OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Farogʻat Kamol. Holatlar kitobi
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifFarogʻat Kamol
Asar nomiHolatlar kitobi
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Farogʻat Kamol
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Kitoblar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
NashriyotҒафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, Тошкент, 1998
Hajm73KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/12/17
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Mundarija

Logo.png





Holatlar kitobi
Farogʻat Kamol

Ruhni vujuddan ajratib olish shunchalar qiyinki, vujuding biror shikast yesa, ruhing eziladi. Ruhing qaqshasa vujudga ham omonlik yoʻq. Jon shoʻrlik oʻrtada sarson! Ana shu uchlik oʻrtasida sargardon kimsa — shoirdir!

Shoir — koʻngil odami. U misoli daraxt. Birov mevasini yesa, birov soyasidan bahra oladi.

Farogʻatning she’riy soʻzlari yuragingga quyilar ekan, uni kutib olishing uchun yerdagi ikir-chikirlar ichra emas, cheksiz osmon kerak boʻladi senga...


* * *
Men ham oʻtdim bahor oʻtgan yoʻllardan,
Shabnam ichgan topglar oʻpdi koʻnglimni,
Balki koʻp narsani unutdim bu dam,
Vatan, unutmadim biror yoʻlingni.
Bir-birovni izlab chiqqan yoʻlchidek,
Yoʻlga chiqqan edik Baxt-la ikkimiz,
Balki oʻtib keldik yonma-yon yoʻldan,
Vatan, yasholmasman biror kun sensiz.
Dengizda dur yiqqan chigʻanoq yangligʻ,
Sening mehring bilan yuragim toʻldi.
Quyosh ketib, qora koʻrinsa borliq,
Vatan, yorugʻligim boʻlib tuyulding.
Balki ulgurmadim doʻstlarga yoqib,
Qoʻlim ham bormadi yana koʻp ishga.
Kechikdim, ehtimol, tiriklik uchun,
Vatan, kechikmadim seni sevishga.
Mangulik osmoni qoraymas sira,
Onam, soʻng otamning ruhin uchirdim,
Vatan, sening kabi aziz xotira,
Bogʻlaringda aziz izlardan yurdim.
Men ham oʻtdim bahor oʻtgan yoʻllardan,
Shabnam ichgan tonglar oʻpdi koʻnglimni.
Balki koʻp narsani unutdim bu dam,
Vatan, unutmadim biror yoʻlingni.

Iltijo

Ummoningda boʻldim, bir tomchi edim,
Yomgʻiringda boʻldim, tongda oq shabnam.
Shaffof nurlaringdan olmoqchi edim,
Hayot, qizgʻanmagin yorugʻlaringdan.
Tuprogʻipgda boʻldim, toshingda boʻldim,
Qorangda suykalib, loshingda boʻldim.
Oʻksindim, qiynaldim, qoshingda boʻldim,
Minglab kunlaringdan men ham bir kunman.
Koʻzimni tikkanman zangorlaringga,
Yupqa yaproq boʻlay bahorlaringga.
Hovuchim toʻldirsam gʻarq boʻlib oʻzim,
Yetkazib borgumdir chinorlaringga.
* * *
Tun yarim. Koʻkda oy sirgʻalib ketdi,
Nafasimga yulduz nafasi yetdi.
Daraxtlar yoʻqotib qoʻydi soyasin,
Dilimga ul umid soyasi yetdi.
Gʻuncha hovuchini ochib yubordi,
Gulshakl xush boʻylar sochib yubordi.
Sekin shivirladim, soʻzlar izladim,
Xayol sohibiga yetdi soʻzlarim.

Holatlar

Uchrashuv

Qayrilib sen ketding. Na «salom», na «xayr»,
Sen ketding, hech soʻzga ehtnyojing yoʻq.
Bir tuman edim men, tarqay olmagan.
Bir tuygʻu edim men, koʻzlari yumuq...
Ketgan tomoningga qayrildi samo,
Toʻsatdan chayqalib ketdi bir daraxt,
Ismingni soʻrmadim, bilmadim ammo
Qaysi oy, qaysi kun, na-da qaysi vaqt.
Titroq nigohinpsh ilgʻadim faqat
Va bildim, Egamdan bu ham — inoyat.
Bir lahza qalbimni yoritdi shu baxt —
Nigohingdan tushgan titroq bir soya...

Ta’qib

Yelkamda qoʻllaring yuk boʻlib qoldi,
Mudom ta’qib etar xira bir xayol:
Goʻyo dardlarini tashlab boʻynimga
Ortimdan qolmaydi sen sevgan ayol.
Na quvonch izhori, na dard surati,
Koʻnglimga hech tuygʻu tashlamas soya.
Bilmayman, dilimning qaysi holati
Sening qiyofangdan izlar himoya.

Kuzatish

Sening yelkalaring kichrayib borar.
Uzoqlab ketyapsan. Qayerga? Nechun?
Koʻnglingda dam olar tingan toʻlqinlar,
Lablaring shivirlar, «oʻtib ketdi kun».
Seni oʻz yodidan kuzatib qoʻygʻan
Kim edi, koʻzlari bu qadar ma’yus?
Qayrilib qaraysan. Boʻm-boʻsh sohilda
Shamol kezib yurar. Yaqin edi kuz.
* * *
Sohir koʻzingizda gʻayr xayoli,
Rashk ila toʻlgʻonib qon boʻldi gullar
Telbalanib oʻtdi gulshan shamoli,
Bagʻri soʻzon boʻldi, boshi nigunlar,
Payqamadingiz.
Koʻkning ravoqidan toʻkildi saslar,
Sizni oydin nurlar jim yorlaqadi.
Tunning qarogʻiday qaro nargislar
Boshingizga toʻkkan nurni alqadi.
Alqamadingiz.
Dardi begonalar begona boʻldi,
Koʻzning koʻzgusida rozlar balqidi.
Umid dilimizga afsona boʻldi,
«Yor» dedik, sahroyu zamin qalqildi.
Qalqimadingiz.
Sohir koʻzingizda gʻayr xayoli,
Hajringiz motami jonlarga yetdi.
Sizni sevganlarning bevaqt zavoli
To sahar, bu dahr gulshanin tutdi.
«Yer» demadingiz...
* * *
Tunning quchogʻidan gul hidi kelar,
Hidlab uygʻonaman yostiqlarimni.
Tushlarimda qolgan kuyni sogʻinib,
Yulduzlar bagʻrimga toʻkar nurini,
Ma’yus oydinlikdan entikar devor,
Shaffof derazada hayajon izi.
Bilaman, oʻngda ham tushlarim takror,
Yurakda ishq kechgan kunlarning isi.
* * *
Sizdan parvo emas, soʻradik gʻavgʻo,
Ilinjli dunyoda ba’zan ahd ravo.
Agʻyor ta’nasidan oʻksik koʻnglimiz
Va lekin vasl emas endi muddao.
Endi parilardan Sizga e’tibor,
Alamlarni kechsak, bizda ixtiyor
Va lekin parishon holimiz soʻrmang,
Bahrigirdob aro bahri tgʻam bisyor.
Ne ajab yoʻlingiz tushsa, gasht sari,
Bogʻ sari, togʻ sari, balki dasht sari,
Bizga nima tashvish, qayrilmasangiz,
Koʻnglingiz shashtidan ayrilmasangiz
Biz Sizni shunchaki...
Eski bu daftar,
Umrimiz qaygadir etmoqda safar.
Faqat dilga yetgan jinday ozrr bor,
Bevafo umrday bevafo yor bor.
Sizdan parvo emas, soʻradik gʻavgʻo,
Ilinjli dunyoda ba’zan ahd ravo.
Agʻyor ta’nasidan oʻksik koʻnglimiz,
Va lekin vasl emas endi muddao.
* * *
Men bilaman, Xotiraga ishonib boʻlmas,
Unda yashar garchi menga oʻxshagan beka,
Biroq ba’zan tushunmayman uning fe’liga —
Mendan pinhon oʻzgartirar kechmishim kam-kam,
Bilintirmay aldar oʻtgan yillarimni ham,
Kecha olar noxush kechgan voqealardan.
Men sezaman, Meni juda ayar negadir,
Qutqaradi dilni ogʻir xotiralardan.
U haq! Balki shunday bitar nomunosib doʻst
Dilga bergan jarohati, ogʻir darslari,
Balki shunday singib ketar olis-olisda
Yuragingni bosib oʻtgan qadam saslari.
* * *
Yomgʻir yogʻar edi, daraxtlar yupun.
Diydirab turibdi jumlai olam.
Men oʻz yuragimnn koʻrmoqchya edim,
Qurshab yotgan ekan yomgʻirday tuman.
Nima ilinj edi axnr dunyoga
Sochlarimni yuvib oqqan yomgʻirdan:
Chechaklar iltijo etdi samoga,
Maysalar shoshilib keldilar qirdan.
Nima ilinj edi. Seni esladim.
Yolgʻizsan bir xayol tumani aro.
«Yomgʻirday yashaylik», shivirlaysan jim,
Tomchilar shovullab etarlar takror.
Yomgʻirday yashaylik. Qiynar ovozing,
Ruhga garchi jonbaxsh nafasing tegar,
Yolgʻizlik alamin tortadi dilim,
Uni eslaguncha yaratgan Egam...
Bugun bogʻingizda oʻrik gulladi,
Oʻtlar orasida kuldi moychechak.
Uyingiz burkandi tanish boʻylarga,
Bugun bogʻingizda Bahor — kelinchak.
Kimdir chertib oʻtdi derazangizni,
Bilolmay qoldingiz uning kimligin.
Turnalar sogʻindi ovozingizni,
Ular Sizni yoʻqlab qaytdilar bugun.
Ariqlar qaygadir iz solib ketdi,
Lab burib uygʻondi yalpizlar tongda,
Men-ku kim boʻlibman, meni unutdi,
Lolalar ochildi Sizning tomonda.
Bugun bogʻingizda oʻrik gulladi,
Novdada yaproqlar jilmaymish xiyol,
Men ham Bahor yangligʻ qutlayin desam
Xavfim bor: ovozim bormas ehtimol...
* * *
Yomgʻir, yomgʻir, koʻklam yomgʻiri,
Yogʻib koʻnglim tublariga oq.
Seni juda sogʻindp koʻngil,
Hidlarnni sochsin qaldiroq.
Sevishganlar tilaklari bir:
Kurtaklarning gullashi lozim.
Dunyo juda baxtga yaqindir,
Eshittirgin uning ovozin.
Bulutlarning koʻchib bagʻridan,
Hayot bersang toshqin soylarga,
Qizgʻaldoqlar ulashar zamin
Yuragimga yaqin joylarga.
Lahza yangligʻ qisqa umridan
Aytsin ular mastligin shul dam.
Yomgʻir, yomgʻnr, eslatib oʻtgin
Hech narsaning qaytmasligin ham
* * *
Daraxtlarga nasib sevilmoq baxti,
Ehtirosli yorday notinch osmon.
Sogʻinch tuygʻusini tuygan dunyoda
Shamol ham nechundir kezadi giryon.
«Sizmi koʻrgim keldi. Sogʻindim Sizni».
Alanglayman, qaydan bu sirli tovush?
Hech kim yoʻq yonimda. Yigʻlagim kelar.
Shoxdan shoxga koʻchib sayraydi bir qush,
Ajib mujdalarni kutarman men ham,
Sokin kunlarimning buzilgan tinchi.
Ruhimda shovullar zangor bu olam,
Koʻklam tuygʻulari, koʻklam sogʻinchi.
* * *

