OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

5 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifGi de Mopassan
Asar nomiMarjon shodasi (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Fransuz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Naturalizm
Mualliflar
   - Gi de Mopassan
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonGulnoz Mamarasulova (Ingliz tilidan)
Hajm18KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Marjon shodasi (hikoya)
Gi de Mopassan

Falakning gardishi bilan ba’zida xizmatkorlar oilasida tugʻiladigan goʻzal va maftunkor qizlardan biri edi u.

Unda na sep-sidirgʻa, na umid va na taniqli boʻlishdan ma’no-mazmun bor edi. U birovni tushunishga ham urinmagan, sevmagan va mashhur kimsaga ham turmushga chiqmagandi. Qiz Xalq Ta’limi Vazirligida ishlaydigan kichik kotibga turmushga chiqishga rozi boʻlgandi.

U oddiy kiyinar, chunki boshqachasiga imkoniyati boʻlmasdi. Ammo u chindan ham toʻgʻri yoʻldan adashgandek oʻta baxtsiz edi. Modomiki, boshqa ayollardek na tabaqasi va na martabasi bor. Oila va tugʻish oʻrniga faqat goʻzallik, nazokat, jozibali koʻrinish dardida yurardi. Tabiiy nafislilik, xushbichimlilik, aql-idrokli boʻlish oliy tabaqalik belgisi hisoblanib,bu faqat aslzoda xonimlarga xos edi.

U oʻzini faqat goʻzalliklar va toʻla-toʻkis hayot uchun tugʻilganligini his qilib, toʻxtovsiz azob chekardi. Turar joyining faqironaligi, devorlarning gʻarib koʻrinishi, eskirgan stullar , pardalarning aft-angori unga azob berardi. Uning xilidan boʻlgan boshqa bir ayol bu narsalarni hattoki aqliga ham sigʻdirolmasligini oʻylab qiynalar, asablarini tarang qilardi.Kichkina Breton[1] dehqoni kabi kundalik uy yumushlari uni afsus-nadomatlar domiga tashlab, chorasiz va ushalmas orzular girdobiga uloqtirardi.

U sharqona naqshlar bilan bezatilgan devoriy gilamlar osilgan, bronza qandillar nur taratib turgan sokin xonani, katta kresloda yonboshlab olgancha etik shim kiygan baquvvat inson haqida hayol surganicha oshxona plitasidan anqiyotgan issiq havodan ogʻirlashib lanch boʻldi. U ipaklar bilan bezatilgan uzun zallarni, koʻzni quvontiradigan hashamdor mebellarni, muattar atirlarga burkangancha soat beshki bazmlarda yaqin dugonalari bilan gurung quruvchi fransuz ayollari va taniqli odamlar bilan suhbatlashishni, barcha ayollarning rashkini qoʻzgʻab, ularning diqqat markazida boʻlish hayolida suzib yurardi.

Juvon uch kun oldin yozilgan daturxon bilan qoplangan aylana stol oldiga tushlik qilish uchun kelib oʻtirgan mahal, shoʻrva idishining qopqogʻini olib qoʻygan turmush oʻrtogʻi quvonch bilan xitob qildi:
- O, mazali rot-au-feu![2] Bundan ortigʻi boʻlmasa kerak!

Ayoli esa lazzatli tushliklar, yaraqlayotgan kumush idishlar, qadimiy odamlaring rasmi tushirilgan devoriy gilamlar, ertaksimon oʻrmon oʻrtasida parvoz qilayotgan gʻaroyib qushlarni hayol qilardi. Shuningdek, u jimjimador likopchalar xizmatidagi mazali taomlar, gulmohining qizgʻishrang goʻshti yoki bedana qanotini yeyish davomida quloqqa kulgu aralash chalinadigan muloyim shivir-shivirlarni orzu qilardi.

