OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHerta Myuller
Asar nomiTungi posbon (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Rumin adabiyoti
Boʻlimlar
   - Postmodernizm
Mualliflar
   - Herta Myuller
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonFurqat Soatov (Olmon tilidan)
Hajm9KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Tungi posbon (hikoya)
Herta Myuller

Zahmatkash keksa tegirmon jim. Devor-lar sokin, tom sukunatda. Hatto tegirmon charxlari ham tin. Vindish elektr chirogʻini oʻchirarkan, ziyo zulmat bagʻrida erib keta-di. Tegirmon charxlari orasida tun izgʻiy-di. Goʻyo tim zulmat, oppoq un zarrachalari-ni raqqosa chivinlar-u, hatto bir-biriga suyanib, gʻujanak toʻp boʻlib olgan qop uyum-larini yirtqich ajdar misol yutib yubor-gan.

Tungi qorovul tegirmon oʻrindigʻida oʻtirib orom olmoqda. Uning ogʻzi uyquning sarxush oromidan hayratda ochiq. Oʻrin ostidan kuchugining marjon koʻzlari porlab turibdi. Vindish qoʻllari bilan qopni tizzalariga suyaganicha koʻtarib, uni tegir-monning mudroq devorlariga suyab qoʻyadi.

Kuchuk sergak tortadi, ogʻzini katta ochib esnab oladi. Uning oppoq dagʻal tishlari qayroq pichoqni eslatadi. Kalit ochqich tegirmon eshigini qulfi teshigi ichida aylanadi. Qulfning ingroq nolasi Vin-dishning barmoqlari orasidan sizib chiqa-di. Bu nolishning hisobini oladi u. Bosh tomirlari tepayotganini his qiladi. «Miy-yam naqd toʻxtovsiz soatning oʻzginasi-ya! » oʻylab qoladi. Kalitni yana choʻntagiga solarkan, kutilmaganda kuchuk hura boshlay-di. «Bosh miyyamsoatini choʻgʻlanma simlari taranglashib uzilib ketmasligi kchun ular-ni qayta burab joyiga keltirishim kerak» ,-deya ta’kidlaydi oʻziga oʻzi baland ohangda. Tungi qorovul manglayini yopib qoʻygan, shlyapasini yuqori koʻtaradi. Uyqudan sar-xush yumuq koʻzlarini ochib esnarkan:

«Tungi navbatchi askar!» – deya murojaat qiladi.

Vindish tegirmon yon bagʻridagi koʻl boʻyiga keladi. Sohil boʻyida boʻlsa pichan xaroba, mudroq turardi. U goʻyo koʻlning suv koʻzgusidagi qora bir dogʻ edi. Bu dogʻ misli koʻl tubidagi zulmat tuynuk misol juda tubanlikda biqinib yotardi. Vindish pichan-lar orasida oromda yotgan velosipedini turgizib oladi.

«Qanday iblis ekan bu, pichanlar orasi-dagi?» – deydi tungi qorovul jirkanib. Vindish velosiped oʻrindigʻiga yopishib olgan pichan shoxchalarini tera boshlaydi. Sanchiq boshoqlarni terib suvga uloqtirar-kan:

«Pichan boshoqlari suvga gʻarq boʻlayotga-nining shohidi boʻlyapman»,-deya ta’kidladi. Yengil pichan poyachalari esa suv yuzida soch tolasi misol ohista raqsga tushadi. Mitti-gina suv girdobi pichan shoxchalarining bo-shini aylantiradi. Oʻsha zulmat tuynuk suv-da erkin chayqaladi. Vindish suvda bu tuynukning harakatdagi suvratiga nigoh-larini tikadi.

Kutilmaganda tungi qorovul kuchugining biqiniga tepki tushiradi. Shoʻrlik kuchuk ingraydi xolos. Vindish koʻl tubidagi tuy-nukdan nigohini uzmas, suv ostidan esa uning quloqlariga ingroq tovushlar chalina-di.

