OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifGans Kristian Andersen
Asar nomiChaqmoqtosh (ertak)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Daniya adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Gans Kristian Andersen
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Ertaklar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonMahkam Mahmudov
Hajm17KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2010/11/19
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Chaqmoqtosh (ertak)
Gans Kristian Andersen

Bir askar yoʻlda ketib borardi: Bir-ikki! Bir-ikki! Orqasida xaltasi-yu yonida qilichi. U, urushdan uyiga qaytmoqda edi. Yoʻlda unga juda xunuk va qari bir jodugar kampir uchradi. Uning pastki labi koʻkragiga osilib tushgan edi.
— Salom, askar! — dedi jodugar kampir. — Juda katta xal-tang va ajoyib qiliching bor ekan! Chindan ham azamat askar ekansan! Har tomonlama durust ekansan-u, biroq choʻntakla-ring boʻsh ekan. Istasang, senga pul beray, askar!
— Rahmat, jodugar kampir. Puldan ahmoqlargina bosh tortadilar, — dedi soldat va choʻntagini tutdi.
— Yoʻgʻey! — dedi jodugar kampir, — bir oz sabr qil. Hov anavi katta daraxtni koʻryapsanmi? — Kampir shu yaqindagi bir daraxtni koʻrsatdi. — Uning ichi boʻsh. Daraxtga chiq, tepasida kavagi bor, shu kavakka kir-da, eng pastiga tush. Men boʻlsam sening belingga arqon bogʻlayman va qachon tort deb qichqirsang, tortib olaman.
— Men bu kavakka kirib nima qilaman? — deb soʻradi askar.
— — Pul olib chiqasan, — dedi jodugar kampir. — Bu daraxt oddiy daraxtlardan emas. Sen uning eng tagiga tushganingda, uzun yerosti yoʻlni koʻrasan. U yer judayam yorugʻ, kecha-kunduz yuzlab lampalar yonib turadi. Yerosti yoʻli bilan toʻppa-toʻgʻri ketaver. Eng oxiriga yetganingda uchta eshikka duch kelasan. Eshiklarning kaliti ogʻzida turadi. Burasang, eshik ochilib ketadi.

Birinchi uyga kirishing bilanoq, kattakon sandiqni, uning ustida boʻlsa bir it oʻtirganini koʻrasan. Bu itning koʻzlari xuddi piyoladay keladi. Lekin sen qoʻrqma! Men senga oʻzimning koʻk katakli fartugʻimni beraman, uni yerga yozgin, itni qoʻrqmasdan ushlab ol-da, darrov uni fartugʻim ustiga oʻtqiz. Undan soʻng sandiqni ochgin-da, pullarni xohlaganingcha ol. Lekin bu sandiqda faqat chaqa pullar bor, xolos. Agar kumushini xohlasang, ikkinchi uyga kir. U uyda ham sandiq bor. Sandiq ustida koʻzlari xuddi tegirmon toshiday keladigan it oʻtiradi. Lekin sen undan sira qoʻrqma. Uni tutib ol-da, fartuqqa oʻtqiz, soʻngra kumush pullarni olaber. Agar xohlasang, istaganingcha tillaga ham ega boʻla olasan. Buning uchun uchinchi uyga kirsang, bas. Uchinchi uyning oʻrtasida tilla bilan liq toʻla sandiq turadi. Sandiqning ustida oʻtirgan it shunday kattaki, uning har bir koʻzi gumbazday keladi. Uni mening fartugʻimga oʻtqaza olsang — sening baxting: it senga tegmaydi. Keyin istaganingcha tillalarni olaverasan.
— Bu-ku, yaxshiku-ya, — dedi askar, — lekin sen bular evaziga mendan nima olasan, jodugar? Axir, mendan biror narsa kerakdir senga.
— Men sendan bir chaqa ham olmayman, — dedi jodugar kampir. — Faqat sen menga buvim pastga oxirgi marta tush-ganida unutib qoldirgan eski chaqmoqtoshni olib chiqib bersang boʻlgani.
— Xoʻp, mayli, belimga arqon bogʻla! — dedi askar.
— Boʻldi! — dedi jodugar kampir. — Ma, katakli fartugʻimni ol.

Askar daraxtga chiqdi. Kavakning ichiga tushdi. Hammasi jodugarning aytganidek boʻlib chiqdi: askar koʻrsa — yoʻlak kun-duz kuniday yorugʻ, unda yuzlarcha lampalar yonib turar edi.

Askar toʻppa-toʻgʻri borib yoʻlakning oxiriga yetdi. Undan nari yoʻl yoʻq edi. Askar ogʻizlarida kalitlari boʻlgan uch eshikni koʻrdi.

