OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Haziniy. Tasadduq yo Rasululloh
 
Asarga baho bering

1 / 5 (1ta baho berilgan)


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHaziniy
Asar nomiTasadduq yo Rasululloh
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Oʻzbek/mumtoz adabiyoti
Boʻlimlar
   - Lirika
Mualliflar
   - Haziniy
Uslub
   - She’riyat
Shakl
   - Gʻazallar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
Hajm62KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2012/12/10
Manbahttp://forum.ziyouz.com/ind...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tasadduq yo Rasululloh
Haziniy

Soʻzboshi

Shoirning ismi sharifi Ziyovuddin boʻlib, otasining nomi Kattaxoʻjadir. Boʻlajak shoir 1867 yil iyunь oyida Fargʻona viloyatining Kenagas qishlogʻida ziyoli-dehqon oilasida dunyoga keladi. U boshlangʻich ma’lumotni otasidan olgan. Soʻng mutolaa yoʻli bilan koʻp bilim hosil qilib, fazlu, kamolatga erishgan. Haziniy dehqonchilik kasbi bilan shugʻullangan, Hozirgi Bagʻdod tumanidagi Chopdor qishlogʻidagi qumlik yerlarni oʻzlashtirgan, mevali daraxtlar ektirib, bogʻ yaratgan, katta hovuz kavlatgan, tegirmon va boshqa binolar qurdirgan.

Xaziniy ijodi xaqida uquvchiga ma’lum tasavvur beruvchi «Bayozi Haziniy» [«Haziniy bayozi»] Toshkentda uch marta chop etilgan. Dastlab xijriy 1328 milodiy 1910 yilda Toshkent shahrida «Matbaai Gʻulomiy»da nashr etilgan she’riy majmuasining unvon varagʻida shunday deyilgan: «Alhamdulillah va-l minnaki, ushbu kitobi mustatob [yoqimli]

saodat intisob [baxtiyorlikka mansub] bu ovoni fayziqtironda va zamoni farxatnishonda shoiri otashzabon, ayni Haziniy toʻra eshoni Xoʻqandiyning ash’orlaridan xoʻshachinlik qilib jam’ etilub, safxai ijodga namudor qilindi. Nechunkim, alhol ushbu xojaning abyotlari Fargʻona va Toshkend va gʻayri yerlarga maqbul va margʻubdur. Binobarin, tab’ va tamsiligʻa qoʻshish qilinub, nom qoʻyuldi «Bayozi Haziniy» maa ash’ori gʻaribai shuaro Digar va abyoti havodisi zilzilai Andijon deb. Muning sharigʻa sa’i baligʻ koʻrguzgon faqirul haqir, tojiri kutub Mirzo Ahmad binni Mirzo Karim mahrum».

«Bayozi Haziniy» hijriy 1329 (milodiy 1911) yilda shoirning yangi she’rlari bilan boyitilib ikkinchn marta nashr etildi. Uchinchi marta mazkur bayoz hijriy 1331 (milodiy 1913) yilda Toshkentda, O. A. Porsev matbaasida bosildi.

Mashhur hofizimiz mulla Toʻychixon Toshmuhammadxon oʻgʻlining qoʻshiqlaridan tuzilgan «Armugʻoni Hislat» (Toshkand, «matbaai Gʻulomiy», 1912 yil) bayoziga Haziniyning «Yo Hayot an-nabiy» radifli gʻazaliga Kamiy va mazkur bayoz kotibi Sirojiddin maxdum Shavkatning bogʻlagan muxammaslari, «Kel» radifli gʻazaliga Hislat bogʻlagan muxammas kiritilgan. Avvalgi ikki muxammasning «Hoʻqandcha xonish» ohangida, keyingisining «Dilxiroj» kuyida aytilishi uqtirilgan.

«Bayoz» maa «Gulshani ash’or» (Toshkand, 1913 yil) bayoziga shoirning gʻazali va muhammasi kiritilgan. Toshkandda nashr etilgan «Mahbubul-mahbub» bayoziga ham Fargʻona muzofotidan yetishgan shoirlar asarlari qatorida Haziniyning Hamza muxammas bogʻlagan gʻazali va Amoniy Araboniyning shoirning «Koshki» radifli gʻazaliga bogʻlagan muxammasi kiritilgan.

Shoir avlodlarining ta’kidlashlaricha, Haziniy oʻz she’rlariki jamlab devon tuzgan. Keyinchalik bu devon shoirning katta oʻgʻli Amakixonda saqlangan. 30-yillar oxiridagi qatogʻon paytida Amakixonni eshonlikda ayblab, uyini tintuv qilib, otasining devoni olib ketilgan, oʻzini qamashgan. Bu nodir devonni izlash hozirga qadar natija bergani yoʻq.

Taassuflarkim, ulugʻ qadriyatlarimizdan sanalmish oʻtmish adabiyotimizga sinfiy, partiyaviy nuqtai nazardan qaralgan vaqtlarda, koʻhna va boy adabiyotimiziing koʻplab namoyandalari sun’iy ravishda «ilgʻor» va «reaksion» guruhlarga boʻlib, noxolis baholandi... Turkiy xalqlarning faxri, faylasuf shoir, mutafakkir «sultonul orifin» (oriflar sultoni), «qutbi millat vaddin» («millat va dinning qutbi») Xoʻja Yassaviy hazratdan tortib bu zoti bobarakotning izdoshlari Soʻfi Olloyor, Majzubi Namangoniy, Qoriy, Muhyi, Azimiy, Jaloliy, Haziniy Hoʻqandiy kabi oʻnlab shoirlarimiznpng purhikmat asarlaridan xalqimiz yaqin yillargacha mahrum boʻlib keldi.

Ming shukrkim, mustaqillik va ozodlik sharofati tufayli oʻtmish madaniy-adabiy merosimizni xolis oʻrganish, bor haqiqatni aytish imkoniyatiga ega boʻldik.

Haznniy an’anaviy ishqiy gʻazallar yozish bilan birga tasavvuf ruhida ham asarlar yozgan. Uning ijodiy xazinasining ma’lum bir qismini Qur’on oyatlari hamda Muhammad alayhissalom hadislariga da’vat qiluvchi asarlar tashkil qiladiki, bu xususiyat shoirga islomiy nuqtai nazardan ham alohida e’tibor koʻrsatilmogʻini taqozo etadi.

Biz ushbu toʻplamga Haziniyning har uchala toshbosma bayozidan, Gʻafur Gʻulom nomidagi Fargʻona viloyati muzeyi jamgʻarmasidagi 45, 4312-raqamli qoʻlyozma bayozlardan va boshqa manbaalardan 961 misradan iborat 49 ta she’rini aniqlab, kiritdik. Toʻplam an’anaviy devon tartibida tuzildiki, niyatimiz kitobxon mutoalasini ravonlashtirish edi. Albatta, ushbu majmua dastlabki tajriba boʻlganligi uchun ayrim nuqsonlardan xoli boʻlmasligi tabiiydir. Buning uchun uzr soʻrab, toʻplam haqidagi fikr-mulohazalaringizni mamnuniyat bilan qabul etishimizni bildiramiz.