Diloromga

Oʻxshatmadim Sizga hech kimni,
Bir oz yana oʻksindim chogʻi,
Dilda qolib ketgan tuygʻuning
Qiyin ekan endi oʻchmogʻi.
Jim-jit tunda yigʻlasa kimdir,
Yigʻlab-yigʻlab ovunsa ham soʻng,
Qolib ketar tunning bagʻrida
Oʻsha ovoz qoldirgan bir mung.
U yigʻlagan garchi men emas,
Yigʻlab Sizga aytmaganman roz,
Yuragimning ichidan kelar
Lekin oʻsha tundagi ovoz.
Oʻzim bilmay ma’yus tortaman
Yulduzlar jim chaqnagan chogʻi.
Dilda qolib ketgan tuygʻuning
Qiyin ekan endi oʻchmogʻi...
* * *
Bugun ma’yus qiyofangda parishon bir xayol koʻrdim,
Yuzing ma’yus etarda ul oyina xastahol, koʻrdim.
Koʻngil bir tus, samolarda qolib ketgan hilol koʻrdim,
Oʻshal olis hilol yangligʻ koʻzingda men savol koʻrdim.
Yuzing ma’yus etarda ul oyina xastahol koʻrdim.
Sen aytding: boq, nigorim, ishq dilimizni gʻarib ztdi,
Fano bergan qayu saboq qayu jonni raqib etdi,
Qara, barcha yashil yaproq ketarda sargʻarib bitdi,
Ketarda sargʻaraylik, dogʻ, gar ishqdanki, zarif etdi,
Fano bergan qayu saboq qayu jonni raqib etdi.
Sen aytding: yoʻl davomi yoʻq, ketaylikmi tumanlarga,
Gʻarib dilni etib vosil ochilgan oq sumanlarga,
Ketar boʻlsak, koʻngil doxil samoviy anjumanlarga,
Gulu chechak qolib gʻofil, bu ishq yetsin chamanlarga,
Gʻarib dilni etib vosil ochilgan oq sumanlarga...
* * *
Yana shunday boʻlar, har safar shunday,
Men kutgan ranglarda kelaverar kuz.
Bogʻlar qismatiga qancha kuyunmay,
Bargrezon faslini sevaman hanuz.
Mangulik oldida yuragi ochiq,
Sokin kengliklarday ozod va begʻam,
Hech kimga bogʻlanmay yashaydi bir ishq,
Toʻkilib yashaydi xazonlar bilan
Va maftun etadi mening koʻnglimni,
Dunyoni unutib ruhim sarxush, jim.
Tinglarkan har safar ketmoq kuyini,
Soʻnggi yaproq kabi titrar yuragim...
* * *
To tonggacha yogʻib chiqdi qor,
Simyogʻochda oʻchmadi chiroq.
Tongda esa tanish yoʻllardan
Bir faslga ketgandim yiroq.
Oʻzga edi osmonning roʻyi,
Magʻrurmidi, balki balandroq.
Qaytmoq boʻldim men ham kun boʻyi,
Lozim yoʻlni topmadim biroq.
Tabiatga tushgan ayriliq
Koʻchdi menyng yuragimga jim.
Meni tamom unutdi borliq
Yo borliqqa aylandim oʻzim,
Hovuchimga toʻlib qoldi qor,
Ruhimga ham toʻldi sukunat.
Yuragimda yolgʻiz umid bor:
Aytolmadim hech kimga faqat.
* * *
Oʻzgarishlar kechdi jim,
Oy toʻldi, suvlar oqdi.
Dunyo — qari munajjim,
Fol koʻrdi, koʻkka boqdi.
Bir dasta qizil gulga
Oshiq boʻldi bulbullar,
Gʻam toʻlqini quyilgan
Dengizday tinch koʻngillar
Firibgar kuz qoʻynida
Xazon boʻldi yaproqlar,
Muhabbatning boʻynida
Qolib ketdi gunohlar.
Umid bizni aldadi,
Vafo qilmadi bu jon.
Dildagi ogʻriq kabi
Faryod uzun, bemajol.
Oʻzgarishlar kechdi jim,
Oy toʻldi, suvlar oqdi.
Kechikmay keldi Oʻlim,
Dunyoning bagʻrin yoqdi...

Akam Xotirasiga

«
Sezdim sening ketganingni koʻngildan...
Choʻlpon.
»
Doʻstu yor yigʻladi gʻaflatni qargʻab,
Dilni ezib kirdi umrlik bir gʻam.
Garchi biz yolbordik: yolgʻon et, yo rab,
Oʻshal kun biz Sizdan ayrildik, ogʻam.
Gʻurbat togʻinimi yelkalab kelgan
Kun edi, yurakda hasratlari zil.
Umid oftobiga boshini qoʻygan
Chogʻida yerlarga quladi koʻngil.
Hayot bir toʻkildi Oʻlim poyiga,
Ogʻir kishanida ingrandi jon ham,
Koʻpgil jim yigʻladi oʻzii holiga,
Dunyoning biri kam, koʻngilda ming kam.
Hijron dudin tuyib qoraydi falak,
Termuldik Siz yurgan yoʻllarga bekor,
Yurakka bir ma’yus sogʻinchlar solib,
Qaytmas boʻlib ketdi qirq ikki bahor...

Otamni Eslab

Sizni oʻylaganda xayolim nurli,
Mehringiz chayqalgan samoviy dengiz,
Faqat sogʻingapda endi bir mungli,
Tushlarimdan kelar ovozlaringiz.
Siz oʻtib borasiz ufq tomonga,
Fursatingiz yoʻqday qayrilmoqqa ham.
Qoʻshilib ketasiz gʻalat tumapga,
Qadamingiz endi yerdan uzilgan.
Ilgʻamay qolaman koʻzlaringizni,
Qay ifoda hokim, qanday nur zohir,
Tumanlardan izlab izlaringizni,
Qadrdon dalalar xoʻrsinar ogʻir.
Xazonlar, jimgina toʻkilgan yangligʻ,
Aytilmagan soʻzlar rangsiz, beqadr.
Siz esa, qaydadir, ruhingiz yorugʻ,
Sirdosh odamingiz topgansie axir.

Nodira Gʻazaliga Muxammas

Jism aro jon xasta boʻldi yorsiz,
Hofizim etmas tarahhum, korsiz,
Zoru afgʻon etgaymen jim, zorsiz,
Yorning vasli emas ozorsiz,
Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.
Bir ishora boʻlsa yoxud gardi po,
Koʻzimda nuri umid boʻlmas ado,
Eshiginda boʻldimu mipg ynl gado.
Ul parivash vaslidan boʻldim judo,
Rohati dil qolmadi dildorsiz.
Menga ermas, oʻzgalarga kuldi ul,
Shum raqibning oldida xor bu koʻngil,
Endi yigʻlab yuvsa ketmas dogʻi dil,
Orazin koʻr, zulfidin boʻlma malul,
Bu jahonda ganj yoʻqdir morsiz.
Neki anduh keldi ul gʻaddordin,
Kuydimu kom izladim sharordin,
Telba oshiq qaytmas ermish dordin,
Or qilmas ta’nai agʻyordin,
Oshiqi sodiqni derlar orsiz.
Yor, mayli, endi gʻaybi roh oʻling,
Jonda fitna yotkurur titroq oʻling,
Dil xudoga tuhfa etsin, joh oʻling,
Nodira ahvolidan ogoh oʻling,
Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.
* * *
Yomgʻir yogʻar. Yigʻlab-yigʻlab tarqar bulutlar,
Erta, albat, bu tunroqda maysa unadi.
Qismat in’om etgan yangi koʻklamga qarab,
Bugun mening koʻzimga ham yoshlar keladi.
Hali qishning muz nafasi yiroq ketmagan,
Yap-yalangʻoch novdalarda ruh bor telbavor.
...Tashlab kelgan manzillarin dil unutmagan,
Yuragimda oʻtgan yilgi xazon rasmi bor.
* * *
Yor boʻlsa, koʻnglida ardogʻi boʻlsa,
Ruhida muhabbat — bedogʻi boʻlsa,
Tuygʻular taloshi koʻnglin oʻrtasa,
Lablari bir gulning yaprogʻi boʻlsa.
Bir kelsa, bir yoʻla baxt ola kelsa,
Bir kelsa, yoʻllarin yuvsa yomgʻirlar,
Yor kelsa, avvalo hayola kelsa,
Ishqdan telba boʻlsa doʻstu yogʻiylar.
Yor kelsa, soʻrgani dilu jon boʻlsa,
Tashna boʻlib kelsa mehrga, zorga.
Hukmida balki yuz mehribon boʻlsa,
Almashib kelsaydi yolgʻiz diydorga,
Yor boʻlsa, ardoqli boʻlsa jon kabi,
Aziz etgan boʻlsa uni xudoyim.
Arzisa bir marta oʻlmogʻishta ham,
Yashasang, sigʻinib yashasang doim...
* * *
Chogʻim yoʻq, oʻzimni tark etgan chogʻim,
Jismi uryonimda oʻsgan puchmogʻim,
Ruhim daraxtidan toʻknb yaprogʻim,
Seni soʻrab borsam, ostonang qani?
Gulxan oʻchgan boʻlsa koʻnglim kulmasmi,
Yoʻling kesgan boʻlsam, sevgim yoʻlmasmi,
Ilkingda soʻldirgan menday gulmasmi,
Gavhar ekay desam, gulxonang qani?
Izimni izlasa, topgay iztirob,
Kulbamga bir bora boqmaydi oftob...
Ranjim koʻp, umndim undan behisob,
Sevmoqni oʻrgansam, darsxonang qani?
Jonimda bir jonday kechdi malolim,
Koʻnglim vayronida darding — jalolim,
Nechun noming aytsam, yigʻlar xayolim,
Yashab oʻtay desam koshonang qani?

Bolalik

Sen ham maysamiding bahor qoʻynida,
Yayrab oʻsgan eding daryo boʻyida.
Bilmadim, qay orzu, armon oʻyida
Seni toʻlqinlarga oqizdim oʻynab.
Boshimdan turna.tar toʻkkanda xayol,
Berk eshpk kpbrpdek dunyoda malol.
Koʻklarga boqdimu beparvo, behol
Seni toʻlqinlarga oqnzdim oʻynab.
Endi umrim ummon sari yeldimi,
Bahor oʻtib yana bahor keldimi?
Bagʻrida dur oqdi, daryo bildimi?
Seni toʻlqinlarga oqizdim oʻynab.
* * *
Bogʻlar koʻchib ketdi bu oqshom,
Shamollarni yetaklab ketdi.
Huvillagan mahzun goʻshada
Neki boʻlsa, yoʻqoldi, yitdi.
Yuragimga boqdim oʻrtanib,
Tushnb turar tunning soyasi.
Menu dunyo oraligʻida
Yashar nshqning bir hikoyasi.
Qaylargadir tentirab ketgan
Daryo kabi qaytmadim ortga.
Bildim, sevgim meni unutgan,
Shundan dilda qaygʻular ortgan.
Meni olib ketdi muhabbat
Abad yitmas savollar bilan.
To tonggacha yashagim keldi
Koʻz yosh tomgʻan xayollar bilan.
* * *
Yulduz toʻla osmonga boqdim,
Yulduzim yoʻq edi osmonda,
Men oʻyladim: unutgan meni.
Sochlarimni silab qaro tun,
Vujudimdan oʻtdi sirgʻalib,
Kuygan koʻyga raqs etdi telba.
Chirildoqlar ovozi qalqib.
Oqib oʻtdi sirli bir toʻlqin.
Epkinidan tebrandi koʻnglim.
Yigʻladim. Jim qoldi ovozim,
Faqat oqib ketdi koʻzimdan
Shaffof nurga toʻlgan yoshligim.
* * *
Bu kun oʻxshar kechagi kunga,
Kechagiday umrim tartibi.
Ulgurmadim oʻzgartirmoqqa,
Ma’lum emas baxtning tarkibi.
Bu kun oʻxshar kechagi kunga.
Siz ham oʻsha, men ham oʻshaman:
Hamon ojiz tugʻyon oldida.
Lahza bilan yashab oʻtaman,
Lahzalikman Armon oldnda.
Siz ham oʻsha, men ham oʻshaman.
Soyadekman oʻz xayolimdan.
Dardlarimdak qisqa bir nafas.
Sharpa yangligʻ, notinch holimdan,
Oʻz koʻnglimdan koʻchgan ajib sas.
Men soyaman oʻz xayolimdan.
Oydinlari koʻpdir dunyoning,
Bisyor soʻqir qorongʻulari.
Sogʻinaman goʻzal tunlarning
Dilga tushgan tinch yogʻdularin,
Oydinlari koʻpdir dunyoning.
Sahar turib qarayman yoʻlga
Hamon bu yoʻl — Quyoshning yoʻli,
Bu kun oʻxshar kechagi kunga,
Olislarda uning manzili.
Sahar turib qarayman yoʻlga,

Aksiltashbehlar

Oy fonusga oʻxshamas garchi,
Tun koʻtarnb oʻtmoqda uni.
Koʻzgu emas bu mohroʻy, unda
Oʻzga baland dunyo aks etsa.
Yigʻlab-yigʻlab sir aytsang hamki,
Aylanolmas oq kiygan qizga.
Afsus, oppoq sandiq emas oy,
Chiqib kelsa goʻzal malika.
Tosh emas u, «yoril, tosh», desam,
Boshimdan jim elar oydinlik.

