OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHabib Siddiq
Asar nomiNima bilan urdi (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Habib Siddiq
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/26
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Nima bilan urdi (hajviya)
Habib Siddiq

Oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida viloyat partiya qoʻmitalari ikkiga: sanoat va qishloq xoʻjalik partiya qoʻmitalariga, boʻlingan edi.

Viloyatning nufuzli idorasiga boshini durra bilan bogʻlab olgan ayol kelibdi. Eshikbonlar undan kelishining maqsadini soʻrashipti.
— Obkoʻmga arzim bor, — depti ayol.
— Qaysi obkoʻmga?
— Obkoʻmga-da!
— Hozir ikkita obkoʻm bor: qishloq xoʻjalik obkoʻmi, sanoat obkoʻmi. Arzingiz qaysi biriga?

Ayol javob berolmay hayron boʻlibdi.
— Nima masalada kelgansiz?
— Erim urdi. Shundan shikoyat qilib keldim. Qaysi obkoʻmlaringga kirishim kerak.

Endi eshikbonlar ham oʻylanib qolishibdi.
— Eringiz nima bilan urdi?- soʻrabdi ulardan biri.
— Sholi oʻrgani ketib yarim kechasi shirakayf boʻlib keluvdi, «oʻsha yoqda tunab qolavermabsiz-da» desam, «E-e», dediyu oʻroqni irgʻitib yubordi. Shunda...

— Demak, oʻroq bilan ekan-da, — debdi eshikbon tanga topgan kalday iljayib. — U holda qishloq xoʻjalik obkoʻmiga kirarkansiz, opa... Mabodo, bolgʻa bilan urganda sanoat obkoʻmiga kirardingiz.