OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Foniy. Ruboiyot
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifFoniy
Asar nomiRuboiyot
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fors adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Foniy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Ruboiylar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonЭргаш Очилов
Hajm17KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/07/16
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ruboiyot
Foniy

1

Tundan qilaman toshta qadar zorliklar,
Hadsan oʻgdi tanholigu bemorliklar,
Yuzlandi firoq tufayli dushvorliklar,
Ey yor, qayoqda qoldi ul yorliklar?

2

Oʻtkinchi havaslarga ekansan maftun,
Gʻam-gʻussadan ozod emassan bir kun,
Boʻlmoq esang Iskandaru Jamdan ustun,
Joy oyinasisiz bu emasdir mumkin.

3

To dilda kuchu quvvatu jon bor erdi,
To tanda hayotdan nishon bor erdi,
Dil moyili husni dilsiton[1] bor erdi,
Jon volai oshoʻbi[2] jahon bor erdi.

4

Zuhd ahlidan uz koʻngilni butkul, ey dil,
Qurgil fano dayrida manzil, ey dil,
Maqsud mayu mutrib ila hosil, ey dil,
Bir-bir aytdim, quloq sol, ey dil, ey dil.

5

Ey doʻst, halokatlidir ayyomi firoq,
Hijron zahariga qorishiq jomi firoq,
Tugʻdirsa visol tonggini gar shomi firoq,
Kechirma sira tutsam agar nomi firoq.

6

Davr eli jabr etsa, koʻtarma isyon,
Koʻn boriga, yoʻq tufayli boʻlma sarson,
Tinglash kerak emasmi — eshitma pinhon,
Soʻzlash kerak emasmi — gapirma bir on.

7

Achchiq suv emas, soqiy, olovdan oʻtkir —
Chogʻirni olib, katta qadahga toʻldir,
Uzrimni qabul qilma, qoshimga keltir,
Yengishta sol-u, soʻng ogʻzima quy bir-bir...

8

Sensiz meni(ng) sabrimda faqat nuqsondir,
Koʻnglimda gʻamingdan alami hijrondir,
Jonim chekibon behuda ranj nolondir,
Bas, menda na sabr-u, na dil-u, na jondir.

9

Yor koʻyida toki benishon boʻlmassan,
Sen voqifi asrori nihon boʻlmassan.
Jisming unutib, to lomakon boʻlmassan,
Loyiqi hayoti jovidon boʻlmassan.

10

Gʻam zahri agar qilsa halok, ey soqiy,
Daf’ etsang uni may-la ne bok[3], ey soqiy,
Dil tavbadan oʻldi jurmnok[4], ey soqiy,
Boda ila ayla uni pok, ey soqiy.

11

Shoʻxsan bu suluvlardan, ayon, ey soqiy,
Oshuftaman oʻzingga nihon, ey soqiy,
May jomini toʻldirib ravon, ey coqiy,
Ayla meni bexud shu zamon, ey soqiy.

12

Dayr ichra agarda tilasang ichmoq may,
Shoʻx mugʻbachalardan[5] eshitib chang ila nay.
Mumkin boʻlmas agarchi boʻlsang Jamu Kay[6],
Qimmat qilmay dayri piri, ruxsat bermay.

13

Lof urmak oʻz ilmidan erur nodonlik,
Nodonligin anglagan boʻlur irfonlik,
Mushkul qilish ishingni ne kordonlik[7],
Bir yoʻq olib kelgusi ming osonlik.

14

Jonim ikki la’li jonfizoyishta[8] fido,
Ruhim u nasimi atrsoyishta[9] fido,
Oshufta dilim nozu adoyishta fido,
Farsuda[10] bu jismim xoki poyishta fido.

15

Har lahza bu charxdan jafolar yetsa,
Davron elidan turfa balolar yetsa,
Gʻam yoʻq agar ul oydan vafolar yetsa,
Bosh zulfidek bosh oʻpib, vidolar yetsa.

16

Hajringda ishim iztirobdir bu kecha,
Tark etgali jonim-da shitobdir bu kecha,
Jismimda firoqdan koʻp azobdir bu kecha,
Ogoh boʻl-ey, dil ishi xarobdir bu kecha.

17

Bu rasmi talabni xudpisand[11] bilmasdir,
Bu shevani gʻayri niyozmand bilmasdir,
Bu naqsh emas zohidga pisand — bilmasdir,
Bu naqshni gʻayri naqshband bilmasdir.

