OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHerta Myuller
Asar nomiTubsiz jarlik (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rumin adabiyoti
Boʻlimlar
   - Postmodernizm
Mualliflar
   - Herta Myuller
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonFurqat Soatov (Olmon tilidan)
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tubsiz jarlik (hikoya)
Herta Myuller

Xotira maydoni atirgullar bilan bezangan. Xuddi quyuq chakalakzor edi ular. Tabiat malikalari shu tarzda bir-birla-riga chambarchasbogʻlanib ketgan edilarki, hatto oʻtloq havosiz boʻgʻilib qoldi. Oppoq, mittigina yumaloqlangan qogʻoz parchalari-dek gʻunchalar atrofga nimalarnidir asta shivirlaydilar. Munavvar tong otmoqda. Tez orada hayotning boʻsagʻasi boʻlmish yana bir murodbaxsh kun boshlanadi.

Har safar Vindishning yolgʻiz oʻzi sha-mol tegirmoni tomon eltuvchi yoʻlak boʻylab borarkan, kunning sarhisobini oladi u. Oʻsha mas’um qirgʻin nafasi saqlanib qolgan xotira maydoni oldida yillarning hisobini ola boshladi. Velosipedini har safar aynan oʻsha tubsiz, qorongʻi jarlik tomon eltuvchi ilk kumush terak daraxti ortidan yillarini xotirlay boshladi. Tundachi, Vindish tegirmon darvozalarini qulf bilan bandi qilarkan, yillariyu, kunlarini hisoblab qoʻyadi yana bir bor.

Uzoqdan jajjigina oppoq atirgullar-u, urushning xotira maydoni va yana salvorli terak daraxti savlat toʻkadi va koʻz oʻngida uning.Tumanli chogʻlarda oppoq atirgul va yoʻlakda yotgan oppoq tosh ham yanada quyuqroq tus olganining guvohi ham u. Vindish butun borliqni kezadi goʻyo. Yuzlari toʻlsada zar-rin terlarga, bormay qoʻymaydi aytgan yeriga. Ikki bor oʻsha qalin chambarchas atir-gullar tikonlaridan ayrilganlar, osti-dagi maysalar boʻlsa dardchil qizgʻish tus olgandilar. Ikki bor savlatli teraklar tanalaridan ayrilgudek barglarini toʻkkan edilar. Va yana ikki bor yoʻllar oppoq qorga burkangandilar.

Vindish urushning xotira maydoni ol-dida ikki yilini hamda koʻkka boʻy choʻzgan teraklar oldidagi tubsiz jarlik qarshisi-da ikki yuz yigirma bir kunini xotirladi. Har kuni Vindishning tanini oʻsha chuqur jarlik titratib yuborar ekan: «Barining yakuni shu yer», deya tasalli topadi.

Tarkidunyoni ixtiyor aylaganidan buyon qishloqning har bir yerida yakunga duch keladi u. Vaqt esa bir yerda qolmoqni sevguchilargagina bogʻlanib qolgan. Vindish bu yerda tungi soqchigina yakundan ozod ekanining guvohi boʻldi. Ikki yuzi yigirma bir kunini oʻtkazganidan, zulmat jarlik etini junbushga keltirganidan soʻng Vin-dish shu yerda toʻxtadi ilk bor. Velosipe-dini dimogʻdor terak daraxtiga qoʻyadi suyab. Qadamlarida oʻt chaqnardi uning. Cherkov bogʻidagi dala kabutarlari qanot qoqib parvozga shaylanadilar koʻkka tomon. Ular shu’la yangligʻ begʻubor. Shovqingina ularga yopishgan qora dogʻ.

Vindish choʻqinib ibodat qildi. Cherkov-ning eshik tutqichi nam. Undagi shudring tomchilari Vindishning qoʻliga koʻchdi. Cher-kov eshigi qulflab qoʻyilgan. Muqaddas Antonis boʻlsa devor ortida. Oppoq xushbuy liliya gulini olgandi taqib. Qoʻlida jigar-rang bir kitob. Toʻrt tomoni panjaralar bilan bandi etilgan.

Vindishning sovuqdan eti junjikadi. Uni oʻrab turgan olamga, tashqariga, yoʻl-larga bir razm soladi.Yoʻllarning soʻnggi sarhadidan qishloqning poyonsiz oʻtloqlari boshlanib ketadi. Ana u yerdagi sarhaddan kimdir borayapti oʻtib. Tabiatni payhon qilib borarkan, oʻzidan qora izlarni qidiradi u. Toptalgan oʻtloqni uni yer uzra ulugʻlab turadi jimgina koʻtarib.