Uning rango-rang koʻylaklari, taqinchoqlari, umuman hech nimasi yoʻq edi. U shulardan boshqa narsani sevmasdi. U oʻzini shu matohlar uchun yaralganini his qilardi. U koʻngilxushlik qilish, boshqalarning hasadini keltirish, maftunkor boʻlish va hammani oʻziga qaratishni yoqtirardi.

Uning ayollar monastrida birga tahsil olgan sobiq sinfdosh dugonasi boʻlib, u juda boy edi. Qiz ushbu dugonasinikiga borishni, koʻrishni yoqtirmas, sababi, doim ortiga qaytganidan soʻng azob chekardi.

Ammo bir kuni kechqurun uning turmush oʻrtogʻi muzaffar qiyofada uyga kirib keldi va qoʻlidagi katta konvertni uzatdi.
- Bu yerda, - dedi u, - senga atalgan bir nima bor.

Ayol qogʻozni keskin tarzda yirtib tashladi-yu quyidagi soʻzlar tushirilgan tamgʻali taklifnomani sugʻurib oldi:

«Xalq Ta’limi Vazirligi va madam Jorjes Ramponnau hurmatli mister va madam Luizellarni 18-yanvar, dushanba kungi bazm kechasi uchun Vazirlik saroyiga lutfan taklif qiladi.»

Ayol eri kutganidek xursand boʻlish oʻrniga, taklifnomani nafrat bilan stol ustiga irgʻitib, toʻngʻilladi.
- Bu bilan nima kilishimni istagandingiz?
- Azizam, seni xursand qilmoqchi edim. Tashqariga hech chiqmaganing uchun bu yaxshi imkoniyat deb oʻylagandim. Buni qoʻlga kiritish oson kechmadi. Qancha odam bu yerga borishni orzu qiladi. U yerga saralab chaqirishgan. Ayniqsa, kotiblarni aytishlari gʻoyat dargumon. Bazmga faqat zodagonlar yigʻiladi.

Juvon eriga dargʻazab tikilib, betoqatlik bilan soʻzladi.
- Axir bazmga nima kiyib boraman?

Eri bu haqda oʻylab koʻrmagandi.
- Nimaga, teatrga tushganda kiygan koʻylagingchi?! Oʻsha menga juda yoqqandi, - dedi u.

Soʻngra gapirishdan toʻxtab qoldi. Xotinining yigʻlayotganini koʻrib, yomon ahvolga tushdi. Ayolning qoʻz qirralaridan ikkita katta tomchi yoshlar sekingina lablari tomon yumaladi.

U tutilib-tutilib gapirdi.
- Nima boʻldi? Nima boʻldi?

Ayol jizzakilik bilan uning rahmini keltirgandi. Soʻng esa yonoqlarini artib, bosiq ovozda javob berdi.
- Hech narsa. Faqatgina koʻylagim yoʻq, shuning uchun ballga borolmayman. Taklifnomani esa xotini mendan koʻra yaxshiroq yigʻingan hamkasblaringizga berarsiz.

Er ilojsiz edi.
- Kel Matilda, oʻylab koʻraylik, - davom etdi u. – Bejirim va boshqa tadbirlarga ham kiysa boʻladigan yarashiqli koʻylak qancha turadi?

Juvon bir necha daqiqa chuqur oʻyga toldi, hisob-kitob qildi, miqdordan taajjublanib, tejamkor kotibning gaplaridan choʻchib, oʻzicha nimalardandir voz kechdi.

Vanihoyat, ikkilana-ikkilana javob berdi.
- Anigʻini bilmayman-u, oʻylashimcha toʻrt yuz frank bilan nimadir qilsa boʻladi.

Uning rangi oqarib ketdi. Chunki bu miqdordagi pul bilan u qurol sotib olishni va yakshanba kuni toʻrgʻay ovlashga borgan bir necha doʻstlari bilan kelasi yozda shahar chetidagi Nanterra[3] yaylovlarida oʻq otish bilan oʻzini-oʻzi siylashni moʻljallagan edi.

Ammo bu haqda indamadi.
- Yaxshi, senga toʻrt yuz frank berganim boʻlsin. Ajoyib koʻylak xarid qilishga urinib koʻrarsan.

