OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Hakima al-Harbiy. Ozodlik (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHakima al-Harbiy
Asar nomiOzodlik (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Arab adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Hakima al-Harbiy
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonMurtazo Saydumarov (Arab tilidan)
Hajm1KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Ozodlik (hikoya)
Hakima al-Harbiy

U katta darvoza oldida qaddini rostladi. Darvozaning ikki tomonida bahaybat-bahaybat ikki kishi turar, ularning vajohati nihoyatda gʻazabli edi.

U qoʻllarini siltab, barmoqlarini oʻynatdi, qoʻllarining kishanband emasligiga, orqasiga qarab oʻzining ozod ekanligiga va uni endi hech kim ushlab turmayotganligiga ishonch hosil qilishga urinib koʻrdi. Soʻng olgʻa qarab qadam tashladi. Uning koʻzlari bugungi yorugʻ, ozod quyoshning yondiruvchi nurlari bilan toʻqnashdi.

Avvalgidan yanada kuchliroq boʻlgan quyosh nurlarini toʻsish uchun qoʻlini peshonasiga qoʻydi. Orqasidan mash’um qoʻl choʻzilib kelib, tomogʻidan boʻgʻib, kunduzsiz tuncha, zimistonga qaytarishlaridan qoʻrqib, shamolga qarama-qarshi jadal odimladi.

Ozodlik sevinchi va hurriyat quyoshi qadrdon oilasi va farzandlarini esga soldi. U ortga qaramas, olgʻa, faqat olgʻa odim tashlar edi.

Koʻzlari ham nadomatdan, ham chin ozodlik sevinchidan chaqnar edi.