OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Farididdin Attor. Ruboiyot
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifFarididdin Attor
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fors adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Farididdin Attor
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonЭргаш Очилов
Hajm28KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/16
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Ruboiyot
Farididdin Attor

1

Ey dil, shod boʻl, yaxshi-yomon oʻtgusidir,
Bir kuni qulni begumon oʻtgusidir.
Bor ne’matiyu quvonchi bu dunyoning
Umring kabi solgancha suron oʻtgusidir.

2

Sham shu'lasi tushmish sharobga bu kecha,
Sust ketdi dilim mening kabobga bu kecha,
Qoʻy uyquni, ber quloq rubobga bu kecha,
Obod ne bor, yuz tutar xarobga bu kecha.

3

Gul ochdi yuzin, biz-da koʻngil ochgaymiz,
May shavqi bilan gʻam qoʻlidan qochgaymiz.
Gul qovjiragay oʻtsa bahor, vaqt yetsa,
Bizlar-da ajal sharbatini ichgaymiz...

4

Imkon bor ekan, topib yaqin ulfatni,
Bogʻ-rogʻlar aro joyiga qoʻy ishratni.
To bogʻlamayin qoʻlu oyogʻingni ajal,
Sol ishga, uvol qilma kuchu quvvatni!

5

Gul jilva qilib, yashnadi boʻston, ey doʻst,
Sayr ayla gʻanimatda guliston, ey doʻst;
Xar narsani xohlasang — muhayyo bunda,
Qil aysh ila ishratni bearmon, ey doʻst!

6

Gul toʻnini chok qilibdi — kirsam boqqa,
Koʻr: gʻunchani yel solibdi ne qiynoqqa.
May ich, yel esar sensiz-u mensiz ham koʻp,
Biz-chi, yotamiz boshni qoʻyib tuproqqa.

7

Dunyo to qiyomat bevafo boʻlgaydir,
Haq bandasiga ishi jafo boʻlgaydir.
Ming yil yashasang-da Nuh kabi dunyoda,
Bir kun seni jisming-da fano boʻlgaydir.

8

Ey dil, chekasan jahon gʻamini tokay?
Kelgan oʻsha labga jon gʻamini tokay?
It, choʻchqaga kon bu iflos manzil aro —
Chekmoq doʻzaxiy taom gʻamini tokay?

9

Ey dil, bu tuban dunyo uchun xor boʻlma,
Murdoriga karkas[1] qushidek yor boʻlma.
Dunyoga jaxrn xalqi giriftor boʻldi,
Sen oʻzni tani — unga giriftor boʻlma.

10

Tokay bu jahon bizga qilar ranju sitam?
Qiynaydi qachongacha xayoli koʻnu kam?
Hech narsaga arzimaydi har ikki jahon,
Har narsa uchun muncha chekarmiz nega gʻam?

11

Ey dil, bu xatarli yoʻlda misli bodsan,
Osmonu zamin tashvishidan ozodsan.
Oy nur sochadi — toʻyib-toʻyib boq koʻkka,
Besh kun bu hayot zavqi bilan to shodsan.

12

Dil boʻldi gunohdan siyoh, ey soqiy,
Keltirdi figon, dodga gunoh, ey soqiy,
Tavba sari tuggil endi roh, ey soqiy,
Umr yetdi nihoyasiga, oh, ey soqiy.

13

Na yangi boʻlar qayta bu koʻhna jahon,
Na xohishiga koʻra qilar ish inson.
Ey soqiy, agar may ber-u, gar berma sira,
Sirlar bari sirligicha qolgay pinhon.

14

Sultonsan mayxoʻrga mudom, ey soqiy,
Biz bogʻlab bel, senga gʻulom, ey soqiy.
Gʻam dastidan oʻldik, jon bagʻishla endi —
Bizlarga tutib bir-ikki jom, ey soqiy.

15

Ishqing gʻami kimda bu qadar boʻlgaydir,
Durdkashu[2] rindu darbadar boʻlgaydir.
Lavh uzra yozishdi: buni(ng) bosh-oxiri yoʻq —
Ul har kuni yuz bora batar boʻlgaydir.

16

Ey doʻstlar, ajal fe’lini xoʻb bilgaysiz,
Har kun necha bor oʻzni rizo qilgaysiz.
Vaqt borida jam boʻling, keyin ming istab,
Hech birga boʻlolmassiz-u, soch yulgaysiz.

