz uchun bir havoriy-rahnamo, yo‘lboshchi topib bering. Chunki bizning oramizda bunday yo‘lboshchi yo‘q, — dedilar.

Majnun Boshqalarning Maqtovidan Laylining Dashnomini Yaxshi Ko‘rgani Hikoyati

Majnun aytar edi: ko‘pchilik meni maqtab, ofarin aytadilar. Lekin men hech kimdan maqtov eshitishni xohlamayman. Menga boshqalarning maqtovidan ko‘ra Laylining koyishi, dashnom berishi yoqadi.

Boshqalarning yuz maqtovidan Laylining bir dashnomi xush yoqadi, uning bir ginaxonligi men uchun ikki olam mulkidan ham a’lodir. Senga maqsudimni aytsam, ey aziz, boshqalar meni izzat-ikrom qilib, siylashidan ko‘ra, Layli meni xor qilganini yaxshi ko‘raman. Chunki izzatparastlikni (maqtovni, boshqalar hurmat qilishini) yaxshi ko‘rish bir barq, yashin-chaqinga o‘xshaydi, u barcha odamlarning dilidagi kamtarinlik ildizini quritadi.

Izzatparastlik jonimizni yuz bora kuydiradi. Shunday ekan, inson goh izzat ko‘rsa, goh xorlik ko‘rsa, bunga qayg‘urishdan foyda yo‘q.

Izzat topmay joni quygan bir guruh odamlar aytdilarki: «Bizning jonimizga o‘t tutashgan, lekin (ajabki), parvona otashdan nafratlanmaydi, aksincha, u sham’ otashidan huzur topadi. Yor vasliga yetishmasak, biz kuyib-yonamiz. Biz ishq dargohiga yetishmasak ham, bu yo‘dda yetishganlarning oyog‘i tekkan tuproqni o‘pib tavof qilsak arziydi.

Parrandalarning Parvona Bilan Bahs-Munozarasi

Hayot ro‘zgoridagi jumla parrandalar parvona qissasidan xabar topdilar. Parrandalar aytdilarki, sham’ visolini orzu qilish, bu yo‘lda o‘zni qiynash jaholatdandir.

Parrandalarning bu so‘zlari paryunani mastu xarob qiddi va u parrandalarga bunday javob qildi:
— Men sham’ ishqida mudom bedilman, agar uning vasliga yetsam tamom bo‘lishimni bilaman. Ishq barchani mard qiladi, ishq boshdan-oyoq dard-hasrat daryosiga g‘arq qiladi. Garchi istig‘no (hech kimdan hech narsa tilamaslik, oriyat, andozadan tashqari, maqtovli bo‘lsa ham, Xojib (yuzini yashirgan) lutfi-karami bizning yuzimizni yorug‘ qiladi. Ishqqa har lahza Alloh jamolidan yuz parda ochiladi.

Agar jahonni hijobsiz, pardasiz ko‘rsak, holimiz baxtga payvasta bo‘lib, nur ustiga nur yog‘iladi. Yor jamoliga yakinlik-ka-qurbatga yetishganlar u dargohning haybati va izzatidan nishona qo‘radilar.

O‘sha joyda hammalarining oldiga (qismatlari haqida) ruq’a-xat, yozuv qo‘yiladi:
— Bu xatni barchangiz oxirig‘acha o‘qinglar, — degan farmonni eshitadilar. Bu yozuvda barchalarining hayogi, bosib o‘tgan yo‘li bayon qilingan bo‘ladi. Ularning holi chekkan mashaqqatlaridan ma’lum bo‘ladi.

Yusufning Og‘alari Misrga Borgani Haqida

Yusufning husniga rashk qilib, yulduzlar ham isiriqday kuyar edilar, shunday yigitni og‘alari arzimas tanga, chaqaga sotib yubordilar, Misr azizi Yusufni savdogarlardan qimmat bahoga sotib oldi va arzon so‘radilar, deb sevindi.

Savdogarlar Yusufni og‘alaridan sotib olganlarida ulardan shu haqda tilxat olgan edilar. Bu xatga o‘n og‘asi imzo chekkan edi. Savdogarlar keyinchalik zarur bo‘lsa Yusuf-ning og‘alarini guvohlikka chaqirishlari mumkin edi.

Misr azizi Yusufni sotib olganida o‘sha tilxatni ham olgan va bu purqadr qimmatbaho hujjat Yusufning qo‘liga tushgan edi.

Yillar o‘tib, Yusuf podshoh bo‘lib qoldi. Bir vaqt — Kan’onda qattiq qahatchilik bo‘lganida, Yusufning og‘alari don, g‘alla, non izlab, Misrga keldilar.

Yusuf og‘alari kelganini bilib, ularni o‘z huzuriga chaqirdi. Og‘alari keldilar, lekin Misr podshohi Yusuf ekanligini bilmas edilar. Uning yuzini ko‘rganda ham tanimadilar.

Og‘alari shoh huzuriga don, g‘alla olar ekanmiz deb, sevinib keltsilar. Yusuf og‘alarini izzat-ikrom bilan kutib oldi (mehmon qildi). Og‘alari qahatchilikdan jon asrash uchun chora izlab kelganlarini aytdilar.(Yusuf ularni mehmon qildi.) So‘ng ularga:
— Ey insonlar, mening qo‘limda ibroniycha yozilgan bir xat bor, butun dunyodan kelganlar bu xatni o‘qiy olmadilar. Ehtimol, sizlarga bu xat tanish chiqar. Agar shu xatni o‘qiyolsangiz, sizga don ham, non ham beriladi,— dedi.

Og‘alari bu so‘zlarga xursand bo‘lib:
— Ey shahriyor, bizga tezroqu xatni qo‘rsating, — dedilar. Yusuf og‘alariga o‘zlari yozgan tilxatni berdi.

Ular xatga ko‘zi tushgach, o‘z qissalarini o‘qib, xijolatga tushib, ko‘ngillari buzilib, adoi tamom bo‘ldilar.

Bu xatdan og‘alarning vujudlari larzaga keldi. Ular ne hodisa yuz berganini tushunmay, og‘ir ahvolga tushib, ko‘z oldilari qorong‘ilashdi.

Barchalari afsuslanib, g‘am-qayg‘uga botdilar. Ular endi chohdagi Yusuf holiga tushdilar.

Yusuf ulardan
— Nechun, bu xatni o‘qib, xomush bo‘lib qoldingiz, xatni ko‘rib, go‘yo behush bo‘lib qoldingiz?—deb so‘radi.

Og‘alari unga:
— Ey podshoh, bu xatni o‘qitgandan ko‘ra, bizni kaltaklab, gardanimizga urganing yaxshiroq edi!— dedilar.

Kampir Va Ibn Sino Hikoyati

Bir kampir Abu Ali ibn Sino oldiga borib, unga qimmatli sovg‘a berib, buni mendan tuhfa sifatida qabul qil, dedi. Ibn Sino tuhfani olmay, men Allohdan o‘zgadan hech narsa olmaslikka ahd qilganman, dedi. Kampir darhol javob berib, dedi:
— Ey Abu Ali, ahval (ko‘ziga narsalar ikkita bo‘lib ko‘rinadigan odam) kishilarday birni ikki ko‘rish odati senda qachon paydo bo‘ldi? Agar sen darvesh ko‘zi bilan qarasang, bu yerda g‘ayr (Haqdan o‘zga) yo‘q, zotan bilsang, Ka’ba bilan dayr (nasroniylar ibodatxonasi) orasida farq -ziddiyat yo‘q. Sen bu yo‘lda qatiy ahd qilib, ishq olovida toblanib, erib hal bo‘lgan mardlardan emassan, shu bois ahvallarday ko‘zingga g‘ayr ko‘rinaveradi.

Aslida solik mard dil chegarasi haddiga yetsa, Haq yo‘lidan yurib, shu manzilga yetib kelsa, Haqdan oshkora so‘z eshitadi va vujudi ham shu manzilda mustahkam turib qoladi. Shunda darvesh bir lahza bo‘lsa-da Haqdan o‘zgani qo‘rmaydi va jahonda undan o‘zgani tanimaydi-bilmaydi. Shunda darvesh ham Unda, ham Undan, ham U bilan birga bo‘ladi. Va ham ayni vaqtda bu uch hoddan tashqarida bo‘la oladi. Kimki Vahdat daryosida yo‘qolmasa, u har qancha odam shaklida bo‘lsa-da, ammo komillikka erishgan shaxs bo‘lolmaydi.

Hunarmand, komilmi yoxud nuqsonu aybli kishilardanmi, kimki bo‘lsa, g‘ayb olami qo‘ynida uning quyoshi bor. Bir kun kelib ul quyosh, o‘sha odamni o‘zi bilan qo‘shib oladi. Kimki o‘z quyoshiga yetishsa, aniq bilgilki, u yomon-yaxshidan qutuladi. Toki sen bordirsan, yaxshi-yomon bu yerda sen bilan birgadir, sen Haqqa yo‘qolsang, yaxshi-yomon savdosi ham yo‘qoladi.

Ammo agar sen o‘z vujudingda turaversang, bu uzun yo‘lda yaxshi-yomonni ko‘raverasan. Narsa-moddalar bilan ko‘rinadigan bo‘lsang, o‘z vujudingga giriftor bo‘lib turaverasan. Koshki endi xuddi avvalgiday (jannatda yaratilgan Odam Atoday) pok bo‘lsang, ya’ni borliqdan qutulgan bo‘lsang. Yomon sifatlardan butkul pok bo‘l. Shundan keyin kaftdagi yel va tuproqday bo‘l (Ya’ni yengil va pokiza bo‘lgin, chunki inson asli tuproqdan yaratilgan va ruh — yel bilan tirilgan). Jismingda qanchalik najas-palidliklar, nopokliklar borligini qaerdan bilasan? Ilon va chayonlar jisming pardasi ichra sen bilan birgadirlar, ular uxlaganlar, jim turibdilar. Agar sen ularga qilcha ijozat bersang, har biri yuz ajdarho-day bosh ko‘taradi. Har biri uchun ilon to‘la bir jadannam bor, toki sen bu jahannamni bo‘shatmasang, nafs ilonining ishi davom etaveradi. Agar sen bulardan pokpanib chiqsang, tuproqqa toza tuproqday qo‘shilasan. Ammo tuproq ostidagi ilon-chayonlar qiyomat kunigacha seni chaqib turadilar.

Ey Attor, bu majoziy so‘zlardan tavhidga va sirlar olamiga yetib kel. Agar solik mard bu manzil-martabaga yetsa, manzil va solik birlashib yo‘ldan ko‘tariladilar, chunki ular endi Uning soyasida yo‘qoladilar, endi U paydo bo‘ladi. Solik endi soqov bo‘lib qoladi, chunki U gapiradi. Juzv (qism) yurib Kull (butun)ga qo‘shilib, butun bo‘ldi, aksincha Kull juzvga aylanmadi. Bu shunday bir shakl — suratki, uning na a’zolari bor, na joni, uni sifatlab — ta’riflash mushkul. To‘rt unsur to‘rt unsurlikdan chiqadi, yuz ming olamu zarralar harakatga kelib, qo‘shilib uyg‘unlashib ketadi. Bu ajoyibotlar sirrining maktabida yuz ming aql ojizu nochordir. Aql bu yerda eshikda mung‘ayib qoladi, u go‘yo onadan ko‘ru kar tug‘ilgan go‘dakday bo‘lib qoladi. Kimki bu sirdan bir zarra anglagan — topgan bo‘lsa, u ikki olam mulkidan yuz o‘giradi. Bunday odam dunyoda bir soch tolasiday bo‘lsa-da, agar u Haqqa erishsa, qadr topadi. Agar u Kull bo‘lmasa-da, ammo e’tiborlidir, vujud bo‘ladimi yoki vujudi yo‘qoladimi -bu o‘sha odamdir — komil shaxsdir.

Shahzodaga Oshiq Bo‘lgan Darvesh Hikoyati

Bir podshohning oy yuzli, xurshidvash, Yusuf kabi zebo o‘g‘loni bor edi. Hech bir inson zotida bunday nodir husnu jamol, izzatu hashamat yo‘qedi. Barcha fuqarolarga u sevimli, dilband edi. Allohvand bergan bu husnu jamolga barcha el oshiqu bandi edi.

Shahzoda otlanib, oftobday tovlanib, ko‘chaga chiqsa, shahar aylansa, kechasi osmonga oy chiqib, hamma yoqni yorit-gandek edi. Uning husnu jamolini har qancha ta’rif qilgan bilan uning bir soch tolasini vasf qilgancha bo‘lmas edi. Agar timqora sochi orolansa olamni qorong‘ilik bosib, yuz ming dil chohga qulagandek, Taroz sham’iga boshini urgan parvonalardek kuyar edilar. Agar shoir bu Yusufjamolning husnini ellik yil vasf etsa ham sharhlashga ojiz edi. Shahzoda nargis ko‘zlarini bir lahza yumsa, jumla olam betoqatlikdan yonib, o‘rtanar edi. Agag^shakarday shirin bir xanda, tabassum qilsa, bahor kelib, yuz ming gul ochilganday bo‘lardi. Og‘zi shunday kichik, bilinmas ediki, yo‘q deb o‘ylash mumkin edi. Agar shahzoda el orasida yuzidan pardani ko‘tarsa, uning har mo‘yi yuz odamning bag‘rini qon qilardi. Bu o‘g‘lon fitnai jonu jahon edi.