Askar birinchi eshikni ochib, ichkari kirdi. Uyning oʻrtasidagi sandiqda koʻzlari piyoladay bir it oʻtirar va askarga tikilar edi.
— Juda ajoyib-ku! — dedi askar, u itni ushlab olib jodugarning fartugʻiga oʻtqizdi. It shu choq jim boʻlib qoldi; askar sandiqni ochdi-da choʻntaklarini chaqaga toʻlgʻazdi. Keyin sandiqni yopdi, itni qaytadan uning ustiga oʻtqizdi, oʻzi boʻlsa ikkinchi uyga qarab joʻnadi.

Jodugar kampir toʻgʻri aytgan ekan — bu uydagi sandiq ustida koʻzlari tegirmon toshiday bir it oʻtirardi.
— Xoʻsh, nega menga bunchalik oʻqrayding? Yana ola koʻzlaring qinidan chiqib ketmasin! — dedi askar va itni tutib olib, jodugar kampirning fartugʻiga oʻtqizdi, oʻzi boʻlsa sandiqqa yopishdi.

Askar sandiqdagi kumush pullarni koʻrdi-yu, choʻntaklaridan chaqa pullarni olib tashladi. Keyin har ikki choʻntagini va xaltachasini kumush bilan toʻlgʻizdi. Nihoyat askar uchinchi uyga kirdi. Kirishi bilanoq ogʻzi ochilib qoldi. Butun bir moʻjiza! Uyning oʻrtasida oltin sandiq turardi, sandiqning ustidagi itning koʻzlari ikki gumbazday kelar va eng tez yura-digan arava gʻildiragiday aylanardi.
— Salom alaykum! — dedi askar va goʻyo generalga salom berganday oyoqlarini urib ta’zim qildi.

Lekin askar uzoq qarab turmadi. Itni birdaniga koʻtarib oldi-da, jodugar kampirning fartugʻiga oʻtqizdi, oʻzi esa sandiqni ochdi. Oʻh-hoʻ! Bu yerda shuncha tilla bor ekanki, bu tillalarga butun bir shaharni, butun oʻyinchoqlarni, barcha qalayi askarchalarni, hamma yogʻoch otchalarni va dunyodagi hamma shirin kulchalarni sotib olsa boʻlardi. Hammasiga yetib ortardi!

Shu yerda askar choʻntaklaridagi va xaltachasidagi kumush pullarni olib tashladi-da, ikki qoʻllab sandiqdan tillani hovuchlay boshladi. U tilia bilan choʻntaklarini, xaltachasini, shapkasini va etik qoʻnjilarini toʻldirdi. Tillaning ogʻirligidan askar zoʻr-bazoʻr oʻrnidan turdi. Endi u puldor boʻlgan edi!

U itni yana sandiqqa oʻtqizdi, keyin eshikni yopdi-da, yuqoriga qarab:
— Hay, meni tortib ol, jodugar kampir! — deb baqirdi.
— Chaqmoq toshimni oldingmi? — deb soʻradi jodugar kampir.
— Rostdan ham sal boʻlmasa chaqmoqtoshingni unutayozgan ekanman! — dedi soldat va orqasiga qaytib chaqmoqtoshni oldi.
— Qani, tort! Sening chaqmoqtoshingni topdim! — deb qichqirdi u jodugar kampirga.

Jodugar uni yuqoriga tortib chiqardi, askar yana katta koʻchaga chiqib oldi.
— Qani, chaqmoqtoshni ber-chi menga! — dedi jodugar kampir.
— Senga bu chaqmoqtosh nimaga kerak, jodugar kam-pir? — deb soʻradi askar.
— Nima ishing bor! — deb javob berdi jodugar. — Sen axir pullarni olding-ku, menga chaqmoqtoshni berda endi.
— Ha, yoqadimi, — dedi askar. — Chaqmoqtoshning senga nima keragi bor? Hozir ayt, boʻlmasa qilich bilan boshingni uzib tashlayman.
— Aytmayman! — dedi jodugar kampir.

Shunda askar qilichini chiqarib jodugar kampirning kallasini kesib tashladi, jodugar kampir yerga yiqildi-yu, shu ondayoq jon berdi. Askar boʻlsa, jodugaming katakli fartugʻiga oʻzining hamma pullarini tugdi-da, tugunini orqalab, toʻgʻri shaharga qarab yoʻl oldi.

Shahar katta va ajoyib edi. Askar eng katta musofirxonaga borib tushdi, oʻziga eng yaxshi uylarni ijaraga oldi va oʻzining eng sevgan taomlarining barchasini keltirishni buyurdi — axir u endi badavlat boʻlib qolgan edi-da!