17

Qay kun meni ishqiga duchor keltirdi,
Besabru qaroru bemador keltirdi,
Tasbehu ridoyu zunnor keltirdi,
Jon oʻrniga, koʻr, nelarni yor keltirdi?

18

Ishqingda dinimni yangilab olgim bor,
Tarsobachaning doʻsti boʻlib qolgim bor.
Zunnorni qavat-qavat belimga bogʻlab,
Dastorni sharobga ayribosh qilgim bor.

19

Yor ishqi tilar: bedilu bedin boʻlsam,
Xummoru xarobotiyu Majnun boʻlsam.
Devonaligim tufayli orzu qilaman:
Eng oqilu men — barchadan ustun boʻlsam!

20

Zohidligu taqvodorligim oʻtdi hisob,
Endi menu yangi dard ila koʻhna sharob.
Kun-kecha din ichra avvalu oxir edim,
Bu kun menga avvalu oxir dayri xarob.

21

Shu sallani tashvishi meni koʻp qiynar,
Jon tinchir edi sharobga almashsam gar.
Kissamda agarchi bir chaqam yoʻq, ammo,
Har ikki jahon chimchilogʻimda oʻynar.

22

Bu kecha sochar nur oy guliston ichra,
Bu kecha ochar yuzin gul boʻston ichra.
Gul rangli sharobni quy, boʻlarmi uxlab,
Bu kecha charogon bu shabiston[3] ichra?!

23

Biz bu kecha mayxona aro boʻldik jam,
Tinglab nayu chang, qolmadi dillarda gʻam.
Har ikki jahonni unutib, boʻldik shod,
Hamroh edi bizga mayu ma’shuqayu sham’.

24

Togʻ orqasidan yuzini koʻrsatdi kun,
Shod ayla diling, har nima boʻlsa-boʻlsin!
Umringki vafo qilmasa, ne foydasi bor —
Har qancha uying oltinu zarga toʻlsin?!

25

May tut, sanamo, dil gʻamu hasratga toʻla,
Yuvsin u jahon qaygʻusini bir yoʻla.
Tez boʻl! Qara: maysa chiqa keldi yerdan,
Sen kirmay yerga jomni jomga ula!

26

Atrofga boqib, yurak-yurakdan ilgʻa:
Yer misli behisht, oqadi togʻdan jilgʻa.
Sahro-da behisht kabi, jahannamni unut,
Hurdek yor ila kez bu behishtni birga!

27

Qoʻzgʻal, qani, gul kissasidan zar toʻkadi,
Oftob-da muvofiq unga gavhar toʻkadi.
Zar boʻlsa agar, qum kabi toʻk-u, may ich,
Bir kun seni-da falak muqarrar toʻkadi...

28

Gul jilvasi gulshan ichra paydo boʻldi,
Bulbul tili yechildi-yu, shaydo boʻldi.
Billur kabi jomga quy qizil may, bogʻ ham —
Yomgʻir suvidan misoli miyno[4] boʻldi.

29

May tut, qani, jono, toza gul ochildi,
Bulbul tilidan soʻz guhari sochildi:
Yer qa’rida yolgʻiz yotishin kim bilsa,
Yolgʻiz oʻtirishni u kishi bas qildi.

30

Bas, qancha davom etgusi bu bedodlik?
Kunlar quvishar tekkanidek ozodlik.
Quy mayni hayallamay, umr oʻtmoqda —
Qasrat ila bilmay nima ayshu shoddik.

31

Koʻp izladi-yu, topmadi dil bir hamdam,
Bor intilish-u orzusi topdi barham.
Takdir ishiga tan ber-u, may ich, yillar —
Ming ista, buyurmagan edi shu dam ham.

32

Ishq ichra ulugʻligim kichiklikka garov,
Bu yuzni(ng) qizilligi sariqlikka garov.
Din sof mayining qatrasi ham yoʻq menda,
Sajjodani durdaga qilay tikka garov!

33

Dunyo degani aslida bir rasvo joy,
Bu rasvo joyda nima izlaysan, hoy?
Deysanki: bu dunyoda omonatman, voy,
Lek past ketasan — soʻz va ishing poyma-poy.

34

Bu dunyoi gʻaddorni ne qilgaysan?
Bu dushmani oshkorni ne qilgaysan?
Bas, sen na it-u, na choʻchqa, na qoplonsan,
Bu manzili murdorni ne qilgaysan?