«Tunlari hali uzun»,- deya ta’kidlaydi tungi qorovul. Vindish bir necha qadam ortga yuradi. Sohildan biroz yiroqroqqa. Nigohi endi sohilga qarama-qarshi yerda mudrab yotgan pichan kulbaning savlatiga tushadi. Kulba esa sokin, tinch, hatto zulmat tuynuk haybatidan holi u. Unda ziyo bor, bu ziyoni tun zulmati mahv etolmagan.

Kutilmaganda goʻzal sukunat ichra gaze-taning beoʻxshov ohangi jarang sochadi.

«Qornim och qolibdi», – deya qoʻshib qoʻyadi tungi qorovul. Choʻchqa yogʻi-yu, burda noni oʻralgan gazeta varaqlarini yozadi. Qoʻlida-gi pichoq yarqirab ketadi. Ogʻzi boʻlsa nima-larnidir kavshaydi. Pichoq qirrasi bilan qoʻl boʻgʻinlarini qashilagan boʻladi.

Vindish velosipedini bir chetga surib, mas’um hilolga termiladi. «Odam – olam-ning sirli hilqatidir!» – deydi tungi posbon nimalarnidir asta kavshagancha. Vindish qopni koʻtarib velosipediga orta-di. «Inson matonatlidir,- ta’kidlaydi u, – jonvorlardan-da kuchliroq».

Tungi posbon nonushtasi oʻralgan gaze-taning bir uchi shamolda jonhalak qanot qoqadi. Shamol goʻyo inson qoʻllariga ayla-nib, uni har tomonga tortqilaydi. Tungi posbon pichogʻini oʻrindiqqa qoʻyarkan: «Biroz koʻzim ilinibdi-da»,-deya ta’kidlaydi. Vindish velosipediga engashib olgandi, ammo darhol qaddini rostlab xijolato-muz:
- Men esa sening oromingni buzdim». – deya oʻzini aybdor his qilgandek boʻldi.
- Xijolat boʻlma, sen emas, – soʻzida davom etadi tungi posbon, – ayolim oromimni oʻgʻirlagan. Mundirini toʻkilgan non ushoqlaridan tozalarkan:
- Shunisini bilamanki, – soʻz qotadi u,- orom olish degan ilohiy tortiqdan mahrumman. Oy bugun toʻlishgan, negadir koʻz oʻngimda jonsiz qurbaqa namoyon boʻlibdi. Oʻlgudek bemajol edim, yana bir zumga ham koʻz yumib orom ololmayman. Toʻshakda esa quruqlikda yashovchi qurbaqa tovlanib yotardi. Ayolim bilan sirlashgan boʻldim. Oʻsha qurbaqa goʻyo ayolimning koʻzlari bilan menga nazar solardi. Unda ayolimniki kabi oʻsha-oʻsha maftunkor oʻram sochlar va egnida uning tungi libosi, yana bu libos uning latif nozik qornigacha boʻlgan tanini yashirgandi. Unga:
- Oyoqlaringni yop, ular soʻlgʻin tus olgan, – deya buyuraman. Bu soʻzlarni ayolimga ta’kidladim, qurbaqa esa tungi harir libosni nozik oyoqlari uzra tortadi. U yotgan joy yonidagi oʻrindiqqtsap choʻkaman. Qurbaqa boʻlsa koʻz oʻngimda ayolimning gʻuncha lablaridagi tabassumini qayta namoyon etadi.
- Oʻrindigʻing gʻijirlayapti – deydi u. Oʻrindiq gʻijirlamay qoladi. Qurbaqa goʻyo ayolimning nozik yelkasiga tushib turguvchi mayin oʻrim sochlarini yoyib olgandek edi. Bu oʻrim soch tungi libos kabi uzun va maftunkor. Unga yuzlanib:
- Sochlaring ancha oʻsib qolibdi, – deyman. Shu on u boshini koʻtarib:
- Koʻp ichib yuboribsan, – hozir oʻrin-digʻingdan qulab tushasan, – deya qichqiradi. Oy yuzida qizgʻish bulutli dogʻ bor edi. Vindish mudroq tegirmon devorlariga suyanadi.
- Odam degani tushunib boʻlmas hilqat-da, – oʻziga keladi tungi posbon,- har safar kechirimli boʻlishga tayyor. Kuchuk boʻlsa choʻchqa goʻshtining laxim yeridan bir boʻlagini chaynay boshlaydi.
- U qilgan xatolarning barchasini allaqachon kechirganman, – deya oʻziga oʻzi tasalli beradi tungi posbon, – novvoy yigit bilan boʻlgan ishqiy sarguzashtni ham. Shaharga bitta oʻzi davolanishga ketganini ham. Pichoqning keskir yerini barmoqlarining uchi bilan siypalaydi. Oʻshanda butun qishloq ustimdan kulgandi. Vindish chuqur xoʻrsinadi.
- Uning maftunkor koʻzlariga qaray olmasdim, – deya xotirlaydi tungi posbon. Uning faqat birgina xatosini, hech kimniki boʻlmasdan bu yorugʻ olamni juda erta tashlab ketganini kechira olmayman.
- Xudo haqqi, – soʻz ochadi Vindish, – ular, ayollar nima sababdan yaratiladi? Tungi posbon hayron yelkalarini qisib:
- Biz uchun emas har holda,- deya javob qaytaradi, – sen uchun ham, men uchun ham emas. Kim bilsin kimlar uchun. Tungi posbon kuchugini erkalarkan:
- Qizlar-chi? – deya soʻz ochadi yana Vindish, – kim bilsin, vaqti kelib ular ham boʻyiga yetishadi.