18

Soldi meni gʻurbat ichra hijroni habib,
Za’f shiddatidan boʻldim ajal birla qarib,
Bir yor qani — xastaga keltirsa tabib,
Bir zor qani — izlashga kafan oʻlsa gʻarib.

19

To tushdi-yu dilga mehri ul mohliqo,
Qon boʻldi jigar, koʻzimning yoshi daryo,
Yigʻlaydi koʻrib bir boshima shuncha balo,
Osmonda qush-u, suvda baliqlar hatto.

20

Ey, har nafasishta beadad hamdu sano,
Yuz hamdu sanodan Sen oʻzing istigʻno[12],
Aytar malakut makon tugib dayri fano:
«Ilming seni yoʻq bizda, ey pok Xudo!»

21

Tongning yelidan taraldi boʻying menga,
Bogʻ ichra namoyon oʻldi koʻying menga,
Gul xuddi sening nishoni roʻying menga,
Lek boʻlmadi ma’lum sira xoʻying menga.

22

Dil yoʻq — asiri zulfi parishoning emas,
Jon yoʻq yana sargashtai hijroning emas,
Deguncha diling endi qadrdoning emas,
Bu jon meniki, degil, sening joning emas.

23

Sehr ilmi koʻzing tufayli topdi rivoj,
Bobil ila Kashmirdan ul olgay boj,
Ayyorsifat qilib ul gohi toroj,
Tandan olar boshni xuddi boshdan toj.

24

Billur jom ichinda may misoli yoqut,
Topsam uni kecha-kunduz etgaydim qut,
To keksa falak-u, qari osmon sobit,
Aqlu his hayronligi boʻlmas soqit.

25

Za’fimga oʻshal qil kabi bel bois,
Qatlimga oʻshal halqai kokil bois,
Umrimga oʻshal qomati chun gul bois,
Jonimga oʻshal shahdu shakar til bois.

26

Yor boʻlmadi menga ul parivash hargiz,
Shod boʻlmadi undan dili gʻamkash hargiz,
Kam boʻlmadi bu damimdan otash hargiz,
Bas, olgan emasman nafasi xush hargiz.

27

Men oʻz vujudimdan parishonman, bas,
Har ishki qilibman, pushaymonman, bas,
Aql menga nasib boʻlmadi — nodonman, bas,
Nodonligima oʻzim-da hayronman, bas.

28

Ketding-u, gʻamingda dil figordir hanuz,
Shavqingdan yoshim shashqatordir hanuz,
Qaytsang-chi, bu jon firoqda zordir hanuz,
Kelgil yana bu dil intizordir hanuz.

29

Ketding, seni deb tanimda tobdir[13] hanuz,
Yodingni qilib, koʻzim purobdir[14] hanuz,
Ishqing oʻtida tanim kabobdir hanuz,
Kelgil yana, dil gʻamda xarobdir hanuz.

30

Soqiy, jomga mayi tarabnok[15] solgil,
Pok mayga yana aksi ruxi[16] pok solgil,
Tayyor shoʻru sharga meni bebok — solgil,
To titrasin undan yetti aflok, solgil!

31

Ey dil, kuning qildi qaro ahli zamon,
Shundan buyon tun-da hamon, qun-da hamon,
Bir lahza zamonni(ng) jabridan yoʻqdir amon,
May ich, tilasang amon, tinimsiz begumon.

32

Ishq oʻtida kuygan xasta jonman, na qilay?
Devonayu rasvoi jahonman, na qilay?
Sabr menga erur chora, ayon, man na qilay?
Bilsam-da, qilishga notavonman, na qilay?

33

To qoʻydi qazo boshimga afsari[17] ishq,
Dil ichra nihon qildi yana gavhari ishq,
Kirdi qoʻla ul afsardan kishvari ishq,
Tushdi dila u gavhardan axgari[18] ishq.

34

Koʻz gulshani yuzingdan gul, lolaga kon,
Koʻz maskani orazing sabab nurga makon,
Koʻz ravzani[19] yorishmasa yuzingdan, ishon:
Koʻz ravshani zulmat ichra qolgay begumon.

35

La’li mayidandir hamma sarmastligimiz,
Sarv qaddidandir yer qadar pastligimiz,
Gar boʻlmasami fikriga hamdastligimiz,
Yuz oʻgiradi nestlikdan hastligimiz.