Men uni qancha vasf etsam, kamlik qiladi. Vasfimga nisbatan bu shahzoda-ning fazilatlari ko‘pdir.

Agar o‘g‘lon otlanib, qasr tashqarisiga chiqsa ming dilga raxna solar, uning yo‘lini har lahza minglab oshiqlari zor-intizor poylar edilar.

Bir hushini yo‘qotgan, o‘zidan bexabar darvesh, gado bor edi. U shahzodaga oshiq bo‘lib, boshidan hushi uchgan, ko‘zi ma’shuqidan boshqani ko‘rmas edi. Gado ma’shuq ishqidan orqa va oldindagini ko‘rmas,'jonidan ham qo‘lini yuvgan (voz kechgan) edi. Ishq g‘amining tuxmi-urug‘i unib, o‘sib, gullab-yashnab, joni va dilini bosib qolgan edi.

Darvesh gado kechayu kunduz shahzodaning yo‘liga ko‘z tikib o‘tirardi. Ko‘ziga jumlai jahon xalqi ko‘rinmas, diydai giryon (yig‘lar) va o‘z g‘amidan hech kimga so‘z aytmas edi. Tani ishq otashida yonar, na taom yer, na uxlar edi. Dunyoda hech inson bunday dardu g‘amga uchramagandi.

Darvesh kecha va kunduz ko‘zlaridan goh zarrin, goh kumush nuqraday yosh to‘kib, yor yo‘lida muntazir o‘tirar, ko‘ngli yarimta edi.

Darvesh goh-gohida shahzodani uzoqdan ko‘rib qolar, ana shunda sabru toqati yo‘qolar edi. Ul oy yuzli uzoqda paydo bo‘lsa, bozoru maydon g‘avgoga to‘lar edi. Jahonda yuz bora janjal-to‘polon (rustaxez) bo‘lib, ko‘pchilik xalq bu yerdan qochar edi.

Sipohi-lashkari shahzoda yaqin kelishiga bir farsang1 qolganida bong urib, xalqni xabardor qilardi. Bong tovushini eshitgan gado shu zahoti tiz cho‘kib, boshini yerga qo‘yar edi. (Shahzoda boshiga oyog‘ini qo‘yishini orzu qilardi.)

Darvesh shahzodani ko‘rmay qolsa, g‘ashlikdan qon yig‘lar, vujudidan hushi tashqariga uchib ketardi. Uning vujudi yuz ming ko‘zga aylanib, ma’shuqini ko‘rishga zorlanib turardi. Uning ko‘zlari abri navbahor (ilk bahor bulutiday) yosh to‘kar, ko‘z yoshlari go‘yo Nilga aylanguday edi. Goh majolsiz oh chekar, goh vujudi yongandan ko‘z yoshi qurib qolar edi. Yarim so‘yilganday, yarim o‘lik, yarim jon edi.

Darvesh o‘lar holatga yetganida shahzoda kelib qolar va u ma’shuqi ortidan soyaday ergashar, quyosh atrofida yer aylanayotganday edi.

Bir kuni shahzoda otlanib, sipohi bilan kelib qoldi. Darvesh gado uni ko‘rib, bir na’ra tortdi va hushidan ketdi. Hushiga kelganida bor vujudi yonar edi. Necha bor joni o‘rtanib, hushidan ketib, hushiga kelib turdi. Jonim yonmoqda, sabru tokatim qolmadi, der edi. Sargashta mard shu so‘zlarni aytib, dardi kuchli ekanidan boshini toshlarga urar edi. Shahzoda yana bir bora kelganida darvesh gado uni ko‘rib, yana hushidan ketdi. Hushiga kelganida ko‘zidan qonli yoshlari oqar edi. Shahzodaning chovushi (navkar, begi) gadoning bu holidan ogoh bo‘ldi va podshoh huzuriga borib, qonli voqeani aytib berdi:
— Ey shahriyor, bir darvesh rind shahzoda ishqida beqaror bo‘libdi.

Bu xabardan podshoh g‘azablanib, jahl ustida dedi:
— Tez boringlar, o‘sha nobakorni oyoq-qo‘lini bog‘lab, boshi egik holda keltiringlar!

Podshohxayli (beklari) shu zamon otlandilar va gadoning atrofini halqa qilib, qurshab oldilar va oyoq-qo‘lini kishanlab, osib o‘ldirish uchun dor ostiga keltirdilar. Kishan-lardan badani qonab ketgan edi. Xaloyiqdarveshningdardu qayg‘usidan ogoh emas edi, shu tufayli bu yerda unga birorta shafoatxoh ham yo‘q edi.

Podshohning bir vaziri bor edi, u ham darveshning ohu hasratidan xabarsiz edi. Shu vazirdan darvesh o‘lim oldidan dor ostida bir marta ibodat qilib, sajdaga bosh qo‘yishga muhlat berishini so‘radi. G‘azabnok vazir mayli deb ruxsat berdi.

Darvesh o‘z yuzini tuproq yuziga qo‘yib, ibodat boshlar ekan, sajda qilgani holda Haq taologa munojot qildi:
— Ey ilohim, bu begunoh bandangni podshohim o‘limga hukm qildi. Sendan tilagim shuki, o‘lmasimdan avval bir marta shahzodaning go‘zal jamolini ko‘rsam, shundan so‘ng yuz ming jonim bo‘lsa ham berishga roziman. Podshohim sensan, ey ilohim, bandalaring hojatini berguvchi (hojatxoh) o‘zingsan, oshiq ham o‘zing, ishq uchun jon olguvchi ham o‘zing. Sening bandangman, agar oshiqligim kofirlik bo‘lsa, mayli menga jazo bera qol. Sen yuz minglab hojatmandlarning hojatini ravo kilasan, shular qatori men bandangning hojatini ham ravo qil, maqsudimga yetkiz.

Ishq yo‘lida zulm ko‘rgan (mazlum) darvesh shu tariqa Allohi taolodan hojatini tiladi va ko‘z oldi qorong‘ilashdi.

Shu yerda pinhon - yashirinib turgan vazir bu so‘zlarni eshitib, gadoning dilidagi dardini tushundi va faqirga hamdard bo‘ldi. Podshoh qoshiga bordi va yig‘lab turib, gadoning Haq taologa qilgan munojotini unga aytib berdi. Sajda holatida darvesh hojatini so‘raganini aytdi.

Podshoh aftodadil bechora darveshning dardini tushundi, bu hol unga xush keldi va gunohkorni afv etdi. Shahzodani xoli joyga chaqirib, darveshning dardu holini tushuntirdi: «Darvesh sening oyog‘ingga bosh qo‘yishni orzu qilar ekan, sen hoziroq dor ostiga bor va gadoning ko‘nglini ol, sargashta bemorning dardiga davo qil, yaxshi so‘zlar aytib, uni mustamand qil, sen bedilga u dil beribdi, qahringni totgan odamga lutf qil, zahringni totgan odamga rohat bag‘ishla (do‘stlik qil). Diling raxshini (tulporini) gulshan tomon bur, so‘ng huzurimga qaytib kel.

Yusufjamol shahzoda otasining farmoniga itoat qilib, darvesh gadoning oldiga, dor ostiga borib, uning yoniga o‘tirib, uni visolidan bahramand qildi. Bu otashin xurshid yuzli yigit, bu ichi gavharlarga to‘liq daryo bir qatra suvi bilan o‘likni tiriltirishga, bemorning boshini o‘z tizzasiga olib, yupatishga chog‘landi.

Shahzoda dor ostiga borganida qiyomat qo‘zg‘algandek bo‘ldi. U darvesh gadoni halokat yoqasida ko‘rdi, sarnigun-egik boshi tuproqyuzida edi. Uning qonli ko‘z yoshlaridan go‘yo tuproqda gullar ochilganday edi. Olamdagi barcha qayg‘u- hasratlarning hosili go‘yo shu yerda edi. Darveshning bu ahvolini ko‘rgan shahzoda ham o‘zini yo‘qotdi, qonli tuproq ustiga yiqildi. Uning ko‘z yoshlari qonli tuproqni ho‘l qildi.

Shahzoda sipoh ko‘zi oldida yig‘lashdan uyalib, yashirin yig‘lab, oh tortmoqchi edi. Lekin shu vaqt beixtiyor ko‘zidan yoshi ravon bo‘lib, yuz ming dardining dalasi hosil berdi.

Har kim ishqiga sodiq bo‘lsa oxiri ma’shuqi uning boshiga keladi. Ey inson (F. Attor), agar senga ishqda sodiqlik nasib etsa, ma’shuqing sening ham qoshingga keladi. Oxiri xurshidsiymo shahzoda gadoning boshini tizzasiga olib, lutf ko‘rgizib, xush keluvchi, yoqimli so‘zlar aytdi. Gado shahzodaning ovozini eshitib, uning yuziga uzoqboqdi. Ishqda barcha yo‘llarning tuprog‘i bir bo‘ldi-yu, shahzodaning yuzini ko‘rish bir bo‘ldi.

Yonib turgan o‘tni daryo suviga tashlasalar, daryo uchun buning ta’siri kam bo‘ladi. Shu tobda darvesh otash bo‘ldi-yu, daryoga (shahzodaga) yaqin kelib, unga dedi:
— Ey shahriyor, jonim og‘zimga keldi, men sening qo‘lingda o‘lishni orzu qilgan edim, maqsudimga yetdim.

Shu so‘zlarini aytib, darvesh jon taslim qildi, go‘yo u bu olamga sira kelmagandek edi. Bir na’ra tartib, xursandlik bilan ma’shuqiga jon baxshida qildi.

Dilbarning visoliga yetgan odam unga jonini berish neligini biladi. Haq visoliga yetishgan odam mutloq foniy bo‘lib, o‘zligini yo‘qotadi.

Soliklar dardi ishq daryosiga sho‘ng‘ib, fano bo‘lish — yo‘qolish nimaligini yaxshi biladilar. Ey sen, vujuding yo‘qlik bilan (jonsiz loy bilan) birga bino bo‘lgan, lazzat-rohating alam-g‘am bilan aralash qilib qorilgan, zeru zabar bo‘lib, yo‘qolish muddati kelgunicha o‘z vujuding — ruhingdan xabar top. Kutilmagan barq — yashin chaqinidan o‘lsang qo‘ling ochiq ketadi.

Fano bo‘lguningcha ko‘zingdan abadiy olamni to‘sib turgan pardani olib tashla. Yo‘q bo‘luvchiga ipakli kiyimlar ne hojat? Agar sen bu kimyoni (foniylikni) qo‘lga kiritishni istasang bir nafas boriy taoloning nazariga tushishga intil. Manman-lik fikrini xayolingdan chiqar. Avvalo aql-hushli, andishali bo‘l. Oxirgi damlaringda darveshday bo‘l, kamoli zavqqan behushday bo‘l.

Menda menlik ham, g‘ayrilik ham qolmasin. Aqlu hushim kamligidan sharr va xayrni — yaxshilik va yomonlikni ajratolmayman. Bir bora o‘zimdan voz kecholsam edi, buning uchun bechoralikdan boshqa chora yo‘q.

Faqru fano oftobi menga nur sochsa edi, har ikki olam men uchun baribir bo‘lib qolardi. Yo‘qlik oftobining shu’lasini ko‘rolsam, suvga qo‘shilgan suvday bo‘lolsam edi. Ba’zan izlaganimni topaman, ba’zan topganimni yo‘qotaman. Mahv bo‘lay, gum bo‘lay, hech ham bor bo‘lib qolmay. Soya bo‘lay, zarracha bu dunyoga pechakday o‘ralashib qolmay.

Qatra, tomchi kabi sirlar bahri-dengizida yo‘q bo‘lib ketay. Bu zamonda haqiqat olamidan biror qatra topmadim.

Har kimsaning o‘lishi hali fano emas, bu olam tashvish-laridan qutulsam menga shu bas. Kimlardir bu olamda oydan oyga (yildan yilga) o‘tib yashashni istaydi, bu olamdan yo‘qo-lishni hech kim istamaydi. Jumla odamlarga behushlik kerak, hushi joyida bo‘lsa ular (mol-dunyoni) kam va ko‘p deb, talashib yuradilar.

So‘fiyning Musht Yegani Hikoyati

Bir so‘fiy bemaqsad yo‘l yurib borardi. Bir toshbag‘ir odam uning orqasidan borib bir musht urdi. So‘fiy ko‘nglida alam bilan boshini pastga egdi va haligi odamni «Seni Alloh ursin» deb qarg‘adi. So‘fiyga jabr etgan odamning o‘lganiga o‘ttiz yil o‘tgan bo‘lsa ham, ammo so‘fiy hamon uni qarg‘ardi. Bir darvesh so‘fiyga qarab dedi:
— Ey so‘fiylik da’vosini qiladigan odam, seni urgan kishi allaqachon o‘lib ketgan, u seni eshitolmaydi, gapirolmaydi ham. O‘ni qarg‘ashdan uyalmaysanmi, sen toki bunaqa o‘zing haqingda dam urar ekansan, Allohga hamdam bo‘lolmaysan. Bir soch tolasiday o‘zligingdan namuna qolsa ham Unga mahram bo‘lol-maysan. Bir tola sochday orada (vujuding) qoladigan bo‘lsa, yuz olamcha masofa miqdorida Undan uzoqsan. Kimki o‘zidan bexabar bo‘lsa va o‘zligidan asari qolmasa, jamoat orasida bo‘lsa ham, u Haqdan xabardordir. Agar sen bu manzilga yetmoqchi bo‘lsang, bir soch tolasiday sendan asar qolsa ham, bu yerga yetishing mushkul. Bor-budingni olovga tashlab yondir, ko‘ylak-ishtoningni ham yondir. Hech narsang qolmagach, yalang‘och bo‘lib o‘zingni o‘tga tashla. Hech narsam qolmasa, kafanligim nima bo‘ladi, deb qayg‘urma. Hamma narsang, vujuding kuyib kul bo‘lgach, sen xalos bo‘lasan, musaffo ruhday yengil xilqatga aylanasan. Ey yo‘l kishisi, agar Iso etagiga ilingan ignaday senda mol qolsa xam bilgilki, yo‘lingda yuz yo‘lto‘sar qoladi. Agar kishi Iso kabi yukini ko‘chaga olib chiqqanda ham, igna uning yo‘lini to‘sishi mumkin. Ul dargohga yo‘l olganda, bu dunyo vujud pardasi bo‘lar ekan, demak mol-mulk, ot-ulov, martaba — mansab bunda keraksizdir. Neki qo‘lingda bor birin-ketin bahridan o‘t, keyin o‘zing bilan o‘zing xilvatda o‘tirib suhbat qur va Alloh yodida bo‘l. O‘zingdan qutulib, ichki olaming — xotiring jam’ bo‘lgach, sen yaxshi-yomon tushunchalaridan qutulasan (tashqari chiqasan). Yaxshi-yomon tushunchasidan qutulsang, oshiq bo‘lasan, demak, ishq fanosiga loyiq bo‘lasan.