Ahmad Madaminov, filologiya fanlari nomzodi

Gʻazallar

Jahoni bevafodin oxiri bir kun ketar bordur,
Bu dunyo bir rabot, har kim qoʻnub bir-bir oʻtar bordur.
Ishonma bogʻu rogʻing, molu mulku taxtu baxtingga,
Quyoshdin ibrat olgʻil, turmayin oxir botar bordur.
Agar ming yil umr koʻrsang, jahongʻa podsho boʻlsang,
Boʻlub xoki mazallat, goʻr arosida yotar bordur.
Ibodat aylagʻil tangrigʻa doim, uxlamay tunlar,
Imoningni salomat eltgali necha xatar bordur.
Yigitlik davrini surgil, qarib toat qilursan deb,
Savobinggʻa xudo muhtoj emas, deb oʻrgatar bordur.
Haziniy, bandalikda, bas yurursan bexabar, gʻofil,
«Kiroman kotibayn»kim xayru sharringni bitar bordur.
* * *
Istasa har kim xudoni, koʻngli vayrondin topar,
Tun saharlarda va yo ul chashmi giryondin topar.
Layli Majnundin xabar olmoqni qilsa muddao,
Oshiqi sargashtani oh ila afgʻondin topar.
Ketti Baytullogʻa Adham taxtu baxtidin kechib,
Jomayi paymonasin sahroda choʻpondin topar.
Yusufim deb yigʻlar erdi, baytul-ahzonda mudom,
Ya’qub oʻgʻlini soʻrab gar Misri sultondin topar.
Oqilu donoda yoʻqtur zarracha ayshu huzur,
Bu jahon nash’u namosin soʻrsa, nodondin topar.
Suhbati Hizri nabini qilsa har kim orzu,
Misli ul Muso Kalimdek obi hayvondin topar.
Yor vasli quflini gar istasa miftohini,
Justujoʻ qilsa kishi, albatta hijrondin topar.
Misli ul Vaysul-Qaran choʻllarda tutmishman vatan,
Istasa har kim Haziniyni registondin topar.
* * *
Sano aytib xudogʻa andalib soʻyi chaman yigʻlar,
Qayerda joyi maxfiy boʻlsa, ul aylab vatan yigʻlar.
Judo boʻlsa kishikim Yusufidin piri Kan’ondek,
Firoq oʻtigʻa oʻrtab, sokini baytul-hazan yigʻlar.
Jahondin ketti Yahyo giryadin toʻxtatmayin koʻzni,
Biyobonda misoli haqni deb, Vaysul-Qaran yigʻlar.
Rizo boʻlsa oʻshal Ayyubi sobirdek balosiga,
Ado aylab vujudin kirmga, majruh badan yigʻlar.
Ki «Va-l yabku kasiran» ma’nisini oʻylagan odam
Hayoti ichra kulmay, barchadin tarki vatan yigʻlar.
Yaratgan xoliqidin oʻzgasini suymasa har kim,
Xudodin harna kelsa, misli ul dashti mihan yigʻlar.
Tiriklikda, Haziniy, har kishi fikrini qilmabdur,
Agar oʻlsa, ani holigʻa goʻr ichra kafan yigʻlar.
* * *
Necha donolarni nodon ayladi ishqi majoz,
Yorni koʻyida sarson ayladi ishqi majoz.
Har kishi Majnun boʻlub, Laylini gar qilsa talab,
Maskanin dashtu biyobon ayladi ishqi majoz.
Tesha urdi Qoʻhkan Shirinni hajrida mudom,
Va’dayi vaslida bejon ayladi ishqi majoz.
Tohiri gʻurbatkashida oʻldi Zuhro koʻyida,
Yori ruxsorin qizil qon ayladi ishqi majoz.
Shayxi San’ondek dilini boʻynigʻa zunnor osib,
Hukmi tarsobacha xukbon ayladi ishqi majoz.
Yusufim deb yigʻlatib Ya’qubni qirq yilgʻacha,
Manzilini baytul-ahgon ayladi ishqi majoz.
Hosil etmasdin Zulayho matlabin jononidin,
Oxiri zindoni boʻhton ayladi ishqi majoz.
Ey Haziniy, mavlaviy Jomiy bilan Hamdamni koʻr,
Ul Xusayn Mirzoni tugʻyon ayladi ishqi majoz.
* * *
Gunahga tavba aylab, emdi toat qilmasam boʻlmas,
Xatoyu ma’siyatlarga nadomat qilmasam boʻlmas.
Abas oʻtti yigitlik, sad darigʻo, bexabarlikda,
Gʻanimatdur, tiriklikda ibodat qilmasam boʻlmas.
Na yuz birla borurmiz tuhfasiz haq qoshigʻa fardo,
Hayotim boricha emdi, ibodat qilmasam boʻlmas.
Sulukim — Qodiriya, rahbarimdur piri pironim,
Saharlar zikri ollohuni odat qilmasam boʻlmas.
Yurub nafsim uchun shul vaqtqacha, toatni tark ettim,
Qanoat shahrigʻa borib, tijorat dilmasam boʻlmas.
Fujuru fisqu isyonim xaloyiqlar aro shuhrat,
Madina, Makkatulloni ziyorat qilmasam boʻlmas.
Egosiz it kabi umrum oʻtubdur darbadarlikda,
Haziniy ixtiyori emdi, hijrat qilmayeam boʻlmas.
* * *
Kimda dard yoʻqtur, biling, hargiz davoni istamas,
Koʻrsa Luqmonni agar, andin shifoni istamas.
Tushsa har kimni diligʻa zarraye ishq oʻtidin,
Tark etar hoyu havas, gʻayr az xudoni istamas.
Haq rasulning payravida boʻlmasa, ummat demang,
Roʻzi mahsharda shafoat Mustafoni istamas.
Adligʻa zabt ayladi vaqti xalofatda Umar,
«Jomi’ al-Qur’on» oʻshal koni hayoni istamas.
Ul Alisheri xudo Duldulsuvori lofato,
Shahsuvori arsayi Xaybarkushoni istamas.
Haq kanizi erdilar, Zahro oʻshal oliynasab,
Mustafoni qizlari Xayrunnisoni istamas.
Bul Haziniy koʻnglida ixlosi ul mayxonadin,
Doʻzax oʻtigʻa ushandogʻ mubtaloni istamas.
* * *
Oʻylasam, mahbubima olamda jonon oʻxshamas,
Jannat ichra huru gʻulmon, balki rizvon oʻxshamas.
Bir ajab ma’shuqaye monandi yoʻqtur, benazir,
Ehtimoli bor, Yusufdin boʻlak jon oʻxshamas.
Ul zamonlar chashmi Majnun birla koʻrmas Laylini,
Zarra tushsa ishq, koʻz yoshigʻa boron oʻxshamas.
Har nechuk dardu alamdin yor savdosi muhol,
Marhami yorin visoli, boshqa darmon oʻxshamas.
Musiqiy minqori qumri, andalib savtin netay,
Nola qilsa nagʻmayi Dovudi xushvon oʻxshamas.
Naylaram, dardu alam tortmoqdin oʻzga chora yoʻq,
To Haziniy, topmasam vasfini, devon oʻxshamas.
* * *
Qayu jonlik jahongʻa kelsa, oxir oʻlmayin qolmas,
Tiriklikda xaloyiq bir-biri qadrini bilmas.
Ajab motamsaro dunyo erur, poyoni yuq, bilsam
Ki, san dunyogʻa magʻrur oʻlmagʻil, hargiz vafo qilmas.
Ayogʻing ostigʻa boqgʻil, hamma yer ichra pinhondur,
Manam shundek boʻlurman, deb sani parvoyinga kelmas.
Lahad ichra yotursan, yozu qish oʻtgonini bilmay,
Ugʻul-qiz, yoru doʻsting bir kelib sandin xabar olmas.
San oʻlgan soʻng hama farzandlaring molingni olgʻaylar,
Sani holing nechuk kechgay qaro yerda, bular bilmas.
Oʻlum yoshu qari, shohu gadolargʻa barobardur,
Biling, jon olgʻuchi elni nazarga zarracha ilmas.
Bu besh kunlik umrgʻa joyu manzil ham kerakmasdur,
Oʻlumni oʻylagan odam bu dunyoga nazar solmas.
Jahannam otashini, goʻr azobin oʻylagan odam
Sirotul-mustaqimdin oʻtmaguncha yigʻlagay, kulmas.
Haziniy, oxiratga har kishi imon bilan borsa,
Oʻshal yerda ani san anglagil, oʻlgan bila oʻlmas.
* * *
Bu oʻtar dunyoga, doʻstlar, bogʻu boʻstoning gʻalat,
Barchani tashlab ketarsan, koʻshku ayvoning gʻalat.
Har kishi dunyogʻa keldi, oxiri bir kun ketar,
Toat etmay doimo behuda yurgoning gʻalat.
Oʻylagilkim, kettilar deb jumlai xeshu tabor,
Bir kuni san ham ketarsan, munda turgoning gʻalat.
Anglagil, shohu gadolarga barobardur oʻlum,
Qil safar asbobini, behuda yurgoningʻ gʻalat.
Toʻsha olmasdin borur boʻlsang xudoni oldigʻa,
Tuhfa kelturdingmu, deb soʻrgonda armoning gʻalat.
Ey Haziniy, bu nasihatga kishi solsa quloq,
Muddaiylar sanga aytur, harna aygʻoning gʻalat.
* * *
Qoʻydi ham koʻksum aro yuz ming jafolarni firoq,
Ajratib bizdin yana koʻp oshnolarni firoq.
Vodarigʻo, hasrato, ketti hama ahboblar,
Ham judo etti yana xesh-aqrabolarni firoq.
Lof urub, olam — mani mulkum, degan shahlar qani?
Qoʻymagay oxir, biling, shohu gadolarni firoq.
Dardigʻa topmay davo, ketti Falotundek hakim,
Oldi yer qoʻynngʻa koʻp aqli rasolarni firoq.
Ahmadi Muxtor kettilar jahondin, doʻstlar,
Yuz yigirma toʻrt ming ham avliyolarni firoq.
Shoh boʻl, xohi gado, dunyo vafo qilmas sango,
Barchamizni qoʻymagʻay ham rahnamolarni firoq.
Ey yoronlar, bilsangiz, dunyo erur qoʻhna rabot,
Xotun, erkak qoʻymagay ham yosh balolarni firoq.
Xonaqoda oʻlturub zikr aylagan shayxlar qani?
Jonini oldi, biling, koʻp avliyolarni firoq.
Naqdi umringni dilingga olgucha toatda boʻl,
Ey Haziniy, aytasan zikru sanolarnn firoq.
* * *
Baytul-ahzonim sori Yusuf kabi zebocha kel,
Sabzalarnn yashnatib, gulzor aro ra’nocha kel.
Misli Majnundek biyobonlarda yursam oh urub,
Holi zorimni koʻrub, lutf aylabon Laylocha kel.
Ostoning yostonib yotsam, oʻshal Vomiq kabi,
Chun tagʻoful aylamay, har damda bir Uzrocha kel.
Ham chunon Farhod kabi togʻlarni kezsam necha yil,
Misli Shirin qoʻlida bir xanjari burrocha kel.
Ehtiyot aylab oʻzing, el koʻzidin pnnhon qilib,
Bilmasun ul shum raqiblar, qilmayin ifshocha kel.
Xoh qishloq, xoh shaharda, mayli, yursang toʻffilik,
Kechasi kokul solib, bazm aylashib, durrocha kel.
* * *
Qomatingni koʻrsatib, yor etdingu rahm etmading,
Man gʻaribga suhbating bor etdingu rahm etmading.
Va’dalar aylab deding, doim sango aylay vafo,
Ahdu paymon sindurub, xor etdingu rahm etmading.
Dildagi hasratlarimni aytmoqa hamdard yoʻq,
Manga muncha jabr ila kor etdingu rahm etmading.
Ibtidoiy koʻrganimda iltifot etmay, yana
Chulgʻamoqgʻa ankabut, tor etdingu rahm etmading.
Necha muddat oshnolikni bajo aylab, yana
Emdilikda na sabab? Zor etdingu rahm etmading.
Dor aylab Mansuri Xallojdek osturmoqa,
Bu judolik rishtasin, dor etdingu rahm etmading.
Nuqtadonlar toki bilsun deb Haziniy hasratin,
Ahli donish maskanin, tor etdingu rahm etmading.
* * *
Tovus kabi mahvash, mastona xiromon qil,
Raftoring aro jilvang et, barchani hayron qil.
Vaslingni umidida yursun hama qon yigʻlab,
Har va’daye vaslinga furqat ila hijron qil.
Xavf ila farogʻat yoʻq, oʻylab, oʻyima yetmay,
Arzimni bayoni aylay, bu mushkilim oson qil.
Ul qaddi nihol uzra zebo iki noringdin
Kim, oning talabgori, jononinga ehson qil.
Noz ila tagʻofulni tark et, bu Haziniygʻa,
Bir kecha visolingga, ho, bir, uka, mehmon qil.
* * *
Xalildek otashi Namrudga kirsam, oʻlsa gulzorim,
Himoyat aylagay xoliq, oʻzi boʻlsa xaridorim.
Chiqibon koʻhi Turga, «rabbano» deb man sado qilsam,
Nidoyi «lantaro»nikim mango yetkur Sattorim.
Boshimgʻa arra qoʻysa, Zikriyoni zikrini aytsam,
Xudogʻa ma’qul oʻlgʻaymu mani bu fe’lu atvorim.
Oʻshal Yahyo kabi choʻllar aro ohu navo qilsam,
Egamni dargahiga manzur oʻlgʻaymu mani zorim?
Vujudimgʻa tushub qurtlar oʻshal Ayyubi sobirdek,
Qazosigʻa rizo boʻlsam, mango rahm etsa Gʻafforim.
Kechibon taxtu baxtimdin oʻshal Ibrohim Adhamdek,