36

Tomning chetidan koʻrinadi mohsiymo,
Oftob-da bu yuzni koʻrmagandir aslo,
Ikki qoshing aksi tushdi qoʻzga, sanamo,
Ul nav’ki, shishada boʻlar qiblanamo[20].

37

Ashkim ummonida yulduz hubob,
Yoʻq-yoʻqki, unda ofarinish[21] nobob,
Ummon koʻkiga yulduzdan tushdi tob,
Girdob emas, u devor boʻldi hisob.

38

Soqiy, menga tutgil qani bir bor qadah,
Choʻng boʻlsa-da gar bir necha miqdor qadah,
Gar boʻlsa-da misli charxi davvor[22] qadah,
Bir-ikki simirsam, qolmas zinhor qadah.

39

Tokay sitamu mehnati hijronga chiday?
Bir tun seni kosh bu bayt ul-ahzonga[23] etay,
Vayrona bu dilni(ng) ichdan chokini sitay,
Jon xilvatiga sen ila ul lahza ketay.

40

Yor qoshida boʻlma sira, ey dil, beadab,
Boʻlgan kabi bu shoh qoshida qul beadab,
Yor vasliga yetgan boʻlmagay, bil, beadab,
Oqil boadab boʻlga-yu, johil beadab.

41

Sen kelmading-u, ammo quyosh jilva qilar,
Ketding-u, quyosh boʻlsa hali koʻkda turar,
Bas, kech kelib, erta ketganingdan bu qadar,
Koʻz orqali dil qoni yuzimga toʻkilar.

42

Yoʻllabdi bu xastaga u dilbar maktub,
Bildimki, vafo haqda muqarrar maktub,
Giryon boʻldim koʻrdim-u rahbar maktub,
Toʻkildim ashk kabi sarosar, maktub.

43

Yor, olma qoʻlingni kiftimdan bir pas,
Ogʻzimdan uzoq tutma qulogʻingni-da, bas,
Yuzing yuzim-u, boʻynim ogʻushingdan abas,
Tandan ruh-u, jismimdan hushni, xullas.

41

Sen kelmading-u, ammo quyosh jilva qilar,
Ketding-u, quyosh boʻlsa hali koʻkda turar,
Bas, kech kelib, erta ketganingdan bu qadar,
Koʻz orqali dil qoni yuzimga toʻkilar.

42

Yoʻllabdi bu xastaga u dilbar maktub,
Bildimki, vafo haqda muqarrar maktub,
Giryon boʻldim koʻrdim-u rahbar maktub,
Toʻkildim ashk kabi sarosar, maktub.

43

Yor, olma qoʻlingni kiftimdan bir pas,
Ogʻzimdan uzoq tutma qulogʻingni-da, bas,
Yuzing yuzim-u, boʻynim ogʻushingdan abas,
Tandan ruh-u, jismimdan hushni, xullas.

44

Boʻlgach ichima otashi hijron voqe’,
Boʻldi yuzima ashki farovon voqe’,
Qildim harakat boricha imkon voqe’,
Lek oʻchmadi oʻt boʻlsa-da ummon voqe’.

45

Ishqing oʻtidan koʻksimni zoʻrlar dogʻ,
Gʻam shomida osmonga qadar oʻrlar dogʻ,
Oʻtdi ichim-u hamda tashimdan har dogʻ,
Bas, qayga qoʻyarman yana kelsa gar dogʻ?

46

Sendan dilu jismi notavonim xurram,
Husningdan chashmi[24] xunfishonim[25] xurram,
Qaddingni koʻrib, ruhi ravonim[26] xurram,
Jonbaxsh labingdan esa jonim ravshan.

47

Ul chehraki, husn avji erur jilvagoh,
Zulfi orasidan soldim unga nigoh,
Boshdan-oyogʻiga boqib, boʻldim ogoh,
Hech teng kela olmas unga oftob ila moh.

48

Kipriklaring qatlim uchun tortmish saf,
Har oʻqi qilib oʻziga jonimni hadaf,
Boʻlgʻusi bu jang maydonida umr talaf,
Qochib ketib boʻlmas undan hech taraf.

49

Ey shoʻx soqiy, tut menga bir oʻtli sharob,
Bir qatrasi tomsa, boʻlsin tosh-da xarob,
Choʻng gʻam toshi tang dilimga bermish koʻp azob,
Shoyad uni yengillatsa bir oz mayi nob...