35

Bu dasht aro jon agarchi sarson kechdi,
Bir qilni-da bilmay, necha qil yechdi.
Koʻnglimda agarchi ming quyosh porlar edi,
Bir zarra kamolga yoʻl topolmay oʻchdi…[5]

36

Jonni soʻramang, oshiqi ul diydordir,
Dilni soʻramang, volai[6] ul guftordir,
Bu jonu dilim xazinai asrordir,
Lekin, ne qilay tilimni(ng) qulfi bordir.

37

Bir oshiqi pok-u, bir dili zinda qani?
Bir kuyganu befikri parokanda qani?
Kimni qarama: oʻz gʻamu dardiga asir,
Bas, ikki jahonda Tangriga banda qani?!

38

Ey dil, ma’rifat mayidan qilding noʻsh,
Sotma ilohiy sirni, tutib ogʻzing boʻsh.
Sal narsaga togʻ chashmasidek urma joʻsh,
Daryo boʻlasan, agar oʻtirsang xomush.

39

Ey dil, bari chorang seni(ng) bechoralig-ey,
Bir goʻshada oʻltirganing ovvoralig-ey,
Non senga — jigar, suving-chi — xunxoralig-ey[7],
Alqissa, ilojing seni(ng) bir boralig-ey.

40

Ey tolibi Haq, bechora boʻlma muncha,
Oʻzni unutib, ovvora boʻlma muncha.
Mardlar kabi oʻz botinishta ayla safar,
Ahli nazara nazzora boʻlma muncha.

41

Iqror yoʻlida na bir qaroring bordir,
Inkor safidan na chet — kanoring bordir,
Chunki qilasan xayol ishim yengil deb,
Ey akli qasir, uzui koring bordir...

42

Goh tonggi figʻon uchun senga qoʻl beradi,
Goh bir oh uchun tuhfani moʻl-koʻl beradi.
Bexud boʻlishni istashimning sababi:
Bexud qilsa, Oʻzi sari yoʻl beradi.

43

Bas, qildi ado meni bu yoqimsiz ish —
Yuz yoʻl ila har kun oʻzni oʻldirish.
Bir juft mugʻona[8] may tila Zardushtdan,
Yechib niqob, odamni qilay namoyish.

44

Zohid kabi tokay riyo qilgaysan?
May quyqasini simirki, mard boʻlgaysan.
Qon boʻldi jigar zuhdu munofiqlikdan,
Ey rindi qalandar, qachon kelgaysan?

45

Tarsobacha tavbamni meni sindirdi,
Keldi kecha — zulfini qoʻlimga berdi,
Chorlab meni raqs etgali qaytdi-ketdi,
Zunnorni qavat-qavat oʻradi-bordi.

46

Boshimda na bir kibru xavo koʻrgaysan,
Koʻnglimda na arzu iddao koʻrgaysan,
Nuqta kabi dardu gʻam yuborgil menga,
Chin kufru ovoralikni to koʻrgaysan.

47

Oʻz qobigʻing ichinda tutibsanmi maqom,
Ishq ichra kamol yoʻq senga, ishing hali xom.
Pok boʻlmasa har ikki jahondan koʻngling,
May quyqasi mayxona aro senga harom.

48

Tongda dil oʻtidan bemalol, ey soqiy,
May qaynadi-yu, boʻldi halol, ey soqiy.
Riyo ila yaxshilik qilishdan afzal
May birla qimor-da, ehtimol, ey soqiy.

49

Hasratda yoqib, joning olar ishq dardi,
Darmondir unga faqat qalandar durdi.
Darvesh dilidan sidq ila uchgan ohning
Zohidga nasib boʻlarmi hatto gardi?!

50

Ishtahang boʻlsin karnay, ey soqiy,
Toʻlsin ichishta taomu may, ey soqiy.
May ber, bu dil ibtidoda qon boʻlgan edi,
Intihoda to tavba qilay, ey soqiy.

51

Tokay bu zamondan chekaman gʻam, soqiy?
Xushmasmi sanam zulfini tutsam, soqiy?
To qoʻlda shu imkon bor ekan, boy bermay,
Zulfini tutib, qoʻynida yotsam, soqiy!

52

Bizdek hali koʻplarni tayin, ey soqiy,
Oʻz komiga tortar bu zamin, ey soqiy,
Koʻnglishta buni olma yaqin, ey soqiy,
Oʻtmoqda umr — qadahni sun, ey soqiy!

53

Taqvoni desang, soʻzu gudozdan qolasan,
Kibr paydo qilib, shavqu niyozdan qolasan.
Tegramda koʻp aylanma mening, ey zohid,
Bu darveshu rind uchun namozdan qolasan.