Chaqirgaymu gadolikka qiyomat kun talabgorim?
Firoqi Layli birlan yigʻlasam monandi Majnundek,
Kelib holimni soʻrganmu oʻshal kun joduvash yorim?
Iloho, Mustafoni hurmatidin kech gunohimni,
Haziniy osiyman, avf et, xatoga ketsa guftorim.
* * *
Mani majnun hamisha yor uchun xunobalar yuttum,
Boʻlub ovoralar, dildor uchun xunobalar yuttum.
Firoqida oʻtub umrum, muyassar boʻlmadi aslo,
Hama mehnatlarim bekor uchun xunobalar yuttum.
Boʻlub Majnunga monand, dashtu sahroda chekib gʻurbat,
Visoli Layligʻa man zor uchun xunobalar yuttum.
Qalam yozgan ekan, roʻzi azalda manga kulfatni
Ki taqdiri azalda, yor uchun xunobalar yuttum.
Mashomimgʻa yetushmas boʻyi rohat, turfa hayronman
Ilojin topmayin, hayron uchun xunobalar yuttum.
Bu olamgʻa kelib, bir lahza xurram boʻlmadi koʻnglum,
Falakni kulfati bisyor uchun xunobalar yuttum.
Gʻamu hasratlarimni fosh etay deb, ey birodarlar,
Haziniy, bir necha ash’or uchun xunobalar yuttum.
* * *
Xonqizu Chimyonda holo Toji birla Tojixon,
Balki olam nchra tanho Toji birla Tojixon.
Ul Qarovultepalik, Honqiz holo maskani,
Joʻra ul qoʻzigʻa uko, Toji birla Tojixon.
Lablari la’li Badaxshon, tishlari durri Adan,
Xushtakallumlikda goʻyo Toji birla Tojixon.
Qudrati bilan musavvir, ulki chekmish suvratin,
Dilrabolar ichra barno Toji birla Tojixon.
Bir ajab mahbubaye, ma’shuqalardin benazir,
Boʻlmagʻay yor muncha zebo, Toji birla Tojixon.
Koʻrsa zohidlar agar, taqvo yaqosin chok etib,
Solgusi boshiga savdo Toji birla Tojixon.
Qoshlarin koʻrgan kishi aylar gumon yangi hilol,
Ohubarra, chashmi shahlo Toji birla Tojixon.
Iqlimi Fargʻona Zuhrodin toparmish tarbiyat,
Bul sabab hamtosi Zuhro, Toji birla Tojixon.
Ota birlan onasi kim, qayda desa joyingiz,
Boʻlisi Oqilgʻa fuqro Toji.birla Tojixon.
Dilrabolar suhbatin toptum, aduvsiz topmadim,
Bul Hazinni qildi shaydo Toji birla Tojixon.
* * *
Qadrimga yetmas bir necha nodon,
Aylar jafolar bizlarga chandon.
Vola boʻlubman guldek yuziga,
Misoli bulbul qilurman afgʻon.
Lozim emasmu bizlarga shafqat,
Arzimni aytay, yorimni koʻrgon.
Dodimga yetsun ul shoʻxi zolim,
Boshigʻa tushsun, gar boʻlsa oson.
Ohim tutuni olamni tutgay,
Gar kelsa rahming, chiqmay turub jon.
Shod aylagaymu suygan qulini?
Boʻlgay raqiblar yer birla yakson.
Xam boʻldi qaddnm hasrat yukidin,
Bir yoʻqlamaydur kulfatga solgon.
El ichra boʻldum majnuni behud,
Kuydurgay ohim dashtu biyobon.
Nodonligʻimdin domigʻa tushtum,
Haziniy yangligʻ bormu adashgon.
* * *
Jahonda man kabi doʻstlar, zalilu xor boʻlgʻaymu,
Bu gʻam girdobida mandek dili afgor boʻlgʻaymu.
Davom hasrat aro qolgan, yana har kechayu kunduz,
Bu olam ichra mandek koʻzlari xunbor boʻlgʻaymu.
Man emdi qaysi bir dardimni elga aylayin izhor,
Tuganmas dardga qolgan bir maningdek zor boʻlgʻaymu,
Chunon gʻambodadurman, bir dam oromu qarorim yoʻq,
Bu koʻngul ovlagudek bir dili xushyor boʻlgʻaymu.
Falak boshimga soldi yuz tuman jabru jafolarni,
Qani, shul vaqtlarda sohibi asror boʻlgʻaymu.
Dilim boʻldi xarob, har lahza gʻam ham iztiroblardin,
Yurogim gʻilu gʻashdin yoʻq qilurga yor boʻlgaymu.
Agar yodimga tushsakim, boʻlurman misli Majnundek
Ki, bir Layli gʻamida man kabi bir xor boʻlgʻaymu.
Qilurman tun-saharlar toʻti yangligʻ ohu afgʻonlar,
Yuzum chun za’faron yangligʻ hamisha zor boʻlgʻaymu.
Xudovando, Haziniynnng gunohin magʻfirat aylab
Ki, doxil jannati «in tahtah al-anhor» boʻlgʻaymu.
* * *
Siz ani odam demang, koʻnglida himmat boʻlmasa,
Balki imoni xatarlik, anda gʻayrat boʻlmasa.
Kimki johildur, biling, hamdu sanoda xordur,
Moʻ’mini sodiq emas ul, tanda jur’at boʻlmasa.
Qoni boʻlsa qatra nayson gar, sadaf durr boʻlgʻusi,
Badnihode qolgusi, anda qanoat boʻlmasa.
Hotami Toy kofir erdi, kuymadi doʻzaxda, bil,
Kuydurur erdi egam, anda saxovat boʻlmasa?
Foniy dunyodin lahadga dastxoli bormagil,
Na qilur xoliq sani, tuhfang ibodat boʻlmasa?
Jon berar vaqtida shaytondin oʻzing qil ehtiyot,
Bandalik noming gʻalat, imon salomat boʻlmasa?
Xalq aro rasvo boʻlubman deb, Haziniy, gʻam yema,
Yetmagay hech kim salomatga, malomat boʻlmasa?
* * *
Hijron oʻtigʻa bagʻrim soʻzona tong otquncha,
Urtab yuragim, jismim biryona tong otquncha.
Man Vomiq-u Uzro — san, vaslingga yetolmasdin
Har kecha qarorgohim ostona tong otquncha.
Rahm ayla bu holimgʻa, ey koʻzlari xumorim,
Hajringda bu koʻngullar vayrona tong otquncha,
Hech kimgʻa deyolmasman bu arz ila holimni,
Qongʻa jigarim toʻldi giryona tong otquncha.
Xilvatda agar koʻrsam, sirrimni bayon aylab,
San birla boʻlay anda hamxona tong otquncha.
Axshomda jamolingni sham’ini munavvar qil,
Aytay sanga holimni, parvona tong otquncha.
Naylayki, ilojim yoʻq, har koʻchada yigʻlarman,
Tor oʻldi Haziniygʻa Fargʻona tong otquncha.
* * *
Ey banda, xudo yoʻlida toatni unutma,
Roʻzu shabu har lahza, ibodatni unutma.
Jon boricha izlab, tunu kun haqni rizosin,
Albatta, birodar, bu nasihatni unutma.
Bu foniy jahon ayshigʻa magʻrur boʻlubsan,
Diydori xudo birla u jannatni unutma.
Ming yil yashasang, oxiri bir kun oʻladursan,
Oxir boʻlasan, xoki mazallatdga unutma.
Hech kimgʻa vafo qilmadi, dunyoni bilursan,
Sango keladurgon u kun, navbatni unutma.
Ey odamiyzod, aslingu nasling sani tufroq,
Yalgʻuz yotar birla qiyomatni unutma.
Shukr ayla, Haziniy, sani olamgʻa kelturdi,
In’omi xudo, rizq ila ne’matni unutma.
* * *
Umidim shul qiyomatda, shafoat osiy ummatga,
Ushal roʻzi alomatda, shafoat osiy ummatga.
Lahaddin bosh koʻtargay, avvalinu oxirin ul kun,
Turar barcha nadomatda, shafoat osiy ummatga.
Hama goʻr boshida yigʻlab, kafan boʻynida oʻlturgay,
Oshib vahmi nihoyatda, shafoat osiy ummatga.
Maloik odam oʻgʻlini soʻrar sahroyi mahsharga,
Turarlar anda hasratda, shafoat osiy ummatga.
Tarozugʻa solib a’molimizni, anda koʻrsatgay,
Qolib vahmu xijolatda, shafoat osiy ummatga.
Xudo qozi boʻlub, soʻrsaki bizdin neku badlikni,
Turub taxti adolatda, shafoat osiy ummatga.
Haziniy, shukr qilsa har kishi, Ahmadga ummatdur,
Jahim ahli shaqovatda, shafoat osiy ummatga.
* * *
Xudoni yodi birla yigʻlagil shomu saharlarda,
Yaqongni chok etib, san yigʻlagil shomu saharlarda.
Figʻon aylab, gunohing vahmidin qoʻrqub, nadomat qil,
Alam oʻtigʻa bagʻring dogʻlagil shomu saharlarda.
Ayo tolib, oʻzingni tashlagil haqni rizosigʻa,
Riyozat poʻtasini bogʻlagil shomu saharlarda.
Ayo, ey bexabar odam, oʻlumni yod qilmassan,
Ketib xeshu taboring, oʻylagil shomu saharlarda.
Sirot ul-mustaqim otligʻ yoʻlungda bir xatar bordur,
Oʻtarni, ey birodar, koʻzlagil shomu saharlarda.
Jahannamni azobidin oʻzingni qutqaray desang,
Tilingni ma’siyatdin saqlagil shomu saharlarda.
Iki olam murodigʻa yetay deb orzu qilsang,
Haziniy, rohi Bagʻdod koʻzlagil shomu saharlarda.
* * *
Misli Majnui Laylidek devona boʻlsam koshki,
Yer uchun olam aro afsona boʻlsam koshki.
Dayr aro piri mugʻon, man telbaga sunsa sharob,
Bodanoʻshini, sokini mayxona boʻlsam koshki.
Jomi vahdatda muhabbat sharbatidin noʻsh etib,
Mast oʻlub. idrokdin begona boʻlsam koshki.
Shibliydek raqs aylasam har koʻchayu bozor aro,
Ishq oʻtigʻa oʻrtanib biryona boʻlsam koshki.
Mulku ashyodin kechib ketsam, yoronlar, benishon,
El koʻzidin bir yoʻli pinhona boʻlsam koshki.
Zarracha qilsa tajalli, tangri diydorin koʻroʻb,
Toqat etmay Turdek soʻzona boʻlsam koshki.
Kimki daryoyi muhabbatgʻa choʻmar, gʻavvosdur,
Man, Haziniy tolibi durdona boʻlsam koshki.
* * *
Ul shoʻxi sitamgarlar hajrida ado qildi,
Hasrat yukini ortti. qaddimni duto qildi.
Mugʻbacha sharobidin bir kosa toʻlo ichtnm,
Avvalda qilib bexud, aqlimni koʻto qildi.
Shibliyni koʻring, doʻstlar, noʻsh etti sharobidin,
Boshi qizishib, ul dam raqs ila simo qildi.
May ichsalar oshiqlar, zohid qiladur ta’na,
Mansur kabi orifgʻa yuz javru jafo qildi.
Ishq lashkari qasd etsa, holingni xarob aylar,
Adham kabi shahlarni oxirda gado qildi.
Ut ayla vujudingni ishqida samandardek,
Sham’ mavjigʻa parvona jonini fido qildi.
Rahm etmadi Yusufgʻa, Kan’onda nabi erdi,
Baytul-hazan etmoqgʻa Yusufni judo qildi.
Ilmingga havo qilma, toatga bino qoʻyma,
Koʻrdingmu takabburni, Shaytonni sivo qildi.
Bir boqishi-la mahvash, qalbimgʻa nazar soldi,
Sayqal beribon dilni, koʻnglumni safo qildi.
Botinda oʻlub erdim, zohirda tirik ammo,
Iso kelibon, Qum deb, haqqimgʻa duo qildi.
Dilxasta Haziniy, san har damda figʻon etma,
Boshingga bu savdoni albatta Xudo qildi.
* * *
Vafo qilmas jahon bizgaki, ul odam ato oʻtti,
Koʻring, ikki jahonni sarvari ul Mustafo oʻtti.
Kecha-kunduz rasulullohni oldidin judo boʻlmas
Abu Bakru Umar, Usmon, Aliyi Murtazo oʻtti.
Oʻlum changolidin oxir qutulmas jonu jonvarlar,
Nechukkim, ul Hasan birlan Husayni Karbalo oʻtti.
Jahondin anbiyoyu avliyo yigʻlab kecha-kunduz,
Oʻturmiz, deb oʻlumni vahmi birlan mubtalo oʻtti,
Oʻlumni dastidin, doʻstlar, yurak-bagʻrim kabob oʻldi,
Nechukkim, keldi navbat bizga, ul ota-ano oʻtti.
Koʻring, bu intizoru xastadil aylab Haziniyni,
Yurub der darbadar doimki, umri bebaho oʻtti.
* * *
Siza jon fido, yo hayot an-nabiy,
Qilay man gado, yo hayot an-nabiy.
Otingiz — Muhammad, rasuli xudo
Ki, siz Mustafo, yo hayot an-nabiy.
Ki, xayrul-bashar, sayyid al-mursalin,
Risolatpano, yo hayot an-nabiy.
Mani osiyni yetkurur ravzaga
Qachon ul xudo, yo hayot an-nabiy?
Tavof aylasam xonayi Ka’bani,
Budur muddao, yo hayot an-nabiy.
Qolay «Jannatul-Baqya» xokida man
Ki, yetsa qazo, yo hayot an-nabiy.
Hama ummatingiz umid aylashur
Ki, roʻzi jazo, yo hayot an-nabiy.
Haziniy duosi boʻlurmu qabul,
Bu gʻarqi guno, yo hayot an-nabiy?!

