OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHabib Siddiq
Asar nomiQaytgan duo (hajviya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mustaqillik adabiyoti
Boʻlimlar
   - Hajv
Mualliflar
   - Habib Siddiq
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hajviyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/26
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Qaytgan duo (hajviya)
Habib Siddiq

Bahodirjon degan hazilkash ulfatimiz bor. «Eshon aka» deb hazillashib yuramiz. Bir gal paxta yigʻim-terimiga chiqishganda brigada boshligʻi depti:
— Mana shu traktorchimiz ja-a yaxshi yigit-u, kelin bilan oralari chatoq boʻlib qolib, sal xafa boʻlib yuripti-da. Eshon aka, bir duo qiling, zora kelinning koʻngli ilib...
— Quruqdan-quruq qanday boʻlarkan?..
— E-e, Eshon aka, ertaga eriydi-da!

Bahodirjon uzundan uzoq duo qilibdi. Traktorchi xursand boʻlib ketibdi-yu, ertasiga qovoq-tumshugʻi osilib qaytib kelibdi.
— E-e, duoyingiz oʻtmas ekan...
— Siz mendan xafa boʻlmang, — debdi Bahodirjon quvlik bilan, — oʻzim ham kechasi bilan uxlolmay chiqdim.
— Nega?..
— Yigirma yil avval olamdan oʻtgan otam tushimga kirib, «Shu yoshga kirib ham aqling kirmadimi, nega aytganimni qilmaysan. Mana, qilgan duoying egasiga borib qaytib keldi», dedilar.
— Rostdan-a?
— Ha-da!.. «Qaysi gapingizni bajarmadim, dada», desam:

— Bolam, nasiyaga duo qilmagin, degandim-ku, — deydilar-a.