54

Xohlar esang oʻzni unutishni oson,
Foniy boʻl — orzushta yetarsan shu zamon.
Bir lahza qalandarlik bozoriga kir,
Qoshingda boʻlar namoyon har ikki jahon.

55

Tokay avom elni deb nuqul, ey soqiy,
Kissang ogʻiru diling yengil, ey soqiy,
Tokay bu adovatu chugʻul, ey soqiy,
Oʻtkinchi jahonga silta qoʻl, ey soqiy.

56

Top bir sanamu makoning boʻlsin xilvat,
Qur maysazor uzra u bilan xush suhbat.
Bugun gʻami-yu, ertani(ng) tashvishini qoʻy,
Umr yeldek oʻtar — har damini bil gʻanimat.

57

Yetmasmiz balki zarradek baxtga ham,
Qamdamlar ila bir yerda boʻlmasmiz jam.
Bu lahza nasib boʻlarmi qayta yo yoʻq?
Bas, suhbatu diydorni qadrlang har dam.

58

Dil may kabi istar hum aro manzilni,
Gul tal’ati mayet ayladi ming bulbulni,
Ish qilgali bor ekan kuchi qoʻlning to,
Naqd ishga gʻanimatda uraylik qoʻlni.

59

Umriga koʻra agar kichikdir bu koʻngil,
Tut mayni, gʻamu dardi emasdir yengil.
Sargʻish shu quyosh ostida alvon may ich,
Sargʻishligini quyoshni-da darddan bil.

60

Boʻston aro toza gul ochildi, ey doʻst,
Qulfi dili bulbulni(ng) yechildi, ey doʻst.
Boʻlmas kishiga mudom nasib bunday dam,
Kim oqil — uning qadrini bildi, ey doʻst!

61

Qay kunki, ajalning qoʻliga tushgaymiz,
Bargdek hayot daraxtidan uchgaymiz.
Dil shoddigi deb jahonni gʻalvirga soling,
Yer ustidan yer ostiga to koʻchgaymiz.

62

Gar istar esayet, dil gʻami bir dam ketgay,
May hoʻpla, koʻngilga yetsa may, gʻam ketgay.
Och bandini bandidan goʻzallar zulfin,
To tan band-bandga ajralar dam yetgay...

63

Tushmish chekimizga bizning aqli nosavob,
Isyon koʻtarib dil, qilmish mayli sharob.
Kechdik oru nomusdan, gʻshpt — yostigʻimiz,
Bas, bizga makon kunji xaroboti xarob.

64

Chang oʻrtanibon qilmoqda nola-figon,
Har nolasida, seningcha, qon hidi nihrn.
Nay cheksa bahor chogʻida ohu nola,
Deysan: taralar bu kuy goʻrimdan begumon.

65

Dil dardi zahar — barchani aylaydi halok,
Jono, kel-u, tut daf’i uchun bodai pok.
Tut maysazor uzra mayni, koʻp qolgan emas —
To boʻlgʻusi maysazor bizning-da bu xok.

66

Qoʻzgʻalki, hilol tun uzra tikdi chodir,
Tark ayladi oshufta quyosh ham oxir.
Keltir shamu mayu nuqlu[9] xandon oʻltir,
Qaytib yana kelmaydi bu tunlar — sohir[10].

67

Toʻldirdi rafiklar maysazor bogʻimni,
May birla yuvishdi dildagi dogʻimni
Gul dardida ashkimga choʻmilsin tuproq,
Quyganlaricha gʻisht etib tuprogʻimni.

68

Qoʻzgʻal, ishimizda bir samar boʻlgʻusidir,
Asbobi sharob muxtasar boʻlgʻusidir.
Botmoqda umr quyoshi, bas, ayla shitob,
Xush qoʻlda mudom boda agar boʻlgʻusidir!

69

Ey dil, bu jahonda nima koʻrding — hechdir,
Davr qissasiga quloqni berding — hechdir,
Har yoqqa qarab yelib-yugurding — hechdir,
Bir goʻshada oqibat oʻtirding — hechdir.

70

Tut toza sharob, dilni aritsin gʻamdan,
Forigʻ u fasoddan-u, emin olamdan.
Mahv oʻlsin to maylu havo fir’avni,
Boʻlsin may fir’avni Fir’avnga tan.