Kitob Sifati Haqida

Ey Attor, olamga har damda yuz ming sirlar mushku anbar hidini taratding. Jahon ufqlari sendan atrga to‘ldi, xushbo‘y bo‘ddi, jahon oshiqlari sening she’ring tufayli g‘ulg‘ula va hayajondadirlar. Gohida mutlaq ishqqan dam urding, gohida oshiqlar navosining pardasini chertding. Sening she’ring oshiqlarga boylik — quvvat bo‘ldi, ularga hamishalix ziynat berdi. «Mantiqut-tayr» yoxud «Maqomoti Tuyur» asari oxirita yetdi, sen uchun Kuyoshdan nur olib voyaga yetgan farzandday bo‘ldi. Bu asar xayronlik yo‘linint maqomotidir yoki sargardonlik deyunidir.

Ey o‘quvchim, dardli dil bilan bu devonga kir (kitobni varaqla), jondan kechib bu ayvonga qadam qo‘y. Jon ko‘rinmay qolgan ana shunday maydonda, balki maydon ham ko‘rinmay qolgan (vaqtda), agar dard bilan unga kirmasang, unda bir gard-g‘ubor ham senga yuz ko‘rsatmaydi. Ko‘nglingda agar dard qo‘zgolib, maqsad sari intilsang, agar qadam tashlamoqchi bo‘lsang — maqsad sari qadam qo‘y. Noumidlik — baxtsizlik oziqang bo‘lmay turib, hayron qalbing qayta tirilarmidi? Sen dard hosil qil, chunki darmonu davoying shu darddir. Ikki olamda jonning dorisi ham shu dardtsir. Ey yo‘lovchi, mening kitobimga shoirlik va kibru havo bilan boqma. Daftarimga ishq dardi yuzasidan qara, shunda yuzdan bir dardimga ishonching ortar balki. Bu yo‘lga kirganlarga dard yuzasidan boqqan kishigina bizni tushunadi, hamdard bo‘ladi, ishqdavlatiga erishadi.

Zohidlik va soddalikdan voz kech, boshiga ish tushgan odamda dard bo‘lsin, dard unga chin yo‘lni ko‘rsatadi. Kimdakim ishq dardi bo‘lsa, u darmon istaydi. Chunki darmon istagan kishida jon qolmaydi. Mard solik tashna, och va uyqusiz bo‘ladi, shunday tashna bo‘ladiki, o‘zini go‘yo hech qachon suvga yetolmaganday sezadi, chunki u Haq diydori tashnasidir.

Kimki bu so‘zlarni anglamasa, demak, dard berguvchini anglamabdi, oshiqlikdan ham qilchalik xabardor emas. Kimki buni o‘qisa, tariqatga bo‘yinsunadi, Haq yo‘liga ko‘ngil qo‘yib, ishini shunga quradi. Buni anglab topgan odam baxtiyordir.

Surat ahli mening so‘zimga shaydo, ammo ma’no ahli mening sirlarimning egasidirlar. Bu kitob ayyomning ziynati bezagidir, xoslar ham, avom ham undan nasiba oladi. Agar ko‘ngli muzday qotgan odam ham bu kitob bilan tanishsa, olov bo‘lib, pardani yorib chiqadi. Mening nazmim shunday bir ajib xosiyatga egaki, u har lahzada yana ko‘proq nasiba bag‘ishlaydi. Agar sen qayta-qayta o‘qisang, borgan sari qo‘proq yoqib qoladi. Noz to‘shagida to‘rda o‘tirgan bu uy kelin-chagi yuzidan pardalar asta-sekinlik bilan, birin-ketin ochiladi. Qiyomatgacha menday behudu telbalarcha qog‘oz ustiga qalam surgan odam yo‘q. Haqiqat dengizidan dur olib odamlarga sochuvchiman, so‘z men bilan tugadi, nishonaslmana shu kitob. Agar o‘zimni o‘zim maqgashga tushsam, birov buni qabul qilolmaydi. Lekin insofi bor odam mening qadrimni biladi, zero mening to‘lin oyimning nuri yashirin emas. O‘z ahvolimni bir qadar pardali qilib aytdim, aslida so‘zim-ning o‘zi holimni bayon etib turibdi. Halq e’tiboriga havola qilganlarim — xalqning boshiga toj bo‘lsa, buni qilmasam qiyomatgacha armonda qolardim. Ushbu ma’nolar sirrini xalq tilida bitdim, uni qiyomat qunigacha esdalik bo‘ladigan qilib yozdim, shuning o‘zi yetarlidir.

Agar bu to‘qqiz falak uqalanib tushsa ham, ammo mening asarim kam bo‘lmaydi, ziyon ko‘rmaydi. Bu kitob kimga yo‘l ko‘rsatsa, u odam ko‘zi oldidan pardalarni ketkazadi. Bu kitobni o‘qiganlar muallifni duo qilsinlar.

Bu bo‘stondan gul olib, elga sochdim, ey do‘stlar, yaxshilik bilan meni yodga oling. Har bir shoir udumga binoan o‘zi xoxlagan tartibda so‘z jilvasini berib, o‘tib ketdi. Nima qilay, men ham o‘tganlar misoli jon qushini uxlaganlarga jilvalantirdim. Agar sen uzoq umr uxlagan bo‘lsang ham, bu so‘zdan byr nafas diling bezor bo‘lajak. Shubhasiz, shunda bilamanki, maqsadimga erishaman va g‘amu anduhim unugiladi. O‘zimNi bir chirog‘day yondirib, jahonni sham’day ravshan qiddim. Toki jannat sham’i yorug‘lik sochsin deb tutunlarim-dan dimog‘im charog‘ tokchasiday qoraydi. Kundo‘zi ovqat yemadim, tunlari uyqum qochdi, qalbim yonishidan jigarimda suv qolmadi. Ko‘nglimga dedimki, ey vaysaqi, buncha gapira-san, jim turib asror izlagin. Ko‘nglim dediki, o‘t-olov ichra g‘arqman, ayb etma, agar so‘z so‘zlamasam, yonib ketaman. Jonimning dengizi yuz xilda to‘lkinlanadi. Shunday holatda bir dam jim turishim mumkinmi?

Bu bilan biror kishiga maqtanmoqchi emasman, shunisi borki, bu bilan o‘zimni o‘zim mashg‘ul etaman. Uning dardidan dilim xoli bo‘lmasa xam, ammo Unga loyiq mard bo‘lolmadim, men ul mard emasman deb necha bor aytdim-ku! Agar shunday desam, faxru g‘ururga berilgan, manmanlik qilgan bo‘laman. Bularning bari behuda afsonadir, odamlar ishi manmanlik-la qorilgan. Bu behudalar bilan mashg‘ul bo‘lgan ko‘ngildan nima ham chiqardi. Yuz marta jon tarkini qilib, bu behudalardan tavba qilish kerak. Jon uchun qachongacha jafo chekish lozim, yaxshisi jonni bag‘ishlab, jim bo‘lmoqdir.

Podsho Bilan Vazirning O‘g‘li Hikoyati

Dunyoni egallagan bir qudratli podshoh bor edi. Yetti iqlim mamlakatlari farmoni ostida edi. Iskandarday jahongirlikda mashhur bo‘lib, lak-lak lashkari bor edi. Uning saroyi shavkati oyga yetar, oy esa bu podshohhuzurida yuzini tuproqqa qo‘ygandaydi. Bu podshohning bir dono vaziri bo‘lib, olijanoblik va tadbirkorlikda nom chiqargandi. Bu vazirning esa bir barno, xushsurat o‘g‘li bor edi. Uning husnu jamoli olam ahlini lol qoldirgan edi. Husnu kamol bilan birga bag‘oyat dilkash, xushsuxan va dilfirib edi. Agar u kunduz kuni ko‘chaga chiqsa, odamlar orasida g‘avgo qo‘tarilar, qiyomat bo‘lardi, shu bois ko‘proq kechasi shahar aylanardi. Uning yuzi quyoshidan bahra olishga odamlar mushtoq edilar, lekin visoliga yetishishning ilojini topolmasdilar. Bu go‘zal o‘g‘lonning husnini sharhlashdan qalam ojiz, har qancha ta’rif-tavsif qilsam ham, faqat bir zarra madhini qilgan-dayman.

Alqissa, o‘shal podshoh shu barno yigit husnu jamolidan mastu behud, oshiqi beqaror edi1. Shoh agarchi qudratli bo‘lsa-da, ammo ishq g‘amida hilolday aftoda edi. Vazir o‘g‘liga shu darajada oshiq bo‘ldiki, o‘zini unutardi, aqlu hushidan ajralganday edi. Agar o‘g‘lon bir lahza oldidan ketsa, shohning ko‘ngli buzulib, qonli yoshlar oqizardi. Na dilida qarori, na firoqda sabri qolgandi. Doimo, kecha-qunduz birga bo‘lgisi kelardi. Shoh yigitning yuziga boqib to‘ymas, qo‘zlaridan nur emganday rohatlanardi. Yigitni yonidan siljitmaslikka intilar, ota-onasi oldiga ham yuborgisi yo‘qedi. Yigit ota-onasini ko‘rgisi kelsa ham, shohning qahridan qo‘rqib, bormas edi. Lekin bu orada boshqa qissa chiqib qoldi.

Saroy yaqinidagi bir xonadonda bir go‘zal qiz bor edi. Jamolidan quyosh andesha qilardi. Vazirning o‘g‘li shu qizni qo‘rib, unga oshiq bo‘lib qoldi. Bir kecha ikkalasi kelishib, xilvatda birga bo‘ldilar. Shoh bundan bexabar edi, qazodan shoh shu kecha mast edi. U yarim kecha uyg‘onib, qo‘lida dashna xonasidan chiqdi. Yigitni izlashga tushdi, ammo uni topmadi. Oqibatda yigit va qiz o‘tirgan joyga yetib keldi. O‘g’lon va qizning bir-biri bilan muhabbat og‘ushida suhbatlashib o‘tirganlarini ko‘rdi. Shoh bu ahvolni ko‘rib, rashk o‘ti qalbini o‘rtadi. Sulton mast edi, o‘z ma’shuqini boshqa bilan o‘tirganini qo‘rib, g‘azabga keldi:
— Qanday qilib menday jahongir sultonni qo‘yib, boshqa bilan bo‘ladi, mening ma’shuqim o‘zgalar bilan suhbat quradi, bu ablahlik, mendan qo‘rgan lutfu marhamatni hech kimdan ko‘rmagan, mukofoti shu bo‘ldimi, do‘stlikka vafo qani, men xazinalar kalidini uning qo‘liga berib qo‘yganman, hamma ulug‘larni unga ta’zimda bo‘lishga buyurgan, o‘zimga hamdard, sirdosh deb hisoblagan bo‘lsam, kelib-kelib bir gadoyning qizi bilan xilvatda o‘tirsa, qanday chidayman bunga. Hoziroq buning jazosini beraman», deya darhol vazir o‘g‘lini bandi zindon qilishga buyurdi. Uning qumushday muloyim va toza badanini tuproqqa beladi, kaltaklatib majruhetdi. Keyin dorga osib, odamlarga ibrat qilib qo‘rsatishga buyurdi. Dedi:
— Avval uning terisini shilib olinglar, keyin boshini quyiga qilib dorga osinglar. Toki bundan keyin podshohga yaqin bo‘lgan kishi begonalarga qaramaydigan bo‘lsin.

Ul o‘g‘lonni sudrab, xoru zor etib, gunohkorlar jazolana-digan joyga olib chiqdilar. Shu payt vazir o‘g‘lining ahvolidan xabardor bo‘lib, ohu nola chekib dedi:
— Ey otasining jonu jigari, bu qanday shum taqdir bo‘ldi, qanday balo seni yo‘ldan urdi? Nega podshoh sening dushmaningga aylandi?

O‘nta xizmatkor qul o‘g‘lonni dorga osib, shoh amrini bajarishga tayyorgarlik qo‘rardilar. Vazir qullar oldiga kelib, ularni gapga oldi va har biriga bir qimmatbaho dur berib, dedi:
— Podsho bu kecha mast holdadir, agar u hushyor bo‘lsa, qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, betoqatlik dardida yonishi aniq. Shoh bu farmonni bajarganlarni ham omon qoldirmaydi.