50

Doʻstlar bahor chogʻida suzsa mayi sof,
Ursam-da zuhdu tavbadan men necha lof,
Doʻstlik haqi, qiling-u soʻzimni maof[27],
Maydan meni mahrum etmang, aylang insof.

51

«Kimman bu jahonda?» — deb boʻlurman hayron,
Yoxud nimaman? Nedanman? Nega bu jon?
Insonmanmi yo tuproq — ermas ayon,
Tuproq haqi, bilmadim, men nechuk inson?

52

Ishq otashi ichra jismu jonim oyu yil
Uzini kamolga yetkazishga mashgʻul,
Hijron doʻzaxiga tushsa, chekmay mushkul,
Alqissa, visol jannatiga oʻtgay ul.

53

Surgancha xayol, ey dili devona,
Orzu qilasan yor boʻlishin hamxona.
Qanday senga hamxona boʻlar jonona?
Xona qani senda? Bori shu vayrona...

54

Oʻldirma meni hajring ila, ey jonon,
Bu gʻamli dilimni etma battar vayron,
Mendan kecha olislaganingga bir on,
Boshimdan aql uchdi-yu, jismimdan jon.

55

Faqr ichra boshingda neki boʻlsa tashla,
Ber qoʻldagi baxtni — yurma bu tashvish-la,
Har yaxshi-yomon kelsa shu ikki ish-la
Parvo sira qilma-yu, dilingni xushla!

56

Boʻstonga kirib keldi bahor karvoni,
Gullar hidiga toʻldiribon dunyoni,
Lazzat olib gʻunchadan, boʻlib jononi,
Tushmish koʻziga gard nargisi shaydoni.

57

Bir tun agar ul sham’i saodatpartav[28],
Mayxonada koʻhna may uzatsa oʻrtab,
Sabuhiy[29] umidida xira qilmam tab’,
Jon birla toʻnim unga garovdir, yo Rab!

58

Sozdir kishi ishq ichra mujarrad[30] boʻlsa,
Oshiq emas aql-hushga muqayyad boʻlsa,
Har kim dam urar qabuldan — u rad boʻlsa,
Da’vo agar etsa yaxshilik, bad boʻlsa.

59

To toshtacha kulbang yoritar sham’i Xoʻtan,
Kun boʻlsa, jahon kular quyosh nuri bilan,
Shom kirsa, hilol yogʻdusini sochgusi shan,
Yo Rab, shu tariqa bor hayoting ravshan!

60

May quyqasi jomda la’l kabi jilva qilar,
Oshiqlarini ishqida mast, telba qilar,
Gʻam yoʻq gʻamdan, chunki oʻzi tilka qilar,
Har qatrasi joni pok kabi jilva qilar.

61

Zalvorli bir togʻ sari tushgach yoʻl,
Qalbimni yashirdim, yondi qaygʻuda ul.
Orzum shu: jamiyatga butun siltab qoʻl,
Dil amri-la togʻ etagin etdim manzil.

62

Choʻlpon kabi ol yuzing jahonga ziynat,
Jannatni solar yodga hiding, ne hayrat?
Sochsiz bu qadar goʻzal emas bu xilqat,
Soching uzun-u, gʻussali tunga nisbat.

63

Yuzing seni kavkabi jahonorodir,
Boʻying seni ashhabi[31] ravonosodir[32],
Soch boʻlmasa, jisming xarob, rasvodir,
Soching misoli tun figʻonafzodir[33].

64

Bu maykada rindlarga makon, ey soqiy,
Tortib meni eltdilar uyon, ey soqiy,
Tut menga sharobi argʻuvon, ey soqiy,
Maydan oʻlishim boʻldi ayon, ey soqiy,

65

Bu fasli xazon — bargrezon, ey soqiy,
Holim-da goʻyo rangi xazon, ey soqiy,
Bu mayda-da shu hol namoyon, ey soqiy,
Undan simiray zamon-zamon, ey soqiy.

66

Darvesh elidan gar tilasang kelsin fayz,
Oʻzingdan ularga avvalo boʻlsin fayz,
Shu xilda gʻariblar boshida kulsin fayz,
Sening-da shu jismu jonishta toʻlsin fayz!