Imon

Nechun ta’ma bilan boqasap koʻkka,
Koʻksingda marhumday choʻkkan-ku yurak.
Uni tiriltirmoq jon bermoq uchun
Iso paygʻambarning nafasi kerak.
* * *
Oʻshal kun unutdim tanish yoʻllarni,
Turfa soyalarga tikildim hayron.
Men yoʻqotib qoʻygan javohirlardek
Koʻzimga bosildi yulduzli osmon.
Oʻshal kun ketolmay parishon turdim,
Xayolingga kirdim balki soʻnggi bor.
Ixtiyorsiz yerga nomingni yozdim,
Nomsiz oʻylarimning tasviri misol.
Uza olmayotgan qarzlarnm koʻpday,
Tik boqa olmadpm oʻtmish koʻziga.
Yellarga ishondim sirlarimizni,
Ishona olmadim balki oʻzimga.
Yigʻladim, tushunib-tushunmay gʻamni,
Xayolning beoʻxshov raqsini koʻrdim,
Umrimning eng ozod toʻlqinlarini
Bir tor daryolarga topshirib qoʻydim.
* * *
Yorim, dunyo yoʻllaringga olov toʻkar,
Sen qarasang, oʻshal nilgun samo choʻkar,
Yetolmayin ortingda gʻam qaddin bukar,
Agar mening muhabbatim xotirlasang.
Falak ul kun kechgay yuksak gʻururidan,
Manglayingni yoritgaydir Haq nuridan,
Koʻkka boqsang, oy uzatgay sururidan,
Agar mening muhabbatim xotirlasang.
Sohir koʻklam koʻnglim kabi telba boʻlgay,
Tashrifingdan ne qasrlar kulba boʻlgay,
Sahrolar ham ikkimizga xuldo boʻlgay,
Agar mening muhabbatim xotirlasang.
Yorim, fido boʻlmoqqa bir jonim yetar,
Mening mungligʻ koʻnglimdan ham gʻubor ketar
Farishtalar yuragingga xatlar bitar,
Agar mening muhabbatim xotirlasang.

Ishq Haqida Qoʻshiq

Charxi koʻhan yuzi qoralar boʻldi,
Pirpirab-pirpirab oʻchdi bir yulduz.
Bagʻringga endi gʻam oralar boʻldi,
Koʻchmagin, yurakda yasharsan, dilsoʻz.
Qayga izgʻib ketdi tunning sharpasi,
Chaqirsam kelarmi biror-bir xabar
Bilmadim, dunyoda erirmi bir tosh.
Tun boʻyi yigʻlasam, yigʻlasam agar...
Qadimiy bogʻda jim gulladi jiyda,
Tong chogʻi gullarin toʻkar, vovaylo.
Bir Yusuf oh chekar sabuh paytida,
Aytingiz, yigʻlasin yuzta Zulayho...
* * *
Men ham shu oftobday ketarman bir kun,
Tunlar toʻkiladi hovuchlaringga.
Harir oq libosda men kabi mahzun
Yogʻdular kiradi tund kechlaringga.
Balki koʻklam yangligʻ ketsam ajabmas.
Yomgʻirlar yogʻadi ezilib koʻkdan.
Namchil dalalarda men kabi dilxun
Gullar paydo boʻlar xayoldan, yoʻqdan.
Bilaman, sen meni sevmaysan endi,
Bir yoʻl koʻrdim roʻyo tumani aro.
Koʻzlarim nurini toʻshab qaradim,
Koʻzlarim boʻldilar tundan-da qaro.
Men ham endi seni sogʻinmay qoʻydim,
Dilning sharpasini koʻrdim yiroqda.
Ozoda tonglarga iltijo qildim,
Qutqaring deb dilni bunday firoqdan.
Ikkimizda edi ikki yoʻl boshi:
Bir pora oʻt koʻrdim, yashnagan, goʻzal.
Talpinding, balki shu oʻtni tilading,
Menga ravo koʻrdi taqdiri azal.
Bir pora oʻt koʻrdim yashnagan, goʻzal...

Tush

Tush koʻrdim, koʻnglimning xarobasida
Olovning tillari soʻzladi oyat.
Koʻrdim: yonib bitdi uning dastida
Roviylar naql etgan barcha rivoyat.
Koʻtarib qop-qora tun chachvonini
Xotirlar izlarin uzdi zamindan.
Sahfalab ochdilar muslim jonini,
Bir imo yetmadi samo, samo’dan.
Yulduzsiz osmonday qoraydi bagʻrim,
Egasi tark etgan koʻkka intilib.
Shuncha poyonsizmi edi yo qahri,
Meni dunyosidan ketdilar yulib.
Noma'lum gʻorda ham topmadim panoh,
Jinonin unutdim, gʻamlarga botdim.
Shunda kirib keldi yolgʻiz bir sayyoh,
Yonimda bir toshni turtib uygʻotdi.
Menga-da boqmadi, gʻam bino etgan
Toshni tavob etdi, sekin soʻzladi:
«Bu dil, xayriyatki, koʻrmoqqa yetdi,
Shu kunni izladim, ming yil izladim».
Soʻng ketdi, Tosh qoldi. Ortga qaytmadi
Koʻnglimda gumonlar oʻsaverdi jim.
Tosh esa koʻr edi, menga boqmadi.
Gung edi misoli dunyoi qadim.
* * *
Hattoki, yonma-yon yashab turib ham,
Bir-birovin ba’zan sevolmas odam.
Hattoki, jonidan ortiq sevib ham,
Bir-birovga mehr berolmas odam.
Mehrli boʻlsa-da bir-birisiga,
Baribir, nedandir koʻngli qisilgan.
Koʻngil bir nimani qoʻmsaydi mudom,
Bu ne muhtojlikdir, bilolmas odam...
* * *
Kunlar hazin edi, daraxtlar yupun,
Koʻnglimga botardi Hasratning tigʻi.
Shu qadim dunyoning ich-ichlaridan
Goʻyo chiqib kelar ojiz bir yigʻi.
Oʻyladim: bu ovoz— qismat ovozi,
Balki men ertaroq tingladim uni.
Balki harif kunlar ruhiga monand
Sohib tabiatdan tiladim uni.
Oʻyladim: men nechun bunda kezgayman?
Koʻnglimda yoʻllarning surati oʻzga.
Bir kuni, baribir, axir bezgayman,
Bilaman, koʻnglimning fitrati oʻzga...
Oʻyladim: bir kuni kechgaylar jondan
Ishqni taniganlar dillari pora.
Aslida yurakning tub-tublarida
Jondan kechmoq azmi — eng soʻnggi chora
Aslida «baxt» soʻzi ham bir tasalli,
Uni tilab olgan soʻqir bandalar.
Dunyoning bagʻrini qon qilgan asli
Ishqsizlar koʻnglida yiqqan jandalar,
Yurakda eng ulugʻ baxtdir e’tiqod,
Uning qudrati zoʻr buyuk duoday.
Koʻnglim tanimasa shu baxtni agar,
Men yetgan manzil ham olis Xudodan.
* * *
Oydan-da oydinroq bir kecha oʻtar,
Gʻunchalar ochilar uning bagʻrida.
Tovushin chiqarmay bir tovush uchar
Va soʻnar bu yorugʻ tundan narida.
Oydan-da oydinroq bir kecha oʻtar,
Qarayman, daraxtlar oʻsar har lahza,
Idrokim qobigʻin yirtar shoxlari.
Yoʻlning yoʻlsizligin aytar har narsa,
Oydan-da oydinroq bir kecha oʻtar.
Dilimning mehmoni — bir hovuch yulduz.
Toʻlqinlar intilib buzar qirgʻoqni
Shariasiz, tovushsiz, bir ishorasiz.
Oydan-da oydinroq bir kecha oʻtar,
Xayollar — qirgʻogʻi buzilgan daryo.
Makonda makon yoʻq, deb aytar ular,
Makonda makon yoʻq — qaytadi goʻyo.
Oydan-da oydinroq bir kecha oʻtar.
Qaydadir bor emish betgoyon manzil.
Ungacha koʻzlarim koʻrgani — Hayot,
Lahzalar davomi — umr degan yoʻl...
* * *
Fursat koʻchib yurar guldan gullarga.
Chirqirab sayraydi qushlar bezovta:
Umidning eng goʻzal nafaslarida
Holdan toyib borar dunyoni maqtab.
Gʻunchalar ochilar — Vaqtning tortigʻi.
Erta xazon boʻlib balki toʻkilar.
Hasratning yorugʻ va pok quchogʻida
Faqat Ishq ilohiy gul kabi kular.
Bardoshlar tilaydi oʻziga dillar.
Ularni kutmoqda samoviy tal’at.
Bir uxlab ruhlar-la qovushar ular,
Gunohkor dunyoni sevmoqlik — bid’at.
Kunlarning qoshida lol turar Idrok,
Jim yutib samoviy yashinlar qahrin,
Oʻtkinchi umrdan izlaydi ma’no,
Faqat shu dahrga sigʻingan dahriy,.,
* * *
Ne kechsa, boshingdan kechgani ayon,
Faryod kitobingda sahfalar bisyor.
Ey muborak zamin, ona Turkiston,
Har toshingda qismat yozigʻlari bor.
Tarixing varaqlab, bagʻringda uryon
Kechgan tugʻyonlar-la uygʻonar koʻngil.
Erk deb jondan kechgan mardlaring biryon,
Yovlaring makridan toʻlgʻonar koʻngil.
Makkor siyosatning firibgar qoʻli
Ertangi kuningdan ochganida fol,
Asl erlaringga chang soldi Oʻlim,
«Turkiston qaygʻusi»— eng ozod xayol.
Shukr, endi olis kirlangan ovoz,
Senga yetmas uning aksi-sadosi.
Bugun keng bagʻringda yangragan-ovoz—
Istiqlolimizning baland parvozi.
Jasur qirgʻiz qizi Qurmon dodxoning
Oʻgʻlonlari kabi jon fido etgan,
Turkmanu qozoqning bitgan armoni,
Bugun Choʻlponlaring orzuga yetgan.
Tojikiston garchi goho beorom,
Yorugʻ kunlaridan yashar umidvor.
Sening oʻlmas ruhing — bugunning ruhi,
Farzandlar soʻzida buyuk mehring yor.
Bu mehr shu qadim, aziz tuproqqa,
Bu mehr shu yurtga — jonga tutashgan.
Unga farzand boʻlgan besh buyuk xalqqa,
Barchasining qoni qonga tutashgan!

Chorlov

Sening yelkalaring balki keng emas,
Jussangda yoʻq balki Rustam kelbati.
Biroq, faqat sening yelkangga sigʻar
Oʻzbaki elingning gʻamu gʻurbati.
Kamlik bor, ehtimol, shoshqin fe’lingda
Turmushingda, balki, koʻp narsa yetmas.
Sendan oʻzga hech kim, biroq, elingga
Shodlikni sogʻinmas, erk in’om etmas.
Oʻgʻlon, yuragingda dardlaring koʻpdir,
Vafo qilolmassan yoxud yoringga.
Biroq sendan oʻzga vafodor yoʻqdir,
Garchn haridor koʻp Vatan — zoringga.
Zulm qoyasidan tosh koʻchdi bugun,
Jaholat lashkarin buzuldi safi.
Yovlaring uyida tahlika, vahm,
Yorishib kelmoqda ufqing tarafi.
Oʻgʻlon, fursat yetdi, oʻzliging tani,
Yurakka jasorat tilagin koʻproq.
Siljitgin zulumot hududlarini,
Bugun senga mushtoq bu turkiy tuproq.
* * *
Xayolkash daraxtlar ruhlarday sokin,
Oʻzga bir dunyoning soyalariday.
Men sening yoningdan kelganman, Oʻlim,
Biroq Hayot bilan bogʻlangan yodim.
Otashga sigʻingan telba ayolday,
Hayotga bir sevgi pinhon yonadi.
Bilaman, qaytsam-da sening yoningga,
Gardlarimda mening bu ishq qoladi...
* * *
Mudom yorugʻlik bor yoʻlning soʻngida,
Armon qiynamaydi ovutar yoding.
Sochlaringda oyning dogʻlari emas,
Zulumot tinglagan pinhon faryoding.
Muhabbat — endi ul xatolar emas,
Umring fidoligi sogʻinchga, dardga...
Seni unutgaylar yer xudolari,
Osmon xeng, xayol keng, kelar madadga.
Yuraging qachondir band etilgan qush,
Ilk bor erkni tuyar — ishqning soʻng yoʻlin
...Parvozga shay qushning qanotlari qon,
Uni qoʻyib yubor, la’nati dilim...