Qullar dedilar:
— Shoh kelib dorda hech kim yo‘qligini ko‘rsa, daf’atan bizning boshimizni oladi va tanamizni dorga osadi.

Shunda vazir o‘limga hukm etilgan bir jinoyatchini keltirib, terisini shildirdi va tanasini boshini tubanga qilib dorga ostirdi, uning qonidan atrof qizil rangga bo‘yaldi. O‘g‘lini bir joyga yashirib qo‘ydi va oqibati nima bo‘lishini kuta boshladi.

Ertasiga podshoh mastligi tarqalib hushyor bo‘ldi, ammo g‘azabi hali bosilmagan edi. U qullarni chaqirib, farmon ijrosini so‘radi. Hammalari:
— Bu nobakor yigitni qattiq jazoladik, jasadi terisiz suffa ustida dorda osilgan turibdi deb javob berdilar. Shoh bu so‘zlarni eshitib, xursand bo‘ldi. Xizmatkor qullarninghar biriga to‘n kiydirdi. Har birining xizmat darajasini ko‘tarib qo‘ydi.

Yana dediki:
— Bu itning tanasi dorda uzoq osilib tursin, xor bo‘lsin, toki bu nobakor palidning ishidan zamona ahli ibrat olsinlar.

Shahar ahli bu qissani eshitib, shoh qahridan norozi bo‘ldilar. Ko‘p odamlar dor ostiga kelib nazar solardilar, biroq jasad kimniki ekanini taniyolmasdilar. Qonga belangan qip-qizil go‘shtni ko‘rardilar va rahmlari kelib qo‘z yoshi qilardilar. Shahar ahli ul mohning motamini tutardi, barchaning qalbida dardu alam va labida ohu nadomat bor edi,

Shoh bo‘lsa, bir necha kun o‘tgach, dildorini sog‘ina boshla-di, o‘z qilmishidan pushaymon bo‘ldi. G‘azabi kamayib, ishqi zo‘rayaverdi, sherdil shohni ishq chumoliday zaif holga keltirdi. Shavkatli shoh endi taxtda emas, xilvatda nola qilib o‘tirardi. Alamdan ichar, xayoliga yorini keltirar, hajru ayriliq yuragini ezardi. Oqibat toqati toq bo‘lib, ohu vovaylo chekishdan tinmasdi. Firoq dardi ichra joni qiynalar, mushtoqlikda o‘rtanardi. Pushaymonu afsuslar chekar, o‘zini har tomonga tashlab, yoqa yirtar, ko‘zidan yosh o‘rniga qon oqizardi. Ish shu darajaga borib yetdiki, taom yeyish, sharbat ichishni ham kanda qildi, tunlari uxlamadi.

Yashirin ravishda dorning ostiga borib, ul o‘g‘lon holiga yig‘lar, ishlari, husnu jamoli, so‘zlarini bir-bir yod etardi. Murdaning qonlarini yuzlariga surtardi. Butun kecha dor ostida zor-zor yig‘lab, tong otganda qasrga qaytardi. Shu zaydda qirq kecha-kunduz o‘tdi, podshoh ramaqijonday ozib, vujudi qilday ozib ketgan edi. Oxiri o‘g‘lon yodida kasal bo‘lib yotib qoldi. Hech kim og‘iz ochib shohga so‘z qotishga jur’at qilmasdi. Qirq kecha-kunduz azoblardan keyin bir kecha o‘g‘lonni tushida ko‘rdi: o‘g‘lonning oyday yuzi ko‘z yoshiga belangan, oyoq uchidan boshigacha qonga cho‘mgan edi.

Shoh dedi:
— Ey jonga jon bag‘ishlovchi latif inson, nima sababdan qonga g‘arqbo‘lding?

O‘g‘lon dedi:
— Sening oshnoliging tufayli shunday holga tushdim, bevafolik qilib, shu ahvolga solddag. Men gunohsizni terimni shilding, shu vafodor kishining ishimi, ey podshoh?! Do‘st o‘z do‘stiga shuni ravo ko‘radimi? Hech bir kofir bunday ishni qilmaydi. Endi sendan yuz o‘girdim, qiyomatda sening jazong muqarrar. Atsolat va ajrim kuni kelganda Parvardigor sendan mening qasdimni olajak.

Shoh o‘g‘londan bu javobni eshitgach, ko‘ngli g‘ash bo‘lib, uyqudan uyg‘ondi va sapchib o‘rnidan turdi. Qalbida g‘alayon qo‘zg‘oldi, mushkul ustiga mushkuli ortardi. Devonalarday o‘zini yo‘qotdi, g‘am daryosiga sho‘ng‘idi, dod solib yig‘lay boshladi. Der edi: «Ey samarasiz, sabil qolgan jonu dilim, na jon qoldi qo‘dda, na dil. Bu o‘g‘lon (ruhi) meni izlab kelibdir, demak, meni zor-zor qiynab o‘ddirishga kelibdir. Men kabi o‘zini o‘zi rasvo qilgan kim bor, kim o‘z qo‘li bilan bunday ishni qilibdir, axir? O‘z ma’shuqini o‘ldirgan men kabi odam qoniga belansa arziydi. Bir boqsang-chi, ey o‘g‘lon, qaerdasan, oshnolikni butkul unutma. Men yomonlik qildim, ammo sen yomonlik qilma, zero bu yomonliklarni men o‘zimga qildim. Men seni deb hayron va g‘ambodaman, seni deb tuprog‘ing ustida boshimga tuproq sochmoqdaman. Ey mening jonim, seni qaerdan izlayin, hayronu sargardon oshig‘ingga rahm qilgin. Agar men bevafodan jafo ko‘rgan bo‘lsang-da, lekin sen vafodorsan, menga jafo qilma. Men bexabar sening qoningni to‘kdim, endi sen mening jonim qonini to‘kayapsan. Mast edim, shu bois bu xato sodir bo‘ldi, balki qazo hukmi-da men tufayli amalga oshdi.

Agar sen mendan oldin to‘satdan ketgan bo‘lsang ham, sensiz men dunyoda tirik qolishim gumon. Sensiz bir nafas o‘zimni bilmayman, umrim ham oxir bo‘lmoqda, bilsang. Men o‘limdan va tanani tark etishdan qo‘rqmayman. Agar jonim abadiy uzr so‘rasa ham bu uzrni so‘rab ado qilolmaydi. Koshki birov bo‘g‘zimga tig‘ urib kessaydi. O‘shanda balki ko‘nglimdan bu pushaymonlik dardi ketarmidi? Xoliqo, jonim bu hasratda kuydi, boshdan-oyog‘im hasrat o‘tida o‘rtandi. Endi menda firoqqa toqat qolmadi. Qachongacha jonim yor yodida kuyadi? Ey odil Alloh, jonimni olib meni bu darddan xalos et, boshqa majolim qolmadi.

Shunday hasrat chekaverib, shoh oxir jim bo‘ldi. Jimjitlikda hushidan ketib yiqildi. Oxir-oqibat inoyat mujdasi yetib keldi, shikoyatu zorliklardan keyin shukrlar yetib keldi. Podshohning dardi haddan oshgan vaqtda, vazir o‘sha yerda edi. U o‘g‘lini yuvintirib, ozoda kiyintirib, keyin shahanshohhuzuriga jo‘natdi. Podshohul oyni ko‘rgach, shunday holga tushdiki, uni tasvirlab berish qiyin. Shohtuproqqa, o‘g‘lon esa uning oyog‘iga yiqildi. Bu ajoyib uchrashuvni hech kim ko‘rmagan edi. Bundan keyin nima desam beta’sirdir, aytmaganim yaxshi. Shohhijron dardidan qutulgach, ikkalasi xos ayvonga qarab yo‘l oldilar. Bundan keyingi voqealarni birov ko‘rmadi, zero bu yerda ayolga o‘rin yo‘q.1 Har kim har narsa so‘zlashi mumkin, u esa albatta boshqalarga hikoyat qiladi. Go‘yo ko‘zi ko‘r bu holni ko‘rganday, kar quloq eshit-ganday qabilidagi gap. Men kimmanki, bu voqeaningsharhini qilsam, agar buni sharh etsam, xatini jon bilan bitardim. U yerda bo‘lmay, buni qanday izohlay, undan ko‘ra og‘zimni yumib yurganim ma’qul. Agar oldingilardan (salaflardan) ijozat bo‘lsaydi, ular menga sharh etishni buyurgan bo‘lardi-lar. Bu zamon ozgina so‘z aytdim, xolos, aslida ish — amalga o‘tayin, so‘zni tugatdim, vassalom.

Qushlarning Simurg‘ni Izlab Kelib, O‘ttiz Qushni - O‘zlarini Ko‘rgani Hikoyati

So‘nggi manzilga yetganda, o‘ttiztagina qolgan qushlar zor-intizor boqdilar.

Ammo ular izlab kelgan yo‘lboshchi ko‘rinmasdi, ular qaragan tomonda noyob va bepoyon naqsh kabi sirli bir yozuv-xat paydo bo‘ddi. Bu yozuv-xat butun borliqni egallab olganday edi.

Qushlarning juda og‘ir ahvolda benihoya mashaqqatlarga, talafotlarga uchrab, holdan toygan bo‘lsalar ham, bu sirli xatga umid va shodlik bilan boqdilar.

Lekin o‘zlari hali bilmas edilarki, ularni sevintirgan bu narsa, yanada cheksiz mashaqqatdan iborat edi. Ular go‘yo Yusuf bir noyob narsa topaman deb, yugurib borib, chohga qulab ketganiday edi. Yusuf u chohda alam, qayg‘u va tashnaliqdan azob chekkan bo‘lsa-da, lekin oxiri podshoh bo‘lgan edi. Bu ziyoratchilar esa ham chohga tushgan, ham gado, ham och-yalang‘och qolgan edilar. Agar Yusufni og‘alari bir necha tanga-chaqaga sotgan bo‘lsalar, bularni hech kim tekinga ham olmas edig

Bu holni anglab, bular uyat va hayajondan vujudlari erib, to‘tiyoga aylangandek bo‘ldi. Hammalari yonib, kuyib, poklandilar va nurga aralashib ketdilar.

Bular shu tariqa oliy hazratning nuriga yetishdilar. Fanodan so‘ng baqoga o‘tilganida yangi jon qanday bo‘lishi shu vaqtgacha bular uchun sir bo‘lib kelgan edi. Ular shu vaktgacha bu holning nimaligini bilmas edilar. Bular shu yo‘l bilan avvallari qilgan va qilmagan gunohlaridan siynalari poklanib, oftob jamolga yaqinlashdilar.

Qushlarning ko‘z oldida bepoyon oina — ko‘zgu paydo bo‘ldi. Shu ko‘zguga qarab, ular o‘zlarini Simurg‘ - o‘ttiz qush holatada ko‘rdilar.

Bu holatdan ular yanada hayratga tushib, nimalar bo‘layotganini tushunmay qoldilar. Ular qayta-qayta ko‘zguga qarab, faqat o‘zlarini - o‘ttiz qushni - si murg‘ni ko‘rar edilar. Ular goh ko‘zguga, goh o‘zlariga qarab, Simurg‘ o‘zlari ekaniga hayratda edilar. Ular har ikki tomonda2 faqat o‘zlarini ko‘rar edilar. Har ikki tomonda birorta ko‘p yo birorta kam emas edi. Barchalari hayrat ummoniga g‘arq bo‘lib, fikrsizlikdan tafakkur tomonga o‘tsalar-da, bu ne hol ekanligini anglashga ojiz edilar.

Shu asnoda ular oliy zotdan tilsiz yo‘sinda «biz» va «sen» so‘zlarining ma’nosini, bu azim sirni ochish (kashf etish)ni so‘radilar. Oliy zot ham tilsiz yo‘sinda javob berdiki, «Mana shu oina (ko‘zgu) oliy zotdir, sizlardan har biringiz ko‘zguga qarab, o‘zingizni ko‘rasiz, bu ko‘zguda sizlarga joningiz badanli va badaningiz jonli bo‘lib ko‘rinadi. Sizlar izlab kelgan Simurg‘ shu ko‘zguda ko‘rganin-gizdir. Sizlar qirqtami, elliktami, oltmishtami, baribir ko‘zguda boringiz ko‘rinadi. Buyuk sir pardasi faqat siz ko‘ra oladigan darajada ochiladi. Ko‘p narsalar boshingizdan kechsa ham, o‘zingiz ko‘rasiz va o‘zingizni ko‘rasiz. O‘zingiz qanday bo‘lsangiz, shunday ko‘rinasiz.

Ko‘pchilik ko‘rgan bilan bir odam ko‘rganining farqi bor. Chumolining ko‘zi bilan Surayyoni ko‘rib bo‘lmaydi. Chumolining nazari sandonni, filning nazari dandonni (o‘z tishini) ko‘ra oladi. Har kimning bilgani va ko‘rgani u bilganicha va ko‘rganicha emasdir. Asl hodisalar mohiyati odam gapirganicha va eshitganicha emasdir.

Sizlar bosib o‘tgan vodiylarni hamma ham bosib o‘tolmay-di. Sizlar qilgan ishlarni har kim ham qilolmaydi.

