OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifGabriel Garsia Markes
Asar nomiMoviy rang itning koʻzlari (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Kolumbiya adabiyoti
Boʻlimlar
   - Sehrli realizm
Mualliflar
   - Gabriel Garsia Markes
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonGulnoz Mamarasulova (Ingliz tilidan)
Hajm15KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Moviy rang itning koʻzlari (hikoya)
Gabriel Garsia Markes

U menga tikildi... huddi birinchi marta koʻrayotgandek. Ammo biroz oʻtib, qiz chiroq tomonga oʻgirilganida, ortimdagi qizning nakadar umidsiz va gʻamgin qiyofada ekanligini sezar edim. Va angladimki, aslida unga ilk bora koʻrayotgandek tikilgan - bu oʻzim. Sigaretni tutatdim. Kreslomni burishdan oldin tizzam ustida chalishib turgan bir oyogʻimni toʻgʻirlar ekanman, buruqsigan tutunni ichimga simirdim. Qiz esa har kecha menga tikilib oʻtiradigan joyi – chiroqning oldida turganini koʻrdim. Soniyalar ichida bir-birimizga unsiz tikildik. Bir oyogʻimni tagʻin tizzamdan pastga olib, stul osha nazar tashladim. U menga tikilganicha chiroq yaqinida uzoq vaqt sassiz turdi. Har tungidek uning qovoqlari qoramtir edi.

Hammasi unga aytilgan bor-yoʻgʻi birgina gapdan boshlandi: »Moviy rang itning koʻzlari».

U chiroqni oʻchirmasdan soʻz qotdi :
-Buni umrbod unutmayman, - deya joyidan siljiy turib xoʻrsindi. – Moviy rang itning koʻzlari... bu soʻzlarni hamisha uchragan yoʻlimga yozib keldim.

Uning harakatlarini kuzatardim. Roʻparamdagi oynaga tushgan aksi orqali, qiz menga tikilib oʻtirganini koʻrdim. Qarshimdagi katta-katta otashin koʻzlardan, toki u pushtirang marvaridlar bilan qoplangan mitti qutini ochmaguncha koʻzimni uzolmadim. Uning burnida upa yuqi qolib ketgandi. Pardozni tugatgach, qutini yopib, oʻrnidan turdi. Chiroq tomonga qaytib, gap boshladi.
-Boshqa birov bu xonaga ega chiqib, barcha sirlarim fosh boʻlib qolishidan qoʻrqaman.

U toshoyna oldiga oʻtirishdan oldin, sovuqdan titrayotgan vujudini isitib, davom etdi.
-Sen sovuq neligini bilmaysan.
-Har doim ham emas, - javob berdim.
-Buni hoziroq his qilmogʻing lozim!

Mana nega umuman yolgʻiz qololmasligimni tushunib yetdim. Bu sovuqqonlik menga tanholik hislarining noafzalliklarini baxsh etardi.
-Endi buni sezgandekman, - dedim men. – Qizigʻi, tun gʻoyatda sokin. Ehtimol yaproqlar toʻkilayotgandir.

U indamadi, shunchaki oynaga qarab yurdi. Men ham stulda unga orqa oʻgirib oʻtirdim. Uni koʻrmayotgan boʻlsamda hammasini sezib turibman. U oynak oldida oʻtirgancha koʻzgu kengliklarida aks etayotgan vaqt chizgilari ila mening yelkalarimga tikilar, hamda nigohlarida shu kengliklardagi vaqt chizgilarini ushlab qolishga intilardi. Toshoyna qarshisida uning lablari qirmizi rangga boʻyalgunga qadar navbatdagi jarayonlarni boshlash zarur edi. Men orqamda oʻtirgan malakni koʻzlarimdan yashirib qoʻyayotgan roʻparamdagi silliq devordagi boshqa bir soʻqir koʻzguni koʻrardim. Ammo oyna qaerda joylashganini bilganim sabab, qizning turgan joyini ham taxminan tasavvur qila olardim.
-Seni koʻrib turibman, - gapirdim men.