Muhabbat

Necha bor yiqildim sening izingda,
Necha bor qaytadan tiklandi qaddim.
Qoldirmoq istadim balki oʻzimda
Yo balki sen bilan ketmoq istadim.
Necha bor yiqildim sening izingda.
Yiqilsam, yoʻllarning gʻuborin yigʻdim,
Tursam, yuzlarimga tegdi shamollar.
Yigʻlasam, bir tomchi yoshga ham sigʻdim,
Yupansam, yupatdi meni xayollar.
Yiqilsam, yoʻllarning gʻuborin yigʻdim,
Menga sirdosh boʻldi oʻzimning koʻnglim,
Men aziz nomingni unga ishondim.
Uygʻonsam, osoyish tonglar daf’atan
Koʻnglim ovozidan qalqib uygʻondim,
Menga sirdosh boʻldi oʻzimning koʻnglim,
Ortga qarab-qarab ketayotganday,
Uzolmay kunlarning koʻrinmas ipin.
Yana bir uchrashuv kutayotganday,
Munis qiyofangni toʻldirmoq uchun...
Ortga qarab-qarab ketayotganday.
Olovdan qutqarib olingan rasming
Hamon yuragimda tutab yotibdi.
Koʻnglimday qonagan ufq yalligʻiga
Har oqshom bittadan quyosh botibdi.
Olovdan qutqarib olingan rasming...
* * *

1

Yengil fe’lli oshiqlar misol
Oʻzgaradi bu kunlar ta’bi.
Ogʻir soʻzlar keladi malol.
Goʻyo noxush fol koʻrgan kabi
Men qarayman oʻz taqdirimga,
Ulgʻayadi shunda dardlarim,
Tushunganday olam siriga,
Yuragimning kosasi yarim.
Garchi koʻnglim toʻla hayotga,
Uni sevib toʻymadim hali.
Meni ogʻnr oʻylarga otgan —
Qismatning tund befarq yoʻllari.

2

Nega kelgan eding, deb soʻrmas hech kim
Qayga ketmoqdasan, deb aytmas birov.
Aslida saodat izlagan edim,
Aslida sigʻingan soʻzlarim — Olov...

Bargizub

Bargizub,
men Sizni
har koʻklam kutaman intiq.
Kelasiz
eng xilvat joylarga.
Siz har gal yangisiz,
yana ham goʻzal,
bir ajab daftarmi yaproqlaringiz,
yozilgan havoning qoʻllari bnlan?
Bargizub, bilasiz,
Siz oʻsgan qirgʻoq
mening bolaligim qirgʻogʻi edi.
Sochlari shamolda uchgan qizaloq,
quvonchi ariqqa oqqan qizaloq,
oʻsha — men, bir qadar oʻzgardim endi,
Baribir,
Siz bilan suhbat qurgali,
har koʻklam ortimga qaytaman,
bolaligimga.
Chunki shu hayotni sevmoqlik uchun,
Umrni, koʻklamni bilmoqlik uchun,
Sizning huv bolalik mehringiz kabi
yorugʻlik izlayman koʻnglimga juda.
Siz, goʻyo koʻklamning mitti hovuchi,
bir qadah shabnamni koʻtarib turgan,
Men-chi, oʻtayotgan oddiy yoʻlovchi,
Sizda tabiatning sehrini tuygan...
Bargizub...
* * *
Garchi shaharda ham bahor nafasi,
Faqat kengliklarning sirliligi yoʻq,
Odamlar oʻzicha baxtli har qaysi,
Quvonch, tashvishining birlikligi yoʻq.
Chiqib ketay desang, koʻchalar yorugʻ,
Xayol suray desang, gavjum goʻshalar.
Notanish kimlardir koʻngling ogʻritar,
Soʻngra ovutgan ham yana oʻshalar.
Faqat xiyobonda oʻzga ruh hokim,
Faqat xiyobonga koʻngling intilar.
Jimgina, shu yerda, bahorni kutib,
Mangulik haqida she’r yozging kelar
* * *
Sukunat choʻksa-da tugamas qoʻshiq,
Oʻtib borayapman bir sogʻinch — kuyga,
Sevgilim, sizmi u, bunchalar tiniq
Ovoz bera olgan yolgʻizligimga?
Sevgilim, sizmi u, meni unutgan,
Baxtli boʻla olgan oʻzga dil bilan,
Sizmi u, baribir, yana eslagan,
Biroq aytolmagan uni til bilan.
Sizmi u, bir kuni oʻzingiz sezmay,
Taqdir deb bariga koʻngan, koʻnikkan?
Oʻtayotgan kunlar bagʻridan turib,
Sizmi u, dunyoga ma’yus koʻz tikkan?
Sevgilim, sizmi u, meni unutgan...

Koʻklam Kunida

Qoʻl ushlashib shamollar bilan,
Kezib chiqdim dala-qirlarni,
Maysalarda qoldi izlarim.
Shivirlashib daraxtlar bilan,
Takror qildim men ham sirlarni,
Quvonchlarni topdi soʻzlarim.
Oppoq-oppoq bulutlar kabi
Koʻnglim mening yuksaldi yengil,
Moviylikpi tanidim shunda.
Yuragimda ogʻriq yoʻq edi,
«Baxt izlasang, qush boʻlib tugʻil»,
Degak soʻzni oʻqidim unda.
* * *
Qushlar uchib ketdi, qisqardi kunlar,
Deding: yuragimga sigʻmas hech nima.
Koʻzlaringni olding gʻamgin kunlardan,
Koʻngling darichasin berkitding shunday,
Na quvonch, na hasrat boʻlmadi mehmon.
Sezmading, oʻzgarar tegrangda dunyo.
Men sening nomingni aytib chaqirdim.
Menga javob qildi keng bir sukunat,
Menga javob qildi sensiz kunlarim,
Sen aylangan eding Vaqtning oʻziga.
* * *
Xayrlashuv qoʻshigʻini aytar daraxtlar,
Ketayotgan narsalarning nomlari unut.
Hamma narsa aylanmoqda muallaq vaqtga,
Oyogʻimiz qoʻyplgan joy — pastlagan bulut,
Tiyramohning sokin, tiniq kunlari aro
Ketayotgan narsalarning ilgʻaymiz shaklin.
Ana, sening koʻzlaringga oʻxshaydi samo,
Dunyoni shu balaidlikka koʻtarish mumkin.
Qoʻllarimiz yetgan joyda tugamas umid,
Ovozimiz oʻtib borar soʻnggi sinovdan.
Tabiatning soviyotgan bagʻrida bu kun
Bir ruh kezar, qolib ketgan yongan olovdan
* * *
Intilsam, tunimda shamchirogʻim yoʻq,
Ruhimda bahorim, gulgun chogʻim yoʻq.
Dilimni tark etmish tugʻyonim mening,
Gul birla sirlashsam, gul dudogʻim yoʻq.
Bir yaproq emasman, ey shamol, afsus,
Toʻkilsam, toʻkilsam, toʻkilsam ma’yus.
Yo bagʻringda uchib qaygadir kstsam,
Oʻzimni unutsam, bir kun unutsam.
Fitnalar toʻqirmish dunyo bir tomon,
Omonlik soʻrayman yolborib har on,
Suykalib oʻtadi koʻnglim Hasratga,
Jismimga suykalar ming bitta armon.
Titrayman, asragan yaprogʻim — xazon,
Yigʻinib orttirgan xazinam ham yoʻq,
Yuragimda yashar hamon bir osmon,
Boqsam, samoda men sevgan olam yoʻq...
* * *
Yomgʻir tindi. Ochildi qishloq.
Hidin sochdi yalpizlar mayin.
Maktabiga bormay qizaloq
Chiqib ketdi yalpiz tergani.
Bolakayning xayollariday
Parvoz qildi quyoshga varrak.
Bebosh buzoq dalaga qochib
Necha kunlar ketdi bedarak.
Har joylarda yashillik ichra
Uzilmagan lolalar yondi.
Shivirladi goʻyo shabboda:
«Takror boʻlmas bu kunlar endi».
* * *
Sekin yogʻar kuzning yomgʻiri,
Oʻtiribmiz, soʻzga hojat yoʻq.
Koʻzingizda aziz xotira,
Tanish mehr, tanish oʻy, gapyoʻq.
Yelkangizda turmush savdosi,
Siz bir oddiy sharqning ayoli.
Oʻtinaman, tashvish gʻavgʻoni,
Opa, bir dam unuta qoling.
Bunda bari siz bilan bogʻliq,
Tuproqli yoʻl, aziz xonadon,
Koʻnglimizning munis armoni —
Hammamizga sevikli inson.
Uning aziz xotirasiga
Ma’yus tortsin koʻnglimiz bir dam.
Opa, siz ham unga oʻxshagan
Hammamizga eng aziz odam.
* * *
Yulduzlar aks etar koʻl oynasida,
Osmon cheksizligi koʻllarga koʻchar,
Narsalar xayolning bir soyasiday,
Ularni yonma-yon qilar bu kecha.
Jimgina turadi har bitta daraxt,
Bir ajib oydinlik ezar jismini,
Bugun tabiatda kezib yurar Baxt,
Ehtiyotlar har bir gʻuncha ismini.
* * *
Endi falak yulduz toʻksa jomidan,
Bahaybat tun ichsa daryo qonidan,
Atirgul joy topsa Zuhal yonidan,
Men Sizga paygʻomlar yoʻllarman albat.
Endi hilol bilan snrlashsa hovlim,
Charx amridan zabun boʻlmasa holim.
Yolgʻiz Sizga ayon eturman dolim,
Men Sizga paygʻomlar yoʻllarman albat.
Endi dalv tugamay sinsa qahraton,
Tamugʻdai bir chimdim oʻt soʻrsa jinon,
Uzugin qayta bir taqsa Sulaymon,
Men Sizga paygʻomlar yoʻllarman albat.
Endi barq shu’lasi tushsa roʻyoga,
Bulut soya solsa mehrigiyoga,
Yomgʻir yogʻib oʻtsa dahriy dunyoga,
Men Sizga paygʻomlar yoʻllarman albat.
Endi Kun oʻrnida kelsa bir pari,
Bagʻrida kulsa gar la’lgun gullari,
Kimman, kelarman-da Sizni axtarib,
Men Sizga paygʻomlar yoʻllarman albat...
* * *
Gʻamobod kunlarim topgay nihoya,
Dilni vayronlikdan saqlab oʻtarman
Shu ulkan dahr aro topdim himoya,
Endi bu dunyoni yoqlab ketarman.
Oysaro xayollar yetaklasa jim,
Yorugʻ ostonaga boshim yetgaydir.
Yulduzlar oshyoni ul sirli anjum
Meni ham qaygadir olib ketgaydir.
Men qurgan imorat toabad yitmas,
Gʻamobod kunlarkm topgay nihoya.
Lablarim shivirlab aytsa ajabmas,
«Muhabbat, men seni yaratdim» deya.
* * *
Kuy chalsa gar mugʻanniy,
Dilda dil topilgaymi,
Habibim qoʻshiq aytsa,
Shul kuyga qotilgaymi.
Ishq bazmiga kechikkan
Barchaga ovoz yetib,
Hamma zulmat tarqalib,
Jami yoʻl ochnlgaymi.
Mening bogʻimda oʻsgan
Qop-qora tun gullari
Sayrgoh samolarga
Javqu javq sochilgaymi.
Jonga tushgan tiyradud
Yerni ham xushmand etib,
Gʻamli kuy ohangida
Yigʻlabon topingaymi.
Munojotni jon qushi
Oʻzi-la olib uchsa,
Vujud oʻshal kunda jim
Tunlarni yopingaymi.
Yoxud mastona kuyda
Birlashib ruh ila tan,
Bazmga yoʻl olsa gar,
Mangulik sotilgaymi...
Kuy chalsa gar mugʻanniy,
Dilda dil topilgaymi,
Habibim qoʻshiq aytsa,
Shul kuyga qotilgaymi...
* * *
Bir gul ochilguncha fursat oʻtibdi,
Bir ishq oʻlmogʻiga bu muhlat yetmas.
Faqat bir qadarli tuman tushibdi,
Unda nimalardir oshkora emas.
Xazon gulshanida tadorikmi bu,
Titrab uzilganday gulning yaprogʻi.
Faqat yurakdagi qiynagan tuygʻu.
Yana muhabbatga daxli bor chogʻi.
Koʻkning hovuchidan toʻkilgan yillar
Qad rostlab ortimdan ergashar besas.
Yuragimda kechgan ogʻriqlar monand
Qadrdon kimimdir oladi nafas.
Shamolday oʻtgandim Sizning yoʻllardan,
Shoshilib oʻtgandim tong chogʻi begʻam.
Endi yashayin deb boshmm koʻtarsam,
Toʻkilib qolibman unda oʻzim ham.
Dunyo mangu emas, daryolar bir kun
Nari tushar aziz qirgʻoqlaridan.
oʻylovdim, toʻkilsam toʻkilaman jim
Sezdirmay koʻzingiz qaroqlaridan.
Oʻylabman, meni-da yetaklar taqdir.
Eshitib qalbimning shivirlarini.
Yuragimga tutash joylabman axir
Ishqning qoni oqqan tomirlarini.
Bir gul ochilguncha fursat oʻtibdi,
Bir ishq oʻlmogʻiga bu muhlat yetmas.
Faqat bir qadarli tuman tushibdi,
Faqat nimalardir oshkora emas...
* * *
Koʻnglingning tubida ismlar —
hech vaqt tanimagan odamlar ismi.
Muhtojlik sezasan har lahza
odamlarga sen.
Xotirangdagi voqealar
hech qachon boshingdan kechmagan balki.
Sen har vaqt sezasan umringda
voqealar boʻshligʻin.
Toʻlqinlar
chuqurlikni yashirmoq uchun
faqat.
Soʻzlar oddiylik uchun
xizmat qilar
bor-yoʻgʻi.
Koʻnglingning tubida
ilgʻab olinmagan
aloqadorlik.

