OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifGulchehra Jamilova
Asar nomiMenday odamni bopladi-ya (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Gulchehra Jamilova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Menday odamni bopladi-ya (hajviya)
Gulchehra Jamilova

«Shodivoy juda hushyor, boʻshangroq kishilarning tanobini tortib turadi», deyishdi bir davrada.
— Namuncha uni maqtadinglar, mana men bir devor qoʻshnisi boʻlsam-da, hali biror martayam boplab ketolgani yoʻq! — dedi Salim ferma.

Bu gap Shodivoyning qulogʻiga yetdi. Indamadi. Payt poyladi. Fermaning shundoqqina yonginasida Polvonariq bor. Koʻprik oʻrniga kattagina xoda yotqizilgan. Salim ferma har kuni shu xodadan oʻtib, uyiga qatnaydi. Bir kuni kechqurun ishini tamomlab uy tomon ketayotsa, Polvonariq boʻyida qoʻshnisi Shodivoy chayqalib turibdi.
— Ie, qoʻshni, kayf taraq-ku, qaerdan kelayotibsiz?
— Ziyofatdan...
— Qani, qoʻlingizni bering, yetaklashib uyga yetib olamiz.
— Mast boʻlsamam oʻzim ketaveraman, siz yoʻlingizdan qolmang!

Salim ferma ichida oʻyladi: «Axir mast odamga ishonib boʻladimi, tagʻin yakkachoʻpdan oʻtaman deb suvga shaloplab... Qolaversa, qoʻshnichilik. Shunday paytda uni tashlab ketish nomardlik-ku». Soʻng u Shodivoyning yoniga borib, uni orqalab koʻtaribdi. Shu koʻyi uyigacha yetkazibdi. Yetgunlaricha boʻlari boʻlibdi, badanidan ter quyilibdi. Darvozasidan kirgizib, ortiga burilishi bilan Shodivoy sharaqlab kulib yuboribdi. Mast emas, tetik. Tirjayib: «Shuncha joydan koʻtarib keldingiz, rahmat qoʻshni», deb turganmish.

Salim ferma churq etmabdi. Lekin ichidan zil ketib, oʻylabdi: «Menday odamni bopladi-ya, azamat!»