Uning etigini tozalayotgan xizmatkor, shunday boy janob-ning bunday eski etik kiyganiga hayron qoldi — axir hali askar yangisini olib ulgurmagan edi-da. Lekin ertasi kuni u oʻziga eng yaxshi kiyimlar — pat suqilgan shlyapa va jaranglaydigan shpori bor etik sotib oldi.

Endi askar haqiqiy toʻra boʻlib oldi. Unga bu shaharda boʻlgan butun moʻjizalar haqida ham, qirol va uning qizi mali-ka haqida ham soʻzlab berdilar.
— Bu malikani qanday qilib koʻrsa boʻladi? — deb soʻradi askar.
— Koʻrishning hech iloji yoʻq, — dediiar unga. — Malika baland devorlar va tosh minoralar bilan oʻralgan katta bir mis qoʻrgʻonda yashaydi. U yerga qiroldan boshqa hech kim na kira oladi va na chiqa oladi, negaki qirolga qizining peshonasiga oddiy bir askarning xotini boʻlishlik yozib qoʻyilgan, deb aytganlar. Qirolga esa oddiy bir askarga qaynota boʻlish, albatta, yoqmaydi. Shuning uchun ham u malikani yopiq joyda saqlaydi.

Malikani koʻrish mumkin boʻlmaganligiga askar ancha achindi, shunday boʻlsa-da uzoq qaygʻurmadi. U malikasiz ham juda shod kun kechirdi: teatrlarga bordi, qirol bogʻida sayr qildi va kambagʻallarga pul ulashdi — axir u, choʻntagida bir chaqasiz yurishning qanday yomon ekanini oʻz boshidan kechirgan edi-da!

Demak, askar boy ekan, yaxshi yashab, yaxshi kiyinarkan, shunday boʻlgandan keyin uning ogʻaynilari ham koʻpaydi. Hammalari uni yaxshi yigitcha, haqiqiy toʻra deb atardilar, bu esa unga juda yoqardi.

Shunday qilib askar pullarini ayamay sarf qilaverdi va bir kun qarasa choʻntagida hammasi boʻlib ikki chaqa qolipdi, xolos. Shundan keyin askar yaxshi uydan tomning qoq tagida-gi tor hujraga koʻchib chiqishga majbur boʻldi. Kechirgan kun-larini yana esladi: etigini oʻzi tozaladi va undagi yirtiqlarni oʻzi yamadi. Ogʻaynilaridan hech qaysisi ortiq uni kelib koʻrmay-digan boʻldi, chunki uning oldiga chiqish uchun juda balandga koʻtarilish kerak edi.

Bir kun kechqurun askar oʻz hujrasida oʻtirardi. Kun qorayib ketdi, uning hatto shamga ham puli yoʻq edi. Shu choq jodugar kampirning chaqmoqtoshi esiga tushib qoldi. Askar chaqmoqtoshni oldi-da, oʻt chiqara boshladi. U oʻtchaqarga urgan edi hamki, eshik lang ochilib ketdi va xuddi koʻzlari piyoladay boʻIgan it chopib kirdi. Bu it askarning yer ostidagi birinchi uyda koʻrgan iti edi.
— Nima buyurasan, askar? — deb soʻradi it.
— Iye, mana bunisi ajoyib boʻldi-ku! — dedi askar. — Chaqmoqtoshning biror hikmati bor koʻrinadi. U meni yomon kunlardan qutqazmasmikan? Qani, menga pul keltir-chi! — deb buyurdi itga va... — bir! deguncha it gʻoyib boʻldi, — ikki deyishi bilan it darhol hozir boʻldi, uning tishida chaqa pullar toʻla kattakon bir xalta bor edi.

Askar oʻzidagi chaqmoqtoshning qanday ajoyib narsa ekanini endi tushundi. Oʻtchaqarga bir marta ursa, bas edi — chaqa pul toʻla sandiqda oʻtirgan — koʻzlari piyoladay it hozir boʻlar edi, ikki marta ursa-chi — koʻzlari tegirmon toshidek keladigan it, uch marta ursa — har bir koʻzi gum-bazday keladigan it uning oldida hozir boʻlardi. Birinchi it unga chaqa, ikkinchisi esa kumush pullarni, uchinchisi toza tilla keltirardi.

Askar yana boyib ketdi, u eng yaxshi uylarga koʻchib chiq-di, yana olifta kiyimlar kiyib yuradigan boʻldi. Uning hamma ogʻaynilari yana unikiga kela boshladilar va uni juda yaxshi koʻrib qoldilar.