Bazm kuni tobora yaqinlashar, koʻylagi tayyor boʻlganiga qaramay madam Luizel gʻamgin, behalovat va behuzur koʻrinardi.

Bir kuni oqshom mahali turmush oʻrtogʻi undan soʻrab qoldi.
- Nima boʻldi? Keyingi uch kun ichida gʻalatiroq boʻlib qolgansan.

Ayol javob berdi:
- Bir dona ham taqinchogʻim, bir dona ham toshlarim, umuman taqishga hech narcam yoʻqligidan xoʻrligim kelayapti. Nihoyatda baxtsizman. Yaxshisi bormay qoʻya qolganim ma’qul.
- Tabiiy gullarni taqishing mumkin,- gapirdi mister Luizel.- Hozirda bu uslub juda urfga kirgan. Oʻn frank evaziga ikki yoki uchta chiroyli atirgul sotib ololasan.

Ayol ishonqiramadi.
- Yoʻq, boyvachcha xonimlar orasida bechora qiyofada koʻrinib , gʻururim poymol boʻlishini hoxlamayman.

Ammo eri baqirib yubordi:
- Qanchalar axmoqsan-a! Dugonang madam Forestierni yoʻqlab borib, taqinchoqlarini soʻrab tur. Axir u bilan juda ham qalin oʻrtoqsizlar-ku.

U xursandchilikdan qiyqirdi.
- Toʻppa-toʻgʻri! Bu hayolimga kelmagan ekan.

Ertasi kuni u dugonasinikiga kelib, dardini bayon qildi.

Madam Forestier oynali eshik bilan qoplangan kiyim javonidan katta taqinchoqlar qutisini olib keldi. Uni ochib, dugonasiga dedi:
- Azizim, tanlab ol!

U dastavval bilakuzuklarni, keyin marvarid marjon shodasini, keyin Venetsiya xochini, usta zargarning tilla va qimmatbaho toshlarini koʻzdan kechirdi. U koʻzgu oldida oʻziga oro berdi, ikkilandi, bulardan toʻla qoniqish hosil qilmagach, joyiga qaytarib qoʻydi.
- Hammasi shumi? – soʻradi u.
- Nega ekan, yana bor albatta. Qarab koʻr. Nimani yoqtirishingni bilmayman-ku.

Birdaniga uning koʻzlari qora duxoba qutidagi olmosli serhasham marjon shodasiiga tushdi. Yuragi qinidan chiqayozdi. Uni ushlaganida koʻllari titrab ketdi. Taqinchoqni keng yoqali koʻylagiga moslab, boʻyni atrofiga ildi va koʻrinishidan quvonib oʻzini yoʻqotdi.

Keyin esa qoʻrquv, iztirob aralash soʻradi.
- Menga huddi shuni berib tura olasanmi, faqat huddi shuning oʻzini?
- Ha, albatta.

U dugonasining bagʻriga oʻzini otib, xursandligidan oʻpib qoʻydi. Soʻngra xazinasi bilan joʻnab ketdi.

Bazm kuni yetib keldi. Madam Luizel katta muvaffaqiyatga erishdi. U barchadan goʻzal, xushbichim, poʻrim, quvnoq va baxtiyor edi. Barcha erkaklarning koʻzi unda, uning ismini soʻrashar, tanishishga harakat qilishardi. Vazirlar Mahkamasining barcha vakillari u bilan birga vals tushishni istashardi. Shaxsan uning oʻzi vazirning e’tirofiga tushdi.

U sarxushlik bilan, ehtiros bilan raqsga tushar, ichimlik ta’sirida rohatlanib, goʻzalligi zafarida, muvaffaqiyati shohsupasida, baxt osmonida suzgancha barchasini unutib, oʻziga boʻlgan izzat-ikrom, hayrat, yoniq istaklar va mutlaqo muzaffarlik hislari ayolning qalbini chulgʻab olgandi.