Uning koʻzlari osmonga yoʻnalganini sezganimdek, u ham oyna orqali kresloda chapga oʻgirilgan yelkalarim osha meni kuzatib turar edi. Nigohim devorga qadaldi. Uning koʻzlari esa pastda, koʻkrakbandida edi.
-Seni koʻrib turibman, - tagʻin takrorladim.

U koʻzini koʻkrakbandidan uzdi.
-Boʻlishi mumkin emas!

Sababini soʻradim. U yana koʻkrakbandiga jimgina tikilgancha, izoh berdi.
-Chunki yuzing devor tarafga yoʻnalgan.

Kreslomni bir qur aylantirdim. Ogʻzimga sigaretni qistirdim. Koʻzgu yoniga yaqinlashganimda u chiroq oldiga qaytdi. Keyin u koʻllarini huddi qushning ikki qanotidek olovga ochib, qizdirdi va kaftlari bilan yuzini toʻsdi.
-Menimcha, shamollab qoldim, -dedi qiz. – Goʻyo muzlar shahrida boʻlgandek.

U yuzini yonmachasiga oʻgirdi. Toʻsatdan uning mis yuzi gʻamgin tus oldi.
-Nimadir qilmogʻing zarur, - dedi-yu koʻkrakbandidan boshlab birma – bir yechina boshladi.
-Men toʻsiqqa qaytishim kerak, -dedim unga.
-Yoʻq! Baribir orqa oʻgirib oʻtirgancha meni koʻra olarding-ku...

Bu gaplarni aytib tugatmasdanoq, olov yalagan uning mis terisi butunlay yalangʻoch holga keldi.
-Seni huddi savalangandek gʻadir-budir tering bilan koʻrishni doimo hoxlaganman.

Gaplarim uning bu ahvolida naqadar qoʻpol eshitilishini tushunib yetmasimdan, u jimib qolgancha chiroqning yumaloq sharida isinardi.
-Ba’zan kandaydir matohdan yaralganligim hususida oʻyga tolib qolaman.

U bir zum sukut ichida qoldi. Olov ustida uning qoʻllari bilinar-bilinmas oʻzgarardi.
-Bilasanmi, ayrim tushlarimda sen qandaydir muzeylar burchagida turadigan oddiy haykalcha boʻlib ifodalanasan. Ehtimol shuning uchun sovuqqondirsan, - dedim .
-Ba’zan yurakdan uxlagan paytlarim, badanim poʻkakka, terim likopchaga aylanib qolgandek boʻladi... Tanimga jon bitganida esa, kimdir qornimga chertayotgandek boʻladi. Ehtimol... yotogʻimda mis badanimni chindan his etarman. Bu... buni qanday nomlarding... boʻldi – qoplama matoh.

Qiz chiroqqa yaqinlashdi.
-Men seni qanday boʻlsang shundayligingcha tinglashni yoqtiraman, - gapirdim unga qarab.
-Agar biz qachondir bir-birimizga yetishganimizda va men chap tomoningda uyquga ketganimda, qovurgʻalarimga qulogʻingni qoʻy. Bunda mening aks-sadomni eshitasan. Qachondir shunday qilishingni orzu qilib kelaman.

Qiz gapirayotganida ogʻir nafas chiqarardi. Uning soʻzlariga qaraganda, yaqin yillar ichida aytarli hech bir ish bilan mashgʻul boʻlmagan. Uning umri haqiqiy hayotda «Moviy rang itning koʻzlari»iborasini jamlagan holda meni izlab topishga baxsh etilgandi. Qiz baland ovozda koʻcha boʻylab, uni tushunadigan yagona inson toʻgʻrisida soʻzlab yurardi.
-Men oʻshaman... Har kecha tushlaringga kirib, «Moviy rang itning koʻzlari» deya shivirlaydigan.