Yomgʻir

Yomgʻir tinmay urilar derazamga,
Yomgʻir chalgan kuyni tinglab turaman.
Xonam ichra astagiia yelkamdan
Qulayotgan sukunatni koʻraman.
Yomgʻir esa sochilar juft izlarga,
Ogʻochlarning yaproqlari yaltirar.
Xayollarim kezar dunyo, yoʻllarga
Astagina chaqiradi Xotira.
Yomgʻir yogʻar, erir gʻubor pardasi,
Uzun-uzun yoʻlkalarni yuvadi,
Uchib yurgan ohaiglarning hammasin
Boʻlib-boʻlib derazamga uradi.

Ta’sirchanlik

Qaygʻu bilan yorugʻ quvonch chegarasida
Turibman jim, oʻxshab goʻyo kuzgi yaproqqa,
Bunday ajib mas’udlikning har lahzasida
Yurakdagi notinch shivir taralar boqqa.
Qaygʻu bilan yorugʻ quvonch chegarasida
Qoʻshiq gohi baxtli qilar, buzar koʻnglimni.
Men Hayotni koʻrmoqdaman ranglar raqsida
Soyalarning sharpasida koʻrdim Oʻlimni.
Har qanday sas qulogʻingni yirtib ketgudek,
Sokinlik ham vujudingga botadi qattiq.
Har qimirlash yuragingga borib yetgudek,
Qoʻrqinchlidir shamollarning bu harakati,

Bolalik

Oq kaptarlar uchar tiniq samoda,
Bir vaqtlar qoʻnardi tutsam qoʻlimni.
Tanimadi, qoʻlim qoldi havoda,
Yana olislarga soldi yoʻlini.
Bolalik — oq kaptar, uchib ketadi,
Bizni ogʻushlaydi oʻzgacha olam.
Yulduzlar yonida parvoz etadi,
Unga qoʻlimizni choʻzmasmiz biz ham.
* * *
Oʻzim haqda soʻzlarim qisqa,
Tugal emas umrim tasviri.
Hali mening qarzim koʻp Soʻzdan.
Yuragimning, bayoni — qoʻshiq,
Meni tashlab ketgai kunlarning
Izlay-izlay topilgan nomi.
Muallimam — gʻamgin bir ayol.
Xotirotning koʻzgusidagi
Suratiga yuqmagan changlar.
Uylarimning davomi — Vatan.
Hali hech bir farzand sezgisi
Toʻla qamray olmagan kenglik.
Men tanigan va tanimagan
Odamlarga atagan soʻzim,
Mening oʻtar yoʻlim — Muhabbat....
* * *
Men Sizni kuzatdim. Vaqt toʻxtab qoldi
Koʻklam kelganiga ishonmadi yer.
Toʻlqinlar jimgina oʻpgan sohilda
Endi meni kutar muzlagan shuur.
Zamin diydoriga toʻymadim sira,
Boshimni qoʻyarkan sarxush tuproqqa,
Shivirlab yolbordim sirdosh yellarga,
«Meni olib keting u ketgan yoqqa».
Qanotlari yengil erka qushlarning,
Yerga tushgan jimit soyasi misol,
Bir lahza aks etdim Vaqtning koʻzida,
Bir lahza yodimni qiynadi malol.
Men Sizni kuzatdim. Ogʻriqlar tilab,
Yurakka soʻzladim soʻzlaringizni,
Oydin kechalarda oʻqidim titrab,
Sirli maktub kabi, izlaringizni.
Men Sizni kuzatdim...

Tungi Qushiq

Tun boʻyi xayolim kezdi bogʻlardau
Osmonda izma-iz yulduzlar uchdi.
Daraxtlar shivirlab bir-birlariga,
Bilmadim, nelarni tushuntirishdi.
Men esa ilgʻadnm har koʻlankani,
Har tanish ovozga jim quloq soldim.
Yurakdagi qancha umidlarimni
Yana bir kechadan olib oʻtoldim.

Nomsiz Qushiq

Shunday yaqin edi sening qiyofang,
Shamollar koʻchib oʻtar
eng yaqin boqqa.
Namxush xazon bilan qorishgan havo
Osmonda yulduzlar
soyasiz.
Yurardim tashqari oʻz xayolimdan.
Erkni tanimagan
oʻylamas erkni.
Men hatto uchardim havodan yengnl.
Yoqilgan havoning kuli —
oydinlik.
Kimdir yigʻlar edi, ovozi tanish;
Tovushdan himoya soʻrar
odamlar,
Hayron boqar edim, dilim talangaa,
Qaroqchilar izi
uzoqlab ketgan.

Sharq Ayolidan Surovlar

Siz nola qildingiz koʻkda oylarga,
Olib ket, dedingiz oqar soylarga,
Sigʻinib muqaddas, aziz joylarga,
Koʻzingiz koʻrgani qanday nur edi,
Tilab olganingiz qanday dur edi?
Toʻrt devor ichida qiynalganingiz,
Toza bir ishq bilan yonib taningiz,
Sizni sevmaganda siz sevganingiz,
Dilingiz oʻrtagan toʻrt devormidi,
Yo noayon oʻzga sirlar bormidi?
Yoriltosh deganda yorilmagan tosh,
Makkora ayollar boʻlganda kundosh,
Koʻngil erk deb oʻtdi, koʻzlar esa — yosh.
Yo sizga berilgan hurlik shulmidi,
Farishtalar bilan birlik shulmidi?
Dardli qoʻshiq boʻlgan isyonlaringiz,
Ruhlar parvoz qilgan oq tonglaringiz,
Uchar tulpor boʻlgan armonlaringiz.
Shundan botirmidi oʻgʻlonlaringiz,
Shundan qoʻrqoqmidi dushmanlaringiz?
Sizning nomingizdan soʻz soʻzlaganlar,
Faqat qorongʻuda kun izlaganlar,
Sizning koʻnglingizni tushunmaganlar,
Ayting, dilingizni dogʻlamaydimi,
Yangi tugʻyonlarga chogʻlamaydimi?
Kimga aytasiz dil sirlaringizni,
Sirlari ne edi zil dilingizning?

Choʻlpon

She’rnngizni qargʻab otilgan toshlar —
Sha’ni past, bagʻri puch, dardi yoʻq soʻzlar
Qon hidiga kelgan quzgʻunlar misol
Nomingiz taladi oʻnlab dardsizlar.
Kishanlar ovozi ta’qib qilgan Sharq,
Koʻzga chalinadi gʻalat tumanlar.
Yurtimning eng soʻnggi kunlari bilan
Yashagan edikmi, degan gumonlar.
Siz aytgan qoʻshiqda dilingiz dodi,
Sargʻaygan daftarda zanjirband nola.
Ajalga yuzma-yuz ayol faryodi,
Koʻngil — ixlosida aldangan bola.
Siz aytgan qoʻshiqda tutqunlik — soya,
Dilning qoni bilan yozilgan gʻamlar.
Sizning dardingizni tushunar faqat
Dunyoga erk izlab kelgan odamlar.
* * *
Ariqlarda suvlar oqdi shoshib, yugurib,
Tutqunlikdan qutulganday, ozodlik sari,
Dalalarda sarxush-sarxush chayqalib qoldi
Erkinlikning mayin ichgan dala gullari.
Koʻkda bulut, tuman suzgan havolar namxush,
Yerda barcha uygʻonadi qish uyqusidan.
Uzoqlardan eshitilar turnalar sasi,
Yaqinlashib kelayotgan baxt tuygʻusiday.

Samarqand

Koʻk yuzidan bulut ketib koʻklam kunida,
Koʻzga quvonch berganida nur zarralari,
Jim munojot qilayotgan xudojoʻy misol
Yorishadi Samarqandning minoralari.
Sharqning hamon sha’ni baland saltanatida
Quloq bersang eshitilar pinhoniy ovoz:
Yo devorlar orasida yo yer qatida
Sekin-sekin nola qilar eng qadimiy soz.
* * *
Ma’yusligim, kimimsan mening,
Otammisan yo onammisan?
Ma’yusligim, kimimsan mening,
Yorimmisan, dugonammisan?
Ma’yusligim, kimimsan mening,
Elimmisan, tuprogʻimmisan?
Ma’yusligim, kimimsan mening,
Uzun yongan chirogʻimmisan?
Ma’yusligim, kimimsan mening,
Oʻzimmisan yo yoʻlimmisan?..

Sunbula

Yigʻlayotgan ayol,
Bogʻlar qoʻynidan
Shamol olib qochgan xazon tovushi,
Uzoqdagi sohil.
Dengiz suvlarining
Sassiz choʻkishi,
Osmon.
Boʻm-boʻsh bagʻir.
Ozoda kunlar.
Sunbula suvida chayilgan kunlar.
Ketayotgan dunyo
Yarim oy.
Yolgʻiz
Sunbulada uzaygan ogʻriq.

Oʻtayotgan Umr

Ruhimda hamisha parishonlik bor,
Qaytalab soʻrayman bir savolimni.
Oʻzim ham tushunmoq istayman bekor
Tumanda suzganday sarxush holimni.
Har lahza nrma’lum jumboqday kelar,
Goh ortga, goh oldga jim intilganday.
Koʻz tushmas joylarda guyo idrokning
Yoniq gavharlari unutilganday.