71

Dedim: dilu jonni senga yor ayladim-ey,
Har ne yoʻgʻu borimni nisor ayladim-ey.
Dedi: oʻzi kimsanki, qilarsan yo yoʻq?
Men aslida seni beqaror ayladim-ey!

72

Deydi: bevafo boʻlding — shundoqmidi ahd?
Doʻstdan judo boʻlding — shundoqmidi ahd?
Har kun necha bor bizdan uzoq tushding, bas,
Begonanamo boʻlding — shundoqmidi ahd?

73

Oshiq kishi dunyo ishidan fard boʻlgay,
Har ikki jahondan kechar-u, mard boʻlgay,
Dil misli alanga-yu, dami sard boʻlgay,
Oyoq uchidan boshi qadar dard boʻlgay.

74

Biz rasmu rusum xirqasini otganmiz,
Xirqa badaliga boshimiz sotganmiz.
Bizning yoʻlimizda har nima gov boʻlsa,
Jon boʻlsa-da hatto, bahridan oʻtganmiz.

75

Bizmiz-u, mayu mutribu ul mushkinxol[11],
Hijronsiz hosil buldi ayyomi visol.
Turgan yerimiz yor ila firdavs misol,
Bu may harom ermas, Oʻzi qilgan-ku halol!

76

Rind ahliga biz boʻlgali esh kelganmiz,
Qilmoqqa safo[12], joʻshu xurush[13] kelganmiz.
Qoʻl silta neku[14] bad, kufr ila islomga,
May durdini tutki, durdnoʻsh kelganmiz.

77

Qon boʻldi jigar, keltir jom, ey soqiy,
Dunyo ishi ming hiylayu dom, ey soqiy,
May tut menga, umr oʻtdi, oʻzing ham oz-oz —
Ich har kuni, xullasi kalom, ey soqiy.

78

Gul chehrasida nasimi Navroʻz xushdir!
Gulshanaro ruxsori dilafroʻz xushdir!
Shod boʻl buguningdan-u, unut oʻtganni,
Oʻtgan kundan ochmaganing soʻz xushdir![15]

79

Tong otdi-yu, tunning etagi chok boʻldi,
May ich, nega koʻngling yana gʻamnok boʻldi?
Tonglar hali koʻp otar, qadahni sipqor,
Bizning-chi, borar yerimiz shu xok boʻldi...

80

Bosh ogʻrigʻining daf'i uchun tutgil may,
Tun boʻyi ichib chiqqan edik paydar-pay.
Biz mastu xarob boʻlib fano dayri1 aro,
Dovruq solamiz xarob jahonga shunday.

81

Maxmurlarga jom toʻlatib, may quygil,
Chang yangrasin-u, toʻxtamasin nay, quygil.
Jomlar boʻshasa gʻam yema aslo, soqiy,
May quyqasidan olib, payopay quygil.

82

Ochildi gul, atrofda baxrr, ey soqiy,
Tokay qiladi zamona xor, ey soqiy.
May jomi — qoshingda, sabzaxat yor — mahram,
Boʻlsin senga manzil sabzazor, ey soqiy.

83

Har lahza dilim qoni farovon boʻlgay,
Koʻzlardan oqib, misoli ummon boʻlgay.
Tuprogʻimdan koʻza qilar boʻlsa kulol,
Toʻldirsa uni suvga, toʻla qon boʻlgay.

84

Ey yor, falakka yetdi zorim sensiz,
Bir lahza dilimda yoʻq qarorim sensiz.
Kuydir meni, kel, sen — sham-u, men — parvona*,
Jon chiqqusi kuymasam, nigorim, sensiz.

85

Changdek mudom qilish kerak nola-xuroʻsh,
Ummon kabi ming chayqalish-u, joʻsh urish.
Soʻzdan kamimiz qolmadi, ey mahramlar,
Fursat yetdi boʻlishga endi xomush.

86

Kuydim vamingda andoq, ey sham’i Tiroz,
Ishqingda kuyib sham’ kabi, oʻchgum boz.
Soʻzimni qilay muxtasar, aytib boʻlmas —
Koʻnglimni ochib, uzun tunlarga roz.

87

Na oshiqi bechoraga chora qilasan,
Na xasta koʻngil sari nazora qilasan.
Chiqmaysan-u pardadan oʻzing tashqariga,
Ushshoq pardasini nega pora qilasan?

88

May boʻlsa, sharobu mohtob, ey soqiy,
May uyquni haydaydi shitob, ey soqiy.
Otash toʻla dilga boq-u, qoʻy tuproqni,
Suv keltir-u, yelni bil sarob, ey soqiy.