Sizlar ko‘zguda o‘ttiz qush — Simurg‘ni ko‘rib, hayron qoddingiz. Bedil, besabr va bejon bo‘lib qoldingiz. Biz sizlarga qo‘rsatgan o‘ggiz qush haqiqat qushlarining gavharidir. Onangiz quchog‘ida o‘zingizni ko‘rganday, bizning bag‘rimizda yuz turli izzat va nozni topasiz.

Oliy zot elchisi shu so‘zlarni aytib, quyosh nuri tushganda soya yo‘qolganiday, g‘oyib bo‘ldi.

Mening so‘zlarim ham qushlarning yo‘liday uzayib ketdi. Lekin bu so‘zlar bilan ham buyuk sirning ildiziga yetib bo‘lmaydi. Shuning uchun so‘zimni muxtasar qilay. Endi qushlar uchun yo‘l ham, yo‘l ko‘rsatuvchi, rahnamo ham qolmadi.

Iskandar Va Arastu Hikoyati

Iskandar din yo‘lida jon bergach, Arastu xitob qilib dedi:
— Toki tirik eding pandu nasihat qilarding, ammo bu kungi o‘liming xalq uchun oxirgi pand - ibratdir.

Ey ko‘ngil, hayot girdobidan va buning orqasidan keladigan o‘limdan ibrat ol, g‘aflatdan bedor bo‘l. Men (Attor) qushlar tili, nutqini bir boshdan senga so‘zladim, ey bexabar, buni anglagil! Oshiqlar orasida qushlar go‘yo eshikdirlar, ular qafas (dunyo)dan ajaldan oldin parvoz qilib chiqadilar. Hammasi uchun boshqacha sharhu bayon bor, chunki qushlarning tili o‘zgacha tildir. Bu qushlarning barchasining tilini bilgan odamgina Simurg‘ oldiga iksir (hikmat javhari)ni keltira oladi. Yunonlar hikmati — falsafasi ichida sen ruhoniy mardlar davlati — ma’rifatini taniy olarmisan? Yunonlar hikmatidan batamom qutulmasang, din hikmatida, mard bo‘lolmaysan. Kimki ishq yo‘lida yunon falsafasi - aqliy bilimga tayansa, u din qoidasi — devonida ishqdan ogoh emasdir. Bu yerda Haq ma’rifati yo‘lida «qufr»ning «k» harfini «falsafa»ning «f» harfidan yaxshiroq ko‘raman. Zero agar bu kufr yana parda bo‘lsa, sen buni anglab kufrdan saklanasan. Ammo agar ul jadal (dialektika) ilmi yo‘lto‘sarlik kila boshlasa, ko‘proq ogoh — oqil odamlarni yo‘ldan uradi. Agar yunon hikmatiga dil bog‘lagan bo‘lsang, Umari Foruq kabi yonib, dinni himoya qilolmaysan. Din sham’i yunon hikmatini yondirib yubordi, shu bois din sham’ini bu ilm (yunon falsafasi) bilan o‘chirolmaysan. Ey, din odami, Yasrib hikmati (Muhammad rasululloh dini) o‘zga ilmlar yo‘lini to‘sdi, endi dini islom yo‘lida Yunoniston ilmi ustiga tuproq sep.1

Ey Attor, qachongacha gap sotasan, axir sen bu mushkil ishning mardi emassan, undan ko‘ra o‘z vujudingdan pok bo‘lib, butkul tashqari chiq, tuproq uzra tuproqday to‘kil, ko‘zga ko‘rinma! Toki sen bor ekansan, har bir xasga poymol-san, agar yo‘qolsang — fano bo‘lsang odamlar boshiga toj bo‘lasan. Sen fano bo‘lgin, toki barcha yo‘lovchi qushlar Ulug‘ Dargohga yetib ol, deb yo‘l bo‘shatsinlar. Sening aytganlaring har kimga yo‘l ko‘rsatsin. Shu so‘zlar senga ham rahnamo, pir bo‘lsin. Yo‘lga kirgan qushlar nazarida hech kim bo‘lmasam-da, biroqular ishi, ahvolini so‘yladim, shu basdirki, ushbu karvon orqasidagi changdan menga ham g‘ubor yetsa, men ham shu dard ahliga bir qism bo‘lib qo‘shilsam.

Yoshi Ulug‘ Pir Va So‘fiy Hikoyati

Yoshi ulug‘ pir bir so‘fiyga haq yo‘lida yashovchi mard insonlar haqida ancha so‘zlarni aytib berdi:
— Yaxshi so‘zlarni aytguvchi til yoqimlidir, bunday so‘zlarni odamlar doimo bir-birlariga aytib yuradilar. Bu so‘zlarni baxtiyor odamlar eshitgan bo‘lsalar ham, men bu qissani jonu dilim bilan sizlarga aytib beraman.

Men hayotda Haq taolo yetkizganlariga shukr kilishdan boshqa boyligim yo‘q, lekin shukr boyligi ba’zilarning zaharli so‘zlaridan ming bor yaxshiroqdir.

Kamina jumla devonalarning devonasiman, bu so‘zlarim aklga begonadir. Men nelarni bilamanu, nelarni gapiraman, ajabo, yo‘qolgan qanday narsalarni izlayman, ajabo?!

Molu davlatni tark etganlar haqida, hamoqat va g‘aflat ilmlaridan dars berganlar haqida so‘zlayman.

Ba’zilar menga:
— Ey yo‘lini yo‘qotgan odam, qilgan gunohlaring uchun uzr so‘ra, — desalar, balki bu so‘zlarini rost deb bilmayman, balki, rost deb, yuz yilgacha uzr so‘rayman.

Hayot yo‘limda ba’zi damlarda ishim may ichish bo‘lsa ham, men she’riyat mayini ichganman. Meni doimo shu yo‘lda desalar to‘g‘ri aytadilar. Hali ham she’riyat yuragimda dard, ham bag‘rim sargashta.

Shu ham anikki, hujjatsiz, hosilsiz (mevasiz) she’rlar aytish jaholatda yashayotganlarning ishidir. Jahonda bir dilkash mahram do‘st topmagan bo‘lsam-da, dilimdagi dardu hasratlarimni she’rim bilan baham ko‘rganman.

Agar, sen (ey, o‘quvchim), sirlarga qiziquvchi va ma’no-larni ochuvchi bo‘lsang, diling qonga to‘lib va qon to‘kib, sirli jumboqlarni topuvchi bo‘lsang, men dilingdagi shak-shubha, gumonlarning boshini kesib, «qon to‘kaman» va «qon to‘kuvchi» (o‘tkir) so‘zlar aytaman. Mening teran, chuqur ma’no-lar dengizimdan suv ichmoqchi bo‘lsang, «qon hidi» keluvchi so‘zlarimni tingla.

Bid’at zahridan kasal bo‘lgan odam bu yuksak so‘zlarni shifobaxsh dori taryok deb bilsin. Garchi Attorman va taryokli dorilar berurman, aslida dilim tok novdasiday quruqshab qolgan. Xalq orasida benamak (tuzsiz so‘zlar aytuvchi) bexabarlar (bilimsiz, johillar) bor. O‘shalar tufayli men jigarim qonini ichaman. Garchi suframda qattiq non bo‘lsa ham, ko‘zim yoshlaridan yangi «sho‘rvalarni» ichaman.

Dilim sufrasini ba’zan yig‘ishtirib qo‘ysam-da, gohi-gohida hazrat Jabrail mehmonga kelib turadi. Ruhul-quddus meni o‘ziga «hamkosa qiladi» (Ma’rifat mayini beradi).

Qachongacha, har qanday mudbirlar-badbaxtlar bilan non-tuzni baham ko‘rib yuraman? Har doim noxush (ya’ni, aqlsiz, hushsiz) odamlar bilan non yeyishni xohlamayman. Ozgina non va nonxurush bo‘lsa, menga kifoya. G‘inoul-qalb, ko‘ngil ohanglarim men uchun jonafzo, haqiqat - men uchun kanzi loyafnodur.

Boy, badavlat odamlarning har qancha - xazinasi bo‘lsa-da, mendan harjihatdan past, tuban odamlardir. Izid-taologa shuqrlar bo‘lsinki, menga har qanday nosoz, aybli ne’matlarni bermaydi. Dilimdagi dardlarni har kim bilan baham ko‘rmayman, har qanday bo‘lmag‘ur ishlar uchun Allohvandimning nomini tilga olmayman. Hech bir zolim bilan taom yemayman. Taxallusim (Attor)ni har qanday kitobga qo‘ymayman.

Olimning mehnati mamduh-maqtovlidir, jismim quvva-ti ruh quvvatidandir, shu menga kifoya. O‘z yukimni o‘zim ko‘taraman, o‘z nonimni o‘zim topib yeyman. Xalqning (bo‘lmag‘ur) ishlaridan ozodman, yuz balo ichida yashasam ham shodman. Badxoh, yomon niyatli odamlardan forig‘man. Ba’zan nomimni yomonga chiqarsalar ham, yaxshiga chiqarsalar ham sabr qilaman. Men o‘z dardlarim bilan darmondaman. Barcha ufqlarga qo‘lim (aqlim) yetadi. Gohida dardlarimni hech kim tinglamasa ham, dunyoning ishlaridan hayron qolsam ham mayli. Eng muhimi, jismim va jonim yo‘ldadir, kelgusida jismim jonimga yetishadi deb umid qilaman. Qismatim shu dardlarda va darig‘olardadir, boshqa joyda emas.

Yo‘lchining O‘limi Oldidan Aytgan So‘zlari

Yo‘lchilardan (haq yo‘lchisi, solikdan) jon chiqar vaqtida do‘stlari:
— Nechuk holdasan? - deb so‘radilar. Haq yo‘lchisi javob berdi:
— Umrim yo‘lida oxirat ozig‘ini g‘amlamadim, meva ham, bargham bermadim. Xijolatli fe’lim sababli qo‘limda faqat loy va tuproq qoldi. Oxirida topganim go‘rimga qo‘yiladigan bir g‘isht bo‘ldi. To‘plab yiqqan kiyim-kechaklarimdan shu janda va kafanligim qoldi.

Avvalo meni qo‘z yoshlarim bilan yuvinglar. Oxirimda boshim tagiga bir g‘isht qo‘yinglar. Kafanim ko‘z yoshlarimga og‘ushta, peshanamga yozilganini ko‘rmoqqaman. Pok tanimni kafanim yopib tursa, tezroq tuproqqa qo‘shilaman. Kichik bir chuqurda (go‘rda) yotganimda boshimga tuproqdan o‘zga yog‘in yog‘maydi. Afsus, bir dona (urug‘) emasmanki, tuproqdan unib, o‘sib yashasam. Soya quyosh visolini orzu qiladi, lekin bu savdo juda qiyin, amrimaholdir. Bu ishning qiyinligi soyaga oshkor-ma’lum bo‘lsa-da, u shu mushkul ishni sira xayolidan chiqarib tashlol-maydi. Mening ham ahvolim oftob yorug‘ini orzu qilgan soyaga o‘xshaydi. Men bu mushkul ishni xayolimdan chiqarolmayman.

Inson o‘lganidan so‘ng yolg‘iz qoladi, daryo suviga g‘arq bo‘lsa ham labi quruqshab, bir tomchi suvni tomizadigan odam topolmaydi.

Menga endi hech kim hamroz va hamdam bo‘lolmaydi, endi hech kim hamdard va mahram bo‘lolmaydi. Menda endi hech bir himmat va xirs kabi mayllar ham qolmaydi. Endi ruhim halovatida zulmat-g‘ashlik bo‘lmaydi. Endi dilimni hech kim ranjitmaydi, men ham hech kimning dilini ranjitmayman.

Endi men sulton dasturxonidan luqmani havas qilmayman. Eshik ogasiga ham shoh dargohiga kiriting deb, yalinib-yolvormayman. Endi dilimda xalqdan uzoqlashib, yolg‘izlanib qolishdan tashvish bo‘lmaydi. Mening ahvolimda hamma narsa ostin-ustin bo‘lgan.

Pir shunday deb, o‘z hol-ahvolidan xabar berdi.

Pokdin Yigit Va Uning So‘zlari

Bir pokdin yigitdan bunday so‘zlarni eshitdim:
— Kamina o‘ttiz yoshga to‘ldim, shu yillarda goh yaxshi, goh yomon kunlarni ko‘rdim. Ismoil kabi g‘am chekmadim. Axir, Haq amri bilan otasi uning boshini olmoqchi edi. Shu yoshdagi har bir yigit umrida bir lahza bo‘lsa-da, o‘zini Ismoilday his etsa edi. Axir inson Ismoil kabi tabiati bo‘lsa ekan.

Allohning roziligi uchun nima ish qilsam ekan, deb kecha va kunduz zor-intizor sha’mdek yonaman. Goh abri navbahor, ya’ni ilk bahor yomg‘iriday ko‘z yoshi to‘kaman.

Ey birodar, sen sha’mning yorug‘ini yaxshi ko‘rasanu, uning boshi otashda ekanini ko‘rmaysan. Menga tashqaridan qarab turgan odam ham oxirat yo‘lini o‘ylab, dilim yonib-kuyayotga-nini bilmaydi.

Gohida o‘zimni chavgonning go‘yi — to‘piday his etaman, boshim qaerda, oyog‘im qaerdaligini bilmay, sarsonman. O‘z vujudimdan (oxirat, iqbolim uchun) hech foyda ko‘rmadim. Vujudim foyda topgandir, lekin men topmadim.