Yolgʻizlik

Oʻzimga qoldiring oʻzimni.
Xira tortgan koʻzguga boqib
Kuzataman tun soyasini.
Qulogʻimda turfa tovushlar,
Vaqt oyogʻi koʻnglimga botgan
Va jimlikda titrar lablarim.
Koʻzim tushar daf’atan shunda
Xonadagi biror buyumga,
Men eslayman uning nomini.

Uchrashuv

Hamma narsa oʻzgarganday: kiyiming, soʻzing,
Ovozingda notanish mung, bosiq dil rozing,
Goʻyo ichki dardlarini ochganday endi
Hayotingning fojiasi — magʻrur ovozing.
Koʻzlaringda tabassumning qotgan surati
Soʻzdan oldin aytar qalbing iztirobidan,
Koʻzlaringda bir sirli oʻt yonib turadi
Hozirgina uzilganday ishq kitobidan.

Tashnalik

Soʻzlashadi daraxtlar tunda.
Yaproqlardan sirgʻalib tushgan
Oy nurini ichar maysalar.
Jimirlaydi yulduzli osmon,
Somon yoʻli porlaydi xira,
Goʻyo kutar sirli karvonni...

Eslash

Oʻsha oqshom osmon keng edi,
Yulduzlarning oraligʻida
Ortib qolgan joy edi jimlik.
Oʻsha oqshom bogʻlar fe’lida
Hokim edi bir parishonlik,
Daraxtlarning yoyilgan shoxi.
Yoʻlda yotgan bir qora toshning
Uzun edi yerda soyasi.
Sen koʻzingni olmading undan.
* * *
Ishqning yoʻllarida azobim mingdir,
Koʻngil goh tuproqqa, goh nurga tengdir?
Bu dunyoda jonim sigʻar boshpanam —
Men chekkan gʻamlarim — yolgʻiz koshonam.
Yigʻlayman, koʻnglimda qadimiy yigʻi —
Ilohning men bilan qolgan qoʻshigʻi.

Savol

Sening yigʻlaganing—dard chekkaningmi?
Oʻzingdan bir qadam chekinganingmi?
Taskin soʻraganingmi?
Qiynalganingmi?
Bilmam, topganingmi, yoʻqotganingmi?..

Musavvir

Ranglarning tilsimi yechilgan kunda
Olovga aylanar qora sochlaring.
Sening nur qadaming yetgan yoʻllarda
Faryodi tun boʻlar tilsiz toshlarning.
Shamolning qanoti nur tashir shaffof,
Ufqda qotadi dardimiz qoni.
Umrimning za’faron kengliklaridan
Men yigʻlab chorlayman seni, dunyoni.
* * *
Sening koʻzlaringda teran va mungligʻ
Mening yashamagan umrim bor hali.
Sening lablaringda toza va qutlugʻ—
Hali aytilmagan sevgi soʻzlari.
Umring yoʻllari ham hali qiynoqli —
Mening yetkazajak jafolarim bor.
Sening xayollaring na-da ardoqli —
Mening sigʻinajak dunyolarim bor.

Istiqlol

Oftobning ostida qurgan uyim bor,
Yorugʻ nurlar bilan toʻlgan osmonim.
Yaxshi kunlarimda yoʻldosh elim bor,
Suyanch togʻlarim bor, tanti sarbonim.
Bu umr ioʻlida egmayman boshim,
Qarzim yoʻq, hadikda titrames jonim
Bir hovuch gul boʻlar oʻpsam gar toshin,
Ozod vatanim bor — Oʻzbekistonim.
Goʻdaklar izini sevar tuprogʻim,
Barcha xonadondan kelar non hidi.
Ioʻlchilar bostirib oʻtar chanqogʻin
Va olib ketadi tinchlik umidin.
Begona emasdir menga ham gʻurur,
Istiqlol baxsh etgan tuygʻularga mos.
Istiqlol bergan baxt bir quyosh erur,
Mening koʻnglim undan zarradir, xolos.
* * *
Sen deding, yurakka qilmaylik jabr,
Qaytaylik, koʻzlaring toʻlmoqda yoshga,
Qaytaylik, taqdirdan oʻzib ketibmiz,
Tingla, yurakning-da soʻzlari boshqa.
Sen deding, qandaydir sovuq bir sehr
Boshimiz ustida porlamoqda jim.
Yulduzlar bizga mos suhbatdosh emas,
Ularni oʻqisin boshqa munajjim.
Qaytaylik, biz tunning izidan keldik,
Shunday kezib yurar soyalar tunda.
Kimdir oʻz qalbidan quvgan shubhaning
Sharpalari yangligʻ yuribmiz bunda.
Sezdingmi, tegramiz ma’yus jimjitlik,
Biz bunda yoʻl topgan ilk yoʻlchilarmiz.
Balki qaylardadir tugagan yoʻlning
Davomin behuda izlab yuribmiz.
Sen deding, yurakka qilmaylik jabr...

Hijron Haqida Qoʻshiq

Uzilgan iplarni ulaydi kimdir,
Oyning nurlarini oʻraydi kimdir.
Yoningda oʻltirib mayin qoʻl bilan
Yoyiq sochlaringni silaydi kimdir.
Qoʻshiq kuylay boshlar «siz»lab yulduzni,
Ovozi nur yangligʻ yoritar Soʻzni.
Uning qoʻshigʻidan yoʻllar uygʻonar,
Keyin kunlar, oylar, yillar uygʻonar.
Kuylagani sayin qoʻshiq uzayar,
Bu qoʻshiq ayriliq haqida boʻlar.
* * *
Yigʻladim — yigʻildim bir parcha joyga,
Soʻzladim — siqildim siqiq kalomday,
Tariyqning iznida charx ila anjum,
Mening dilim bunda gʻofil mehmonday.
Fitnakor kunlarning boqib ortidan
Umrimning ranjlarin yigʻdim koʻzimga.
Yerdagi iziday mardud ruhlarning,
Dardlarim roh izlab kezindi zimdan,
Kimdir jonim soʻrab choʻzdi qoʻllarin,
Sohir koʻzlarida qotgan iltijo.
Garchi yigʻlayverdim ishq tangrisiga,
Garchi yigʻlayverdim bevujud, bejon...

Tushunish

Qachonki men ishqning azobin tuydim,
Raqib oyogʻiga boshimni qoʻydim.
Qachonki til bilan aytdim holimni,
Qanotini yuldim hur xayolimning.
Qachonki boshimni gʻamlardan tortdim,
Taqdirimdan yorugʻ izni yoʻqotdim.
Qachonki tushunib bir nazar soldim,
Baridan shu lahza koʻzimni oldim...

Tarix

Gʻolib

Qorongʻu xonani yoritar xira
Qora chiroq. Daftar va qalam.
Zamonining barcha asrorin
Taftish qilib oʻtirgan odam.
Izlagani haqiqatmikan?
Muarrixmi yoki donishmand?
Hozir uning fikri yodini
Sirli koʻchirmalar qilgan band.
Qoʻllarida qadimiy qilich,
Ehtiyotsiz sindirmasmikan?
Yo xalqiga haq qilichin
Meros qilib qoldirarmikan?

Aks-Sado

Sargʻaygan kitobning varaqlarida
Botirlar dam berar uchqur otiga.
Ma’budlar yoʻl topar, soʻzlar nom qoʻyar
Eng ulugʻ xalqlarning raqobatiga.
Karvonlar oʻtgan yoʻl. Izlar yoʻqolgan,
Qonlar toʻkilgan yer. Tilsimli tuproq.
Faqat jim sudralgan jim sado qolgan —
Kishanlar ovozi — yaqin va yiroq.

Orqama-Orqa

Boshi egik yolgʻiz yoʻlchini koʻrdim,
Qochib borar edi oʻz nigohidan.
Ketayotgan besh-oʻn odamni koʻrdim,
Ular dindan qaytgan — jim ollohidav,
Butun elni koʻrdim — erkni unutgan,
Olov uchqunlari sachrar ohidan.
* * *
Xazon fasli yaqin, tuproqli yoʻlda
Quyoshning izlari tutaydi sekin.
Bulutlar oʻlchabmi koʻrar oʻzida
Ufqning olovrang yongan koʻylagin.
Yergacha egilgan majnuntollarning
Yaprogʻin sanaydi daydi shamollar.
Jajji goʻdagining kiyimlarini
Soʻnggi yogʻdularga yoyar ayollar.
Keyin oqshom choʻkar ohista, ma’sum,
Osmondan uzilgan ajib yaproqday,
Bogʻlarning uyqusi abadiylikka
Yuzma-yuz turgan bir oniy titroqday,
Xazon fasli yaqin — ranglar tubida
Sargʻayar yoʻqotgan kunlarning dogʻi.
Tabiat bu kunlar sirli daraxtning
Uzilib zaminga qoʻngan yaprogʻi.
Xazon -fasli yaqin.

Kechki Gullar

Tabiat hech erkalamagan
Kuzning soʻnggi gullarin.
Balki shundan chidamli ular.
Bu gullarni kutmagan kimsa,
Rasmin chizib tasavvurida,
Balki shundan chiroyli ular.
Gullar ochilmagan kechikib.
Asli nigohlarni charchatgan
Hayrat — inja ranglar oʻyini.
Barchaning xayoli bahorning
Izlarini oʻpganida jim,
Kechki gullar izlar qishning yoʻlini.

Guvoh

Bu odamning yuzi tund, harakatsiz,
Goʻyo qotib qolgan ichki soyadan.
Bir kun tan olingan magʻlubiyatning
Noxush sezgisidan qarigan odam.
Qora kun tushganda xalqning boshiga
Xiyonatga pinhon qoʻl bergan edi.
Yaqin doʻstlariga tuhmat toshlarin
Otsalar, panada jim turgan edi.
* * *
Tuygʻular gul kabi koʻkargan yerdan,
Koʻrinmas hamrohi moddiy dunyoning.
Har lahza gullarning poyiga kabi
Tomib ado boʻlmas mening bu jonim.
Garchi yer farzandi, yerning erkasi
Yurak tuprogʻida tugʻilgan joyi.
Gullardek mantiqdan yuqori ular,
Tuygʻular gullardek samoviy.
* * *
Koʻzlaring quvonsa,
Uchqunlar sochilar yoʻllarga gulday.
Ma’yus tortsang agar,
Koʻzlaring koʻrinar tiniq bir koʻlday,
Koʻzlaring iltijo qilsalar agar,
Uning nolasidan jonlar adoday,
Dunyo eshigida bosh urib turgan
Ikki fidoday.
* * *
Koʻzlaring qa’rida bir tun — tubi yoʻq,
Xaloskor yoʻq undan qutulmogʻimga.
Taqdirning hukmida bir yoʻl — soʻngi yoʻq,
Men yetmoq istayman to adogʻiga.
Bir qilich — yurakka borib yetadi,
Bir olov yoqadi dilni, jim tursang.
Bilmadim ne sabab bu ortiq jafo,
Kim uchun jimgina qasos olursan.

Bolalikdan Bir Manzara

Tomimizda osilib qolgan,
Juda goʻzal oy shu holida.
Koʻrpalari ochilib qolgan
Bolakaylar uxlar hovlida.
Yozning qiska kechalarini
Kunduzlarga qoʻshar bir odam:
Unutganday yaqinlarini
Dalalarda yuradi otam.
Bu kechaning mayin shiviri
Bezovta qilmas uyqumizni.
Uxlolmaydi supada buvim,
Uygʻotmaydi hech birimizni.

Onamga

1

Yulduzlar yigʻlabdi tun boʻyi, ona,
Shabnam yaproqlarda javdirab turar
Sogʻinchini aytib tongga jimgina
Olis ufqlarga bosh urar yoʻllar.
Yoʻllarning boshida ma’yus turibdi
Uzoq bolalikning ma’sum sevinchi.
Eh, yoʻllardan kelib qiynaydi meni
Alamdiyda yillar, yillar sogʻinchi.

2

Qaydadir olisda figʻon chekar nay,
Masofalar juda uzun tuyular.
Shamollar daydiydi oʻzligin bilmay,
Koʻzlarimda munis bir siymo turar.
Qurshar xotiralar quyuni sekin,
Qayerga boshlaydi, axir, qayerga?
Uzoqlashib ketar mendan bu quyun,
Asta yiqiladi tanish qabrga.