Murabba’lar

* * *
Mustafoga dunyo vafo qilmadi,
Zikriyoga dunyo vafo qilmadi,
Anbiyoga dunyo vafo qilmadi,
Avliyoga dunyo vafo qilmadi.
Abu Bakru Umar, Usmon, Alini,
Zuhra birlan Hasan, Husayn al valini,
Oldi ajal barcha mursal-nabini,
Murtazoga dunyo vafo qilmadi.
Qayon ketti oʻttuz uch ming sahoba
Kim, yuttilar hasrat birla xunoba,
Dunyo erur bir raboti xaroba,
Rahnomaga dunyo vafo qilmadi.
Gʻavsul A’zam avliyolar rahbari,
Ul Muhammad ummatini gʻamxori,-
Masihoga jon bagʻishlar guftori,
Muttaqoga dunyo vafo qilmadi.
Tohirni koʻr, Zuhroga dil bogʻladi,
Ishq oʻtigʻa yurak-bagʻrin dogʻladi,
Tigʻ ustida oʻlmoqligʻin chogʻladi,
Ul shahloga dunyo vafo qilmadi.
Ul Mavlaviy Jomiy bilan Hamdamim,
Mirzo Husayn der erdilar mahramim,
Bahrom aytur, dilu jon-Gulandomim,
Haziniyga dunyo vafo qilmadi.
* * *
Umid birlan kelibdurmiz ostonaga,
Nazar soling bagʻri kuygan devonaga,
Xonumonu molu jondin begonaga,
Shoh Jalil, Podshoh pirim, madad qiling.
Fargʻonaning tarbiyati sizdan ermish,
Har hojatmand murodini tilab kelmish,
Ziyoratga kelib, bunda yigʻlab turmish,
Shoh Jalil, Podshoh pirim, madad qiling.
Shafqat qiling har talabda kelganlarga,
Kelolmayin bemor boʻlub yotganlarga,
Nazar soling bir yoʻl kelib ketganlarga,
Shoh Jalil, Podshoh pirim, madad qiling.
Har kim kelsa ixlos birlan, navmid ketmas,
Umidim koʻp, shu bandaga gunoh bitmas,
Inshoolloh, ikki dunyo xor anlamas,
Shoh Jalil, Podshoh pirim, madad qiling.
Oʻz ismingiz xalq ichinda Shoh Jalil,
Olib kelgan sabza bargi bizga qalil,
Yozib kelgan risolangiz bizga dalil,
Shoh Jalil, Podshoh pirim, madad qiling.
Bobongizdur Madinada haq Mustafo,
Muttakongiz Usmon kabi koni hayo,
Haziniydur gʻulomingiz ojiz gado,
Shoh Jalil, Podshoh pirim, madad qiling.
* * *
Olam aro yozding ani shuhratin
Sanga yaqin kimki tutsa millatin
San suyarsan beshak ani ummatin,
Rahmatingdin bizni raho qilmagʻil.
Abu Bakru Umar, Usmon, Alini,
Soqiy etting kavsaringga Alini,
Bizga rahbar qilding shundogʻ nabini,
Hurmatidin bizga jazo qilmagʻil.
Hasan-Husayn, Xayrunniso hurmati,
Bandam degil, kull anbiyo hurmati,
Avliyoyi ahli rizo hurmati,
Haziniygʻa fardo jazo qilmagʻil.
Bir yor uchun tongla rasvo qilmagʻil,
Sharmandayi roʻzi jazo qilmagʻil,
Nomasiyah, vohasrato qilmagʻil,
Tongla safi qavmi tarso qilmagʻil.
Mustafoni bizgʻa qilding payambar,
Shafqatlari biz osiygʻa barobar,
Ummatlargʻa pushtu panohi mahshar,
Rasulingni bizdin judo qilmagʻil.

