OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering

4 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHabib Siddiq
Asar nomiOʻchirib tashlanglar... (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Habib Siddiq
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2013/06/25
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Oʻchirib tashlanglar... (hajviya)
Habib Siddiq

Kunlardan bir kun Quyonboy ilmiy maqola bitdi.
–Bir koʻrib bersangiz, soʻngra e’lon qilsak, – dedi u Tulkixonning huzuriga borib ta’zim qilarkan.

Tulki maqolaga bir koʻz yugurtirib chiqdi, u yer bu yeriga qalam urdi, soʻngra Quyonning ismi-sharifi oldiga oʻzinikini ham qoʻshib qoʻydi. Keyin maqolani olib Boʻrining huzuriga joʻnadi.
–Quyon bilan hamkorlikda bir ilmiy maqola yozgandik, Boʻriboy ogʻa.
–Hmm, – dedi Boʻri maqolaning u yer-bu yerini oʻqigan boʻlib. – Shuni sizlar yozdinglarmi?
–Ha, Boʻriboy ogʻa.
–Ancha yangi gaplar bor ekan-da. Buni ikkalalaring aytgandan koʻra, birgalikda aytganimiz yaxshi. Menga qoldirib ketaveringlar.
–Assalomu alaykum, ustoz, – dedi ertasi kuni Boʻri Arslontoʻra huzuriga ta’zim qilib kirib. – Biz koʻplashib bir ilmiy maqola bituvdik. Shuni bir muborak nazarlaridan oʻtkazib olsak, deb keluvdim.

Arslon yonboshlab olib maqolani astoydil oʻqishga tushdi. Goh bosh irgʻab allanimalarni ma’qulladi, goh boshini tushunarsiz chayqab qoʻydi. Oxiri xursandligini yashirmadi.
–Yashang, Boʻriboy, juda ajoyib maqola ekan. Lekin bu yerda mening ismi-sharifim yoʻq-ku?
–Albatta boʻladi, shunga sizning roziligingizni olgani keluvdik-da?

–Mayli roziman. Maqolani oʻzimizning ilmiy jurnalda chop ettiramiz. Faqat shunday ajo yib maqolani yozgan allomalar orasida anavi tirrancha Quyonning familiyasi nima qilib yuribdi. Oʻchirib tashlanglar.