OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifGulchehra Jamilova
Asar nomiOʻttiz yil avvalgi gap (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Gulchehra Jamilova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻttiz yil avvalgi gap (hajviya)
Gulchehra Jamilova

Bolta agronomning xoʻp ajoyib bogʻi bor. Xoʻjalikka kelgan mehmon borki, shu bogʻda tunab ketadi. Bir kuni rais bobo bitta xorijlikni agronomikaga boshlab keldi.
— Mehmonni zeriktirmaysiz-da, Boltavoy, — deb tayinladi.
— E, yonida tilmochi yoʻq-ku, qandoq til topishaman?
— Bemalol soʻzlashavering. Oʻzbekchani bilarkan, — dedi rais.

Dasturxon ustida suhbat quyuq boʻldi. Bir vaqt agronomning ayoli sopol laganda xushboʻy palov keltirdi. Mehmonga koʻzi tushgach, odob bilan «Xush kelibsiz!» dedi.

U ketgach, mehmon havaslanib soʻradi:
— Sizlarda uylanish masalalari qanday?
— Bizdami... Biz ayollarni qalin puliga sotib olamiz, — dedi agronom, soʻng uyi tomonga ishora qildi:
— Mana shu yangangizni ikki ming soʻmga olganman!

Bolta agronomning ta’tilga kelgan talaba oʻgʻli choy opkirayotib otasining gapini eshitib qoldi. Otasiga yer ostidan norozi boqdi. Soʻng mehmonga jilmayib dedi:
— Uzr. Otam oʻttiz yil oldingi gapni aytayotibdi. Hozir bunday emas.

Oʻgʻli nima demoqchi boʻlganini agronom oʻzicha tushundi. Gap ohangini biroz oʻzgartirib, «xato»sini tuzatgan boʻldi:

— Ha, ayollarimiz hozir juda qimmat turadi. Oʻzlariyam uncha-muncha pulni nazarlariga ilishmaydi-da!