Ey darig‘o, (Haq yo‘lida) biror do‘st-yorim yo‘q. Behuda, befoyda, bekorchi ishlar bilan umrimni zoe’ qilmoqdaman. Yaxshi, xayrli ishlarga quvvatim yetmasligini bilaman. Lekin buni bilganimdan foyda yo‘q. Shu vaqtlarda, bu zamonda men kabi ojiz va bechora yo‘q, Haqdan o‘zga men uchun chora qiluvchi g‘amxora yo‘q.

Mansur Hallojning Kuli Hikoyati

Hallojni qatl etib, gulxanda kuydirdilar va u ishqda omadi kelgani uchun bir hovuch kulga aylandi. Hagto uning kuli ham tilga kirib, «Anal-Haq» dedi. Bu bilan kul ham oshiqlik martabasiga yetdi.

Shayxning kulidan shunday sado chiqqan vaqtida, bu so‘zni aytgan zot qani, u o‘lsa ham o‘zining so‘zini rost deb bilmoqda, deb ajablandilar.

Kuldan bunday sado chiqqanini bu yerda yig‘ilganlarning hammasi eshitdi. Uning so‘zini eshitib, bu holni o‘z ko‘xaari bilan ko‘rdilar. Hamma odamlar avval Hallojga:
— Bu so‘zlaring afsonadan boshqa gap emas, borar joying vayronadan boshqa joy emas, - degan edilar. Lekin ko‘rdilarki, asl aynimas ekan, asl mustag‘ni hech kimga ehtiyojsiz va pok ekan. U zot-ning bir qismi (kuli) qolgan bo‘lsa ham, qolmagan bo‘lsa ham, u so‘zidan qaytmas ekan. Asl quyosh abadiy so‘nmas ekan. U aytdiki: na zarra, na soyaman.

Qushlarning Fanodan So‘ng Baqo Holiga Yetishgani Hikoyati

Fano holatida qushlar uzoq vaqtlarini hushsiz, go‘yo yo‘qlikda o‘tkazdilar. Ular bu holatda yuz ming qarn1, ehtimol undan avval ham, keyin ham yana shuncha zamonlarni o‘tkazdilar.

Qushlarninguzoqzamonlar bexudlikda, yo‘kdikda qolgan-lari behuda ketmadi. Ularning niyozmandligi, Haq taologa yolvorishlari yaxshi hosil berdi. Vaqti-soati yetib, barchalari yana hushlariga keldilar. Fanodan so‘ng ular baqo holatiga, abadiy hayotga yetishdilar.

Fano va baqo haqida hargiz odamlar na eski gapni, na yangi gapni aytoladilar. Bu haqda sen ne desang ham o‘zing bil-gancha gapirasan va bu gaplaring haqiqatdan juda uzoq bo‘ladi. Bu holning vasfu xabarini juda uzoq sharhlash mumkin. Lekin ashob-sahobalarimiz bu yo‘lning misolini (fanodan so‘ng baqoga yetishuvni) sharhlab berganlar. Ular baqo qaysi joyda ekanligi haqida yangi kitob yozishlari kerak edi.

Fanodan so‘ng baqo asrorini bilganlar ham buni aytol-maydilar. To o‘zing vujuding va yo ruhing bilan yo‘qlikdan abadiylikka, baqo manziliga qadam qo‘ymaguningcha, u manzil neligini bilmaysan. U manzilga bormaguningcha, sen uchun fano ham yo‘q, baqo ham yo‘q. Bu yo‘lning avvalini va oxirini bil-maganing uchun senga bu haqda gapirish foydasizdir.

Yo‘klikdan bor bo‘lish qandayligini inson hali bir tomchi nutfa holida ekan, u Allohning qudrati bilan parvarish qilinib, yuz bora izzatlanib va nozlanib, oqil va korsoz -ishlaringni sozlovchi tomonidan vujudga keltirilding. So‘ng u vujud voqifi asror (Alloh)ga xush kelsa, unga kerakli ma’rifatni ham beradi.

Otashda yonib, mahv etilgan bir hovuch kul ham qo‘li ochiq zot tomonidan izzat-hurmat ko‘radi. Uni yana yo‘l tuprog‘iga qo‘shadi. U allaqancha vaqt yo‘l tuprog‘ida foniy bo‘lib yotadi. Bu orada yo‘l unga yuz turli sirlarni aytadi. Bu sirlarni yo‘l goh u bilan, goh usiz aytadi.

Shundan so‘ng Haqtaolo uni (osmonga uchirib) baqo holiga musharraf qiladi. (U yomg‘ir bilan yerga tushib, gul yo boshqa o‘simlik bo‘lib unib chiqadi). Uzoq vaqtlar xorlikda yotgani unga izzat keltiradi.

Sen bu so‘zlardan nimani tushunding, sen o‘zing avval qaysi holatda eding? Allohning qudrati bilan sen izzat va aql topding. Agar, sening joningni eng oliy shoh rad etsa, sen elga shoh bo‘lsang ham baqo manziliga yetolmaysan.

Fano holi ma’nosining tagiga yetmagan odam haqiqiy baqoni ko‘rolmaydi. Avval ruhing ko‘p zamonlar xorlikda bo‘lsagina, bir zamon kelib, noming boqiy bo‘lib, abadiy izzat-hurmat topasan.

Borliqqa yetishish uchun yo‘q bo‘lishing kerak, o‘zingni doimo bor deb o‘ylasang, bor bo‘lib qolmaysan, abadiy yo‘q bo‘lasan. Xor-zorlik va fano-yo‘qlikni ko‘rmaganlar boqiylik izzat-hurmatiga hech qachon yetisholmaydilar.

Bir Javonmard Tushida Shibliyni Ko‘rgani

Shayx Shibliy bu Xarob dunyodan ketganidan so‘ng bir javonmard uni tushida ko‘rdi va undan:
— Ey nekbaxt, Haq taolo seni qanday kutib oldi? - deb so‘radi.

Shibliy dedi:
— Men haq dargohida hisob beryshda shunchalik qiynalmoqdamanki, bunday ojizligimni, zayf va navmidligimni dushmanim ham ko‘rmasin, deyman. Yaxshiki, dunyodagi hayotimda gohi paytlarda bechora bo‘lib qolgandim, xuddi shu holim uchun Allohyim menga bir marta rahmat nazari bilan qaraydi deb, umid qildim. Xoliqo, bechoraligim uchun rahm qil, dedim, — sen ojiz, bechora, cho‘loqchumoliga ham rahmdilsan. Men ham shunday bechoraman-ki, o‘zimning qaerdan kelganimni, qayoqqa borishimni va kimligimni ham bilmayman.

Bekase, bedavlate, behosile, Benavoe, beqarore, bedile, ya’ni, bechoraman, davlatsizman, ilmsizman, navosiz, karorsiz, dilsizman. Umrim jigarxunlik bilan o‘tdi, hech kimga bahra yetkazmadim. Ne ish qilsam, barchasiga tovon to‘layman. Jonim og‘zimga kelganida dinu dunyoyimni boy berdim. Menda na suvrat va na ma’no qoddi. Ikki o‘rtada sarson va hayronman.

Sargardon va muztar, na kofir, na musulmonman.

Tor eshikdan o‘tolmay, tang ahvolga giriftorman. Yuzim pindor (takabburlik) devoriga urildi.

Faqat bechoraligim uchun bu eshik menga ochildi, zarracha aftodaligim yo‘limda rahnamo bo‘ldi. Axar har banda dunyoda hayotda yo‘l ozig‘i (toat, ibodat, xayrli ishlarni) jamg‘armasa, bu yokda oh chekib, ko‘z yosh to‘kishdan foyda yo‘q ekan. Bu yoqqa kelmay turib, dunyo hayotida oh chekish, yig‘lash kerak ekan. Inson hayotligida chekilgan ohlar bor gunohlarni yoqib, yo‘qotar, to‘kilgan ko‘z yoshlari hisob daftariga gunoh deb bitilgan siyohlarni yuvib yuborar ekan.

Hayotda daryo ko‘z yoshi oqizganlarga bu yoqda go‘zal hurlar manzili nasib etar ekan. Agar kimki hayotligida diydasi xunbor - qonli ko‘z yosh to‘kmasa, bu yokda Haq taolo mening bu odam bilan ishim yo‘q deb, yuz o‘girar ekan.

Pir Va Ruh Qushi Hikoyati

Shogirdlariga ustozlik qiluvchi pir (bir kecha tushida) juda ko‘p ruxdarni ko‘rdi. Hayotda naqdinalarini (molu davlatini) yaxshi ishlarga sarf qilgan odamlarning ruhlari u olamda boshqa ruhlarga amir, podshoh ekanligini bildi. Pir u qavmdan (ruhlardan) naqdlaringizni qanday ishlarga sarf qilgan edingiz, deb so‘radi. Ruhoniyat ahlidan bir mard inson bunday javob berdi:
— Ey piri roh, bu go‘zal joyga hayotda dardmand bo‘lib, oh chekkanlar kelgan. Aslida dili pok odamlar dunyoda dardu hasrat bilan yashaydi, otashin oh-faryod va qaynoq ko‘z yoshlarini to‘kadi. Faqat bir-ikki marta dard chekkan bilan maqsad hosil bermaydi.

Bu so‘zlarni tinglab, pir o‘ziga dedi:
— Yo Rab, menga ham ashk va ohni yoriy, do‘st va madadkor qil. Agar dard cheksam, ko‘z yosh to‘kmasam hosilsiz qolaman. U dunyoda oh va ko‘z yoshlardan xushbo‘ylik (ravohe) taralar ekan. U joyda shu matoh qimmatbaho ekan. Yo Rab, jonu dilimdan aytgan dardi qayg‘uli so‘zlarimni qilishni nasib ayla.

Bu dunyo chohida, zindonda bandi kabi yashayman, jismim gunohlarga oluda — aralashmi, bilmadim, lekin dilim mehnat bilan horib-charchagan. Garchi olis yo‘lga yaxshi va yomon ishlarim aralashgan holda chiqdim, iloho, o‘zing meni afv etib, bu zindon va chohdan chiqargaysan.

Abu Sa’Id Mehna Va Mast Kishi

Haq yo‘lining mardlaridan bo‘lmish Abu Sayid Mehna bir kuni xonaqoh bog‘ida shogirdlari bilan suhbatlashib o‘tirgan edi, nogahon bir mast kishi kelib, uni behayo va nosazo so‘zlar bilan so‘ka boshladi. Mast odam goh g‘azabnok, gohida beqaror, oshiftahol qo‘z yosh to‘kar edi. Yana nosoz so‘zlarining pardasini sozlar, yana yig‘lab, badmastlik qilar edi.

Shayx Abu Sa’id bu badmastni ko‘rib, shafqat-muruvvat yuzasidan uning yoniga keldi va dedi:
— Ey mast, bu tabarruk joyda nechun g‘avg‘o, to‘polon qilasan, nima gaping bo‘lsa, mana menga aytaver.

Mast odam shayxga qarab dedi:
— Sening do‘sting Haq taolo bor. Lekin sening haq yo‘liga boshlaguvchi dastgiring, ustozing yo‘q. Sen o‘zingni mard va boshqalarga Mir deb, o‘z atrofingga odamlarni yig‘asan. Yaqinda mening qulim bilan birga yo‘ldan o‘tarding. Chumoli ham o‘z qavmiga boshliq va amir bo‘ladi. Sen ham chumoli kabisan, o‘zingni amir chog‘laysan. Meni shogirding qatorida ham ko‘rmaysan. Bu sening ustozing yo‘qligidandir.

Mast odamning bu so‘zlari shayx Abu Sa’idga qattiq ta’sir qildi. U ham qo‘z yosh to‘kib, mastning oyog‘iga yiqilib, dedi:
— Senda o‘zimning barcha kamchiliklarimni, yomonliklarimni ko‘rdim va o‘zimni tuzatdim. Binobarin, sen menga ustozdirsan.

Bir Azizning Haq-Taologa Munojoti

Bir aziz Allohga munojot qilib, dedi:
— Ey zuljalol, fardo (tong-la qiyomatda) hashr dashtida (mahsharda) mendan «Ey orqada qolgan, umring yo‘lidan bu yerga nima olib kelding?»— deb so‘rasang, aytamanki, «Ey iloh, zindonda yotganlar ozodlikka chiqsa, u joydan nima olib kelishi mumkin? Zindonda baxtsizlikka g‘arq edim, qo‘l-oyog‘im bog‘liq, hayronlikda edim. Sening dargohingta u yoqdan bir kaft tuproq olib keldim. Chohing va zindoning bandisi edim. Hech kimga sotmagan2 ko‘zim, sening fazlingdan to‘qilgan libosim bor. Pokligimga ham gard-g‘ubor aralashgan, musulmonligim ham tuproqqa qorilgan.

Avval boshdan tanam loyu tuproqdan edi. Qilgan ishlarimdan ba’zilari xo‘b (yaxshi), ba’zilari xunuk, nodurust edi. Ey yagona Allohm, meni ofarida qilishni (yaratishni) ravo ko‘ribsan, endi marzaning (do‘zax va jannat chegarasining) qaysi tarafiga chaqirsang, o‘shanga sazovorman».

Nizomulmulkning Jonchiqar Vaqtidagi Holi Hikoyati

O‘lim to‘shagida yotgan Nizomulmulk bunday dedi:
— AIlohim, umrim yelday o‘tib, sening dargohingga bormoqqaman. Yo Xoliq, yo Rabbim, bu dunyoda nelarni ko‘rgan bo‘lsam, shularni aytaman. Hayotda barcha yangi narsalarga xaridor bo‘ldim, o‘shalarga do‘st-yor bo‘ldim. Seni tanib, senga xaridor (talabgor) bo‘ldim va hech qachon sening nomingni sotmadim.