Muxammaslar

* * *
Ikki olamda erursiz osiylarga rahnamo,
Rahmatan-lil-olamin, deb koʻz tutar roʻzi jazo,
Qabringizda mavj urodur, rahmati nuri xudo,
Har kishi qilsa ziyorat, dardiga topgay davo,
Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.
Bir nazar qilgil mango.Odam safiyni hurmati,
Ham Halili bosafo, Nuhi nabini hurmati,
Ham Abu Bakru Umar, Usmon, Alini hurmati,
Yuz yigirma toʻrt ming oʻtgan nabini hurmati,
Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.
Tanda-jismimda imon, shoista qilgil tavbaga,
Ul umid birlan borib boshimni ursam ravzaga,
Hazrati Odam duosi boʻldi maqbul Ka’baga,
Oʻlmasidin bul Haziniykim, boribdur Baqyaga,
Ravzayi pokingga keldim, yo rasuli Mustafo.
* * *
Voy, xor oʻldi shariat, dinimiz boʻldi gʻarib,
Bu nechuk turfa alomat, dinimiz boʻldi gʻarib,
Ye yaqindurmu qiyomat? Dinimiz boʻldi gʻarib,
Koʻp rivoj oldi sharorat, dinimnz boʻldi gʻarib,
Barchadin ketti adolat, dinimiz boʻldi gʻarib.
Tavba denglar, ey birodarlar, turub shomu sabo,
Aylashib zoru tazarru’lar, tilang haqdin pano,
Doimo toat-ibodatda boʻlub, aylang duo,
Shoyad etsa rahm rabbim podshoh, bizlar gado,
Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz boʻldi gʻarib.
Xonaqoda zikri haq mone’, sharorat oshkor,
Barcha nokaslar hukumatda sayiddur, xoja xor,
Kimda dunyo boʻlsa, holo xalq ichra e’tibor,
Olimu shayxi zamon xilvatda yigʻlar zor-zor,
Jorii boʻlmasdin shariat, dinimiz boʻldi gʻarib.
Yaxshilarga sabr qilmakdin boʻlak yoʻqtur iloj,
Bu na mushkuldur, musulmonlar berur mushrikka boj,
Turmayin Fargʻona ichra emdi, Baytulloga qoch,
Jurm etib, qilmay nadomat, dinimiz boʻldi gʻarib,
Har qayonda boʻlsa, donolarni holo bagʻri qon,
Bu falak raftori kaj dastidin aylarlar figʻon,
Qoʻl yaqoda, tavba deb aylang .yana piru javon,
Bexabar turma, Haziniy, anqarib oxir zamon,
Vodarigʻo, bu na hikmat, dinimiz boʻldi gʻarib.
* * *
Mubtalolar nolasini tun sahar, yorim, eshit,
Kechalar hajring bilankim aylagan zorim eshnt,
Man nisor aylay yoʻlingda yoʻq ila borim, eshit,
Misli San’on bogʻlagʻon boʻynumda zunnorim, eshit,
Hasratingda yigʻlaram doim shabi torim, eshit.
YoSh toʻkarman koʻzlarimdin Nuhni toʻfonidek,
Misli Yahyodek biyobonda Shuayb choʻponidek,
Yusufim deb yigʻlasam chun Ya’qubi Qan’oniydek,
Avvalida qul boʻlub, ohir Misr sultonidek
Bir kaloba if bilan boʻlgan xaridorim, eshit.
Zikriyodek haq qazosigʻa rizo boʻlsammukin,
Misli Musodek xudoyimgʻa navo qilsammukin,
Balki Jirjisdek aduvlar dastida oʻlsammukin,
Necha oʻlturgon bilan oʻlmay, tirik tursammukin,
Shahrmu hoil, shahidin tortgon ozorim eshit.
Chilla oʻltursam nahangni batnida Yunusdek,
Ulmayin jannatga kirsam man oʻshal Idrisdek,
Shoh boʻlsam olamda Iskandaru Kovusdek,
Intizor etsam Sulaymongʻa yana Bilqisdek,
Osaf ibni Burxiyo kelgʻuncha xummorim, eshit.
Ul Safiyullohdek, yo rabbano, deb yigʻlasam,
Hazrati Ayyubdek haqnn rizosin koʻzlasam,
Yo Halilullohdek oʻgʻlumni qurbon aylasam,
Mustafodek Makkadin chiqsam, Madina koʻzlasam,
Bu Haziniy turmoqa bu yerda nochorim, eshit.
* * *
Bahaqqi Odamu Havvo, xudoyo, dinga quvvat ber,
Ayo, Sattori behamto, xudoyo, dinga quvvat ber,
Tufayli Idrisu Muso, xudoyo, dinga quvvat ber,
Erursan qodiri yakto, xudoyo, dinga quvvat ber
Ki, barcha sirridin ogoh, xudoyo, dinga quvvat ber.
Musallat aylading Nuhi nabini qavmiga toʻfon,
Nigin berding Sulaymongʻa, jahonda aylading sulton,
Gʻazab qildingki, boʻldi Lut qavmi lahzada yakson
Ki, harna aylamoqlik qudratingni oldida oson,
Oʻzingsan xoliqi ashyo, xudoyo, dinga quvvat ber.
Bahaqqi Yusufu Ya’qubi nobino tufaylidin,
Oʻshal Ayyubi dono, Zikriyo, Yahyo tufaylidin,
Duoni mustajab etgil raSululloh tufaylidin,
Qazogʻa rozilik bergan Zabihulloh tufaylidin
Ki, yo rab, hurmati Iso, xudoyo, dinga quvvat ber.
Karam aylab, nahangni batnida Yunusgʻa jo berding
Ki, qirq kun qudrating birla qanotdin gʻizo berding,
Xalilnn dushmanigʻa pashshayedin koʻp jazo berding,
Gʻazabni shu’lasi joʻsh urdi, qavmiga balo berding,
Murodim shulki, ma’budo, xudoyo, dinga quvvat ber.
Shafi’ qildim tamomi ruhi poki anbiyolarni,
Jahonda avvalu oxirda oʻtgan avliyolarni,
Habibing ummatimiz, hurmatidin kech gunolarni
Ki, rahmat etguchi Rahmon, qabul qilgʻil duolarni,
Haziniy arzi shul sango, xudoyo, dina quvvat ber.
* * *
Ul shariat mazhari roʻyi gʻubor oʻldi, darigʻ,
Ketti holo ravnaqi islom, xor oʻldi, darigʻ,
Qozilar hukmi, ajab, bee’tibor oʻldi, darigʻ,
Zikri haq mone’, sharorat oshkor, oʻldi, darigʻ,
Yaxshilarga turgali Fargʻona tor oʻldi, darigʻ.
Kimni imoni qaviy boʻlsa, oʻshal hijrat qilur,
Ul Madina shahriga borsam, debon niyat qilur,
Ravzayi paygʻambarimni oldida xizmat qilur,
Zindalikda oʻlmayin ul joyini jannat qilur,
Ba’ziga bormas bahona ravzaga oʻldi, darigʻ.
Mardu zan, yoshu qarida qolmadi sharmu hayo,
Bu sababdin boshimizga yogʻilur turluk balo,
Kim erur sohibhukumat, shevadur ango gʻizo,
Bebizoat xordur, izzatda holo agʻniyo,
Ba’zilar dunyo uchun dindin guzor oʻldi, darigʻ.
Dinimiz boʻldi gʻarib, bu xalq holo bexabar,
«Koʻp alomatlar boʻlub oʻtgay»,— dedi,— xayrul-bashar
Kim, hadisi Mustafo chun «Qulli yavmindur batar»,
Deb edi, «Ummatlarim dunyo uchun dinin sotar»,
Pul uchun mushriklara moʻ’min qaror oʻldi, darigʻ.
Tavba denglar, ey birodarlar, turub shomu sahar,
Qoʻl ochib qilsang duo, bergay xudo dinga zafar,
Na alomat, na qiyomat, necha yoʻl kuydi qamar,
Turma bu yerda, Haziniy, ravzaga qilgʻil safar,
Anqarib Dajjol xar uzra suvor oʻldi, darigʻ.
* * *
Tiyra dilimni ravshanisiz, roʻshno keling,
Aftodalarni soʻrgali bir, oshno, keling,
Holi tabohning qoshigʻa mushkilkusho keling,
Gʻurbatkashida qullara, ey dilkusho, keling,
Vaqti iyodatin soʻrab, kulbam kusho, keling,
Man tashnaman visolinga, san, yor, qaydasan?
Koʻnguldagi dardu gʻaming agʻyorga aytasan,
Utlik sharobini berib kuydursa, qaytasan?
Gʻurbatkashida qullara, ey dilkusho, keling,
Vaqti iyodatin soʻrab, kulbam kusho, keling.
Sabru qarorim qolmadi, yoʻlingda koʻz tutub,
Umrum ichinda doimo ishqing bilan oʻtub,
Tigʻi sitamlaring mani jonimgʻa qasd etub,
Gʻurbatkashida qullara, ey dilkusho, keling,
Vaqti iyodatin soʻrab, kulbam kusho, keling.
Zarra tarahhum etmading, ey shoʻxi pursitam,
Roʻzi azalda yozmishi chun kotibi qalam,
Yoʻqlamasang Haziniyni, yuz dardu ming alam,
Gʻurbatkashida qullara. ey dilkusho, keling,
Vaqti iyodatin soʻrab, kulbam kusho, keling.
* * *
Och yoʻlum, yo rab, Madina soriga qoʻysam qadam,
Ravzayi doʻstung tavofini manga qilgʻil karam,
Hujrayi Ahmadni ummatga qilibsan muhtaram,
Orzu aylab, hamisha yigʻlasam man dam-badam,
Koʻrmayin oʻlsam, ketar koʻksum aro ming dardu gʻam.
Avvalo qilsam iroda, sidqu ixlosim tuzib,
Ayshu ishratlar bilan hoyu havaslardin bezib,
Bu jahon nash’u namosidin taqi koʻngul uzib,
Ul habibing ishqida dashtu biyobonlar kezib,
Misli oʻlganlar kabi aylay vujudimni adam.
Xorlik tortsam biyobonlar aro Adham kabi
Kim, madadkorim boʻlub, yoʻl boshlasa ruhi nabi,
Ul Abu Bakru Umar, Usmon, madad qilsa Ali,
Roʻsiyah, sharmanda ummat, kel, desa hazrat mani,
Jumla armonim ketib, koʻksumda qolmasdur alam.
Avvalo yoʻlgʻa qadam qoʻygʻonda ehrom bogʻlayin,
Tavbalar aylab gunohimgʻa pushaymon aylayin,
Haj qilib, Mino borib turganda chandon yigʻlayin,
Muzdalifdin tosh otib, iblisni bagʻrin dogʻlayin,
Ul «Hajar asvad» ziyorotin qilib, kirsam haram.
Oʻlmayin yetsam, Madinaga borib, anda qolay,
To hayotim boricha yigʻlab yurib xizmat qilay,
Har kuni marqadlarini girdidin ming oʻrgulay,
Gar qazo yetsa, Haziniy, ostoningda oʻlay,
«Jannatul-baqya» zaminidin nasib etsa egam.
* * *
Yoronlar, aytayin arzimki, hayron qildi Rahmonjon,
Mani dogʻi bilan har joyda sarson qildi Rahmonjon,
Firoq oʻti bilan bagʻrimni biryon qildi Rahmonjon,
Mani aqlu hushim olib, parishon qildi Rahmonjon,
Shu dam bizni, birodar, chashmn giryon qildi Rahmonjon.
Tarahhum qilki, mahbubi xudoyimni vafosiga,
Oʻshandogʻ Mustafoni ummati baxti qarosiga,
Ilojim topmadim har dam yurogimni yarosiga,
Borurman qaygʻa emdi, doʻstlar, dardim davosiga,
Yaro boʻlgʻon yurogimni qaro qon qildi Rahmonjon.
Xudovando, mani qaroga mubtalo qilding,
Oʻshandogʻ nozaninga na sababdin oshno qilding,
Avvalda oshno aylabki, oxirda judo qilding,
Visoliga yeturmay, bul mani motamsaro qilding,
Koʻngulni shahrini buzdiki, vayron qildi Rahmonjon.
Koʻyingda xasta qul, bu chashmi giryoningga rahm etgil,
Yoʻlingda kecha-kunduz nola qilgʻoningga rahm etgil,
Qizil gul gʻunchasidek rangi soʻlgʻoningga rahm etgil,
Firoqingda oʻlub, yuz ming tirilgoningga rahm etgil,
Haziniyga jafolarniki chandon qildi Rahmonjon.
* * *
Kimki haqqa bandadur, farmonidin ayrilmasun,
Kecha-kunduz toati subhonidin ayrilmasun,
Barcha moʻ’min rahmati rahmonidin ayrilmasun,
Payravi Ahdam — shafoat konidin ayrilmasun,
Jon berarda gavhari imonidin ayrilmasun.
Haq taolo dedi doʻstim tun-sahar bedorni,
Va’da qildi onlara jannat ila diydorni,
Haq suyar, qilsa saxovat banda harna borin,
Rahmatidin benasib etgay chu dilozorii,
Tongla rohat istagan ehsonidin ayrilmasun.
Bu jahongʻa kim kelibdur, boʻlmasun baxti qaro,
Ushbu illatga kishini qilmasun haq mubtalo,
Bu kasal hargiz tuzolmas, dorusi yoʻq, bedavo,