67

Yomon nimani istamasang, xushxulq boʻl,
Kasb etma riyoni, toʻgʻri boʻlsin koʻngil,
Har.yoqqa yurar el, sen tut oʻzga manzil,
Qoʻy elni, yagona mahraming boʻlsin Ul.

68

Boʻlmoq tilasang agarda sen ahli xavos,
Oʻzingni avom suhbatidan ayla xalos
Ham sidqu ixlos yoʻlidan ilgari bos,
Haq zora maqoming etsa xos ahliga mos.

69

Ey dil, demakim, mushki nobdir ul xat,
Boisi: mudom bandi xijobdir ul xat,
Oftobga shom xati — xitobdir ul xat,
Yoʻq, yoʻq, gʻalat aytdim, naqshi obdir ul xat.

70

Mugʻ dayrida[34] ul mugʻbachalarki, cholok[35],
May birla meni qildilar mastu bebok,
Murda kabi boʻldi menga-da manzil xok,
Lek mayga garov qilmadilar xirqai chok.

71

Xoking seni shohlar kulohining bandi,
Husn shohiga teng emas bashar farzandi,
Xasdek vujudimga yuzing barq monandi,
Chaqsa uzilar jahondan jon payvandi.

72

Foniy bu jahon gʻamiga to payvandsan,
Oʻzingga oʻzing baqo yoʻlida bandsan,
Nafsing havasiga koʻmilib xursandsan,
Boʻlsang-da zamonni shohi — hojatmandsan.

  1. Dilsiton — dilbar, dilrabo: dilni oluvchi, asir qiluvchi.
  2. Oshoʻb — gʻavgo-toʻpolon, fitna, tartibsizlik. Oshoʻbi jahon — jaqonga fitna soluvchi, fitnagar.
  3. Bok — bu yerda: ajab.
  4. Jurmnok — gunohkor, aybdor.
  5. Mugʻbacha — mugʻ (otashparast)lar xizmatidagi bola. Soʻfiyona adabiyotda sodiq murid, chin oshiq va soqiy timsoli boʻlib keladi.
  6. Kay — podshoh, ulugʻ podshoh, shahanshoh; «Shohnoma»dagi qadimiy Eron shohlarining laqabi; sosoniylar sulolasi ulugʻ podshohlarining laqabi yoki ismining bir qismi (masalan: Kayxisrav, Kayqubod, Kaykovus).
  7. Kordon — bilimdon, tajribali.
  8. Jonfizo — jonga rohat beruvchi, jonni quvvatlantiruvchi.
  9. Atrso — xushboʻy, muattar, xush hid taratuvchi.
  10. Farsuda — horgʻin; toʻzgʻigan; eskirgan.
  11. Xudpisand — xudbin, mutakabbir.
  12. Istigʻno — ehtiyojsizlik, muhtoj boʻlmaslik.
  13. Tob — bu yerda: harorat, isitma.
  14. Purob — koʻz yoshga toʻla.
  15. Tarabnok — shod, xursand.
  16. Rux — yuz, chehra.
  17. Afsar — podshohlik toji, jiga.
  18. Axgar — laxcha choʻgʻ, olov.
  19. Ravzan — darcha, teshik, tuynuk.
  20. Qiblanamo — qiblani koʻrsatuvchi asbob, kompas.=
  21. Ofarinish — yaratish, vujudga keltirish; borliq, koinot.
  22. Charxi davvor — aylanuvchi charx; osmon, falak.
  23. Baytul-ahzon — gʻamxona, kulfat maskani.
  24. Chashm — koʻz.
  25. Xunfishon — krn sochuvchi, qon tukuvchi.
  26. Ruhi ravon — jon, hayot, tiriklik.
  27. Maof — afv etish, kechirish.
  28. Saodatpartav — saodat nurini sochadigan, xushbaxtlik keltiradigan.
  29. Sabuhiy — ertalabki boshogʻrigʻi uchun ichiladigan may.
  30. Mujarrad — yakka, tanhr, yolgʻiz, ozod. Dunyo ne’mat va lazzatlarini tark etib, sayri ilallohga munosib boʻlgan kishi.
  31. Ashhab — oq, oqish boʻz ot.
  32. Ravonoso — ya«uda ravon.
  33. Figʻonafzo —xaddan ziyod koʻp nola qiluvchi.
  34. Mugʻ dayri — otashparastlar ibodatxonasi; majozan: mayxona.
  35. Cholok — kelishgan, nozik, xushbichim; chaqqon, tez; yetuk.