89

Bogʻ boʻlsa, oqar suv yana, ey sham’i Tiroz,
May ber-u, ushat tavbani, yangratgin soz.
Shod boʻlki, oqar suv bong urib aytgaydir:
Ketyapman oqib, orqaga qaytmasman boz.

90

Koʻrsatdi chaman ichra yuzin gul, soqiy,
Qaygʻuda koʻrolmay uni bulbul, soqiy.
May quy, hali tuproqqa kirib, may boʻlamiz,
Bizni-da uzatishar qoʻlma-qoʻl, soqiy.

91

Maysa zamin uzra choʻzdi til, ey soqiy,
Shabnamga yuzini yuvdi gul, ey soqiy,
Jasmin-da latif shoxlarini koʻrsatdi,
Bas, tavbaga hech borarmi qoʻl, ey soqiy?

92

Tokaygacha soʻzing toʻrtu yetgi, soqiy,
Gul boʻlsa nima, tikan-da netdi, soqiy?
Chal sozni shitob, aylama zoye’, mutrib,
Quy bodani tez, umrimiz oʻtdi, soqiy.

93

Bir qushki ajib, yulduzlar dona unga,
Ul ahdi azal emish jovidona unga.
Gar jomi jahonnamoni izlarsan, u —
Sandiqda nihon, koʻksing esa xona unga.

94

Bir zotki U, mavjud unda na sen-u, na men,
Bilmasmiz ne sir bor bunda na sen-u, na men.
Parda koʻtarilsa, oʻxshashin bilgaymiz
Oʻzi Oʻzigayu unda, na sen-u, na men.

95

Sir yetsa, oʻzingdan-da uni pinhon et,
Bu dardi bedarmondan ayla umid.
Aylantir-u oyinaga bu joningni,
Ul oyinani sevikli jonon sari tut.

96

Gohida kurashning oldida borgaysan,
Goh dard elining orqasida yurgaysan.
Soʻshtiga yetish oson emas bu ishning,
Bu ish ulugʻ — mard turib bergaysan.

97

Dedim: soʻrama — fano boʻlibman andoq,
Dedi u: baqoga yetkazarman shundoq,
Ya’ni koʻrasan oʻzingni yoʻqlik ichra,
Borliqni senga bagʻishlasam-da mutloq.

98

Bilmoq esang osuda yashash hikmatini,
Ranj yetsa, unut xafa boʻlish odatini.
Har ikki jahrn daryo kabi ursa-da joʻsh,
Har ikki jahonga sotma dil rohatini.

99

Har qaysi muammoni-da hal qilsa boʻlar,
Gumroh yuribon-da rahnamo boʻlsa boʻlar.
Bir lahzada ming yil yashash ham mumkin,
Bir lahzada ming joyda yo boʻlsa boʻlar.

100

Tegrangda faqat falak urarmi javlon?
Koʻyingda sening ikki jahon sargardon.
Oftobsan-u, jon ichra tutibsan oshyon,
Oftobni koʻribdi kim buningdek pinhon?

101

U menga dedi: moyili e’zoz boʻlma,
Xorlik tila-yu, boʻlak sarafroz[16] boʻlma.
Soyam ekaningni hech unutma, shod boʻl,
Mendan sira ajralma — qaro yuz boʻlma.

102

Har oʻqki, kelar boʻlsa agar jonondan,
Jonni hadaf[17] aylaki, u oʻtsin jondan.
Har ikki jahondan-da najot istar esang,
Oʻzdan-da yashir, soʻz ochma bu paykondan.

103

Boshdan kiraman sening yoʻlishta har kun,
Motam tutaman sening gʻamingda har tun.
Na sen kabi yorga dil berishga jur’at,
Na sen kabi yordan dil uzishlik mumkin.

104

Ey mushkulin oʻzi hal etolmay oʻtgan,
Yor vasliga bir lahza yetolmay oʻtgan.
Ey suv boʻyida tashna-yu zor jon uzgan,
Ganj uzra gadolikdan qutulmay oʻtgan.

105

Bor a’zolaring quloq boʻlmogʻi kerak,
Jon tinglash uchun mupggoq boʻlmogʻi kerak.
Deding: tariqat tolibi qanday boʻlgay?
Koʻz osmon-u, til tuproq boʻlmogʻi kerak.