Bir kun askarning boshiga bir oʻy keldi: «Xoʻsh, nega men malikani koʻrmayin? Hamma uni juda chiroyli deb ta’riflaydi-ku. Agar u oʻz umrini mis qoʻrgʻonda, baland devorlar va minoralar ichida oʻtirib oʻtkazsa, bundan nima foyda? Qani, mening chaqmoqtoshim qayda?»

Oʻtchaqarga bir marta urgan edi, shu onning oʻzidayoq koʻzlari piyoladay it hozir boʻldi.
— Gap bunday, azizim! — dedi askar. — Endi rosti, kech boʻlib qoldi. Ammo men bir nafas boʻlsa-da malikani koʻrmoq istayman. Qani, joʻnab qol!.. — It shu ondayoq chopib ketdi va askar koʻz ochib yumguncha qaytadan hozir boʻldi, uning ustida esa uxlaganicha malika yotardi.

Malika juda ham ajoyib va goʻzal edi. Birinchi qarashda-yoq uning chinakam malika ekanligi koʻrinardi, buni koʻrgan askar, uni oʻpishdan oʻzini sira toʻxtatolmadi. Axir u boshidan tovonigacha jasoratli yigit boʻlgan chin askar edi-da!

Keyin it malikani qanday olib kelgan boʻlsa, shunday eltib qoʻydi.

Ertalabki choy vaqtida malika it bilan askar haqida juda gʻalati tush koʻrganini qirol bilan qirolichaga soʻzlab berdi, goʻyo u itning ustida yotib borar emish va qandaydir askar uni oʻpgan emish.
— Bunisi nimasi? — dedi qirolicha, bu tush unga unchalik yoqmadi.

Ertasi kun kechasi malikaning yotar joyiga qari bir kanizakni poyloqchi qilib qoʻydilar. Oʻsha gap haqiqatan ham tush edimi yoki boshqa bir narsa ekanini bilib olish kerak edi.

Askar esa yana goʻzal malikani oʻlgudek sogʻinib qoldi. Shunday qilib kechasi mis qoʻrgʻonda kechagi it paydo boʻldi, malikani koʻtarib olib, kuchining boricha yugurdi. Shu on qari kanizak suv oʻtmaydigan etigini kiyib uning ortidan quva ketdi. It malika bilan katta bir uyga kirib ketganini koʻrib, kanizak: «Endi biz muttahamni topa olamiz», deb oʻyladi va uyning darvozasiga boʻr bilan katta butning rasmini soldi, oʻzi boʻlsa, bemalol uyiga uxlagani ketdi. Lekin it malikani qaytarib eltayotganida darvozadagi butni koʻrib qoldi va shu ondayoq nima gap ekanini payqadi. U, bir boʻlak boʻr olib, shaharning barcha darvozalariga but alomatini qoʻyib chiqdi. Bu juda puxta oʻylangan edi: endi kanizak kerak boʻlgan darvozani hech bir kimsa topa olmas edi — axir hamma darvozaga butning rasmi chizilgan edi.

Erta azonda qirol bilan qirolicha keksa kanizak va butun ofitserlar bilan birga malikaning kechasi itga minib qayoqqa borganini koʻrmoq uchun joʻnadilar.
— Mana bu yerga kelgan ekan! — dedi qirol birinchi eshikdagi but alomatini koʻrib.
— Yoʻq, mana bu eshikka kelgan! — dedi qirolicha boshqa darvozadagi butni koʻrib.
— Anavi yerda ham but, bu yerda ham! — dedilar ofitser-lar. Ular qaysi darvozaga qaramasinlar, hammasida ham boʻr bilan chizilgan but alomati bor edi. Shunday qilib, hech qan-day natijaga erisha olmadilar.

Ammo qirolicha faqat aravaga tushib yuruvchigina emas, balki hamma narsaga aqli yetadigan usta bir xotin edi. U xizmatkorlariga oʻzining tilla qaychisini va bir parcha shohi keltirishni buyurdi, keyin kichkinagina chiroyli xaltacha tikdi. Soʻngra bu xaltachaga qora bugʻdoyning kepagini soldi va uni malikaning orqasiga bilintirmay bogʻlab qoʻydi. Undan keyin malika askarning oldiga borayotganda yoʻlma-yoʻl oz-ozgina sepilsin uchun xaltachani teshib qoʻydi.

Kechasi it yana paydo boʻldi, malikani oʻzining yelkasiga mindirib askarga eltdi. Askar esa malikani shunday yaxshi koʻrib qoldiki, joni-dili bilan unga uylanishni va shahzoda boʻlishni orzu qildi.