Sud yoʻq, koʻkdin tushib Iso ango qilsa duo,
Rahmati haq doimo insonidin ayrilmasun.
Odam oʻgʻligʻa ajal kelguncha yurgay bexabar,
Oxiratni oʻylamas, koʻnglida yoʻq havfu xatar,
Moli dunyoni yngʻushturgan bilan tashlab ketar,
To qiyomat tongi otquncha hamon goʻrda yotar,
Hasrato birla oʻtub, xandonidin ayrilmasun.
Yoru doʻstu aqrabolardin judo qilgan firoq,
Hasratu anduh ilan qaddim duto qilgan firoq,
Barchani xoki mazallat ichra jo qilgan firoq,
Bir-biridin ajratib sohibazo qilgan firoq,
Bu Haziniy, doimo suygonidin ayrilmasun.
* * *
Nazar sol osiy ummatga, tasadduq, yo Rasululloh,
Hamisha kori gʻaflatga, tasadduq, yo Rasululloh,
Mani boshlang hidoyatga, tasadduq, yo Rasululloh,
Oʻshal mahsharda jannatga, tasadduq, yo Rasululloh,
Soling daryoyi rahmatga, tasadduq, yo Rasululloh.
Yigʻilsa avvalu oxir oʻshal sahroyi mahsharga,
Xaloyiq ergashurlar barchasi hodiyu rahbarga,
Tarahhum qil oʻshal soat bizningdek osiy, muztarga,
Borurmiz barcha tashna suv tilab soqiyi kavsarga,
Berar ahli saodatga, tasadduq, yo Rasululloh.
Xudo qozi boʻlub, tongla gunohimni hisob etgay,
«Hama bandam mani qoshimgʻa kelsun!» deb xitob etgay,
Muhammadga kimikim ummat ermastur, azob etgay,
Oʻshal kunni kishikim, oʻylasa doim, savob etgay,
Yetar ummat sharofatga, tasadduq, yo rasuluiloh.
Lahaddin bosh koʻtarganda hama vohasrato derlar,
Qiyomat shiddatidinkim hama vovaylato, derlar,
Hama ummatlaring yigʻlab yana yo Mustafo, derlar,
Muhammad sajdaga boshin qoʻyib, voummato, derlar,
Qolur ummat xijolatga, tasadduq, yo Rasululloh.
Tarozugʻa solur a’mol elini ul qiyomatda,
Gunohidin savobi koʻp esa, albatta rohatda,
Bihisht ichra kirar, huru qusur birlan farogʻatda,
Haziniy osiy ummat, saqlagil hifzu himoyatda,
Qilay jonimni hazratga tasadduq, yo Rasululloh.
* * *
Aqrabolar furqatinda tanda jonim oʻrtadi,
Balki bu jonimdin ortuq ustixonim oʻrtadi,
Bu jigar-bagʻrim kuyub, raglarda qonim oʻrtadi,
Chun firoqu hajrida ruhi ravonim oʻrtadi,
Sabr etib, man oh urub erdim, zabonim oʻrtadi.
Bu jahoni foniydin oʻtti yoronlar, vodarigʻ,
Jondin ortuq bir necha piru javonlar, vodarigʻ,
Yoru doʻstu hamnishin, xurdu kalonlar, vbdarigʻ,
Ketti qavm ila qarindosh ham eronlar, vodarigʻ,
Anbiyolar hajrida ohu figʻonim oʻrtadi.
Man alardin ayrilib, ey doʻstlar, devonaman,
Aqlu hushu fahm ila idrokdin begonaman,
Nolayu faryod qilib, man, naylayin, afsonaman,
Bir oʻzumdek ahli dardni topmayin hayronaman,
Yigʻlasam, ayb aylamanglar, xonumonim oʻrtadi.
Bu falakni koru bori, oʻylasam, javroʻ jafo,
Kulli jonliklarga, fikr et, qilmadi hargiz vafo,
Misli yoʻl ostida qolgan knmsaga motamsaro,
Bu raboti qoʻhnaga dil bogʻlamoq ayni xato,
Buzdi umrimni falak, andak zabonnm oʻrtadi.
Yoru doʻstu aqrabolardin judo qilgan firoq,
Jondin ortuq oshnolardin judo qilgan firoq,
Oshno, begonalardin ham judo qilgan, firoq,
Ajratib xeshu taborlardin judo qilgan firoq,
Naylayin, hajrida man, ruhi ravonim oʻrtadi.
Bu falakni jabridin hech yerga yetmas hasratim,
Shod boʻlmay bir nafas, kundin fuzun qabziyatim,
Dardu mehnat hamnishindur, ham jaholat ulfatim,
Qoʻhi gʻam, dard ichra, naylaykim, bukuldi qomatim,
Ey Haziniy, qaygʻulik naylay, jahonim oʻrtadi.
* * *
Fikr birla aylagil shafqat oʻlumdin ilgari,
Dargohiga aylagil xizmat oʻlumdin ilgari,
Jurm etgonnngga qil hasrat oʻlumdin ilgari,
Roʻzu shab tangriga qil toat oʻlumdnn ilgari,
Manzilingni aylagpl jannat oʻlumdin ilgari.
Jon amonatdur jasad ichra, gʻanimat — zindalik,
Tangriga purgirya boʻlgil, boʻlmagil koʻp xandalik,
Roʻzi mahsharda shaqovat xalq aro sharmandalik,
Haq taologa qilinglar zindalikda bandalik,
Yelga dining bermagil — gʻaflat, oʻlumdin ilgari.
Ey birodar, har kishi vaqti sahar bedordur,
Haq taolo, bil, oʻshandogʻ bandasiga yordur,
Toatimiz dilga jannat bilan diydordur,
Haq taoloni rizosi sanga koʻp darkordur,
Haq sani bandam desa, davlat, oʻlumdin ilgari.
Bu oʻlum haq barchamizga, oʻylagil, ey oshno,
Bil, nazar qilgʻil, qayon keti! tamomi anbiyo,
Bir nafas qoʻymas jahon ichra, agar yetsa qazo.
Hasrato birla ketarsan, mulku ashyo bevafo,
Ol goʻristonga borib ibrat oʻlumdin ilgari.
Pirga qoʻl ber boriyozat, ketmaynn ostonadin,
Pir misoli sham’i ravshan, ibrat ol parvonadin,
Yodi haq birla boʻlub, saqla tiling afsonadin,
Ket, Haziniy, ravzayi Ahmadga san Fargʻonadin,
Dam gʻanimat, aylagil hijrat oʻlumdin ilgari.
* * *
Kulli ashyoni egam qudrat bilan bor ayladi,
Bandalarga bir necha sun’ini izhor ayladi,
Ba’zini gumroh etib, ba’zini hushyor ayladi,
Necha mursallar etib, mushrikni inkor ayladi,
Kimki kim imoni yoʻqtur, doxili nor ayladi.
Odam oʻgʻlin yer yuziga nechasin sulton etib,
Davru davron surdirib, koʻngullarin xandon etib,
Bu oʻlumdin bexabar yurdi alar, javlon etib,
Taxtu baxtini ajal bir kun ani vayron etib,
Barchasin xoki mazallatga giriftor ayladi.
Ba’zisin qildi gʻaniy, bir nechani qildi gʻarib,
Dasti koʻtohlik bilan doim alar gʻamga qarib,
Bul jahondin oʻttilar javru jafolarni koʻrib,
Munda yigʻlab oʻtguchi rohat koʻrar anda, borib,
Bul jahonda yaxshilarni barisin xor ayladi.
Kim gʻarib boʻlsa agar, koʻnglida koʻp anduhu gʻam,
Doimo eldin yetar onlargʻa ham javru sitam
Kim, jarohatdur yurogi barisi, koʻrsa alam,
Bu falakdin boshiga kulfat yetodur dam-badam,
Kotibi qudrat ani gʻurbat bilan yor ayladi.
Aksari odamgʻa farzand bermadi hargiz xudo,
Ba’ziga bergonini qoʻymay yana oldi qazo,
Ona birla otasin qon yigʻlatib, qildi judo,
Ushbu illatgʻa kishini qilmasin hech mubtalo,
Ey Haziniy, ba’zini farzand uchun zor ayladi.
* * *
To yetim boʻlmay kishi, bilmas atoni qadrini,
Jonu dilda tarbiyat qilgʻon anoni qadrini,
Bilmagay hech kim ako birlan ukoni qadrini,
Bir necha xeshu taboru aqraboni qadrini,
Ajragay-bilgay ako birlan ukoni qadrini.
Tandurustlik lazzatin bemor boʻlganlar bilur,
Koʻp yotib, farzandlarigʻa xor boʻlganlar bilur,
Boshi yostiqda yotib afgor boʻlganlar bilur,
Parchaye non qadrini koʻp zor boʻlganlar bilur,
Qimki man-manlikda, bilmaydur gʻizoni qadrini.
Doʻstu dushman, har kishi, begona, xohi oshno,
Qochqusi boshingga mushkil tushsa, sandin bevafo,
San uchun ul bevafo ulfat qilurmu jon fido,
Doʻst qadrii bilmagay, boshigʻa .tushmasdin balo,
Qariyu a’mo boʻlub, bilgay asoni qadrini.
Qoʻlda moling borida begonalardin yor koʻp,
Davlating ketsa agar, dildordin agʻyor koʻp,
Ham qadimiy hamnishinlardin sango ozor koʻp,
Suhbatingdin ihtiroz aylab yana bezor koʻp,
Mardumi Fargʻona bilgay agʻniyoni qadrini.
Bul jahonda ba’zilarni ayladi tirnoqqa zor,
Ba’zilarga xoliqim farzand berdi beshumor,
Ba’zini qildi aziz, bir nechalarni qildi xor,
Harna qilsa holiqim, shukr aylagil layli nahor,
Bil, Haziniy, sidq ila shukri xudoni qadrini.
* * *
Imom ul dam turub, yigʻlab, Ilohim rabbano, deydi,
Muni «Nahnu qayemano»da mango yozgan xudo, deydi,
Eshitinglar, bilinglar bu soʻzimni, ey agʻo, deydi,
Bu yerni otini soʻrsam bu dashti Karbalo, deydi,
Husayn aydi, aziz jonim boʻlur munda judo, deydi.
Bu soʻzni eshitib, yigʻlashti anda barcha yoroni,
Eshitti elu avlodi, ulugʻ-kichik ham oʻgʻloni,
Bu yer ermish, ekandur odamini toʻkulur qoni,
Tong otquncha yigʻi birlan dedilar, voy, esiz joni,
Xudoyo, choramiz yoʻqtur, bu darda na davo? deydi.
Koʻrushub, yigʻladilar dam-badam bir-birlari birlan,
Rizolik tilashib har birlari koʻngullari birlan,
Qachon parvoni bor ahlu ayol, oʻgʻullary birlan,
Qiyomat shoʻrshpi boʻldi, hama oʻz-oʻzlari birlan,
Gumon yoʻqtur, ayo doʻstlar, hama kori xudo, deydi.
Vatandin ayrilib, emdi gʻariblik yoʻlida qoldim,
Ishimiz oʻng kelodur deb, valekin soʻlida qoldim,
Imom uchun, bilinglar, Karbaloni choʻlida qoldim,
Azalda bu ekan qismat, Yazidni qoʻlida qoldim,
Yigʻi qilmoq kerak, doʻstlar, hama kori xudo, deydi.
Tong otquncha alarni pshlari anda yngn boʻldi,
Iigʻi birlan tong otturdn, Haziniy, yuzlari soʻldi,
Vatandin ayrilib, barcha yuraklar gʻussaga toʻldi,
Qazogʻa rozi boʻldilar, atodin ilgari oʻldi,
Hama yoronlari yigʻlab, Husayi uchun xudo, deydi.
* * *
Ey yoronlar, gʻam bilan man xoru zor oʻldum, netay,
Boʻlmayin xurram, jahonda dilfigor oʻldum, netay,
Xasta, mahzunlikda qoldim, oshkor oʻldum, netay,
Dard tortmoqliqgʻa, doʻstlar, beqaror oʻldum, netay,
Dilraboni koʻrmoqa boʻldim xumor, oʻldum, netay.
Misli Majnundek firoqi Laylida ovoraman,
Qoʻhkan yangligʻ Shirinni hajrida dilporaman,
Ostoning yostonib Vomiq kabi bechoraman,
Hamchu Tohirkim qazoni dastida ovoraman,
Yorni vasligʻa yetmoqgʻa oʻlor oʻldum, netay.
Gʻamni zindonida qoldim, bormikin mango najot?
Shoyad ul bitgaymukin rahm aylabon, xatti barot,
Chiqmayin oʻlsam, fano chohida chun topsam vafot,
Shoh Xusayndek tashna boʻlsam, ichmayin obi Frot,
Shamr mal’un dastida qonim toʻkor oʻldum, netay.
Bormukin dunyoda hech kim man kabi gʻamga qarib,
Tah-batah qondur yurogim, bir kishi koʻrsa yorib,
Xasta holimni koʻrub, rahm etmadi hoziq tabib,
Dil yarosini ilojin qilmadi marham qoʻyib,
Gʻussa birlan oh urub, jondin guzor oʻldum, netay.
Misli Adham taxtu baxtim tashlabon ketsammukin,
Togʻu choʻllarni kezib, baytul-haram borsammukin,
Mustafoni ravzasini haj qilib kelsammukin,
Ostoning yostonib, gʻaflat qilib yotsammukin,
Xalq aro rasvo, Haziniy, sharmisor oʻldum, netay.