Tongi soat toʻrtga yaqin, u ketish taraddudida edi. Turmush oʻrtogʻi yarim tundan buyon qarovsiz xonada , xotinlari bayramni ajoyib nishonlayotgan uchta erkak bilan uxlab yotardi.

U xotinining yelkasiga bazm koʻylagining husniga dogʻ tushiradigan oddiygina sharfni tashlab qoʻydi. Juvon buni sezgach, qimmatbaho moʻynaga burkangan boshqa bir ayollarning nazariga tushib qolmaslik uchun uni yulqib oldi.

Luizel uni toʻxtatdi.
- Biroz kutib tur, tashqarida shamollab qolasan. Men borib, taksi ushlayman.

Lekin Matilda uni eshitmadi. Chaqqonlik bilan zinalardan pastladi. Koʻchaga chiqishib, birorta ham fayton topisholmadi. Ular qidirishni boshlagach, uzoqroqdan oʻtib ketgan taksichiga koʻzlari tushib, baqirib qolaverishdi.

Chorasiz qolganicha sovuqdan qaltirab, Seine (Zayna)ga tomon yurishardi. Vanihoyat, kunduzlari umuman uchratib boʻlmaydigan, faqat yarim kechasi Parij atrofida paydo boʻladigan eski aravani (noktambulant) daryo boʻyida uchratishdi.

Rue des Martirs dagi uyi eshigi oldida tushib, gʻamgin yurishda davom etishdi. Matilda uchun hammasi tamom boʻlgandi. Erining soat oʻnda Vazirlikda boʻlishi kerakligini hayolidan oʻtkazdi.

U yana bir marta shuhrat ogʻushida koʻzgu orqali oʻziga tikilib, yelkalarini yopib turgan sharfni oldi. Biroq kutilmaganda chinqirib yubordi. Boʻynidagi marjon shodasi yoʻq edi!

Eri yarim yechingan ahvolda soʻz qotdi.
- Senga nima boʻldi?

U jinninamo oʻgirildi.
- Men... men... men madam Forestierning marjon shodasini yoʻqotib qoʻydim.

Luizel joyida qotib qoldi.
- Nima?!... Qanday qilib? Boʻlishi mumkinmas!

Ular koʻylakning qatlarini, plashning taxlamlarini-yu choʻntagini, hamma joyni qarab chiqishdi. Ammo topilmadi.
- Bazmdan chiqqaningda u boʻyningda boʻlganiga ishonching komilmi? – soʻradi Luizel.
- Ha, saroy dahlizida turganimda u boʻynimda edi.
- Agar uni koʻchada tushirganingda ovozini eshitgan boʻlardik. U taksida qolgan boʻlishi kerak.
- Ha, ehtimol. Raqamini olganmidingiz?
- Yoʻq, sen-chi, eslolmaysanmi?
- Yoʻq.

Ular hayratomuz tikilib turishardi. Oxiri, Luizel kiyimlarini kiydi.
- Men piyoda ortga qaytaman, - dedi u. – Bosib oʻtgan yoʻnalish boʻylab yurib, topishga urinib koʻraman.

U chiqib ketdi. Matilda bazm koʻylagida kresloda oʻtirib, koʻziga uyqu kelmay, olovni ham yoqmay, hayoliga bir fikr kelmay uni kutardi. U soat yettilar atrofida izlaganini topolmay, quruq qaytib keldi.

Luizel milittsiya boshqarmasiga, gazeta idoralariga borib mukofotlar e’lon qildi. U barcha taksi kompaniyalarini umid ilinjida aylanib chiqdi.

Falokatga yoʻliqqan ayol kun boʻyi vahima ichida kutdi. Tunda Luizel siniqqan, oqish yuz bilan qaytdi. Hech qanday yangilik yoʻq edi.
- Dugonanga – dedi u, - taqinchogʻining ilgakini buzib qoʻyganing, uni tuzatish uchun biroz vaqt kerakligini yozib yubor.

U birma-bir hammasini xatga tushirdi.

Hafta oxirida ular umidini butunlay uzishdi.