Umrimizning oxirgi damlarida bizni o‘zingga xaridor (talabgor) qilgin, nodo‘stlar orasida bizni o‘zingga do‘st-yor qilgin. Oxirgi nafasimizda ham bizni o‘zingga do‘st qilgin. So‘ngti nafasda ham sendan o‘zga do‘stni xohlamaylik.

O‘sha vaqtda (jonim chiqqanida) pokdil do‘stlarim go‘rimga tuproq tashlasin. O‘sha soatda o‘zing meni qo‘llab, holimni durust qilgin. O‘sha lahzada ham fazling etagini tutib, yig‘layman.

Sulaymon Va Cho‘loq Chumoli Hikoyati

Chun Sulaymon bir qancha riyozatlar chekib kamolga yetganida (payg‘ambarlik nasib etganida) uning oyog‘i ostida ojiz holda qolgan chumoliga bunday dedi:
— Ey mening oyog‘ ostimda qolgan, qon va tuproqqa aralashgan jonivor, qanday qilib bu holga tushding?

Cho‘loq chumoli shu vaqt unga bunday javob berdi:
— G‘isht va tuproq orasida tor go‘rga tiqilganman. Hayotimdagi barcha pok umidlarim kesilgan. Ey pok zot, tuproq ostida qolganim mayli edi, lekin eng yomoni, bu g‘isht yuzimga koinotni to‘sib qo‘ydi. Agar mening holimni tushungan bo‘lsang, fazling bilan men tomonga qarab, yuzimni ochib qo‘ygin. Yuzimdan to‘siqni olib tashlaki, barcha tomonlar ko‘rinib tursin.

Ey, shoh, men (Attor) gunohlarim, ayblariyam ko‘p bo‘lib, yuzingga qarayolmasam-da, meni ochiq yuzli qilgin. Axir sen eng karamli, karimi mutlaqsan. Yaxshi va yomon ishlarim bo‘lsa-da, dargohingga ochiq yuz bilan boray.

Abu Sa’Id Mehnaning Hammomga Kirgani Hikoyati

Shayx Abu Sa’id ibn Abul-Xayr Mehnaviy bir kuni hammomga kirdi.

U bilan birga kuch-quvvatga to‘lgan, ammo ma’rifati kam, xom yigit hammomga kirgan edi. Yigit badanini namoyish etib, sho‘xlik qilib, shayxga maqtandi:
— Ey pok zot, javon-mardlik qanaqa bo‘lishini menga aytib ber.

Abu Sa’id aytdiki:
— Javonmardlar sho‘x joyini yashiradi, xalq ko‘ziga ko‘rsatmaydi.

Bu javobdan haligi yigit xijolat chekib, o‘zining nodonligiga iqror bo‘lib, shayxning oyog‘iga yiqildi. Yigitning istig‘for aytib, tavba qilgani shayxga ma’qul keldi va uni duo qildi:

Xoliqo, parvardigoro, mun’amo,

Podshoho, korsozo, muqramo.

Yo Rab, Olam xalqi orasida javonmardlar sening fazling daryosidan maysalarga sochilgan shabnamlar kabi (pokiza)dir. Sen o‘z zotingda qoyimi mutlaqsan, sening sifatlaring javonmardlarda xam topilmaydi. Barchamiz ham umrimizda qo‘p sho‘xlik, sharm-xayoga zid ishlar qilamiz. Iloho, bizni shunday ishlardan o‘zing asra.

Kitob Xotimasi

Izid-taologa behad, behisob hamdu sanolar, sipos-maqtovlar aytamiz va shukronamizni oshkor etamiz. Jonimiz senga hamdu sano bo‘stonida, ko‘nglimiz sening buyuk sifat-laringdan mastu hayratda. Dil senga shakarday shirin ovozli to‘ti kabi madhu sanolar aytadi.

Dil sening ishqing bilan mast bulbulday xushnayu. Lekin senga munosib madhu sano aytolmay ojiz va hasratdan benavo.

So‘ngra Allohning jondo‘sti, mujtabo1 rasuliga durudlar-salomlar aytamiz. Allohning ne’matlarini adadsiz, son-sanoqsiz yod etamiz. Alloh sevimli do‘sti — rasuliga doimo qalblarni yondiruvchi so‘z2 va dard bergandir. Rasulullohga doimo durud aytish — dardimizga malham, jonimizga davodir.

Iloho, sening ishlaringga barcha jonlar lolu hayrondir. Rasuling ham sening diydoringga tashnayu giryondir. Iloho, Sen unga lutfu marhamat bilan qara, u Seying jamolingni ko‘rishga musharraf bo‘lsin.

Dil Sening qudratingdan hayratlanganida farida, yolg‘iz qoladi, goh hamd aytib, goh dard chekadi. Haq taolo madadi bilan lutf-marhamat eshiklari ochiladi. Alloh tavfiqi bilan bu asarimni besh yuzu sakson uchinchi yilda3, muborak ro‘zai-ramazon.oyining seshanba kuni, choshgoh vaqtida yozib tugatdim. Bu ishni yozgan vaqtlarimda Haq taolo kaminaga osoyish, safo va zavq, vaqtixushlik baxsh etdi. «Rasuli Zuljalol» so‘zlari bu asarni bitkazish ta’rixi bo‘ldi.

Bu asarda Attor mardlar, azizlar haqida suxanlar, so‘zlar aytdi. Ey o‘quvchim, sen ham o‘sha mardlar, azizlarni yaxshilik bilan esla.

AIloho, Sening tavfiqing bilan bu asarni tugatishga muvaffaq bo‘ldim, vallohi a’lam bis-savob (Bu ishning savobini Alloh bilguvchidir).

Izoh Va Sharhlar

Namrud buyrug‘i bilan hazrat Ibrohimning gulxanga otilishi, Alloh farmoni bilan gulxan gulshanga aylanishi voqeasiga ishora. («Qur’oni karim»dan.)

Hazrat Muso qavmlari bilan Misrdan qochayotganida Alloh farmoni bilan dengiz vaqtincha ikkiga bo‘linib, yo‘l ochilishiga ishora. («Qur’oni karim»dan.)

Fir’avn Namrud Allohga qarshi urush ochganida, Alloh-ning bir nimjon pashshasi uning miyasiga kirib, azoblaydi. Fir’avn boshiga gurzi bilan urishni buyuradi. («Qur’oni karim»dan.)

Makka mushriklari quvlab kelayotganida Muhammad s.a.v bilan hazrat Abubakr g‘orga yashirinadilar. Shu payt Alloh farmoni bilan bir o‘rgumchak g‘or og‘zini o‘z to‘ri bilan berkitadi. Mushriklar qaytib ketadilar. («Qur’oni karim», Ankabut surasi.)

Sulaymon payg‘ambar lashkari bilan borayotganida chumolilarni bosib ketmaslik uchun to‘xtashi va chumolilar rahbari bilan suhbatda uning akdiga qoyil qolishiga ishora. («Qur’oni karim», Nahl surasi.)

Hazrat Iso a.s. vafot etgach, samoga ko‘tarilayotganida kafanidagi bir to‘g‘nog‘ich uning parvoziga to‘sqinlik qiladi. (Qur’on, Injil va Hadisdan).

Quyoshning qizarib botishiga ishora.

Najmiddin Kubro nazar qilgan itning aziz bo‘lganiga ishora bo‘lsa kerak - tarj.

Bag‘dod xalifalari — abbosiylarga ishora (Mansur, Xorun ar-Rashid, al-Ma’mun va b.)

Muso a.s. fir’avn sehrgarlari bilan bahslashgan vaqtida uning asosi ajdahoga aylanib, sehrgarlarning ilonlarini mag‘lubiyatga uchratadi. («Tavrot» va «Qur’on»dan.)

Nuh payg‘ambar duosi bilan Alloh to‘fon yuborganida osmondan, yerdan va hatto tandirdan suv yopirilib kelganiga ishora. («Qisas ul-anbiyo»dan).

Solih payg‘ambarning mo‘‘jizalaridan, Tog‘u tosh ichidan tuya chiqib, bir vaqtda teva tug‘ib, sut bergan. («Qur’oni karim».)

«Naba» («Xabar») surasida Yer, Osmon, tog‘lar, Quyosh, Oy, Kecha, Kunduz sifatlari aytvdganiga ishora. («Qur’oni karim».)

«Havo... hech narsa ustidan turmaydi» - bu so‘zlar moddiy olam, Yer yuzidagi hayot o‘tkinchi, omonat degan ma’nolarni bildiradi.

Odamlar esa ko‘rinmasdirlar — olam kattaligi shu qadar cheksiz va Alloh shu qadar ulug‘, qudratliki, bularga nisbatan odamlar shu qadar ojizki, ularni yo‘q desa ham bo‘laveradi.

Rim shoiri Lukretsiy Kar ham «Narsalar tabiati» asarida olam ulug‘vorligi oldida odamlar, urishayotgan jangchilar ko‘rinmasdir», deydi.

«... Ammo u sening nishoning emas», odamlar akli shu qadar cheklangan-ki, Allohning buyukligini bilsa ham, bu bilimi shu qadar kamki, go‘yo Ul zotdan zarra nishona topmagan bilan tengdir. Hatto, falak shuncha ko‘zlari -yulduzlari bo‘lsa ham Allohning ulug‘vorligini ko‘rishdan ojizdir. Yulduzlardan behad kichik bo‘lgan inson esa Allohning naqadar ulug‘ligini tasavvur ham qilolmaydi. Bu so‘zlarni Fariduddin Attor ilohiy ilhom holatida aytgan.

«... aqldan emas». Fariduddin Attor fikricha, Haqtaoloni va ruhiy olamdagi go‘zallik va buyuklikni akl bilan anglab bo‘lmaydi, uni dil bilan, musaffo qalb bilan anglash mumkin.

Payg‘ambarlarga, shaksiz, ilohiy olam sirlari-dan ayrimlarini anglab, kelajakni bashorat qilish zakovati, qobiliyati berilgan, lekin barchasini (kullni) Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi.

«Lo»dan boshqa hech narsa topmadi...» Inson to‘lib-toshgan hayot daryosining ustida «mavjlangani» bilan maqtanadi, lekin hayotning asl durru javohirlari mavjda emas, daryo tubidadir.

Lablaringni bog‘la... Yaratuvchining olamlarni, hayotni qanday yaratganligini bilishga inson aqli ojizdir, yaxshisi - inson o‘zini turli illatlardan poklab, Yaratganga shukronalar aytib yashashi kerak.

Inson ilohiy sirlar olamidan tashqaridadir. Agar, ichkarida bo‘lsa, bu olamda axmoqona, gunoh ishlar bilan, vayrongarchilik bilan, jabr-zulm qilish bilan o‘zini do‘zaxga tayyorlamas edi. Shu sababli, sofdil insonlar bu dunyoda mashaqqatda yashaydilar.

Fariduddin Attorning sirli so‘zlaridan: Hatto Shayton ham kibru havosini tashlab, Allohning qudrati bilan, payg‘ambarning da’vatiga quloq solib, oxiri musulmon bo‘lishi mumkindir, lekin inson o‘zi gunoh ishlarni ko‘paytirib, o‘z aybini shaytonga to‘nkamoqda. Bu so‘z shariat peshvolari nazarida kufrday ko‘rinadi. Aslida Shayton la’natlangan bo‘lsa ham, Allohdan o‘zgaga sajda qilmaganini Ibn Arabiy, Jaloliddin Rumiy kabi avliyolar to‘g‘ri deb hisoblaydilar. Buni anglashga ko‘pchilikning aqli yetmaydi va bu haqda hammaga gapirib bo‘lmaydi.

Muhammad rasululloh s.a.v. o‘tmishdan va kelajakdan xabardor edi, ma’nosida.

Muhammad rasululloh s.a.v. ga me’roj kechasi to‘rtinchi osmonda barcha payg‘ambarlar ta’zim qilganlar (Qarang: Muhammad G‘azzoliy. Kimiyoi saodat.)

Me’roj kechasi Muhammad s.a.v. narigi dunyo-oxiratga borib, do‘zaxlar va jannatlar ahlining ahvolidan xabardor bo‘lib qaytganiga.ishora. Payg‘ambarni na’t aytib ulug‘lash adabiy an’ana bo‘lib7'Su sohada ham Fariduddin Attor barcha mutafakkirlarga, valiylarga ham ustozdir. Alisher Navoiy ustoz Attorni behudaga nasf etmagan.

Hijrat boshlanishida Muhammad s.a.v. safdoshi Abubakr Siddiqbilan yashirin yo‘lga chiqqanlar. Mushriklar buni bilib qolib, bularni quvib yetayozganida ikkalasi g‘orda yashiringan, Allohning qudrati bilan bir o‘rgumchak to‘r to‘qib, g‘orni yashirgan. Dushmanlar o‘rgumchak to‘rini ko‘rgach, bu yerga hech kim kirmagan, deb o‘ylab qaytib ketganlar. Bu yerda yana hazrat Abubakrning kam so‘zlashi ham maqtalmoqda.

Qur’oni karim hazrati Usmon ibn Affon davrida kitob holiga keltirilgan va mukammal to‘rt nusxadan boshqalari yo‘qolgan.

Hazrat Ali ibn Abu Tolib tib ilmida ham mohir bo‘lgan. Uning tibbiy maslahatlari hozirgacha saqlanib qolgan. (Qarang: Sarvar Ochil. Hazrat Ali - she’r va ilm sarvari. Eron Islom respublikasi. «Al-Alloh»; Minhoj. Tehron—Toshkent. 2004.)