* * *

Qiz restoranga borib, ofitsantga buyurtma berishdan berishdan oldin ham «Moviy rang itning koʻzlari» deganligi haqida soʻzladi. Ammo ofitsant orzusidagi iborani esga olgani uchun qizdan minnatdor boʻlish oʻrniga, shunchaki hurmat bilan tavoze qildi. Soʻngra qiz salfetkaga yozdi, pichoq bilan stol bezaklarini timdaladi: «Moviy rang itning koʻzlari».

Qiz mehmonxona, vokzal, barcha ommaviy joylarning parlangan derazalarida koʻrsatkich barmogʻi bilan bir xil yozuv qoldirardi : «Moviy rang itning koʻzlari».

Bir kuni qiz dorixonada boʻlgan shunday voqealardan birini soʻzlab berdi. Meni tushlarida koʻrib, uygʻonganidagi kabi tanish iforlar oʻsha yerda uning dimogʻiga uriladi. « U shu atrofda boʻlishi kerak» , oʻyladi qiz dorixonaning toza va yangi koshinlariga tikilib.
-Doimo «Moviy rang itning koʻzlari» deya menga soʻz qotadigan inson haqida orzu qilaman, -dedi u sotuvchiga yaqinlashib.

«Bilasizmi, xonim sizning koʻzlaringiz ham xuddi shunaqa!» degan javobni kutgan edi qiz.
-Men hayolimdagi ana shu insonni albatta topishim zarur, - dedi u sotuvchiga yana.

Sotuvchi kuldi va boshqa bir peshtaxtaning oxiriga tomon yurdi. Qizning butun hayoli yarqiragan koshinlar va tanish ifor bilan band edi. U hamyonini ochib, ichidan qirmizi rang lab boʻyogʻini oldi va qizil yozuvlarda chiza boshladi: «Moviy rang itning koʻzlari».

Joyiga qaytib kelgan sotuvchi hayron qoldi.
-Xonim, koshinlarni iflos qildingiz, - dedi-yu unga nam latta ushlatib, buyurdi. – Buni tozalang!

Keyin esa qiz butun kunni koshinlarni artishga sarflab, toki odamlar toʻplanib, uni aqldan ozganga chiqarmagunlaricha bir gapni takrorlab oʻtiraverdi: «Moviy rang itning koʻzlari».

U hikoyasini tugatganida, men burchakdagi kreslomda tebranib oʻtirar edim.
-Har kuni seni topishimga sababchi boʻlgan iborani eslashga urinaman, - gapirdim men. – Bu soʻzlarni butunlay unutib yubormasligimga koʻzim yetadi. Bir xil gapni takrorlayman-u ammo tongda uygʻonsam bu soʻzlar xotirimdan koʻtarilgan boʻladi.
-Birinchi uchrashuvimizda bu soʻzlarni oʻzing kashf qilgan eding, -dedi qiz.
-Ha, shunday boʻlgan. Chunki koʻzlaring juda ham ma’yus edi. Biroq keyingi tongni eslolmayman.

Qiz mushtini siqqancha chiroq yaqinida chuqur nafas oldi:
-Buni ozgina boʻlsa-da eslay olganingda edi...

Qizning silliq tishlari olov nurida yaltiradi.
-Seni ushlab koʻrsam maylimi? – soʻradim.

Uning chiroqqa tikilgan yuzi koʻtarildi. U huddi qoʻllari kabi kuydirilgan, qizdirilgan qiyofada turardi. Burchakdagi kresloda tebrangancha oʻtirishimni u kuzatib turardi.
-Hech qachon bu haqida ogʻiz ochmas eding.
-Hozir aytganlarim esa haqiqat, - javob qaytardim.

Qiz chiroq yonidan jilmay sigareta soʻradi. Tamaki qoldigʻi barmoqlarim orasida kichrayib borardi. Chekayotganimni unutayozibman.
-Uni qaerga yozib qoldirganimni aniq eslolmayabman, - dedi qiz.
-Menda ham oʻxshash holat. Ertaga soʻzlarimni eslay olishim dargumon.