106

Sevgi siriga yetish uchun javlon et,
Jon ichra topib joy, uni jonga bekit.
Boshingni yoʻlida tikkaning ul sirni
Gar topsang, oʻzingdan-da uni pinhon tut.

107

Haq tolibi qon yutib-yutib yoʻl bosgay,
Bosh xam etib, oʻzidan ketib yoʻl bosgay.
Sen qoʻy-u uzoq yoʻlga qadam, hech soʻrama,
Yoʻl aytar oʻzi yoʻlchi netib yoʻl bosgay.

107

Haq tolibi qon yutib-yutib yoʻl bosgay,
Bosh xam etib, oʻzidan ketib yoʻl bosgay.
Sen qoʻy-u uzoq yoʻlga qadam, hech soʻrama,
Yoʻl aytar oʻzi yoʻlchi netib yoʻl bosgay.

108

Yuksak tutaman bu faqru gadolikni,
Bergum na zamin, na koʻkka bu boylikni.
Sogʻligu ozodaligu lazzat — ishim,
Shohlikka alishmagayman tanholikni.

109

Gohida soʻzimni yuz junundan derlar,
Gohi esa aqli zufunundan[18] derlar.
Oqil kishilar zar ila naqsh etgaylar,
Oshiq kishilar bu bagʻri xundan derlar.

111

Ey turk qalandar, menga tut toza sharob,
Bir-ikki qadah ichib, boʻlay mastu xarob.
Oʻtkinchi jahon ne’matiga tashna bu tan —
Aylanmasidan tuproqqa tut mayi nob.

112

Har lahza dilim qoni farovon boʻlgay,
Koʻzimdan oqib-oqib, u ummon boʻlgay.
Gar koʻza qilishsa meni(ng) tuprogʻimdan,
Ul koʻzaga suv solsa agar, qon boʻlgay.

113

Bu aql kamolini jununda koʻrgay,
Tanning asosini xoku xunda koʻrgay,
Bu koʻz ikki olamni ichinda koʻrgay,
Ustuxonu tomirni tashinda koʻrgay.

114

Ey vohki, kutilmaganda bir dard yetgay,
Jon tashvishi har dam jigaring qon etgay.
Kim boʻgʻzigacha botsa bu dunyo loyiga,
Bor-yoʻgʻini boy berib, jahondan ketgay.

115

Jonim bor ekan, falak kabi charx uraman,
Har lahza visol vasfida nuqta suraman.
Hech kim hali topmagan u narsani tilab,
Yoʻqotmaganim narsani izlab yuraman.

116

Faryod uramiz koʻyingga to yetgaymiz,
Vasling — orzu, oʻzgasini netgaymiz?
Har bir nafasimizda ming jon bordir,
Raqs aylab, uni senga nisor etgaymiz.

117

Behuda yashab oʻtdik jahon ayvonida,
Un oʻldi vujud falak tegirmonida.
Ming dardu nadomatki, to koʻz ochdik —
Koʻrdik oʻzimizni shum ajal qopqonida.

118

Men bir qush edim — uchgan roz olamidan,
Pinhon qilayin ov qarilik gʻamidan,
Bir kimsani topmadim-u Haq mahramidan,
Qaytdim ortga qolib koʻngil odamidan.

119

Jon chiqdi hayot zavqi nimadir bilmay,
Tan soʻldi sira kayfu safoni qilmay.
Tunlar bedor yor gʻamini chekkan dil,
Bir lahza quvonch manzilini etmadi tay[19].

120

Har bir nafas olganda kelar labga bu jon,
Hayron bu tirikligimga oʻzim-da chunon.
Gʻam-gʻussada kechdi umrim, bir mahbub —
Topilsa, oʻtardi xush tunlar begumon.

121

Bir hid keladi xoru haqir jonimga,
Har lahza meni tashna qilar qonimga.
Har oʻqqi, solib kamonga men otsam agar,
Kelib tegadi oʻz dili vayronimga.

122

Men ojizu xor — dilimda armon doim,
Bechoraligim gʻamini yerman doim.
Gar mingta eshik ochilsa menga har kun,
Halqa kabi koʻchada qolarman doim.

123

Gʻofillik ishim — biror hunar yoʻq menda,
Ul ahli nazardan hech nazar yoʻq menda.
Ertayu kech ishim mening nola-figon,
Oh, qayga boray, oʻzga hunar yoʻq menda.