Musaddaslar

Gʻamguzore bul jahon, bir-bir ketarni oʻylasun,
Yurmasun yalgʻuz, kishi rohi xatarni oʻylasun,
Vaqti yetganda amonatni tutarni oʻylasun,
Bul qaro yer barchani bir-bir yutarni oʻylasun,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
Moli dunyoni yigʻushturgan bilan bir kun qolur,
Jon amonatdur kishiga, oxiri bir kun olur,
Koʻp xaloyiq mol uchun oʻzini kulfatga solur,
Har kishi dunyoga keldi, bilsangiz, oxir oʻlur,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
Anbiyoyu avliyolar oʻlmayin qolgoni yoʻq,
Qullu nafsin zoiqatul-mavtni bilgoni yoʻq,
Barcha ketganlar bu dunyoga taqi kelgoni yoʻq,
Qaysi soat jon berorini kishi-bilgoni yoʻq,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
Bandalik qilgʻil tiriklikda, gʻanimatdur nafas,
Kecha-kunduz yigʻlamoqni, ey birodar, qilma bas,
Ushbu dunyo ishlari, behudadur hoyu havas,
Jon misoli andalibdur, bu jasad misli qafas,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
Ushbu dunyodin guzar qildi oʻshal Odam ato,
Shish paygʻambar ila Nuhi nabi, vohasrato,
Ham yana Ibrohimu Ismoilu ham Zikriyo,
Mustafo ketti, Haziniy yigʻladi «vo ummato»,
Hasrato, vovaylato birlan ketarni oʻylasun,
Har kishi yer ostida yalgʻuz yotarni oʻylasun.
* * *
Koʻngulni, ey birodar, bogʻlama dunyoga, hijrat qil,
Tiriklik, bil gʻanimat, turmayin uqboga hijrat qil,
Bino qoʻyma imorat mulk ila ashyoga, hijrat qil,
Kechib, Fargʻona mulkini berib tarsoga, hijrat qil,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina — ravzayi poki rasululloga hijrat qil,
Tugandi emdi dunyo, ey birodarlar, boʻling ogoh,
Dari tavba yopilmay, ketma-sang holingga vovaylo,
Xuruji qoldi emdi Mahdiyu Dajjol ila Iso,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qnl,
Madina — ravzayi poki rasululloga hijrat qil.
Hama shugʻl ayladi holo zino birlan sharoratga,
Xudoga bandaman, derlar boʻyun sunmay ibodatga,
Kerak hijrat qilish paygʻambarim yotgan viloyatga,
Yaqin turmoq uchun yetgay qiyomatda shafoatga,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina — ravzayi poki rasululloga hijrat qil.
Saydu xoja, mullo, yaxshilarga zarra hurmat yoʻq,
Faqirlarning dilida zarracha sabru qanoat yoʻq
Ki, ustoz birla shogird ham muriddin pirga xizmat yoʻq,
Nechuk hikmat, Haziniy, xonzqolar ichra suhbat yoʻq,
Olib ahlu ayoling, emdi Baytulloga hijrat qil,
Madina—ravzayi poki rasululloga hijrat qil.
* * *
Gunohimni, xudoyo, roʻzi mahsharda hisob etma,
Juhudu gabru tarsolar qatorida azob etma,
Jahannam otashigʻa kuydurub, jismim kabob etma,
Sango qildim tazarru’, noumid aylab itob etma,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Tufayli hazrati Shohi Jalil — avlodi paygʻambar,
Abu Bakru Umar, Usmon, bahaqqi soqiyi kavsar,
Shafi’ qildim ikki shahzodani, qahr etmagil yaksar,
Gʻazab qilgʻaymukin bizlarni ham, chun barchamiz muztar,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Ki, sandin qoʻrqmayin bir necha odam haddidin oshti,
Ziroat oʻrnigʻa el ma’siyatlar tuxmini sochti,
Gunah daryosi mavj urdi, jahon ichra toʻlub toshti,
Balo boshigʻa kelgʻuncha xaloyiq turfa koʻp shoshti,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Xatosi haddin oshtiki, Lut qavmini yer yutti,
Ushal Nuhi nabini ummati toʻfon bila ketti,
Muhammad ummatigʻa bu alomat fe’lidin yetti,
Gunohi koʻpligidin xolnqim bu yerni tebratti,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Koʻrub mundogʻ alomatni, gʻaniylarda saxovat yoʻq,
Faqirlarni dilida zarracha sabru qanoat yoʻq,
Zamona shayxlarida xolisanlillah ibodat yoʻq,
Riyo toat qilur xalq ichra, xilvatda riyozat yoʻq,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkin Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Yaratting kulli ashyoni oʻzing bir «kof»u «nun» birlon
Ki, harna aylamoqligʻ qudratingni oldida oson,
Gʻazab qilsang, qilursan barchasini yer bila yakson
Ki, Sattor ul-uyub isming, shafi’ ettim bukun, Rahmon,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
Habibing hurmatidin ummatin kechgil gunosini,
Uzing avf etmasang, mushkul erur qilgʻon xatosini,
Talab qilgʻon gadoga dargahingdin muddaosini,
Xudovano, qabul etgil Haziniy iltijosini,
Uzing rahm aylagil, Fargʻonani zeri turob etma,
Bu dorul-mulkni Toshkand, Andijon yangligʻ xarob etma.
* * *
Bu foniy dunyodin jumla payambar ketti, kim qoldi,
Xususan ul Muhammad toji mahshar ketti, kim qoldi,
Shafoatxohimiz olamga sarvar ketti, kim qoldi,
Abu Bakru Umar, Usmonu Haydar ketti, kim qoldi,
Hasan birla Husayn xunin jigarlar ketti, kim qoldi,
Hama labtashnaga soqiyi kavsar ketti, kim qoldi.
Hamisha ostoni hazratimgʻa boshini urgan,
Tunu kun xizmat aylab, jonu dilni haqqa topshurgan,
Nabiynoni muborak yuzlarini doimo koʻrgan,
Rikob ushlab gʻazoda, Shohimardon yonida turgan,
Alini chokari, dunyoda Qanbar ketti, kim qoldi,
Ochibon bobi Xaybar, sheri safdar ketti, kim qoldi.
Koʻring Aflotuni olamni ilmin aylagan tasxir,
Arastu birla Suqrotu Sulaymon — shohi olamgir,
Hazoron umr koʻrgan Zolu Luqmon ketti beta’xir,
Ulumgʻa qilmadilar shuncha hikmatlar bila tadbir,
Dogʻi Noʻshiravon, Jamhuri Ozar ketti, kim qoldi,
Amir Hamza bila necha dilovar ketti, kim qoldi.
Asar bormu oʻshal Nuhi nabi, Ayyubi donodin,
Xudodin roz eshitgan qoʻhi Tur ustida Musodin,
Nafas ta’sir qilgʻon murdaga Iso — Masihodin,
Jahon, olamga shuhrat hazrati Yusuf, Zulayhodin,
Ushal Odam ato, Havvoyn modar ketti, kim qoldi,
Yana Rustam bila Doro, Skandar ketti, kim qoldi.
Ajal ilgida ketti, qolmadi ul shohi din Adham,
Chin oshiq erdilar Farhodu Shirin, Layli, Majnun ham,
Adam boʻlgʻay axiri hashr boʻlsa, oy bila kun ham,
Valekin neku badni qabr ichidin chiqmagʻay un ham,
Sahoba tobe’in Sultoni Sanjar ketti, kim qoldi,
Jahon gulzoridin gul to sanubar ketti, kim qoldi.
Yetib dastn ani Urganju Mavru toki Isfihon,
Olur boju xiroj Chin, Shomu Qobul toki Hindiston,
Farangu anglis ovozasidin qoʻrqushub soʻzon,
Qolurmu bu jahon ichra ajalni dastidin bir jon,
Shahanshohu salotin haftkishvar ketti, kim qoldi,
Buxoro mulkidin Sulton Muzaffar ketti, kim qoldi.
Qachon Fargʻonada xonlar elidin Mallaxon oʻldi,
Alardin soʻng qochib ba’zi, shariat, din yamon oʻldi,
Koʻringkim, bir-birini qatl etargʻa pahlavon boʻldi,
Haziniy, yaxshilar toqat qilolmay benishon boʻldi,
Alimquldek bahodur shohi lashkar ketti, kim qoldi,
Shahodat orzusin etgan askar ketti, kim qoldi.