3

Sassiz uriladi vaqt shamollari,
Koʻzlarimga sokin tunlar quyilar,
Chorlaydi horgʻin bir umid singarn
Olis ufqlarga tutashgan yoʻllar.
Va chorlar ufqda meni bir sogʻinch,
Entikib boraman intiq chorlovdan.
Sogʻinchim siz, ona, sogʻinchim bilan
Olis ufqlarda uchrashamiz ham...
* * *
Derazamda tongning oppoq nigohi,
Tebranadi xayol kabi oʻrikzor.
Mening koʻzlarimga jimgina boqib
Shunday yonginamda turibdi bahor.
Shamollar yoʻlida yomgʻirning hidi,
Zangor oʻtloqlarga toʻkilar yomgʻir,
Mening koʻzlarim ham yomgʻirga toʻldi,
Oʻrikzor-chi hamon tebranmoqdadir.
Bahor xayollarning bagrida sokin,
Bahor xayollarning bagʻrida goʻzal.
Yana ham oq boʻlar tongning nigohn
Bahor xayollarga aylangan mahal.
* * *
Qoʻshiq aytib oʻtar bir gala qushlar,
Havoda qoladi ajib ehtiros.
Bolalar chopishar yerda olqishlab,
Kichik qalblarida bir dunyo ixlos.
Uchar xayollari qushlar ortidan,
Yangi bir dunyo kashf etib qaytarlar,
Yangi bir samo kashf etib qaytarlar,
Uchar xayollari qushlar ortidan.
Bizning qushlar uzoq-uzoq ucharlar,
Asta toʻldirishar osmonimizni.
Oʻsha qushlar yuksak e’tiqod boʻlib
Olis-olislarga chorlaydi bizni.
Bizning qushlar uzoq-uzoq ucharlar,..
* * *
Jovdirab turadi koʻkda yulduzlar,
Shu’lalar bagʻrida titraydi olam.
Samolarda moviy, moviydir izlar,
Sizni oʻylasam,
Oydinlik ostida kezar shamollar,
Xayol deb atayman men ularni ham,
Uchar shamollarga aylangim kelar,
Sizni oʻylasam.
Goʻyo yomgʻir boʻlib eriydi samo,
Qor boʻlib oqara boshlaydi olam.
Toʻrt goʻzal faslga aylanar dunyo—
Sizni oʻylasam...
* * *
Sohillarda kuzning surati,
Xazonlarni sovurar shamol.
Kimdir mening ismimni aytar,
Goʻyo kimdir chorlar beozor.
Mening umrim suvday yugurik,
Yoʻqotmoqda imkonlarini.
Faqat mangu shamollar tirik,
Soʻzlar mangu armonlarini.
Kuz bagʻrida soʻng boʻlar bahor,
Telbalanar shamollar bu kez.
Kimdir goʻyo chorlar beozor,
Meni chorlar oʻtayotgan kuz.
* * *
Derazang yonida shamol va yomgʻir
Mening munglarimni soʻzlaydi shoshib
Jimjit xayolingda bir surat qalqir,
Uzun oʻylaringga kirar adashib.
Daraxtlar shovullar, barglar toʻkilar-,,
Sening xayolingda yiroq-yiroqlar,
Xotirangda hamon bir surat turar
Mening yuragimni kuylar yaproqlar.
Ta’sir etolmaslar sening ruhingga,
Samoda bulutlar surilar ogʻir.
Kelolmay turibsan hamon oʻzingga,
Derazang yonida shamol va yomgʻir...
* * *

Onamga

Sayhonlikda yassi tosh,
jimgina oʻltiribman.
Men sizni oʻylayapman.
Olislarda togʻlar koʻp,
yonginamda togʻlar bor,
Men sizni oʻylayapman.
Qora sochi yelvagay,
uchib yurar bir qizcha.
Men sizni oʻylayapman.
Nechun, nechun dunyoda
bunday qiyin dogʻlar bor?
Nechun, nechun dunyoda
bunday baland togʻlar bor?.
Sizni men oʻylayapman.
* * *
Tashqariga boqayapmiz jim.
Doʻstim, ne bor sening dilingda?
Men shu dam deb yillardan oshdim
Yaxshi gaplar kelar tilimga.
Uzun yillar oʻzimni ming bor
Mahrum etdim baxtiyorlikdan.
Doʻstim, sening dilingda ne bor,
Baxtlimisan sen ham jimlikdan?
Intizorlik madhiyasini
Aytgan bilan ado boʻlmaydi.
Shubhalarim yoʻqolmoqdalar,
Tilginamda gaplar oʻynaydi,
Tashqariga boqayapmiz jim.
Atrof sirli xayol surganda.
Men sen bilan kuchliman, doʻstim,
Lek bu jimlik kuchli mendan-da,

Erta Koʻklam She’ri

Kulaman, yoʻlimda gullar kuladi,
Yigʻlayman, koʻz yoshim goʻyoki shabnam.
Bogʻlar yuragimga yaqin keladi,
Shu koʻklam singari oʻzim ham shodman.
Ohista toʻkilar oʻrik gullari,
Goʻyo bir yigitning koʻngil izhori.
Qoʻllarimga olib baxtli boʻlaman
Yeridan xat olgan qizlar misoli.
* * *
Shafqat qila olmas hech kim gullardek
Oʻzining shafqatsiz dushmanlariga.
Dushmanin qoʻlida bamaylixotir
Gullardek ochilib ketolmas hech kim.
* * *
Unutilgan xotirani tun toʻlqinlari
Yuzasiga olib chiqar ekan birma-bir,
Koʻrgan sirli tushlarimga ta’bir axtarib
Mening taqdir kitobimni varaqlar kimdir.
Istamayman. Ilmi nujum bir yonda qolib
Saodatni istayman men, lekin baribir,
Goʻyo oydin kengliklarda xotirjam yoyib,
Mening taqdir kitobimni oʻqiydi kimdir.
Sanaymayman hisobimda qolgan kunlarni —
Bir nimani ilgʻamoqqa shoshilgan kabi.
Sanayapman yulduzlarni. Sanaganlarim
Tunning baland yuzasiga qalqib chiqadi.,.

Ovoz

Jimlikda eshitilgan ovoz bu,
nihoyati ojiz bir shivir,
nafasiga oʻxshar shamolning.
Yalang oyoqlarning sharpasiga ham
quloq berib tursang, oʻxshaydi bir oz,
Jimlik esa goʻyo och qolgan odam,
Non ushogʻi kabi toʻkilar ovoz.

Tunda Kelgan She’rlar

1

Tashqarida kezar izgʻirin shamol,
Sovuq urib ketdi yulduzlarni ham.
Kech kuzda ochilgan chanoqlar misol
Yulduzlar junjikib porlaydi bu dam.
Nola qiladilar baliqlar koʻkka,
Ular jon bermoqda oyga koʻz tikib.
Seni adashtirib qoʻydimmi, Hasrat,
Hech kimsa bilmagan baxtdan entikib?

2

Yomgʻir yogʻar, shamol tinim bilmaydi.
O, mening shamolli, yomgʻirli umrim.
Yulduzlar hamdardim uzun tunlarda,
Yulduzlar — endi yoʻq koʻzlarning nuri.
Axir men bilaman, oʻzligi yoʻqlar
Oʻzlarini bilib gadoylarga teng,
Har eshik oldida tilanadilar:
Menga bir kechaga boshpana bering!

3

Yomgʻir, yomgʻir, kimning arzandasisan?
Ezib yubording-ku, yuraklarimni.
Kimni yoʻqotding, ayt, aytaqol, yomgʻir,
Sindirma deraza — tilaklarimni.
Nahotki bir oʻzing toʻldirmoqchisan
Shu koʻhna dunyoning kemtiklarini?
Yogʻaver, bir kuni ochasan, yomgʻir,
Ogʻriqning samoviy eshiklarini...
* * *
Atrofga boq, ketayotgan kuz
Nima soʻrar ertangi kundan.
Ovozlar-da unga tushgan iz,
Nimalarni tayyorlar zimdan.
Yurak tinglar, titragancha jim,
Yaproqlarning sersoʻzligini.
Ruhga tinmay ta’kidlaydi kim
Sukunatning cheksizligini?
Shamol uchar, tortqilar yana
Mangulikdan bu soatlarni.
Ingranadi sadolarchana —
Sukunatning jarohatlari,
Sen qaragin, ishon astoydil,
Dalalarning oʻzgarsin rangi.
Bunda yurak — eng soʻnggi manzyl,
Tugʻyon qadim, tuygʻular yangi.
* * *
Oqib ketar bulutlar bu kech.
Kutilmagan hislar koʻchkini.
Chetlab oʻtmas hech kimni sevinch,
Qaygʻu esa ezmas hech kimni.
Mehr soʻrgan nozik koʻkatdek
Yuragimni orziqtirar Baxt.
Shamollardan omon daraxtdek,
Ishonch bilai oʻsar Muhabbat.
Men kiraman, mening xonamda
Hamma narsa surat kabi tinch.
Faqat jimjit oʻsha olamda
Meni juda kutadi Sogʻinch.
Bunday kunda har bir daqiqa
Saxiyroqdir uzun kundan ham.
Sen kelmaysan. Biroq men xafa
Boʻlolmayman hatto sendan ham.
* * *
Men seni sevaman, Vatanim,
Poyonsiz qirlaring men uchun jonday,
Mayli, cheksiz emas umrim, imkonim,
Men seni sevaman oddiy insonday.
Yoʻllaringda tarix, Toʻkkan koʻz yoshim.
Bardoshim. Toshlarda mening nomim bor.
Har kun nur sochadi saxiy quyoshim,
Tilimda oʻzbekcha bir salomim bor.
Men oddiy ayolman hech kim bilmagan,
Senga muhabbatim, biroq, osmonday.
Men seni sevaman yarador jangchi
Koʻkragidan tomgan soʻng tomchi qonday,-
* * *
Siz bugun tushimga kiribsiz, Ona,
Goʻyoki yonimda emishsiz hamon.
Qulogʻimda qolgan ovozingizni
Saqlab yotdim, uygʻonib tongda.
Chehrangizda ayon har bir chizgidan
Bir tuygʻu izladim, balki mehrmi?
Va lekin tushimda ham anglab kuydim,
Sizni endi asray olmasligimni.
Daf’atan esladim tongda uygʻonib,
Shunday Kuz kunlari ketganingnznya...
* * *
Tun choʻkar, boʻysunib ul aqidaga,
Chor atrof qorayar, ovozsiz zikri.
Mening ojiz fikrim tun haqidagi
Kunduzga koʻnikkan odamning fikri.
Oy nuridan eshar oʻrgamchaklar ham
Dorlarin, ilinar shamol faryodi.
Bu tunning bagʻrida mening xotiram
Yoʻqotar narsasi yoʻq odam yodi.
Nimani kutishim
Bilmayman hech-a,
Biroq ishonaman yolgʻiz fikrga.
Men uchun omonat qayiq, bu kecha,
Mangulik koʻlida chayqalib turgan.
* * *
Tabiat bir mohir raqqosa misol
Bildirmay almashar holatlarini.
Sezdirmay sirgʻalib ketadi Bahor
Rangin oʻzgartadi Yoz daraxtlarning.
Tabassum ostiga berkitgan kabi
Raqqosa eng nozik dil sirlarini,
Yorqin manzaralar yashirar bizdan
Oʻtayotgan kunning shivirlarini.
* * *
Shunday xayol tinchitmas meni,
Tortaverar byr jozib bilan.
Gavjum shahar koʻchalarida
Uchrashamiz tasodif bilan.
Oʻzgarmagan boʻladi sira
Shaharning eng tanish joylari.
Oʻtmaganday goʻyo aslida
Sendan ayru yilu oylarim.
Yaqin derazadan keladi
Shunda juda gʻalati yigʻi.
Seni bir oz hayron qiladi
Xotiraning, Vaqtning tortigʻi.