124

Davron gʻamidan dilimda ming hasrat bor,
Orzu-tilagim koʻzini tutmish gʻubor.
Na hamnafasim bor-u, na gʻamgusor,
Oshufta koʻngilman-u, parishon roʻzgor.

125

Yor hajridan oʻzimni qachon men tortay?
Mushtoq bu dilu jonga yana gʻam ortay.
Bir dardki, falakni(ng) qaddini etmish xam,
Dil qolmadi — dil dardini qanday tortay?

126

Har damda solar bu charx koʻnglimga tugun,
Poklikni u aylar ta’qib lahza sayin.
Bir qatra bu qon, Tangri haqi, soʻyla oʻzing,
Bu hodisaga qancha chidashi mumkin?!

127

Kim ham mendek ishq ichra bechora boʻlar?
Koʻnglim kabi qaysi koʻngil ovvora boʻlar?
Dardimni mening agarda bir zarrasini —
Togʻ cheksa, uning-da koʻksi ming pora boʻlar.

128

Nokas kishilardan bu dilimda gʻamdir,
Oʻlsang qani, chunki suhbati motamdir.
Nokas kishilar bilan behinpta tushsam,
Doʻzax tilagum, unda uqubat kamdir.

129

Nokas ila non yesam agar, qon boʻlgay,
Sassiq soʻzidan tab’ uyi vayron boʻlgay.
Bir lahza yonida oʻtirish bir yon-u,
Ul yetti jahannam oʻti bir yon boʻlgay.

130

Bechorani bir hojati boʻlmaydi ravo,
Oshiqqa berar va’da-yu, qilmaydi vafo.
Gʻam shuki, meni tanholik goʻshasida
Qoʻymas sira oʻz gʻamim ila — bu ne jafo?!

131

Dunyoi tuban nima? Sitam dargohi,
Har bir qadamingda ming oʻliklar ohi.
Gar naqd esa, u kiroyi shodlik qilmas,
Gar favt[20] esa, taxt barchaga oʻlim chohi...

132

Qay kimsa tuban dunyo izmshsh tutar,
Fir’avn kabi doʻzax toʻriga tushar.
Itlarga makon chunki bu murdor dunyo,
Dil bersa bu murdorga kim — itdan battar!

133

Daryo-ku jahon — suvda qurarlar taxtni,
Badbaxt kishilar shunda koʻrarlar baxtni.
Har zarra bu tuproq aslida bir boshdir,
Johil qavm oʻylamay urarlar raxtni.

134

Bilsang, bu jahon boshdan-oyoq dud boʻladi,
Mavjud nima boʻlsa, u fano zud boʻladi.
Nobud edi, chunki har bud asli azal,
Bud boʻldimi, bas, bir kuni nobud boʻladi.

  1. Karkas — oʻlimtik bilan kun koʻruvchi yirtqich qush.
  2. Durd — may quyqasi, qoldigʻi. Durdkash — may quyqasini ichuvchi; mayxoʻr; oʻta ichuvchi. Tasavvuf adabiyotida yakrang soʻfiylar, malomatiylar tushunchasida oʻtgan, qoʻldan ketgan ish ma’nosida keladi.
  3. Shabiston — tungi yotoq; xilvatxona; ishratxona, bazmgoh.
  4. Miyno — shisha, may shishasi; oyina; may.
  5. Bu ruboiy Abu Ali ibn Sinoga ham nisbat beriladi.
  6. Vola — oshiq, shaydo, maftun.
  7. Xunxora — bu yerda: qon ichuvchi.
  8. Mugʻona may — ilohiy tajalliyot nuri va murshidi komilning qudsiy nafasiga ishora.
  9. Nuql — gazak.
  10. Sohir — sehrgar.
  11. Mushkinxol — qora xolli ma’shuqa.
  12. Safo — riyozat chekiga natijasida dilning nafs xohishlari, yomon illatlar, gʻaddor dunyo va Xudo yodidan boʻlak narsalardan qutulib, poklanishi.
  13. Joʻshu xurush — hayajonu jazavaga tushish, zavqu tugʻyon.
  14. Nek — yaxshi, xayrli, xush.
  15. Bu ruboiy Umar Xayyomga ham nisbat beriladi.
  16. Sarafroz — yuksak, baland, magʻrur, boshi yuqori koʻtarilgan.
  17. Hadaf — nishon.
  18. Zufunun — ilmu hunaru fazilatlar sohibi, donishmand.
  19. Tay — yurish, kezish, bosib oʻtish.
  20. Favt — yoʻqotish, soʻldan berish; oʻlim.