OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Habib Siddiq. Nomtalash (hajviya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHabib Siddiq
Asar nomiNomtalash (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Habib Siddiq
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Nomtalash (hajviya)
Habib Siddiq

Rostini aytay: hajviyaga «nomtalash» deb sarlavha qoʻyaymi yo «xomtalash», deymi... ancha oʻylandim. «Nega?» deysizmi? Keling, bir boshdan soʻzlay...

Toponim komissiya raisi qon bosimi oshib shifoxonaga tushib qolgach, mana shu tashvishlar mening boshimga tushib turibdi-da. Endi anglayapman, bechoraning qon bosimi bekorga oshmagan ekan. Kimdir majlis kuni kelib falon koʻchaga falon nomni beraylik desa, bir ovozdan ma’qullab ketaverar ekanmiz. Ertalab telefon jiringlab qoldi.
— Petrovskiy koʻchasiga Shunqoriy nomini beraylik.
— Kim ekan u Shunqoriy?
— Tuman roʻznomasida turkum she’ri chiqqan mahalliy shoir.
— E-e, unaqalar koʻp.
— Berdisini aytguncha shoshmang. Mardon Pardaevichning pochchalari-ya!
— Unaqa boʻlsa nomini kattaroq koʻchaga berish kerak ekan, — dedim kesatib.
— Bu koʻchaga boshqa xaridorlar ham bor, oʻylab koʻrish kerak, — dedi komissiya a’zolaridan biri ertasiga yigʻilishganimizda.
— Maktabdagilar bir oʻqituvchining nomini qoʻysak deb taklif qilishyapti.
— Ie, qoʻysalaring-chi, nima ularga koʻcha koʻchada qoptimi?
— Nima qilsak ekan?
— Hayronman.
— Oʻtirasizmi, — dedi bitta shumrogʻi. — Kim oshdi savdosi qilib qoʻyaqolmaysizmi?
— Hozir hazilning vaqti emas, — dedim xunob boʻlib. — Ertagacha oʻylab takliflaringni aytinglar.

Bekor qilgan ekanman. Ertasigacha yana qanchasi boshimni qotirdi.
— Bitta qoʻchqorni boqib qoʻyibman. Oyogʻingiz tagiga soʻyaman, aka. Shu koʻcha qoʻldan chiqib ketmasin. Otamiz nomini berdirsangiz bizdayam qolib ketmaydi.
— Koʻchaning oʻng betiga boshqa, chap betiga boshqa nom bersak boʻlmaydimi-a? — dedi a’zolardan biri.
— Men hal qilmayman. Bizning xulosamiz bir taklif kuchiga ega, xolos, — deyman holdan toyib.
— Mayli, siz shu taklifni toʻgʻrilang, u yogʻini bizga qoʻyib bering.

Uyga kelsam, keliningiz yana bir gʻalvani boshlab oʻtiribdi. Qaynotamiz nomini abadiylashtirish masalasi...

Tomogʻimga bir narsa tiqilganday boʻldi.
— Bu yogʻi sizga bogʻliq emish. Bir ilojini qiling. El-yurt oldida tilimiz qisiq boʻlmasin.

Nima deb gʻoʻldiraganimni oʻzim ham bilmayman. Yechinib «yuz ellik»ni otib, sovib qolgan ovqatni apil-tapil tushirdim-da, boshimni oʻrab yotib oldim.

... Tushimda hamma koʻchalar, maktablar, bogʻchalar, dala shiyponlari, tijorat doʻkonlariga nom qoʻyib boʻlinganmish. Xoʻjalik boʻlimlari, brigada paykallari, fermalar, yemakxonalar nomlari kimlarning nomida boʻlishi aniqlab boʻlinganmish. Faqat nom berilmagan bitta tepalik qolganmish. «Hech kimga bermayman bu tepalikni, oʻzimning nomimni qoʻyaman», deb qichqirayotgan emishman...

Tashqarida nimadir qarsillab choʻchib uygʻonib ketdim. Boshim vang yotgandim, radio diktorining ovozi e’tiborimni tortdi. Joylarga nom qoʻyish tartibi haqida yangi qaror chiqibdi. Komissiyamiz tarqatilib yuboriladigan boʻpti.

Yengil nafas olib, asta oʻrnimdan turdim.