Kuz

Qaydan kelmoqdadir bu horgʻin qoʻshiq,
Yellar sindirmoqda kimning koʻnglini,
Va ular kimlarga qilmoqda tortiq
Olis ufqlarning manguligini?
Xazonlar singari beun toʻkilgan
Kimning yuragida bosilgan sirlar?
Uzun yoʻlkalarda magʻrur shivirlab
Soʻngsoʻz aytayotgan qaysi shoirlar?
...Siyraklashib qolgan chinorlar shoxin
Erkalar ertangi qishning nafasi.
Va jimjit bogʻlarga toʻkilar sekin
Baland yulduzlarning yorugʻ daldasi,
* * *
Ishongandan qattiq ishonar koʻngil.
Buzilmas sukutning tigʻiz qatori.
Meni sevsang agar men uchun koʻndir,
Ming birinchi moʻ’jizaga bahorni.
Bu yerdan ketaman bir nima izlab.
Qabrtoshlardagi Kun yozuvlari.
Odamlarning ming xil qarashlarini
Yuvadi fursatning oqar suvlari...
Men esa moʻ’jiza kutaman sendan.
Qolgan narsalarning, mayli, hammasin
Xotirjam kuzatay soʻnggi yoʻlga men.
Dunyo — xohishlarning bir qiyofasi,
Istaklarning tirik nafasi — dunyo,
Bari bir, moʻ’jiza kutaman sendan.
* * *
Mening bilganlarim achchiq va chuchuk.
Mening koʻrganlarim oq bilan qora,
Dunyo — posangisi egri tarozi,
Kim undan norozi, kim esa rozi.
Har narsa koinot xotirasida
Uzoq saqlanadi, nima ham deyman,
Meni koʻrganlar bor yuz yillar avval
Paranji yopingan ayollar bilan.
Nega ishonmaysiz? Sizni aldadim.
Lekin gap aslida sevgimiz haqda.
Meni sevolmaysiz, biroq bu baxtni
Munajjimlar koʻrar yuz yildan keyin.
Mening-chi, koʻrganim yolgʻon bilan chin,
Mening tatiganim achchiq va chuchuk.
Umrimga oʻlchovmas egri torozi,
Kim undan norozi, men esa rozi.
* * *
Bu bir kunlik sogʻinch,
faqat bir kunlik,
Faqat bir kun yashar
menda bu boʻshliq.
Erta unut boʻlar hammasi,
erta,
Bir kunlik darddir bu,
bir kunlik ogʻriq.
Bir kunlik tobut bu,
Bir kunlik zavol.
* * *
Turnalar choʻkmoqda koʻk dengizga,
Horgʻin koʻzlarida ufqlar yondi.
Ruhim erkalagan chaqnoq yulduzlar
Oʻsha turnalarga aylanib bordi.
Nigohlarni osdi arqonlariga,
Olislab ketdilar bizdan turnalar.
Endi qaytmaydilar, iltijo nega?
Yuragimda ma’yus umidlar yonar.
Samolar hidini sogʻingan ular,
Choʻkmoqda, choʻkmoqda shul hidga maftun.
Turnalar, turnalar...
Qaytsalar hamki,
Ular qalbimizga sigʻmaslar bu kun.
* * *
Osmon shunday yaqin,
Yulduzlar jimgina qadalar koʻzimga.
Suvga toʻshaladi samoviy ranglar,
Ranglar toʻshaladi bosgan izimga.
Yulduzlar jimgkna qadalar koʻzimga.
Sokin haroratga toʻlib borar May,
Saratonni sogʻinar bogʻlar.
Oydinlarda bir qush sayraydi tinmay,
Jaranglab ketadi uzoq-uzoqlar...
Saratonni sogʻinar bogʻlar...
* * *
Tilsiz samo qadar sokindir dunyo,
Faqat yuragimda ezgu dovullar.
Yoʻlimda jimgina oqmoqda daryo,
Faqat yuragimda toʻlqin shovullar.
Jimjit qirgʻoqlarni kezdim ohista,
Sassiz qarshiladi bosh egib chaman.
Jimliklarga kirdim nimadir istab,
Jimliklarga kirdim tovushim bilan...
* * *
Tabiatda mayin bir shivir,
Yuz ochmoqda nozik kurtaklar.
Kezib yurar qoʻshiqlar bunda,
Bu qoʻshiqlar meni soʻroqlar.
Ming novdada ming ifor, ming rang,
Kelinchakday suluvdir olam.
Hayajonni sevgan yurakni
Hayajonlar soʻroqlar bu dam.
Koʻngillarda ajib bir surur,
Dillar tinglar goʻzal navoni.
Biz kuylagan musaffo qoʻshiq
Soʻroqlaydi bu kun dunyoni,

Bobolar Xotirasi

Ular ekib ketdi muhabbatini,
Ular ekib ketdi sadoqatini
«Oʻzbekistonman!» deb hayqirgan
Dalalarning cheksizligiga.
Muhabbatdek ulugʻ, sadoqatdek buyuk,
Baxmal dalalarning ruhidek cheksiz,
Oʻzligin topmoqda bizning dunyomiz
«Oʻzbekistonman!» deb hayqirgan
Dalalarning cheksizligida.
* * *
Sezmading, jonimni yoqib boʻldi ishq,
Tegramda raqs etdi ahzarvash kunlar,
Jismim faryod qildi tilab hayotni,
Ruhimni yoʻqlikdan chorladi jinlar.
Telba bir ayolning koʻzlari bilan
Boqdim bu dunyoning omonatiga.
Yurakning qon tekkan soʻzlari bilan
Toʻlovlar toʻladim ishq sarvatiga.
Yoʻlimda qalblarning nolasi tindi.
Samoga intilgan ruhlar — darbadar.
Sen kelgin, tirilgan paygʻambar yangligʻ
Mening hayotimda bor boʻlsang agar.
Gʻamlar yuragimga boshpana bersin,
Kibor orzulardan kechsin kunlarim.
Bir mushtipar yangligʻ koʻnglim sigʻinsin,
Poyingda xor boʻlsin oʻzga oʻylarim,
Shunday yuragimga qoʻshiq aytaman,
Bir qadar yengilroq kechar lahzalar,
Sening xayolingni chorlab qaytaman,
Sezmaysan, koʻnglingda izlarim qolar,
* * *
Boʻm-boʻsh dalalarni kezar kuz besar,
Kun-bakun toʻldirar kamchiligini.
Ganjlarga erishmoq istagan kimsa
Ana, sanar yomgʻir tomchilarini.
Shakllar chizadi bulutlar koʻkda,
Kunlar izlab oʻtar baxtning kulbasin
Yomgʻir tomchisini sanaydi kimsa,
Berilib, ishonib. Oʻsha — men yo sen.
Xayol dunyolarin kezar bu fasl,
Yoʻl izlar, yoʻl topar, chekar riyozat.
Irodang yetmasa baxtli boʻlmoqqa,
Baxtsiz boʻlmoqqa ham berar ijozat.
* * *
Avval oʻzimizni sevmasak edi,
Sevgidan qarimas edi dilimiz.
Avval oʻzimizga boqmasak edi,
Qarovsiz qolmasdi yurtu elimiz.
Avval oʻt yoqmasak oʻchogʻimizda,
Umrimiz yonardi hur bir olovdan.
Avval uyimizni qurmasak edi,
Bizga uy boʻlardi mana shu Vatan.

Bahor

Gullagan daraxtni talar arilar
Intiqlik mayini ichgai dunyo — mast,
Quvonch ham oʻxshaydi umidsizlikka,
Quvonch ham dil uchun cheklanish, qafas,
Oʻt bilan oʻynagan goʻdaklar kabi
Qizgʻaldoqlar bilan oʻynaydi shamol.
Muhabbat haqida qoʻshiqlar aytib
Tushingizga kirar raqibam ilk bor.
* * *
Ranjimadim doʻstimdan ham, dushmanimdan ham,
Bir dardli kuy sehri bilan aldandim goʻyo.
Istaklarim nari qildi guno-hsizlardan.
Xudojoʻylar gunohini kechirar xudo.
Muhabbatning' nomi bilan qoʻshiqlar bitdim,
Balki ular toʻldirgay deb baxtning kamini.
Doʻst-dushmanning gunohidan men birday oʻtdim
Va tushundim shunday yashash baxt ekanini.

Men Anglagan Haqiqat

Tushun, quvonchdan ham yorugʻroq chehra,
Sevgidan ham ruhiy ustuvorlik bor.
Tushun, ayriliqdan uzun qil koʻprik,
Umidsizlikdan ham chuqur jarlik bor,
Ularni tanidim oʻttiz yoshimda.
* * *
Bulutlarda sarson nigohim,
Yuzlarimdan oqdi yomgʻirlar.
Koʻzimdagi suratingizni
Tomib-tomib qalqdi yomgʻirlar.
Daraxtlarning shoxlari ogʻir,
Mening esa ogʻir xayolim.
Uzoq kunlar bir soʻrmadingiz,
Endi kimlar soʻrsinlar holim?
Yo sizni deb ketarman bundan,
Yo quritar yellar yoshimni.
Umrim oʻtar hali koʻtarib
Ulgurmasdan egik boshimni.
* * *
Bilaman, sen baxtni koʻrgan odamsan,
Seni qayta baxtli qilmogʻim qiyin.
Ming yil yashasang-da, meni sevmaysan,
Bilmayman, ne bular ming yildan keyin,
Mening qismatim shu — kutib yashamoq,
Umrim soʻngigacha, baxtli yechimni.
Men oʻtib ketaman, bilmayman biroq
Ming yillardan keyin sevaman kimni...

Izhor

U yoqqa, bu yoqqa yurib turibman,
Holbuki,
hamrohim — toʻrt-besh ogʻiz soʻz.
Qayonga ketarim bilib turibman.
Holbuki,
masofa — yolgʻizlik.
Oʻz holimga boqib yigʻlab turibman.
Holbuki,
oqibat — holsizlik.
Dunyoning suratin koʻrib turibman.
Holbuki,
izohga ojizman.

Sen Agar...

Sen agar shoh boʻlsang, boʻyin egar xalq,
Istab koʻtarmaydi yerdan boshini.
Sen agar qalandar jubbasin kiysang,
Odamlar beradi soʻnggi oshini.
Kim boʻlma, oʻzingni oʻylasang faqat,
Hech kimsa ergashmas soyangdan oʻzga,
* * *
Ikki koʻzday ikki manzil orasi,
Koʻnglida hislarning notinch soyasi,
Aslini soʻradim, topmadim oʻzin,
Gʻoyibdan gʻoyibga ketayotgan kim?
Garchi ma’lum emas qismat oʻyini,
Koʻzlarda shubhalar notinch quyuni.
Soʻradim, topolmas biror munajjim,
Gʻoyibdan gʻoyibga kelayotgan kim?
Birdan xabar bormi, birdan ishora,
Birdan samar bormi, biridan chora?
Doʻstmi u, yormi yo gʻanim, bilmadim,
Gʻoyibdan gʻoyibga oʻtayotgan kim?
* * *
Balki ushoqqina jisming bor,
Muhabbatdan topgan isming bor.
Olloh bergan oʻgʻling, qizing bor,
Ayol, sening nurli izing bor.
Qoʻllaringda boylik, gavharing —
Ulugʻbeging, munis Hulkaring,
Yurtga degan qoʻsh yulduzing bor,
Ayol, sening nurli izing bor.
Bir kun kelib sen-la yuzma-yuz,
Ruhing tashlab ketmadi hanuz.
Ishqli dunyo uchun soʻzing bor,
Ayol, sening nurli izing bor.
Balki barchasidan avvalroq,
Barchasidan yuksak, balandroq,
Hur Vataning, ozod oʻzing bor,
Ayol, sening nurli izing bor.
* * *
Tan olaman: oʻrganolmadim
Hamon bulbul kuylagan baytni.
She’rlar yozdim, kulsa omadim,
Balki topdim shunchaki paytni.
Tutib olmoq nasib etmadi
Bir bor haftrang kamalaklarni.
Tan olaman: atay tutmadim
Gulga qoʻngan kapalaklarni.
Shafaq koʻchgan qirlarga chiqib,
Shafaq emas, lolalar terdim.
Shoirlarning she’rini oʻqib,
She’r dardini yuqtirib yurdim.
Bir ayolday yuragim nolon,
Muhabbatdan yuragim dogʻli.
Tan olaman, biroq bu armon
Hayot kabi aziz, ardoqli.