U xomush soʻzladi:
-Yoʻq! Negadir buni tushlarimda ham koʻrgandek boʻlaman.

Oʻrnimdan turib, lampaga qarab yurdim. U chiroq ichida turgandek kichik koʻrinardi. Qoʻlimda sigareta va gugurt bilan yurishda davom etdim. Tamakini unga uzatdim. Gugurt chaqib ulgurmasimdan, qiz olovdan tutantiriq olib, lablariga qistirdi.
-Jahonning ba’zi shaharlaridagi devorlarda ushbu soʻzlarning qoralamasi koʻzga tashlanib turishi zarur: «Moviy rang itning koʻzlari», - dedim. – Agar shularni ertaga ham eslasam, seni qayta topa olaman.

U yana boshini koʻtardi. Endilikda uning lablari orasidagi tamaki choʻgʻli koʻmirga aylanib boʻlgandi.
-Moviy rang itning koʻzlari... – xoʻrsindi u yana. Qiz sigarani iyagi ostida ushlab, yarim yumuq koʻz bilan nelarnidir yodga oldi. Soʻng barmoqlari orasidagi tamaki tutunini soʻrib, xitob qildi:
-Nimadir boʻlayapti menga, qizib ketayapman.

U goʻyo gapirmagandek ovozi juda siniq va sust eshitildi. Qiz qogʻozga hozirgi gaplarini qoralay boshladi. «Qizib....» , bitikni oʻqidim. U esa qogʻozni ushlab, olovga yaqin bordi. Uning atrofida aylanib, bosh va koʻrsatkich barmogʻi yordamida yozishda davom etdi «.... ketayapman». Varoq butunlay toʻlishidan avval, poldagi gʻijimlanganlarini ham olib, olovga tashladi.
-Shunisi ma’qulroq, - dedim men. – Ba’zan seni shu holingda – lampa oldida titrab turganingni koʻrsam, koʻrqib ketaman.

Biz bir-birimizni ancha yillardan beri bilamiz. Gohida birga vaqtlarimiz, tashqarida kimdir qoshiqni tushirib yuboradi va biz uygʻonib ketamiz. Bora-bora bizning munosabatlarimiz ayrim narsalarga, oddiy hodisalarga bogʻliq ekanligini tushuna boshladik. Bizning uchrashuvlarimiz doimio bir xilda, ya’ni tong saxarlab kimdir qoshigʻini tushirib yuborishi bilan yakun topadi.

Hozir esa u chiroq yonida menga qarab turibdi. Uning bu tarzda tikilib turishini eski xotiralarimdan, kulrang koʻzli gʻalati ayol bilan bogʻliq tushlarimdan yodga oldim. Oʻsha tushimda ilk bora ayoldan soʻraganim:
-Kimsiz?
-Eslolmayman, - javob berdi u.
-Biroq oʻylashimcha, biz avval ham uchrashganmiz.
-Men esa bir marta siz va bu xona haqida hayol surganman, - dedi ayol beparvo.
-Yana eslay boshlayapman, - xitob qildim.
-Biz tushlarimizda uchrashganimiz juda gʻayritabiiy.

Qiz sigarani ikki qayta tortdi. Uning nigohlariga toʻsatdan duch kelganimda hanuz chiroq qarshisida turar edim. Unga boshdan oyoq nazar soldim. Qiz hali ham mis edi – u qadar qattiq va sovuq boʻlmasa-da lekin sargʻish, muloyim va koʻngilchan matoh.
-Seni ushlab koʻrsam maylimi? – soʻradim yana.
-Axir hammasini barbod qilasan.
-Endi bu ahamiyatsiz... Biz qayta uchrashmogʻimiz uchun munosabatimizni oʻzgartirishimiz shart.