Naq besh yoshga qarigan Luizel soʻzladi.
- Endi taqinchoqni oʻrniga qanday qaytarish haqida bosh qotirishimiz lozim.

Keyingi kun ular qutini olib, dongʻi chiqqan zargarnikiga borishdi. Luizel uning kitobini qarab chiqdi.
- Madam, men marjon shodasi sotadigan sotuvchi emasman. Shunchaki, kutilarga bezak beraman xalos.

Shundan soʻng, ular zargarma-zargar yurib, oʻsha marjon shodasiga oʻxshashini izlashdi, ulardan maslahat olishdi. Ikkalovi ham alam va iztirob bilan xastanamo edilar.

Palais Royaldagi doʻkonda ular qidirayotgan taqinchoqqa juda oʻxshash olmos shodasiga duch kelishdi. Narxi qirq ming frank turar ekan. Ular buni oʻttiz olti ming evaziga xarid qilishlari mumkin edi.

Er-xotin zargarga uch kungacha uni sotmasligini soʻrab yolvorishdi. Luizel taqinchoqni oʻttiz olti ming frankka olish toʻgʻrisida oʻzaro kelishuv qilishdi. Har ehtimolga qarshi, ular feral oxirida yana boshqasini ham topib qoʻyishdi.

Luizelda otasi unga qoldirgan oʻn sakkiz ming frank boʻlib, qolganini qarz oldi.

U birovdan ming frank, boshqasidan bush yuz, besh luisni u yerdan, uch luisni bu yerdan soʻrab, qarz qigʻdi. U barchasini qayd etib qoʻydi. Xonavayron qiladigan va’dalar berdi, sudxoʻrlar va barcha qarz beruvchi zoti bilan bitim tuzdi. U qolgan umrini xavf ostiga qoʻyib, hattoki harajatlarni toʻlay olish yoki olmasligini bilmay turib, tavakkal imzo qoʻydi.U hali boshidan oʻtkazmagan uqubatlar , uni yiqitishi mumkin boʻlgan oʻta qashshoqlik, moddiy muhtojlikning kelajagi va unga azob beradigan ruhiy qiynoqlardan vahimada edi. U marjon shodasini olish uchun keldi va savdogarning rastasiga oʻttiz olti ming frankni tashladi.

Madam Luizel marjon shodasini qaytarish uchun kelganida, madam Forestier unga sovuq ohangda gapirdi.
- Buni tezroq qaytarishing lozim edi. Oʻzimga zarur boʻlib qoldi.

U qoʻrqqanidek, dugonasi qutini ochmadi. Agar taqinchoq boshqa ekanligini bilib qolganida nimani oʻylagan, nimalar degan boʻlardi? Madam Luizelni oʻgʻirlikda ayblarmidi?

Madam Luizel hozir yoʻqchillikda yashashni qoʻrqinch bilan his qilgandi. Tasodifiy hodisada qahramonlarcha ishtirok etdi. Endi esa dahshatli qarzdorlikdan qutulmoq lozim. Ayol buni toʻlaydi. Ular xizmatkorini ishdan boʻshatishdi; Turar joyini oʻzgartirishdi; tom ustidagi cherdakni kiraga olishdi.

U uy yumushlarining naqadar ogʻirligini, oshxona tashvishlarining yoqimsizligini anglab yetib, yogʻli qozon va tova uchun pushti tirnoqlarini ishlatardi. U kir polotnoni, erining koʻylagini va idish artadigan sochiqlarni yuvardi. Har kuni ertalab yuvindilarni koʻchaga olib chiqib, zinaoyalarda toʻxtab nafas rostlagancha suv olib chiqardi. Odamlarning xotiniga oʻxshab kiyinar, qoʻlida savat bilan meva, baqollik, goʻsht doʻkoniga borar, savdolashar, haqorat qilar, mayda pullarini tiyinigacha hisoblardi.

Har oy qarzning biroz miqdorini uzishsa, qolganini uzaytirishardi.

