OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Georgiy Terikov. Taklif (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifGeorgiy Terikov
Asar nomiTaklif (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rus adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Georgiy Terikov
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonOlimjon Hayit (Rus tilidan)
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Taklif (hajviya)
Georgiy Terikov

Bilasizmi, jamoat joylarida odamlar bir-birlariga qoʻpol, uyatsiz soʻzlar aytishayotganini koʻp eshitib qolamiz. Ayniqsa, qoʻshnilaringiz bir-biri bilan janjallashsa... Bunga chidab boʻlmaydi.

Shuni hisobga olib, bir qishloqda soʻkish oʻrniga erkaklarni «M-mo-o!» deyishga oʻrgatishgan ekan. Lekin buyam ish bermabdi. Kechqurunlari erkaklar «mo»layotganini eshitib buqalar junbushga keladigan boʻlib qolishibdi. Demak, boshqacha soʻkinish kerak. Bir yozuvchi ayol gullar nomi bilan soʻkinishni taklif qilibdi. Buyam ish bermabdi. Chunki, erkaklar har kuni uyga gul koʻtarib kelishlariga qaramay, birontayam gul nomini bilishmas ekan...

Ana shunda men shaharlar nomini taklif qildim. Zoʻr-da! Mana, tasavvur qiling:
— Vey, yarim kechasigacha qayerda daydib yuribsan-a, Tyumen?
— Seni nima ishing bor, Shepetovka?
— Qani, maoshni choʻz, Oslo!
— Maosh?.. Tulani istamasmiding mabodo?
— Ha-a, hali soʻkinishniyam bilasanmi, Krivoy Rog?
— Hay-hay, sekin, Anapa, boshingda bir gramm ham Chikago yoʻqligi shu yerdan ma’lum.
— Shunaqami? Hali Anapa uchun javob berasan, yaramas Konotop!
— Ovozingni oʻchir, Dushanbe!
— Toʻxtab tur, hozir Bombeyingni chiqarib qoʻyaman!..

Ana, koʻrdingizmi? Ularning bu gaplarini eshitgan oʻtkinchilar «Sayohatchilar klubi»dagilar shunchaki gurunglashishyapti, deb oʻylashadi.