Qoʻllarimni chiroq osha unga uzatdim. U esa joyidan qimir etmadi.
-Hammasini barbod qilasan, - dedi qiz yana unga tegib ulgurmasimdan.
-Ehtimol chiroq atrofida abad turib, borliqning bir moʻjizasidan hayratlangancha choʻchib, uygʻonarmiz.
-Bu muhim emas, - avvalgi gapimni takrorlab, qat’iy turib oldim.
-Qayta uchrashishimiz uchun aloqalarni oʻzgartirish lozim. Ammo vaholangki, uygʻonishing bilan sen tagʻin barini unutib yuborgan boʻlasan, - xitob qildi qiz.

Burchakka qarab yurdim. U ortimda qolib, qoʻlini olovda toblardi. Qizning ovozi orqamda jaranglaganda men kreslo yonida emas edim.
-Agar yarim tunda uygʻonib ketsam, joyimdan jilmay tong otguncha «Moviy rang itning koʻzlari» deya, shivirlab chiqaman.

Qoʻzlarim bir nuqtaga tikilib qoldi:
-Allaqachon shafaq qizara boshladi.
-Bong millari soat ikkiga urganida uygʻonib ketdim va hali ortga qaytishga vaqt borligini bildim.

Eshikka yoʻnaldim.
-Bu eshikni ocha koʻrma! – dedi u. – Karidor yoʻlagida tushlar girdobida adashib qolasan. Uning doimgidek turgʻun ovozini eshitganimda boshimda shish bordek edi.
-Buni qaerdan bilasan?
-Chunki bir daqiqa oldin oʻsha joyda boʻldim. Yurakdan uxlayotganim ma’lum boʻldi-yu darrov ortimga qaytdim.

Baribir eshikni yarim chala ochdim. Uni ozgina itargan edim hamki, sovuq va sernam shabada meni jannatsimon oʻlkalarga, keng yaylovlarga elitdi. Qiz tagʻin soʻz qotdi. Unga navbatni berdim. Qiya ochiq eshikda sukunat halqalari osigʻliq turardi.
-Bu yerda qandaydir koridor borligiga ishonmayman. Dimogʻimga qishloq hidi urilayapti.
-Qishloq orzusini surayotgan tashqaridagi ayol sendan koʻra oʻsha joylarni afzal koʻradi, - dedi u qiz uzoqroq masofada turgancha, qoʻllarini olov ustida tutashtirib.
-Ilojsizligidan shaharni tashlab ketolmayotgan bu ayol hamisha qishloqda uyi boʻlishini hoxlar edi, - davom etdi u.

Men oʻsha ayolni tushlarimda uchratganimni esladim. Ammo hozir qiya ochiq eshik oldida, yarim soat ichida nonushta qilishga tushishim zarurligi yodimga tushdi.
-Nima boʻlganda ham uyqudan uygʻonishim uchun bu yerni shundayligicha qoldiraman....

Tashqarida beayov uvillayotgan shamol biroz oʻtib, sekinlasha boshladi. Yotoq joyida uxlab yotgan kimsaning nafas olishi-da quloqqa chalinmaydi. Dala-dashtdan esayotgan shamol tinchib qoldi. Xonadagi turfa iforlar ham tarqab boʻlgandi.
-Ertaga men seni.... – shivirladim. – Seni koʻcha devorlariga «Moviy rang itning koʻzlari» deya yozayotgan ayol timsoli orqali tanib olaman.
-Bir necha daqiqa oldingi hodisalarni eslolmaydigan odam-a ?! – xitob qildi qiz siniq tabassum bilan...

Bu gaplarning hammasi oʻtkinchi, ehtimoldan uzoq ekanligiga koʻzi yetib turgan qizning taslimona tabassumi edi bu.

-Tushidagi holatlarni uygʻongach, zarracha ham eslolmaydigan dunyodagi yagona odamsan... - deya u qoʻlini chiroqqa teqizdi-yu quyuq bulutlar orasida gʻoyib boʻla boshladi.