Vindishning velosipedi zaminga soya solib turar, oʻsha soya oʻtloq uzra choʻzilib yotardi. «Qizalogʻim, – gap boshlaydi Vindish, idrokida gaplarini mulohaza qilib koʻradi, – qizim Amaliya ham endi yosh qizaloq emas».

Tungi posbon oʻsha oy yuzidagi qizgʻish bulut dogʻiga nigohlarini tikadi.
- Qizim tovusdek xushqomat boʻlib yetishdi, – soʻz boshlaydi Vindish. Aytgandek men ham uning maftunkor koʻzlariga qarashga botina olmayman. Uning koʻzlarida qandaydir ma’yuslik bor. Kuchuk xayrihohdek boshini buradi.
- Ey, bu koʻzlar aldamchidir, – uqtiradi tungi posbon,- uning qomati esa holidan darak. Poyabzallarini bir – biriga yaqin qoʻyarkan:
- Qizingning yurishiga e’tibor qil, – ta’kidlaydi, – mabodo qizing yurayotib poyabzali uchini yerga tomon bosarkan, demak unda balogʻat davri boshlandi degani.

Tungi posbon shlyapasini qoʻllari bilan aylantirarkan, yonida kuchugi yotar va uning harakatidan koʻzlarini uzmasdi. Vindish esa jim.


- Shudring tushyapti, qopdagi unlar namiqib qoladi, – sukunatni buzadi tungi posbon, – soʻzida davom etarkan, – shahar hokimi jigʻibiyron boʻladigan boʻldi-da.

Koʻlmak uzra goʻyo toʻgʻri tortib qoʻyilgan chilvir boʻylab yanglishsiz va ohista, suv yuziga tegar – tegmas, xuddi quruqlikdagidek kattakon bir qush qanot qoqib borardi. Vindish uning ortidan qarab qolarkan: «Mushukka oʻxsharkan», – deya hayratlanadi.
- Bu – boyqush – deya ta’kidlaydi tungi posbon esnoq ochiq ogʻzini qoʻllari bilan yopadi. Keksa Kronerning uyida mana uch kechadan buyon yilt etgan chiroq shu’lasi koʻrinmaydi. Vindish velosipedni oʻziga tortarkan:
- U ayol qazo qilgan boʻlishi mumkin emas,- shubhada davom etadi. Boyqush uy tomidan qoʻnim topganicha yoʻq.

Vindish maysazor yoqalab ketarkan, mas’um oyga boqadi.
- Yodingdan koʻtarma, Vindish, – qichqiradi tungi posbon uning ortidan:

«Ayollar yolgʻonchi boʻladi!»