Umrining oxirlarida Fariduddin Attordan payg‘ambar sahobalaridan Hazrat Alidan boshqasini tan olmaydi, deb, shialikda ayblamoqchi bo‘lganlar. Ammo, bu sahobalar haqidagi bu ajoyib so‘zlar ayblovchilarning nohaqligini ko‘rsatadi.

Fariduddin. Attor qudratli podshohlarga yo‘l ko‘rsatuvchi qush Hudhud timsolida payg‘ambarning yo‘lboshchiligini tasvirlaydi.

Solih payg‘ambardan kofir qavmlar mo‘‘jiza ko‘rsat deb talab qilganlarida, u Alloh qudrati bilan tog‘ ichidan urg‘ochi tuyani chiqarganiga ishora. (Qarang. Rabg‘uziy. Qisas ul-anbiyo», T. Yozuvchi, 1990 yil, 55-bet.)

Fariduddin Attor Simurg‘ timsolida o‘ttiz qushdan -o‘ttiz vaziri bo‘lgan adolatli podshohning majoziy tasviri-ni beradi. Bu timsolda go‘zallikni, san’atni ulug‘lovchi Moniy ta’limotining ta’siri ham borga o‘xshaydi (tarj).

Bu yerda gul o‘tkinchi, zohiriy, tashqi go‘zallik timsoli. F. Attor zohiriy emas, ma’noga oshiqlikni yoqlaydi.

Mazkur hikoyatda ham Fariduddin Attor o‘tkinchi, bebaqo va bevafo go‘zallarga oshiqbo‘lishni qoralaydi. Bu yerda soqol hajvi o‘tkinchi go‘zalning oshiqni masxara qilishini ko‘rsatadi.

Jannat ahlining jigar yeyishi. Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, oshiq jannatni emas, Haq jamolini orzu qiladi. Jannatni orzu qiluvchilarning shu haqda qayg‘urib, jigar-bag‘ri ezilishiga ishora bo‘lsa kerak.

Bu fikr ikki olamdan ham voz kechuvchi rindlar, xarobotiylar ta’limotiga aloqadorga o‘xshaydi.

Hazrati Sulaymon va uzugi timsolida bu dunyodagi eng qimmatbaho javohir ham mangu hayot oldida arzimas ekanligi aytiladi.

Humoy, Humo qushi podshohlar, tojdorlarga mulku saltanat berishi ham bu olamda oliy baxt ko‘rinsa-da, Fariduddin Attor fikricha ahamiyatsiz va hatto azoblarga sababchi-dir — bu ham tasavvuf ta’limotining muhim g‘oyalaridan biri.

Bu hikoyatda dunyo podshohining sevimli quliga munosabati barcha olamlar podshohi — Haq taoloning sevimli quliga mehribonchiliklari oldida arzimasligi, hatto jabr-zulmdan xoli emasligi ochib beriladi.

Bu hikoyatda zarga, tilloga hirsu havas kufr va butparastlik ekanligi ma’nolari ochiladi.

Mazkur hikoyatda olamdagi barcha mavjudotlar Oliy Ruhning soyasi, zarralari deb hisoblanuvchi panteizm falsafasi tasavvufga ham xosligini ko‘ramiz.

Tasavvufiy ishqdagi kufr ma’nolari shariatda kufr sanalsa-da, tariqat va ma’rifatda kufr emas, ilohiy ishq ahlining aql-xushdan ayrilishi deb tushuniladi. Shu sababli bo‘lsa kerak, Ibn Sino dunyoviy ishqni illat, kasallik deb, ruhiy ishqni esa hayot javhari deb biladi. (Qarang: Ibn Sino. Ishq risolasi.)

Shayx San’on qissasi - Fariduddin Attor va A.Navoiy asarlarining eng go‘zal sahifalarini tashkil etadi. Mazqur qissada — vujudiy va ruhiy go‘zallikning ilohiy, muqaddas ekanligi, oshiq uchun barcha din va mazhablarning farqi yo‘qligi, ishqning xalqaro va dinlararo ahillik va do‘stlik sababchisi ekanligi tasvirlanadi.

Aql-hushdan ayrilib, dildan sevish -tasavvufda fazilat, tibbiyotda esa illat, kasallik hisoblanadi. Erkak odamning go‘zal yigitni sevishi deganda tasavvuf tariqatida Allohning jamoliga oshiqlik tushuniladi. Shariatda bu kufr va illat, gunohi kabira. Tasavvufda go‘zal yigit — odamzod emas, Haq taolo jamoli ma’nosida keladi.

Bu hikoyatda buyuk saltanat bunyodkori, Hind elini musulmon qilish uchun 17 marta yurish qilgan sulton Mahmudning bir o‘ta kambag‘al oila bolasiga oliy himmati tasvirlangan. Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida sulton Mahmud, goh zolim qaroqchilardan elni qutqaruvchi, goh turli unvon, martabalarni deb, nohaq ishlar qiluvchi sifatida tasvirlanadi. Aslida ham sulton Mahmud G‘aznaviy turli fazilatlarga ham, nuqsonlarga ham ega bo‘lib, asosiy ishi — dini islomni keng yoygan qahramon — G‘oziydir. «Mahmud va o‘tinchi chol» hikoyasida u olihimmat, insonpar-var, odil podshoh sifatida tasvirlangan.

Avliyolardan Habib Ajamiy karomatiga bag‘ishlangan bu hikoyada aytilgan pirni ulug‘lash fikri shariatda oqlanmaydi. Qotil pir nazari tushsa ham qotildir, uni jazolash adolatlidir.

Bu hikoyat ma’nolari juda murakkab. Butparast odamning ne sababdan okdanishi tushunarli emas. Bu ishdan hazrat Jabroil ham ajablangani tabiiydir. Lekin Alloh taolo barcha sirlarni bilguvchidir.

Bu hikoyatda vujud ham, ruh ham muqaddas, pok bo‘lishi kerak, degan g‘oya ilgari surilgan.

Shibliyning bu ishi ramziy bo‘lib, mardlikni unutgan erkaklarga tanbeh uchundir. Keyingi hikoyat ham shu haqqadir.

Bu hikoyatlarda ba’zi odamlar o‘z gunohlari uchun Iblisni ayblab, nohaq tuhmat qilishi qoralanadi.

Muhammad payg‘ambar s.a.v. bir badavlat odam bilan gaplashib turganida kambag‘al — dinsiz savol so‘rashi, rasululloh uni mensimay yuz o‘girgani va Allohdan tanbeh eshitganiga ishora.

Aslida inson oxiratga borayotganida safar ozig‘i — uning bu dunyoda qilgan toat, ibodati, yaxshi, savob ishlari bo‘ladi.

Bu hikoyatda Haq taolo farmoniga asosan dunyo hayotitsa azob chekayotganlar yaxshi amal qiladi, davlatmand odamlar faqat maqtanish uchun ibodat qiladilar, degan ma’no yashiringan.

Qulning shohona to‘n yengiga yuzidagi changni artishi Alloh yetkizgan ne’matni mensimay, qadrsizlantirga-ni deb tushuniladi.

Hazrati Muso bilan Fir’avn sehrgarlari bahs-munozara qilgan vaqtida sehrgarlar haq dinga o‘tib imon keltirishi Tavrotda ham, Qur’oni karimda ham keltirilgan. 139-betga. Bu g‘oya (falak qo‘g‘irchoqboz, insonlar — qo‘g‘irchoq) Umar Xayyom va Pahlavon Mahmud ruboiylarida ham ravshan ifodalangan. Lekin Pahlavon Mahmudning javonmardlik, futuvvat tariqati chin insonlarni qo‘g‘ir-choq bo‘lmay, olamni yaxshilik tomonga o‘zgartiruvchi, faol inson bo‘lishga o‘rgatadi.

Imom Ahmad Hanbal — ahli sunna val -jamoaga xos to‘rt ilg‘or mazhabdan birining asoschisi. U go‘zal xulqli, o‘ta kamtarin bo‘lib, imom al-Buxoriyga ham ta’zim qilib, hadislar yozgan qo‘lini o‘pgan va uni turli ig‘volardan himoya qilgan.

Bu voqeaning tarixiy asosi bor. Yuz yillar davom etgan salb urushlari vaqtida musulmon bahodirlari masihiylarga va ularning bahodirlari musulmon jangchilarga ibodat vaqtida jangni to‘xtatib, imkoniyat berganlar. (Qarang: Usoma bin Munqiz. Ibrat kitobi. Arabchadan Ismatullo Abdullaev tarjimasi.)

Bu voqea ham haqiqatda bo‘lgan, shu haqda Tavrotda va Qur’oni karimda yetarli so‘zlar bor. Yusufning og‘alari oxiri xorlanadilar.

Devona bu so‘zlarni alam ustida aytgan. Aslida Arsh egasi — Alloh o‘z bandalarini siylashda bu yerda maqtalgan amid - lashkarboshiga nisbatan yuz ming chandon himmatliroqdir. Shu sababli Fariduddin Attor devonaning so‘zini gustoxlik deb to‘g‘ri aytadi.

Fariduddin Attorning bu HIKOYATIda Jaloliddin Rumiy va Alisher Navoiyda ham uchraydigan barcha millatlarga va g‘ayridinlarga Allohning bandalari deb hurmat bildirish, dinlararo bag‘rikenglik bor.

Mazkur hikoyatda sulton Mahmud G‘aznaviyning qudratli podshoh bo‘la turib, gulxan yoquvchi bilan do‘stona suhbatlar qurishidan bu podshoh haqida ba’zi tarixchilarnnng ta’na, malomatlari nohaq bo‘lib ko‘rinadi. Sulton Mahmud shoir Fariduddin Attorning ustozlaridan biri — Abul-Hasan Haraqoniyga ham tavoze’ bildirib, ziyorat qilgan.

O‘tmishdagi ba’zi atoqli ulamolar Iblisni faqat bir Allohga sajda qilib, boshqaga (Odamga ham) sajda qilmaganini Allohga faqat Shayton shirk keltirmagan deb, u haqda ijobiy fikr bildirilgan. Lekin Alloh bilguvchiroqdir!

Bu hikoyatda boshqalarning aybini topib jazolovchilarning o‘zlarida ham ko‘p gunohlar borligi, ammo ular o‘ziga jazo bermasliklari qoralanadi.

Fariduddin Attor bu hikoyatda Alloh do‘zaxlar va jannatlarni oqilona maqsad bilan yaratgani haqida Alloh so‘zlarini keltiradi, ammo, hikoyat xulosasida bu fikrga qo‘shilmay, Robiya Adaviya kabi «Do‘zaxlar va jannatlarni yo‘q qilishni ma’qullaydi. Sofdil musulmonlarning ko‘pchi-ligi do‘zaxdan qo‘rqib, jannatni orzu qilishi, shu sababli yomonliklardan tiyilishi Qur’oni karim suralarining asosini tashkil etadi. Ammo, do‘zax va jannatga beparvo qarab, Allohni sevish - ayrim xoslarning fikridir. Xoslar juda ozchilikni tashkil etadi.

Ilm o‘rganish* ayniqsa iymon va ruhni poklaydigan, ma’rifatni ziyoda qiluvchi foydali diniy, ma’naviy ilmlarni o‘rganish barcha musulmonlar uchun farzdir. F.Atgor bu hikoyatda mashaqqatli sharoitlarda ham ilm bilan fidokorona shug‘ullangan odamni majozan, o‘ziga haykal qo‘ygan, qahramon deb ulug‘laydi.

Bu g‘aroyib hikoyatda oshig‘ini og‘ir dard, qiynoqdan xalos etishni istagan ma’shuqaning ruhiy kechinmalari tasvirlangan. Ammo bu ish islomiy shariatda oqlanmasa-da, hozirgi vaqtda butun dunyo olimlari o‘lishga qiynalayotgan odamga «yordam berish» (extenaziya) masalasida bahslashmoqdalar.

Mazkur hikoyada yosh, hali o‘n gulidan bir guli ochilmagan o‘smirning chohga yiqilib o‘lishi tasodif bo‘lsa-da, uning sog‘-omon yurganida zarur, muqaddas so‘zlarni (ayniqsa, iymon-e’tiqod kalimasini va boshqa go‘zal ma’nolarni aytolmay ketishi juda qayg‘uli ekani dilimizga kuchli ta’sir qiladi. Hikoyaning yana bir, yashirin maqsadi inson qisqa umrida juda ko‘p yengil, sayoz, behuda, zararli so‘zlarni aytishi baxtsizlik ekanligini bildirishdir.

Mir Alisher Navoiy ustoz Fariduddin Muhammad Attorning shu fikrlari ta’sirida bo‘lsa kerak, Nizomiy, Dexlaviy, Jomiy ijodi abadiy yashashiga umid bildirar ekan, agar bu ustozlarning nomi yo‘qolsa yoki ular -foniy bo‘lib, yo‘q bo‘lib ketsalar, men ham ularning izidan yo‘qolay, deb lutfu sadoqat biddirib, «Qur’oni karim»ning «Kahf» surasida 300 yil g‘orda uxlab qolgan g‘arib o‘smirlar taqdiriga ishora qilib, yozadi:

Kahfi fano ichra alar bo‘lsa gum, Men ham o‘lay arbaahum, kalbuhum...

Ya’ni, «Ular fano g‘orida yo‘qolsalar, men ham bularning to‘rtinchisi - iti bo‘lay» ma’nosida.

II- qism
 
Keyingi