OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifGulnoza Mamarasulova
Asar nomiIshonch gullari (badia)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Milliy adabiyot
Mualliflar
   - Gulnoza Mamarasulova
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Badialar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/10/07
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ishonch gullari (badia)
Gulnoza Mamarasulova

Men sizga ishondim...

Shunday ishondimki, qalbim bu tuygʻuga limmo-lim toʻlganidan oʻzimni qoʻyarga joy topolmayapman. Dunyo bir zumgina gullarga burkandi. Nurli, farahbaxsh tuygʻular butun olamni qamrab oldi. Butun dunyonimi?! Yoki faqat mening qalbim shunday hisga toʻlganmi? Bilmadim... Bilganim esa baxt meni yoʻqlab kelganini sezdim. U oʻzi bilan yana bir moʻ‘jizani boshlab keldi.

Ishonch gullari...

Ular shunday oʻsayaptiki, goʻyoki mustahkam qal’a boʻlmoqni istayapti. Bu qal’ani hech kim buzib tashlolmaydi. U shunchalar mustahkamki, fisqu fasod toshlari ham darz yetkaza olmaydi. Unga tuhmat balosi hattoki yaqinlasha olmaydi ham. Ana shunda, dillardagi rashk oʻti qovjiray boshlaydi... Ishonch otligʻ gullar ishq bogʻimni yashnatayapti.

Ishonch gullari...

Bu gullardan boshqacha boʻylar taraladi. Bu gullardan muhabbatning hidi keladi. Chunki u hamma gullardan boshqacha... Bu gul sevgi suvidan simirib, koʻkaradi. Yurak qonidan rang oladi. Begʻubor muhabbat havosidan nafas oladi. U shuning uchun oʻzgacha. Bu gullar soʻlib qolmaydi. Agarda xiyonat tikanaklari chang solmasa...

Yana sizga ishongim keldi.

Nahot... Nahotki, bundan oʻzga choram yoʻq endi. Yuragim shunchalar tez taslim boʻldingmi? Qasoskor yuragim qizgʻanchiq bagʻrimni tark etayapti. Koʻzlarim olisga tikilib toldi. Hijron... Ruhimga ul tuygʻu telvabor indi.

Men nima ham derdim.

Gulim! Sevdi... Lekin bir bora sevilmadi. Balki shuning uchundir rangingda rang qolmabdi. Qani oʻsha men ta’riflagan gullar? Qani ishonch gullari? Oʻziga oʻxshamay qolibdi. Nahotki soʻlayapti...

Axir men ham chidayapman-ku. Armon ostonamga qadam qoʻysa-da, kurashayapman. Toki, umrim poyonigacha afsuslanmayin. Olishaveraman... gullar sulmaydi…Chunki siz borsiz. Juda olislab ketgan boʻlsangiz-da, men uchun shundoqqina yonimdasiz. Men bilan birgasiz. Issiq nafasingiz, taftli qoʻllaringiz sizni mendan uzoqda ekanligingizni sezdirmaydi.

Endi siz uzoqlasha olmaysiz.

Sof tuygʻularim poyqadamingizga guldevor boʻladi. Aslo ularni uzishga behuda harakat qilmang. Shunday qilganingizda ham ular baribir yana oʻsib chiqaveradi. Biroq ularga yaqinlashishingiz bilan sizni ham oʻz bagʻriga tortib chirmab tashdaydi. Alam tikanlari bilan emas, sogʻinch gullari bilan chirmaydi. Chunki qalb gullarim ham sizni sogʻingan. Sizning boʻyi-bastingiz koʻrinishi bilan qulf ochib gullaydi. Sizni oʻziga yana maftun qilishga chogʻlanadi. Sizni gullarga shunday koʻmib tashlaydiki, keyin umrbod uning asiriga aylanasiz. Shunda... shunda siz va men bir butunlikka aylanamiz. Bizni hech kim ajrata olmaydi. Yoʻllarimizni ayro qilolmaydi. Chunki... chunki Ishonch gullari yana koʻkarayapti. Unga qoʻshilib, yonidan baxt gullari unib chiqayapti.