OʻzLib elektron kutubxonasi
Бош Сахифа Асарлар Бўлимлар Муаллифлар
Bosh Sahifa Asarlar Boʻlimlar Mualliflar
Siz shu sahifadasiz: Hiyam al-Muflih. Fikr (hikoya)
 
Asarga baho bering


Asarni saqlab olish

Asarni ePub formatida saqlab olish (iBooks va Kindle kabi ereader'larda oʻqish uchun) Asarni PDF formatida saqlab olish Asarni OpenDocument (ODT/ODF) formatida saqlab olish Asarni ZIM formatida saqlab olish (Kiwik kabi e-reader'larda oʻqish uchun) Icon book grey.gif

Asar tafsillari
MuallifHiyam al-Muflih
Asar nomiFikr (hikoya)
TurkumlarKutubxona
Xalqlar
   - Jahon/Arab adabiyoti
Boʻlimlar
   - Saralanmagan
Mualliflar
   - Hiyam al-Muflih
Uslub
   - Nasr
Shakl
   - Hikoyalar
Yozuv
   - Lotin
TilOʻzb
TarjimonMurtazo Saydumarov (Arab tilidan)
Hajm3KB
BezatishUzgen (admin@kutubxona.com)
Qoʻshilgan2014/03/27
Manbahttp://www.ziyouz.com/index...


iPad asboblari
Bu asarni ePub versiyani saqlab olish


Mazmun
Bu asar Oʻzbek elektron kutubxonasida («OʻzLib»da) joylashgan. OʻzLib — notijorat loyihasi. Bu saytda joylashgan barcha kitoblar tekin oʻqib chiqish uchun moʻljallangan. Ushbu kitobdan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, koʻpaytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.



Logo.png





Fikr (hikoya)
Hiyam al-Muflih

Bir kuni «S»ning miyasiga bir fikr keldi.

Oʻylab qarasa, u hali uncha shakllanmabdi.

U bu fikrning ba’zi burchagi-yu qirgʻoqlarini, baland-pastligini tekislashni, poydevorini mustahkamlashni xohladi. Biroq dangasalik uning erka aqlini karaxt qilib qoʻydi va tomirlarida esnaganday oqa boshladi.

U fikrini qoʻliga olib, ma’lum bir paytgacha saqlab qoʻyish uchun muzlatgichda muzlatib qoʻyishga qaror qildi.

«S»ning yonida «A» ismli bir kishi oʻtayotib, uning oldida e’tiborsiz agʻdarilib yotgan fikrini sezib qoldi. U qoʻlga kiritmoqchi boʻldi-da, egasidan soʻradi. «S» karomat koʻrsatib, bu fikrni unga sovgʻa qildi. Shunday qilib, u «A»ning mulki boʻlib qoldi.

«A» bu fikrga ancha pardoz berdi.

U mohir tadbirkor tojir edi. Fikrlarni qanday qilib sotishni bilar edi.

Sotuvga tayyor boʻlganida oʻz doʻkoniga qoʻyib qoʻydi.

«J» ismli mijoz uni sotib olish maqsadida rosa sinchiklab u yogʻ-bu yogʻini koʻrdi, undan hayratga tushib sotib oldi.

Chunki u optimist kishi edi. U fikrni yarqiroq ranglarga boʻyab, uning boʻyniga ipak lenta ilib, uyining oʻzi eng yaxshi koʻrgan burchagiga ilib qoʻydi.

Har kuni ertalab uning qarshisida qahva ichayotganda koʻzlari shod-xurramlikka toʻlar, chehrasida tabassum paydo boʻlar edi. U mana shu bilan har kunga oddiy kulrang kunining bulutlarini haydar edi.

Bundan «M» ismli hamkasbining jahli chiqar, gʻazablanar edi, chunki u doiman pessimist edi.

Har safar unikiga kelganida «qani, endi buni menga bersa edi» deb qoʻlga kiritishni xohlardi.

Tiqilinch qilib soʻrayvergach, undan xijolat tortib, uning xohishini qondirdi. U aslida doʻstining tushkunlik girdobidan chiqishiga va kunlarini xursandchilik va optimistlik alvonlari bilan bezashiga yordam berib, oʻz koʻnglini xotirjam qilmoqchi edi.

Chunki «M»ning oʻzgarishi juda qiyin edi.

U barcha bezaklarini yechdi, yaltiroqlarini oʻchirdi.

Qatl etuvchi qora rangga boʻyadi, soʻng uni eritdi va... oʻq hajmidek qolipga quydi.

Qayerga borsa, uni barmoqlari oʻynab, qoʻllarida tumordek koʻtarib yurdi.

Bir kuni...

u tumorini qayerdadir unutib qoldirdi. Uni bir och daydi oʻgʻirlabdi.

U oʻziga toʻq, erka yashayotgan bir kishiga hasadi oshib uni oʻldirishni rejalashtirib yurar edi.

U oʻgʻirlagan qora oʻqni toʻpponchasiga joyladi, soʻng uni oʻsha kishi tomon moʻljallab otdi va qochib ketdi.

Ertalab gazetalar quyidagi xabarni bosib chiqardi.

Janob «S»ning jasadi topildi, u miyasiga otilgan qora oʻqdan oʻlgan.