Turmush oʻrtogʻi kechqurunlari savdogarning hisob-kitoblaridan nusxa yozar, tunga borib varogʻi uchun 5 luis evaziga qadimiy qoʻlyozmalardan namuna koʻchirardi.

Bu turmush tarzi oʻn yil davom etdi.

Oʻn yildan soʻngina ular hamma narsani, hamma-hammasini – sudxoʻrlarga nisbati va qoʻshma foizlari bilan toʻlab boʻlishdi.

Madam Luizel endilikda qarimsiq qoʻrinardi.Kambagʻallashgan ayol kuchli, qattiqqoʻl va qoʻrs boʻlib qolgandi. Toʻzgʻigan soch, qiyshaygan yupka va qizargan qoʻllari bilan suvlangan polni artish davomida baqirib gapirardi. Ba’zan, eri idorada boʻlgan vaqtlarda , u derazaga yaqin oʻtirgancha yillar oldingi faraxbaxsh kechani , u nihoyatda latofatli va goʻzal boʻlgan ball haqida hayol surardi.

Agar u marjon shodasini yoʻqotmaganida nima boʻlardi? Kim ham bilardi? Kim biladi deysiz? Hayot qanchalar gʻaroyib va oʻzgaruvchan! Kichkinagina voqea ba’zan yashash yoki hayotdan umid uzishga yetarli boʻladi!

Yakshanba kuni edi. Haftalik mehnatlarning xordigʻini chiqarish maqsadida Champs Elyseesda sayr qilib yurib, bola yetaklagan ayolga toʻsatdan duch keldi. Hanuz yosh, hanuz goʻzal, hanuz maftunkor boʻlgan madam Forestier edi.

Madam Luizel hayajonlandi. U bilan gaplashsinmi? Ha, albatta. Axir hammasini toʻlab boʻlgan, endi bor gapni aytaversa ham boʻladi.

U tepaga koʻtarildi.
- Xayrli kun, Jinni!

Unga tanishidek murojaat qilgan oddiy yoqimtoy juvondan taajjublandi –yu , ammo uni mutlaqo tanimadi.
- Lekin... madam! – tutulib garirdi u. – Sizni tanimadim... Adashgan boʻlsangiz kerak.
- Yoʻq. Men Matilda Luizelman.

Dugonasi qichqirib yubordi.
- O, bechora Matilda! Qanchalar oʻzgarib ketibsan!
- Ha, seni oxirgi bor koʻrganimdan buyon qancha ogʻir kunlarni boshdan kechirdim.. qancha musibatli kunlarni... Hammasi sen tufayli boʻldi!
- Meni deb! Qanday qilib?
- Saroydagi bazmga taqib turish uchun menga bergan olmos shodalarini eslaysanmi?
- Ha, xoʻsh?
- Meni uni yoʻqotib qoʻygandim.
- Nimani nazarda tutayapsan? Uni keltirib berganding-ku.
- Senga huddi oʻxshashini olib kelib bergandim.Soʻngra buning toʻlovini oʻn yil davomida uzdik. Tushunayapsanmi, hech vaqosi yoʻq kimsa uchun bu qanchalar mushkul edi. Vanihoyat, hammasi tugadi. Bundan juda xursandman.

Madam Forestier yurishdan toʻxtadi.
- Aytmoqchisanki, menikini oʻrniga qaytarish uchun olmos shodasini sotib olgansan?
- Ha! Sen buni sezmading ham! Ular juda oʻxshash edi.

Matilda mamnun kuldi.

Madam Forestier kattiq titrab ketdi, uning qoʻllarini ushlab, dedi:
- O, bechoraginam Matilda! Nima uchun, mening taqinchogʻim sun’iy toshlardan yasalgan edi-ku!


  1. Breton- quyi Normandiyadagi gʻarbiy Fransiyaning yarim oroli boʻlgan Brittanidan
  2. Pot-au-feu – qaynatma shoʻrva
  3. Nanterra – Parijning gʻarbiy chekkasi