It juda tez chopdi, u kepakning mis qoʻrgʻondan tortib askarning uyiga qadar butun yoʻl boʻyi toʻkilib borganini hech bir sezmadi.

Ertalab qirol bilan qirolicha saroydan chiqdilar, yoʻlga qaradilar va darhol malikaning qayoqqa borganini bildilar. Askarni tutib, qamoqxonaga qamatib qoʻydilar.

Askar panjara orqasida uzoq oʻtirdi. Qamoqxona juda qorongʻi va koʻngilsiz edi. Bir kun qorovul, askarga:
— Ertaga seni osadilar, — dedi.

Askar qaygʻurdi. Oʻlimdan qanday qilib qutilish yoʻIini rosa oʻyladi, ammo oʻylab-oʻylab hech narsa topolmadi. Axir askar oʻzining ajoyib chaqmoqtoshini uyda unitib qoldirgan edi-da.

Ertasi kuni ertalab askar kichkina tuynukcha yoniga borib, temir panjara orasidan koʻchaga qaradi. Xalq askarni qanday qilib osishlarini koʻrish uchun toʻda-toʻda boʻlib shahar chetiga borayotgan edi. Doʻmbiralar chalindi, lashkarlar oʻtdi. Shu vaqtda qamoqxonaning yonidan teri fartuqli, yalang oyoqlariga tufli kiygan qandaydir bir yamoqchi bola chopib oʻtdi. U sakrab-sakrab chopardi, birdan uning bir tuflisi chiqib ketib, toʻgʻri askar yotgan qamoqxonaning panjarasiga kelib urildi.
— Hay, yigitcha, shoshilma! — deb qichqirdi askar. — Men hali bu yerdaman, mensiz u yerda hech ish qilisholmaydi! Agarda sen mening uyimga chopib borib, chaqmoqtoshni olib kelsang, men senga toʻrt tanga beraman. Qani, tez boʻl! Oyogʻingni qoʻlingga olib yugur!

Yigitcha toʻrt tangani olishdan toymasdi, chaqmoqtoshni keltirish uchun oʻqday otildi, uni tezda olib keldi, askarga topshirdi va...

Bundan nima kelib chiqqanini eshiting.

Shahar chekkasida dor qurilgan. Uning atrofida askarlar va toʻda-toʻda xalq turardi. Qirol va qirolicha haybatli taxtda oʻtirardilar. Qarshida sudyalar va kengashchilar oʻtirardi. Shu onda askarni dor zinasiga keltirdilar, jallod uning boʻyniga sirtmoqni solmoqchi edi, askar bir minut sabr qilishni soʻradi...
— Men bir tamaki chekib olay, axir bu mening hayotimda eng soʻnggi chekish boʻladi-da, — dedi.

Bu mamlakatda shunday bir odat bor edi: gunohkorni jazolamasdan ilgari hamma vaqt uning qanday boʻlmasin bir arzimagan talabini bajo etardilar.

Shuning uchun qirol askarning soʻzini qaytarolmadi. Askar oʻzining chaqmoqtoshini chiqarib oʻtchaqarga bir urdi, ikki urdi, uch urdi — birdan uning oldida uchala it paydo boʻldi: birining koʻzi piyoladay, ikkinchisiniki tegirmon toshiday, uchinchisiniki — gumbazday edi.
— Qani, sirtmoqdan qutilishga yordam qiling! — dedi ularga askar.

Shu chogʻ har uch it sudyalarga va kengashchilarga tashlandi: unisining oyogʻidan, bunisining burnidan tishlab, bir necha metr balandga otdilarki, yerga tushish bilan hammalari chil-parchin boʻlib ketdilar.
— Meni qoʻying! Men istamayman! — deb qichqirdi qirol, lekin eng katta it uni qirolicha bilan birga ushlab olib, har ikkalasini ham osmonga irgʻitdi. Askarlar ham qoʻrqib ketdi, xalq boʻlsa:
— Yashasin askar! Askarjon, bizning qirolimiz boʻl, chi-royli malikani oʻzingga xotinlikka ol! — deb qichqirdi.

Askarni qirol aravasiga oʻtqizdilar, uch it boʻlsa arava oldi-da oʻyin tushib, «yashasin» deb vovillashardi... Bolalar hushtak chalardilar, askarlar esa qoʻllarini koʻtarib, ta’zim qilardilar. Malika mis qoʻrgʻondan chiqdi va qirolicha boʻldi. Albatta, u juda xursand edi.

Toʻy bazmi bir haftaga choʻzildi. Uchchala it stolda oʻtirib yedilar, ichdilar va oʻzlarining kattakon koʻzlarini oʻynatdilar.