Lugʻat Va Izohlar

Anqarib — yaqin boʻlish
Aduv — dushman
A’mo — koʻzi ojiz, koʻr
A’mol — amallar, ishlar
Agʻniyo — bonlar, birligi: gʻanny
Baytul-hazan— gʻam-hasrat uyi
Batn — qorin
Baqya — davomi, qolgani
Bebizoat — hech narsasiz, kambagʻal
Beta’xir — toʻxtamay
Behamto — yagona, yakka, oʻxshashi yoʻq
Va-l yabku kasiran — koʻp yigʻlasin [arabcha]
Gabr — otashparast, majusiy
Gisu — oʻrilgan soch, kokil
Dajjol — oxir zamonda paydo boʻladigan aldoqchi, firibgar shaxsning nomi
Dayr—1] butxona, 2] mayxona
Dilovar — botir, qahramon
Dorul-mulk— mamlakatning markaziy shahri, poytaxt
Duto — egʻilgan, bukilgan
Jahim—jahannam, doʻzax
Jomi vahdat — yakkayu yagona xudo
Jomi’ al-Qur’on — Qur’onni jamlovchi
Jurm — gunoh.
Zalil — xor, tuban, past
Zeri turob — tuproqning tagi
Zunnor — nasroniylar, zardushtiylar beliga.bogʻlab yuradigan ip [gʻayri musulmonlpk belgisi]
Iyodat — bemorni koʻrgani borish, kasaldan hol soʻrash
Ifsho — oshkor qilish, fosh qnlish
Ihtiroz — saqlanish, oʻzini chetga olish
Kavsar — bihisht [jannat]dagi buloqning nomi
Kiroman kotibayn — odamning yelkasida oʻtirib, uning yaxshi va yomon
ishlarini yozib boruvchi ikki farishtaga ishora
Kohil — sust, tanbal
«Kof»u «nun»— mazkur harflardan tarkib topgan arabcha «kun» [boʻl] soʻziga ishora
Kulli bani — hamma qavm, barcha odamlar
«Kullu nafsin zoiqatul-mavt» — har bir jon [nafs] oʻlim mazasini tortib koʻradi [arabcha]
Qoʻhkan — Farhodning laqabi
Laylu nahor — kechayu kunduz.
Mazhar— oshkor, namoyon boʻladigan joy
Marqad — mozor, qabr
Mashom — dimogʻ, burun
Ma’siyat — gunohkorlik
Mahshar — qiyomat.
Minqor — qushning tumshugʻi
Miftoh — kalit
Muddaiy — da’vo qiluvchi
Muzvar — majbur boʻlgan, nochor, noiloj
Musallat — gʻolib boʻlish, yengish
Mustafo — 1) tanlangan; 2) Muhammad alayhis-salomning laqablaridan biri
Muttako — suyanchiq
Mushkilkusho — mushkillarni yechuvchi
Mushrik—1) xudoning yagonaligiga ishonmaydigan odam; 2) butparast
Mugʻbacha— 1) mayfurushlik doʻkonining xizmatkori, shogirdi; 2) soqiy
Muhol — qiyin, imkondan tashqari
Nabiyno — paygʻambarimnz (arabcha)
Nayson — suryoniy oyining yettinchisi. Rivoyatga koʻra, goʻyo shu oyda yoqqan yomgʻir qatralaridan sadafda marvarid yigʻiladi, aprelь.
Nigin — uzuk, muhrli uzuk
Nibino — koʻzi ojiz
Obi hayvon — tiriklik suvi
Payrav — izdosh
Pashmina— 1) jundan toʻqnlgan mato. 2) chakmon
Piri Kan’on — Yusuf alayhis-salomning otasi Ya’qub alayhis-salomga ishora
Piri mugʻon—1) zardushtiy dinining peshvosi. 2) Mayxona egasi.
Pushtu panoh — sunchiq, homiy, madadkor
Poʻta, foʻta — belbogʻ
Rasul — paygʻambar, elchi
Rasululloh — ollohning elchisi, paygʻambar
Rahzan — yoʻltoʻsar, qaroqchi
Rahmatan lil-olamin — butun olamlarga rahmat qilib... (arabcha)
Raho qilmoq — qutqarmoq
Riyozan — mashaqqat
Rizvon — sakkiz bihishtning biri
Rikob — uzangi
Risolatpanoh — elchilik, paygʻambarlikniьt panohi, Muhammad alayhissalomning sifatlaridan biri
Registon— 1) qumlik joy, qumloq; 2) Fargʻona viloyati Bagʻdod nohiyasi Chopdor qishlogʻidagi joy
Roʻshno — nur, yorugʻlik
Savt—1) sado, ovoz; 2) qamchi
Sayyid al-mursalin — elchilarning siyyidi
Sattor—1) berkituvchi, yashiruvchi; 2) majoziy aybni berkituvchi, xudoning sifatlaridan biri
Safdar — botir, jasur
Sahoba — paygʻambar Muhammad alayhis-salomning hamsuhbatlari
Sivo — boshqa, boʻlak: (mosivo — hamma narsadan mahrum)
Sirotul-mustaqim — toʻgʻri yoʻl
Simo—1) qoʻshiq, xonish; 2) zavq-shavq holati
Taboh — xarob, vayron
Tajalli—1) jilva qilish, oshkor boʻlish, 2) ilohiy nur
Tarahhum — rahm qilish
Tariqat —1) yoʻl, mazhab, 2) tasavvuf ta’limoti boʻyicha haqqa yetishish yoʻlidagi ikkinchi bosqich.
Tasadduq — 1) sadaqa qilish, yaxshilik qilish, 2) kechirish, gunohidan oʻtish
Tasxir — qoʻlga kiritish, zabt etish
Tagʻoful — bilib-bilmaslikka solish
Toʻsha — oziq-ovqat, yoʻl ozigi
Uqbo — oxirat, narigi dunyo
Fujur — toʻgʻri yoʻldan ozish
Fuzun — ortiq, koʻp
Hayr ila sharr — yaxshilik bilan yomonlik
Xayrul-bashar — 1) odamlarning yaxshisi, 2) Muhammad alayhis-salomning laqablaridan biri
Xalofat — xalifalik, podsholik
Hatti barot — ozodlik xati, xalos boʻlish hujjati
Xukbon — toʻngʻiz boquvchi
Xushtakallum — shirinsoʻz
Chokar — xizmatkor
Sharorat — yomonlik
Shafi’ qilmoq — vositachi qilmoq
Shaqovat — baxtsizlik, qiyinchilik
Shahodat— 1) guvohlik, 2) shahid boʻlish, qurbon boʻlish
Shoyista — loyiq, munosib
Eron (eran) — er, mard
Ehrom — hajga boruvchilar kiyadigan oq libos
Yaksar— 1) tanho, yakka, 2) birdaniga, daf’atan
Qabziyat — qiyinchilik, mashaqqat
Qaviy — baquvvat, kuchli
Qalil — ozgina
Qobizul arvoh — Azronl
Qone’ (qoni’)— qanoat qiluvchi, rozi boʻluvchi
Kum — Tur (arabcha)
Gʻamboda — gʻamgin, gʻam yutgan
Gʻayr — boshqa, boʻlak; gʻayr az xudo — xudodan boshqa
Gʻalat — notoʻgʻri
Gʻaniy — boy, badavlat
Gʻizo — ovqat oziq
Gʻilu gʻash — parishonxotirlik, tashvishlannsh
Gʻino — boylik _
Gʻulom — qul
Gʻurbatkashida — gʻariblikni koʻrgan, musofirlik mashaqqatini tortgan
Hajarul-asvod — Saudiya Arabistonining Makka shahridagi muqaddas qora tosh
Hazoron (hazor) — ming
Dashr— 1) toʻplanish, yigʻilish, 2) qiyomat
Haftkishvar - yetti mamlakat
Hidoyat — toʻgʻri yoʻl koʻrsatish
Hijrat — koʻchish
Hifz— asraf, saqlash
Hodiy — toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi, rahbar
Hoziq — yaxshi biluvchi, oʻz hunarini yaxshi oʻzlashtirgan odam
Hotami Toy - saxiyligi bilan nom qozongan arab qabila boshliqlaridan biri.

Jugʻrofiy Va Kishi Nomlari

Adan—Yamanning janubida joylashgan shahar nomi
Baytullo — Makka shahrida Ka’ba ziyoratgohi
Bobil — Iroqdagi qadimiy shahar. Vavilon
Jannatul-Baqya — Saudiya Arabistonining Madina shahridagi joy.
Miyno — Arabistondagi bir togʻ
Muzdalifa — hajga borganlar Arofat togʻidan Miynoga qaytayotganda toʻxtaydigan joy
Tur — Arabistondagi togʻ
Xaybar — Madina bilan Damashq oʻrtasidagi voha va dovon nomi; 628 yilda paygʻambar Muhammad alayhis-salom zabt qilgan qal’a
Xonqiz, Chimyon — Fargʻona viloyati, Fargʻona nohiyasidagi qishloqlar Qarovultepa — Fargʻona viloyati, Bagʻdod nohiyasidagn qishloq
Abu Bakr — paygʻambar Muhammad alayhis-salomning eng yaqin sahobalaridan biri
Adham — mashhur balxlik Ibrohim Adham, laqabi Abu Ishoq, 777 yilda vafot etgan
Ayyub — islomdan avval oʻtgan paygʻambar, hamma azob-uqubatlarga bardosh bergani bilan nom qozongan
Ali — Muhammad alayhis-salomning kuyovlari
Alimqul — Qoʻqon xonining sarkardasi, chor askarlariga qarshi kurashda halok boʻlgan
Arastu — taniqli yunon faylasufi Aristotelь (eramizdan avvalgi 384—322- yillar)
Bilqis — Sulaymon paygʻambarning xotini
Vaysul Qaran — Shayx Uvays Qaraniy. Uvaysiya tariqatning asoschisi
Dovud — islomiyatdan avval oʻtgan paygʻambar. Sulaymon paygʻambarning otasi
Xalilulloh — islomiyatdan avval oʻtgan Ibrohim paygambarning laqabi
Shibliy — mashhur shayx Abu Bakr Muhammad Ja’far ibn Yunusning taxallusi (861—945 yillar)
Shoh Jalil — rivoyatlarga koʻra, mazkur kishi paygʻambarimiz avlodlaridan boʻlib, maqbarasi Farona viloyati Buvayda nohiyasidagi Poshshopirim qishlogʻida joylashgan. Mazkur maqbara me’morchilik obidasi sifatida davlat muhofazasiga olingan.
Shuayb — islomiyatdan avval oʻtgan paygʻambar
Yunus — islomiyatdan avval oʻtgan paygʻambar

Yusuf — Ya’qub paygʻambarning oʻgʻli